G‘O‘ZA QATOR ORASIGA G‘ALLA EKISH SEYALKASINING BIR DISKLI SOSHNIGI PARAMETRLARINI ASOSLASH




![mamlakatimiz agrar sektori ushbu sohada ham moddiy, ham iqtisodiy zarar
ko‘rmoqda.
Ma’lumki xalqaro miqyosda oziq-ovqat tanqisligining ortib borishi insonlarning
don maxsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini tez suratda ijobiy hal etishni talab etuvchi
mamlakatlar aro global muammoga aylanmoqda. Mavjud axborot resurslari
ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, jahonda ishlab chiqarilayotgan don
maxsulotlari tarkibida g‘alla ekinlari doni yetakchi o‘rinni egallaydi, ya’ni bug‘doy,
arpa, so‘li, javdar, tritikali donlari – 38,4% ni, makkajo‘xori doni – 32,4% ni, sholi –
27,9% ni, tariq – 1,3% ni tashkil etadi. SHuningdek dunyo dexqonchiligida donli
ekinlar orasida bug‘doy ekinlari yetishtiriladigan yyerlar kattaligi bo‘yicha birinchi
o‘rinni egallagan holda 210 mln, gektar atrofida maydonlarni tashkil etadi. Eng ko‘p
bug‘doy ekiladigan maydonlarni Rossiya, AQSH, Xitoy, Xindiston, Kanada,
Argentina, Fransiya, Turkiya, Avstraliya, Qozog‘iston, Italiya mintaqalari tashkil
etadi. Biroq mavjud ma’lumotlarda jahon miqyosida yetishtirilayotgan g‘alla uchun
ajratilgan hosildor yerlarning chegaralanganligi, odam jon boshiga to‘g‘ri keladigan
don miqdorining yildan yilga kamayib borayoganligi qayd etilmoqda. Oxirgi
50-60 yil mobaynida ushbu donli ekinlarga ajratilgan maydonlar atigi 1,18 % ga
oshirilgan xolos [3].
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi:
Respublikamizda etishtirilayotgan bug‘doy, arpa, javdar, so‘li, tritikali kabi g‘alla
donlaridan tayyorlanadigan mahsulotlar bugungi kunda xalqimizning birdan bir non
va boshqa oziq-ovqat manbai bo‘libgina qolmasdan, chorvachilik, hamda
parrandachilikni rivojlantirishda omuxta yem zahiralarining asosini tashkil etib
kelmoqda. SHu bois jahon xalqlarining donga bo‘lgan ehtiyojlarining tobora ortib
borayotgan global muammolari singari mamlakatimizda ham g‘alla donini ko‘paytirib
borish strategiyasi aktual masala bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz Prezidenti
I.A.Karimovning 2008 yil 20 oktyabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan
maydonlarni optimallashtirish va ularni etishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari”
5](/data/documents/0e5ad62a-ff5f-439b-bd94-af65810740a8/page_5.png)
![to‘g‘risidagi farmonida boshoqli don ekinlari uchun mo‘ljallangan maydonlarni
kengaytirish va donli ekinlar hosildorligini oshirish evaziga respublikamiz aholisini
oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq qondirish vazifasi
qo‘yildi. Ma’lumki yetishtiriladigan boshoqli donlar tarkibida aholining kundalik
ehtiyojini qondirishda kuzgi bug‘doy salmog‘i, sifati va hosildorligi jihatidan muhim
o‘rinni egallaydi. Biroq sug‘oriladigan va lalmikor g‘alla maydonlarini tobora
kengaytirib borish Respublikamizda o‘zlashtiriladigan hosildor, tekis dalalarning
cheklanganligi tufayli, kuzgi bug‘doy va boshqa g‘alla ekinlarini davlatimiz
rahbariyati tomonidan paxta dalalarida hosil yig‘ib olingandan so‘ngi g‘o‘za qatori
oraliqlarida yetishtirishni tobora ko‘paytirish, maxsus texnika tizimini shakllantirish
orqali g‘o‘za qatori oraliqlarini ekishga tayyorlash, urug‘ ekish jarayonlarini sifatli
amalga oshirish talab etilmoqda [4].
G‘alla y etishtirishning paxtachilikka va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer
xo‘jaliklarda paxta-g‘alla almashlab ekishning joriy etilishi paxta dalalarida hosil
yig‘ib olingandan so‘ngi g‘o‘za qator oraliqlarida g‘alla y etishtirish birqancha sarf -
xarajatlarning iqtisod ji h atdan tejalishiga va qulayliklarga olib keladi. Y a ’ni
sug‘oriladigan g‘alla maydonlarning kengaytirib borish ta’minlanadi, yerni pluglar
yordamida chuqur shudgorlashsiz, g‘o‘za qatori oraliqlariga yuza ishlov b er ish orqali
yerni ekishga tayyorlash amalga oshiriladi, yuqori quvvatli texnika resurslari kam
sarflanadi, yoqilg‘i va boshqa sarf - xarajatlar kamayadi, ya’ni o‘ziga xos “nolevoy
obrabotka” qo‘llaniladi, shu tariqa etishtiriladigan don tannarxining pasayishiga
erishiladi.
Respublikamizda bugungi kunga kelib yalpi g‘alla doni 1,1 mln. ga.
sug‘oriladigan g‘alla maydonlarida va 0,3 mln. ga. lalmi g‘alla dalalarida
y etishtirilmoqda. Biroq hosildorlik h isobiga y etishtirilayotgan yalpi don
miqdorining 96,4% i suvli kuzgi bug‘doyga, 3,6% i lalmi kuzgi bug‘doyga to‘g‘ri
kelmoqda. Suvli kuzgi bug‘doyning aksariyat qismi ochiq maydonlardan tashqari
paxta hosili yig‘imidan so‘ngi g‘o‘za qatori oraliqlariga urug‘ ekishni amalga oshirish
6](/data/documents/0e5ad62a-ff5f-439b-bd94-af65810740a8/page_6.png)


![I-BO‘LIM. ILMIY ADABIYOTLAR SHARHI
1.1. G‘o‘za qator oralariga g‘alla urug‘larini ekishda qo‘yiladigan umumiy
agrotexnik talablar
G‘o‘za qator oralarini g‘alla ekishga tayyorlashga quyidagi asosiy agrotexnik
talablar qo‘yiladi PQ 19-60[5].
1) qator oralari yumshatilganda yirik kesaklar hosil bo‘lmasligi va ularning
o‘lchami 2-2,5 sm dan oshmasligi kerak;
2) ishlov berish chuqurligi 15-18 sm oralig‘ida bo‘lishi darkor;
3) begona o‘t qoldiqlari to‘liq yo‘qotilishi lozim;
4) ishlov berilmay qolib ketgan joylar bo‘lmasligi kerak.
Ekish materialiga qo‘yiladigan agrotexnika talablari quyidagilardan iborat:
1) urug‘lik bug‘doylarning dala unuvchanligi 90-95%, tozaligi esa 97-99%
bo‘lishi kerak ;
2) ekish uchun I, II va III klassdagi urug‘larni ishlatish lozim;
3) urug‘lar o‘lchamlari bo‘yicha saralangan va kimyoviy preparatlar bilan
kasalliklarga qarshi dorilangan bo‘lishi kerak.
Bug‘doy ekish mashinasiga quyidagi agrotexnika talablari qo‘yiladi [6]:
1) Xo‘jalik sharoitini hisobga olib, bug‘doyning belgilangan qisqa muddatlarda
(6-9 kunda) yuqori ish unumi bilan ekilishini ta’minlash;
2) belgilangan ekish me’yori aniq saqlanishi, har bir gektar maydonga
130-170 kg bug‘doy sepilishi kerak; ekish jarayonida me’yorda belgilanganidan
1,5-2,5% ga chetga chiqishga ruxsat etiladi;
3) hamma maydon bo‘yicha urug‘lik bir xil taqsimlanishi lozim va urug‘larning
qo‘shimcha sindirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
9](/data/documents/0e5ad62a-ff5f-439b-bd94-af65810740a8/page_9.png)



![ya’ni okuchniklarda shakllantirilgan sug‘orish ariqlari tub qismiga to‘planib qolishi va
g‘alla ekinining asosiy qismi jo‘yakning sug‘oriladigan ariqchalarida yetishtirilishi
kuzatilmoqda. Ilg‘or fermerlar va mutaxassislar kuzatishlari urug‘larning «optimal
muddatda» ekilmayotganligi oqibatida ham yetishtiriladigan g‘allalardan 15-20%
kam hosil olinayotganligini tasdiqlamoqda [7-8].
Umuman olganda bu borada bajarilgan tadqiqotlar, kuzatishlar shuni
ko‘rsatadiki sug‘oriladigan ochiq maydonlarda va 60 с m. li va 90 с m. li sxemada
ekilgan g‘o‘za oralariga ham, asosan urug‘larni “sochma” yoki “sepma” usulda yer
yuza qismiga “taqsimlab”so‘ngra kultivator okuchniklari yoki boshqa qo‘lbola
moslamalardan foydalanilgan holda (sug‘orish ariqlarini ochish orqali) jo‘yaklar
“trapetsiya ko‘rinishda” shakllantirilmoqda va shu jarayonning o‘zida yer yuzasidagi
sochilgan yoki sepilgan urug‘larni tuproq bilan pala-partish aralashtirib ketiladi.
Bunday urug‘ ekish texnologiya ATT talablariga mutloq zid ekanligi va tadqiqotlar
natijasida tavsiya etilgan ushbu “trapetsiya ko‘rinishda” shakllantirilgan eni 60 с m. li
va 90 с m, li jo‘yak pushtalariga urug‘ ekish usulining taxlili va kuzatishlar natijasida
qilingan xulosa kamchiliklari quyidagilardan iborat:
- ekiladigan urug‘ning belgilangan me’yordan ko‘pligi (250-280kg/ha);
- ekish jarayonida urug‘ dastlab tuproq yuzasiga sepilib, so‘ngra kultivatorlar
okuchniklari yoki xar xil qo‘lbola moslamalar yordamida sug‘orish ariqlari ochilishi;
- urug‘larning ma’lum qismi yerning yuza qismida (0-1 cm. gacha) tuproqga
ko‘milmasdan yoki sayoz ko‘milishi, ma’lum qismi me’yordan ortiq (7-11cm)
chuqurlikda, ma’lum qismida urug‘larning ustma-ust tushishi natijasida urug‘
unuvchanlik kuchining pasayishiga yoki umuman ko‘karmasdan nobut bo‘lishiga olib
kelishi;
- tuproqga ko‘milmasdan yuzada qolgan urug‘larning qurt-qumursqaga,
kemiruvchilarga, xar xil qushlar to‘dasiga yem bulishi shuningdek, qish faslida
sovuqdan nobud bo‘lishi;
13](/data/documents/0e5ad62a-ff5f-439b-bd94-af65810740a8/page_13.png)

![texnologiyalarning qo‘llanib kelinayotganligi yetishtirilayotgan g‘alla yalpi xosiliga
o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda [8-9].
Bugungi kunda Respublikamiz bo‘yicha xosildorlik suvli kuzgi bug‘doyda
o‘rtacha 48-51 s/ga. ni, suvli arpada o‘rtacha 27-29 s/ga. ni tashkil etmoqda.
Viloyatlar bo‘yicha bu ko‘rsatkichlar quyida keltirilgan (1.1-jadval).
1.1-jadval
№ Viloyatlar Kuzgi
bug‘doy
(suvli)
ming ga Hosil-
dorlik
s/ga Kuzgi
bug‘doy
(lalmi)
ming ga Hosil-
dorlik
s/ga Arpa
(suvli)
ming ga Hosil-
dorlik
s/ga
1 Qoraqalpog‘iston 55,6 25,1 0,11 29,6
2 Andijon 81,5 62,1 0,16 35,4
3 Buxoro 65,7 57 0,31 64,3
4 Jizzax 110,1 36,2 95,4 10,5 71,1 11,1
5 Navoiy 40,8 46,3 5,9 11,4 22,7 21,5
6 Namangan 79,1 49,1 0,73 38,8
7 Samarqand 108 54,5 57,6 11,7 37,1 9,4
8 Sirdaryo 91,4 42,7 1,76 29,6
9 Surxondaryo 98,4 51 1,8 5 3,49 34,8
10 Toshkent 125,5 48,9 9,51 24,6
11 Qashqadaryo 154,3 52,7 56 9,4 35,5 4,7
12 Farg‘ona 112,4 54,8 0,59 41,5
13 Xorazm 34,7 43,4 0,32 20,9
Xulosa qilinganda sug‘oriladigan g‘allachilikdagi ushbu mavjud g‘alla ekish
texnologiyalar taxlili Respublikamiz g‘allachiligida innovatsion texnologiyani joriy
etishni jadallashtirish uchun yuqorida qayd etilgan kamchiliklarning oldini olish,
ishlab chiqariladigan don miqdorini oshirish va g‘allachilik soxasida yuqori texnik,
texnologik, iqtisodiy samaraga erishishtiruvchi samarali urug‘ ekish usulini asoslash
15](/data/documents/0e5ad62a-ff5f-439b-bd94-af65810740a8/page_15.png)





![o‘g‘it sepiladi, 2- NRU-0,5 qurilmasi taqilgan agregat yordamida ekiladigan urug‘lar
yer yuzasiga «sochma» usulda taqsimlanadi, 3-kultivator okuchniklari yordamida
sug‘orish ariqlarini shakllantirish bilan birga urug‘larni tuproqga pala-partish
aralashtirib ketiladi.Bunday texnologiyalar qo‘llanishi natijasida urug‘ ekish
jarayonlari agrotexnik talablarga zid ravishda, sifatsiz amalga oshirib kelinmoqda
[10].
SHu tariqa P-19.60 “G‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekish
texnologiyasini takomillashtirish va ekish agregatining konstruksiyasini ishlab
chiqish” loyihasi bo‘yicha yakuniy hisobot (Namangan, 2005 y.) da quyidagilar qayd
etilgan, ya’ni NRU-0,5 o‘g‘it sepgich dala yuzasiga minyeral o‘g‘itlar va ularning
aralashmalarini yerni haydashdan oldin sochish uchun mo‘ljallangan.
1-bosh konussimon reduktor; 2-kardanli val; 3-krivoship-shatunli mexanizm;
4-koromislo; 5-polzun; 6-richag; 7-bunker; 8-to‘zitgich; 9-tebranuvchi val;
10-zaslonka; 11-sepish plankasi; 12-sepuvchi disk; 13- diskning konus reduktori;
15-zanjirli uzatma.
1.4-rasm. NRU-0,5 o‘g‘it sochgichning sxemasi
21](/data/documents/0e5ad62a-ff5f-439b-bd94-af65810740a8/page_21.png)













![qo‘shimcha urug‘ oziqlanishi uchun hosildor yer qatlami maydoni -
Δ F
Ø : α =20 0
; v =0,9 m; d =0,3 m, bo‘lgandaΔF φ= ΔF 1+ΔF 2= L⋅[в(
1
cos α−1)+d]=
¿L⋅[0.9⋅(
1
0.939693 −1)+0.3]= L[0.9⋅0.064 +0.3]=0.35 L,¿м2
¿
ni tashkil etadi.
α =25 0
; v =0,9 m; d =0,3 da esa quyidagicha bo‘ladi:
ΔF φ= L⋅[0.9⋅(
1
0.906308 −1)+0.3]= L[0.9⋅0.093 +0.3]= 0.39 L,
¿м2.
¿
Demak shunday xulosaga kelish mumkinki, sug‘oriladigan g‘allachilikda ushbu
tavsiya etilgan jo‘yak shakllantirish va urug‘ ekish usuli (8-rasm) ni joriy etish
natijasida ekilgan g‘alla urug‘larining rivojlanishida ildiz otish, to‘laqonli oziqlanish
uchun quyidagi hosildor yer qatlami resurslaridan qo‘shimcha- Δ F
Ø m 2
( ga )
foydalanishga erishish mumkin. 1 ga maydondagi jo‘yaklar eni v =0,9m.
shakllantirilgan jo‘yaklarning umumiy uzunligi L=10000/0,9=11111 m. ga teng
bo‘ladi. U holda α =20 0
; bo‘lganda
Эи= ΔF φ= 0,35 ⋅L= 0.35 ⋅11111 = 3888 ,85
m 2
≈ 0,39 ga; (4)
yoki α =25 0
da E
1ga =0,39·11111=4333,2 m 2
≈ 0,43 ga; ni
tashkil etadi demak, bu 0,39-0,43 ga qo‘shimcha hosildor yer qatlami
resurslaridan foydalanish imkonini beradi, ya’ni an’anaviy urug‘ ekish usullariga
nisbatan hosildor yer qatlami resurslaridan foydalanish darajasi 35-38% ga oshishini
ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida g‘alla tuplarining to‘laqonli oziqlanishi, rivojlanishi
hisobiga etishtiriladigan yalpi hosilni ma’lum miqdorga ko‘paytirish imkonini beradi.
G‘o‘za qator orasida
jo‘yak shakllantirish jarayonining geometrik
parametrlari. Tekis ishlov berilgan g‘
o‘za qator orasida va sug‘oriladigan ochiq
maydonlarda
yer qatlamidan maxsus okuchnik yordamida kovlab chiqarilayotgan
tuproq massasidan egat va pushta formasini shakllantirib borish jarayonida hosil
bo‘ladigan jo‘yakning geometrik o‘lchamlari ma’lum agrotexnik qoidalarga javob
35](/data/documents/0e5ad62a-ff5f-439b-bd94-af65810740a8/page_35.png)


![unumdor yuzasi o‘simliklarning oziqlanishi uchun qo‘shimcha 5,7% ga ortishini
ko‘rsatadi.
Bu ko‘rsatkichlar α =20 0
da 6,4% ni, α =25 0
da 10,3% ni tashkil etar ekan.
Xozirgi kunda eng ko‘p qo‘llanilayotgan, asosan jo‘yak pushtasiga xar xil texnik
vositalar yordamida sepma (sochma) urug‘ ekish usuli keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Bunday usullarning yangi tavsiya etilayotgan bir vaqtning o‘zida loyixada ko‘zda
tutilgan universal seyalka yordamida jo‘yak shakllantirib pushta va egat yuzalariga
yoppasiga qatorlab bir xil chuqurlikda urug‘ ekish usullari amalda qo‘llanilganda
fermer xo‘jaliklarning yer resurslaridan foydalanish samarasini bir muncha oshirishga
yerishish mumkin.
2.2 - § G‘o‘zali va ochq maydonlarga tanlangan samarali sxemadaurug‘
ekish usulini mavjud urug‘ ekish usullari bilan taqqoslangan nazariy tadqiqot
natijalari
Respublikamizda ekinbop, hosildor yerlarning cheklanganligi tufayli, bugungi
kunda kuzgi g‘allaning 90 foizdan ortig‘i “paxta-g‘alla” almashlab ekish orqali g‘o‘za
qator orasida va sug‘oriladigan ochiq maydonlarda yetishtirilmoqda. Ma’lumki
g‘allachilikda hosildorlik va yetishtirilgan yalpi don hajmini oshirishda to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri g‘o‘zali va g‘o‘zasiz sug‘oriladigan
maydonlarda yerning hosildor qatlami resurslaridan foydalanish samarasini oshirish
bo‘lsa, ikkinchisi ekilgan saralangan va serhosil navli g‘alla urug‘larini ekishda
samarali sxemada urug‘ ekish usullarini tanlashni, joriy etishni, urug‘lik donni
belgilangan me’yorda sifatli ekishni, agrotexnika talabi bo‘yicha yerning hosildor
qatlamida, har bir o‘simlikga to‘g‘ri keladigan elementar maydonda urug‘larning teng
taqsimlanishini ta’minlashni talab etadi. Bunday ratsional sxemada urug‘ ekish usili
g‘ala ekinlarining vegitatsiya davrida yaxshi rivojlanishini, yerning hosildor qatlami
resurslaridan samarali foydalanishni, natijada boshoqdagi donlarning donador va
to‘laligini, serhosilligini ta’minlaydi. [1;2].
38](/data/documents/0e5ad62a-ff5f-439b-bd94-af65810740a8/page_38.png)
![Shu nuqtai nazardan g‘o‘za qator orasiga va sug‘oriladigan ochiq maydonlarga
kuzgi g‘allalarni ekishda qo‘llanilib kelinayotgan mavjud-ananaviy sxemada (1-rasm)
urug‘ ekish usuli bo‘yicha quyidagi nazariy tadqiqotlar amalga oshirildi.
Odatda g‘alla hosilini etishtirishda uzunligi L, eni b ga teng bo‘lgan tekis
maydon F
1 =b∙L m, 2
(1) da yoppasiga urug‘ ekish sxemasini yer resurslaridan ya’ni,
yerning hosildor qatlamidan 100% samarali va unumli foydalanilgan urug‘ ekish usuli
sifatida qabul qilish mumkin. Demak g‘o‘za qator orasiga va sug‘oriladigan ochiq
maydonlarga mavjud-ananaviy sxema (1-rasm) da va yangi tavsiya etilgan sxema
(2-rasm)da urug‘ ekish usullari qo‘llanilganda yerning hosildor qatlami resurslaridan
foydalanish samaradorligini, ularining prinsipial sxemasi (1;2-rasm) geometrik
parametrlarini hisbga olgan holda, urug‘ ekish va uni etishtirish mumkin
bo‘lgan maydoni kattaliklari ( F
1 ;
F
2 ; F
3 ) ni o‘zaro taqqoslash orqali aniqlash
mumkin [ 3;4].
.
1 - pushta; 2 - egat; 3 – urug‘; b – jo‘yak eni; b II
– pushta eni; c – urug‘ qator oralig‘i;
d – egat eni (kultivator okuchnigi yordamida shakllantirilgan sug‘orish arig‘i).
Sug‘orish ariqlari ochilgan ya’ni, jo‘yak shakllantirilgan mavjud-ananaviy
urug‘ ekish sxemasi (1-rasm) dan ko‘rinadiki, uning urug‘ ekish mumkin bo‘lgan
maydoni
2.2-rasm. Ananaviy urug‘ ekish usulining prinsipial sxemasi
F
2 =(b - d)∙L m 2
, (2) ni
tashkil etishini ko‘rsatadi. U holda unig samaradorligini, ya’ni yerning hosildor
qatlamidan foydalanish koefitsientini F
2 ning F
1 ga nisbati orqali aniqlanganda
39](/data/documents/0e5ad62a-ff5f-439b-bd94-af65810740a8/page_39.png)

























![tarqalgandir. Bunday hollarda eksperimentni o‘tkazish uchun ajratilgan barcha
vositalar bir marta sarflanadi va olingan eksp e rimental natijalar asosida yakuniy qaror
qabul qilinadi. Buning natijasida agregatlarni tadqiqot qilish og‘ir masala bo‘lib
hisoblanadi va uni traditsion usulda echish to‘laqonli bo‘lishi mumkin emas. Shuning
uchun bu masalani yechishda yuqori ishonchli natijalarni olish uchun eksprimentni
rejalashtirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun agregatni murakkab ob’ekt
sifatida faraz qilamiz.
.
Agregatga kiruvchi faktorlar X vaqtning t momentida.
X faktorlar sifatida quyidagilar qaraladi:
X
(t) – agregatning dala bo‘ylab harakatlanishiga tuproqning tarkibi (bo‘z tuproq,
qumoq tuproq va boshqalar), namligi, dalaning relefi va boshqalar bilan
harakterlanadigan qarshiligi.
Agregatga kiruvchi boshqa tarkibiy qismlar informatsiya N (t) va boshqaruvchi
ta’sirlar U (t) hisoblanadi.
Boshqariluvchi faktorlar sifatida qarash mumkin :
U
1 (t) – agregatning dala bo‘ylab harakatlanish tezligi;
U
2 (t) – ishlov berish kengligi ;
U
3 (t) – ekish chuqurligi;
U
4 (t) – soshnikni bo‘ylama tekislikka nisbatan burilish burchagi;
Agregatning chiquvchi parametrlari U(t) kiruvchi X(t), informatsiya N(t), boshqarish
U(t) agregatning a(t) va vaqt t parametrlarining funksiyasidir:
Y(t) = A [x(t); H (t); U (t); a (t); t].
65](/data/documents/0e5ad62a-ff5f-439b-bd94-af65810740a8/page_65.png)


![Tavsiya etilayotgan ushbu innovatsion texnologiya asosida 60 sm li sxemada
urug‘ ekish texnologiyasining qo‘llanilishi natijasida sug‘oriladigan ochiq
maydonlarga, paxta terimidan so‘ngi 60 sm li g‘o‘za qatori oraliqlariga agregatning
bir o‘tishida jo‘yak shakllantirishni, hamda jo‘yakning pushta va egatlariga
belgilangan chuqurlikda, bir xil oraliqlarda yoppasiga qatorlab urug‘ ekishni, uni
ko‘mib-zichlab ketishni amalga oshirish orqali, g‘alla urug‘ini agrotexnik talab
darajasida amalga oshirishda yerning hosildor qatlami resurslaridan to‘liq
foydalanishni va boshqa ortiqcha iqtisodiy sarf-xarajatlarning keskin kamayishini
quyidagi hisoblardan ko‘rish mumkin.
4.1- § Seyalkani qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi
Seyalkalarni qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi uning 1 ga maydonga ishlov
berish uchun mehnat unumdorligi, mehnat va pul xarajatlarini SZ-3,6 seyalkasi bilan
solishtirilib GOST23728-88 va GOST23730-88 «Техника сельскохозяйственная.
Методы экономической оценки» [41,42] bo‘yicha aniqlandi. USZD-3,6
seyalkasining iqtisodiy ko‘rsatgichlarini aniqlashda dala tekshiruvlari natijalari
hisobga olindi.
4.1 -jadval
Texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlar hisobi va dastlabki ma’lumotlar
№ Ko‘rsatkichlar Belgil
anishi Ko‘rsatkichlar qiymati
Mavjud qurol Taklif etilyotgan qurol
1 2 3 4,00 5
A. Boshlang‘ich ma’lumotlar
1. Agregat tarkibi:
Traktor TTZ-80.11 TTZ-80.11
Mashina SZ-3,6 USZD-3,6
2. Massasi,kg:
Traktor G
1 3375,00 3375,00
Mashina G
0 1350,00 600,00
3 Ish tezligi, m/s Vm 6,90 6,90
4. CHakana narx,so‘m
68](/data/documents/0e5ad62a-ff5f-439b-bd94-af65810740a8/page_68.png)


















MAVZU: G‘O‘ZA QATOR ORASIGA G‘ALLA EKISH SEYALKASINING BIR DISKLI SOSHNIGI PARAMETRLARINI ASOSLASH M U N D A R I J A Kirish ………………………………………………………………… 6 I- bo‘lim ILMIY ADABIYOTLAR SHARHI …………………….…………… 13 1.1 - § G‘o‘za qator oralariga g‘alla urug‘larini ekish texnolgiyasini amalga oshirishda qo‘yiladigan agrotexnik talablar…………………………… 13 1. 2 - § . G‘o‘za qator orasida qo‘llanilayotgan g‘alla ekish usullari tahlili va yer resurslaridan foydalanish holati ………………………… 14 1.3 . - § Ishlab chiqiladigan g‘alla ekish seyalkasiga qo‘yiladigan dastlabki talablar ……………………………………………………………… 20 1.4. - § 1.5. - § Hozirgi kunda g‘o‘za qator orasiga hamda sug‘oriladigan ochiq maydonlarga g‘alla ekishda qo‘llanilayotgan texnik vositalar taxlili………………………………………………………………… G‘alla seyalkalariga o‘rnatiladigan mavjud soshnik (ekkich) lar tahlili ……………………………………………………………… 25 31 II-b o‘lim NAZARIY TADQIQOTLAR ……………………………………… 40 2.1. - § G‘o‘za qator orasiga samarali urug‘ ekish usulini qo‘llash uchun shakllantiriladigan jo‘yak formasini tanlash va uning yer resurslaridan foydalanishdagi samaradarligini asoslash……………………………… 40 2.2. - § G‘o‘zali va ochiq maydonlarga tanlangan samarali sxemada urug‘ ekish usulini mavjud urug‘ ekish usullari bilan taqqoslangan nazariy tadqiqot natijalari……………………………………… 45 2.3. - § Diskli soshniklar o‘rnatilgan seyalka seksiyasining prinsipial sxemasi va uning ishlash texnologiyasi …………………………… ………………... 53 2.4. - § Seyalka ishchi seksiyalariga o‘rnatiladigan bir diskli soshnikning parametrlarini aniqlash ……………………………………… ……. …… 56 2.5. - § Univyersal seyalkaga mo‘ljallangan okuchnikning rostlanish parametrlari va ishlanmasi ………………………………………… …………………. 61 2.6. - § Ekilgan urug‘larni ko‘mib-zichlab ketuvchi katoklar va uning texnologik jarayonlarni amalga oshirish sxemasi ……………………………………………………… ………… 64 2.7. - § Seyalka tayanch g‘ildiraklarini o‘rnatishning texnologik asoslash………………………………… …………… …….……………. 66 III -bo‘lim EKSPERIMENTAL T ADQIQOTLAR ………………………… …. … 67 3.1. § Eksperimental tadqiqotlar d asturi …… … …… .. ………………… ……. . 67
3.2 -§ Eksperimental tadqiqotlar uslubi…… …. …………… …………… …….. 67 3.3. - § Ishchi seksiyaning l aboratoriya ta dqiqot lari natijalari………… …………………… …………… ……. ……… …… …. 68 3.4. - § Dala tajribalari natijalari ……… … ………………………… ……….. … 73 4. Iqtisodiy samaradorli k … … … … … … … … … … … … … … …... … … … 77 X ulosalar …… … …… … …… … …… … …… … …… … …… … …… … …… … … 81 Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati …… … …… … …… … …… … …… … 83 Ilovalar …… … …… … …… … …… … …… … …… … …… … …… … …… … … 90 2
K I R I SH Bugungi kunda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi ” farmonida « ...Resurslarni tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish » , « Ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish... » ni jadallashtirish vazifalari qo‘yildi [1 . O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-iyundagi «Qishloq xo’jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida » gi PQ-5742-sonli Qarori. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022 – 2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida» gi PF-60-sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi PF-4947-sonli Farmoni. Biroq, qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo‘lgan g‘allachilik sohasida kuzgi g‘allani sifatli va “optimal” muddatda ekishni ta’minlashda sohani texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash o‘ta dolzarbligicha qolmoqda. CHunki, Respublikamizda umumiy g‘alla maydonining 80-85% ni tashkil etayotgan g‘o‘zali va suvli maydonlarga kuzgi g‘allani sifatli ekuvchi maxsus seyalkalarni yaratish, joriy etish ko‘p yillardan buyon dolzarb muammo bo‘lib kelmoqda. Respublikamizga xorijiy firma texnikalari bilan birga kirib kelayotgan har xil rusumli qimmatbaho g‘alla seyalkalari tarkibida esa, g‘o‘za qator ora siga va suvli ochiq maydonlarga urug‘ ekishga mo‘ljallangan maxsus konstruksiyali seyalka mavjud emas. SHu bois, hanuzgacha fermerlar g‘o‘za qator ora siga va suvli ochiq maydonlarga kuzgi g‘alla ekish texnologik jarayonlarini paxtachilikka mo‘ljallangan texnik vositalardan, aniqrog‘i kultivatorlar (KXU-4B; KXU-4V), samarasiz 3
moslamalardan, ko‘p xollarda esa bunga qo‘shimcha ravishda urug‘larni yyerga taqsimlashda, ekish oldidan minyeral o‘g‘it byerishda o‘g‘it sochgichlar (NRU-0,5; RMU-0,5) dan foydalangan holda amalga oshirib kelmoqda. Aynan ushbu texnikalar 5 yillik «Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va maxsulot etishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik karta» larda ham urug‘ ekuvchi texnik vositalar sifatida kiritilib kelinmoqda. Ushbu mavjud texnologiyada ekish oldidan o‘g‘itlash, urug‘larni ekiladigan yerga taqsimlash “sochma” yoki “sepma” usulda bajarilib, so‘ngra jo‘yaklash ya’ni, sug‘orish ariqlarini ochish , urug‘larni qadash va ko‘mish jarayonlari kultivatorlar (urug‘ ekishga mo‘ljallanmagan texnikalar) yordamida pala-partish amalga oshirilmoqda. Bunday o‘rinsiz, samarasiz urug‘ ekish texnologiyasi natijasida: -b irinchidan urug‘lik donlarning sifatsiz ekilishi tufayli 10-15% urug‘lar 7-10 sm chuqurlikga tushib, ko‘karib chiqmayotganligi, yyerning yuza qismida joylashib qolgan 10-15% urug‘lar qushlar va kemiruvchi jonivorlarga yem bo‘lishi, ko‘karganlarining esa 15-20% i sovuq hamda jazirama issiq ob-havo ta’sirida nobud bo‘lishi yuz byermoqda, ya’ni kamida 20-25% urug‘ning isrof bo‘layotganligi (yo‘qotilayotganligi), bunday holat deyarli har yili kuzatilmoqda. Bu esa yetishtirilayotgan yalpi hosil miqdorining 15-20% gacha, ba’zida 40-60% gacha kamayishiga asosiy sabab bo‘lmoqda. -i kkinchidan ushbu mavjud texnologiya agregat (KXU-4B; KXU-4V; NRU-0,5; RMU-0,5) larning zagon bo‘ylab bir necha takroriy o‘tishi bilan amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida elita va boshqa saralangan hosildor navli urug‘larning sifatsiz ekilishiga, mavsumda me’yordan ko‘p urug‘ sarflashga, ortiqcha yoqilg‘i sarfiga, ish unumining pasayishiga, ish haqi fondi va traktor amartizatsiyasining ortishiga, kuzgi ob-havo sharoitida qisqa-“optimal” muddatda sifatli ekib ulgurmaslikga olib kelmoqda. Natijada don ishlab chiqarish xarajatlari ortishi, etishtiriladigan yalpi don hajmining kamayishi, hosildorligining pastligi sababli 4
mamlakatimiz agrar sektori ushbu sohada ham moddiy, ham iqtisodiy zarar ko‘rmoqda. Ma’lumki xalqaro miqyosda oziq-ovqat tanqisligining ortib borishi insonlarning don maxsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini tez suratda ijobiy hal etishni talab etuvchi mamlakatlar aro global muammoga aylanmoqda. Mavjud axborot resurslari ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, jahonda ishlab chiqarilayotgan don maxsulotlari tarkibida g‘alla ekinlari doni yetakchi o‘rinni egallaydi, ya’ni bug‘doy, arpa, so‘li, javdar, tritikali donlari – 38,4% ni, makkajo‘xori doni – 32,4% ni, sholi – 27,9% ni, tariq – 1,3% ni tashkil etadi. SHuningdek dunyo dexqonchiligida donli ekinlar orasida bug‘doy ekinlari yetishtiriladigan yyerlar kattaligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan holda 210 mln, gektar atrofida maydonlarni tashkil etadi. Eng ko‘p bug‘doy ekiladigan maydonlarni Rossiya, AQSH, Xitoy, Xindiston, Kanada, Argentina, Fransiya, Turkiya, Avstraliya, Qozog‘iston, Italiya mintaqalari tashkil etadi. Biroq mavjud ma’lumotlarda jahon miqyosida yetishtirilayotgan g‘alla uchun ajratilgan hosildor yerlarning chegaralanganligi, odam jon boshiga to‘g‘ri keladigan don miqdorining yildan yilga kamayib borayoganligi qayd etilmoqda. Oxirgi 50-60 yil mobaynida ushbu donli ekinlarga ajratilgan maydonlar atigi 1,18 % ga oshirilgan xolos [3]. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Respublikamizda etishtirilayotgan bug‘doy, arpa, javdar, so‘li, tritikali kabi g‘alla donlaridan tayyorlanadigan mahsulotlar bugungi kunda xalqimizning birdan bir non va boshqa oziq-ovqat manbai bo‘libgina qolmasdan, chorvachilik, hamda parrandachilikni rivojlantirishda omuxta yem zahiralarining asosini tashkil etib kelmoqda. SHu bois jahon xalqlarining donga bo‘lgan ehtiyojlarining tobora ortib borayotgan global muammolari singari mamlakatimizda ham g‘alla donini ko‘paytirib borish strategiyasi aktual masala bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning 2008 yil 20 oktyabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni etishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari” 5