Yevropa hududi sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi
Reja: 1. Yevropada ilk sivilizatsiyasining shakillangan hududi. 2. Yevropada ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi. 3. Sivilizatsiyasining taraqqiy qilishi.Mavzu: Yevropa hududi sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi
Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan bog’liq. Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi Yevropa fani va adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk tushunchalar ancha ilgariyuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar o’zlarining dunyolarini o’zgalar dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik davrda sivilizatsiya so’zi bilan belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga varvarlikni qarama- qarshi qo’yganlar. Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiyatushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi.
Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash.