’SHARAFNOMAYI SHOHIY’’ asari manba sifatida
• MAVZU:‘’SHARAFNOMAYI SHOHIY’’ asari manba sifatida
• REJA: • 1.Asar muallifining hayoti va ijodi • 2 Asarning tarixiy qiymati • 3 Manbani o’rgangan olimlar
• Hofiz Tanish Buxoriy – XVI asrda o’tgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim. Nufuzli mansabdor xonadonida dunyoga kelgan bo’lib, otasi Mir Muhammad al-Buxoriy Buxoroning ko’zga ko’ringan boyonlaridan bo’lib, Shayboniy Ubaydullaxonning yaqin kishilaridan edi. 1550- yil boshlarida Qoshg’arga ketib qolgan va oradan ikki yil o’tgach, o’sha o’lkada vafot etgan.
• Hofiz Tanish o’z davrining chuqur va keng ma’lumotli kishilardan bo’lib, 1584-yil Qulbobo Ko’kaldoshning tavsiyasi bilan Abdullaxonning (1583-1598) xizmatiga qabul qilingan va xonning shaxsiy voqeanavisi (tarixchisi) vazifasiga tayinlangan. Hofiz Tanish umrining oxirigacha shu lavozimda xizmat qildi.Ba’zi ma’lumotlarga (Malexo Samarqandiy) ko’ra, Hofiz Tanish 1589-yili xotini tomonidan zaharlab o’ldirilgan.
• Hofiz Tanish 1585-yili yozilgan o’zining ‘’Sharafnoma-yi shohiy’’ (Podshohni sharaflovchi kitob’’) nomli capital asari bilan nom chiqargan. Asar nomi bilan ham mashhur. O’rta Osiyo, Qozog’iston, shuningdek qisman Afg’oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’z ichiga oladi. Asar XVI asrning 80-yillari oxirlarida yozib tamomlangan.