logo

Zavqiy

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

469.544921875 KB
ZAVQIY
(1853-1921) Z	a	v	q	iy	 	t	a	x	a	llu	s	i 	b	ila	n	 	q	a	la	m	 	
t	e	b	r	a	t	g	a	n	 	s	h	o	ir	n	in	g	 	a	s	l 	is	m	i 	
U	b	a	y	d	u	llo	h	 	b	o	‘	lib	, 	1	8	5	3	-	y	ild	a	 	
Q	o	‘	q	o	n	 	s	h	a	h	r	in	in	g	 	Q	a	t	a	g	‘	o	n	 	
d	a	h	a	s	a	g	a	 	q	a	r	a	s	h	li 	S	h	a	y	x	o	n	 	
m	a	h	a	lla	s	id	a	 	m	a	h	s	id	o	‘	z	 	k	o	s	ib	 	
M	u	h	a	m	m	a	d	 S	o	lih	 o	ila	s	id	a	 d	u	n	y	o	g	a	 	
k	e	lg	a	n	.  Bo‘lajak  shoir  dastlab  mahallasidagi 
maktabda  o‘qigan,  so‘ng  1870—1874-
yillarda  shoirtabiat tog‘asi Muhammad 
Siddiq  yordamida  «Madrasai  Oliy»  va 
«Madrasai  Chalpak»   madrasalarida 
tahsil ko‘rgan. TAHSIL Shoirning  ijodiy  faoliyati  madrasada  tahsil  olib  yurgan 
paytlarida  boshlangan.  O‘sha  paytlarda  u  Muqimiy, 
Muhyi,  Furqat,  Nisbat,  Muhayyir  kabi  taniqli  shoirlar 
bilan  tanishdi,  ular  bilan  adabiy  majlislarda, 
mushoaralarda  ishtirok  etdi.  Bu  muhit  Zavqiyning  ijodiy 
kamolida alohida ahamiyat kasb etdi. 
Furqat  o‘z  esdaliklarida  ushbu 
shoirlar  tez-tez  to‘planishib,  adabiy 
suhbat  qurganlari,  bir  g‘azalga 
ergashib,  uning  ma’nosini  turli  shakl 
va  ifodalarda  aytib,  she’riy  bahs  va 
ijodiy  musobaqa  qilishlari  haqida 
yozgan edi. T og‘asi  Muhammad  Siddiq  bilan  birga  haj  safariga 
chiqib,  olti  oy  davomida  Turkiya  va  Arabiston 
mamlakatlarida  bo‘ladi.  Shoir  safar  davomida  boshqa 
xalqlarning  hayoti,  urf-odatlari  bilan  tanishadi. 
Natijada  dunyoqarashi  kengayib,  ijodida  yangi  mavzu 
va ohanglar paydo bola boshlaydi.  Zavqiy 1921-yilda ikki oy 
davom etgan og‘ir 
kasallikdan so‘ng                  
        68 yoshida vafot etgan. Zavqiyning  she’rlari,  maqolalari  o‘z 
davrida  «Turkiston  viloyatining 
gazeti»,   «Sadoyi  Farg‘ona»,  «Tirik 
so‘z»,  «Najot»  gazetalarida  hamda 
«Al-Isloh»  jurnalida  bosilgan, 
asarlaridan  namunalar  to‘plam  va 
bayozlarga kiritilgan. S hoirning  o‘z  qo‘li  bilan  tuzgan  devoni  uning 
vafotidan  so‘ng,  aniqrog‘i,  1930-yilda  turmush 
o‘rtog‘i  Xayrunniso  tomonidan  Qashqarga  olib 
ketilgan.  Hozir  bu  devon  Zavqiyning  Xitoy  Xalq 
Respublikasida  yashayotgan  avlodlari  qo‘lida 
saqlanmoqda. 
Yurtimizda  shoirning  saqlanib  qolgan 
asarlari  jamlanib,  1958-  va  1960-yillarda 
ikki  marta  nashr  etilgan.  2003-yili 
Zavqiy  tavalludining  150  yilligi 
munosabati  bilan  mazkur  to‘plamning 
to‘ldirilgan nashri bosmadan chiqdi.  Asarlari
•
Zavqiy adabiyotimiz tarixida yirik hajvchi shoir 
sifatida ham e’tirof etiladi. 
•
Uning bir qator asarlarida, jumladan,                
                        «Ajab  zamona»,  «Qahatchilik», 
«Zamona  kimniki»,  «Veksel»   kabi  she’rlarida 
mustamlaka  tuzumidagi  ijtimoiy  tengsizlik, 
adolatsizlik,  chor  ma’muriyati  himoyasida 
bo‘lgan  ayrim  nopok  amaldorlarning 
kirdikorlari fosh etiladi. «Ta’rifi  kalish»,  «Otim»,  «Fonus»,  «Pashshalar» 
kabi  hajviyalarida  esa  u  ijtimoiy  hayotdagi  ayrim 
nosozliklar,  kishilar  faoliyatidagi  holatlar  ustidan 
zaharxandalik bilan kuladi.
Hayotda va adabiyotda paydo bo‘lgan har bir xayrli 
yangilikni  qizg‘in  kutib  olishga  odatlangan  Zavqiy 
Muqimiy  boshlab  bergan  «Sayohatnoma»  janri 
an’anasini  munosib  davom  ettirib,  bir  nechta 
she’rlar yozgan. Diqqat  qiling! HA J VI 
AHLI 
RASTA •
Zavqiy 1905- yilning avji yozida savdo bilan shug`ullanib, 
o'zgalarning  haqiga  xiyonat  qiladigan  46  nafar  baloxo'rni 
fosh  etib  bitilgan  „Hajvi  ahli  rasta"  she'rini  maxsus 
qog'ozga  katta  harflar  bilan  yozib,  Mo'ymarak  ataluvchi 
saylgohning eng gavjum joyidagi terakka ilib qo'yadi. 
•
She'rda  haromdan  hazar  qilmaydigan  savdogar,  boy  va 
sudxo'rlar  ochiqchasiga  o'rinli  tanqid  qilingan  va 
mahorat bilan kulgiga olingan edi. 
•
Zavqiy  tomonidan  butun  Farg'ona  vodiysiga  sharmanda 
qilingan  bu  shaxslar  albatta,  jimgina  qarab  turishmadi. 
Ular  shahar  hokimiga  ariza  berib,  shoirning  ustidan  ish 
qo'zg'atishga erishdilar. 
•
Uzoq  davom  etgan  tergovlardan  so'ng  Zavqiy  yuz  so'm 
jarima to'lab, qamoqdan qutulib qoladi. “ A JAB ERMAS”  MUX AMMASI
•
Zavqiyning  ijtimoiy  tartibotlarni  isloh  qilish 
borasidagi qarashlari uning „Ajab ermas" nomli 
muxammasida yaqqol namoyon bo'ladi.                
                     
•
U  ma'rifatchi  shoir,  kelajakka  umid  bilan 
qarovchi  musulmon,  jamiyat  tartiblarini  isloh 
qilish  lozimligini  bilgan  ziyoli  sifatida  yaxshi 
kunlar  kelishiga,  zulm-u  adovat  yo'qolishiga 
ishonadi.  Topshiriq
“ Hajvi ahli rasta” she’rida hajv qilingan kishilar 
va ularning kasbini yozing.

ZAVQIY (1853-1921)

Z a v q iy t a x a llu s i b ila n q a la m t e b r a t g a n s h o ir n in g a s l is m i U b a y d u llo h b o ‘ lib , 1 8 5 3 - y ild a Q o ‘ q o n s h a h r in in g Q a t a g ‘ o n d a h a s a g a q a r a s h li S h a y x o n m a h a lla s id a m a h s id o ‘ z k o s ib M u h a m m a d S o lih o ila s id a d u n y o g a k e lg a n .

Bo‘lajak shoir dastlab mahallasidagi maktabda o‘qigan, so‘ng 1870—1874- yillarda shoirtabiat tog‘asi Muhammad Siddiq yordamida «Madrasai Oliy» va «Madrasai Chalpak» madrasalarida tahsil ko‘rgan. TAHSIL

Shoirning ijodiy faoliyati madrasada tahsil olib yurgan paytlarida boshlangan. O‘sha paytlarda u Muqimiy, Muhyi, Furqat, Nisbat, Muhayyir kabi taniqli shoirlar bilan tanishdi, ular bilan adabiy majlislarda, mushoaralarda ishtirok etdi. Bu muhit Zavqiyning ijodiy kamolida alohida ahamiyat kasb etdi. Furqat o‘z esdaliklarida ushbu shoirlar tez-tez to‘planishib, adabiy suhbat qurganlari, bir g‘azalga ergashib, uning ma’nosini turli shakl va ifodalarda aytib, she’riy bahs va ijodiy musobaqa qilishlari haqida yozgan edi.

T og‘asi Muhammad Siddiq bilan birga haj safariga chiqib, olti oy davomida Turkiya va Arabiston mamlakatlarida bo‘ladi. Shoir safar davomida boshqa xalqlarning hayoti, urf-odatlari bilan tanishadi. Natijada dunyoqarashi kengayib, ijodida yangi mavzu va ohanglar paydo bola boshlaydi.