Brass usulida suzish texnikasi.
Mavzu: Brass usulida suzish texnikasi.
• Reja • 1.Brass usulida suzish texnikasi • 2. Oyoqlar harakati, tayyorgarlik harakati, ishchi harakat, dastlabki holat.
• Brass mustaqil sportga suzish usuli sifatida III olimpiada o'ynlarida (1904 yil Sent Luis) namoyon bo'ldi. IV olimpiadada 200 metrga va XIX olimpiada uyinlari programmasiga 100m masofaga shu usulda suzish kiritildi. Brass usulida suzish texnikasi rivojanishining tarixi uch bosqichdan iborat: Birinchi bosqich (1904-1935 yillar) oyoq harakati qo'l harakatidan samaraliroq deb hisobimgan. Oyoq harakatining samarasini oshirish uchun imkom boricha ularni keng yozish va tizza bo'g'imidan bukish tavsiya qilingan. Eshish qo'llarni bukmasdan keng yozilgan holda yonga, gorizontal yuzada harakatlantirib bajarilgan. Umuman oyoq va qo'l harakatlari koordinatsiyasining alohida bajarilishi (qo'llarning eshish harakatidan so'ng oyoqlar birlashtirilgan) qisqa vaqtli pauza (sirpanish) va eshish paytida nafas olish bilan harakterlangan.
• 30-yillar boshlarida brass usulida suzuvchilar klassik uslubning asosiy elementlarini namoyish qilganlar. Bunda gavdaning gorizontal holati, qo'llarning aktiv ishlashi, oyoqlarning orqa yo'nalishida aylana bo'ylab eshishi va qo'liar eshish harakatining boshlanishida nafas olinish bilan harakterlangan. Musobaqa qoidasi takomillashmaganligi sababli qo'liar bilan songacha eshish, qo'llarni havodan olib o'tish kabi elementlar texnikasi vujudga keldi.Brass usulida suzish texnikasi takomillashuvining ikkinchi bosqichida (1935-1953 yillar) yangi suzish usuli «batterflyay» kelib chiqdi. Natijada oldingi brass istiqbolsiz bo’lib qoldi.