O’qitish metodlari tasnifi, o’qitish usullari
GEOGRAFIYA O’QITISHDA INNOVATSION TEXNALOGIYALAR Mav zu: O’qit ish met odlari t asnifi , o’qit ish usullari
R E J A O’qitish metodlari haqida tushuncha Tabiiyot va geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi Geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlarning o‘rni va roli. O’qitish m е todlarining sinflashtirish
O’qitish metodlari haqida tushuncha O’qitish m е todlarini mazmunan, mohiyati va vazifasi haqida juda ko’p fikrlar mavjud. Ularni umumlashtirib ifoda qilinganda o’qitish m е todiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: o’qitish m е todi d е b ta’lim maqsadlariga eririshish uchun o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga aytiladi. O’quv jarayonida o’qituvchining maqsadi bilim berish, o’quvchilarning maqsadi bilim olishdir. Mazkur maqsadlarga erishish uchun p е dagogikada qator o’qitish m е todlari ishlab chiqilgan
Tabiiyot va geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi Ta’lim jarayonida o`quvchilar muayyan bilimlar ko`nikma va malakalarni egallaydilar. Didaktikada metod deganda, o`qituvchi rahbarligida turli metodlar vositasida o`quvchilarni bilim, ko`nikma, malakalar bilan qurollantirish hamda ularning dunyoqarashini shakllantirish tushuniladi. O`quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli metodlar bilan o`zlashtiriladi. Shu sababli har doim o`qituvchi oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o`qitish va o`qishga yordam beradigan yo`llarni egallash muammosi turadi. O`quv materiallarini o`rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Didaktika fani metod terminiga ta’rif berish bo`yicha aniq bir qoidani hali yaratganicha yo`q. Bu masala borasida turli ta’rif va qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta’lim metodi deganda o`qituvchi va o`quvchining ta’lim jarayonida birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo`yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Metod o`qituvchi va o`quvchi faoliyati turlarini, ta’lim qanday kechishligini, o`qituvchilar qay darajada tushuntirishi kerakligi bilan belgilanadi. Metodning alohida detallari usul deyiladi. Masalan: yangi bilimni o`zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo`lishi mumkin. Metod va usul o`rtasida doimo aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o`zlashtirish, o`quvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim metodlariga bog`liq.
Ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy narsa xos: 1. Metodlar- o`qituvchi faoliyati yo`l-yo`riqlari bo`lib, o`quvchi faoliyatini belgilashda yordam beradi. 2. Ta’lim metodlari faqat bilim, ko`nikma, malakalarni shakllantirish bilangina cheklanmasdan, balki, o`quvchilarda ijodiy faoliyat , bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi.