logo

Munavvarqori Abdirashidxonov – o‘zbek jadidchilik harakatining yo‘lboshchilaridan biri

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1180.2099609375 KB
Munavvarqori Abdirashidxonov – o‘zbek jadidchilik 
harakatining yo‘lboshchilaridan biri Munavvarqori Abdirashidxonov hayot yo‘li.
Munavvarqori Abdirashidxonovning jadidchilik harakatidagi 
o’rni
Munavvarqori Abdirashidxonov ma’naviy-ma’rifiy asarlari  Reja:           Adib, murabbiy, muharrir, ma'rifatparvar, 
jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon 
o'g'li 1878-yilda Toshkent shahrining Shayx 
Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida 
mudarris oilasida tug'ildi. Toshkentdagi 
Yunusxon madrasasida o'qidi, so'ngra tahsilini 
Buxoroda davom ettirdi, Toshkentga qaytgach, 
Darxon masjidida imomlik vazifasini bajaradi. Munavvar qori XIX asrning oxiridan boshlab 
jadidchilik harakatlarida faol ishtirok eta boshladi. 
1901-yilda o'z hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli 
dahalarida jadid maktablarini ochadi. Bu maktablar 
uchun 1907-yilda "Adibi avval", "Adibi soniy" 
darsliklarini yaratadi. "Tajvid al-Qur'on", "Yer yuzi" 
singari qo'llanmalarni tuzib, nashr etadi. Bolalar uchun 
qator she'riy va nasriy hikoyalar yozadi.
U 1909-yili Toshkentda "Jamiyati xayriya" uyushmasini 
tuzadi va "Turon" nomli jamiyatni ochadi. Munavvar 
qori 1906-yilda dastlabki o'zbek matbuoti 
namunalaridan biri "Xurshid" gazetasini nashr etdi. 
Keyinchalik "Najot", "Kengash" gazetalarida bosh 
muharrir, "Sadoyi Turkiston"da esa bo'lim muharriri 
bo'lib xizmat qiladi. Munavvar qori 1917-yil fevral inqilobidan keyin 
Turkistonda demokratik milliy davlatchilikni tuzish 
g'oyasini ilgari surdi. U Qo'qonda tashkil topgan 
Turkiston Muxtoriyatini qo'llab-quvvatladi.
Sho'ro davrida u o'zining ochiq ma'rifiy ishlarini va 
yashirin siyosiy harakatlarini davom ettirdi. 1918-
yilning aprelida Turkiston xalq dorilfununining 
asoschisi va rektori etib saylanadi. U 1918 yilda "Turk 
o'chog'i" ilmiy-ma'rifiy jamiyatini tashkil qiladi.
Munavvar qori 20-yillarda o'zbek yurtining 
mustaqilligi uchun kurash vazifasini o'z oldiga qo'ygan 
"Milliy ittihod" va "Milliy istiqlol" yashirin 
tashkilotlariga rahbarlik qilgan. Munavvar qori 20-yillarda o'zbek 
yurtining mustaqilligi uchun kurash 
vazifasini o'z oldiga qo'ygan "Milliy 
ittihod" va "Milliy istiqlol" yashirin 
tashkilotlariga rahbarlik qilgan.
20-yillarning o'rtalarida milliy ziyolilarni 
ta'qib qilish kuchayishi natijasida 
Munavvar qori hamma lavozimlardan 
chetlashtiriladi. Biroq hatto qatag'on ham 
Munavvar qori Abdurashidxon o'g'lini 
istiqlol g'oyalaridan qaytara olmadi.  Ko‘klamning iskab sunbulin, 
Uzgim kelar nozik gulin,	
 
Tovshi yoqimli bulbulin
 
Bir lahza sayratgim kelar.  Qo‘zg‘olingiz, ey o‘rtoqlar!
Keldi  bizga  ishlash  chog‘i, 
Biz  barchamiz  yosh  ishchimiz, 
ishxonamiz  —maktab  bog‘i.
 
Turing,  tezroq  ish  boshlaylik,
 
Yalqovlikni biz tashlaylik! Jannat kabi go‘zal yurting 
yig‘lab, sendan ish kutadir,
Senda ko‘rgach ishsizlikni, 
hasrat chekib, qon yutadir.
Tur o‘rningdan, och 
ko‘zingni,
Ayt yovingga so‘ng 
so‘zingni. Yoving kimdir, bilasanmi? 
Nodonlikdir, yalqovlikdir,
Yovga qarshi kurashmaslik 
— qo‘rqoqlikdir, 
anqovlikdir.
Ish qilichin, tur, qo‘lga ol!
Yovga qarshi chindan 
qo‘zg‘ol!Ma’rifatparvarlik ruhidagi she’rlari Har millatning maktab va madrasasi o‘ldig‘i kabi, 
bizni ham maktab-madrasalarimiz garchi benizom 
va beusul o‘lsa ham, yo‘q demak darajada oz emas. 
Har millat avlodini tarbiyalash va ta'limi ulumda 
ko‘rsatgan himmat va g‘ayrati kabi bizlarda ham 
o‘z ma'sum avlodlarini jaholat va g‘aflat zulmatida 
qolmoqig‘a hech bir rizolari o‘lmay, qo‘llaridan 
kelgancha ta'lim va tarbiyati avlodda qusurlik 
ko‘rsatmakchi zotlar mavjuddirlar. Va lekin 
dunyog‘a nima uchun kelgonini bilmay, ilm va 
maorifg‘a aslo rag‘bat qilmay, jonidin shirin 
bolalarini ko‘cha-bako‘cha kezdirib, bechora 
ma'sumning aziz umrini jaholat otashina 
yondirg‘uvchi behamiyat va bediyonat otalar ham 
oramizda oz emasdur. Jamoat!
Siz hurmatlularga tiyotr xususida bir necha so‘z aytmakka 
jasorat qilib, qarshularingizga chiqdim. Bu xususda manim 
gustohona harakatimni afu etmaganingizni ojizona rijo 
qilurman.
Bizni Toshkand shahrida bir necha martaba milliy tiyotrlar 
o‘ynalgan bo‘lsa ham, xolis Turkiston tilida hanuz bir 
tiyotr o‘ynalmag‘onlig‘i barchamizga ma'lumdir. Shul 
sababli ba'zi kishilarimiz tiyotrg‘a, ehtimolki, o‘yinbozliq 
yoxud masxarabozliq ko‘zlari ila boqurlar. Holbuki, 
tiyotrning asl ma'nosi ibratxona yoki ulug‘lar maktabi, 
degan so‘zdur. Tiyotr saxnasi har tarafi oynaband qiling‘on 
bir uyg‘a o‘xshaydurki, unga har kim kirsa, o‘zining husn 
va qabihini, ayb va nuqsonini ko‘rub ibrat olur. Va bu 
sahnada ko‘ziga yomon ko‘rungan past odatlardin va 
buzuq axloqlardin uzr qilmoqg‘a harakat qilur. 
Binoanalayh tiyotrni buzuq axloq kasallarining eng 
yoqimli davosiga o‘xshatgan kishi yolg‘onchi bo‘lmasa 
kerak, deb o‘ylayman. Maktabni ochub qo‘ya qolg‘on ila ish bitmasligi, balki aning farqi 
va davomi uchun moddiy va ma'naviy yordam va ma'ovanatlar, 
g‘ayrat va himmatlar lozim ekonligi onglashilmishdir. Buning uchun 
eng yaxshi chora o‘laroq «Jamiyat»ni tuzmishlar. Ya'ni rasmiy bir 
qonun doirasinda xalqtsan iona yig‘ib, ochilmish va ochiladurg‘on 
maktab va dorululumlarning nuqson va ehtiyojlarin yengillik ila 
isloh qilmoq va ado qilmoq usulini ijod etmishlar. Bora-bora bu 
«Jamiyat» shul qadar taraqqiy qilmish va rahmat kasb etmishki, 
madaniy millatlarning butun taraqqiyoti diniya va ehtiyojiyoti 
milliyalari uchun eng ishonchli suyanchiq va muttakoi ettehoz 
o‘linmish va ularda madaniyat narvonining birinchi bosqichi 
maktab, ikkinchisi jamiyat ekon, hozir ko‘p yerlarda maktabni 
ikkinchilikka qoldirub, birinchi bosqichlik nomi muqaddasasini 
jamiyat o‘zina olmishdir. Munavvarqori millatimizning 
ma’rifiy kelgusi va mustaqillik 
yo‘lini munavvar qilib ketgan zotdir. 
«Chor hukumatini yo‘qotish 
jadidlarning tilagida bor edi» deb 
yozgan edi 20-yildagi maqolalaridan 
birida u. 20-yillarning o'rtalarida milliy ziyolilarni ta'qib 
qilish kuchayishi natijasida Munavvar qori 
hamma lavozimlardan chetlashtiriladi. Biroq 
hatto qatag'on ham Munavvar qori 
Abdurashidxon o'g'lini istiqlol g'oyalaridan 
qaytara olmadi.
U 1929-yilda qamoqqa olinadi va 1931-yilda 
otib o'ldiriladi. Uning xoki Moskvadagi 
Vagankovo qabristonidadir.  Ko‘klamning iskab sunbulin, 
Uzgim kelar nozik gulin, 
Tovshi yoqimli bulbulin 
Bir lahza sayratgim kelar. Qo‘zg‘olingiz, ey o‘rtoqlar! 
Keldi bizga ishlash chog‘i, 
Biz barchamiz yosh ishchimiz, 
ishxonamiz —maktab bog‘i. 
Turing, tezroq ish boshlaylik, 
Yalqovlikni biz tashlaylik! Navbat keldi o‘zimga, 
Sen ham meni keltirding, 
Men otamga na qilsam, 
Emdi menga sen qilding.
Menga yarar shul o‘rin 
Bir kun senga ham yarar. 
El aro bor bir matal: 
«Har kim ekkanin o‘rar!»Ijodidan namunalar E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !

Munavvarqori Abdirashidxonov – o‘zbek jadidchilik harakatining yo‘lboshchilaridan biri

Munavvarqori Abdirashidxonov hayot yo‘li. Munavvarqori Abdirashidxonovning jadidchilik harakatidagi o’rni Munavvarqori Abdirashidxonov ma’naviy-ma’rifiy asarlari Reja:

Adib, murabbiy, muharrir, ma'rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o'g'li 1878-yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tug'ildi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida o'qidi, so'ngra tahsilini Buxoroda davom ettirdi, Toshkentga qaytgach, Darxon masjidida imomlik vazifasini bajaradi.

Munavvar qori XIX asrning oxiridan boshlab jadidchilik harakatlarida faol ishtirok eta boshladi. 1901-yilda o'z hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli dahalarida jadid maktablarini ochadi. Bu maktablar uchun 1907-yilda "Adibi avval", "Adibi soniy" darsliklarini yaratadi. "Tajvid al-Qur'on", "Yer yuzi" singari qo'llanmalarni tuzib, nashr etadi. Bolalar uchun qator she'riy va nasriy hikoyalar yozadi. U 1909-yili Toshkentda "Jamiyati xayriya" uyushmasini tuzadi va "Turon" nomli jamiyatni ochadi. Munavvar qori 1906-yilda dastlabki o'zbek matbuoti namunalaridan biri "Xurshid" gazetasini nashr etdi. Keyinchalik "Najot", "Kengash" gazetalarida bosh muharrir, "Sadoyi Turkiston"da esa bo'lim muharriri bo'lib xizmat qiladi.

Munavvar qori 1917-yil fevral inqilobidan keyin Turkistonda demokratik milliy davlatchilikni tuzish g'oyasini ilgari surdi. U Qo'qonda tashkil topgan Turkiston Muxtoriyatini qo'llab-quvvatladi. Sho'ro davrida u o'zining ochiq ma'rifiy ishlarini va yashirin siyosiy harakatlarini davom ettirdi. 1918- yilning aprelida Turkiston xalq dorilfununining asoschisi va rektori etib saylanadi. U 1918 yilda "Turk o'chog'i" ilmiy-ma'rifiy jamiyatini tashkil qiladi. Munavvar qori 20-yillarda o'zbek yurtining mustaqilligi uchun kurash vazifasini o'z oldiga qo'ygan "Milliy ittihod" va "Milliy istiqlol" yashirin tashkilotlariga rahbarlik qilgan.