logo

Landshaftlarning inson xo’jalik faoliyati ta’sirida o’zgarishi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1408 KB
М avzu :   Landshaftlarning inson xo’jalik 
faoliyati ta’sirida o’zgarishi         Yer  yuzasida  muayyan  landshaftlar  haddan 
tashqari  ko‘p  bo‘lganligi  uchun  ularning  har  birini 
alohida-alohida  o‘rganish  va  ta'riflab  berishning 
iloji  bo‘lmay  qoladi.  Shuning  uchun  landshaftlarni 
ma'lum  maqsadlarda  (masalan,  qishloq  xo‘jaligi, 
shahar  qurilishi  va  h.k.)  guruhlab  ta'riflashga  va 
shunga  mos  holda  bir  turdagi  tadbirlarni 
rejalashtirishga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  landshaftlarni 
tasnif  qilishining  amaliy  ahamiyatga  ega  ekanligini 
ko‘rsatadi. 
Fanning  o‘rganish  obyekti  qanchallik  serqirra, 
xilma-xil  va  murakkab  bo‘lsa,  uni  tasniflash  ham 
shunchalik murakkab bo‘ladi.                   Keyingi  15-20  yil  ichida  geograflar  tomonidan 
bajarilayotgan  ko‘plab  ishlar  uchun,  jumladan 
xalq  xo‘jaligini  rivojlantirish,  aholining  yashashi 
va  sog‘lig‘i  nuqtai  nazaridan  landshaftlarni 
baholash,  geografik  bashorat  qilish  va  tabiat 
muhofazasini  ko‘zlab  bajarilayotgan  ishlar  uchun 
ham  katta-katta  rayonlar,   tabiiy  geografik 
o‘lkalar  miqyosida  barcha  landshaftlar  haqida 
batafsil  ma'lumotlarga  yoki  boshqacharoq  qilib 
aytganda  landshaftlar  kadastriga  ega  bo‘lish 
ahamiyatlidir.   Mamlakatimiz  landshaftlarining 
aniq  va  puxta  tasnif  jadvalini  ishlab  chiqish 
landshaftshunoslikning  eng  yirik  masalalaridan 
biridir.         Landshaftlarni  tasniflash  bilan  ko‘pchilik  geograflar  shug‘ullanishgan. 
Ulardan  ayniqsa  D.L.Armand,  N.A.Gvozdetskiy  (1961), A.G.Isachenko  (1961, 
1975),  V.A.Nikolayev  (1973,  1979)  kabilarning  tajribalari  e'tiborga  loyiq.  Bu 
olimlar  tavsiya  etgan  tasniflar  ichida  V. A.Nikolayev  (1979)  bajargan  tasnif 
o‘zining  anchagina  mukammalligi  bilan  ajralib  turadi.  Bu  tasnifning  yaratilishi 
asosida  landshaftshunos  olim  N.A.Nikolayev  ko‘p  yillar  davomida  turli  dasht 
mintaqalarida  landshaftlarni  xaritaga  tushirish  borasida  olib  borgan  izlanishlari 
yotadi.         Taksonomik 
nomi Bo’linish asosi Landshaft namunalari
Bo’lim Geosferalarning o’zaro 
ta’siri quruqlik va suvlik
Qism Geografik zonalarning 
termal parametrlari Arktik, subarktik, boreal, subboreal, 
subtropik, tropik
Kichik qism Kontinentallik, sektoral 
iqlim farqlari Okean bo’yi, mo’tadil kontinental, 
kontinental, keskin kontinental
Oila hududlarni fizik-geografik 
miqyisda mintaqaviy 
mahalliylashtirish Boreal, mo’tadil continental - Sharqiy 
Evropa, subboreal, kontinental 
g'arbiy Sibir, Turon.
Sinf Megarel y ef 
morfostrukturasi Te kis lik , tog'
Kichik sinf M akro rel y ef 
morfostruktura lar i Te kisliklar: balandlik, pastlik, 
pasttekislik. To g': past tog', o'rta tog', 
baland tog'lar                  Taksonomik 
nomi Bo’linish asosi Landshaft namunalari
Guruh suv va geokimyoviy tartibi elyuvial (avtomorf), elyuvial-gidromorf 
(yarim gidromorf), gidromorf 
Tur Tuproq turlari va 
o'simliklar formatsiyasi Ta iga, aralash o'rmon, keng bargli 
o'rmon , o'rmon-dasht, dasht, chala 
cho'l, cho'l
Kichik tur Tuproqning kichik turlari 
va o'simliklarning kichik 
sinflari Shimoliy tayga, o'rta tayga, Janubiy 
tayga, dasht; o’tloqi, botqoq, sho'rhok
Toifa  Relyefning morfologiyasi 
va kelib chiqishi 
(relyefning genetik turi) Muzlikli tepaliklar, suv-muzlikli 
to’qinsimon yuzalar ,  yassi-to'lqinli 
qadimgi allyuvial yotqiziqlar
Kichik toifa Yuza yotqiziqlar 
litologiyasi Qumloq, lyossli, qumli, tosh-shg’alli
Xil Landshaftlarning 
morfologik tuzilishiga 
ko`ra G'arbiy Sibir tekisliklaridagi engil 
qumloq tarkibli qora tuproqli, turli o’t 
qoplamiga ega bo’lgan dashtlar         Landshaftlar  tasnifida  ishlatiladigan  eng  yirik  birlik 
landshaftlar  bo‘limi  hisoblanadi.  Bo‘lim  darajasiga 
kiruvchi  landshaftlar  asosan  Ye rning  geografik  qobig‘ini 
tashkil  qiluvchi  turli  geosferalarning  bir-biri  bilan 
tutashib turishi va o‘zaro ta'sir turiga qarab aniqlanadi.
Landshaftlar  bo‘limi  ichida  dastavval  landshaftlar 
qismini  ajratamiz.  Landshaftlar  qismi  birligi 
landshaftlarning  eng  asosiy  energetika  bazasi  bo‘lmish 
namlik va issiqlik balansidagi farqlar va o‘xshashliklarga 
qarab  birlashtirishga  imkoniyat  beradi.  Bunday 
o‘xshashlik  yoki  farqlar  joylarning  makroiqlimiy 
xususiyatlari  bilan  belgilanadi.  Bu  xususiyatlar  bilan  o‘z 
navbatida  joyning  gidrologik  rejimi,  hukmron  bo‘lgan 
o‘simlik  turi  va  biologik  modda  aylanish  turi  kabilar 
chambarchas bog‘liqdir.          Landshaftlar  tasnifidagi  navbatdagi  birlik-
landshaftlar  sinfidir .  Bu  birlik  yuqorida  misol 
keltirilgan  barcha  tasnif  tarixlarida  (N.A.Gvozdetskiy, 
A.G.Isachenko)  ishtirok  etadi.  Bu  tasniflash 
tajribalarining  deyarli  hammasida  ham  sinflarni 
aniqlashda  birgina  xususiyat,  ya'ni  landshaftlarning 
morfotektonik  xususiyati  asos  qilib  olinadi  va  asosan 
ikkita landshaftlar sinfi ajratiladi: 
1. Tog‘ landshaftlari sinfi 
2. Tekislik landshaftlari sinfi. 
Bu  ikki  sinf  orasidagi  eng  asosiy  farq  ularda  tabiiy 
zonalarning  ikki  xil  ko‘rinishda  (tekislikda  kengliklar 
bo‘ylab, tog‘larda esa pastdan yuqoriga) bo‘lishidir.         Navbatdagi  tasnif  birligi-landshaftlar 
guruhidir.   Bu  birlikni  aniqlab  olishda  asosiy 
belgi  sifatida  landshaftlarning  suv  va 
geokimyoviy  tartibi,  ya'ni  landshaftlarning 
atmosfera  yog‘inlari  hisobiga,  grunt  suvlari 
hisobiga  yoki  yana  bir  boshqa  suvlar  hisobiga 
namlanish nisbati asos qilinib olinadi. Ana shu 
belgilarga  qarab  tekislik  landshaftlari  ichida 
elyuvial  (avtomorf),  elyuvial-gidromorf 
(yarim  gidromorf),  gidromorf  landshaftlar 
guruhlarini ajratish mumkin.         Landshaftlar  guruhi  o‘z  navbatida  landshaft  turlariga  bo‘linib  ketadi.  Bu  tasnif 
birligi  deyarli  barcha  tasnif  tarxlarida  uchraydi.  Uning  izohi  ham  mazmun  jihatidan 
deyarli  bir-biriga  yaqin.  Faqat A.G.Isachenko  tuzgan  tasnif  tarxidagi  tur  birligi  o‘zining 
hajmi va mazmuni jihatidan V. A.Nikolayev tarxidagi landshaft qismlariga mos keladi.
Landshaft  turlarini  aniqlashda  tuproq  va  bioiqlim  belgilariga  asoslanishga  to‘g‘ri 
keladi.          Landshaftlar  tasnifinig  keyingi  birligi  kichik  tur  bo‘lib, 
kichik  zonalarga  xos  belgilarga  asoslanib  aniqlanadi. 
Masalan,  (O‘rta  Osiyo)  tekisliklaridagi  cho‘l  landshaftlari 
ikkita  kichik  turga,  ya'ni  shimoliy  cho‘l  landshaftlari  va 
janubiy cho‘l landshaftlariga bo‘linib ketadi.
Landshaft  turlari  yoki  kichik  turlari  o‘z  navbatida 
landshaft  toifalariga  bo‘linadi.  Qaysi  landshaft  qaysi 
toifaga  mansub  ekanligini  aniqlashda  ayrim 
landshaftshunoslar  (N.A.  Gvozdetskiy,  V.   A.  Nikolayev) 
geomorfologik  belgilarga  asoslanishsa,  ayrimlari  (Yu renkov 
1982)  esa  ma'lum  landshaft  turlari  ichidagi  provinsial 
xususiyatlarga ko‘proq e'tibor berishadi. Geomorfologik omil 
asos  qilib  olingan  sharoitda  esa  e'tiborni  ko‘proq  relyefning 
genetik turlarini o‘rganishga qaratish kerak bo‘ladi.         Shunday  qilib,  V. A.Nikolayev  ishlab  chiqqan  tasnif  jadvali  ko‘p  pog‘onali 
bo‘lib,  har  bir  pog‘onani  aniqlashda  asos  bo‘la  oladigan  ko‘plab  tasnif  belgilari 
keltirilgan.  Ushbu  tasnif  jadvaliga  asoslanib  Qarshi  dashti  (I.  Hasanov),  Janubiy 
Orolbo‘yi  (A.Rafiqov,  I.Hasanov),  Turon  tekisliklari  (N.A.  Kogay,  Sh.S.  Zokirov), 
Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig‘i  (Sh.S.  Zokirov)  landshaftlarini  o‘rganish  yaxshi 
natijalar berdi.          A.RafiqovN.A. Kogay
Sh.S.Zokirov
I.A.Hasanov                  Антропоген ландшафтлар, уларнинг 
таснифи.

М avzu : Landshaftlarning inson xo’jalik faoliyati ta’sirida o’zgarishi

Yer yuzasida muayyan landshaftlar haddan tashqari ko‘p bo‘lganligi uchun ularning har birini alohida-alohida o‘rganish va ta'riflab berishning iloji bo‘lmay qoladi. Shuning uchun landshaftlarni ma'lum maqsadlarda (masalan, qishloq xo‘jaligi, shahar qurilishi va h.k.) guruhlab ta'riflashga va shunga mos holda bir turdagi tadbirlarni rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Bu landshaftlarni tasnif qilishining amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Fanning o‘rganish obyekti qanchallik serqirra, xilma-xil va murakkab bo‘lsa, uni tasniflash ham shunchalik murakkab bo‘ladi.

Keyingi 15-20 yil ichida geograflar tomonidan bajarilayotgan ko‘plab ishlar uchun, jumladan xalq xo‘jaligini rivojlantirish, aholining yashashi va sog‘lig‘i nuqtai nazaridan landshaftlarni baholash, geografik bashorat qilish va tabiat muhofazasini ko‘zlab bajarilayotgan ishlar uchun ham katta-katta rayonlar, tabiiy geografik o‘lkalar miqyosida barcha landshaftlar haqida batafsil ma'lumotlarga yoki boshqacharoq qilib aytganda landshaftlar kadastriga ega bo‘lish ahamiyatlidir. Mamlakatimiz landshaftlarining aniq va puxta tasnif jadvalini ishlab chiqish landshaftshunoslikning eng yirik masalalaridan biridir.

Landshaftlarni tasniflash bilan ko‘pchilik geograflar shug‘ullanishgan. Ulardan ayniqsa D.L.Armand, N.A.Gvozdetskiy (1961), A.G.Isachenko (1961, 1975), V.A.Nikolayev (1973, 1979) kabilarning tajribalari e'tiborga loyiq. Bu olimlar tavsiya etgan tasniflar ichida V. A.Nikolayev (1979) bajargan tasnif o‘zining anchagina mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu tasnifning yaratilishi asosida landshaftshunos olim N.A.Nikolayev ko‘p yillar davomida turli dasht mintaqalarida landshaftlarni xaritaga tushirish borasida olib borgan izlanishlari yotadi.