O`zbekiston Respublikasida Sud hokimiyati
Mav zu: O` zbek ist on Respublik asida Sud hok imiy at i
Reja: 1.O` zbek ist on Respublik asi Sud hok imiy at i v a Sud t izimi 2.O` zbek ist on Respublik asi Oliy Sudi 3.Harbiy sudlar
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Hech qaysi boshqa organlar va shaxslar sud hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirib olishga haqli emas. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari; fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari; jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari; tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari; tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga ko‘ra sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. LexUZ sharhi
Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.
Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalarning mustaqilligi prinsipiga qat’iy muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi alohida qonun bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladigan qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.