logo

Afrosiyob arxeologik yodgorligining Samarqand turizmidagi ahamiyati

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

72.640625 KB
Afrosiyob arxeologik yodgorligining Samarqand
turizmidagi ahamiyati
      MUNDARIJA 
Reja
 Kirish 
I  BOB .  Afrosiyob yodgorligining tarixiy ahamiyati
1.1 Yodgorlikning umumiy tavsifi.
1.2 Afrosiyobning o’rganilish tarixi.
1. 3.   Afrosiyob yodgorligi – dunyo e’tiborida
II BOB. Ko’ktepa yodgorligining arxeologik ahamiyati
2.1.  Yodgorlikning umumiy tuzilishi  
2.2. Yodgorlikdan topilgan topilmalar
     
2.2 .    . 
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi   va   zarurati .   Mamlakatimiz   mustaqilligining
dastlabki   kunlaridayoq   ijtimoiy   fanlar   sohasi   olimlari   oldida   xalqimiz   tarixini,
shuningdek   boshqa   xalqlar   tarixini   haqqoniy   va   to‘laqonli   o‘rganish   masalasi
dolzarb   vazifa   etib   qo‘yildi.   Respublikamiz   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov
o‘zining   tarixchilar   oldidagi   chiqishlarida   Vatanimizning   qadim   o‘tmishini
obyektiv   o‘rganish   va   yoritish   masalasini   qayta-qayta   ta’kidlaganlar 1
.   Bunda
madaniyatimiz ildizlarini o‘rganishga ham katta ahamiyat berilgan. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov   1998-yil
yozida   bir   guruh   yetakchi   tarixchi   olimlar   bilan   bo‘lgan   uchrashuvda
ta’kidlaganidek.,   “…o‘z   tarixini   bilgan,   u   bilan   ruhiy   quvvat   oladigan   xalqni
yengib   bo‘lmas   ekan,   biz   haqqoniy   tariximizni   tiklashimiz,   xalqimizni,
millatimizni   ana   shu   tarix   bilan   qurollantirishimiz   zarur!” 2
  .   Bundan   tashqari
prezidentimizning   tarix   mutaxassislari   bilan   uchrashuvlarida   “…davlatimiz,
millatimizning   haqqoniy,   ilmiy   tarixini   yaratish   keng   jamoatchiligimiz   uchun
g‘oyat   muhim   va   dolzarb   masalaga   aylanishi   lozim”   –   degan   so‘zlari   bevosita
tarixchi olimlarimiz, tarix sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar
oldiga qo‘yilgan ulkan vazifa hisoblanadi 3
.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 15 iyun kuni O‘zbekiston Islom
sivilizatsiyasi   markazi   quriladigan   hududga   tash   tashrifi   davomida 4
  “Hamma   o‘z
tarixini   ulug‘laydi.   Lekin   bizning   mamlakatimizdek   boy   tarix,   bobolarimizdek
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent., 1998. B-1.  
2
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz., VII tom, Toshkent.:”O‘zbekiston”, 1999. 149 b.
3
Karimov I.A.Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir. Toshkent .:”O‘zbekiston”, 2012. 19-
bet.
4
G.   Xalq   so‘zi.   21   dekabr   2018   yil. Shavkat   Mirziyoyev   2018   yil   15   iyun   kuni   O ‘ zbekiston   Islom   sivilizatsiyasi
markazi quriladigan hududga tashrifi davomida gi nutqi.
2 buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga,
dunyoga   yetkaza   bilishimiz   kerak”,   deb   aytgan   jumlalaridan   ham   qanchalar   biz
tarixchilarning   vatanimiz,   millatimiz   oldida   mas’uliyatimiz   katta   ekanligini,   va
yanada chuqurroq o‘rganishimiz kerak ekanligiga turtki bo‘ladi.
Muammoning   o’rganilganlik   darajasi.   Afrosiyob   yodgorligi   N.V.
Xanikov,   V.V.   Krestovskiy,   N.I.Veselovskiy,   V.L.   Vyatkin,   V.V   Bartold,
fransiyalik arxeolog Shaffanjon kabi yetuk olimlar tomonidan o’rganilgan.
  Tadqiqotning obyekti.   Samarqanddag arxeologik yodgorliklarni o`rganish
sohalarida sodir bo’lgan o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar.
Tadqiqotning   predmeti.   Samarqanddagi   arxeologik   yodgorliklarni
o`rganish va bu borada qilinayotgan   bir  qator o’zgarishlarning amalga oshirilishi.
Sodir   bo’lgan   o’zgarishlarni   qiyosiy   tahlil   qilish     va     tqqoslash   mavzuning
predmetini tashkil qiladi. 
Tadqiqotning   usullari.   Mavzuni   yoritib   berishda   quyidagi   usullardan
foydalanilgan:   xolisona,   haqqoniy,   muommoli,   xronologik,   ilmiy   va   tarixiy
shakllarni   paydo   bo’lishi,   Samarqanddagi arxeologik yodgorliklarni o`rganishga,
bu borada qilinayotgan o`zgarishlar va yangiliklarni  aniqlashga qaratiladi.  
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifasi.   Samarqanddagi   arxeologik
obyektlarini   o`rganish,   turistik   imkoniyatlarini   yanada   oshirish   va   bu   borada
qilinayotgan   bir   qator   o’zgarishlarning   amalga   oshirilishini   manbalar   yordamida
ochib berish mavzuning maqsad va vazifasi hisoblanadi.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati .   Samarqanddagi
arxeologik   yodgorliklarni   o`rganish,   tahlil   qilish   va       turistik   imkoniyatlarini
yanada oshirish .  
Kurs   ishning   tarkibiy   tuzilishi.   Kurs   ishi   kirish,   ikkita   bob,   xulosa,
foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
3 I  BOB .  Afrosiyob yodgorligining tarixiy ahamiyati.
1.1. Yodgorlikning umumiy tavsifi.
Ularning   eng   yirigi   bo‘lgan   Afrosiyob,   qadim   Samarqand   ko‘hna   shahri
hozirgi Samarqandning shimoliy qismida tepaliklar ko‘rinishida joylashgan bo‘lib
noto‘g‘ri   yuraksimon   shakldagi   220   gektar   maydonni   egallagan.   Bu   hududlarda
qal’a   devorining   to‘rtta   halqasi   aniqlangan   bo‘lib,   arxeologik   taqiqotlarning
ko‘rsatishicha,   birinchi   va   to‘rtinchi   halqalar   nisbatan   qadimgi   hisoblanadi.
Birinchi   halqaning     pastki   qatlamlaridan   xom   g‘isht   devor   qoldiqlari   aniqlangan
bo‘lib,   arxeologik   tadqiqotlarning   ko‘rsatishicha,   birinchi   va   to‘rtinchi   halqalar
nisbatan qadimgi hisoblanadi. Birinchi  halqaning pastki  qatlamlaridan xom g‘isht
devor qoldiqlari aniqlangan bo‘lib, bu devor qoldiqlari o‘z vaqtida G.V. Shishkina
tomonidan miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga oid deb sanalagan 5
.
Keyingi   tadqiqotlar   bu   devor   tagidan   “lo‘mboz”   usulida   bunyod   etilgan
himoya   devorlarini   aniqlash   imkonini   imkonini   berdi.   Ilk   himoya   inshootlari
qatlamidan   burg‘ulik-chust   ko‘rinishidagi   qo‘lda   ishlangan   naqshli   sopollar   ham
topilgan. Shuningdek, bu davr qatlamlaridan silindr shaklidagi idishlar ham paydo
bo‘ladi.   Ushbu   qatlamni   Ko‘ktepa   ibodatxonasi   qatlamlari   bilan   radiokarbon
asosda   solishtirgan   M.X.   Isomiddinov   uni   mil.   avv.   VIII-VII   asrlarga   oid   deb
hisoblaydi 6
. 
Shuningdek, Chust madaniyati istehkomlaridagi o‘xshashlik ham shu sanani
tasdiqlaydi 7
. 
Afrosiyobga   o‘xshash   arxaik   davr   ko‘hna   shaharlari   Ulkendepa   va
Erkqal’aning shakllanishida  ham dastlabki  himoya devorlari  yaxlit, bir butun edi.
Yerqo‘rg‘onda   ham   so‘nggi   yillardagi   tadqiqotlar   natijasida   bu   yerdagi   dastlabki
devorlar   Afrosiyobga   o‘xshash   shakldagi   xom   g‘ishtlardan   qad   ko‘targanligi
5
  Шишкина   Г.В.   Древнейшая   оборонительная   стена   Самарканда   //Общественные   науки   в   Узбекистане.
Ташкент.1970.№9. С. 102-107.
6
  Исамиддинов М.Х. Истоки городской культур ы …, С. 87-89.
7
  Спришевский   В.И.   Оборонительные   сооружения   эпохи   бронзы   на   территории   Узбекистана   //   Советская
археология. 1972. №3. С. 227-233.
4 hamda   bu   davr   madaniy   qatlamlarida   qo‘lda   ishlangan   naqshli   sopollar,   silindr
shakldagi idishlar borligi aniqlandi. 
Afrosiyobning   keyingi   devorlari   himoya   inshootlarining   boshqacha   ya’ni
minoralari bo‘lgan yo‘lak-galeriya shaklida tiklanadi. Devorlardagi o‘q egar burjlar
ko‘hna shaharning ichki va tashqi tomonlariga qaratilgan 8
.
Yuqoridagi jihatlar qadimgi shaharlar qurilishida yangi uslub bo‘lib, bunday
uslub ahamoniylar davri shaharlar  qurilishida keng yoyiladi. Ularning chegaralari
soylarning   tabiiy   irmoqlari   bo‘lib,   ular   himoya   xandaqlari   vazifasini   o‘tagan.
Shunga   o‘xshash   qurilishlar   markaziy   Baqtriyadagi   qadimgi   Balxda,   Shim
Shimoliy Baqtriyadagi Qiziltepada kuzatiladi 9
.
Qiyosiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mil.avv. VII asrdan boshlab Afrosiyobda
qadimgi istehkomli himoya inshootlari tartibining paydo bo‘lishi – shahar atrofida
sug‘orish   tartibining   shakllanishiga   va   shaharlarda   hunarmandchilikning
rivojlanishiga,   rejaga   ko‘ra   shahar   qurilishidagi   ko‘chalar   yoki   mahallalar
tizimining   shakllanishi   bilan   mos   tushadi.   Keyingi   yillarda   olib   borilgan
tadqiqotlar   natijasida   ko‘hna   shaharning   xronologiyasi,   ijtimoiy-iqtisodiy   va
madaniy   tarixiga   ko‘pgina   aniqliklar   kiritildi.   Afrosiyobda   uzoq   yillar   tadqiqot
ishlari olib borgan. M.X. Isomiddinov qiyosiy tahlillar asosida Afr Ob qatlamlarini
mil.avv.   VIII-VI   asrning   boshlari   bilan,   Afr   1a   qatlamlarini   esa   mil.avv   VII-VI
asrning birinchi yarmi bilan sanaladi 10
.
Ko‘hna shaharni o‘rab turgan qal’a devori mil.avv. VII-VI asrlarda bunyod
etiladi.   Bu   davrda   olib   borilgan   bunyodkorlik   ishlari   natijasida   shahar   oldi
hududlari   kengayib,   ko‘hna   shahar   bir   necha   qismlarga   bo‘linadi.   Shaharning   bir
qismini   mustahkam   qo‘rg‘on,   boshqa   bir   qismlarini   esa   qal’a   devorlari   bilan
o‘ralgan   saroy   majmui,   savdo-hunarmandchilik   mahallalari   tashkil   etadi.   Ko‘hna
shahar   atrofida   shahar   oldi   tayanch   inshootlaridan   tashqari   (Lolazor)   yirik   yer
egalarining   uy-qo‘rg‘onlari   ham   paydo   bo‘ladi.   Bularning   barchasi   So‘g‘diyona
davlatchiligida   Afrosiyob   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lganligidan   hamda   qadimgi
8
  Исамиддинов М.Х. Истоки городской культур ы …, С. 123. 
9
 Сагдуллаев А.С. Усадьбы древней Бактрии…
10
  Исамиддинов М.Х. Истоки городской культур ы …, С. 123.
5 So‘g‘d   davri   Afrosiyobning   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy   hayotida   katta
o‘zgarishlar sodir bo‘lganligidan dalolat beradi. 
1.2.Afrosiyobning o’rganilish tarixi.
So‘g‘diyona   vohasidagi   ilk   temir   davriga   oid   yodgorliklar   O‘rta   Osiyoning
boshqa   hududlariga   nisbatan   keyinroq   kashf   etildi.   Zarafshon   vohasidagi
arxeologik   yodgorliklarni   o‘rganish   Qashqadaryo   vohasiga   nisbatan   ancha
ilgariroq   boshlanganiga   qaramasdan   nisbatan   kam   o‘rganilgan.   Uzoq   yillar
davomida bu vohadagi Samarqand – Afrosiyob ko‘hna shahri tadqiqotlar markazi
bo‘lib qolgan 11
.
Samarqand   va   uning   atrofidagi   arxeologik   yodgorliklar   to‘g‘risidagi
dastlabki   ma’lumotlar   rus   olimlariga   tegishli   bo‘lib,   dastlabki   tadqiqotlar   XIX
asrdan boshlangan. 
1841 yilda Buxoro xonligiga tashrif buyurgan N.V. Xanikov Samarqandning
topografik   xaritasini   va   Afrosiyobning   tasnifini   keltirgan.   Samarqand   Turkiston
general gubernatorligiga qo‘shilganidan keyin Afrosiyobni arxeologik tadqiq qilish
ishlari   boshlandi.  Baxtga   qarshi,  harbiy  havaskorlar   tomonidan  amalga  oshirilgan
ilk   qazishmalar   ko‘proq   boylik   izlash   maqsadida   amalga   oshirilgan   edi.
Qazishmalar chuqur o‘ralar qazish orqali amalga oshirilgan, negaki, u davrda hali
arxeologik   qazish   ishlarining   uslublari   ishlab   chiqilmagan   edi.   Keyinchalik,   V.V.
Krestovskiy tomonidan Afrosiyobda olib borilgan qazish ishlari bu yerda ellinizm
davri   qatlamlari   mavjudligini   aniqladi.   Ammo,   u   davrning   uslublari   arxeologik
qazishmalar   talablariga   javob   bermas   edi.   1883   yilda   Afrosiyobda   mashhur
sharqshunos   N.I.Veselovskiy   ishlar   olib   bordi.   Ammo,   unda   arxarxeologik
tajribaning   yo‘qligi   tadqiqotlarga   o‘z   ta’sirini   o‘tkazgan.   N.I.   Veselovskiy   olib
borgan   ishlarni   bitta   quyidagi   dalil   bilan   izohlash   mumkin.   U   to‘rt   oylik   dala
ishlari   mobaynida   Afrosiyobning   109   ta   punktida   kichik   hajmli   shurflar   qazgan.
Bu   holat   katta   shahar   xarobalarini   qazish   uslublariga   ziddir.   Ammo,   shunday
11
 Эшов   Б.Ж.  М илоддан аввалги VII-IV асрларда Сўғдиёна тарихи ва маданияти: Тарих фан.номзоди дисс. –
Тошкент. 1999.  – Б. 78
6 bo‘lsada,   N.I.Veselovskiy   tomonidan   hozirgacha   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotmay
kelayotgan Afrosiyobning aniq topografik xaritasi ishlab chiqilgan.
18 9 3   yildan   boshlab   M.G.   C h ern i ya y ev   buyrug‘i   bilan   Afrosiyob
xarobalarida   polkovnik   V.V.   Krestovskiy   qazishma   ishlarini   olib   boradi.   U
qazishma ishlari natijasida shaharning yoshini Iskandar davri bilan belgi belgilab,
yunon manbalarida keltirilgan Maroqanda shahri bilan qiyoslaydi 12
.
1895   yilda   sharqshunos   V.V   Bartoldning   tashabbusi   bilan   tuzilgan
“Turkiston   arxeologiya   havaskorlari   to‘garagi”   a’zolari   Samarqanddagi
Afrosiyobni   ko‘p   asrlar   xazinasi   deb   qarab,   unda   keng   ko‘lamdagi   arxeologik
qazishma   ishlarini   olib   bordilar.   V.L.   Vyatkin,   N.I.   Veselovskiylar   o‘tkazgan
arxeologik qazilmalar  natijasida   turli  holdagi   qadimiy buyumlar  topilib,  muzeyga
beriladi. 
1894-1895 yillarda Afrosiyobda fransiyalik arxeolog Shaffanjon tomonidan 
qazuv ishlari olib borilgan. Ammo, u Afrosiyobda qo‘rqinchli tarzda ishlar olib 
borgan, ya’ni madaniy qatlamlarni portlatib, so‘ngra materiallarni yig‘ib olgan. 
Hozirda uning yiqqan materiallari Parij shahridagi Gime muzeyida saqlanmoqda. 
Keyingi yillarda Samarqand So‘g‘di va uning atrofini o‘rganish tarixi bilan S.M. 
Gorshenina shug‘ullanmoqda 13
.
Umuman olganda, XX asrning 30-yillargicha Afrosiyobning rus olimlari 
tomonidan o‘rganilishi primitiv uslublar yordamida dastlabki tadqiqotlardan iborat
bo‘lganligini kuzatishimiz mumkin.
1958-yilda   O‘zR   FA   Arxeologiya   va   Tarix   instituti   tomonidan   arxeologik
ekspedisiyaning   tashkil   qilinadi.   Ushbu   ekspedisiyaga   V.A.   Shishkin   rahbarlik
qiladi.   1966   yildan   V.A.   Shishkinning   vafotidan   keyin   ekspedisiyaga   Y.G‘.
G‘ulomov rahbarlik qiladi 14
. Ekspedisiya tarkibida turli yillarda arxeologlardan T.
R. Agzamxodjayev, D. I.Varxotova, V.D. Jukov, S.K. Kabanov, Y.K. Krikis, Y.F.
12
Кўҳна Самарқанд археологияси. Самарқанд, 2002, 7-8 бетлар.
13
Горшенина С.М. Первые опыты российских и французский археологов в Русском Туркестане, методика
исследований и судьбы коллекций // культурные ценности-1996. Библиотека Туркмении. Международный
ежегодник.Спб.: Европейский дом, 1998б. с. 69-77.
14
Гулямов Я.Г. Стратиграфия Самарканда в свете новейших раскопок // Объединенная научная сессия,
посвященная 2500-летию Самарканда. ТД. Ташкент. 1969. С. 6-9.
7 Buryakov,   O.V.   Obelchenko,   G.V.   Shishkina,   L.G.   Bruchenkolar   qatnashganlar.
Asosiy   e’tibor   Afrosiyobning   stratigrafiyasi   va   topografiyasini   o‘rganishga
qaratildi.   Antik   davri   qatlamlarini   o‘rganishda   G.V.   Shishkina   hamda   S.K.
Kabanovlar katta muvaffaqiyatlarga erishdilar 15
.   Samarqandning suv ta’minoti va
viloyatdagi irrigatsiya masalalari o‘sha yillarda A.R. Muhammadjonov tomonidan
o‘rganilgan.   Ko‘chmanchilarning   qo‘rg‘onlarini   o‘rganayotgan   paytda   O.V.
Obelchenko   Urgut   tumanida   bronza   davrining   qabrini   topadi 16
  va   bu   So‘g‘ddagi
bronza   davrini   tarixiy   taraqqiyot   bosqichlarini   o‘rganishda   katta   ahamiyatga   ega
bo‘ldi.   Afrosiyob   hududida   joylashgan   Siyobcha   qabri   va   Zarafshonning   chap
sohilidan   topilgan   Chakka   qabri   ham   shular   jumlasidandir 17
.   Shuningdek,   N.A.
Avanesova   tomonidan   To‘qay   qishlog‘i   topib   o‘rganildi.   Yuqoridagi
tadqiqotlarning hammasini  ham  muvaffaqiyayatli  deb bo‘lmaydi. Masalan,  M.  K.
Pachos,   Afrosiyobning   mudofaa   devorlarini   maxsus   o‘rganar   ekan,   Samarqandga
IV asrda asos solingan, degan xato fikrni ilgari suradi. 
1970-yildan   Afrosiyobni   o‘rganishda   yangi   bosqichga   ko‘tarildi.   Chunki
Samarqandda   O‘zbekiston   Respublikasi   FA   Arxeologiya   instituti   ochiladi.   Shu
munosabat   bilan   Afrosiyobni   o‘rganishga   alohida   e’tibor   qaratiladi.   1971-1979
yillarda   Afrosiyob   ekspedisiyasiga   Sh.S.   Toshxo‘jayev,   1979-1987-yillarda   G.V.
Shishkinalar   rahbarlik   qiladi.   Yodgorlikni   o‘rganish   ishlariga   turli   jabhalardagi
mutaxassislar   jalb   qilinadi.   Bu   yerda   turli   yillarda   I.   Axrarov,   A.A.   Anarboyev,
X.G.   Oxunboboyev,   L.I.   Albaum,   L.G.   Brusenko,   Y.F.   Buryakov,   E.Y.
Yuryakova,   O.N.   Invatkina,   I.D.   Ivaniskiy,   S.K.   Kabanov,   T.I.   Lebedova,   N.
Raxiboboyeva,   Sh.   Shoraximov,   M.K.   Pachos,   M.I.   Filanovich   va   boshqalar
ishtirok etadi. Afrosiyobdan topilgan devoriy sur’atlar, mudofaa inshootlari, sopol
va   shisha   idishlarning   restavratsiya   va   konservatsiya   ishlari   bilan   A.A.
Abdurozzoqov   boshchiligidagi   ximik-texnologlar   guruhi   shug‘ullana   boshladi 18
.
15
Шишкин В.А. Афрасиаб- сокровишница древней культурым. Т.,1966 C 46.
16
Аскаров А.А. Раскопки могильника эпохи бронзы в Муминабаде. ИМКУ. Вып. 8. Ташкент.: 1969. С. 56-
62.
17
Аванесова Н.А. Культура пастушеских племен эпохи бронзқ Азиатской части СССР (по металлическим
изделиям). Ташкент. ФАН. 1991, с. 201.
18
Абдураззаков А.А. История стеклоделия Средней Азии в древности и средневековье. Автореф. дисс. д.и.н.
Ташкент, 1993, с. 40.
8 1966-yilda   V.A.   Shishkinning   vafotidan   so‘ng   Afrosiyob   ekspeditsiyasiga   Y.
G‘ulomov   boshchilik   qiladi.   Bu   ishlar   ichida   Afrosiyobdagi   stratigrafik   tusdagi
ishlarga alohida e’tibor qaratish kerak. 
1988-yildan   boshlab,   Afrosiyob   shaharchasini   o‘rganishga   akademik   P.
Bernar hamda Fransiyaning yozuv va nafis so‘z san’ati akademiyasining a’zosi F.
Grene   boshchiligidagi   fransuz   hamkasblari   qo‘shi   shildi.   O‘zbek-fransuz
ekspeditsiyasida turli yillarda Fransiya tomonidan K. Rapen, B. Lione, P. Jantel va
boshqalar qatnashdi.
O‘zbekistonliklar   tomonidan   ekspeditsiya   ishida   M.X.   Isomiddinov,   A.
Otaxo‘jayev, A. Gritsina, N. Rahimboboyeva, G. Ahatova kabilar ishtirok etishdi.
1988-yilda   O‘zbek   -   Fransuz   ekspedisiyasining   tashkil   etilishi   bilan
(O‘FAE)   So‘g‘d   hududini   o‘rganish   yuqori   bosqichga   ko‘tarildi.   1989-yildan
boshlab Afrosiyobni o‘rganish ishlariga fransuz olimlari ham qatnasha boshlashdi.
Ayniqsa,   o‘zbek   –   fransuz   qo‘shma   ekspeditsiyasining   1990   –   91   yillarda
Afrosiyobda   olib   borgan   qazishmalarini   ta’kidlab   o‘tish   joizdir.   Bu   qazishmalar
natijasida   ko‘hna   shaharning   sharqiy   va   shimoliy-sharqiy   qismidagi   qal’alar,
ulardagi topilmalar va shahar darvozasi qoldiqlari o‘rganildi 19
. Xususan, P. Bernar
qal’aning   shimoliy-g‘arbiy   burchagidagi   mudofaa   devorini   o‘rgandi.   U   yerda
ahamoniylar va ellin devorlari hamda ellinistik, antik va ilk o‘rta asrlarga oid turar-
joy xo‘jalik xujralari topildi.
Qal’aning   sharqiy   qismida   O.   Inevatkina   tomonidan   mudofaa   devorining
birinchi   xalqasi   va   unga   tutash   hududlarda   qazilmalar   olib   borildi,   qala’ning
stratigrafik qatlamlari, uning ichki va tashqi tuzilmasi o‘rganildi.
O‘zbek-  Fransiya  ekspeditsiyasi  nafaqat  o‘rta asr  davriga,  balki  Samarqand
vujudga   kelishining   ancha   ilk   davrlariga   ham   e’tibor   berdi.   Afrosiyob   bo‘yicha
katta   hajmli   ishlar   qilindi,   bular   natijasida   birinchi   marta   shaharning
ahamoniylargacha bo‘lgan shaharsozlik tarixi va madaniyati stra stratigrafik nuqtai
nazardan ajratib o‘rganildi 20
.
19
Бернар П., Грене Ф., Исамиддинов М.Х. Основн ые результаты работы узбекско-французской  экспедиции
на Афрасиабе в 1990-1991 годах //ОНУз, 1994, № 3-4, с. 34-42.
20
Кўҳна Самарқанд археологияси. Самарқанд, 2002,  31-32- бетлар.
9 Umuman   olganda,   o‘zbek-fransuz   hamkor   arxeologik   ekspedisiyasi
Afrosiyobni   o‘rganish   ishlarini   yangi   sifat   bosqichiga   ko‘tarish   imkonini   berdi.
Ekspedisiyaga   fransuzlar   tarafidan   akademik   Pol   Bernar,   ekspedisiya   rahbari
Tilshunoslik va tasviriy san’at akademiyasining muxbir a’zosi  Frans Grene, ilmiy
xodimlardan Klod Rapen, Bertil Lione, geograf Pyer Jantel hamda keyingi yillarda
ilmiy   xodim   Lorian   Sev   Martinezlar   qatnashmoqda.   O‘zbekiston   tarafidan   M.H.
Isomiddinov 21
  (ekspedisiya   hamrahbari),   ilmiy   xodimlardan   H.G‘.   Oxunboboyev,
N.   Raximboboyeva,   L.F.   Sokolovskaya 22
  va   I.D.   Ivaniskiylar   qatnashgan.
Ekspedisiya   ishlariga   Moskvadagi   Sharq   xalqlari   san’ati   muzeyi   xodimi   O.N.
Inevatkina ham jalb qilingan.
So‘g‘d   hududi   haqida,   ayniqsa   Samarqand   yoshi   haqida   to‘g‘ri   va   yakuniy
ma’lumotlar   olish   uchun   katta   arxeologik   qazilmalar   olib   borish   zarurati   tug‘ila
iladi. Bunday qazilmalar Afrosiyobda 100 yildan beri olib borilmoqda. Samarqand
shahrining   yoshiga   taalluqli   ilk   jiddiy   arxeologik   ma’lumotlar   A.I.   Terenojkin
asarida   uchraydi.   (Terenojkin   A.I.   1947;   1950;   1972).   Uning   xulosasi   va   deyarli
barcha   boshqa   arxeologlarning   tasdig‘i   bilan   1970   yilda   Samarqandning   yoshi
2500 yil deb belgilandi va yubiley tantanalari o‘tkazildi. 
G.V.   Shishkina   Afrosiyobda   uzoq   yillar   davomida   ish   olib   borib,   yangi
ma’lumotlarni   qo‘lga   kiritdi.   U   ham   “Samarqand   Eron   Ahamoniylarining   O‘rta
Osiyoni qo‘lga kiritishidan oldin shoshilinch qurilgan” deb hisoblaydi. (Shishkina
G.V. 1987; Shishkina G.V.1994).
1. 3.   Afrosiyob – dunyo etiborida.
21
Исамиддинов М.Х. Истоки городской культуры Самаркандского Согда. Ташкент. 2002. С. 255.
22
Соколовская Л.Ф. Некоторые итоги изучении керамики Афрасиаба XII века \\ТД молодых ученых ИА АН
РУз. Самарканд. 1993.
10 Afrosiyob   boshiga   tushgan   ayanchli   voqealarning   biri   shuki,   1965   yil
Samarqand   shahridagi   qurilishi   rejalashtirilgan   yangi   ko‘cha   aynan   ana   shu
qadimiy   shahar   xarobalari   ustidan   o‘tishi   belgilandi.   O‘sha   vaqtda   Samarqandda,
mamlakatimizda   faoliyat   ko‘rsatayotgan   ziyolilar   qanchalik   qarshilik   qilishmasin,
yo‘l   qurilishi   boshlanadi.     Bir   qator   davlatlar,   umuman   dunyo   tarixi   haqida
ma'lumot beruvchi devoriy suratlar topiladi.  Eng yomoni, buldozer devoriy suratni
qoq   o‘rtasidan   ikki   bo‘lib   o‘tgan   edi.   Bu   bugungi   kunda   mavjud   yer   yuzidagi
tarixiy   devoriy   suratlarning   eng   yiriklaridan   biri   edi.   Devoriy   suratlarning   qismi
ham   juda   noyob   va   ulkan   ahamiyatga   ega   bo‘lgani   uchun   darhol   muzeyga
jo‘natiladi.   Undan   nusxa   ham   ko‘chiriladi.   90-yillardan   boshlab   ana   shu   devoriy
surat   jahondagi   ko‘plab   arxeolog,   tarixchilar   bir   qator   mamlakatlardagi   ilmiy
institutlarni   o‘ziga   jalb   eta   boshladi.   Negaki,   ushbu   devoriy   suratlar   ilk   o‘rta   asr
davrining nodir san'at asari, qadimgi So‘g‘diyona hayoti va madaniyati to‘g‘risida
so‘zlash  bilan  birga  boshqa  davlatlar  madaniyatidan  ham   hikoya qiladi.  Xususan,
Afrosiyob   shohi   Varxumanning   saroyida   chizilgan   deb   hisoblanayotgan   ushbu
devoriy   suratlarning   «Elchilar   xonasi»   deb   nomlangan   qismi   qadimgi   davlatlar
tarixiga   yan   gilik   kiritishi   oydinlashdi.   Yanayam   aniqrog‘i,   devoriy   suratda   bir
qator   qadimiy   davlatlar,   jumladan,   Koguryo   davlatidan   tashrif   buyurgan   elchilar
surati   ham   tasvirlangan  edi.  Bu   esa   6-7  asrlardayoq  ikki  davlat  o‘rtasida  aloqalar
mavjud   bo‘lganini   tasdiqlaydigan   juda   muhim   fakt   edi.   Shunday   qilib,   mazkur
yodgorlikning   vaqt   ta'sirida   yemirilib   borayotgani   sababli   So‘g‘diyona   fra   nsuz-
o‘zbek   arxeologik   missiyasi   tashabbusi   bilan   Madaniyat   va   sport   ishlari   vazirligi
hamkorligida   «Afrosiyob   devoriy   suratlarini   asrab-avaylash   uyushmasi»ga   asos
solindi.   Loyiha   YuNeSKOning   Toshkentdagi   vakolatxonasi   ko‘magida   ishga
tushirildi.   2014   yilda   Samarqand   shahridagi   Afrosiyob   muzeyida   noyob   qadimiy
yodgorlik hisoblangan «Elchilar xonasi» devoriy suratlarining restavratsiya ishlari
boshlandi.   Bu   ish   hukumatimiz   hamda   AQSh,   Shveytsariya,   Fransiya   va   Janubiy
Koreya   davlatlari   ko‘magida   davom   ettirildi.   Afrosiyob   boshiga   tushgan   ayanchli
voqealarning   biri   shuki,   1965   yil   Samarqand   shahridagi   qurilishi   rejalashtirilgan
yangi   ko‘cha   aynan   ana   shu   qadimiy   shahar   xarobalari   ustidan   o‘tishi
11 belgilandi.   O‘sha   vaqtda   Samarqandda,   mamlakatimizda   faoliyat   ko‘rsatayotgan
ziyolilar qanchalik qarshilik qilishmasin, yo‘l qurilishi boshlanadi.
Yo‘l   o‘tadigan   hudud   tekislanayotgan   vaqtda   esa   butun   insoniyat   uchun
nodir topilma, bir qator davlatlar, umuman   dunyo tarixi haqida ma'lumot beruvchi
devoriy suratlar topiladi. Eng yomoni, buldozer devoriy suratni qoq o‘rtasidan ikki
bo‘lib   o‘tgan   edi.   Bu   bugungi   kunda   mavjud   yer   yuzidagi   tarixiy   devoriy
suratlarning eng yiriklaridan biri edi.
Devoriy   suratlarning   qismi   ham   juda   noyob   va   ulkan   ahamiyatga   ega
bo‘lgani uchun darhol muzeyga jo‘natiladi. Undan nusxa ham ko‘chiriladi.
90-yillardan boshlab ana shu devoriy surat jahondagi ko‘plab arxeolog, tarixchilar
bir   qator   mamlakatlardagi   ilmiy   institutlarni   o‘ziga   jalb   eta   boshladi.   Negaki,
ushbu   devoriy   suratlar   ilk   o‘rta   asr   davrining   nodir   san'at   asari,   qadimgi
So‘g‘diyona hayoti va madaniyati to‘g‘risida so‘zlash bilan birga boshqa davlatlar
madaniyatidan   ham   hikoya   qiladi.   Xususan,   Afrosiyob   shohi   Varxumanning
saroyida   chizilgan   deb   hisoblanayotgan   ushbu   devoriy   suratlarning   «Elchilar
xonasi»   deb   nomlangan   qismi   qadimgi   davlatlar   tarixiga   yangilik   kiritishi
oydinlashdi.   Yanayam   aniqrog‘i,   devoriy   suratda   bir   qator   qadimiy   davlatlar,
jumladan,   Koguryo   davlatidan   tashrif   buyurgan   elchilar   surati   ham   tasvirlangan
edi.   Bu   esa   6-7   asrlardayoq   ikki   davlat   o‘rtasida   aloqalar   mavjud   bo‘lganini
tasdiqlaydigan juda muhim fakt edi.
Shunday   qilib,   mazkur   yodgorlikning   vaqt   ta'sirida   yemirilib   borayotgani
sababli   So‘g‘diyona   fransuz-o‘zbek   arxeologik   missiyasi   tashabbusi   bilan
Madaniyat   va   sport   ishlari   vazirligi   hamkorligida   «Afrosiyob   devoriy   suratlarini
asrab-avaylash   uyushmasi»ga   asos   solindi.   Loyiha   YuNeSKOning   Toshkentdagi
vakolatxonasi   ko‘magida   ishga   tushirildi.   2014   yilda   Samarqand   shahridagi
Afrosiyob   muzeyida   noyob   qadimiy   yodgorlik   hisoblangan   «Elchilar   xonasi»
devoriy   suratlarining   restavratsiya   ishlari   boshlandi.   Bu   ish   hukumatimiz   hamda
AQSh,   Shveytsariya,   Fransiya   va   Janubiy   Koreya   davlatlari   ko‘magida   davom
ettirildi.     «Elchilar   xonasi»   devoriy   suratlarida   o‘sha   davrdagi   bir   qator
davlatlardan Afrosiyob   hukmdori saroyiga tashrif buyurgan elchilar   tasviri mazkur
12 suratlarning umuminsoniy ahamiyatini yanada oshiradi, - deydi Afrosiyob muzeyi
direktori   Samariddin   Mustafoqulov.   –   Xususan,   unda   6-7   asrlardagi   Koguryo
davlati vakillari tasvirlangani Janubiy Koreya tarixida ham yangilik   deb baholandi
va koreyalik olimlar bilan hamkorlikda keng miqyosdagi o‘rganish ishlari boshlab
yuborildi.   2015   yilda   Janubiy   Koreyaning   «Shimoliy-Sharqiy   Osiyo   tarixi»   fondi
ko‘magida   mazkur   davlat   tarixchi   olim   va   mutaxassislari   hamkorligida   devoriy
suratlarning   vaqt   ta'sirida   yemirilgan   qismlarini   ham   qayta   tiklashga   kirishildi.
Shuningdek, yana bir muhim ishga qo‘l urildiki, bu O‘rta Osiyo tarixida ilk marta
va   hatto   dunyo   tajribasida   ham   kamdan   kam   uchraydigan   tajribadir.   Xullas,
Janubiy   Koreya   va   O‘zbekiston   olimlari   hamkorligida   to‘liq   ilmiy   asoslangan
holda   qadimiy   Afrosiyob   shahri   o‘sha   davrda   qanday   bo‘lgan   bo‘lsa   xuddi   o‘sha
holatda   «qayta   tiklandi».   Aniqrog‘i,   qadimiy   shahar   maketi   va   shahar
ko‘rinishining   3D   formatdagi   videolavhasi   tayyorlandi.   Buning   uchun   dastlab
bugungi   kunning   eng   zamonaviy   texnologiyalari   orqali   shahar   qoldiqlari   skaner
qilindi.   Shaharning   o‘rni   yuqori   sifatli,   havodan   va   yon   tomonlardan
3D   fotoapparatlarida   suratga   olindi.   Maxsus   apparatlarda   test   analizlari   olindi   va
hatto   har   bir   surat   mikroskop   orqali   o‘rganib   chiqildi.   Barcha   devorlar   qoldiqlari
tadqiq   etilib,   taqqoslanib,   kompyuter   grafikasi   asosida   ilmiy   asoslangan   holda
tiklab   borildi.   Devoriy   suratlarni   tiklashda   ham,   shahar   ko‘rinishini   tiklashda
ham   ultrabinafsha   va   infraqizil   nurlar   orqali   o‘sha   ranglarning   aniq   holatini
tiklashga   erishildi.   Va   nihoyat,   qadimiy   shahar   to‘laligicha,   o‘z   vaqtida   qanday
bo‘lgan   bo‘lsa   shundayligicha   videolavha   shakl   ida   ko‘z   o‘ngimizda   namoyon
bo‘ldi. Bu esa tarix fanida misli ko‘rilmagan yutuq edi. Biz endi Samarqandning 6
asrda   qay   ko‘rinishda   bo‘lganini   bilamiz.   Bugun   Samarqandga   tashrif
buyurayotgan   sayyohlarning   aksariyati   «Afrosiyob»   muzeyiga   tashrif   buyurib,
yuqoridagi   tasvirlarni   hamda   devoriy   suratlarni   tomosha   qiladi.   Mazkur   suratlar
haqda   yurtimiz   olimlari   ham   bir   necha   marta   Janubiy   Koreyada   bo‘lishdi.
Dunyoning   bir   qator   mamlakatlari,   xususan,   Janubiy   Koreyada   ko‘plab
ko‘rsatuvlar tashkil etildi.
I I BOB .  Ko’ktepa yodgorligi  
13 Ko‘ktepa   C h elak   shahridan   5   km.   janubi-sharqda   S h amot   va   C h andir
qishloqlari   oralig‘ida,   Bulung‘ur   kanalining   o‘ng   tomonidagi   yuqori   terassasida
tabiiy   tepaliklar   ustida   joylashgan.   Ko‘hna   shahar   ikki   qismdan   iborat.   Ichki
shahar   noto‘g‘ri   kvadrat   yaqin   shaklga   ega   bo‘lib,   maydoni   23   gektani   tashkil
etadi.   Manzilgoh   alohida   mudofaa   devoriga   ega   bo‘lib,   qadimgi   darvozalarning
o‘rni egar shaklida ko‘rinadi.
Yodgorlik deyarli kvadrat shaklida bo‘lib, uning maydoni 23 gektarni tashkil
etadi. Yodgorlik toporelefiga ko‘ra, uni o‘rab olgan mudofaa devori chiziqlari va
darvoza   o‘rinlari   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Uning   Bulung‘ur   kanaliga   parallel
egarsimon   shaklida   yetib   kelgan   janubiy   darvozasi   qarshisida   monumental   bino
qoldiqlari   saqlangan.   Sharqiy   devorining   janubiy   qismida   yana   bir   darvoza   o‘rni
bo‘lib, bu eshik o‘rni to‘ppa-to‘g‘ri qandaydir monumental binolar qoldig‘iga olib
boradi.
Ko‘hna   shaharning   markazida   bulkasimon   xom   g‘ishtdan   qad   ko‘targan
qandaydir  inshoot  mavjud bo‘lib, u dastlab  ilk o‘rta asrlar  davriga oid degan fikr
bildirilgan   edi.   Keyinchalik   bu   yerdan   topilgan   qo‘lda   va   kulolchilik   charxida
ishlangan   sopol   buyumlar   hamda   madaniy   qatlamlar   Afrosiyob   va   Yoztepa
topilmalari bilan solishtirilib Ko‘ktepa ilk temir davriga oid bo‘lishi mumkin degan
taxmin ilgari surildi 23
.
Yodgorlikning shimoliy g‘arbiy burchagida ikkita minora, markaziy darvoza
yaqinida   yana   ikkita   minora   o‘rni   saqlangan.   Yodgorlik   shimoliy   devorining
markazida   joylashgan   darvoza   ikkita   yirik   minoralar   bilan   mustahkamlangan.
Shimoliy   darvoza   shaharni   suv   bilan   ta’minlab   turgan   kanal   bilan   bog‘lagan.
Shaharga   shimol   tomondan   suv   olib   kirgan   kanal   bo‘ylab   yo‘l   o‘tgan.   Bularning
barchasi yodgorlik relyefida aniq ko‘zga tashlanadi.
Yodgorlik   maydonida   ikkita   tepalik   o‘zining   kattaligi   bilan   ajralib   turadi.
Ulardan   biri   qal’a   markazida   joylashgan   bosh   otashgoh   o‘rni   bo‘lishi   mumkin.
Unga   yodgorlikdan   ekin   maydoni   sifatida   foydalangan   mahalliy   aholi   zarar
yetkazgan.   Natijada,   razrez   kesmasida   2   metr   balandlikda   saqlangan   platform
23
Исамиддинов     М.   Иваницкий   И.Д.   Иневаткина   О.Н.   Об   обнаруженнии   нового   древнесогдийского
городи щ а  // Города Центральной Азии на Великом Шелковом пути Тез докл. Самарканд. 1994,  с. 33-34. 
14 g‘ishtlari   ochilib   qolgan.   Shunday   g‘ishtlar   Afrosiyobning   quyi   qatlamida   ham
uchraydi. Garchi tepalikning aniq o‘lchami bizgacha saqlanib qolmagan bo‘lmasa-
da, u taxminan 70x70 kvadrat metrni tashkil etadi. Markaziy darvoza bilan ushbu
obyekt   oralig‘ida   hech   qanday   monumental   bino   qoldig‘i   uchramaydi,   aksincha,
janubiy darvozadan tepalik tomon bir  tekisda ko‘tarilib borgan pandusni  kuzatish
mumkin.   Yodgorlik   markazini   egallagan   bino   qoldig‘i   qazishma   muallifi   M.   X.
Isamiddinovning   tahliliy   xulosasiga   ko‘ra,   zardushtiylik   ibodatxonasi   bo‘lishi
mumkin.   Chunki,   u   yodgorlik   markazida   joylashgan   baland   platformaning   ustida
qad ko‘targan. Bu joyda o‘tkazilgan qazishma natijalariga ko‘ra, platforma ostidan
olov   bilan   bog‘liq   qandaydir   qurilma   qoldiqlari   saqlangan   bo‘lib,   uni   diniy
xarekteridan dalolat beradi.
Yodgorlik maydonida ko‘zga tashlangan ikkinchi yirik tepalik uning janubiy
sharqida   joylashgan   bo‘lib,   u   ikki   yarusli,   maydoni   200x100   m.   Uning   sharqiy
tomonida   balandligi   10   m.dan   kam   bo‘lmagan   qandaydir   monumental   bino
qoldig‘i uchraydi. U to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, o‘lchami 100x80m., unga g‘arb
tomondan   taxminan   shuncha   kattalikdagi   maydon   tutashgan.   Uning   mudofaa
xarekterini   aniqlash   maqsadida   solingan   shurflar   kesmasida   monumental   bino
atrofi   2-2,5   m.   qalinlikdagi   devor   bilan   o‘rab   olinganligi   ma’lum   bo‘lgan.
Qazishma muallifi M.X. Isamiddinov ushbu obyektni shahar hokimining qarorgohi
bo‘lsa kerak degan to‘g‘ri xulosaga keladi. O‘tgan asrning 70-yillarida kosmosdan
olingan aerofoto suratlarida ham bu ikki tepalik aniq ko‘zga tashlanadi.
Bulardan tashqari, yodgorlik maydonida uncha baland bo‘lmagan yolg‘iz va
yaxlit, uzluksiz davom  etuvchi  tepaliklar  mavjudki, ular ayniqsa, shahar  mudofaa
devorlari   yaqinida   yaxshi   ajralib   turadi.   Bular   aholining   turar   joy   massivlari,
hunarmandchilik   ustaxonalarining   qoldiqlaridir.   Qal’aga   kirish   darvozalari
yaqinida   pastlik-maydonlar,   ulardan   tepaliklar   tomon   ketgan   ko‘cha   izlari   ham
yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Ko‘ktepa   atrofini   o‘rab   olgan   mudofaa   devorlari   tashqarisida   keng   xandaq
izlari   saqlangan.   Uning   g‘arbiy   tomonida,   xandaq   chiziqlariga   tutash   uchburchak
shaklda   afsuski   bu   tepalik   zamonamizning   mirishkor   dehqonlari   tomonidan
15 o‘zlashtirilib,   tekislab   tashlangan.   Ekin   maydonlaridan   terib   olingan   sopol
parchalariga qaraganda, bu tepalik Ko‘ktepaga zamondosh bo‘lgan. Ikkita shunday
yassi tepaliklar yodgorlik sharqiy tomonida ham uchraydi. Ular ham davr jihatidan
Ko‘ktepa   kompleksi   bilan   bir   davrda   tegishli.   Qadimgi   shahar   ichki   va   tashqi
mudofaa   devorlari   bilan   o‘rab   olingan   bo‘lib,   uning   ichki   devori   tashqarisida,
undan   500   metrlar   chamasi   tashqarida   tashqi   devor   izlari   ko‘tarma   devor   (val)
sifatida   saqlangan.   U   shimol   va   g‘arb   tomonidan   Bulung‘ur   kanaliga   borib
taqaladi.   Bu   mudofaa   inshootining   izlari   eski   topografik   xaritada   Ko‘ktepaning
sharqiy tomonida ham mavjud. Bu ko‘tarma devor Ko‘ktepaning janubiy tomonida
alohida tepaliklarni o‘rab olgan.
Yuqorida   qayd   etilgan   dalillarga   asoslangan   holda   muallif   Ko‘ktepa
So‘g‘diyona   hududidagi   eng   katta   qadimgi   shaharlardan   biri   bo‘lgan 24
,   degan
xulosaga keladi.
Darhaqiqat,   Ko‘ktepa   So‘g‘diyonada   Sarazmdan   keyin   tashkil   topgan   yirik
ilk   shahar   bo‘lib,   unga   antik   davrda   qurilgan   Bulung‘ur   kanaliga   asos   bo‘lgan
tabiiy o‘zan orqali suv keltirilgan. Ko‘ktepaning shimol va g‘arbida yana bir devor
bo‘lib,   u   dastlab   eski   o‘zanga   borib   taqalgan.   Ichki   va   tashqi   devorlar   o‘rtasida
bo‘shliq   kuzatiladi.   Bu   esa   qadimgi   shaharlar   qurilishi   amaliyotida   uchraydigan
tabiiy   holdir.   Bu   bo‘shliq   zonasida   paydo   bo‘lgan   ayrim   tepaliklar   shahar
qurilishining   sekin-asta   tashqi   devor   doirasida   ko‘chganligidan   dalolat   beradi.
Xuddi   shunday   holatni   Qalai-Zaxaki-Maronda   ham   kuzatilgan 25
.   Darhaqiqat,
Qalai-Zahaki-Maronning   markaziy   qismi   qalin   uy-joy   massivlaridan   iborat,   lekin
ikkinchi mudofaa chizig‘i doirasida bo‘shliqlar ko‘p.
Agar,   Ko‘ktepa   maydonini   ikkinchi   mudofaa   chizig‘i   doirasida   belgilansa,
uning   maydoni   100   gektardan   kam   bo‘lmaydi.   Bu   qadimgi   ilk   shaharlar   qurilish
amaliyoti bilan bog‘liq hodisa bo‘lib, xuddi shunga yaqin holatni bronza davrining
yirik va ilk shahri Jarqo‘ton misolida ham kuzatiladi 26
.
24
Исамиддинов М.Х. Указ // Работа.С. 38.
25
Исамиддинов М.Х. Указ // Работа.С. 39. Сулайманов Р. Х. Древний Нахшаб. Т.:2000. С. 26-28.
26
Ас қаров А. Древнеземледельческая культура Южного Узбекистана. Т. : 977. С. 46-48.
16 Tashqi mudofaa devorini o‘rganish maqsadida uning bir necha joyidan devor
kesmasi   olinadi.   Ko‘tarma   devor   deb   atalgan   mudofaa   chizig‘i   katta   bichimdagi
g‘ishtdan   urilgan   haqiqiy   devor   bo‘lib   chiqdi.   Tashqi   devor   qalinligi   9   m.   Devor
kesmasiga   ko‘ra,   u   bir-birlariga   qadab   qurilgan   uch   qator   mustaqil   devorlardan
iborat.   Ulardan   tashqi   devoriga   ancha   putur   yetgan,   uning   qalinligi   yaqin   3   m.
O‘rta   devor   qalinligi   2   m.   60   sm,   uchinchisining   qalinligi   3   m.dan   kengroq.
Ularning   qurilishida   ishlatilgan   g‘ishtlar   bir   xil,   katta   bichimli   (45x25x10,
45x27x9,   50x34x9   sm),   qalin   g‘ishtlardan   iborat.   G‘ishtlarning   o‘lchami   va   ular
orasidan   topilgan   keramika   materiallariga   qaraganda,   Ko‘ktepaning   tashqi   devori
qadimgi  So‘g‘diyona davrida  qad ko‘targan, ya’ni  uning sanasi  miloddan avvalgi
VII asrda qurilgan.
Uch mavsum ichida olib borilgan dala tadqiqotlari davomida Ko‘ktepaning 5
joyida   stratigrafik   shurflar   qazildi   va   6   punktda   keng   ko‘lamli   qazishmalar
o‘tkazildi. Yodgorlikda olib borilgan stratigrafik shurflar va madaniy qatlamlardan
olingan   arxeologik   komplekslar   Ko‘ktepani   uch   xronologik   davrga   bo‘lib
o‘rganish   mumkinligini   ko‘rsatgan.   Birinchi   davr   Ko‘ktepa   I   (so‘nggi   bronza
davri),   ikkinchi   davr   Ko‘ktepa   II   (ilk   temir   davri   So‘g‘diyonasi),   uchinchi   davr
Ko‘ktepa III (antik davri).
Birinchi   qazilma   obyekti   yodgorlikning   markazida,   ibodatxona   majmuasi
deb   faraz   qilingan   baland   tepalikda,   70x70   m.   Aerosurat   materiallariga   ko‘ra,
ushbu   markaziy   tepalikka   shimol   va   shimoli-sharqiy   tomondan   to‘g‘ri
to‘rtburchakli yassi tepalik yondashgan. Bu yonma-yon joylashgan ikki obyektning
yassi tepasi monumental ibodatxonaning hovlisi bo‘lib chiqdi.
Afsuski, baland tepalikning 80 % sharqiy tomondan buzib tashlangan, yassi
tepalikning asosiy binoga tutashgan qismidan har yili chim ko‘chirilib, unga ham
ancha putur yetkazilgan. Baland tepaning qolgan qismini ochib ko‘rilganda, uning
kesmasida blok-blok qilib tik urilgan g‘isht devor aniqlangan. Rejada har bir blok
ikki   yoki   uch   qator   dev   g‘ishtlardan   tashkil   topgan.   G‘ishtlarda   “0”   va   “F”
ko‘rinishida   tamg‘alar   bosilgan.   Shunga   o‘xshash   tamg‘alar   Afrosiyobning   quyi
17 qatlamlari g‘ishtlarida ham uchraydi. Biroq Afrosiyob tamg‘alari orasida “8” sonli
tamg‘alar ko‘proq. Blokli g‘isht devorining saqlangan balandligi 2 metrdan ziyod.
Qazishma   maydoning   janubiy-sharqiy   qismi   g‘isht   qatlamlaridan
tozalanganda, uning ostidan bino poli ochildi. Pol yuzasida platform asosi va uning
ostidan   bir   necha   rangli   naqshli   sopol   parchalari   topildi.   Pol   ostida   qalinligi   2
m.dan   kam   bo‘lmagan   yumshoq   kulli   tuproq   qatlami,   uning   ostida   kuchli
yong‘inda   kuygan   pol   ochildi.   Ikkinchi   pol   sathidan   pastga   tomon   o‘ra   (yama)
ketgan,   o‘ra   ichi   organik   chirindilar   bilan   to‘lib   qolgan.   O‘rani   tozalaganda,   u
yerdan tosh o‘roq parchasi, qayroqtosh va ko‘pgina rangli naqshli sopol parchalari
topildi.
Shunday   qilib,   Ko‘ktepaning   markaziy   qismida   olib   borilgan   izlanishlar
natijasida,   bu   joyda   qandaydir   monumental   bino   qoldig‘i   ya’ni   zardushtiylik
ibodatxona   kompleksi   bo‘lganligi   aniqlangan.   Uning   g‘isht   platformasi   ostidagi
qalin   kulli   yumshoq   kuygan   tuproq   qatlamining   topilishi   bu   joyda   otashparastlik
ibodatxonasi bo‘lganligidan dalolat beradi 27
.
Ko‘ktepada baland minorasi bo‘lgan yirik tepalikning pastki qatlamlaridagi
uylardan  qo‘lda ishlangan  naqshli  sopollar,  yorg‘uchoqlar,  tosh  o‘roqlar   topilgan.
Bu yerdagi moddiy madaniyat majmuasi so‘nggi bronza va ilk temir asri Farg‘ona
va   Chochdagi   Chust   va   Burg‘ulik   madaniy   majmualari   bilan   o‘xshashlik   topadi.
Bu   yerda   to‘g‘ri   burchakli   xom   g‘ishtdan   hokim   qarorgohi   bo‘lganligi   taxmin
qilinayotgan mahobatli inshoot bunyod etilgan. Ushbu majmuaning bunyod etilishi
mil.avv. VII   asrning  boshlari  bilan  belgilangan 28
. Ko‘ktepaning  yirik  o‘lchamlari,
galeriya   shaklidagi   himoya   tartibini   o‘z   ichiga   olgan   mudofaa   tizimi,   hokim
qarorgohini qamrab olgan ichki qurilishlar, yirik ibodatxona majmui uni Afrosiyob
singari   arxaik   davr   yirik   ko‘hna   shaharlari   qatoriga   qo‘shish   uchun   asos   bo‘lib
xizmat   qiladi.   Bu   shahar   ellin   davrida   ham   faoliyat   yuritib,   unda   katta   qurilish
ishlari   olib   boriladi.   Ellin   davrida     ark     qismida     bir     necha     xonalardan     tashkil
topgan   minorasifat   imorat   barpo etiladi. Aynan mana shu davrda Afrosiyobdagi
kabi   kvadrat   gishtlar   o'rtasida   yo'lak-galereya   usuldagi   ikki   qatordan   iborat   ichki
27
  Асқаров А. Ўзбек ҳалқининг келиб чиқиш тарихи.  -  Тошкент.:Ўзбекистон, 2015. 195-бет.
28
 O‘sha joydan.  125- bet .
18 mudofaa  devori  quriladi. Boshqa   bir   kohna  shahar  Qorgontepa  yodgorligi   o'rnida
bo'lgan. Kohna shahar  
ark,   shahriston   va   shahar   atrofi   qismlaridan   tashkil   topgan.   Ark   qismida   antik
davriga   oid   paxsadan   o'rab   olingan   muhofaza     devorining     o'rni     aniqlangan.
Ko’hna     shaharda     olov     ibodatxonasi     faoliyat   yuritgan.   Samarqand   Sugdning
antik   davri   san'at   namunalari   terrakotik   haykalchalarda   o'z   aksini     topgan.
Qollarida   hol   meva,   o'simlik,   gullar   yoki   o'simlik   ushlab   turgan hosildorlik
ayol   ma'budalarining   haykalchalaridan   iborat.   Ust   bosh   kiyim   kechagi   turli
holatlarda  tasvirlangan.
Umuman   olganda,   ilk   temir   davrining   boshlarida   Zarafshonning   yuqori
oqimi   hududi   Samarqand   vohasi   hududida   shakllangan   o‘troq   dehqonchilik
madaniyatiga oid dastlabki  dehqon jamoalari qishloqlari o‘rnida mil. av. VIII-VII
asrlarda   vujudga   kelgan   Afrosiyob   bilan   bir   qatorda   Ko‘ktepa   yodgorligi   ham
vatanimizning   qadimgi   shaharsozlik   madaniyatini   o‘rganishda   muhim   o‘rin
egallaydi. 
Xulosa
19 Qadimiy   Samarqand   –   Afrosiyob   shaharchasining   kelajagi   haqida   ham
ayrim   fikr-mulohazalarimizni   bayon   qilmoqchimiz.   Hozirgi   kunda,   bu   qadimiy
shaharcha,   uning   hududida   qurilgan   zamonaviy   Afrosiyob   muzeyi,   tarixiy
shakllangan   va   ta’mirlangan   Shohi   Zinda   me’moriy   majmuasi,   Xo‘ja   Doniyor
yodgorligi, Hazrati Xizr masjidi   Qadimiy Samarqand – Afrosiyob shaharchasining
kelajagi   haqida   ham   ayrim   fikr-mulohazalarimizni   bayon   qilmoqchimiz.   Hozirgi
kunda,   bu   qadimiy   shaharcha,   uning   hududida   qurilgan   zamonaviy   Afrosiyob
muzeyi,   tarixiy   shakllangan   va   ta’mirlangan   Shohi   Zinda   me’moriy   majmuasi,
Xo‘ja Doniyor yodgorligi, Hazrati Xizr masjidi va uning yonida joylashgan Islom
Karimov   maqbara   majmuasi   kabi   ob’yektlarni   aytmasak,   deyarli   xaroba   holida
yotibdi. Samarqandning tarixiy shahar ekanligini xorijiy sayyohlarga hozirda faqat
Temuriylar   davri   arxitekturasi   (XIV-XV   asrlar)   eslatib   turadi   xolos.   Holbuki,
shahrimizning   qadimiyligini   vizual   ko‘rsatuvchi   Afrosiyob   shaharchasi   qadim
mudofaa devorlarining asl me’moriy qiyofasi o‘z o‘rnida tiklab qo‘yilmagan, ya’ni
turistlarning   vizual   tarzda   aynan   qadim   Samarqand   shahrini   ko‘rib   tasavvur
qilishlariga deyarli imkoniyat yo‘q.
To‘g‘ri,   Afrosiyob   hozirda   rasmiy   tarixiy   arxeologik   qo‘riqxona   shaharcha
hisoblanadi. Biroq bu turistlarning shaharcha hududiga kirishi mutlaqo man etilgan
degani   emas-ku...   Buni   ushbu   joyda   qurilgan   Afrosiyob   muzeyi   ham   isbotlab
turibdi. Shunday ekan, yaqin kelajakda turistlarning qadim Afrosiyob shaharchasi
hududiga   kirishi,   hech   bo‘lmasa,   unda   amalga   oshirilgan   arxeologik   qazilmalar
natijasida   ochilib,   o‘rni   va   me’moriy   tuzilishi   aniqlangan   Afrosiyob   arkining
saroylari,   bu   yerda   ochilgan   shahar   hukmdori   Varxuman   saroyining   devorlari,
Somoniylar   saroyi   va   masjidi,   qadimiy   hammomlar   o‘rni   va   ularning
arxitekturaviy   elementlari   bilan   vizual   tanishish   uchun   turistik   tomosha
yo‘laklarini   yaratishni   taklif   qilgan   bo‘lar   edik.   Bu   yo‘laklarning   usti   turistlarni
quyosh nuridan himoyalovchi zamonaviy plastik qurilmalar  bilan yopilishi  kerak.
Arxeologik   ochilmalar   usti   esa,   xuddi   Andijondagi   qadim   Asaka
shaharchasidagidek   qilinib,   qor   va   yomg‘irlar,   shamollardan   himoyalanadigan
mustahkam va yengil, shaffof konstruksiyalar bilan yopib qo‘yilishi lozim.
20 Bundan tashqari, Afrosiyob hududida X-XII asrlarda mavjud bo‘lgan “yashil
hayvonot   bog‘i”ni   arab   olimi   Ibn   Havkal   ma’lumotlariga   asosan,   grafik   qayta
tiklab,   bog‘ning   maketi   va   uch   o‘lchamli   tasvirini   sayyohlarga   namoyish   etishni
tashkillashtirish   zarur.   Kelajakda   Samarqandda   Iskandar   Zulqarnayn   armiyasiga
qarshi mardonavor kurashgan xalq qahramoni Spitamen siymosi yaratilishi lozim.
  Xullas, Samarqand shahrining yaqin kelajagi, mavjud qadim Afrosiyobning
turizm   salohiyatini   yanada   oshirish   bilan   ham   chambarchas   bog‘liqdir.   Bu
takliflarni   amalga   oshirishda   Samarqand   davlat   arxitektura-qurilish   instituti
professor-o‘qituvchilari   va   iqtidorli   talabalarining   kuchi   va   malakasidan
foydalanish   imkoniyati   mavjud.   Faqat   ularga   topshiriq   berishda   ularni   moddiy
rag‘batlantirish masalasini unutmaslik lozim.
ADABIYOTLAR
21 1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва оли й жаноб халқимиз 
билан бирга қурамиз. Тошкент ,  Ўзбекистон,   2017.
2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent., 1998. 
3.  Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. VII tom, 
Toshkent, “O‘zbekiston”, 1999. 
4.  Karimov I.A., Tarixiy xotira va inson inson omili – buyuk kelajagimizning 
garovidir. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2012.
5. Бернар П., Грене Ф., Исамиддинов М.Х. Основн ые результаты работы 
узбекско-французской экспедиции на Афрасиабе в 1990-1991 годах // 
ОНУз, 1994
6. Исомиддинов М. Сополга битилган тарих. Тошкент ,  Фан, 1993.
7. Филанович М.И. К истории сложения городских укреплений 
Афрасиаба //  Хасанов М.О.  Ж или щах раннеантичного времени юга 
Узбекистана //  Ўзбекистон қадимда ва ўрта асрларда. Самарқанд, 1992 .
8.  Шишкин В.А. Афрасиаб – сокровишница древней культуром. Т.,1966 .
9. Эшов Б. Милоддан аввалги VII-IV асрларда Ўрта Осиёнинг жанубида 
аҳоли жойлашуви тарихидан.   //   Мустақил Ўзбекистон ва миллатлараро 
муносабатлардаги барқарорлик. Тошкент, 1995.
10.   Эшов Б.   Қадимги Сўғд манзилгоҳлари   меьморчилиги тарихидан 
(мил.авв. VII-IVасрлар).   //   Ўрта Осиё тарихи ва археологиясининг 
долзарб муаммолари., Тошкент. 1996.
22 23

Afrosiyob arxeologik yodgorligining Samarqand turizmidagi ahamiyati MUNDARIJA Reja Kirish I BOB . Afrosiyob yodgorligining tarixiy ahamiyati 1.1 Yodgorlikning umumiy tavsifi. 1.2 Afrosiyobning o’rganilish tarixi. 1. 3. Afrosiyob yodgorligi – dunyo e’tiborida II BOB. Ko’ktepa yodgorligining arxeologik ahamiyati 2.1. Yodgorlikning umumiy tuzilishi 2.2. Yodgorlikdan topilgan topilmalar 2.2 . . 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi va zarurati . Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridayoq ijtimoiy fanlar sohasi olimlari oldida xalqimiz tarixini, shuningdek boshqa xalqlar tarixini haqqoniy va to‘laqonli o‘rganish masalasi dolzarb vazifa etib qo‘yildi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining tarixchilar oldidagi chiqishlarida Vatanimizning qadim o‘tmishini obyektiv o‘rganish va yoritish masalasini qayta-qayta ta’kidlaganlar 1 . Bunda madaniyatimiz ildizlarini o‘rganishga ham katta ahamiyat berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1998-yil yozida bir guruh yetakchi tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ta’kidlaganidek., “…o‘z tarixini bilgan, u bilan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur!” 2 . Bundan tashqari prezidentimizning tarix mutaxassislari bilan uchrashuvlarida “…davlatimiz, millatimizning haqqoniy, ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g‘oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim” – degan so‘zlari bevosita tarixchi olimlarimiz, tarix sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar oldiga qo‘yilgan ulkan vazifa hisoblanadi 3 . Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 15 iyun kuni O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi quriladigan hududga tash tashrifi davomida 4 “Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdek boy tarix, bobolarimizdek 1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent., 1998. B-1. 2 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz., VII tom, Toshkent.:”O‘zbekiston”, 1999. 149 b. 3 Karimov I.A.Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir. Toshkent .:”O‘zbekiston”, 2012. 19- bet. 4 G. Xalq so‘zi. 21 dekabr 2018 yil. Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 15 iyun kuni O ‘ zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi quriladigan hududga tashrifi davomida gi nutqi. 2

buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak”, deb aytgan jumlalaridan ham qanchalar biz tarixchilarning vatanimiz, millatimiz oldida mas’uliyatimiz katta ekanligini, va yanada chuqurroq o‘rganishimiz kerak ekanligiga turtki bo‘ladi. Muammoning o’rganilganlik darajasi. Afrosiyob yodgorligi N.V. Xanikov, V.V. Krestovskiy, N.I.Veselovskiy, V.L. Vyatkin, V.V Bartold, fransiyalik arxeolog Shaffanjon kabi yetuk olimlar tomonidan o’rganilgan. Tadqiqotning obyekti. Samarqanddag arxeologik yodgorliklarni o`rganish sohalarida sodir bo’lgan o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar. Tadqiqotning predmeti. Samarqanddagi arxeologik yodgorliklarni o`rganish va bu borada qilinayotgan bir qator o’zgarishlarning amalga oshirilishi. Sodir bo’lgan o’zgarishlarni qiyosiy tahlil qilish va tqqoslash mavzuning predmetini tashkil qiladi. Tadqiqotning usullari. Mavzuni yoritib berishda quyidagi usullardan foydalanilgan: xolisona, haqqoniy, muommoli, xronologik, ilmiy va tarixiy shakllarni paydo bo’lishi, Samarqanddagi arxeologik yodgorliklarni o`rganishga, bu borada qilinayotgan o`zgarishlar va yangiliklarni aniqlashga qaratiladi. Tadqiqotning maqsadi va vazifasi. Samarqanddagi arxeologik obyektlarini o`rganish, turistik imkoniyatlarini yanada oshirish va bu borada qilinayotgan bir qator o’zgarishlarning amalga oshirilishini manbalar yordamida ochib berish mavzuning maqsad va vazifasi hisoblanadi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati . Samarqanddagi arxeologik yodgorliklarni o`rganish, tahlil qilish va turistik imkoniyatlarini yanada oshirish . Kurs ishning tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 3

I BOB . Afrosiyob yodgorligining tarixiy ahamiyati. 1.1. Yodgorlikning umumiy tavsifi. Ularning eng yirigi bo‘lgan Afrosiyob, qadim Samarqand ko‘hna shahri hozirgi Samarqandning shimoliy qismida tepaliklar ko‘rinishida joylashgan bo‘lib noto‘g‘ri yuraksimon shakldagi 220 gektar maydonni egallagan. Bu hududlarda qal’a devorining to‘rtta halqasi aniqlangan bo‘lib, arxeologik taqiqotlarning ko‘rsatishicha, birinchi va to‘rtinchi halqalar nisbatan qadimgi hisoblanadi. Birinchi halqaning pastki qatlamlaridan xom g‘isht devor qoldiqlari aniqlangan bo‘lib, arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, birinchi va to‘rtinchi halqalar nisbatan qadimgi hisoblanadi. Birinchi halqaning pastki qatlamlaridan xom g‘isht devor qoldiqlari aniqlangan bo‘lib, bu devor qoldiqlari o‘z vaqtida G.V. Shishkina tomonidan miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga oid deb sanalagan 5 . Keyingi tadqiqotlar bu devor tagidan “lo‘mboz” usulida bunyod etilgan himoya devorlarini aniqlash imkonini imkonini berdi. Ilk himoya inshootlari qatlamidan burg‘ulik-chust ko‘rinishidagi qo‘lda ishlangan naqshli sopollar ham topilgan. Shuningdek, bu davr qatlamlaridan silindr shaklidagi idishlar ham paydo bo‘ladi. Ushbu qatlamni Ko‘ktepa ibodatxonasi qatlamlari bilan radiokarbon asosda solishtirgan M.X. Isomiddinov uni mil. avv. VIII-VII asrlarga oid deb hisoblaydi 6 . Shuningdek, Chust madaniyati istehkomlaridagi o‘xshashlik ham shu sanani tasdiqlaydi 7 . Afrosiyobga o‘xshash arxaik davr ko‘hna shaharlari Ulkendepa va Erkqal’aning shakllanishida ham dastlabki himoya devorlari yaxlit, bir butun edi. Yerqo‘rg‘onda ham so‘nggi yillardagi tadqiqotlar natijasida bu yerdagi dastlabki devorlar Afrosiyobga o‘xshash shakldagi xom g‘ishtlardan qad ko‘targanligi 5 Шишкина Г.В. Древнейшая оборонительная стена Самарканда //Общественные науки в Узбекистане. Ташкент.1970.№9. С. 102-107. 6 Исамиддинов М.Х. Истоки городской культур ы …, С. 87-89. 7 Спришевский В.И. Оборонительные сооружения эпохи бронзы на территории Узбекистана // Советская археология. 1972. №3. С. 227-233. 4

hamda bu davr madaniy qatlamlarida qo‘lda ishlangan naqshli sopollar, silindr shakldagi idishlar borligi aniqlandi. Afrosiyobning keyingi devorlari himoya inshootlarining boshqacha ya’ni minoralari bo‘lgan yo‘lak-galeriya shaklida tiklanadi. Devorlardagi o‘q egar burjlar ko‘hna shaharning ichki va tashqi tomonlariga qaratilgan 8 . Yuqoridagi jihatlar qadimgi shaharlar qurilishida yangi uslub bo‘lib, bunday uslub ahamoniylar davri shaharlar qurilishida keng yoyiladi. Ularning chegaralari soylarning tabiiy irmoqlari bo‘lib, ular himoya xandaqlari vazifasini o‘tagan. Shunga o‘xshash qurilishlar markaziy Baqtriyadagi qadimgi Balxda, Shim Shimoliy Baqtriyadagi Qiziltepada kuzatiladi 9 . Qiyosiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mil.avv. VII asrdan boshlab Afrosiyobda qadimgi istehkomli himoya inshootlari tartibining paydo bo‘lishi – shahar atrofida sug‘orish tartibining shakllanishiga va shaharlarda hunarmandchilikning rivojlanishiga, rejaga ko‘ra shahar qurilishidagi ko‘chalar yoki mahallalar tizimining shakllanishi bilan mos tushadi. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida ko‘hna shaharning xronologiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixiga ko‘pgina aniqliklar kiritildi. Afrosiyobda uzoq yillar tadqiqot ishlari olib borgan. M.X. Isomiddinov qiyosiy tahlillar asosida Afr Ob qatlamlarini mil.avv. VIII-VI asrning boshlari bilan, Afr 1a qatlamlarini esa mil.avv VII-VI asrning birinchi yarmi bilan sanaladi 10 . Ko‘hna shaharni o‘rab turgan qal’a devori mil.avv. VII-VI asrlarda bunyod etiladi. Bu davrda olib borilgan bunyodkorlik ishlari natijasida shahar oldi hududlari kengayib, ko‘hna shahar bir necha qismlarga bo‘linadi. Shaharning bir qismini mustahkam qo‘rg‘on, boshqa bir qismlarini esa qal’a devorlari bilan o‘ralgan saroy majmui, savdo-hunarmandchilik mahallalari tashkil etadi. Ko‘hna shahar atrofida shahar oldi tayanch inshootlaridan tashqari (Lolazor) yirik yer egalarining uy-qo‘rg‘onlari ham paydo bo‘ladi. Bularning barchasi So‘g‘diyona davlatchiligida Afrosiyob muhim ahamiyatga ega bo‘lganligidan hamda qadimgi 8 Исамиддинов М.Х. Истоки городской культур ы …, С. 123. 9 Сагдуллаев А.С. Усадьбы древней Бактрии… 10 Исамиддинов М.Х. Истоки городской культур ы …, С. 123. 5