Markaziy Osiyo Regionalizm tamoyillari
Mavzu:Markaziy Osiyo Regionalizm tamoyillari Hamma o’lgandan so’ng “KATTA O’YIN” tugaydi. Kipling
Katta O’yin bu qanday boshlangan edi, qay yo‘sinda davom etdi, kimlar yutdi-yu, kimlar yutqazdi? Bugungi darsimizda ushbu savollarda javob topishga harakat qilamiz. Mintaqadagi ziddiyat darajasi tobora o‘sib bormoqda. Savol tug‘iladi, ular bunga erishish uchun nimalarga qodir?
“ Hamma o‘lgandan keyingina KATTA o‘yin tugaydi”, deb yozgan Kipling. U “Kim” romanida ushbu metafora yordamida O‘rta Osiyodagi Rossiya va Angliya imperiyalari o‘rtasidagi kurashni tasvirlagan edi . Bu metafora hozirgi zamonda haqiqatiga aylanib bormoqda. Markaziy Osiyoga nisbatan Katta davlatlarning raqobati SSSR qulagandan so‘ng rivojlanib ketdi. Horij davlatlari va transmilliy korporatsiyalar neft va gaz konlariga boy mintaqaga ega chiqishga oshiqdilar. Markaziy Osiyo ustidan xukmronlik uchun geosiyosiy kurash – “yangi Katta O‘yin” ni keltirib chiqardi, bu so‘nggi 30 yil ichida jamoat hayoti va boshqaruvning ko‘plab sohalariga tarqaldi, Markaziy Osiyoda taʼsir o‘tkazish uchun yangi kurashda ko‘plab mamlakatlar ishtirok eta boshladilar – Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, hattoki mintaqadan uzoq bo‘lgan Yaponiya va Janubiy Koreya bu yerda o‘z manfaatlarini ko‘zlay boshladi. Mintaqa nodavlat subyektlar, jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlari ,terroristik guruhlar va giyohvand moddalar “savdogarlari” orasida mashhurlikka erishdi. Biroq, asosiy o‘yinchilar AQSH, Rossiya va Xitoy. Aynan shu kuchlar zamonaviy dunyo tartibi evolyutsiyasining kalitidir. Hozir aynan ular o‘rtasida, shu jumladan Markaziy Osiyoda taʼsir o‘tkazish uchun kurash kuchaymoqda. Mazkur “Uchlik” ushbu raqobat to‘g‘risida ochiqchasiga gapirmoqda va “hokimiyat uchun kurash va qonuniy manfaatlarni qayta taqsimlash” bo‘yicha harakatlar olib bormoqda.
1911- yil karikaturasi