Sportcha suzish texnika asoslari
Mavzu: Sportcha suzish texnika asoslari.
Reja: 1 Sportcha suzish turlarining rivojlanishi 2. Sportcha suzishning texnika asoslari . 3. Suzish texnikasining boshlang'ich uslubiyasi. Foydalanilgan adabiyotlar.
1 Sportcha suzish turlarining rivojlanishi. Sportcha suzish usullari texnikasi o‘ziga xos usullarining (“sajenka”, “kuchukcha”, “yonboshda”, "chalqancha") takomillashuvi natijasida shakllangan. XVI asr fransuz gumanist yozuvchisi Fransua Rablening “Gargantyua va Pantagryuel” romanida shunday usullaming tasviri berilgan. U ulkan Gargantyuaning tarbiyalanishi haqida shunday yozadi: “U daryoda suzishni mashq qilar, ko‘ksida, chalqancha yotib, yonbosh bilan, butun tanasi bilan, faqat oyoqlari bilan, daryodan bir qoiini chiqargan holatda kitob tutib suzardi; shu tariqa ukitobga nam tekkizmay, yopinchig‘ini Yuliy Sezarga o‘xshab tishlarida tishlangancha butun Senani suzib o‘tardi; keyin faqat bitta qoii yordamida dahshatli kuch bilan qayiqqa sapchib chiqar, undan yana suvga kalla tashlar, daryo tubini tekshirar, suv ostidagi toshlami paypaslar, o‘pqon va girdoblarga sho‘ng‘ar edi”.
Sportcha suzishning keyingi taraqqiyoti jarayonida faqat brass saqlanib qoldi. Brass usulida suzish birinchi bor daniyalik N.Vinmanning 1938-yilda chop etilgan “G‘awos” kitobida tahlil qilinib, tasvirlab berilgan. Brass erkin usulda suzish musobaqalarida, ayniqsa, uzoq masofalarda keng qoilanila boshlandi. 20-yillaraing o‘rtalarigacha shu tariqa davom etdi, keyin u suzishning yanada tezkor usullari bilan surib chiqarildi. 1904-yilda brass suzishning mustaqil usuliga aylandi. O‘shandayoq Olimpiada o‘yin lari dasturiga alohida musobaqa turi sifatida kiiitildi. Uzoq yillar davomida u “qurbaqacha suzish” nomi bilan tanish edi, faqat XX asrdagina fransuzcha “Brasse” so‘zi (“qoilami yozish” felining hosilasi) eski suzish usuliga nom berdi, bu usulda suzish vaqtida mumkin boigan harakatlaming musobaqa qoidalarida yetarlicha tasvirlanmagani izoh topdi.