Ispaniya XVI asr – XVII asrning birinchi yarmida
Ispaniya XVI asr – Ispaniya XVI asr – XVII asrning birinchi XVII asrning birinchi yarmidayarmida www.arxiv.uz
Reja: • 1. XVI asr boshida Ispaniyaning iqtisodiy rivojlanishi . • 2. Karl V boshqaruvi davri . Shahar kommunalarining qo`zg`oloni . • 3. Shahar kommunalar mag`lubiyatining sababi va oqibatlari . www.arxiv.uz
• Rekonkista tugatilgandan keyin Portugaliyadan tashqari butun Pireney yarim oroli ispan qirollari qo`l ostida birlashtiriladi . Sardiniya , Sitsiliya , Balear orollari , Neapolitan qirolligi , Navarra ham Ispaniyaga qaragan . • XIV asrning I yarmida Ispaniyaga geografik kashfiyotlarda , mustamlakalar bosib olishda , Amerika bilan savdoda va xalqaro munosabatlarda asosiy o`rinni egallagan . • 1516 yil Ferdinand Aragon vafotidan keyin ispan taxtini Karl I egallaydi . Onasi tomonidan u Ferdinandning nabirasi , otasi tomondan imperator Maksimilian I Gabsburg-ning nabirasi bo`lgan. Otasidan Germaniyadagi mulklari va Niderlandiyani meros oladi. 1519 yildan imperator Karl V sifatida tan olinadi . www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
• XVI asr o`rtalaridan boshlab Ispaniyaning iqtisodiy va siyosiy tushkunligi boshlanadi. Siyosiy birlashuvi va kuch – qudratining o`sishiga qaramasdan Ispaniyaning viloyat-lari ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan bir – biridan keskin farq qilgan . Aholining ¾ qismi Kastiliyada yashagan . Kastiliyada yerlar boshqa viloyatlarda bo`lganidek , dvoryanlar , katolik cherkovi va ruhoniy – ritsar ordenlari qo`lida edi . Rekonkista vaqtidan boshlab dehqonlarning asosiy qismi shaxsan erkin hisoblangan . Dehqonlar tsenz to`lab,feodallar yerlariga merosiy egalik qilganlar . Yerlarni ular tashlab ketishlari mumkin bo`lgan va boshqa ma`lum huquqlarga ham ega bo`lganlar . Ayniqsa arablardan tortib olingan Yangi Kastiliya va Granadaga kelib o`rnashgan dehqonlarning sharoiti yaxshi bo`lgan . Ular shaxsan erkin bo`lish bilan bir qatorda , Kastiliya shaharlari kabi huquq va imtiyozlarga ega bo`lganlar . www.arxiv.uz