IQTISODIYOTDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY ZONALARNING TUTGAN O‘RNI
IQTISODIYOTDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIYOTDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY ZONALARNING TUTGAN O‘RNIIQTISODIY ZONALARNING TUTGAN O‘RNI
Erkin iqtisodiy zona – davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xo’jalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, bojxona va erkin valyuta konvertatsiya, huquqiy sharoitlar joriy qilanadigan joydir. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zona milliy-iqtisodiy tizimning shunday qismiki, u yerda mamalakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan maxsus imtiyoz va rag’batlantirishlardan foydalaniladi, ularning mohiyati esa imtiyozli bojxona va soliq tizimlarida ko’zga tashlanadi. 1.1-§. Erkin iqtisodiy zona lar tushunchasi, kelib chiqishi va ularni tashkil etishning nazariy asoslari
3 1.1-rasm. Erkin iqtisodiy zona larning xo’jalik faoliyati ixtisoslashuviga ko’ra guruhlanishi
4
Erkin iqtisodiy zonalarda berilgan imtiyozlar guruhlari Imtiyozlar guruhlari Mazmuni Tashqi savdo bo’yicha imtiyozlar Tashqi savdo operatsiyalariga maxsus bojxona rejimini, imtiyozli nsoliqlarni qo’llash va ularni yengillashtirijgan tartibini, shuningdek, maxsus valyuta rejimini joriy etish Soliqlardan imtiyozlar Ma’lum bir sohalarni va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga oid soliq imtiyozlari joriy etiladi: imtiyozlar turli soliqlarning soliqqa tortiladigan bazalariga joriy etilishi mumkin; turli soliqlarning soliqqa tortiladigan bazasining maxsus komponentlariga imtiyozlar joriy etilishi mumkin; imtiyozlar soliq stavkalari miqdoriga, soliqdan doimiy yoki vaqtinchalik ozod etish masalalari bo’yicha joriy etilishi mumkin. Moliyaviy imtiyozlar Turli shakllarda subsidiyalar berishni qamrab oladi ya’ni kommunal xizmatlar uchun past narxlarni, yer uchastkalari va ishlab chiqarish joylariga pasaytirilgan ijara to’lovlarini to’lashni (sh.j. uzoq muddatli ijara va subijaraga berish imkoniyatlarini), shuningdek, davlatning imtiyozli kreditlarini qamrab oladi. Ma’muriy imtiyozlar Investorlarga infrastruktura vositalarida foydalanish huquqlari berishni, korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish jarayonini hamda chet el fuqarolarini kelish va ketish rejimlarini qisqartirishni, shuningdek, biznesni qo’llab-quvvatlashga doir turli xizmatlarni ko’rsatishni (bozor konyukturasi bo’yicha tezkor ma’lumotlarni taqdim etish, biznes- rejalarni tayyorlash va boshqalarni) qamrab oladi.