logo

Ossuriya diplamatik xujjatlari xususiyatlari. Ossuriya davlatida elchilik va razvedka

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

1027.6455078125 KB
Ossuriya diplamatik xujjatlari 
xususiyatlari. Ossuriya davlatida 
elchilik va razvedka 
faoliyati. Xuddi
shunday ossuriyaliklar 
g‘alabasidan keyin tuzilgan 
shartnomalarga misol tariqasida mil.avv. 754-yilda Ashshur-nerari V 
(mil.avv.754-745-yy.) va Suriyadagi Bit-Agusi hukmdori Matiilu o‘rtasida 
tuzilgan shartnomani ham kiritish mumkin. O‘z-o‘zidan bunday mazmundagi 
shartnomalarda g‘olib tomon yetakchi so‘zga ega bo‘lgan. Matiilu 
shartnomani xudolar, o‘zi, farzandlari, ahli ayonlar, mamlakat aholisi nomi 
bilan “abadiy muddatga” tuzgan. Shartnoma ko‘ra, Matiilu Ashshur-nerari V 
va uning vorislariga qarshi chiqmaslik, Ossuriyaga harbiy, ayniqsa jang 
aravalari bilan yordam berish, jang maydonidan qochib ketmaslik, ossur 
hukmdori dushmanlarini yashirmaslik va ularning boshqa mamlakatlarga 
qochib ketishiga yordam bermaslik majburiyatini oladi. Ossuriya tarixi bilan bog‘liq manbalarda hukmdorlarning o‘ziga vassal 
bo‘lgan hukmdorlar bilan tuzgan shartnomalari haqida ko‘plab qaydlar 
saqlanib qolgan. Ulardan kam sonlilarigina bizgacha yetib kelgan. Jumladan, 
mil.avv. IX asr 20-yillarida Ossuriya podshosi Shamshi-Adad V bilan Bobil 
hukmdori Marduk-Zakirshumi I o‘rtasida shartnoma anchayin parchalangan 
holatda yetib kelgan bo‘lib, aftidan, uni ossuriyaliklarning Bobilga yurishidan 
va Bobil podshosi Bauaxiddinni asirlikka olib ketgandan keyin hukmdorning 
o‘g‘li Adad-nerari III (mil.avv. 810-783-yy.) va Bobil hukmdori tuzishgan: 
"Ossuriya va Kardenyash (Bobil) xalqlari ... mintaqa bo‘ylab bir-birlari bilan 
vijdonan chegara o‘rnatdilar" – deyiladi shartnomada.  Yana Matiilu 
fuqarolariga ossur hukmdori va uning 
farzandari va ahli ayonlariga “hayoti” 
uchun xudolarga ibodat qilish majburiyati 
yuklangan.
Odatda bu kabi shartnomalar sharoit nuqtai nazaridan o‘sha vaqtda 
mag‘lub tomonnning boshqa chorasi yo‘qligidan imzolangan, shuning uchun 
uning shartlari nechog‘liq og‘ir bo‘lmasin va uni buzish “xudolaro qahri”  
bilan jazolanishi keltirilmasin, imkon tug‘ilishi bilan shartnomalar mag‘lub 
tomondan buzilgan, “buzilish sharti”dan ular qo‘rqishmagan.  Shartnomani 
buzadigan bo‘lsa Bit-Agusi aholisi xudolar qahriga uchrashi ko‘rsatiladi. 
Shartnoma xotimasida qandaydir bir sirli (afsunli) marosim tartiblari 
amalga 
oshirilganligini kuzatish mumkin: “Bu bosh (uzilgan) qo‘y boshi emas, 
balki 
Maiiluning boshidir... Agar Matiilu bu kelishuvni buzsa, xuddi qo‘y 
boshi 
kesib olinganidek, uning boshi ham tanasidan judo etiladi”.  Yuqorida 
shartnomani imzolagan Matiilu 
Ashshur-nerari V o‘limidan keyin 
darhol 
Ossuriyaning eng xavfli va asosiy 
raqibi bo‘lgan Urartu davlati (Sarduri 
II) 
bilan ittifoq tuzishga erishadi Asarxaddon hukmronligi davriga oid bir 
qancha shartnomalar yetib 
kelgan. Ulardan biri mil.avv. 671-yilda Tir 
hukmdori bilan tuzilgan o‘ziga 
xos “dengiz shartnomasi” hisoblanadi. Bu 
Finikiya qirg‘og‘i hududida 
qirg‘oq bo‘ylab suzishni tartibga solish 
bilan bog‘liq edi. Unga ko‘ra 
Ossuriya savdo kemalarini va umuman 
olganda bu yerdagi dengiz savdosini 
nazorat qilish uchun ustun huquqqa 
egaligini tasdiqladi. Asarxaddon Uning Midiya knyazlari 
bilan tuzgan 
shartnomalari 
diplomatiya 
tarixida muhim o‘ringa 
ega.  Ulardan biri Asarxaddon va 
Midiyadagi 
Urakazabanua hukmdori 
Ramatayya o‘rtasida tuzilgan 
bo‘lib, uning 
mazmunida 
Ashshurbanapalning taxt 
merosxo‘rligi, qaramlik 
munosabatlari 
o‘z aksini topgan.  Taxt merosxo‘rini har qanday 
tajovuzlar, fitnalardan asrash 
hamda uning vassalarining 
sodiqligini ta’minlash 
shartnomaning asosiy 
maqsadi edi. Sodiqlik 
qasamyodi o‘ziga xos afsunli 
marosim bilan amalga 
oshirilgan.
Midiya yerlariga “noiblar va 
viloyat boshliqlari” 
yuborilib, ular Midiya-
Ossuriya chegarasida o‘z 
vakolatlarini amalga 
oshirganlar, aholisiga o‘lpon 
to‘lash yuklangan, tobelik 
bildirgan hukmdorlar 
bilan “tinchlik va ittifoq” 
shartnomasi imzolangan.Shundan keyin kichik 
davlat hukmdorlari, ular 
orasida Ramatayya 
ham bor edi, Ossuriya 
hukmdoriga tobelik 
bildirib, Nineviyaga katta 
sovg‘asalomlar bilan 
boradi. Gap shundaki, 
Asarxaddon mil.avv. 674-
yilda Midiya hududiga 
yurish 
qilib, u yerdagi eng 
qudratli davlatlar bilan 
kurashadi va katta 
o‘ljalarga ega 
bo‘ladi.  O	ss	u	ri	ya	lik	la	rni	n	g	 o	‘s	h	a	 d	a	vr	d	a	 d	e	ya	rli	 	
ha	r b	ir	 d	ip	lo	m	a	ti	k	 v	a	 h	a	rb	iy	 	
ak	siy	a	si	 a	m	a	ld	a	 s	h	a	rt	n	o	m	a	la	rda	 o	‘z	 	
ak	sin	i 	to	p	g	a	n.	 S	h	u	n	d	ay	 	
sh	a	rt	n	o	m	a	la	rd	an	 	
bi	ri	d	a 	S	ar	g	o	n 	II	 M	a	n	n	a	 h	u	k	m	d	o	ri	 	
U	llu	su	n	u	ga	 U	ra	rt	u	 v	a	 M	it	an	n	ida	n	 	
to	p	ti	b	 	
ol	in	g	a	n 	v	a 	b	ir	in	c	hi	 m	ar	ta 	O	ss	u	riy	a 	
sa	rha	d	la	ri 	d	oi	ra	sig	a	 q	o	‘s	h	il	ga	n	 2	2	 t	a	 	
qa	l’a	 	
va	 2	 ta	 s	h	a	h	ar	 b	e	rga	n	li	g	i q	a	y	d	 e	ti	lg	a	n	. SARGON || Shartnomalarning imzolanishi 
ko‘pincha g‘oliblik, bag‘ishlov 
va 
chegara yodgorlik toshlarini 
o‘rnatish bilan birga amalga 
oshrilgan. Masalan, 
Armaniston tog‘larida harbiy 
muvaffaqiyatlarni qo‘lga 
kiritgandan keyin 
Ashshurnasirapal II, Suriya 
koalitsiyasi ustidan qozonilgan 
g‘alabadan keyin 
Salmanasar III, Nairidagi 
g‘alabadan keyin Shamshi-
Adad V va boshqa ossur 
hukmdorlari g‘alaba yodgorlik 
toshlarini o‘rnatgan. Oss uriya diplomatiyasi tarixida 
hukmdorlarning yirik shahar 
hukmdorlari bilan tuzgan shartnomalari 
alohida o‘rinni egallaydi. Ashshur, 
Nineviya, Bobil, Nippur kabi shaharlar 
bilan ularning imtiyozlarini va 
maqomini tastiqlash va ta’minlash haqida 
shartnomalar imzolangan. 
Masalan, Sargon II Salmanasar V 
tomonidan bekor qilingan Ashshur 
shahrining huquqlarini qayta tiklaydi. Bu 
haqidagi ma’lumot “Ashshur 
Xartiyasi” deb atalgan hujjatda o‘z aksini 
topgan. Mil.avv. VIII asr oxiriga 
oid bo‘lgan loy lavhdagi matn Sinaxxerib 
nomiga bitilgan bo‘lib, unda Bobil, 
Sippar, Nippur kabi shaharlarining barcha 
imtiyozlari sanab o‘tilib, 
hukmdordan ularni so‘zsiz bajarish talab 
qilingan .  1) Aded nerari ||| hukumronlik yillari qaysi javobda  keltirilgan.
A) mil avv 810-783. B) mil.avv 783-764. D) mil.avv 808-800
2) Kardenyash qayer
A) mittani. B) Misr. D) Bobil
3) Ashshur nerari hukumronlik yillarini toping.
A) mil.avv 754-745. B) mil.avv 785-750
4) Shartnomani buzadigan boʻlsa qayerning aholisi xudolar 
qahriga uchirashi aytildi.
A) Misr. B) Bit-agusi.  D) Bobil
5)  Sarduri || qayerning hukumdori edi.
A) bobil. B) Mesopotamiya D) Urartu

Ossuriya diplamatik xujjatlari xususiyatlari. Ossuriya davlatida elchilik va razvedka faoliyati.

Xuddi shunday ossuriyaliklar g‘alabasidan keyin tuzilgan shartnomalarga misol tariqasida mil.avv. 754-yilda Ashshur-nerari V (mil.avv.754-745-yy.) va Suriyadagi Bit-Agusi hukmdori Matiilu o‘rtasida tuzilgan shartnomani ham kiritish mumkin. O‘z-o‘zidan bunday mazmundagi shartnomalarda g‘olib tomon yetakchi so‘zga ega bo‘lgan. Matiilu shartnomani xudolar, o‘zi, farzandlari, ahli ayonlar, mamlakat aholisi nomi bilan “abadiy muddatga” tuzgan. Shartnoma ko‘ra, Matiilu Ashshur-nerari V va uning vorislariga qarshi chiqmaslik, Ossuriyaga harbiy, ayniqsa jang aravalari bilan yordam berish, jang maydonidan qochib ketmaslik, ossur hukmdori dushmanlarini yashirmaslik va ularning boshqa mamlakatlarga qochib ketishiga yordam bermaslik majburiyatini oladi. Ossuriya tarixi bilan bog‘liq manbalarda hukmdorlarning o‘ziga vassal bo‘lgan hukmdorlar bilan tuzgan shartnomalari haqida ko‘plab qaydlar saqlanib qolgan. Ulardan kam sonlilarigina bizgacha yetib kelgan. Jumladan, mil.avv. IX asr 20-yillarida Ossuriya podshosi Shamshi-Adad V bilan Bobil hukmdori Marduk-Zakirshumi I o‘rtasida shartnoma anchayin parchalangan holatda yetib kelgan bo‘lib, aftidan, uni ossuriyaliklarning Bobilga yurishidan va Bobil podshosi Bauaxiddinni asirlikka olib ketgandan keyin hukmdorning o‘g‘li Adad-nerari III (mil.avv. 810-783-yy.) va Bobil hukmdori tuzishgan: "Ossuriya va Kardenyash (Bobil) xalqlari ... mintaqa bo‘ylab bir-birlari bilan vijdonan chegara o‘rnatdilar" – deyiladi shartnomada.

Yana Matiilu fuqarolariga ossur hukmdori va uning farzandari va ahli ayonlariga “hayoti” uchun xudolarga ibodat qilish majburiyati yuklangan. Odatda bu kabi shartnomalar sharoit nuqtai nazaridan o‘sha vaqtda mag‘lub tomonnning boshqa chorasi yo‘qligidan imzolangan, shuning uchun uning shartlari nechog‘liq og‘ir bo‘lmasin va uni buzish “xudolaro qahri” bilan jazolanishi keltirilmasin, imkon tug‘ilishi bilan shartnomalar mag‘lub tomondan buzilgan, “buzilish sharti”dan ular qo‘rqishmagan. Shartnomani buzadigan bo‘lsa Bit-Agusi aholisi xudolar qahriga uchrashi ko‘rsatiladi. Shartnoma xotimasida qandaydir bir sirli (afsunli) marosim tartiblari amalga oshirilganligini kuzatish mumkin: “Bu bosh (uzilgan) qo‘y boshi emas, balki Maiiluning boshidir... Agar Matiilu bu kelishuvni buzsa, xuddi qo‘y boshi kesib olinganidek, uning boshi ham tanasidan judo etiladi”.

Yuqorida shartnomani imzolagan Matiilu Ashshur-nerari V o‘limidan keyin darhol Ossuriyaning eng xavfli va asosiy raqibi bo‘lgan Urartu davlati (Sarduri II) bilan ittifoq tuzishga erishadi Asarxaddon hukmronligi davriga oid bir qancha shartnomalar yetib kelgan. Ulardan biri mil.avv. 671-yilda Tir hukmdori bilan tuzilgan o‘ziga xos “dengiz shartnomasi” hisoblanadi. Bu Finikiya qirg‘og‘i hududida qirg‘oq bo‘ylab suzishni tartibga solish bilan bog‘liq edi. Unga ko‘ra Ossuriya savdo kemalarini va umuman olganda bu yerdagi dengiz savdosini nazorat qilish uchun ustun huquqqa egaligini tasdiqladi.