BOSHLANG'ICH SINFLARDA FE'L MAVZUSINI O'RGATISH METODIKASI
MAVZU: BOSHLANG'ICH SINFLARDA FE'L MAVZUSINI O'RGATISH METODIKASI. MUNDARIJA KIRISH .......................................................................................................................................................... 1 I.Bob. Boshlang’ich sinflarda turkumi ustida ishlashning nazariy metodik asoslari. .................................... 6 1.1. Boshlang’ich sinflarda turkumini o'qitishda tizimli yondashuv. ............................................................ 6 1.2. Boshlang’ich sinflarda turkumini o'qitishning zamonaviy usullari. ...................................................... 11 II.Bob. Boshlang’ich sinflarda turkumini o'rgatishning hozirgi holati. ........................................................ 29 2.1. Boshlang’ich sinflarda turkumini pedagogik texnalogiyalar asosida o'rgatish. ................................... 29 2.2. Tajriba sinov. ....................................................................................................................................... 35 XULOSA .................................................................................................................................................. 43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................................................................................ 44 KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Maktabda o‘quv predmeti sifatida tilni o‘rganish sistemasi tilning barcha tomonlarini, ya'ni fonetikasi, leksikasi, so‘z yasalishi va grammatikasi (morfologiyasi va sintaksis)ning o‘zaro ichki bog‘lanishlariga asoslaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7- fevraldagi PF - 4947-sonli “Harakatlar strategiyasi“ haqidagi farmonining 4- ustivor yo‘nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”ga yo‘naltirilgan 1 . Dasturning 4.4 bo‘limi “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” deb nomlangan bo‘lib, unda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori 1
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish kabi masalalari belgilangan. Bu mavzuning dolzarbligini bildiradi.Tilning barcha tomonlari o‘zaro bog‘lanishining ko‘p rejaliligi va murakkabligi, ularning dialekt birligi, avvalo, uning kommunikativ vazifasida namoyon bo‘ladi. Kommunikativ vazifa tilning muhim xususiyati asosidir. Bu vazifani tilning har bir komponenti boshqa komponentlar bilan o‘zaro bog‘lanishda bajaradi. Har bir so‘zga xos bo‘lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so‘zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to‘g‘ri kelmaganidek, o‘zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig‘indisi emas, balki ma'lum ma'no bildiradigan tovushlar kompleksigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin. Tilning lug‘at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qilishi mumkin. Ma'lumki, ma'no bildiradigan tovushlar kompleksi so‘zdir. Tilning lug‘at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o‘ziga xos qurilish materialidir. Tilning lug‘at tarkibi qanchalik boy bo‘lsa ham, grammatikasiz u o‘lik hisoblanadi. Tilning lug‘at tarkibi o‘z-o‘zicha kommunikativ vazifani bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilishi uchun lug‘at tarkibidagi so‘zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma'nosi va qo‘llanishi nuqtai nazaridan so‘z; grammatika uchun so‘z formalari, shuningdek, so‘z birikmasi va gap; so‘z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi tarafidan so‘z hisoblanadi. So‘z, so‘z birikmasi va gap grammatik tomondan ko‘pgina xususiyatlarga ega. So‘zning o‘z morfemik qurilishi, o‘zining so‘z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs-son, egalik, kelishik va boshqalar), ma'lum sintaktik roli bor. So‘z birikmasi ham so‘z o‘zgarishi (ko‘proq ergash so‘z o‘zgaradi) shakllariga ega. Gap o‘z qurilishiga ko‘ra so‘zdan sifat jihatidan farqlanadi: so‘z o‘zi alohida kelganda mustaqil ma'no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi komponentlar esa gapdan tashqarida 2
mustaqil leksik ma'no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma'nosi yanada oydinlashadi. Gap va so‘z birikmasi “qurilish materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan so‘zdan foydalaniladi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan intonatsiya ham xarakterlidir. Shunday qilib, tilning har bir tomonining o‘ziga xos xususiyatini qisqa ko‘rib chiqishning o‘zi ularning o‘zaro munosabatini, bir-biriga o‘tishining murakkabligini ta'kidlaydi. Tilshunoslik fani bo‘limlari o‘rtasidagi munosabatlar ham shunga o‘xshash murakkabdir.Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog‘lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo‘g‘inlar tilda alohida emas, balki ma'lum leksik ma'no bildiradigan so‘z tarkibida yashaydi. Fonetikaning sintaksis bilan bog‘lanishi, xususan, har bir gapda ma'lum intonatsiya bo‘lishida ko‘rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog‘langan so‘zlar kompleksi ma'lum intonatsion ifodalilikka ega bo‘lsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning mazmuni so‘zlovchining gapda ifodalangan intonatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, intonatsiya gapda so‘z tartibi, yordamchi so‘zlardan foydalanish, so‘z o‘zgartirishlar bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi.Leksikologiya so‘z yasalishi bilan jips bog‘lanadi: birinchidan, tilning lug‘at tarkibi, asosan, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlardan yangi so‘zlar yasalishi hisobiga to‘ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so‘zlar leksik ma'nosi yasama negizning moddiy ma'nosiga asoslanadi. Morfologiya leksikologiya va so‘z yasalishi bilan jips bog‘lanadi. Morfologiya, asosan, so‘zning grammatik xususiyatlarini o‘rganadi. So‘zning grammatik ma'nosi doimo leksik ma'nosi bilan birga namoyon bo‘ladi, shunday qilib, har bir so‘z, bir tomondan, shu so‘zga tegishli bo‘lgan ma'lum o‘ziga xos leksik- grammatik gruppaning belgilarini bildiradi, ikkinchi tomondan, u so‘zning o‘z leksik ma'nosi bo‘ladi. So‘zdagi mana shu umumiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan holda, leksika zaminida o‘rganiladi. So‘z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo‘lib, bunga so‘zning leksik ma'nosi va qator grammatik belgilari bog‘liq bo‘ladi. Yangi so‘z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o‘zining leksik ma'nosi bo‘ladi. Har bir so‘z turkumida so‘z yasalishining xarakterli xususiyatlari mavjud. So‘zning 3
morfemik tarkibi va yangi so‘z yasalish usullari tilshunoslik fanining so‘z yasalish bo‘limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o‘rganiladi. Morfologiya va sintaksis har tomonlama o‘zaro bog‘lanadi. Morfologiyada, asosan, so‘zlarning grammatik ma'nosi va uni ifodalash formalari o‘rganiladi; sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanib so‘z birikmasi va gap hosil qilish usullari, shuningdek gap turlari, ularning mazmuni va ishlatilishi o‘rganiladi. So‘z morfologiyada ham, sintaksisda ham o‘rganiladi, ammo o‘rganish ob'ekti har xil bo‘ladi. Sintaksisning o‘rganish ob'ekti gapdir; unda so‘z gap yoki so‘z birikmasida boshqa so‘zlar bilan ma'no va grammatik jihatdan bog‘langan holda o‘rganiladi. Morfologiyada so‘z gapdan tashqarida ham o‘rganilishi mumkin; so‘zga muayyan leksik-grammatik guruhga kiradigan so‘zlar bilan o‘zaro munosabati nuqtai nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so‘zga bunday har xil yondashish ularning bir-biriga bog‘liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so‘z va gapning o‘zida yashaydi. So‘zlar so‘z o‘zgarish sistemasiga ega bo‘lgani tufayli gaplar kommunikativ vazifani bajaradi. Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, boshlang‘ich sinflarda ona tilidan saboq berish juda katta mas'uliyat talab etuvchi ishlardan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitishdan maqsad bolada har qanday tushuncha, atrof-olam haqidagi bilim, tasavvurlar so‘z vositasida shakllanadi. Demak, so‘z o‘z o‘rnida, ma'no bilan ishlatish, unga yuksak muhabbat bilan munosabatda bo‘lish xususiyatini bolada boshlang‘ich sinflardan shakllantira borishimiz zarur. Kurs ishining maqsadi boshlang‘ich sinflarda fe'l so‘z turkumining grammatik kategoriyalarini o‘rganish metodikasini belgilashdir. Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Boshlang‘ich sinflarda fe'l so‘z turkumining shaxs-son va zamon shakllarini o‘rganishda qo‘yiladigan talablarni aniqlash; 4
2. Boshlang‘ich sinflarda fe'l so‘z turkumining shaxs-son va zamon shakllarini o‘rganish -o‘quvchilar nutqi va ularning tafakkurini o‘stirishda muhim vosita ekanligi ko‘rsatish; 3. Boshlang‘ich sinflarda fe'l so‘z turkumining shaxs-son va zamon shakllarini o‘rganish metodikasining o‘rni hamda ahamiyatini ochib berish. Ishning tuzilishi va hajmi. Kirish, II bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat 5