logo

OLIY MAJLIS

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

268.1630859375 KB
OLIY MAJLIS                    1.Parlamentning rivojlanish bosqichlari
2.Oliy Majlisni shakllantirish tartibi 
3.Senat  va Qonunchilik palatasining  vakolatlari
4.Qonun loyihalarini ko’rib chiqish jarayoni
5.Deputatlar va senatorlarning huquqiy maqomi                    Oliy Majlisning rivojlanish bosqichlari  

1. 1989-1990-yillar. Oliy Sovet 

2.1990-1994-yillar. O’zbekiston Respublikasining 
Oliy Kengashi 

3.1994 -2005-yillar. O’zbekiston Respublikasining 
Oliy Majlisi

4.2005dan-hozirgacha. Ikki palatali Parlamenti                    1989-1990-yillar. Oliy Sovet                    1990-1994-yillar. O’zbekiston Respublikasining Oliy 
Kengashi                    1994 -2005-yillar. O’zbekiston Respublikasining Oliy 
Majlisi                    Oliy Majlis                     Oliy Majlisni shakllantirish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi  qonunga  muvofiq saylanadigan bir yuz ellik 
deputatdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolaridan 
(senatorlardan) iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, 
viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma 
majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat 
faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng 
obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim 
yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
deputati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin. Deputatlikka 
nomzodlarga qo‘yiladigan talablar  qonun  bilan belgilanadi.

Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va 
Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emas.                   Senat  va Qonunchilik palatasining  
vakolatlari

Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi 
vakolatlari

Senatning mutloq vakolatlari 

Qonunchilik palatasining mutloq vakolatlari                    Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi 
vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari 
quyidagilardan iborat:

1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;

2) O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartish 
va qo‘shimchalar kiritish;

3) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash 
haqida qaror qabul qilish;

4) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat 
strategik dasturlarini qabul qilish;

5) O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini 
va vakolatlarini belgilash;

6) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston 
Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;

8) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;                   Senatning mutlaq vakolatlari 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:

1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari 
va ularning o‘rinbosarlarini saylash;

2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
sudini saylash;

3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;

4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 
kengashining raisini tayinlash;

6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi 
raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini 
tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet 
davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;                   Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:

1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning 
o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;

2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan 
mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;

3) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar 
yuzasidan qarorlar qabul qilish;

4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek 
davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;

5) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma’qullash kiradi.                   Qonun loyihalarini ko’rib chiqish 
jarayoni                    Deputatlar va senatorlarning huquqiy 
maqomi

palataning organlariga saylash va saylanishga;

palata majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;

palata majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi hamda bu 
masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;

qaror loyihalari va ularga tuzatishlar kiritishga;

palata tomonidan tuziladigan organlarning shaxsiy tarkibi hamda saylanadigan, tayinlanadigan yoki 
tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga;

munozaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;

o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga;

palata majlisida raislik qiluvchiga palata majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi, 
taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;

palata tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan tegishli organning qaroriga qo‘shilmagan taqdirda o‘z nuqtai nazarini 
palata majlisida bayon qilishga yoki bu haqda tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat 
Raisiga yozma ravishda ma’lum qilishga;

palataga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki 
axborotini palata majlislarida eshitish to‘g‘risida taklif kiritishga;                   Senator va deputatlarning huquqiy 
majburiyatlari

Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlislarida, 
shuningdek palataning qaysi qo‘mitasi, komissiyasi tarkibiga, kelishuv komissiyasi 
tarkibiga saylangan bo‘lsa, shu qo‘mita, komissiyaning majlislarida qatnashishi, 
ovoz berishda Qonunchilik palatasining, Senatning reglamentlarida belgilangan 
tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.

Qonunchilik palatasi, Senat, qo‘mita, komissiya, kelishuv komissiyasi majlisida 
ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat, senator bu haqda 
tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga, qo‘mita, komissiya 
raisiga, kelishuv komissiyasining tegishli palatadan saylangan hamraisiga oldindan 
xabar qilishi shart.

Deputatning, senatorning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.                   Fikr va mulohazalaringiz bo’lsa 
marhamat

OLIY MAJLIS

1.Parlamentning rivojlanish bosqichlari 2.Oliy Majlisni shakllantirish tartibi 3.Senat va Qonunchilik palatasining vakolatlari 4.Qonun loyihalarini ko’rib chiqish jarayoni 5.Deputatlar va senatorlarning huquqiy maqomi

Oliy Majlisning rivojlanish bosqichlari  1. 1989-1990-yillar. Oliy Sovet  2.1990-1994-yillar. O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi  3.1994 -2005-yillar. O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi  4.2005dan-hozirgacha. Ikki palatali Parlamenti

1989-1990-yillar. Oliy Sovet

1990-1994-yillar. O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi