Kaykovskiyning ,,Qobusnoma’’asaridagi barkamol inson timsolida qo’llaniladi
Kaykovskiyning ,,Qobusnoma’’asar idagi barkamol inson timsolida qo’llaniladi »
Reja: 1. “ Qobusnoma” haqida ma`lumot. 2. Asarda suxandonlik haqida. 3. Kaykovusning barkamol inson timsoliga qarashlari.
Sharq ma’naviyati va axloq ilmida “Qobusnoma”asari muhim o’rin tutadi. Kaykovusning “Qobusnoma” asari melodiy 1082-1083 hijriy 475-yillarda yaratilgan bo`lib, bugungi kunda umumjahon madaniyatining ulkan boyligiga aylandi. Vushmagir o`g’li Shamsulmaoliy Qobus muallif Kaykovusning bobosi bo`lgan. Bu nasihatomuz kitobni Kaykovus o`z o`g’li Gilonshohga bag’ishlaydi. Ma`lumki, X-XI asrlarda ilm-fan, madaniyat, san`at va adabiyot taraqqiy etdi. Abu Abdulloh Ro`dakiy, Abulqosim Firdavsiy, Abul Hasan binni Ahmad Unsuriy kabi shoir, olimlar shu davrda yetishib chiqdilar. Kaykovusning “Qobusnoma” asari ham mana shunday ilm-fan jadal sur`atlarda rivojlangan bir paytda dunyoga keldi.
. “ Qobusnoma” Sharq olimlari bilan bir qatorda g’arb ilm ahlining diqqatini ham o`ziga tortdi. Ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi sababli ham turli tillarga tarjima etildi va butun dunyo xalqlariga tanildi. 1702-1705-yillarda turk tiliga, 1786-87-yillarda Muhammad Siddiq Rashidiy tomonidan uyg’ur tiliga, 1811-yil nemis tiliga tarjima qilindi. Asli fors-tojik tilida yaratilgan bu asarni ota-bobolarimiz asl nusxasidan foydalangan holda asrlar mobaynida mutolaa qilib keldilar. 1860-yilda mashhur o`zbek shoiri va olimi Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan bu kitob o`zbek tiliga o`girildi. “Qobusnoma” 1881-yilda Qayum Nosiriy tomonidan tatar tiliga, 1886-yilda rus va franso’z tillariga tarjima qilindi. Mashhur rus olimi .Ye.I.Beltels 1953-yilda rus tiliga tarjima qildi.
Vushmagir o`g’li Unsurmaoliy Kaykovus Kaspiy dengizining qirg’og’ida yashagan Giloe qabilasida tarbiyalangan. Kaykovus 1021-1022 (hijriy 412) yillarda mayda feodal oilasida tug’ilgan. 63 yoshga to`lgan paytida G’arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar bu asarni yozdi. Asar XI - asrning 82-83-yillarida yaratilgan. Tarixdan ma`lumki Qobus xonadoni Somoniylar davlati hukmronlari bilan yaqin munosabatda bo`lgan. Somoniylar xonadonini tiklash uchun Qobus uyg’ur xoni Ilikxon bilan janglar olib borib g’alaba qozongan. Ammo Somoniylar davlatini yemirilishdan asrab qola olmaydi. Qoraxoniylar Farg’onadan Xitoygacha tarqalgan turkiy qabilalarni birlashtirib, Somoniylr ustidan g’alaba qozonadilar. Qobus Tabaristonni ishg’ol etadi va shu o`lkaga hukmron qoladi. Qobus nihoyatda ilmparvar, san`atni sevadigan inson edi. U o`z zamonasining barcha ilmlarini egallashga harakat qildi.