Markaziy Osiyo Sovet davri Migratsion jarayonlarida
MAVZU: MARKAZIY OSIYO SOVET DAVRI MIGRATSION JARAYONLARIDA.
Sobiq ittifoq davrida amalga oshirilgan milliy siyosat va uning oqibatlari togrisida turli fikrlar bildirilgan bolsada, bugungi kunda turli millatga mansub fuqarolar hayotida sodir bolayotgan manaviy uygonish va madaniy yuksalish jarayonini togri va chuqur tushunish uchun anna shu davr milliy siyosatining ayrim jihatlariga toxtalish joizdir. Garchi SSSR Konstitutsiyasida milliy tillarda talim olish hamda milliy madaniyatlarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, milliy ozlikni saqlab qolish bilan bogliq bolgan, umumetirof etilgan qoidalar oz aksini topgan bolsa-da, aslida u deklaratsiya tarzida elon qilingan va faqat qogozdagina qolib ketgan edi. Amaliyot esa, «millatlarning yaqin kelajakda qoshilib ketishi» hamda «yagona sovet xalqi»ning shakllanishi haqidagi nazariyaga boysundirilgan edi. Ana shu goya tasiri ostida milliy til va milliy madaniyatlarga bepisandlik bilan qarash hukmronlik qilgani holda, milliy manfaatlarni himoya qilgan ilgor fikrli shaxslarga qarshi «millatchilik» niqobi ostida ayovsiz kurash olib borildi. Lekin, tadqiqot jarayonida bazi manbalarda takidlangan «sovet davrida milliy masala na amaliy va na nazariy jihatdan 1923- 1987 yillar oraligida, yani 64 yil davomida biron marta ham yo davlat hokimiyati tomonidan, yoki kommunistik partiya tomonidan muhokama qilingani yoq», - degan malumotlarni ham uchratish mumkin. Ammo, hujjatlarning tahlili, buning aksi olaroq, «millatchilik» bilan bogliq masalalar KPSS qarorlari, chegaralanishni doimiy ravishda tilga olinganini koʻrsatadi.
KPSS MK ning "Millatchilik" qarorlari davrlari: 1-Bosqich xususida: Birinchi davr 1925-1943 yillarni oz ichiga olib, bu davrdagi 11 ta qaror va rezolyusiyalarda ruhoniylar, boylar quloqlar, mayda burjua unsurlari, ziyolilarning «millatchilik» yolidagi harakatlariga qarshi kurashlar haqida malumotlar mavjud4. Masalan, VKP(b) Markaziy Komitetining 1929 yil 25 maydagi «Ozbekiston partiya tashkiloti faoliyati haqida»gi qarorida savdogarlar, boylar, ruhoniylar va ularga yordam berayotgan millatchi ziyolilarning sotsializm qurilishiga qattiq qarshilik korsatayotgani takidlanib, millatchilik mafkurasi, buyuk ozbekchilik shovinizmiga qarshi kurash dolzarb bolib turgani qayd etilgan. Mazkur yillarda qabul qilingan qarorlar amaliy hayotda oziningmudhish aks sadosini topdi. Jumladan, 1937-1938 yillarda markaziy hukumatning jazo organlari va uning respublikadagi «nazoratchilari» tomonidan Ozbekistondagi yirik «millatchi» guruhlarning fosh etilib, qatagon qilinishi bunga yaqqol misol bola oladi. Akmal Ikromov va Fayzulla Xojaev boshchiligidagi «Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi», Abdurauf Qoriev rahbarligidagi «Musulmon ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti», «Aksilinqilobiy ong troskiychi josuslar tashkiloti markazi»ning «fosh etilishi» buning dalilidir. Aslida esa, bunday tashkilotlar bolmaganligi, ular sovetlar tomonidan oylab topilgan tashkilotlar bolib, sovet hokimiyati va kommunistik partiyaning niqoblanib yonaltirilgan milliy siyosatining natijasi ekanligi bugun barchaga malum.
Jamiyat hayotida sovet tartibotining XX asrning 30-yillariga kelib mustahkamlanishi hamda shaxsga siginishning kuchayib borishi natijasida sovet davlatida mamuriy-buyruqbozlik tizimi tugal tarzda shakllandi. Mustabid sovet tuzumining shakllanishiga avvalo, xalq ustidan olib borilgan ommaviy zoravonlikni kuchaytirish evaziga erishildi. Totalitar tartibot insonparvarlik va demokratik tamoyillarni poymol etdi, xalqlarning milliy manfaatlarini himoya qiluvchi mustaqil fikrga ega bolgan har bir shaxsni taqib etib, ommaviy qatagonlar uyushtirib, millionlab insonlarni qirib tashlash siyosatini olib bordi.__ Stalincha qatagonlik siyosati kelajak avlod tarbiyachilari bolgan maorif sohasi vakillarini ham chetda qoldirmadi, aksincha ular fojeali taqdirga duchor qilinib, qatagonlik tolqiniga giriftor etildi. Mazkur soha mutaxassislarining fikricha, 1933 yildan boshlangan oqituvchilar ortasidagi qatagonlar ham turli uydirmalar ostida olib borilgan bolib, ular ozbek xalqini «ilgor rus madaniyati»dan ajratib qoyishga urinish, yoshlarni millatchilik ogusi bilan zaharlashda ayblanganlar. Bir tomondan, rus tilining ozbek sinflarida oqitilishiga tosqinlik qilish va shu yol bilan rus adabiyotini birinchi manbalar orqali organishga imkon bermaslik, ikkinchi tomondan, rus klassiklari asarlarining ozbek tiliga tarjima qilinishini paysalga solishdek ayblar qoyilgan. 1936-1940 yillar mobaynida respublika boyicha 5758 nafar davlat va jamoat arbobi, olim, yozuvchi, jurnalist va oqituvchilar yuqorida keltirilgan ayblovlar ostida qamoqqa olinib, ulardan 4811 nafari otib tashlangan.
SSSR Oliy Sovetining 1941 yil 28 avgustdagi «Volgaboyi rayonlarida istiqomat qiluvchi nemislarni kochirish togrisida»gi farmonida mazkur xalqlar orasida «on minglab diversantlar va josuslar bor bolib, Germaniyaning ishorasi bilan Volgaboyi rayonlarida qoporuvchilik ishlarini olib borishi mumkinligi» togrisida qayd etilgan edi. 1941 yilning sentyabr-oktyabr oylarida mamlakatning boshqa rayonlaridagi nemislar ham deportatsiya qilindi. Shunday qilib, aytish lozimki, mamlakatdagi nemis aholisini kochirish sovet nemislarining okkupant va diversantlar bilan hamkorligining oldini olish choralari sifatida amalga oshirildi. Bu shafqatsiz chora ayni vaqtda fashistlar Germaniyasi bilan urush kayfiyatida bolgan barcha davlatlarda keng qollanildi.