TADQIQOTCHI FAOLIYATI VA UNGA QO‘YILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR
MAVZU : TADQIQOTCHI FAOLIYATI VA UNGA QO‘YILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR
Reja : 1. Tadqiqotchi uchun zarur bo’lgan malakaviy talablar 2. Zehn va ishchanlikni saqlash 3. Tadqiqot texnologiyasi va tadqiqot samaradorligini ta’minlash 4. Olimning ijtimoiy mas’uliyati
. 1. Tadqiqotchi uchun zarur bo’lgan malakaviy talablar Har bir ishni, shu jumladan, ilmiy ishni sifat li bajarish uchun t adqiqot chi k asbiy malak aga ega bo’lishi lozim. Sifat li ish – bu ilmiy muammoni y angicha y ondashuv asosida xal qilish, y angi xulosaga k elish, ma’lumot larni y angi xossa y ok i qonuniy at ni ochish imk oniy at ini beradigan darajada t asnifl ash, umumlasht irish v a t ushunt irish, o’zida y angi nat ijalarni ak s et t irgan maqola, risola y ok i dissert asiy a y ozishdir. Kasbiy malak asi o’zi nima? Kasbiy malak a ma’lum faoliy at ni ijro et ish uchun zarur bo’lgan fazilat larga (o’quv, zehn, mahorat v a boshqalarga), nazariy v a t ajribav iy amallarni bajarish usullaridan foy dalana bilish xislat iga ega bo’lishdir .
Faylasuflar va psixologlarni aytishlaricha, ilmiy faoliyatni unumdor bo’lishida tadqiqotchidagi qiziqish va hayratda qolish qobiliyati yetakchi rol o’ynaydi. Qiziqish shunday nuqtaga qaratiladiki, u qiziquvchanlikka, qiziqish tug’dirgan predmetga berilib ketishiga aylanadi. Bunday holatga tushgan inson qiziqish uyg’otgan masala bilan shug’ullanmasdan yura olmaydi, muammo vaunihal qilish ishtiyoqi butun vujudini qamrab oladi. Har bir kishida barmoqlar bo’lsada, mo’yqalam va bo’yoqlar sotib ola olsa ham, lekin bu uni rassom qilmaydi. Qiziqishdan tashqari yana o’quv, tirishqoqlik, mahorat, faollik kabi xislatlar darkor. Tadqiqotning samarali bo’lishini muhim sharti ishga berilib ketish, ishni muntazam amalga oshishi. Muttasil izlanish jarayonida ilhom, nogahon yorishish, ijodiy tush ko’rish shaklida namoyon bo’ladigan ruhiy holatlar sodir bo’ladi.
Kasbiy malakani takomillashtirishni muhim pedagogik yo’li tadqiqotchida qayd etilgan sifatlarni shakllantirish va tarbiyalashdan iboratdir. Avvalambor, kasbiy yo’nalishni tanlash paytida strategik maqsadni aniqlab olish lozim. Kim bo’lmoqchisiz: muhandismi, texnologmi, nazariyotchimi? Tanlangan kasbiy yo’nalishni qaysi sohasi: fundamental nazariy izlanishmi yoki konstruktiv qurilmalarni yasash,kashfiyotmi yoki ixtiro qilish sizni ko’proq qiziqtiradi ? Har sohada izlanish olib borish va ijod qilishni o’ziga xos xususiyatlari mavjud.