logo

Okeaniya

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29520.217773438 KB
Ok eaniy a       Ok eaniy aning geografi k  o‘rni. 
Tinch okeanning 
bepoyon kengliklarida
minglab orollar 
joylashgan. Tinch 
okeanning markaziy 
va janubi-g‘arbiy
qismlarida joylashgan 
orol va arxipelaglar 
(orollar to‘dasi) 
Ok eaniy a  deb ataladi.  Unga umumiy maydoni 1,3 mln km2 bo‘lgan yetti mingta orol 
kiradi. O‘zi egallagan maydonga nisbatan quruqlik atigi 2% ini 
tashkil etgani uchun ham Okeaniya nomini olgan.   Okeaniya hududi tabiiy geografik va tarixiy-milliy farqlariga 
asoslanib, uchta
qismga, ya’ni to‘plam orollariga bo‘linadi.
1. Melaneziya 
(yunoncha, melos 
— qora, nesos — 
orol, ya’ni qora 
orollar).
2. Mikroneziya 
(yunoncha, kichik 
orollar). 3. 
Polineziya 
(yunoncha, ko‘p
orollar).    Melaneziy a. 
Melaneziyaga Yangi 
Gvineya, Bismark, 
Luiziada 
arxipelaglari,
Solomon orollari, 
Santa Krus, Yangi 
Gebrit  orollari 
(Vanuatu), Yangi 
Kaledoniya, Fiji,
shuningdek, bir 
qancha mayda 
orollar kiradi. Bular 
asosan materik 
orollaridir.   Mik roneziy a. 
Mikroneziyaga 
Valkano, Bonin, 
Mariana, Karolina, 
Marshall,
Gilbert, Ellis 
arxipelaglari, 
Nauru va Oshen 
orollari kiradi. 
Bular ko‘proq 
marjon  orollari 
hisoblanadi.   Polineziy a. 
Polineziyaga Gavayi 
orollari, Layn, Finiks, 
Tokelau, Samoa, 
Kuk,
Taiti, Jamiyat, 
Tuamotu yoki 
Rossian atollari 
(atoll — yarim yoy 
yoki yarim doira 
shaklidagi marjon 
oroli), Markiz orollari 
va Pasxa oroli kiradi.   O‘rganilishi. 
Okeaniya yevropaliklarga XVI asrda F. Magellanning dunyo bo‘ylab 
birinchi aylanma sayohatidan boshlab ma’lum bo‘lgan.   Rus dengizchilari V. M. Golovin (1807 – 1809-yillarda),   F. P. Litke (1826 – 1829-yillarda),   S. O. Makarov  (1886 – 1889-yillarda, “Vityaz” kemasida) va 
boshqalarning sayohatlari natijasida Okeaniya haqida ko‘p 
ma’lumotlar to‘plandi.    Faqat XIX asrning o‘zida ruslar tomonidan 40 dan ortiq 
ekspeditsiyalar uyushtirildi. Natijada Okeaniya haqida qimmatli 
ma’lumotlar to‘plandi.    Shu asrning oxirida “Chellenjer” ekspeditsiyasi (1873–1876) 
Okeaniya orollari, aholisi haqida qiziqarli ma’lumotlar to‘pladi.   Okeaniya tabiati va aholisini o‘rganishda N. N. Mikluxo-Maklayning 
hissasi katta. U Yangi Gvineya orolining xalqlari hayoti va urf-
odatlarini o‘rgangan. Tropik dengiz sohillarining tabiiy geografik 
tasvirini yozib qoldirgan.  Mahalliy aholi — papuaslar bilan birga 12 yil yashab (1871–1882), 
ularning turmush tarzi haqida bebaho ma’lumotlarni to‘plagan.    Geologik  t uzilishi, foy dali qazilmalari, rely efi . 
Orollarni geologik tarixi va qanday jinslardan tuzilganligiga ko‘ra 
bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin.   Materik, vulqonli va geosinklinal orollar
Materik orollar – 
materiklarga yaqin, ularning 
bir qismi bo‘lib, o‘rtada suv 
bosish natijasida undan 
ajralib qolgan. Vulqonli orollar – Vulqon 
tog‘larini okean yuzasiga 
chiqib qolishidan hosil 
bo‘lgan orollar Geosinklinal orollar – 
Tektonik plitalar 
to‘qnashgan joylarda, yer 
po‘sti bukiladi, orollar yoyi 
hosil bo‘ladi.   Materik orollari (Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya), vulqonli orollar 
(Gavayi, Pasxa, Tuamotu), geosinklinal orollar (Mariana, Yangi 
Kaledoniya). 
5
43
21 6
7 Gavayi orollari
Pasxa oroli  Bulardan tashqari, Okeaniyada biogen (marjon, atoll, rif) orollar 
ko‘p uchraydi. 
Marjon oroli  - Tropik 
kengliklarda rif hosil qiluvchi 
organizmlar (Marjon 
poliplari)ning hayotiy faoliyati 
natijasida hosil bo‘lgan orol. Rif – Marjonlarning 
ohakka aylangan 
skeletlaridan tashkil 
topgan suv osti 
qoyalari.Atoll – Lagunani o‘rab turgan 
butun yoki singan xalqaga 
o‘xshagan marjon oroli.   Okeaniyaning eng baland nuqtasi Yangi Gvineya orolidagi Maoke 
tog‘ tizmasida joylashgan Jaya  cho‘qqisi (4 884 m) hisoblanadi.   Mauna Kea – Dunyodagi eng baland tog‘, 10203 metr (Gavayi 
orollari).    Okeaniyaning yirik orollarida foydali qazilma konlari bor. 
Jumladan, Yangi
Kaledoniyada nikel, Yangi Gvineya va Yangi Zelandiyada neft va 
gaz, 
1
2
32
1
3     Fiji va Yangi   Gvineyada oltin, Nauru orolida fosforit konlari bor.
3
3 2
2
11     Iqlimi. 
Okeaniya orollarining aksar 
qismi ikkala yarimsharning 
tropik iqlim mintaqasida 
joylashgan. Avstraliya va 
Osiyoga yaqin ekvatorial 
kengliklardagi orollarda 
subekvatorial, 180-
meridiandan g‘arbda 
ekvatorial iqlim. Tropik 
chizig‘idan shimol va 
janubda esa subtropik iqlim. 
Yangi Zelandiyaning Janubiy 
oroli mo‘tadil mintaqada 
joylashgan. Tropik
EkvatorialSubekvatorial
Mo‘tadilSubtropik
Subtropik Tropik     Eng issiq oyning o‘rtacha harorati shimolda +25°C, janubda +16°C, 
eng sovuq oyniki shimolda +16 °C, janubda +5 °C. Ekvatorial
zonada o‘rtacha oylik harorat +26…+28° C.
+26°...+28°C+25°C
+16°C
+5°C+16°C   Yillik yog‘in miqdori tropik mintaqalarda 1000 mm dan kam.    Ammo yirik vulqon orollarining shamolga ro‘para yonbag‘irlarida 
10 000 mm gacha, Gavayi orolidagi tog‘larning shamolga ro‘para 
yonbag‘irlariga yiliga 12 500–14 000 mm yog‘in yog‘ishi kuzatilgan.    Okeaniyaning g‘arbiy qismida yozda kuchli tropik dovullar bo‘lib 
turadi.    Tuproqlari. 
Issiq va sernam iqlimli orollarda qizil-sariq laterit, tog‘ laterit, sariq, 
qizil va sariq-qo‘ng‘ir tuproqlar uchraydi.       Seryog‘in joylarda botqoqli tuproq tarqalgan.  O‘simlik lari. 
Okeaniya o‘simliklari 
juda xilma-xil. Orollarda 
daraxtlardan qimmatlisi 
kokos va sago palmalari, 
kauchukli daraxt, banan, 
non va qovun daraxtlari, 
mango, shakarqamish, 
Yangi Zelandiyada 
daraxtsimon 
paporotniklar, kauri 
tilog‘ochi, karam daraxti, 
zig‘ir va boshqa 
endemiklar, atollarda 
pandanus o‘sadi (77-
rasm).Kokos palmasi Sago palmasiKauchukli daraxt BananNon daraxtiQovun daraxti
MangoShakarqamishDaraxsimon paporotnik
Kauri tilog‘ochi
Karam daraxtiYangi Zelandiya zig‘iri
Pandanus   Hozirgi paytda Okeaniyaning tabiiy o‘simlik qoplami inson 
tomonidan juda
o‘zgartirib yuborilgan. O‘rmonlar kesilib, plantatsiyalar barpo 
qilingan.    Hay v onot  duny osi. 
Hayvonot olami 
o‘ziga xos. Yangi 
Gvineya va unga 
yaqin orollarda 
kazuar tovug‘i (emu 
oilasiga mansub), 
Yangi Zelandiyada 3 
turdagi kivi 
tovuqlari, pingvin va 
boshqa dengiz 
qushlari juda ko‘p 
(albatros, bo‘ron 
qushi, 
baliqchiqush). Jannat qushlari
Kazuar tovug‘i
Kivi tovug‘i
Kichik pingvinlar AlbatrosBo‘ron qushi
Baliqchi qush   Orollarga 
keltirilgan 
kalamush, 
yovvoyilashgan 
mushuk, echki, 
quyon tabiatga 
juda katta zarar 
keltirmoqda.Orolga keltirilgan hayvonlar   Okeanlar hayvonlarning tarqalishi uchun katta qiyinchilik 
tug‘diradi, bu Okeaniya hayvonot dunyosi tarkibi o‘ziga xosligiga 
olib kelgan. Avvalo, sutemizuvchilarning deyarli mutlaqo yo‘qligi 
hisobiga juda kamayib ketgani bilan ta’riflanadi.    Aholisi v a uning y ashash t arzi. 
Okeaniyaga aholi ko‘p ming yillar oldin kelib o‘rgashgan. 
Taxminlarga ko‘ra, Okeaniyaga odamlar Janubi-sharqiy Osiyodan 
kelgan.       Tur Xeyerdal taxminiga ko‘ra, bu yerga odamlar Janubiy 
Amerikadan kelgan.     Okeaniyaliklar mohir dengizchi va kema quruvchilar bo‘lgan.   Hozirgi vaqtda Okeaniya aholisi tubjoy kishilardan, ko‘chib 
kelganlar va chatishgan aholidan iborat.      Yangi Gvineya va unga yaqin orollarning tubjoy aholisi — 
papuaslardir. Ular negroid irqiga mansub.      Boshqa orollarning tubjoy aholisi avstraloid irqiga kiradi. 
Melaneziyaliklar
Mikroneziyalik
Polineziyalik       Okeaniyaning hozirgi aholisi dehqonchilik, kokos palmalari, 
banan, kakao, kofe yetishtirish bilan shug‘ullanishadi.  Ovchilik aholining odatiy mashg‘uloti bo‘lib qolmoqda (78-rasm).    Shuningdek, orollarda rangdor metallar rudalari, toshko‘mir, 
fosforit qazib chiqariladi. 
Ko‘mir koniOltin koni
Fosforit tashish     Orollar tabiati insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida juda tez o‘zgarib 
bormoqda.     ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T. 
HOJIYEVA ,  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, 
Respublika ta’lim markazi.
•
@ edutrm_uz
•
A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – Geografiya (Materiklar va 
okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi 
uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/  www.eduportal.uz  
•
www.wikipedia.org
•
www.yaklass.ru

Ok eaniy a

Ok eaniy aning geografi k o‘rni. Tinch okeanning bepoyon kengliklarida minglab orollar joylashgan. Tinch okeanning markaziy va janubi-g‘arbiy qismlarida joylashgan orol va arxipelaglar (orollar to‘dasi) Ok eaniy a deb ataladi.

Unga umumiy maydoni 1,3 mln km2 bo‘lgan yetti mingta orol kiradi. O‘zi egallagan maydonga nisbatan quruqlik atigi 2% ini tashkil etgani uchun ham Okeaniya nomini olgan.

Okeaniya hududi tabiiy geografik va tarixiy-milliy farqlariga asoslanib, uchta qismga, ya’ni to‘plam orollariga bo‘linadi. 1. Melaneziya (yunoncha, melos — qora, nesos — orol, ya’ni qora orollar). 2. Mikroneziya (yunoncha, kichik orollar). 3. Polineziya (yunoncha, ko‘p orollar).