logo

O’zbekiston va Qirg’iziston aloqalari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4799.2548828125 KB
O’zbekiston va 
Qirg’iziston aloqalari  Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari
Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari — Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1993 y. ikkala davlat 
oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. 1992 y. iyuldan Toshkentda Q. elchixonasi, 1998 y. okt.dan 
Bishkekda Oʻzbekiston elchixonasi faoliyat yuritmokda. 2000 y. sent.da OʻzR Prezidenti I.Karimovning 
Bishkekka, 1996 y. dek. va 1998 y. noyabr
da Q. Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtdi. 1996 y. 24 dek.da ikki davlat oʻrtasida imzolangan 
"Abadiy doʻstlik toʻgʻrisida"gi shartnoma davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy 
asosi hisoblanadi. Davlatlar oʻrtasida gumanitar sohadagi hamkorlik mana shu shartnoma, 1994 y. 16 
yanvarda imzolangan Madaniyat, sogʻliqni saqlash, fan, taʼlim, turizm va sport boʻyicha hamkorlikni 
chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim, 1996 y. 24 dek.da imzolangan Madaniy hamkorlik 
toʻgʻrisidagi muassasalararo bitimga muvofiq amalga oshiriladi. 2005 y.gacha ikki davlat oʻrtasida ikki 
tomon uchun ahamiyatli boʻlgan 181 hujjat imzolangan. 2004 y. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Q. 
oʻrtasidagi tovar aylanmasi 68,1 mln. AQSH dollarini, jumladan, eksport 43,6 mln. AQSH dollarini, import 
24,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
2021-yil mart oyida Qirgʻiziston prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida qirgʻiz xalqiga oʻzbek xalqi 
nomidan 10 dan ortiq tez yordam mashinalari topshirildi[1]. Ikki davlat rahbarlari va delegatsiyalari 
ishtirokidagi muzokaralarda kapitali 200 million AQSH dollari boʻlgan Oʻzbekiston–Qirgʻiziston investisiya 
jamgʻarmasi tashkil etilishi belgilangan hamda ikki mamlakat hukumatlariga uning faoliyatini yoʻlga 
qoʻyish boʻyicha topshiriqlar berilgan[2]. Oʻzbekiston–Qirgʻiziston sherikligining deyarli barcha 
yoʻnalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi[3].
Ikki mamlakat oʻrtasida 2020-yil yakuni boʻyicha savdo aylanmasi 903,1 million dollarni tashkil etgan. 
Shundan eksport hajmi 756,6 million dollar, import hajmi 146,5 million dollarni tashkil etgan. 2021-yil 1-
yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda qirgʻiz kapitali ishtirokida 183 korxona faoliyat yuritadi: 104 tasi 
qoʻshma korxona, 79 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar hisoblanadi. Harbiy hamkorlik
Sadir Japarovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi hisobotlarida Oʻzbekiston Qirgʻiziston Mudofaa vazirligiga 
bitta vertolyot sovgʻa qilishi keltirib oʻtiligan. Mudofaa vazirligi orqali oʻzbek tomoni Qirgʻizistonga bitta 
vertolyotni bepul taqdim etadi va yana bittasini tiklab berishga tayyor. Biroq aynan qaysi vertolyot ekani 
aniq emas. Shuningdek, harbiy yoʻnalishda xodimlar tayyorlash masalasi, xususan, qurol-yarogʻ yoʻnalishi, 
uchuvchilar va aloqachilar tayyorlash masalalari ham koʻrib chiqilgan  Chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish
Qirgʻiziston Oʻzbekistonda joylashgan anklav hudud — Soʻx bilan aviaqatnovlar va transport qatnovlarini 
yoʻlga qoʻyishga, Oʻzbekiston esa shu paytgacha „chegara hududlar aholisi oʻrtasida tortishuvlar va siyosiy 
ziddiyatlarga sabab boʻlib kelgan“ Unkar-Too hududini berish tayyor ekanligini maʼlum qilgan.
Oʻzbekiston–Qirgʻiziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha har ikki 
tomon ham ushbu ishlarni keyingi uch oy ichida yakunlash kerakligi toʻgʻrisida kelishib olgan[6].
2021-yil 26-mart kuni Toshkentda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston delegasiyalari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 
Uchrashuv natijalarini Qirgʻiziston hukumati delegasiyasining rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi. 
Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyevning ta’kidlashicha, qirgʻiz-oʻzbek chegaralarida 
bundan soʻng bahsli hududlar boʻlmaydi. Chegara masalalarini hal qilishda tomonlarning hech biri 
«yutmagan va yutqazmagan». tomonlar loyiha chizigʻining Kampir-Obod (Andijon) suv ombori hududida 
900 gorizontal ostidan 312-raqamli chegara nuqtasidan 312/3-raqamli chegara nuqtasigacha oʻtishi 
toʻgʻrisida kelishib olgan. Kelishuv natijalariga koʻra, ayrim shartlar bajarilsa, toʻgʻon Oʻzbekiston hududida 
qolishi belgilangan. Demarkasiya jarayonida Oʻzbekiston Andijon viloyatining Oʻsh viloyati Uzgen tumani 
va Jalol-Obod viloyatining Soʻzak tumanlari bilan chegaradosh hududdagi 304- va 312-raqamli chegara 
nuqtalari oraligʻidagi 1000 gektar yerni tovon sifatida Qirgʻizistonga topshiradi. Shu munosabat bilan 
tomonlar Oʻzbekiston va Qirgʻiziston suv xoʻjaligi tashkilotlariga Kampir-Obod suv omborining suv 
resurslaridan birgalikda foydalanish va boshqarish boʻyicha hukumatlararo kelishuv loyihasini ishlab 
chiqish topshirigʻini bergan. Shuningdek, tomonlar Shahrixonsoy kanalining hududlarini (chap tomoni), 
312 va 312/3 chegara nuqtalari hududidagi Andijon suv ombori toʻgʻonini, kanaldan toʻgʻon oʻrtasigacha, 
Oʻzbekistonga 50 gektar yerni qoldirib, xatlovdan oʻtkazishga kelishib olgan Elelktr energiyasi yetkazib berish boʻyicha kelishuv
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻzaro elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisida kelishib oldi. Oʻzbekiston 
Qirgʻizistonga 2021-yil mart oyidan oktyabr oyigacha va 2022-yil mart-aprel oylarida 750 million kilovatt-
soatgacha elektr energiyasi yetkazib beradi. Bunday chora-tadbirlar Toʻktogul suv omborida suv toʻplash va 
uni 2021–2023 yillarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi iste’molchilariga yetkazib berish maqsadida amalga 
oshirildi. Kelishuvga binoan belgilangan yillarda Qirgʻiziston mos miqdordagi elektr energiyasini iyun-
avgust oylarida qaytarib beradi  O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Qo‘shma bayonot qabul qildilar. 
Shuningdek, ikki mamlakat vazirliklari va hududlari rahbarlari imzolangan 
hujjatlar bilan almashdilar. Umuman, tashrif doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-
Qirg‘iziston sherikligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta 
hujjat imzolandi.
Qariyb 50 ta qo‘shma loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan Sanoat 
kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-
tadbirlar rejasi, O‘zbekiston-Qirg‘iziston Investitsiya fondini tashkil etish 
to‘g‘risidagi bitim, elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish, Qirg‘izistonda 
gidroenergetika obektlarini qurish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar 
shular jumlasidan.
Andijon va O‘sh, Namangan va Jalolobod, Farg‘ona va Botken, Norin viloyatlari 
o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” 
hududlararo hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Shuningdek, tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi hamda 
bojxona ishi, harbiy va harbiy-texnik hamkorlik, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat 
xavfsizligi, o‘simliklar karantini, ta'lim, fan va madaniyat sohalari bo‘yicha qator 
muhim hujjatlar imzolandi.  Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida 
mazkur texnoparkka tashrif buyurdi.
Ushbu zamonaviy majmua davlatimiz rahbarining 2019 yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada 
rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Bu yerda umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta loyiha 
amalga oshirilmoqda.
Qirg‘iziston Prezidentiga texnoparkdagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar – maishiy 
texnikalar, elektron gaz hisoblagichlar, liftlar, suv nasoslari, sanoat konditsionerlari va sovitish tarmoqlari 
haqida ma’lumot berildi.
Davlat rahbarlari O‘zbekistonning sanoat, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi 
bilan tanishdi. Ko‘rgazmaga 24 ta tarmoq va 14 hududda ishlab chiqarilayotgan mingdan ortiq 
mahsulotlar qo‘yilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda ham kerakli salohiyat borligi, uni yuzaga chiqarish uchun 
O‘zbekiston kooperatsiyalar tashkil etish va tajriba almashishga tayyor ekanini ta’kidladi. Tarmoq 
rahbarlariga Qirg‘izistondagi turdosh muassasalar bilan yaqindan ishlab, qo‘shma loyihalarni amalga 
oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
O‘zbekiston xalqi nomidan Qirg‘iziston xalqiga yurtimizda ishlab chiqarilayotgan tez tibbiy yordam 
mashinalari sovg‘a qilindi. Sadir Japarov qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, doimiy ko‘magi 
va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirdi.
Mamlakatimizning sanoat salohiyati, mahsulotlarning keng assortimenti va sifati mehmonlarda katta 
taassurot qoldirdi.
Oliy martabali mehmon tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila 
Norboyeva bilan uchrashdi
Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida hamkorlikning barcha darajalarida 
aloqalarni faollashtirishdan hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlari rahbarlarining o‘zaro 
tashriflari amaliyotini davom ettirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Ikki mamlakat Prezidentlari muzokaralarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish xususida so‘z 
yuritildi. Qonun ijodkorligi sohasida hamkorlikni kengaytirish, Oliy Majlis Senati va Jogorku Kenesh 
shafeligida mintaqalararo forumni o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.
Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri 
Nurdinjon Ismoilovni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlari sifat jihatidan yangi strategik 
hamkorlik darajasiga chiqqani, do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik aloqalari jadal rivojlanayotgani 
qayd etildi.
Ikki mamlakat qonunchilik organlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirishga doir masalalar 
yuzasidan fikr almashildi.
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 
bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi 
Prezidenti Sadir Japarovning muzokaralari yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga 
oshirishda ikki mamlakat hukumatlari oldida turgan muhim vazifalar ko‘rib chiqildi.
Transport, energetika sohalarida O‘zbekiston – Qirg‘iziston hamkorligini yanada rivojlantirish 
istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini 
o‘tkazish muddati kelishib olindi.
Shu bilan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi 
yakunlandi.
Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.

O’zbekiston va Qirg’iziston aloqalari

Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari — Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1993 y. ikkala davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. 1992 y. iyuldan Toshkentda Q. elchixonasi, 1998 y. okt.dan Bishkekda Oʻzbekiston elchixonasi faoliyat yuritmokda. 2000 y. sent.da OʻzR Prezidenti I.Karimovning Bishkekka, 1996 y. dek. va 1998 y. noyabr da Q. Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtdi. 1996 y. 24 dek.da ikki davlat oʻrtasida imzolangan "Abadiy doʻstlik toʻgʻrisida"gi shartnoma davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosi hisoblanadi. Davlatlar oʻrtasida gumanitar sohadagi hamkorlik mana shu shartnoma, 1994 y. 16 yanvarda imzolangan Madaniyat, sogʻliqni saqlash, fan, taʼlim, turizm va sport boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim, 1996 y. 24 dek.da imzolangan Madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi muassasalararo bitimga muvofiq amalga oshiriladi. 2005 y.gacha ikki davlat oʻrtasida ikki tomon uchun ahamiyatli boʻlgan 181 hujjat imzolangan. 2004 y. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Q. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 68,1 mln. AQSH dollarini, jumladan, eksport 43,6 mln. AQSH dollarini, import 24,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2021-yil mart oyida Qirgʻiziston prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida qirgʻiz xalqiga oʻzbek xalqi nomidan 10 dan ortiq tez yordam mashinalari topshirildi[1]. Ikki davlat rahbarlari va delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralarda kapitali 200 million AQSH dollari boʻlgan Oʻzbekiston–Qirgʻiziston investisiya jamgʻarmasi tashkil etilishi belgilangan hamda ikki mamlakat hukumatlariga uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriqlar berilgan[2]. Oʻzbekiston–Qirgʻiziston sherikligining deyarli barcha yoʻnalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi[3]. Ikki mamlakat oʻrtasida 2020-yil yakuni boʻyicha savdo aylanmasi 903,1 million dollarni tashkil etgan. Shundan eksport hajmi 756,6 million dollar, import hajmi 146,5 million dollarni tashkil etgan. 2021-yil 1- yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda qirgʻiz kapitali ishtirokida 183 korxona faoliyat yuritadi: 104 tasi qoʻshma korxona, 79 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar hisoblanadi.

Harbiy hamkorlik Sadir Japarovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi hisobotlarida Oʻzbekiston Qirgʻiziston Mudofaa vazirligiga bitta vertolyot sovgʻa qilishi keltirib oʻtiligan. Mudofaa vazirligi orqali oʻzbek tomoni Qirgʻizistonga bitta vertolyotni bepul taqdim etadi va yana bittasini tiklab berishga tayyor. Biroq aynan qaysi vertolyot ekani aniq emas. Shuningdek, harbiy yoʻnalishda xodimlar tayyorlash masalasi, xususan, qurol-yarogʻ yoʻnalishi, uchuvchilar va aloqachilar tayyorlash masalalari ham koʻrib chiqilgan