logo

IMOM AL-BUXORIY MAJMUASI ATROFIDAGI MANZARALI DARAXT VA BUTALAR

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5417.8564453125 KB
IMOM AL-BUXORIY MAJMUASI ATROFIDAGI MANZARALI DARAXT
VA BUTALAR
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………………..3
I-BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
1-  Manzarali d araxt va buta o’simliklarining o’rganilish tari xi va O’zbekistonda 
dastlabki introduksiya ishlari bo’yicha ma’lumotlar   …………………………….....7
1.2.   Mamlakatimizda   landshaft   dizayni   hamda   ko‘kalamzorlashtirishga   qaratilgan
tadbirlar …………………………………………………………………………....12 
1.3.  Imom al-Buxoriy majmuasining geografik joylashuvi…………………..........16
II-BOB. TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTLARI, USLUBLARI
2.1. Tadqiqot sharoitlari…………………………………………………….……..19 
2.2. Tadqiqot obyektlari…………………………………………………….……..22
2.3. Tadqiqot uslublari…………………………………………………………….30 
III-BOB. TADQIQOT NATIJALARI  
3.1.   Imom   al-   Buxoriy   majmuasi   atrofidagi   manzarali   daraxtlarning   ro’yxati   va
taksonomik tahlili ……………………………………...………………………….32
3.2.   Imom   al-Buxoriy   majmuasi   atrofidagi   manzarali   butalarning   ro’yxati   va
taksonomik taxlili …………………………………………………………………53
3.3. Istiqbolli manzarali daraxt va butalarni ko’paytirish…………………………59
3.3.1.  Urug‘lari yordamida ko‘paytirish .……………………...…………………...59
3.3.2. Qalamchalar yordamida ko’paytirish……………………………………….63
XULOSALAR …………………………………………………...…………..…...68
TAVSIYALAR ……………………………………………………..…………….69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………..………….70
ILOVALAR ………………………………………………………………………
1  
  KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Keyingi   yillarda   shahrimizni   ko’kalamzorlashtirish   so’lim   bog’   va   hiyobonlarni
barpo   etish   maqsadida   chet   el   mamlakatlaridan   keltirilgan   manzarali   daraxt   va
butalar   ko’plab   ekilmoqda.   Bu   kabi   o’simliklarni   ekish   orqali   yilning   barcha
fasllarida   yashil   landshaftni   hosil   qilishga   erishilmoqda.   Hozirda
ko’kalamzorlashtirish   ishlarini   olib   borishda   bir   qancha   ilmiy   tashkilotlar,   nihol
o’stiriladigan   ko’chatxonalar   faoliyat   ko’rsatmoqda.   Ko’kalamzorlashtirishda
qo’llaniladigan   manzarali   daraxt   va   butalar   turlarini   kengaytirish,   o’lkamiz
sharoitlariga   moslasha   oladigan   nav   va   shakllarini   izlab   topish,   ilmiy   darajada
asoslangan   texnologiya   bo’yicha   tadbiq   etish   –   bugungi   kunning   dolzarb
masalalaridan   sanaladi.   Ko’kalamzorlashtirish   sohasi   oldidagi   vazifalarni
yechishda,   avvalo,   o’simlik   turlarini   ko’paytirishda   va   ko’chatxonalarda
yetishtiriladigan mahsulotlar (o’simliklar, ko’chatlar) sifatini yaxshilashda hozirda
mavjud   bo’lgan   o’simliklarning   boy   dendrologik   fondidan   foydalanish   muhim
ahamiyatga ega [33].
Samarqand   viloyatida   joylashgan   qadimiy   memoriy   yodgorliklardan   biri,
Islom olamida juda katta hurmat bilan tilga olinadigan  Imom al- Buxoriy qabirlari
joylashgan   ziyoratgohdir.   Prezidentimiz   tashabbusi   bilan   ushbu   ziyoratgoh   va
ziyoratgoh atrofida qaytadan rekonstruksiy ishlari olib borildi va obodonlashtirish,
ko’kalamzorlashtirishga   alohida   e’tibor   qaratildi.   Majmua   atrofidagi   mavjud
manzarali daraxt va butalarni hamda introduksiya qilingan o’simliklarning keyingi
istiqbolini   belgilash   uchun   ushbu   turlarni   biologik   xususiyatlarini   aniqlash   va
ko‘paytirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi [22,23].
Tadqiqot   obyekti   va predmeti .   Tadqiqot   obyekti  sifatida   Imom   al-Buxoriy
majmuasi   uchun   introduksiya   qilingan   istiqbolli   manzarali   xususiyatlarga   ega
2  
  bo‘lgan   daraxtlardan       Cercis   siliquastrum   Alba,   Aesculus   hippocastanum,
Liriodendron tulipifera, Magnolia grandiflora,   manzarali xususiyatga ega bo’lgan
Photinia   serratifoliya,   Nandina   domestica,   Mahoniya   aquifolium ,   Euonymus
japonicus “Aureopictus”   kabi butalar  olindi  va ular ustida tadqiqotlar olib borildi.
Mavzuning   predmeti   tariqasida   manzarali   daraxt   va   butalarning   biologik
xususiyatlarini   o`rganishga   qaratilgan.   O`simliklarni   urug‘lari   va   qalamchalar
yordamida ko‘paytirish, o‘sish va rivojlanishini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotlar
dala sharoitida  olib borildi.
  Tadqiqot   maqsadi:   Imom   al-Buxoriy   majmuasi   atrofidagi   istiqbolli
manzarali daraxt va butalarnining taksonomik tahlili va ayrim turlarining biologik
xususiyatlarini o‘rganish. 
 Tadqiqot vazifalari:  
-   Imom   al-Buxoriy   majmuasi   atrofida   o‘sadigan   manzarali   daraxt   va   butalar
to‘g‘risida adabiyotlar ma‘lumotlari asosida materiallarini yig‘ish va tahlil qilish;
-   Imom   al-Buxoriy   majmuasi   atrofida   o‘sadigan   manzarali   daraxt   va
butalarning    ro‘yxatini tuzish; 
- istiqbolli manzarali daraxt va butalarni taksonomik tahlil qilish;
- istiqbolli   manzarali   daraxt   va   butalarni   urug‘laridan   dala   sharoitida
ko‘paytirish; 
- manzarali daraxt va butalarni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:   Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi doimiy
manzarali   va   introduksiya   qilingan   manzarali   daraxt   va   buta   turlari   aniqlandi.
Aniqlangan   turlarning   biologik   xususiyatlari   (o’sishi,   mavsumiy   rivojlanishi,
ko‘payishi   va   urug’   hosil   qilishi)   hamda   tashqi   muhit   faktorlariga   munosabatlari
o’rganildi,   ko’paytirish   va   parvarishlashning   samarali   usullari   bo’yicha   tavsiyalar
berish   yangilik   sifatida   ko‘zda   tutilgan.   Imom   al-Buxoriy   majmuasi   atrofida
o‘sayotgan   manzarali   daraxtlar   va   butalarning   biologik   xususiyatlari   o‘rganildi.
Birinchi bor Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi , Liriodendron tulipifera, Cercis
siliquastrum,   Magnolia   grandiflora ,   Aesculus   hippocastanum,   kabi   daraxtlarning
3  
  hamda   Photinia   serratifoliya ,   Nandina   domestica,   Mahoniya   aquifolium,
Euonymus   japonicus   “Aureopictus”   kabi   butalar ning   biologik   xususiyatlari
o‘rganildi.
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari:   Imom   al-Buxoriy   majmuasi
atrofidagi   manzarali   daraxt   va   butalarni   biologik   xususiyatlarga   oid   masalalar
ko‘rib   chiqildi   va   umum   tabiiy   qonuniyatlarga   asoslangan   muhitga   adaptiv
moslashishi kabi fikrlar majmuasi etirof etildi.
Tadqiqot   mavzusi   bo’yicha   adabiyotlar   tahlili.   O’ zbekistonda   daraxt   va
buta   o’simliklarini   chuqur   o’rgangan   va   dendrologiya   fanini   rivojlanishiga   hakka
xissa qo’shgan yirik olimlardan F.N. Rusanov, N.T. Slavkina, A.U. Usmonov, G.P.
kabi   olimlarni   sanab   o’tishimiz   mumkin.   Daraxt   va   butalarning   O’zbekistondagi
tog’,   cho’l   hamda   sug’oriladigan   mintaqalaridagi   tuproqlarni   suv   va   shamol
eroziyasidan himoya qilishdagi  rolini  professor  M.B.Doshchanov,  A.U. Usmonov,
A.K.Qayimovlar o’z ilmiy ishlarida bayon etishgan.  Samarqand viloyatida 1117 tur
yuksak   o’simliklar   bo’lib,   ular   320   turkum   va   70   oilaga   mansubdir   (Флора
Узбекистана T.I - IV, 1941-1962; Закиров 1955, 1961; Опредилитель растений
Средный Азии. T. I - X, 1968-1993). 
O’zR FA Botanika instituti ilmiy xodimlarining ko’p yillik ilmiy izlanishlari
natijasida   Samarqand   viloyati   hududida   yuksak   o’simliklarning   95   oila,   573
turkum va 1987 turdan iborat ekanligi aniqlandi.
Tadqiqotda   qo’llaniladigan   metodikaning   tavsifi:   Ilmiy   izlanishlarni
bajarishda   asosan,   Urug‘larni   ko‘paytirish   K.M.Firsova,   o‘simlikning     vegetativ
ko‘payishi   qalamchalar     uslubi   bilan     Шалыт   М.С.   [42   ],   F.Mak-Millan     Brouz
[28]. qo‘llanmalari    asosida    bajarildi.   T adqiqotlar  natijasida  olingan ma lumotlarʼ
Microsoft Excel programmasida G.F. Lakin statistik uslubiga asoslangan holda [9;
78-b.] qayta ishlandi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati : Manzarali daraxt va
butalar   shahar,   va   hiyobonlar   hamda   tarixiy   maskanlar   ko‘rkiga-chiroy
bag‘ishlaydi.   Shuningdek landshaft dizayni hamda manzarali bog‘dorchilik uchun
ham   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Cercis   siliquastrum,   Aesculus   hippocastanum,
4  
  Liriodendron   tulipifera,   Magnolia   grandiflora,       kabi   bargi   va   guli   jozibador
bo‘lgan   va   barglari   chiroyli,   keng   barg   sathiga   ega   bo’lgan,   soya   beradigan
daraxtlarni   ko‘cha   va   xiyobonlarga   ekish   ko‘paytirish   zarurdir.   Xiyobonlar,
gulzorlar   insonlarga   estetik   zavq   beribgina   qolmasdan,   ularni   maroqli   dam   olish
hamda asab tizimini tinchlantirishda ham alohida ahamiyatga ega. Havoni O
2  gazi
bilan   boyitib,   namlantirib   turadi.   Daraxtlar   qurilish,   texnik   va   kimyoviy
maxsulotlar manbayi ham hisoblanadi. 
            Aholi   maskanlarini   ko‘kalamzorlashtirish   va   obodonlashtirish
mikroiqlimni bir muncha yaxshilaydi. Havoni tozalaydi, soya hosil qiladi, qum va
chang   bo’ronlarini   oldini   oladi,   shamoldan   ximoya   qiladi.   Daraxt   hamda
butalardan   ajratadigan   efir   moylari   kasallik   chaqiruvchi   mikroorganizmni
zararsizlantirish   xususiyatiga   ega.   Bundan   tashqari   daraxtlar   ayrim   foydali   tirik
jonzotlar uchun ham boshpana vazifasini o‘taydi. 
            Ishning   aprobatsiyasi.   Tadqiqot   natijalari   quyidagi   ilmiy
konferensiyalarda va anjumanlarda muhokama qilindi. 
1. Nashr:Международный   научный   журнал   “ Вестник   науки ”.
“Кустарники   в   окрестности   мемориального   комплекса   Имама   аль-Бухари
(Самаркандская   обл.,   Узбекистан)”.   “Выпуск   №   (46).   Т.4.   -Тольятти.   2022”.
Muallifdoshlar: Мукумов.И.У, Хамракулов Ш.С.
2. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti ilmiy jurnali
“Imom   al-Buxoriy   majmuasi   hududida   ekilgan   istiqbolli   manzarali   daraxtlar”.
Muallifdoshlar:  Ochilov U, Haydarov X. (nashrda 2023-yil)
3. “Biologik   xilma-xillikni   saqlash   va   undan   barqaror   foydalanish
istiqbollari” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya to’plami (Samarqand, 2023  yil
5 may).
                     Ish   tuzilmasining tavsifi:   M agistrlik dissertatsiya   ishi   73 betdan   iborat
bo’lib,   kirish,   adabiyotlar   sharhi,   asosiy   qism   tadqiqot   sharoitlari,   obyekti,
uslublari   va  tadqiqot   natijalari,  xulosalar,   tavsiyalar,  adabiyotlar   ro’yxatidan  va   6
ta jadval,   10 ta rasmlardan   iborat.   Dissertatsiyada 63 ta adabiyotlardan va internet
manbalaridan foydalanilgan.
5  
  I-BOB
ADABIYOTLAR SHARHI
1.1 Manzarali daraxt va buta o’simliklarining o’rganilish tarixi va
O’zbekistonda dastlabki introduksiya ishlari bo’yicha ma’lumotlar.
Olimlarimiz tomonidan olib borilgan tekshirishlar natijasi  eramizdan ming yil
oldin   madaniy   turlardan   shaftoli,   o’rik,   olxo’ri   va   shunga   o’xshash   mevali   va
manzarali   o’simliklar   bo’lganligini   ko’rsatad.   Olimlarning   tadqiqotlari   natijasiga
ko`ra eng birinchi manzarali o’simliklar atirgul bilan lotos bo’lgan.  O ’simliklardan
jamiyatda   5,5–6   ming   yil,   gulsafsar   va   xrizantemadan   esa   4   ming   yil   avval
foydalanilgan.   Krit   orolida   olimlar   tomonidan   3500   yil   ilgari   atirgul   tasviri
saqlanganligi  aniqlangan. Umuman, gullarning ekib ko`paytirilishi  1000 yil  avval
boshlanib Mesopotamiya, Hindiston va Rimgacha yetib kelgan. Qadimgi Yunonda
atirgul   go’zallik   xudosi   Afroditaga   bag’ishlangan,   uning   ehromi   atroflarini
atirgullardan   tashkil   topgan   go’zal   bog’lardan   iborat   manzara   o’rab   turgan.   Tel-
Elamarandan topilgan toshdagi yozuvlar shundan dalolat beradiki, bu yerlarda yo’l
chetlariga   qator   qilib   manzarali   daraxtlar   va   butalar   ekilgan.   Osilib   turuvchi,
manzarali   bog’lar   to’rt   qavatli   keng   minoralarda   joylashgan   bo’lib,   uning
ayvonlarida   palmalar,   kiparislar,   mevali   daraxtlar,   manzarali   noyob   o’simliklar,
gulli o’simliklar ham o’stirilgan.  Mevali daraxtlar, gulli o’simliklar, hattoki noyob
qushlari   bo’lgan   qadimgi   Solomon   bog’lari   haqidagi   ma‘lumotlar   ham   bizgacha
yetib kelgan [40]. 
Qirol   Nebuchadnezzar   II       tomonidan   eramizdan   avvalgi   taxminan   600-yilda
Bobil osma bog`lari barpo etilgan. Bobil osma bog’lari tog’larga va  ayvon usulida
qurilgan.   Qadimgi   tarixchilarning   xabar   berishicha,   o’sha   paytlarda   Bobil   davlati
6  
  buyuk   davlat   bo’lib,   o’zining   devorlari,   saroy,   qasr   va   dahmalari   bilan   mashhur
bo’lgan.   Osma   bog’lar   ustun   qilib   yuqoriga   ko’tarilgan   bir   necha   ayvonlardan
tashkil   topgan.   Ularning   balandligi   24   metrdan   90   metrgacha   yetgan.   Daraxtlar,
gullar   ayvon   ustida   o’sgan   va   ular   Furot   daryosi   suvi   yordamida   sug’orilgan.
Arxeologlar   Furot   daryosi   bo’ylaridan   osma   bog’larga   tegishli   deb   taxmin
qilinayotgan devorlarni topishgan. Ushbu bog’lar qadimgi Sharqning eng katta va
badavlat shahri - Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo’lgan. Bunday samoviy
bog’laming   yaratilishi   rivoyat   qilishlaricha   ayol   podsho   Semiramida
(Shammuramat)   nomi   bilan   bog’lanadi.   Aslida   esa   ular   podsho   Navuxodonosor
farmoyishi   bilan   miloddan   avvalgi   6-asrda   bunyod   etilgan.   Podsho   o’z   saroyini
baland sun’iy maydon ustiga qurgan deb taxmin qilinadi. Maydonga qo`sh, qavat-
qavat   ayvonlar   orqali   chiqilgan.   Har   bir   qavat   aylana-qubba   shaklida   bajarilib,
ularni   baland   tosh   ustun   tutib   turgan.   Ayvonlarning   usti   qamish   bilan   yopilib,
ustidan   g’isht   terilgan,   so'ng   qo’rg’oshin   plastinkalar   yotqizilgan.   Undan   so`ng
yuqoriga juda ko’p miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom sathi bo’ylab qalin qilib
solingan.   Har   bir   qavatda   daraxtlar   o’tqazilib,   go’zal   va   ajib   manzara   beruvchi
bog’lar yaratilgan. Bu bog’larni sug’orish uchun suvni Furot daryosidan olganlar.
Suvni   tepaga   ko’tarib   beradigan,   charm   idishlar   o’rnatilgan   yirik   charxpalakni
yuzlab qullar kecha-yu-kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog’lar shu
darajada go’zal va ajib ediki, uni yetti iqlimda yo'q «bog’i eram» deb madh etishar
edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog’larni ko’rishga musharraf bo`lmagan.
Chunki,   Furot   daryosining   dahshatli   suv   toshqini   uni   vayronaga   aylantirdi.   Hozir
kunda   u   bog'lar   o’rnida   minoracha   shaklidagi   ayvonlarning   xarobalari   qolgan,
xolos [7,34,49]. 
Qadimgi   Misrning   manzarali   bog’dorchiligida   suvdagi   yaratilgan   bog’lar
alohida   o’rin   tutgan.   Ehrom   saroyi   oldidagi   to’rt   burchakli   hovuzlarda   Misrning
ko`rkam   oq   va   havorang   nilufarlari,   ajib   lotoslari   o’stirilgan.   Italiyada   manzarali
bog’dorchilik bir muncha o`zgacharoq rivojlangan. Rimda shahri va uning atrofida
esa  yassi   tomlar   va balkonlarni   tuvakda  o’suvchi   gullar  bilan  bezash  urf   bo’lgan.
(Adonis bayrami). Tomlarda baliqlar suzib yuruvchi osilib turgan hovuzlar tashkil
7  
  qilingan.   Bizning   davrgacha   bo’lgan   500   yilda   forslar   ilk   bor   chiroyli   hovuzlar,
turli   tuman   g’aroyib   gullar   va   manzarali   daraxtlardan   iborat   bo’lgan   istirohat
bog’larini ko’paytirishgan. Ba‘zan ushbu bog’larda yovvoyi hayvonlar ba`zi turlari
ham   bo’lgani   uchun   forslar   uni   ―hayvonlar   bog’i   deb   atashgan.   Sharqiy
Turkistonda       manzarali   bog’dorchilik   xo’jaligining   paydo   bo’lishi   O’rta   Sharq
xalqlarida   tuproqshunoslik,   bog’dorchilik,   sabzavotchilikni   kelib   chiqishi   va
rivojlanishi   bilan   uzviy   bog’langan.   Bu   xalqlar   Eron,   Hindiston,   Kichik   Osiyo,
Afg’oniston   mamlakatlari   bilan   savdo   va   madaniy   aloqalar   o’rnatishgan.   Sharqiy
Turkiston   shaharlaridan   o’tuvchi   buyuk   ipak   yo’li   ana   shundan   dalolat   beradi.
Ehrom   devorlaridagi     rasmlar,   tarixning   turli   davriga   doir   bo ’ lgan   eski   yozuvlar
bizga   u   yoki   b oshqa   mamlakat lar ning   uzumzorlari   va   bog ’ lari ,   gullari   haqida
ma‘lumot beradi.   Masalan, X-XIV asrdagi tarixiy yodgorliklar uyg’ur davlatining
gullab-yashnaganligini   ko’rsatadi.   Uyg’ur   bog’larining   hayoti   va   yashash   sharoiti
devorlardagi   rasmlarda   muhrlangan.   Bu   rasmlardan   birida   tasvirlangan   knyaz
qo’lidagi   gul   tinchlik   va   osoyishtalik   timsolidir.   Uzoq   sharq   mamlakatlarida,
Janubiy-Sharqiy   Osiyoda,   ayniqsa,   Yaponiya,   Vetnam,   Koreyada   o’zgacha
bog’dorchilik   san‘ati   XIII   asrdan   beri   yashab   kelmoqda.   Bu   mamlakatlarning
xalqlari manzarali bog’dorchilik gullari bilan bezashning beqiyos usullarini ishlab
chiqishlari   bu   singari   o’simliklarning   juda   boy   xillarini   yig’ishgan.   Pakana
(kichkina) o’simliklar xiliga subtropik nina bargli va oddiy bargli daraxtlar, butalar
kiradi.     Xrizantema   o`simligi   esa   Yaponiya   va   Xitoyda   asosiy   gulli   o’simliklar
hisoblangan. 
XIII   asr   o’rtalarida   O’rta   Yevropa   shaharlarida   har   xil   g’aroyib   o’simliklarga
mo`ljallangan   maxsus   xonalar   tashkil   qilina   boshladi.     Reynda   birinchi   marta
qishki   bog’   yaratishga   urinib   ko’rildi.   O’sha   davrda   g’aroyib   o’simliklardan
xonalarni   ko’kalamzorlashtirishda   foydalanish   manzarali   bog’dorchilikni
rivojlanishi   uchun   yangi   bir   urinish   bo’ldi.   Botanika   bog’lari   1400-yilda
Florensiyada, 1530-yilda Mantuda, Rimda va boshqa shaharlarda tashkil qilingani
ma`lum.   Mazkur   bog’lar   mashhur   arxitektorlar   G.Gollvitsev   va   V.Virsingning
yozishicha, Semiramidadagi bog’lardan ham a‘lodir. Yevropa mamlakatlarida XIV
8  
  asr   oxiri   va   XV   asr   boshlarida   lolaqizg’aldoq,   nargis,   binafsha,   bo’tako’z,   liliya
(piyozgul),   xayrigul,   gulsafsar   manzarali   o’simliklarning   asosiy   xillaridan
hisoblangan.   Botanika   bog’larida   piyozidan   ko`payadigan   gulli   o’simliklar   ham
paydo bo’ldi. Masalan: Lola, gulisumbul, bog’ pufagi, nargis, tugmaboshlar shular
jumlasidandir.   Turkiya   davlatidan   XVI   asrda   Italiyaga   birinchi   marta   oddiy
nastarin   o’simligi   keyinroq   olcha   va   bog’   yasmini   keltirildi.   Keyinchalik   esa
Yevropaga   tropik   manzarali   o’simliklardan   mirabilis,   tagitislar,   chechak,   ,
shuningdek,   Shimoliy   Amerikaning   ba‘zi   o’simliklari   keltirildi.   XVI   asrning
ikkinchi   yarmida   xususiy   va   davlat   botanika   bog’lari   soni   chetdan   keltirilgan
manzarali o’simlik turlari keskin ko’paydi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar
va   ba‘zi   boy-badavlat   kishilar   o’z   hisobidan   ekspeditsiyalar   tashkil   qilishib
sayyohlarni   va   olimlarni   uzoq   mamlakatlardan   o’simliklar   olib   kelish   uchun
jo’natishdi. Yevropada XVII  asrda sovuqqa chidamsiz  o’simliklarni  parvarishlash
uchun   issiqxonalar   qurila   boshlandi.   Biroz   vaqt   o`tgandan   so’ng   katta   botanika
bog’larining   issiqxonalarida   O’rta   yer   dengizi,   Yangi   Zellandiya,   Markaziy   va
Janubiy   Afrika,   Sharqiy   va   janubiy   Osiyo,   Avstraliya,   Hindiston,   Atlantika   va
Tinch okeani orollaridan keltirilgan tropik va subtropik o’simliklar joy oldi. O’rta
Osiyoda   XV-XVIII   asrlarga   kelib   bog’dorchilik   juda   ham   ilgarilib   ketdi.   O’rta
Osiyo xalqi o’troq hayot kechirishi munosabati bilan qo’shni davlatlar bilan o`zaro
savdo-sotiq   ishlari   olib   borilishi   natijasida   har   turdagi   o’simliklar   ushbu   hududga
kirib   kelgan.   Ushbu   davr:   О’rta   Osiyoda   vujudga   kelib   bо’lgan   davlatlardan
masalan:   Baqtriya,   Sug’diyona,   Xorazm,   Marg’iyona   (Balx   poytaxti)   Samarqand
(eski   nomi-Maroqand)   Xorazm   (Xorazm   vohasi   va   Amudaryo   sohili)   va   Marv
(Marg’iyona) sirasiga kiradi. Eron podshosi  Kir va Makedonskiylarni Baqtriya va
Sug’diyonani   ishg’ol   qilishi   natijasida   Rim   va   Xitoy   imperiyasi   о’rtasida   tovar
almashish  va  о’zaro madaniy  aloqalar  bо’yicha kengroq  bog’lanish  paydo  bо’ldi.
Tarixdan   ma`lumki   O’rta   Osiyoda   o’simliklarning   introduksiya   qilinishi   2
bosqichga bo’linadi (A.V.Gurskiy 1957, N.I.Sherbakov 1932) ruslarning kelguniga
qadar   va   kelib   joylashgandan   keyingi   davr.   Shubhasiz,   eramizdan   avval   qadimgi
davlatlar Baqtriya, Sug’diyona, Xorazm, Marg’iyona shakllangan bir paytda Xitoy,
9  
  Hindiston, Eron, Rossiyaga O’rta Osiyo orqali savdo-sotiq yo’llari o’tgan. Ehtimol,
shu davrda O’rta Osiyoga o’sha yo’llar orqali xorijiy o’simliklarning kirib kelishi
boshlangan.   O’sha   davrda   asosan   Samarqand   (Maroqand)   o’zining   boy   tabiati,
boyliklari   bilan   alohida   tanilgan   davlat   bo’lgan.   A.Temur   davrida   bu   yerda
hashamatli   saroylar,   maqbaralar,   ulkan   bog’lar   (Bog’i   shamol),   chinor   ekilgan
bog’lar     barpo   etilgan   va   bizgacha   yetib   kelgan.   Ehtimol,   bu   bog’larda   ko’p
manzarali   gul   va   daraxtlar,   chetdan   keltirilgan   o’simliklar   bog’larni   bezab
turgan.Yog’ochsimon   daraxt   turlaridan   tut   daraxti   (oq   va   qora   ),   o’rik,   sharqiy
planat, yapon soforasi,sharq tuyasi (Xitoydan olib kelingan) keltirilganligi ma’lum.
Arxiv   materiallari   stixiyali   introduksiyaga   qilish   1875   yilda   asos   solinganligini
tasdiqlaydi. F.N.Rusanov ta’kidlashicha Buxoro amiri bog’larida juda chiroyli zich
ixcham   daraxtlar   majmuasi   bo’lgan.   Shu   yo’l   bilan   Toshkent,   Samarqand,
Farg’ona   Andijon   va   boshqa   katta   va   ko’p   dendrologik   kolleksiyalar   to’plami
vujudga   kelgan.   Samarqand   viloyatining   1894   yilgi   ma’lumotlar   kitobida
(Nevesskiy,   1894)   keltirilashicha   daraxt   va   butalarning   17   turi   ro’yxatga
olinganligi ma’lum. N.I.Sherbakov (1932), V.P.Drobov (1935), N.V.Shipchinskiy
(1953), F.N.Rusanov (1939), A.V.Gurskiy (1935-1957) larning muntazam ish olib
borishlari   natijasida   O’rta   Osiyoda   manzarali   va   yog’ochsimon   daraxtlarning
o’sganligi   eslatib   o’tiladi.   N.V.Shipchinskiy   (1953)   O’zbekistonda   manzarali,
yog’ochsimon   o’simliklarni   50   xil   turini   to’liq   ro’yxatini   kiritgan.   1953-1956
yillari   Samarqandda   va   O’zbekistonning   boshqa   shaharlari   bo’ylab   ninabargli   va
daraxtsimon   o’simliklarni   tadqiq   qilish   ishlari   keng   ko’lamda   olib   borilgan.   XIX
asrning   oxirida   O’rta   Osiyoning   Samarqand,   Toshkent,   Marg`ilon   shaharlarida
yirik   gulli   dekorativ   daraxtlar   olib   kelindi.   Bu   chiroyli   gullovchi   o’simlik   tog`
lolasi – ya’ni “Tyulpan” deb ataldi. Magnoliaceae oilasiga mansub “Liriodendron
tulipifera” deb ataladi. 1948 yili Z.P.Bochansova invintarizatsie bilan shug’ullandi.
Toshkent   shahrida   ushbu   daraxtning   2   gruppadagi   5   ta   daraxtni   aniqladi.   XX
asrning oxirida Toshkent Botanika bog’i ushbu daraxtning 20 tasi yetishtirildi. Ular
51-56   yoshni   tashkil   etishgan.   Ularning   bo’yi   30   metrni   diametri   33-35   smni
tashkil   qiladi.   Bundan   tashqari   mustaqillik   maydonida,   O’zbekiston   tarix   muzeyi
10  
  yonida, o’simliklarni ximiyaviy o’stirish instituti yonida ham o’stirildi va kuzatildi.
1948   yili   Z.P.   Bochansovaning   yozishicha   Toshkent   bo’ylab   to’plangan   2   pud
urug’dan   necha   o’nlab   tyulpan   o’simligi   rivojlantirildi.   Ushbu   o’simlikning   bir
necha   turlarini   chet   ellardan   bizning   Respublikamizga   olib   keltirildi.   Ammo   ular
iqlimga moslasha olmay nobud bo’lishdi [59].
Eman   daraxtini   ko’paytirish   O’zbekistonda   XIX   asrning   oxirlarida   boshlandi.
N.I.Sherbakov (1932) ning yozishicha 1870 yil Zarafshon vodiysida birinchi bo`lib
ekish ishlari o`tkazildi. Eman daraxtini 1880 yil Amudaryoning tog’li qishloqlarida
(Bag’rin, Omon qo’ton, Og’alik) sinov stansiyalarida madaniy ishlari olib borildi.
1872   yilda   A.I.   Korolkovning   chet   el   safaridan   keyingi   qo’lyozmasida   u   O’rta
Osiyoda oq eman va yirik donali emanni iqlimlashtirish yaxshi samara berganligini
aytadi.   1935   yil   Gurskiy   ham   emanning   moslashuvini   bir   necha   marta   ta’kidlab
o’tgan.   Bu   haqida   Bochansov,   Butkov   (1935),   Drobov   (1935),   Rusanov   (1939),
Yurkivich   (1951),   Voznesenskaya   (1954),   Besschetnov   (1956),   Fishkin   (1957),
Dosaxmetov   (1967),   Andreychenko   (1978)   va   boshqalar   ham   bu   haqida   yozib
o`tishgan   va   tekshiruvlar   olib   borishgan.   Daraxt   va   butalar   fiziologiyasi   ustida
K.A.Timiryazev,   L.A.Ivanov   va   V.N.Lyubimenko   o’tkazgan   tekshirishlar
dendrologya   sohasidagi   tushunchalarni   ancha   kengaytirdi.   Dendrologiya   fani
keyingi   yillarda   ayniqsa   avj   olib   rivojlana   boshladi.   Bugungi   kunda   dunyoda
hammasi bulib 406 ta botanika bog’i va 160 ta dendropark mavjud.
1.2. Mamlakatimizda landshaft dizayni hamda ko‘kalamzorlashtirishga
qaratilgan tadbirlar.
Hozirgi   vaqtda   aholi   yashash   joylari   va   atroflarini   ko‘kalamzorlashtirish,
daraxt   va   butalarni   saqlash   hamda   yashil   maydonlarni   kengaytirish   borasida
sistemali choralar ko‘rilmoqda. Qimmatbaho va noyob daraxt va butalarning turlari
kesilishiga   moratoriy   joriy   qilinishi,   daraxt   kesganlik   holatlari   uchun   jarima   va
kompensatsiyalar   miqdorining   oshirilishi   kabi   choralar   shular   jumlasidandir.
Ammo,   mas’ul   tashkilotlarning   amalga   oshirilayotgan   ishlarga   sustkashlik   bilan
11  
  yondashishi   va   ba`zi   shaxslarning   o‘simlik   dunyosi   ob’ektlariga   bo‘lgan
tajovuzkor   harakatlari,   shu   jumladan,   daraxtlarni   noqonuniy   kesish   bilan   bog‘liq
holatlar   umumekologik   vaziyatning   yomonlashishiga   sabab   bo‘layotganligi
barchamizga   ma`lum.   Bundan   tashqari,   investitsion   faollik   sur’atlarining,
ma`salan,   urbanizatsiya   va   bunyodkorlik   ko‘lami,   sanoat   ishlab   chiqarish,
qurilishning   keskin   kengayishi   aholi   punktlariga   tushayotgan   ekologik   yuklamani
kamaytirish   tiziminini   takomillashtirishni   kerakligini   barchaga   eslatmoqda.
                        Daraxt,   butalar   hamda   yashil   hududlarni   muhofaza   qilish   va   ularning
maydonlarini   kengaytirish,   bu   sohada   mas’ul   tashkilotlar   faoliyatini   yanada
samarali tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-
yil   30-oktyabrdagi   “2030   yilgacha   bo‘lgan   davrda   O‘zbekiston   Respublikasining
Atrof-muhitni   muhofaza   qilish   konsepsiyasini   tasdiqlash   to‘g‘risida”gi   PF-5863-
son   farmonida   belgilangan   vazifalarni   bajarish   maqsadida:   Butun   O`zbekiston
miqyosida   daraxtzorlarni   ko‘paytirishga   qaratilgan   “Yashil   makon”   umummilliy
loyihasi tatbiq etildi. Ekiladigan daraxt va buta ko‘chatlarining ko‘karuvchanligini
ta’minlash   uchun   sug‘orish   tizimi   mavjud   bo‘lmagan   yerlarga   hamda   yoshi   5
yildan oshmaydigan  bo‘lgan ko‘chatlarning ekilishi taqiqlanadi, bir turdagi daraxt
va   buta   ko‘chatlarini   ekish   orqali   “kashtan   ko‘chasi”,   “chinor   ko‘chasi”   kabi
namunaviy   ko‘chalarning   tashkil   etilishiga   ustuvor   e’tibor   qaratiladi.   2022   yil   1
martdan   boshlab   daraxt   va   butalarning   zararkunandalari   hamda   kasalliklariga
qarshi   kurashish   tadbirlariga   mahalliy   byudjetlar   qo‘shimcha   manbalarining   2
foizigacha   miqdordagi   mablag‘lar   ajratildi.   Daraxtlar,   ular   havodagi   zararli
karbonat   angidridni   yutib,   o’rniga   kislorod   ishlab   chiqaradi   va   bizning   nafas
olishimizga   ham   yordam   beradi.   Ular   issiqda   salqin   beradi,   atrof   muhitni
shovqindan   himoya   qiladi   va   atrof   muhitga   o’zgacha   zavq   ulashadi.   Shahar
muhitini   ko’kalamzorlashtirish   va   obodonlashtirishda,   katta   va   zamonaviy
shaharlar   aholisining   hordiq   olishi   uchun   shahar   atrofida   tabiiy   landshaft   va
nabodot   olami   yaratilmoqda.  
  Vatanimizda yirik masshtabli ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish
uchun   yetarlicha   shart-sharoit   yaratilgan.   Prezidentimiz   tomonidan   yangi   qurilish
12  
  obyektlari   bilan   tanishish   chog’ida   ko’kalamzorlashtirish   ishlari,   ularning   sifati,
landshaft me‘morchiligi qay darajada joriy etilayotganiga alohida e‘tibor qaratadi.
So`nggi   yillarda   yurtimiz   haqiqiy   bog’-shaharga   aylandi.       Noyob   va   endemik
daraxt   navlari     moviy   va   kumushrang   qarag’ay,   oqqayin,   eman,   qarag’ay,   archa,
kashtan,   jo’ka,   yapon   soforasi,   akatsiya,   arg‘uvon,   zarang   va   shu   kabi   manzarali
daraxtlar   mamlakatimizning     yashil   ko’rkiga   va   bezagiga   aylanmoqda.
Yurtimizning     yashil   libosi   nafaqat   chiroy   balki,   salomaatligimizning   beminnat
himoyachisi   ham   xisoblanadi.   Bog’   va   hiybonlar   changu     g’uborni   kamaytiirib,
havoning   tozzaligini   belgilaydi,   insonlarga   estetik   zavq,   yaxshi   kayfiyat   bahsh
etadi.   Manzarali   bog’   va   hiyobonlarning   musaffoo   havosidan   nafas   olish   ba’zi
kasalliklarni   davolashdava   ularni   oldini   olishda   inson   salomatligini   saqlashda
muhim   ahamiyatga   egadir.   O’simliklar   olamining   beqiyos   xizmati     CO   gazini
qabul   qilib   va   havoni       kislorodga   boyitib   berish   bilan   cheklanmaydi.   Havo
tarkibida   mavjud   ko’plab   kasallik   tarqatuvchi   mayda   mikroblarni   zararsizlantirib
beruvchi   maxsus   fitonsid   moddalarini   ishlab   chiqarishi   bilan   ham   katta
ahamiyatlidir.   Misol   qilib   oladigan   bo’lsak   100   ming   kishilik   shahar   aholisining
fitonsidli   moddalariga   bo’lgan   talabini   1   ga   hududdagi   igna   bargli   daraxtlar
(qarag’ay,   archa,)   yoki   1000   tupdan   ortiq   boshqa   xil   turdagi   manzarali   daraxt   va
butalar   qoplashi   mumkin.   Hozirgi   kunda   viloyatimizning   40   foiz   maydoni
shifobahsh,   havoni   tozalash   xususiyatiga   ega   bo’lgan  manzarali   daraxt   va   butalar
bilan   qoplangan.   Hozirgi   vaqtda   jahon   sog’liqni   saqlash   tashkilotining
me‘yorlariga   ko’ra   bu   ko’rsatkichlar   15-20   %ni   tashkil   etishi   lozim.
            Landshaft - bu san’atning tarixiy taraqqiyoti insoniyat jamiyati taraqqiyoti
davrlari   bilan   bog’liq.   Qadimgi   odamlar   o’z   hukmdorlarining   saroylari   yoki
ibodatxonalari   yonida   hashamatli   va   mahobatli   bog’lar   barpo   etganlar.
Keyinchalik,   bog’   uyning   hovlisida   joylashgan   qishloq   xo'jaligi   joyiga   aylandi.
Qadimgi   Rim   ustalarining   landshaft   dizaynining   murakkabligi   asrlar   davomida
o'tdi.   U   Evropa   landshaft   dizaynidagi   yangi   uslub   yo'nalishlari   uchun   ilhom
manbai bo'ldi. Shu sababli, hududni obodonlashtirish roli bugungi kunda landshaft
dizaynining yanada muhim tarkibiy qismiga aylandi. Shaharlarda sayilgohlar barpo
13  
  etilayotgani,   turar-joy   binolari   yoniga   gulzorlar   ekilayotgani,   maysazorlar   barpo
etilayotgani   bejiz  emas.   Bularning  barchasi  bizni  ilhomlantiradi   va  o'zining  rang-
barang   ranglari   va   yoqimli   hidlari   bilan   bizni   xursand   qiladi.   Asosiy   vazifasi
qishloq   xo'jaligi   bo'lgan   bog'dorchilik   yoki   bog'dorchilikdan   farqli   o'laroq,   u
ko'kalamzorlashtirish va ko'kalamzorlashtirishning badiiy va amaliy faoliyatidir. 
               Daraxt va butalarning kompozision shakillari quydagilarni o’z ichiga oladi:
soliterlar (gazonda ekilganyakka daraxt), hiyobonlar, o’simliklar guruxlari, xar hil
shakil   berib   ekilgan   ekinzorlar,   chirmashib   o’suvchi   o’simliklar   yashil   to’siqlar,
yashil devorlar. 
         Soliterlar - yakka holda o’suvchi daraxt va butalarga aytiladi. Soliterlar uchun
quydagi   daraxt   va   butalarni   tanlash   mumkin:   yumoloq   shakilli   oq   akasiya,   yirik
bargli   jo’ka,   majnun   tol,   virgin   archasi,   qirim   qarag’ayi   eman,   sharq   chinori,
lenkoran   akasiyasi,   lola   daraxti,   qora   qarag’ay,   chubushnik,   oddiy   ligustrum   va
boshqalar.   Manzarali   daraxt   va   butalarni     bunday   tartibda   joylashtirishda   alohida
o’simliklarning   manzaraboplik   xususiyatlarini   inobatga   olish   lozim;   shox-
shabbasining   shakli   o’sish   jadalligi,   gullari,   barglari,   va   mevalarining   rangi
e’tiborga olinadi.   Ochiq joylarga ekiladigan soliterlarni    gazon soliterlari  deyiladi
va   bunday   daraxtlar   yo’laklarning   oxiriga   qatorlab   ekiladi   va   istiqbolli   soliterlar
deb   ham     ataladi.   Gazonlar   ekildigan   hududlarga   konussimon   yoki   sharsimon
(dumaloq),     shox-shabbali   daraxtlarni   ekish   maqsadga   muvofiqdir.   Soliterlar
yaratish   ko’p   hollarda   katta   yoshli   daraxt   va   butalardan   va     standart   hajimdagi
ko’chatlardan keng foydalaniladi. 
                Alleya   bu   -   Piyoda   yo’lakarini   ikki   yon   tomondan   daraxtlar   bilan   o’ralib
turaganligiga   aytiladi.     Ular   ochiq   xolda   (sharsimon,   piramidasimon,   shox-
shabbalari birlashib o’sgan) bo’ladi. Yopiq xildagi alleyalar yarim soyali(yong’oq)
(gledichiya,   akasiya   va   boshqalar),   yarim   soyali(yong’oq)   va   soyali   (eman,   sharq
chinori, kashtan) bo’lishi mumkin. Keng va uzun alleyalarda asosan baland bo’lib
o’suvchi,   keng   shox-shabbali   daraxt   ba   butalar   ekiladi.   Kalta   va   tor   bo’yli
14  
  alleyalarda   past   bo’yli   piramidasimon   bo’ib   o’suvchi   shox-shabbali   daraxtlar   va
butalar ekiladi [57]. 
                Yashil   to’siqlar   deb   -   balandligi   2,5-4   metr,   eni   esa   1-1,3   metr   bo’lib
o’sadigan   daraxt   va   butalardan   tashkil   topgan   zich   (tig’iz)   ekinzorlarga   aytiladi.
Ular   bir   qatorli   yoki   ikki   qatorli   qilib   ekiladi.   Qatorlarni   tashkil   etga
o’simliklarning oralig’i bir qatorli ekinlarda 0,67 metr (soyaga chidamlilar) da va 1
metr   (yorug’sevarlar)   ni   tashkil   etadi.   Ikki   qatorli   qilib   ekilganda   qatorlardagi
oraliq   masofa   1-1,25   metrni,   qatorlar   orasi   0,6-,7   metr   bo’ladi.   Jonli   devorlarni
yaratishda   ninabargli     va   yaproqbargli     ekinlardan   foydalaniladi,   bunda
o’simliklarda   tikanlar   bo’ishiga   e’tibor   qaratiladi   (gledichiya,   makllyura)   jonli
devorlarda   daraxt   va   butalar   tig’iz   to’siq   shaklida   ekiladi,   Yurtimizda   yashil
to’siqlarni   barpo   etishda   oddiy   ligustrum,   pissard   olchasi,   qizil   sividina,   oddiy
shamshod,   sharq   biotasi   va   boshqalardan   keng   foydalaniladi.   Landshaft
dizaynining   asosiy   vazifasi-   binolar   infratuzilmasidan   qulay   foydalanish   bilan
uyg'unlik va go'zallikni yaratish [57]. 
1.3. Imom al-Buxoriy majmuasining geografik joylashuvi.
            Imom   al-Buxoriy   ziyoratgohi   –   Samarqand   viloyatining   Payariq   tumanida
joylashgan.   Ushbu   ziyoratgoh   islom   olamida   eng   mashhur   va   taniqli   ziyoratgoh
hisoblanadi.   Imom   Abu   Abdulloh   Muhammad   ibn   Ismoil   al-Buxoriy   dunyoga
mashhur   islomshunos   olim   va   alloma   bo‘lib,   1997-1998   yillarda   hijriy   taqvim
bo‘yicha   alloma   tug‘ilganiga   1225   yil   to‘lishi   munosabati   bilan   u   dafn   etilgan
joyda katta yodgorlik majmuasi barpo etilgan edi .  Majmuaning qurilishi va undagi
obodonlashtirish   ishlari   O’zbekiston   Respublikasining   birinchi   Prezidenti   Islom
Karimov boshchiligida amalga oshirilgan. 
15  
  1.1-rasm. Imom al-Buxoriy majmuasi
                    Majmuaning   ma’muriy   binosi   janub   tomonga   qaratilgan.   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   2017   yil   14-15   aprel   kunlari
Samarqand   viloyatiga   tashrifi   davomida   Imom   Buxoriy   majmuasi   hududida
xalqaro tajribani o‘rgangan holda xalqaro ilmiy markaz qurilishi bo‘yicha topshiriq
berilgan   edi.   Shu   munosabat   bilan   majmuaga   tutash   hududdan   5,8   gektar   yer
maydoni ochilib, ilmiy markaz hamda markaz qarshisida 3 ta uch qavatli turar-joy
qurilishi uchun ajratib berildi.                             
                Payariq   tumani   —   O zbekiston   Respublikasi   Samarqand   viloyatidagiʻ
joylashgan   tuman   xisoblanadi.   Payatriq   tumani1926-yil   29-sentabrda   tashkil
etilgan   (markazi   Chelak   qishlog i   bo lgan).   1953-   yili   Payariq   tumanining   bir
ʻ ʻ
qismidan   Narimonov   tumani   tuzilgan.   Narimonov   tumani   1959-yil   Payariq
tumaniga   qo shilgan   (markazi   Narimonov   qishlog i).  	
ʻ ʻ 1991-yilda   Payariq
tumanidan Chelak tumani 1991-yilda ajralib chiqgan. 2001-yilda esa yana Payariq
tumani  bilan Chelak tumanlari  birlashtirilib, ular  umumiy qilinib   Payariq tumani
tashkil   qilindi   (markazi   Payariq).   Payariq   tumani   o rtacha   610   m   balandlikda	
ʻ
joylashgan.   G arb   tomondan   esa   Ishtixon,   janub   tomondan   Oqdaryo   va   Jomboy	
ʻ
tumanlari, shimoldan Jizzax viloyatining Forishqishlog’i  bilan, shimoliy-sharqdan
G allaorol   tumanlari   bilan   chegaradosh   Shimoliy-g arb   tomondan   viloyatning	
ʻ ʻ
16  
  Qo shrabot. Payariq tumanining  maydoni 1,29 ming km² ni tashkil etadi. Tumandaʻ
2   shahar   (Chelak,   Payariq),   6   ta   qishloq   fuqarolari   yig ini   (Ko lto sin,   Sanoat,	
ʻ ʻ ʻ
Choshtepa, Qorasuv Guliston, Ko kdala) mavjud. Hozirgi kunda tuman markazi	
ʻ   —
Payariq shahri xisoblanadi.
                Tabiati.   Payatiq   tumani   hududi   Nurota   tog   tizmalarining   janubida	
ʻ
joylashgan.  Tuproqlari, asosan,   och  bo z  tuproq,  tog   etaklarida to q bo z  tuproq,	
ʻ ʻ ʻ ʻ
jigarrang va qo ng ir tog -o rmon tuproqlari.	
ʻ ʻ ʻ ʻ
Relyefi shimolida adirlar, tog lar, tog  oralig i botiqlari joylashgan. Janubiy qismi	
ʻ ʻ ʻ
esa  tekisliklardan iborat. 
                    
1.2-rasm. Payariq tumanining geografik xaritasi
       Iqlimi keskin kontinental.  Payatriq tumanida   yillik o rtacha temperatura 3,4°,	
ʻ
yanvarning   o rtacha   temperaturasi	
ʻ   esa   -   1,2°,   iyul   oyiniki   esa   27°.   Eng   yuqori
temperatura   45°   ni   tashkil   etadi,   eng   past   temperature   esa   -   28°   ni   tashkil   etadi.
Vegetatsiya davri 196 kunni tashkil etadi. Yillik o rtacha yog ingarchilik 312	
ʻ ʻ   mm,
asosan, yog’ingarchilik asosan qish va bahor fasillarida kuzatiladi. Tog lardan oqib	
ʻ
tushadigan   mayda-mayda   soylar   bahor   oylarida   Sag anoqsoyga   borib   quyiladi.	
ʻ
Janubiy tekislik qismlaridan Zarafshon daryosining irmoqlari   - Qorasuv va boshqa
17  
  mayda soy irmoqlari oqib o tadi. Asosiy ekin maydonlarini sug orishda Zarafshonʻ ʻ
va boshqa daryo hamda boshqa soylardan foydalaniladi.
II-BOB
TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTLARI,
USLUBLARI
2.1 Tadqiqot sharoitlari.
         Ilmiy ish mavzusiga doir tadqiqot ishlari Samarqand viloyati Payariq tumani
Imom al-Buxoriy majmuasi hududida o‘tkazilgan.
             Iqlim  sharoiti  va tuprog‘i.   Tajriba maydoni  uchun bir xil  relefda mexanik
tarkibi   bir   xil   bo‘lgan   va   bir   xil   unumdor   tuproqlar   tanlandi.   Tajriba   qo’yilgan
maydonning   tuproqlari   gumus   va   harakatchan   ozuqa   elementlar   miqdori   nisbatan
kam.   SamDU   Botanika   bog‘ining   tuprog‘i   tipik   bo‘z   tuproq.   O‘zbekiston
tuproqlari,   shu   jumladan   Samarqand   viloyati   hududida   tarqalgan   tuproqlarning
hosil   bo‘lishi   ularning   fizik   va   kimyoviy   xossalari,   genezisi   va   unumdorlik
darajalari   bir   qancha   olimlar   tomonidan   chuqur   o‘rganilgan   hamda   tahlil   etilgan
[30, 31, 32].
A.Z.   Genusov,   B.V.   Gorbunov,   N.V.   Kimberg,   G.M.   Konobeeva   [29]
ma’lumotlariga   ko‘ra,   tuprog‘i   tipik   bo‘z   tuproq   bo‘lib,   uning   yuza   qismi   juda
o‘zgaruvchan,   ya’ni   dengiz   sathidan   400-500   dan   600-800   m   gacha   bo‘lgan
balandlikda.   Bu   yerlarning   tuprog‘i   tog‘   oldi-adir   mintaqasi   jinslaridan   tashkil
18  
  topib,   ular   mayda   qum-tuproqli   toshqotishma,   shag‘alli,   prolyuvial,   dellyuvial   va
elyuvial tarkibidan iboratdir.
            Tipik   bo‘z   tuproq   yuqori   karbonatli   tuproq   bo‘lib,   quruq   iqlimli   mintaqada
tuproq   hosil   qiluvchi   muhit   hisoblanadi.   Tipik   bo‘z   tuproqda   kolloid   moddalar
miqdori   (9-12%)   kam   va   suvni   tutib   turish   xususiyati   past.   rH   7-8   bo‘lib,   hajm
og‘irligi (1,17-1,25 g/sm3), alohida og‘irligi yuqori bo‘lib, 54-57% ni tashkil etadi.
Namlik miqdori tuproq mexanik tarkibiga ko‘ra 18 dan 24% gacha o‘zgarib turadi.
Suvni  o‘tkazuvchanlik  xususiyati  yuqori, tuproqda  to‘planadigan chirindi  miqdori
2-2,5% gacha yetadi. Tipik bo‘z tuproqlarda umumiy azot miqdori 0,08-0,12% ga,
fosfor   0,15-0,30%   ga   teng.   Fosfor   tuproqning   turli   qatlamlarida   turlicha   bo‘lib,
yuza   qismida   (30-50   sm)   0,2-0,3%,   pastki   qatlamda   esa   0,12-0,15%   uchraydi,
kaliyning  umumiy  miqdori   esa   2,0  –2,5%   ni   tashkil   etadi.  Karbonatlar   to‘planish
miqdorining   eng   ko‘p   22,13%,   80-100   sm   chuqurligida   bo‘lib,   0,5   sm   qatlamda
4,31% ni tashkil etadi. Yutilgan kalsiy va magniy miqdori - 23-24 mg/kg. Yutilgan
magniy   miqdori   tuproq   qatlamining   chuqurlanishi   bilan   oshib   boradi.   Mexanik
tarkibi - og‘ir loy tuproq, hajm og‘irligi 1,20-1,60, solishtirma og‘irligi 2,43-2,26,
umumiy g‘ovaklik 48,51%, yuqori gigroskopikligi 2,6-5,4%, kapilyar namligi 21-
24%, to‘liq namligi 30-36%, aeratsiyasi 19-34%.
            Tajribalarimiz   Samarqand   viloyatining   bo‘z   tuproqlarida   o‘tkazildi.
Ma’lumotlardan   ko‘rinadiki,   SamDU   Botanika   bog‘i   tuprog‘i   tipik   bo‘z   tuproq
bo‘lib,   suv   rejimiga   binoan   lalmikor   yer   tuprog‘ini   eslatadi.   Bu   yerdan   sug‘orish
yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish mumkin.
Samarqand viloyatining sug‘oriladigan (48,6%) yerlarida tipik bo‘z-tuproq, (8,6%)
och   bo‘z   tuproq,   (40,4%)   o‘tloq-botqoq   tuproq   (2,1%)   uchrab,   ular   deyarli
sho‘rlanmagandir.   Tajriba   o‘tkazilgan   xo‘jalik   hududidagi   tuproq   tarkibida
gumusning   miqdori   1%   dan   oshmaydi.   Tajriba   maydonchasida   uzoq   muddat
surunkasiga   g‘o‘za   ekish   hamda   agrotexnik   qoidalarining   yetarli   qo‘llanmasligi
natijasida   tuproq   unumdorligi   ancha   pasayib   ketgan.   Samarqand   viloyatining
19  
  barcha   bo‘z   tuproqlariga   xos   xususiyatdir.   Mexanik   tarkibi   bo‘yicha   tajriba
maydoni tuprog‘i og‘ir qumoq bo‘lib, unda kichik loy zarrachalari ko‘p.
     Tajriba maydoni tuprog‘ining mexanik tarkibida o‘lchami 0,01 dan to 0,001 mm
gacha   bo‘lgan   loy   fraksiyasi   ko‘proq   uchraydi.   0,20   sm   qatlamida   0,01   mm   dan
fraksiyali   loy   48,61%,   20-40   sm   chuqurlikda   fizik   loy   hissasi   to   50,89   %   gacha
ko‘payadi.   Yuqori   (0-20   sm)   qatlamda   yirik   fraksiyali   (kattaligi   0,25-0,05   mm
bo‘lgan)   loy   qismi   ko‘proq   uchraydi.   Shu   sababli   tuproqning   bu   qismi
ko‘chuvchan   bo‘lib,   ekinlar   sug‘orilganda   suvning   ko‘proq   shimilishini
ta’minlaydi.   Tuproqning   yirik   va   kichik   fraksiyalarining   ana   shunday   qatlamlari
bo‘lib,   ularning   tarqalishi   Samarqand   viloyatining   barcha   tipik   tuproqlari   uchun
xosdir.   Samarqand   viloyati   Zarafshon   daryosi   havzasining   o’rta   qismida
joylashgan.   Zarafshon   vodiysining   iqlimi   kontinental,   quyosh   radiatsiyasining
kuchliligi,   sutkalik   va   mavsumiy   o’zgarib   turishi,   uzoq   davom   etadigan   jazirama
issiq va quruq yoz mavsumi hamda bir muncha sovuq qish bilan tavsiflanadi.
     Yog’ingarchilik miqdori oylar bo’yicha ham keskin farq qiladi. Ma’lumki, tog’
oldi   tekisliklarining   pastliklarida   yog’ingarchilik   tog’li   mintaqalarga   qaraganda
ancha   kam   yog’adi.   Qishloq   xo’jalik   ekinlarining   vegetatsiyasi   davrida
yog’ingarchilikning  eng  kam  bo’lishi,  asosan,  iyun-avgust  oylariga  to’g’ri   keladi.
Vegetatsiya   davri   davomiyligi   230-240   kunga   cho’ziladi.   Umumiy   yog’in
miqdorining   30-50%   bahorga,   25-40   %   qishga,   10-12   %   kuzga,   1-10%   yozga
to’g’ri   keladi.   Ko’p   yillik   ma’lumotlarning   ko’rsatishicha,   avgust   oyida   havo
harorati   yuqori   va   yog’ingarchilik   juda   kam   yoki   umuman   bo’lmaydi.   Kunduz
kunlari   sodir   bo’ladigan   maksimal   harorat   iyulga   nisbatan   kamroq   bo’ladi.   Ko’p
yillik   ma’lumotlarga   asosan   sentabr   oyida   o’simliklarning   vegetatsiya   jarayoni
davom   etadi.   Bu   davrda   maksimal   harorat   25-30   0C   dan   oshmaydi,   minimal
harorat   10-12   0C   dan   pastga   tushmaydi.   Oktabrdan   boshlab   havo   harorati   keskin
pasaya boshlaydi.
              Tuproqlari .   Samarqand   viloyati   tuproqlari   xilma-xil   bo’lib,   avtomorf   va
gidromorf   tuproqlar   keng   tarqalgan.   Samarqand   viloyati   sug’oriladigan
20  
  maydonlarining   48,6   %   tuproqlari   tipik   bo’z,   40,4   %   o’tloq-bo’z,   8,6%   och   tusli
bo’z   va   2,4   %   o’tloq-botqoq   tuproqlardan   iborat.   Samarqand   viloyati   hududida
joylashgan   tuproqlarning   hosil   bo’lishi,   ularning   fizik   va   kimyoviy   xossalari,
unumdorlik   darajasi   chuqur   o’rganilgan   va   tahlil   etilgan.   Umuman   olganda,
Zarafshon   vodiysi,   shu   jumladan,   Samarqand   viloyati   tuproq-iqlim   sharoiti
manzarali   daraxt   va   butalar   uchun   qulay   hisoblanib,   bunday   hududlarni
obodonlashtirish   uchun   turli   mintaqalardan   keltirilgan   manzarali   daraxtlarni
yetishtirish mumkin [23].
                         
2.2. Tadqiqot obyektlari.
Tadqiqot obyekti qilib ,  Cercis siliquastrum,  Magnolia grandiflora L., 
Liriodendron tulipifera,   Aesculus hippocastanum ,  kabi istiqbolli manzarali 
daraxtlarni   hamda   Nandina   domestica   Photinia   fraseri,   Euonymus   japonicus
“Aureopictus”, Photinia serratifoliya  kabi istiqbolli butalarni tanlab oldik. 
        Arg’uvon- Cercis siliquastrum alba .  Bu daraxt burchoqdoshlar oilasiga 
mansub o’simlik bo‘lib, barglari butun, oddiy keng, o‘yiqli yoki ikki bo‘lakli, uchta
yoki ko‘p tomirli . Yon bargchalari tangachasimon ko’rinishda bo‘lib tez to‘kilib 
ketadi. Gullari pushti rangda bo’ladi. Arg’uvon daraxti barg yozishidan oldin 
gullaydi so’ngra gullari yig’ilib buyraksimon shingilcha hosil qiladi. Mevasi 
dukkak meva, cho‘zinchoq, yassi yoki yozik, ingichka, ikki pallali. Turkumning 3ta
turi mavjud bo‘lib. Ular Osiyoda, Yaponiyada G‘arbiy Yevropada   va Shimoliy 
Amerikaning mo‘tadil iqlimli hududlarida keng tarqalgan.  Arg’uvon daraxtining 
novdasi silliq, qo‘ng‘ir rangda bo’lib barglari poyada novbat bilan joylashadi, 
barglari yumoloq, oddiy yoki buyraksimon bo‘lib, uchi yumaloq yoki o‘yiq bo’ladi,
21  
  tubi esa yuraksimon, barg chetgi qismlari tishchasiz, tuksiz, eni 7-12 sm bo‘yi 5-8 
sm. Barg bandining uzunligi 20-30 mm, barg tomirlari 5-7 tani tashkil etadi. Gullari
binafsha rangda bo’lib, to‘pguli katta shingilchalarni hosil qiladi. Arg’uvon daraxti 
barg yozishdan oldin gullaydi, guli nektarga boy hushbo’y hidli. Mevasi dukkak 
meva, uzun, yassi shaklda yuqori choki qanotchali. Yog‘ochi qattiq o’simlik bo’lib,
og‘ir, o‘zakli bo‘lib, atrofi oq-pushti rangda. Bu daraxt urug‘dan juda yaxshi 
ko‘payadi. Urug‘ilari unib chiqish xususiyatini 2 yilgacha saqlaydi. Bu daraxt 
manzarali o’simlik sifatida Qrimda davlatida juda ko‘p ekiladi. Yovvoyi holda 
G‘arbiy Tyan-Shand, Pomir-Oloyda va Kopettog‘da tarqalgan. Sovuqqa anchagina 
chidamli xisoblanadi. Urug‘idan juda yaxshi unib chiqadi va iqlim sharoitlariga 
ham juda moslashuvchan, shu sababli ham bizning Mintaqa sharoitida juda yaxshi 
o‘sib kelmoqda. Qurg‘oqchilikka  va issiqqa juda chidamli o’simlik xisoblanadi.
 
                           2.3.- rasm.  Cercis siliquastrum alba
              Magnoliya- Magnolia   grandiflora   L .   Bu   daraxt   magnoliyadoshlar   oilasiga
kiradi,   bog‘va   parklarni   bezash   uchun   ko‘p   ekiladigan   manzarali   daraxtlardan
hisoblanadi. Urug‘ini  ekish,   novdalarini  parxish  qilish,  ildiz bachkilarini  o‘tqazish
hamda   issiqxona   sharoitida   payvandlash   yo‘li   bilan   ko‘paytiriladi.   Magnoliya
daraxti   ochiq   joylarda   uy   oldini   va   uncha   katta   bo‘lmagan   suv   havzalari   sohilini
22  
  ko‘kalamzorlashtirishda yakkayakka va kichikroq gruppalab ekiladi [33]. Bu daraxt
ayniqsa   gulga   kirganda,   ya‘ni   uning   shox-shabbalari   yirik   xushbo‘y   gul   bilan
qoplanganda juda manzarali ko‘rinadi. O‘zbekistonda bo‘yi 20- 30 m ga yetadigan
shox-shabbasi   piramidal   ko‘rinishda   bo‘lgan   yapon   magnoliyasini   ekish   tavsiya
etiladi.   Bu   daraxtning   po‘stlog‘i   kulrang   tusda   butunlay   silliq,   bargi   juda   yirik
xisoblanadi,   bo‘yi   30-40   sm   ni   eni   esa   20   sm   ni   tashkil   etadi.   Barg   shakli   teskari
tuxumsimon,   usti   yashil,   orqasi   kumushsimon   ko‘k.   Bu   daraxt   meva   qila
boshlaganda   yaxshi   ko‘rinish   hosil   etadi.   Magnoliyaning   bo‘yi   10-15   sm   ga   yetib
ravshan qizil rangda bo‘ladi. Magnoliya daraxtini yosh vaqtida qishki sovuqlardan
ximoya qilishga to‘g‘ri keladi [7].
2.4.-rasm.     Magnolia grandiflora L.
   
Lola   daraxti-   Liriodendron   tulipiphera   L .   Bu   o’simlik   magnoliyadoshlar
oilasiga   mansub   tur   xisoblanadi.   Hozirgi   kunda   ularning   Amerika   lola   daraxti   va
Xitoy liriodendroni keng tarqalgan. Amerika lola daraxti (Liriodendron tulipifera)
ko‘kalamzorlashtirish   maqsadida   keng   ko’lamda   qo‘llaniladi.   Lola   daraxtining
vatani Shimoliy Amerikaning sharqiy shtatlari hisoblanadi. Vatanida balandligi 70
metrga,  diametri  3,5 m  gacha  yetishi  mumkin. Poyasi  tik o‘sadi. Barglari  poyada
ketma-ket   to‘rt   uchli,   oddiy   panjasimon,   gullari   o‘ta   manzarali   hamda   hushbo’y
hidga  ega,  gullarining  diametiri  6  sm   gacha  yetadi,  ikki  jinsli,  gullari   lolaga  juda
23  
  o‘xshash   bo‘lganligi   sababli   ham   ushbu   daraxtga   lola   daraxti   deb   nom   berilgan.
Lola   daraxti   may   oyida   gullab,   sentabr-oktabr   oylarida   mevasi   yetilib   pishadi,
urug‘i cho‘ziq, qanotchali bo’ladi. Lola daraxtning yog‘ochidan qurilish materiali
sifatida   foydalaniladi.   Yog‘ochi   o‘zining   mustaxkamligi   bo‘yicha   tol
yog‘ochliigiga   yaqin   turadi.   Yurtimizning   turli   shaharlarida   o’sadigan   lola
daraxtlari   davlat   himoyasiga   olingan.   Lola   daraxtlarini   ko’paytirishning   asosiy
sabablari   shundan   iboratki,   bu   daraxtlar   kam   uchraydigan,   tabiatning   juda   noyob
va   kam   qolgan   yodgorligi   bo‘llibgina   qolmay   ular   o‘zlarining   go‘zal   sadalari,
chiroyli   gullari   atrof-muhitga   ajoyib   manzara   bahsh   etadi.   Ko‘rkamligi   bilan
insonlarning   dilini   ochadi,   soya-   salqin   va   orom   beradi.   Lola   daraxti   tez   o‘sish
xususiyatiga   ega.   Barglari   novdalarining   shoxlashi   juda   chiroyli.   Ularni   yakka-
yakka   yoki   to‘p-to‘p   qilib   ham   ekish   mumkin.   Lola   daraxti   (Liriodendron
tulipiphera   L)   tanasida   shokaladga   o’xshash   hid   keladi,   tanasi   och   kulrang   tusda,
gullari lola shaklida bo‘lib, ranglari sariq rangdan to och yashil ranggacha bo‘ladi.
Ko‘kalamzorlashtirish   uchun   Shimoliy   Amerika   lola   daraxtidan   keng
foydalaniladi.
2.5.-rasm. Liriodendron tulipiphera L.
            Soxta   kashtan-Aessulus   hippakastanum .   Balandligi   25-30   m,   chiroyli
sharsimon to‘p hosil qiladigan daraxt. Barglari 5-7 bargchali panjasimon murakkab
barg,   novdada   qarama-qarshi   joylashgan.   Barglari   aprelda   yoziladi   va   kech
kuzgacha   saqlanadi.   Gullari   oq,   qizil   dog‘li   bo‘lib,   20-30   sm   keladigan
24  
  piramidasimon supurgi to‘pgulni hosil qiladi, aprel-may oylarida gullaydi. Mevasi
2,5-3 sm  li yong‘oqqa o‘xshash  usti tikanchalar  bilan qoplangan 3 xonali ko‘sak.
Urug‘lari   silliq,   yaltiroq,   asos   qismida   oq   dog‘i   bor.   Yil   bo‘yi   ayniqsa   gulash
davrida   ajoyib   manzara   beradi.   Vatani   Bolqon   yarim   oroli,   Shimoliy   Gretsiya.
[31,7]. Kashtan daraxti sekin o‘sadi, soyalikka bardosh beradi, sersuv joyda yaxshi
o‘sadi   va   organik   o‘gitlar   bilan   ishlangan   yumshoq   yerlarda   tez   o‘sadi.   Bu
daraxtning  yon   tomoniga   ketgan   ildizlari   juda  baquvvat   bo‘ladi.  U   yoshartirishga
va   shox-shabbasini   ko‘proq   qaychilashga   bardosh   bera   olmaydi.   Buni   ko‘chirib
o‘tqazish  uchun ildiz sistemasi  uni o‘rab turgan tuproq bilan birga olinishi  kerak.
Bu   daraxt   yangi   yig‘ib   olingan   urug‘ini   ekish   yo‘li   bilan   ko‘paytiriladi.   Urug‘i
ko‘lamda   har   klogramga   6   kg   nam   qum   aralashtirib   quyish   yo‘li   bilan
stratifikatsiya   qilinib,   so‘ngra   ekiladi.   Buning   urug‘ini   qo‘lda   yig‘ishtirib   olishga
to‘g‘ri   keladi,   chunki   asphalt   ko‘chaga   to‘kilgan   urug‘   yorilib   o‘zining
ko‘karuvchanligini 30% ga va undan ko’proq yo’qotadi. [63,7]
2.6.-rasm. Aessulus hippacastanum L.
            Xonaki   nandina- Nandina   domestica .   Ziradoshlar-Berberidaceae   oilasiga
mansub   monotipik   tur   xisoblanadi.   Yagona   vakili   Nandina   domestica.   Nandina
muhit sharoitiga qarab 5-6 m gacha o’sishi mumkin bo’lgan doimiy yashil daraxt.
25  
  Ko’pincha   buta   ko’rinishida   uchraydi,   barglari   bambuk   barglarini   eslatadi.
Bahorda   yosh   barglari   biroz   pushti   rangga   kiradi,   yozga   kelib   ular   yorqin   yashil
rangga   aylanadi   va   kuzga   yaqinroq   binafsha   rangga   aylanadi.   Shuning   uchun   bir
xil   o’simlik   turli   rangdagi   barglarga   ega   bo’lishi   mumkin.   Yozning   boshlarida
butada katta shingil to’pgullar (panikulalar) paydo bo’ladi, har birining uzunligi 25
sm   gacha   ko’plab   mayda   oq   gullardan   iborat   va   barglaridan   biroz   balandga
ko’tarilib turadi. Kuzning boshiga kelib, gullardan yashil rezavor mevachalar hosil
bo’ladi,   ular   pishib   yorqin   qizil   yoki   oq   rangga   aylanadi.   Bu   tur   doimiy   yashil
o’simlik ammo 
-10 o  
C   va   undan   past   muhit   sharoitida   barglarini   to’kadi   va   bahorda   yana   o’sa
boshlaydi.   Bizning   iqlim   sharoitimizda   uni   tuvaklarda   (o’stirish)   yetishtirish
tavsiya   etiladi   chunki   bu   o’simlik   sovuqqa   chidamsiz,   Nandina   turli   xil   iqlim
sharoitlariga   moslashadi   va   o’simlikning   barcha   qismi   zharli   xisoblanadi.   Bu
o’simlik uchun qulay harorat 7 o 
C dan 13 o 
C xisoblanadi.
            
2.7.-rasm. Nandina domestica.
                Yapon   normushki-   Euonymus   japonicus   “ Aureopictus ”.   Celastraceae
oilasiga   mansub   mashhur   doimiy   yashil   buta   bo’lib,   odatda   o’zining   jozibali
barglari   uchun   yetushtiriladi.   Vatani   Xitoy,   Yaponiya,   Koreya.   O’simlikning
balandligi   6   m   gacha   yetishi   mumkin.   Euonymus   japonicus   “Aureopictus”   ning
eng   yorqin   xususiyat   uning   rang-barang   barglaridadir.   Yaltiroq,   quyuq   yashil
26  
  barglari   keng   sariq   hoshiyaga   ega,   butun   yil   davimida   o’z   rangini   yaxshi   saqlab
turadi.   Kuzda   barglari   o’z   rangini   o’zgartirib   qizg’ish   rangga   ega   bo’ladi.   Bahor
oxiri   yoki   yozning   boshida   Euonymus   japonicus   “Aureopictus”   shingil
ko’rinishidagi yashil-oq gullarni hosil qiladi [6]. Mevasi qizil rangda rezavor meva
xisoblanadi.   Yetilgan   mevasining   ko’sakchalari   yorilib,   ichidan   novvot   rang
qobiqli   urug’lar   osilib   turadi.  Bu   o’simlikni   urug’idan   hamda   qalamchalari   orqali
ham ko’paytirish mumkin. 
                        Yapon   normushki   qurg’oqchilikka   va   sovuqqa   o’ta   chidamli
xisoblanadi.Yog’ochi   sarg’ish   qattiq   bo’ladi.   Uni   shahar   ko’chalarini   va
hiyobonlarni ko’kalamzorlashtirish maqsadida ekish tavsiya qilinadi [22].
2.8.-rasm  Euonymus japonicus “Aureopictus”
         Padubbargli magoniya –  Mahoniya aquifolium .   Hayotiy shakli buta bo’lgan
bu o’simlik past bo’yli, yerga yotib o’sadigan o’simlik. Barglari qattiq, po’sti qalin
bo’lib,   barglarining   rangi   to’q   yashil   rangda,   bargchalarining   chetlari   o’tkir
tishchali,   yaltiroq.   Padubbargli   mahoniya   may   oyida   gullaydi,   gullari   tilla   rang
27  
  sariq va yig’ilib shingilcha hosil qilib joylashgan. Rezavor mevasi  seret, qoramtir
rangda   ba’zan   havo   rang,   mevasining   shakli   yumaloq   bo’lib,   mevalari   kuz
boshlarida yetiladi. Urug’larini olish uchun mevasini avgust oyida terib kerak. 
                  Tabbiy   holatda   magoniyaning   bu   turi   Shimoliy   Amerikaning   tog’li
rayonlarda   tarqalgan.   Bizda   asosan   manzarali   buta   sifatida   ekiladi,   chunki   uning
gullari   va  barglari   yil   davomida  juda   go’zal   bo’ladi.  Sovuqqa   va  qurg’oqchilikka
o’ta   chidamli.   Ildizidan   oson   bachkilaydi.   MDH   ning   Yevropa   qismida   yaxshi
moslashib o’sadi. Ko’kalamzorlashtirishda, ayniqsa tog’li hududlardagi rayonlarda,
shahar va qishloqlarda manzarali o’simlik sifatida keng ekiladi.[7].           
               
2.9.-rasm     Mahoniya aquifolium
           Fotiniya- Photinia serratifoliya .  Rosaceae oilasiga mansub, doim yashil buta
yoki   daraxt   xisoblanib   dengiz   sathidan   2500   m   gacha   balandlikda   joylashgan.
Markaziy   va   janubiy   Xitoy,   Tayvan,   Yaponiya,   Filippin,   Indoneziya   va
Hindistonnig aralash o’rmonlarida uchraydi.Photinia serratifolianing balandligi 4-6
m ni ba’za 12 m ni tashkil etadi. Uning barglarida siyanogen glikozidlar mavjudligi
sababli   zaharli   hisoblanadi.   Gullari   ikki   jinsli   gultojbarglari   besh   bo’lakli,  shingil
28  
  to’pgulda joylashgan. Gullash fazasi mart oyining ohiridan boshlanib bir haftadan
ikki   haftagacha   davom   etadi.   Gullari   ajoyib   hidga   ega   bolganligi   sababli   atir   upa
sanoatida   keng   foydalaniladi.   Uning   qizil   rezavor   mevalari   kuzda   pishib   yetiladi,
har bir rezavor mevaning ichida 5 tadan urug’i bo’ladi. Urug’lari  zaharli, qushlar
uchun   qishki   ozuqa   xisoblanadi   va   asosiy   tarqatuvchisi   qushlar   xisoblanadi.
Yorug’sevar   o’simlik,   qurg’oqchilikka   va   sovuqqa   chidamli   shu   sababli
ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirishda keng ko’lamda ekiladi [22]. 
3.10.-rasm Photinia serratifoliya
2.3. Tadqiqot uslublari
Imom al-Buxoriy majmuasi atrofida tarqalgan manzarali daraxt va butalarni
aniqlashda   М.М.   Набиев,   Р.Ю.Казакбаев   «Определитель   декоративных
деревьев   и   кустарников   Узбекистана»   [30],   A.   Ҳамидов,   М.   Набиев,   Т.
Одилов «Ўзбекистон ўсимликлари аниқагичи» [50]. dan foydalanildi.
Manzarali   o‘simliklarning   ko‘paytirishning   eng   ko‘p   tarqalgan   usuli
urug‘dan   ko‘paytirishdir.   Ekish   uchun   mo‘ljallangan   urug‘   yuqori   ekish   va   nav
sifatlarga   ega   bo‘lishi   zarur.   Urug‘larni   ko‘paytirishda   К.М.Фирсова   [40].   Urug‘
29  
  sifati.   Urug‘ning   ekish   sifatlari   ko‘karish   energiyasi,   unib   chiqishi,   yashash
qobiliyati,   o‘sish   sur‘ati,   tozaligi,   yirikligi   ,   namligi,   zararkunanda   va   kasalliklar
bilan   kasallanganligi   aniqlanadi.   Urug‘lar   ekish   sifatlari   bo‘yicha   III   sinfga
bo‘linadi. I- II- III- sinf va DST talablariga mos kelishi shart. I sinfi 98 % dan kam
bo‘lmagan   tozalikka   va   90   %   dan   kam   bo‘lmagan   unib   chiqish   qobiliyatiga   ega
bo‘lishi kerak. II sinfi 95 % tozalikka, 70 % unib chiqish qobiliyatiga, III sinfi 90
% tozalikka va 40% unib chiqish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Urug‘larning nav
sifati   nav   tozaligini   bildiradi.   Manzarali   o‘simliklar   urug‘lari   nav   sifati   bo‘yicha
nav tozaligi elita, 1-2 kategoriyalarga bo‘linadi. Nav tozaligi elita va I kategoriyali
urug‘larda boshqa navlar va turli gibridlar aralashmasiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O’simlikning   vegetativ   ko’payishi   qalamchalar   uslubi   bilan   Шалыт   М.С.
[42],   F.Mak-Millan   Brouz   [28].   Qo’llanmalari   asosida   bajarildi.   Buning   uchun
qalamchalar   kuzda   va   erta   bahorda   vegetativ   novdalardan   tayyorlandi.
Qalamchalarning   o’lchami   15-20   sm   bo’lib,   bir   yillik   hamda   ko’p   yillik
novdalardan   olindi.   Olingan   arifmetik   sonlar   statistik   xisoblangan   bulib,   bunda
urtacha   arifmetik   kiymat   (M),   urtacha   kiymatning   xatosi   (m),   variatsiyalar
koeffitsienti   (S),   urtacha   kvadratlar   farki   (a),   mukarrarlik   kriteriysi   (t)   va   aniklik
darajasi   (R)   kabilar   aniklandi.   Bundan   tashkari   olingan   o‘rtacha   arifmetik
kiymatlar   bir-biriga   taqqoslanib   (td>tst)   ularning   farki   aniklandi.   Bu   ishlarni
bajarishda   V.S.   Smirnov,   N.A.   Ploxinskiy   [32].   va   P.F.   Rokitsskiy   [34].
qo‘llanmalaridan foydalandik.   
30  
  III-BOB
TADQIQOT NATIJALARI.
3.1. Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi manzarali daraxtlarning
ro’yxati va taksanomik tahlili.
               Imom al-Buxoriy majmuasi hududida olib borilgan tadqiqotlar natijasida 14
tur   manzarali   ochiq   urug‘li   daraxtlar   aniqlandi.   Ular   Qaragaydoshlar,
Taksodiydoshlar,   Sarvdoshlar   Zarnabdoshlar   va   boshqa   oilalarga   mansub   bo‘lib,
bu   manzarali   ochiq   urug‘li   daraxtlarning   ko‘pchiligi   boshqa   mamlakatlardan
keltirilgan.   Ushbu   manzarali   daraxtlar   imom   al-Buxoriy   majmuasi   hududida   juda
yaxshi o‘smoqda va rivojlanmoqda.
              Quyidagi   jadvalda   Imom   al-Buxoriy   majmuasi   hududida   o‘sayotgan   ochiq
urug‘lilarga   mansub   manzarali   daraxtlarning   ilmiy   nomi,   o’zbekcha   nomi,   oilasi,
vatani va manzaralilik xususiyatlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
                                                                                                              3.1-jadval  
Imom al-Buxoriy majmuasi xududida  introduksiya etilgan  manzarali
ochiq urug’li  daraxtlar
№     Ilmiy nomi   O’zbekcha
       Nomi      Oilasi Vatani Manzaralilik
xususiyati
1 Cupressus Arizona sarvi Cupressaceae Qrim Barglarining
31  
  arizonica   (L.)
Endl. Rich.Ex Bartl.
Savridoshlar doim   yashil
bo’lishi
2 Taxus   baccata
Lamb. Mevali zarnab,
Yevropa
zarnabi Taxaceae  Lindl 
Zarnabdoshlar Janubiy
Yevropa,
Qirim Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
3 Juniperus
communis  L. Oddiy archa Cupressaceae
Sarvdoshlar Qrim,
Kavaz,
Eron Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
4 Juniperus
virginiana  L. Virjin   archasi,
qalam daraxti Cupressaceae
Rich.Ex   Bartl.
Sarvdoshlar Shimoliy
Amerika Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
5 Juniperus
zeravschani с a
Kom. Zarafshon
archasi Cupressaceae
Rich.Ex   Bartl.
Sarvdoshlar O ’ rta
Osiyo Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
6 Juniperus
semiglobosa
Rgl. Yarimsharsimo
n archa Cupressaceae
Rich.Ex   Bartl.
Sarvdoshlar O ’ rta
Osiyo Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
7 Juniperus
turkistanica
Kom. Turkiston
archasi Cupressaceae
Rich.Ex   Bartl.
Sarvdoshlar O ’ rta
Osiyo Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
8 Juniperus
sabina L. Qozoq archa
            Yoki
yerbag’irlab
o’suvchi archa Cupressaceae
Rich.Ex   Bartl.
Sarvdoshlar Markaziy
Osiyo,
Qirim,
Kavkaz Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
9 Thuja
occidentalis L. G’arb tuyyasi Cupressaceae
Rich.Ex   Bartl.
Sarvdoshlar O ’ rta
Osiyo Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
1
0 Picea   pungens
Engelm. Tikanli
qoraqarag’ay Pinaceae   Lindl
Qarag’aydosh- Shimoliy
Amerika Barglarining
doim   yashil
32  
  lar bo’lishi
1
1 Picea   excelsa
Link. Oddiy
qoraqarag’ay Pinaceae   Lindl
Qarag’aydosh-
lar Shimoliy
Amerika Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
1
2 Pinuc   strobus
L. Veymutov
qarag’ayi Pinaceae   Lindl
Qarag’aydosh-
lar Shimoliy
Amerika Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
1
3 Pinus   eldarica
Medw. Eldor qarag’ayi Pinaceae   Lindl
Qarag’aydosh-
lar Ozorbayj
on Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
1
4 Pinus
silsvestris  L. O’rmon
qarag’ayi Pinaceae   Lindl
Qarag’aydosh-
lar Yevro
Osiyo  Barglarining
doim   yashil
bo’lishi
            Taxus   baccata,L   -   Mevali   yoki   yevropa   zarnabi.   U   Yevropaning   janubiy
qismlarida,   Kichik   Osiyoda   va   Kavkazda   hamda   Shimoliy   Afrikada   tarqalgan.
Kavkaz Qirim tog’larida dengiz sathidan 2000 m gacha bo’gan balandlikda o’sadi.
Qalin   shox-shabbali,   sershox,   tanasi   qirrali   daraxt   yoki   ba’zan   yirik   buta   bo’lib,
balandligi   10-27  metr,  diametiri   esa   1,5  metrgacha   bo’ladi.   Poyasining   po’stlog’i
qizg’ish rangda bo’lib, bo’yiga yorilgan bo’ladi, ko’pgina tinim kurtaklari qavarib
turadi. Shoxlari jigar rangda, novdalari esa yashil rangda, tuksiz bo’ladi. Kurtaklari
yumoloq   shakilda,   jigar   rang   tangachali   bo’ladi.   Ninabarglari   chiziqli,   yassi   to’q
yashil   rangda,   yaltiroq,   uchi   o’tkir,   cheti   bir   oz   qayrilgan,   bo’rtib   chiqqan   asosiy
tomirlari   mavjud.   Barglarining   bo’yi   15-25   mm,   eni   esa   2   mm   ni   tashkil   etadi.
Yuqoridagi   novdalarida   barglari   spiral   shaklida   joylashgan   bo’ladi.   Lola   daraxti
erta bahorda va fevral oxiri mart oyining boshlarida gullaydi. 
              Otalik qubbalari mikrosporali barglarning yig’indisidan hosil bo’lgan bo’lib
burglar   qo’ltig’ida   joylashadi.   Onalik   qubbalari   esa   biroz   boshqacharoq
33  
  boshqacharoq   tuzilgan   bo’ladi.   Ular   odatda   yashil   kurtakka   o’xshaydi.   Barg
qo’ltig’idan   1-2   tadan   mikrosporachi   burglar   chiqib,   ularning   bittasidan   urug’-
kurtak hosil bo’ladi. Zarnab asosan urug’idan juda yaxshi ko’payadi, urug’i asosan
kuzda ekiladi. Uning ma’lum qismi bahorda unib chiqsa, qolgan qismi esa 2-4 yil
davomida   o’sadi..   Yevropa   zarnabining   unuvchanligi   4-5   yilgacha   saqlanadi.
Yevropa zarnabini qalamchalaridan, ildiz bachkisidan ham ko’paytirsh mumkin. U
juda   sekin   o’sadi,   faqatgina   qalin   o’rmonzorlarda   hosilga   kirishi   kuzatilgan.   U
4000   yilgacha   yashaydi.   Zarnab   daraxti   har   xil   tipdagi   tuproqlarda   o’sa   oladi.
Chirindiga   boy   yerlarda   juda   yaxshi   o’sadi.   Ildizi   baquvvat   bo’lganligidan
shamolga   chidamli   xisoblanadi.   U   nixoyatda   soyasevar   o’simlik   xisoblanadi,
eman,   qoraqarag’ay   va   qarag’ayzorlarningpastki   yarusida   o’sadi.   Uni   yashil
to’siqlar hosil qilishda  ekish ham mumkin. 
              Cupressus   arizonica   -   Arizona   sarvisi .   Asosan   u   Arizona   tog’larida,
Kaliforniyada   va   Meksikada   tog’larning   1500-2400   metr   dengiz   sathidan
balandliklarida   o’sadi.   Balandligi   20-25   metr   bo’lib,   bir   uyli   o’simlik.   Shox-
shabbasi keng konussimon shakilga ega. 5-6 yoshida ilk gullashi qayd etiladi. Sarv
turlari   O’zbekistonnig   janubbiy   hududlarida   o’rmon   ho’jaligini   hosil   qilishda   va
ko’kalamzorlashtirish   maqsadida   muhim   ahamiyatga   ega.   Ayniqsa   Arizona   sarvi
Mamlakatimizni   ko’kalamzorlashtirish   uchun   istiqbolli   manzarali   tur   hisoblanadi.
Sarvning   yirik   mevali   sarv   (Cupressus   macrocarpa   Hartw.),   doim   yashil   sarv
(Cupressus   sempervirens   L.),   Himolay   sarvi   (Cupressus   torulosa   D.Don.),
Kaliforniya sarvi (Cupressus goveniana Gord) kabi turlari mavjud.
                    Juniperus   semiglobosa   -   Yarim   sharsimon   archa .     Balandligi   10   m,
diametiri 0,6 m ga tashkil etadigan daraxt. Po’stlog’i och qo’ng’ir rangda bo’ladi.
Novdalari   osilib   o’sishga   moslashgan   va   yarimshar   shakilli   shox-shabba   hosil
qiladi.   Ular   ingichka   bo’lib,   tiniq   yashil   rangni   hosil   qiladi.   Barglari
tangachasimon   tuzilgan,   bo’yi   1,5-3   mm   bo’lib,   uchki   tomonida   ovalsimon   yoki
cho’zinchoq   shakilda   smola   bezlari   bor.   Tangacha   barglari   qarama-qarshi
joylashgan.
34  
                  Yarim   sharsimon   archa   ikki   uyli   o’simlik   xisoblanadi.   Qubbalari   4-6   ta
tangachasimon barglardan iborat bo’ib, ular  kalta bandli  bo’ladi, ikkinchi esa  yili
yetila   boshlaydi.   Har   bir   qubbalarda   2   dan   6   tagacha   urug’   rivojlanadi.
Urug’larining   bo’yi   5   mm,   eni   4   mm,   rombsimon   yumoloq   shaklda,   bir   oz
yassiroq, yonlari ingichka o’yiq chiziqli, jigar rangda bo’ladi.
          Yarim   sharsimon   archa   urug’idan   juda   yaxshi   ko’payadi.   Dastlabki   yillarda
biroz   sekin,   so’ngra   tez   o’sa   boshlaydi.   Unumdor   tuproqni   hamda   nam   havoni
yoqtiradi.   Bu   archa   ko’pincha   zarafshon   archasi   bilan   birga   o’sib,   katta-katta
archazorlar   hosil   qiladi. .   Ayrim   xillarining   yog’ochi   qizg’ish   va   sersmola   bo’lib,
Qalam   ishlab   chiqarishda   ko’p   foydalaniladi.   Markaziy   Osiyo   mamlakatlarida   bu
archa Markaziy Tyan-Shanda hamda Pomir-Oloy va  G’arbiy  qismlarida tarqalgan. 
                Juniperus  sabina L - Kazak archa yoki  yer  bag’irlab o’suvchi archa .   Bu
archaning   tarqalish   joylari   Jiguli   tog’lari,   Orenburg   viloyati,   O’rta   Don,
Tarbagatay,  Sibir   va  Qozog’istonning  dashtli  zonalarida  uncha   baland  bo’lmagan
tog’lar bilan chegaralangan. Bu archa Sayan tog’lari Oltoy, Qirim, Markaziy Osiyo
va Kavkaz tog’larida tabbiy holda o’sadi.
            Bu   archa   turi   Markaziy   Osiyodagi   archazorlarning   yuqori   tarqalish
chegaralarida   2800-3200   metr   dengiz   sathidan   balandliklarda   ham   o’sadi.
Balandligi   1,5   m   gacha   bo’lgan   kichik   daraxt   bo’lib,   ko’p   hollarda   yer   bag’irlab
o’suvchi shox-shabba hosil qiladi. Ninabarglari tangachalar bilan qoplangan va 1-2
mm   uzunlikda   bo’lib,   novdada   3   yilgacha   saqlanadi.   Aprel   may   oyida   gullaydi.
Ikki   uyli,   qubbalari   eniga   8   mm   kulrang,   qora   rangda   oqish-ko’kish   g’ubor   bilan
qoplangan. 2-6 mm  meva bandida osilib turadi . Bu archaning ildiz tizimi yuzaki,
tuproqqa   va   namga   kam   talabchan   bo’ladi.   Sovuqqa   chidamli.   Sekin   o’sadi.
Urug’idan va qalamchalaridan ko’payadi [7].
                J uniperus   communis   -   Oddiy   archa .   Bo ’ yi   12-18   m,   diametri   25-40   sm,
shox-shabbasi   tuxumsimon   daraxt.   Po’stlog’i   qizg’ish   sariq   rangda   yoki   qo’ng’ir
kul   rang,   yupqa   po’st   tashlab   turadi.   Kurtaklari   0,3   sm   bo ’ lib,   tangachasimon
ninabarglar  bilan  qoplangan.   Novdalari  ingichka,   uch  qirrali.  Ninabarglari  qirrali,
35  
  novdada   3   tadan   bo’lib,   doira   shaklida   joylashadi.   Barglarining   yuz   tomonida
yoriqchalar   va   mum   qavati   bo’lganligidan   oqish   ko’rinadi,   orqa   tomoni   yaltiroq,
bo’yi   1-1,5   sm,   eni   0,   6-1,5   sm   gacha   bo’lib,   tubi   bo’g’imli.   Barglari   daraxtda   4
yilgacha   saqlanadi.   Oddiy   archa   bir   uyli,   ayrim   jinsli.   Erkak   qubbalari   boshoq
shaklida,  sarg’ish   bo’lib,  sohta   tangachalardan  tuziladi,  bu  tangachalar  ichida   3-7
tadan   changdon   bor.   Qubbalar   kuzda   hosil   bo ’ ladi,   oval   shaklda,   bo ’ yi   3-4   mm,
sariq   rangda.   Urg’ochi   qubbalari   yashil   kurtakka   o’xshaydi   va   uchta   oqish
urug’kurtakli   bir   nechta   tangachadan   iborat   bo’lib,   bir   yil   ilgari   hosil   bo’ladi
[23,30].   Oddiy   archa   aprel   oyida   changlanadi.   Urg’ochi   qubbalari   shamol
vositasida changlanadi. Urug’chisi urug’langandan keyin urug’ tangachalar o’zaro
qo’shilib o’sib, shirali qubba– «yumshoq meva» hosil qiladi. Kelgusi yili qubbalar
etli   bo’lib  yetiladi,  havorang  qavatga  o’ralib  oladi   va  qora   ko’kish   rangga  kiradi.
Ichi 1-3 urug’li, yashil-qo’ng’ir rangli, smolali, shirin etli bo’ladi. Qubba ikkinchi
yili etiladi. Urug’i cho’zinchoq, qalin po’stli, uch qirrali, qo’ng’ir rangda, smolali
bezlari bor. Bo’yi 3,5-5 mm, eni 2-3 mm. 1000 dona urug’ining vazni 18 g keladi.
Bir kilogrammda 12600 dona urug’ bo’lishi mumkin [7, 37]. 
         Oddiy archa urug’dan ko’payadi. Lekin urug’i juda sekin unib chiqadi. Kuzda
sepilgani kelgusi yili bahorda, bahorda sepilgani esa keyingi yilning bahorida unib
chiqishi mumkin. Uni parxish qilib, qalamchadan va payvandlab ham ko’paytirish
mumkin.   U   sovuqqa   va   qurg’oqchilikka   chidamli   daraxt.   Qisman   soyasevar.
Qumli,   ohakli   sernam   tuproqda   yaxshi   o’sadi.   Tuproq   sho’riga,   havoning
ifloslanishiga   chidamsiz.   Asosan   MDH   ning   Yevropa   qismidagi   o ’ rmon
mintaqasida va Sibirda tarqalgan. U qarag’ayzorlarda ikkinchi va uchinchi yarusda
o’sadi. Yog’ochi o’zakli bo’lib smola yo’llari yo’q. Tanasini arralaganda garmdori
hidi   keladi.   Yog’ochi   pishiq   va   mexanik   xossasi   yaxshi   bo’lganligidan   ko’p
vaqtgacha zax joyda, suvda yotsa-da chirimaydi. U mayda duradgorlik buyumlari
yasashda, mebel, shaxmat, sandiq, qo’g’irchoqlar ishlashda va boshqa maqsadlarda
ishlatiladi [27, 24]
36  
           Archaning qubbalaridan rangsiz, o’ziga xos hidli moy olinadi. So ’ ng qoldig ’ i
konditer   sanoatida   ishlatiladi.   Qubbalari   meditsinada   ham   ishlatiladi.
Ninabarglaridan   efir   moyi   olinadi.   Po’stidan   esa   lak   tayyorlashda   ishlatiladigan
sandara   olinadi.   Tuproqni   yog’in   suvlari   bilan   yuvilishdan   saqlashda   va   uning
sifatini yaxshilashda archaning roli katta. Chiroyli shakllari shaharlarda parklarga,
ko’chalarga   ekiladi.  Uning  turli   shakllari  ko’kalamzorlashtirish  ishlarida  katta  rol
o’ynaydi [20, 34, 30].
                    Juniperus   turcistanica   -   Turkiston   archas i.   U   O ’ rta   Osiyoning   tog ’ li
rayonlari,   Tyanshan   va   Pomir–Oloyning   hamma   yerlarida   tarqalgan.   Tyanshan
tizma tog’larida qoraqarag’ay bilin aralash o’sadi. Pomir– Oloy tog’larida esa o’zi
alohida   yoki   yarim   sharsimon   archa   bilan   birlikda   archazorlar   hosil   qiladi.
Ayniqsa, Qurama, Turkiston, Zarafshon, Qoratepa tog ’  yonbag ’ rlarida 2000 –3700
metr   balandiklarda   o ’ sadi.   Bu   erlarda   Turkiston   archasi   chiroyli   konussimon
sadalar hosil qiladi, yakka-yakka, ba‘zi joylarda esa yer bag’irlab o’sadi.
               Juniperus  zerafshanica   -   Zarafshon  archasi .   Asosan  Pomir-Oloy,   Garbiy
Tyanshan   tog ’ larida   tarqalgan.   Zarafshon,   Kurama,   Turkiston,   Xisor   kabi   tog ’
tizmalarining   1600—2500   m   balandliklarida   tarqalgan.   Bu   archaning   shimoliy
tarqalish   chegarasi   Kirg ’ iziston   va   Qoratog ’   tizmalari   bo ’ lib,   janubda   esa
Afg ’ onistonning Hindiqush tog ’ igacha boradi. Zarafshon archasi Kichik Osiyo va
O’rta   yer   dengizi   atrofida   tarqalgan,   issiqlikni   sevuvchi   archa   turlari   bilan   bir   oz
muntazam yaqinligi  bor. [7]
                Picea   pungens   Engelm   -   Tikanli   qoraqarag’ay .   Shimoliy   Amerikaning
qoyali   tog’larida   dengiz   sathidan   2000-3000   m   balandliklarida   tarqalgan.
Balandligi   20-45   m   yetadigan   tanasi   vas   hox-shabbalari   tik   rivojlangan   yirik
daraxt.   Ninabarglari   2-3   sm   uzunlikda,   tikonli,   moviyrang   yoki   kumushsimon
g’ubor   bilan   qoplangan.   Ninabarglari   4-6   yilgacha   turadi,   so’ng   to’kilib   ketadi.
Ushbu   qoraqarag’ay   may-iyun   oylarida   gullaydi,   oktabrda   qubbalari   pishib
yetiladi.
37  
                Qubbalari   silindrsimon,   uzunligi   5-10   sm,   och   jigarrang,   urug’larito’kilib
ketgach, odatda, qubbalari daraxtda keying yilning kuzigacha saqlanadi. Urug’lari
kulrang,   uzunligi   3   mm,   1000   ta   urug’ining   og’irligi   4-5   g   keladi.   Ushbu
qoraqarag’ay   ninabarglarining   moviy   va   kumushsimon   ranglari   tufayli
qoraqarag’aylar   orasida   eng   chiroylisi   hisoblanadi.   Sovuqlarga   chidamli,   lekin
O’zbekiston   sharoitlarida   issiq   va   quruq   havodan   jabirlanadi,   shu   sababli
hamularning   yangi   ekilgan   ko’chatlari   soyalatilgan   holda   parvarishlanadi.   Ushbu
qoraqarag’ay   turi   XVII   asrlarda   Yevropaga,   so’ngra   Rossiyaga   introduksiya
qilingan va ko’kalamzorlashtirishda manzarali daraxt sifatida keng ekiladi.
                  Pinus   strobus   -   Veymutov   qarag’ayi .   Shimoliy   Amerikaning   tog’li
hududlarida   dengiz   sathidan   300-1600   m   balandlikda   o’sadi.   U   asosan,
Kanadaning sharqidagi taygada ko’p uchraydi. Veymutov qarag’ayining bo’yi 35-
50 m, diametiri  1,5 m  keladigan keng  va piramida shaklidagi  shox-shabbali  yirik
daraxt.   Tanasining   qobig’i   yotilgan,   kam   tukli.   Kurtagi   yelimli   tangachalar   bilan
qoplangan. Ninabarglari  uch qirrali, 5-10 sm  uzunlikda, mayin, ingichka, zangori
rangda,   daraxtda   2-3   yil   saqlanadi.   Tangachasimon   ninabarglarining   qini   birinchi
yildayoq   to’kilib   ketadi.   Yomg’ir,   qor   yoqqanda   barglari   bir-biri   bilan   juftlashib
ingichka boylam hosil qiladi. Onalik qubbalari bittadan yoki 2-3 tadan guruh bo’lib
joylashadi. Qubbalari ikkinchi yili yetiladi, bu paytda past tomoni bukiladi va ko’p
vaqt   yashil   rangda   saqlanadi.   U   8-15   sm   gacha   o’sib,   so’ng   yog’ochlanadi   va
jigarrangga   kiradi.   Yetilgan   qubbalari   kuzda   ochiladi   va   urug’i   yerga   to’kiladi.
Urug’I 5-7 mm uzunlikda bo’ib, qanotchali, ikki yilgacha unib chiqish xususiyatini
saqlaydi.   U   shamol   yordamida   tarqaladi.   1000   dona   urug’ining   vazni   18-23   g
keladi. Qarag’ay urug’idan yaxshi ko’payadi. 
         Picea schrenkiana - Shrenk qoraqarag’ayi . Bu tur yirik daraxt xisoblanadi,
balandligi   30-35   m   ga,   diametri   1-1,5   m   ni   tashkil   etadi.   Shox-shabbalari
konussimon   yoki   tor   piramida   shaklda,   po’stlogi   yupqa,   to’q   qo’ng’ir   rangda
bo’lib,   tarkibida,   oshlovchi   modda   mavjud.   Novdalari   tukli   yoki   tuksiz
xisoblanadi,   och   sarg’ish   rangda   bo’ladi.   Daraxt   doira   shaklida   shoxlanadi,
38  
  shoxlari   yoyilib   osilib   o’sadi.   Kurtagi   yumaloq,   tuxumsimon,   ninabarglari   yirik
uchi to’mtoq, balandligi 2-4 sm, 4 qirrali, chiziqli, biroz egik shaklda bo’lib, o’tkir
uchlizangori   yashil   rangda.   Barglarining   yuqorigi   qirralarida   yoriqchalar   (3-6   ta)
bor. Barglar novdada spiral shaklda joylashadi. Shox-shabbasining ichki qismidagi
barglar   to’q   yashil   rangda.   Bu   qarag’ay   bir   uyli   o’simlik.   Qubbalari   birinchi   yili
etiladi. Bu paytda bo’yi16 sm ga, diametri 4-5 sm ga yetadi. Ular daraxtning uchki
qismida   kalta   bandchada   joylashadi.   Uning   tangachalari   butun(yaxlit),   bukik,
yumaloq, yaltiroq, bo’yi 2,2-2,5 sm, eni 1,5-1,8 sm bo’lib, jigar rangda. Urug’i 4-5
mm,   tuxumsimon   bo’lib,   qo’ng’ir   rangda,   qanotchali.   Qanotchasining   bo’yi   1,5
sm,  eni  0,5  sm,   qo’ng’ir  rangda,  teskari   tuxumsimon.   Bu  qoraqarag’ay   urug’idan
yaxshi   ko’payadi.   Havoning   va   tuproqning   bir   oz   quruqligiga   chidamli.   U   Tyan-
Shanda   3000   m   gacha   balandda   o’sadi.   yer   tanlamaydi,   toshli   yerlarda,   tog’
daryolari   bo’yida,   tog’   qiyaliklarida   ko’proq   uchraydi.   Shrenk   qoraqarag’ayining
yog’ochi   qurilish   materiali   sifatida   ishlatiladi.   Uni   ko’kalamzorlashtirish   uchun
foydalanish keng tavsiya etiladi [7,49].
               P inus silvestris   -   Oddiy qara g’ ay .   B alandligi   30-40 m etr , diametri   esa   1 m
bo ’ l adigan   dara h t.   Qulay   sharoitda   600   yil   yashaydi.   Poyasining   po’stlogi   qalin,
vertikal   yoriqlari   mavjud,   ostki   tomoni   qo’ng’ir-qizg’ish,   yuz   tomoni   to’q   sariq,
qizg’ish   rangda   bo’ladi.   Tanasi   hamda   shoxlaridan   yupqa   po’stloqlari   ajralib
turadi. Bu daraxt doira shaklidagi siyrak shox-shabbalar  hosil qiladi [18]. Voyaga
etgan   qarag’ayning   shox-shabbasi   tuxumsimon   bo’ladi.   Kurtaklari   6-12   mm
uzunlikda, cho’zinchoq tuxumsimon, qizg’ish, g’isht rangda bo’ladi. Qishda smola
bilan qoplanadi. Qarag’ay bahorda o’sa boshlab, ikki xil novda chiqaradi: ulardan
biri uzun bo’lib, qo’ng’ir rang tangachalar bilan qoplangan, ikkinchisi tanga bo’lib,
uchidan   bir   juft   ninabarg   chiqaradi,   barglari   3-7   sm,   qattiq,   cheti   tishli   kul   rang,
ular   daraxtda   3-6   yil   saqlanadi.   O’sishdan   to’xtashi   bilanoq   novdaning   uchki   va
yon qismlarida kurtaklar hosil bo’ladi. Barglarida smola va efir moylari bor. Ular
daraxtning   sovuqqa   chidamligini   oshiradi.   Qarag’ay   faqat   urug’dan   ko’payadi.
Urug’i   sepilgandan   keyin   15-20   kunda   unib   chiqadi   (90%).   Qarag’ayning   bir
39  
  yoshli   nihollarida   o’q   ildiz   rivojlanib,   poyasiga   nisbatan   3-4   marta   uzun   bo’ladi.
Unumdor   tuproqda   o’q   ildizi   erga   chuqur   kirib,   so’ng   yon   ildizdan   chiqaradi.
Qarag’ay  ayniqsa 10 yoshdan  40 yoshgacha  juda tez o’sadi. Yaxshi  iqlim  hamda
tuproq   sharoitida   80   yoshlik   qarag’ayning   bo’yi   30   m   ni   tashkil   etadi.   Sernam,
quruq   yoki   botqoq   tuproqlarda,     yaxshi   o’smaydi.   U   tog’li   mintaqalarda   yaxshi
o’sadi.   Sayan   tog’larida   dengiz   sathidan1   500   m   baland   bo’lgan   joylarda   ko’p
tarqalgan.   U   Kavkaz   va   Krim   tog’larida  ham   o’sadi.   Qarag’ayzorlarda  yana   qora
qarag’ay, tilog’och, kedr va yaproqli daraxtlardan eman uchraydi. Oddiy qarag’ay
sovuqqa   va   issiqqa   chidamli   daraxt.   SHox-shabbasining   siyrakligi   uning
yorug’sevar o’simlik ekanligidan darak beradi [7,10,56].
       Yuqorida jadvalda ko’rsatilganidek 2 ta oilaga mansub 13 tur manzarali ochiq
urug’li   daraxtlar   o’sayotgani   ma‘lum   bo’ldi.   Bu   oilalardan   Savrdoshlar   oilasiga
mansub Cupressus arizonica, Taxus baccata, J. communis, J. excelsa, J. virginiana,
J.zeravschanica,   J.   semiglobosa,   J.   turkistanica,   turlari   Qarag’aydoshlar   oilasiga
mansub   quyidagi   Pinus   pallasiana,   Pinus   strobus,   Pinus   eldarica,   Pinus   silvestris,
Picea pungens,   va Picea excelsa,   turlari   Imom al-Buxoriy majmuasi atrofiga juda
ko’p   ekilgan   va   barq   urib   o’sayotgani   ma‘lum   bo’ldi.   Jadvalda   ko’rinib   turibdiki
bu manzarali  daraxtlar  turi  qit‘alardan keltirilgan  bo’lib, ko’proq Qrim, O’rta yer
dengizi va shimoli Amerika qit‘alaridan keltirilgani tadqiqotlar davomida ma‘lum
bo’ldi. Tadqiqotlar davomida yana shuni guvohi bo’ldikki shox-shabali manzarali
daraxtlardan Pinus pallasiana, Pinus eldarica, Pinus strobus, Pinus silvestris, Picea
pungens va Picea excelsa, J. excelsa, J. virginiana, yetakchilik qilayotgani ma‘lum
bo’ldi.
               Imom al-Buxoriy majmuasi hududida olib borilgan tadqiqotlar natijasida 20
dan ortiq manzarali yopiq urug‘li daraxtlar aniqlandi. Bularning ichida 15 ta oilaga
mansub  bo‘lib,  eng ko‘p  turkum  va  turlarga  boy oilalardan  Aceraceae,  Fabaceae,
Ulmaceae,   Platanaceae,   Magnoliaceae,   Salicaceae,   Fagaceae   va   boshqa   oilalarga
mamsub   bo‘lib,   xisoblanadi.   Turlar   soniga   kam   bo‘lgan   oilalardan   Rutaceae   va
Caprifoliaceae   ni   misol   keltirishimiz   mumkin.   Qariyb   90   %   manzarali   daraxtlar
40  
  shox-shabbasining   chiroyli   bo‘lishi   va   ajoyib   gullari   e‘tiborda   bo‘lgan   holda
mahalliy   xalq   tomonidan   ko‘paytirilgan.   Bularning   ichida   Janubiy   Sharqiy   Osiyo
mamlakatlaridan,   Shimoliy   Amerika,   Yevropa   mamlakatlaridan,   Kavkazdan   va
boshqa o‘lkalardan introduksiya etilgan.
       Quyidagi 3.2.- jadvalda Imom al-Buxoriy majmuasi  atrofida o‘sayotgan yopiq
urug‘lilarga   mansub   manzarali   daraxtlarning   ilmiy   nomi,   o‘zbekcha   nomi,   oilasi,
vatani va manzaralilik xususiyatlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
                                                                                                                     3.2-jadval
Imom al-Buxoriy majmuasi xududida  introduksiya etilgan  manzarali
yop iq urug’li  daraxtlar
T/
N Ilmiy nomi O’zbekcha
nomi Oilasining nomi Vatani Manzara
liligi
1 Acer
pseudoplatanu
s L. Yavor
zarangi   Aceraceae
  Juss .
Zarangdoshlar   Kavaz,
Janubiy
Yevropa,
O’rta
Osiyo Shox-
shabbasi
2 Betula
turcestanica
S.F.Gray. Turkiston
qayini Betulaceae
S.F.Gray.
Qayindoshlar Tog’li
O’rta
Osiyo,
Tyan-
Shan Shox-
shabbasi
3 Salix
bobylonica L. Majnuntol Salicaceae
Toldoshlar Shimoliy
Xitoy Shox-
shabbasi
4 Betula
pendula Oq qayin Salicaceae
Toldoshlar Yevropa,
O’rta
Osiyo Shox-
shabbasi
gullari
41  
  5 Cercis
siliquastrum
Alba. Arg‘uvon Fabaceae   Lindl
Burchoqdoshlar Yevropa,
Osiyo,
Yaponiya Gullari
6 sophora
japonica L.  Yapon
soforasi,
Tuxumak   Fabaceae   Lindl
Burchoqdoshlar Xitoy,
Yaponiya Shox-
shabbasi
7 A esculus
hippocastanu
m L.   Soxta
kashtan   Hippocastanacea
e
Otkashtandoshlar Gretsiya  Shox-
shabbasi
8 A esculus
carnea L. Soxta
kashtan Hippocastanacea
e
Otkashtandoshlar Gretsiya Shox-
shabbasi
9 Albezia
julibrissin
Durazz. Sho y i
akatsiya  Fabaceae   Lindl
Burchoqdoshlar Kavkaz
Eron
Habashist
on Shox-
shabbasi
va gullari
1
0 Buxus
sempervirens
L. Doim yashil
shamshod  Buxaceae  Dumort .
Shamshoddoshlar Yevropa
O’rtayer
dengizi Shox-
shabbasi
1
1 Catalpa
speciosa
Ward. Go’zal
katalpa  Bignoniaceae
Bignoniyadoshlar Shimoliy
Amerika,
Yevropa,
Avg’onist
on Shox-
shabbasi
1
2 Cercis
siliquastrum
Alba. Arg‘uvon Fabaceae   Lindl
Burchoqdoshlar Yevropa,
Osiyo,
Yaponiya Gullari
1
3 Prunus
blireana Manzarali
behi Rosaceae
Ra’nodoshlar Yaponiya,
Xitoy Gullari
va   shox-
42  
  shabbasi
1
4 Fraxinus
excelsior  L. Oddiy
shumtol  Oleaceae -
Zaytundoshlar  Yevropa,
Kavkaz. Shox-
shabbasi
1
5 Koelreuteria
apiculata
Laxm. Sovun
daraxti  Sapindaceae
Sapinddoshlar Xitoy Shox-
shabbasi
1
6 Liriodendron
tulipifera  L. Lola daraxti Magnoliaceae
Juss.
Magnoliyadoshlar Xitoy
Shimoliy
Amerika Shox-
shabbasi
gullari 
1
7 Magnolia
grandiflora L. Yirik   gulli
magnoliya  Magnoliaceae
Juss.
Magnoliyadoshlar Shimoliy
Amerika Shox-
shabbasi
gullari
1
8 Platanus
orientalis L.  Sharq
chinori  Platanaceae
Dumort.
Chinordoshlar   O’rta   Yer
Dengizi Shox-
shabbasi
1
9 Populus
pyramidalis
Rozier. Mirzaterak
Daraxt Salicaceae
Toldoshlar Sibir,
Kavkaz,
O’rta
Osiyo Shox-
shabbasi
2
0 Quercus robur
L. Qo’ng’ir
eman  Fagaceae
Qoraqayindoshlar Kavkaz,
Yevropa,
O’rta
Osiyo Shox-
shabbasi
2
1 Tilia Cordata  Yurakbarg
jo’ka   Tiliaceae
Jo’kadoshlar Yevropa,
Avg’onist
on Shox-
shabbasi
gullari
2
2 Ulmus
uzbekistanica
Drob. Bujun
qayrag‘och Ulmaceae
Qayrag‘ochdoshl
ar Endim  Shox-
shabbasi
43  
  2
3 Ulmus   laevis
Pall. silliq
qayrag‘och Ulmaceae
Qayrag‘ochdoshl
ar G’arbiy
Yevropa Shox-
shabbasi
                Soxta   kashtan-Aessulus   hippakastanum .   Balandligi   25-30   m,   chiroyli
sharsimon to‘p hosil qiladigan daraxt. Barglari 5-7 bargchali panjasimon murakkab
barg,   novdada   qarama-qarshi   joylashgan.   Barglari   aprelda   yoziladi   va   kech
kuzgacha   saqlanadi.   Gullari   oq,   qizil   dog‘li   bo‘lib,   20-30   sm   keladigan
piramidasimon   supurgi   to‘pgulni   hosil   qiladi ,   a prel-may   oylarida   gullaydi.
Meva lar i 2,5-3 sm li yong‘oqqa o‘xshash usti tikanchalar bilan qoplangan 3 xonali
ko‘sak.   Urug‘lari   silliq,   yaltiroq,   asos   qismida   oq   dog‘i   bor.   Yil   bo‘yi   ayniqsa
gulash   davrida   ajoyib   manzara   beradi.   Vatani   Bolqon   yarim   oroli,   Shimoliy
Gretsiya.[31,7].
                Go’zal   katalpa-Catalpa   speciosa .   Bgnoniyadoshlar   oilasiga   mansub
manzarali   o simliklar   turkumi   hisoblanadi.   Bargi   oddiy,   uzun,   yirik.   Guli   oq,ʻ
qo ng iroqsimon, to pguli shingil yoki ro vaksimon. Mevasi uzun 20—40 sm, ko p	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
urug li, ikki pallali, dukkaksimon. Urug i yassi, uchi kokilli, urug i, qalamchasi va	
ʻ ʻ ʻ
ildiz   bachkisidan   ko paytiriladi.   Yog ochi   yengil,   yumshoq,   chirishga   chidamli.	
ʻ ʻ
Go’zal katalpa Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida joylashgan bo’lib, u ko’llar
va   daryolar   bo’yida   o’sadi.   Katalpaning   bu   turi   keng   piramidal   toj   va   kulrang
ingichka-lamel   po ’ stlog ’ i   bilan   qoplangan.   Ingichka   tanasi   bilan   30   m
balandlikgacha ko ’ tariladigan  diametri  1,5 mga yetadigan  go ’ zal  daraxt. Uzunligi
30   sm   gacha   va   kengligi   15   sm     bo’lgan,   plastinkaning   yuqori   qismida   silliq
bo’lgan,   porloq   yashil   barglari   uzun   petiolesda   joylashgan   va   boshqa   katalpa
turlaridan   barvaqt   barg   yozadi.   Barglar   daraxtning   pastki   qismida   biroz   tukli.
Go’zal   katalpaning   barglari   keng,   oval   shaklida,   cho‘ziq   bo‘yi   15-30   sm   gacha
yetadi, barglarining o‘tkir tubi to‘mtoq, chetlari tishchali, O’ng tomoni tiniq yashil,
tuksiz,   orqa   tomoni   esa   sertuk   hidsiz   bo’ladi.   Barg   bandi10-15   s m,   g ullari   kam
gulli ,   yirik r o‘vak hosil qiladi. Ro‘vaglarining bo‘yi 20 smga yetadi.[7] Xushbo'y
44  
  qaymoqli oq katalpa gullari to’lqinli qirrasi bilan, ichki qismida binafsha-jigarrang
nuqta   va   ikkita   sariq   chiziq   bilan   bezatilgan,   15-20   sm   uzunlikdagi   keng
panikulalarni   hosil   qiladi.   Meva   uzunligi   45   sm   gacha   bo’lgan   kapsuladir,
pishganida 2 pallaga yorilib ketadi. Bu tur 1800 yildan beri mavjud. Eng mashhur
dekorativ turi g‘o‘zal  k atalpa hisoblanadi.
            Qo ’ ng ’ ir   eman-Quercus   robur .   Bu   baland   o‘sadigan   daraxt   qora   qayinlar
oilasiga  kiradi.  Daraxtning  bo‘yi  40  metrga  yetadi.  Tanasining  diametri   1  metrga
yetadi.   Bu   daraxt   400   yilgacha   yashay   oladi.   Bu   daraxtning   shox-shabbasi   keng,
baland o‘sishi bilan juda manzarali ko‘rinadi. Po‘stlog‘i pishiq kul tusda. Yaprog‘i
bo‘lakli patsimon shaklda to‘q yashil yaltiroq tuxumsimon ko‘rinishda. Yozgi dub
barg yozishi bilan bir vaqtda gullaydi. Mevasi xakaladan iborat. Xakalaning po‘sti
dastlab yashil, ammo yetilgan sari malla tusga kiradi, qotadi, yaltiroq bo‘lib qoladi.
Dub   sentyabr,   oktyabrda   pishadi.   Xakala   yaxshi   saqlangandagina   ko‘klamgacha
ko‘karuvchanligini   yo‘qotmaydi.   Bu   daraxtning   urug‘i   kuzda   yig‘ishtirib   olinishi
bilan ekilganda mart, aprel oylarida ko‘karadi. Xakala ko‘klamda ekiladigan bo‘lsa
eng   avval   stratifiksiya   qilinadi.   Shundagina   u   to‘rt-olti   haftada   ko‘karib   chiqadi.
Eman  o‘simligi  8-10 yoshga  kirguncha  sekin  o‘sadi.  So‘ngra  uning o‘sishi  ancha
tezlashib,   yillik   novdasining   bo‘yi   50   sm   ga   yetadi   va   undan   ham   oshadi.
O‘zbekiston   sharoitida   35-40   yoshli   dub   daraxtning   tana   diametri   48-50   smga
yetadi.   Bu   osimlik   120-200   yoshga   yetguncha   bo‘yiga   o‘sadi,   ammo   tanasining
yo‘g‘onlashuvi,   garchi   ozginadan   bo‘lsa   ham   ancha   uzoq   vaqtgacha   davom
etadi[15]. 
            Qishgi  eman.  Bu   daraxt   yozgi   dubdan  8-10  kun  kech  gullashi,  yaprog‘ining
kuzda   to‘kilmay,   butun   qish   bo‘yi   saqlanishi   bilan   farq   qiladi.   Buning   yaprog‘i
ko‘klamda   yangi   yaproq   yozayotganda   to‘kiladi.   Piramidal   eman.   Bu   daraxtning
shoxlari   yuqoriga   qarab   o‘sib   piramida   shaklini   oladi,   yani   mirzaterak   shakliga
kiradi. Dub shox-shabbasining bu shaklda bo‘lishi manzarali bog‘dorchilikda juda
qiziqarlidir.   Piramidal   dub   xakalagi   ekilganda   uning   30-40   %   ginasi   ko‘karib
chiqadi.   Manzarali   bog‘dorchilikda   Kanadadan   keltirilgan   qizil   dub   alohida
45  
  ahamiyatga ega. Bu daraxt ancha yirik bo‘lishi bilan birga yozgi va qishki dublarga
qaraganda   ancha   tez   o‘sadi.   Yaprog‘i   juda   yirik   yaltiroq   bo‘laklarining   uchi
nayzasimon, kuzga borib juda chiroyli qizil tusga kiradi. Dub yorug‘ joyda yaxshi
o‘sadi,   ammo   O‘rta   Osiyoning   issiq   iqlimida   chala-chulpa   soya   joylarida   ham
boshqa yaproqli daraxtlar bilan birga o‘sishi mumkin. Bu daraxt har qanday yerda
o‘sa oladi; ammo zaxkash, tuprog‘i sho‘r yerlarni yoqtirmaydi. Eman ko‘chatlarini
juda avaylab ko‘chirib o‘tqazish  zarur, chunki uning ildizi  bir oz shikastlansa  tez
kasallanib   qoladi.   Eman   daraxtining   yog‘ochi   chiroyli   bo‘lib   sanoatda   har   xil
narsalar tayyorlashda ishlatiladi[7,3].
            Sada qayrag ’ och -Ulmus densa .   Bu daraxt  yirik manzarali daraxtlardan biri
bo‘lib qayrag‘ochsimonlar oilasiga kiradi. Bo‘yi O‘zbekiston sharoitida 60 yoshga
borganda   18   m,   tanasining   diametri   65   sm   ga   yetadi.   Buning   ikki   turi:
shoxshabbasi   dumaloq   berest   qayrag‘ochi   o‘stiriladi[14].   Qayrag‘och
qurg‘oqchilikka   chidamli,   ayniqsa   yosh   vaqtida   tez   o‘sadi   40   yoshga   kirganda
o‘sishi sekinlashadi, lekin 80 yoshga kirguncha, o‘sishdan to‘xtamaydi. Bu daraxt
uzoq yashab, katta shox-shabba hosil qiladi. Erta ko‘klamda barg yozmasdan oldin
gullaydi,   mevasi   mart-aprelda   pishadi.   Ammo   urug‘i   o‘zining   ko‘karuvchanligini
tez   yo‘qotadi.   Shuning   uchun   mevasi   yetilishi   bilan   uning  urug‘ini   darhol   yig‘ib,
oldindan   tayyorlab   qo‘yilgan   marzalarga   ekishga   to‘g‘ri   keladi.   Qayrag‘och   har
qanday yerda o‘sa oladi. Ammo unumdor ymshoq yerlarda, nam bilan taminlangan
bo‘lsa   yaxshi   o‘sadi.   O‘zbekistonning   shahar   ko‘chalariga   va   istirohat   bog‘larida
shox-shabbasi dumaloq ko‘rinishda bo‘lgan, yaxshi manzarali berest qayrag‘ochini
ekish ma‘qul ko‘riladi. Bu daraxtning yaprog‘i pishiq, yirik, chetlari arratishli, to‘q
yashil. Shuning uchun yerga quyuq soya solib turadi[7,8].
              Majnuntol-   Salix   bobylonica .   Bu   daraxt   tolsimonlar   oilasiga   kiradi.
O‘zbekistonda yashil barglar bilan qalin qoplangan yergacha osilib turadigan malla
rang   uzun   novdali   vavilon   majnuntoli   ko‘p   ekiladi.   Bu   daraxt,   sernam,   ho‘l
qumlarda   hamda   tuprog‘i   qalim   serunum   yerlarda   o‘sadi.   Buni   parxish   qilish   va
qalamchalab ekish yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Manzarali bog‘dorchilikda ko‘pincha
46  
  oq   va   kumushrang   majnuntol   ekiladi.   Bu   daraxtning   bo‘yi   15   m   ga   yetadi.
Majnuntol   ko‘cha   yoqalariga   va   suv   havzalari   bo‘yiga,   shuningdek   bog‘   va
parklarda yakka-yakka va guruppalab ekiladi [7].
         Oq akatsiya -Robinia pseudoacacia .  Bu o‘simlik dukkaklilar oilasiga kiradi.
Yurtimizning  ko‘chalariga  va  hiuobonlariga  ko‘plab  ekiladi.  O‘rta  Osiyoning  ob-
havo sharoitiga juda yaxshi moslashgan. Oq akatsiya daraxti juda tez o‘sadi 10 yil
ichida   uning   bo‘yi   8-10   m,     va   25-30   yoshlik   daraxtning   bo‘yi   20   m   ga   yetadi.
Sho‘r   tuproqli   yerlarda   ham   o‘sa   oladi.   Serquyosh   yerlarda   yerlarda   juda   yaxshi
o‘sadi. Har yili ko‘p gullaydi, guli oq, serasal bo‘ladi[48]. Oq akas urug‘i va ildiz
bachkisi   orqali   ko‘payadi.   Bu   daraxtning   yog‘ochi   qattiq,   och   sariq   tusda   bo‘lib
mebel   sanoatida   ishlatiladi   [49].   Sertikan   akas   anchagina   manzarali   xisoblanadi,
Pushti rangli gullari yirik bo‘ladi. Bu daraxtning gullari  uzoq vaqt gullab turadi va
boshqa   akaslardan   farq   qiladi.   Shu   sababli,   bog‘   va   skverlarda   ko‘p   ekiladi.   Bu
o‘simlik turi  oq akasga yorma payvand qilish yo‘li orqali ko‘paytiriladi. Lenkoran
akas   ham   dukkakliklar   oilasiga   kiradi.   Bu   daraxtning   tarvaqaylab   o‘sgan   shox-
shabbasi juda yaxshi ko‘rinishli,yaproqlari ikki yonlama, patsimon. Guli och pushti
bo‘lib,   to‘da-to‘da   bo‘lib   joylashgan.   Lenkoran   akas   manzarali   bog‘dorchilikda
yakka-yakka   va   gruppalab   ekiladi.   Bu   daraxt   5-6   yilda   3   metrgacha   va   ko‘proq
o‘sadi. Urug‘i bilan ko‘paytiriladi. Serquyosh va unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi.
[7]
              Yurakbarg juka -Tilia cordata . Bu daraxt baland bo‘yli bo‘lib lipasimonlar
oilasiga   kiradi.   Uning   shox-shabbasi   piramidasimon   sada   shaklida   guli   asalli
bo‘ladi.   Kavkaz   lipasi.   Bu   ham   tik   o‘sadigan   baland   bo‘yli   daraxt;   parklarga   va
shahar   ko‘chalariga   ekiladi.   Yoshlik   vaqtida   shox-shabbasi   piramidasimon
dumaloq   bo‘lib,   keyinchalik   konus   yoki   to‘garak   shaklga   o‘tadi.   Yaprog‘i   keng
tuxumsimon   ko‘rinishda,   gullari   3-7   tadan   to‘p-to‘p   joylashadi.   Mevasi   yog‘och
po‘choqli, kuzda pishadi[7,23]. 
        Kumushrang tus lipa. Bu ham baland bo‘yli chiroyli daraxt, bo‘yi 15-30 m ga
yetadi.   shox-shabbasining   keng   piramidal   shaklda   bo‘lishi   hamda   po‘stlog‘ining
47  
  tekis   va   kul   tusligi   bilan   ajratilib   turadi.   Yaprog‘ining   uchi   to‘q   yashil,   yaltiroq
orqasi oqish g‘ubor bilan qoplangan, bo‘yi 6-9 sm, eni 6-7 sm keladi. Guli serasal,
yarim  zontik shaklda  to‘plangan bo‘ladi, mevasi  yong‘oqchadan iborat[48]. Yirik
barg   lipa.   Bu   daraxtning   bo‘yi   30-40   m   ga   yetadi;   ko‘klamda   barvaqt   gullaydi,
sovuqlarga   bardosh   beradi.   Yaprog‘i   oddiy,   yirik,   har   ikki   tomoni   ravshan   yashil
tusda, yaltiroq. Guli sarg‘ish yoki oqish bo‘ladi. Mevasi yong‘oqchadan iborat.
Lipaning bu turi yong‘og‘idan ko‘payishi qiyin [49]. 
        Mayda barg lipa. Bu manzarali yirik daraxt bo‘lib, shox-shabbalari juda yaxshi
ko‘rinishli.   Yoshlik   vaqtida   tanasining   po‘stlog‘i   silliq,   keksaygach   chuqur
o‘yiqchalardan   iborat   yoriqlar   bilan   qoplangan   qalin   po‘stloq   hosil   bo‘ladi.
Yaprog‘i seret bo‘yi 2-3 sm, eni 8 sm, uchi nayzasimon cheti mayda arra tishli. Bu
yaproqning usti to‘q yashil orqasi ko‘kimtir yashil bo‘ladi. Guli serasal, och sariq
tusda.   Mevasi   yong‘oqchadan   iborat,   kuzda   pishadi   va   bir-ikki   oy   ichida   to‘kila
boshlaydi.   Bu   daraxt   har   yili   meva   qiladi.   Mevasini   (yong‘og‘ini)   yig‘ib   olish
bilanoq   darhol   ekish,   ko‘klamda   stratifikatsiya   qilib   ekishga   qaraganda   ancha
yaxshi natija beradi [7,17].
            Maysalari   dastlab   sekin   o‘sadi   ammo   4-5   yildan   keyin   juda   tez   o‘sib   40-60
yoshga   kirgach   o‘sishi   sekinlashadi,   130-150   yoshga   kirganda   o‘sishi   batamom
to‘xtaydi.   Bu   daraxtning   ildiz   sistemasi   yaxshi   rivojlangan   bo‘ladi.   Yumshoq
serunum   yerlarda   tez   o‘sadi.   Quruq   va   juda   zaxkash   yerlarni   yoqtirmaydi.
Soyalikka bardosh beradi, boshqa yaproqli daraxt zotlari bilan birga o‘sa oladi. Bu
daraxtning   yog‘ochi   oqish,   yumshoq   bo‘lib   mebel   sanoatida   ishlatiladi.   Lipani,
ayniqsa   mayda   barg   lipani   25-30   yoshga   kirganda   ham   ko‘chirib   o‘tqazish
mumkin.   Bu   daraxt   shox-shabbasining   qaychilab   va   kesib   turishga   ham   bardosh
beradi. Manzarali bog‘dorchilikda Kavkaz lipasi, kumush tus yirik barg va mayda
barg lipalar parklarga, alleyalarga va ko‘kat devorchalar sifatida gruppalab hamda
yakka-yakka   ekish   uchun   yaraydi   [7,18].   Bu   daraxtlar   shaharni   turlicha
ko‘kalamzorlashda   ishlatiladi.   Biroq   O‘zbekistonda   lipa   daraxti   ko‘kalamzorlash
48  
  uchun kam ekiladi. Holbuki bu daraxt bizning sharoitimizga ancha bardosh beradi
[7,59].
          Magnoliya -Magnolia . Bu daraxt  magnoliyasimonlar  oilasiga  kiradi, bog‘  va
parklarni   bezash   uchun   ko‘p   ekiladigan   manzarali   daraxtlardan   hisoblanadi.
Urug‘ini   ekish,   novdalarini   parxish   qilish,   ildiz   bachkilarini   o‘tqazish   hamda
issiqxona   sharoitida   payvandlash   yo‘li   bilan   ko‘paytiriladi.   Magnoliya   o‘simligi
ochiq   joylarda   uy   oldini   va   uncha   katta   bo‘lmagan   suv   havzalari   sohilini
ko‘kalamzorlashtirishda   yakka-yakka   va   kichikroq   gruppalab   ekiladi.   Bu   daraxt
ayniqsa   gulga   kirganda,   ya‘ni   uning   shox-shabbalari   yirik   xushbo‘y   gul   bilan
qoplanganda juda manzarali ko‘rinadi. O‘zbekistonda bo‘yi 20-30 m ga yetadigan
shox-shabbasi   piramidal   ko‘rinishida   bo‘lgan   yapon   magnoliyasini   ekish   tavsiya
etiladi. Bu daraxtning po‘stlog‘i  kul  tusda  butunlay silliq, bargi  juda yirik bo‘lib,
bo‘yi balandligi 30-40 sm eni 20 sm gacha yetadi, barg shakli teskari tuxumsimon,
usti   yashil,   orqasi   kumushsimon   ko‘k.   Bu   daraxt   meva   qila   boshlaganda   yaxshi
ko‘rinish hosil etadi. Magnoliyaning bo‘yi 10-15 sm ga yetib ravshan qizil rangda
bo‘ladi.   Magnoliya   daraxtini   yosh   vaqtida   qishki   sovuqlardan   ximoya   qilishga
to‘g‘ri keladi [7,48,58,63].
            Yapon soforasi-Sophora japonica . Bu o‘simlik juda yaxshi manzarali daraxt
bo‘lib   dukkaklilar   oilasiga   kiradi.   Daraxtning   bo‘yi   15-20   metrga   yetadi,
shoxshabbasi   deyarli   sada   shaklida   bo‘ladi.   Bu   daraxt   manzarali   bo‘lishi,   tez
o‘sishi   tanasi   silliq   va   tekis,   yaproqlari   patsimon   joylanishi,   sarg‘ish   gullarining
to‘da-to‘da bo‘lib joylanishi, yaprog‘ining kech to‘kilishi, dorivorlik xususiyati va
boshqa   yaxshi   xislatlari   tufayli   ustun   turadi[49,64].   Yapon   soforasi
qurg‘oqchilikka   chidaydi,   zararkunandalar   bilan   shikastlanmaydi.   Iyun-iyulda
gullaydi,   mevasi   cho‘tkasimon   dukkakdan   iborat,   urug‘i   mayda,   dumaloq   va
yaltiroq,   bu   daraxt   urug‘ini   ekish   yo‘li   bilan   ko‘paytiriladi.   Yog‘ochi   och   sariq,
o‘zagi qo‘ng‘ir tusda, qattiq va elastik bo‘ladi[33].
          Terak-Populus . Oq terak,baqa terak, mirzo terak, piramidal terak, qora terak,
Xitoy teragi kabi turlari shaharning tutun, is, chang va to‘zonlariga bardosh   beradi.
49  
  Shuning   uchun   ham   bu   daraxt   O‘zbekistonning   sanoat   rayonlariga,   ixota
daraxtzori, daryo, hovuz to‘g‘on, yirik sug‘orish kanallari bo‘ylariga ko‘plab ekish
tavsiya etiladi [35]. 
          Terak   tez   o‘sadigan   daraxt   bo‘lib,   ildiz   sistemasi   chuqur   joylashadi,   tanasi
to‘g‘ri va yo‘g‘on bo‘lib o‘sadi. O‘rta Osiyo sharoitida tanasining yo‘g‘onligi 1 m
va  kattaroq   bo‘ladi.   Har   qanday   tuproqda   o‘saveradi   ammo  unumdor   tuproqlarda
juda yaxshi o‘sadi. Yaproq yozishidan oldin gullaydi, barvaqt meva qiladi, har yili
ko‘plab urug‘ tugadi, urug‘i ko‘karish qobiliyatini saqlamaydi. Yaxshi yetilgan bir
yillik   novdasidan   qalamchalash   yo‘li   bilan   ko‘paytirish   mumkin.   Bu   daraxtning
ildizi   kuchli   rivojlangan   bo‘lib,   tuproqni   tez   quritadi.   Shuning   uchun   yaxshi
tartibga   solingan   bog‘larga   uni   ekish   tavsiya   etilmaydi.   Natijada   buning   ildizi,
so‘ngra yer usti tanasi batamom quriydi. Baqa terak. Tik o‘sadigan bo‘yi 25-30 m
ga   yetadigan   katta   daraxt,   shoxshabbalari   piramidal   ko‘rinishda,   tana   va
shoxlarining   po‘stlog‘i   och   yashil   tusda,   silliq,   yaprog‘i   keng   tuxumsimon
ko‘rinishda,   sirti   yashil,   yaltiroq,   orqasi   xira   oqish   bazan   deyarli   yalang‘och
bo‘ladi.   Terakning   bu   turi   shaharning   chang-to‘zon   kabi   sharoitlariga   bardosh
beradi.   Tez   o‘sadi,   har   qanday   yerda   o‘saveradi.   Bu   daraxtdan   ko‘klamzor   barpo
qilishda ko‘plab qo‘llash tavsiya etiladi [7,38,39].
          Sharq chinori -   Platanus orientalis . Vatani Kichik Osiyo, Bolqon viloyatlari
hisoblanadi.  Balandligi   25  metrdan   50  metrgachabo’lasi,   diametri  esa    4  metrdan
20   metrgacha   bo‘ladi.   Po‘stlog‘i   ko‘kimtir   yashil   rangli   bo‘lib,   har   yili   ajralib
tushib  turadi.  Barglari  yirik,  plastinkasi   panjasimon  qirqilgan,  aprel-may  oylarida
barg   yozib,   oktabr-noyabr   oylarida   bargi   to‘kiladi.   Gullashi   aprel-may   oylarida,
mevasi oktabrning oxirida pishadi. Mevasi qish davomida novdalarda osilib turadi.
Sharsimon to‘p mevalar bahorda barg yozishi bilan tushib ketadi. Urug‘lari shamol
yordamida   tarqaladi.   Urug‘i   tukli   bo‘lganligi   uchun   uni   yig‘ish   vaqtida   hushyor
bo‘lish, nafas yo‘llarini berkitib olish lozim. Aks holda tukchalar nafas yo‘llariga
tushsa,   shilliq   pardasini   qitiqlaydi,   natijada   kishida   yo‘tal   boshlanadi.   Ko‘zni
yallig‘lantirishi   mumkin.   Urgut   shahrining   „Yuqori   chinor’’   deb   ataladigan
50  
  chinorzorlaridagi ko‘hna bir chinorning yoshi 1000 yil, diametri 22 m, bo‘yi 40 m
dan   ziyod,   ichidagi   kovak   4   m3   .   Qariyalarning   aytishicha   qachonlardir   shu
kovakda   maktab   bo‘lgan.   Shu   yerdagi   kesilgan   bir   chinorning   yillik   halqalarini
sanaganimizda 557 yoshda ekanligi aniq bo‘ldi. Chinorlar urug‘idan tez ko‘payadi,
hatto   ariq   bo‘ylarida,   gulxonalarda   o‘z-o‘zidan   ko‘karganlarini   ko‘rish   mumkin,
qalamcha   bilan   ham   ko‘payadi.   Chinorlarning   yog‘ochi   jilvali,   qattiq   va   yengil
bo‘lganligi   sababli   undan   mebellar,   fanera,   parket   va   duradgorlik   asboblarini
tayyorlashda keng ishlatiladi [33].
Tikan   daraxti-Gledichiya   triacantos .   Bu   manzarali   daraxt   dukkaklilar
oilasidan bo‘lib, bo‘yi 20-30 metrga yetadi. Bu tez o‘sishi, qurg‘oqchilikka hamda
shaharning noqulay sharoitlariga bardosh berishi bog‘ zararkunanda va zamburug‘
kasalliklari   bilan   kasallanmasligi,   O‘zbekiston   sharoitida   qish   sovuqlaridan
mutlaqo   shikastlanmasligi   bilan   ajralib   turadi.   Gledichiya   daraxti   shox-shabbasi,
nafis   barglari   tufayli   juda   ko‘rinishlidir.   Yaprog‘i   to‘q   yashil,   yaltiroq   tusini
kuzgacha   yo‘qotmaydi.   Guli   mayda,   yashilsimon,   may,   iyunda   gullaydi.   Mevasi
yirik,   qo‘ng‘ir   malla   tusdagi   uzun   dukkaklardan   iborat.   Bu   daraxt   8-10   yoshga
kirganda   meva   qila   boshlaydi.   Gledichiya   har   qanday   tuproqda   o‘sa   oladi.
Qurg‘oqchilikka   chidaydi.   Yorug‘   joylarda   tez   o‘sadi.   20-25   yoshlik   daraxtning
bo‘yi   15   metrga   yetadi.   Ildiz   sistemasi   tuproqning   yuza   qavatida   joylashib,
o‘qildizi   qisqa   yon   ildizlari   ancha   uzoq   joyni   egallaydi.   Bu   daraxt   urug‘idan
ko‘paytiriladi.   Urug‘ni   ekish   oldidan   qaynoq   suvga   botirilib,   bir   sutka   shu   suvda
qoldiriladi.   [7]Gledichiya   daraxtning   yog‘ochi   juda   qattiq   bo‘lib   vogonsozlik   va
mebelchilik sanoatida ishlatiladi[48,49,51].
Yapon soforasi-Sophora japonica.  Bu o‘simlik juda yaxshi manzarali daraxt
bo‘lib   dukkaklilar   oilasiga   kiradi.   Daraxtning   bo‘yi   15-20   metrga   yetadi,
shoxshabbasi   deyarli   sada   shaklida   bo‘ladi.   Bu   daraxt   manzarali   bo‘lishi,   tez
o‘sishi   tanasi   silliq   va   tekis,   yaproqlari   patsimon   joylanishi,   sarg‘ish   gullarining
to‘da-to‘da bo‘lib joylanishi, yaprog‘ining kech to‘kilishi, dorivorlik xususiyati va
boshqa   yaxshi   xislatlari   tufayli   ustun   turadi[49,64].   Yapon   soforasi
51  
  qurg‘oqchilikka   chidaydi,   zararkunandalar   bilan   shikastlanmaydi.   Iyun-iyulda
gullaydi,   mevasi   cho‘tkasimon   dukkakdan   iborat,   urug‘i   mayda,   dumaloq   va
yaltiroq,   bu   daraxt   urug‘ini   ekish   yo‘li   bilan   ko‘paytiriladi.   Yog‘ochi   och   sariq,
o‘zagi qo‘ng‘ir tusda, qattiq va elastik bo‘ladi[33].
              Oq   qayin-   Betula   pendula   Roth .   Bu   daraxt   bo’yi   24-28   m   gacha   o’sadi.
Asosoiy tanasi oq rangada bo’lib, juda ham manzarali ko’rinishga ega xisoblanadi.
Oq qayinning nihollari birinchi yilda juda sekin o’sadi. Oq qayin 50 yoshida 25 m
balandlikkacha o’sib, diametrga 24 sm ga ega bo’ladi. Oq qayin juda erta hosilga
kiradi. Ochiq yerlarda 10-15 yoshida, qayinzor o’rmonida 20-30 yoshlarida hosilga
kirishi   aniqlangan.   Oq   qayin   urug’larining   unuvchanligi   juda   yuqori   80   %.   Oq
qayin   yog’ochidan   yuqori   sifatli   fanger   tayyorlanadi.   Ko’kalamzorlashtirishda
ahamoiati   jida   yuqori   chiroyli   barglari,   oq   tanasi   manzarali   hisoblanadi.   Qayin
daraxti   tanasidan   qayin   sharbati   olinadi.   Mavjud   barcha   qayin   turlari,   manzarali
daraxtlar hisoblanadi va ko’kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi [58]. 
       3.2.   Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi manzarali butalarning ro’yxati
va
                                            taksonomik tahlili. 
                Imom   al-Buxoriy   majmuasi   hududidagi   tadqiqotlar   natijasida   9   ta   oilaga
mansub   18   tur   manzarali   buta   turlari   o’sayotganligi   ma’lum   bo’ldi.   Quydagi
oilalarda   Ra’nodoshlar   oilasiga   mansub   Photinia,   Pyracantha   atalantioides,
Spiraea   vanhouttei,   Spiraea   cinerea,   va   Chaenomeles   speciosa,
Temirdaraxtdoshlar   oilasiga   mansub   Loropetalum   chinensa,   Zirkdoshlar   oliasiga
mansub   Berberis   thunbergia,   Nandina   domestica,   Mahonia   japonica   Imom   al-
Buxoriy majmuasi hududida ko’kalamzorlashtirish maqsadida juda ko’p ekilgan va
barq   urib   o’sayotgani   ma’lum   bo’ldi.   Eng   ko’p   turkum   va   turlarga   boy   oila
Rosaceae   oilasi   xisoblanadi.   Bu   manzarali   butalarning   aksariyati   boshqa
mamlakatlardan   keltirilgan   bo’lib,   ular   Xitoy,   Yaponiya,   Qirim,   Kavkaz,   Janubiy
52  
  Sharqiy   Osiyo,   Janubiy   Amerika   mamlakatlaridan   introduksiya   qilingan.   Mavjud
butalarning   qariyib   80%   i   shox-shabbasining   chiroyli   bo’lishi,   gullarining
hushbo’yligi uchun parvarishlab, ko’paytirilib kelinmoqda.
                  Quydagi   jadvalda   Imom   al-Buxoriy   majmuasi   hududidagi   manzarali
butalarning ilmiy nomlari, o’zbekcha nomlari, oilasihamda vatani va manzaralilik
hususiyatlari keltirilgan.
                                                                                                                    3.3.-jadval
 Imom al-Buxoriy majmuasi hududida introduksiya qilinga manzarali butalar
No  Ilmiy nomi  O’zbekch
     Nomi        Oilasi Vatani Manzarali
lik
xususiyati
1 Ilex
aquifolium Ilex Aquifoliaceae Janubiy Yevropa,
Afrika Shox-
shabbasi
mevasi
2 Mahonia
aquifolium Mahoniya Berberidaceae
Zirkdoshlar Orta Osiyo Shox-
shabbasi
gullari
3 Osmanthus
heterophyllus Osmantus Oleaceae
Zaytundoshlar Yaponiya,Tayva
n Shox-
shabbasi
4 Nandina
domestica Xonaki
Nandina Berberidaceae
Zirkdoshlar Xitoy, Yaponiya Shox-
shabbasi
5 Photinia
serratiflia Fotinira Rosaceae
Ra’nodoshlar Janubiy   va
Sharqiy Osiyo Shox-
shabbasi,g
ullari
6 Euonymus
japonicus
“Aureopictus
” Yapon
Normshki Celastraceae
Normushukdoshl
ar Xitoy,   Yaponiya,
Koreya Shox-
shabbasi,
barglari
53  
  7 Hibiscus
syricus Suriya
atirguli Malvaceae
Yalpizdoshlar Qirim,   Kavkaz,
Ukraina Shox-
shabbasi
gullari
8 Pyracantha
atalantioides Pikaranta Rosaceae
Ra’nodoshlar Xitoy Shox-
shabbasi,
mevasi
9 Spiraea
vanhouttei Vangutta
tobulg’isi Rosaceae
Ra’nodoshlar Yaponiya  Shox-
shabbasi
gullari
10 Spiraea
bumalda
“Anthony
Waterer” Spirea Rosaceae
Ra’nodoshlar Yaponiya Shox-
shabbasi
gullari
11 Buddleia
davidii David
Budleyasi Scrophulariaceae
Sigirquyruqdosh
lar Osiyo,   Afrika,
Amerika  Gullari
12 Berberis
thunbergia
D.C. Tunberg
zirki Berberidaceae
Zirkdoshlar Shimoliy
Amerika Shox-
shabbasi,
gillari
13 Weigela
florida Florida
velgiyasi Caprifoliaceae
Shilvidoshlar Xitoy, Yaponiya Gullari
14 Chaenomeles
speciosa Yapon
behisi Rosaceae
Ra’nodoshlar Yaponiya, Xitoy Gullari
15 Loropetalum
chinensa Xitoy
loropetalum
i Hamamelidaceae Yaponiya,   Xitoy,
Himolay Barglari,
gullari
16 Forsythia
europae Oddiy
forzisiya Oleaceae
Zaytudoshlar Sharqiy   Osiyo,
Yevropa Gullari
17 Vitis   vinifera O’rmomn Vitaceae Shimoliy Shox-
54  
  L. uzum Uzumdoshlar yarimshar shabbasi
18 Spartium
junceum Ispan dropi Fabaceae
Lindl 
Burchoqdoshlar Kavkaz,
Markaziy   Osiyo,
G’arbiy Yevropa Gullari,
shox-
shabbasi
                 Bumal  tobulg’isi  - Spiraea bumalda “Anthony Waterer”.     Bu tur  Yapon
spirea   (Spiraea   japonica)   va   oq   gulli   spirea   (Spiraea   albiflora)   o’rtasidagi   gibrid.
Spiraea   Bumaldaning   balandligi   75   sm   gacha   bo’lgan   past   bo’yli   buta.   Gullashi
iyun oxiridan sentabrgacha gullaydi. Gullari yassi, yumaloq, pushti 0,5 sm ro’vak
topgulda   joylashgan.   U   urug’idan   ham,   qalamchasidan   ham   yaxshi   ko’payadi,
ildizidan   bachkilaydi,   to’nkasidan   ham   o’sib   chiqadi.   Juda   xushmanzara   o’simlik
va ko’kalamzorlashtirishda  keng foydalaniladi. Yashil  to’siqlar  barpo etish uchun
mos keladi. O’sish uchun qulay muxit talab qilmaydi, qurg’oqchilikka va sovuqqa
chidamli [60].  
        Tunberg zirki-Berberis thunbergia D.C .  Balandligi 3 mertgacha bo’lgan buta,
novdasinig   po’stlog’I   qizg’ish   qo’ng’ir,   shox-shabbasi   ingichka.   Asosan   aprel
oyida   barg   chiqarishi   bilan   birgalikda   gullaydi.   Tiniq   qizil   rangdagi   mevalari
mavjud   bo’lib   barqlari   to’q   qizil   rangda   bo’ladi   va   juda   xushmanzara   buta
xisoblanadi.   Ildizidan   bachkilaydi,   soyag   ava   qurg’oqchilikka   chidamli.   Tunberg
zirki  MDH  ning Rossiyaning  janubidagi  viloyatlarda, Yevropa qismida, Qirim  va
kavkazning   tog’li   hududlarida   juda   keng   tarqalgan.   Respublikamizga
ko’kalamzorlashtirish   maqsadlarida   intoduksiya   qilingan.   Markaziy   Osiyoda
hududlarida   tunberg     zirk   turlaridan   tashqari   qashgar   zirki   (Berberis   kaschgarica
Rupr.,  illi   zirki   (Berberis   ilensis   M.   Pop.),  (Berberis   turcomanica   Rupr.)   turkman
zirki tabiiy holda tarqalgan.
                Osmantus-Osmanthus   heterophyllus.   Zaytundoshlar   (Oleaceae)   oilasining
doim yashil bargli o’simligi. Tabiatda balandligi 2 m dan 8 m gacha bo’lgan buta
yoki kichik daraxt  shaklida uchraydi. Osiyoning tropik mintaqalarida, Kavkazdan
Yaponiyagacha   keng   tarqalgan   bo’lib   36   turni   o’z   ichiga   oladi.   Barglari   zich
55  
  joylashgan yaltiroq to’q yashil rangli, uning qirralari o’tkir ignalar bilan o’ralgan,
barg   chetlari   sariq   naqishli   poyada   ketma-ket   joylashgan.   Osmatus   Xitoyda   bir
necha   ming   yillardan   beri   malum   bo’lib,   ajoyib   hushbo’yligi   va   go’zalligi   uchun
qadirlanadi.   Xitoyda   osmatus   “kinmohusi”   deb   ataladi   va   eng   sevimli   o’simlik
xisoblanadi.
                Radubbargli  magoniya-Mahonia aquifolium Nutt . Past  bo’yli yerga yotib
o’suvchi   buta   bo’ib,   barglari   qattiq   va   yaltiroq   po’sti   qalin   bo’lib   to’q   yashil
rangda, bargchalari  o’tkir  tishchali. U may oyida gullaydi, gullari tilla rang sariq,
yig’ilib   shingilcha   hosil   qiladi.   Rezavor   mevasi   seraet,   qoramtir,   havo   rang,
yumaloq   shakilda   bo’lib   diametiri   8   mm   gacha,   ular   kuzda   yetiladi.   Urug’   olish
uchun mevasini asosan avgust oylarida yig’ish kerak bo’ladi [57].
              Xonaki   nandina-Nandina   domestica.   Ziradoshlar-Berberidaceae   oilasiga
mansub   monotipik   tur   xisoblanadi.   Yagona   vakili   Nandina   domestica.   Nandina
muhit sharoitiga qarab 5-6 m gacha o’sishi mumkin bo’lgan doimiy yashil daraxt.
Ko’pincha   buta   ko’rinishida   uchraydi,   barglari   bambuk   barglarini   eslatadi.
Bahorda   yosh   barglari   biroz   pushti   rangga   kiradi,   yozga   kelib   ular   yorqin   yashil
rangga   aylanadi   va   kuzga   yaqinroq   binafsha   rangga   aylanadi.   Shuning   uchun   bir
xil   o’simlik   turli   rangdagi   barglarga   ega   bo’lishi   mumkin.   Yozning   boshlarida
butada katta shingil to’pgullar (panikulalar) paydo bo’ladi, har birining uzunligi 25
sm   gacha   ko’plab   mayda   oq   gullardan   iborat   va   barglaridan   biroz   balandga
ko’tarilib turadi. Kuzning boshiga kelib, gullardan yashil rezavor mevachalar hosil
bo’ladi,   ular   pishib   yorqin   qizil   yoki   oq   rangga   aylanadi.   Bu   tur   doimiy   yashil
o’simlik ammo 
-10 o  
C   va   undan   past   muhit   sharoitida   barglarini   to’kadi   va   bahorda   yana   o’sa
boshlaydi.   Bizning   iqlim   sharoitimizda   uni   tuvaklarda   (o’stirish)   yetishtirish
tavsiya   etiladi   chunki   bu   o’simlik   sovuqqa   chidamsiz,   Nandina   turli   xil   iqlim
sharoitlariga   moslashadi   va   o’simlikning   barcha   qismi   zharli   xisoblanadi.   Bu
o’simlik uchun qulay harorat 7 o 
C dan 13 o 
C xisoblanadi.
56  
        Yapon normushki- Euonymus japonicus “Aureopictus ”.  Celastraceae oilasiga
mansub mashhur doimiy yashil buta bo’lib, odatda o’zining jozibali barglari uchun
yetishtiriladi.   Vatani Xitoy, Yaponiya, Koreya. O’simlikning balandligi 6 m gacha
yetishi   mumkin.   Euonymus   japonicus   “Aureopictus”   ning   eng   yorqin   xususiyat
uning   rang-barang   barglaridadir.   Yaltiroq,   quyuq   yashil   barglari   keng   sariq
hoshiyaga ega, butun yil davimida o’z rangini yaxshi saqlab turadi. Kuzda barglari
o’z   rangini   o’zgartirib   qizg’ish   rangga   ega   bo’ladi.   Bahor   oxiri   yoki   yozning
boshida   Euonymus   japonicus   “Aureopictus”   shingil   ko’rinishidagi   yashil-oq
gullarni hosil qiladi [60]. 
              Yapon   normushki   qizil   rangli   rezavor   mevalarga   ega   hamda   yetilgan
mevasining   ko’sakchalari   yorilib,   ichidan   novvotrangli   qobiqli   urug’lari   osilib
turadi.   Bu   o’simlikni   urug’idan   hamda   qalamchalari   orqali   ham   ko’paytirish
mumkin   xisoblanadi.   Bu   tur   qurg’oqchilikka   hamda   sovuqqa   chidamli.   Yog’ochi
sarg’ish   qattiq   bo’ladi.   Uni   joylarni   ko’kalamzorlashtirish   maqsadida   hiyobonlar,
shahar parklariga, ko’chalar atrofiga ekish tavsiya qilinadi [59].
           Fotiniya- Photinia serratifolia .  Rosaceae oilasiga mansub, doim yashil buta
yoki   daraxt   xisoblanib   dengiz   sathidan   2500   m   gacha   balandlikda   joylashgan.
Markaziy   va   janubiy   Xitoy,   Tayvan,   Yaponiya,   Filippin,   Indoneziya   va
Hindistonnig aralash o’rmonlarida uchraydi.Photinia serratifolianing balandligi 4-6
m ni ba’za 12 m ni tashkil etadi. Uning barglarida siyanogen glikozidlar mavjudligi
sababli   zaharli   hisoblanadi.   Gullari   ikki   jinsli   gultojbarglari   besh   bo’lakli,  shingil
to’pgulda joylashgan. Gullash fazasi mart oyining ohiridan boshlanib bir haftadan
ikki   haftagacha   davom   etadi.   Gullari   ajoyib   hidga   ega   bolganligi   sababli   atir   upa
sanoatida   keng   foydalaniladi.   Uning   qizil   rezavor   mevalari   kuzda   pishib   yetiladi,
har bir rezavor mevaning ichida 5 tadan urug’i bo’ladi. Urug’lari  zaharli, qushlar
uchun   qishki   ozuqa   xisoblanadi   va   asosiy   tarqatuvchisi   qushlar   xisoblanadi.
Yorug’sevar   o’simlik,   qurg’oqchilikka   va   sovuqqa   chidamli   shu   sababli
ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga keng ko’lamda ekiladi [59].
57  
                  O’rmon   uzumi   yoki   yovvoyi   uzum-Vitis   vinifera   L.   Bu   tur   Rassiyaning
Kavkazda,   Markaziy   Osiyoda,   G’arbiy   Yevropada   Yevropa   qismida,   G’arbiy
Yevropada   va Shimoliy Eronda tabbiy holda ko’p tarqalgan xisoblanadi. Barglari
tuxumsimon, yumaloq, 5-9 sm uzunlikda 3- 5 panjali bo’ladi. Mevalari oq g’uborli,
qora,   oq   Pushti,   ayrim   hollarda   Shirin   tamli   mevalariga   ega.   O’rmon   uzumi
qurg’oqchikikga va sovuqqa o’ta chidamlixisoblanadi. O’rmon uzumi, uzumining
madaniy   navlari   bilan   osongina   chatishadi   hamda   yangi   duragaylarni   yuzaga
keladi.   Bu   tur   hozirgi   kundagi   uzumning   madaniy   navlarinii   yovvoyi   ajdodi
xisoblanadi. Yurtimizda manzarali o’simlik sifatida juda keng foydalaniladi.  
                  Ispan   dropi-   Spartium   junceum .   Balandligi   2-3   (5)   m   gacha   bo’lgan   tez
o’sadiga   buta,   juda   fotofil   va   qurg’oqchilikka   chidamli.   O’q   ildiz   tizimiga   ega.
Yosh   novdalari   uchinchi   yili   jigarrangga   aylanadi.   Barglari   qiyshiq   yoki
chiziqsimon, uzunligi 1-2,5 sm, ko’k-yashil, siyrak tukli yoki deyarli tuksiz, qattiq
yoki   egiluvchan.   Gullari   yorqin   sariq,   xushb’y,   uzunligi   taxminan   2,5   sm   bo’lib,
shoxlarining   uchida   joylashgan.   Efir   moylarini   olish   uchun   ishlatiladi.   May-iyun
oylarida   ba’zan   yana   oktabrda   gullaydi.   Mevasi   chiziqsimin   loviya,   momiq,
uzunligi   5-10   sm,   ko’p   urug’li,   urug’lari   jigarramg.   Urug’idan   yaxshi   ko’payadi,
Kavkaz va Qirimning Qora dengiz sohillarida keng tarqalgan [59].
         Quydagi jadvalda  Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi manzarali daraxt va
butalarning taksonomik tahlili  keltirilgan.
                                                                                                                    3.4.-jadval
        Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi manzarali daraxt va butalarning
                                            taksonomik tahlili  
N o
Bo’lim Sinf Oila Turkum Tur
1 Qarag’aytoyifalar
Pinophyta
(Gymnosperms)        1      3     4   14
2 Magnoliyatoyifalar        2      23     27   41
58  
  Magnoliyophyta
(Angiosperms)
                 Imom  al-Buxoriy majmuasi  atrofida  olib borgan  tadqiqotlarimiz  natijasida
Qarag’aytoyifalar (Pinophyta) bo’limiga mansub 3 ta oila  Cupressaceae, Taxaceae,
Pinaceae , 4 ta turkumga mansub 14 turga mansub manzarali o’simliklar aniqlandi.
Eng  ko’p  tarqalgan turlar   Taxus  baccata,  Juniperus  virginiana,  Juniperus   sabina,
Picea   pungens,   Picea   excelsa,   Thuja   occidentalis ni   tashkil   etadi.
Magnoliyatoyifalar   (Magnoliyophyta)   bo’limiga   mansub   23   ta   oila,   27   turkum   va
41 ta tur mavjudligi aniqlandi. Yetakchilik qiluvchi oilalarga  Fabaceae, Oleaceae,
Rosaceae, Salicaceae, Hippocastanaceae lar kiradi. 
                           3.3.   Istiqbolli manzarali daraxt va butalarni ko’paytirish
                                     3.3.1.  Urug‘lari yordamida ko‘paytirish
Daraxt   va   butalarning   urug’lari   rivojlanish   va   pishib   yetilish   vaqtida   katta
fiziologik   aktivlik   xususiyatiga   ega   bo’ladi.   Ularning   to’qimalari   tarkiibida   juda
ko’p   miqdorda   uglevodlar   hamda   azotli   birlashmalari   mavjud   bo’lib,   meva   va
urug’ning   pishib   yetilish   vaqtida,   ularda   oqsil,   yog’   va   kraxmal   to’planib
boshlaydi.     Urug’larning   yetilish   vaqtida   uning   ozuqa   moddalarning   ko’chib
yurishi to’xtaydi, fiziologik aktivligi sekinlashadi, suvning miqdori ham kamayadi.
Urug’larni   ekishga   tayyorlashning   fizik,   kimyoviy,   fiziologik   usullari
mavjud.   Ularni   amalda   qo’llash   esa   belgilangan   urug’   turlaridagi   turg’unlik
shakliga bog’liq.
Fizik   usul -   urug’   qobig’ini   to’liq   olib   tashlash   hamda   unga   mexanik   ta’sir
ko’rsatish, turlicha termik ishlov berish va yuvishdir.
Kimyoviy   usul   –   urug’   yoki   mevalarni   kuchli   ta’sir   qiluvchi   ishqorlar,
kislotalar, va  boshqa  bir  qancha  moddalar  (stimulyatorlar, mikroelementlar)  bilan
urug’lar qobig’ining o’tkazuvchanlik xususiyatini oshirishdan iborat.
59  
  Fiziologik   usul   –   bu   urug’murtag   holatigaa   ta’sir   etishi.   Bu   usul   asosan
biologik   aktiv   diapozonda   yorug’lik,   harorat,   havo   tartibini   uzoq   muddatda
tayyorlash  hamda o’sish stimulyatorlari bilan ham ishlov berishga aqaratilgan.
Skarifikatsiya .   Manzarali   bog’dorchilikda   qattiq   qobiqli   urug’lar   ekishdan   oldin
skarifikatsiyalanadi,   konsentratsiyalangan   kislota   bilan   ishlanadi.
Skarifikatsiyalash uchun maxsus mashina – skarifikatorlar qo’llaniladi.
Urug‘larning   tayyorlashning   asosiy   usullari   quyidagilar:   Urug‘larni   termik
qayta   ishlash   o‘simliklar   turlariga   ko‘ra   50-55   0C   issiq   suvda   2   soatdan   12
soatgacha   o‘tkaziladi.   Ivitish   –   o‘simliklar   urug‘i   tez   unib   chiqishi   uchun   ularni
ekishdan oldin 1 kun davomida 20-300 li suvda ivitib qo‘yish zarur. So‘ng urug‘lar
salgina quritilib ekiladi.  Muzlatish  – urug‘lar unib chiqish davrining qisqartirish va
o‘simliklar   yashash   faoliyatini   yaxshilash   uchun   amalga   oshiriladi.   Urug‘ni
yashiklarga   joylab   o‘raladi   va   qorga   ko‘miladi,   ular   bu   holda   erta   bahorgacha
qoldiriladi. Issiq havoda qayta ishlash – urug‘qatlamlarini dorilash va isitishdir. Bu
usul urug‘larning unib chiqish energiyasini oshiradi.
Stratifikatsiya – urug‘larni bir necha oy davomida past haroratda saqlashdir.
Stratifikatsiyadan   oldin   urug‘larni   nam   qum,   torf,   yanchilgan   mo‘yna   bilan   1:3
nisbatta   aralashtiriladi.   Sirti   qattik   urug‘lar   stratifikatsiya   qilinadi.   Agar
stratifikatsiya   uchun   maxsus   xonalar   mavjud   bo‘lmasa   urug‘li   yashiklar   qorga
ko‘miladi. Kech kuzda ochiq yerga urug‘ sepish yaxshi natija beradi, bunda urug‘
strafikatsiyasiz   tabiiy   sharoitlarda   kechadi.   Meva   va   urug‘larni   yig‘ib-terib   olish.
Urug‘ni   tayyorlashni   ma‘lum   bir   muddatlarda   amalga   oshirish   zarur.   Urug‘lar
pishib yetilgandan keyin yig‘ib terib olinadi.
O‘zbekistonda   o‘sadigan   ko‘pchilik   daraxtlarda,   jumladan  kashtan   turlarida
texnik   yetuk   urug‘   (meva)   sentyabr-oktyabr   oylarida   shakllanadi.   Ularning
urug‘larini ushbu davrda tayyorlashga kirishiladi.
Urug‘larni   qayta   ishlash .   Tayyorlangan   meva   va   urug‘lar   qayta
ishlanmasdan   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   ekish   uchun   foydalanib   bo‘lmaydi.   Urug‘lari
odatda   kelgusi   yil   bahorgacha   o‘z   unuvchanligini   yo‘qotmaydi,   ammo   ularni
60  
  saqlashga   ye‘tibor   berilishi   kerak.   Urug‘lari   juda   ham   quritib   yuborilishini
ko‘tarmaydi, aks holda unuvchanligini yo‘qotadi. Ularni yengil namlangan qumda,
yerto‘la   yoki   tansheyalarda,   yashiklarda   saqlagan   ma‘qul.   Urug‘   xom-ashyosini
qayta   ishlash   va   saqlash   rejimini   belgilashda   urug‘ga   ikki   qismdan,   zarodish   va
zapas   oziq   moddalardan,   iborat   biologik   sistema   sifatida   qaralishi   zarur.   Urug‘ni
yig‘ib   terib   olinishi   davrida   ulardagi   biologik   sistema   turg‘unlik   holatida   bo‘ladi.
Bu urug‘larni  ekishga bo‘lgan davr  ichida yaxshi  saqlash  imkonini beradi. Ularni
tashishda   ham   biologik   sistema   turg‘unligi   buzilmaydigan   optimal   sharoit
yaratiladi.
Urug‘larni   ekish   chuqurligi,   meyyori   va   muddati .   O’zbekiston   sharoitida
bahorgi     urug‘larni   ekish   uchun   stratifikasiya   jarayoni   fevral   oyining   oxiri,   mart
oyi   boshlarida   tugaydi.   Bahor   faslining   iliq   ob-havo   sharoiti   boshlanishi   bilan
urug‘lar   asta-sekin   bo‘rta   boshlaydi.   Keyin   esa   maxsus   urug’larni   transheyalarda
o‘sib   ketmasligi   uchun   tezlik   bilan   pushtalarga   ekish   kerak   bo’ladi,   aks   holda
urug’larning   unuvchanligini   pasaytirib   yuborishi   ekishni   qiyinlashtirishi   mumkin.
Ob-havo   sharoitiga   qarab   yurtimiz   ko‘chatxonalarida   urug‘lar   fevral   oyining
oxiridan   aprelning     yarmigacha   davom   etadi.   Bahor   faslida   ekilgan   va
stratifikasiyani   o‘tagan   urug‘larning   unuvchanligi   yuqori   bo’ladi.   Urug’lar   o‘z
vaqtida   ekilmasa   ularni   unib   chiqish   darajasi   pasayib   ketadi.   Ko‘chatlarni   bo‘yi
ko’rsatilgan  darajadan  0,3 %  past  bo‘lsa  qayta  ekish  talab  etadi. Urug‘larni   ekish
chuqurligi   ularni   unib   chiqishiga   va     bevosita   rivojlantirishga   katta   ta‘siri
ko’rsatadi.   Urug’larni   ekish   chuqurligi   7-8   sm   (urug’larning   katta   kichikligiga
bog’liq)   bo‘lib,   keyinchalik   ustki   qismi   mulchalash   maqsadida   qipiq,   xazon,   va
poxol   bilan   yopiladi.   Chuqur   ekilgan   urug‘lar   tuproq   tarkibidagi   namlik   bilan
yaxshi ta‘minlanadi, ammo qalin tuproq qatlamidan o‘tishi qiyin bo‘ladi. Urug’lar
juda chuqur ekilganda umuman unib chiqmasligi mumkin, sayoz ekilgan urug’ esa
quruq tuproqda nobud bo‘lishi mumkin. Urug‘larning ekish chuqurligi tuproqning
tarkibiga,   ob-havo   va   ekish   muddatiga   bog‘liq.   Ekilgan   urug‘larni   barq   urib   unib
chiqishi,   ko‘chatlarni   yaxshi   o‘sishi   uchun   quyidagi   parvarish   ishlari   amalga
61  
  oshiriladi: ekilgan urug‘larni ustidan   zichlash, mulchalash,   tuproqni yumshatish,
o‘tash   va sug‘orish. Mulchalashning asosiy maqsadi shundan iboratki yer ustidagi
namlikni saqlab qolish, qatqoloq hosil bo’lmasligi uchun tuproq haroratini bir tekis
saqlab   qolish.   Mulchalashning   yana   bir   ahamiyati   begona   o‘tlarni   o‘sishiga
to’sqinlik   qiladi.   Qurg‘oqchilik   yuqori   bo’gan   rayonlarda   mulchalash   usulidan
foydalanish zarur xisoblanadi. Parvarishlash jarayonida urug‘dan ko‘chatlar paydo
bo‘lishi   bilanoq   ularga   yaxshi   sharoit   yaratib   berish   lozim   va   quyidagi   parvarish
ishlari   amalga   oshiriladi:   ildizlarini   qirqish,   oziqlantirish,   siyraklashtirish   begona
o‘tlarni   o‘tash,   soyalash,   tuproqni   yumshatish.   Manzarali   daraxtlarni   urug‘lari
yordamida ko‘paytirishda ularni har xil chuqurliklarda (2 sm, 5 sm, 9-10 sm) har
bir   manzarali   daraxt   urug’laridan   100   donadan   ekilib,   unuvchanligini
kuzatganimizda quydagi natijalarga erishildi.
                                  
3.1.-rasm    Aesculus hippocastanumni urug’idan unib chiqqan 6 oylik nihollari
 
Cercis   siliquastrum   Alba   urug’larini   2   sm,   5   sm,   9-10   sm   chuqurlikka
ekilganda   unuvchanlik   2   sm   chuqurlikda   unuvchanlik   62%,   5   sm   chuqurlikka
ekilganlarida unuvchanlik yuqori 88% gacha unganligi kuzatildi. Qolganlarida esa
biroz pastroq ekanligi kuzatildi. Tadqiqotlardan ko‘rinib turibdiki ushbu manzarali
62  
  daraxt   uchun   optimal   chuqurlik   2   sm   dan   5   sm   gacha   ekanligi   aniqlandi.   Eng
optimal chuqulik 5sm ekanligini natijalardan ko‘rishimiz mumkin.
                   
           3.2.-rasm    Cercis siliquastrum Albani  urug’lari orqali ko’paytirish
Aesculus   hippocastanum   urug‘larini     2sm,   5   sm,   9-10   sm   li   chuqurliklarga
ekildi.   2   sm   chuqurlikda   kashtan   urug‘lari   ekilganda   9   %   unuvchanlik,   5   sm   li
chuqurlikka   ekilganda   unuvchanlik   29   %,   9-10   sm   chuqurlikda   93   %,   natijaga
erishilganligi   kuzatildi.   Aesculus   hippocastanumni   urug‘lari   uchun   optimal
chuqurlik 9-10 sm ekanligi aniqlandi.
Liriodendron   tulipiphera   daraxtining   2   sm,   5   sm,   9-10   sm,   chuqurliklarga
ekkanimizda unuvchanlik unish ko‘rasatgichi 2 sm li chuqurlikka ekiganda 72% ni
tashkil  etganligini  kurishimiz  mumkin.  Qolgan  5  sm  chuqurlikda  23  %   ni   tashkil
etdi.   9-10   smli   chuquliklarda   umuman   unib   chiqmagan   natijalarni   ko‘rishimiz
mumkin.   Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   Liriodendron   tulipiphera   urug‘lari   unib
chiqishi   uchun   optimal   chuqurlik   2   smligi   aniqlandi.   Liriodendron   tulipiphera
urug‘lari   elish   muddati   kuz   oyida   amalga   oshirildi   .   Sababi   shundaki   ushbu
daraxtning   urug‘lari   unib   chiqish   muddati   yarim   yil   ya‘ni   6   oydan   1   yilgacha
muddatni   tashkil   etadi.   Bizning   tajriba   maydonchamizda   ekilgan   Liriodendron
tulipiphera   urug‘lari   6   oyda   unib   chiqdi   ya‘ni   kech   kuzda   noyabr   oyida   ekilgan
63  
  urug‘lar aprel oyida unib chiqdi uruglarni ekkandan keyin tuproq usti mo‘lchalandi
va bu yaxshi samara berdi.
                                                                                                                   3.3.-jadval.
Manzarali daraxtlarni urug’lari orqali ko’paytirish
O’simliklarn
ing nomi                   Urug’larni ekish chuqurligi (sm)
2 sm 5 sm 9-10 smEkildi	
(dona)	
Ko’kardi	
(dona)	
%	Ekildi	
(dona)	
Ko’kardi	
(dona)	
%	Ekildi	
(dona)	
Ko’kardi	
(dona)	
%
Cercis
siliquastrum
Alba. 100 62,2±6
,8 62 100 88,7±8
,4 88 100 18.5±2
,9 18
Magnolia
grandiflora
L 100 30 ,7 ± 2
,4 30 100 36,2±3
,4 36 100 16,0±2
,3 16
Liriodendro
n tulipifera 100 72,8±7
,6 72 100 23,7±2
,8 23 100   _ 0
Aesculus
hippocastan
um 100 9,5±2,
4 9 100 29,2+3
,4 29 100 93,5±8
,1 93
3.3.2. Vegetativ yo’l bilan ko’paytirish
Daraxt   va   butali   ko’chatlarni   vegetativ   usulda   ko’paytirishning   mazmuni,
alohida vegetativ bo’laklari, tanasi, ildizi va boshqa qisimlari asosida alohida yangi
yosh o’simlikni yaratishdan iborat. Vegetativ ko’paytirish urug’dan ko’paytirishda
yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. 
Qishgi   va   yozgi   yashil   qalamchalar   yordamida   o’paytirish.   O’zbekiston
o’rmon xo’jaligi ishlab chiqarishda qishgi qalamchalardan ko’paytirish ancha katta
ahamiyatga ega. Bu usul bilan ko’p daraxt turlari ko’paytirikadi.
64  
  Yashil   qalamchalardan   ko’paytirish.     Vegetativ   yo’l   bilan   ko’pautirish
usullari   orasida   yashil   qalamchalardan   ko’paytirish   katta   ahamiyatga   ega,   bu   esa
o’z   navbatida   qiyin   sharoitda   rivojlanmagan   ko’chatlarni   o’sib   rivojlanishi   uchun
yaxshi  usuldir. Manzarali  butalarni  ko’paytirishda (5-10 sm,  10-15 sm  18-20 sm)
yashil   qalamchalar   olindi.   Olingan     qalamchalar   qora   qumda   ekildi   va   quyidagi
jadvaldagi natijalar olindi.
                                                                                                                    3.4.-jadval
                                                                                        Manzarali   butalarni   qalamchalar   orqali
ko’paytirish
O’simliklarnin
g nomi          Qalamchalar o’lchami (sm)
5-10 sm 10-15 sm 18-20 smEkildi	
(dona)	
Ko’kardi	
(dona)	
%	Ekildi	
(dona)	
Ko’kardi	
(dona)	
%	Ekildi	
(dona)	
Ko’kardi	
(dona)	
%
Euonymus
japonicus
“Aureopictus” 100 56 56 100 96 96 100 44 44
Photinia
serratifolia 100 62 62 100 89 89 100 37 37
Nandina
domestica 100 42 42 100 60 60 100 25 25
Mahonia
aquifolium 100 50 50 100 82 82 100 32 32
   
      Euonymus   japonicus   “ Aureopictus ”   butasini   turli   uzunlikdagi   qalamchalarini
qora   qumda   ekkanimizda   10-15   sm   li   qalamchalarni   qora   qumda   unuvchanligi
biroz   yuqori   ekanligi   kuzatildi .   Qolganlarida   esa   unuvchanlik   past   ko ’ rsatgichni
ko ’ rsatdi .
65  
          Nandina   domesticani   qalamchalar   orqali   ko ’ paytirganimizda   5-10   sm   li
qalamchalarda   unuvchanlik   biroz   past   ya ’ ni   42   %   ni   ko ’ rsatdi ,   eng   yuqori
ko ’ rsatkichga  60 %,  qalamchalar   uzunligi  10-15  sm   bo ’ lganda   erishildi . 
 
    
    3.3.- rasm   Euonymus   japonicus   “ Aureopictus ”   ni   qalamchalari   orqali
ko ’ paytirish
66  
    
             3.4.- rasm     Photinia   serratifoliani   qalamchalar   orqali   ko ’ paytirish
        Mahonia   aquifolium   hamda   Photinia   serratifoliani   10-15  sm   qilib   tayyorlangan
qalamchalarini   qora   qumga   ekilganda   eng   yuqori   ko ’ rsatgich   82-89   %   natijaga
erishildi .   Shunday   qilib   tajriba   davomida   manzarali   butalarni   vegetativ
( qalamchalar )   orqali   ko ’ paytirganimizda   tajriba   obyekti   sifatida   olingan   Nandina
domestica   Photinia   fraseri ,   Euonymus   japonicus   “ Aureopictus ”,   Photinia
serratifoliya   kabi   butalarni   qalamchalarini   qora   qumda   unuvchanligini   yuqori
ekanligini   ko ’ rishimiz   mumkin .
67  
                                       XULOSA
1. Imom  al-Buxoriy majmuasi  hududida manzaralilik xususiyatiga  ko‘ra bargi  va
shoxshabbasi   bilan   shaxar   chiroyiga   ko‘rk   qo‘shib   turgan   dekarativ   ochiq   va
yopiq   urug‘li   daraxtlar   hamda   butalar   manzarali   daraxt   va   butalarning   asosiy
qismini   tashkil   etishi   aniqlandi.   Bundan   tashqari   Imom   al-Buxoriy   majmuasi
hududi   bioekologiyasida   Platanus   orientalis,   Pinus   palassiana,   Pinus   eldarica,
Albitsiya   va   Aesculus   hippocastanum   Cercis   siliquastrum   Alba   kabi   turlar
muhim o‘rin tutishi aniqlandi.
2. Xozirgi   kunda   Imom   al-Buxoriy   majmuasi   hududida   ochiq   urug‘li   manzarali
daraxtlarning   14   ga   yaqin   turi   aniqlandi.   Ular   6   ta   turkumga   va   5   ta   oilaga
mansub.   Ulardan   Cupressaceae   va   Pinaceae   oilasiga   mansub   turlar   eng   ko‘p
uchrashi ma‘lum bo‘ldi. 
3. Yopiq   urug’li   manzarali   daraxtlardan   20   dan   ortiq   turi   aniqlandi.   Bularning
ichida 15 ta oilaga mansub bo‘lib, eng ko‘p turkum va turlarga boy oilalardan
Aceraceae,   Fabaceae,   Ulmaceae,   Platanaceae,   Magnoliaceae,   Salicaceae,
Fagaceae va boshqa oilalarga mamsubligi aniqlandi.
4. Imom   al-Buxoriy   majmuasi   hududi   sharoitida   Aesculus   hippocastanum   va
Cercis   siliquastrum   Albada   urug‘larining   unuvchanlik   darajasi   yuqori   ekanligi
yani 88-93 % ekanligi aniqlandi. 
5. Imom   al-Buxoriy   majmuasi   hududi   sharoitida   Euonymus   japonicus
“Aureopictus”  va   Photinia  serratifolialarni  qalamchalar   orqali  ko’paytirilganda
unuvchanligi yuqori ya’ni 86-89 % ekanligi aniqlandi.
 
68  
                                               TAVSIYALAR 
1. Malakaviy bitiruv ishda keltirilgan ma‘lumotlardan Imom al-Buxoriy majmuasi
hududini obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirishda foydalanishlari mumkin. 
2.   Olingan   ma‘lumotlar   o‘rta   ta‘lim   va   oliy   o‘quv   yurtlaridagi   botanika   va
ekologiya   fani   bo‘yicha   talabalarga   Ochiq   va   Yopiq   urug‘lilar   toifasiga   mansub
manzarali   daraxt   va   butalar   to‘g‘risida   ma‘lumotlardan   manba   sifatida
foydalanishlari mumkin.
69  
             FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
1. Абдураҳмонов Л.Т. Гулчилик.  Т., 2000. 6-9 б. 
2. Былов   В.Н.,   Михайлов   Н.Л.,   Сурина   В.И.   Розы.   Итоги   интродукции.
М., «Наука», 1988. 4-7 с. 
3. Вакуленко   В.В.,   Зайцева   Е.Н.,   Клевинская   Т.М.   и   др.   Справочник
цветовода. М., «Колос», 1996. 33-36 с. 
4. Горомадин   А.   В.,   Матюхин   Д.Л.   «Дендрология»   Москва   «Академия»
2009 г. 9-11 с. 
5. Генусов   А.З.,   Горбунов   Б.В.,   Кимберг   Н.В.   Почвы   Узбекистана.   –
Ташкент. Фан, 1975. -С.66-71. 
6. Гладкий.   Н.П.   Питомник   декоративных   деревья   и   кустарников.
М.1971.С.374-376. 
7.   Горбунов   Ю.Н.,   Дзыбов   Д.С.,   Кузьмин   З.Е.,   Смирнов   И.А.
Методические   рекомендации   по   реинтродукции   редких   и   исчезающих
видов растений (для ботанических садов) Москва 2008. С.12. 90
8.   Горя   В.С.Алгоритмы   математической   обработки   результатов
исследований. - Кишинев. Штиинца, 1978. - С.23. 
9. Грацианский А.Н. Природа Средиземноморья. –М.: Изд. Мысль. 1971.-
С.149-169. 
10.  Гроздова З. Занимательная дендрология. М.1991. С. 208. 
11.   Досахметов   А.О.,   Хошимов   К.Х.   «Методический   указания   по
озеленению населенных мест» Ташкент, 1993. 22-23 с. 
12.   Абуталипов   М.Г.   Влияние   микроелементов   на   протсесс   фотосентеза
растений. Киев: Наукова думка, 1959. С. 57. 
13.  Джананбекова А.Т. Цветоводство (Текст лекций) Т., 2000. 23-25 с. 
14.   Елизарьева   о.   А.   Эколого-биологические   особенности   эндемика
южного   урала   oxytropis   gmeliniifisch.   ex   boriss.   (fabaceae)   в   условиях
интродукции Уфа– 2009.С.12. 
70  
  15. Ёзиев   Л.Х.   Интродукция   лагестремии   индийской   в   условиях   южного
Узбекистана   Интродуксия   и   акклиматизайия   растений.   Вып   27.   Т
―Фан  1996. С.40-52. ‖
16.   Ёзиев   Л.Х.   Интродуксия   болотного   кипариса   и   метасеквойи   в
Узбекистане Т:.2002 С.47. 
17.  Зайцев Г.Н. «Фенология древесных растений» М.: Наука, 1981. С.52 
18.   Карпун   Ю.Н.   «Субтропическая   декоративная   дендрология»
СанкПетербург ВВМ 2010 7-18 с. 
19.   Конобеева   Г.М.   Орошаемые   и   богарные   почвы   Узбекистана   и
эволюция   их   при   освоении   и   о   культивировании.   –   Ташкент:   Меҳнат,
1988.- С.21-30. 
20.   Кузмичев   И.,   Печенисин   В.П.   «Озелененийе   городов   и   сел
Узбекистана» Ташкент, 1979 г. С.123. 
21.  Макк-Миллан Броуз Ф.Размножение растений. - М.: Мир. 1987. -192 с. 
22.   Мустафаев   С.М.   «Дикорастущие   бобовые   растения-источник
кормовых ресурсов» Наука Ленинградское отделение 1982 г. 4-6 с. 
23.   Аксенова   Н.А.,   Фролова   Л.А.   Деревья   и   кустарники   для
любительского садоводства и озеленения. М. 1997. С.54 
24.   Набиев,   Р.Ю.Казакбаев   «Определитель   декоративных   деревьев   и
кустарников Узбекистана» Ташкент.1975.С156. 91 
25.   Плотникова Л.С. «Научные основы интродукции и охраны древесных
растений Флоры СССР» Москва «Наука» 1988. С. 126. 
26.  Плохинский Н.А. Биометрия. - М.: Наука . 1970. -367 с.  
27.   Қайимов   А.Қ.,   Турок   Дж.   “Аҳоли   яшаш   жойларини
кўкаламзорлаштириш” Тошкент - 2012 107 б 
28.   Рокицкий   П.Ф.   “Биологическая   статистика”.   -   Минск:   Наука.   1973.   -
320 с. 35. Розанов А.Н. Сероземы Средней Азии. - М.: Изд. АН СССР,
1951. с.19 
29.  Русанов Ф.Н. Дендрология Узбекистана T.: 1965. С.70 
71  
  30.   Смирнов  В.С.   “Изменчивость  биологических  явлений   и  коэффициент
вариации” Журн. общ. биологии. 1971. Т.32. Вып.2. -С. 152-162. 
31.   Славкина Т.И., Подолская О.Й. «Декоративной садоводств»  Ташкент,
1987. С.16. 
32.   Усмонов   А.У.,   Кастекова   Г.С.   «Деревя   и   кустарники   Средней   Азии»
Т.: 1973 с.112-115. 
33.  Арйыбашев Д.Д. Декоративное садоводство 1941.С165. 
34.  Фирсова К.М. Семенной контроль. - М.: Колос. 1969. –С.156-265. 
35.   Флора   Узбекистана.Т.1,2,3,4,5,6.   Ташкент,1941,1953,1955,1961,1962,
42.Шалыт   М.С.   Вегетативное   размножение   и   возобновление   высших
растений   и   методы   его   изучения   //Полевая   геоботаника.   Т.   2.   -   М.,Л.:
Изд. АН СССР. 1960. -С. 163-205. 
36.   Хлонов   Ю.П.   Атлас   «деревьев   и   кустарников   Сибири»   Новосибирск
2000. С.47. 
37.   Dosaxmetov   A.O.   ―Aholi   turar   joylarini   ko‘kalamzorlashtirish   T.:‖
ToshDAU, 2000 14-15 b. 
38.   Keldiyarov   X.A.   Sulaymonov   E.S.   Samarqand   shahrining   botanik   tabiat
yodgorliklari. Samarqand-2009. 3. 22. b. 
39.   Nabiyev   M.M.   ―Botanika   atlas-lug‘ati   O‘zbeiston   ―Fan   Nashriyoti	
‖ ‖
Toshkent 1969.  С .72. 92 
40.   G ‘ aniyev   M .  Soxta   kashtan  //  J .  O ‘ zbekiston   qishloq   xo ‘ jaligi .  2008, № 3.-8
b. 48.Nematov E., Xuramov B., Muqumov I., Muqumov O`. Samarqandning
yashil qalqonlari, Samarqand-2007 yil. 117- 129 b. 
41.   Sulaymonov   E .   S   Qobulov   D .,   Muqumov   X .   ,, Shahrimizning   yashil
qalqonlari ‘‘  Toshkent   O ` zbekiston   Fan   nashriyoti  1982- yi . l  3. 36  b . 
42.     Баженов   Ю.,   А.   Лысиков,   А.   Сапелин   «Декоративные   деревья   и
кустарники» Москва «Фитон+», 2011. 10-22 с. 
43.   Ҳамидов   A .,   М.   Набиев,   Т.   Одилов   «Ўзбекистон   ўсимликлари
аниқагичи» Т.: Ўқитувчи 1987.14-72 б. 
72  
  44.   Ҳайдаров Қ. Ҳ., Ҳожиматов Қ. Ҳ. Ўзбекистон ўсимликлари. Тошкент.
Ўқитувчи, 1995. 207 б. 
45.   Xonazarov   A.A.   O‘zbekistonda   O‘rmonzorlar   barpo   qilish   asoslari.
Toshkent 2002, 42 b. 
46.   Xonazarov   A.A.   va   boshqalar.   O‘zbekiston   hududini
ko‘kalamzorlashtirishda   foydalaniladigan   asosiy   manzarali   daraxtlar   va
butalar.   T.:   2008,   124   b.                       54.Xonazarov   A.A.   O‘rmonshunoslik.
Toshkent. 2000. 95 b. 
47.  X о nazarov A.A. O‘rmonchilik, T.: 1999. 45 b. 
48.   Xonazarov A.A.O‘rmonchilar uchun qo‘llanma. Toshkent ―mehnat, 1992.
130b. 
49.   A.Q.Qayimov. Aholi yashash joylarini ko'kalarnzorlashtirish. -T .: «Fan va
texnologiya», 2012, 204 bet.
50.   Бобохўжаев   И . И .,   Узоқов   П . У .   Тупроқшунослик .   -   Тошкент .   Меҳнат ,
1995.- 25-28 b. 
51.   E.Berdiyev,   Sh.Gulamxodjayeva   ―Manzarali   daraxtlarni   ko‘paytirish‖
O‘quv qo‘llanma. Toshkent- 2020. 
52.   Бўриев   Ҳ . Ч .,   Абдураҳмонов   Л . А .,   Джананбекова   А . Т .   Гулчилик .   Т .,
« Меҳнат », 1999. 10-13  б . 
In т ernet-resurslar 
53. http://www.ziyonet .uz. 
54.  http://www. Faostat.fao.org. 
55.   http://www.wikipedia.ru    .   
56.     http://www.biolody.magaz.us.ru    .   
57.     http://www.bio.msu.ru    .   
58.     http://www.libs.ru/       
59.     http://www.iworld.ru    .   
60.   http://autowomen.r
73

IMOM AL-BUXORIY MAJMUASI ATROFIDAGI MANZARALI DARAXT VA BUTALAR MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………………..3 I-BOB. ADABIYOTLAR SHARHI 1- Manzarali d araxt va buta o’simliklarining o’rganilish tari xi va O’zbekistonda dastlabki introduksiya ishlari bo’yicha ma’lumotlar …………………………….....7 1.2. Mamlakatimizda landshaft dizayni hamda ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan tadbirlar …………………………………………………………………………....12 1.3. Imom al-Buxoriy majmuasining geografik joylashuvi…………………..........16 II-BOB. TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTLARI, USLUBLARI 2.1. Tadqiqot sharoitlari…………………………………………………….……..19 2.2. Tadqiqot obyektlari…………………………………………………….……..22 2.3. Tadqiqot uslublari…………………………………………………………….30 III-BOB. TADQIQOT NATIJALARI 3.1. Imom al- Buxoriy majmuasi atrofidagi manzarali daraxtlarning ro’yxati va taksonomik tahlili ……………………………………...………………………….32 3.2. Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi manzarali butalarning ro’yxati va taksonomik taxlili …………………………………………………………………53 3.3. Istiqbolli manzarali daraxt va butalarni ko’paytirish…………………………59 3.3.1. Urug‘lari yordamida ko‘paytirish .……………………...…………………...59 3.3.2. Qalamchalar yordamida ko’paytirish……………………………………….63 XULOSALAR …………………………………………………...…………..…...68 TAVSIYALAR ……………………………………………………..…………….69 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………..………….70 ILOVALAR ……………………………………………………………………… 1

KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Keyingi yillarda shahrimizni ko’kalamzorlashtirish so’lim bog’ va hiyobonlarni barpo etish maqsadida chet el mamlakatlaridan keltirilgan manzarali daraxt va butalar ko’plab ekilmoqda. Bu kabi o’simliklarni ekish orqali yilning barcha fasllarida yashil landshaftni hosil qilishga erishilmoqda. Hozirda ko’kalamzorlashtirish ishlarini olib borishda bir qancha ilmiy tashkilotlar, nihol o’stiriladigan ko’chatxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ko’kalamzorlashtirishda qo’llaniladigan manzarali daraxt va butalar turlarini kengaytirish, o’lkamiz sharoitlariga moslasha oladigan nav va shakllarini izlab topish, ilmiy darajada asoslangan texnologiya bo’yicha tadbiq etish – bugungi kunning dolzarb masalalaridan sanaladi. Ko’kalamzorlashtirish sohasi oldidagi vazifalarni yechishda, avvalo, o’simlik turlarini ko’paytirishda va ko’chatxonalarda yetishtiriladigan mahsulotlar (o’simliklar, ko’chatlar) sifatini yaxshilashda hozirda mavjud bo’lgan o’simliklarning boy dendrologik fondidan foydalanish muhim ahamiyatga ega [33]. Samarqand viloyatida joylashgan qadimiy memoriy yodgorliklardan biri, Islom olamida juda katta hurmat bilan tilga olinadigan Imom al- Buxoriy qabirlari joylashgan ziyoratgohdir. Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu ziyoratgoh va ziyoratgoh atrofida qaytadan rekonstruksiy ishlari olib borildi va obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Majmua atrofidagi mavjud manzarali daraxt va butalarni hamda introduksiya qilingan o’simliklarning keyingi istiqbolini belgilash uchun ushbu turlarni biologik xususiyatlarini aniqlash va ko‘paytirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi [22,23]. Tadqiqot obyekti va predmeti . Tadqiqot obyekti sifatida Imom al-Buxoriy majmuasi uchun introduksiya qilingan istiqbolli manzarali xususiyatlarga ega 2

bo‘lgan daraxtlardan Cercis siliquastrum Alba, Aesculus hippocastanum, Liriodendron tulipifera, Magnolia grandiflora, manzarali xususiyatga ega bo’lgan Photinia serratifoliya, Nandina domestica, Mahoniya aquifolium , Euonymus japonicus “Aureopictus” kabi butalar olindi va ular ustida tadqiqotlar olib borildi. Mavzuning predmeti tariqasida manzarali daraxt va butalarning biologik xususiyatlarini o`rganishga qaratilgan. O`simliklarni urug‘lari va qalamchalar yordamida ko‘paytirish, o‘sish va rivojlanishini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotlar dala sharoitida olib borildi. Tadqiqot maqsadi: Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi istiqbolli manzarali daraxt va butalarnining taksonomik tahlili va ayrim turlarining biologik xususiyatlarini o‘rganish. Tadqiqot vazifalari: - Imom al-Buxoriy majmuasi atrofida o‘sadigan manzarali daraxt va butalar to‘g‘risida adabiyotlar ma‘lumotlari asosida materiallarini yig‘ish va tahlil qilish; - Imom al-Buxoriy majmuasi atrofida o‘sadigan manzarali daraxt va butalarning ro‘yxatini tuzish; - istiqbolli manzarali daraxt va butalarni taksonomik tahlil qilish; - istiqbolli manzarali daraxt va butalarni urug‘laridan dala sharoitida ko‘paytirish; - manzarali daraxt va butalarni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi doimiy manzarali va introduksiya qilingan manzarali daraxt va buta turlari aniqlandi. Aniqlangan turlarning biologik xususiyatlari (o’sishi, mavsumiy rivojlanishi, ko‘payishi va urug’ hosil qilishi) hamda tashqi muhit faktorlariga munosabatlari o’rganildi, ko’paytirish va parvarishlashning samarali usullari bo’yicha tavsiyalar berish yangilik sifatida ko‘zda tutilgan. Imom al-Buxoriy majmuasi atrofida o‘sayotgan manzarali daraxtlar va butalarning biologik xususiyatlari o‘rganildi. Birinchi bor Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi , Liriodendron tulipifera, Cercis siliquastrum, Magnolia grandiflora , Aesculus hippocastanum, kabi daraxtlarning 3

hamda Photinia serratifoliya , Nandina domestica, Mahoniya aquifolium, Euonymus japonicus “Aureopictus” kabi butalar ning biologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi manzarali daraxt va butalarni biologik xususiyatlarga oid masalalar ko‘rib chiqildi va umum tabiiy qonuniyatlarga asoslangan muhitga adaptiv moslashishi kabi fikrlar majmuasi etirof etildi. Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili. O’ zbekistonda daraxt va buta o’simliklarini chuqur o’rgangan va dendrologiya fanini rivojlanishiga hakka xissa qo’shgan yirik olimlardan F.N. Rusanov, N.T. Slavkina, A.U. Usmonov, G.P. kabi olimlarni sanab o’tishimiz mumkin. Daraxt va butalarning O’zbekistondagi tog’, cho’l hamda sug’oriladigan mintaqalaridagi tuproqlarni suv va shamol eroziyasidan himoya qilishdagi rolini professor M.B.Doshchanov, A.U. Usmonov, A.K.Qayimovlar o’z ilmiy ishlarida bayon etishgan. Samarqand viloyatida 1117 tur yuksak o’simliklar bo’lib, ular 320 turkum va 70 oilaga mansubdir (Флора Узбекистана T.I - IV, 1941-1962; Закиров 1955, 1961; Опредилитель растений Средный Азии. T. I - X, 1968-1993). O’zR FA Botanika instituti ilmiy xodimlarining ko’p yillik ilmiy izlanishlari natijasida Samarqand viloyati hududida yuksak o’simliklarning 95 oila, 573 turkum va 1987 turdan iborat ekanligi aniqlandi. Tadqiqotda qo’llaniladigan metodikaning tavsifi: Ilmiy izlanishlarni bajarishda asosan, Urug‘larni ko‘paytirish K.M.Firsova, o‘simlikning vegetativ ko‘payishi qalamchalar uslubi bilan Шалыт М.С. [42 ], F.Mak-Millan Brouz [28]. qo‘llanmalari asosida bajarildi. T adqiqotlar natijasida olingan ma lumotlarʼ Microsoft Excel programmasida G.F. Lakin statistik uslubiga asoslangan holda [9; 78-b.] qayta ishlandi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati : Manzarali daraxt va butalar shahar, va hiyobonlar hamda tarixiy maskanlar ko‘rkiga-chiroy bag‘ishlaydi. Shuningdek landshaft dizayni hamda manzarali bog‘dorchilik uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Cercis siliquastrum, Aesculus hippocastanum, 4

Liriodendron tulipifera, Magnolia grandiflora, kabi bargi va guli jozibador bo‘lgan va barglari chiroyli, keng barg sathiga ega bo’lgan, soya beradigan daraxtlarni ko‘cha va xiyobonlarga ekish ko‘paytirish zarurdir. Xiyobonlar, gulzorlar insonlarga estetik zavq beribgina qolmasdan, ularni maroqli dam olish hamda asab tizimini tinchlantirishda ham alohida ahamiyatga ega. Havoni O 2 gazi bilan boyitib, namlantirib turadi. Daraxtlar qurilish, texnik va kimyoviy maxsulotlar manbayi ham hisoblanadi. Aholi maskanlarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish mikroiqlimni bir muncha yaxshilaydi. Havoni tozalaydi, soya hosil qiladi, qum va chang bo’ronlarini oldini oladi, shamoldan ximoya qiladi. Daraxt hamda butalardan ajratadigan efir moylari kasallik chaqiruvchi mikroorganizmni zararsizlantirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari daraxtlar ayrim foydali tirik jonzotlar uchun ham boshpana vazifasini o‘taydi. Ishning aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari quyidagi ilmiy konferensiyalarda va anjumanlarda muhokama qilindi. 1. Nashr:Международный научный журнал “ Вестник науки ”. “Кустарники в окрестности мемориального комплекса Имама аль-Бухари (Самаркандская обл., Узбекистан)”. “Выпуск № (46). Т.4. -Тольятти. 2022”. Muallifdoshlar: Мукумов.И.У, Хамракулов Ш.С. 2. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti ilmiy jurnali “Imom al-Buxoriy majmuasi hududida ekilgan istiqbolli manzarali daraxtlar”. Muallifdoshlar: Ochilov U, Haydarov X. (nashrda 2023-yil) 3. “Biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya to’plami (Samarqand, 2023 yil 5 may). Ish tuzilmasining tavsifi: M agistrlik dissertatsiya ishi 73 betdan iborat bo’lib, kirish, adabiyotlar sharhi, asosiy qism tadqiqot sharoitlari, obyekti, uslublari va tadqiqot natijalari, xulosalar, tavsiyalar, adabiyotlar ro’yxatidan va 6 ta jadval, 10 ta rasmlardan iborat. Dissertatsiyada 63 ta adabiyotlardan va internet manbalaridan foydalanilgan. 5