logo

Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilarini barqarorlashtrishda tanlov o‘tkazishning metadalogik asoslari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

145.396484375 KB
Bolalar va o‘smirlar  sport maktabi  o‘quvchilarini barqarorlashtrishda
tanlov o‘tkazishning metadalogik asoslari  
MUNDARIJA
KIRISH
 
I.BOB.   BOLALAR   VA   O‘SMIRLAR   SPORT   MAKTBLARIGA
O‘QUVCHILARNI   SARALASHNING   TIBBIY-BIOLOGIK
XUSUSIYATLARI 
 
1.1. Sportga yo‘naltirish va saralashning nazariy masalalari  
 
1.2.   Inson   rivojlanishida   ijtimoiy   va   biologik   faoliyatlarining
bog’liqligi  
1.3. Sportga iqtidor va sportga layoqat
 
1.4.   O‘quvchilar   kontingentining   sportni   tashlab   ketishi   BO‘SM
faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida
 
II.   BOB.   TADQIQOTNING   VAZIFALARI,   METODLARI   HAMDA
UNI TASHKIL ETISH
 
2.1. Tadqiqot vazifalari
 
2.2. Tadqiqot metodlari
 
2.2.1.   Maxsus   ilmiy - uslubiy   adabiyotlardan   olingan   ma ’ lumotlarni
nazariy   tahlil   qilish   va   ularni   umumlashtirish  
2.2.2. So‘rovnoma yordamida BO‘SM murabbiylari amaliy tajribasini
tahlil etish  
2.2.3. BO‘SM o’quvchilarini faoliyati ustidagi pedagogik  kuzatish
 
2.2.4. Pedagogik tajriba
 
2.2.5. Tadqiqot natijalarining matematik-statistik tahlili
 
2.3. Sport  mahoratiga erishish  uchun erta sport ixtisosligi  va optimal
yoshning ahamiyati
 
2.4. Yuqori malakali murabbiylarning ijodkorligini va ijodiy uslublari
 
III.BOB.   SPORTGA   YO‘NALTIRISH   VA   SARALASHDA   YOSH
XUSUSIYATLARI   VA   O‘QUVCHILAR   KONTINGENTINI
MUSTAHKAMLASHGA   YO‘NALTIRILGAN   O‘QUV-
MASHG’ULOT JARARAYONI
 
3.1. Sportga saralashni bosqichma-bosqich o’tkazish
 
3.2.   Murabbiylarning   amaliy   faoliyatida   ularning   kasbiy   vakolatlari
ko‘rsatkichlarni tahlil etish
 
3.3.   O‘quv-mashg’ulot   jarayonini   takomillashtirishning   asosiy
yo‘nalishlarini   aniqlash   va   pedagogik   tajribada   o‘quv-mashg’ulot
yo‘nalishlarini amalga oshirishning usul va vositalari
 
3.4.   Tajriba   guruhlarida   o‘quv-mashg’ulot   jarayonini   tashkil
etishning xususiyatlari
 
1 XULOSA
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI  
KIRISH
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Jismoniy   tarbiya   va   sport
sohasida   davlat   boshqaruvi   tizimini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”   2018-yil   5-martdagi   PF-5368-son   farmoni   ijrosini   ta’minlash,
shuningdek,   jismoniy   tarbiya   va   sport   bo‘yicha   mutaxassislarni   ilmiy-metodik
ta’minlash,   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   tizimini   yanada
takomillashtirish   maqsadida   Vazirlar   Mahkamasi   qaror   qilingan   qarorida
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport
bo‘yicha   mutxassislarni   ilmiy-metodik   ta’minlash,   qayta   tayyorlash   va
malakasini   oshirish   markazi,     O‘zbekiston   Respublikasi   Jismoniy   tarbiya   va
sport   vazirligi   tasarrufiga   berilganligi,   Nukus,   Samarqand   va   Farg‘ona
shaharlarida   uning   filiallari   tashkil   qilinganligi,   O‘zbekiston   Respublikasi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha
mutaxassislarni   ilmiy-metodik   ta’minlash,   qayta   tayyorlash   va   malakasini
oshirish markazi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 28 nafardan
iborat   tuzilmasi   shakllantirilganligi   bu   sohani   ham   rivojlanishida   kata
imkoniyatlar yaratib berdi[1].
Zamonaviy tayyorgarlik tizimni optimallashtrish va tayyorgarlik vaqtidagi
innovatsion   jarayonlar   strategiyasi   bugungi   kunda   O’zbekiston   Respublikasi
terma   jamoalari   a’zolari   bo‘lgan   va   yaqin   zahiradagi   sportchilarni
tayyorlashning muhim vazifalaridan biri bo’lib turibdi
Mavzuning dolzarbligi :   BO‘SM faoliyatining asosiy yo’nalishlari sport
maktablari haqidagi me’yoriy-huquqiy asoslar va Nizomda belgilangan [1].
Qo'shimcha   ta’lim   beruvchi   muassasa   sifatida   sport   maktabi
“ qobilyatlarga   muvofiq   ravishda   o‘z-o‘zini   takomilashtrish,bilim   olish   va
ijod   ,sog’lom   turmush   tarzini   shakilantrish,kasbiy   nuqtai   nazardan   o‘z   o‘rnini
2 topish,jismoniy   aqliy   va   ma’naviy   qobilyatlarini   rivojlantrishga   ,qobilyatlarga
mos sport muvaffaqiyati darajasiga erishish uchun yo‘naltrilgan”[2].
Shunday   qilib,   bolalar,   o'smirlar   va   yoshlarning   sport   tayyorgarligi
faqatgina har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, turli qobiliyatlarni rivojlantirish
va takomillashtirish masalalarini hal etib qolmasdan, shug'ullanuvchilar shaxsini
shakllantirish muammosini ham qamrab oladi.
BO'SMlar oldiga davlat tomonidan qo'yilayotgan asosiy vazifa bolalar va
o'smirlarning imkon qadar ko'proq miqdorini jalb etgan holda ommaviy sportni
rivojlantirish   bo'lib   kelmoqda.   Ma'lumki,   sport   natijlarining   oshishi   sport
mashg'ulotlari   uslubiyati   va   taktika   harakatlari,   texnik   vositalar   taraqqiyoti   va
ijrochilarining samarali reabilitatsiyasi shuningdek, ommaviylik oshish va to'g'ri
saralashga bog'liq. Aksariyat masalalar yechimiga muayyan qaraganda ijtimoiy,
iqtisodiy   va   tashkiliy   masalalar   bilan   belgilanadi.   Sportda   saralash-bu   ilmiy
tadqiqot, ilmiy izlanish muammosidir.
Bolalar   va   o'smirlarda   sport   mashg'ulotlariga   qiziqish   sport   ixtisosligini
to'g'ri   tanlash   bilan   belgilanadi,   bu   esa   o'z   navbatida   sportdan   o'ziga   hos
individual   xususiyatlariga   bevosita   bog'liq   bo'ladi.Har   bir   o'smir   uchun   sport
faoliyatini   tanlash-sport   tanlovining   vazifasidir.Sport   turi   tanlovlaridan   kelib
chiqqan   holda   eng   layoqatlilarini   tanlash-sport   saralashining   vazifasi
hisoblanadi.   Sportda.   saralash   zaruriyatining   obyektiv   sabablari   tayyorgarlik
imkoniyatlarida harakat sifatining tayyorgarlik darajasi turlicha bo'ladi.
Demak,   har   kim   ham   yuqori   sport   natijalariga   erisha   olmaydi.   Yuqori
sport   natijasi-bu   nafaqat   mashaqqatli   mashg'ulotlar,   balki   sportga   yot   bo'lgan
g'ayrioddiy irsiy ma' lumotlar natijasidir.
Saralash   masalasida   maxsus   tayyorgarlikka   ega   bo'lmagan   ba'zi   tibbiy
xodimlar, jismoniy madaniyat o'qituvchilari va murabbiylar saralash imkoniyati
va yosh sportchilarni yo'naltirishga tanqidiy qarashadi.Mutaxassislar l0-l1yoshli
o'smirlar asosida  nafaqat biror  iqtidorni  aniqlash, balki uning sportdagi kelgusi
3 muvaffaqiyatini   taxmin   qilishning   imkoni   mavjud   emas   deb   o'ylashadi.
Shubhasiz, ushbu muammo juda murakkab.Chunki bu muammo o'sha yoshdagi
bolalarning   qiziqishlari   va   layoqati   barqarorligi   bilan   ham   bog'liq.   Lekin   bu
pessimistik   fikr   to'liq   oqlanmagan.G.S.Tumanyan   va   E.G.Martirosov   (1976)
aytganidek, "Sportda saralash o'z tadqiqotchilarini kutmoqda", bunga sabab, na
bizning   davlatimizda,   na   xorijda   sportga   saralash   va   yo'naltirishning   ilmiy
asoslangan   tizimlari   mavjud   emas.   Bazi   qo'llanmalarda   Sportda   iqtidor
indekslari",   "Motor"   iste'dod   testlari"   va   boshqa   atamalami   uchratish   mumkin,
lekin ular, odatda sodda jismoniy mashqlardangina iborat bo'ladi.
Shu   tarzda,   sportga   saralash   va   yo'naltirish   muammosi   -murakkab
muammo bo'lib, ko'plab mutaxassislar faoliyatini talab qiladi. Ushbu muammoni
olimlar, murabbiylar va pedagoglar hamkorligida hal qilish zarur.
Demak,   sport   maktabi   o'z   mamlakatining   vatanparvarlari   bo'lgan   faol
fuqarolarni tarbiyalash uchun ma'nan mas'ul hisoblanadi.
Yuqorida   bayon   etilganlardan   kelib   chiqsak,   hozirgi   vaqtda   sport
maktablari   faoliyatining  samaradorligini   oshirishda   tanlov   o'tkazish   muammosi
ayniqsa   dolzarblashib   borayotganligi   bejiz   emas.   Biroq,   aynan   saralanish   sport
tayyorgarligi   tizimini   tashkil   etish   sifatining   asosiy   ko'rsatkichlaridan   biri
hisoblanadi   va   sport   maktablari   faoliyatining   u   qadar   yuqori   bo'lmagan
samaradorligi mezoni bo'lib xizmat qiladi.
Shuni   alohida  qayd  etish  lozimki,  zamonaviy   sportda  murabbiyning  roli,
uning   kasbiy   va   pedagogik   mahorati,   shaxsiy   sifatlari   ahamiyati   keskin   ortib
ketdi.   Shuning   uchun   ham   aynan   bugun   o'zining   davlat   ishi   sifatidagi   asosini
saqlab   qolgan   yosh   sportchilami   tayyorlash   tizimiga,   sport   maktablari
ma'muriyati   hamda   murabbiylari   tarkibi   zimmasiga   alohida   mas'uliyat   o'z
shogirdlarining sportdagi yutuqlari uchungina emas, balki mamlakatning kelajak
avlodi   salomatligi,   ma'naviy-axloqiy   qiyofasi   uchun   ham   mas'uliyat
yuklanmoqda[2].
4 Muammoning o'rganilganlik  darajasi.   Mamlakatimizdagi   va chet   ellik
mualliflarning   ilmiy-uslubiy   adabiyotlarini   tahlil   etish   shuni   ko'rsatadiki,   yosh
sportchilarni   tayyorlash   tizimiga,   xususan,   turli   yoshdagi   bolalarni   tarbiyalash
jarayoniga   bag'ishlangan   ilmiy   tadqiqotlar   ko'pchilikni   tashkil   etadi.
(A.N.Abdiyev, 2005; D.D.Sharipova, A.Musurmanova, 2005; L.P.Yugay, 2005;
A.K.Ataev,   2007;   F.A.Kerimovva   Z.B.Boltaev,   2012.).   Biroq   biz   BO'SM
o'quvchilar   kontingentini   barqarorlashtirishda   aynan   tanlov   o'tkazish
metodologiyasiga   oid   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borish   hamda   mazkur   muammoni
hal etishni dolzarb hisobladik.
Tadqiqot   maqsadi:   BO'SMlarda   faoliyat   olib   borayotgan   sport
to‘garaklariga o'quvchilarni tanlov asosida qabul qilish natijasida kontengentini
barqarorlashtirish   hamda   sport   maktabida   o'quv-mashg'ulot   jarayoni
samaradorligini oshirish.
Tadqiqot vazifalari:
1.BO'SMlarda   faoliyat   olib   borayotgan   sport   to‘garaklarida   shug'ullanayotgan
o'quvchilarining   mashg'ulotlarii   tashlash   sabablari   va   uning   xususiyatlarini
aniqlash. 
2.O'quvchilarining   Sportga   yo'naltirish   va   sportda   saralashning   tibbiy-biologik
aspektrlarini ochib berish. 
3.BO'SM   kontingentini   mustahkamlashga   yo'naltirilgan   o'quv-mashg'ulot
jarayonini   takomillashtirishda   tanlov   o'tkazish   bo'yicha   pedagogik   tadbirlar
majmuasini ishlab chiqish hamda tajribalar yordamida asoslab berish.
Tadqiqot ob'ekti: Bolalar va o‘smirlar sport maktablari
Tadqiqot   predmeti:   Bolalar   va   o’smirlar   sport   maktablarida   faoliyat   olib
borayotgan sport to‘garaklariga o'quvchilarni tanlov asosida qabul qilishni to'g'ri
yo'lga qo'yish jarayoni.
Tadqiqot metodlari:
1.   Maxsus   ilmiy-uslubiy   adabiyotlardan   olingan   ma'lumotlarni   nazariy   tahlil
qilish va umumlashtirish. 
5 2.   So'rovnoma   asosida   savol-javob   o'tkazish   yordamida   BO'SM
murabbiylarining amaliy tajribasini tahlil etish.
 3. BO'SM o'quvchilarni faoliyati ustidagi pedagogik kuzatish.
 4. BO'SM o'quvchilarining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi darajasini
pedagogik testlash. 
5. Pedagogik tajriba. 
6. Tadqiqot natijalarini matematik-statistik jihatdan tahlil qilish.
Tadqiqot farazi.  O'z ishimizda biz shundan kelib chiqdikki, BO'SMlarda
faoliyat   olib   borayotgan   sport   to‘garaklariga   o'quvchilar   tanlov   o'tkazish   yo'li
bilan   emas,   balki   guruxlarnii   shakillantirish   va   to'ldirish   evaziga   tashkil   etish
qonuniyatlarining   buzilishi   bilan   yo'lga   qo'yilmoqda,   guruhlarni   tanlov   asosida
shakillantirish   yo'lga   qo'yilmagani   bilan   bog'liq.   Taxminimizcha,   BO'SM
kontingentini   mustahkamlashga   yo'naltirilgan   o'quv-mashg'ulot   jarayonini
takomillashtirishda   tanlov   o'tkazish   bo'yicha   pedagogik   tadbirlar   majmuasini
ishlab chiqishga doir tadbirlarnii kiritish o'quvchilar kontingentini saqlab qolish
hamda, umuman, BO'SM faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ishning   ilmiy   yangiligi.   O'quvchilarining   sportga  yo'naltirish   va   sportda
saralashning   tibbiy-biologik   aspektrlarini   ochib   berildi.   kontingentini
mustahkamlashga yo'naltirilgan o‘quv-mashg'ulot jarayonini takomillashtirishda
tanlov o'tkazish bo'yicha pedagogik tadbirlar majmuasini ishlab chiqildi hamda
tajribalar yordamida asoslab berildi.
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati:   BO'SM   larda
faoliyat olib borayotgan sport to‘garaklariga aniq mezonlar asosida o'quvchilarni
qabul  qilish  natijasida  mashg'ulotlar  samaradorligi  oshishi   hamda  sportda uzoq
vaqt   faoliyat   olib   boradigan   sportchi   yoshlarni   tarbiyalash   vazifalarni   hal
qilishga ham imkon beradi.
Natijalarning   joriy   qilinishi .   Tadqiqot   natijalari   Samarqand   shahar
sportning   o'yin   turlari   va   engil   atletikaga   ixtisoslashgan   bolalar-o'smirlar   sport
maktabini   kurash   sport   to’garagiga   guruxlarni   shakllantirish   jarayoniga   joriy
qilindi .
6 Dissertatsiyaning   tuzilishi   va   hajmi.   Dissertatsiya   kompyuterda   terilgan
80   sahifadan   iborat   matnda   bayon   qilingan,   kirish,   uchta   bob,   xulosa,   amaliy
tavsiyalar, 40 ta adabiyotlar ro'yxati manba sifatida keltirilgan.
7 I.BOB. BOLALAR VA O‘SMIRLAR SPORT MAKTBLARIGA
O‘QUVCHILARNI SARALASHNING TIBBIY-BIOLOGIK
XUSUSIYATLARI
1.1 .Sportga yo'naltirish va saralashning nazariy masalalari
Ma'lumki,   sport   natijlarining   oshishi   sport   mashg'ulotlari   uslubiyati   va
taktika   harakatlari,   texnik   vositalar   taraqqiyoti   va   ijrochilarining   samarali
reabilitatsiyasi   shuningdek,   ommaviylik   oshish   va   to'g'ri   saralashga   bog'liq.
Aksariyat   masalalar   yechimiga   muayyan   qaraganda   ijtimoiy,   iqtisodiy   va
tashkiliy   masalalar   bilan   belgilanadi.   Sportda   saralash-bu   ilmiy   tadqiqot,   ilmiy
izlanish muammosidir.
Bolalar   va   o'smirlarda   sport   mashg'ulotlariga   qiziqish   sport   ixtisosligini
to'g'ri   tanlash   bilan   belgilanadi,   bu   esa   o'z   navbatida   sportdan   o'ziga   hos
individual   xususiyatlariga   bevosita   bog'liq   bo'ladi.Har   bir   o'smir   uchun   sport
faoliyatini   tanlash-sport   tanlovining   vazifasidir.   Sport   turi   tanlovlaridan   kelib
chiqqan   holda   eng   layoqatlilarini   tanlash-sport   saralashining   vazifasi
hisoblanadi.      
Sportga yo'naltirish aniq shaxs imkoniyatlarini baholashni ifodalab, ularga
eng   mos   sport   faoliyati   tanlanadi.Sportga   saralash   eng   layoqatli   shaxslami
tanlash   hisobiga   sport   turi   tanlovlaridan   kelib   chiqadi.   Shu   sababli,   "Sportga
yo'naltirish"   va   "sportda   saralash"   tushunchalarini   farqlash   zarur.   Shubhasiz,
saralashning   nuqsonsiz   uslublarini   ishlab   chiqish,   misol   uchun,   Olimpiya
O'yinlarining   kelgusi   g'oliblarini   tanlash   oson   emas,   chunki   istalgan   iste'dod
sohiblarini shakllantirish juda ko'p omillarga bog'liq bo'lib, ularni sanab adog'iga
yetib   bo'lmaydi,   lekin   inson   o'z   anatomik,   fiziologik   va   psihologik
xususiyatlaridan kelib chiqib, muayyan faoiiyat turiga to'liq moslashadi. Sportda
saralash   zaruriyatining   obyektiv   sabablari   nimada?   Sportda   saralash
muammosining mantiqiy yechimi shundaki, turli insonlarda bir xil tayyorgarlik
imkoniyatlarida harakat sifatining tayyorgarlik darajasi turlicha bo'ladi. Demak,
8 har   kim   ham   yuqori   sport   natijalariga   erisha   olmaydi.   Yuqori   sport   natijasi-bu
nafaqat   mashaqqatli   mashg'ulotlar,   balki   sportga   yot   bo'lgan   g'ayrioddiy   irsiy
ma'lumotlar natijasidir.
Zamonaviy   mahorat   uzoq   muddat   5-6   va   undan   ortiq   yillar   mashg'ulotini
talab qiladi. Sport bilan shug'ullanishni 10-12 hatto 5-6 yoshdan boshlash kerak.
Shu   sababli,   bu   boradagi   eng   murakkab   vazifa   bolada   kelajakda   g'alaba   uchun
zarur   bo'ladigan   ko'nikmalarini   ko'ra   bilishdir.   Afsuski,   endigina
mashg'ulotlarga   kirishgan,   sportchining   kelajagi   istiqbolligini,   baholash
mezonlari   yetarli   emas.   Eng   achinarlisi,   murabbiylaming   tajribasi   ularning
sezgirligi keng miqyosda umumlashtirilmaydi. Sporhing alohida turlarida "Ideal
tur"ning   namunaviy   tavsifnomasi   hali   ishlab   chiqilmagan.   Sportda   yuqori
natijalarga   muayyan   qobiliyatlar   mavjudligida   erishish   mumkin,   lekin
hanuzgacha   qobiliyatlar   jiddiy   shakllanishi   va   rivojlanishi,   yoki   bu   harakat
faoliyatida   iqtidorni   qanday   ilmiy   mezonlar   bilan   aniqlash   ham   o'rganilmagan.
Bu borada sport faoliyatida muvaffaqiyatni ta'minlaydigan sifat va xususiyatlari
majmuini   alohida   ta'kidlash   zarur.   Masalan,   bo'yi   me'yor   darajasida   bo'lgan
bolalar   keyingi   yillarda   ham   shu   xususiyatni   saqlab   qolishi   isbotlangan.   Lekin
hamma   ko'rsatmalarga   ham   shunday   yondashib   bo'lmaydi.   Bolaning   o'sish   va
rivojlanish   davrida   katta   imkoniyatlar,   noodatiy   egiluvchanlik   va   turli   harakat
hamda   psixik   funksiyasiyalarga   moslanuvchanlik   hos   bo'ladi.   Agar   murabbiy
faqatgina   o'z   tajribasi   va   sezgirligiga   asoslanib   bolalar   guruhini   tanlab,   olsa   u
qadar   iqtidorlilarni   emas,   balki   nimadir   qila   oladigan,   berilgan   vazifa   bilan
tanish   bolalarni   olishi   mumkin.   Har   qanday   murakkab   hodisa   kabi,   qobiliyatni
shakllantirish barqaror ehtimoliy va tasodifiy tajribadan iborat bo'ladi. Tasodifiy
tajribani   oldindan bilib  bo'lmaydi, ehtimoliy  tajribani   taxmin qilish  uchun aniq
(barqaror)   tajribani   osongina   chamalash   mumkin.   Ayniqsa,   maqsadga
yo'nltirilgan   mehnatsevarlik,   burch   hissi,   ma'suliyat,   nisbatan   barqaror-   hissiy
chidamlilik   o'zini   iroda   qilish,   ruhiybarqarorlik,   diqqatni   jamlay   olish   kabi
shaxsning   axloqiy-irodaviy   sifatlarini   osongina   maqsadga   yo'naltirish   mumkin.
9 Sportda   saralash   muammosi   sport   sohasida   ommaviylikning   oshishi   bilan
bevosita   bog'liq.   ommaviylik-jismoniy   tarbiya   tizimidagi   eng   asosiy   tamoyil
hisoblanadi.   Shu   bilan   bir   qatorda,   ba'zi   ma'lumotlarga   binoan,   alohida   sport
turlarida ommaviylikning pasayishi kuzatildi.
Sportda ommaviylikning pasayishi  odatda sport  ixtisosligini  to'g'ri  tanlash
natijasida   yuzaga   keladi.   10-18   yoshli   maktab   o'quvchilari   orasida   so'rovnoma
o'tkazilganda, sport ixtisosligi aksariyat hollarda tasodifiy tanlanishi aniqlangan.
Mamlakat BO'SMlari o'rtacha 3 milliyonga yaqin bolalar va o'smirlarni qamrab
olishini hisobga olsak, qolgan 40-45 milliyon o'quvchilar sevimli sport turi bilan
maktabda,   darslardan   so'ng   shug'ullanishga   majbur   bo'ladi,   bu   esa   ommaviy
sportga   tegishli   bo'lgan   ulkan   zaxiraning   yo'qotilishiga   olib   kelishi   mumkin.
BO'SM dagi mashg'ulotlarning birinchi yillarida yosh sportchilaming aksariyati
maktabni   tark   etadi.   Buning   asosiy   sababi,   sportning   o'ziga   hos   jihatlariga
sportchi   qobiliyatining   mos   kelmasligidir.   Tanlovda   chiqib   ketish-   yuqori
darajali sportchilar tayyorgarligining turli  bosqichlarida mavjud holatdir. Misol
uchun, suzish sporti uchun 8 minglab bolalar saralanadi, ulardan atigi 8-10 tasi
tanlanadi, faqatgina bittasi sport ustasi darajasiga erisha oladi[3].
  Oliy   sport   mahoratiga   erishish   yo'lining   murakkabligini   1964-1974
yillarda   Moskva   BO'SM   larida   suzuvchilami   tanlashda   olingan   statistika
ko'rsatadi.(N.Sh.Bulgakova   va   V.S.Shichanin)   BO'SM   ga   qabul   qilingan   yosh
sportchilar   toifa   meyorlarini   quyidagicha   bajarishdi.   III-toifa   24%,   II-toifa
72,60,   l-toifa   4.2%,   sport   ustasi   nomzodi-1.7%,   sport   ustasi-0.34%,   halqaro
darajadagi sport ustasi-0.03%. BO'SMlarda asosiy maqsad bolalami tanlab olish
emas,   balki   guruhni   shakllantirishdir.   Bu   vaziyat   esa   hech   qanday   saralashga
o'rin   qoldirmaydi.   Mualliflarning   bergan   ma'lumotlariga   ko'ra,   BO'SM   laming
2 \ 3   qismida   kelajakda   natija   bermaydigan   suzuvchilar   tahsil   oladi.   O'smirlarni
"Chetlashtirish"   uslublari   salbiy   oqibatlarga   olib   kelishi,mumkin.Shu   sababli,
birlamchi   saralashda   alohida   sport   turi   bo'yicha   emas,   balki   umumiy   iqtidorli
bolalarni   tanlash   va   saralash   zarurdir.Afsuski,   BO'SM   amaliyotida
10 sportchilarining   yutuqli   kelajagini   ilmiy   asoslangan   holda   taxmin   qila   olish
tushunchasi   shaklanmagan.   Ushbu   baholashning   mezonlari   belgilanmagan.
Saralash masalasida maxsus tayyorgarlikka ega bo'lmagan ba'zi tibbiy xodimlar,
jismoniy   madaniyat   o'qituvchilari   va   murabbiylar   saralash   imkoniyati   va   yosh
sportchilarni   yo'naltirishga   tanqidiy   qarashadi.Mutaxassislar   10-11   yoshli
o'smirlar  asosida   nafaqat  biror   iqtidomi  aniqlash,  balki   uning sportdagi   kelgusi
muvaffaqiyatini   taxmin   qilishning   imkoni   mavjud   emas   deb   o'ylashadi.
Shubhasiz, ushbu muammo juda murakkab, chunki bu muammo o'sha yoshdagi
bolalaming   qiziqishlari   va   layoqati   barqarorligi   bilan   ham   bog'liq.Lekin   bu
pessimistik   fikr   to'liq   oqlanmagan.G.S.Tumanyan   va   E.G.Martirosov   (1976)
aytganidek, "Sportda saralash o'z tadqiqotchilarini kutmoqda", bunga sabab, na
bizning   davlatimizda,   na   xorijda   sportga   saralash   va   yo'naltirishning   ilmiy
asoslangan   tizimlari   mavjud   emas.   Bazi   qo'llanmalarda   Sportda   iqtidor
indekslari","Motor"iste'dod   testlari"   va   boshqa   atamalami   uchratish   mumkin,
lekin   ular,   odatda,   sodda   jismoniy   mashqlardangina   iborat   bo'ladi.   Shu   tarzda,
sportga  saralash   va   yo'naltirish   muammosi   -murakkab   muammo  bo'lib,   ko'plab
mutaxassislar faoliyatini talab qiladi. Ushbu muammoni olimlar, murabbiylar va
pedagoglar hamkorligida hal qilish zarur[4].
Yosh sportchi tanlangan harakat faoliyatini muvaffaqiyatli namoyon etish
uchun zarur bo‘lgan barcha sifatga ega bo‘lishi lozim, faqatgina shu holatda uni
oliy sport mahoratini shakllanish jarayonida keyingi rivojini ta’minlash mumkin.
Yurtimiz   va   xorijiy   olimlarning   tadqiqotlar   jarayonida   to‘plangan   ma’lumotlar
individning   morfofunktsional   xususiyatlari,   harakat   va   ruhiy   funktsiyasini
tavsiflovchi   alohida   ko‘rsatkichlar,   uning   sport   jihatidan   moslik,   muvofiqligi
darajasini   oldindan   bashoratini   ishlab   chiqishda   muhim   ahamiyatga   ega.
Saralash   va   sport   turlariga   yo‘naltirishning   ratsional   tizimi   bolalar   va
o‘spirinlarni iste’dod va qobiliyatlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning potentsial
imkoniyatlarini to‘liq ochib berish uchun sharoitlarni yaratish, ruhiy va jismoniy
barkamollikka erishish imkoniyatini beradi va bu asosda sport mahoratining oliy
11 cho‘qqilariga   ega   bo‘lish   sharoitini   yaratadi.   Yosh   sportchi   individual
qobiliyatlarini   ob’ektiv   baholash,   bola,   o‘spirin,   yosh   yigit-qizlarni   kompleksi
tadqiq etish yo‘li bilan berilishi mumkin. 
Sport   maktablariga   bolalar   va   o‘spirinlarni   saralash   jarayonida   ularning
jismoniy   va   sport   texnik   tayyorgarligining   nafaqat   dastlabki   darajasi,   balki
jismoniy   sifatlarning   rivojlanish   hamda   sport   texnik   mahoratini   shakllantirish
sur’atlari   ham   hisobga   olinishi   lozim.   Yosh   sportchilarni   saralash   muammosi
majmuali   tarzda tadqiqotning pedagogik ,  tibbiy-biologik, psixologik, sotsiologik
uslublar   asosida   hal   qilingan.   Tadqiqotning   pedagogik   uslublari   jismoniy
sifatlar,   koordinatsion   qobiliyatlar   hamda   sport   texnik   mahorati   darajasini
baholash   imkoniyatini   berdi.   Tibbiy-biologik   uslublar   asosida   sportchi
organizmining   morfofunktsional   xususiyatlari,   organizmning   analizator
tizimining   holati,   jismoniy   rivojlanish   darajasi   aniqlangan.   Tadqiqotning   ruhiy
uslubida   sport   kurashi   davomida   individual   va   jamoa   vazifalarni   hal   etishga
ta’sir etuvchi sportchi ruhiyatining xususiyatlari o‘rganildi hamda jamoa oldiga
qo‘yilgan   vazifalarni   hal   qilishda   sportchilarning   ruhiy   bir-biriga   mos   kelishi
aniqlandi.   Bundan   tashqari,   bola   va   o‘spirinlarni   saralash   bo‘yicha   sport
maktablari   murabbiylarining   ish   tajribasi   umumlashtirildi   va   maktab   yoshidagi
bolalar   va   yosh   sportchilarning   ommaviy   tekshiruvlari   amalga   oshirildi.
Sotsiologik   tadqiqotlar   asosida   sportning   u   yoki   bu   turi   bilan   shug‘ullanishda
bolalar va o‘spirinlarning sportga bo‘lgan qiziqishi aniqlanadi, bundan tashqari,
mazkur   qiziqishlarni   shakllantirishning   samarali   vosita   va   uslublari,   maktab
yoshidagi bolalar orasida munosib tushuntirish, tashviqot-targ‘ibot ishi shakllari
aniqlanadi.   Ko‘p   sonli   tadqiqotlar   natijalarining   tahlili   va   natijaviy
umumlashtiruvi   saralash   va   sport   turlariga   yo‘naltirish   nazariya   va
uslubiyatining   asosiy   qonunlarini   shakllantirish   imkonini   beradi.   Saralash   -   bu
majmuaviy   xarakterdagi   tashkiliy-uslubiy   tadbirlar   uslubi   bo‘lib,   o‘z   ichiga
tadqiqotning pedagogik ,   sotsiologik , ruhiy va tibbiy-biologik uslublarini kiritadi,
ular   asosida   bola,   o‘spirin   va   yoshlarni   sportning   ma’lum   turida   ixtisoslashuvi
uchun   qobiliyat   va   iste’dodlari   aniqlanadi.   Tanlovning   asosiy   vazifasi   iste’dod
12 va   qobiliyatlarni   hamma   tomonlama   o‘rganish   asosida   aniqlash   va   sportning   u
yoki   bu   turiga   qo‘yiladigan   talablarga   eng   yuqori   darajada   muvofiqni   belgilab
berishdir.   Ba’zi   mutaxassislar   tanlov   atamasi   o‘rniga   “sportga   layoqatlilik”
atamasidan foydalanadilar. Bu atama sportning tanlangan turida muvaffaqiyatli
ixtisoslashuv   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   individning   qobiliyat   va
iste’dodlarini   aniqlashning   vosita   va   uslublarining   tizimi   sifatida   tavsiflanadi.
Sport   turiga   yo‘naltirilish   –   bu   majmuaviy   xarakterdagi   tashkiliy,   uslubiy
tadbirlar   uslubi   bo‘lib,   uning   asosida   individni   sportning   ma’lum   turidagi   tor
ixtisoslashuvi belgilanadi. 
Sport   maktabiga   boshlang‘ich   saralash   jarayoni   3   bosqichga   bo‘linadi:
bolalar   va   o‘spirinlarni   dastlabki   saralash   bosqichi   sportning   tanlangan   turiga
ixtisoslashuvi;   talabalarga   dastlab   tanlangan   shug‘ullanayotganlarning
kontingentini   muvofiqligining   chuqurlashtirilgan   tekshiruvi;   sport   turiga
yo‘naltirilganlik   bosqichi.   Saralashning   birinchi   bosqichi   yakunida   sportning
tanlangan   turlari   bo‘yicha   ko‘rik   saralashlar   nazorat   sinovlar   va   musobaqalar
nazarda   tutilishi   lozim.   Mazkur   tadbirlarni   o‘quv   yili   yakunida   o‘tkazish
maqsadga   muvofiqdir.   Bir   qator   holatlarda   tanlangan   o‘quvchilar   sport
oromgohlariga yuboriladilar, bu yerda ular sport maktabi murabbiylari rahbarligi
ostida   shug‘ullanadilar.   Sport   maktabida   bo‘lganida   murabbiylar   bolalar   va
o‘spirinlarning qobiliyatlarini nazorat sinovlari va pedagogik kuzatuvlar asosida
aniqlaydilar.   Bolalar   va   o‘spirinlarning   potentsial   imkoniyatlarini   ehtimolning
yuqori darajasi bilan aniqlash uchun ularning tayyorgarligining nafaqat dastlabki
darajasi, balki o‘sish sur’atini ham aniqlash maqsadga muvofiqdir. Saralashning
ikkinchi   bosqichi   –   dastlab   tanlangan   kontinentni   tanlangan   sport   turida
muvaffaqiyatli   ixtisoslashuviga   muvofiqligini   chuqurlashtirilgan   tekshiruvi,   bu
birlamchi   o‘qitish   jarayonida   amalga   oshiriladi.   3-6   oy   mobaynida
shug‘ullanayotganlarning   imkoniyatini   chuqur   o‘rganib   va   ularning   eng
qobiliyatli va iste’dodlaridan o‘quv guruhlarini shakllantirish lozim. Tanlovning
ikkinchi bosqichi  yakun topgandan so‘ng, sport maktabi direktori raisi ostidagi
komissiya,   ota-onalar   arizalari,   kirayotganlarning   shaxsiy   ishlarini   o‘rganib
13 chiqib,   sport   maktabiga   qabul   ilish   haqidagi   masalani   hal   qiladi.   Musobaqa
natijalari,   nazorat  sinovlari , murabbiyning tavsifi   va shifokorning xulosasi   bola
va o‘spirinlarni sport maktabiga hal qilish haqidagi masalani hal qilishda asosiy
bo‘lishi lozim. Saralashning bunday tizimi yaxshi sport qobiliyat va iste’dodiga
ega   bo‘lib,   saralashning   2   bosqichidan   o‘ta   olmagan   bolalarni   ham   qabul
sinovida ishtirokini istisno qilmasligi lozim. Saralashning uchinchi bosqichining
vazifasi   –   sport   maktabi   o‘quvchining   har   biri   ko‘p   yillik   tizimli   o‘rganishdir,
buning   maqsadi   bu   o‘quvchini   individual   sport   ixtisoslashuvini   yakuniy
natijasini   aniqlashdir.   Yosh   sportchini   uzoq   muddatli   va   batafsil   o‘rganish
jarayoni, uni sport qobiliyatlarini eng yaxshi tarzda belgilash imkoniyatini berib,
u   uchun   muvofiq   bo‘lgan   sport   turini   saralash   imkoniyatini   beradi.   Mazkur
bosqichda   pedagogik   kuzatuvlar,   nazorat   sinovlar,   tibbiy-biologik   va   ruhiy
tadqiqotlar   amalga   oshiriladi,   ularning   maqsadi   shug‘ullanayotganlarning
tayyorgarligini   kuchli   va   kuchsiz   tomonlarini   aniqlashdir.   Bu   davrda
shug‘ullanayotganning ratsional  tarzda o‘ziga mos bo‘lgan sport turini saralash
haqidagi  masala  hal  qilinadi. Sport  har  biri  sportchining jismoniy tayyorgarligi
va   qobiliyatiga   alohida   o‘ziga   xos   talablar   qo‘yadi.   43-jadvalda   sport
maktablariga bolalar va o‘spirinlarni saralash jarayonida hisobga olinishi  kerak
bo‘lgan   va   shug‘ullanayotganlarga   qo‘yiladigan   talablar   me’zonlari   berilgan.
Antropometrik   tadqiqotlar   jarayonida   sport   maktabiga   sportning   mazkur   turi
uchun   mashhur   vakillariga   xos   bo‘lgan   morfologik   turga   qay   darajada
nomzodlar   muvofiqligini   aniqlash   lozim.   Sport   amaliyotida   sportchilarning
morfologik   turi   (bo‘yi,   vazni,   tana   tipi   va   h.k.)lar   haqida   ma’lum   tasavvurlar
shakllangan.   Masalan,   basketbol,   engil   atletika,   akademik   eshkak   eshishda
yuqori   bo‘y   muhimdir,   marafon   yugurishda,   chang‘i   sportida   bo‘y   muhim
ahamiyatga   ega   emas.   Tibbiy-biologik   tadqiqotlar   asosida   maktab
o‘quvchilarning   sog‘lig‘i,   jismoniy   tayyorgarligi   haqida   ma’lumotlarga   baho
beriladi.   Sport   bilan   shug‘ullanishga   qarshi   ko‘rsatmalarga   ega   bolalar   va
o‘spirinlar   aniqlanadi.   Alohida   e’tibor   maktab   yoshidagi   bolalarda   katta
mashg‘ulot yuklamalari bajarilgandan so‘ng, tiklanish jarayonining davomiyligi
14 va sifatiga qaratilishi lozim. Shifokor tadqiqotlari har bir muayyan holatda sport
maktabida o‘qish uchun zaruriy sifatlarga ega bo‘lgan bola va o‘spirinlar qanday
davolash profilaktik tadbirlarga muhtoj ekanligini aniqlash uchun ham zarurdir.
Bundan tashqari, sport maktabiga kirishda tibbiy ko‘rik, keyingi tibbiy ko‘riklar
kabi   yosh   sportchini   Sport   saralashning   birinchi   bosqichida   musobaqa   va
nazorat   sinovlarida   umumta’lim   maktabi   shifokori   tomonidan   ko‘rikdan   so‘ng
olingan   sog‘liq   holati   haqidagi   xulosaga   ega   bolalar   qatnashishi   mumkin.
Ma’lumotnomada   maktab   o‘quvchisi   o‘z   sog‘lig‘i   holati   asosida   musobaqa   va
nazorat sinovlarida ishtirok etishiga ruxsat berilishi ko‘rsatilishi lozim. Jismoniy
tarbiya   va   sport   bilan   shug‘ullanishga   to‘sqinlik   qilmaydigan,   sog‘liqning
ko‘rsatkichlarida   o‘zgarishlar   bo‘lganida,   umumta’lim   maktabining   shifokori
ma’lumotnomada   tashxisni   ko‘rsatadi.   Maktab   shifokorining   xulosasi   bola   va
o‘spirinlarni sport maktabida o‘qishining birinchi 3 oyida amalda bo‘ladi. Sport
saralashining 2 bosqichida tibbiy xulosa muayyan shart-sharoitlarga ko‘ra,   sport
maktabi ,   tuman,   shahar   shifokori   nazorati   xonasidagi   shifokor   yoki   jismoniy
tarbiya   dispanseri   shifokori   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Sinov   muddati   (3
oydan   6   oygacha)   shug‘ullanayotganlar   chuqurlashtirilgan   tibbiy   ko‘rikdan
o‘tadilar. Bu ko‘rik o‘quvchining organizmida sport  maktabi  dasturida nazarda
tutilgan   hajmda   sport   bilan   to‘liq   shug‘ullanishga   to‘sqinlik   qiluvchi   patologik
o‘zgarishlar   yo‘qligini   istisno   qilishi   mumkin.   Shifokor   ko‘rigi   shifokor
jismoniy tarbiya dispanserlari tomonidan belgilangan me’yorlar asosida amalga
oshiriladi.   Pedagogik   kuzatuvlar   asosida   bolalar   va   o‘spirinlarning   o‘ziga   xos
xususiyatlari  aniqlanadi. Masalan,  murabbiy tizimli  kuzatuvlar yo‘li bilan yosh
sportchini   murakkabligi,   hajmi   va   intensivligi   bo‘yicha   mashg‘ulot   dasturini
muvaffaqiyatli   o‘zlashtirishga   bo‘lgan   qobiliyatini   qayd   etadi,   bu   esa   ko‘p
jihatdan   yuqori   sport   natijalarga   erishish   imkoniyatini   belgilab   beradi.
Pedagogik   nazorat,   sinovlar   (testlar)   ham   katta   rol   o‘ynaydi,   ularning
natijalariga   ko‘ra,   sportning   u   yoki   bu   turida   muvaffaqiyatli   ixtisoslashuv
zaruriy bo‘lgan individning jismoniy sifat va qobiliyatlarining mavjudligi haqida
fikr   yuritadilar.   Masalan,   tezlik   rivojining   darajasini   aniqlash   uchun   startdan
15 yoki   turgan   holda   30   m.dan   yugurishni,   kuchni   rivojlanish   darajasini   aniqlash
kaft   dinamometrdan   foydalanadilar.   1-jadvalda   bolalar   va   o‘spirinlar   sport
maktabiga   jismoniy   sifatlar   rivojlanish   ko‘rsatkichi   asosida   saralash   uchun
namunali me’yorlar keltiriladi. Nazariy va nazorat ishlanmalarining tahlili sport
maktablariga   bolalar   va   o‘spirinlarni   tanlashda   quyidagi   pedagogik   mezonlarni
shakllantirish   imkoniyatini   beradi:   jismoniy   sifat   va   sport   mahorati   rivojining
darajasini   tavsiflovchi   ko‘rsatkichlar,   ularning   shakllanish   sur’atlari,   bolalar   va
o‘spirinlarning   koordinatsion   imkoniyatlarini   namoyon   qiluvchi   ko‘rsatkichlar.
Yosh  sportchilarni  keskin  sport   kurashi  sharoitida  harakat  vazifalarini  samarali
hal qilishga bo‘lgan qobiliyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi. Saralashning
tibbiy-biologik   tizimi   o‘z   ichiga   morfofunktsional   xususiyatlar,   organizmning
analizator  va funktsional  tizimlarining holati, oliy asab  faoliyatining individual
xususiyatlari,   sportchi   sog‘lig‘ini   o‘z   ichiga   kiritishi   lozim.   Bolalar   va
o‘spirinlarni   tanlashning   ruhiy   mezonlari   tizimi   o‘z   ichiga   individni   sport   turi
talablariga   ko‘ra,   turli   ruhiy   holatlarni   takomillashtirishga   bo‘lgan
xususiyatlarini   tavsiflovchi   ko‘rsatkichlarni   kiritadi,   bundan   tashqari,   irodali
sifatlar – xarakter temperamenti darajasini rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi.
Tanlashning   sotsiologik   mezonlar   tizimiga  sport  manfaatlarining  motivatsiyasi,
ularni   shakllanish   uslublari   va   shu   kabi   ma’lumotlar   kirishi   lozim.   Sport
turlarining   quyidagi   4   guruhida   tanlov   mezonlarini   umumiy   tarzda   tavsiflab
beramiz:   sportning   siklik   turlari,   texnik   jihatdan   murakkab   sport   turlari ;   sport
yakka kurashlari, sport o‘yinlari. Qisqa masofaga yugurish kabi sportning siklik
turida   saralash   jarayonida   qolgan   sharoitlarning   barchasi   teng   bo‘lsada,   bo‘yi
baland, mushaklari yaxshi rivojlangan va qulay konstitutsion xususiyatlar (oyoq
va tana uzunligining mutanosibligi)ga ega o‘spirin va yoshlarni afzal deb topish
lozim.   Tanlov   jarayonida   start   signaliga   reaktsiyaning   vaqti,   tezkor-kuch
sifatlarining   rivojlanish   darajasi   maktab   yoshidagi   bolalarning   koordinatsion
imkoniyatlar darajasi ham hisobga olinishi lozim. Mashg‘ulot mashqlarining 1,5
yillik  davomida  bola va  o‘spirinlarning yetakchi  jismoniy  sifatlarni  o‘sishining
yig‘indi sur’atlari bilan tavsiflanadigan integral ko‘rsatkichni ham hisobga olish
16 maqsadga   muvofiqdir.   Bo‘lg‘usi   sprinterchini   zaruriy   imkoniyatlari   jismoniy
sifatlarning dastlabki darajasidan kichikroq darajaga bog‘liq, ammo bu sifatlarni
rivojlanish sur’atlariga kattaroq darajada bog‘liqdir. Yetakchi jismoniy sifatlarni
rivojlanish   sur’atlari   yosh   sportchilarni   rivojlanish   darajasi   yuqori   bo‘lgan
holdagina,   istiqbollikni   taxmin   qilishda   birinchi   darajada   ahamiyatga   ega
ekanligini   ta’kidlash   joiz.   Agarda   ularning   dastlabki   darajasi   past   bo‘lsa,
rivojlanishning   hattoki   yuqori   sur’atlari   sport   natijani   bola   va   o‘spirinlarni
rivojlanishining   ma’lum   yosh   davrida   talab   qilinadigan   zaruriy   darajasigacha
ko‘tarish   imkoniyatini   bermaydi.   Bolalar   va   o‘spirinlarni   tanlash   jarayonida
sport   ko‘rsatkichlarini   o‘sish   sur’atlarini   hisobga   olish   bola   va   o‘spirinlarning
biologik   yoshini   individual   xususiyatlarini   hisobga   olgan   sharoitida   o‘zini
oqlaydi.   Shunday   qilib,   faqatgina   jismoniy   sifatlarni   rivojlanishining   nisbatan
yuqori   dastlabki   darajasi   va   biologik   yoshni   hisobga   olgan   holda,   ularning
rivojlanishining   optimal   sur’ati   u   yoki   bu   sportchining   istiqbolliligi   haqida
ishonchli   taxmin   qilishda   oldindan   bashorat   qilish   imkoniyatini   beradi.
Eksperimental   yo‘l   bilan   sportning   tezlik   va   tezkor-kuch   turlarida   (xususan,
sprintda)   ixtisoslashadigan   yosh   sportchilar   uchun   mashg‘ulotlarning   birinchi
1,5   yilligida   tezlik   va   sakragich   sifatlarini   o‘sishining   optimal   sur’atlari   10,5-
12,5%   ga   teng   ko‘rsatkichlar   bo‘ladi.   Sportning   suzish   turida   istiqbolli
sportchilarni   tanlash   maqsadida   tadqiqotning   pedagogik   va   tibbiy-biologik
uslubida   aniqlangan   ko‘rsatkichlarning   kompleksidan   foydalanish   lozim.
Boshlang‘ich   bosqichda   tanlov   mezonlari   sifatida   bolaning   morfologik
xususiyatlari,   uning   umumiy   koordinatsion   qobiliyatlari,   bo‘g‘inlarda
harakatchanlik   darajasi,   sog‘liq   holati   inobatga   olinadi.   Bolalarni   tanlashda
tananing eng total o‘lchovlarning mutanosibligi, tashqi nafas olish apparatining
rivojlanganligi, suyak va mushaklarning xususiyatlari va yog‘larning mavjudligi
tana   proportsiyalarini   hisobga   olish   lozim.   Suzishda   morfofunktsional
xususiyatlarga   ixtisoslashuvning   bog‘liqligi   bola   yoshidayoq   namoyon   bo‘ladi.
Sprinter-suzuvchilar o‘rta va uzun masofaga suzuvchilardan tanasining uzunligi
va vaznining, ko‘krak qafasining hajmi bo‘yicha   ahamiyatli darajada farqlanadi ,
17 ularda   bu   ko‘rsatkichlar   eng   yuqori   bo‘ladi.   Ma’lum   bo‘lganidek,   tana   vazni
kuch   ko‘rsatkichlari   bilan   bog‘liqdir.   Demak,   spinterlarning   tanasining   yirik
total o‘lchovlari ularga energiya ta’minlovining anaerob hududida Tezkor-kuch
ishini   bajarish   uchun   optimal   sharoitlarni   ta’minlab   beradi.   Tananing   total
o‘lchovlarining   barcha   ko‘rsatkichlari   bo‘yicha   stayerlar   sprinterchilardan
ortiqroq   bo‘ladi.   Sprinterda   muvaffaqiyatni   belgilab   beruvchi   tezlik   sifatlar
o‘rniga   energiya   ta’minlovining   aerob   hududining   yuqori   yutuqlarni   shartlab
beruvchi suzuvchining jismoniy sifati o‘rnini  bosadi. Ularga birinchi navbatda,
o‘pkaning hayotiy hajmi, nisbatan  bo‘y va tananing kichik vazni  hamda yelka,
tizza,   bo‘g‘inlardagi   harakatchanlik   kiradi.   O‘rta   masofada   ixtisoslashgan
suzuvchilar sprinter va stayerlar o‘rtasida oraliq holatda bo‘ladi. Xususan, o‘rta
va uzun masofaga suzishda ixtisoslashgan yosh sportchilar nisbatan kichik bo‘y
va vaznga ega bo‘lib, katta intensivlikdagi uzoq muddatli ishga moslanganlar va
yuqori anaerob ishlab chiqarishga egadirlar. 
1.2. Inson rivojlanishida ijtimoiy va biologik faoliyatlarining
bog'liqligi.
Ma'lumki,   ba'zi   shaxslar   boshqalardan   ko'ra   biror   faoliyatni   egallashda
ustunlikka   egaligi   va   bir   vaqtning  o'zida   boshqa   sohada   ortda   qolishi   mumkin.
Buning   sababi   nimada?   Qobiliyatlarga   bog'liq   bo'lishi   ehtimoli   ham   mavjud.
Qobiliyatlar   insonga   hos   bo'lib,   biror   faoliyatni   muvaffaqiyatli   bajarilish
imkonini   beradi.   Inson   muayyan   qobiliyatli   bo'lib   dunyoga   kelmaydi.   Insonga
uni   tanlash   imkoni   berilgan.   Shu   sababli,   qobiliyat   insonning   anatomik   -
fiziologik xususiyatlar nishonalari asosida shakllandi. "Biror qobiliyat nishonasi
ko'rinmagan   insonni   tarbiyalashning   imkoni   yo'q",   degan   edi   B.M.Teplov
(1961) Qobiliyat odatda faoliyat jarayonida shakllanadi. Ta'lim va tarbiya esa o'z
navbatida   ijtimoiy   va   tarixiy   shart-   sharoitlarga   (tashqi   muhit   ta'sirlarining   ha1
qiluvchi   vazifasida)   uzviy   bog'liq   bo'ladi.       Lekin   ta'lim   va   tarbiya   inson
qobiliyati   rivojlanishining   darajasini   belgilaganida,   bir   xil   noyob   tarzida   turli
indivudual farqlar  kuzatilmagan bo'lar  edi. Platon ham o'z davrida:  "Aynan bir
18 xil iqtidorli insonlar uchramaydi, chunki har bir insonning qobiliyati o'ziga hos"
degan   fikrini   bildirgan   edi.   Qobiliyatning   irsiyligi   va   irsiy   emasligi   borasidagi
munozara   necha   asrlardan   buyon   davom   etib   kelmoqda.   Munozara   tarafdorlari
ularning   umumiy   dunyoqarashi   bilan   belgilanib,   mushohadali   bo'lgan.   Yaqin
orada   biologiya   va   ayniqsa,   genetika   sohasida   erishilgan)   yutuqlar   ushbu
masalani   obyektiv   baholash   imkonini   beradi.   Lekin   olimlar   insonning   normal
belgilari variantlari irsiyligi haqida yetarlicha bo'lmagan ma'lumotga ega bo'lib,
ularni   o'rganish   imkoniyatlari   juda   cheklangan.   Bu   borada   insonlarni   yillar
davomida   kuzatish   uslublari,   alohida   oilalarda   ko'rsatgichlarni   qiyoslash   (shu
jumladan, bir necha avlod) shuningdek, bir xil, ya'ni, o'xshash egizaklar bilan bir
xil   bo'lmagan,   ya'ni   o'xshash   bo'lmagan   egizaklarni   o'rganish   uslubi   egizaklar
uslublari   qo'llanilmoqda.   Ayniqsa,   qobiliyatlar   shaklanishiga   irsiy   yoki   muhit
omillarining   ta'sir   doirasini   baholash   qiyinchilik   tug'diradi.   Istalgan   irsiy   omil
turli   muhit   sharoitlarida   turlicha   ta'sir   ko'rsatadi.   Istalgan   muhit   omillari   turli
irsiy materialga turlicha ta'sir qiladi. Tashqi muhitning barcha cheksiz omillari,
genotipning butun umri davomida o'zaro ta'sir   dinamikasi hisobga olinmasa va
o'lchanmasa,   bunday   baholash   natijasi   samarali   bo'lmaydi.   Ushbu   muammoni
soddalashtirishdan   voz   kechish   zarur.   Chin   qobiliyatni   emas,   uning
nishonalarini, ya'ni muhit ta'siriga nisbatan reaksiya me'yorini belgilaydi. Ta'lim
va   tarbiya   ham   bunga   mutlaq   qodir   emas.   Amerikalik   pedagog   Dj.Votson
aytganidek   "Menga   bir   necha   bolalami   bering,   men   istaganimni:   yani   ulardan
shifokor, huquqshunos, sotuvchi, rassom, va hatto o'g'rini yasayman" degan fikr
bildirishi   noto'g'ri. Bu  jumla  uzoq yillar  davomida  tarbiya va  ta'limning qudrat
ramzi bo'lib kelgan.
Pedagogik   optimizm   to'g'ri   ta'lim   berish   orqali   har   bir   insonda   istalgan
qobiliyatni   rivojlantirishda   emas,   balki   sog'lom   odamlar   orasida   qobiliyatsiz
insonlar   bo'lmasligini   tan   olishdir.   Biror   sohada   qobiliyatsiz   inson   boshqa
sohada   qobiliyatli   bo'lishi   mumkin[5].   Mashhur   ruhshunos   V.M.   Banshikov
"shaxsning   murakkab   ijtimoiy   tuzilmasiga   qaramay,   har   bir   inson   uchun
19 biologik belgilangan "Ekologik burchak bo'lib, unda u samarali  mehnat qilishi,
salomatligini uzoq saqlashi va jamiyatda naf keltirishi mumkin" deb hisoblaydi.
Qobiliyatlar   to'g'risidagi   eng   birinchi   kitoblardan   birini   1575   yil   ispaniyalik
shifokor   Xuan  Uarte  yaratgan.Uning  fikricha, "Har   bir   inson  unga tabiat  in'om
etgan   san'at   bilan   shug'ullanib,   boshqalaridan   voz   kechishi   lozim,   inson   bir
vaqtning o'zida harf teruvchi va duradgor bo'la olmaydi, chunki inson tabiati bir
vaqtda   ikki   xil   san'at   yoki   fan   olami   yaxshi   bajara   olmaydi".   Ingliz   faylasufi
Lokk va fransuz marifatchisi Gelvetsiy bu fikrga mutlaqo qarama-qarshi g'oyani
ilgari surishgan. XVIII asrda ular "Fikrlashning turfa xilligiga sabab tarbiyadagi
turlicha   yondashuvlar"   degan   fikr   bildirishgan.   Boshqa   fransuz   ma'rifatparvari,
qomusiy   olim   Didroning   fikri   eng   muqobildir-   "Inson   tug’ilganidayoq   biror
qobiliyatli   bo'ladi,   tarbiyalashning   vazifasi   uning   oilasiga   yoqadigan   insonga
aylantirish emas, balki u qobiliyatiga mos keladigan mashg'ulot bilan muntazam
shug'ullanishga   undashdir".Iqtidorning   irsiylik   g'oyasini   ilk   marotaba   ingliz
psixologi va antropologi Galton ilmiy jihatdan asoslashga harakat qildi. U turli
mashhur   kishilar   (qo'mondonlar,   siyosiy   arboblar,   yozuvchilar,   shoirlar,
musiqachilar,   huquqshunoslar   va   olimlar)   ning   kelib   chiqishini   o'rgandi   va
iqtidor,   ayniqsa,   iste'dod   irsiy   jihatdan   avlodlarga   beriladi   degan   xulosa   keldi.
Lekin   XIV-XIX   asr   yozuvchilari   va   shoirlari   (7000   ahofida)   tarjimai   holini
o'rgangan   fransuz   olim   Oden   ular   uchun   eng   muhim   ahamiyatni   ijtimoiy
iqtisodiy   sharoitlar   va   ta’lim   egallaganini:   yani,   ulardan   90%   i   oliy   va   o'rta
ijtimoiy-iqtisodiy   darajali   oilaga   tegishli,   90%   i   yirik   shaharlardan   kelib
chiqqanligi   98%   erkin   ta'lim   olganligini   aniqladi.   Odatda,   iste'dod   irsiyligiga
mashhur   bastakor   Ioganna   Sebastiyana   Baxa   misol   sifatida   keltiriladi.Uning
oilasida   50   dan   ortiq   musiqachi   va   bastakorlar   bo'lib,   ulardan   20   tasi   taniqli
bo'1gan.   Bu   avlodda   ilk   musiqiy   iqtidor   1550   yilda   ko'zga   tashlanib,   1800
yilgacha davom etgan. Ioganna Sebastiyana Baxa va 1550 yillar orasida 5 avlod
almashgan.
20   Motsartning oilasi  ham musiqiy iqtidorga ega bo'lgan. O.Fershuer  (1959)
“Genotip   va   musiqiy   iqtidor   uzviyligi   empirik   isbotlangan   deb   tan   olinishi
mumkin,” deb o'ylagan. Buyuk matematik Bemulli genealogiyasi ham diqqatga
sazovor.   Charlz   Darvin   mashhur   Fransuz   Galtonuning   amakivachchasi   bo'lib,
uning ko'plab qarindoshlari Qirollik ilmiy jamiyati a'zolari bo'lgan, o'sha yillarda
bu martaba yuqori ko'rsatgichi hisoblangan. Mashhur  nemis shoirlari Shiller va
Gilderlin   faylasuflari   Shilling   va   Gegel,   fizik   Maks   Plankning   umumiy   ajdodi
Iogana   Banta   bo'lib,   u   XV   asrda   yashab   o'tgan.   Barchaga   ota   o'g'il   va   buva
Dlumalar   ham   ma'lum.   Lekin   bu   holat   iqtidorli   inson   istalgan   oilada   istalgan
halq   va   ijtimoiy   muhitda   shaklanmaydi   degan   fikmi   bildirmaydi.   Aynan   shu
sababli,   halq   orasidan   iste'dodlami   topish   asoslangan.   Aksariyat   dunyoga
mashhur shaxslar oddiy halq orasidan chiqqan (nemis faylasufi Kant, astronom
Kepler, bastakorlar Betxoven va Shuman). Avloddan avlodga salbiy belgilardan
ko'ra iste'dodning o'tishini kuzatish murakkab vazifadir. Patologiya bir yoki bir
nechta   genlarning   noqobilligi   tufayli   yuzaga   kelishi,   iqtidorning   genetik   asosi
ko'p   omilli   bo'lib,   irsiy   belgilaming   o'tishida   ko'p   sonli   genlar   ishtirok   etishi
bilan   izohlanadi.   Aynan   shu   sababli,   iqtidorli   ota   onalaming   bolalari   iqtidorli
bo'lishi shart emas. Shunday qilib, alohida genotip talab qilinadigan funksiyalar
mavjudligi   to'g'risida   xulosa   qilish   mumkin.   Lekin   bu   fikr   iste'dod   genetik
jihatdan   belgilangan   degan   ma'noni   anglatmaydi.   Alohida   iqtidor   borasida   so'z
borganda qobiliyatlar emas, balki iste'dod va hatto dohiylik borasida so'z boradi.
Ehtimol, insoniyatda aqliy farqlar muammosi kabi tadqiqot natijasida shu qadar
e'tibor   va   faollikni   talab   qilmagan.   Inson   sifatida   aqliy   tafakkur   koeffitsientini
keltirish   mumkin.   Shu   vaqtgacha,   "Intellekt"   tushunchasi   to'liq   izohlanmagan
bo'lsada   o'lchov   uslublari   tanqid   ostiga   olinmoqda.Mualliflar   turli   darjada
qarindosh bo'lgan.30 mingdan ortiq konellyatsiya koeffitsientlarini 8 davlat va 4
qit’ada   o'tkazilgan,   52   tadqiqotlar   natijalarini   umumlashtirildi,bir   biriga   yaqin
uslublar   yordamida   o'rganildi.ushbu   ma'lumotlarga   asoslangan   ko'plab   olimlar
intellekt   (aql)   hech   bo'lmasa   2/3   da   irsiy   jihatdan   beriladi   degan   xulosaga
kelishdi.   Lekin   ko'pchilikning   fikricha,   inson   qobiliyatini   belgilamaydi.
21 shaxsning ijodiy yutuqlariga emas, balki yangi tushunchalami yaratish va yangi
ko'nikmalarini   shakllantirish,   ya'ni   uning   ijodkorligi   qobiliyatiga   bog'liq.
Hozirgi   kunda,   ijodkorlikni   o'lchovchi   ishonchli   uslublar   mavjud   emas.
“Istedodli inson" tushunchasi qobiliyatlardan tashqari motivatsiya, yani istalgan
faoliyatga   muhabbatni   o’z   ichiga   olishi   kerak.   Nobel   mukofoti   sohibi
N.N.semenov   “Bu   muhabbatni   yoshligida   his   qilmagan   inson   hech   qachon
iqtidorli   bo'la   olmaydi”   deb   hisoblaydi.   Ijodkor   shaxsni   qanday  belgilar   ajratib
turadi?   I.p.pavlovning   fikricha   uni   o'z   sohasiga   bo'lgan   mehnatsevarlik,   o'ziga
hoslik   tafakkur   mustaqilligi   va   erkinligi,   tavakkalchilik,   hazilga   moyillik
diqqatni   jamlay   olish   va   "To'xtovsiz   fikrlash,'   belgilari   ajratib   turadi.
Iste'dodning   eng   yuqori   cho'qqisi   borasida   turli   fikrlar   mavjud.   Ba'zi   buyuk
kishilarda   iste'dod juda namoyon bo'lsa, boshqalarda kechroq bilinadi. Gayden
6 yoshda, Medlenson 9 yoshda o'z iqtidorini ko'rsatgan. Buyuk Lomonosov esa
o'qishni   kech   boshlagan,   shunday   bo'lsada,   bir   necha   sohalarda   ko'plab
yutuqlarga   erishgan.   ota-onalar   iqtidori   odatda   bolalarda   ko'ringan,   iqtidorga
mos   kelmaydi,   ya’ni   iqtidor   predmeti   ota-onalar   va   bolalarda   turlicha   bo’lishi
mumkin. Iqtidor har qadamda uchramaydi, lekin muqobil tarbiya va ta'lim keng
ommaning   ijodiy   potensialini   faollashtirishi   bor   gap.   Shu   tarzda,   "Qobiliyat"
tushunchasi   har   doim   tug'ma   va   orttirilgan   biologik   va   ijtimoiy,   tabiiy   va
jamoaviy   nisbat   bilan   bog'liq[6].   Inson   bu   ikki   omillar   tabiiy   va   ijtimoiydan
hosil bo'lgan biosotsial mavjudot bo'lib, uning har bir qirrasi ushbu omillaming
o'zaro ta'sirini aks ettirishi kerak. Belgilan gan vaziyatlarda bu omillaming ta’siri
turlicha bo'ladi.
1.3. Sportga iqtidor va sportga layoqat.
Inson   faoliyatining   istalgan   sohasida   noodatiy   iste'dodni   shakllantirish
muammosi   yangilik   bo'lmasa-da,   harakatli   iqtidomi   shakllantirish   va
rivojlantirish   juda   kam   o'rganilgan.Bunday   tadqiqot   sport   qobiliyati,   iqtidor   va
sport   sohasidagi   iste’dod  muammolari   yechimi   bilan   uzviy  bog'liq.  Zamonaviy
sportning   rivojlanish   darajasi   shunchalik   yuqoriki,   atiga   bir   necha   kishi
22 musobaqalarda qoidalari terma natijalarini ko'rsata oladi. Oliy toifali va boshqa
sportchilar   orasidagi   farq   toboro   ortib   bormoqda.   Alohida   sportchilar   shunday
natija   ko'rstishdikki,   sport   sohasidagi   iqtidor   g'oyasi   diqqatni   tortmay
qo'ymaydi.Olimpiya o'yinlarida 3 ta oltin 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini
qo'lga kiritgan Gemlion, gimnast Latinin, finlik yuguruvchi Nurmi (3 ta oltin, 9
ta kumush), amerikalik suzuvchi Spitsa (9 oltin, I ta kumush, I ta bronza) yapon
gimnastigi Kato (8 ta oltin, 9 ta kumush, 1 ta bronza) sovet gimnastlari Adrianov
(7,5 va  3)  va Shaxlin (7,4 va 2)'  Chukarin (7,3 va  1), Vengriyalik nayzabozlar
Gerevich (7,2 val) va Italiyalik Mandtjarotti (6,5 vab2) rekord o'rnatishgan.
Ba'zi   sportchilarda   olimpiya   o'yinlarida   bir   necha   marotaba   ishtirok
etishgan. So'ngi yillarda olimpiya o'yinlarining "Yosharishi"ni hisobga olsak, bu
juda   hayratlanarli   holatdir.   Mashhur   Italiyalik   chavandoz   Raymondo   Dintsio
Olimpiya   o'yinlarining   8   karra   chempioni   1948-1976   yillar   bo'lgan.
Norvegiyalik   Yaxtsmen   Magnus   Konov   1908,   1912,   1920,   1936   va   1948
yillarda   olimpiadalarda   ishtirok   etib,   2   ta   oltin,   1   ta   kumush   medalni   qo'lga
kiritgan. Ikki  marotaba 4 o'rinni  egallagan. Amerikalik diskobol  A.Orter  o'ziga
hos yutuqqa erishgan. 4 marotaba oliy olimpiadada mukofotiga sazovor bo'lgan.
Olimoiadalarda   shved   baydarkachisi   G.Fredriksson,   Vengriyalik   qilichboz
I.Karate(sovetO   avlodlari   V.Sanavve   Golubnichiylar   4   marotaba   ishtirok
etishgan. (Sovet) baydarkachilari L.Binaev va A.Morozov, eshkakchi V.Ivanov,
Erkin kurashchisi  M.Medved Vengiriyalik bokschi L.Pap uch marotaba g'alaba
nashidasini   surishgan.   Ko'rib   chiqilgan   statistika   olimpiyalik   inson   (Homo
olimpius – italiyalik genetik L.Djtdda tomonidan taklif qilingan atama) borligini
isbotlaydi.   Lekin   universal   olimpiyachi   bo'lmasa   kerak.   Ehtimol,   iqtidor
sportining alohida turiga hos bo'lishi mumkin. Lekin olimpiya o'yinlari tarixida
istisnoda   ham   bo'lib   turadi.   Mashhur   L.Rodosskiy   eramizdan   oldin   164-152   y
barcha   olimpiadalarda   masofaga   yugurish   (192,27   m),ikkilangan   yugurish
(mo'ljalga   to'liq   taminlangan   xolos,   ikki   marotaba   borish)   va   qurol   bilan
yugurishda   g'olib   bo'ldi.12   yil   davomida   u   antik   eng   tez   yuguruvchisi   edi.
23 Gretsiyada   1896   yil   olimpiya   o'yinlari   amerikalik   E.Klark   balandlikka   va
uzoqlikka sakrash bo'yicha 2 ta oltin medal olgan. Amerikalik R.Gerret keyingi
Olimpiya   O'yinlarida   uzunlikka   sakrashda   2-o'rinni,   balandlikka   sakrashda   3-
o'rinni egallagan, 1900 y ingliz P.Lexi balandlikka sakrashda 2-o'rin, uzunlikka
sakrashda 3-o'rinni egalladi.
O'z   vaqtida   mashhur   sportchilarning   bolalari   ham   sportda   I'uqori
natijalariga erishgani kuzatilgan. Misol uchun, Tarmak, Lyaxov,Ter-Ovenesyan
ota-bolalar   yengil   atletikada,   Lopatinlar   og'ir   atletikada,   Bure-suzishda,
Ippolitov velosportda, Travinlar basketbolda yutuqlarga erishgan. Malryorovlar,
Ragulin   va   Holiklar   xokkeyda,   Kuchinskiylaresa   gimnastikada   eng   mashhur
aka-uka yoki opa-singil sportchilar edi.
Yuqori   natijalar   sporti   tarixida   oila   a'zolarining   avloddan-avlodga
muvaffaqiyatga erishgach sportchilar ham uchragan. Dunyoda eng sportchi oila
vengriyalik   qilichbozlik   Gerevichlar   oilasidir.   A.Gerevich   6   olimpiadada
ishtirok etlb (1932-1960 y), 7 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega
bo'lgan.   Uning   qaynotasi   A.Bogen   Stokgolmdagi   1972   y   avstraliyalik
qilichbozlar   jamoa   tarkibida   bo'lib,   kumush   medal   oldi,   1932   Los   Anjelesda
uning   xotini   qilichbozlikda   uchinchi   o'rinni   egalladi,   o'g'li   esa   1972   y
Myunxenda   olimpiya   o'yinlarida   vengriyalik   qilichbozlar   jamoasida   uchinchi
o'rinni   egallagan.   Uch   avlod   mobaynida   Gerevich   Bogen   oilasi   olimpia
medallarini qo'lga kiritgan. Olimpiya o'yinlarining eng keksa ishtirokchisi shved
o'qchisi Oskar Gomer Svan edi. 1908 y 61 yoshida u olimpiadada 2 taoltin va 1
ta bronza medaliga ega bo'lgan. 1912 yil va 1920 yillari o'z zamondoshlari bilan
jamoa   birinchiligini   egallagan.   77   yoshida   u   1927   yil   Shvetsiya   jamoasi
tarkibiga kiritilgan, lekin kasalligi tufayli ishtirok etmagan. Uning o'g'li A.Svan
1908, 1912 va 1920 yillarda olimpiadalarda kamondan o'q uzish bo'yicha g'olib
bo'lgan. Ota va o'g'il  Svani, 6 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini
qo'lga   kiritishgan.   Nemis   qilichbozi   E.Kasmir   1928   yil   kumush   medalni,   1932
va 1936 yil Germaniya terma jamoasi tarkibida bronza medalini qo'lga kiritgan.
24 Uning   o'g'li   E.Kasmir   urushdan   keyingi     yillarda   Germaniyaning   eng   yaxshi
qilichbozi   bo'lgan,   bobosi   E.Kasmiresa   1906   yil   navbatdan   tashqari   Olimpiya
o'yinlari   g'olibi   bo'lgan.   1908   yil   Leyk-Plesidda   bo'lgan   Tramplindan   sakrash
Olimpiya   jamoasida   Denni   oilasidan   uch   aka-ukalar   ishtirok   etgan.AQSh
Chang'i   uyushmasi   yyetakchilaridan   biri   bo'lgan   sportchi,   ularning   otasi   ulami
sportga yetaklab kelgan.
  Mashhur   litvalik   basketbolchi   M.Paulouskasning   oilasi   diqqatga   sazovor.
Uning   bir   ukasi   disk   uloqtirish   bo'yicha   "Spartak"   jamoasi   chempioni   bo'lgan,
boshqa   ukasi   Litve   basketbol   terma   jamoasi   tarkibida   bo'lgan,   singlisi   esa
voleybol   bo'yicha   respublika   terma   jamoasida   o'ynagan   Chang'i   sportida
Kolchinlar   oilasi   barchaga   ma'lum.   Olimpiya   chempionlari   Pavla   va   Alertina
Kolchinlaming o'g'li  Fedor Kolchin o'z ota-onasi  faoliyatini davom  ettirmoqda.
Mashhur   xokkeist   oilasi   Shchasni   (Chehoslovakiya)   yuqori   darjali   sportchilar
jamoasini   taqdim   etishi   mumkinligini   aytishadi.Bayer   oilasi   (Germaniya)
a'zolaridan Udo Bayer Mashhur diskobol, uning singlisi disk uloqtirish bo'yicha
yuniorlar orasida Evropa chempioni, uning boshqa singlisi va ukasi Germaniya
oliy ligasida gandbolda ishtirok etgan.
Muayyan sport turiga nafaqat alohida shaxslar, oilalar, balki butun bir halq
va etnik guruhlar qobiliyatli bo'lishi mumkin. Afrikaning ba'zi hududlarida uzoq
masofaga   yuguruvchilar   muvaffaqqiyati   barchaga   ma'lum.   Ushbu   halqlarning
geografik   sharoitlari   va   turmushi   asrlar   davomida   muayyan   jismoniy   sifatlami
rivojlantirishga xizmat qilgan[7]. 1921 yildan buyon barcha olimpiya o'yinlarida
uzunlikka   sakrash   musobaqasida   afroamerikalik   sportchilar   muntazam   g'olib
bo'lishgan.   Afsonaviy   D.Ouene   8,13   m   uzunlikka   sakragach,   (1936   yil
Berlindagi   olimpiya   o'yiniarida),   1968   yilgacha   bu   natijaga   atiga   21   sm
qo'shildi. B.Bimon 8 m 90 sm uzunlikka sakrab, rekordni 56 sm ga yangilagan.
Shu   tarzda,   fantastik   natija   ko'rsatgan   sportchilar   real   bo'lib,   sportning
faoliyatida   boshqa   istalgan   faoliyatida   kabi   o'z   iqtidor   egalari   va   daholari
mavjud. 
25 Boshlang‘ich   sport   ixtisoslashuvi   bosqichida   sport   o‘yinlarida   harakat
faoliyatini   shartlab   beruvchi   sifat   tavsiflari   nisbatan   mustaqildir.   Mazkur
mezonlar   asosida   bolalarning   qobiliyatini   aniqlashda   differentsiyalangan
yondashuvga   rioya   qilib,   sport   o‘yinlarida   muvaffaqiyatli   ixtisoslashuv   uchun
katta   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   har   bir   sifatning   rivojidagi   individual
o‘zgarishlarni   o‘rganish   lozim.   Qolgan   barcha   qulay   sharoitlarda   sport
o‘yinlarida   individual   barkamollikning   qulay   istiqbolini   keskin   sport
kurashining   o‘zgarayotgan   sharoitlarida   harakat   vazifalarini   tez   va   aniq   hal
qilishga   bo‘lgan   qobiliyat   belgilab   beradi.   Voleybol   va   basketbol   sport
maktablariga   saralashda   quyidagi   nazorat   testlari   va   me’yorlarini   qo‘llashlari
mumkin.
Sport   zaxiralarini   tayyorlash   uchun   tuman,   shaxar,   Respublika,   DSO   va
muassasalarning   terma   jamoalarining   o‘spirin   va   yosh   sportchilarni   tanlash
tizimi   katta   ahamiyatga   ega.   Terma   jamoalarga   nomzodlarning   istiqbolliligi
harakat   potentsialini,   jismoniy   harakatlarni   yanada   rivojlantirish   imkoniyati ,
sportchi   organizmining   funktsional   imkoniyatlarini   yanada   takomillashtirish,
yangi   harakat   ko‘nikmalarini   o‘zlashtirish,   yuqori   mashg‘ulot   mashqlarini
bajarishga   bo‘lgan   qobiliyati   hamda   musobaqalarda   sportchilarning   ruhiy
barqarorligi kabilarni hisobga olish asosida belgilanadi. Xulosa qilib qayd etish
joizki,   yosh   sportchilarni   tanlash   –   bu   bola,   o‘spirin,   yosh   yigit-qizlarning
jismoniy   tayyorgarligi,   morfofunktsional   ruhiy   xususiyatlarni   turli   tomonlarini
hamma   tomonlama   tahlil   qilishning   murakkab   jarayonidir.   Tanlov   bir
marotabalik tadbir emas, bu nisbatan davomiy jarayon bo‘lib, yosh sportchining
ko‘p   yillik   tayyorgarligining   barcha   bosqichlarida   tadqiqotning   pedagogik,
tibbiybiologik,   ruhiy   va   sotsiologik   uslublarini   nazarda   tutuvchi,   sportchi
shaxsini.
1.4. O'quvchilar kontingentining sportni tashlab ketishi BO'SM
faoliyati samaradorligining ko'rsatkichi sifatida
26 BO'SM   faoliyatidagi   yo'nalishlar   me'yoriy-huquqiy   asoslar   va   sport
maktablaridagi   nizom   bilan   belgilanadi.   Qo'shimcha   ma'lumot   beruvchi
muassasa   hisoblanadigan   sport   maktabi   o'z-o'zini   takomillashtirish,   bilim   va
ijodkorlikni   namoyon   qilish,   sog'lom   turmush   tarzini   shakllantirish,   kasbiy
jihatdan   o'z   o'rnini   topish,   jismoniy,   aqliy   va   ma'naviy   qobiliyatlarni
rivojlantirish,   qobiliyatlarga   muvofiq   sport).yutuqlari   darajasiga   erishish   uchun
yordam   berishga   safarbar   etilgan[8].   Shunday   qilib,   bolalar,   o'smirlar   va
yoshlarning sport tayyorgarligi faqatgina har tomonlama jismoniy tayyorgarlik,
turli   qobiliyatlarni   rivojlantirish   hamda   takomillashtirish   masalalarini   hal   etib
qolmasdan,  shug'ullanuvchilarning   shaxsini   shakllanitirish  muammosining   ham
yechimini topishga yordam beradi.
BO'SM   oldiga   davlat   tomonidan   qo'yilayotgan   asosiy   vazifa   bolalar   va
o'smirlarning   imkon   qadar   maksimal   miqdorini   jalb   etish   orqali   ommaviy
sportni   rivojlantirishdan   iborat.   Bu   oxirgisi,   eng   avvalo,   boshlang'ich   sport
tayyorgarligi   bosqichiga   taalluqli   bo'lib,   uning   vazifasi   sport   maktablari
o'quvchilarining   salomatligini   mustahkamlash,   jismoniy   rivojlanishi   darajasini
oshirish, ma'naviy-yetuk hamda irodaviy sifatlarini tarbiyalashdir. Ayni vaqtda,
sport natijalarining bugungi darajasi murabbiylarning kasbiy sifatlariga, ularning
bilimi   va   amaliy   ko'nikmalariga   yuqori   talablar   qo'yadi.   Yoshlar   sporti   sport
zahiralarini tayyorlashning muhim vazifasi va universal tarbiya vositasi sifatida
sportchilarning   ko'p   yillik   tayyorgarligini   samarali   tashkil   etishni,   o'quv
mashg'ulot   ishlarining   yanada   oqilona   tashkiliy   shakllari,   vosita   hamda
usullarini izlashni talab qiladi [9]. 
Sport   maktabi   oldiga   qo'yilgan   vazifalar   butun   ko'p   yillik   sport
tayyorgarligi   jarayonining   aniq   maqsadga   yo'naltirilganligi   va   vorisiyligini
nazarda   tutadi.   Shu   bilan   birga,   yoshga   bog'liq   rivojlanish   hamda   sport
mashg'ulotlarining qonuniyatlari asosida izchil tarzda hal etiladigan vazifalarga
ko'ra ko'p yillik jarayonda bir necha bosqich ajratiladi. Sportda butun ko'p yillik
27 jarayonni  dastlabki  sport tayyorgarligi, boshlang'ich sport tayyorgarligi, chuqur
ixtisoslashuv va sport- takomillashtirish bosqichlariga taqsimlash qabul qilingan.
  Sport   sohasi   mutaxassislarining   ko'pdan-ko'p   ishlanmalariga   muvofiq,
bolalarni sport mashg'ulotlariga jalb etish uchun eng maqbul yosh qizlarda 7-8,
o'g'il bolalarda 8- 10 yoshdir. Odatda, dastlabki tayyorgarlik bosqichi bir yildan
ikki   yilgacha   davom   etadi.   Boshlang'ich   sport   ixtisoslashuvi   bosqichi   bazaviy
tayyorgarlik   bosqichi   hisoblanib,   unda   umumiy   ish   qobiliyati   asosida   yotuvchi
aerob   quvvat   bilan   ta'minlanish   mexanizmlarini   rivojlantirishga   ustuvor
yo'naltirish   bilan   sport   turi   texnikasini   takomillashtirish   davom   etadi.
Bosqichning o'rtacha davomiyligi uch yil - qizlar uchun 9-11 yosh, o'g'il bolalar
uchun   -   10-12   yosh.   Tanlangan   sport   turida   chuqur   ixtisoslashuv   bosqichi
o'rtacha uch to'rt yi1 davom etadi: qizlarda bu 12-14 yosh, o'g'il bolalarda - 13-
15   yosh.   Ko'pgina   mualliflarning   ishlarida   keyingi   yillarda   bazaviy   hamda
ixtisoslashtirilgan   mashg'ulotlar   muddatlarini   uzaytirish   zarurati   to'g'risidagi
fikrlar   o'rtaga   tashlanmoqda[9].   Bolalar-o'smirlar   sport   maktablari   bolalar
hamda   o'smirlarga   ularda   ta'lim   olish,   yuksak   mahoratni   egallash   va   yuqori
natijalarga erishish imkoniyatini beradi. Shunga qaramay, rasmiy ma'lumotlarga
ko'ra   bolalar   va   o'smirlarning   9-10%o   idan   kamrog'i   sport   bilan   shug'ullanadi
126,451.   Demak,   ommaviy   sportni   rivojlantirish   muammosini   BO'SM
yordamida   qoniqarli   hal   etish   mumkin   deb   hisoblash   qiyin.   BO'SM
o'quvchilarining   sportni   tashlab   ketganlardan   qolgan   qismi   ancha   katta   bo'lib,
ularning   asosiy   qismi   o'z   sport   takomillashuvini   to'xtatib   qo'yadi,   bu   esa   sport
maktablarining   sport   zahirasini   tayyorgarlash   ishlari   samaradorligini   pasaytirib
yuboradi.   BO'SM   da   kurash   kabi   sport   turi   uchun   iqtidorli   sportchilar
kontingentini   mustahkamlash   masalasi   ayniqsa   dolzarb.   Barcha   yosh   guruhlari
tizimida amalga oshiriladigan sport zahirasini tayyorlash ancha qimmat turuvchi
tadbir.   Shu   bilan   birga,   ko'pchilik   mualliflar   hatto   ixtisoslashtirilgan   sport
maktablari   orasida   ham   ularni   bitiruvchilarning   mamlakat   terma   jamoalariga
chiqishi bo'yicha ishlarining past rentabelliligini ta'kidlaydilar. Sport sohasidagi
28 eng e'tiborli mutaxassislardan biri N.J.Bulgakovaning ta'kidlashicha [10], yaxshi
tayyorgarlik   ko'rgan   yuqori   malakali   sportchilar   soni   kamligining   sabablaridan
biri shuki, boshlang'ich sport tayyorgarligi guruhlarining umumiy miqdori katta
emas,   bolalar-o'smirlar   sport   maktablarida   ommaviy   o'qishga   qiziqish   juda
sust   .Bu   iqtidorli   bolalarni   aniqlash   hamda   sport   mashg'ulotlariga   jalb   etish
imkoniyatlarini   ancha   pasaytiradi.   Muallif   turli   malaka   darajasidagi
sportchilaming   miqdoriy   nisbati   optimal   bo'lganda   sport   zahirasini   tayyorlash
bo'yicha BO'SM faoliyatini rejalashtirish zarurligini ta'kidlaydi. 
Ko'p   yillik   tayyorgarlik   jarayonida   BO'SM   o'quvchilari   kontingenti
kattagina   qismining   sportni   tashlab   ketishi   va   qo'nimsizligi   obyektiv   ta'sir
ko'rsatuvchi   omil   hisoblanadi.   Amaliyotdan   ma'lumki,   yuqori   natijalar
ko'rsatishga   qodir   bo'lgan   bolalar   kontingentining   muayyan   qo'nimsizligi
muqarrardir   [11].   Shu   bilan   birga   o'z   egallagan   mahoratiga   erishish   uchun   5-8
yil   atrofida   og'ir,   muntazam   mehnat   qilib   shug'ullangan   malakali   yosh
sportchilaming takomillashuvini to'xtatish holatlariga ham ko'pincha duch kelish
mumkin. 
Sport   tayyorgarligining   turli   bosqichlarida   BO'SM   kontingenti   miqdoriy
xususiyatlarini   tahlil   etish   endi   shug'ullana   boshlagan   bolalarning   xalqaro
toifadagi   sport   ustasi   darajasiga   yetguniga   qadar   sportni   tashlab,   safdan   chiqib
ketishi qonuniyatlari to'g'risida ma'lum tasavvur beradi. Masalan, T.S.Timakova
o'z tadqiqotlarida har bir keyingi malakaviy guruh sportchilari chiqib ketishining
ancha   barqaror   ko'rsatkichlarini   qo'lga   kiritdi,   bu   bolalar   sport   maktablari
faoliyatining   samaradorligi   darajasini   aks   ettiradi.   Ma'lumotlarning   dalolat
berishiga  qaraganda,  BO'SMga   endi   qabul   qilingan   bolalarning  24%     qismi  III
kattalar   razryadi   me'yorlarini   bajargan,   uchinchi   razryadlilar   orasidan   52%   i   II
kattalar   razryadiga   ega   bo'lgan,   ikkinchi   razryadlilarning   38%   i   I   kattalar
razryadini   olgan,   birinchi   razryadli   sportchilarning   37%   i   ustalikka   nomzod
bo'lgan,   nomzodlarning   30%   qismi   sport   ustasi   natijasini   ko'rsata   olgan.
Boshqacha   qilib   aytganda,   o'quvchilarning   70%   qismi   ko'p   yillik
29 tayyorgarlikning   turli   bosqichlarida   sport   takomillashuvini   yakuniga
yetkazguniga qadar sport maktabidagi faoliyatini to'xtatadi. 
  M.V.Klyuchnikovaning   tadqiqotlarida   ko'rsatilishicha,   suzish   bo'yicha
sport maktablarida bolalarning sportni tashlab ketishiga asosiy sabablardan biri
sportchilar biologik rivojlanishining tipologik xususiyatlarini erta bashorat qilish
mezonlaridan   foydlangan   holda   aniq   maqsadga   yo'naltirilgan   saralash
ishlarining   yo'lga   qo'yilmagani   hisoblanadi   [12].   Natijada,   hatto   sport   bo'yicha
OZIBO'SM   lar   ham   ko'proq   yutuqlari   vaqtinchalik,   yoshiga   bog'liq   ustunliklar
bilan   belgilanadigan   sportchilardan   tashkil   topgan.   Bunday   sportchilar   yoshlar
sporti   kontingentiga   kirishi   mumkin   va,   odatda,   o'z   yutuqlarining
barqarorlashishi yoki pasayib borishi bilan safdan chiqib ketadi. Muallif bergan
ma'lumotlarga   ko'ra,   o'zi   ko'p   yillar   kuzatgan   kontingentda   boshlang'ich   sport
ixtisoslashuvi   guruhlari   o'quvchilarining   7%   qismigina   OZIBO'SMda   o'qishini
to'liq   yakunlagan,   ulardan   2,5%   i   sport   takomillashuvini   OZK   da   davom
ettirgan. Bundan tashqari, safdan chiqib ketgan suzuvchilarning 25% qismi 14-
16 yoshida boshqa sport turlari bilan shug'ullana boshlagan. 
Dastlabki saralashning yomon sifati o'quv-mashg'ulot guruhlarining tashkil
etilishida   aks   etadi.   Ko'pgina   ishlarda   ko'rsatilishicha.,dastlabki   tayyorgarlik
staji   diapazonining   kengligi   4   yildan   2-3   oygacha   eng   awalo,   sport   maktabi
O'MG laridagi mashg'ulotlaming birinchi yilida o'quvchilaming saralanib,chiqib
ketishiga   ta'sir   ko'rsatadi.   Safdan   chiqib   ketishlaming   tasodifiy   emasligini
quyidagi   faktdan   ham   bilish   mumkinki,   turli   yillarda   o'tkazilgan
tekshiruvlarning   ma'lumotlari   asosidagi   holatlariga   qarab   yosh   sportchilarni
toifalarga   taqsimlaganda,   dastlabki   tayyorgarlik   staji   eng   kichik   bo'lgan   chiqib
ketgan   bolalardan   alohida   sinf   tashkil   etilgan.   Bolalarning   bu   guruhida
mashg'ulot   yuklamasiga   yurakning   reaksiyasi   hamda   tiklanish   ko'rsatkichlariga
qaraganda, mashg'ulotlardagi topshiriqlarning 40% gacha qismini ular nihoyatda
zo'riqib bajarganlar.
30 Yosh sportchilarning mashg'ulotlarni erta tashlab ketishlarini bajarayotgan
mashqlaming   bir   me'yorda   ekanligi   hamda   psixik   charchoq   yuzaga   kelganligi
tufayli   mashg'ulotlarga   qiziqishning   yo'qolishi   bilan   izohlash   mumkin.
Tadqiqotlar   shuni   ko'rsatadiki,   bolalarning   katta   hajmli   topshiriqlarnii
bajarishlari o'zini oqlamaydi, chunki ular yurak, o'pka, qon tomirlarining morfo-
funksional   rivojlanishi   uchun   zarur   fiziologik   siljishlarni   yuzaga   keltirmaydi.
Sport   bilan   erta   shug'ullana   boshlaganda,   ko'p   yillik   tayyorgarlikning   uzoq
davom   etishi   ham   sportni   tashlab   ketishlar   hissasining   ortishiga   olib   kelishini
e'tibordan   soqit   qilmaslik   kerak[13].   Mashg'ulotlardagi   davomat   ko'rsatkichi
ham   yosh   sportchilaming   safdan   chiqib   ketishlariga   jiddiy   ta'sir   ko'rsatadi.
O'qishning   sifati   va   sur'ati,   bajarilgan   topshiriqlar   hajmi   bolalarning   o'quv-
mashg'ulot   darslariga   qatnashishlariga   bog'liq.   Mashg'ulotlarning   ko'p
qoldirilishi yosh sportchilarning umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi nuqtai
nazaridan o'z  tengdoshlaridan  ortda qolib  ketishiga  sabab  bo'lishi  mumkin[10].
Tez-tez   dars   qoldirish   natijasida   guruhdan   ortda   qolib   ketish   yuz   berar   ekan,
o'quvchida   o'z   imkoniyatlariga   ishonmaslik,   noqulaylik   kayfiyati   kuzatiladi.
Bularning   barchasi   muvofiq   ravishda   sport   mashg'ulotlariga   bo'lgan   qiziqishni
pasaytiradi   va,   shubhasiz,   safdan   chiqib   ketishga   olib   keladi.Sport   bilan
shug'ullanishning boshlang'ich bosqichida bolalarning davomati o'quvchilarning
qiziqishlari   hamda   ota-onalarning   mashg'ulot   jarayonidan   manfaatdorligi
darajasiga   bog'liq   bo'ladi.   A.I.Mixeyevning   tadqiqotlarida   ko'rsatilishicha,
kichik   yoshdagi   bolalarga   xos   beqarorlik,   motivlarning   shunchaki   xohishga
asoslanganligi ularning sport mashg'ulotlariga qiziqishini mustahkamlash hamda
kuchaltirishga   doir   alohida   pedagogik   ishlarni   talab   qiladi[14].   Ayni   vaqtda
aniqlandiki,   murabbiyning   sport   motivlarini   shakllantirish   yo'lidagi   maqsadli
faoliyati   sportga   qiziqishning   rivojlanishida,   charchash   bo'sag'asining
yuqorilashuvi   va   sport   natijalarining   ortishida   sezilarli   ijobiy   sijishlarga   sabab
bo'ladi. 
31 II BOB. TADQIQOTNING VAZIFALARI, METODLARI HAMDA
UNI TASHKIL ETISH
2.1. Tadqiqot v azifalari
1.   BO'SMlarda   faoliyat   olib   borayotgan   sport   to‘garaklarida
shug'ullanayotgan o‘quvchilarni aniqlash;
2.   O'quvchilarining   Sportga   yo'naltirish   va   sportda   saralashning   tibbiy-
biologik aspekllarini ochib berish;
3.   BO'SM   kontingentini   mustahkamlashga   yo'naltirilgan   o'quv-mashg'ulot
jarayonini   takomillashtirishda   tanlov   o'tkazish   bo'yicha   pedagogik   tadbirlar
majmuasini ishlab chiqish hamda tajribalar yordamida asoslab berish;
2.2. Tadqiqot metodlari
              Qo'yilgan   vazifalarni   hal   etish   uchun   quyidagi   tadqiqot
metodlaridan foydalanildi : 
       1. Maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlarni nazariy
tahlil qilish va umumlashtirish;
          2.   So'rovnoma   asosida   savol-javob   o'tkazish   yordamida   BO'SM
murabbiylarining amaliy tajribasini tahlil etish;
     3. BO'SM o'quvchilami faoliyati ustidagi pedagogik kuzatish;
    4. Pedagogik tajriba;                   
    5. Tadqiqot natijalarini matematik-statistik jihatdan tahlil qilish.
2.2.1. Maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlardan olingan ma'lumotlarni
nazariy tahlil qilish va ularni umumlashtirish
Mazkur usul dissertatsiyaning barcha vazifalarini hal etish uchun universal
hisoblanadi.   Tadqiqotning   vazifalarini   belgilash   hamda   olingan   natijalarini
muhokama   qilish   chog'ida   bu   usul   maqsadni   aniqlashtirishda   ham   eng
32 asosiylaridan biri bo'ldi, tadqiqotning ishchi farazini shakllantirish hamda ayrim
nazariy xulosalami asoslash imkonini berdi.
Tadqiqotning   vazifalarini   asoslash   va   usullarini   tanlashda   quyidagi   fan
sohalari   bo'yicha   adabiyotlar   o'rganildi:   jismoniy   tarbiya   va   sport   nazariyasi
hamda usuliyati, pedagogika, psixologiya, anatomiya, frziologiya, biomexanika,
matematik statistika.
  Maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlami o'rganish masalaning holati to'g'risida
tasavvur   hosil   qilishga,   mutaxassislarning   BO'SM   o'quvchilari   faoliyatiga
taalluqli fikrlari bilan tajriba ma'lumotlarini umumlashtirish, tadqiqotning ishchi
farazini shakllantirishga imkon berdi. Jami 100 dan ziyod ilmiy ishlar, jumladan,
vaqtli   matbuotda   e'lon   qilingan   maqolalar,   ilmiy   asarlar   to'plamlari,
monografiyalar,   darsliklar,   dissertatsiyalarning   avtoreferatlari   va   boshqalar
o'rganib  chiqildi.  Bulardan  20  nafar  muallifning  ishidan  dissertatsiyada   dalillar
keltirilgan (ular adabiyotlar ro'yxatida ko' rsatilgan).
2.2.2. So'rovnoma yordamida BO'SM murabbiylari amaliy taj ribasini
tahlil etish
             Ilg'or amaliy tajriba bilan tanishish va uni umumlashtirish maqsadida
Samaqand   shaharidagi   BO'SM   murabbiylari   orasida   so'rovnoma   asosida   savol
javob   o'tkazildi.   Bu   usul   eng   qulay   hamda   maqsadga   muvofiq   hisoblanadi,
chunki   u   tekshirilayotgan   masalaning   dolzarblik   darajasini   aniqlashga   yordam
beradi[15].   So'rovnomaga   BO'SM   o'quv-mashg'ulot   guruhlari   o'quvchilarining
qadriyatlarga munosabatini shakllantirishga oid savollar kiritildi.
2.2.3. BO'SM o'quvchilarini faoliyati ustidagi pedagogik kuzatish
Tabiiy   pedagogik   jarayon   to'g'risida   ma'lumotiar   olish,   o'quvchilar   haqida
dastlabki   axborotlarni   yig'ish,   tadqiqot   farazi   usuliyatini   aniqlashtirish
maqsadida pedagogik kuzatuvlar olib borildi.
33 2.2.4. Pedagogik tajriba
 Pedagogik tajrlba o' tkazishning asosiy bosqichlari :
I   bosqich   (2016-2017)   -   mazkur   mavzu   bo'yicha   ilgari   e'lon   qilingan
ishlarni   sinchiklab   nazariy   tahlil   qilish;   hal   etilmagan   muammolarni   aniqlash;
mazkur   tadqiqot   mavzusini   tanlash;   tadqiqotning   maqsad   va   vazifalarini
belgilash;   mazkur   muammoni   hal   qilish   bo'yicha   haqiqiy   amaliyotni   o'rganish;
sport   mashg'ulotlari   nazariyasi   hamda   amaliyotida   o'rganilayotgan   muammoni
hal   etishga   yordam   beradigan   mavjud   chora-tadbirlarni   o'rganish;   tadqiqot
farazini shakllantirish.
Bir qator vazifalarni o'z ichiga oladi: tajriba ob'ektlarining zarur miqdorini
tanlab   olish   (o'quvchilar   soni);   ilmiy   tajriba   o'tkazishning   zarur   davomiyligini
aniqlash;   tajriba   ob'ektining   dastlabki   holatini   o'rganish   uchun   muayyan
usullarni   tanlash;   tekshiriluvchilarning   kichkina   guruhida   usullarning   qulay
hamda  samaradorligini tekshirish, tegishli pedagogik ta'sirotlar natijasida tajriba
ob'ektida sodir bo'layotgan o'zgarishlar xususida fikr yuritishga imkon beradigan
belgilarni aniqlash.
Asosiy ishlab chiqilgan usuliyatning samaradorligini tekshirish uchun ilmiy
tajribalar   o'tkazishga   yo'naltirilgan.   Bu   bosqich   quyidagi   tadbirlardan   iborat:
tajriba   o'tkazilayotgan   doiradagi   tizimning   dastlabki   holatini   o'rganish
(o'quvchilaming   qadriyatlarga   munosabatini   shakllantirish   bosqichlari
aniqlandi); tajriba o'tkazayotgan sharoitlarning dastlabki holatini o'rganish; taklif
etilgan   o'lchamlar   tizimining   samaradorligi   mezonlarini   ta'riflab   berish;   tajriba
ishtirokchilariga   uni   o'tkazish   tartibi   hamda   samaradorligi   shartlari   yuzasidan
ko'rsatmalar   berish;   tajribaning   muayyan   vazifasini   hal   etish   bo'yicha   muallif
taklif   etayotgan   tadbirlar   tizimini   amalga   oshirish;   tadbirlarning   tajriba   tizimi
ta'siri   ostida   ob'ektlarning   o’zgarishini   tavsiflovchi   oraliq   kesimlar   asosida
tajribaning   borishi   to'g'risida   ma'lumotlarni   qayd   etish;   tajriba   o'tkazish
34 davomida yo'l qo'yish mumkin bo'lgan tipik kamchiliklar hamda qiyinchiliklarni
ko'rsatish; vaqt, mablag'lar hamda kuchning joriy sarfini baholash.
  IV   bosqich   (2017-2018)   yakunlovchi   tajribalar   asosida   chiqariladigan
xulosalarni   umumlashtirishga   yo'naltirilgan:   tadbirlarning   tajriba   tizimini
amalga   oshirish   natijalarini   bayon   etish   tajriba   ijobiy   natijalar   bergan
sharoitlarni   ta'riflash;   tajriba   ta'siri   o'tkazilayotgan   sub'ektlar   (o'quvchi   va
murabbiylar)   xususiyatlarini   bayon   etish;   vaqt,   kuch   hamda   mablag'lar   sarfi
to'g'risidagi   ma'lumotlarni   aniqlash;   tajriba   davomida   tekshirilgan   tadbirlar
tizimini qo'llash chegaralarini ko'rsatish[16].
2.2.5. Tadqiqot natijalarining matematik-statistik tahlili
Barcha hisoblash ishlari «Micrasoft-Excel» amaliy dasturidan foydalangan
holda   amalga   oshirildi.   Maxsus   adabiyotlarda   tavsiflangan   matematik
statistikaning umumiy qabul qilingan usullari qo'llanildi [17].
Quyidagilar hisoblab topildi :
- o'rtacha arifmetik kattalik (x);
- o'rtacha kvadrat og'ish kattaligi (u);
- variatsiyalar koeffitsienti (v);
-   tekshirilayotgan   jami   guruhlardagi   tafovutlar   hamda   ixtiyoriy   o'rtacha
kattaliklarning   ishonchliligini   baholash   uchun   Styudentning   t-mezonidan
foydalanildi. 
2.3. Sport mahoratiga erishish uchun erta sport ixtisosligi va optimal
yoshning ahamiyati
Sport yutuqlarining zamonaviy saviyasi sportchilar tayyorlashni ko'p yillik
tizimini   tashkil   etishni,samarali   tashkiliy   shakllarini   izlashni,   yuqori   malakali
sportchilar   qatorini   to'ldirib   borish   uchun   iqtidorli   yigit   va   qizlarni   sport   bilan
shug'ullanishga keng jalb qilishni talab etadi. Hozirgi vaqtda jahonda zamonaviy
35 sportning   natijalari   darajasi   shu   qadar   yuqoriki,   ularga   erishish   uchun   sportchi
kamyob marfologik xusisiyatlarga, jismoniy va psixologik majmua jixatlarining
mutanosibligi kabi talablarga javob berishi kerak, va ular albatta, rivojlanishning
eng  yuqori   saviyasida   bo'lishi   lozim.   Bunday   uyg'unlik,  ko'p   yillik  tayyorlovni
eng oqilona ravishda tuzulganiga va zarur sharoitlarning barchasi  yaratilganiga
qaramasdan   juda   kam   uchraydi.   Shuning   uchun   oliy   toifadagi   sportchilarni
tayyorlash   tizimining   eng   markaziy   masalasi   sportchilarni   saralash   va   yo'
naltirishdir.
Ma'lumki,   sport   natijlarining   oshishi   sport   mashg'ulotlari   uslubiyati   va
taktika   harakatlari,   texnik   vositalar   taraqqiyoti   va   ijrochilarining   samarali
reabilitatsiyasi   shuningdek,   ommaviylik   oshish   va   to'g'ri   saralashga   bog'liq.
Aksariyat   masalalar   yechimiga   muayyan   qaraganda   ijtimoiy,   iqtisodiy   va
tashkiliy   masalalar   bilan   belgilanadi.   Sportda   saralash-bu   ilmiy   tadqiqot,   ilmiy
izlanish   muammosidir.[18]   Bolalar   va   o'smirlarda   sport   mashg'ulotlariga
qiziqish sport  ixtisosligini  to'g'ri tanlash bilan belgilanadi, bu esa  o'z navbatida
sportdan   o'ziga   hos   individual   xususiyatlariga   bevosita   bog'liq   bo'ladi.   Har   bir
o'smir   uchun   sporl   faoliyatini   tanlash-sport   tanlovining   muhum   vazifasidir.   U
yoki   bu   sport   turi   bilan   qachon   mashg'ulotlar   boshlashga   nisbatan   bir   necha
qarama qarshi fikrlar mavjud. Bir tomondan, alohida sport turlarida "yosharish"
kuzatilmoqda.   yigit   va   qizlar   jahon   rekordlarini   ortda   qoldiradigan   natijalar
ko'rsatishmoqda.   Boshqa   tomondan   yirik   musobaqalarda   faol   ishtirok   etadigan
"keksa"   sportchilar   soni   ancha   oshdi.   Bolalik   va   o'smirlikda   sport
muvaffaqiyatlari   voyaga   yetganda   yuqori   natijalar     garovi   bo'la   olmaydi.  Yosh
sportchi   "vunderkindlar"   keyingi   yillarda   ko'rinmay   qoladi.   V.I.Chudinovning
fikicha,   turli   sport   turlarida   ixtisoslik   boshlanishi   yon   mashg'ulotalar   staji   va
maksimal   natijalar   me'yorlari   konstantasi   mavjud.   Erta   sportga   ixtisoslashish
shartmi? Mutaxasislar bu borada turli guruhlarga bo'linishdi. Ularning bir qismi
o'smirlar yuqori natijalarga erishishi  uchun kattalardek ixtisoslashtirilishi  kerak
deb   hisoblashsa,   boshqalari   maxsus   ko'nikmalami   kiritib,   sport   ixtisosligiga
36 shoshmasik   zarur   deyishadi;   boshqalar   esa   erta   sport   ixtisosligi   zaruriyatini
qat'iyan   rad   etishadi.   Lekin   ularning   barchasi   bir   fikrni   ya'ni   maksimal
tayyorgarlik   yuklamalari   zaruriyat   ekanligini   ilgari   suradilar.   Ularni   qachon   va
qanday tempda oshirish masalasini hal qilish zarur, xolos. Ko'pchilik Sportchilar
sport bilan erta shug'ullanmasada muvaffaqiyatga erishishadi. Masalan 1971 yil
Rus   xalqlari   Spartakiadasining   atiga   yarim   ishtirokchilari   yengil   atletika
mashg'ulotlariga   14-15   yoshga   yetmay   kirishgan   (A.A.   Gujalovskiy,).Rus
olimpiyachi   -   suzuvchilardan   hech   biri   10   yoshdan   ilgari   suzish   bilan
shug'ullanmagan  (N.J.  Bulgakova,  ). Ba'zi   mutaxasislarning   fikricha,  erta  spoft
ixtisosligi bola motorikasi atigi 12-13 yoshlarga borib shakillanishi tufayli zarur
hisoblanmaydi.   Lekin   qarama-qarshi   fikrlar   xam   mavjud.   1948-1968   yillar
davomida   olimpiya   o'yinlari   sovrundorlari   orasida   atigi   40%   14   yoshdan   so'ng
(15-   19   yosh),   lsyo   5-9   yoshda,   45oh   esa   10-14   yoshlarda   sport   bilan
shug'ullanib boshlashgan[19].
Katta   sportda   iqtidorlarini   yo'qotmaslik   uchun   A.A.   Gujalovskiy   (1976)
mashg'ulotlar boshlash uchun quyidagi yosh muddatlarini tavsiya qiladi (albatta,
shartli   ravishda):   murakkab   kordinatsiyali   sport   turlari   (sport   va   badiiy
gimnastika,   akrobatika,   konkida   figurali   uchish,   suvga   sakrash   va   b.)-7   yosh
atrofida;   "chidamlilikni   talab   qiluvchi   sport   turlari   (suzish,   chang'i,   konki,
voleybol, tennis va b.) 8-12 yosh;  og'ir atletika, kurash, boks bilan 14 yoshdan
so'ng shug'ullanishi mumkin.
Muayyan   sport   turida   erta   ixtisoslik   emas,   balki   o'smir   motorikasi   asosini
yaratish   uchun   shunchaki   mashg'ulot   zarur   degan   fikr   xam   mavjud.   O'smirlik
davrida   jahon   rekordlari   qonuniyat   hisoblanilmaydi.   Zamonaviy   sportning
"yosharishi"   borasidagi   tasavvur   alohida   shov-shuvli   holatlar   tufayli
shakillanadi.
Misol   uchun,   olimpiya   o'yinlari   tarixidagi   eng   yosh   ishtirokchi   1900-yil
parijda   rulchi   bilan   birgalikda   yakuniy   zaezdda   ishtirok   etgan   10   yoshli   o'g'il
bola   edi,   (familiyasi   hanuzgacha   noma'lum).   olimpiya   o'yinlari   eng   yosh   ayol
37 chempioni   1936   yil   suvga   sakrash   musobaqasida   g'olib   bo'lgan   3   yosharlik
amerikalik qiz M. Gestring (hujjatlar bilan tasdiqlangan) edi.
             Erkaklar orasida  olimpiya o'yinlari yosh diapazoni  10-73 yoshni  o‘z
ichiga   oladi.   Ayollar   orasida   ushbu   diapazon   11-70   yoshni   tashkil   etadi...Eng
keksa olimpiya ayoli" deb 70 yoshda 1972 yll Myunxenda ot sporti bo’yicha 12
o‘rinni   egallagan,   ingliz   ot   sporti   veteran   Xilda   Jonstonni   nazarda   tutishadi.   1-
jadvalda 1976 yil olimpiya o'yinlari 6 nafar final ishtirokchi ayollar va ulaming
tayyorgarligi   hamda   6   nafar   final   ishtirokchi   erkaklar   yoshi   keltirilgan,
shuningdek,   sportning   barcha   olimpiya   o'yinlari   tayyorgarligi   optimal   staji   aks
ettirilgan. Suzish va gimnstika vakillari eng yosh sportchilar ekanligi aniqlandi.
Ayol   olimpiyachilar   erkak   olimpiyachilardan   o'rtacha   2   yoshga   yoshroq
hisoblanadi. 
l-jadval 1976 yil olimpiya o'yinlari 6 final ishtirokchi ayollari 
Sport turi O'rtacha yosh Mashg'ulotlarning
optimal staj i (yil)
Suzish 17,5 6-7
Gimnastika 18,6 6-7
Suvga sakrash 20,2 5-6
Konkida figurali uchish 20,2 9-10
Baydarkada eshkak
eshish 23,0 4-5
Chana 23,0 5-6
Tog’ chang’isi 23,2 4-5
Yugurish 100-400 metr 23,4 5-6
Sakrash 23,4 8-9
Voleybol 23,5 5-6
Konki 23,5 8-9
Basketbol 23,6 8-9
Eshkak eshish 24,1 2-3
38 Qo’l to’pi 24,2 6-7
Yugurish 800-1500
metr 24,4 4-5
Yugurish 100 metr 24,5 8-9
Kamondan yoy otish 24,6 4-5
Beshkurash 25,2 9-10
Ot sporti 25,8 10-11
Uloqtirish 26,2 9-10
Chang’i poygasi 27,1 7-8
Qilichbozlik 28,4 7-8
Shunday   qilib,   sport   mashg'ulotlarini   boshlash   optimal   muddatlari,   balki
alohida   sport   turlari   bo'yicha   maksimal   sport   muvaffaqiyatlari   yosh   mezonlari
mavjud.   Maksimal   natijalarga   erishish   uchun   optimal   yosh   N.J.   Bulgakova
(suzish),   v.P.Filin(yengil   atletika),   G.s.Tumanyan   (gimnastika)   va   boshqalar
tomanidan   aniqlangan.Sportga   to'g'ri   yo'naltirish   va   muvofiq   saralash   uchun
sport   turlarida   yagona   ilmiy   tasnifi   zarurligi   shubxasiz.Sportga   yo'naltirish   va
saralash amaliyoti uchun quyidagilarni tavsiya qilish mumkin[20]. Inson harakat
imkoniyatlari   rivojlanishi   muayyan   darajada   individual   genotip   bilan
cheklangan.   Mashg'ulotlar   hajmi   erishilgan   natijalar   darajasi   orasida   bog'liqlik
mavjud   emas.   Sport   natijalarini   oshirish   maqsadida   yuklama   hajmini   oshirish,
faqatgina   natijani   pasaytirish   mumkin.   Sportga   saralashni   davrlashtirish   uchun
tanlangan sport turiga qiziqishning shakillanish  darajasi  muhum  ahamiyat  kasb
etadi. 
2.4. Yuqori malakali murabbiyning ijodkorligi va ijodiy uslublari
Kreativlik   deb   muammoni   mustaqil   va   noodatiy   hal   qiladigan,   original
g'oyalar taqdim etadigan shaxsning intellektual va shaxsiy xislatlari majmuasiga
aytiladi.   (K.G.   Tomilin).   Kreativlik   bu   yangi   uslub   bilan   amalga   oshirilgan
qobiliyatlar majmui (Makkellar), yangi aloqalar topish qobiliyati (Kyubi), yangi
39 munosabatlar   yaratish   (Rodjers),   yangi   fikrlar   (Meney),   yangiliklami   amalga
oshirish   va   o'zlashtirish   (Lassuel);   yangi   fikrlarga   olib   keluvchi   aql   faoliyati
(Jerar);  tajribani  yangi  tashkilotchilikka  aylantirish  (Teylor), yangicha  tasavvur
(Gizelin)dir.   Ijodiyot   jarayoni-   bu   ravon   yo'l   emas,   balki   evolutsion
rivojlanishning   murakkab   yo'nalishidir.   "Yaratuvchi   maqsadni   shakllantiradi,
maqsad   esa   yaratuvchini   shakllantiradi"   va   shaxs   kamoloti   yetti   bosqichda
amalga   oshiriladi:   manbali,   jismoniy,   shaxsiy,   shaxslararo,   professional,   ijodiy
va ma'naviy hislatlar jamlangan bo’lishi kerak. 
      Birinchi bosqich -  manbali bo'lib, tabiatdan berilgan potensialni o'z ichiga
oladi.   Ikkinchisi -   jismoniy   va   fiziologik   bo'lib,   salomatlik,   jismoniy   energiya,
jismoniy rivojlanish va sog'lom  shaxsning ijodini ta'minlovchi  ruhiy salomatlik
bilan   uzviy.   Uchinchisi -   shaxsiy   bo'lib,   rivojlanish   takomillashish   imkonini
beradi.   To'rtinchisi-   shaxslararo   bosqich   boshqa   kishilar   bilan   munosabatda
o'zaro   hurmat,   ishonch,   kirishuvchanlikni   va   hamkorlikni   ta'minlaydi.
Beshinchi -   professional  bosqichda professional balog'at, o'sish motivatsiyasi va
qadriyatlarga   intilish   kuzatiladi'   Oltinchisi   kreativ   darajada   yangilik   va
ijodkorlik   amalga   oshiriladi.   Bu   holatda,   eng   muhimi,   ziyraklik   va   ijodiylikka
to'g'ri   proporsional   kelajakni   bashorat   qila   olishdir.   Eng   yuqori   yettinchi   –
ma’naviy   bosqich   original   tasavvur,   ma'naviy   qadriyatlar,   yangilikka   intilish,
“insoniylik   hissiyotlari”   muayyan   axloqiy   me'yorlar   va   boshqalarda
ko'rinadi[21]. 
P.K.Engelmeyeming   fikricha,   ijodkorlikda   dohiylik   inson   ichki   hissiyoti
omili  giperlrofiyasi   sifatida  namoyon  bo'ladi,  ichki  hissiyot   (intuitsiya)  nafaqat
anglash,   balki   uzoq   yillar   davomida   erishilgan   tajribadir.   Aynan   shu   sababli,
B.M.Kedrov:   "olim   yoki   kashfiyotchining   juda   uzoq   va   mashaqqatli   mehnati
bo'lmaganda,   hech   qanday   ichki   hissiyot   mahsuldor   natija   bermagan   bo'lardi   "
degan[22].
Tadqiqotchilar  quyidagi  ichki  hissiyot  turlari:  hissiy  va mantiqiy, evristik,
obrazli va intellektual turlarini farqlashadi. Qo'shimcha tavsifnoma ham mavjud:
40 ilmiy   ichki   hissiyot   (tadqiqot   mantig'i   va   gipotezasini   ilmiy   bashorat   sifatida
ta'sir  qiladi), strategik (maqsad  va yakuniy natijani  ko'ra bilish);  taktik (obrazli
va   mazmunli);   empirik   (tajriba,   hissiy   sezgirlik,   hayotiy   munosabatlarga
asoslanadi);   konseptual   ("obraz-tushuncha");   eydetik   ("tushuncha-obraz");
professional texnologik. 
Tadqiqotchilarning   fikricha,   ichki   hissiyot   jarayonini   to'xtatish   to'g'ri   deb
hisoblangan   faoliyatlar   mantig'i   hisobiga   amalga   oshiriladi;   "ichki   hissiyot
mexanizmi   bir   hodisadan   oldin   bir   yarim   sharda   ma'lumotni   to'plash   va   qayta
ishlash;   boshqa   yarim   sharda   qaror   tayyorlash,   tugallash   toki   tushunish   bilan
bog'liq.   Tabiat   tomonidan   berilgan   ijodiy   qobiliyatlar   mohir   sportchi
rivojlanishining ijobiy dinamikasini o'stiradi[23]. 
D.Gilford   tadqiqotlarida   kreativlikni   ta'riflaydigan   omillar   keltirilgan:
aql  harakatchanligi,  tafakkur   tezkorligi   va  originalligi, muammoga  sezgirlik  va
boshqalar.L.B.   Yermolayeva-Tolinaning   fikricha,   ijodkor   bo'lishga
ko'maklashadigan   tafakkur   va   shaxsiy   sifatlar   majmuasi:   sinflash   kengligi,
assotsiasiya   qatorining   kengligi,   "assotsiatsiya   tarqoqligi";   fikr   tezligi   va
moslashuvchanligi; tafakkur originalligi; dinamizm ijodiy rivojlanish mexanizmi
sifatida   va   boshqalar   mavjud.   Tadqiqotchi   R.G.Efendiyeva   o'rganish   hoxishi,
kuchli   iroda,   hissiyotlilik,   shaxsiy   hayot,   hissiyotlar,   aql   va   iroda   uyg'unligini
farqlaydi.
N.F.Vishnyakovning   fikricha,   kreativlikning   quyidagi   ko'rsatgichlari:
ijodiy   tafakkur;   originallik;   qiziquvchanlik;   tasavvur;   ichki   hissiyot;
emotsionallik va empatiya; yumor hissi; kasbga professional yondashuv mavjud.
  Kreativlikni   cheklovchi   holatlar   ham   mavjud,   ular:   shaxsning
muvaffaqiyatga   intilishi   va   tavakkalchilikdan   cho'chish   hissi;   tengdoshlarga
o'xshashlikka   intilish,   qabul   qilingan   mey'orlardan   chetlashishdan   cho'chish;
rahbarlar   (o'qitivchi,   ota-onalar)   ning   o'yin   bilan   emas,   jiddiy   ish   bilan
shug'ullanish zarurligi borasida yo'riqnomasidir.
41 Sport murabbiysi ijdokorligining eng yaxshi tasnifi - uning ko'p qirraligidir.
Aynan   shu   sababli,   R.P.Povilenkoning   tadqiqoti   alohida   qiziqish   uyg'otadi,
chunki unda mashinasozlik bo'yicha minglab original ixtirolar tizimlashtirilgan,
200   dan   ortiq   texnik   yechim   va   90   usullar   aniqlangan[24].   Barcha   usullar
ijodkorlikning   o'nta   asosiy   tamoyillariga   bo'lindi:   analogiya   (o'xshashlik),
multiplikatsiya,   adaptatsiya   (moslashish),   neologiya   (yangilik),   differensiatsiya
(farqlash), integratsiya, dinamizatsiya, impulsatsiya, idealizatsiya va inversiya.
  Impulsatsiya   (lotin   tilida   "qo'zg'alish")   uzluksiz   bo'lmagan   jarayonlar
bilan   bog'liq.   Sportda   "impulsatsiya"dan   foydalanishning   yaqqol   dalili   sifatida
yengil   atletika   bo'yicha   dunyoga   mashhur   V.I.Alekseyev   tajribasini   keltirish
mumkin,   mamalakatda   eng   kuchli   yadro   uloqtiruvchisiga   (sportchining   jiddiy
kamchiligi,   yakuniy   urinishdan   so'ng   inersiyada   sektordan   sakrab   chiqib   ketar
edi)   boshqa   usullarning   foydasizligini   ko'rib,   murabbiy   uni   bog'dagi   qulagan
daraxt   yonida   uloqtirish   mashqini   bajarishga   majbur   qildi.   Bir   necha   marotaba
ushbu to'siqqa qattiq urilgan sportchi o'zining zararli odatini tashladi va keyingi
sport   karyerasi   davomida   yadro   uloqtirish   sektoridan   biron   marta   chiqib
ketmadi.
Analogiya   (grek   tilida   "mutanosiblik")   o'ziga   o'xshash   turli   tizimlami
topish   va   foydalanish   bilan   bog'liq.   Sportda   analogiya   juda   keng   qo'llaniladi,
misol   uchun,   o'rta   tog'   sharoitida   tayyorgarlik   mashg'ulotlari   yugurish,   suzish,
chang'ida yurish natijalarini oshiradi, hozirda u sport gimnastikasi, og'ir atletika
va yelkanli sportda qo'llanilmoqda.
Dinamizatsiya.   Tizim   yoki   uning   elementlari   tasnifi   har   bir   bosqichda
optimal   tarzda   muntazam   o'zgarishini   nazarda   tutadi.   Misol   sifatida   inson
ishtirokisiz.   shamol   yo'nalishiga   qarab   yelkanlar   o'rni   o'zgartiriladi   va
boshqalarni keltirish mumkin.
  Sportda   bu   uslub   sport   karyerasining   cho'qqisiga   ko'tarilgan,   u   bilan
alohida shug'ullanadigan o'z shaxsiy murabbiysi bo'lgan sportchiga qo'llaniladi.
42 Differensiatsiya   (lotin   tilida   "farq")   tizim   vazifalari   va   elementlarini
ajratishga   qaratilgan   bo'lib,   elementlar   aro   funksional   aloqalar   kuchsizlashadi,
ularning   harakati   erkinlashadi,   makon   va   zamonda   jarayonlar   elementlari
harakatlanadi[25].   Sportda   butun   mashqlami   bo'laklarga   bo'lish   va
takomillashtirish juda keng qo'llaniladi. 
Neologiya.   Bu   atama   (lotin   tilida   "yangilik")   mavjud   yoki   mutlaqo   yangi
sohalar   (vatanimiz   yoki   xorijda   ilg'or   tajribalardan   foydalanish)   uchun   yangi
jarayonlar,   tuzilmalar,   texnologiyalar,   material   shakllari   va   boshqalarni
tasniflashda   qo'llaniladi.   Qayerdadir   kimdir   tomonidan   allaqachon   kashf
qilingan va uni faqat topish kerakligi taxmin qilinadi.
Sportda   bu   uslub   yangi   jihozlarni   qo'lashda   o'z   aksini   topadi   jumladan,
uloqtiriladigan   yengil   atletika   nayzasining   yangi   shakli,   yaxta   uchun   tolali
yelkan, va kosmik texnologiyalarning yangi tuzilmalari.
Adaptatsiya   (lotin   tilida   "moslashish")   ma'lum   jarayonlar,   materiallar,
tuzilmalar yoki shakllarni o'zi uchun moslashtirishdir. G'oz pati-ruchka, hayvon
terisi-   ust-bosh,   palma   bargi-   soyabon,   bulaming   barchasi   adaptatsiya   uchun
misol   bo'la   oladi.   Barcha   ma'lum   bo'lgan   tizim   odatda   o'zgarishsiz   qolib,
faoliyatning yangi sohasiga, shu jumladan, sport sohasiga ham o'zlashtirladi.
Idealizatsiya.   Bu   uslub   uzoqlashish   zarur   bo'lgan   ideal   qarorni   nazarda
tutadi.   Texnikada   idealizatsiyaga   misol   tarzida   uzunlik,   kenglik,   og'irlikning
oshishi yoki pasayishini keltirish mumkin. Sportda idealizatsiya yetakchi uchun
psixologik   qulaylikni   yaratish,   hayotda   hamrohlik   qiladigan   zerikarli   ishdan
ozod   qilishni   nazarda   tutadi;   murabbiy-menedjerlar,   kemasozlar,   o'lchovchilar
va   boshqalar   faoliyati,   aynan   sportchi   uchun   yuqori   natijaga   erishish   shular
jumlasiga kiradi. 
Multiplikatsiya   (lotin   tilida   "ko'paytirish")   detallar,   vazifalar,
harakatlarning   soni   yoki   hajmining   oshishini   nazarda   tutib,   ular   bir-biriga
o'xshash bo'lib qolaveradi. Pichoqning hajmini o'zgartirib, qilich; yomon yo'lda
43 avtomobil g'ildiragi ostiga qo'yilgan temir plastina traktor va tankning g'ildiragi
ixtiro qilingan.
Aynan bitta qiyin she'rni juda ko'p marotaba takrorlash uni yodlab olishga
sabab   bo'ladi,   bu   pedagogikada   "yodlash"   deb   ataladi.   Xuddi   shunday   holat
sportda ham mavjud: Lyudmila Turisheva ko'plab soatlar davomida aynan bitta
murakkab kombinatsiyani takrorlagan. 
Inversiya   (lotin   tilida   "almashtirish")   tizim   va   undagi   elementlar   o'rni,
shakllar,   vazifalarni   almashtirishni   anglatadi.   Bu   uslubni   odatda   "teskari",
"aylanma", "orqa tomondan hujum" tamoyili deb ham altiladi.
Inversiya   tamoyili   yelkanli   sportda   qo'llaniladi,   unda   ro’lni   boshqaruvchi
va   yelkanchi   o'rinlarini   almashishadi,   har   biri   bir-birining   vazifasini   o'rganib,
jamoa va faoliyat tartibligiga erishiladi.
Integratsiya   (lotin   tilida   "butun")   tizim   vazifalari   va   elementlarini
birlashtirish,   birgalikda   olib   borish   va   soddalashtirishni   anglatadi;   makon   va
zamonda   ishlab   chiqarish,   qurilma   va   faoliyat   jarayonlarini   yaqinlashtiradi.
Sportda   integratsiya   deb   musobaqaga   tayyorgarlik   uslubiga   aytiladi,   unda
sportchining   barcha:   jismoniy,   texnik,   psixologik,   taktik   va   hatto   nazariy
jihatlari takomillashadi[26].
Murabbiyning   professional   faoliyati   muvaffaqiyatliligi   ma'lum   darajada
mutaxassisning   ko'p   qirraligi   bilan   bog’lanadi   (r=0,342-0,814;   r<0,05-0,001).
O’z   navbatida,   2-jadvalda   so'rovnomaga   asosan,   murabbiyning   ko'p   qirali
faoliyati, qobiliyati va o'nta ijodiy uslublarining (R.p. povilenko bo'yicha) tahlili
natijalari keltirilgan. 
2-jadval-  JM va sport bo'yicha mutaxassislarning ko'p qirraligi, qobiliyati va
ijodiy uslublari uzviy munosabatlarining tuzilmasi
Sport turlari:
Ko’rsatgichlar: Sport
o’yinlari,
n = 50 Gimnastika,
n = 39 Kurash,
n = 30
44 1. Kuzatuvchanlik  0,664 0,609
2. Didaktik qobiliyatlar 0,652 0,404
3. Gnostik qobiliyatlar  0,619 0,699
4.Ilmiy-pedagogik
qobiliyatlar 0,61.6 0,591 0,539
5.Ilmiy-uslubiy
tayyorgarlik   0,544 0,371 0,361
6. Nostandart qarorlar  0,526 0,779 0,466
7. Talabchanlik  0,525
8.Vaqtni   taqsimlash
qobiliyati 0,518 0,407
9.   Ekspressiv
qobiliyatlar 0,509 0,558 0,360
10. Artoritar qobiliyatlar 0,504 0,661 0,536
11. Shaxsiy qobiliyatlar 0,346 0,326
12.Konstruktiv
qobiliyatlar 0,346 0,496
13. Jamoaga hurmat  0,339
14.Tashkilotchilik
qobiliyatlari  0,338 0,518 0,495
15.Kommunikativ
qobiliyatlar  0,323 0,378
16. G’oyaviylik  0,290 0,511
17. Rag’bat uslubi  0,390
18. Jamoaga suyanish  0,452
19.   Favquloddagi
qobiliyatlar  0,619
20.Vazifalarni
murakkablashtirib borish 0,576
21. Neologiya  0,701 0,589
22. Dinamizatsiya 0,642 0,511
45 23. Integratsiya  0,634 0,491
24. Multiplikatsiya  0,602 0,493
25. Analogiya  0,486 0,387
26. Impulatsiya  0,473 0,379
27. Differensiatsiya  0,460 0,729
28. Idealizatsiya  0,457 0,347
29. Inversiya  0,410 0,431
30. Adaptatsiya 0,357 0,384
Murabbiylar   uslublarini   o'rganib,   shuni   aytish   mumkinki,   yelkanli   sport,
sport   o'yinlari,   gimnastikadagi   uslublaring   barchasi   ko'p   qirrali   mutaxassisni
tayyorlaydi. odatda murabbiy o'z faoliyatida ko'pi  bilan 7-g ijodiy uslublardan;
yetakchi   murabbiylar   esa   9-10   ta   uslublardan   foydalanadi.   sport   bo'yicha
adabiyotlarda   tasvirlangan   uslublarning   hech   biri   R.p.povilenkoning   o’nligidan
chiqib ketmadi. Ijodkorlik tabiati ham texnik vositalar, ham sport pedagogikasi
uchun   yagona   ekanligi   aniqlandi[27].   Murabbiylik   faoliyati   cho'qqilariga
yetishda   professionalning   imkoniyatlari   kengayishi   tendensiyasi   jadvalda   aniq
berilgan 
 Shaxsning tayanch professional ahamiyatli sifatlariga asoslanib (kreativlik,
noodatiy   qaror   yoki   aroritarlik;   ekspressiya   yoki   didaktik,   ilmiy-pedagogik
qobiliyatlar va b.) turli ijodiy uslublardan foydalanish murabbiy topologiyasiga -
bog'landi.
Tadqiqotlar tayyorgarlik jarayonida murabbiy faoliyati muvaffaqiyatliligini
oshirish uchun sportchilarni ikki mutaxassis 'Jamoa uslubi"da tayyorlashi kerak;
ulardan biri -A.v. Tarasov kabi hokkeyda - ma'mur va yetakchi; ikkinchisi- A.N.
Chernishevdek "analitik markaz" rolini bajarishi va yangi taktik kombinatsiyalar
generatori   bo'lishi   kerak.   Yuqori   darajada   barcha   ijodiy   uslublarni   bir
mutaxassis qamrab ololmaydi.
46 III.BOB. SPORTGA YO‘NALTIRISH VA SARALASHDA YOSH
ASPEKTLARI VA O‘QUVCHILAR KONTINGENTINI
MUSTAHKAMLASHGA YO‘NALTIRILGAN O‘QUV-MASHG’ULOT
JARAYONI  
3.1. Sportga saralashni bosqicha-bosqich o'tkazish
Sport  yutiqlarining zamonaviy saviyasi  sportchilar tayyorlashni  ko'p yillik
tizimini   tashkil   etishni,samarali   tashkiliy   shakllarini   izlashni,   yuqori   malakali
sportchilar   qatorini   to'ldirib   borish   uchun   iqtidorli   yigit   va   qizlarni   sport   bilan
shug'ullanishga   keng   jalb   qilishni   talab   etadi   .Ushbu   maqola   bolalarni   sportga
saralashni bosqichma-bosqich o'tkazish muxum ekanligi yoritilgan.
Hozirgi   vaqtda   jahonda   zamonaviy   sport   natijalarining   darajasi   shu   qadar
yuqoriki,   ularga   erishish   uchun   sportchi   kamyob   marfologik   xusisiyatlarga,
jismoniy va psixologik majmua jixatlarining mutanosibligi kabi talablarga javob
berishi   kerak,   va   ular   albatta,   rivojlanishning   eng   yuqori   saviyasida   bo'lishi
lozim.   Bunday   uyg'unlik,   ko'p   yillik   tayyorgarlik   bosqichlarini   eng   oqilona
ravishda   tuzulganligiga   va   zarur   shart-sharoitlarning   barchasi   yaratilganiga
qaramasdan   juda   kam   uchraydi.   Shuning   uchun   oily   toifadagi   sportchilarni
tayyorlash   tizimining   eng   markaziy   masalasi   sportchilarni   saralash   va
yo'naltirishdir. 
O'smirlar   ko'p   yillik   mashg'ulotlar   davomidagina   yuqori   malakali
sportchiga aylanishi mumkin. Shu sababli yo'naltirish va saralashni bosqichama
– bosqich amalga oshirish zarur. Hozirgi vaqtgacha boshlang'ich bosqich haqida
ko'p   fikrlar   bildiriladi.   Boshqa   bosqichlar   -aloxida   maxsus   masala   hisoblanadi.
Sport   mashg'ulotlarini   davrlashtirish   jarayoniga   muvofiq   bosqichma   -bosqich
saralash   o'tkazish   borasida   mutaxassislar   tamonidan   bir   nechta   tizimlar   taklif
etilgan. Har bir davr saralashning muayyan bosqichini o'z ichiga oladi; dastlabki
tayyorgarlik (7-10 yosh), boshlang'ich maxsus tayyorgarlik (10-12 yosh), asosiy
maxsus tayyorgarlik ( 13- 15 yosh), sport mahoratiga erishish (16-17 yosh) sport
47 mahoratini   takomillashtirish   (18   yoshdan   katta).   Bu   bosqichlaming   barchasi
gimnastika   sport   turi   uchun   to'g'ri   keladi.   Tezlik-kuch   talab   etadigan   sport
turlarida   ko'p  yillik  mashg'ulotlar   saralashning   quyidagi   bosqichlarini   o'zichiga
oladi:   dastlabki   tayyorgarlik   (10-yoshgacha,   haftasiga   6   soat),   boshlang'ich
tayyorgarlik (11-14 yosh, haftasiga 10 soat), maqsadli tayyorgarlik (15-17 yosh,
haftasiga 12 soat), sport kamoloti (18 yoshdan katta, haftasiga 14-16 soat).
Bulgakova   N.J   sportga   yo'naltirish   va   saralash   jarayonini   quyidagi   uch
bosqichga:   dastlabki   saralash,   tanlangan   sport   turida   boshlang'ich   ixtisoslik,
tasnifiy saralash taklifini kiritadi.
Dastlabki saralash - bu bosqichning muhimligi shundaki, bir tomondan har
bir   o'smirning   individual   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   sport
mashg'ulotlariga   to'g'ri   yo'naltirish   bo'lsa,   boshqa   tomondan,   iqtidorli   bolalarni
nazardan   chetda   qoldirmaslik,   sportga   qiziqish   uyg'otishdir.   Bu   bosqichda
imkoni boricha ko'p sonli bolalar va o'smirlar uchun mashg'ulotlar tashkil etish
kerak,   chunki,   birinchidan,   barcha   bolalarning   jismoniy   tarbiya   va   sport   bilan
shug'ullanishi   (bolalar   uchun   harakatlanish   -   to'g'ri   rivojlanish   uchun   zarur);
ikkinchidan, bolaning jismoniy sifatlari rivojlanishi yetarlicha bo'lmagan yuqori
darajasi   -   sport   mashg'ulotlari   uchun   g'ov   bo'1a   olmaydi,   ularning   tabiiy
qobiliyatiga binoan faoliyat turini tanlash lozim; uchunchidan, aynan bolalar va
o'smirlar ommasi orasida olimpiya zaxiralarini topish osonroqdir.
Saralashning   har   bir   bosqichida   o'smirlarni   asab   tizimi   xususiyatlari   va
shaxsiy   jihatlarini   inobatga   olish   zarur;   o'smiming   istaklari   daraj   asi   va   sport
bilan   shug'ullanish   sabablarini   tushunishga   harakat   qilish;   ta'limda   individual
yondoshuvni   izlash   va   ushbu   jarayon   samaradorligini   inobatga   olish
zarur.Jismoniy   sifatlarni   sinashda   uning   rivojlanish   darajasini   aniqlash   bilan
cheklanmaslik   kerak,   chunki   u   har   doim   ham   rivojlanish   potensialiga   mos
kelmaydi.   Jismoniy   sifatlarni   yuqori   boshlang'ich   darajasi   va   rivojlanishini
yuqori  templari  yosh sportchining istiqbolligidan darak beradi.Jismoniy sifatlar
rivojlanish   boshlang'ich   darajalari   saralashni   ishonchli   mezoni   bo'lmasada,
48 ularning ba'zi belgilari hanuzgacha konservativ bo'lib, yosh sportchi istiqobilini
belgilashda undan foydalanish mumkin. 
Jismoniy   sifatlar   rivojlanish   templari   haqida   muloxaza   uchun   l-2   yil
davomida   o'smirlarni   kuzatish   yetarli   hisoblanadi.   Inson   organizmi   rivojlanishi
va   o'sishi   nomutanosibligi   (geteroxronligi)   ma'lum.   Turli   yoshlarda
mashg'ulotlarga   nisbatan   belgilar   sezuvchanligi   aniqlangan.   Rivojlanishning
sensitiv   (sezuvchan,   tanqidiy)   davrlari   haqidagi   ta'limotga   binoan   tashqi   muhit
belgilariga   bog'liqlik,   bu   davrlarda   maksimum   darjaga   yetadi.   Yosh   davrlarida
jismoniy   sifatlar   rivojlanishi   uchun   eng   muqobilini   aniqlash   katta   amaliy
axamiyat   kasb   etadi[28].   Misol   uchun,   o'smirlarda   aerob   chidamlilikni   qachon
rivojlantirishi   noma'lum.   Ba'zilar   pubertat   davrida   deb   hisoblashadi,   chunki
mashg'ulotlar   orqali   MKIni   (maksimal   kislorod   iste'moli)   oshirish   uchun   juda
sezuvchan   bo'ladi.   Boshqalar   (esa   umumiy   chidamlilikni   rivojlantirish)   bu
vaqtda  MKI  (maksimal  kislarod  istemoli)  rivojlantirilmasa,   keyinchalik  u  yosh
insonning jismoniy salohiyatiga salbiy va tuzatib bo'lmaydigan ta'sir ko'rsatishi
mumkin.  Boshqalarning   fikricha,   umumiy  chidamlilikni   rivojlantirishni   imkoni
boricha   erta-maktabgacha   va   boshlang'ich   maktab   yoshida   boshlash   kerak,
chunki   yoshi   katta   sportchilarda   MKl(maksimal   kislarod   iste'moli)   oshish
nisbatan kichik meyorlarda amalga oshadi.
Maktab   yoshi   -   bolaning   rivojlanishida   eng   asosiy   bosqich   hisoblanadi.
Aynan   shu   sababli,   shu   yoshda   sport   bolaning   keyingi   barkamol   rivojlanishi
uchun   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Muayyan   darajada   yaxshi   chidamlilik
(tabiiyki, MKIning yaxshi ko'rsatgichlari) uning butun motorikasi rivojlanishini
kafolatlaydi.   Lekin   bolalarni   yoshligidanoq   chidamliligini   chiniqtirishga
berilmaslik kerak. Chunki keyingi 30 yilda mashg'ulot yuklamalari hajmi 10 va
undan ortiq barobar ko'paydi[29]. Masalan, suzishda yosh istiqbolli sportchi 25
km   suzib,   kuniga   6   soatdan   kam   shug'ullanmaslik   kerak.   Uning   odatiy   kun
tartibi   va   dam   olish   mehnat   soatlari   to'liq   o'zgartirilishi   kerak.   Yoshlikdagi   bu
yuklamalar   nafaqat   bu   salomatlik   uchun   xavfli   balki   butunlay   qiziqishni
49 so'ndirishi   mumkin.   Ba'zan   iqtidorli   sportchilar   o’z   imkoniyatlaridan   to'liq
foydalanmay,   sportni   tark   etishadi.   Shu   sababli,   yosh   sportchiga   juda   ko'p
yuklama   bermay,   suzish   texnikasini   rivojlantirish   kerak.   Unda   g'ayritabiiy
qobiliyatlar namoyon bo'lsada, ixtisoslikni 13 yoshdan keyin tavsiya etiladi. 
  Sportda saralash va yo'naltirish jarayonlarini to'g'ri davrlash uchun u yoki
bu yoshda tayyorgarlik yuklamalari hajmini to’g'ri hisobga olish zarur. Sportga
yo'naltirish   va   saralash   amaliyoti   uchun   quyidagilami   tavsiya   qilish   mumkin.
Inson   harakat   imkoniyatlari   rivojlanishi   muayyan   darajada   individual   genotip
bilan   cheklangan.   Mashg'ulotlar   hajmi   erishilgan   natljalar   darajasi   orasida
bog'liqlik  mavjud  emas.  Sport   natijalarini  oshirish   maqsadida   yuklama  hajmini
oshirish, faqatgina natijani pasaytirish mumkin. Har bir sportchi uchun sportning
har bir turida optimal yuklamalardan)r, aynan shu sababli, optimal tayyorgarlik
siri   har   doim   individualdir.Sportga   saralashni   davrlashtirish   uchun   tanlangan
sport   turiga   qiziqishning   shakillanish   darajasi   ham   axamiyatli.   Bolalaming
asosiy   qismi   5-6   sinflarda   sport   mashg'ulotlariga   muntazam   ishtirok   eta
boshlaydi   va   sport   turini   tanlashda   atrof   sharoitlari   va   vaziyati   asosiy   rol
o'ynaydi.   Odatda   qarorlar   o'rtoqlar,   o'qituvchi   va   ota-onalar   fikriga   bog'liq.
Qizlarni   ko'pincha   sport   mashg'ulotlarining   emotsional   tomoni   qiziqtirsa,
yigitlarni   kuchliroq   va   qudratliroq   bo'lish   imkoniyati   jalb   etadi.   Lekin   hamma
ota   -   onalar   ham   bolalarning   rivojlanishi   uchun   jismoniy   tarbiya   va   sport
mashg'ulotlari   zarurligini   tushuntirishmaydi.   Sport   seksiyalarida
shug'ulanadigan   bolalar   orasida   atigi   10   tadan   bittasi   ota-ona   tashabbusi   bilan
spotga   kirib   keladi.   Odatda   ota-onalar   farzandlarining   maktabda   jismoniy
tarbiya bo'yicha o'zlashtirishiga katta ahamiyat berishlari lozim.
3.2. Murabbiylarning amaliy faoliyatida ularning kasbiy vakolatlilik
ko'rsatkichlarini tahlil etish
Bugungi kunda yuqori malakali sportchilarga zaxira tayyorlovchi 1BO’SM 
2 I BO’SM 3 Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyat olib bormoqda.
50 Bolalar o’smirlar sport maktablarida bugungi kunda quyidagi guruhlar 
faoliyat olib bormoqda 
1-Sog’lomlashtrish guruhi
2- Boshlang’ich tayyorlov guruhi
3-O’quv mashg’ulot guruhi
4-Sport takomillashuv guruhlari
Bolalar o’smirlar sport maktablarida bu guruhlar quyidagi tartibda 
yuritiladi
Sog’lamlashtrish   guruhi   6   oydan   1   yilgacha   davom   etadi   bu   guruhda
ishtrokchilar   sonni   chegaralanmagan   bo’ladi   bu   guruhning   maqsadi   faqat   o’z
nomiga   ko’ra   sog’lomlashtrish   uchun   hizmat   qiladi.Bu   guruhga   o’quvchilar
tanlovsiz   qabul   qilinadi.Bu   guruhga   mashg’ulotlar   umumiy   o’tiladi(yengil
at,gimnastika,valeybol,basketbol,futbol.qo’l to’pi)yani aniq maqsadga qaratilgan
mashg’ulot   jarayonlari   tashkil   etilmaydi,oradan   6   oy   yoki   1   yil   o’tgach
murabbiy   sog’lomlashtrish   guruhidagi   o’quvchilar   orasidan   sport   turlariga
layoqatini   aniqalsh   bo’yicha   tanlov   o’tkazadi   tanlovda   quyidagi   sport   turlari
bo’yicha   Alpomish   va   barchinoy   maxsus   test   meyorlari   talabini   bajargan
o’quvchilarni aniq maqsadga qaratilgan sport turlariga yo’naltiradi va shu tariqa
har   bir   murabbiy   o’quvchilar   orasidan   turli   sport   turlariga   layoqati   bor
o’quvchialrni saralab oladi.
Boshlang’ich tayyorlov guruhi
Bu guruhga sog’lomlashtrish guruhidan sarallab olingan yoki Alpomish va
barchinoy   maxsus   test   meyorlarini   bajargan     o’quvchilar   saralab   olinadi.Bu
guruhning faoliyati 1yildan 3 yilgacha davom etadi.
BTG1,     BTG2   ,   BTG3   O’quvchilarning   jismoniy   imkonyatiiga   qarab
guruhdan guruhga o’tkiziladi guruhga o’tkizishda sport turlari bo’yicha talablar
qo’yiladi talablarni bajargan o’quvchilar saralab olinadi.
51 Bu guruh o’quvchilari sport toifasiga ega bo’lmagan o’quvchialr olinadi
Musobaqalar jarayonida(BO’SM birinchiligi,Viloyat chempionati va h k)
1-2-3- Orinlarni egalagan o’quvchilarga II-III- yosh toifalari bo’yicha sport
razryadi ega bo’lgan sportchilarni yetkazib chiqarish uchun xizmat qiladi.
Yosh toifasiga ega bo’lgan sportchilar murabbiyning ko’rstmasiga binoan 
o’quv mashg’ulot guruhiga o’tkaziladi.
O’quv mashg’ulot guruhi(UMG)
Bu guruhga  I-II-III- yosh o’smirlar toifasini bajargan yoki toifasini qo’lga
kiritgan   o’quvchilar   qabul   qilinadi   ,bularning   mashg’ulot   jarayonlari   ko’proq
maxsus jismoniy tayyorgarlikga qaratilgan bo’ladi.Bu guruhda ishtrokchilar soni
BTG guruhiga qaraganda ancha kamroq bo’ladi bu guruhga kamida 1 yil BTG
guruhi   tassarufida   shug’ulangan   o’quvchilar   qabul   qilinadi.Bu   guruhdagi
o’quvchilar   I-II-   yosh   toifalarini   bajargan   o’quvchilar   O’zbekiston
chempionatida ishtrok etish huquqini qo’lga kiritadi
Sport takomillashuv guruhi
Bu   guruhga   kamida   tayyorgarlik   davri   2va   3   yildan   ziyod   bo’lgan
o’quvchilar.
O’zbekiston chempionatida sovirli o’rinlarni qo’lga kiritgan o’quvchilardan
tashkil qilinadi.
Sportchialrning sonni yuqoridagi ikki guruhga nisbatan ancha kam bo’ladi
Tadqiqotlar   orqali,   bir   tomondan,   kichik   yoshdagi   kurashchilaming   o’z
murabbiyiga   so'zsiz   ishonchi   namoyon   bo'lishi,   ikkinchi   tomondan,
o’quvchilarning   sportni   tashlab   ketishi   kurash   bilan   shug'ullanishning   aynan
dastlabki   yillarida   sodir   bo'lishi   aniqlandi.   Bolalarda   motivatsiya   sohasining
etilmaganligi,   ularning   sport   bilan   shug'ullanishi   haqiqiy   motivlarni   shartli
ravishda   anglash,   sportga   qiziqishlarining   bo'sh   va   beqarorligi   sharoitida,
52 aftidan,   BO‘SM   kontingentini   mustahkamlash   hamda   sportni   tashlab   ketishlar
darajasini   pasaytirishning   hal   qiluvchi   sharti   qo'llaniladigan   mashg'ulot
vositalari hamda pedagogik ta’sir usullarining yosh xususiyatlariga mos bo’lishi
hisoblanadi.
Murabbiylar   qo'llaydigan   ta'sir   vositalari   va   usullari   bolaning   yoshi,
organizmning imkoniyatlari nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligini o’rganish
uchun,   eng   avvalo,   kurash   bo'yicha   BO’SM   uchun   dasturiy   imkoniyatlardan
tavsiyalarga   nisbatan   sport   maktabi   o'quvchilari   tomonidan   haqiqatan
bajariladigan   mashg'ulot   va   musobaqa   yuklamalari   hajmi   taqqoslandi[30].
Boshlang’ich   sport   ixtisoslashuvi   bosqichida   turli   yo'nalishdagi
mashg’ulotlarning   amalda   bajariladigan   soatlar   hajmi   nisbatlarini   taqqoslash
o'quv-mashg’ulot jarayonidagi bir qator salbiy o'zgarishlarni ochib berdi. Salbiy
xususiyatga   ega   bo'lgan   o'zgarishlarning   tasodifiy   emasligini   chuqur   sport
ixtisoslashuvi bosqichida aniqlangan xuddi o'sha yo'nalishning yana ham yaqqol
ifodalanishi ta'kidlaydi.
Shunisi   diqqatga   sazovorki,   har   ikkala   bosqichda   mashg'ulotlarning
umumiy   hajmi   mavjud   tavsiyalarga   muvofiq   bo'lib   (mos   ravishda   312   va   468
soat),   lekin   shu   holda   tashkiliy-tayyorgarlik   tadbirlariga   mo'ljallangan   umumiy
vaqt   hajmi   ancha   o'sdi   (75%   ga.   42   soatga   qarshi   56   soat).   Mashg'ulotlarning
hajmi   esa   amalda   o'zgarmay   qoldi   (1,08%   gagina   oshdi)   Biroq   musobaqa   oldi
tayyorgarligi   hamda   musobaqa   amaliyotini   o'tkazish   uchun   tavsiya   etilgan
soatlarning   hajmi   ancha   kamaydi   (mos   ravishda   31,25%   va   66,67%   ga).   Agar
oxirgi   faktni   qisqargan   moliyalashtirish   muammolari   hamda   musobaqalar
umumiy   sonining   kamayganligi   bilan   izohlash   mumkin   bo'lsa,   nazariy
mashg'ulot   soatlarining   qisqarish   sabablarini   tushuntirish   qiyin   (3   marotabadan
ko'proq).   Kurashchilarda   musobaqa   amaliyoti   hajmining   kamayishi   nazariy
mashg'ulotlar   va   psixologik   tayyorgarlik   uchun   soatning   oshishiga   olib
kelmagan (tavsiya etllgan 22 soat o'rniga 11 soat).
53 Yirikroq,   ayniqsa,   boshqa   shaharlarda   o'tkaziladigan   musobaqalar
miqdorining   qisqarishi   ham   afsuslanarli   holat.   Musobaqa   amaliyoti   hajmining
bu   darajada   qisqartirilishi   muvofiq   ravishda   yillik   tayyorgarlik   sikli
bosqichlarini   qurishda   jiddiy   izdan   chiqishlarga   sabab   bo'ldi.   Musobaqa
tayyorgarligi   mashg'ulotlarining   umumiy   kamaytirilishi   fonida   nazariy,   taktik
mashg'ulotlarga,   psixologik   tayyorgarlikka   kamroq   e'tibor   beriladigan   bo'ldi.
Natijada, o'quv soatlari o'rnini qoplash uchun umumiy texnik-taktik tayyorgarlik
hajmi oshdi, mashg'ulotlami tashkil etishga nomaqbul tarzda sarflanadigan vaqt
hajmi yana ham ko'paydi. 
Musobaqa sport tayyorgarligining shunday muhim vositasi va usuliki, unga
mo'ljallangan   soatlar   hajmini   jiddiy   kamaytirish   mashg'ulot   jarayoniga   yanada
rang barang vosita hamda usullarni kiritish, musobaqa xususiyatiga ega bo'lgan
boshqa   tadbirlarni   kengaytirish   bilan   borishi   kerakdek   tuyuladi.   Aynan   shu
maqsadda   Samarqand   viloyatining   erkin   kurash   bo'yicha   20   nafar   murabbiysi
o'rtasida  so'rov  o'tkazildi  (1-ilova).  So'rovnoma  asosida   o'tkazilgan  savol-javob
orqali   aniqlandiki,   yosh   kurashchilar   bilan   malakali   murabbiy-pedagoglar
ishlaydi:   so'rovda   ishtirok   etganlar   jismoniy   tarbiya   yo'nalishi   bo’yicha   oliy
ma’lumotga   ega.   So'rovnomaga   kiritilgan   savollar   mamlakatning   ma'lum
mintaqasi   murabbiylari   tomonidan   sport   maktablari   kontingentini   to’ldirish
uchun amalga oshirilayotgan tamoyillar, yosh sportchilami saralash va ularning
ko'p   yillik   tayyorgarligiga   mavjud   yondashuvlar   to'g'risida   tasavvur   hosil
qilishga   ham   imkon   beradi.   Javoblarni   umumlashtirib,   bir   tomondan,
murabbiylarning   yosh   sportchilami   tayyorlash   nazariyasi   umumiy   asoslarini
qanchalik   bilishi   to’g’risida   xulosa   yasadik.   Shuningdek,   Samarqand   shahri
BO‘SMning   10   nafar   murabbiyi   faoliyatini   kuzatish   hamda   ulaming
so'rovnomadagi   javoblarini   o'quv-mashg.ulot   va   musobaqa   jarayoni   amaliyoti
bilan solishtirish kasbiy talablarni bilish va ularni amalga oshirish orasida jiddiy
ziddiyatlar   mavjudligini   ochib   berdi   (3.6-jadval).   Garchi   kurash   sohasida
malakali   murabbiy-pedagoglar   ishlayotgan   bo‘lsa   ham,   ularning   sport
54 ko'nikmalarini   o'rgatish,   turli   yosh   guruhlariga   mansub   kurashchilarni
tayyorlash,   tarbiyalash   usullari   to'g'risidagi   bilimlami   amalda   zarur
tarzda,qo’llanilmas ekan[31].
Boshlang'ich   tayyorgarlik   guruhlarini   tashkil   etishda   murabbiylar,   odatda,
yosh chegaralariga e'tibor bermaydilar. Shu bilan birga, OZIBO’SM larda sport
zahirasi   bilan   ishlayotgan   ko'pgina   murabbiylar   (mintaqalarning   murabbiylari)
fikricha,   BTG   ga   qabul   qilish   uchun   eng   maqsadga   muvofig’i   10   yosh
156,2%)va 11 yosh (37'5%). oddiy BO'SM murabbiylari sport mashg’ulotlarini
boshlash   uchun   eng   optimal   yosh   1l   (54,5%)   va   12   (27,3%)yoshlar   ekanligini
qayd   etganlar.   BO'SM   murabbiylarining   boshlang'ich   tayyorgarlik   guruhlari
davomat   jurnallarini   tekshirish   chindan   ham   BTGdagi   ko'pchilik   bolalar   10
yoshda ekanligini tasdiqladi. Biroq shug'ullanuvchilar miqdori bo’yicha ikkinchi
o’rinda 9 yoshli bolalar kontingenti turadi (37,5%).
3.-jadval. Murabbiy-o'quvchilar tarkibi orasida o'tkazilgan so’rov va
ularning amaliy faoliyatini kuzatish natijalari
Savollarning aspektlari  V%
Tafovutla
r                   So'rovnoma
o'tkazish Kuzatishla
r
N=32 N=8 N=8 N=8
1.  Boshlang ' ich
o ' rgatish
guruhlariga   qabul
qilish   uchun
maqbul   yosh 8 yosh 56,2 18,2 37,5 19,3
9 yosh 37,5 27,3 12,5 -14,8
10 yosh 6,3 54,5 50,0 -14,8
2.  BTG   ga   qabul
qilishda   yoshga
qat ' iy   e ' tibor   berish Ha  50,0 25,0 0 0
Yo'q 50,0 75,0 100 +25,0
Saralashni   maxsus
tadbir   sifatida
o ' tkazish Ha  62,5 25,0 25,0 -
Yo'q     75 75
Ba'zan 37,5 75 0 75
Sport zahirasi murabbiylarining yarmi (asosan OZIBO’M vakillari) BTGni
shakllantirishda   bir   yosh   guruhidagi   bolalarga   qarab   mo’ljal   olish   kerakligini
ta'kidlagan   bo'lsalar-da,   amaliyot   bergan   ko'rsatkichlar   o’zgacharoq.   BTGga
55 qabul qilinadigan kurashchilar yosh tafovutlaridagi yo'l qo’yish mumkin bo’lgan
chegaralar to'g'risida murabbiylarning bergan javoblari ham xuddi shunga ishora
qiladi.   Masalan,   barcha   murabbiylarning   6%gacha,qismi   yoshga   ko’ra   bu
tafovutlar   amalda   3   yilga   etishini,   3,12%   esa   2   yil,gacha   ekanligini
ko’rsatganlar[32].   BO’SM   murabbiylarining   ko'pchiligi   (75%   gacha)   bitta
guruhga   bolalarni   qat'iy   ravishda   yosh   mezonlariga   ko'ra   qabul   qilish   mumkin
emasligini   qayd   etganlar.   Ko'pgina   murabbiylar   bu   kontingentning   yosh
chegaralari,   odatda,   2   yilni   tashkil   etishini   ta'kidlaganlar   (75%).   Amaldagi
tekshiruv   esa   bir   o’quv   yilidagi   BTGda   yosh   tafovutlari   4   yilga   etishi
mumkinligini aniqladi. Chindan ham, ko’p yillik tayyorgarlik jarayonida sportni
tashlab   ketish   tufayli   miqdoriy   tarkibi   muntazam   kamayib   turadigan   guruhlar
kichik   yoshli   bolalar   hisobiga   to'ldirib   boriladi.   Yangi   qabul   qilingan
o'quvchilar,   odatda,   guruhning   asosiy   kontingenti   tayyorgarlik   darajasiga   mos
kelmaydi,   shunday   bo'lsa   ham,   ular   ancha   tayyorgarlik   ko'rgan   katta   yoshli
kurashchilarning mashg'ulotlariga darhol kirishishga majbur bo'ladilar. 
Boshlang'ich   o'rgatish   bosqichida   mashg'ulotlar   uchun   ota-onalarning   haq
to'lashini,   BTGda   qisman   haq   to'lashni   joriy   qilish   shunga   olib   keladiki,
guruhlarni shakllantirish ko'pincha tasodifiy kontingent bilan belgilanadi, bunda
bolalarning sport turiga qobiliyati bor-yo'qligi u qadar e'tiborga olinmaydi. 
Birinchi o'rgatish yilida sport maktabida, agar tibbiy tekshiruvning e'tirozi
bo'lmasa,   barcha   xohlovchilar   shug'ullanadilar.   Lekin   bolalarni   boshlang'ich
sport ixtisoslashuvi bosqichiga o'tkazish vaqtida murabbiylar saralashni mavjud
me'yorlar   asosida   maxsus   tadbir   sifatida   ba'zi-ba'zidagina   amalga   oshiradilar
(3.6- jadval).  
Murabbiylarning   javoblari   hamda   boshlang'ich   o'rgatish   guruhlarida
mashg'ulot jarayoni mazmunini kuzatish mashg'ulotlarning birinchi yillaridanoq
sport   tayyorgarligining   yaqqol   jadallashtirib   olib   borilishini   ko'rsatadi.
Boshlang'ich  tayyorgarlikni jadallashtirish faktlari sirasiga bolalarni  mashg'ulot
jarayoniga erta olib kirish (8-9 yoshda); mashg'ulot topshiriqlari hajmining yosh
56 mezonlariga   muvofiq   kelmasligi;   bolalar   bilan   mashg'ulotlarda   ishning   o'yin
shakllaridan   foydalanmaslik   va   mashqlarning   bir   xil   usulidan   ustuvor
foydalanish kabilar kiritilishi mumkin (4-jadval). 
Ayniqsa,   kurash   bo'yicha   BO'SM   uchun   tavsiyalar   va   dasturiy   hujjatlar,
murabbiylarning   darsda   qo'llanadigan   mashqlarning   zarur   hajmi   to'g'risidagi
javoblari bilan boshlang'ich sport ixtisoslashuvi bosqichida mashg'ulot darslarini
o'tkazish amaliyoti orasidagi nomuvofiqlik ko'p uchraydi.
4-jadval. Murabbiy-o'qituvchilar tarkibi orasida o'tkazilgan so.rov va
ularning amaliy faoliyatini kuzatish natijalari
Savollarning  xususiyat lari So'rovnoma
o'tkazish Kuzatishla
r Tafovutla
r
(%), N=8
N=30 N=8 N=8
1. O'yin 
topshiriqlari 
ustuvorligi Ha      
yo'q  65,5
34,5 75,0
25,0 12,5
87,5 -12,5
+12,5     
2. UJT bo'yticha 
mashg'ulotlarninig 
mavjudligi Ha      
yo'q  43,7
56,3 37,5
62,5 25,0
75,0 +12,5
-12,5
3. Murabbiyning 
shaxsiy vaqti 
hisobiga alohida ish
olib borish Ha      
yo'q  75,0
25,0 62,5
37,5 62,5
37,5 -
-
Amalda yuklamaning hajmi va jadalligini yoshga qarab oshirish dinamikasi
ham murabbiylar so'rovnomada ko'rsatganlaridan keskin farq qiladi. Masalan, g
yoshda   amalda   taklif   etilayotgan   yuklama   tavsiya   etilgan   ko'rsatkichdan
20%ga,9 yoshda esa 25% gacha yuqori. 10 yoshda kurashchilarga berilayotgan
yuklamaning   ko'rsatilgan   chegaradan   oshishi   endi   40%o   ga   etadi.   11   yoshda
mashg’ulotdagi yuklama hajmi tavsiya etilayotganidan o’rtacha 1,2-1,5 baravar
ortiq[33].
Yosh   sportchilar   tayyorgarligining   jadallashtirilishini   murabbiylar
ko’pincha   sportchining   umumta'lim   maktabini   tugatish   vaqtiga   kelib   sport
57 natijalari   cho'qqisiga   erishishi   zarurati   bilan   izohlamoqchi   bo'ladilar.
Murabbiyning   sportchi   tomonidan   maktabni   bitirish   vaqtida   yuqori   natijalar
ko’rsatishga muyassar bo’lish xohishi, bir tomondan, uning sport bilan aloqador
bo'lmagan   o'quv   yurtiga   kirib,   sport   takomillashuvi   bosqichida   mashg'ulotlarni
to'xtatib qo'yishidan cho’chishi bilan bog'1iq.
Pedagogik   kuzatuvlar   bolalar   sport   maktabida   o'quv-mashg'ulot   hamda
ta'limiy-ma'rifiy ishlarning zaif tashkil etilganligini ochib berdi (5-jadval). 
5-jadval. Murabbiylar orasidagi so'rov va ularning amaliy faoliyatini
kuzatish natijatari
Savollarning  xususiya tlari So'rovnoma
o'tkazish Kuzatishla
r Tafovutla
r                   
N=32 N=8
1. Nazariy 
mashg'ulotlarni 
tashkil etish Ha              
yo'q  100
0 100     0 12,5
87,5 87,5
12,5
2. Qo'shimcha 
mashg'ulotlarni 
tashkil etish Musobaqala
r (rejadan 
tashqari) 12,5 37,5       37,5 0
Sport 
bayramlari  25,0 25,0 25,0 0
Boshqa 
shakllar 18,7 -               -               -              
O'tkazmaga
n  21,6 12,5 12,5
0
  So'rovning   xolisligi   har   qancha   shartli   bo'lmasin,   murabbiylarning
pedagogik   ta'sir   ko'rsatish   vositalari   hamda   usullarini   qo’llashidagi
cheklanganlik diqqatni o'ziga tortadi.
Murabbiyning   o'quvchilar   bilan   asosiy   muloqot   qilish   usuli   oldindagi
mashg'ulotning   xususiyatlari   haqida   ko'rsatmalar   shaklida   tushuncha   berish
(pedagogik   tadbirlarga   ajratilgan   vaqtning   60%   dan   ortiq   qismi).   Bolalar   bilan
suhbatlar (30%), hikoya qilib berish (10%) kam o'tkaziladi. Nazariy tayyorgarlik
va maxsus  tarbiyaviy yo'nalishdagi  mashg'ulotlar umuman o’tkazilmaydi. Ayni
58 vaqtda barcha murabbiylar  (100%)  nazariy mashg’ulotlarni  muntazam  o’tkazib
borishlarini   ko'rsatganlar[34].   Suhbatlar   chog'ida   sportning   rivojlanish   tarixi,
zamonaviy   sport   va   dunyoning   eng   kuchli   kurashchilarini   tayyorlash   tajribasi,
ularning sport hayoti kabi mavzularga deyarli murojat qilinmaydi. Xuddi shunga
o'xshash,   murabbiylar   sog'lom   turmush   tarzi,   kurash   mashg'ulotlarining
organizm   rivojiga   ko'rsatadigan   ta'siri   haqidagi   suhbatlarni   olib   bormaydilar,
faol   targ'ibotchi   sifatida   ish   ko'rmaydilar,   ulaming   ko'pchiligi   (68%)   o'quv-
mashg'ulot   soatlaridan   tashqari   biror   tadbir   o'tkazmaydilar   murabbiylarning
arzimas bir qismigina sayohatlar, sport bayramlari va boshqa tadbirlami tashkil
etib turadi.
Shunday   qilib,   so'rovnoma   o'tkazishning   o'zi   hamda   murabbiylar
tomonidan   mashg'ulotlarni   tashkil   etish   ustida   olib   borilgan   pedagogik
kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, o'quv-mashg'ulot jarayonida bir xildagi mashg'ulot
topshiriqlari   ustuvor,   mashq   jadallashtirib   o'tkazilayotgan   tayyorgarlikning
vositasi   va   asosiy   usuli   bo'lib   qolgan.   Yosh   sportchilarni   tayyorlashda
psixologik-pedagogik   usullarga   deyarli   ahamiyat   berilmaydi.   O'quv-mashg'ulot
ishlarining darajasi  past;  o'yin yo'nalishiga ega bo'lgan mashg'ulotlar  foizi  juda
kichik   –   5%,   nazariy   mashg'ulotlarni   tarbiyaviy-ta'limiy   xususiyatli   boshqa   ish
shakllari   kabi   bor-yo'g'i   10%   murabbiylargina   amalga   oshiradilar.   O'quv-
mashg'ulot   guruhlari   o'quvchilari   bilan   ish   olib   borishning   usuli   va   shakli
sifatidagi   individuallashtirish   faqat   mashg'ulot   topshiriqlarini   bajarish
jarayonidagina   kurash   texnikasi   bo'yicha   e'tirozlar   yoki   baqirish   ko'   rinishida
ro'yobga chiqariladi[35].
Murabbiylar   faoliyatini   pedagogik   kuzatish   va   xronometraj   o’tkazish
mashg'ulotlarning   bayonnomalarini   tuzish   imkonini   berdi,   ularni   tahlil   etish
sport   mashg'ulotlarining   qo'llanilayotgan   vosita   va   usullari   cheklanganligini
yana   ham   ko'proq   tasdiqladi.   Ayni   paytda   murabbiyning   ishga   mohirona
munosabati   bilan   (mashg'ulotning   zichligi,   o'z   vaqtida   boshlash,   tanaffuslar
miqdori, intizomni buzish) bolalarning mashg'ulotlarga qatnashishi orasida aniq
59 bog'liqlik   ko'zga   tashlanadi.   Masalan,   yuqori   davomat   -   100%   gacha
mashg'ulotlari   zichligining   kattaligi   hamda   qo'llaydigan   vosita   va   usullarining
rang-barangligi  bilan  ajralib  turadigan  murabbiylar   uchun  xos.  Mashg'ulotlarda
muntazam   ravishda   bir   me'yorli,   bir   xil   topshiriqlarni   qo'llaydigan
murabbiylarning mashg'ulotlarida davomat o'rtacha 65% ga teng bo'ldi.
Musobaqalar   oldidan,   odatda,   mashg'ulotlarda   davomat   ancha   faollashdi.
Bu davrda mashg'ulotlarda musobaqa elementlari kuzatildi, murabbiylar har bir
yosh   sportchining   ishiga   tez-tez   baho   berib   turdilar;   mashg'ulotda   asosiy
turishda, shuningdek, parterda kurashning alohida usullarini bajarish texnikasini
kuchaytirish   uchun   topshiriqlar   ko'proq   bo'ldi.   Bunday   mashg'ulotlar
kurashchilarning   hissiy   holatlari   va   kayfiyatlarining   ko'tarinkiligi   bilan
odatdagilaridan ajralib turdi.
Umuman   olganda,   pedagogik   kuzatuvlar   shuni   ko'rsatdiki,   tahlil   qilingan
mashg'ulotlar   umumiy   miqdorining   36,2%   faqatginaa   motor   zichlik   hamda
davomat   ko'rsatkichlari   yuqori   bo'ldi.   Ijobiy   xulosa   chiqarishga   sabab   bo'lgan
mashg'ulotlarda murabbiyning o'quvchilar bilan uzluksiz munosabati qayd etildi.
Bunda   kurash   texnikasidagi   nuqsonlami   tuzatishga   oid   ko'rsatmalar,   ularning
muvaffaqiyatidan qat'i nazar, barchasiga barobar tegishli edi.
O'tkazilish   sifatiga   ko'ra   salbiy   xulosa   chiqarishga   sabab   bo'lgan
mashg'ulotlarda   bir   me'yorli   mashqlarning   ustuvorligi   kuzatildi.   Ko'pchilik
hollarda   bajarilgan   topshiriqlami   batafsil   tahlil   etishga   o'rin   berilmadi,
murabbiyning   ishtiroki   uning   qistab   baqirib   turishlari,   norozi   ohangdagi
e'tirozlari   shaklida   ifodalandi[36].   Aynan   shunday   murabbiylaming
mashg'ulotlarida davomat past bo'lib, ularning guruhlarida turli yoshdagi bolalar
ko'proq va sportni tashlab ketuvchilar soni ham ortiqroq edi. 
60 3.3. O‘quv-mashg’ulot jarayonini takomillashtirishning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlash va pedagogik tajribada o‘quv-mashg’ulot
yo‘nalishlarini amalga oshirishning usul va vositalari
O'tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq 6 -jadvalda sport maktabining pedagogik
jamoasi faoliyatidagi salbiy jihatlar ko'rsatildi.
6-jadval. BO'SM murabbiylari faoliyatida ijobiy va salbiy jihatlarning
mavjudligi
Murabiyning ishi
yo'nalishlari Qayd etilgan
nuqsonlar Ijobiy jihatlar
1. Guruhni shakllantirish 1.1. Bir guruh bolalari
yoshi orasidagi jiddiy
Tafovutlar
(3-4 yoshgacha)
1.2.Bolalar orasida
maqsadli saralashning
(tanlovning) yo'qligi 1.1. Jismoniy
rivojlanishi
ko'rsatkichlari eng
yaxshi va muayyan tana
tizimiga ega bo'lgan
bolalarni qabul vaqtida
ustun qo'yish.
1.2. Guruh o'quvchilari
miqdorining talab etila-
digan standartga
mosligi.
1.3. Alohida cheklovlar
va tibbiy-shifokorlik
qarshi ko'rsatmalari
bo'lmagan bolalar
xohishiga ko'ra qabul
qilinadi.
2. O'quv-mashg'ulot
jarayonining xususiyati. 2.1.Mag'ulotlarda hissiy
fonning o'ta pastligi.
2.2. UJTni faqat badan 2.1. Kurashning texnik
harakatlarini o'rganish
ustida ko'proq ishlash.
2.2. Bolalarda chidamli-
61 qizdirish uchun kiritish.
2.3.Bola shaxsini
tarbiyalash bo'yicha
nazariy mashqlar va
yo'naltirilgan ishning
yo'qligi. lik sifati va umumiy ish
Qobiliyatini rivojlan-
tirishga intilish.
2.3. Bolaning alohida
xususiyatlari va
jismoniy
imkoniyatlaridan kelib
chiqib yuklamani
tabaqalashtirib berishga
intilish.
3. O’quvchilar bilan
o’quv-mashg’ulot
ishlarini tashkil qilish. 3.1.Ijtimoiy jihatdan
ahamiyatli sifatlar va
sportchilarga xos fe’l-
atvor xususiyatlarini
tarbiyalash bo’yicha
murabbiyning
faoliyatining yo’qligi.
3.2. Bolalar bilan psixo-
logik-pedagogik ishlarni
olib borish ko’nikmalari
va amaliyotning
yo’qligi. 3.1 Kurash zalida
bolallarning o'zini
rutishi hamda ulaming
kurash
usullarini qo'llashda
xavfsizlik qoidalariga
rioya qilishi ustidan
doimiy nazorar olib
borish.
3.2.Yosh sportchida
to'g'ri kun tartibi va dam
olish tanibini shakllan-
tirirish
Ishda belgilangan tadqiqot ma'lumotlari boshlang'ich tayyorgarlik guruhlari
o'quvchilari   kontingentini   mustahkamlash   strategiyasi   sifatida   quyidagi
yo'nalishlami ko’rsatish imkonini berdi:
  l)Sport   mashg'ulotlariga   o'quvchilarni   mezon   asosida   qabul   qilishlarini
qat'iy amalga oshirish 
62 2)   jismoniy   sifatlar   va   harakat   qobiliyatlarini   tarbiyalash   vosita   va
usullarini   tanlashda   mashg'ulotlarni   tashkil   etishning   faol   shakllariga   ustunlik
berish   (o’yinlar,   estafetalar,   bellashuv   elementiga   ega   bo'lgan,   jumladan,
jamoaviy mashqlar); 
3)   ota-onalar   va   bolalar   bilan   olib   boriladigan   ma'rifiy-targ’ibot   ishlarida
muntazam   chiniqish   hamda   salomatlikni   mustahkamlashga,   shuningdek,   oila
tomonidan bolaning kun tartibi, dam olish tartibiga rioya qilishini nazarat ostida
tutish zaruratiga kuchliroq urg'u berish;
Shunday   qilib,   boshlang'ich   tayyorgarlik   bosqichida   maqsadlar   hamda
pedagogik   vazifalarni   belgilashdek   umumiy   qabul   qilingan   amaliyotdan   farqli
o'laroq   pedagogik   tajribani   rejalashtirishda   o'quvchilarni   tanlov   asosida   qabul
qilish   vazifalarni   hal   etishga   asosiy   e'tibor   qaratildi.   Murabbiyning   mazkur
jarayonga ota-onalami jalb etish, jumladan, ularning umuman sport va jismoniy
tarbiya sohasidagi  bilimlari darajasini oshirish bo’yicha faoliyatini kuchaytirish
alohida o'ringa ega bo'ldi.
Pedagogik   tajribaning   maqsadiga   muvofiq   o'quv-mashg’ulot   jarayonlarini
takomillashtirish   tadbirlarini   o'tkazish   rejasi   ishlab   chiqildi   hamda   uni
pedagogik jarayonning tabiiy sharoitlarida amalga oshirish dasturi tuzildi. 
  Tajribaning maqsadi  maxsus yo'naltirilgan o'quv-mashg’ulot jarayonining
vosita   va   usullarini   qo'llagan   holda   o'quv-mashg’ulot   darslarining   tajriba
modelini   tashkil   etish   yo'li   bilan   boshlang'ich   tayyorgarlik   bosqichida
o’quvchilarning sportni tashlab ketishi darajasini pasaytirishdir.
Pedagogik  tajribada   Samarqand   shahrining   erkin   kurash   bo’yicha   BO’SM
o'quvchilari ishtirok etdilar. Boshlang'ich tayyorgarlik guruhlarida dastlabki ikki
yil   davomidagi   mashg'ulotlarda   kuzatilgan   bolalarning   davomati   va   sportni
tashlab   ketishi   ko'rsatkichlari   ikki   yil   mobaynida   olib   borilgan   ishning
samaradorligi mezoni qilib olindi. Guruhni shakllantirishda muntazam ravishda
mashg’ulotlarga qatnashgan, kam kasal bo'lgan va darslarda faollik, mustaqillik
63 ko’rsatgan   bolalarga   ustunlik   berildi.   Shuningdek,   farzandlarining   yutuqlari
bilan   qiziqadigan,   ularning   sport   maktabidagi   mashg'ulotlarga   qatnashishidan
manfaatdor bo'lgan ota-onalarga, bolalarga ham alohida e'tibor qaratildi.
 Bolalarni BO'SM BTGga qabul qilish oldidan o'quvchilar va ularning ota-
onalari   bilan   majlis   o'tkazildi,   bu   majlisda   yig'ilganlar   BO'SM   talablari,   eng
avvalo,   o'quvchilarning   o'zini   tutish   qoidalari   va   kun   tartibi   bilan   tanishdilar.
Barcha   ota-onalar   tegishli   so'rovnomalarni   to'ldirib,   o'z   farzandlarini   sport
maktabi   BTGga   qabul   qilish   to'g'risida   ariza   yozdilar   murabbiy   hamda   sport
maktabi   ma'muriyati   talablariga   roziliklarini   imzolari   bilan   tasdiqladilar.   Ayni
vaqtda,   ota-onalar   o'tkazilayotgan   tajribaning   umumiy   yo'nalishi   bilan
tanishdilarki,   uning   mohiyati   o'z   bo'sh   vaqtini   to'g'ri   rejalashtirish   va   tashkil
etish,   yuqori   jismoniy   yuklamalar   va   charchoqqa   bardosh   berish   malakasini
talab   qiluvchi   muntazam   hamda   uzoq   muddatli   sport   mashg'ulotlariga
psixologik hozirlikni nazarda tutgan holda bolaning faol shaxsini  shakllantirish
bilan   bog'liq   murabbiy   faoliyatining   o'quv-mashg’ulot   yo'nalishini
kuchaytirishdan iborat edi.
Pedagogik tajribada o‘quv-mashg’ulot yo‘nalishlarini amalga oshirishning
usul va vositalari
Tajribadan   ko'zlangan   maqsadga   erishish   uchun   biz   quyidagi   vaztfalarni
bajardik: 1) yosh kurashchilar shaxsiga ta'sir ko'rsatishning tashkiliy tadbirlar va
psixologik-pedagogik   usullar   majmuini   ishlab   chiqdik;   2)   dasturni   amalga
oshirish   jarayonida   sport   mashg'ulotlariga   barqaror   qiziqishni   shakllantirish   va
saqlab   qolishga   alohida   e'tibor   qaratdik;   3)   jismoniy   tarbiyani   targ'ib   qilish   va
sportning   organizmga   hamda   shaxsiy   sifatlarga   ta'siri   to'g'risidagi   bilimlarni
oshirish   bo'yicha   o'quvchilar   va   ularning   ota-onalari   bilan   muntazam   ravishda
ma'rifiy ishlarni olib bordik.
Har   haftada,   hafta   oxirida   umumiy   jismoniy   va   maxsus   jismoniy
tayyorgarlik bo'yicha nazorat topshiriqlari berilib, butun guruhning, xususan, har
bir   o'quvchining   muvaffaqiyatlari   baholab   borildi.   Bir   vaqtning   o'zida   eng
64 mehnatsevar   va   eng   dangasa   o'quvchiga   ko'chma   sovrinlar   topshirilar   edi.
Amaliyot   shuni   ko'rsatdiki,   o'quvchi   o'zining   harakat   va   muvaffaqiyatlari
murabbiy   uchun,   har   bir   bolaning   yutuqlari   guruh   uchun   ahamiyatga   ega
ekanligini   bilishi   kerak   va   bu   juda   muhim   ekan.   Bolalarning   o'zlari   keyingi
haftaga   topshiriqlar   (maqsadlar)   belgilab,   kundalikda   erishilgan   natijalarning
ko'rsatkichlarini   yozib   borar,   o’z   muvaffaqiyatlari   yoki,   aksincha
«mag'lubiyatlari» sabablarini tahlil etardilar.
Murabbiy   faoliyatida   yosh   kurashchilarda   sportchiga   xos   fe'l-atvorni
tarbiyalash,   yuksak   ma'naviy   tamoyillarni   shakllantirish   juda   muhim.   Rasmiy
hujjatlarning   dalolat   berishicha,   BO'SM   faoliyatining   asosiy   vazifalaridan   biri
yosh   sportchi   shaxsini   shakllantirishdan   iborat.   Sportchi   shaxsini
shakllantirishning   o’zi   umumiy   maqsadga:   uyg’un   rivojlangan   insonni,   ma'nan
boy,   axloqan   pok   hamda   jismonan   mukammal   bo'lgan   faol   va   ongli   shaxsni
tarbiyalashga   xizmat   qiladi.   Sport   faoliyati   yuksak   tarbiyaviy   imkoniyatlarga
ega.   U   oddiydan   eng   murakkabgacha   xilma-xil   hayotiy   vaziyatlami
modellashtiradi   va   deyarli   har   qanday   tarbiyaviy   vazifalarni   hal   etish
imkoniyatlarini o’z ichiga oladi.
Yosh   kurashchini   uzoq   muddatli,   faol   va   shiddatli   mehnatga   tayyorlash,
eng   avvalo,   unda   harakat   faoliyatiga   bo'lgan   ehtiyojni   rag’batlantirish   hamda
taraqqiy ettirish  ularni yana ham samaraliroq yuzaga chiqarish uchun bilimlarni
egallashga asoslanadi[37].
Ishimizda   biz   shuni   hisobga   oldikki,   yosh   sportchini   tarbiyalash   ko’p
jihatdan   murabbiyning   tashqi   madaniyatiga,   uning   mashg'ulotlarini   o’tkazish
shaklidan   boshlab,   ularni   aniq   tashkil   etishi,   ishchan,   talabchanligi,,   foydali   va
qiziqarli   mashg'ulotlar   uchun   zarur   sharoitlarni   yarata   olish   qobiliyatigacha
shularning barchasiga bog'liq. Bunda eng muhim omillardan biri murabbiyning
tashqi   qiyofasi   va   vaziyatning   estetikasi.   Biz   murabbiy   va   yosh   sportchi
orasidagi  o’zaro munosabatlarning shakllanish xususiyatiga ham alohida e'tibor
berdik.  Munosabatlar  uslubi   o'quvchiga  nisbatan   ko'ra  hurmat  asosiga   quriladi,
65 pedagogning   so'zlash   ohangi   xayrixoh,   xotirjam,   u   o'ziga   yangi-yangi   ibora   va
baqirish jerkishlarni ep ko'rmaydi. Muloyimlik va xushmuomalalik, shuningdek,
o’z   ishiga   sadoqat   hamda   yuksak   intizomning   shaxsiy   namunasi   bularning
hammasi   maqsad   qilib   qo'yilgan   tarbiya   vazifalarini   hal   etishning   zarur
poydevorini yaratdi.
Bu   faoliyat   sivilizatsiya   tarixida   madaniyat   paydo   bo'lishi   bilan,   "ishlab
chiqarish   ko'nikmalari   namunalarini   (standartlarini)   va   ijtimoiy   xulq-atvor
normalarini yaratish, saqlash va yosh avlodlarga etkazish" vazifasi hal  qiluvchi
vazifalardan   biri   bo'lgan   paytda   paydo   bo'ldi.   ijtimoiy   taraqqiyot,   ibtidoiy
jamoadan   boshlab,   bolalar   oqsoqollar   bilan   muloqotda   o'qigan,   ularga   taqlid
qilish, asrab olish, ergashish, J. Bruner tomonidan aniqlangan.
"kontekstda   o'rganish".   J.   Brunerning   fikriga   ko'ra,   insoniyat   "yosh
avlodni   o'rgatishning   faqat   uchta   asosiy   usulini   biladi:   oliy   primatlar   o'rtasida
o'yin jarayonida mahoratning tarkibiy qismlarini rivojlantirish, mahalliy xalqlar
kontekstida   o'rganish   va   mavhum   usul.   maktab   to'g'ridan-to'g'ri   amaliyotdan
ajratilgan".
Asta-sekin   jamiyat   rivojlanishi   bilan   birinchi   sinflar,   maktablar,
gimnaziyalar   yaratila   boshlandi.   Turli   mamlakatlarda   turli   bosqichlarda   ta'lim
mazmuni   va   uning   maqsadlarida   sezilarli   o'zgarishlar   ro'y   bergan   bo'lsa   ham,
maktab   ijtimoiy   institut   bo'lib   qoldi,   uning   maqsadi   o'qituvchilar   va
o'qituvchilarning   pedagogik   faoliyati   orqali   ijtimoiy-madaniy   tajribani
uzatishdir[38].
Ijtimoiy-madaniy   tajribani   o'tkazish   shakllari   maktabning   rivojlanish
tarixida o'zgardi. Bu suhbat (Sokratik suhbat) yoki mayevtika edi; ustaxonalarda
ishlash (kulolchilik, charm, to‘quvchilik va ishlab chiqarish ta’limining boshqa
yo‘nalishlari   bo‘yicha   ish   tajribasi),   bunda   asosiysi   talabaning   texnologik
66 jarayonda   tizimli   va   maqsadli   ishtiroki,   ishlab   chiqarish   operatsiyalarini   izchil
rivojlantirish   bo‘lgan;   og'zaki   ko'rsatma   ("amakilar"   muassasasi,   monastirlar,
repetitorlar   va   boshqalar).   Y.A.   Komenskiyning   fikriga   ko'ra,   sinf-dars   o'qitish
qat'iy yo'lga qo'yilgan bo'lib, unda uning dars, ma'ruza, seminar, test va amaliy
mashg'ulotlar   kabi   shakllari   farqlangan.   So'nggi   o'n   yilliklarda   trening   paydo
bo'ldi.   Bu   erda   shuni   ta'kidlaymizki,   o'qituvchi   uchun   uning   faoliyatining   eng
qiyin shakllaridan biri ma'ruza bo'lsa, talaba, talaba uchun - seminarlar, testlar.
Pedagogik  faoliyatning  xususiyatlari .   Pedagogik,  boshqa   faoliyat  turlari
kabi, motivatsiya, maqsadlar, mavzu, vositalar, usullar, mahsulot va natijani o'z
ichiga olgan psixologik (sub'ektiv) mazmun bilan belgilanadi. O'zining tarkibiy
tashkil   etilishida   pedagogik   faoliyat   quyida   ko'rib   chiqiladigan   harakatlar
(ko'nikmalar) majmuasi bilan tavsiflanadi.
Pedagogik   faoliyatning   predmeti   -   bu   fanni   ijtimoiy-madaniy   tajribani
rivojlantirishning   asosi   va   sharti   sifatida   o'zlashtirishga   qaratilgan
o'quvchilarning   o'quv   faoliyatini   tashkil   etish.   Pedagogik   faoliyat   vositalari
ilmiy   (nazariy   va   empirik)   bilimlar   bo'lib,   ular   yordamida   va   ular   asosida
o'quvchilar   tezaurusi   shakllanadi.   Bilimlarning   “tashuvchilari”   o‘qituvchi
tomonidan tashkil etilgan kuzatish (laboratoriyada, amaliy mashg‘ulotlarda, dala
amaliyotida)   o‘zlashtirilgan   faktlar,   qonuniyatlar,   ob’ektiv   voqelik   xossalarini
kuzatish   jarayonida   talaba   tomonidan   qayta   yaratilgan   darslik   matnlari   yoki
ularning tasvirlaridir. Yordamchi texnik, kompyuter, grafik va boshqalar.  
Pedagogik   faoliyatda   ijtimoiy-madaniy   tajribani   o'tkazish   yo'llari
tushuntirish,   ko'rsatish   (illyustratsiya),   o'quv   muammolarini   hal   qilishda
talabalar   bilan   birgalikda   ishlash,   talabaning   bevosita   amaliyoti   (laboratoriya,
dala),   treninglardir.   Pedagogik   faoliyat   mahsuli   -   bu   o'quvchining   aksiologik,
axloqiy-axloqiy,   hissiy-semantik,   predmetli,   baholovchi   komponentlari   jamida
shakllangan   individual   tajribasi.   Pedagogik   faoliyat   mahsuli   imtihonda,
67 testlarda,   muammolarni   hal   qilish,   o'quv   va   nazorat   harakatlarini   bajarish
mezonlari   bo'yicha   baholanadi.   Pedagogik   faoliyatning   natijasi   o'zining   asosiy
maqsadini   amalga   oshirish   sifatida   o'quvchining   shaxsiy,   intellektual
rivojlanishi, takomillashtirish, shaxs sifatida shakllanishi, ta'lim faoliyati sub'ekti
sifatida.   Natija   inson   rivojlanishining   barcha   rejalarida   ta'limning   boshida   va
uning yakunida talabaning fazilatlarini taqqoslash yo'li bilan tashxis qilinadi.
3.4. Tajriba guruhlarida o'quv-mashgoulot jarayonini tashkil etishning
xususiyatlari
  Ishimizda   mashg'ulotlarni   o'yin   usulida   o'tkazishning   ilmiy   asoslangan
yo'llaridan  keng   foydalandik,   xususan,   F.Kerimov,   N.Yusupov   [39]   kitoblarida
bayon   etilgan   tajriba   va   amaliy   tavsiyalarni   keng   qo'lladik.   Hal   etiladigan
vazifalarning   vorisiyligi   va   izchilligiga   rioya   etgan   holda   bolaning   o'z
muvaffaqiyatlarini   guruhdosh   o'rtoqlarining   yutuqlari   bilan   solishtirish
ehtiyojidan   mashqlarga   muntazam   ravishda   musobaqa   elementlarini   kiritish
(estafetalar,   «jamoalar»   orasida   texnik   harakatlarni   bajarishda   mashqlar
majmuasi me'yorlarini topshirish va h.k.) yo'li bilan foydalandik.  
7- jadval 
Shakllari Vositalari Mazmuni
I.
Ma'naviy
tarbiyasi
shakllari. 1. Suhbatlar.
2.Tarbiyaning
ko'rgazmali
vositalari. 1   .Ijtimoiy-siyosiy,   ma'naviy
mavzulardagi suhbatlar, ma'ruzalar.
2.O'zbekiston   Qahramonlari,   mehnat
jamoalari,   O'zbek   Armiyasi   jangchilari
bilan uchrashuvlar.
3.Musobaqa   g'oliblari   va   o'qishda
a'lochilami tantanali ravishda tabriklash.
4.   Sport   maktabi   o'quvchilarining
tantanali
qasamvodlari.
68 II .
Jamoatchilik
tuyg'usini
tarbiyalash
shakllari 1. Sayohatlar.
2. Kecha va
bayramlar.
3. Tanlovlar. l.   Muhim   sanalar,   musobaqalardagi
chiqishlaming   yakuni   va   boshqa
voqealar   munosabati   bilan   devoriy
gazetalar,   fotomontaj   lar,   «chaqmoq»
larning maxsus sonlari.
2. Sport-sog'lomlashtiruvchi va tashviqot
yo'nalishidagi   sayohatchilaming   guruhli
yurishlari.
3.   Sport   mavzuidagi   markalar,
otkritkalar,   nishonchalar   va   boshqa
yig'malarining   (kolleksiyalarining)
namoyish ko'rgazmalari.
4.   O'zlashtirish,   darslarning   qoldirilishi,
intizomning   buzilishi   va   hakozani
nazorat   qilish   maqsadida   otaonalar   va
o'qituvchilar   bilan   uchrashuvlar
o'tkazish.
III.
 Umumiy
madaniyat
darajasini
ko'taruvchi
tarbiyaviy
ishlar 1.Ekskursiyalar.
2. Teatr va
Kinoteatrlarga
jamoa bo'lib
borish.
3.   Muzey   va
bog'larga   jamoa
bo'lib borish. l.   Teatr   va   kinoteatrlarga   jamoa   bo'lib
borish   va   tomosha   qilingan   asarlarni
muhokama qilish.
2.Badiiy ko'rgazmalarni borib ko'rish.
IV .
Sport
faoliyatini
takomillash-
irishga yordam
beruvchi 1. Mashhur
sportchilar bilan
uchrashuvlar
o'tkazish.
2. Mashhur
murabbiylar
bilan   uchrashuv
o'tkazish. 1.   «Sen   kurash   tarixini   bilasanmi?»
mavzuida viktorina o'tkazish.
2.   «Siz   Olimpiada   harakatini
bilasizmi?»viktorinasini o'tkazish.
69 o'quvmashg'ulot
ishshakllari. 3.Musobaqalarga
jamoa   bo'lib
borish. 
4. Ko'rgazmali
chiqishlami
tashkil etish va
o'tkazish.
Mashg'ulotlar   jarayonida   o'quvchi-shogird   bilan   hamkorlikda   mashqni
bajarish   sifatini   tashkil   etishga   (ayniqsa,   u   muvaffaqiyatsizlikka   uchragan
holatlarda)   alohida   ahamiyat   berildi.   Shu   tariqa   onglilik   tamoyilining   amal
qilishiga   erishildi,   o'quvchining   o'z   xatolariga   ongli   munosabati   rivojlantirib
borildi.   Tajriba   guruhida   o'quv-mashg'ulot   ishlarini   tashkil   etish   uchun   biz
o'quv-mashg'ulot  ishlarining shakllari, vositalari  va mazmunini ishlab chiqdik .
Ish   bolaning   o'ziga   xos   xususiyatlarini   aniq   hisobga   olgan   holda   olib   borildi.
Bunda   ularga   testlash   hamda   shifokor   nazorati   natijalarini   batafsil   tahlil   etgan
holda mashg'ulotlarni individuallashtirish zarur ekanligi tushuntirildi. Bolalarga
o'zlari   haqida   olingan   ma'lumotlar   asosida   maqsadli   rejalashtirish
metodologiyasining eng oddiy asoslari  berildi  va shu asnoda yosh kurashchilar
o'z oldiga turli muddatlarda bajarilishi  lozim bo'lgan vazifalarni qo'yish hamda
sport tayyorgarligining har bir bo'limida o'z yutuqlarini rejalashtirish malakasini
egallab bordilar.
Birinchi   yilda   bajarilgan   ishlar   amaliyoti   tanlangan   yo'nalishning
to'g'riligini   tasdiqladi:   1)   butun   guruh   keyingi   yilning   kuzida   mashg'ulotlarga
to'la   tarkibda   keldi;   2)   sport   ko'rsatkichlari   an'anaviy   usulda   shug'ullanayotgan
boshqa guruhlardagi tengdoshlarinikidan qolishmasdi. Nazorat guruhida kuzdan
boshlab   mashg'ulotlarni   9   kishi   davom   ettirdi   (birinchi   yil   BTGga   qabul
qilinganlarning   uchdan   bir   qismidan   ziyodrog'i   mashg'ulotlarga   kelmay   qo'ydi,
bu BO'SM bo'yicha avvalgi yillardagi o'rtacha ko'rsatkichlardan ancha yuqori).
Pedagogik tajribani tashkil etish va o'tkazish davrida biz ham nazorat, ham
tajriba   guruhi   bolalarining   UJT   va   MJT   xususiyatlarini   kuzatib,   baholadik.
70 Tadqiqotlar pedagogik tajribaning boshida va yakunida tashkil etildi. Kuzatuvlar
uchun yuqorida keltirilgan UJT va MJT me'yorlari hamda testlardan foydalanildi
(7-jadval). 
Kuzatuvlarimiz   natijalari   4.S-jadvalda   aks   ettirilgan.   Jadvaldan   ko'rinib
turibdiki, tajriba guruhining bolalari nazorat guruhidagi bolalardan ancha ustun.
O’nta   me'yordan   ettitasida   biz   tajriba   guruhi   bolalarida   jiddiy   statistik
tafovutlarni kuzatdik. Bu shundan dalolat beradiki, kontingentni saqlab qolishga
yo'naltirilgan   o'quv-mashg’ulot   ishlari   uslubiyati   o'quv-mashg'ulot   jarayoni
sifatini ham ko'tarishga yordam berdi, bu UJT va MJT ko'rsatkichlarida aks etdi.
Shunday   qilib,   boshlang'ich   tayyorgarlik   bosqichida   maqsadlar   hamda
pedagogik   vazifalarni   belgilashdek   umumiy   qabul   qilingan   amaliyotdan   farqli
o'laroq,   pedagogik   tajribani   rejalashtirishda   o'quvchilarni   tanlov   asosida   qabul
qilish   vazifalarni   hal   etishga   asosiy   e'tibor   qaratildi.   Murabbiyning   mazkur
jarayonga ota-onalarni jalb etish, jumladan, ularning umuman sport va jismoniy
tarbiya   sohasidagi   bilimlari   darajasini  oshirish   bo'yicha  faoliyatini   kuchaytirish
alohida omilga ega bo’ldi.
Pedagogik   tajribaning   maqsadiga   muvofiq   o'quv-mashg'ulot   jarayonlarini
takomillashtirish   tadbirlarini   o'tkazish   rejasi   ishlab   chiqildi   hamda   uni
pedagogik jarayonning tabiiy sharoitlarida amalga oshirish dasturi tuzildi. 
Tajribaning   maqsadi   maxsus   yo'naltirilgan   o'quv-mashg'ulot   jarayonining
vosita   va   usullarini   qo'llagan   holda   o'quv-mashg'ulot   darslarining   tajriba
modelini   tashkil   etish   yo'li   bilan   boshlang'ich   tayyorgarlik   bosqichida
o'quvchilarning sportni tashlab ketishi darajasini pasaytirishdir.
Pedagogik   tajribada   Samarqand   shahrining   erkin   kurash   bo'yicha   BO’SM
o'quvchilari ishtirok etdilar. Boshlang'ich tayyorgarlik guruhlarida dastlabki ikki
yil   davomidagi   mashg'ulotlarida   kuzatilgan   bolalarning   davomati   va   sportni
tashlab   ketishi   ko'rsatkichlari   ikki   yil   mobaynida   olib   borilgan   ishning
samaradorligi mezoni qilib olindi. Guruhni shakllantirishda muntazam ravishda
71 mashg’ulotlarga   qatnagan,   kam   kasal   bo'lgan   va   darslarda   faollik,   mustaqillik
ko'rsatgan bolalarga ustunlik berildi. Shuningdek, farzandlarining yutuqlari bilan
qiziqadigan,   ulaming   sport   maktabidagi   mashg'ulotlarga   qatnashishidan
manfaatdor bo'lgan ota-onalarga, bolalarga ham alohida e'tibor qaratildi.
Bolalarni BO'SM BTGga qabul qilish oldidan o'quvchilar va ularning ota-
onalari   bilan   majlis   o'tkazildi,   bu   majlisda   yig'ilganlar   BO‘SM   talablari,   eng
avvalo,   o'quvchilarning   o'zini   tutish   qoidalari   va   kun   tartibi   bilan   tanishdilar.
Barcha   ota-onalar   tegishli   so'rovnomalarni   to'ldirib,   o'z   farzandlarini   sport
maktabi   BTGga   qabul   qilish   to'g'risida   ariza   yozdilar,   murabbiy   hamda   sport
maktabi   ma'muriyati   talablariga   roziliklarini   imzolari   bilan   tasdiqladilar.   Ayni
vaqtda,   ota-onalar   o'tkazilayotgan   tajribaning   umumiy   yo'nalishi   bilan
tanishdilarki,   uning   mohiyati   o'z   bo'sh   vaqtini   to'g'ri   rejalashtirish   va   tashkil
etish,   yuqori   jismoniy   yuklamalar   va   charchoqqa   bardosh   berish   malakasini
talab   qiluvchi   muntazam   hamda   uzoq   muddatli   sport   mashg'ulotlariga
psixologik hozirlikni nazarda tutgan holda bolaning faol shaxsini  shakllantirish
bilan   bog'1iq   murabbiy   faoliyatining   o'quv-mashg'ulot   yo'nalishini
kuchaytirishdan iborat edi.
Tajribadan   ko'zlangan   maqsadga   erishish   uchun   biz   quyidagi   vazifalami
bajardik: 1) yosh kurashchilar shaxsiga ta'sir ko'rsatishning tashkiliy tadbirlar va
psixologik   pedagogik   usullar   majmuini   ishlab   chiqdik;   2)   dasturni   amalga
oshirish   jarayonida   sport   mashg'ulotlariga   barqaror   qiziqishni   shakllantirish   va
saqlab   qolishga   alohida   e'tibor   qaratdik;   3)   jismoniy   tarbiyani   targ'ib   qilish   va
sportning   organizmga   hamda   shaxsiy   sifatlarga   ta'siri   to'g'risidagi   bilimlarni
oshirish   bo'yicha   o'quvchilar   va   ulaming   ota-onalari   bilan   muntazam   ravishda
ma'rifiy ishlarni olib bordik.
Har   haftada,   hafta   oxirida   umum   jismoniy   va   maxsus   j   ismoniy
tayyorgarlik bo'yicha nazorat topshiriqlari berilib, butun guruhning, xususan, har
bir   o'quvchining   muvaffaqiyatlari   baholab   borildi.   Bir   vaqtning   o'zida   eng
mehnatsevar   va   eng   dangasa   o'quvchiga   ko'chma   sovrinlar   topshirilar   edi.
72 Amaliyot   shuni   ko'rsatdiki,   o'quvchi   o'zining   harakat   va   muvaffaqiyatlari
murabbiy   uchun,   har   bir   bolaning   yutuqlari   guruh   uchun   ahamiyatga   ega
ekanligini   bilishi   kerak   va   bu   juda   muhim   ekan.   Bolalarning   o'zlan   keyingi
haftaga   topshiriqlar   (maqsadlar)   belgilab,   kundalikda   erishilgan   natijalarning
ko'rsatkichlarini yozib borar, o'z muvaffaqiyatlari yoki, aksincha mag'lubiyatlari
sabablarini tahlil etardilar.
Murabbiy   faoliyatida   yosh   kurashchilarda   sportchiga   xos   fe'l-atvomi
tarbiyalash,   yuksak   ma'naviy   tamoyillami   shakllantirish   juda   muhim.   Rasmiy
hujjatlarning   dalolat   berishicha,   BO'SM   faoliyatining   asosiy   vazifalaridan   biri
yosh   sportchi   shaxsini   shakllantirishdan   iborat.   Sportchi   shaxsini
shakllantirishning   o'zi   umumiy   maqsadga:   uyg'un   rivojlangan   insonni,   ma'nan
boy,   axloqan   pok   hamda   jismonan   mukammal   bo'lgan   faol   va   ongli   shaxsni
tarbiyalashga   xizmat   qiladi.   Sport   faoliyati   yuksak   tarbiyaviy   imkoniyatlarga
ega.   u   oddiydan   eng   murakkabgacha   xilma-xil   hayotiy   vaziyatlarni
modellashtiradi   va   deyarli   har   qanday   tarbiyaviy   vazifalami   hal   etish
imkoniyatlarini o'z ichiga oladi[40].
Yosh   kurashchini   uzoq   muddatli,   faol   va   shiddatli   mehnatga   tayyorlash,
eng   avvalo,   unda   harakat   faoliyatiga   bo'lgan   ehtiyojni   rag'batlantirish   hamda
taraqqiy ettirish, ulami yana ham samaraliroq yuzaga chiqarish uchun bilimlarni
egallashga asoslanadi.
Ishimizda   biz   shuni   hisobga   oldikki,   yosh   sportchini   tarbiyalash   ko'p
jihatdan   murabbiyning   tashqi   madaniyatiga,   uning   mashg'ulotlami   o'tkazish
shaklidan   boshlab,   ulami   aniq   tashkil   etishi,   ishchan,   talabchanligi,   foydali   va
qiziqarli   mashg'ulotlar   uchun   zarur   sharoitlarni   yarata   olish   qobiliyatigacha
shularning barchasiga bog'liq. Bunda eng muhim omillardan biri murabbiyning
tashqi qiyofasi vavaziyatning estetikasi.
Biz   murabbiy   va   yosh   sportchi   orasidagi   o'zaro   munosabatlarning
shakllanish     xususiyatiga   ham   alohida   e'tibor   berdik.   Munosabatlar   uslubi
73 o'quvchiga   nisbatan   to'la   hurmat   asosiga   quriladi,   pedagogning  so'zlash   ohangi
xayrixoh,   xotirjam,   u   o'ziga   yangiyangi   ibora   va   baqirish   jerkishlarni   ep
ko'rmaydi.   Muloyimlik   va   xushmuomalalik,   shuningdek,   o'z   ishiga   sadoqat
hamda   yuksak   intizomning   shaxsiy   namunasi   bularning   hammasi   maqsad   qilib
qo'yilgan tarbiya vazifalarini hal etishning zarur poydevorini yaratdi.
Ishimizda   mashg'ulotlarni   o'yin   usulida   o'tkazishning   ilmiy   asoslangan
yo'llaridan  keng   foydalandik,   xususan,   F.Kerimov,   N.Yusupov   [48]   kitoblarida
bayon   etilgan   tajriba   va   amaliy   tavsiyalarni   keng   qo'lladik.   Hal   etiladigan
vazifalarning   vorisiyligi   va   izchilligiga   rioya   etgan   holda   bolaning   o'z
muvaffaqiyatlarini   guruhdosh   o'rtoqlarining   yutuqlari   bilan   solishtirish
ehtiyojidan   mashqlarga   muntazam   ravishda   musobaqa   elementlarini   kiritish
(estafetalar,   amoalar   orasida   texnik   harakatlami   bajarishda   mashqlar   majmuasi
me'yorlarini topshirish va h.k.) yo'li bilan foydalandik.
Mashg'ulotlar   jarayonida   o'quvchi-shogird   bilan   hamkorlikda   mashqni
bajarish   sifatini   tashkil   etishga   (ayniqsa,   u   muvaffaqiyatsizlikka   uchragan
holatlarda)   alohida   ahamiyat   berildi.   Shu   tariqa   onglilik   tamoyilining   amal
qilishiga   erishildi,   o'quvchining   o'zxatolariga   ongli   munosabati   rivojlantirib
borildi.   Tajriba   guruhida   o’quv-mashg’ulot   ishiarini   tashkil   etish   uchun   biz
o'quv-mashg'ulot  ishlarining shakllari, vositalari  va mazmunini ishlab chiqdik .
Ish   bolaning   o'ziga   xos   xususiyatlarini   aniq   hisobga   olgan   holda   olib   borildi.
Bunda   ularga   testlash   hamda   shifokor   nazorati   natijalarini   batafsil   tahlil   etgan
holda mashg'ulotlarni individuallashtirish zarur ekanligi tushuntirildi. Bolalarga
o'zlari   haqida   olingan   ma'lumotlar   asosida   maqsadli   rejalashtirish
metodologiyasining eng oddiy asoslari  berildi  va shu asnoda yosh kurashchilar
o'z oldtga turli muddatlarda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni qo’yish hamda
sport tayyorgarligining har bir bo'limida o'z yutuqlarini rejalashtirish malakasini
esallab bordilar. 
Birinchi   yilda   bajarilgan   ishlar   amaliyoti   tanlangan   yo’nalishning
to’g’riligini   tasdiqladi:   1)   butun   guruh   keyingi   yilning   kuzida   mashg’ulotlarga
74 to’la tarkibda keldi; 2) sporti ko'rsatkichlari an'anaviy usulda shug'ullanayotgan
boshqa guruhlardagi tengdoshlarinikidan qolishmasdi. Nazorat guruhida kuzdan
boshlab   mashg’ulotlarni   9   kishi   davom   ettirdi   (birinchi   yil   BTGga   qabul
qilinganlaming   uchdan   bir   qismidan   ziyodrog'i   mashg'ulotlarga   kelmay   qo'ydi,
bu BO'SM bo’yicha avvalgi yillardagi o'rtacha ko'rsatkichlardan ancha yuqori).
Pedagogik tajribani tashkil etish va o'tkazish davrida biz ham nazorat,ham
tajriba   guruhi   bolalarining   UJT   va   MJT   xususiyatlarini   kuzatib,   baholadik.
Tadqiqotlar pedagogik tajribaning boshida va yakunida tashkil etildi. Kuzatuvlar
uchun yuqorida keltirilgan UJT va MJT me'yorlari hamda testlardan foydalanildi
8-jadval. Tajriba oxirida nazorat guruhlaridagi bolalarda UJT va MJT
me'yorlari bo’yicha harakat qobiliyatlarining taqqoslanishi
№ Ko'rsatkichlar,
o'lch. birligi Nazorat
guruhi  Tajiba
guruhi t-mezoni va
tafovutlar
ishonchliligi
1 Moksimon yugurish
(sek). 7,5
± 0,24  7,3
±  0,39 1,76
P>0,05
2 30 m yugurish (sek) 5,2
±  0,14 5,1
±0,26 1,52
P>0,05
3 Yakkacho'pda tortilish
(marta) 5,7
±0,17 6,8
±0,26 3,34
P<0,01
4 Yotib tayangan holda
qo'llarni bukib-yozish 13,32
±0,15 14,15
±0,23 2,43
P>0,05
5 Joyidan uzunlikka
sakrash (sm). 129,22
±0,13 136,14
±0,27 3,28
P<0,01
6 Chalqancha yotib
gavdani bukish (marta) 9,5
±0,15 13,31
±0,18    3,78
P<0,01
7 Oldinga 10 marta
o'mbaloq oshish (sek) 17,2
±0,2 16, 26
±0,13 1,94
P>0,05
8 Bosh atrofida aylanish:
5 marta chapga, 5
marta o'ngga 28,24
±0,28 25,49
±0,17 2,45
P<0,05
9 "Ko'prikchadan"
ag'darilishlar 10 marta 36,25
±0,83 32,12
±0,21 2,71
P<0,05
10 Teng vaznli sherik 4,1 6,2 2,89
75 bilan o'tirib-turish
(marta) ±0,13 ±0,17 P<0,01
  Pedagogik   tajribaning   o'zi   va   muammoni   hal   etishning   tanlangan   yo’li
tayyorgarlik   yo'li   usuliyatini   jiddiy   qayta   qurish   zaruratiga   olib   keldi.   Birinchi
yarim yillik davomida muvaffaqiyatlari to'g'risida axborot berib, yangi topshiriq-
maqsadlarni   belgiladilar.   Aynan   shunday   ish   shakli   ota-onalarni   ko'proq
qiziqtirib   qo'ydi,   ular   o'z   farzandlarini   tanimay   qoldilar.   O'quv-mashg'ulot
jarayoni   psixologik-pedagogik   ta'sir   ko'rsatishning   barcha   usullarini   o'z   ichiga
olib,   ular   birinchi   tajriba   dasturiga   kiritildi   (8-jadval).   Eng   avvalo,   pedagogik
ta'sir ko'rsatishning shunday usullariga alohida ahamiyat berildi:
-   mashg'ulotning   kirish   qismida,   keyin   esa   badan   qizdirish   mashqlari
vaqtida ijobiy hissiy fonni yuzaga keltirish; murabbiy bu ko'tarinki ruhni butun
mashg'ulot davomida saqlab turishga harakat qiladi;
-   butun   o'quv-mashg'ulot   jarayoni   mobaynida   belgilangan   ishning
murakkab va og'irligiga mos psixologik hozirlik;
-   musobaqalar   vaqtida   ham   (g'alaba   ochkosiga   qadar   kurasha   bilish,
raqiblarni   hurmat   qilish   va   hakoza),   mashg'ulotlar   vaqtida   ham   (chiday   olish,
qiyinchiliklarni   yengish,   qat'iyat   va   hakoza)   sportchiga   xos   fe'l-atvor
xususiyatlarini   tarbiyalash   bo'yicha   maqsadli   ishlar.   Mashg'ulotlar
samaradorligining   oshib   borayotganligini   ko'rsatuvchi   jihatlardan   yana   biri
mashg'ulotlarda   davomat   dinamikasi:   nazorat   guruhida   pedagogik   tajriba
davomida   davomat   ko'rsatkichlari   barqaror   bo'lib,   oyga   qarab   60-80%   atrofida
tebranib   turdi,   ayni   paytda   tajriba   guruhida   davomat   80%   dan   1O0%gacha
bo'ldi.
76 XULOSA
                   Muammoni nazariy fikrlash va tajriba ishlarini umumlashtirish quyidagi
xulosalarni e’tirof etish imkonini berdi:
                    1.   Tadqiqotlarning   holatini   tahlil   etish   natijasida   ma’lum   bo’ldiki,
BO’SMda   bolalarning   sportga   tanlov   asosida     qabul   qilish   darajasi   jarayonida
tashkiliy uslubiy xatoliklar mavjud.
                      2.  Adabiyotlarni  tahlil  etish   natijalari  kurash   turlari   bo’yicha   BO’SM
kontingentining sportni tashlab ketishni o’rganish muammolari bo’yicha tajriba
bazasining mavjud emasligini ochib berdi.
                        3.   Muammo   ,   eng   avvalo   shundaki,   tanlov   asosida   guruhlarni
shakllantirish   bilan   bog’liq   yo’naltirilgan   o’quv   –mashg’ulot   ishlari   olib
borilmagan.   Bolalarning   sport   kurash   mashg’ulotlariga   yaroqliligi   darajasini
obyektiv   baholash   ,   ularda   sport   bilan   shug’ullanishga   barqaror   qiziqish   va
motivlarni   rivojlantirish   tadbirlarini   o’quv   mashg’ulot   jarayoniga   kiritish
o’quvchilar   kontengentini   mustahkamlshga   va   umuman   BO’SM   faoliyati
samaradorligini oshirishga yordam beradi.
              4. Yosh sportchilarni tayyorlash tizimidagi ahamiyati nuqtai nazaridan
teng   kuchli   uchta   jihat   ochib   berildiki,   ular   o’z   tarkibiy   qismlarining   ma’lum
darajada   takomillashtirilishiga   muhtojdir.   Birinchi   jihat   boshlang’ich   sport
tayyorgarligi   bosqichida   yosh   kurashchilarning   o’quv-mashg’ulot   jarayonini
takomillashtirish   bilan   bog’liq.   Ikkinchi   jihat   yosh   sportchilarda   sport   bilan
shug’ullanishga   ta’sir   ko’rsatuvchi   tarbiyaviy   –ta’limiy   xususiyatli,   lekin
ochilishi   murakkab   vazifa   bilan   bog’liq.   Uchinchisi   bu   ma’muriy   boshqaruvga
aloqador   jihat     bo’lib,   u   sport   ma’muriyatining   majburiyatlarini   bevosita
bajarilishi,   vakolatlilik   darajasi,   shuningdek,   o’zi   tashkillashtirgan   tashkiliy
tuzilmalar   (   murabbiylar   kengashi   ,   ota-onalar   qo’mitasi   va   boshqalar   )
faoliyanini boshqarishini aks ettiradi.
77 AMALIY TAVSIYALAR
                O‘quvchilar   kontingentining   barqarorligi   ko’rsatkichlariga   ko’ra   sport
maktablari   faoliyati   samaradorligining   pastligi   davlat   tomonidan   sport
maktablarini   moliyalashtirish   imkoniyatlarining   pasayganligi   tufayli   yana   ham
chuqurlashadi.   Bunday   vaziyat   sport   maktablari   ishining   ko’p   qirralarini
qaytadan ko’rib chiqishni talab qiladi. Bolalarning maktabni tashlab ketishi ko’p
jihatdan aholining umumiy ta’lim madaniyati darajasi pastligi bilan belgilanadi.
Ayni   vaqtda,   yosh   sportchilar     bilan  shug’ullanishning   yillar   davomida   yuzaga
kelgan   amaliyoti   ularning   dastlabki   motivlash   sohalari   bilan   ziddiyatga
kirishadi.   Yo’naltirilgan   pedagogik   ta’sir   ostida   bo’lmagan   bolalarda   kurash
bilan   shug’ullanish   motivlari   ham   mustahkam   bo’lmaydi,   o’qish   jarayonida
yuzaga keladigan qiyinchiliklar esa kattalar tomonidan rag’batlantirishsiz , iroda
kuchi   bilan   hali   mustahkamlanmagan   bo’ladi.   Shu   sababli   dastlabki   va
boshlang’ich tayyorgarlik bosqichida bolalarda yaqqol ko’zga tashlanadigan faol
harakatlanish   ,   tengdoshlari   va   murabbiy   bilan   muloqot   qilish   ehtiyojiga
asoslangan   holda   qiziqish   hamda   yana   ham   barqaror   motivni   rivojlantirishga
urg’u beriladi.
        1. Murabbiy ayni vaqtda targ’ibot –tashviqot ishlari hamda aniq maqsadga
yo’naltirilgan o’quv-mashg’ulot faoliyati bilan shug’ullanib , bola va uning ota-
onasiga   muvofiq   kun   tartibiga   rioya   qilga   holda   sport   bilan   shug’ullanish
zarurligini uqtirishi lozim. 
                    2.   Psixologik-pedagogik   ta’sir   ko’rsatish   usullari   yordamida   bolaning
motivlash   sohasini   sport   nuqtai   nazaridan   ahamiyatli   yutuqlarga   hozirlash
hamda   muntazam   ravishda   mashg’ulotlarga   hamda   musobaqalarda   ishtirok
etishga barqaror qiziqishini saqlab qolish yo’li bilan rivojlantiradi.
                      3.   O’quvchilar   va   ota-onalar   orasida   sportni   targ’ib   qilish,   sport
mashg’ulotlarining   organizmga   hamda   shaxsni   shakllantirishga     ta’siri   haqida
ularda mavjud bilimlarni oshirish bo’yicha turli shakldagi  ma’rifiy ishlarni olib
78 borish,  bu, o’z navbatida , murabbiyning pedagogika va psixologiya sohasidagi
bilimlarini oshirishga undaydi. 
                        4.   Murabbiyning   ota-onalarda   o’z   farzandlarining   sport   bilan
shug’ullanishiga     qiziqishini   oshirish   ,   ularning   qobiliyati   va   sport   sohasidagi
istiqbolidan   qattiy   nazar   ,   sport   maktabi   tarkibida   mustahkamlanib   qolishiga
intilishini kuchaytirish maqsadida ta’sir ko’rsata olish mahorati.
            5. Bolalar va o’smirlar sport maktablarining direktorlari o’z faoliyatlarini
takomillashtirish uchun eng avvalo quyidagilarni aniqlab olishlari kerak:
       - murabbiyning mahorati darajasi hamda ma’muriyatning o’quv-mashg’ulot
jarayoni qanday borayotganligini sifatli nazarot qilib boorish;
        - murabbiy-o’qituvchilar tarkibining bilim darajasini oshirish uchun ilmiy-
usuliy va nazariy seminarlarni tashkil etib o’tkazish;
        - murabbiylar tarkibi va sportchilar uchun maxsus adabiyotlar hamda zarur
ilmiy-usuliy ishlanmalarni sotib olish;
                 -  mashg’ulot   jarayoni  hamda  o’quv-mashg’ulot   ishlarini   tashkil   etishga
ijodiy yondashuvni rag’batlantirib borish;
         - maktab faoliyati amaliyotiga har bir sportchining alohida varaqasini joriy
etib, majburiy ravishda testlash va saralashdan o’tkazish;
                 - ota-onalar va sport maktabi ma’muriyati ishtirokida maktab miqyosida
tashkil etiladigan musobaqalar hamda sport bayramlari miqdorini ko’paytirish;
                  -  UJT  va   texnik  tayyorgarlik  testlari   bo’yicha   tayyorgarlikning  haqiqiy
darajasini   hisobga   olgan   holda   shug’ullanuvchilar   tarkibining   barqarorligi
asosida eng yaxshi murabbiylarni rag’batlantirish.
                    6.   Mashg’ulotlarning   sifat   ko’rsatkichlariga,   guruhlarning   tarif
ma’lumotlariga    muvofiq  kelishiga   murabbiylarning  ko’proq  e’tibor  qaratishini
ta’minlash.
79                       7.   Murabbiylar   tomonidan   o’quv-mashg’ulot   ishlarining   o’tkazilishi,
bolalar   va   ularning   ota-onalari   orasida   ma’rifiy   tadbirlarning   olib   borilishi
hamda ularning nazariy bilimlarining kengaytirilishiga diqqat qilish.
80 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida
davlat  boshqaruvi  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari   to‘g‘risida”
2018-yil   5-martdagi   PF-5368-son   farmoni.   https://lex.uz/docs/-3863838?
ONDATE=14.08.2018; 
2.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Farmoni   29.04.2019   yildagi   PF-
5712-son   O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi   tizimini   2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘ risida  https://lex.uz/docs/-4312785
3   .O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Farmoni   08.10.2019   yildagi   PF-
5847-son   O‘zbekiston   Respublikasi   oliy   ta’lim   tizimini   2030-yilgacha
rivojlantirish   konsepsiyasini   tasdiqlash   to‘g‘risida   https://lex.uz/docs/-
4545884#-4547594
4.O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O’zbekiston   bolalar   sportini
rivojlantirish   jamg’armasini   tuzish   to’g’risida”gi   Farmoni.   “Ma’rifat”   gazetasi.
2002 yil 26-oktyabr.
5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 03.11.2020 yildagi PQ-4877-
son O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Jismoniy tarbiya va sport 
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni 
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida https://lex.uz/ru/docs/-5077663?
ONDATE2=15.01.2022&action=compare
6.O’zbekiston   Respublikasining   2020   yil   23   sentyabrdagi   O’RQ-637-son
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni // https: //lex.uz/pdfs/5013007.
7.O’zbekiston   Respublikasining   2019   yil   29   oktyabrdagi   O’RQ-576-son   “Ilm
fan va ilmiy faoliyat to’g’risida”gi Qonuni // https: //lex.uz/pdfs/4571490
8.O’zbekiston   Respublikasining   2015   yil   4   sentyabrdagi   O’RQ-394-son
“Jismoniy   tarbiya   va   sport     to’g’risida”gi   O’zbekiston   Respublikasi   Qonuniga
81 o’zgartirish   va   qo’shimchalar   kiritish   haqidagi   Qonuni     //   https:
//lex.uz/docs/2742233
9. Shavkat Mirziyoyev. Millliy taraqiyot yulimizni qatt’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko’taramiz.1-kitob. Toshkent-“O’zbekiston ”-2017 yil.
10.Mirziyoyev .SH. Tanqidiy tahlil qatt’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.
11.O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev.   Yangi   yil   arafasida-
2016   yil   30   dekabr   kuni   mamlakatimizning   yetakchi   ilm-fan   namoyondalari
bilan Qosimbekov Z.T. Yosh sporrchilami tayyorlash (boks, muayta;, kikboks).
O'quv qo'llanma. T.: O'zDITl,2005. -244b. uchrashdi. Halq so’zi gazetasi, 2016
yil 31 dekabr.
12.   Shavkat   Mirziyoyev.   Milliy   tiklanishdan   –   milliy   yuksalish   sari.   4-jild
Sh.M.Mirziyoyev –T “O’zbekiston” 2020.б
13.   Bolalar   va   o'smirlar   sporti   mashg'ulotlari   nazariyasi   va   uslubiyatlari
/Usmanxodjayev T.S. va boshqalar. T.: O'zDJTI,2005. 104 b.
14. Kerimov F.A. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. -'['.: O'zDJTI, 2004. 263 b.
15.   Qosimbekov   Z.T.   Yosh   sporrchilami   tayyorlash   (boks,   muayta;,   kikboks).
O'quv qo'llanma. T.: O'zDITl,2005. -244b.
16.   Kraynin   V.L.   Formirovaniye   uchebnoy   deyatelnosti   buduuyego   uchitelya
fizicheskoy   kulturu.   //   Fizicheskaya   kultura:   vospitaniye,   obrazovaniye,
trenirovka. 2004. - Ns 3. - S. I 7-20.
17.   T.S.Usmonxodjayev/  Bollar va o’smirlar sport mashg’ulotlari nazariyasi va
uslubiyatlari. O’quv qo’llanma.  O’zDJTI, 2005-y. 162-167 b.
18.   Виленский/   Физическая   култура   в   образават ел ьном   про ц е с ./
Физическая   кул ь тура   и   спорт   на   рубеже   тысячелетий:   материал ь
82 Всероссийской   научно-практическом   конферен ц ий.   Ч.   3.   СПб.   -2001.   Cт-
35-44.
19.   M.S.Axmatov/   Uzluksiz   ta’lim   tizimida   ommoviy   sport-sog’lomlashtirish
ishlarini samarali boshqarish.  Monografiya.  T.: O’zDJTI, 2005-y. 280-b.
20.   Багина   В.А.   Психологические   особенности   проявления   активности
личности   юного   спортсмена   в   профессионалном   самоопределении   лл
Теория и практика фи2. културу. - 2000. - Не 5. - С. 46-5 л.
21. Анисова И.К. Мотивасия спортивной деятелности студентов БГУФК //
Научное   обоснование   физического   воспитания,   спортивной   тренировки   и
подготовки   кадров   по   физической   културе   и   спорту:   материалу   7
Междунар.   науч.   сес.   БГУФК   и   НИИФК   и   СРБ   по   итогам   науч.-исслед.
работттза2003 г., Минск,6-8 апр.2004 г. /Белорус. гос. ун-т фи2. културу. -
Минск,2004. - с. 164-165.
22.   Atayev   A.K.   Yosh   o'smirlarga   o'zbek   kurashini   o'rgatish   uslubiyoti.
Jismoniy tarbiya instituti va oliy ra'lim muassasalari jismoniy tarbiya fakultetlari
uchun o'quv qo'llanma. T.: O'zDJTl, 2005. - 132
23.   Axmetov   S.M.   Teoretiko-metodologicheskaya   konsepsiya   preobrazovaniya
podgotovki   spesialistov   po   frzicheskoy   kulture   v   sfere   srednego
professionalnogo  obrazovaniya. llTeoriya i praktika fizicheskoy  kultursr. 2003,
J\e12. -5.23-26
24.   Гогунов   Е.Н.   Условия   психологической   подготовки   спесиалистов   по
физической   културе   и   спорту   //   Физическая   култура:   воспитание,
образование, тренировка. -2004. - Н 3. - С.7-12.
25.   Гончарова   о.В.   Методика   повушения   эффективности   скоростно-
силовой подготовки младших школников//педагогикта,лим. - Т.,2004. _ С.
г9_9л.
83 26.   Kerimov   F . A ..   Umarov   M . N .   Sportda   prognozlashtirish   va   modellashtirish .
Jismoniy   tarbiya   instituti   va   oliy   ta ' lim   muassasalari   jismoniy   tarbiya   fakultetlari
uchun   darslik .  T .:  O ' zDJTI , 2005. - 280  b .
27.   Qosimbekov   Z.T.   Yosh   sporrchilami   tayyorlash   (boks,   muayta;,   kikboks).
O ' quv   qo ' llanma .  T .:  O ' zDITl ,2005. -244 b .
28.   Koshbaxtiyev   I . A .   Valeologiya   asoslari .   Jismoniy   tarbiya   instituti   va   oliy
ta ' lim   muassasalari   jismoniy   tarbiya   fakultetlari   uchun   darslik .   T.:   O'zDJTI,
2005. - 252b.
29.   Крайнин   В.Л.   Формирование   учебной   деятелности   будууего   учителя
физической   културу.   //   Физическая   култура:   воспитание,   образование,
тренировка. 2004. - Нс 3. - С. И 7-20
30. Куликова Л.М. Модернизасия содержания и организасии непрербтвной
педагогической практики в физкултурном вузе. - М., 2004. - С. 12-42
31.   Курррс   В.Н.   Основу   силовой   подготовки   юношей.   -   М':   Советский
спорт, 2004. - 264 с., ил.
32. Начинская С.В. Спортивная метрология. Учеб. пособие для студ. вусш.
учеб. заведений - М.: Академия,2005. - 240 с.
33.   Прохорова   М.В.,   Гомашевская   О.Б.   Формирование   педагогической
позисии   у   будурқих   спесиалистов   по   физической   културе   /и   Физическая
култура: воспитание, образование, тренировка. -2004.- Ну 3. - С. л3-16
34.   Пулатов   Ф.М.   Борба   самбо.   Учебник   для   студентов   институтов
физической   културу   и   факултетов   физического   воспитания.   Т.:   о'зДЖТИ,
2005. -364б.
35. Salomov R.S., Kerimov F.A. Jismoniy tarbiyada pedagogik . texnologiyalar.
O'uv qo'llanma. T.: O'zDJTI, 2009. - 144 b.
84 36.   Тастанов   Н.А.,   Абдиев   А.Н.,   Боймуродов   И.Х.   Греко-римская   борба.
Программа   и   учебное   пособие   дря   детско-юношеских   спортивнррх   школ,
спесиализированннх   детско-юношеских   школ   олимпийского   резеwа.   Т.:
УзДЖТИ, 2005. - 152 с
37.  Чермит К.Д. Теория и методика физической култумр: опомбре схембр:
учебное пособие - М.: Советский спорт, 2005. - 272 с.
38.   Югай   Л.П.,   Илов   А.Н.,   Боймурадов   И.Х.,   Мирзакулов   Ш.   Дзюдо.
Программа   и   учебное   пособие   для   детско-юношеских   спортивнтрх   школ,
спесиализированнсрх   детско-юношеских   школ   Олимпийского   резеwа.   Т...
УзДЖТИ, 2005. - 140 с.
39. Юнусова Ю.М. Основии спортивной тренировки. Учебное пособие. Т.:
УзДЖТИ, 2005. - 256 с.
40.   Bolalar   va   o'smirlar   sporti   mashg'ulotlari   nazariyasi   va   uslubiyatlari
Usmanxodjayev T.S. va boshqalar. T.: O'zDJTI,2005. 104 b.
85

Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilarini barqarorlashtrishda tanlov o‘tkazishning metadalogik asoslari MUNDARIJA KIRISH   I.BOB. BOLALAR VA O‘SMIRLAR SPORT MAKTBLARIGA O‘QUVCHILARNI SARALASHNING TIBBIY-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI   1.1. Sportga yo‘naltirish va saralashning nazariy masalalari   1.2. Inson rivojlanishida ijtimoiy va biologik faoliyatlarining bog’liqligi   1.3. Sportga iqtidor va sportga layoqat   1.4. O‘quvchilar kontingentining sportni tashlab ketishi BO‘SM faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida   II. BOB. TADQIQOTNING VAZIFALARI, METODLARI HAMDA UNI TASHKIL ETISH   2.1. Tadqiqot vazifalari   2.2. Tadqiqot metodlari   2.2.1. Maxsus ilmiy - uslubiy adabiyotlardan olingan ma ’ lumotlarni nazariy tahlil qilish va ularni umumlashtirish   2.2.2. So‘rovnoma yordamida BO‘SM murabbiylari amaliy tajribasini tahlil etish   2.2.3. BO‘SM o’quvchilarini faoliyati ustidagi pedagogik kuzatish   2.2.4. Pedagogik tajriba   2.2.5. Tadqiqot natijalarining matematik-statistik tahlili   2.3. Sport mahoratiga erishish uchun erta sport ixtisosligi va optimal yoshning ahamiyati   2.4. Yuqori malakali murabbiylarning ijodkorligini va ijodiy uslublari   III.BOB. SPORTGA YO‘NALTIRISH VA SARALASHDA YOSH XUSUSIYATLARI VA O‘QUVCHILAR KONTINGENTINI MUSTAHKAMLASHGA YO‘NALTIRILGAN O‘QUV- MASHG’ULOT JARARAYONI   3.1. Sportga saralashni bosqichma-bosqich o’tkazish   3.2. Murabbiylarning amaliy faoliyatida ularning kasbiy vakolatlari ko‘rsatkichlarni tahlil etish   3.3. O‘quv-mashg’ulot jarayonini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va pedagogik tajribada o‘quv-mashg’ulot yo‘nalishlarini amalga oshirishning usul va vositalari   3.4. Tajriba guruhlarida o‘quv-mashg’ulot jarayonini tashkil etishning xususiyatlari   1

XULOSA   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI   KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilingan qarorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufiga berilganligi, Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida uning filiallari tashkil qilinganligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 28 nafardan iborat tuzilmasi shakllantirilganligi bu sohani ham rivojlanishida kata imkoniyatlar yaratib berdi[1]. Zamonaviy tayyorgarlik tizimni optimallashtrish va tayyorgarlik vaqtidagi innovatsion jarayonlar strategiyasi bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi terma jamoalari a’zolari bo‘lgan va yaqin zahiradagi sportchilarni tayyorlashning muhim vazifalaridan biri bo’lib turibdi Mavzuning dolzarbligi : BO‘SM faoliyatining asosiy yo’nalishlari sport maktablari haqidagi me’yoriy-huquqiy asoslar va Nizomda belgilangan [1]. Qo'shimcha ta’lim beruvchi muassasa sifatida sport maktabi “ qobilyatlarga muvofiq ravishda o‘z-o‘zini takomilashtrish,bilim olish va ijod ,sog’lom turmush tarzini shakilantrish,kasbiy nuqtai nazardan o‘z o‘rnini 2

topish,jismoniy aqliy va ma’naviy qobilyatlarini rivojlantrishga ,qobilyatlarga mos sport muvaffaqiyati darajasiga erishish uchun yo‘naltrilgan”[2]. Shunday qilib, bolalar, o'smirlar va yoshlarning sport tayyorgarligi faqatgina har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, turli qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirish masalalarini hal etib qolmasdan, shug'ullanuvchilar shaxsini shakllantirish muammosini ham qamrab oladi. BO'SMlar oldiga davlat tomonidan qo'yilayotgan asosiy vazifa bolalar va o'smirlarning imkon qadar ko'proq miqdorini jalb etgan holda ommaviy sportni rivojlantirish bo'lib kelmoqda. Ma'lumki, sport natijlarining oshishi sport mashg'ulotlari uslubiyati va taktika harakatlari, texnik vositalar taraqqiyoti va ijrochilarining samarali reabilitatsiyasi shuningdek, ommaviylik oshish va to'g'ri saralashga bog'liq. Aksariyat masalalar yechimiga muayyan qaraganda ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy masalalar bilan belgilanadi. Sportda saralash-bu ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanish muammosidir. Bolalar va o'smirlarda sport mashg'ulotlariga qiziqish sport ixtisosligini to'g'ri tanlash bilan belgilanadi, bu esa o'z navbatida sportdan o'ziga hos individual xususiyatlariga bevosita bog'liq bo'ladi.Har bir o'smir uchun sport faoliyatini tanlash-sport tanlovining vazifasidir.Sport turi tanlovlaridan kelib chiqqan holda eng layoqatlilarini tanlash-sport saralashining vazifasi hisoblanadi. Sportda. saralash zaruriyatining obyektiv sabablari tayyorgarlik imkoniyatlarida harakat sifatining tayyorgarlik darajasi turlicha bo'ladi. Demak, har kim ham yuqori sport natijalariga erisha olmaydi. Yuqori sport natijasi-bu nafaqat mashaqqatli mashg'ulotlar, balki sportga yot bo'lgan g'ayrioddiy irsiy ma' lumotlar natijasidir. Saralash masalasida maxsus tayyorgarlikka ega bo'lmagan ba'zi tibbiy xodimlar, jismoniy madaniyat o'qituvchilari va murabbiylar saralash imkoniyati va yosh sportchilarni yo'naltirishga tanqidiy qarashadi.Mutaxassislar l0-l1yoshli o'smirlar asosida nafaqat biror iqtidorni aniqlash, balki uning sportdagi kelgusi 3

muvaffaqiyatini taxmin qilishning imkoni mavjud emas deb o'ylashadi. Shubhasiz, ushbu muammo juda murakkab.Chunki bu muammo o'sha yoshdagi bolalarning qiziqishlari va layoqati barqarorligi bilan ham bog'liq. Lekin bu pessimistik fikr to'liq oqlanmagan.G.S.Tumanyan va E.G.Martirosov (1976) aytganidek, "Sportda saralash o'z tadqiqotchilarini kutmoqda", bunga sabab, na bizning davlatimizda, na xorijda sportga saralash va yo'naltirishning ilmiy asoslangan tizimlari mavjud emas. Bazi qo'llanmalarda Sportda iqtidor indekslari", "Motor" iste'dod testlari" va boshqa atamalami uchratish mumkin, lekin ular, odatda sodda jismoniy mashqlardangina iborat bo'ladi. Shu tarzda, sportga saralash va yo'naltirish muammosi -murakkab muammo bo'lib, ko'plab mutaxassislar faoliyatini talab qiladi. Ushbu muammoni olimlar, murabbiylar va pedagoglar hamkorligida hal qilish zarur. Demak, sport maktabi o'z mamlakatining vatanparvarlari bo'lgan faol fuqarolarni tarbiyalash uchun ma'nan mas'ul hisoblanadi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqsak, hozirgi vaqtda sport maktablari faoliyatining samaradorligini oshirishda tanlov o'tkazish muammosi ayniqsa dolzarblashib borayotganligi bejiz emas. Biroq, aynan saralanish sport tayyorgarligi tizimini tashkil etish sifatining asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi va sport maktablari faoliyatining u qadar yuqori bo'lmagan samaradorligi mezoni bo'lib xizmat qiladi. Shuni alohida qayd etish lozimki, zamonaviy sportda murabbiyning roli, uning kasbiy va pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari ahamiyati keskin ortib ketdi. Shuning uchun ham aynan bugun o'zining davlat ishi sifatidagi asosini saqlab qolgan yosh sportchilami tayyorlash tizimiga, sport maktablari ma'muriyati hamda murabbiylari tarkibi zimmasiga alohida mas'uliyat o'z shogirdlarining sportdagi yutuqlari uchungina emas, balki mamlakatning kelajak avlodi salomatligi, ma'naviy-axloqiy qiyofasi uchun ham mas'uliyat yuklanmoqda[2]. 4

Muammoning o'rganilganlik darajasi. Mamlakatimizdagi va chet ellik mualliflarning ilmiy-uslubiy adabiyotlarini tahlil etish shuni ko'rsatadiki, yosh sportchilarni tayyorlash tizimiga, xususan, turli yoshdagi bolalarni tarbiyalash jarayoniga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar ko'pchilikni tashkil etadi. (A.N.Abdiyev, 2005; D.D.Sharipova, A.Musurmanova, 2005; L.P.Yugay, 2005; A.K.Ataev, 2007; F.A.Kerimovva Z.B.Boltaev, 2012.). Biroq biz BO'SM o'quvchilar kontingentini barqarorlashtirishda aynan tanlov o'tkazish metodologiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mazkur muammoni hal etishni dolzarb hisobladik. Tadqiqot maqsadi: BO'SMlarda faoliyat olib borayotgan sport to‘garaklariga o'quvchilarni tanlov asosida qabul qilish natijasida kontengentini barqarorlashtirish hamda sport maktabida o'quv-mashg'ulot jarayoni samaradorligini oshirish. Tadqiqot vazifalari: 1.BO'SMlarda faoliyat olib borayotgan sport to‘garaklarida shug'ullanayotgan o'quvchilarining mashg'ulotlarii tashlash sabablari va uning xususiyatlarini aniqlash. 2.O'quvchilarining Sportga yo'naltirish va sportda saralashning tibbiy-biologik aspektrlarini ochib berish. 3.BO'SM kontingentini mustahkamlashga yo'naltirilgan o'quv-mashg'ulot jarayonini takomillashtirishda tanlov o'tkazish bo'yicha pedagogik tadbirlar majmuasini ishlab chiqish hamda tajribalar yordamida asoslab berish. Tadqiqot ob'ekti: Bolalar va o‘smirlar sport maktablari Tadqiqot predmeti: Bolalar va o’smirlar sport maktablarida faoliyat olib borayotgan sport to‘garaklariga o'quvchilarni tanlov asosida qabul qilishni to'g'ri yo'lga qo'yish jarayoni. Tadqiqot metodlari: 1. Maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlardan olingan ma'lumotlarni nazariy tahlil qilish va umumlashtirish. 5