Badminton sport turi


![3
Kirish
Davlatimiz mustaqillikka erishgach barcha sohalar qatorida s port, jismoniy
madaniyatda ham tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Bu islohatlarda inson omili
ustivor vazifa bo’lib, islohat islohat uchun emas eng avvalo inson uchun degan
tamoyilga amal qilmoqda. Komil insonni tarbiyalashda ma’naviy barkamollik bilan
bi r qatorda jismo niy yetuklik ham muhim sanaladi .
Mamalakatimiz kelaji uchun har tomonlama sog’lom avlodni tarbiyalash hamda
voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati juda katta. Keyingi
yillarda sport Mustaqil O’zbekistonimizda yashayotgan har bir inson hayotining
jaralmas qismiga aylanib borm oqda [1 ].
O ’zbekiston Respublika si Prezidentining “ Jismoniy tarbiya va sport sohasida
davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora -tadbirlar i to`g`risida”gi
farmoni , O‘zbekiston Respublika si Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy
sportni yanada rivojlantirish chora -tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori., O’zbekiston
Respublika si Prezidentining “O’zbekiston Respublika sida jismoniy tarbiya va
sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora -tadbirlari to’g’risida”gi
farmonlari jismoniy tarbiya va spor tni yanada rivojlantirishga imkon yaratdi [2,3].
O’zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgandan so’ng qabul qilingan
“Ta’lim tog’risidagi”, “Jismoniy tarbiya va sport tog’risida”gi qonunl ar, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada
rivojlantirish chora -tadbirlari tog’risida” gi va boshqa farm on va qarorlar tub
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy o’z garis hlarni yuzaga
keltirmoqda .
XXI asr buyuk o’zgarishlar davri. Bu o’zgarishlar eng avvalo inson
tafakkuriga, uning fikrlash tarzida ro’y berishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat shaxs
ma’naviyati va u orqali jamiatning manaviy qiyofasiga o’z tasirini ko’rsatmay
qolmaydi.
O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgan kundan boshlab , millat genafondini
shakllantirish, sog’lom -barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo’lmish jismoniy](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_3.png)

![5
yetuk xalqqa munosib vorislarni tarbiyalashga hissa qo’shadi degan umiddamiz
[4 ,5 ].
Hozirga kelib mamalakatimizda ko’plab sport turlari r ivojlandi, bular
qatorida hech ikkilanmay badminton sport turini ham kiritish mumkin. Bolalar
o’smirlar sport maktablarida badminton bilan shug’ullanuvchilar mashg’ulotlarini
tashkil qilish, xususan bola lar o’smirlar sport maktablarining o’quv mashg’ulot
guruxlarida badmintonchilarni tayyorlash toboro takomillashuvga extiyoj
sezmoqda. Buning asosiy sababini quyidagilarda ko’rish mumkin.
- jamiatda sportning o’rni va ahamiyati ortishi.
- sport sohasidagi tadqiqotlarning tez suratlar bilan rivojlanishi va ya ngilanishi.
- bolalar sportini yangi yo’nalish sifatida rivojlanishi.
Umuman olganda bolalar o’smirlar sport maktablarida badmintonchilarni
tayyorlash jarayonini tashkil qilish, bugungi kungacha erishilgan tajribalarga
asoslanish, yutuq va kamchiliklarni t ahlil qilish va yangi istiqbol faoliyatini
shakllant irish bilangina samarali amalga oshirish mumkin.
Bu esa bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofalarga yuguruvchi
sportchilarni tayyorlashda turli yangi metodik usullardan foydalanish zaruratini
yuzaga keltiradi. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda biz magistrlik
dissertatsiyasi mavzusini “ O’quv mashg’ulot guruxlarida badminton
mashg’ulotlarini tashkil etishning nazariy metodik asoslari ” deb nomladik. Shu
o’rinda aytishimiz mumkinki yuqorida sana b o’tilgan malakali sportchilarimizga
zahira tayyorlash bola lar o’smirlar sport maktablarining o’quv mashg’ulot
guruhlarida badmintonchilarni kuchli qilib tarbiyalash, mashg’ulot jarayonini
tashkil qilishda yangi metodik usullarni ishlab chiqish va amal iyotga joriy qilish
bugungi kunning e ng asosiy masalal aridan biridir .
Mavzuning dolzarbligi. Bola lar o’smirlar sport maktablarining badminton
bo’limlarining o’quv mashg’ulot guruhlarida badmintonchilarni tayyorlash](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_5.png)




![10
I Bob . Badminton sport turining tavsifi , mashg’ulot jarayonini tashkil
etishning o’ziga xos xususiyatlari .
1.1 Mavzu yuzasidan adabiyotlar tahlili
Mustaqillikdan so’ng mamlakatimizda o’rganilayotgan mavzuning ilmiy –
uslubiy asos larini yoritishga doir turli manbaalar yuzaga keldi. Bu o’z navbatida
sport sohasidagi tadqiqotlar doirasi kengayishiga zamin bo’ldi. Mamlakatimiz
olimlaridan R.S.Salomov, U.Z.Salimov, B.U.Badalova, M.M.Nizamov,
A.X.Zaxidov , B.H . Agzamov , F.F.Nadjimov, T.S Usmonxo‘jayev , M.S Sattorov ,
kabilar o’rganilayotgan mavzuning ilmiy – uslubiy asoslarini tashkil qiluvchi, turli
darajadagi adabiyotlar yaratdilar [6,7,8 ,9,10 ]. Chet -el olimlaridan О.В. Байгужина ,
Н .Ю . Камалиева , Н .Г.Искаков , А .С.Шалавина kabilar ishlarid a o’rganilayotgan
mavzun ing ayrim masalalari yoritilgan [11,12] . Ayniqsa, so’ngi yillarda asosiy
e’tiborini badmintonchilar tayyorgarligini o’rganish va takomillashtirishga
qaratgan olimlar qatorida A.A.Pulatov, O.M.Savatyugin, Sh.Sh.Isroilo vlarni
alohida takidlash lozim [13] .
Ammo masalaning yana bir tomoni borki bunda sport fani yutuqlarining
jadal sur’atlar bilan o’sib borayotganligini nazarda tutish kerak. Adabiyotlar tahlili
natijasida shu narsa aniq bo’ldiki, o’rganilayotgan mavzu doirasida turli daraj adagi
adabiyotlar mavjut. Ulardan amaliyotda oqilona foydalanish masalasini to’laqonli
amalga oshirish zarurati tug’ilmoqda.
Har qanday tadqiqotning bosh vazifasi adabiyotlarni tahlil qilish hisoblanadi.
Adabiyotlarni tahlil qilish orqali muammoning qay da rajada ishlanganligi ma’lum
bo’ladi.
Adabiyotlarni tahlil qilish bugungi sport sohasidagi tadqiqotlarning muhim
ko’rsatgichi hisoblanadi. Adabiyotlarni tahlil qilish, ulardan foydalanish o’z ichiga
bir qator bosqichlarni qamrab oladi. Mutaxassislarning fik riga ko’ra adabiyotlar
tahlili jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi.](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_10.png)

![12
O’zbekistonda jismoniy tarbiya sportini rivojlantirishga bo’lgan etibor
Respublikamiz ilmiy -pedagog kadrlar va soha mutaxassislari faoliaytiga ulkan
ijobiy ta’sir ko’rsatdi, natijada badminton bo’yich a adabiyotlar yaratish ilmiy
ishlar tashkil qilish yanada rivojlandi. Respublikamiz olimlaridan O.M.Savatyugin,
А.В. Шербаков, Н.И Шербакова kabilar badmintonning nazariy metadalogik
tibbiy biologik va psixalogik masalalari bo’yicha izlanishlar olib borga nlar, ular
tomonidan sohani rivojlantirishning keng ko’lamli asoslari yaratilgan.
Mamalakatimizda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi keyinchalik asosan
(2015 -2021yillar) yosh olimlar ilmiy faoliyatiga kam ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Biz
mavzuni yarati shda yuqorida bildirilgan va nomlari keltirilgan olimlar tajribalariga
hamda ularning ilmiy izlanishlar natijalariga tayandik. Ulardan ishda unumli
foydalanishga harakat qildik, ilmiy tadqiqotlarning to’laqonli bajarilishida horijiy
tajriba ham katta ahami yatga ega bu fikrni aksariyat mutaxassislar e’tirof etadilar,
shu sababdan biz badminton bo’yicha horijiy mamlakatlarning ish tajribalar ini
o’rganishga harakat qildik [1 4].
Sport amaliyotida bugungi kunda badminton bo’yicha Xitoy, Rossiya,
AQSh, Germaniya, Janubiy Korea yetakchilik qilmoqda. Ko’pchilik mutaxassislar
badmintonchilarni tayyorlashda turli metodik yondashuvga tayangan, ular
mashg’ulot yuklamasi hajmini o’zgartirish, mashg’ulot rejasini takomillashtirish va
boshqa shunga o’xshash metadologik yon doshuvlarga tayangan (ayrim rus
olimlari) Rossiya va MDX davlatlari olimlari ishlarida badmintonchilar
tayyorlashda intensiv tayyorgarlikka alohida urg’u berildi. Bu zamonaviy
badmintonchilar tayyorgarligining samarali usuli sifatida etirof etilgan mazkur
fikrlar va hulosalar biz tomonimizdan o’rganilayotgan mavzuga aynan mos keldi.
AQSHlik mutaxassis T.Bompa (2013) o’z tadqiqotlarida 8 -17 yoshli
sportchilar faoliyatini qamrab olgan. Uning “ Yosh chempionlarni tayyorlash”
(Total training for young training ) kitobida bolalar o’smirlar sport
mashg’ulotlarining barcha jihatlari qamrab olingan. U tayyorgarlikning turli
ko’rsatgichlari va hususiyatlarini, muhim amaliy tavsiyalarni berib o’tgan.](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_12.png)
![13
Olimning eng asosiy ilmiy yangiligi va o’ziga xos jihati unda kuch t ayyorgarligi va
turli o’zgaruvchan mashqlardan foydalanilganligi alohida ahamiyat kasb etadi,
ushbu mutaxassis adabiyotida uchragan o’rgatish usullari o’ziga xos yangilik
xisoblanib samarali usul sifatida talqin qilinadi.
Badmintonchilar tayyorgarligi to’ g’risidagi ilmiy mulohazalar maqolalar va
dasturlar internet manbalarida ham ko’plab uchraydi. Ko’rsatib o’tilishicha
manosikl (1sikl) ikki sikl, uch sikllik tayyorgarlik qayt qilingan. Shuningdek
mashg’ulot yuklamasining umumiy hajmi intensivligi va yukla maning yuqori
nuqtasi (Peak) yuqori nuqtasi davrlar v a bosqichlarda tahlil qilingan .
Tayyorgarlik davrlari ularning davomiyligi va mavzuni alohida yoritib
berilgan. Yetakchi mutaxassislar Помитк ын В.П. va Камалиева Н .Ю (2021) o’z
ishlarida badmintonchilar mashg’ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilishga
qaratilgan, shuningdek davrlar va ularning mazmuni alohida yoritib berilgan.
Mashg’ulot sikllarining asosiy kampanentlari va ularning xu susiyatlari ko’rsatib
berilgan. [15,16 ].
Badmintonchilar tayyorgarligi to’g’risidagi malumotlar, halqaro ilmiy
jurnallar va halqaro badminton federatsiyasi rasmiy saytida ko’plab uchraydi.
Ularda berilgan maqolalar asosiy mazmunini badmintonchilar tayyorg arligini
yangicha yondashuvda olib borishini nazarda tutadi. Adabiyotlar tahlili jarayonida
shuni aytish muhimki muayyan usullar tizimi ma’lum darajadagi tayyorgarlik usuli
vazifasini bajarish mumkin.
1. 2. Badmintonda ko’p yillik tayyorgarlik tizimining o’rni va axamiyati
Dastur badmintonchilarni sport mashg’ulotlari tashkil etilgan dastlabki
tayyorgarlik guruhlari va treninglarda tayyorlash uchun mo’ljallangan .
Maktabda guruhlarni jalb qilishning asoslari sportni rivojlanishining yosh ga
xos shakllarini hisobga olgan holda uzoq muddatli trening lar ning ilmiy asoslangan
tizimidir . O’quvchi larni quyidagi guruhlarga topshirish va mashg’ulotlarning va
raqobat yuklarining ko’payishi ish bilan bandlik , umumiy va maxsus jismoniy](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_13.png)











![25
Sport mashg‘ulotlarini rejalashtirish jarayonida tuzilajak rejaga katta
hajmdagi yuklamalarni kiritish, murakkab vazifalarni reja oldiga maqsad qilib
qo‘yish mashg‘ulotlardagi muammolarni yuzaga keltiradi [17,18] .
Yillik si klning tuzilishi.
O’quv jarayonining siklik xususiyati qisman takrorligi . mashqlar , bosqichlar
va ma’lum davrlardagi barcha davrlarning takrorlanishi bilan xarakterlidir . O’quv
sikllari uning tarkibiy tuzilmasining eng keng tarqalgan shakllari hisoblanadi .
O’quv jarayoni qurilgan vaqt o’lchagichiga qarab , mikro , mezo , makro davriy
miqyosi bil an farqlanadi .
Mikro sikl - ko’pincha bir kunlik yoki haftalik muddat bilan , odatda
ikkitadan bir necha mashg’ulotni o’z ichiga olgan kichik sikl .
Jalb qiluvchi mik ro sikl lar umumiy vaznning kamligi bilan ajralib turadi va
sportchining tanasini jadal mashq qilishga yo’naltiradi . Ular tayyorgarlik davrining
birinchi mezo siklida , shuningdek kasallikdan keyin qo’llaniladi .
Asosiy mikroi sikl lar (odatda tayyorgarlik ) katt a miqdordagi yuklarning miqdori
bilan tavsiflanadi . Ularning asosiy vazifalari - sportchilarning jismoniy va ruhiy
tayyorgarlik jarayonlarini rag’batlantirish , texnik -taktika , jismoniy , irodalil ik va
maxsus ruhiy tayyorgarlikning asosiy vazifalarini hal qi lish (irodasining
tayyorgarligi - sportchi uchun zarur bo’lgan iroda lik fazilatlarini shakllantirish va
yaxshilash uchun qo’llaniladigan ta’sirlar tizimi , qarshilik va boshqalar ). Shu
sababli , asosiy mikro sikl lar tayyorgarlik davrining asosiy mazmunini tas hkil etadi .
Nazorat va tayyorgarlik uchun mo’ljallangan mikro sikl lar maxsus
tayyorgarlik va modell i qismlarga bo’linadi .
O’rtacha miqdordagi mashq yuki va yuqori raqobatbardosh yoki
raqobatbardosh lik intensivligi bilan ajralib turadigan maxsus tayyorgarl ikdagi
mikro sikl lar tanlovlarda maxsus bajarilish darajasini ta’minlash , texnik va taktik](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_25.png)



















![45
Shtange testi n atijalariga ko’ra 8 nafar b admintonchining hammasini ish
qobiliyati qoniqarsiz ekanligi ma’lum bo’ldi.
Natijalarga ko’ra badmintonchilarning umumiy ish qobiliyati qoniqarli ekanligi
ma’lum bo’ldi. Biz O’quv mashg’ulot guruhlarida tad qiqotni tashkil qilish orqali
sportchilarning ish qobiliyati haqida ma’lumotga ega bo’ldik. Umumiy tahlil
natijalariga tayangan holda aytishimiz mumkinki, badmintonchilarni mashg’ulot
jarayonlarini tashkil qilish yuzasidan murakkab yuqori natijaga qaratilg an puxta
o’ylangan yillik rejalarni ishlab chiqish kerakligini aniqladik [19] .
3.2. Sinov – tajriba natijalari asosida olingan ma’lumotlar tahlili
Mavzu yuzasidan adabiyotlar tahlil qilinar ekan mamlakatimizda mavzuni
o’rganishga, uni tadqiq qilishga qara tilgan izlanishlar yetarlicha ekanligini aytish
lozim. Sohani rivojlantirishning meyoriy huquqiy asoslari mavzuning o’rganish
imkonini beradi.
Aytib o’tish lozimki, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport hususan bolalar
sportini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilganligi biz o’rganayotgan
mavzuning huquqiy asoslari yetarlicha shakllantirilganligini ko’rsatadi.
Jamiyatda sportning rivojlanishi uni fan sifatida o’rganishga bo’lgan
qiziqishlar va intilishlar dunyo miqiyosida toboro ortib bormoqda. Bu o’rinda sport
jurnallarida chop etilayotgan maqolalar, ilmiy izlanishlar buning yaqqol misolidir.
Horijiy mamlakatlarda (asosan, AQSh, Germaniya, Hitoy, Koreya) ham bu borada
keng ko’lamli izlanishlar amalga oshirilmoqda.
Biz mavzuni o’rganish maqsadida I -etapda bolalar va o’smirlar sport
maktablarida faoliyat ko’rsatuvchi qator murabbiylar orasida so’rovnomalar tashkil
qildik. Ishtirokchilar tomonidan berilgan javoblar bolalar va o’smirlar sportida
mashg’ulotlarni takomillashtirish, uni yangicha metodlar va uslublarga tayangan](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_45.png)










![56
borishi sport formasi xususiy emas, balki umumiy o‘sishga erishishini nazarda
tutadi. Yillar davomidagi tayyorgarlik, mashg‘ulotlar va boshqa tashqi faktorlar
musobaqa potensialinining optimallashishiga olib keladi.
Uzoq yillik tayyorgarlik va musobaqa potensialining o‘sib borishi (15 )
Uzoq yillik tayyorgarlik jarayonida bir qator tashqi faktorlarga ham
ahamiyat qaratish lozim. Masalan, iqlim, ijtimoiy faktorlar (sportchining hayoti,
o‘qish, ish va boshqalar) muhim ahamiyatga ega. Umuman olga nda ichki va tashqi
(endogen va egzogen) faktorlar mazkur jarayonni samarali boshqarishga xizmat
qiladi [3]. Shu sababdan, uzoq yillik tayyorgarlik doimiy nazorat va monitoring
asosida yuzaga kelishi maqsadga muvofiqdir.
Uzoq yillik tayyorgarlik tizimi bi r qator yondashuv asosida tashkil etilishi
amaliyotda qo‘llaniladi. Nafaqat badmintonda, balki boshqa sport turlarida ham bu
yondashuv alohida ahamiyat kasb etib, bugungi sport amaliyotida ham keng
qo‘llanilmoqda .](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_56.png)



![60
(sportchining oldindan tayyorlik darajasiga, sport turlarining x u s u s i y a t l a r i g a
v a h o k a z o l a r g a ) b o g ‘ l i q b o ‘ l a d i . Tayyorlov davri aslida sport formasiga
kirish uchun mazkur konkret sharoitda zarur bo‘lgan vaqtdan qisqa b o ‘ l i s h i
m u m k i n e ma s . M u s o b a q a d a v r i s p o r t formasini keyingi progressga xalal
bermagan holda s aql ab t uri sh i mk on i yatl a ri yo ‘l qo ‘yg a nid an u zun b o‘lishi
mumkin emas.
O‘tish davrining muddatlari birinchi galda avvalgi yuklamalarning
jamlangan m i q d o r i h a m d a k u c h -q u v v a t n i t i k l a b o l i s h jarayonining
qancha davom etishiga bog‘liq. Mashq jarayoni qanchalik murakkab va uzoq
davom etsa, tiklanish masa lasi ham shu darajada murakkab kechadi. Bu
bevosita sportda o‘tish davrini xarakterlaydi va uni tavsiflaydi [19,20 ].
Mashq siklining umumiy uzunligini (davom etishini) ko‘pincha
musobaqa tavqim yili bilan belgilaydilar. Tajriba v a t a d q i q o t l a r n i n g
k o ‘ r s a t i s h i c h a , k o ‘ p hollarda sport natijalarini o‘stirishni ta’minlash uchun
mazkur muddat to‘la yetarlidir. Shu bilan birga sportning ayrim turlarida (og‘ir
atletika, yengil a t l e t i k a n i n g t e z k o r k u c h l i l i k t u r l a r i d a , suzishning sprinter
masofalarida va aftidan, sp ortning shu xarakterdagi boshqa turlarida ham)
sport formasini faqat bir yilda emas, hatto yarim y i l d a h a m y a n g i l a s h
mu mk i n l i g i a n i q l a n g a n . Sportning bunday turlari uchun bir yillik hamda
y a r i m y i l l i k ( y o k i « i k k i l a n g a n » ) t r e n i r o v k a s i k l l a r i d a n , u l a r n i ma ’ l u m
t a r t i b d a b i r -b i r i b i l a n a l m a s h t i r i b f o y d a l a n i s h ma q s a d g a muvofiqdir.
Kuzatishlar va tahlillar quyidagi xulosalarga kelishga asos bo‘ldi:
1. Badminton bo‘yicha uzoq yillik tayyorgarlik bir qator faktorlarga asoslanadi.
Bu faktorlar o‘z navbatida sportchi imkoniyatlari (shaxsiy xususiyatlar,
motivatsiya, intilish, qobiliyatlar, zahiralarni to‘laqonli ishga solish) va tashkiliy -
pedagogik asoslarga tayanadi.
2. Uzoq yillik tayyorgarlik jarayonida musobaqalar taqvimi yetarlicha
ahamiyatga ega. Musobaqalarning qan chalik “zich” yoki “tarqoq” ekanligi](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_60.png)
![61
tayyorgarlik davrlarini rejalashtirish, ularning mazmun hamda vaqt xarakterini
o‘zgartirish masalasini aniqlashtiradi.
3. Sport formasini saqlab turish bevosita uzoq yillik tayyorgarlik tizimi va
uning qay tartibda tashkil etilishiga bog‘liq. Samarali tashkil etilgan ko‘p yillik
tayyorgarlik sport formasining barqaror saqlanishi va sportchi musobaqa
potensialining yuqorilashiga xizmat qiladi [20] .
3.3.1. Amaliy mashg’ulotlar uchun dasturiy materiallar
O’quv jarayonining asosiy sha kllari quyidagilardan iborat : jamoaviy
mashg’ulotlar va nazariy mashg’ulotlar , shaxsiy rejalar (sportni takomillashtirish
va yuqori sport mahoratini oshirish bosqichida ), tibbiy reabilitasiya , test va tibbiy
nazorat , musobaqalarda ishtirok etish , o’yin uch rashuvlari , o’quv yig’inlari ,
o’qituvchilar va hakamlar talaba lar amaliyoti .
Sinflar jadvali sport mashg’ulotlari ma’muriyati tomonidan murabbiyning
maslahati bo’yicha yanada qulay o’quv rejimi , bo’sh vaqtini o’tkazish , umumiy
ta’lim va boshqa muassasalard a o’qitish uchun tuziladi .
Ko’p yillik ta’lim olgan sportchilarning maqsadi jismoniy sifat va funksional
imkoniyatlarning rivojlanishining optimal dinamikasini saqlab qolish va yuksak
yutuqlar yoshi uchun ish qobiliyatlarning o’ziga xos tuzilmasini shaklla ntirishdir .
- tana ni rivojlantiruvchi mashqlar ;
-qo’l va yelka kengligi mashqlari ;
-tan a qomatni rivojlantiruvchi mashqlar ;
-oyoqlar uchun mashqlar ;
- qo’l , oyoq va tana uchun mashqlar ;
- yurish va yu gurish ;
Bo’yinlarni umumrivojlantiruvchi umumiy rivoj lanish mashqlari :
- uzun arqon bilan ;
- gimnastika tayoqchasi bilan ;
- tennis to’pi bilan mashq bajarish ;](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_61.png)

















![79
7. Oldingi zonaga yetkazish . Yuqori darajadagi sportchi valanni qisqa
yetkazishni 5 marotaba o’ng va 5 marotaba chap zonaga yetkazishni amalga
oshiradi . 5 yetkazishdan maydonning har bir yarmida oldingi yaqin burchak , ikkita
to’g’ri oldingi zona va yon “yo’lak ” maydon va to’g’ri diagonal joylashgan orqa
burchak . Birinchi kategoriyadagi maxsuslashtirilgan sportchi uchun , o’rta zonada
zarbani orqa zonaga to’g’ri amalgan oshirish lozim .
8. Orqa zonada SMEShni qab ul qilish . O’quvchilar smeshni qabul
qilishidan oldin (o’rta zona )ning markazida joylashadi . Sportchi , smeshni o’ngdan
amalga oshiriladi , chap maydonning yarmidan 5 smesh va o’ng maydondan 5
smesh amalga oshiriladi . Yuqori trayektoriyadagi volan zonasiga kelib qo’nishi
kerak , maydonning orqa chizig’i , va unga paralel ravishda , 1 metr oraliqda bo’lishi
lozim .
9. oldingi zonaga smeshni qabul qilish . Analog (monand ) ravishda oldingi
sinovga o’xshaydi . Smesh 3 marotaba diagonaldan , ikki marta chiziqdan 3 metrd an
kam bo’lmagan to’r oralig’idan amalga oshiriladi [21] .
Umuman olganda yuqorida ko’rsatib o’tilgan metodlarni qo’llashni
sportchilarga o’rgatish sport natijasini yaxshilashga xizmat qiladi. Har bir
murabbiy o’qituvchi mashg’ulot jarayonini tashkil qilishd a mukammal rejaga
tayanib ish olib borsagina harakatlar o’z natijasini berib boradi.](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_79.png)









![89
Umumiy
jismoniy
tayyorgarlik
6 5 6 5 6 16 16 16 6 8 6 8 104
Maxsus
jismoniy
tayyorgarlik
6 6 6 6 10 16 16 18 10 8 8 8 122
Texnik
tayyorgarlik
9 10 8 8 14 18 18 16 9 12 14 14 150
Taktik
tayyorgarlik
10 10 10 12 10 - 10 24 12 8 8 4 118
Integral
tayyorgarlik
8 14 14 16 14 - 8 18 6 4 8 8 118
Instrukturli
k va
hakamlik
amaliyoti
1 2 2 2 2 1 2 3 3 1 1 - 20
Musoboqala
rda
qatnashish
12 18 16 14 16 - - - 20 18 18 18 150
Nazorat
sinovlari
- 2 - 4 6 - 4 - 4 - - 2 22
Tiklanish
tadbirlari
4 8 6 8 4 18 18 18 6 6 4 4 104
Jami 57 77 70 77 87 71 98 115 80 67 69 68 936
Yuqoridagi guruhlar asosida bolalar o’s mirlar sport maktablarida o’qitish tizimi
yillik reja larga muvofiq amalga oshiriladi [20]. (Камалиева Н.Ю., Искаков Н.Г.,
Шалавина А.С. Бадминтон для начинающих Учебно -методическое пособие.
— Казань 2021.)](/data/documents/0b2ac15b-4128-4d36-8bdd-278fa1583be5/page_89.png)






1 MUNDARIJA Kirish 3-9 I Bob Badminton sport turining tavsifi , mashg’ulot jarayonini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari 10 1.1 Mavzu yuzasidan adabiyotlar tahlili 10-13 1. 2 Badmintonda ko’p yillik tayyorgarlik tizimining o’rni va axamiyati 13-15 1. 3 Badmintonda o’quv mashg’ulot jarayonining o’ziga xos xususiyatlari 15-17 1.4. Badminton bo‘yicha sport tayyorgarligi bosqichlari va uning mazmuni 17-30 I bob bo’yicha xulosa 31 II Bob Tadqiqot metodlari va uning tashkil etilishi 32 2.1 Tadqiqot u sullari 32 2.1.1 Pedagogik kuzatish 32-33 2.1.2. Adabiyotlar tahlil qilish 33 2.1.3. So’rovnoma o’tkazish 34 2.1.4. Nazariy tahlil va umumlashtirish 34 2.2. Tadqiqotni tashkil etilishi 34 II bob bo’yicha xulosa 35 III Bob . Badminton mashg’ulotlarin i tashkil etishning nazariy metodologik asoslari 36 3.1 Muammo yuzasidan sinov - tajriba ishlarini tashkil etish 36-45 3.2 Sinov – tajriba natijalari asosida olingan ma’lumotlar tahlili = 45-53 3. 3. Badminton bo‘yicha uzoq yillik tayyorgarlik jarayoninin g tashkiliy -pedagogik asoslari 53-61 3. 3.1 Amaliy mashg’ulotlar uchun dasturiy materiallar 61-65 3. 3.2 Nazariy mashg’ulotlar uchun dasturiy materiallar 65-73
2 3. 4 Badminton mashg’ulotlarida texnika xavfsizligi va tay yorgarlik asoslari 73-75 3. 5 Sport na tijalari va rejalashtirilgan mashg’ulot yuklamalari 75-79 III bob bo’yicha xulosa 80 Tavsiyalar 81-90 Xulosa 91-92 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 93-95
3 Kirish Davlatimiz mustaqillikka erishgach barcha sohalar qatorida s port, jismoniy madaniyatda ham tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Bu islohatlarda inson omili ustivor vazifa bo’lib, islohat islohat uchun emas eng avvalo inson uchun degan tamoyilga amal qilmoqda. Komil insonni tarbiyalashda ma’naviy barkamollik bilan bi r qatorda jismo niy yetuklik ham muhim sanaladi . Mamalakatimiz kelaji uchun har tomonlama sog’lom avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati juda katta. Keyingi yillarda sport Mustaqil O’zbekistonimizda yashayotgan har bir inson hayotining jaralmas qismiga aylanib borm oqda [1 ]. O ’zbekiston Respublika si Prezidentining “ Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora -tadbirlar i to`g`risida”gi farmoni , O‘zbekiston Respublika si Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora -tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori., O’zbekiston Respublika si Prezidentining “O’zbekiston Respublika sida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora -tadbirlari to’g’risida”gi farmonlari jismoniy tarbiya va spor tni yanada rivojlantirishga imkon yaratdi [2,3]. O’zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgandan so’ng qabul qilingan “Ta’lim tog’risidagi”, “Jismoniy tarbiya va sport tog’risida”gi qonunl ar, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora -tadbirlari tog’risida” gi va boshqa farm on va qarorlar tub ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy o’z garis hlarni yuzaga keltirmoqda . XXI asr buyuk o’zgarishlar davri. Bu o’zgarishlar eng avvalo inson tafakkuriga, uning fikrlash tarzida ro’y berishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat shaxs ma’naviyati va u orqali jamiatning manaviy qiyofasiga o’z tasirini ko’rsatmay qolmaydi. O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgan kundan boshlab , millat genafondini shakllantirish, sog’lom -barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo’lmish jismoniy
4 tarbiya va sport davlat siyosatining ustivor yo’nalishlari tarkibiga kiritilgan bo’lib, o’tgan davr ichida ushbu soh ada asrlarga teng islohatlar amalga oshirildi. Respublikamizning barcha hududlarida, hatto uzoq -uzoq qishloq joylarda ham jahon standartlariga mos sport inshoatlari o’ziga xos go’zal infrastrukturalari bilan birgalikda bunyot etildi. Mazkur savobli ishlar ayni kunda amaldagi xalqchil siyosatni yanada jadal davom ettirayotgan yurtimizning bugungi yo’lboshchisi Sh. Mirziyoyevning g’ayrat -shijoati va konseptual dasturlari asosida o’z ko’lamini kengaytirmoqda, jismoniy tarbiya va sport, shu jumladan, professio nal sport ham tezkor sur’atlar bilan cho’qqi sari qanot yozmoqda, Jahon, Osiyo musoboqalari va Olimpiya o’ yinlari miqi yosida yuksak natijalarga erishib, vatanimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etib kelmoqda, lekin takidlash joizki sport nat ijalari to’xtab qolmaydi, musoboqalarda keskinlashib borayotgan raqobat yuksak mahoratli sportchilar tarkibini kengaytirish, ommaviy sportdan professional sportga o’tish sur’atini jadallashtirish zaruriyatini tug’dirmoqda. Buning uchun 2000 -yildan boshlab yurtimizda joriy etilgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” kabi ommaviy sport musoboqalari saviyasini ko’tarish o’ta mihim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa yoshlar o’rtasida sportning badminton turini ommalashtirish, o’quvchilarning ma’naviy -axloqiy tarbiyasini yanada kuchaytirish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish yoshlarni sport musoboqalariga ommaviy tarzda jalb qilish maqsadida Badminton federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi, Sog’liqni saqlash boshqa rmalari hamkorligida umum -ta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida sportning usgbu turi bo’yicha viloyat bosqichi turnirlari o’tkazib kelinmoqda. Mazkur dissertatsiya sport maktablarining murabbiy o’qituvchilari va badminton sport turi bilan shug’ullanayot gan o’quvchilarga mo’ljallangan bo’lib, unda Badminton sport turining tavsifi , Badminton sport turi bilan shug’ullanish bosqichlari , Badminton mashg’ulotlarini tashkil etish haqidagi masalalarga doir ma’lumotlar berilgan ushbu dissertatsiya yoshlarning on gida va ruhiyatida yangicha sport turi sifatlarining shakllantirilishiga yordam beradi, yuksak madaniyatli va ma’naviy
5 yetuk xalqqa munosib vorislarni tarbiyalashga hissa qo’shadi degan umiddamiz [4 ,5 ]. Hozirga kelib mamalakatimizda ko’plab sport turlari r ivojlandi, bular qatorida hech ikkilanmay badminton sport turini ham kiritish mumkin. Bolalar o’smirlar sport maktablarida badminton bilan shug’ullanuvchilar mashg’ulotlarini tashkil qilish, xususan bola lar o’smirlar sport maktablarining o’quv mashg’ulot guruxlarida badmintonchilarni tayyorlash toboro takomillashuvga extiyoj sezmoqda. Buning asosiy sababini quyidagilarda ko’rish mumkin. - jamiatda sportning o’rni va ahamiyati ortishi. - sport sohasidagi tadqiqotlarning tez suratlar bilan rivojlanishi va ya ngilanishi. - bolalar sportini yangi yo’nalish sifatida rivojlanishi. Umuman olganda bolalar o’smirlar sport maktablarida badmintonchilarni tayyorlash jarayonini tashkil qilish, bugungi kungacha erishilgan tajribalarga asoslanish, yutuq va kamchiliklarni t ahlil qilish va yangi istiqbol faoliyatini shakllant irish bilangina samarali amalga oshirish mumkin. Bu esa bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofalarga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashda turli yangi metodik usullardan foydalanish zaruratini yuzaga keltiradi. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda biz magistrlik dissertatsiyasi mavzusini “ O’quv mashg’ulot guruxlarida badminton mashg’ulotlarini tashkil etishning nazariy metodik asoslari ” deb nomladik. Shu o’rinda aytishimiz mumkinki yuqorida sana b o’tilgan malakali sportchilarimizga zahira tayyorlash bola lar o’smirlar sport maktablarining o’quv mashg’ulot guruhlarida badmintonchilarni kuchli qilib tarbiyalash, mashg’ulot jarayonini tashkil qilishda yangi metodik usullarni ishlab chiqish va amal iyotga joriy qilish bugungi kunning e ng asosiy masalal aridan biridir . Mavzuning dolzarbligi. Bola lar o’smirlar sport maktablarining badminton bo’limlarining o’quv mashg’ulot guruhlarida badmintonchilarni tayyorlash