SUG’ORISH EROZIYASI JARAYONIDA TUPROQLARNING FIZIKAVIY XOSSALARINING O’ZGARISHI







![8
Kesma 3. 16.04.07. Haqberdiyev O.E., Maxsudov X.M. tipik bo‘z tuproq,
o‘rta qumoqli, o‘rtacha yuvilgan, janubiy ekspozitsiyaning o‘rta qismi, qiyaligi 4-
4,5 0
, Ibragimov xo‘jaligi Shaxrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati.
0-23 sm Bo‘z rang, quruq, o‘rta qumoq, kesakchasimon mayda donodor
strukturaga ega, zichroq, ko‘p yillik o‘simlik ildizchalari uchraydi, keyingi
qatlamga o‘tish zichligi bilan ajralib turadi.
23-46 sm. Bo‘zsimon kul rang, nam, o‘rta qumoqli, mayda donador
strukturaga ega, zich, o‘simlik ildizlari kam uchraydi, hasharotlar inlari uchraydi,
keyingi qatlamga o‘tish rangi bilan ajralib turadi.
46-72 sm. Kul rang, nam, o‘rta qumoq, changsimon donodor strukturaga
ega, yakka holda yirik o‘simlik ildizlari uchraydi, yangi yaralmalar dog‘simon
karbonatlar shaklida, keyingi qatlamga o‘tish bir xilda.
72-110 sm. Kul rang, nam, o‘rta qumoq yengilga yaqinroq, changsimon
strukturaga ega, zichlashgan, yakka holda chirigan ildizchalar uchraydi. Yangi
yaralmalar uchramadi, keyingi qatlamga o‘tish bir xilda.
Xulosa qlib aytganda, geologiya-gemorfologiya, iqlim, tuproq va tuproq
hosil qiluvchi jinslarning har xilligi, past-baland relf sharoiti va eroziyaga qarshi
chora-tadbirlarning yo‘qligi bu hududda tuproqlarning har xil darajada
eroziyalanishiga olib kelgan. [ X.Maqsudov. tuproq morfologiyasiga sug‘orish
eroziyasining ta’siri, 2007 ] .](/data/documents/13d2d51b-0e9a-4d24-9402-d7e3e48613c2/page_8.png)
![9
1.2. Bo’z tuproqlar agrokimyoviy xossalarining sug’orish eroziyasi
ta’sirida o’zgarishi [ S.Haqimbayeva, O.Qo‘ziboyev, N.Japaqov ] .
Qashqadaryo vohasi murakkab geologik, geomorfologik tuzilishga, turli
tuproq qoplamlariga ega bo‘lib bepayon tog‘lik, adir tog‘oldi tekisliklari va cho‘l
tekisliklardan iborat, bu hudud tuproq xossalarini o‘rganish, kelgusida uning
unumdorligi saqlash va oshirib borishda ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish
bugunning kechiktirib bo‘lmaydigan muhim masalalaridan biridir.
Ma’lumki dehqonchilikda foydalanib kelinayotgan tuproqlarda me’yorida
sug‘orish, agrotexnik tadbirlar, turli o‘simliklar ozuqa moddalarini o‘zlashtirishi
hisobiga ularning miqdori kamayib boradi, o‘rnini to‘ldirish esa murakkab
jarayondir. Shundan kelib chiqib, o‘rganilayotgan hudud sug‘oriladigan taqirsimon
o‘tloqi tuproqlarida gumus va oziqa moddalarini sug‘orish davri bilan bog‘liq
o‘zgarishini aks ettiruvchi ma’lumotlar adabiyotlarda kam yoritilgan.
Izlanish ob’ekti bo‘lib, Qarshi cho‘li hududi tuproqlaridan quyidagi
tuproqlar olindi:1) 3 yil sug‘oriladigan og‘ir qumoqli taqirsimon o‘tloqi tuproqlar;
2) 10 yildan buyon sug‘oriladigan og‘ir qumoqli taqirsimon o‘tloqi tuproqlar; 3) 30
yildan buyon sug‘oriladigan og‘ir qumoqli taqirsimon, o‘tloqi tuproqlar; 4) 50
yildan buyon sug‘oriladigan og‘ir qumoqli taqirsimon, o‘tloqi tuproqlar; 5)100
yildan ziyod sug‘oriladigan og‘ir qumoqli taqirsimon, o‘tloqi tuproqlar; 6) qo‘riq
og‘ir qumoqli, taqirsimon o‘tloqi tuproqlar.
Yuqorida izohlangan tuproqlarida “kalit maydonlar” tanlab olinib fizik
nuqtalarda tuproqlarni quyidagi xossalari o‘rganildi:
Tuproq kesmasi olinib genetik qatlamlar bo‘yicha laboratoriya sharoitida
tahll qilish uchun tuproq namunalari olindi.
Tuproqlarning genetik qatlamlari bo‘yicha hajm massasi silindr usulida
aniqlandi. Laboratoriya sharoitida a) kimyoviy tarkib bo‘yicha quyidagi tahlillar](/data/documents/13d2d51b-0e9a-4d24-9402-d7e3e48613c2/page_9.png)




![14
100 yil mobaynida sug‘orilib kelinayotgan tuproqlarda 9,4 t/ga teng. Bunday holat
fosfor miqdorining ham o‘zgarishida yaqqol seziladi uning miqdori qo‘riq
tuproqlarga nisbatan hattoki ikki barobarga oshib borganligi kuzatiladi.
Tadqiqotlar olib borilgan tuproqlarda sug‘orish muddatining ortib borishi
tuproqga ishlov berish, organik va mineral o‘g‘itlar qo‘llash, o‘simliklar
qoldig‘ining yillar sayin ortib borishi va sug‘orish suvlarining sifatiga bog‘liq
holda uning gumus qatlami qalinlashib, miqdorini oshib borishi va unga mutanosib
holatda azot va fosfor umumiy miqdorini ortishi mumkinligi izlanishlar natijasida
asoslandi deb hisoblash mumkin.Yuqorida aytganimizdek bu jarayon faqat
umumiy kaliydan qisman mustasno, bu borada tadqiqiotlar davom etmoqda.
[Sattorov J.S., Atoyev B.] Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirishda tuproqlarning agrokimyoviy xossalarini o‘rganish katta
ahamityaga ega. Chunki, o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash tuproqni gumus va oziqa
elementlar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshi bilishga bog‘liq. Tuproqdagi
oziqa elementlar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshi bilishga bog‘liq.
Tuproqdagi oziqa elementlar miqdorini bilish o‘g‘itdan foydalanish koeffitsentini
oshiradi. Gumus esa suv g‘ havo rejimini yaxshilab o‘simliklarni ildiz orqali
oziqlanish sharoitini maqbulashtiradi. Shuning uchun ham Surxondaryo viloyati
sug‘oriladigan tuproqlar agrokimyoviy holatini o‘rganish zarur deb hisoblaymiz
(1-jadval).
Bu xossalarning asosiylaridan biri chirindi (gumus) miqdoridir. Avtomorf
tuproqlarda, ya’ni o‘tloqlanish jarayoni bo‘lmagan tuproqlarning haydalma
qatlamida, gumus miqdori daryoning yoyilmasi bo‘ylab pastga qarab yurilganda
kamayib boradi Masalan Sariosiyo tumanining sug‘oriladigan tipik bo‘z
tuproqlarida gumus 1,05 %, Uzun tumanining xuddi shunday tuproqlarida 0,98 %,
Denov tumanida 0,96 %.
Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlarida sug‘oriladigan och tusli bo‘z
tuproqlar tarqalgan . Ularning haydalma qatlamlarida (yuqoridagi ketma-ketlik
bilan) 0,77 va 0,71 %. Demak och tusli bo‘z tuproqlar ilgarigi mavjud qonuniyatga
muvofiq gumus miqdori nisbatan kamligi bilan tavsiflanadi Surxondaryo tabiiy -](/data/documents/13d2d51b-0e9a-4d24-9402-d7e3e48613c2/page_14.png)

![16
1-jadval
Tuproqlar agrokimyoviy xossalari
[Sattorov J.S., Atoyev B.]
Tuman Tuprog‘i Maydoni,
ga (tuman
b o’ yicha) Kesmalar Gumus
% N P K
Umumiy miqdori
%
1 2 3 4 5 6 7 8
Sariosiyo
(Diyorov
nomli
x o’ jalik) Sug‘oriladigan
tipik b o’ z 592 119
a,b,v,g,d (5) 1,05 0,065 0,1
3 1,49
Sug‘oriladigan
o’ tloqi 209 1,10 0,084 0,1
5 1,58
Uzun
(Guliston
x o’ jaligi) Sug‘oriladigan
tipik b o’ z 2 130 a,b,v
(3) 0,98 0,058 0,1
4 1,48
Sug‘oriladigan
o’ tloqi 1033 137
a,b,v,g,d (5 1,04 0,068 0,1
5 1,51
Denov
(A.Temur
nomli
x o’ jalik) Sug‘oriladigan
tipik b o’ z 59 0,96 0,055 0,1
5 1,54
Sug‘oriladigan
o’ tloqi 1781 260
a,b,v,g,d,ye
yo,j,z (9) 0,98 0,065 0,1
6 1,63
Sh o’ rchi
(Oxunboboye
v nomli
x o’ jalik) Sug‘oriladigan
och tusli b o’ z 584 0,77 0,042 0,1
5 1,60
Sug‘oriladigan
o’ tloqi 1050 269
a,b,v,g,d (5 0,91 0,042 0,1
6 1,68
Qumq o’ rg‘on
(Boymatov
nomli
x o’ jalik) Sug‘oriladigan
och tusli b o’ z 2700 0,71 0,040 0,1
5 1,58
Sug‘oriladigan
o’ tloqi 1800 283
a,b,v,g,d,ye,
j,z,i,k (10) 0,92 0,050 0,1
6 1,65](/data/documents/13d2d51b-0e9a-4d24-9402-d7e3e48613c2/page_16.png)














![31
1.3.Tuproqlar umumiy fizik xossalarining sug‘orish
ta’sirida o‘zgarishi
[Quvantayev R., Musurmonov A., O‘razboyev I., Soliyeva N.,
Turg‘unov M., 2010 ] ma’lumoti bo‘yicha
Tuproq unumdorligi belgilovchi omillardan biri - bu tuproqlarni fizik
xossalaridir. Yetakchi o‘rinda tuproq zichligi va haydov qatlamining struktura
holati turadi. Tuproq qatlami zichligi struktura hosil bo‘lishida agregat
ko‘rsatkichini, suv – havo nisbatini va tuproqda issiqlik almashinishini, qattiq
qismi va bo‘shliqlar nisbatini, zarrachalar miqdorini va bir-biri bilan aloqadorligini
belgilaydi. Tuproq qatlami zichligi uning nisbiy tarkibiga, turli kattalikdagi
pgregatlar nisbatiga, granulometrik tarkibiga bog‘liq. Tuproq qatlamining zichlik
kattaligi tuproqga ko‘rsatgan inson ta’siri tezligini aniq ifodalaydi. Shu sababli
tuproq qatlami zichligini turli darajada nazorat qilish orqali agroekologik nuqtai
nazardan salbiy holatni borligi yoki yo‘qligi haqida axborot olish mumkin.
Tuproqda texnologik yukni oshishi, og‘ir texnikadan foydalanishi natijasida
ifloslansa, haydov qatlamiga ishlov berishning oshishi yuqori se’yorda mineral
o‘g‘itlar berilishi, sug‘oriladigan dehqonchilikda ekin maydonlarini kengayishi,
har doim agroekologik qarama-qarshilikni, agronomik, shu jumladan agrofizik
nuqtai nazardan noqulaylikni keltirib chiqaradi.
Keyingi yillarda respublikamizda tuproq unumdorligini qayta tiklovchi, sarf
harajatlarni kamaytiruvchi,antropogen omillar ta’siri birmuncha kam bo‘lgan,
tuproqlarga kam ishlov beruvchi iyexnologiyalar ishlab chiqilib ishlab chiqarishda
sinalmoqda.
Toshkent vohasining eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari va
Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarida dala tajribalari
O‘zbekiston paxtachilik, tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot institutlari
uslubiy qo‘llanmalari asosida olib borildi.
Eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida dala tajribalari
quyidagi sxema asosida olib borildi:](/data/documents/13d2d51b-0e9a-4d24-9402-d7e3e48613c2/page_31.png)











![43
qorabaliq - marinka, laqqa baliq va hakozolar ko‘p. Samarqand yaqinidagi
«Zarafshon» qo‘riqxonasida «Buxoro jayron pitomnigi» dan iqlimlashtirilgan
Buxoro kiyigi – Xongul yashaydi.
2.2 . Tadqiqot obyekt lar i. Respublikamizning sug‘orib dehqonchilik
qilinadigan tuproq maydonlarining 60 % dan ziyod qismi sug‘orish eroziyasiga
chalinib unumdorligini pasaytirirish xususiyatiga ega. Ushbu hududlarda olib
borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba natijalarini o‘rganib chiqish hamda
sug‘orish eroziyasiga uchragan tuproqlarni tadqiq etish ushbu ishning obekti qilib
olindi.
2.3. Tadqiqot uslublari. Dala tajribasida quyidagi kuzatish va hisob-kitoblar
o‘tkazildi va uslublar qo‘llaniladi: Eroziyaga uchragan tuproqlarning yuvilishi,
oqavaning to‘planishi va unumdorligiga ta’sirini o‘rganish M. N. Zaslavskiy
(1987) uslublari asosida o‘rganiladi [10].
Tuproqning fizik xossalarini aniqlashda quyidagi uslublar qo’llaniladi:
a) tuproqning mexanik tarkibi – Kachinskiy buyicha pipetka usulida;
b) tuproqning solishtirma massasi–piknometr usulida;
v) tuproqning hajmiy massasi-silindr usulida;
g) tuproqning kovakligi – hisob-kitob yuli bilan aniqlanadi.
3. TADQIQOT NATIJALARI
3.1. Tuproqning zichlashuvini kamaytirish yo’llari](/data/documents/13d2d51b-0e9a-4d24-9402-d7e3e48613c2/page_43.png)










1 SUG’ORISH EROZIYASI JARAYONIDA TUPROQLARNING FIZIKAVIY XOSSALARINING O’ZGARISHI MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………..3 1. Adabiyotlar sharhi……………………………………………………..5 1.1. Sug’orish eroziyasining tuproq morfologiyasiga ta’siri……………....5 1.2. Bo’z tuproqlar agrokimyoviy xossalarining sug’orish eroziyasi ta’sirida o’zgarishi……………………………………………………………………….....10 1.3. Tuproqlar umumiy fizik xossalarining sug’orish ta’sirida o’zgarishi...30 2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari……………………………40 2.1 Tadqiqot sharoitlari…………………………………………………….40 2.2. Tadqiqot obyektlari……………………………………………………42 2.3 Tadqiqot uslublari…………………………………………..................42 3. Tadqiqot natijalari………………………………………….................43 3.1. Tuproqning zichlashuvini kamaytirish yo’llari……………………….43 3.2. Och tusli bo’z tuproqlari sharoitida chigitni har xil muddatlarda ekilganda paxta hosildorligiga ta’siri…………………….……………………….44 3.3. Sug’oriladigan tuproqlarning agrofizik holatini maqbullashtirish va boshqarish…………………………………………………………………….......46 Xulosalar………………………………………………………………….48 Tavsiyalar ………………………………………………………………..49 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………........50
2 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yer resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan «Yer kadastri», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida» gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida» gi, «Davlat yer kadastri to‘g‘risida» gi qonunlarning qabul qilinishi, Respublika Prezidentining Farmonlari va bir qator Hukumat qarorlari mamlakatimizda yer resurslaridan oqilona foydalanishning huquqiy zaminini yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2015 yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishning yakunlariga va 2016 yilda iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisda aytganlaridek, mamlakatimizda mulkchilik munosabatlarining o‘zgarishiga dehqonlarda yer egasi hissiyotini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy islohatlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda amalga oshirish qishloq xo‘jaligida chuqur ijobiy o‘zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga, ya’ni shu soha rivojlanishining asosiy dokomotiviga aylandi. Shuni ham aytish kerakki, qishloq xo‘jaligi sohasida xususan yer resurslaridan foydalanishda iqtisodiy-huquqiy islohatlarni amalga oshirish agrar sohaning respublikamiz iqtisodiyotiga, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida islohatlarni amalga oshirishda asosiy ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda yer resurslarini boshqarish – yer resurslarini o‘rganish va ularni haritalash, yer monitoringini va yer kadastrini yuritishni, yerdan samarali foydalanishni va uni muhofazalash, tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish kabi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Bu xususda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat
3 qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi 2004 yil 15 oktyabrdagi PF -3502 – sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19-oktyabrdagi 483 – sonli O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qarori respublikamiz yer resurslaridan foydalanishda yagona davlat siyosatini amalga oshirishning asoslarini yaratib berganligini ta’kidlash zarur. Tadqiqotning maqsadi. Sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlarda sug‘orish eroziyasi jarayonida tuproqlarning fizikaviy xossalarining o‘zgarishi va uning tuproq unumdorligiga ta’sirini ilmiy manbalardan o’rganishdan iborat. Tadqiqot vazifalariga quyidagilarni kiritildi. 1. Qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning sug‘orish eroziyasi natijasida morfologik o‘zgarishlarini o’rganish. 2. Sug‘orish eroziyasi mavjud maydonlarda mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llashning tuproq fizikaviy xossalariga ta’sirini o’rganish. 3. Sug‘orish eroziyasiga uchragan tuproqlarning unumdorligini oshirish chora tadbirlarini o’rganish. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati . Tuproqlarning cuv fizik xossalarining o‘zgarishining ilmiy ahamiyati, uning unumdorligini belgilashda, ayniqsa madaniy o‘simliklarning me’yorida rivojlanishida, hosildorligini oshirishda hamda tuproqda kechadigan barcha jarayonlarning namoyon bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Tuproqlarning fizikaviy xossalarining o‘zgarishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, sug‘oriladigan tuproqlarni unumdorligini saqlash va tiklash uchun uning umumiy fizik xossalari muhim hisoblanadi. Tuproqlarning zichlanishi oldini olish maqsadida har 2-3 yilda tuproqning haydalma osti (plug tovon) qatlamini yumshatish, tavsiya etilgan me’yorlar asosida organik va mahalliy o‘g‘itlardan keng foydalanish, hamda tuproqlarning havo va namlik rejimini yaxshilash maqsadida almashlab ekish tizimini ishlab chiqarishga keng joriy etish yuqori samarali usullardan hisoblanadi.
4 Ishning tuzilishi va hajmi. Malakaviy bitiruv ishi – 64 betdan iborat bo’lib, kirish, 3 bob, xulosalar, foydalanilgan 31 ta adabiyotlar ro’yxati va tavsiyalardan iborat. Malakaviy bitiruv ishi matnida 1 ta jadval, 10 ta rangli rasm keltirilgan. 1. ADABIYOTLAR SHARHI 1.1. Sug’orish eroziyasining tuproq morfologiyasiga ta’siri Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – xo‘jaliklarda eroziya jarayonlariga qarshi chora-tadbirlarni keng joriy qilishdir. Dehqonchilik madaniyatini yuqori pog‘onalarga ko‘tarish, sug‘oriladigan yerlardan oqilona foydalanish va ularni unumdorligini oshirish, fan va texnika yutuqlarini hamda ilg‘orlar tajribalarini amaliyotga qo‘llash ko‘p jihatdan chora-tadbirlarni to‘g‘ri joriy qilishga bog‘liq. Ilmiy jihatdan asoslangan va xo‘jaliklarning tuproqlariga mos keladigan chora – tadbirlarni joriy qilish, ishlab chiqarish omillaridan unumli foydalanish, uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Eroziya jarayonlariga qarshi qo‘llanilayotgan chora-tadbirlar tufayli yerdan unumli foydalanish yaxshilanadi. Tuproqning donadorligiva sifati oshib, sug‘orish suvi tejaladi, xo‘jaligining moliyaviy ahvoli yaxshilanadi, dalalar begona o‘tlardan tozalanadi, o‘simliklarning zarakunanda hasharot va zararkunandalardan zararlanishi kamayadi. Eroziyaga doir chora-tadbirlar to‘g‘ri va sifatli olib borilishi natijasida yerlarning unumdorligi oshadi, oraliq va takroriy ekinlardan oqilona foydalanish tufayli yerning unumli foydalanish koeffitsenti ortadi, ekinlar hosildorligi oshib, mahsulot sifati yaxshilanadi. O’ zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng g‘alla mustaqilligini ta’minlash zaruriyati munosabati bilan sug‘orib ekiladigan dehqonchilikda keskin burilishlar ro‘y berdi, ya’ni g‘o‘za yakka ziroatchiligi barham topib, eroziyaga uchragan yerlarda don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish strukturasi ham o‘zgardi. Respublikaimzning eroziyaga uchragan yerlariga, xususan, Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, g‘o‘za-don-siderat ekinlarni
5 almashlab ekish tizimini joriy qilish ijobiy natijalar bermoqda. Eroziyaga uchragan sug‘oriladigan tuproqlarda g‘o‘za-don-siderat ekinlarining o‘rni qanday va bu ekin turlari tuproq unumdorligiga qay darajada ta’sir etadi, biz qo‘llagan chora- tadbirlardan keyin ekilgan ekin turlarining hosildorligi qanday bo‘ladi? – degan savollarga ilmiy asoslangan javob topish hozirgi kunning eng muhim dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston aholisini g‘alla bilan va chorvani yem-xashak mahsulotlari bilan ta’minlash, chetdan mahsulot olmasdan turib, o‘zimizda arzon va sifatli don mahsulotlarini yetishtirish va eroziyaga uchragan yerlarning unumdorligini oshirishda qo‘llanilayotgan chora-tadbirlarni kiritish va uni ilmiy jihatdan asoslash ayni paytda muhim ahamiyat kasb etuvchi vazifalardan biri hisoblanadi. Bu muammolarni ijobiy hal qilish maqsadida X.Maqsudov tomonidan tuproq eroziyasi va muhofazasi bo‘limi xodimlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani «Ibragimov» xo‘jaligida 2006 yildan boshlab, hozirgi kunga qadar «O‘zbekistonning tog‘lik hududlarida tuproq eroziyasini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish» mavzusi bo‘yicha dala tajribalari olib borilgan. 1. Tuproq + NPK (fon) xo‘jalik sharoitida qo‘llaniladigan o‘g‘itlar me’yori. 2. Tuproq + (fon) + K-9 (gektariga 10-15 kg). 3. Tuproq + (fon) + sideratlar (Perko + roj). (Polikompleks 1-2 vegetatsiya sug‘orishdan so‘ng jo‘yak orasiga 10-15 sm kenglikda sepiladi). Tajriba o‘tkazilayotgan dala tuprog‘i sug‘orilib kelinayotgan tipik bo‘z tuproqlar, mexanik tarkibi moyil yengil va o‘rta qumoqlardan iborat. Tuproqlarning morfologik belgilari tuproq turini aniqlashda, tuproqqa tavsif berishda, shuningdek eroziyalanganlik darajasini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega. Tuproqning morfologik ko‘rsatkichlariga eroziyani va unga qarshi o‘tkazilgan chora-tadbirlarning ta’sirini o‘rganishda, biz asosan har qaysi kesmaning gkmksli qatlam qalinligiga, yuqori qatlamning rangiga, donadorligiga,