logo

TUPROQNING KELIB CHIQISHI, TUZILISHI, TARKIBI, XOSSALARI VA UNUMDORLIGI, TUPROQ VA O’SIMLIK O’RTASIDAGI UZVIY BOG’LIQLIGI, TUPROQLARNING GEOGRAFIK TARQALISH QONUNIYATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1567 KB
TUPROQNING KELIB CHIQISHI, TUZILISHI, TARKIBI, XOSSALARI
VA UNUMDORLIGI, TUPROQ VA O’SIMLIK O’RTASIDAGI UZVIY
BOG’LIQLIGI, TUPROQLARNING GEOGRAFIK TARQALISH
QONUNIYATLARI
MUNDARIJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1. Tuproqning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar
2. Tuproqning morfologik tuzilishi va tarkibi haqida
3. Tuproqning xossalari va unumdorligi
4. Tuproq va o’simlik o’rtasidagi uzviy bog’liqlik
5. Tuproqlarning geografik tarqalish qonuniyatlari
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
V.ILOVA
1 I.KIRISH
Respublikamizda  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari  va  ularni  yetishtirishda
unumdor tuproq qoplami mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati va barqarorligini
belgilaydigan asosiy manba hisoblanadi.
Mamlakatimizda   agrar   sanoat   rivojlangan   bo‘lib,   uning   tabiiy   iqlim
sharoiti,   tuproq   va   suv   manbalari   mehnat   resurslari   hamda   qishloq   xo‘jaligi
ekinlari   -   paxtachilik,   g'allachilik,   bog'dorchilik   va   sabzavot-poliz
mahsulotlaridan   yuqori   hosil   olishga   imkoniyat   yaratib   beradi.   Yurtimiz
bo‘yicha haydaladigan yerlar 4,9 mln. gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan
yerlar   4,3   mln.   gektarni   tashkil   etadi.   Sobiq   Ittifoq   davrida   intensiv
dehqonchilik va paxta monokulturasining qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanishi
natijasida   sug‘oriladigan   yerlarning   60-70%   i   sho‘rlangan,   eroziyaga
uchragan, pestitsidlar va og‘ir metallar bilan ifloslangan. Davlatimiz yuqorida
aytib   o‘tilgan   muammolarni   hal   qilish   maqsadida   Yer   kodeksi   va   kadastrini
ishlab   chiqish,   yerni   ijara   sifatida   fermer   va   dehqon   xo‘jaliklariga   berish
masalasini amalga oshirdi.
Tuproq   biosferaning   tarkibiy   qismi   va   qishloq   xo‘jaligini
rivojlantiradigan   ishlab   chiqarishning   asosiy   vositasi   bo‘lib,   uni   har
tomonlama o‘rganadigan fan - tuproqshunoslik fanidir.
Respublikamiz   mustaqillikka   erishgan   davrigacha,   tuproqshunos   va
agrokimyogar  mutaxassislar  Toshkent  davlat  universiteti  va  Toshkent  Agrar
hamda   Samarqand   Qishloq   xo‘jalik   institutida   tayyorlanar   edi.
Tuproqshunoslik   bo‘yicha   yozilgan   darsliklar   rus   tilida   bo‘lib,   faqat   o‘tgan
asrning   oxirlarida   M.A.Pankovning   “Tuproqshunoslik”,   1963-yilda
A.M.Rasulov   va   M.Bahodirovning   “Tuproqshunoslik   va   dehqonchilik
asoslari”,   nihoyat   I.Boboxo‘jayev   va   P.Uzoqovning   “Tuproqshunoslik”
darsligi   1995-yilda   chop   etildi.   Afsuski,   bu   darslik   qishloq   xo‘jaligi
yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
2 O‘rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan Toshkent universitetida davr talabi
bilan   “Tuproqshunoslik”   fanidan   o‘zbek   tilida   kichik   hajmda
X.A.Abdullayev,   L.T.Tursunov   (1974,   1975)   va   H.X.Tursunovlar   (2000)
tomonidan qo‘llanma va matnlar chop etildi.
Respublikamizda   malakali   tuproqshunos   mutaxassislarini   tayyorlash
uchun   dunyo   talablariga   javob   beradigan   Yevropa,   Amerika   va   Osiyo
tuproqshunoslari   tomonidan   ishlab   chiqilgan   ilmiy   g‘oyalarga   asoslangan
umumiy   ta’limni   rivojlantirishga   to‘g‘ri   keladi.   Shu   davrgacha
tuproqshunoslik   fanining   asoschisi   V.V.Dokuchayev   va   uning   shogirdlari
tomonidan   ilgari   surilgan   g‘oyalar   va   ta’limotlarga   asoslanib   keldik.
Dehqonchilik fani va tabiatshunoslik tarixiga oid hamda tuproq to‘g‘risidagi
ma’lumotlar qadimiy Yunoniston, Misr, Eron, Xitoy, Hindiston, Yaponiya va
Markaziy   Osiyoda  yashab  ijod  qilgan   buyuk  allomalarimiz   al  Beruniy,   Abu
Ali   Ibn   Sino,   al   Farobiy   asarlarida   keltirib   o‘tilgan.   Markaziy   Osiyo
tuproqlari   haqidagi   ma’lumotlar   zardushtiyikning   “Avesto”,   al   Xusayn
Narshaxiyning   “Tarixi   Narshahiy”   va   “Qobusnoma”   kabi   tarixiy   kitoblarda
bayon   etilgan.   Buyuk   mutafakkirlarimiz   hazrati   Navoiy   va   Boburning
asarlarida ham tuproq to‘g‘risida tafsilotlar keltirilgan.
3 II.ASOSIY QISM
1. Tuproqning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar
Tuproqshunoslik   qadimgi   davrlardan   rivojlanib   kelayotgan   tabiiy
fanlardan   biri   bo‘lib,   insoniyat   tarixiy   taraqqiyoti   bilan   chambarchas
bog‘liqdir.   Tuproq   qoplami   yer   yuzidagi   biogen   qobiqdan   tashkil   topgan
alohida   mahsulot   bo‘lib,   u   quruqlik   va   suv   havzalarini   o‘rab   olgan.   Tog‘
jinslarining (litosferaning) yer yuzasidagi qismi tirik jonivorlar, atmosfera va
gidrosfera   omillari   ta’sirida   o‘zgarib,   tuproq   qoplamini   hosil   qiladi.   Tuproq
qoplami   o‘simlikning   o‘sishi   va   rivojlanishi,   tirik   jonivorlarning   yashashi
biomahsulotning shakllanishi hamda planetadagi geofizik va biogeokimyoviy
jarayonda   faol   ishtirok   etadi.   Akademik   V.I.Vernadskiy   tuproqni   yer
kurrasining   foydali   va   unumdor   zontidir   deb   ataydi.   Tuproq   qoplami
yuqorida aytib o‘tilganidek, yer qobig‘ining tarkibiy qismidagi, litosferadagi
geofizik   o‘zgarishlar,   atmosfera,   gidrosfera   va   biosferaning   o‘zaro
munosabatidan vujudga kelgan mahsulotdir.
Tuproq hosil bo‘lishi deganda - tog‘ jinslarini (magmatik, metamorfik,
cho‘kindi)   mexanik,   fizik,   kimyoviy   va   biologik   jarayonlar   ta’sirida
yemirilib,   iqlim,   suv   va   gravitatsion   kuchlar   ta’sirida   elyuviy,   delyuviy,
prolyuviy,   allyuviy   va   eol   yotqiziqlar   ustida   tabiiy   sharoitda   tuproq   paydo
bo‘lishi   hamda   inson   faoliyati   ta’sirida   uning   tadrijiy   rivojlanishi   va
evolyutsiyasini tushunamiz.
Tuproq   fizikaviy   holatiga   ko‘ra   uch   fazali   tizim:   qattiq,   suyuq,
gazsimon,   keyinroq   A.A.Rode   to‘rtinchi   biologik   fazani   ham   hisoblanishini
tavsiya   etadi.   Ma’lumki,   tuproq   paydo   bo‘lishining   birinchi   bosqichi   tog‘
jinslarining   nurash   davriga   to‘g‘ri   keladi.   Bu   jarayon   va   davr   ichida   tuproq
paydo   bo‘lishi   litosferaning   yemirilish   qobig‘i   bilan   birgalikda   rivojlanadi.
Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslari litosferaning asosini tashkil
qiladi.   Magmatik   tog‘   jinslari   yuqori   haroratda   erigan   magmaning   chuqur
4 qatlamlarida   katta   bosim   ta’sirida   qotib   qolishi   natijasida   paydo   bo‘ladigan
intruziv   (granitlar,   sienitlar,   dioritlar)   jinslarga   hamda   yer   yuziga   oqib
chiqqan   magmaning   odatdagi   atmosfera   bosimi   sharoitida   qotishi   natijasida
hosil   bo‘lgan   effuziv   (bazalg‘tlar,   porfiritlar,   tuflar)   va   boshqa   jinslarga
bo‘linadi.   Litosferaning   95%i   magmatik   (otqindi)   tog‘   jinslaridan   tashkil
topganligi   aniqlangan.   Intruziv   tog‘   jinslari   +1000   S0   yuqori   harorat,   bir
necha ming atmosferadan yuqori bosim sharoitda hosil bo‘lib kristallanadi va
zichlashadi.   Effuziv   tog‘   jinslari   magmaning   yer   yuzasiga   litosferaning
yoriqlari   orqali   ko‘tarilib,   past   harorat   va   bosim   sharoitida   beqaror   bo‘lib
yemiriladi va o‘z shaklini o‘zgartirib, yer ustki qatlamlarining termodinamik
sharoitiga chidamli yangi tog‘ jinslarini ham hosil qiladi.
Cho‘kindi (klastik) mahsulotlar magmatik tog‘ jinslarining yog‘inlar va
mexanik   kuchlar   (haroratning   o‘zgarishi,   oqar   suv,   muz,   shamol)   ta’siri
ostida  hosil  bo‘ladi.  Lyosslar,  qumlar,  konglomerat,  qumtosh,  slanetslar  ana
shu   guruhga   kiradi,   cho‘kindi   tog‘   jinslari   kimyoviy,   organogen   va   boshqa
qismlarga   bo‘linadi.   Ohaktosh,   bo‘r,   toshko‘mir,   neft   va   boshqalar   ham
shular   qatoriga   kiritilgan.   Cho‘kindi   jinslar   quruqlikning   75%   maydonini
egallaydi.   Ular   dengizlar   hosil   qilgan   ohaktosh,   soz,   slanets,   qumtosh   va
kontinental quruqlikda hosil bo‘lgan muzlik, daryo, ko‘l, shamol cho‘kindilar
va yig‘ilmalardan iboratdir.
Yerning chuqur qismida yuqori bosim va harorat sharoitida magmatik
va   cho‘kindi   jinslar   hosil   bo‘ladi.   Bunday   tog‘   jinslari   tuzilishi   va   o‘z
xossalariga   ko‘ra   zich   va   qattiq   holatda   bo‘lib,   yer   yuzida   keng   tarqalgan.
Litosferaning   yer   yuzasiga   yaqin   joylashgan   qatlamidan   tog‘   jinslari,   ularni
tashkil   qiluvchi   minerallar,   iqlimiy   omillar,   mexanik   kuchlar,   suv   va   uning
tarkibidagi   erigan   moddalar,   havo,   tirik   organizmlar   ta’siriga   uchrab
yemiriladi.   Tog‘   jinslari   va   ularning   tarkibidagi   minerallarni   atmosfera
agentlari,   turli   jarayonlar   ta’sirida   yemirilishi,   o‘z   shakli   va   tuzilishini
5 o‘zgartirish holatlari yig‘indisi nurash jarayoni deyiladi.
Sayyoramizning   quruqlik   maydonlarida   tabiiy   sharoitda   paydo   bo‘lib,
suv, shamol, muzlik va tektonik jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lgan yemirilish
mahsulotlarining to‘planishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulot nurash qobig‘i
deb ataladi.
Tog‘   jinslari   va   ularning   nurash   mahsulotlarining   fizik   va   mexanik
kuchlar   ta’sirida,   mineralogik   va   kimyoviy   tarkibining   deyarli   o‘zgarmagan
holatda   katta-kichik   bo‘lakchalarga   bo‘linib   ketish   jarayoni   fizik-mexanik
nurash deyiladi. Sutka mobaynida havo haroratining o‘zgarishida tog‘ jinslari
isiydi   yoki   soviydi,   natijada   kengayish   yoki   torayish   jarayonlari   rivojlanib,
qattiq holatdagi jinslar vertikal va gorizontal yo‘nalishida darz ketadi hamda
turli o‘lchamdagi yoriqlarni hosil qiladi.
Turli   termik   nurash   jarayonlarida   hosil   bo‘lgan   yoriqlarga   suv   kira
boshlaydi   va   uning   muzlashi   natijasida   bosim   ko‘payib,   fizik-mexanik
yemirilish   jarayonlari   avj   oladi,   bunday   holat   sovuq   nurash   deyiladi.   Tog‘
jinsi   va   ularni   tashkil   qilgan   minerallar   o‘zining   kristallografik   tuzilishiga
binoan   issiqlik,   sovuqlik   va   namlikni   turli   darajada   o‘tkazib   yemiriladi.
Termik   nurash   tezligi   tog‘   jinslarining   tarkibidagi   minerallarning   turli-
tumanligiga   bog‘liq,   ya’ni   ularning   tuzilishi   va   tarkibiga   ko‘ra   issiqlik   va
sovuqlikni o'tkazuvchanlik qobiliyati har xil bo'ladi.
Daryo   yoki   muzliklarning   siljishi   natijasida   ham   fizik   nurash   sodir
bo‘ladi. Shamol uchirib ketgan zarrachalar yer yuzasida g‘adir-budir joylarga
tekkanda   ham   bu   tog‘   jinslarning   fizik   yemirilish   avj   oladi.   Bu   hodisa
cho‘llarda keng tarqalgan bo‘lib, korroziya deb ataladi. Qattiq holatdagi tog‘
jinslarining   maydalanishi,   siyqalanish   va   yoyilishi   natijasida   turli
o‘lchamdagi katta-kichik zarrachalardan iborat tosh, shag‘al, chang, soz, loy,
hattoki mayda kolloid keltirmalari paydo bo‘ladi.
Demak,   fizik   nurash   natijasida   yaxlit   tog‘   jinslarining   yemirilishidan
6 turli o‘lchamdagi qovushmali va g‘ovakli mahsulotlar hosil bo‘lib, ular havo,
suvni yaxshi o‘tkazadi va suvni saqlaydigan bo‘ladi.
Fizik   nurash   natijasida   hosil   bo‘lgan   mineral   mahsulot   o‘lchamlari
maydalashgan   sari   ularning   yuza   sathining   hajmi   geometrik   progressiya
darajasida   oshib,   adsorbsiya   va   absorbsiya   (tashqi   yutilish)   jarayonining
kuchayishiga   olib   keladi.   Minerallar   kristallik   tuzilishga   ega   bo‘lganligi
uchun, ya’ni atomlar turli masofada joylashgan bo‘lib, panjarani hosil qiladi.
Bu   panjaralar   qirralari   manfiy   va   musbat   zaryadli   ionlardan   tashkil   topgan
bo‘ladi.   Minerallar   panjarasidagi   anion   va   kationlar   o‘zaro   elektrostatik
kuchlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Mineral panjarasi sirtidagi ionlar bog‘liqligi
pasayib,   ular   bo‘shab   qoladi,   shuning   uchun   manfiy   yoki   musbat
zaryadlanganligi tufayli tashqi muhitdan qarama-qarshi zaryadlangan ionlarni
elektrostatik   kuch   bilan   o‘ziga   tortib   oladi.   Tog‘   jinslarining   fizik
yemirilishidan   so‘ng   kimyoviy   nurash   uchun   sharoit   yaratib   beriladi.
Kimyoviy   nurash   shunday   yemirilishki,   bunda   yer   ustki   qatlamlarining
dastlabki   kimyoviy   tarkibi   o‘zgaradi   va   ko‘pincha   strukturasi   oddiy   hamda
yangi   termodinamik   sharoitlarga   chidamli   yangi   birikmalar   vujudga   keladi.
Suv   miqdori   va   oksidlanish-qaytarilish   reaksiyalarining   o‘zgarishi,
adsorbsiya jarayonlari kimyoviy nurash vositalaridir.
Tuproqning   vujudga   kelishi   yerning   quruqlik   qismidagi   tabiiy   sharoit
va   tashqi   omillar   ta’siri   bilan   bevosita   bog‘liqdir.   Tuproq,   V.I.Vernadskiy
tahbiri   bilan   aytganda,   tabiatning   “biokos”   jismidir.   Tuproq   atmosfera,
litosfera va gidrosferani o‘zaro ta’siri hamda sayyora qobig‘ida hosil bo‘lib,
yer   yuzini   qoplab   oladi.   Tuproqning   tog‘   jinslaridan   ajralib   turadigan
xususiyati uning unumdorligidir.
V.V.Dokuchayev   tuproq,   iqlim,   tog‘   jinslari,   o‘simlik   va   hayvonot
dunyosi, joyning relyefi va balandligi, hududning geologik yoshi kabi doimo
o‘zgarib   turadigan   omillar   funksiyasini   ko‘rsatib   berdi.   Tabiiy   omillar
7 ta’sirida   yer   yuziga   chiqib   turgan   tog‘   jinslari   kuchli   va   chuqur   jarayonlar
tag‘sirida o‘zgarib, tuproq qoplamini hosil qiladi.
V.V.Dokuchayev   tuproq   hosil   bo‘lishiga   ta’sir   qiluvchi   beshta   omilni
ko‘rsatib o‘tdi va uni quyidagi formula orqali ifodaladi:
T = f (IJ Tj R) V
T   -   tuproq,   I   -   iqlim,   J   -   jonivorlar,   o'simliklar,   TJ   -   tog‘   jinslari,   R   -
relyef, V - vaqt, f - funksiya.
Tuproq,   yer   yuzasida   o‘zining   kelib   chiqishi   bilan   ajralib   turadigan
organik   va   mineral   moddalar   hamda   ona   jins,   o‘simlik   va   tirik   jonivorlar
iqlim, yurt umri va relyefning ta’siridan hosil bo‘lgan mahsulotlardir.
V.V.Dokuchayev   vaqtdan   bo‘lak,   iqlim,   relyef,   ona   jins,   o‘simlik   va
hayvonot   dunyosi   ta’sirini   tashqi   ta’sirlar,   deb   belgilaydi.   Tuproq   hosil
bo‘lishida   beshta   omil   bir   butunlikni   tashkil   qilib,   ularni   bir-biridan   ajratish
yoki mahlum bir omilni ustun qo‘yish mumkin emas, deydi rus olimi.
K.D.Glinka 1931-yili “Tuproqshunoslik” darsligini yozib, unda tuproq
hosil bo‘lishi jarayonida iqlim va o‘simlik qoplamining rolini birinchi o‘ringa
qo‘yadi.
S.A.Zaxarov   esa   1927-yili   barcha   tuproq   hosil   qiluvchi   omillarni   faol
va nofaol, ya’ni biosfera, atmosfera, gidrosferani - faol, tuproq hosil qiluvchi
tog‘ jinslarini - nofaol qismlarga bo‘ldi.
A.A.Rode   1947-yili   tuproq   hosil   qiluvchi   omillar   ahamiyatini
kamsitmagan   holda,   ular   bilan   birga   yerning   tortish   kuchi,   yer   osti   va   usti
suvlari faoliyatini ham tuproq hosil qiluvchi omillar qatoriga qo‘shishni taklif
etadi.
Biologik omillarning tuproq hosil bo‘lishidagi roliga doir to‘liq ta’limot
V.R.Vilyams tomonidan ishlab chiqildi. Tuproq hosil qiluvchi omil ta’siriga
oid   ishlarni   V.V.Dokuchayevning   shogirdlari   davom   ettirdilar   (K.D.Glinka,
S.A.Zaxarov,   A.M.Pankov,   A.A.Rode,   I.P.Gerasimov,   V.A.Kovda,
8 V.R.Volobuyev).
Amerikalik   olim   G.Yenni   birinchi   bo‘lib   V.V.Dokuchayev   tavsiya
etgan   tuproq   hosil   bo‘lishi   omillari   formulasini   miqdoriy   jihatdan   har
taraflama ishlab chiqdi.
Inson faoliyati ta’sirida Zarafshon vodiysining sug‘oriladigan madaniy
tuproqlari   misolida   ularning   hosil   bo‘lishini   Abu   Ali   Ibn   Sino   va
Universitetning   tuproqshunoslik   kafedrasiga   ilk   mudirlik   qilgan   prof.
M.A.Orlov o‘rgangan.
Iqlim - tuproq hosil qiluvchi omil.
Iqlim   tuproq   hosil   qiluvchi   omil   deyilganda,   joyning   iqlim   rejimi
atmosferadan   kelayotgan   issiqlik   va   yog‘ingarchilik   miqdori,   havo
haroratining   sutka,   oy,   fasl,   yillar   mobaynida   o‘zgarishi   nazarda   tutiladi.
Tuproq hosil bo‘lishi energetikasi iqlim bilan bog‘liqdir. Iqlim tuproqlarning
Yer   kurrasida   qonuniyatli   tarqalishiga   bevosita   sababchidir.   Shuning   uchun
ayrim olimlar iqlimni tuproq hosil bo‘lishida asosiy omil deb hisoblaydilar.
S.V.Kalesnikning   ta’rificha,   Yer   iqlimi   bir   necha   omilning   o‘zaro
ta’siri natijasida ro‘yobga chiqadi, ularning asosiylari quyidagilar:
Quyosh nuri energiyasining kelishi va sarflanishi;
Issiqlik va namlikni qayta taqsimlovchi atmosfera sirkulyatsiyasi;
Atmosfera tsirkulyatsiyasidan ajralmaydigan nam almashinuvi.
Ushbu   omillar   joylarning   jug‘rofiy   holati,   kengligi,   balandligi,
pastqamligi va ko‘rsatkichlarga bog‘liqdir.
9 2. Tuproqning morfologik tuzilishi va tarkibi haqida
Tuproqning morfologik tuzilishi deganda, biz uning rangi, donadorligi,
zichligi,   yumshoqligi,   ichki   tuzilishi,   kelib   chiqishi   va   rivojlanishini
(evolyutsiyasini) nazarda tutamiz.
Tuproqshunoslar tomonidan tuproqdan dala sharoitida kesmalar qazib,
qatlamlarning   morfologik   tuzilishining   tavsifi   yoziladi.   SHu   ko‘rsatkichlar
tahlili   asosida   tuproq   tipi,   hosil   bo‘lishi,   fizik   xossalari,   kimyoviy   tarkibi
hamda   unumdorligi   haqida   fikr   yuritish   imkoniyati   yaratiladi.   Tuproq
morfologik   belgilari   qazilgan   kesmada   qatlamlarning   rangi,   donadorligi,
hayvonot   olami   faoliyati,   o‘simlik   ildizlari   va   qoldiqlari,   namlik   darajasi,
mexanik   tarkibi,   yaralmalari   va   qo‘shilmalarida   namoyon   bo‘ladi.   Tuproq
gumusini belgilaydigan ko‘rsatkichlar qora, qizil (sariq) va oq ranglardir.
Amerika va Yaponiya tuproqshunoslari tuproq rangini o‘rganib, ularni
vujudga keltiradigan uchta omil: rang (spektr rangi, qizil, sariq, yashil, ko‘k,
binafsha)ning yorug‘lik darajasi, tozaligi, kuchiga bog‘liq deb hisoblaydilar.
Tuproqning   rangi   gumus   miqdori   8-10%   bo‘lganda   tim   qora,   4-5%   gumus
bo‘lganda  esa  qo‘ng‘ir  tusni  keltirib  chiqaradi.  Tuproqning  qoramtir  rangini
MnO2,   FeS,   H2O,   Fe2O4   kabi   birikmalar   ham   berishi   mumkin.   Namlik
darajasi   ham   tuproqning   qoramtirligini   oshiradi.   Qizil   va   sariq   ranglar
tuproqdagi temir oksidlari bilan bog‘liqdir. Kalsiy, karbonatlar, gips, kaolinit,
kremniy, alyuminiy birikmalari va suvda eriydigan tuzlar tuproqni oq to‘sga
kiritadi.   Tuproq   rangini   aniqlash   uchun   hozirgi   paytda   har   xil   tuslarga   boy,
universal   Mansel   shkalasidan   foydalaniladi.   Bu   usuldan   butun   jahon
mamlakatlarining tuproqshunos olimlari foydalanishadi.
Tuproq   namligi   undagi   suv   tarkibiga,   kapilyar   tuzilishi,   donadorligi,
mexanik tarkibi, sizot suvlarining chuqurligi va minerallashuv darajasi bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Tuproqning   mexanik   tarkibi   shag‘alli,   qumli,   changli,   loyli   va   kolloid
10 zarrachalar   miqdoriga   va   o‘lchamiga   bog‘liqdir.   Dala   sharoitida   tuproqning
mexanik tarkibi qo‘l kafti va barmoqlari bilan ishqalanib aniqlanadi.
Tog‘ jinslarining nurashi va tuproq hosil bo‘lishi jarayonida organik va
mineral   moddalardan   iborat   yangi   yaralmalar   hosil   bo‘lishi   mumkin.   Ular,
asosan,   gips,   osh   tuzi,   karbonatlar,   temir,   alyuminiy,   marganes   hosil   qilgan
dog‘lar va kristallar bo‘lishi mumkin.
Tuproq   tarkibidagi   qo‘shilmalarda   tog‘   jinslarining   bo‘laklari,
mollyuskalar chig‘anog‘i, o‘simlik ildizlari, poyasi, chuvalchang, qumursqa,
arilar va qo‘ng‘iz uyalari, yoki insoniyat tomonidan yaratilib, tuproq tarkibida
uchraydigan suyaklar, chinni va sopol idishlarining siniqlari, tangalar, qurol-
aslaha bo‘laklari uchrab turishi mumkin.
Tuproq kesmasining morfologik tuzilishiga binoan genetik A, V, S, D
qatlamlar   va   uning   ichida   chim,   qatqaloq,   tuz,   o‘rmon   tushami,   gumus   va
haydalma qatlamlar ajratilishi mumkin.
Tuproq   qoplamining   morfologik   tuzilishini   ilk   bor   o‘rgangan
tuproqshunoslar   V.V.Dokuchayev   va   uning   shogirdlaridir.   Sobiq   Ittifoq
davrida tuproq morfologiyasi fanidan takomillashgan o‘quv darsligi Moskva
universitetining professori B.G.Rozanov (1983, 1988) tomonidan yozilgan.
Tuproq qoplami murakkab tizim bo‘lib, uning morfologik tuzilishi turli
xil   pog‘onalardan   iborat,   ya’ni   tabiiy   tananing   ichki   tuzilishi   yoki   atrofdan
qo‘shilgan   qo‘shilmalar,   bir-biridan   morfologik   shakli   bilan   farq   qiladigan
mahsulotdir. Tuproq qoplami bir-biridan morfologik elementlari va belgilari
bilan   ajralib   turadigan   ona   jins   va   genetik   qatlamlardan   iboratdir.   Ularning
majmuasi kesma profilini tashkil etadi. Tuproq profili morfologik tuzilishida,
birinchi   o‘rinni,   uning   tabiiy   tana   sifatida   shakllanishi,   uning   (gorizontlari)
kesmalarining   tabaqalanishi   ikkinchi   o‘rinni   egallaydi.   Har   bir   profil
morfologik   tuzilishi   bilan   farqlanadi.   Ular   morfonlardan,   ya’ni   organo-
mineral   moddalardan   iborat   bo‘lgan   qo‘shilmalar   sifatida   yoki   boshqa
11 genetik   qatlamlardan   o‘tgan   mahsulotlardir.   Keyingi   morfologik   bosqich
genetik   qatlamlarda   turli   o‘lchamdagi   organo-mineral   va   alohida
minerallardan   iborat   agregatlardir.   Ulardan   kichik   bo‘lgan   qismi
polyarizatsion   mikroskoplar   yordamida   mikromorfologik   usul   orqali
o‘rganiladi.
Tuproq   qoplamini   tabiiy   tana   sifatida   inobatga   olgan   holda   tuproq
tuzilishi,   holati,   donadorlik   darajasi,   agregatligi   va   tarkibini   aniqlash
maqsadga muvofiqdir.
Har   bir   tuproq   tipiga   xos   kesma   profili   shakllangan   bo‘lib,   tuproq
qoplami,  uni  hosil  qiluvchi  ona  jinsining  vertikal  o‘zgarishiga  binoan,  ya’ni
tuproq   hosil   bo‘lishi   jarayoniga   bog‘liq   holda,   qonuniyat   asosida
granulometrik,   mineralogik,   kimyoviy   va   biologik   xossalarining   o‘zgarishi
kuzatiladi.   Kesmada   genetik   qatlamlarning   tabaqalanishi   moddalar   va
energiyaning   vertikal   holatda   mavsumiy   yillik,   ko‘p   yillik   davrda
shakllanishi bilan bog‘liq.
12 3. Tuproqning xossalari va unumdorligi
Tuproqning   mexanik   tarkibi   va   struktura   holati   bilan   bevosita   bog‘liq
bo‘lgan   fi   zikaviy   xossalari   hamda   unda   kechadigan   fizikaviy   jarayonlar
tuproqning   suv,   havo   va   issiqlik   rejimlari,   shuningdek   o‘simliklarning   o‘sib
rivojlanishida   juda   katta   ahamiyatga   ega.   Tuproqning   fizikaviy   xossalariga,
uning strukturasi, suv, havo, issiqlik, umumiy fizikaviy va fizik-mexanikaviy
xossalari kiradi. Tuproqning fizikaviy xossalari ko‘plab omillarga, jumladan,
tuproqning qattiq, suyuq, gazsimon qismi va tirik fazalari tarkibi, ular nisbati
va o‘zaro ta‘siri hamda dinamikasi singarilar bilan bevosita bog‘liqdir. 
Tuproqning   paydo   bo‘lish   jarayonlarida,   unumdorligi   va   o‘simliklar
hayotida   fizikaviy   xossalarning   roli,   ahamiyati   ko‘plab   olimlar   tomonidan
o‘rganilib, amaliy xulosalar qilingan.
Tuproq   qattiq   fazasining   zichligi   (solishtirma   massasi)   -   ma‘lum
hajmdagi tuproq qattiq qismining 40 C da, shuncha hajmdagi suvga bo‘lgan
nisbati   hisoblanadi   va   g\sm   3   bilan   ifodalanadi.   Qattiq   fazasining   zichligi
tuproq   tarkibidagi   organik   moddalar   miqdoriga   va   mineral   qismi
komponentlari   (tarkibiy   qismlari)   ning   nisbatiga   bog‘liq.   Tuproq   qattiq
fazasidagi   organik   moddalar   (o‘simliklarning   qoldiqlari,   torf,   gumus)   ning
qattiq fazasi zichligi 0,2-0,5 dan 1,0-1,4 g\sm3 gacha, mineral birikmalardan
iborat qismida esa 2,1-2,5 dan 4,0-5,18 g/sm3 gacha o‘zgaradi. Tabiiy holati
saqlangan   holda   olingan,   ma‘lum   hajmdagi   tuproq   massasiga   uning   zichligi
yoki   hajmiy   massasi   deyiladi.   Bu   ko‘rsatkich   ham   quruq   tuproqqa   nisbatan
g/sm 3 bilan ifodalanadi. 
Zichlik   tuproqning   mineralogik   va   mexanik   tarkibiga,   struktura
holatiga   va   organik   moddalar   miqdoriga   bog‘liq.   Tuproqning   zichligidan
qat‘iy   nazar,   uning   turli   zarrachalari   orasida   va   struktura   agregatlari   ichida
hamma   vaqt   ma‘lum   miqdorda   bo‘shliqlar   kovakliklar   mavjud.   Bu
bo‘shliqlarda   suv   va   havo   bo‘lib,   o‘simliklarning   ildizlari,   turli
13 mikroorganizmlar,   tuproq   jonivorlari   (chuvalchanglar,   hasharotlar   va
boshqalar)   tarqalgan.   Tuproqning   qattiq   qismi   zarrachalari   orasidagi   barcha
bo‘shliqlarning yig‘indisiga umum iy kovaklik deyiladi.
Tuproqning   fizik-mexanik   xossalariga   plastikligi,   yopishqoqligi,
ko‘pchishi   va   cho‘kishi,   ilashimligi,   qattiqligi,   solishtirma   qarshiligi   va
fizikaviy   yetilishi   singarilar   kiradi.   Fizik-mexanik   xossalari   tuproqning
texnologik   xususiyatlarini   baholashda,   ya‘ni   yerlarni   ishlashning   turli
sharoitlarini   aniqlashda,   ekish   va   yig‘ib-terib   olish   agregatlari   -
mashinalarning   ishlash   holatlarini   o‘rganishda   muhim   ahamiyatga   ega.
Shuningdek,   bu   xossasi   urug‘larning   unib   chiqishi,   o‘simlik   ildizlarining
tuproqda   tarqalish   holatini   va   o‘simlikla   rning   o‘sib   rivojlanish   sharoitlarini
aniqlashda katta rol o‘ynaydi. 
Tuproqning suv xossalari
Ko‘p   fazali   va   dispers   sistema   hisoblangan   tuproq   tarkibida   doim
ma‘lum   miqdorda   suv   singdirilib,   ushlanib   turilgan   bo‘ladi.   Quruq   tuproq
(105 C da quritilgan) massasiga nisbatan prosent hisobida saqlanadigan suv,
tuproq   namligini   belgilaydi.   Tuproq   namligi   uning   hajmiga   nisbatan   foiz
hisobida   yoki   gektariga   kubometr   va   mm   bilan   ham   ifodalanishi   mumkin.
Tuproqdagi   nam   atmosfera   yog‘inlari,   sizot   suvlari,   atmosferadagi   suv
bug‘larining   kondensasiyasi   (quyuqlashuvi)   hamda   sug‘orish   suvlari
hisobidan to‘planadi. Sug‘orilmaydigan sharoitda esa tuproq namining asosiy
manbai -atmosfera yog‘inlaridir. 
Tuproqdagi suv nihoyatda muhim va xilma-xil ahamiyatga ega bo‘lib,
tuproq   unumdorligi   va   o‘simliklar   hosildorligini   belgilovchi   eng   muhim,
zarur omillardan biridir. O‘simliklarning o‘sib rivojlanishi, mikroorganizmlar
faoliyati,   tuproqda   kechadigan   barcha   kimyoviy,   fizik   -kimyoviy   jarayonlar
hamda   insonlarning   ekinlar   hosildorligi   va   tuproq   unumdorligini   oshirishga
qaratilgan   ishlab   chiqarish   faoliyati,   tuproqdagi   suvning   miqdori   va   sifati
14 bilan belgilanadi. 
O‘simliklarning   to‘qimalari   suv   bilan   yetarlicha   to‘yingandagina,   ula
rning hayoti uchun zarur bo‘lgan jarayonlar me‘yorida kechadi. Quruq yerda
urug‘ unmaydi, tuproqda suv yetarli bo‘lmasa, o‘simliklar yomon rivojlanadi
va   kam   hosil   beradi.   Tuproqning   nam   bo‘lmagan   bo‘shliqlarini   egallab
turuvchi   turli   gazlar   va   uchuvchi   organik   birikmalar   aralashmasiga   tuproq
havosi   deyiladi.   Tuproq   havosi   yoki   gaz   fazasi   tuproqning   muhim   tarkibiy
qismi bo‘lib, uning qattiq, suyuq va tirik organizmlardan iborat qismlari bilan
bevosita   bog‘liq   hamda   o‘simliklarning   hayotiy   omillaridan   biridir.   Tuproq
havosi va uning tarkibi tuproqda kechadigan turli jarayonlarda aktiv ishtirok
etadi.   Tuproq   havosidagi   kislorod   oksidlanish   reaksiyasi   va   organik
moddalarning   parchalanishida   faol   qatnashadi.   Kislorod   ta‘sirida   ayrim
kimyoviy elementlar (Fe, Mn) oksidlanib, qiyin eriydigan shaklga, ayrimlari
esa (oltingugurt, vanadiy, xrom) tez eriydigan holga o‘tadi. Demak, kislorod
ba‘zi   elementlarning   harakati   (migrasiyasi)   ni   tezlashtirib,   boshqalarni
sekinlashtiradi.   Organik   moddalarning   oksidlanishi   natijasida   tuproqdagi
uglerod,   azot,   fosfor,   oltingugurt   kabi   biologik   muhim   kimyoviy
elementlarning aylanishi yuzaga keladi.
Tuproq   havosi   fotosintez   jarayonida   o‘simliklar   foydalanadigan
karbonat   angidrid   gazining   manbai   ham   hisoblanadi.   Hosil   yaratish   uchun
sarflanadigan jami CO2 miqdorining 38-72 foizini o‘simlik tuproqdan oladi.
Tuproqdagi havo shuningdek, tuganak va azot to‘plovchi bakteriyalarni azot
bilan   ta‘minlaydi.   Havo   tarkibidagi   suv   bug‘i   tuproqning   yillik   va   sutkalik
suv   balansida   katta   ahamiyatga   molik.   Tuproq   havosi   tuproqda   erkin,
adsorbirlangan va erigan holatda bo‘ladi.
Erkin tuproq havosi tuproqning nokapillyar va kapillyar bo‘shliqlarida
saqlangan bo‘lib, erkin harakatlanadi hamda atmosfera havosi bilan almashib
turadi.   Amalda   ko‘pincha   suv   bilan   to‘lmagan   nokapillyar   g‘ovakliklardagi
15 havo,   tuproq   aerasiyasida   alohida   ahamiyatga   ega.   Qumoq   va   soz   tuproqlar
namlanganda, undagi suv erkin havoning tuproq bo‘shliqlaridagi yaxlitligini
buzadi.  Bunday  havo  siqilgan havo deyiladi va bu  havoning aerasiya uchun
ahamiyati juda kam.
Tuproq havosining tarkibi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Tuproq havosidagi O2
va   CO2   ayniqsa   dinamik   holda   bo‘lib,   kislorodning   sarflanishi   va   karbonat
angidridining   hosil   bo‘lish   jarayonlari   hamda   atmosfera   orasidagi   gaz
almashuv   tezligiga   ko‘ra,   uning   miqdori   keskin   o‘zgaradi.   Tuproq   havosida
atmosferadagiga nisbatan CO2 miqdori o‘nlab va yuzlab marta ko‘p bo‘lishi,
kislorodning   konsentrasiyasi   esa   20,9   dan   15-10   foizgacha   pasayishi
mumkin.   Fizik   xossalari   qulay   bo‘lgan   va   havo   yaxshi   kirib   turadigan
sharoitda tuproq havosidagi CO2 miqdori o‘simliklarning vegetasiya davrida
1-2   foizdan   oshmaydi,   O   2   esa   18   foizdan   oz   bo‘lmaydi.   Gaz
almashinuvining holati tuproqning havo xossalari bilan belgilanadi. 
Tuproqning   havo   xossalariga   havo   o‘tkazuvchanligi   va   havo   sig‘imi
singarilar kiradi.
Tuproqning   havo   o‘tkazuvchanligi.   Tuproqning   o‘z   qatlamlari   orqali
havoni   o‘tkazish   qobiliyatiga   uning   havo   o‘tkazuvchanlik   xossasi   deyiladi.
Havo o‘tkazuvchanlik muayyan vaqtda 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm 2
ko‘ndalang   kesimi   yuzasi   maydonidan,   ma‘lum   bosimda,   mm   xisobida
o‘tadigan havo miqdori bilan o‘lchanadi. 
Tuproqning   havo   sig‘imi-hajmiy   foiz   bilan   ifodalanadigan   va
tuproqning   barcha   g‘ovakliklarida   ushlanib   turiladigan   havo   miqdorini
xarakterlaydi.   Havo   miqdori   tuproqdagi   namlik   va   g‘ovakliklar   miqdoriga
bog‘liq.
Tuproqning issiqlik xossalariga: tuproqning issiqlik singdirishi, issiqlik
sig‘imi   va   issiqlik   o‘tkazuvchanligi   kabilar   kiradi.   Tuproqning   issiqlik
singdirishi -tuproqning quyosh energiyasini qabul qilib, singdirish xossasidir.
16 Tuproqning  bu  xossasi  odatda  Albedo  (A)  ko‘rsatkichi  bilan  xarakterlanadi.
Tuproq   yuzasiga   tushayotgan   barcha   quyosh   nuri   energiyasiga   nisbatan
qaytarilayotgan   energiyaning   prosent   miqdori   Albedo   (A)   deyiladi.   Albedo
qanchalik   kam   bo‘lsa,   tuproq   quyosh   energiyasini   shuncha   ko‘p   singdiradi.
Alb edo tuproqning rangiga, namligiga, struktura holatiga, tuproq yuzasining
tekisligiga va o‘simlik qoplamiga bog‘liq. To‘q tusli, gumusga boy tuproqlar
och   tusliga   nisbatan   va   nam   tuproq   quruq   tuproqqa   qaraganda   quyosh
energiyasini ko‘proq singdi radi va Albedo ko‘rsatkich past bo‘ladi.
Tuproq   unumdorligi   -   tuproqning   suv,   oziq   moddalar   va   boshqa   bilan
ta minlash xususiyati.  Tuproq  tog  jinslaridan unumdorligi bilan  farq  qiladi.ʼ ʻ
Unumdor   tuproqlarda   insonga   asosiy   oziqovqat   mahsulotlarini   beruvchi
qishloq   xo jaligi.   o simliklari   o stiriladi.   Yer   faqat   unumdorlik   xususiyati	
ʻ ʻ ʻ
tufayli   qishloq   xo jaligi.da   ishlab   chiqarish.   vositasiga   aylangan.   Tuproq	
ʻ
unumdorligi tuproqhosil qiluvchi omillar: iqlim, relyef, tuprok hosil qiluvchi
jinslar,  tabiiy  va  madaniy  o simliklar  bilan  uzviy  boglik,  ammo  unumdorlik	
ʻ
darajasida,   ayniqsa,   yerdan   foydalanish   xarakteri   katta   ahamiyatga   ega.
Tuproq   unumdorligining   eng   muhim   omillar:   o simlik   rivojlanishi   uchun	
ʻ
zarur   oziq   moddalar   va   ular   turining   yetarli   miqdorda   bo lishi;   o simlik	
ʻ ʻ
o zlashtirishi   mumkin   bo lgan   namning   mavjudligi;   yaxshi   tuprok,	
ʻ ʻ
aeratsiyasi;   tuproqning   granulometrik   tarkibi,   struktura   holati   va   tuzilishi;
zaharli moddalar (kislota, ishqor, tuz va boshqalar) miqdori; tuproq reaksiyasi
va   boshqalardan   iborat.   Bu   xususiyatlar   yigindisi   tuproqning
madaniylashganlik   holati   darajasini   belgilaydi.   Unumdorlikning   barcha
elementlari   bir-biri   bilan   chambarchas   bog liq.   Bu   elementlardan	
ʻ
birortasining   o zgarishi   boshqalariga   ham   ta sir   ko rsatadi.   Har   xil	
ʻ ʼ ʻ
o simliklarning   Tuproq   unumdorligiga   talabi   turlicha   bo lganligi   sababli   va	
ʻ ʻ
o simlik   biologiyasiga   bog liq   holda   bir   tur   o simlik   uchun   unumdor
ʻ ʻ ʻ
hisoblangan tuproq boshqa tur uchun unumdor bo lmasligi mumkin.	
ʻ
17 Unumdorlik,   asosan,   tabiiy   va   samarali   turlarga   bo linadi.   Tabiiyʻ
unumdorlik tuprokdagi oziq moddalar umumiy zaxirasi bilan xarakterlanadi;
uning   shakllanishi   esa   tuprok   hosil   bo lish   sharoitlari   va   omillari   hamda	
ʻ
genezisiga bog liq. Samarali (sun iy) unumdorlikning inson mehnat faoliyati	
ʻ ʼ
bilan,   ya ni   yerga   ishlov   berish,   sug orish,   o g itlash,   sho rini   yuvish   kabi	
ʼ ʻ ʻ ʻ ʻ
agrokompleks   tadbirlar   bilan   boshqaradi   (qarang   Melioratsiya ).   Sun iy   yo l	
ʼ ʻ
bilan   qumlik,   toshloq,   botqoqlik   kabi   unumsiz   yerlarda   unumdor   tuproklar
paydo   qilish   mumkin.   Tabiiy   unumdor   tuproklar   ba zan   kam   samaraga   ega	
ʼ
bo lishi   mumkin   va   aksincha   yuqori   agrotexnika   tadbirlarini   qo llash	
ʻ ʻ
natijasida   unumsiz   tuproqlarda   yuqori   unumdorlikka   erishish   mumkin.
Tuprokdagi   oziq   moddalar   miqdori   (azot,   fosfor,   kaliy,   kaltsiy,   magniy,
oltingugurt,   temir,   bor,   marganets   va   boshqa   mikroelementlar)   tuprok,   hosil
qiluvchi   jinslar   va   uning   tagidagi   yotqizikdar   (tagzamini)   tarkibiga   hamda
tuproq   hosil   qiluvchi   jarayonlarga   bog liq.   O simliklarning	
ʻ ʻ
mikroelementlarni   o zlashtirishiga   tuproq   reaksiyasi   katta   ta sir   ko rsatadi	
ʻ ʼ ʻ
(qarang   Tuprok ,   nordonligi ).   Tuprokdagi   oziq   moddalar   zaxirasi   mineral   va
organik o g itlar solish bilan boshkarib turiladi. Tuprokda suvda oson eruvchi	
ʻ ʻ
tuzlar,   asosan,   natriy,   shuningdek,   magniy,   kaltsiy   va   boshqa   kationlarining
ortiqcha   miqdorda   bo lmasligi   unumdorlikning   muhim   shartidir.   Tuproqda	
ʻ
tuzlar   miqdorining   me yordan   oshib   ketishi   —   tuproqning   sho rlanishi,	
ʼ ʻ
asosan,   noto g ri   sug orishdan   vujudga   keladi,   natijada   unumdorlik   keskin	
ʻ ʻ ʻ
pasayib   ketadi.   Tuproq   qatlamidagi   zararli   tuzlarni   yo qotish   uchun   sho r	
ʻ ʻ
yerlar yuviladi (qarang   Sho r yuvish	
ʻ ). Sho rlanishning oldini olish uchun esa	ʻ
tuproq   xususiyati   va   tarkibiga   karab   suyurish   rejimi   belgilanadi.
Qurg oqchilik rnlarida, jumladan, sug orma dehqonchilik zonalarida suyurish	
ʻ ʻ
Tuproq   unumdorligini   tubdan   oshiradi.   Tuproq   unumdorligining   past
bo lishi,   ko pincha   patogen   organizmlar   mavjudligiga   ham   boglik.   Ularni	
ʻ ʻ
kimyoviy   (xasharotlarni   bepusht   kilish,   fungitsidlar   sepish   va   boshqalar)   va
18 agrotexnik   tadbirlar   (almashlab   ekish,   tuprokka   ishlov   berish)   yordamida
yo k   kilish   tuproqning   samarali   unumdorligini   keskin   oshiradi.   Tuproqʻ
unumdorligini   saklash   uchun   tuprokka   eroziyaga   yo l   ko ymaydigan	
ʻ ʻ
usullarda   ishlov   beriladi,   dala   ihota   o rmonzorlari   barpo   kilinadi,   daryo   va	
ʻ
kanallar qirgog i mustahkamlanadi va h.k.	
ʻ
19 4. Tuproq va o’simlik o’rtasidagi uzviy bog’liqlik
Tuproqning   eng   muhim   xossasi   -   unumdorlikdir.   Tuproq
unumdorligining rivojlanishida tirik organizmlar, jumladan yashil o’simliklar
va   mikroorganizmlarning   roli   alohida   ahamiyatga   ega.   Shunga   ko’ra
tuproqning yana bir ta’rifini keltiramiz: «Iqlim va tirik organizmlar ta’sirida
o’zgargan   va   o’zgarayotgan   hamda   unumdorlik   qobiliyatiga   ega   bo’lgan
yerning   ustki   g’ovak   qatlamiga   tuproq   deyiladi».   Unumdorlik   tuproqning
o’simliklarni   turli   oziq   moddalar,   suv,   havo   hamda   issiqlik   bilan   ta’minlash
qobiliyatidir. Tuproqning tog’ jinslardan tubdan  farq  qiladigan ana shu  sifat
belgisini   mashhur   tuproqshunos   olim   va   agronom   V.R.Vilyams   mukammal
o’rgangan.   V.R.   Vilyamsning   tuproq   haqidagi   ta’rifida   ham   unumdorlik
xossasi   alohida   ta’kidlanadi:   "Biz   tuproq   haqida   gapirganda   o’simliklardan
hosil   olishni   ta’minlaydigan   yer   shari   quruqlik   qismining   yuqori   g’ovak
gorizontlarini   tushunamiz".   Tuproq   bu   qishloq   xo’jaligida   asosiy   ishlab
chiqarish vositasi, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. 
Tuproq insoniyat jamiyatiga nisbatan ikki xil ahamiyatga ega: birinchi
tomondan, bu fizik muhit, insonlarning yashashi uchun, hayot uchun makon,
ikkinchi   tomondan   -   bu   iqtisodiy   asos,   ishlab   chiqarish   vositasi.   Shuning
uchun   uni   asrab-avaylab,   har   doim   unumdorligini   oshirishga   g’amg’urlik
qilish   kerak.   Kishilar   tomonidan   yerdan   foydalanish   masalalari   sosial-
iqtisodga daxldor katta va murakkab masalalar kompleksidir, jumladan yerga
egalik   masalalari,   yer   to’g’risidagi   qonunchilik,   yerga   egalik   huquqi,   yerni
iqtisodiy baholash va x.z. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq 11-12 sessiyalari
(30   aprel   va   28   avgust   1998   yil)   da   "Yer   kodeksi",   "Davlat   Yer   kadastri
to’g’risida"   gi   qonunlar   muhokama   qilinib   qabul   qilindi.   Ushbu   hujjatlarda
"Yer   umummilliy   boylik,   O’zbekiston   Respublikasi   xalqlarining   hayoti,
faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va
20 u davlat tomonidan muhofaza qilinadi» deb ko’rsatilgan. Tuproq - insonlarni
ardoqlab, noz-ne’matlar bilan to’ydirayotgan bitmas-tuganmas boylik hamda
zaruriy   oziq-ovqat   mahsulotlari   va   kerakli   xom   ashyo   yetishtiradigan
manbadir. 
Tuproq   yurtimizning   eng   asosiy   boyligi.   Tuproq   hayot   uchun   quyosh,
havo   va   suvdek   zarur   bo’lib,   u   biologik   tirik   jism   hisoblanadi.   Tuproq
qatlami bioqatlamdagi hayotni turli salbiy oqibatlardan himoyalashda o’ziga
xos   ekran   rolini   bajaradi.   Biosferaning   barqaror   holati   tuproq   qoplamining
normal funksiyasi va uning muhofazasi bilan chambarchas bog’liq. 
Tuproqning   eng   asosiy   vazifalaridan   biri   Yerdagi   hayotning
mavjudligini, davomiyligini ta’minlashdir. Aynan, o’simliklar, ular orqali esa
hayvonot dunyosi va insonlar o’zining yashashi uchun, biomassasini yaratish
uchun   oziqa   moddalar   va   suvni   tuproqdan   oladi.   Tuproqda   organizmlar
uchun   qulay   va   zarur   o’zlashtirilaoladigan   kimyoviy   birikmalar   shaklida
biofil   elementlar   to’planadi.   Tuproqda   barcha   yer   usti   o’simliklari
rivojlanadi,   unda   mikroorganizmlar   va   turli   xil   jonivorlar   oziqlanadi.
Tuproqsiz yerdagi tirik organizmlarning tabiiy assosiasiyasi faoliyat ko’rsata
olmaydi. Eng muhimi, bunda biosfera jarayonlarining birligini ya’ni: tuproq
bu hayotning mahsuli va shu bilan birga uning mavjudligining sharti. 
Ekosistemada   ya’ni   inson   yashaydigan   tabiiy   muhitda,   tuproq   muhim
ahamiyatga ega, qaysiki aynan tuproq ularni iste’mol qiladigan asosiy oziqa
massasi bilan ta’minlaydi. 
Tuproq   yer   sharining   barcha   qobiqlari   hayotida   katta   rol   o’ynaydi   va
qator  vazifalarni  bajaradi.  Ayniqsa   tuproq   qoplamining  qatlamning   ajralmas
qismi sifatidagi xilma-xil ko’plab vazifalari alohida ahamiyatga ega. Tuproq
qoplamining   bioqatlamdagi   asosiy   (boshqalar   bilan   almashtirib
bo’lmaydigan) vazifalari quyidagilardir: 1). Tuproqning bioekologik vazifasi
-   tuproq   ekologiya   manbai   va   muhit   bo’lib,   unda   ko’plab   organik   moddalar
21 to’planadi.   Akademik   V.A.Kovdaning   hisobicha   yer   yuzasida   (asosan
o’rmonlarda)   to’planadigan   biologik   qism   miqdori   qariyb   n·1013   tonnani
tashkil   etadi.   Yer   osti   ildiz   qismi   hamda   hayvonot   va   mikroorganizmlar
faoliyati   bilan   bog’liq   organik   moddalar   miqdori   bundan   kam   emas.   2).
Tuproq   qatlamining   bioenergetik   vazifasi.   Tuproq   qoplamini   o’z   ichiga
oluvchi   ekologik   sistemada   o’simliklar   har   yili   yerda   taxminan   n·1017   kkal
miqdordagi   kimyoviy   aktiv   energiya   to’playdi.   Tuproqning   o’zida   organik
moddalar   (detrit,   gumus-chirindi)da   n·1018   kkal   miqdorida   energiya
to’planadi.Har   bir   tonna   gumus   5   ·106   kkal   potensial   energiyaga   ega   1   g
gumus 4,5-5 kkal kimyoviy energiya saqlaydi. 3). Tuproq qoplamining azot
oqsil   to’plash   vazifasi.   Tuproq   -   o’simlik   tarzidagi   ekologik   sistema,
atmosferadagi   molekulyar   N   ni   to’plab,   ularni   aminokislotlar   va   oqsillarga
aylantirish   xususiyatiga   ega.   Yer   yuzasi   quruqlik   qismi   tuproqlaridagi
azotning   biologik   fiksasiyalanishi   har   yili   140   mln.t.ni   tashkil   etadi.   4).
Tuproq   qoplamining   biokimyoviy   vazifasi   -   tuproqda   to’planadigan
bioyig’ilma   turli   kimyoviy   elementlar   va   ular   birikmalarining   manbai   ham
hisoblanadi.   O’simliklarning   ildiz   sistemasi   tuproqning   pastki   qismlaridan
ko’plab kimyoviy elementlar (S, N, H, O, P, Ca, K, Mg, Al singari) ni so’rib
oladi   va   tuproq   qatlamlarida   to’plash   imkoniyatini   beradi.   5).   Tuproq
qatlamining gidrologik vazifasi - tuproq qoplamining yer gidrologik siklidagi
va   gidrosferadagi   roli   ham   nihoyatda   katta.   Tuproq   qoplamida   atmosfera
yog’inlari   to’planadi,   bug’simon   suvlar   kondensasiyalanib   erkin   suvga
aylanadi.   6)   Tuproq   qoplamining   atmosfera   gaz   tarkibiga   ta’siri   vazifasi   -
tuproq   qoplamining   yer   sharining   gaz   rejimi   va   atmosfera   tarkibining
shakllanishida,   fotosintezda,   karbonat   angidridining   birikishi,   azot   to’plashi,
kislorod   va   vodorodning   to’planishida,   denitrifikasiya,   desulfofikasiyada,
oksidlanish va nafas olishida, karbonat angidridning atmosferaga qaytishi va
aylanishi   kabi   jarayonlarida   ham   katta   rol   o’ynaydi.   Tuproq   qoplami
22 bioqatlamdagi   hayotni   turli   salbiy   oqibatlardan   himoyalashda   o’ziga   xos
ekran rolini bajaradi. Biosferaning barqaror holati tuproq qoplamining normal
funksiyasi   va   uning   muhofazasi   bilan   chambarchas   bog’liqdir.   1.2.   Qishloq
xo’jaligini   rivojida   tuproqshunoslik   fanining   axamiyati.   Tuproq   fizik   nuqtai
nazardan uch fazali sistema hisoblanadi, ya’ni qattiq, suyuq (tuproq eritmasi)
va   gazsimon   (tuproqdagi   havo)   fazalardan   tarkib   topgan.   Tuproqning   qattiq
fazasi-qismi   mineral   hamda   organik   moddalardan   iboratdir.   Tuproqning
mineral   qismi   quruqlikning   yuza   qatlamidagi   tog’   jinslarining   nurashi
natijasida paydo bo’ladi. Yerning qattiq qobig’i - Litosfera har xil mineral va
magmatik   (zich-kristal),   cho’kindi   va   metamorfik   tog’   jinslardan   tashkil
topgan.Minerallar   tabiatda   kvars   (Si02)   va   kalsiy   karbonat   (SaSO3)   singari
qattiq,   neft   (SnNn),   suv   (N2O)   kabi   suyuq   hamda   karbonat   angidrid   (CO2)
singari   gaz   holida   uchraydi.   Mineral   jinslar   turli   murakkab   jarayonlar
natijasida   paydo   bo’ladi.   Ularning   ko’pchiligi   uzoq   muddat   davom   etgan,
geokimyoviy   jarayonlar   natijasida   paydo   bo’lib,   ular   anorganik   mineral
jinslar,   biokimyoviy   jarayonlar   natijasida   paydo   bo’lganlari   esa   organik-
mineral   jinslar   yoki   biolitlar   (bios-hayot,   litos-tosh   demakdir)   deyiladi.
Minerallar   va   tog’   jinslari   tuproq   ona   jinsining   manbaidir.   Yer   qa’rida   yoki
ustida tabiiy kimyoviy reaksiya natijasida paydo bo’lgan va ma’lum darajada
doimiy kimyoviy tarkibga, ichki tuzilishga (strukturaga) va tashqi belgilarga
ega bo’lgan tabiiy kimyoviy birikmalar va sof elementlar mineral deb ataladi.
Demak,   yer   qobig’ida   uchraydigan   minerallar   o’zining   kimyoviy   tarkibi   va
fizikaviy   xossalari   jihatdan   bir-biridan   farq   qiladi.   Masalan,   kvars   (SiO2),
ortoklaz   (K   2Al2Si6O16   ),   dolomit   (SaMg   (SO3)2),   albit   (Na2Al2Si6O16),
anortit   (SaAl2Si2O8),   muskovit   (KN2Al3   (SiON)3)   ning   har   qaysi   alohida
mineraldir.   Mineral   murakkab   har   xil   geoximiyaviy   va   bioximiyaviy
prosesslar   natijasida   shakllangan   litosferada   paydo   bo’ladigan   tabiiy   jinsdir.
Litosferaning   ma’lum   qismida   ko’p   joyni   egallagan   bir   yoki   bir   nechta
23 mineral   to’plamidan   tashkil   topgan   tabiiy   jismlarga   tog’   jinsi   deyiladi.
Masalan: granit, siyenit, marmar, qum va shag’al tog’ jinslaridir. Barcha tog’
jinslari   uch   gruppaga,   ya’ni   magmatik   (otqindi),   cho’kindi   va   metamorfik
tog’   jinslariga   bo’linadi.   Litosferaning   ko’p   qismi   magmatik   va   metamorfik
tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib, faqat yupqa yuza qatlami cho’kindi tog’
jinslari   bilan  qoplangan.  Quruqlikning   yuza  qatlamida  (asosan   tekisliklarda)
cho’kindi tog’ jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog’ jinslari esa 25
foizni   tashkil   etadi.   Magmatik   (otqindi)   tog’   jinslari   yer   qobig’ining   ichki
qismidagi   yuqori   darajali   temperatura   sharoitida   erigan   magma   (silikatli
massa)   ning   sovib   qotishi   natijasida   paydo   bo’lgan   intruziv   (yoki   ichki
chuqurlik) jinslar (granit, diorit, siyenit kabi to’la kristallangan tog’ jinslari),
effuziv   -   otilib   chiqqan,   oddiy   temperaturada   tez   sovigan   jinslar   obsidian,
(vulqon   oynasi),   bazalt   singari   jinslardir.   Magmatik   tog’   jinslari   litosferani
tashkil   etadiganjinslar   umumiy   massasining   95   foizini   tashkil   etadi.
Cho’kindi   tog’   jinslari   nurash   tufayli   sodir   bo’lgan   zarra   va   zarrachalarning
suv   va   shamol   ta’sirida   yer   yuzasining   quruqlik   qismida   hamda   dengiz,
ko’llar,   daryolarda   to’planishidan,   o’simlik   va   hayvonot   olamining
qoldiqlaridan   hosil   bo’ladi.   Cho’kindi   tog’   jinslarining   ko’p   qismi   o’zining
kovakli,   g’ovakli   va   qatlamli   bo’lishi   singari   xususiyatlari   bilan   boshqa
xildagi   tog’   jinslaridan   farq   qiladi.Cho’kindi   tog’   jinslar   magmatik   yoki
metamorfik tog’ jinslari nurashi natijasida paydo bo’lgan har xil katta-kichik
zarra   va   parchalar   yig’indisidan   iborat.   Bu   cho’kindi   jinslar   zarralarining
katta-kichikligiga ko’ra: loyqali, to’zonli, qumli, va yirik zarrali gruppalarga
bo’linadi. Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho’kindilardan galit (NaCl), silvin
(KCl),   gips   (CaSO4·2N2O)   va   karnalit   (MgCl2   KCl   6N2O)   tuzlar   ko’proq
tarqalgan. Organik cho’kindi tog’ jinslari yoki biolitlar o’simlik va hayvonot
olamining qoldiqlaridan paydo bo’lib, ulardan oxaktosh (SaSO3) va dolomit
(SaSO3,   MgSO3)   tabiatda   juda   ko’p   tarqalgandir.   Suv   o’tlari   qoldig’idan
24 paydo   bo’lgan   trepel  va   diatomit   singari   organik  cho’kindilar   ohaktoshlarga
nisbatan   ancha   kamroq   uchraydi.   Kimyoviy   va   organik   tog’   jinslaridan
tuproq ona jinsi paydo bo’lishida karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta
ahamiyatga   ega.   Metamorfik   tog’   jinslari.   Bu   gruppadagi   tog’   jinslari   yer
qobig’ining quyi qismida magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining murakkab
geologik   o’zgarishlari   natijasida   paydo   bo’ladi.   Metamorfik   tog’   jinslari
mineralogik   tarkibiga   ko’ra   gneys,   slanes,   marmar   va   kvarsit   gruppalariga
bo’linadi.   Yer   yuzining   mvayyan   qismida   (quruqlik   va   dengiz   tagida)
uchraydigan   dastlabki   (eng   qadimgi)   tog’   jinslari   yer   geologik   tarixining
to’rtlamchi davridan ilgari vujudga kelgan, ular asosan zich va qattiq holdagi
qatlamlardir.   To’rtlamchi   yoki   hozirgi   geologik   davrda   paydo   bo’lgan   tog’
jinslarining ko’pchiligi esa g’ovak holda (valun, shag’al, qum, chang, loyqa
va   boshqalar),   yer   yuzi   quruqlik   qismining   tekisliklarida   ko’p   uchraydi.
Ularning   aksariyati   tuproqlarning   ona   jinsi   hisoblanadi.   Tuproq   ona   jinslari
va   umuman   tuproq   paydo   bo’lishida   tog’   jinslari   va   minerallarning   nurash
prosesslari   juda   muhim,   chunki   nurash   mahsullari   keyinchalik   davom
etadigan turli kimyoviy va biologik prosesslar ta’sirida o’zgara borib ularda
yangi   xususiyatlar   yuzaga   keladi   va   tabiiy   mustaqil   jins   holdagi   tuproqqa
aylanadi. 
Tog’ jinslari va minerallarning nurashi. Litosferaning ustki qatlamidagi
qattiq,   zich   va   yaxlit   holdagi   magmatik,   metamorfik   va   boshqa   turdagi   tog’
jinslari   va   ular   tarkibidagi   minerallar   uzoq   davrlar   davomida   har   xil   tabiiy
faktorlar   ta’sirida   o’zgaradi   va   parchalanadi.   Temperaturaning   o’zgarishi,
suv, havo va organizmlar ta’sirida tog’ jinslari va minerallarning maydalanish
hodisasiga   nurash   deyiladi.   1-rasm.   Granitning   nurashi.   2-rasm.   Magmatik
tog’   jinslarining   nurashi.   Litosferaning   nurash   jarayoni   davom   etayotgan
ustki-yuza   qatlamiga   nurash   qobig’i   deyiladi.   Bunda   2   zona   ajratiladi:   ustki
yoki  hozirgi zamon  nurash  zonasi  va  chuqurlik yoki qadimgi zamon  nurash
25 zonasi. Tuproq paydo bo’lish jarayoni sodir bo’ladigan hozirgi zamon nurash
zonasining   qalinligi   bir   necha   santimetrdan   2-10   m   gacha   bo’lishi   mumkin.
Yer   yuzida   tarqalgan   har   xil   tosh,   shag’al.,   qum,   chang   va   loyqalar   singari
g’ovak jinslar uzoq vaqtlardan buyon davom etib izlayotgan nurash jarayoni
mahsuli hisoblanib, ular asosan yerning nurash qobig’ida uchraydi va tuproq
ona jinsi bo’lish qobiliyatiga ega. Tuproq yerning bosh qatlamini hosil qiladi
uch   o’lchovli   organi   hisoblanadigan   qobiq.   Bu   qatlam   yer   ustida   hayotni
qo’llab-quvvatlaydi,   tozalovchi   filtr   sifatida   ya’ni   ifloslantiruvchi   gazsimon
almashish  va atmosferanii saqlash - ekologik tizimlar o’rtasidagi eng asosiy
tabiiy resurslar va birlamchi hisoblanadi.Tuproq- oziq-ovqat ishlab chiqarish
uchun   sanoat   va   xom   ashyo   manbaidan   tashqari   va   fuqarolik   tuzilmalari
uchun poydevor bo’lib u ham sayyora tarixi va bir arxiv hisoblanadi, ishlab
chiqarish   vositasi.   Tuproqni   barqaror   boshqarish   atroflicha   tushunishga
bog’liq,   uning   sifatlari,   jarayonlari   uning   ekotizim   xizmatlarini   yoki
konseptval   vazifalarini   mo’tadil   ahamiyati,   va   atrof-muhit   bilan   o’zaro
aloqasiga doir o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lib tuproqning muhim sifatlariga
kiradi. 1 Tog’ jinslari va minerallarning nurashi tabiiy faktorlarning ta’siriga
ko’ra   3   xil:   fizikaviy,   kimyoviy   va   biologik   nurash   turlariga   bo’linadi.
Fizikaviy   nurash.   Bu   jarayon   natijasida   yaxlit   tog’   jinslari   hamda
minerallarning   kimyoviy   va   mineralogik   tarkibi   o’zgarmagan   holda   ular
mexanikaviy   ravishda   har   xil   hajmdagi   bo’lakchalarga   ajralib,   parchalanadi
va maydalanadi. Fizikaviy nurash asosan havo haroratining keskin o’zgarishi
natijasida vujudga kelganligi sababli bu xil nurashga ko’pincha termik nurash
ham   deyiladi.   Quyosh   nuri   ta’sirida   kunduzi   tog’   jinslari   va   minerallarning
sirtqi   qismi   ancha   tez   qizib,   hajmi   kengayganligidan   jinsning   qizigan   ustki
qismi   ichki   sovuq   va   hajmi   uncha   o’zgarmagan   qismidan   ajrala   boshlaydi,
kechasi   aksincha,   tog’   jinsi   va   minerallarning   sirti   ichki   qismiga   qaraganda
tezroq soviydi va hajmi kichrayadi.Arid (quruq) iqlimli rayonlarda yoriqlarga
26 sho’r   suv   sizishi   va   tuzlarning   o’sha   joyda   kristallanishi   tufayli   fizikaviy
nurash sodir bo’ladi. Masalan, suvda erigan angidrid (SaS04) yoriqlar orasida
to’planib suv bilan birikadi va gipsga (SaS04 · 2N2O) aylanadi. Hajmi 33 %
ga kengayadi va natijada u fizikaviy nurashni kuchaytiradi. Kimyoviy nurash.
Tog’   jinslari   va   ayrim   minerallar   suv   va   atmosferadagi   kislorod   hamda
karbonat angidridi (SO2) ta’sirida kimyoviy 1 (Soil degradation in the United
States:   extent,   severity,   and   trends/   Rattan   Lal,   Terry   M.Sobecki,   Thomas
Iivari, John M. Kimble.2004, 3bet.) o’zgaradi, yangi birikmalar va minerallar
hosil   bo’ladi.   Bu   xildagi   jarayonga   kimyoviy   nurash   deyiladi.   Kimyoviy
nurash   jarayonida   litosfera   tarkibidagi   dastlabki   ortoklaz   (K2Al2Si6016),
gematit (Fe2O3), angidrid (SaS04) singari birlamchi minerallar parchalanadi
va   ulardan   yangi   birikma   ikkilamchi   kaolinit   (N4Al2Si2O9),   limonit
(2Fe2O3·3N2O),   gips(SaS04·2N2O),   kabi   minerallar   vujudga   keladi.
Kimyoviy   nurash   jarayonida   ayniqsa   erish,   gidroliz,   gidratlanish,   va
oksidlanish   reaksiyalari   muhim   rol   o’ynaydi.   Kimyoviy   nurash   natijasida
minerallarning fizikaviy holati o’zgarib, kristall panjaralari buziladi. Natijada
tog’ jinslari tarkibida ilashimlik, yopishqoqlik, plastiklik, nam sig’imi singari,
yangi   xossalarga  ega   bo’lgan  ikkilamchi  minerallar  yuzaga  keladi.   Bu  holat
yer   yuzasida   yaxshi   xususiyatli   tuproq   ona   jinslari   ko’payishiga   sabab
bo’ladi.   Biologik   nurash.   Tog’   jinslari   va   minerallar   turli   organizmlar
(mikroorganizmlar,   o’simlik   va   hayvonot   organizmlari)   va   ularning   hayoti
tufayli vujudga kelgan mahsullar ta’sirida mexanikaviy ravishda parchalanadi
va   kimyoviy   o’zgarish   yuz   beradi.   Organizmlar   ta’sirida   yuzaga   keladigan
ana   shunday   o’zgarishlarga   biologik   nurash   deyiladi.   Biologik   nurashda
organizmlar   tog’   jinslardan   o’z   hayot   sharoitlari   uchun   kerakli   moddalarni
ajratib   oladi   va   mineral   jinslar   yuzasiga   to’playdi.   Bu   jarayon   natijasida
tuproq paydo bo’lishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. O’simlik ildizlari
va   mikroorganizmlar   hayoti   davomida   tashqi   muhitga   ajraladigan   karbonat
27 angidridi va har xil kislotalar kimyoviy nurashga sababchi bo’ladi. Biologik
nurashda   mikroorganizm   (bakteriya,   zamburug’   va   aktinomiset)   larning
ahamiyati kattadir, chunki 1 g.tuproqda millionlabmilliardlab mikroorganizm
bo’ladi. Mikroorganizmlar ta’sirida kechadigan nitrifikasiya va sulfofikasiya
jarayonlari natijasida hosil bo’ladigan nitrat va sulfat kislotalari ham ko’pgina
mineral   birikmalarni   eritadi   va   biologik   nurashni   kuchaytiradi.   Shuningdek,
zamburug’lar   chiqaradigan   organik   kislotalar   nurash   jarayoniga   chidamli
bo’lgan dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi.
28 5. Tuproqlarning geografik tarqalish qonuniyatlari
Yer   yuzasida   tuproqlarning   geografik   tarqalishi   tabiiy   sharoitlarning
hududlar   bo’yicha   tarqalishiga   bog’liq.   «Modomiki   barcha   muhim   tuproq
paydo qiluvchilar - deb yozadi V.V.Dokuchayev – yer yuzasida kengliklarga
uncha   -muncha   parallel   ravishda   cho’zilgan,   poyas   yoki   zona   shaklida
taqsimlanar   ekan,   unda   tuproqlar   ham   iqlim,   o’simliklar   qoplami   va
boshqalarga   qat’iy   bog’liq   holda,   yer   yuzasida   zonalar   bo’yicha   joylashishi
muqarrar   V.V.Dokuchayev   tomonidan   ta’riflangan   ushbu   kenglik   -   zonallik
konsepsiya,   keyinchalik   K.O.   Glinka,   L.I.   Prosalov,   I.R.   Gerasimov,   U.A.
Kovda,   N.N.   Rozovlar   tomonidan   rivojlantirildi.   Yerning   tuproq   qoplamida
kenglik tuproq – iqlim poyaslar eng katta birlik sifatida ajratiladi.
Tuproqlar   sistematikasi   haqida   tushuncha.   Tuproqshunoslikda,boshqa
fanlardagi   kabi,   sistematika   tadqiqotlami   tashkillashtirishning   boshlang’ich
qismi hisoblanadi, qaysiki uning yordamida tekshirish obyekti tuproqni ilmiy
o’rganish   amalga   oshiriladi.Tuproqlar   sistematikasi   -   bu   yer   yuzida   mavjud
bo’lgan   barcha   tuproqlarning   turli-tumanligi   haqidagi   ulaming   diagnostik
belgilariga a,soslangan har xil guruhlari (taksonomlari)ning orasidagi o’zaro
aloqasi va bog’liqligini ko’rsatib beradigan, hamda o’ziga xos xususiyatlarini
taqqoslash yo’li bilan tuproqlarning har Bir turi va yuqori rang (daraja) dagi
har qaysi taksonomiya u yoki bu taksonomiyalarning umumiy xususiyatlarini
aniqlash haqidagi ta’limotdir. Tuproqlar sistematikasining asosiy maqsadi yer
yuzida,   shu   jumladan,   alohida   mamlakatlar,   davlatlarda   tarqalgan
tuproqlarining   to’liq   tizimi   (klassifikasiyasi)   ni   yaratishdir.   Tuproqlar
sistematikasi   tarixiy-taqqoslash   va   geografik-taqqoslash   uslublariga,   tuproq
qatlamining   evolyusion   rivojlanishi   tamoyillariga   tayanadi,   unda
tuproqshunoslikning   barcha   bo’limlari   ma’lumotlaridan   foydalaniladi.
Planetamiz  tuproq  qoplami  umumiy  tizimida  u  yoki  bu  tuproqning  tarkibini
aniqlash   bilan   birga,   tuproq   sistematikasi,   yer   yuzasida   tarqalgan   tuproqlar
29 juda   katta   turli-tumanligini  anglashda   muhim  nazariy  va  amaliy   ahamiyatga
ega.   iTuproq   sistematikasi   haqidagi   ta’limotga   V.V.Dokuchayev,
N.M.Sibirsev,   K.D.Glipka,   L.Prasolov,   Ye.N.Livanova,   A.N.Rozov,
V.M.Fridland,   I.P.Gerasimov,   M.A.Orlov,   M.A.Pankov,
I.L.Muxanova,S.P.Suchkov,   B.Xalnepesov,   V.Abdulxanov,   S.A.   Shuvalov,
A.M.Rasulov,   M.Mahmudov,   V.G.Popov,   K.Nasapov,   A.Mahmudov,   A.A.
Tursunov,   M.U.Karimova,   R.Quziyev   va   boshqalar   katta   hissa   qo’shgan.
Sistematika   uchta   vazifani   bajagadi:   ulardan   biri   -   yer   yuzasida   tarqalgan
tuproqlar orasidagi sifat va miqdor jihatidan farqlarni aniqlab beradi. Ushbu
tuproqlar   haqida   imkoni   boricha   to’liq   ma’lumotlarni   yig’adi   va   mavjud
ma’lumotlar   asosida   tuproqlarning   mantiqiy   ketma   -   ketligi   bo’yicha
ro’yxatini   shakllantiradi,   qaysiki,   ularga   asosan   tuproqlar   nomenklaturasi
ro’yxati   va   klassifikasiyasi   tuziladi.   Demak   tuproqlar   sistematikasi   -
tuproqlarning   kengaytirilgan   aniqlovchisi   bo’lib,   fanda   ma’lum   bo’lgan   har
bir   tuproqning   mukammal   ta’rifini   bermog’i   lozim.   Yuqorida   ko’rsatilgan
vazifalar   tuproqlar   sistematikasida   tuproqlar   nomenklaturasi,   taksonomiyasi
va   diagnostikasi   asosida   va   yordamida   yechiladi.   Tuproqlar   klassifikasiyasi
(tasnifi). yer yuzasi tuproq qoplami, o’zining murakkab tuzilishli va xilma -
xilligi   bilan   xarakterlanadi.   Tuproqlarlari   o’rganishda   va   rasional
foydalanishda,   ularni   to’g’ri   aniqlash   ya’ni   klassifikasiya   qilish   muhim
ahamiyatga   ega.   Tuproqlarni   o’xshash   belgilari,   kelib   chiqishi   va
unumdorligi   kabi   xususiyatlariga   ko’ra   mvayyan   gruppalarga   birlashtirishga
tuproq   klassifikasiyasi   (tasnifi)   deyiladi.Tuproqlarni   ilmiy   jihatdal
klassifikasiyalash   ularning   genetik   –ishlab   chiqarish   xossalariga   asoslangan
bo’lib, bu klassifikasiya quyidagilari: tuproq paydo bo’lishining barcha shart-
sharoitlari   vajarayonlarini,   tuproqlarning   territoriyalar   bo’yicha   tarqalishini
va   tuproq   qatlamining   ishlab   chiqarish   jihatidan   ahamiyatga   ega   bo’lgan
biologik, fizikaviy va kimyoviy xossalarining umumiy xarakteristikasini aks
30 ettirishi   kerak.   Tuproqlarni   klassifikasiyalash   mvammolari
tuproqshunoslikdagi   eng   aktval   va   munozarali   masalalardan   biri   hisobladi.
Fanning   rivojlalishi   va   yangi   ilmiy   dalillarning   to’planishi   natijasida   ilgari
tuzilgan, bunday qaraganda ilmiy asoslangan klassifikasiya sxemasiga ayrim
qo’shimchalar   kigitish   yoki   ulami   qayta   ishlab   chiqish   zagur   bo’ladi.   Bu
muammolar   qishloq   xo’jaligi   talablari   asosida   ham   yuzaga   keladi.   Ilmiy
klassifikasiya   fanning   hozirgi   holatini   aks   ettiradi.   Ilm-fan   ning   givojlalishi
bilan   tuproqlar   klassifikasiyasi   ham   murakkablashib   boradi.   Tuproq
klassifikasiyasining   rivojlanish   tarixida   to’rtta   etapni   ajratish   mumkin:   V.
Dokuchayevgacha,   bunda   geologiya   -petrografiya,   kimyoviy   va   fizikaviy
klassifikasiya prinsiyaplari ustun bo’lgan; 2) Dokuchayev davri, qachonki V.
Dokuchayev,   N.M.   Sibirsev,   K.L.   Glinkalar   tomonidan   asos   solingan   va
tuproqlarni genetik klassifikasiyalash prinsiplari ishlab chiqilgan; Z) Hozirgi
davr   (taxminan   XX   asming   50   yillaridan),   bunda   taksonomik   birliklar   va
diagnostik   ko’rsatkichlar   tizimi   uzil   -   kesil   ishlab   chiqilgan,   turli
mamlakatlarda   tuproqlami   milliy   klassifikasiyalash   taraqqiy   ettirildi   va
tuproq   paydo   bo’lish   rejimlari   va   ekologik   sharoitlar   to’liq   hisobga
olinadigan   bo’ldi;   4)   Yangi   davr   (XX   asr   90   -   yillarining   boshlanishidan),
qachonki   klassifikasiyalashda,   taksonomik   birliklar   -   bo’linmalardan
iyerarxik   sistemalarda   mos   ravishda   turli   darajani   egallaydigan,   antropogen
o’zgarishlarning   barcha   bosqichlari   hisobga   olinadi.Yangi,   2000   yilda   nashr
etilgan,   Rossiya   tuproqlari   klassifikasiyasi,genetik   hisoblanadi   va   tuproq
profilining   tuzilishi   va   uning   xossalagiga   asoslangan.   Ushbu   klassifikasiya
V.V.Dokuchayey nomidagi tuproqshunoslik instituti tomonidan L.L. Shishoy
rahbarligida   tuzilgan   komissiya   tomonidan   ishlab   chiqilgan.   Ushbu
kJassifikasiyada   yuqori   rangdagi   birliklar   ajratilgan   va   tuproqlarning
antropogen - qayta o’zgarishihisobga olingan. Tuproqlar klassifikasiyasining
umumiy sxemasi qo’yidagiKimyoviy qayta tiklangan tuproqlar.
31 32 III.XULOSA
O‘zbekiston  Respublikasida  yer  va  uning  tuproq  resurslari  mavjud
hamma sohalarning  tayanchi,  asosiy  ishlab  chiqarish  vositasidir.  Demak,
mamlakatimiz   iqtisodiyotining     agrar     sektorining     rivojlanishi     shunga
boqliqdir.     Qishloq     xo‘jalik   ishlab   chiqarishining   asosiy   vositasi   bo‘lmish
yer     –     tuproq   qoplami   bioqatlamning   barqarorligi     va     uning     ekologik
holatini     saqlab     turishda       ham     katta     rol     o‘ynaydi.   Bo‘lajak     agronom,
tuproqshunos,  agrokimyo  mutaxassisi  va  fermer  xo‘jaligi boshqaruvchilari
o‘zi     faoliyat     ko‘rsatayotgan     xo‘jalik     yoki     alohida     hudud   tuproqlarini
batafsil     o‘rganishi,     shu     bilan     birga     tuproq     unumdorligini     oshirish
tadbirlarini qo‘llashning sir-asrorlarini juda yaxshi bilishi lozim.
Tuproqning     ko‘p     funksiyaliligi,     bu     uning     bir     vaqtning     o‘zida
tabiiy    jism,  ko‘pchilik  tirik organizmlarning  yashash    joyi, qishloq xo‘jalik
ishlab   chiqarishning   asosiy     vositasi     ekanligidir.     Tuproqning
ko‘pkomponentligi     uning     tarkibiga   kiruvchi     organik     va     neorganik
moddalarning     juda     katta     xilmaxilligi     bilan   belgilanadi.   Ushbu   moddalar
turli   fizikaviy   fazalar   (ko‘p   fazaliligi):   qattiq   (mineral   va     organik
zarrachalar),     suyuq     (tuproq     eritmasi),     gazsimon     (tuproq     havosi)     va
maxsus   ajratiladigan   tirik   faza   (organizmlar,     edafon)   tarzida   ifodalangan.
Tuproq ochiq sistema xisoblanadi, chunki uni o‘rab turgan atrof muhit bilan
moddalar va energiya doimiy ravishda almashinib turadi.
Tuproq  yer  sharining  mustaqil,  murakkab  biokos  qobig‘ini  tashkil
etib,   qit‘alar     quruqlik     qismini     qoplab     turadi.     Tog‘     jinslarining     yuza
gorizontlari     tirik   organizmlar     ko‘p     avlodlari     ishtirokida,     atmosfera     va
gidrosferaning     uzoq     ta‘siri   ostida,     tuproq     qoplamiga     aylanadi.     Tuproq
qoplami    –    pedosfera    –    litosfera,  atmosfera,  gidrosfera  va  biosferalarning
birgalikdagi ta‘siri maxsulidir.
Tuproq     o‘ziga     xos     organik-mineral     tarkibga     ega.     Tuproq     paydo
33 bo‘lishi   jarayonida     gumus     va     boshqa     murakkab     organik     birikmalar
to‘planishi     sodir   bo‘ladi.     Shuningdek     tuproq     biogen     ikkilamchi
alyumosilikatli     minerallar,     biofil   elementlar   bilan   ham   boyib   boradi,
shunday qilib asosiy xossasi  –  unumdorlikka ega  bo‘ladi.  Tuproq  qoplami
unumdorligi     tufayli     o‘simliklar     o‘sishi     va   rivojlanishini   ta‘minlash   ya‘ni
hosil   beraolish   qobiliyatiga   ega.     Tuproqning   ushbu   xossasi     insonlarning
yashash  va  ko‘p  tarmoqli   qishloq  xo‘jaligining  vujudga kelishida muhim
sharoitlardan biri hisoblanadi.
Tuproq   qoplami   va   o‘simliklar   ajralmas   birlik   -   jahon   tuproq   –
ekologik   sistemasini     tashkil     etadi,     qaysiki     unda     o‘simlik     va     tuproq
birgalikda   yashaydi. Bundan   million   yillar   oldin   quruqlikda   o‘simliklar
paydo     bo‘lgan.     O‘sha   paytdayoq,     bizning     planetamizdagi     barcha     tirik
organizmlar     tarixi     bilan     bog‘liq   bo‘lgan,   juda   murakkab   tarixni   bosib
o‘tgan, tuproq paydo bo‘lish jarayoni yuzaga kelgan.
Tuproq  qoplami  biosferada  yana  bir  eng  muhim  vazifani  bajaradi.
U     jaxon   okeani   singari,   -   planetamizni   tozalovchi   (purifikator)   muhitdir.
Ko‘pchilik   organik   va     organik     –     mineral     birikmalar     parchalanishi
tuproqda     tugallanadi.     Tuproq   xo‘jalik     va     yashash     faoliyatining     turli
xildagi  chiqindilarini  qabul  qiluvchidir. 
Tuproqlarda   hayot   kechiruvchi     organizmlarning   juda   zichligi   tufayli
barcha   tirik   organizmlar     chiqindilarining     parchalanishi     sodir     bo‘ladi.
Tuproqning     tozalovchi   qobiliyati     ba‘zi     shaharlarda     kanalizasiyalar     va
sanoatlardan     chiqqan     suvlarni   tozalashda   foydalaniladi.   Sug‘oriladigan
maxs   us   dalalar   barpo   etilib,   ularga   oqova   suvlar   to‘planadi   va   tuproqda
biologik tozalanish samarali o‘tadi.
34 IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Агрохимическая   характеристика   почв   СССР.   (Республики   Средней
Азии). Изд. “Наука”, Москва, 1967. 
2. Мачигин   Б.П.   Агрохимические   свойства     почв   и   влияние
удобренний   на     развитие   хлопчатника.   В   сборнике   научных   работ   по
применению удобрений под хлопчатник. Ташкент, 1957. 
3. Почв ы Узбекистана. Изд. ФАН. Узбекской ССР. Ташкент , 1975. 
4. Рыжов   С.Н.,   Сучков   С.П.   Принципы   агрономического
районирования   орошаемых   земель   и   дифференциация   агротехнических
мероприятий при культуре хлопчатника Ж. Почвоведение, 1951, №3. 
5. O‘zbek Sovet ensiklopediyasi. 14-tom, Toshkent 1980. 
6. Qo‘ziev   R.Q.   Bo‘z-voha     tuproqlari,   ularning   tadrijiy   rivojlanishi   va
unumdorligi. Toshkent , 1991. 
7. Қўзиев   Р.Қ..,   Сектименко   В.Е.   Почвы   Узбекистана.   Тошкент.
“ЕХTREMUM PRESS” 2009.
8. Mahsudov   X.   va   boshqalar.   Tuproqshunoslik.   “O‘zbekiston   Milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. T, 2013.
9. J.   Benton   Jones,   Jr.   Agronomic   handbook.   London,   New   York.2003 .
ISBN:  1418050377.
10. Allen   V.   Barker .   Science   and   Technology   of   Organic   Farming .   USA/
2010 .  ISBN 9781439816127 - CAT# K10828
35 V.ILOVA
36 37

TUPROQNING KELIB CHIQISHI, TUZILISHI, TARKIBI, XOSSALARI VA UNUMDORLIGI, TUPROQ VA O’SIMLIK O’RTASIDAGI UZVIY BOG’LIQLIGI, TUPROQLARNING GEOGRAFIK TARQALISH QONUNIYATLARI MUNDARIJA: I.KIRISH II.ASOSIY QISM 1. Tuproqning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar 2. Tuproqning morfologik tuzilishi va tarkibi haqida 3. Tuproqning xossalari va unumdorligi 4. Tuproq va o’simlik o’rtasidagi uzviy bog’liqlik 5. Tuproqlarning geografik tarqalish qonuniyatlari III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR V.ILOVA 1

I.KIRISH Respublikamizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ularni yetishtirishda unumdor tuproq qoplami mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati va barqarorligini belgilaydigan asosiy manba hisoblanadi. Mamlakatimizda agrar sanoat rivojlangan bo‘lib, uning tabiiy iqlim sharoiti, tuproq va suv manbalari mehnat resurslari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari - paxtachilik, g'allachilik, bog'dorchilik va sabzavot-poliz mahsulotlaridan yuqori hosil olishga imkoniyat yaratib beradi. Yurtimiz bo‘yicha haydaladigan yerlar 4,9 mln. gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan yerlar 4,3 mln. gektarni tashkil etadi. Sobiq Ittifoq davrida intensiv dehqonchilik va paxta monokulturasining qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanishi natijasida sug‘oriladigan yerlarning 60-70% i sho‘rlangan, eroziyaga uchragan, pestitsidlar va og‘ir metallar bilan ifloslangan. Davlatimiz yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni hal qilish maqsadida Yer kodeksi va kadastrini ishlab chiqish, yerni ijara sifatida fermer va dehqon xo‘jaliklariga berish masalasini amalga oshirdi. Tuproq biosferaning tarkibiy qismi va qishloq xo‘jaligini rivojlantiradigan ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘lib, uni har tomonlama o‘rganadigan fan - tuproqshunoslik fanidir. Respublikamiz mustaqillikka erishgan davrigacha, tuproqshunos va agrokimyogar mutaxassislar Toshkent davlat universiteti va Toshkent Agrar hamda Samarqand Qishloq xo‘jalik institutida tayyorlanar edi. Tuproqshunoslik bo‘yicha yozilgan darsliklar rus tilida bo‘lib, faqat o‘tgan asrning oxirlarida M.A.Pankovning “Tuproqshunoslik”, 1963-yilda A.M.Rasulov va M.Bahodirovning “Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari”, nihoyat I.Boboxo‘jayev va P.Uzoqovning “Tuproqshunoslik” darsligi 1995-yilda chop etildi. Afsuski, bu darslik qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. 2

O‘rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan Toshkent universitetida davr talabi bilan “Tuproqshunoslik” fanidan o‘zbek tilida kichik hajmda X.A.Abdullayev, L.T.Tursunov (1974, 1975) va H.X.Tursunovlar (2000) tomonidan qo‘llanma va matnlar chop etildi. Respublikamizda malakali tuproqshunos mutaxassislarini tayyorlash uchun dunyo talablariga javob beradigan Yevropa, Amerika va Osiyo tuproqshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy g‘oyalarga asoslangan umumiy ta’limni rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Shu davrgacha tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchayev va uning shogirdlari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar va ta’limotlarga asoslanib keldik. Dehqonchilik fani va tabiatshunoslik tarixiga oid hamda tuproq to‘g‘risidagi ma’lumotlar qadimiy Yunoniston, Misr, Eron, Xitoy, Hindiston, Yaponiya va Markaziy Osiyoda yashab ijod qilgan buyuk allomalarimiz al Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, al Farobiy asarlarida keltirib o‘tilgan. Markaziy Osiyo tuproqlari haqidagi ma’lumotlar zardushtiyikning “Avesto”, al Xusayn Narshaxiyning “Tarixi Narshahiy” va “Qobusnoma” kabi tarixiy kitoblarda bayon etilgan. Buyuk mutafakkirlarimiz hazrati Navoiy va Boburning asarlarida ham tuproq to‘g‘risida tafsilotlar keltirilgan. 3

II.ASOSIY QISM 1. Tuproqning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar Tuproqshunoslik qadimgi davrlardan rivojlanib kelayotgan tabiiy fanlardan biri bo‘lib, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Tuproq qoplami yer yuzidagi biogen qobiqdan tashkil topgan alohida mahsulot bo‘lib, u quruqlik va suv havzalarini o‘rab olgan. Tog‘ jinslarining (litosferaning) yer yuzasidagi qismi tirik jonivorlar, atmosfera va gidrosfera omillari ta’sirida o‘zgarib, tuproq qoplamini hosil qiladi. Tuproq qoplami o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi, tirik jonivorlarning yashashi biomahsulotning shakllanishi hamda planetadagi geofizik va biogeokimyoviy jarayonda faol ishtirok etadi. Akademik V.I.Vernadskiy tuproqni yer kurrasining foydali va unumdor zontidir deb ataydi. Tuproq qoplami yuqorida aytib o‘tilganidek, yer qobig‘ining tarkibiy qismidagi, litosferadagi geofizik o‘zgarishlar, atmosfera, gidrosfera va biosferaning o‘zaro munosabatidan vujudga kelgan mahsulotdir. Tuproq hosil bo‘lishi deganda - tog‘ jinslarini (magmatik, metamorfik, cho‘kindi) mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida yemirilib, iqlim, suv va gravitatsion kuchlar ta’sirida elyuviy, delyuviy, prolyuviy, allyuviy va eol yotqiziqlar ustida tabiiy sharoitda tuproq paydo bo‘lishi hamda inson faoliyati ta’sirida uning tadrijiy rivojlanishi va evolyutsiyasini tushunamiz. Tuproq fizikaviy holatiga ko‘ra uch fazali tizim: qattiq, suyuq, gazsimon, keyinroq A.A.Rode to‘rtinchi biologik fazani ham hisoblanishini tavsiya etadi. Ma’lumki, tuproq paydo bo‘lishining birinchi bosqichi tog‘ jinslarining nurash davriga to‘g‘ri keladi. Bu jarayon va davr ichida tuproq paydo bo‘lishi litosferaning yemirilish qobig‘i bilan birgalikda rivojlanadi. Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslari litosferaning asosini tashkil qiladi. Magmatik tog‘ jinslari yuqori haroratda erigan magmaning chuqur 4

qatlamlarida katta bosim ta’sirida qotib qolishi natijasida paydo bo‘ladigan intruziv (granitlar, sienitlar, dioritlar) jinslarga hamda yer yuziga oqib chiqqan magmaning odatdagi atmosfera bosimi sharoitida qotishi natijasida hosil bo‘lgan effuziv (bazalg‘tlar, porfiritlar, tuflar) va boshqa jinslarga bo‘linadi. Litosferaning 95%i magmatik (otqindi) tog‘ jinslaridan tashkil topganligi aniqlangan. Intruziv tog‘ jinslari +1000 S0 yuqori harorat, bir necha ming atmosferadan yuqori bosim sharoitda hosil bo‘lib kristallanadi va zichlashadi. Effuziv tog‘ jinslari magmaning yer yuzasiga litosferaning yoriqlari orqali ko‘tarilib, past harorat va bosim sharoitida beqaror bo‘lib yemiriladi va o‘z shaklini o‘zgartirib, yer ustki qatlamlarining termodinamik sharoitiga chidamli yangi tog‘ jinslarini ham hosil qiladi. Cho‘kindi (klastik) mahsulotlar magmatik tog‘ jinslarining yog‘inlar va mexanik kuchlar (haroratning o‘zgarishi, oqar suv, muz, shamol) ta’siri ostida hosil bo‘ladi. Lyosslar, qumlar, konglomerat, qumtosh, slanetslar ana shu guruhga kiradi, cho‘kindi tog‘ jinslari kimyoviy, organogen va boshqa qismlarga bo‘linadi. Ohaktosh, bo‘r, toshko‘mir, neft va boshqalar ham shular qatoriga kiritilgan. Cho‘kindi jinslar quruqlikning 75% maydonini egallaydi. Ular dengizlar hosil qilgan ohaktosh, soz, slanets, qumtosh va kontinental quruqlikda hosil bo‘lgan muzlik, daryo, ko‘l, shamol cho‘kindilar va yig‘ilmalardan iboratdir. Yerning chuqur qismida yuqori bosim va harorat sharoitida magmatik va cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi. Bunday tog‘ jinslari tuzilishi va o‘z xossalariga ko‘ra zich va qattiq holatda bo‘lib, yer yuzida keng tarqalgan. Litosferaning yer yuzasiga yaqin joylashgan qatlamidan tog‘ jinslari, ularni tashkil qiluvchi minerallar, iqlimiy omillar, mexanik kuchlar, suv va uning tarkibidagi erigan moddalar, havo, tirik organizmlar ta’siriga uchrab yemiriladi. Tog‘ jinslari va ularning tarkibidagi minerallarni atmosfera agentlari, turli jarayonlar ta’sirida yemirilishi, o‘z shakli va tuzilishini 5