logo

Massa almashinish qurilmalari – absorber, adsorber, kalonali qurilmalarni hisoblash va loyihalash.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1221.5 KB
  
Mavzu:   Massa   almashinish   qurilmalari   –
absorber,   adsorber,   kalonali   qurilmalarni
hisoblash va loyihalash .
Reja:
1. Absorbsiya
2. Umumiy tushunchalar
3. Absorberlarning sinflari 
4. Nasadkali  absorberlar 
5. Absorberlarni xisoblash
6. Adsorbsiya jarayonini tashkil etish usullari
7. Ekstraksiyalash haqida
8. Ekstraksiyalashning asosiy usullari
9. Ekstraktorlarning tuzilishi Adsorbsiya
     Umumiy tushunchalar
Gaz   aralashmalari   gaz   yoki   bug‘larni   yoki
eritmalarda   erigan   moddalarni   qattiq,   g‘ovaksimon   jism
yordamida   yutish   jarayoni   adsorbsiya   deb   nomlanadi.
Yutilayotgan   modda   adsorbtiv ,   yutuvchi   modda   esa
adsorbent deb ataladi.
Adsorbsiya   jarayonining   o‘ziga   xosligi   shundaki,   u
selektiv va qaytar jarayondir.  arayonning qaytar bo‘shligi
tufayli   adsorbent   yordamida   bug‘-gaz   aralashmalaridan
bir   yoki   bir   necha   komponentlarni   yutish,   so‘ng   esa
maxsus   sharoitda   ularni   adsorbentdan   ajratib   olish
mumkin.
Adsorbsiyaga   teskari   jarayon   desorbsiya   deb
nomlanadi.   Adsorbsiya   jarayoni   xalq   xo‘jaligining   turli
sohalarida   keng   tarqalgan   bo‘lib,   gazlarni   tozalash   va
qisman   quritish,   eritmalarni   tozalash   hamda   tindirish,
bug‘-gaz aralashmalarini ajratish uchun ishlatiladi.
Kimyo sanoatida adsorbsiya quyidagi hollarda: gazlar va
eritmalarni   tozalash   hamda   quritishda,   eritmalardan
qimmatbaho   moddalarni   ajratib   olishda,   neft   va   neft
mahsulotlarini   tozalashda,   neftni   qayta   ishlashda   hosil
bo‘ladigan   gaz   aralashmalaridan   aromatic
uglevodorodlarni (etilen, vodorod, benzin fraksiyalaridan
aromatic   uglevodorodlarni)   ajratib   olishda   ishlatiladi.
Adsorbsiya jarayoni 2 xil bo‘ladi, ya’ni fizik va kimyoviy
adsorbsiya. Agar adsorbent va adsorbtiv molekulalarining
o‘zaro   tortishishi   Van-der-Vaals   kuchlari   ta’siri   ostida
sodir   bo‘lsa   bunday   jarayon   fizik   adsorbsiya   deb
nomlanadi.
Fizik   adsorbsiya   jarayonida   adsorbent   va
adsorbtivlar o‘rtasida kimyoviy o‘zaro ta’siri bo‘lmaydi.
Adsorbsiya   jarayonida   bug‘larning   yutilishi   paytida   ular kondensatsiyalanadi,   ya’ni   adsorbent   kovaklari   suyuqlik
bilan   to‘lib   qoladi.   Boshqacha   aytganda,   adsorbentda
karillyar kondensatsiya ro‘y beradi.
Kimyoviy   adsorbsiya   yoki   xemosorbsiya   adsorbent   va
yutilgan   modda   molekulalari   orasida   kimyoviy   bog‘lar
hosil  bo‘lishi   bilan  xarakterlanadi.   Bu,  albatta,  kimyoviy
reaksiyaning   natijasidir.   Bundan   tashqari   xemosorbsiya
jarayonida   kimyoviy   reaksiya   tufayli   katta   miqdorda
issiqlik ajralib chiqadi.
Adsorbsiya   jarayonining   selektivligi   adsorbent
yutilayotgan   komponentning   konsentratsiyasiga,
haroratga,   tabiatiga   va   gazlar   yutilayotganda   bosimga
bog‘liqdir.   Bundan   tashqari   jarayon   tezligi
adsorbentlarning   solishtirma   yuza   kattaligiga   ham
bog‘liq.
                         Adsorbentlar turlari va xususiyatlari
Ma’lumki,   xalq   xo‘jaligining   turli   sohalarida
qo‘llaniladigan adsorbentlar iloji boricha katta solishtirma
yuzaga   ega   bo‘lishi   kerak.   Kimyo,   neft   va   gazni   qayta
ishlash   hamda   boshqa   sanoatlarda   faollangan   ko‘mir,
silikagel,   seolit,   sellyuloza,   ionitlar,   mineral   tuproq
(bentonit,   diatomit,   kaolin)   va   boshqa   materiallar
adsorbent   sifatida   ishlatiladi.   Albatta,   adsorbentlar
mahsulot  bilan  bevosita   ta’sirda  bo‘lgani  uchun  zararsiz,
mustahkam, zaharsiz va mahsulotni iflos qilmasligi kerak.
Adsorbentlar   moddaning   massa   birligiga   nisbatan   juda
kata   solishtirma   yuzali   bo‘ladi.   Uning   karillyar   kanallari
o‘lchamiga   qarab   3   guruhga   bo‘linadi,   ya’ni
makrog‘ovakli (> 2·10-4 mm),
oraliq   g‘ovakli   (6·10-6 ј 2·10-4   mm)   va   mikrog‘ovakli
(2·10-6 ј 6·10-6   mm)   bo‘ladi.   Shuni   ta’kidlash   kerakki,
adsorbsiya jarayonining xarakteri ko‘p jihatdan g‘ovaklar
o‘lchamiga   bog‘liq.   Adsorbent   yuzasida   yutilayotgan komponent   molekulalarining   miqdoriga   qarab   bir
molekulali   (monomolekulali   adsorbsiya)   va   ko‘p
molekulali   qatlam   (polimolekulali   adsorbsiya)   hosil
qilishi mumkin.
Adsorbentlarning yana bir muhim xususiyati shundaki, bu
uning yutish qobiliyati yoki faolligidir. Adsorbent faolligi
uning   birlik   massasi   yoki   hajmida   komponent   yutish
miqdori   bilan   belgilanadi.   Yutish   qobiliyati   2   xil,   ya’ni
statik   va   dinamik   bo‘ladi.   Adsorbentning   statik   yutish
qobiliyati  massa   yoki  hajm   birligida  maksimal   miqdorda
modda yutishi bilan belgilanadi.
Dinamik   yutish   qobiliyati   esa   adsorbent   orqali   adsorbtiv
o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.
Adsorbentlarning   komponent   yutish   qobiliyati   harorat,
bosim va yutilayotgan modda konsentratsiyasiga bog‘liq.
Ushbu   sharoitlarda   adsorbentning   maksimal   yutish
qobiliyati muvozanat faolligi deb nomlanadi.
Adsorbentlar   zichligi,   ekvivalent   diametri,
mustahkamligi,granulometrik   tarkibi,   solishtirma   yuza
kabi   xossalari   bilan   xarakterlanadi.   Sanoatda   ko‘rincha
granula (2 ј 7 mm)
ko‘rinishidagi   yoki   o‘lchamlari   50 ј 200   mkm   bo‘lgan
kukunsimon adsorbentlardan foydalaniladi.
Faollangan ko‘mirlar,  odatda, tarkibida uglerod bo‘lgan
yog‘och,   torf,   hayvonlar   suyagi,   toshko‘mir   kabi
mahsulotlarni   quruq   haydash   yo‘li   bilan   olinadi.   Ko‘mir
faolligini oshirish
uchun   unga   900°C   dan   ortiq   haroratda   havosiz   termik
ishlov   beriladi.   Bunda   material   g‘ovaklaridagi   smolalar
ekstragent yordamida ekstraksiya qilib olinadi.
Faollangan   ko‘mirlarning   solishtirma   yuzasi   –   600 ј 1750
m2
/   g. To‘kma zichligi – 250 ј 450 kg/m3, mikrog‘ovaklar
hajmi   –0,23...0,7sm3/g.   Bundan   tashqari   ular   tarkibida
juda   kam   miqdorda   (<8%)   kul   bo‘ladi.   Yana   shuni ta’kidlash   kerakki,   havoda   300°C   haroratda   faollangan
ko‘mir   yonadi.   Faollangan   ko‘mirning   mayda   kukunlari
200°C   ga   yaqin   haroratda   yonadi   va   konsentratsiyasi
17 ј 24   g/sm3   bo‘lganda   havo   tarkibidagi   kislorod   bilan
portlovchi birikma hosil qiladi.
Adsorbsiya   jarayonida   tozalashning   samaradorligi
adsorbentning   g‘ovaksimon   tuzilishiga   bog‘liq   bo‘lib,
bunda   mikrog‘ovak   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Faollangan
ko‘mirlar adsorbsion bo‘shlig‘ining chegaraviy hajmi 0,3
sm3/g ligi tozalash jarayonida qo‘llash tavsiya
etiladi.   Ma’lumki,   mikrog‘ovaklar   o‘lchami   katalitik
reaksiyalar   tezligini   belgilaydi.   Mikrog‘ovak   o‘lchami
0,8 ј 1,0   mkm   bo‘lgan   faollangan   ko‘mirlar   optimal   deb
hisoblanadi.
Silikagellar   –   bu     kremniy   kislota   gelining
suvsizlantirilgan   mahsulotidir.   Ushbu   adsorbentlar   natriy
silikat   eritmalariga   kislota   yoki   ular   tuzlarining
eritmalarini ta’siri natijasida olinadi.
Silikagellarning solishtirma yuzasi 400 ј 780 m2/g, to‘kma
zichligi   esa   100 ј 800   kg/m3.   Silikagel   granulalari   7mm
gacha   bo‘lishi   mumkin.   Silikagellar   asosan   suv   bug‘ini
yutish,   gazlarni   quritish   va   tozalash   uchun   qo‘llaniladi.
Bu adsorbent boshqa adsorbentlarga
qaraganda   yonmaydi,   mexanik   jihatdan   mustahkam
bo‘ladi. 
Seolitlar   –   tabiiy   va   sun’iy   mineral   holatida
bo‘lib,alyumosilikatning   suvli   birikmasi.   Ushbu
adsorbent  suvda  va organic eritmalarda erimaydi. Sun’iy
seolit g‘ovaklar o‘lchami adsorb-
siyalanayotgan   molekula   o‘lchamiga   yaqin   bo‘lgani
uchun   g‘ovaklarga   kirayotgan   molekulalarni   adsorbsiya
qila   oladi.   Bu   turdagi   seolitlar   «molekulyar   elaklar»   deb
nomlanadi.
Seolitlar   yuqori   yutish   qobiliyatiga   ega   bo‘lgani   uchun gazlar   va   suyuqliklarni   qisman   quritish   yoki
suvsizlantirish   uchun   ham   qo‘llaniladi.   Seolitlar,
ko‘rincha 2 ј 5 mm diametrli granula
ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Tuproqlar   va   tabiiy   tuproqsimon   adsorbentlar
qatoriga   bentonit,   diatomit,   gumbrin,   kaolin,   askanit,
murakkab kimyoviy tarkibli yuqori dispersistemalar SiO ,
Al O , CaO, Fe O MgO va boshqa metall oksidlari kiradi.
Tabiiy   tuproqlar   faolligini   oshirish   uchun   ular   sulfat   va
xlorid kislotalar bilan qayta ishlanadi.
Natijada   kalsiy,   magniy,   temir,   alyuminiy   va   boshqa
metal   oksidlari   chiqarib   yuborilishi   tufayli   qo‘shimcha
g‘ovaklar hosil bo‘ladi.
Bu   tuproqlar   solishtirma   yuzasi   20 ј 100   m2/g,   g‘ovaklar
o‘rtacha radiusi 3 ј 10 mkm bo‘ladi.
Kation   almashinish   sig‘imi   ortishi   bilan   tuproqlarning
tozalash   qobiliyati   ko‘payadi.   Odatda   tuproqlar   suyuqlik
muhitlarni   tozalash   uchun   ishlatiladi,   masalan,   rangli
moddalarni   qayta   ishlash   natijasida   mahsulot   oqaradi.
Shuning   uchun   ayrim   hollarda   tuproqli   adsorbentlar
oqartiruvchi tuproq deb ham ataladi.
Eritmalar   yoki   qattiq   jismlar   tarkibidan   bir   yoki   bir
necha   komponentlarni   erituvchilar   yordamida   ajratib
olish jarayoni  ekstraksiyalash  deb ataladi. Bu jarayon ikki
turga bo‘linadi: a) suyuqliklarni ekstraksiyalash; b) qattiq
materiallarni ekstraksiyalash.
Eritmalar   tarkibidan   bir   yoki   bir   necha
komponentlarni   tanlab   ta’sir   qiluvchi   erituvchilar   –
ekstragentlar   yordamida   ajratib   olish   jarayoni
suyuqliklarni   ekstraksiyalash   deb   yuritiladi.   Suyuq
aralashma   bilan   erituvchi   o‘zaro   aralashtirilganda
erituvchida   faqat   kerakli   komponentlar   yaxshi   eriydi,
qolgan   komponentlar   esa   juda   yomon   yoki   butunlay erimaydi.
Gaz   yoki   bug‘larning,   gaz   yoki   bug‘li
aralashmalardagi   komponentlarning   suyuqlikda   yutilish
jarayoni absorbsiya   deb nomlanadi. Yutilayotgan gaz
yoki bug‘  absorbtiv , yutuvchi suyuqlik esa absorbent
deb   ataladi.   Ushbu   jarayon   selektiv   va   qaytar   jarayon
bo‘lib,   gaz   yoki   bug‘   aralashmalarini   ajratish   uchun
xizmat qiladi.
Absorbtiv  va   absorbentlarning  o‘zaro  ta’siriga   qarab,
absorbsiya   jarayoni   2   ga   bo‘linadi:   fizik   absorbsiya;
kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya).
Fizik   absorbsiya   jarayonida   gazning   suyuqlik   bilan
yutilishi    paytida kimyoviy reaksiya yuz bermaydi, ya’ni
kimyoviy   birikma   yangi   modda   hosil   bo‘lmaydi.   Agar
suyuqlik   bilan   yutilayotgan   gaz   kimyoviy   reaksiyaga
kirishsa,   bunday   jarayon   xemosorbsiya   deyiladi,   ya’ni
kimyoviy absorbsiya.
Ma’lumki,   fizik   absorbsiya   ko‘rincha   qaytar   jarayon
bo‘lgani   sababli,   suyuqlikka   yutilgan   gazni   ajratib   olish
imkoni   bo‘ladi.   Bunday   jarayon   desorbsiya   deb
nomlanadi.   Absorbsiya   va   desorbsiya   jarayonlarini
uzluksiz   ravishda   tashkil   etish   yutilgan   gazni   sof   holda
ajratib   olish   va   absorbentni   ko‘p   marta   qayta   ishlatish
imkonini   beradi.   Absorbsiya   jarayoni   sanoat
korxonalarida uglevodorodli gazlarni ajratish, sulfat, azot,
xlorid   kislotalar   va   ammiakli   suvlarni   olishda,   gaz
aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish va
boshqa   hollarda   keng   miqyosda   ishlatiladi.   Absorbsiya
jarayoni   ishtirok   etadigan   texnologiyalarni   qurilmalar
bilan   jihozlash   murakkab   emas.   Shuning   uchun
kimyo,neft   va   gazni   qayta   ishlash   hamda   boshqa
sanoatlarda absorberlar ko‘p ishlatiladi. Absorbsiya jarayonini olib borish usullari
Xalq   xo‘jaligining   turli   tarmoqlarida   absorbsiya
jarayonini   tashkil   etishda   quyidagi   prinsirial   chizmalar
qo‘llaniladi:
—   parallel yo‘nalishli;
—   qarama-qarshi yo‘nalishli;
—   bir pog‘onali, qisman resirkulyatsiyali;
—   ko‘p pog‘onali, qisman resirkulyatsiyali.
16-   a   rasmda   parallel   yo‘nalishli   chizma   ko‘rsatilgan.
Bunda   gaz   oqimi   va   absorbent   parallel   (bir   xil)
yo‘nalishda  harakatlanadi. Absorberga kirishda absorbtiv
konsentratsiyasi   katta   bo‘lgan   gaz   faza,   absorbtiv
konsentratsiyasi   past   bo‘lgan   suyuq   faza   bilan
to‘qnashuvda bo‘lsa, qurilmadan chiqishda esa absorbtiv
konsentratsiyasi   kichik   bo‘lgan   gaz   faza,   absorbtiv
konsentratsiyasi   yuqori   bo‘lgan   suyuqlik   bilan
o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
16-   b   rasmda   qarama-qarshi   yo‘nalishli   chizma
ko‘rsatilgan.
16- rasm.   Absorbsiya chizmalari va jarayonni   y-
x  koordinatalarda tasvirlash:
a   –   parallel;   b   –   qarama-qarshi;   d   –   absorbent resirkulyatsiyasi bilan;
e  – absobtiv resirkulyatsiyasi bilan.
Ushbu   chizmali   absorberlarning   bir   uchida   absorbtiv
konsentratsiyasi   yuqori   gaz   va   suyuqlik   to‘qnashuvda
bo‘lsa, ikkinchi uchida esa konsentratsiyalari past fazalar
o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Qarama-qarshi   yo‘nalishli   chizmalarda   parallel
yo‘nalishliligiga   qaraganda,   absorbentdagi   absorbtiv   eng
yuqori   qiymatiga   erishsa   bo‘ladi.   Lekin   jarayonning
o‘rtacha   harakatga   keltiruvchi   kuchi   parallel
yo‘nalishliligiga   nisbatan   kam   bo‘lgani   uchun
qaramaqarshi yo‘nalishli absorberning gabarit o‘lchamlari
katta bo‘ladi.
Absorbent yoki gaz fazaning resirkulyatsiyali
chizmalari
16- d,   e   rasmlarda   keltirilgan.   Bunday   chizmalarda
absorbent ko‘p marta o‘tadi.
16- d   rasmda   absorbent   bo‘yicha   resirkulyatsiyali   chizma
keltirilgan.   Bunda   gaz   faza   absorberning   tepa   qismidan
kirib,   past   qismidan   chiqib   ketsa,   suyuq   faza   esa
qurilmadan   bir   necha   marta   qaytarib   o‘tkaziladi.
Absorbent   qurilmaning   tepa   qismiga   uzatiladi   va   gaz
fazasiga   qarama-qarshi   yo‘nalishda   harakatlanadi.   Ya’ni,
x
b   konsentratsiyali   absorbent   absorberdan   chiqayotgan
suyuq   faza   bilan   aralashishi   natijasida   uning
konsentratsiyasi x
s   ga   ko‘tariladi.   Jarayonning   ishchi
chizig‘i y-x   diagrammada   AB   to‘g‘ri   chizig‘I   bilan
ifodalanadi.   Absorbtivning   aralashtirishdan   keying
konsentratsiyasi  x
s  ni moddiy balans tenglamasidan torish
mumkin. Agar absorberga kirishdagi absorbent miqdorini
yangi absorbent miqdoriga nisbatini n   deb   belgilansa,
moddiy balans tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
Bunda:
G   ⋅  −  (
b ax )
L x
(
ax − x
b ) x − x
Ln   ⋅ ( x
ax x
c ) .
.
x
c  ax (
n 1)
b
n
Gaz fazasi  resirkulyatsiyali  absorbsiya sxemasi  16-   e
rasmda   keltirilgan.   Ishchi   chiziq   holati   A
s   (g
s ,   x
ox )   va   B
(g
ox ,   x
b )   nuqtalari   bilan   belgilanadi.   g
s   konsentratsiya
moddiy balans tenglamasidan aniqlanadi:

c   − 	

ax (
n 1)
b
n .
Absorbent   harakat   tezligi   ortishi   bilan   massa   berish
koeffitsiyenti   ko‘payadi,   bu   esa,   o‘z   navbatida,   massa
o‘tkazish   koeffitsiyentining   o‘sishiga   olib   keladi.   Qiyin
eruvchan   gazlarni   absorbsiya   qilish   paytida   absorbentni
resirkulyatsiya   qilish   usulini   qo‘llash   maqsadga
muvofiqdir.   Agar   absorbtiv   resirkulyatsiya   qilinsa,   gaz
fazasida   massa   berish   koeffitsiyenti   ko‘payadi.   Bu   usul
yaxshi   eriydigan   gazlarni   absorbsiya   qilishda   yuqori
samara beradi.
Absorberlar konstruksiyalari
Absorbsiya   jarayoni   fazalarni   ajratuvchi   yuzada
sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham suyuqlik va gaz fazalar
to‘qnashuvida bo‘ladigan absorberlar yuzasi  iloji boricha
katta bo‘lishi kerak. Massa almashinish yuzalarini tashkil
etish   va   loyihalash   bo‘yicha   absorberlar   4   guruhga
bo‘linadi:   sirtiy va  yupqa qatlamli   absorberlar;   nasadkali
absorberlar;   barbotajli   absorberlar;   purkovchi
absorberlar.
Sirtiy   absorberlarda   harakatlanayotgan   suyuqlik
ustiga   gaz   uzatiladi.   Bunday     qurilmalarda   suyuqlik
tezligi   juda   kichik   va   to‘qnashuv   yuzasi   kam   bo‘lgani
uchun bir nechta qurilma ketmaket qilib o‘rnatiladi. 17- rasm.   Sirtiy absorber:   1  – taqsimlagich;  2 –
quvur;  3  – ostona.
Suyuqlik   va   gaz   qarama-qarshi   yo‘nalishda
harakatlantiriladi. 
17-   rasmda   gorizontal   quvurlardan   tarkib   topgan   yuvilib
turuvchi   absorber   tasvirlangan.   Quvurlar   ichida   suyuqlik
oqib   o‘tsa,   unga   teskari   yo‘nalishda   gaz   harakat   qiladi.
Quvurlar ichidagi suyuqlik sathi ostona (3) yordamida bir
xil   balandlikda   ushlab   turiladi.Absorbsiya   jarayonida
hosil   bo‘layotgan   issiqlikni   ajratib   olish   uchun   quvurlar
taqsimlash moslamasi (2) dan oqib tushayotgan suv bilan
yuvilib  turadi.  Sovituvchi   suvni  bir   me’yorda  taqsimlash
uchun   tishli   taqsimlagich   (1)   qo‘llaniladi.   Bu   turdagi
absorberlar   yaxshi   eriydigan   gazlarni   yutish   uchun
ishlatiladi.  Yupqa  qatlamli  absorberlar   ixcham  va  yuqori
samaralidir.   Bu   absorberlarda   fazalarning   to‘qnashish
yuzasi   oqib   tushayotgan   suyuqlik   yupqa   qatlami
yordamida   hosil   bo‘ladi.   Yupqa   qatlamli   qurilma l ar
guruhiga   quvurli,   listasadkali,   ko‘tariladigan   qatlamli
absorberlar kiradi.
Quvurli   absorberlarda   suyuqlik   vertikal   quvurlarning
tashqi   yuzasidan   pastga   qarab   oqib   tushsa,   gaz   faza   esa
qarama-qarshi   yo‘nalishda   yuqoriga   qarab   harakatlanadi.
Qolgan   turdagi   absorberlarda   ham   fazalarning   harakat
yo‘nalishi quvurli absorberlarnikiga o‘xshashdir. Quvurli absorberlar tuzilishiga qarab qobiq-quvurli isiqlik
almashinish   qurilmasiga   o‘xshaydi.   Qurilmada   hosil
bo‘lgan issiqlikni  ajratib olish uchun quvurlar  ichiga suv
yoki boshqa
sovuq eltkich yuboriladi. 
18-   rasmda   tekis,   parallel   nasadkali   absorber
tasvirlangan.
Nasadkalar   vertikal   listlar   ko‘rinishida   bo‘lib,   absorber
hajmini   bir   nechta   seksiyaga   bo‘ladi.   Absorberga
suyuqlik   quvur   orqali   uzatiladi   va   taqsimlash   moslamasi
yordamida   nasadkaga   taqsimlanadi.   Natijada   tekis
listning ikkala tomoni ham  suyuqlik bilan yuvilib turadi.
Gaz   va   yupqa   qatlamli   suyuqliklarning   nisbiy   harakat
tezligiga   qarab,   suyuqlik   yupqa   qatlami   pastga   oqib
tushishi   yoki   gaz   oqimiga   ilakishib,   tepaga   ham
harakatlanishi   mumkin.   Agar   fazalar   oqimining   tezligi
ko‘paysa,   massa   berish   koeffitsiyentining   qiymati   va
fazalar to‘qnashish yuzasi ortadi. Bunga sabab chegaraviy
qatlamning   turbulizatsiyasi   va   unda   uyurmalar   hosil
bo‘lishidir.
  Nasadkali  absorberlar.   Turli   shaklli    qattiq  nasadkalar
bilan   to‘ldirilgan   vertikal   silindrsimon   kolonnalarning
tuzilishi sodda, ixcham va yuqori 18- rasm.  Yupqa qatlamli absorber:
samarador bo‘lgani uchun sanoatda ko‘p 1
 – quvur; 
2   –   taqsimlash   ishlatiladi.   Odatda,   nasadkalar   qatlami
moslamasi; 
19- rasm.  Nasadkali
absorber.
1 – taqsimlagich;
2 – nasadka;
3 – suyuqlikni qayta taqsimlash moslamasi;
4 – teshikli panjar 
Suyuq faza  absorberning yuqori  qismidan  taqsimlash
moslamasi (1) yordamida purkaladi va nasadka qatlamida
gaz   fazasi   bilan   o‘zaro   ta’sir   etadi.   Quril   ma   samarali
ishlashi   uchun   suyuq   faza   bir   tekisda   purkalishi   va taqsimlanishi   zarur.   Bu   turdagi   absorberlarda   nasadkalar
ham suyuqlikni bir me’yorda taqsimlashga salmoqli hissa
qo‘shadi.   Nasadkalar   quyidagi   talablarga   javob   berishi
kerak:katta   solishtirma   yuzaga   ega   bo‘lishi;   gaz   oqimiga
ko‘rsatadigan   gidravlik   qarshiligi   kichik   bo‘lishi;   ishchi
suyuqlik   bilan   yaxshi   ho‘llanilishi;   absorber   ko‘ndalang
kesim   yuzasi   bo‘ylab   suyuqlikni   bir   tekisda   taqsimlashi;
ikkala   faza   ta’siri   ostida   yemirilmaydigan;   yengil   va
arzon bo‘lishi kerak.
20-   rasmda   sanoatda   ishlatiladigan   nasadkalarning
ba’zi   bir   turlari   va   ularni   qurilmada   joylash   usullari
keltirilgan. Bu nasadkalarning   ichida eng keng tarqalgan
nasadka   –   Rashig   halqalaridir.   Undan   tashqari,   keramik
jism, koks, maydalangan kvars, polimer halqa, metall to‘r
va   panjara,   shar,   propeller   va   parrak,   egarsimon   element
va boshqa jismlar ishlatiladi. Rashig halqalari 15 Ѕ 15 Ѕ 2,5;
25 Ѕ 25 Ѕ 3;   50 Ѕ 50 Ѕ 5   mm   o‘lchamli   qilib   yasaladi.
Nasadkalarning   geometrik   xarakteristikasi   bo‘lib,
ekvivalent diametr hisoblanadi:
 4v
bx
.
d
e a
Bunda:   v
bx   –   bo‘sh   hajm,   m3
/m 3
; a   –   solishtirma   yuza,
m2
/m 3
.   Rashig   halqalarining   o‘lchamlari   kattalashishi
bilan   solishtirma   yuzasi   300;   204;   87,5   m2/m3   va   bo‘sh
hajmi 0,7; 0,74; 0,785; m3/m3 miqdorlarga teng bo‘ladi.
Nasadkali   absorberlarda   taqsimlovchi   moslama   orqali
purkalayotgan   suyuqlik   gazning   kichik   tezliklarida,
nasadka ustida 20- rasm.  Nasadka turlari:
a  – yassi parallel; 
b  – keramik fasonli va ularni joylanish usullari;
d  – betartib; 
e  – tartibli. Yupqa   qatlam   ko‘rinishida   oqadi.   Nasadkaning
ho‘llangan   yuzasi   fazalarda   to‘qnashish   yuza   vazifasini
bajaradi.   Shuning   uchun   nasadkali   absorberlarni   yupqa
qatlamli   qurilmalar   deb   qarash   mumkin.   Suyuq   faza
qurilmalar   devori   atrofida   yiqilib   qolmasligi   uchun
nasadka   bir   necha   seksiyaga   yuklanadi.   Suyuqlikni   bir
tekisda   taqsimlash   uchun   seksiyalar   orasida   qayta
taqsimlash   moslamalari   o‘rnatiladi.   Nasadkali
kolonnalarda   gaz   va   suyuqlik   qarama-qarshi   harakat
qiladi.   Nasadkalarni   tanlashda   ularning   o‘lchamlariga
katta   ahamiyat   berish   kerak.   Agar   nasadka   elementlari
qanchalik   kichik   bo‘lsa,   gidravlik   qarshilik   shunchalik
kam va gazning tezligi yuqori bo‘ladi. Bunday nasadkali
absorberlar narxi nisbatan arzon bo‘ladi.
Agar   absorber   yuqori   bosim   ostida   ishlaydigan   bo‘lsa,
kichik o‘lchamli nasadkalar ishlatiladi. Chunki bu turdagi
qurilmalarda   gidravlik   qarshilikning   ahamiyati   yo‘q.
Undan   tashqari   nasadkalarning   o‘lchami   kichik
bo‘lganda, uning solishtirma yuzasi nisbatan katta bo‘ladi
va   absorbsiya   jarayonida   bir   fazadan   ikkinchisiga
o‘tganda massa miqdori ko‘p bo‘ladi.
Absorberlarda   gazlar   yutilishi   paytida   ajralib   chiqadigan
issiqlikni   neytrallash   qiyin.   Bunday   qurilmalardagi
issiqlikni kamaytirish va nasadkalar ho‘llanishini oshirish
maqsadida   suyuqlikni   nasos   yordamida   resirkulyatsiya
qilish   zarur.   Bu   usulda   ishlaydigan   absorberlar   tuzilishi
murakkablashadi   va   narxi   ortadi.   Undan   tashqari,
ifloslangan   suyuqliklarni   ajratish   uchun   qaynovchi
absorberlarda   plastmassadan   yasalgan   sharlar   ishlatilib,
gaz   tezligi   ortishi   bilan   mavhum   qaynay   boshlaydi.
Odatda,   qaynovchi   absorberlarda   gazning   tezligi   juda
katta  bo‘ladi,   ammo  qatlamning  gidravlik  qarshiligi   juda
oz miqdorga ortadi.
Tarelkali   absorberlar   samarali   va   eng   keng   tarqalgan qurilmalardan   bo‘lib,   uning   ichida   butun   balandligi
bo‘yicha   bir   xil   masofada   bir   nechta   tarelkalar
o‘rnatilgan.   Teshikli   tarelkalar   orqali   ham   gaz,   ham
suyuqlik   harakatlanadi   va   undan   o‘tish   paytida   bir
fazadan ikkinchisiga massa o‘tadi. Gaz fazaning suyuqlik
qatlamidan   o‘tishi   davrida   pufakcha   va   ko‘riklarning
hosil   bo‘lish  jarayoni  barbotaj    deb  nomlanadi. Suyuqlik
va   gaz   (yoki   bug‘)   ni   bir-biri   bilan   to‘qnashishi   zarur
bo‘lgan   hollarda   barbotaj   qo‘llaniladi.   21-   rasmda
qalpoqchali   nasadkadan   gaz   yoki   bug‘ning   o‘tishi
tasvirlangan.   Barbotaj   asosan   ikki   rejimda   kechishi
mumkin:   pufakchali   va   oqimchali.   Gaz   yoki   bug‘ning
sarfi   kichik   bo‘lsa,   pufakchali   rejimni   kuzatish   mumkin.
Bunda   gaz   pufakchalari   suyuqlik   qatlamini   bitta-bitta
bo‘lib   yorib   chiqadi.   Pufakchalar   o‘lchami   barbotyor
tuzilishiga, suyuqlik va gaz xossalariga bog‘liq.
Agar   gaz   tezligi   ortib   borsa,   oqimchali   rejim   paydo
bo‘ladi.   Barbotyordan   chiqayotgan   gaz   oqimi   shakli   va
o‘lchami   o‘zgarmaydigan   «mash’ala»   hosil   bo‘ladi.
Odatda, mash’ala balandligi 30 – 40 mm dan ortmaydi.
21- rasm.  Barbotaj jarayoni chizmalari:
a   –   kichik   tezlikda   qalpoqchali   nasadkadan
gazning chiqishi;
b   –   katta   tezlikda   qalpoqchali   nasadkadan
gazning chiqishi. Tarelkali kolonnalar qalpoqchali, klapanli, plastinali va
elaksimon   tarelkali   bo‘ladi.   Fazalarning   bir   tarelkadan
ikkinchisiga   o‘tishiga   qarab   quyilish   moslamali   va
quyilish moslamasiz absorberlarga bo‘linadi.
22-   rasmda   quyilish   moslamali,   tarelkali   absorber
konstruksiyasi tasvirlangan.
Ko‘rinib   turibdiki,   quyilish   quvurining   pastki   qismi
quyida  joylashgan tarelka ustidagi ostonaga tushib turadi
va   gidravlik   tamba   vazifasini   bajaradi.   Odatda,   suyuq
faza   qurilmaning   tepa   qismidan   tarelkaga   uzatiladi   va
uning   pastki   qismidan   chiqariladi.   Gaz   faza   esa
qurilmaning   pastidan   uzatilib,   tarelkalar   orqali
pufakchalar   ko‘rinishida   chiqib   ketadi.   Tarelkada   hosil
bo‘ladigan gaz – suyuqlik ko‘rik qatlamida asosiy issiqlik
va   massa   berish   jarayonlari   yuz   beradi.   Absorbsiya
jarayonida tozalangan gaz  qurilmaning   tepa   qismidan   chiqib   ketadi.   Tare   lka,
quyilish quvuri va ostona shunday joylashtiriladiki, suyuq
faza, albatta, qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi.
Tarelkali   absorberlar   gidrodinamik   rejimi,   ma’lumki,
istalgan   konstruksiyali   tarelkalarning   samara-dorligi,
uning gidrodinamik rejimlariga uzviy bog‘liqdir.
Gazning tezligiga va suyuqlikni purkash zichligiga qarab
barbotajli   tarelkalarning   3   ta   asosiy   gidrodinamik   rejimi
bo‘ladi:pufakchali, ko‘rikli va oqimchali (injeksion).
Pufakchali   rejim.   Gazning   tezliklari   juda   kichik   va
suyuqlik   qatlamidan   alohida   pufakchalar   holatida   o‘tish
davrida pufakchali rejimni kuzatish mumkin. Bu rejimda
tarelkadagi fazalar to‘qnashish yuzasi kam bo‘ladi.
Ko‘rikli   rejim.   Gaz   fazasining   tezligi   ortishi   bilan
teshiklardan   chiqayotgan   pufakchalar   qo‘shilib   oqim
hosil   qiladi.   Tarelkadan   ma’lum   bir   masofada   qatlam
qarshiligi   tufayli   oqim   buziladi   va   ko‘p   miqdordagi
pufakchalarga   ajrab   ketadi.   Natijada   «gaz   –
suyuqlik»dispers   sistema,   ya’ni   ko‘rik   paydo   bo‘ladi.
Ushbu   rejimda   gaz   va   suyuq   fazalar   to‘qnashishi
pufakchalar   hamda   gaz   oqimi   suyuq   tomchilar   sirtiga
to‘g‘ri   keladi.   Ko‘rikli   rejimda   barbotajli   tarelkalarda
fazalarning   to‘qnashish   yuzasi   maksimal   miqdorga
egadir.
Oqimli   (injeksion)   rejim .   Agar   gaz   tezligi   yanada
oshirilsa, gaz oqimining uzunligi ko‘payadi va u barbotaj
qatlamidan   chiqib   qoladi.   Shu   bilan   birga,   barbotaj
qatlam buzilmaydi va ko‘p miqdorda yirik tomchilar hosil
bo‘ladi.   Bunday   rejimda   fazalarning   to‘qnashish   yuzasi
keskin ravishda kamayib ketadi. Shuni alohida ta’kidlash
kerakki,   bir   rejimdan   keyingisiga   o‘tish   asta-sekin
bo‘ladi.   Barbotajli   tarelkalar   gidravlik   rejimlari
chegarasini hisoblashning umumiy usullari shu kungacha
yaratilmagan.  Shuning uchun  ham   tarelkali   absorberlarni loyihalashda tarelka ishlashining pastki  va tepa oraliqlari
hisoblash   yo‘li   bilan   toriladi.So‘ngra   gazning   ishchi
tezligi toriladi.
Elaksimon   tarelkali   absorber.   23-   rasmda   bu   turdagi
jihoz tasvirlangan.
Bu   kolonna   gorizontal   tarelka   quyilishi   va   ostonalardan
tarkib topgan bo‘ladi.
Odatda, bu turdagi tarelka yuzasi  1 ј 5 mm li  teshiklardan
iborat   bo‘lib,   tarelkadan   tushayotgan   ko‘rikni   parchalash
uchun   ostona   tarelkadagi   suyuqlik   sathini   bir   xil
balandlikda   ushlab   turish   uchun   esa   ostona   (3)   xizmat
qiladi. Suyuq faza tepadagi tarelkaga uzatiladi va quyilish
moslamasi (2) dan o‘tib, qurilmaning
pastki   qismidan   chiqib
ketadi.   Gaz   faza   har   doim
qurilmaning   pastki   qismiga
kiritiladi   va   tarel-   kalardan
pufakcha   shaklida   o‘tib,
yuqori   qismidagi   shch-
tuserdan   chiqadi.
Qalpoqcha     tarelkali
absorber.   Bu   turdagi
qurilma   kapsula   qalpoqcha
va   segment   quyilish
moslamasidan   tarkib   topgan
(24-   rasm).   Tarelka   ko‘plab
disk-
23- rasm.  Elaksimon tarelkali
kolonna:
1  – tarelka; 2  – quyilish
moslamasi;   3,   4   –   ostonalar.lardan   iborat   bo‘lib,
tayanch halqaga qistirma yordamida boltlar bilan
mahkamlanadi. 24- rasm.  Qalpoqchal tarelka:
1  – tarelka;
2  – qistirma;
3  – rostlovchi quyilish
ostonasi;
4  – quyilish patrubkasi;
5  – bolt;
6  – rostlovchi bolt;
7  – halqa;
8  – quyilish ostonasi;
9  – qalpoqcha.
Suyuq faza yuqorida joylashgan tarelkadagi ostona
(3)   dan   o‘tib,   quyida   o‘rnatilgan   tarelkaga   tushadi.
Tarelka   yuzasidan   suyuqlikni   bir   me’yorda   taqsimlash
uchun   ostona   (8)   xizmat   qiladi.   Suyuqlikni   tarelka
yuzasida   bir   xil   balandlikda   ushlab   turish   uchun
rostlovchi   ostona   (3)   dan   foydalaniladi.   Gaz   tarelkalarga patrubka   (6)   orqali   kirib,   bir   necha   oqimchalar   holida
qalpoqchalar teshigidan chiqa boshlaydi.
Qalpoqchadagi   havo   teshiklari   tishli   bo‘lib,   to‘g‘ri
uchburchak   shaklida   yasaladi.   Suyuqlik   qatlami   orqali
o‘tayotgan   gaz   yoki   bug‘   oqimi   alohida-alohida
pufakchalarga   bo‘linib   ketadi.   Tarelkalardan   suyuqlik
quyilish   patrubkasi   (4)   orqali   to‘kiladi.   Bu   turdagi
tarelkalarda   gaz   ko‘riklari   va   pufakchalarning   hosil
bo‘lish  intensivligi  bug‘  (yoki  gaz)  tezligi  va tarelkadagi
suyuqlik qatlami  balandligiga bog‘liq.
Tarelkada   katta   massa   almashinish   yuzasini   barpo   qilish
uchun o‘rnatiladigan qalpoqchalar soni ko‘paytiriladi. 25-
rasmda   kapsulali   qalpoqchaning   bo‘ylama   qirqimi
keltirilgan.   Tarelka     va   qalpoqchaning   pastki   qismi
orasidagi   masofa   vtulka   (4)   va   gayka   (2)   yordamida
amalga   oshiriladi.   Bu   turdagi   tarelkalar   sanoatda   keng
ko‘lamda   ishlatiladi.   Elaksimon   tarelkali   absorberlarga
qaraganda qopqoqchali qurilmalar gaz aralashmalari iflos
bo‘lganda
25- rasm.  Kapsulali
qalpoqcha:
1  – shayba;
2  – gayka;  3  –bolt;
4  – vtulka;
5  – qalpoqcha ham uzoq muddatda barqaror ishlay oladi.
Bundan tashqari gaz yoki suyuq fazalar bo‘yicha yuklama
katta   miqdorda   o‘zgarsa   ham,   qalpoqchali   tarelka   bir
tekisda   yaxshi   ishlaydi.   Ushbu   tarelka   kamchiliklari:
konstruksiyasi murakkab, qimmat va gidravlik qarshiligi
yuqori.   Undan   tashqari   gaz   faza   sarfi   kam   bo‘lganda,
qurilma samaradorligi keskin ravishda kamayib ketadi.
Klapanli   tarelkalar.   Bu   turdagi   tarelkalar   gaz
fazasining   tezligi   va   tez   o‘zgarib   turadigan   jarayonlarda
ishlatilishi maqsadga muvofiqdir.
Klapanli   tarelkalar   elaksimon   va   qalpoqchali
tarelkalarning  yaxshi   xossalarini   o‘zida  mujassam  qilgan
(26- rasm). Klapanlar (1) dumaloq plastina shaklida,
diametri   esa   40 ј 50   mm   bo‘ladi.   Kronshteyn-   cheklagich
(2)   dagi   teshik   diametri   esa   30 ј 40   mm   va   ular   orasidagi
masofa esa 70 ј 150 mm ga teng. Klapanlarning ko‘tarilish
balandligi 6 ј 8 mm. Klapanlardan o‘tadigan gaz 
oqimining tezligiga qarab klapan vertikal tepaga siljiydi.
26- rasm.  Klapanli tarelka:
1   – klapan;   2   – kronshteyn-cheklagich;   3   –
tarelka.
Gaz   yoki   bug‘   bo‘yicha   yuklama   keng   ko‘lamda
o‘zgarganda   ham,   klapanli   tarelkalar   bir   me’yorda
barqaror   ishlaydi.   Lekin   ularning   gidravlik   qarshiligi
nisbatan yuqori bo‘ladi.
Oqimli (yoki plastinali) tarelkalar.  Bu turdagi tarelkalar qiya,parallel   plastinalar   ko‘rinishida   tayyorlanadi   (27-
rasm).   Qalpoqchali,   klapanli   va   oqimli   tarelkalarda
fazalarning yo‘nalishi o‘zaro kesishgan bo‘ladi. Gaz yoki
bug‘   tarelkadagi   teshiklardan   o‘tadi,   suyuqlik   esa
gorizontal   harakatlanib,   tarelkadan   tarelkaga   quyilish
moslamasi (5) orqali o‘tadi.
27-rasm.  Oqimli tarelkalar:
1  – gidravlik tamba; 
2  – quyiluvchi to‘siq; 
3  – tarelka;
4  – plastina;
  5  – quyilish moslamasi. Yuqorida   qayd   etilgan   tarelkalar   samaradorligi
gidrodinamik   rejimlarga   bog‘liq.   Gaz   (yoki   bug‘)   tezligi
va   suyuqlik   sarfiga   qarab   3   xil   rejimlar   mavjud:
pufakchali,   ko‘rikli   va   oqimchali.   Har   bir   rejimda
barbotajli   qatlam   o‘ziga   xos   tuzilishga   ega   bo‘lib,   u
qatlamning   gidravlik   qarshiligi   va   massa   almashinish
yuzasi   kattaligini   xarakterlaydi.   Bunday   tarelkalarning
gidravlik qarshiligi kam, ularni yasash uchun metall kam
sarflanadi   va   tarkibida   iflosliklar   bo‘lgan   suyuqliklarni
ham   ishlatish   mumkin.   Bundan   tashqari   bu   tarelkali
qurilmalarda   jarayonni   harakatga   keltiruvchi   kuch   katta
bo‘ladi.
Oqimchali   tarelkalar   kamchiliklari:   tarelkaga   issiqlik
berish   va   ajralib   chiqqan   issiqlikni   ajratib   olish
murakkab;   suyuqlik   sarfi   nisbatan   kam   bo‘lgani   uchun
uning samaradorligi pastroq.
Purkovchi   absorberlar.   Bunday   qurilmalarda
fazalarning to‘qnashishi suyuq fazani gaz oqimiga purkab
berish usuli yordamida amalga oshiriladi.
Ekstraksiyalash  jarayoni  ham  rektifikatsiyalash kabi
suyuqlik   aralashmalirini   ajratish   uchun   qo‘llaniladi.   Bu
usullarning   qaysi   birini   tanlash   aralashmalar   tarkibidagi
moddalarning   xossalariga   bog‘liq.   Rektifikatsiyalash
jarayoni, odatda, issiqlik ta’sirida boradi.
Ekstraksiyalashni   amalga   oshirish   uchun   issiqlik
talab   etiladi.   Rektifikatsiyalash   aralashma
komponentlarining har xil temperaturalarda bug‘lanishiga
asoslangan.   Agar   aralashma   komponentlarining   qaynash
temperaturasi   bir-biriga   yaqin   yoki   ular   yuqori
temperaturaga   beqaror   bo‘lsa,   bunday   hollarda
ekstraksiyalash jarayonidan foydalaniladi. Tanlab olingan
erituvchining   zichligi   ekstraksiyalanishi   lozim   bo‘lgan
suyuqlik zichligidan kichik bo‘lishi shart. Dastlabki   eritma   va   erituvchi   o‘zaro   ta’sir
ettirilganda ikkita faza (ekstrakt va rafinant) hosil bo‘ladi.
Ajratib   olingan   moddaning   erituvchilarga   eritmasi
ekstrakt ,   dastlabki   eritmaning   qoldig‘i   esa   rafinant   deb
yuritiladi.   Rafinant   tarkibida   biroz   miqdorda   erituvchi
ham   bo‘ladi.   Olingan   ikkita   suyuqlik   fazasi   bir-biridan
tindirish,   sentrafugalash   va   boshqa   mexanik   usullar
yordamida   ajratiladi.   So‘ngra   ekstrakt   tarkibidan   tegishli
mahsulot   ajratib   olinadi,   rafinantdan   esa   erituvchi
regeniratsiya qilib ajratiladi.
Suyuqliklarni   ekstraksiyalash   boshqa   usullar
(rektifikatsiyalash,   bug‘latish   va   hokazo)   ga   nisbatan
birmuncha   afzalliklarga   ega:   jarayon   past
temperaturalarda   olib   boriladi,   eritmaning   bug‘lanishi
uchun   issiqlik   talab   qilinmaydi,   yuqori   tanlovchanlik
(selektivlik) xususiyatiga ega bo‘lgan istalgan erituvchini
ishlatish imkoni bor. Bu usul kamchiliklardan xoli emas:
qo‘shimcha   component   (erituvchi)   ni   ishlatish   va   uni
regeniratsiya   qilishni   tashkil   etish   jihozlar   chizmasini
murakkablashtiradi   va   ekstraksiyalash   jarayonini
qimmatlashtiradi.
Suyuqlik   –   suyuqlik   tizmalarini   ekstraksiyalash
jarayonlari   kimyo,   neftni   qayta   ishlash,   neft   kimyosi   va
xalq   xo‘jaligining   boshqa   tarmoqlarida   keng   qo‘llanilib
kelinmoqda. Bu jarayonlar turli organik va neftkimyoviy
sintez   mahsulotlarini   toza   holda   ajratib   olish,   chiqindi
suvlarini   tozalash   va   shu   kabi   boshqa   bir   qator   ishlarni
amalga   oshirish   uchun   qo‘llaniladi.Ayrim   sharoitlarda
ekstraksiyalash   jarayoni   rektifikatsiyalash   bilan
birgalikda   olib   boriladi.   Suyuqliklar   aralashmasi
rektifikatsiyalashdan oldin birlamchi ekstraksiyalash yo‘li
bilan   qisman   ajratilsa,rektifikatsiyalash   uchun   issiqlik
kamroq talab etiladi. Ekstraksiyalashning asosiy usullari
Amaliyotda   suyuqliklar   aralashmalarini
ekstraksiyalashning   quyidagi   usullari   qo‘llaniladi:   1)
dastlabki   aralashma   va   ekstragentni   bir   marta
kontaktlanishiga   asoslangan   jarayon   (bir   pog‘onali
ekstraksiyalash);   2)   har   bir   pog‘onada   toza   erituvchi
ishlatish   yo‘li   bilan   ekstraksiyalash   (ko‘p   pog‘onali
ekstraksiyalash);  3)  bitta yoki  ikkita erituvchi yordamida
qarama-qarshi   oqim   bilan   ko‘p   bosqichli   ekstraksiyalash
(ko‘p   pog‘onali   ekstraksiyalash).   Birinchi   va   ikkinchi
usullar   kichik   hajmli   suyuqliklarning   aralashmasini
ekstraksiyalashda   va   laboratoriya   sharoitlarida
qo‘llaniladi.
Sanoat   miqyosida,   asosan,   uchuvchi   usuldan,   ya’ni
fazalarning   qarama-qarshi   oqimidan   foydalanib
ekstraksiyalash   keng   qo‘llaniladi.   Qaysi   bir   usul
qo‘llanilishidan   qat’iy   nazar,   ekstraksiyalash   jarayoni
erituvchi yoki eruvchilarni regeniratsiya qilish bilan birga
olib   boriladi.   Regeneratsiyaning   maqsadi   erituvchilar
tarkibidagi   kerakli   komponentlarni   ajratib   olish   va
erituvchilarni qaytadan jarayonda ishlatishdan iboratdir. Ekstraktorlarning tuzilishi
Kolonnali ekstraktorlar.  Suyuqlik-suyuqlik sistemasiga
mo‘ljallangan kolonnali ekstraktorlar, o‘z navbatida, ikki
guruhga bo‘linadi:
  1) qo‘shimcha energiya berilmaydigan jihozlar;
2)   tashqaridan   qo‘shimcha   energiya   beriladigan   jihozlar.
Birinchi   guruhga   sochib   beruvchi,   nasadkali   va
g‘alvirsimon   ekstraktorlar,   ikkinchi   guruhga   esa   rotorli,
pulsatsion, vibratsion va boshqa ekstraktorlar kiradi.
Suyuqlikni   sochib   beruvchi   jihozlar   ichi   bo‘sh
silindrsimon   kolonnadan   iborat,   bunda   fazalardan   bittasi
yaxlit   oqim   bilan,   ikkinchisi   faza   esa   qarama-qarshi
yo‘nalishda   mayda   tomchilar   holatida   harakat   qiladi.
Bunday   jihozlar   oddiy   tuzilishga   ega,   biroq   ularning
samaradorligi   esa   kam.   Nasadkaliekstraktorlarning
tuzilishi  absorbsiya va rektifikatsiya uchun ishlatiladigan
kolonnalarga o‘xshash jihozlardan farq qilmaydi.
Neft   mahsulotlarini   tozalashuchun   hozirda   sanoatda
ko‘rincha   g‘alvirsimon   tarelkali   ekstraktorlar   ishlatiladi
(29-   rasm).   Bunday   qurilma   vertikal   silindrsimon   qobiq
(1)va   quyilish   qurilmalari   (3)   bo‘lgang‘alvirsimon
tarelkalar (2) ga ega. Kolonnaning ishlashi quyidagicha
boradi.   Og‘ir   faza   (OF)   shtutser   (4)orqali   kolonnaga
uzluksiz   beriladi,  yaxlit   oqim   bilan  pastga   harakat   qiladi
va shtutser (7) orqalitashqariga chiqadi. Yengil faza (F)
uzluksiz ravishda shtutser (6) orqali  29-rasm.  G‘alvirsimon
ekstraksion kolonna:
1 – vertikal silindrsimon qobiq;
2 – g‘alvirsimon tarelkalar;
3 – quyilish qurilmalari;
4, 6 – og‘ir va yengil fazalar;
a – fazalarni ajratuvchi sath;
5, 7 – shtutserlar.
kolonnadagi pastki  tarelka (2) ning osti qismiga beriladi.
Ushbu   faza   tarelkadagi   teshiklar   orqali   o‘tganida   mayda
tomchilarga   ajraladi.Tomchilar   ko‘payish   kuchi   ta’sirida yaxlit   faza   ichida   yuqoriga   harakat   qiladi   va   tarelka
zonasiga   yetganida   o‘zaro   qo‘shilib,   suyuqlik   qatlamini
hosil qiladi. Bu qatlam  tirgovich qatlam  deb yuritiladi.
Bu   qatlamdagi   suyuqlik   tarelkaning   teshiklari   orqali
o‘tib yana tomchilar hosil qiladi. Jihozda yaxlit faza bitta
tarelkadan   ikkinchisiga   quyilish   qurilmalari   (3)
yordamida o‘tadi.
Shunday   qilib,   bitta   kolonnada   ko‘p   marta
suyuqlikning   mayda   tomchilarga   parchalanishi   va   ular
qo‘shilib,   suyuqlikning   tirgovchi   qatlamni   hosil   qilishi
yuz   beradi.   Eng   yuqorigi   tarelkadan   ko‘tarilib
chiqayotgan   tomchilar   qo‘shilib,   yengil   suyuqlik   qatlami
– ekstrakt   (F) ni hosil qilib, fazalarni ajratuvchi sath   a   ga
ega   bo‘ladi   va   jihozdan   shtutser   (5)   orqali   tashqariga
chiqariladi.   Og‘ir   faza   (rafinat)   jihozning   pastki   qismiga
joylashgan shtutser (7)
yordamida jihozdan uzatiladi.
Tarelka   teshiklaridan   chiqayotgan   tomchilarning
tezligiga ko‘ra,tomchi  hosil  qilishning  uch rejimi  bor:  1)
notekis   tomchi   hosil   bo‘lishi   (kichik   tezliklarda);   2)   bir
tekisda   tomchi   hosil   bo‘lishi   (tezlik   biroz   ortganda);   3)
suyuqlikning   kichik   oqimlar   bilan   chiqishi   (katta
tezliklarda).   Tajribalarning   ko‘rsatishicha,g‘alvirsimon
tarelkalarning   eng   samarali   ishlashi   uchun   dispers
fazaning teshiklardan o‘tish tezligi 0,15 ј 0,30 m/s bo‘lishi
kerak ekan. Bunday tezlikda suyuqlikning kichik oqimlar
hosil qilish rejimi mavjud bo‘ladi. Tarelkalar oralig‘idagi
masofa   0,25 ј 0,60   m   qilib   olinishi   mumkin.   Yaxlit
fazaning   tarelka   ustunidagi   balandligi   0,2   m   atrofida
bo‘lsa,   modda   o‘tkazish   jarayoni   tez   ketadi.   Tarelkadagi
teshiklarning diametri, odatda, 3 ј 6 mm  bo‘ladi.
Tarelkali   ekstraktorlar   ichi   bo‘sh   va   nasadkali
kolonnalarga nisbatan birmuncha samarali ishlaydi.
Agar   dastlabki   eritma   va   erituvchi   zichliklari oralig‘idagi   farq   100   kg/m 3   dan   kam   va   fazalar
o‘rtasidagi  sirt  taranglik  kuchi  kata  qiymatga  ega bo‘lsa,
bunda kontakt yuzasini ancha oshirish uchun tashqaridan
energiya   beriladigan,   ya’ni   mexanik   aralashtirgich   bilan
jihozlangan   ekstraktorlar   ishlatiladi.   Mexanik
aralashtirish diskli, turbinali, parrakli va shu kabi aralash-
tirgichlar yordamida amalga oshiriladi.
Tashqaridan   energiya   beriladigan   ekstraktorlar
qatoriga   birinchi   navbatda   rotorli   jihozlar   kiradi.   Bu
turdagi   ekstraktorlarning   dastlabki   variantlardan   biri
Shaybelkolonnasi   hisoblanadi.   Bu   kolonna   ketma-ket
joylashgan   aralashtirish   1   va   tindirish   2   seksiyalardan
tashkil   topgan.   Aralashtirish   seksiyalarida   valga
biriktirilgan   aralashtirgichlar   3   o‘rnatilgan.   Tindirish
seksiyalari   nasadkalar   (masalan,   katta   katakli   qilib
to‘qilgan to‘rlar) bilan to‘ldiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.  A.G. Kasatkin.  Osnovn ы e protsess ы  i apparat ы  
ximicheskoy texnologii. – M.: Ximiya, 1973.
2.  S.A. Faramazov.  «Oborudovanie tepererabat ы vayu щ ix
zavodov». Uchebnoe posobie. – M.: Ximiya, 1984.
3.  G.L. Vixman, S.A. Kruglov. Osnov ы  onstruirovaniya 
apparatov i mashin neftepererabat ы vayu щ ix zavodov. – 
M.:Gostoptexizdat, 1978.
4.  A.S. Bobkov.  Osnov ы  stroitelstva prom ы shlenn ы x 
zdaniy i soorujeniy ximicheskoy prom ы shlennosti. – M.: 
V ы ssh. shkola, 1965.
5.  A.N. Planovskiy, P.I. Nikolaev.  Protsess ы  i apparat ы
ximicheskoy i nefteximicheskoy texnologii. – M.: 
Ximiya, 1987.
6.  Z. Salimov, I. To‘ychiyev.  Ximiyaviy texnologiya 
protseslari va apparatlari. T.: O‘qituvchi. 1987.
7.  YU.I. Ditnerskiy. «Protsess ы  i apparat ы  ximicheskoy
texnologii» v 2-x T. – M.: Ximiya, 1995.
8.  A.I. Vladimirov, V.A. SHelkunov, S.A. Kulikov. 
«Osnovn ы e protsess ы  i apparat ы  neftegazopererabotki». 
– M.: Neft i gaz, 1996.
9.  V.V. Nikolaev, N.V. Busitinya, I.G. Busigin.  
Osnovn ы e
protsess ы  fizicheskoy i fiziko-ximicheskoy pererabotki 
gaza. –M.: OAO «Nedra», 1998.
10.  A.I. Skoblo, YU.K. Molokanova, A.I. Vladimirov, 
V.A. SHe-chelkunov.  Protsess ы  i apparat ы  
neftegazopererabotki i nefteximii. – M.: Nedra, 2000

Mavzu: Massa almashinish qurilmalari – absorber, adsorber, kalonali qurilmalarni hisoblash va loyihalash . Reja: 1. Absorbsiya 2. Umumiy tushunchalar 3. Absorberlarning sinflari 4. Nasadkali absorberlar 5. Absorberlarni xisoblash 6. Adsorbsiya jarayonini tashkil etish usullari 7. Ekstraksiyalash haqida 8. Ekstraksiyalashning asosiy usullari 9. Ekstraktorlarning tuzilishi

Adsorbsiya Umumiy tushunchalar Gaz aralashmalari gaz yoki bug‘larni yoki eritmalarda erigan moddalarni qattiq, g‘ovaksimon jism yordamida yutish jarayoni adsorbsiya deb nomlanadi. Yutilayotgan modda adsorbtiv , yutuvchi modda esa adsorbent deb ataladi. Adsorbsiya jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, u selektiv va qaytar jarayondir. arayonning qaytar bo‘shligi tufayli adsorbent yordamida bug‘-gaz aralashmalaridan bir yoki bir necha komponentlarni yutish, so‘ng esa maxsus sharoitda ularni adsorbentdan ajratib olish mumkin. Adsorbsiyaga teskari jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Adsorbsiya jarayoni xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng tarqalgan bo‘lib, gazlarni tozalash va qisman quritish, eritmalarni tozalash hamda tindirish, bug‘-gaz aralashmalarini ajratish uchun ishlatiladi. Kimyo sanoatida adsorbsiya quyidagi hollarda: gazlar va eritmalarni tozalash hamda quritishda, eritmalardan qimmatbaho moddalarni ajratib olishda, neft va neft mahsulotlarini tozalashda, neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan gaz aralashmalaridan aromatic uglevodorodlarni (etilen, vodorod, benzin fraksiyalaridan aromatic uglevodorodlarni) ajratib olishda ishlatiladi. Adsorbsiya jarayoni 2 xil bo‘ladi, ya’ni fizik va kimyoviy adsorbsiya. Agar adsorbent va adsorbtiv molekulalarining o‘zaro tortishishi Van-der-Vaals kuchlari ta’siri ostida sodir bo‘lsa bunday jarayon fizik adsorbsiya deb nomlanadi. Fizik adsorbsiya jarayonida adsorbent va adsorbtivlar o‘rtasida kimyoviy o‘zaro ta’siri bo‘lmaydi. Adsorbsiya jarayonida bug‘larning yutilishi paytida ular

kondensatsiyalanadi, ya’ni adsorbent kovaklari suyuqlik bilan to‘lib qoladi. Boshqacha aytganda, adsorbentda karillyar kondensatsiya ro‘y beradi. Kimyoviy adsorbsiya yoki xemosorbsiya adsorbent va yutilgan modda molekulalari orasida kimyoviy bog‘lar hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu, albatta, kimyoviy reaksiyaning natijasidir. Bundan tashqari xemosorbsiya jarayonida kimyoviy reaksiya tufayli katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Adsorbsiya jarayonining selektivligi adsorbent yutilayotgan komponentning konsentratsiyasiga, haroratga, tabiatiga va gazlar yutilayotganda bosimga bog‘liqdir. Bundan tashqari jarayon tezligi adsorbentlarning solishtirma yuza kattaligiga ham bog‘liq. Adsorbentlar turlari va xususiyatlari Ma’lumki, xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llaniladigan adsorbentlar iloji boricha katta solishtirma yuzaga ega bo‘lishi kerak. Kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda boshqa sanoatlarda faollangan ko‘mir, silikagel, seolit, sellyuloza, ionitlar, mineral tuproq (bentonit, diatomit, kaolin) va boshqa materiallar adsorbent sifatida ishlatiladi. Albatta, adsorbentlar mahsulot bilan bevosita ta’sirda bo‘lgani uchun zararsiz, mustahkam, zaharsiz va mahsulotni iflos qilmasligi kerak. Adsorbentlar moddaning massa birligiga nisbatan juda kata solishtirma yuzali bo‘ladi. Uning karillyar kanallari o‘lchamiga qarab 3 guruhga bo‘linadi, ya’ni makrog‘ovakli (> 2·10-4 mm), oraliq g‘ovakli (6·10-6 ј 2·10-4 mm) va mikrog‘ovakli (2·10-6 ј 6·10-6 mm) bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, adsorbsiya jarayonining xarakteri ko‘p jihatdan g‘ovaklar o‘lchamiga bog‘liq. Adsorbent yuzasida yutilayotgan

komponent molekulalarining miqdoriga qarab bir molekulali (monomolekulali adsorbsiya) va ko‘p molekulali qatlam (polimolekulali adsorbsiya) hosil qilishi mumkin. Adsorbentlarning yana bir muhim xususiyati shundaki, bu uning yutish qobiliyati yoki faolligidir. Adsorbent faolligi uning birlik massasi yoki hajmida komponent yutish miqdori bilan belgilanadi. Yutish qobiliyati 2 xil, ya’ni statik va dinamik bo‘ladi. Adsorbentning statik yutish qobiliyati massa yoki hajm birligida maksimal miqdorda modda yutishi bilan belgilanadi. Dinamik yutish qobiliyati esa adsorbent orqali adsorbtiv o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. Adsorbentlarning komponent yutish qobiliyati harorat, bosim va yutilayotgan modda konsentratsiyasiga bog‘liq. Ushbu sharoitlarda adsorbentning maksimal yutish qobiliyati muvozanat faolligi deb nomlanadi. Adsorbentlar zichligi, ekvivalent diametri, mustahkamligi,granulometrik tarkibi, solishtirma yuza kabi xossalari bilan xarakterlanadi. Sanoatda ko‘rincha granula (2 ј 7 mm) ko‘rinishidagi yoki o‘lchamlari 50 ј 200 mkm bo‘lgan kukunsimon adsorbentlardan foydalaniladi. Faollangan ko‘mirlar, odatda, tarkibida uglerod bo‘lgan yog‘och, torf, hayvonlar suyagi, toshko‘mir kabi mahsulotlarni quruq haydash yo‘li bilan olinadi. Ko‘mir faolligini oshirish uchun unga 900°C dan ortiq haroratda havosiz termik ishlov beriladi. Bunda material g‘ovaklaridagi smolalar ekstragent yordamida ekstraksiya qilib olinadi. Faollangan ko‘mirlarning solishtirma yuzasi – 600 ј 1750 m2 / g. To‘kma zichligi – 250 ј 450 kg/m3, mikrog‘ovaklar hajmi –0,23...0,7sm3/g. Bundan tashqari ular tarkibida juda kam miqdorda (<8%) kul bo‘ladi. Yana shuni

ta’kidlash kerakki, havoda 300°C haroratda faollangan ko‘mir yonadi. Faollangan ko‘mirning mayda kukunlari 200°C ga yaqin haroratda yonadi va konsentratsiyasi 17 ј 24 g/sm3 bo‘lganda havo tarkibidagi kislorod bilan portlovchi birikma hosil qiladi. Adsorbsiya jarayonida tozalashning samaradorligi adsorbentning g‘ovaksimon tuzilishiga bog‘liq bo‘lib, bunda mikrog‘ovak asosiy rol o‘ynaydi. Faollangan ko‘mirlar adsorbsion bo‘shlig‘ining chegaraviy hajmi 0,3 sm3/g ligi tozalash jarayonida qo‘llash tavsiya etiladi. Ma’lumki, mikrog‘ovaklar o‘lchami katalitik reaksiyalar tezligini belgilaydi. Mikrog‘ovak o‘lchami 0,8 ј 1,0 mkm bo‘lgan faollangan ko‘mirlar optimal deb hisoblanadi. Silikagellar – bu kremniy kislota gelining suvsizlantirilgan mahsulotidir. Ushbu adsorbentlar natriy silikat eritmalariga kislota yoki ular tuzlarining eritmalarini ta’siri natijasida olinadi. Silikagellarning solishtirma yuzasi 400 ј 780 m2/g, to‘kma zichligi esa 100 ј 800 kg/m3. Silikagel granulalari 7mm gacha bo‘lishi mumkin. Silikagellar asosan suv bug‘ini yutish, gazlarni quritish va tozalash uchun qo‘llaniladi. Bu adsorbent boshqa adsorbentlarga qaraganda yonmaydi, mexanik jihatdan mustahkam bo‘ladi. Seolitlar – tabiiy va sun’iy mineral holatida bo‘lib,alyumosilikatning suvli birikmasi. Ushbu adsorbent suvda va organic eritmalarda erimaydi. Sun’iy seolit g‘ovaklar o‘lchami adsorb- siyalanayotgan molekula o‘lchamiga yaqin bo‘lgani uchun g‘ovaklarga kirayotgan molekulalarni adsorbsiya qila oladi. Bu turdagi seolitlar «molekulyar elaklar» deb nomlanadi. Seolitlar yuqori yutish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun