Landshaftlarni zonal va vertikal tabaqalanishi
Landshaftlarni zonal va vertikal tabaqalanishi
Reja: 2 3 4 Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari 1 Antropogen landshaftlarning turlari Geotextizimlar Madaniy landshaft
Insonning xo‘jalikdagi faoliyati ta’siri antropogen ta’sir deyilib, uning oqibatida geotizimlarning o‘zgarish darajasi, miqyosi va jadalligi turlicha bo‘ladi. Bu bir tomondan geotizimlarning o‘ziga xos tabiiy xususiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan insonning geotizimga ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir.
Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishi va qayta tiklanish xususiyatining kuchli yoki kuchsizligi, antropogen ta’sirga chidamliligi yoki chidamsizligi turli geotizimlarda har xil bo‘ladi.
Ko‘pincha insonning xo‘jalik faoliyati ma’lum tabiat komponentlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Lalmi dehqonchilikda tuproq, chorvachilikda va o‘rmonchilikda o‘simlik (o‘t o‘simliklar va daraxt), konchilik sanoatida tog‘ jinsi (foydali qazilma) bilan bog‘liq bo‘ladi.