Ossuriya davlatida nikoh diplamatiyasi
Mavzu: Ossuriya davlatida nikoh diplamatiyasi.
Qadimgi Sharq davlatlarida bo‘lgani singari Ossuriya diplomatiyasida ham sulolaviy nikohlarga va hukmdor xonadonlar bilan qarindoshlik ishtalarini bog‘lashga katta ahamiyat berilgan. Sargoniylar sulolasi vakillari alohida muhim sharoitlarda o‘z qizlarini jnabiy hukmdorlar nikohiga berishgan holatlar kuzatiladi. Bu nikoh orqali ushbu davlatni Ossuriya bilan ittifoq doirasida ushlash zaruriyati, ularning neytralligini ta’minlashdan tashqari, faol qo‘llab-quvvatlashiga erishishni maqsad qilib ko‘zlagan. Jumladan, mil.avv. VIII asrda Kichik Osiyoda Tabal davlatining mavqeyi oshib ketadi. Ossuriyaliklar o‘lpon to‘lashdan va vassal bo‘lishdan bosh torta boshlagan qonuniy hukmron sulolani taxtdan tushirish va uning o‘rniga “ishonchli odami”ni qo‘yish uchun nikoh diplomatiyasini shga soladi. Tabal hukmdori Xullinin g merosxo‘ri Ambaris nikohiga Sargonning qizi Axatabisha yuboriladi. Malika Tabal saroyida kattagina mavqega ega bo‘lgan. Lekin bu nikoh ko‘zlangan natijani bermadi. Kuyovi Rusa (Urartu hukmdori) va Mita (mushklar podshosi) bilan ittifoq tuzish harakatini boshlaganini razvedka orqali bilgan Sargon II Tabalni qo‘lga kiritib, uni Ossuriya viloyat boshliqlari boshqaruviga berib yuboradi.
Mil.avv. VII asrning 70-yillarida Ossuriya uchun murakkab bo‘lgan siyosiy vaziyat Asarxaddonni harbiy vositalar bilan birgalikda, sulolaviy nikohlar bilan bog‘liq bo‘lgan diplomatik qadamlar tashlashni taqozo qilgan. Skiflarni midiyaliklar, mannilar, kimmeriylarning qudratli ittifoqiga qo‘shilishdan qaytarish va ularni o‘z tomoniga og‘dirib olish maqsadida u “ skiflar podshosi” Partatuaga o‘z qizini “ittifoq, rost, tinch so‘z, do‘stlik so‘zi, sodiqlik qasami” uchun beradi. Hatto ushbu nikohning t o‘g‘ri qadam ekanligi bilash uchun Shamash xudosining bashoratchisiga (orakuliga) murojaat qiladi. Keyingi voqealar rivoji ushbu qaror haqiqatda muvaffaqiyatli bo‘lganligini ko‘rsatib berdi. Chunki Asarxaddon davridan skiflar Ossuriya tomoniga o‘tib ketdi, Madiy (Partatuaning o‘g‘li) sodiq e’tiqod bilan o‘z tog‘asi Ashshurbanapalga xizmat qilgan. Ossuriyada, aksincha holatdagi, ya’ni Ossuriya saroyi boshqa mamlakatlardan malikalarni olish ham kuzatiladi. Hatto “ajnabiy” malikalar ossur saroyida muhim rol o‘ynash darajasigacha chiqa olgan. Masalan, Shamshi-Adad V Bobil malikasi Shammuramatga uylangan bo‘lib, u eri
vafotidan keyin o‘g‘li Adad-nerari III kichikligi uchun muayyan muddat regentsha sifatida mamlakatni idora etgan. Adad -nerari III davrida Bobil xudosi Nabu xudo sifatida ulug‘lanishi, unga atab ibodatxonalar bunyod etilishi, hatto hukmdorning o‘zi undan “o‘ziga va yaqinlariga tinchlik” so‘rashining tag zamirida aftidan, Shammuramat ta’siri yotsa kerak. Antik mualliflar asarlarida Ossuriya davlatining ichki va tashqi yuksalishining ramziy ifodachisi bo‘lgan Shammuramat afsonaviy Semiramida timsoliga tenglashtiriladi. Bir necha ossur hukmdorlarining siyosati va diplomatiyasida Sinaxxeribning Nakiya (ossurcha. Zakutu – “Toza”) deb ataluvchi rafiqasi muhim rol o‘ynagan. U “oromiy yoki falastinliklardan (yahudiy) kelib chiqqan” degan taxminlar mavjud. Ehtimol, u U Sinaxerribning kichik o‘g‘li Asarxaddonning taxtga chiqishida xizmati katta bo‘lgan bo‘lsa kerak. Hatto yodgorlik toshlarida birgalikda tasvirlanadi. Asarxaddon hukmronligining oxirlarida malika o‘z ta’siri bilan Ashshurbanapalni taxt merosxo‘ri etib tayinlashga erishadi. Xuddi shu ishni, ya’ni aka qolib ukani, ya’ni o‘z o‘g‘lini taxt merosxo‘ri deb e’lon qilinishni eri Sinaxxerib davrida ham amalga oshirgan edi. Bu safar ham Ashshurbanapalning akasi Shamashshumukinni (bobillik malikadan tug‘ilgan) Bobilga hukmdor qilib tayinlash orqali, Ossuriyada Ashshurbanapal oliy hokimiyatini o‘rnatadi.