ISLOM SVILIZATSIYASI
ISLOM SVILIZATSIYASI
Reja: 1.Islom dinining yuzasiga kelishi 2.Islom dining o rta Osiyo bo ylab yoyilishiʻ ʻ 3.Xalifalikning dunyoga tutgan o rni ʻ
Islom dini yuzaga kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi o‘rinda turadi. Islom dini Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubi- sharqiy Osiyo, Kavkaz xalqlarining tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi va ayni vaqtda ham ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni, Liviya, Tunis, Sudan singari mamlakatlarda islom rasmiy davlat dini mavqeiga ega. MDH davlatlari hududida Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon , Tatariston va Boshqirdiston xalqlari o‘zlarining islom dinida ekanliklarini e’tirof etishadi. Hozirgi kunda turli qit’alarda yashovchi bir milliarddan ziyod kishi irqi, millati, sinfi va tabaqaviy farqlaridan qat’i nazar, islom dini normalari va qadriyatlari atrofida birlashgan hamda jahon ijtimoiy- siyosiy va madaniy hayotida salmoqli o‘rinlardan birini egallaydi.
Islom milodiy VII asrning boshlarida Arabiston yarimorolida paydo bo‘lgan. Yarimorol aholisining asosiy qismini arablar tashkil etgan. Islom vujudga kelishi arafasida arablar asosan chorvachilik bilan shug‘ullanar edi. Arabistonning qulay geografik o‘rni (hududidan G‘arb va Sharq davlatlarini bog‘lovchi karvon yo‘llari o‘tgan va uchta qit’ani tutashtirib turadi) sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Iqtisodiy rivojlanish darajasi yarimorolning hududida turlicha bo‘lgan. Uning bepoyon cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi arablar chorvachilik bilan shug‘ullangan. Yarimorolning shimoliy qismida Vizantiya va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli edi. Karvon yo‘li o‘tgan janubi-g‘arbiy qismi (Hijoz)da qadimdan savdo-sotiq, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik va qisman hunarmandchilik rivojlangan.
Milodiy I asrda Arabistonning janubi-g‘arbiy qismida shahar-davlatlar vujudga kelgan. IV–VI asrlarda bu yerda Makka, Yasrib, Toif singari yirik shaharlar mavjud edi. Ularda istiqomat qiluvchi arab zodagonlarining daromadini karvon yo‘llaridan kelayotgan boj soliqlari va savdo-sotiq tushumlari tashkil etgan. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida ko‘chmanchi chorvador qabilalarda urug‘-qabilaviy munosabatlarning yemirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo‘lish jarayoni kuchaygan.