logo

O’zbekiston Respublikasining Yaponiya davlati bilan o’zaro aloqalari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

217.716796875 KB
MAVZU:O’ZBEKI STON  RESPUBLI KASI N IN G YAPON I YA DAV LATI  BI LAN  
O’ZARO ALOQALARI
RE J A:
1.YAPONI YA DAV LATI  BI LAN  SAV DO ALOQALARI NI N G RIVOJ LAN I SHI
2.MUSTAQI LLI K Y I LLARI DA YAPON I YA VA O’ZBEKI STON  O’RTASI DAGI  
SHARTN OMALAR
3.PREZI DEN TI MI ZN I N G YAPONI YA DAV LATI GA TASHRI FI  AHAMI YATI
                    
  Yaponiya moʻjizasiga duch kelmagan, uning aql bovar qilmas darajadagi yuksak texnologiyalaridan 
hayratlanmagan odamni topish qiyin. Chunki har kuni bu mamlakatda ishlab chiqarilgan, inson intellektual 
salohiyatining bemisl kashfiyotlari boʻlgan kundalik roʻzgʻor buyumlaridan tortib yuqori texnologiyalar, sunʼiy 
intellekt yutuqlaridan, boshqa ming-minglab texnikalardan foydalanamiz, ularsiz hayotimizni tasavvur 
etolmaymiz.

Odamlarda “bu Yaponiyaniki” yoki “Yaponiyada ishlab chiqarilgan” degan tushunchani paydo qilish uchun 
yapon xalqiga bor-yoʻgʻi yarim asr yetarli boʻldi. Lekin shu qisqa vaqt ichida yaponlar boy tabiiy resurslarsiz, 
inson tafakkuri bilan ham moʻjiza yaratishga qodirligini isbotlab berdi.

Ha, yapon xalqi oʻz moʻjizalari bilan qancha hayratlantirmasin bundan aslo gʻururlanmaydi, aksincha, yanada 
koʻproq izlanadi, tinim bilmaydi, kashfiyotlar qilishga intiladi. Shu bois Yaponiya koʻchalarida xotirjam sayr 
qilayotgan yoki dam olayotgan odamni uchratmaysiz, hamma oʻz yumushiga, kech tushishi bilan uyiga 
shoshadi. Mubolagʻasiz, vatanparvarlik, mehnatkashlik, tadbirkorlik bu tinim bilmas xalqning qon-qoniga 
singib ketgan. Shu bois Yaponiya ishlab chiqarish hajmi boʻyicha eng oldingi oʻrinlardan birida turadi, 
texnologiyalar eksporti boʻyicha dunyoda yetakchilardan sanaladi.

Oʻzbek va yapon xalqlarining oʻxshash jihatlari koʻp. Milliy va axloqiy qadriyatlar, birdamlik, mehnatsevarlik, 
mehr-oqibat kabi fazilatlar ikki xalq uchun birdek xosdir. Bu mamlakatlarimizning doʻstligi va oʻzaro 
hamkorlik munosabatlarida yaqqol aks etmoqda.

Oʻtgan yillarda Oʻzbekiston va Yaponiya ikki va koʻp tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda 
salmoqli yutuqlarga erishdi. Mamlakatimiz Yaponiya bilan samimiy doʻstlik aloqalarini, strategik sheriklik va 
hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Yaponiya Oʻzbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim hamkori sifatida 
eʼtirof etadi.

Shu bois Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kunchiqar mamlakatga rasmiy 
tashrifini har ikki tomon oʻzaro munosabatlar tarixida muhim voqea, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, 
ilmiy-texnologik sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim qadam deya baholamoqda.

Yaponiyaga tashrifning uchinchi kuni ushbu mamlakat parlamentining quyi palatasida uchrashuvdan 
boshlandi. Davlatimiz rahbari Vakillar palatasi raisi Tadamori Osima bilan Oʻzbekiston – Yaponiya 
parlamentlararo munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Yaponiya parlamentining Oʻzbekiston bilan doʻstlik ligasi faol ishlayotgani katta mamnuniyat bilan qayd 
etildi.

Kunchiqar mamlakatning parlamentarizm sohasidagi tajribasini oʻrganish boʻyicha qoʻshma tadbirlar 
oʻtkazish va oʻzaro almashinuvlarni kengaytirishga kelishib olindi.          
Uchrashuv soʻngida Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya parlamenti quyi 
palatasi spikeriga yurtimizda ilk bor oʻzbek tiliga tarjima qilingan va 
chop etilgan Yaponiya Konstitutsiyasining birinchi nusxasini sovgʻa 
qildi.

Shavkat Mirziyoyev Vakillar palatasi majlislari oʻtadigan asosiy zal 
bilan ham tanishdi.

Davlatimiz rahbari Yaponiya parlamentining Maslahatchilar palatasi 
prezidenti Akiko Santo bilan uchrashdi.

Parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati, ayniqsa, joriy yilda 
qabul qilingan qoʻshma memorandum doirasida ikki mamlakat 
qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasida faol muloqot olib 
borilayotgani yuksak baholandi.

Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik 
munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi. 
Taʼlim, madaniyat, sport, gumanitar almashinuv sohalarida keng 
imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi 
sessiyalari oʻtkaziladigan tarixiy zal bilan ham tanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida 
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ( JICA) prezidenti Sinichi 
Kitaokani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi islohotlarni 
qoʻllab-quvvatlash va ustuvor dasturlarni ilgari surishga qaratilgan 
koʻp yillik hamkorlik uchun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Bugungi kunda sheriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan 
oshdi. Uzoq muddatli hamkorlik boʻyicha umumiy qiymati 3,5 
milliard dollardan ziyod boʻlgan, jumladan, energetika, sanoat va 
qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, ekologiya, sogʻliqni saqlash 
va boshqa sohalardagi loyihalarni oʻz ichiga olgan yangi dastur 
oʻzaro kelishib olindi.

Kichik va oʻrta biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, 
taʼlim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor 
qaratildi.

Oʻzbekiston va JICA hamkorligidagi har bir loyihaning oʻz vaqtida va 
sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida “Yoʻl xaritasi” ishlab 
chiqishga kelishib olindi.          
  Oʻzbek ist on Respublik asi Prezident i Shav k at  Mirziy oy ev  Yaponiy a Bosh v aziri Si ndzo A bening 
t ak lifi ga binoan rasmiy  t ashrif bilan ushbu maml ak at  poy t ax t i Tok ioda boʻlib t uribdi .

Yaponiya moʻjizasiga duch kelmagan, uning aql bovar qilmas darajadagi yuksak texnologiyalaridan 
hayratlanmagan odamni topish qiyin. Chunki har kuni bu mamlakatda ishlab chiqarilgan, inson 
intellektual salohiyatining bemisl kashfiyotlari boʻlgan kundalik roʻzgʻor buyumlaridan tortib yuqori 
texnologiyalar, sunʼiy intellekt yutuqlaridan, boshqa ming-minglab texnikalardan foydalanamiz, 
ularsiz hayotimizni tasavvur etolmaymiz.

Odamlarda "bu Yaponiyaniki" yoki "Yaponiyada ishlab chiqarilgan" degan tushunchani paydo qilish 
uchun yapon xalqiga bor-yoʻgʻi yarim asr yetarli boʻldi. Lekin shu qisqa vaqt ichida yaponlar boy 
tabiiy resurslarsiz, inson tafakkuri bilan ham moʻjiza yaratishga qodirligini isbotlab berdi.

Ha, yapon xalqi oʻz moʻjizalari bilan qancha hayratlantirmasin bundan aslo gʻururlanmaydi, 
aksincha, yanada koʻproq izlanadi, tinim bilmaydi, kashfiyotlar qilishga intiladi. Shu bois Yaponiya 
koʻchalarida xotirjam sayr qilayotgan yoki dam olayotgan odamni uchratmaysiz, hamma oʻz 
yumushiga, kech tushishi bilan uyiga shoshadi. Mubolagʻasiz, vatanparvarlik, mehnatkashlik, 
tadbirkorlik bu tinim bilmas xalqning qon-qoniga singib ketgan. Shu bois Yaponiya ishlab chiqarish 
hajmi boʻyicha eng oldingi oʻrinlardan birida turadi, texnologiyalar eksporti boʻyicha dunyoda 
yetakchilardan sanaladi.

Oʻzbek va yapon xalqlarining oʻxshash jihatlari koʻp. Milliy va axloqiy qadriyatlar, birdamlik, 
mehnatsevarlik, mehr-oqibat kabi fazilatlar ikki xalq uchun birdek xosdir. Bu mamlakatlarimizning 
doʻstligi va oʻzaro hamkorlik munosabatlarida yaqqol aks etmoqda.

Oʻtgan yillarda Oʻzbekiston va Yaponiya ikki va koʻp tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni 
rivojlantirishda salmoqli yutuqlarga erishdi. Mamlakatimiz Yaponiya bilan samimiy doʻstlik 
aloqalarini, strategik sheriklik va hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Yaponiya Oʻzbekistonni Markaziy 
Osiyo mintaqasidagi muhim hamkori sifatida eʼtirof etadi.

Shu bois Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kunchiqar mamlakatga rasmiy 
tashrifini har ikki tomon oʻzaro munosabatlar tarixida muhim voqea, siyosiy, savdo-iqtisodiy, 
investitsiyaviy, ilmiy-texnologik sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim qadam deya 
baholamoqda.          
Davlatimiz rahbari Yaponiya parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Akiko Santo bilan 
uchrashdi.

Parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati, ayniqsa, joriy yilda qabul qilingan qoʻshma 
memorandum doirasida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasida faol muloqot olib 
borilayotgani yuksak baholandi.

Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada 
mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi. Taʼlim, madaniyat, sport, gumanitar almashinuv 
sohalarida keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi sessiyalari oʻtkaziladigan tarixiy zal 
bilan ham tanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik 
agentligi ( JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash va ustuvor 
dasturlarni ilgari surishga qaratilgan koʻp yillik hamkorlik uchun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Bugungi kunda sheriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan oshdi. Uzoq muddatli hamkorlik 
boʻyicha umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod boʻlgan, jumladan, energetika, sanoat va 
qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, ekologiya, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalardagi 
loyihalarni oʻz ichiga olgan yangi dastur oʻzaro kelishib olindi.

Kichik va oʻrta biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, taʼlim sohasidagi almashinuvlarni 
kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va JICA hamkorligidagi har bir loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini 
taʼminlash maqsadida "Yoʻl xaritasi" ishlab chiqishga kelishib olindi.

Tokio shahrida dunyoga mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando Oʻzbekiston davlat sanʼat 
muzeyini rivojlantirish konsepsiyasiga doir takliflarini taqdim etdi.

Maʼlumki, poytaxtimizdagi muzeyni kompleks rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 
rejalashtirilgan. Ushbu loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi 
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilmoqda. 
Yaponiyalik arxitektor Tadao Ando shular jumlasidan.     OʻZBEK ISTON  RESPUBLIK A SI PREZI DEN TI SHAVK AT MI RZIYOY EV 
YA PON I YA  BOSH VA ZI RI SI N DZO ABEN IN G TA KL IFIGA  BI N OAN  RA SMIY  
TASHRIF BIL AN  USHBU MA MLA KAT POYTA X TI  TOKI ODA  BOʻL IB TURIBDI
      
Davlatimiz rahbari Yaponiya bilan koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli 
munosabatlarni rivojlantirish va yanada kengaytirish Oʻzbekiston tashqi 
siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidladi.

–  Bugun siyosiy, parlamentlararo aloqalar, savdo va investitsiya, 
innovatsiya, kichik va oʻrta biznes, fan va taʼlim, sogʻliqni saqlash, 
madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik istiqbollarini batafsil 
muhokama qildik hamda muhim kelishuvlarga erishdik, – dedi Shavkat 
Mirziyoyev. – Tashrif doirasida Yaponiyaning yetakchi kompaniya va 
tashkilotlari bilan yirik loyihalar boʻyicha bitimlar imzolandi. Bu loyihalar, 
avvalo, Yaponiyaning ilm-fan va yuqori texnologiyalar sohasidagi ilgʻor 
yutuqlarini Oʻzbekiston iqtisodiyotiga joriy etishga qaratilgani bilan 
ayniqsa eʼtiborlidir.

Yaponiya Bosh vaziri, oʻz navbatida, Prezident Mirziyoyev rahbarligida 
mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish boʻyicha olib borilayotgan 
siyosatni yuqori baholadi. Imzolangan salmoqli hujjatlar mamlakatlarimiz 
oʻrtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalar 
kengayishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

–  Biz janob Prezident bilan, Qoʻshma bayonotga asoslanib, Yaponiya va 
Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni hamma sohalarda rivojlantirish 
boʻyicha yelkadosh boʻlib ishlaymiz, – dedi Sindzo Abe.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar boʻyicha tomonlarning 
yondashuvlari yaqinligi yana bir bor tasdiqlandi.

MAVZU:O’ZBEKI STON RESPUBLI KASI N IN G YAPON I YA DAV LATI BI LAN O’ZARO ALOQALARI RE J A: 1.YAPONI YA DAV LATI BI LAN SAV DO ALOQALARI NI N G RIVOJ LAN I SHI 2.MUSTAQI LLI K Y I LLARI DA YAPON I YA VA O’ZBEKI STON O’RTASI DAGI SHARTN OMALAR 3.PREZI DEN TI MI ZN I N G YAPONI YA DAV LATI GA TASHRI FI AHAMI YATI  

 Yaponiya moʻjizasiga duch kelmagan, uning aql bovar qilmas darajadagi yuksak texnologiyalaridan hayratlanmagan odamni topish qiyin. Chunki har kuni bu mamlakatda ishlab chiqarilgan, inson intellektual salohiyatining bemisl kashfiyotlari boʻlgan kundalik roʻzgʻor buyumlaridan tortib yuqori texnologiyalar, sunʼiy intellekt yutuqlaridan, boshqa ming-minglab texnikalardan foydalanamiz, ularsiz hayotimizni tasavvur etolmaymiz.  Odamlarda “bu Yaponiyaniki” yoki “Yaponiyada ishlab chiqarilgan” degan tushunchani paydo qilish uchun yapon xalqiga bor-yoʻgʻi yarim asr yetarli boʻldi. Lekin shu qisqa vaqt ichida yaponlar boy tabiiy resurslarsiz, inson tafakkuri bilan ham moʻjiza yaratishga qodirligini isbotlab berdi.  Ha, yapon xalqi oʻz moʻjizalari bilan qancha hayratlantirmasin bundan aslo gʻururlanmaydi, aksincha, yanada koʻproq izlanadi, tinim bilmaydi, kashfiyotlar qilishga intiladi. Shu bois Yaponiya koʻchalarida xotirjam sayr qilayotgan yoki dam olayotgan odamni uchratmaysiz, hamma oʻz yumushiga, kech tushishi bilan uyiga shoshadi. Mubolagʻasiz, vatanparvarlik, mehnatkashlik, tadbirkorlik bu tinim bilmas xalqning qon-qoniga singib ketgan. Shu bois Yaponiya ishlab chiqarish hajmi boʻyicha eng oldingi oʻrinlardan birida turadi, texnologiyalar eksporti boʻyicha dunyoda yetakchilardan sanaladi.  Oʻzbek va yapon xalqlarining oʻxshash jihatlari koʻp. Milliy va axloqiy qadriyatlar, birdamlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat kabi fazilatlar ikki xalq uchun birdek xosdir. Bu mamlakatlarimizning doʻstligi va oʻzaro hamkorlik munosabatlarida yaqqol aks etmoqda.  Oʻtgan yillarda Oʻzbekiston va Yaponiya ikki va koʻp tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda salmoqli yutuqlarga erishdi. Mamlakatimiz Yaponiya bilan samimiy doʻstlik aloqalarini, strategik sheriklik va hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Yaponiya Oʻzbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim hamkori sifatida eʼtirof etadi.  Shu bois Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kunchiqar mamlakatga rasmiy tashrifini har ikki tomon oʻzaro munosabatlar tarixida muhim voqea, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnologik sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim qadam deya baholamoqda.  Yaponiyaga tashrifning uchinchi kuni ushbu mamlakat parlamentining quyi palatasida uchrashuvdan boshlandi. Davlatimiz rahbari Vakillar palatasi raisi Tadamori Osima bilan Oʻzbekiston – Yaponiya parlamentlararo munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.  Yaponiya parlamentining Oʻzbekiston bilan doʻstlik ligasi faol ishlayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.  Kunchiqar mamlakatning parlamentarizm sohasidagi tajribasini oʻrganish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazish va oʻzaro almashinuvlarni kengaytirishga kelishib olindi.

 Uchrashuv soʻngida Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya parlamenti quyi palatasi spikeriga yurtimizda ilk bor oʻzbek tiliga tarjima qilingan va chop etilgan Yaponiya Konstitutsiyasining birinchi nusxasini sovgʻa qildi.  Shavkat Mirziyoyev Vakillar palatasi majlislari oʻtadigan asosiy zal bilan ham tanishdi.  Davlatimiz rahbari Yaponiya parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Akiko Santo bilan uchrashdi.  Parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati, ayniqsa, joriy yilda qabul qilingan qoʻshma memorandum doirasida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasida faol muloqot olib borilayotgani yuksak baholandi.  Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi. Taʼlim, madaniyat, sport, gumanitar almashinuv sohalarida keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.  Davlatimiz rahbari Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi sessiyalari oʻtkaziladigan tarixiy zal bilan ham tanishdi.  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ( JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi.  Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash va ustuvor dasturlarni ilgari surishga qaratilgan koʻp yillik hamkorlik uchun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.  Bugungi kunda sheriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan oshdi. Uzoq muddatli hamkorlik boʻyicha umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod boʻlgan, jumladan, energetika, sanoat va qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, ekologiya, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalardagi loyihalarni oʻz ichiga olgan yangi dastur oʻzaro kelishib olindi.  Kichik va oʻrta biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, taʼlim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.  Oʻzbekiston va JICA hamkorligidagi har bir loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi.