logo

O’RTA ZARAFSHON VODIYSI REKREATSIYA RESURSLARI VA ULARNINIG KARTALASHTIRISH MASALALARI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

19119.591796875 KB
MAVZU:   O’RTA ZARAFSHON VODIYSI 
REKREATSIYA RESURSLARI VA ULARNINIG 
KARTALASHTIRISH MASALALARI                                                                                                                 MUND А RIJ А
KIRISH
I-BOB. REKREATSIYA VA TURIZMNING NAZARIY ASOSLARI
1.1- Rekreatsiya geografiyasining nazariyasi
1.2.Rekreatsiya geografiyasi rivojlanishini tadqiq qilishning uslubiy jihatlari
1.3.Tabiiy davolash resurslarini tasnif qilish tamoillari
1.4. Rekreatsion faoliyatning huquqiy-me’yoriy asoslari
I-bob uchun xulosa
2-BOB. O’RTA O’RTA ZARAFSHONNING GEOGRAFIK TAVSIFI
2.1. Geografik o‘rni va chegaralari
2.2. Geologik tuzilishi va taraqqiyot tarixi
2.3. Relefi va relef tiplarining shakllanishi
2.4. Iqlim xususiyatlari
II-bob uchun xulosa
III-BOB. O‘RTA ZARAFSHON VODIYSI REKREATSIYA OB’EKTLARIDAN FOYDALANISHNI HOZIRGI HOLATI VA 
ISTIQBOLLARI
3.1. O‘rta Zarafshon vodiysi rekratsiya resuslaridan foydalanishning hozirgi holati
3.2. O‘rta Zarafshon vodiysining rekreatsion imkoniyatlaridan 
samarali foydalanish masalalari
3.3. O‘rta Zarafshon vodiysi rekratsiya resurslarini rivojlantirish istiqbollari
3.4. O‘rta Zarafshon vodiysining rekreatsiya kartalarini tuzish
III- bob uchun xulosa
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI                 Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
Rekratsiya sohasining nazariy 
masalalari, uning barqaror rivojlanishi, 
samaradorligini oshirish yo‘nalishlari, uning 
geografik jihatlarini xorijlik va respublikamiz 
olimlari tomonidan o‘rganilgan. Xorijiy 
olimlardan E.V.Galishiva, B.D.Akimov, 
K.N.Dolliriy, M.B.Birjakov, 
V.V.Xrabovchenko, mamlakatimizda 
Geograflardan A.S.Soliyev, A.N.Nigmatov, 
M.R.Usmonov, N.T.Shamuratova, 
Sh.T.Yakubjonova, B.X.Kamolov kabilar 
ilmiy-tadqiqot olib borganlar. KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining 
asoslanishi va uning dolzarbligi. 
Jahon  turistik  tashkilotining  (JTT)  2017  yil 
hisobotida  turizmni  barqaror  rivojlantirishning  10  ta 
dasturi  bayon  etilgan  bo‘lib,  unda  « rekreatsiya ni  
rivojlantirish  uchun  iqlim  o‘zgarishi,  chiqindilarni 
nazorat  qilish,  yerlardan  barqaror  foydalanish, 
bioxilma-xillikni  va  alohida  muhofaza  etiladigan 
hududlarni  saqlash  masalalariga  alohida  e tibor  berish” ʼ
lozimligi  ta kidlangan.  Shu  bois  ekoturizmni 	
ʼ
rivojlantirishda  ekotizimlarning  barqarorligini  saqlash, 
bioxilma-xillikni  va  tabiat  yodgorliklarini  asrashni 
ilmiy  asosda  tashkil  etish,  ekoturizmni  barqaror 
rivojlantirish  strategiyalarini  ishlab  chiqishni  taqozo 
etadi[ https://www.unwto.org/ru] .                 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida: «Bizda turizm ko‘pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar 
doirasida cheklanib qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qo‘riqxonalar, 
tog‘li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Ayniqsa, tibbiyot turizmi, 
ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham 
katta turtki beradi.  Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2019-2025 yillarda Turizmni 
rivojlantirish milliy konseptsiyasini ishlab chiqishi va ijrosini ta’minlashi zarur. Shu asosda 2025 
yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm eksportidan 
keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish lozim», deb sohadagi yo‘nalish va 
marrani ko‘rsatibberdi.
[O‘zbekiston Respublikasi	 Prezidenti	 Shavkat	 Mirziyoyevning	 Oliy	 Majlisga	 Murojaatnomasini	 o‘rga
nish	
 va	 keng	 jamoatchilik	 o‘rtasida	 targ‘ib	 etishga	 bag‘ishlangan	 ilmiy-ommabop
 	
qo‘llanma.	 2019y.	 314	 b].                                                             Ishning maqsadi va vazifalari. 
Magistrlik dissertatsiya ishining  maqsadi  –O‘rta Zarafshon vodiysi rekreatsiya zonasining turistik 
salohiyatidan unumli foydalanishning yo‘nalishlarini asoslash va istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha taklif va 
tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Vazifasi- O‘rta Zarafshon vodiysi rekreatsiya ob’ektlari va ulardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, 
ekoturistik marshrutlarni tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot 
obyekti 
- O‘rta zarafshon vodiysi rekreatsiya obyektlari Mazkur magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot 
Predmeti  
Ularning tabiiy geografik jihatlari va  rekreatsiya  
imkoniyatlari.                                                                                Ishning ilmiy yangiligi. 
O rta zarafshon vodiysi rekreatsiya imkoniyatlari (tabiat yodgorliklari, noyob landshaftlar) aniqlandi ʼ
va istiqbolda rekreatsiyani rivojlantirish uchun « O rta zarafshon vodiysiining rekreatsion-turistik karta sxemasi 	
ʼ
 » 1:100 000 masshtabda  karta-sxema yaratildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
O‘rta Zarafshon vodiysi rekreatsiya tabiati, 
landshaftlari va tabiat yodgorliklari, aholisining tarixi va 
madaniyati o‘ziga xos bo‘lib, bu turistik, xususan ekoturistik 
obyektlarning tarqalishida ham aks etgan. Rekreatsiya 
obyektlarning tarqalishi va joylashishini tadqiq etish ulardan 
turizm sohasini rivojlantirishda oqilona foydalanish va 
muhofaza qilish tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etishga asos 
bo‘ladi. Tadqiqot ishi natijalarining nazariy va amaliy        
ahamiyati
Tadqiqot natijalarining  nazariy  ahamiyati  
O‘rta zarafshon vodiysi rekreatsiya tabiiy geografik 
obyektlari aniqlangani hamda  rekreatsiya  maqsadda 
foydalanishning tabiiy geografik asoslari ochib 
berilgani bilan belgilanadi. 
Tadqiqot ishining  amaliy  ahamiyati O‘rta 
zarafshon vodiysi rekreatsiya obyektlarini o‘rganish, 
rekrantlarni ushbu obyektlarga jalb etish, yangi turistik 
marshrutlarni ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi.                     I-BOB. REKREATSIYA VA TURIZMNING 
NAZARIY ASOSLARI
1.1- Rekreatsiya geografiyasining nazariyasi
1.2.Rekreatsiya geografiyasi rivojlanishini tadqiq 
qilishning uslubiy jihatlari
1.3.Tabiiy davolash resurslarini tasnif qilish tamoillari
1.4. Rekreatsion faoliyatning huquqiy-me’yoriy asoslari
I-bob uchun xulosa                                                                     1.1- Rekreatsiya geografiyasining nazariyasi
Rekreatsiya – rekreatsiya – fran. – dam olish, hordiq chiqarish; polyak.  rekreacja – dam olish; lotin. recreation 
– kuch quvvatni tiklash, dam olish; bo‘lib N.F.Reymers (1994), bularga qo‘shimcha tarzda insonning salomatligi va 
mehnat qobiliyatini tiklashi o‘zining yashash joyida emas, balki tashkil etilgan yoki tashkil etilmagan sayyohlik 
safarlarida yoki mehnat ta’tili vaqtini maxsus dam olish maskanlari (sanatoriya, dam olish uylari va boshqalar)da 
o‘tkazishini qayd etadi. Boshqa manbalarda (Geografiya segodnya. Sbornik. M.: Znaniye, 1984, s. 128) rekreatsiya – 
dam olish, bo‘sh vaqtdan foydalanishning har qanaqa shakllari ekanligi ta’kidlanadi (124-b.). 
1.2.Rekreatsiya geografiyasi rivojlanishini tadqiq qilishning 
uslubiy jihatlari
Rekreatsiya kuch va faoliyatni tiklash doirasidagi 
mehnat faoliyatdan bo‘sh davrdagi muddat birligi sifatida 
tavsiflanadi va salomatlikni tiklashning samarali 
yo‘nalishi hisoblanadi. Rekreatsion geografiya maxsus fan 
hisoblanib, uning rivojlanishi jamiyatning muhim sohalari 
(madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqalar) bilan 
chambarchas bog‘liq. Hududiy rekreatsion tizimlar, 
ularning shakllanishi, rivojlanishi va tarqalishi rekreatsiya 
geografiyasining o‘rganish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.  1.3-§. Tabiiy davolash resurslarini tasnif qilish tamoillari.
Davolash tabiiy resurslari, tashqi muhit, 
ajoyib tabiiy manzara, mevali va manzarali 
o’simliklarga boyligi, suv bo’ylaridagi davolash 
omillari davolanishda katta yordam beradi. 
Davolash resurslarini ishlab chiqish asosiy 
biologik aktiv komponentlarga ajratishni, ularni 
miqdoriy baholashni, meyorini aniqlashni va 
yana alohida genetik vaqtini o`rganilishi va 
hokazolar uning tarkibiga  kiradi.
        Biz ham shu asosda keng tarqalgan, 
zamonaviy rekreatsion va kurort amaliyotida 
o`rganilgan tasniflarni ko’rib chiqdik.                 1.1-rasm. Jaxondagi ekoturistik obyektlar.                             1.2-rasm.  Nuyyork shaxrini yuqoridan ko’rinishi.                                 ZOMIN DAM OLISH MASKANI

https://www.Zomin tog -o rmon davlat qo riqxonasi.comʻ ʻ ʻ                 1.4. Rekreatsion faoliyatning huquqiy                 
me’yoriy asoslari
Davlatning turizm sohasidagi siyosati 
O‘zbekiston Respubikasining barcha hududida amalga 
oshirilib, alohida subyektlar darajasida, mavjud turizm 
salohiyati bilan mintaqa iqtisodiyoti o‘rtasidagi 
ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda turizm sohasiga oid ishlab chiqilgan 
ilk xuquqiy me’yoriy hujjat - bu, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27-iyuldagi 
“O‘zbekturizm” MKni tashkil etish to‘g‘risida”gi 
Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1992 yil 20 oktyabrdagi 
“O‘zbekturizm” MK faoliyatini tashkil etish masalalari 
haqida”gi Qarori hisoblanadi.  1-bob bo‘yicha xulosa:
1. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki rekreatsion faoliyat va 
turizmni rivojlantirishning eng maqbul yo‘li, avvalam bor, hududlarning 
tabiiy resurs salohiyatini, imkoniyatlarni o‘rganish, ulardan 
foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish istiqbolini 
belgilab olish kerak. 
2. Rekreatsiya va turizmni tashkil etish va rivojlantirishni 
hududlarning tabiiy sharoiti, atrof-muhit holati, demografik vaziyati, 
ta’limi va milliy mintaliteti hamda iqtisodiyot darajasini aniqlash, ularni 
sifatiy va miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida baholashni talab etishi aniqlandi.
3. Vodiyda sayyohlikni rivojlantirish borasidagi turizmning bir 
qancha yo‘nalishlari, jumladan, ekoturizm, tog‘ chang‘i turizmi, sport 
turizmi, etnik turizmi, ov turizmi, gastronomik turizmi kabilar tadqiqot 
ob’ektlari bilan bog‘langan holda misollar bilan keng yoritilgan.  
Qolaversa,  . O‘rta zarafshon vodiysining tabiiy geografik xususiyatiga 
qarab tabiat yodgorliklari, jumladan, geologik-geomorfologik, 
paleobotanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga 
ajratilgan va ularning mazmun mohiyati ochib berilib tahlil qilingan. 
                  2-BOB. O’RTA O’RTA ZARAFSHONNING      
GEOGRAFIK TAVSIFI
2.1. Geografik o‘rni va chegaralari
2.2. Geologik tuzilishi va taraqqiyot tarixi
2.3. Relefi va relef tiplarining shakllanishi
2.4. Iqlim xususiyatlari
II-bob uchun xulosa                 2.1. Geografik o‘rni va chegaralari Zarafshon daryosi 
Turkiston, Zarafshon va Oloy tog‘ tizmalarining 
qo‘shilishgan tog‘ tugunidan  boshlanadi. Bu joy 
“Mastchoh tog‘ tuguni” deb nomlanadi (Baratov, 
Mamatqulov, Rafiqov, 2002). Zarafshon daryosi shu tog‘ 
tugunidagi 2775 m balandlikdan Zarafshon muzligidan 
boshlana. Daryo boshlanishida, Mastchohdaryo nomi 
bilan ataladi. Mastchohdaryoga Fandaryo kelib 
qo‘shilgach, daryo Zarafshon nomini oladi (Shuls, 
Mashrapov, 1969).                  O‘rta Zarafshon vodiysi 
kenglik bo‘ylab 160 km masofaga cho‘zilgan, o‘rtacha 
kengligi 70 km ni tashkil etadi. Umumiy maydoni 13600 
km2 ga teng. Botiqning eng keng joyi Samarqand 
atroflariga to‘g‘ri keladi. Vodiy g‘arbga tomon torayib 
boradi.  2.1-rasm. Zarafshonning tog‘li qismining orografik sxemasi                 2.2-rasm. Zarafshon daryosi vodiysining 
o‘rta va quyi qismi  
2.2. Geologik tuzilishi va taraqqiyot tarixi
Zarafshon daryosi havzasining vodiysini 
o‘rab turgan tog‘lardagi eng qadimgi tub jinslar 
ordovik, quyi silur davrlariga xos bo‘lib, ular Janubiy 
Nurota tizmasiga kiruvchi Oqtog‘ antiklinalida, 
Chaqilkalon va Zirabuloq tog‘larining janubiy 
yonbag‘irlarida Oltiovul, Devonsoy va Tim qishloqlari 
yaqinida yer yuzasiga chiqib yotadi. Bular 
alevrolitlardan, ohaqtosh aralash qumtoshlardan, 
kvarsli porfirlardan tarkib topgan.                 2.3.rasm. Taxtaqoracha dovoni.                                                                     2.3. Relefi va relef tiplarining shakllanishi
O’rta Zarafshon yirik tektonik botiq bo‘lib, uning asosi gersin burmalanishida hosil bo‘lgan. Bu vodiyni o‘rab turgan tog‘lar 
yirik megaantiklinal (Pomir-Oloy) strukturalarining davomi hisoblanib, yirik tektonik yoriqlar va sineklinallar bilan ajralib turadi. Ana 
shu alohida antiklanal tektonik strukturalar O’rta Zarafshonning janubida Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyoviddin tog‘lari, 
shimolida Chumqortog‘, G‘o‘bdintog‘, Qorachatog‘, Oqtog‘, Qoratog‘ tizmalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Har ikkala tomondagi 
tog‘larning o‘rtacha balandligi 1400-1700 m ni tashkil qilib, Qizilqum cho‘li tomon pasayib, tepaliklarga aylanib boradi. Eng baland 
cho‘qqilar Chumqortog‘da 2621 m, Oqtog‘ tizmasida 2004 m ni tashkil etadi. 
2.4. Iqlim xususiyatlari
B.P.Alisovning (1950) iqlim klassifikatsiyasi 
bo‘yicha O’rta Zarafshon Osiyoning kontinental 
subtropik iqlimiga kiradi. Bu iqlimning asosiy 
xususiyatlari yorug‘lik va issiqlikning kattaligi, 
yog‘in miqdorining kamligi, sutka hamda fasllar 
davomida haroratning keskin farq qilib turishidir 
(Bobushkin, 1961). Hududdagi bunday iqlim 
xususiyatlari uning geografik o‘rni bilan bog‘liq. 
G‘arb tomonda Qizilqum cho‘lining, shimol, janub 
va sharq tomonda Zarafshon hamda Turkiston 
tizmalarining o‘rab turishi iqlim elementlarida o‘ziga 
xoslikni keltirib chiqaradi.  II-bob uchun xulosa
Rekreatsiya o‘zining rivojlanishi uchun ma’lum 
tabiiy geografik sharoitni talab qiladi. Uni hududning tabiiy 
omillari – relefi, iqlimi, suvlari, tuproq va o‘simlik qoplami, 
hayvonot dunyosi hamda landshaftlari hosil qiladi, ular 
uyg‘unlikda tahlil qilinishi lozim.
. O‘rta zarafshon vodiysi respublika hududuning markaziy 
qismida, Zarafshon daryosining o‘rta oqimi havzasida 
joylashgan.
Vodiy yer yuzasi asosan paleogen, neogen va 
antropogen davr cho‘kindi jinslaridan tarkib topgan. Bu 
jinslarning ustki qismini Zarafshon daryosi va uning 
irmoqlari olib kelgan allyuvial yotqiziqlar qoplab olgan. 
Viloyatning relefi asosan yassi tekislik bo‘lib, sharqdan 
g‘arbga tomon pasayib boradi.                 III-BOB. O‘RTA ZARAFSHON VODIYSI REKREATSIYA OB’EKTLARIDAN FOYDALANISHNI HOZIRGI 
HOLATI VA ISTIQBOLLARI

3.1. O‘rta Zarafshon vodiysi rekratsiya resuslaridan foydalanishning hozirgi holati

3.2. O‘rta Zarafshon vodiysining rekreatsion imkoniyatlaridan 
samarali foydalanish masalalari

3.3. O‘rta Zarafshon vodiysi rekratsiya resurslarini rivojlantirish istiqbollari

3.4. O‘rta Zarafshon vodiysining rekreatsiya kartalarini tuzish

III- bob uchun xulosa                                 3.1. O‘rta Zarafshon vodiysi rekratsiya resuslaridan 
                                   foydalanishning hozirgi holati
   O‘rta Zarafshon vodiysi rekratsiya resuslaridan foydalanishni tashkil etish 
va rivojlantirishda ko‘plab tabiiy omillar muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan 
xalqaro turizmni rivojlantirish uchun zamonaviy aeroport, yo‘llar, savdo 
shaxobchalari, madaniy dam olish uylari, shahar yodgorliklarining yaxshi 
saqlanganligi ahamiyatlidir. Bundan tashqari,  rekratsiya-turizmi bilan bog‘liq 
iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi hamda sanoat tarmoqlari, xususan oziq-ovqat, va 
boshqalar ham bu sohani rivojlantirishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi (Komilova, 2001). 
Hozirgi kunda zamonaviy rekratsiya-turizmi xalqaro aloqa tizimi (internet), turli 
xizmatlarning yaratilishini taqozo etadi. Ayni paytda sayyoh uchun nafaqat tabiiy, 
diniy, va boshqa turizm turlariham zarurdir. Shundan kelib chiqqan holda 
rekratsiya-turizmini tashkil etish va rivojlantirishga qator omillar ta’sirini aniqlash 
mumkin. Bu borada xususan yirik, ya’ni tabiiy omillar yetakchi ahamiyat kasb 
etadi.                 3.1-rasm. Samarqand viloyati Payariq tumani Obolov qishlo‘ida Sho‘rko‘l                 .
 
3.2 rasm. Sho’rko’l suv havsazi dam oluvchi maskani                 3 . 3 - rasm .  Zarafshon   milliy   tabiat   bog’i   [Manba. www.Samarqand. travel.uz].                 3.2. O‘rta Zarafshon vodiysining rekreatsion 
imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari
Har qanday davlat o‘zining tabiiy va tarixiy 
boyligi bilan qudratli hisoblanadi. Har bir xalq davlatining 
yer osti va usti boyliklari, ulkan tog‘lari va o‘rmonlari, 
daryo va ko‘llari, yirik shaharlar va go‘zal inshootlari bilan 
o‘z kuch-qudratini namoyon etishga harakat qiladi.
O‘rta Zarafshon vodiysi respublikada, ya’ni noyob tabiat 
ob’ektlari va madaniy-tarixiy  yodgorliklar merosiga boy 
bo‘lgan, rekreatsiya-turizmni rivojlantirish jihatdan eng 
jozibador hisoblangan hududda joylashgan. Vodiy 
O‘zbekiston respublikasining sayyohlik rivojlangan asosiy 
(tarkibiy) qismi hisoblanadi va yuqori darajadagi jozibador, 
rivojlangan landshaftlari ham vodiyga tegishlidir. Tabiiy-
tarixiy-madaniy imkoniyatlariga ko‘ra rekreatsiya va 
turizm sohasida katta salohiyatga ega.  3.3. O‘rta Zarafshon vodiysi rekratsiya resurslarini 
rivojlantirish istiqbollari
O‘rta Zarafshon vodiysidagi eng yirik 
shaharlardan bo‘lmish Samarqand shahri O‘zbekistonda 
ikkinchi yirik shahar hisoblanadi. Shahar asrlar davomida 
Buyuk Ipak yo‘lining yirik savdo markazi sifatida tilga 
olingan. XIV va XV asrlar davomida bu shahar temuriylar 
saltanatining poytaxti vazifasini o‘tagan va o‘sha davrlarda 
yirik ilm-fan, madaniyat markaziga aylangan. Hozirgi 
vaqtda esa O‘rta Zarafshon vodiysi o‘zining tabiiy sharoiti, 
yer usti tuzilishi, relefi, janub va shimol hamda shimoli-
sharq tomonlari tog‘liklardan iboratligi turistik-rekreatsiya 
imkoniyatlarini rivojlantirishda ahamiyati beqiyosdir. Bu 
borada turizm va rekreatsiya resurslari talablariga javob 
beradigan zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarini 
shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, 
mehmonxona va dam olish uylari, sanatoriya, savdo, 
restoran va boshqa ob’ektlarni qurishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bunday ob’ektlarni barpo etishda hududning 
tabiiy va rekreatsiya resurslari baholanadi (Badalov, 2021 ).                  .                                          3.4. O‘rta Zarafshon vodiysining rekreatsiya kartalarini tuzish
Rekreatsiya-turistik kartalarini yaratishda landshaft kartasi asos bo‘lib unga 
rekreatsiya tizimlarini mos holda o‘z holiga joylashtirish asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, 
kartada umumgeografik asos, ya’ni gidrografiya tarmoqlar, ma’muriy chegaralar, aholi yashash 
punktlari, temir va avtomobil yo‘llar va boshqa infrastruktura kommunikatsiyalari tushiriladi. 
Kartada qo‘shimcha tarzda tabiatning diqqatga sazovor joylari (g‘orlar, qoyalar, daralar, 
cho‘qqilar, dovonlar, buloqlar, sharsharalar, tabiatning noyob obidalari), gidrografiya tizimlar 
(daryo, ko‘l, suv omborlari, sun’iy kanallar), madaniy tarixiy yodgorliklar, yirik xalq xo‘jalik 
korxonalari, geografik, biologik qo‘riqxonalar; rekreatsiya muassasalari (sanatoriylar, kurortlar, 
dam olish uylari, sayyohlik tashkilotlari va bazalari motellar, kempinglar); hududining xo‘jalik 
jihatidan o‘zlashtirilganlik turlari (urbanizatsiyalashgan joylar, shaharlarning yashil mintaqalari, 
qishloq xo‘jalik yerlari, qo‘riqxonalar, zakazniklar); dam olish turlarining mintaqalari sanatoriy-
kurort, shahar tashqarisidagi ommaviy dam olish, sayohatlar uyushtirish mumkin bo‘lgan, sport 
sayohatlari, alpnizim va boshqalar) tushurilishi kerak. Ushbu yuqorida ko‘rsatilgan geografik 
asoslar va rekreatsiya tizimiga kiruvchi ob’ektlar ma’lum tartib va mazmundagi shartli belgilar 
bilan ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.                  E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

MAVZU: O’RTA ZARAFSHON VODIYSI REKREATSIYA RESURSLARI VA ULARNINIG KARTALASHTIRISH MASALALARI

MUND А RIJ А KIRISH I-BOB. REKREATSIYA VA TURIZMNING NAZARIY ASOSLARI 1.1- Rekreatsiya geografiyasining nazariyasi 1.2.Rekreatsiya geografiyasi rivojlanishini tadqiq qilishning uslubiy jihatlari 1.3.Tabiiy davolash resurslarini tasnif qilish tamoillari 1.4. Rekreatsion faoliyatning huquqiy-me’yoriy asoslari I-bob uchun xulosa 2-BOB. O’RTA O’RTA ZARAFSHONNING GEOGRAFIK TAVSIFI 2.1. Geografik o‘rni va chegaralari 2.2. Geologik tuzilishi va taraqqiyot tarixi 2.3. Relefi va relef tiplarining shakllanishi 2.4. Iqlim xususiyatlari II-bob uchun xulosa III-BOB. O‘RTA ZARAFSHON VODIYSI REKREATSIYA OB’EKTLARIDAN FOYDALANISHNI HOZIRGI HOLATI VA ISTIQBOLLARI 3.1. O‘rta Zarafshon vodiysi rekratsiya resuslaridan foydalanishning hozirgi holati 3.2. O‘rta Zarafshon vodiysining rekreatsion imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari 3.3. O‘rta Zarafshon vodiysi rekratsiya resurslarini rivojlantirish istiqbollari 3.4. O‘rta Zarafshon vodiysining rekreatsiya kartalarini tuzish III- bob uchun xulosa XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Rekratsiya sohasining nazariy masalalari, uning barqaror rivojlanishi, samaradorligini oshirish yo‘nalishlari, uning geografik jihatlarini xorijlik va respublikamiz olimlari tomonidan o‘rganilgan. Xorijiy olimlardan E.V.Galishiva, B.D.Akimov, K.N.Dolliriy, M.B.Birjakov, V.V.Xrabovchenko, mamlakatimizda Geograflardan A.S.Soliyev, A.N.Nigmatov, M.R.Usmonov, N.T.Shamuratova, Sh.T.Yakubjonova, B.X.Kamolov kabilar ilmiy-tadqiqot olib borganlar. KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahon turistik tashkilotining (JTT) 2017 yil hisobotida turizmni barqaror rivojlantirishning 10 ta dasturi bayon etilgan bo‘lib, unda « rekreatsiya ni rivojlantirish uchun iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni nazorat qilish, yerlardan barqaror foydalanish, bioxilma-xillikni va alohida muhofaza etiladigan hududlarni saqlash masalalariga alohida e tibor berish” ʼ lozimligi ta kidlangan. Shu bois ekoturizmni ʼ rivojlantirishda ekotizimlarning barqarorligini saqlash, bioxilma-xillikni va tabiat yodgorliklarini asrashni ilmiy asosda tashkil etish, ekoturizmni barqaror rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishni taqozo etadi[ https://www.unwto.org/ru] .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida: «Bizda turizm ko‘pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qo‘riqxonalar, tog‘li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konseptsiyasini ishlab chiqishi va ijrosini ta’minlashi zarur. Shu asosda 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish lozim», deb sohadagi yo‘nalish va marrani ko‘rsatibberdi. [O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rga nish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop qo‘llanma. 2019y. 314 b].

Ishning maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi –O‘rta Zarafshon vodiysi rekreatsiya zonasining turistik salohiyatidan unumli foydalanishning yo‘nalishlarini asoslash va istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Vazifasi- O‘rta Zarafshon vodiysi rekreatsiya ob’ektlari va ulardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, ekoturistik marshrutlarni tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot obyekti - O‘rta zarafshon vodiysi rekreatsiya obyektlari Mazkur magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot Predmeti Ularning tabiiy geografik jihatlari va rekreatsiya imkoniyatlari.