MEHNAT BOZORIDA TALAB VA TAKLIFNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI
KIRISH ………………………………………………… ..... …………… ........ 4 I BOB. QISHLOQ MEHN A T BOZORIDA ISHCHI KUCHIGA TA LA B VA TA KLIFN I NA ZA RIY A SOSLA RI ..... ... .................... 13 1.1. QMBda ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati … ............. ............................................................. 13 1. 2 . Qishloq ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishni asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari...... .. ..................................... ................ .... 1. 3 . QMBni tartibga solishning xorijiy tajribalari …………………….... .. I BOB B O‘YICHA XULOSA................................................................ . ............ II BOB. SAMARQAND VILOYATI QMB ISHCHI KUCHIGA TA LA B VA TA KLIFN I TA RTIBGA SOLISHN I A SOSIY KO‘RSA TKICHLA RI TA HLILI… … … … … … … … … … … … … . 2 .1. Viloya t ning iqtisodiy rivojlanishi va uni qishloq mehnat bozorini tartibga solishga ta’siri...................................................................... 2 .2. Qishloq mehnat bozoriga ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishni ekonometrik modellashtirish................................................. 2.3. Qishloq joylarida ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirishning samarali iqtisodiy mexanizmini baholash... ............... II BOB B O‘YICHA XULOSA............................................................................ III BOB. QMB DA ISHCHI KUCHIGA TA LA B VA TA KLIFN I TA RTIBGA SOLISHN IN G USTUVOR Y O‘N A LISHLA RI......... 3.1. QMBda ishchi kuchiga talabni tartibga solishning iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirish..................................................... 3.2. QMBda ishchi kuchi taklifini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish............................................ ................. . 3.3. Yaqin kelajakda qishloq mehnat bozorini tartibga solishning moliyaviy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirish.................... III BOB BO‘YICHA XULOSA........................................................................... XULOSA ……………………………………………...................................… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………....….…........... MEHNAT BOZORIDA TALAB VA TAKLIFNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI 1
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . Hozirgi vaqtda respublikada qishloq mehnat bozoriga kirib kelayotgan mehnatga layoqatli aholini ish bilan bandligini ta’minlash, ishsizlarni kasbiy harakatchanligi va raqobatbardoshligini oshirish, ish bilan bandlik dasturlarini tuzishda hududlar rivojlanishining xususiyatlarini e’tiborga olish, qishloq mehnat bozorida ishchi kuchiga talabni oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish kabi o‘z echimini kutayotgan muammolar mavjud. Shunga ko‘ra, 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ettita ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasida « yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish » 1 vazifasi qo‘yilgan. Bu vazifalarni samarali hal etish qishloq mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish hamda uni tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishni, bu borada ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida « B andlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida » gi PF-5052-son Farmonlari, 2022 yil 24 maydagi « O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida » gi PQ-3001-son Qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur magistrlik dissertatsiyasi tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot ob ’ yekti – Samarqand viloyati qishloq mehnat bozori hisoblanadi. Magistrlik dissertatsiyasining predmeti sifatida qishlo q mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishda yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi – O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash jarayonida qishloq mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning iqtisodiy asoslari va mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ishning maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifala r belgilab olindi: 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги 4947-сонли Фармонининг 1-иловаси «2017- 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси» //.Lex.uz 2
- qishloq mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini asoslash va tamoyillarini ishlab chiqish; - QMBda ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning iqtisodiy mexanizmi shakllanishi nazariy jihatdan asoslash; - QMBda ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish iqtisodiy mexanizmini asosiy mezonlarini aniqlash hamda uning baholash usullarini taklif etish; - QMBda ishchi kuchiga talab va taklifning holatiga viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ta’sirini tumanlar kesimida reyting baholash; - qishloq mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif dinamikasini tahlil etish; Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi - qishloq hudud lar i da kichik biznesni qo llab-quvvatlash, mehnatga talabniʼ rag batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari va kreditlar berish bilan bog liq ʼ ʼ usullar ishlab chiqilgan; - mehnat bozori samarali rivojlanishiga ijobiy ta sir ko rsatadigan ijtimoiy- ʼ ʼ iqtisodiy ko rsatkichlarning qishloq mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va ʼ taklifning holatiga ta sirini baholash metodikasi takomillashtirilgan; ʼ - hududiy mehnat bozorida ish bilan bandlikka ko maklashish siyosatini ʼ moliyalashtirishga bo lgan xarajatlar tarkibini dinamik qatorlar darajasini ʼ baholash metodikasi takomillashtirilgan; - qishloq mehnat bozorida ishchi kuchiga talabni oshirishning iqtisodiy mexanizmini tartibga solish yo nalishlarini takomillashtirish bo yicha takliflar ʼ ʼ ishlab chiqilgan; Magistrlik dissertatsiyasining amaliy ahamiyati. Dissertatsiya ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, ishda olib borilgan izlanishlar natijasida shakllantirilgan xulosalardan mamlakatimiz mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishni nazariy tahlilini o‘rganish nuqtai nazaridan «QMBni tartibga solish » tushunchasining mualliflik yondashuvi asoslangan; QMBni davlat tomonidan tartibga solishning vazifalari, yo‘nalishlari, ko‘lami, davlat tomonidan tartibga solishning sub’ektlari, ta’sir qilish obe’ktlari, moliyalashtirish manbalari, ta’sir qilish darajasi, ta’sir qilish xarakteriga ko‘ra mezonlari asosida guruhlar bo‘yicha tasnifi ishlab chiqilgan; qishloq hududlarining iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda qishloq joylarda aholi ish bilan bandligini ta’minlashni takomillashtirishga doir tavsiyalar taklif qilingan; QMBda ishchi kuchiga talab va taklifni iqtisodiy tartibga solishda yangi ish o‘rinlarini yaratish va mavjudlarini saqlab qolish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Muammoning o’rganganlik darajasi. Ish bilan bandlik, ishsizlik, inflyasiya, mehnat bozori muammolari va ularning rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solishni tadqiq etishga bir qator xorijiy 3
etakchi iqtisodchi olimlardan 1 J.M.Keyns, A. Marshall, M.Fisher, R.D.Erenberg, A.Pigu, V.V. Adamchuk, O.V.Romashov, Yu.G.Odegov, G.G.Rudenko, N.A.Volgin, S.A.Kartashov, L.CHijova kabilarning ilmiy ishlari bag‘ishlangan. Bu tadqiqotlarda mehnat bozorining mohiyati, uning shakllanishi, ishsizlikni kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari to‘la ochib berilgan. Bundan tashqari iqtisodiyot fanining bu sohasi rivojiga MDHning qator olimlaridan S.V. Dudnikov, S.A.Kartashov, O.Kolesnikova, B.P.Pankov A. Rofe, T.A.Chusova, Yu.V.Prosvetova, B.L.Tatibekov 2 kabi taniqli olimlar ham munosib hissa qo‘shgan. Bu muammolar tadqiqotiga Respublikamiz taniqli olimlari 3 R.A.Ubaydullaeva, Q.X.Abdurahmonov, L.P.Maksakova, B.X.Umurzakov, Sh.R.Xolmo‘minov, Z.Ya.Xudoyberdiev, D.Ortiqova, D.N.Rahimova, N.X.Rahimova, N.Z.Zokirova, K.Z.Xomitov, N.Shoyusupova, N.U.Arabov va boshqalarning ilmiy ishlari bag‘ishlangan. Bu ilmiy izlanishlarda mehnat bozorining mohiyati, uning shakllanishi, ishsizlik sabablari va uni kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari ochib berilgan. Biroq bu tadqiqotlarda qishloq mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning iqtisodiy asoslari batafsil o‘rganilmagan. Shunigdek qishloq mehnat bozori samarali shakllanishining iqtisodiy mexanizmi etarlicha tadqiq etilmagan. 1 Кейнс Дж .М. Общая теория занятости, процента и денег / П ер. сангл. проф. Н.Н.Любимова, под. ред. д.э.н., проф. Л.П.Куракова. – М.: МИЭМП, 2010; Маршалл А. Принципы экономической науки / А.Маршалл: В 3 т. - М.: Прогресс-Т.З. 1984 . -119 с.; Regional labo rmarkets . Analitical contributions and cross-national comparisons. Ed. by. M.Fischer and P.Nijkamp. - Elsevier Science Publishing Co, 1987. -500 p.; Эренберг Р . Д ., Смит Р . С . Современная экономика труда . Теория и государственная политика / Пер. с англ. – М., 1996, 34-б.; Пигу А. Экономическая теория благосостояния / Пигу А.: В 2 т. - М.: Прогресс - Т.2- 1985. – 240 с.; Адамчук В.В., Ромашов О.В., Сорокина М.Е. Экономика и социология труда. Учебник для вузов. - М.: ЮПИТИ, 1999. - 407 с. ; Одегов Ю.Г. и др. Рынок труда и социальное партнерство: Монография / Ю.Г.Одегов, Г.Г.Руденко, Н.Г.Митрофанов. – М . : Хро нограф, 1998. - 240 с. ; Волгин Н. Теоретические основы экономики труда и социальных отношений // Экономика и социальные отношения. – М.: РАГС, 1998. ; Карташов С.А., Одегов Ю.Г., Кокорев И.А. Трудоустройство: поиск работы. Учебное пособие / Под. ред. Ю.Г.Одегова. – М.: Издательство «Экзамен», 2002. – 348 с.; Инновационная экономика: занятость, трудовая мотивация, эффективность труда / Л.С. Чижова, Е.С. Садовая, В.В. Кузьмин и др. под ред. Л.С. Чижовой Ин ститут макроэкономических исследований. – М.: Экономика, 2011. - 430 с . 2 Дудников С.В . Программное регулирование содействия занятости населения в мегаполисе: м онография. –М.: и зд-во НИП «2Р» - 2004.; Карташов С.А., Одегов Ю.Г., Кокорев И.А. Трудоустройство: поиск работы. Учебное пособие / Под. ред. Ю.Г.Одегова. – М.: Издательство «Экзамен», 2002. – 348 с.; Колесникова О. Об оценке эффективности работы службы занятости // Человек и труд. - 2002. - № 3. - С. 55-56.; Панков Б.П. Рынок труда на селе и его регулирование . Изд. 2-е, переработанные и дополненное .- М.: Агри Пресс, 2007. -267с. ; Рофе А.И. Труд: теория, экономика, организация: Учебник для вузов. -М.: МИК, 2005. -600 с. ; Чусова Т.А. Развитие информационного рынка труда как фактор стабилизации социально-трудовых отношений / http://www.work.kemsu.ru/sciece/l/l/shtmI ; Просветова Ю.В. Механизм регулирования рынка труда в современной экономики Росси. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук. - Воронеж, 2003. ; Татибеков Б.Л. Регулирование р ы нка труда и занятости человеческих ресурсов Казахстана в условиях глобализации ( теория, методология, механизмы реализации ). Автореферат дис. док. экон. наук. - Алматы: Институт Экономики Минобразования и науки Респ.Каз. 2007. -С.42. 3 Убайдуллаева Р.А., Ата-Мирзаев О.Б., Умарова Н.О. Ўзбекистон демографик жараёнлари ва аҳоли бандлиги (илмий ўқув қўлланма). – Т.: Университет, 2006; Қ.Х.Абдураҳмонов. Меҳнат иқтисодиёти. Дарслик. – Т.: « Меҳнат » , 2009; Абдураҳмонов Қ.Х., Шоюсупова Н.Т. Меҳнат иқтисодиёти: Ижтимоий меҳнат муносабатлари: Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2011; Умурзаков Б.Х. ва б. Меҳнат ресурслари шаклланиши ва тақсимланишининг ҳудудий хусусиятлари. Монография. – Т.: «LESSON PRESS» 2017. 188 б.; Максакова Л.П. Узбекистан: соверщенствование управления трудовой миграции в аспектах принимающих стран // V Уральский демографической форум. Россия 2014; Ш.Р.Холмўминов. Қишлоқ меҳнат бозорининг шаклланиши ва ривожланиши ҳамда уларни моделлаштириш (Монография). – Т.: « Fan va texnologiya » , 2014; З.Я.Худойбердиев ва б. Тадбиркорлик ва ишга жойлаштириш технологияси. Ўқув қўлланма. « ILMZIYO » 2016; Артыкова Д.А. Проблемы достижения равновесия на рынке труда в условиях углубления рыночных реформ. – Т.: ТГЭУ. 2006; Арабов Н.У. Ўзбекистон Республикасида меҳнат бозори инфратузилмасини ривожлантириш самарадорлигини ошириш (монография). – Т.: «Fan va texnologiya», 2017, - 270 б. 4
Bu muammolarning iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida ahamiyatliligi va to‘liq o‘rganilmaganligi tadqiqot mavzusining dolzarbligini, uning maqsadi va vazifalarini aniqlashga imkon yaratadi. Tadqiqot usullari – mazkur dissertatsiya ishida abstrakt-mantiqiy, iqtisodiy- statistik, monografik, ekspert baholash kabi usullardan foydalanilgan. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi – kirish, III bob, har bir bobda 3 tadan paragraf, xulosalar, tavsiyalar, jadvallar, rasmlar, diagrammalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Magistrlik dissertatsiyasining hajmi 79 betdan iborat. I BOB. QISHLOQ MEHNA T BOZORIDA ISHCHI KUCHIGA TA LA B VA TA KLIFN I NA ZA RIY A SOSLA RI 1.1. Qishloq mehnat bozorida ishchi k uchiga t alab v a t ak lifni t art ibga solishning ijt imoiy -iqt isodiy ahamiy at i QMB shakllanishi va uni bozor mexanizmi asosida tartibga solish imkoniyatining juda sekinlik bilan amalga oshayotganligi hududiy darajada qishloq aholisining ish bilan bandligini oshirish maqsadida ishchi kuchiga talab va taklif hamda bahosiga ta’sir qiluvchi samarali mexanizmlarni shakllantirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Mehnat bozorini, shuningdek qishloq mehnat bozorini tartibga solish nazariyasining rivojlanishi, ushbu tushunchani aniq izohlashni, uning maqsadlari, vazifalari va yo‘nalishlarini hamda mexanizmlarini va qishloq mehnat bozorining parametrlariga ta’sir qiluvchi mavjud vosita va omillarini aniqlashni talab qiladi. “Tartibga solish” terminining o‘zi mexanizmning elementlari o‘zaro ta’sirini ishlashi uchun zarur bo‘lgan, eng maqbulini o‘rnatishni, tartibga keltirishni hamda muayyan tartib va qoidaga buysunishni anglatadi 1 . Mehnat bozori muammolari, ularni tartibga solinishi va bu jarayonda davlatning o‘rni turli xil iqtisodiy maktablarning va iqtisodchilarning e’tiborlarini hozirgacha o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Ko‘pincha, ushbu masalalar ish bilan bandlik muammolari bilan birgalikda tadqiq qilinadi, ularning o‘rganilishiga va ularga xos jihatlarga ko‘pgina ilmiy ishlar bag‘ishlangan. Shu bilan birga mehnat bozorini tartibga solish muammolarini o‘rganish, ayirim iqtisodiy maktablar tomonidan olib borilgan bo‘lsa ham, asosan ishsizlik bilan kurashishga yoki uning sabablarini aniqlashga yo‘naltirilgan. Bizning tadqiqotlarimiz natijasidagi nazariy manbalarni tahlili ish bilan bandlik, mehnat bozori va uni tartibga solish muammolarini echishga konseptual yo‘naltirilgan bir necha asosiy yo‘nalishlarni ajratish imkonini berdi. SHulardan bir nechtasini ko‘rib chiqamiz. 1 Ткаченко А.А. Занятость и экономика: политика государства в пе реходный период. - М. ООО. «Информграф», 2000. - С . 420. 5