logo

SAMARQAND VILOYATI MEHNAT BOZORIDA INNOVATSION ISH BILAN BANDLIK SHAKLLARINI JORIY ETISH

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1204.5 KB
MUNDARIJA :
KIRIS H ............................................................................................................... 4
I -
B OB. INNOVATSION   IQTISODIYOTDA   MEHNAT   BOZORI DA
INNOVATSION   ISH   BILAN   BANDLIK   SHAKLLANI SHINING
NAZARIY  NAZARIY ASOSLARI....................................................... 9
1.1. Iqtisodiyotning   innovatsion   rivojlanish   xususiyatlari,   ahamiyati   va
shart-sharoitlari....................................................................................... 9
1.2. Mehnat   bozorining   innovatsion   rivojlanishi ga   nazariy   va   uslubiy
yondashuvlar ................................................................. .......................... 2 0
1.3. Me hnat   bozori da   innovatsion   ish   bilan   bandlik   rivojlanish ining
ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, mazmuni va mezonlari.......... .................... 3 0
II -
BOB . SAMARQAND   VILOY A TI   MEHNAT   BOZORINING
INNOVATSION   RIVOJLANISH   HOLATI   VA
TENDEN S IY A LARI ......................................................................... ... 4 0
2.1. Viloyat   me hnat   bozori   rivojlanishining   ijtimoiy-iqtisodiy
kо‘rsatkichlari tahlili .............................................................................. 4 0
2.2. Innovatsion   tarmoqlarda   mehnat   resurslari   balanslanganlik   darajasi
tahlili....................................................................................................... 50
2.3. Mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlik   yangi   shakllarining
rivojlanish i.............................................................................................. 5 8
III -
BOB. MEHNAT   BOZORIDA   INNOVATSION   ISH   BILAN
BANDLIKNI TA’MINLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI.. 6 6
3.1. Mehnat   bozori   innovatsion   rivojlanishida   davlat   siyosatining   asosiy
yо‘nalishlari............................................................................................ 6 6
3.2. Innovatsion   ish   bilan   bandlikni   tartibga   solishning   hududiy
xususiyatlari ............................................................................................ 7 4
XULOSA  …………………………………………………………… ............... 82
FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR  R О‘YXATI … ............ …………… . 84 KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.   О‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan
boshlab,   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   insonni   har   tomonlama   kamol   topish
maqsadlariga   yо‘naltirilgan.   Mamlakatimizning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishida
qо‘lga   kiritilayotgan   ijobiy   natijalar,   shuningdek   iqtisodiyotni   modernizatsiyalash
asosida   zamonaviy   tarmoq   va   ishlab   chiqarish   quvvatlarining   yо‘lga   qо‘yilishi,
buning   ta’sirida   mamlakatimiz   iqtisodiy   salohiyatining   sezilarli   darajada   ortib
borayotgani,   yaratilayotgan   mahsulot   va   xizmat   turlarining   kо‘payib,   sifatining
tubdan yaxshilanib borishi iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb
etayotganligidan dalolat beradi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida   “ Yangi   yilda   iqtisodiy   islohotlarning   pirovard   maqsadi
kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishdan iborat bо‘ladi. Ushbu
strategik   maqsadlarga   hamma   uchun   teng   imkoniyat   yaratadigan   yuqori   iqtisodiy
о‘sish hisobiga erishiladi” 1
 deb  ta’kidlangan.
Ma’lumki,   yuqori   axborot   va   intellektual   sig‘imga   ega   innovatsion
iqtisodiyotga   –   egiluvchan,   dinamik,   samarali,   doimiy   yangilanib   turadigan,
yangicha   mazmun   va   kо‘rinishga   ega   bо‘lgan,   ish   bilan   bandlik   shakllari   va
ularning   doimiy   yangilanib   turishi,   inson   kapitali   sifatining   oshishi,   ishlab
chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalarida insonning intellektual va ijodiy salohiyati
kabi   xususiyatlar   bilan   aniqlanadigan   mehnat   bozorining   innovatsion   rivojlanish
strategiyasi   mos   keladi.   Mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlik   innovatsion     shakllari
rivojlanishi   postindustrial   rivojlanish   yо‘lini   tanlagan   kо‘pchilik   mamlakatlar
uchun  strategik  rivojlanishning   asosiy  yо‘li  hisoblanadi.  Uning  rivojlanishi   bozor
kuchlarining   ta’siri   ostida   ham,   muvofiq   ravishda   davlat   siyosati   doirasida   ham
amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida makroiqtisodiy
parametrlarning   ijobiy   о‘zgarishi   bilan   bir   qatorda   tarkibiy   ishsizlikning   о‘sib
1
  O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga   Murojaatnomasi,   30.12.2020.   https://review.uz/oz/post/poslanie-prezidenta-
uzbekistana-shavkata-mirziyoyeva-oliy-majlisu
4 borishi,   ishlab   chiqarish   korxonalarida   mehnat   unumdorligi   darajasining   pastligi,
inson   kapitali   qadrsizlanishi,   hududiy   mehnat   bozorlari   tabaqalanishining
chuqurlashib borishi kabi mehnat sohasidagi jiddiy muammolar ham mavjud. 
Umumjahon   tendensiyasi   sifatida   mamlakatimizda   ham   innovatsion
iqtisodiyotga   mos   mehnat   bozorining   innovatsion   rivojlanish   jarayoni   shakllanib
bormoqda.   Lekin   mazkur   jarayon   alohida   qism   holatida,   stixiyali   xarakter   kasb
etmoqdaki,   mehnat   bozori   innovatsion   rivojlanishining   ijtimoiy-iqtisodiy,
institutsional   asoslarini   takomillashtirish   va   rag‘batlantirishning   о‘ziga   xos
mexanizmini   shakllantirishni   zarurat   etmoqda.   Innovatsion   yо‘nalishda   mehnat
bozorining   rivojlanish   strategiyasi   nafaqat   neoklassik   paradigma   postulatlatlarini
anglashni   va   zamonaviy   ijtimoiy-iqtisodiy   hodisalarni   nazariy-uslubiy   jihatdan
tahlil   etish   hamda   bir   tizimga   solishni,   balki   ish   bilan   bandlikni   tartibga   solish
tizimidan,   uning   an’anaviy   yо‘nalishlarining   sifat   kо‘rsatkichlarini   о‘zgartirishni
nazarda tutuvchi yangi talablarni belgilaydi.  
Shunga kо‘ra, mehnat bozorining innovatsion rivojlanishi bо‘yicha hududiy
xususiyatlarini hisobga olgan holda, ish bilan bandlik innovatsion turining shakllari
va   baholash   usullarini   hamda   institutsional   asoslarini   takomillashtirish   bо‘yicha
ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish alohida ahamiyatga egadir.
Muammoning   о‘rganilganlik   darajasi .   Mehnat   bozori,   ish   bilan   bandlik,
ishsizlik,   inflyasiya   kabi   muammolarni   fundamental   tadqiq   etishga:   J.M.Keyns,
A.Marshall,   L.Mizesa,   A.Pigu,   V.Oyken,   F.Xayek,   M.Fridmen,   A.Osvald,
J.Rudbesh,   K.R.Makkonell,   S.L.Bryu,   M.Armstrong,   A.Beron   kabi   xorijiy
yetakchi   iqtisodchi   olimlarning   qator   ilmiy   ishlari   bag‘ishlangan.   Bu   tadqiqotlar
iqtisodiyotni   erkinlashtirish   sharoitida   turgan   mamlakatlarda   ish   bilan   bandlik
muammolarini о‘rganish uchun nazariy asos bо‘lib xizmat qilmoqda. 
Mehnat   bozori   va   ish   bilan   bandlikning   institutsional   jihatlari   institutsional
yо‘nalishdagi   klassik   xorijlik   olimlardan:   T.Veblen,   Dj.Kommons,   U.Mitchell
hamda   zamondosh   olimlardan:   S.Azariadis,   Dj.Gelbreyt,   R.Ko-uz,   D.Nort,
R.Nelson,   D.Rodjers,   M.Iayor,   Dj.San-Paul,   Dj.Xodjson;   S.Uinter,   T.Eggertsson,
O.Uilyamson va boshqalarning ilmiy ishlarida о‘z ifodasini topgan.    
5 Iqtisodiyot   fanining   bu   sohadagi   rivojiga   MDH   davlatlaridan
V.V.Adamchuk,   Yu.N.Arsenev,   N.A.Volgin,   B.M.Gengin,   V.N.Gerasimov,
G.N.Gujina,   A.V.Yegorshin,   T.V.Zayseva,   A.Ya.Kebanov,   R.G.Mumladze,
Yu.G.Odegov,   V.A.Pavlenkov,   A.I.Rofe,   G.G.Rudenko   kabi   taniqli   olimlar
munosib hissa qо‘shganlar. Bu muammolar  tadqiqotiga о‘zbekistonlik olimlardan
Q.X.Abdurahmonov, R.A.Ubaydullayeva, Sh.N.Zaynutdinov, Sh.R.Xolmо‘minov,
D.M.Rahimova,   N.X.Raximova,   Sh.G.Yuldashev,   Z.Ya.Xudoyberdiyev,
N.Q.Zokirova, F.U.Mamarasulov, A.B.Hayitov, N.Xо‘jayev va boshqa olimlarning
ilmiy ishlari bag‘ishlangan.
Shuningdek,   innovatsion   rivojlanish   nazariyasining   turli   jihatlariga   xorijlik
olimlardan Y.Shumpeter, Dj. Gelbreyt, R.Nelson, M.Porter, P.Romer, B.Santo va
boshqalar   о‘z   hissalarini   qо‘shganlar.   Mamlakat   iqtisodiyotining   innovatsion
rivojlanish   muammolariga   MDH   olimlaridan   L.I.Abalkin,   V.M.Anыnin,
S.Yu.Glazyev,   L.M.Goxberg,   A.A.Dinkin,   B.N.Kuzыk,   D.S.Lvov,   P.N.Zavlin
kabilarning   ishlari   bag‘ishlangan.   Ushbu   ishlarda   mualliflar   tomonidan   asosan
milliy   innovatsion   tizim,   yuqori   texnologiyalar   majmuasi,   fan   va   ta’lim,
innovatsiyalarni   boshqarish,   mamlakat   innovatsion   rivojlanish   strategiyasi   kabi
innovatsion   rivojlanishning   fundamental   masalalari   tadqiq   qilingan.   Shu   bilan
birga  mehnat   bozori   innovatsion  rivojlanishining  ayrim  jihatlari  Ye.A.Vasyunina,
L.V.Borisova,   I.N.Novikovalarning   tadqiqot   ishlarida   qarab   chiqilgan.     Biroq
mazkur ishlarda mehnat bozorida innovatsion ish bilan bandlikning rivojlanishi va
uning   hududiy   xususiyatlari   tizimli   ravishda   mustaqil   tadiqot   obyekti   sifatida
о‘rganilmagan. 
Iqtisodiyotni   modernizatsiyalash   sharoitida   mamlakatimizda   mehnat   bozori
innovatsion   rivojlanishi   bо‘yicha   metodologik   va   konseptual   yondashuvlarning
yetarlicha   asoslanmaganligi   va   tizimlashtirilmaganligi   ushbu   muammoni   nazariy,
uslubiy   va   amaliy   jihatdan   hamda   uni   rivojlanish   xususiyatlarini   hududiy   va
korporativ darajada tadqiq etishni zarurat etadi.
6 Mazkur   muammoning   iqtisodiyotning   innovatsion   rivojlanishi   sharoitida
ahamiyati   va   yetarli   darajada   о‘rganilmaganligi   tadqiqot   mavzusini   dolzarbligini,
uning maqsadi va vazifalarini tо‘g‘ri aniqlashga imkon yaratdi.
Tadqiqot   maqsadi   –   iqtisodiyotning   innovatsion   rivojlanishi   sharoitida
mehnat   bozorining   samarali   amal   qilish   xususiyatlari   hamda   ish   bilan   bandlik
innovatsion   shakllarini   nazariy   va   amaliy   jihatdan   tadqiq   etish   bо‘yicha   ilmiy
asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu   maqsaddan   kelib   chiqqan   holda   mazkur   tadqiqot   ishining   asosiy
vazifalari  etib quydagilar belgilanadi:
 innovatsion   iqtisodiyot   rivojlanishining   xususiyatlari,   shart-sharoitlarini
an’anaviy va yangicha nazariy yondashuvlar asosida tizimlashtirish hamda   ilmiy-
nazariy jihatdan asoslash; 
– “mehnat bozori”, “ish bilan bandlik”, “innovatsiya”, “innovatsion ish bilan
bandlik”   kategoriyalarining   ijtimoiy-iqtisodiy   mohiyatini   qiyosiy   yondashuvlar
asosida   yoritib   berish,   mehnat   bozorining   innovatsion   rivojlanish   xususiyatlarini
aniqlash  va uning tasniflash tamoyillarini taklif etish;
– milliy mehnat  bozorlari transformasiyasi  va ish bilan bandlik innovatsion
turi   rivojlanishiga   globallashuvning   rolini   yoritib   berish   hamda   mehnat   bozorida
innovatsion ish bilan bandlik shakllanishini nazariy jihatdan tadqiq etish;
– Samarqand viloyati mehnat bozori rivojlanishining hududiy xususiyatlarini
aniqlash va kо‘p omilli tahlil etish; 
– mehnat bozorida ish bilan bandlik innovatsion turining shakllari, tarkibi va
shakllanish xususiyatlarini tahlil etish;
–   mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlik   yangi   shakllarining   rivojlanish
yо‘nalishlarini aniqlash;
– mehnat bozori innovatsion rivojlanishi bо‘yicha davlat siyosatining asosiy
yо‘nalishlari, maqsad va vazifalari hamda strategiyasini aniqlash;
–   mehnat   bozorida   innovatsion   ish   bilan   bandlikni   tartibga   solishga   tizimli
yondashish va uning hududiy xususiyatlarini aniqlash;
7 –   mehnat   bozorida   innovatsion   ish   bilan   bandlik   rivojlanishining
institutsional   asoslarini   normativ-huquqiy   va   tashkiliy-iqtisodiy   jihatdan
takomillashtirish bо‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti –  Samarqand viloyati mehnat bozori hisoblanadi. 
Tadqiqot   predmeti   –   innovatsion   rivojlanish   jarayonida   mehnat   bozorida
yuzaga   keladigan   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlarni   rivojlanish   xususiyatlarini
tadqiq etish hisoblanadi.  
Tadqiqotning   nazariy-metodologik   asosi   bо‘lib ,   mamlakat   Prezidenti
tomonidan   ishlab   chiqilgan   respublikamizda   ijtimoiy   yо‘nalishdagi   bozor
iqtisodiyotiga   о‘tishning   о‘ziga   xos   yо‘li   (strategiyasi)   va   bozor   iqtisodiyoti,
mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi, marketing va sosiologik tadqiqotlar yuzasidan
xorijlik hamda vatanimiz olimlari tomonidan olib borgan ilmiy ishlari xizmat qildi.
Bitiruv   malakaviy   ishini   tayyorlashda   О‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   va
Vazirlar   Mahkamasining   bozor   munosabatlarini   rivojlantirish   hamda   kо‘p  ukladli
iqtisodiyotni barpo etish haqidagi farmonlari va qarorlaridan foydalanildi.
Mazkur   ishni   yozishda   Samarqand   viloyat   mehnat   va   aholini   ijtimoiy
himoya   qilish   boshqarmasi   hamda   ishlab   chiqarish   korxonasining   statistik
hisobotlari axborotlar manbai bо‘lib xizmat qildi.
Ilmiy   ish   tarkibi   va   hajmi.   Bitiruv   ishi   tarkibi   tadqiqot   maqsad   va
vazifalaridan   kelib   chiqqan   holda   kirish,   uchta   bob,   xulosalar,   foydalanilgan
adabiyotlar rо‘yxatidan tashkil topgan. 
8 I-BOB. INNOVATSION IQTISODIYOTDA MEHNAT BOZORIDA
INNOVATSION ISH BILAN BANDLIK SHAKLLANISHINING NAZARIY
NAZARIY ASOSLARI
1.1. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish xususiyatlari, ahamiyati va shart-
sharoitlari
Mamlakatimiz   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishining   hozirgi   bosqichida
barqaror   va   jadal   sur’atlar   bilan   iqtisodiy   о‘sishni   ta’minlash   milliy   rivojlanish
strategiyasining   bosh   masalasi   bо‘lib   hisoblanadi.   Respublikamizda   barqaror   va
ijtimoiy   yо‘naltirilgan   iqtisodiyotni   samarali   rivojlantirish   bо‘yicha   amalga
oshirilayotgan   iqtisodiy   islohotlar   bugungi   kunda   о‘zining   ijobiy   natijalarini
bermoqda.
Respublikamizda   bozor   munosabatlarini     samarali  rivojlantirish  eng   avvalo
inson   resurslaridan   unumli   foydalanishga   bog‘liq.   Respublikamizning   ijtimoiy-
iqtisodiy   sohasida   о‘ziga   xos   siyosati   mavjud   bо‘lib,   asosan   iqtisodiyotning
zamonaviy   tarmoqlarini   rivojlantirish   va   unga   mos   ravishda   yuqori   intellektual
salohiyatga   ega   kadrlarni   tayyorlash   hamda   ularning   sifat   tarkibini
takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimidan iboratdir.  
Har   qanday   mamlakatning   о‘rni   va   raqobatbardoshligi   nafaqat   milliy
iqtisodiyoning   rivojlanish   darajasi,   balki   jamiyat   taraqiyotining   ijtimoiy   rivojlanish
holatiga   ham   bog‘liqdir.   Bugungi   kunda   dunyo   mamlakatlarida   jamiyatning
ijtimoiylashuv   jarayoni   yuz   bermoqda,   bu   esa   о‘z   navbatida   jamiyatda   mehnat
salohiyatining intelektuallashuvi orqali amalga oshiriladi.
Innovatsiya   va   innovatsion   faoliyat   an’anaviy   ilmiy-texnik   taraqqiyot
yо‘nalishi hamda amaliy ishlanmalar va ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy
qilish   bilan   bog‘liq   jarayon   sifatida   maydonga   chiqadi.   Biroq   «innovatsiya»
tushunchasining mazmun va mohiyati yanada kengroqdir. Innovatsiya sohasi keng
qamrovli bо‘lib, u nafaqat ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va kashfiyotlardan amaliy
9 foydalanishni   qamrab   olmasdan,   balki   mahsulotda,   ishlab   chiqarish   jarayonida,
marketingda, tashkil etish tizimidagi о‘zgarishlarni ham о‘z tarkibiga oladi. 
Innovatsiya   о‘zgarishlarning   yaqqol   omili   sifatida   yangi   yoki
takomillashtirilgan   mahsulot,   texnologik   jarayonlar,   ijtimoiy   ehtiyojlarni
qondirishga   bо‘lgan   yangicha   yondashuvlar   va   yangi   xizmatlarga   singdirilgan
faoliyat natijasi sifatida maydonga chiqadi.
Ilmiy   adabiyotlarda   “innovatsiya”   tushunchasining   turlicha   mazmun   va
mohiyati   keng   doirada   talqin   qilingan   hamda   bu   hodisa   bilan   bog‘liq   turlicha
tavsifdagi   jarayonlar   tipologiyasi   tavsiya   etilgan,   biroq   mazkur   sohada   umum
qabul   qilingan   terminologiya   va   tasnif   haligacha   о‘zining   yaqqol   yechimiga   ega
emas. 
Innovatsiya (ingliz tilida “innovation” – yangilik, yangilik kiritish) fanda va
amaliyotda   yetarlicha   yangi,   doimo   rivojlanib   boradigan   kategoriyalarni   о‘zida
mujassamlashtiradi.   “Innovatsiya”   tushunchasi   birinchi   marta   XIX   asrda
madaniyatshunoslarning   ilmiy   tadqiqotlarida   paydo   bо‘lgan   va   turlicha
madaniyatlarning о‘z-о‘zidan о‘zaro ta’siri natijasidagi о‘zgarishlar bilan aloqador
bо‘lgan.   Faqatgina   XX   asr   boshlarida   texnik   yangiliklar   qonuniyatlari   о‘rganila
boshlandi   va   bu   tushuncha   iqtisodiy   inqirozlar   о‘stidan   yengib   chiqish   vositasi
sifatida innovatsiyalarning tadqiq etilishi natijasida iqtisodchilar terminologiyasida
yuzaga keldi.     
Oksford izohli lug‘atida “innovatsiya” (innoration) tushunchasi quyidagicha
izohlanadi: “tovarni ishlab chiqarish yoki sotish, konstruksiyalashga istalgan yangi
yondashuv   hisoblanib,   natijada   novator   yoki   uning   kompaniyasi   raqobatchilarga
nisbatan  ustunlikka ega bо‘ladi”. 
“ Innovatsiya ”   terminining   zamonaviy   tushunchasini   iqtisodchi   Yozef   Aloiz
Shumpeter   (J.A.   Schumpeter)   birinchi   marotaba   ishlatgan.   Uning   ta’kidlashicha,
innovatsiya   –   bu   yangi   materiallar   va   komponentlardan   foydalanish,   yangi
jarayonlarni   joriy   etish,   yangi   bozorlarni   ochish,   yangi   tashkiliy   shakllarni   joriy
etish ga   asoslangan   barcha   yangi   kombinasiyalarning   yangi dan   qо‘shilishi   va
tijoratlashuv i dan   iborat   bо‘lgan   ishlab   chiqarish   funksiyasining   tubdan
10 almashinuvidir.  Innovatsiya rivojlanish dvigateli sifatida ishlab chiqarish omillarini
yangi kombinasiyalarini doimiy tadqiq etish bо‘yicha tashabbuskorlik hisoblanadi. 
Bunga   qо‘shimcha   qilib,   shuni   qayd   qilish   mumkinki,   innovatsiya   –   bu
iste’molchini   jalb   qilish,   uning   ehtiyojlarini   qondirish   va   bir   vaqtning   о‘zida
tadbirkorga   daromad   keltirish   maqsadida   bozordagi   yangi   mahsulot,   yangicha
kо‘rinish yoki harakatlardir.
Innovatsion rivojlanishni belgilovchi omillar quyidagilardan iborat:
– bozor kon’yunkturasi va raqobat (ham ichki, ham tashqi bozordagi); 
– muhit   (fan   va   texnikaning   rivojlanish   darajasi,   qonuniy   va   me’yoriy
(normativ) baza, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik); 
– kadrlar (olimlar, mutaxasislar, tadbirkorlar, menejerlar, siyosiy arboblar,
davlat xizmatchilari); 
– resurslar   (tabiiy,   ishlab   chiqarish,   moliyaviy,   ilmiy-texnikaviy,
texnologik, infratuzilmaviy).
Innovatsiyani   harakatga   keltiruvchi   kuch   bо‘lib,   inson   faoliyatining   turli
sohalarida   yuz   beradigan   doimiy   о‘zgarishlar   hisoblanadi.   Ulardan   har   birida
yangilik   yaratishning   maqsadi   barqaror   va   uzoq   muddatli   iqtisodiy   о‘sishni
ta’minlashga   yо‘naltirilgan   yangi   jarayonlar   yoki   mahsulotlarni   joriy   etishdan
iboratdir. Ularga quyidagilar kiradi:
– yangi materiallarni, qurilmalarni, texnologik jarayonlarni, mahsulotlarni,
iqtisodiyotdagi   samaradorlikni   tubdan   yaxshilaydigan   yoki   ahamiyatli   darajada
о‘zgartiradigan usullar va xizmatlarni yaratish yoki ularni takomillashtirish;
– shaxsni   ijtimoiy   maqomini   oshirish   va   shaxsiy   hamda   jamiyat
manfaatlarining optimal nisbatiga erishish uchun ijtimoiy tarkibdagi о‘zgarishlar;
– о‘zgaruvchan   sharoitlarga   moslashishga   imkon   beruvchi   va   korxona
hamda tashkilotlar faoliyatini yaxshilashga yо‘naltirilgan yuzaga kelgan boshqaruv
tizimini modifikasiyalash.
Texnika,   texnologiya,   iqtisodiyot,   boshqaruv   va   ijtimoiy   sohadagi   barcha
kiritiladigan   yangiliklar   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘liq,   mazkur   sohalardan   biriga
yangilikni   joriy   etish   uchun   ularning   boshqasida   doimo   ham   mos   ravishdagi
11 о‘zgarishlarni   amalga   oshirish   kerak   bо‘ladi.   Bu   vaziyat   shu   narsa   bilan
izohlanadiki,   aksariyat   hollarda   innovatsiyalar   bir   vaqtning   о‘zida   maqsadga
yо‘naltirilgan   yaxlit   harakatlarga   va   uni   iqtisodiy   qо‘llashning   yangi   qirra
(yо‘nalish,   soha)lariga   ega   bо‘lish   uchun   turli   xildagi   bilimlardan   foydalanishga
asoslanadi.
Iqtisodiyotning qandaydir faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish bо‘yicha
tadqiqot,   ishlanma   yoki   tajriba   ishlarining   rasmiylashtirilgan   natijasi   bо‘lib
novasiya   hisoblanadi.   Ularga   qandaydir   yangiliklar,   kashfiyotlar,   potentlar,   nou-
xau,   yangi   yoki   takomillashtirilgan   mahsulot,   texnologiya   yoki   ishlab   chiqarish
jarayoni   uchun   hujjatlar   hamda   turli   tavsiyalar,   metodikalar,   yо‘riqnomalar,
standartlar, marketing tadqiqoti natijalari, rasionalizatorlik takliflari kiradi.
Yangilik yangi bilimlar, yondashuvlar, usullar kо‘rinishida yangi  sifat  kasb
etadi   hamda   uni   joriy   etish   va   ommalashtirish   vaqtidan   boshlab   innovatsiyaga
aylanadi.   Innovatsiya   –   jamiyat   tomonidan   talab   etiladigan   iqtisodiy,   ijtimoiy,
ekologik,   ilmiy   texnikaviy   yoki   boshqa   turdagi   samaraga   erishish   maqsadida
yangilikni   joriy   etishning   pirovard   natijasidir.   Boshqacha   sо‘z   bilan   aytganda,
innovatsiya   –   bu   ehtiyojlarni   yanada   tо‘liq   qondiruvchi,   oldindagilaridan   tubdan
farq   qiluvchi   yangi   mahsulotni   bozorga   kiritish   va   realizasiya   qilishni
ta’minlaydigan   tavakkalchilik   bilan   bog‘liq   bо‘lgan   istalgan   yaratuvchanlikning
aniq natijasidir.
Bizning   fikrimizcha,   innovatsiyalarning   mohiyati   ilmiy-texnik   ishlanmalar
va   ixtirolardan   amalda   foydalanish   bilan   yakunlanmaydi.   Innovatsiyalar
о‘zgarishlarning aniq omili sifatida funksiyalarda namoyon bо‘ladi. Innovatsiyalar
mahsulot,   jarayonlar,   marketing,   tashkil   etishdagi   о‘zgarishlarni   о‘z   ichiga   oladi.
Y.Shumpeter uchun innovatsiya – bu takomillashtirish emas, balki ishlab chiqarish
vositalarining   о‘zaro   yangicha   birlashishida   ishlab   chiqarish   funksiyalarining
jiddiy ravishda almashinuvidir.   
Ta’kidlash   kerakki,   Y.Shumpeter   birinchi   navbatda   mavjud   mahsulotga
ba’zi   yangi   funksiyalarni   kiritish   sifatida   tushuniladigan   innovatsiyalarni
dinamizasiyalash   asosidagi   xо‘jalik   jarayonlariga   qiziqadi.   О‘rtacha   bilan
12 taqqoslaganda   katta   foyda   beradi.   U   ta’kidlaydiki,   innovatsiyalarni   kiritish,
birinchi navbatda amaldagi ishlab chiqarish omillari о‘sishini ifodalamaydi, uning
orqasida   yangi   shart-sharoitlarni   qо‘llashga   mavjud   omillarni   о‘tkazish   tо‘radi.
Y.Shumpeterdan   tashqari   “innovatsiya”   tushunchasiga   odatda   boshqa   g‘arb
olimlaridan   E.Mensfild,   R.Foster,   B.Tviss,   M.Ye.Porter   kabi   olimlar   о‘z
qarashlarini bildirganlar.  
Shumpeter   iqtisodiy   dinamika   nazariyasida   yangi   yо‘nalishning   asoschisi
hisoblanadi,   uning   asosiy   holatlari   N.Kondratiyev 1
ning   bir   qator   nazariy
kо‘rinishdagi ishlanmalarida ishlab chiqilgan. 
Iqtisodiy  kon’yunkturaning uzviy texnik rivojlanishiga  aloqador  tadqiqotlar
D.S.Lvov   va   S.Yu.Glazyev 2
larning   iqtisodiy   rivojlanishni   aniqlovchi   besh   asosiy
texnologik uklad tavsifida keltirilgan. 
Innovatsiya   nazariyasi   G.Menshning   ikki   tomonlama   muhim   nazariy
jihatlari ifodalangan ilmiy ishlarida rivojlanitirilgan: texnologik turtki innovatsion
о‘zgarishlari asosi hisoblansa, turg‘unlik innovatsion faollikni “tepkisi” roli bо‘lib
hisoblanadi 3
.
Texnologik   turtki   nо‘qtai   nazaridan   qarama-qarshi   gepotiza   Y.Shmukler,
K.Frimen,   Dj.Klark,   K.Oppenlender   va   boshqa   tadqiqotchilar   tomonidan
rivojlantirilgan. 
K.Fremenning   fikricha,   yangiliklarni   ishlab   chiqish   talab   о‘sishini
ta’minlaydi,   о‘z   navbatida   mahsulot   va   texnologik   innovatsiyalarning   bir-biriga
aralashishini rag‘batlantiradi. Frimen nazariyasi va uning izdoshlari “talabga bosim
gipotezasi” nomini olganlar. 
Hozirgi   vaqtda   innovatsiya   nazariyasida   turli   vositalarni   boshqarishning
amaliy   masalalarini   yechish   uchun   taqdim   qiluvchi   va   turli   xil   paradigmadan
foydalanishda   emperik   dalillarga   egaligini   ifodalovchi   ikki   asosiy   yondashuv   –
“texnologik turtki” va “talab bosimi” ustun kelmoqda. 
Bu   ikki   yondashuvning   mohiyati   bо‘yicha   iqtisodiy   tizimning   statistik   va
1
 Кондратьев Н.Д. Проблемы экономической динамики. М: Экономика, 1989.
2
 Глазьев С.Ю. Теория долгосрочного технико-экономического развития. М .:  ВлаДар , 1993.
3
  Mensh   G.   Stalemate   in   technology:   innovation   overcome   the   depression.   -   Cambridge   (Massachusetts,   USA),
1979.
13 asta-sekinlik   bilan   holati   о‘zgarishi   tavsiflanadi.   Innovatsiya   nazariyasi
rivojlanishida   “birlashtiruvchi”   tendensiyalar   keyingi   10   yil   mobaynida   rivojlana
boshladi. 
Ilmiy-uslubiy   vosita   sifatida   evolyutsion   nazariyaning   shakllanishi,
neoklassik   nazariya 1
ning   kо‘pchilik   boshlang‘ich   holatini   rad   etgan   holda   XX
asrning faqat 60-70 yillarini 2
 о‘z ichiga oladi. 
A.M.Nesterenko   ishida   ta’kidlanganidek,   oddiy   tovar   bozoriga   iqtisodiy
subyektlarni   xulq-atvor   darajasida   neoklasik   yо‘nalishni   amaliy   holatining
tadqiqoti   kо‘p   tomonlama   qoniqarli   natijalarni   beradi.   Evollyusion   nazariyani
empirik   isbotini   ishonchliligi   faqat   makroiqtisodiyotga   va   yirik   tarmoq
klasterlarining   rivojlanishi   –   makrogenerasiyaga   tegishlidir.   Bunda   hudud
(mintaqa)   va   korxona   darajasida   evolyutsion   nazariyadan   foydalanish   amaliyoti
tо‘liq tadqiq etilmagan. 
Rossiya   ilmiy   adabiyotlarida 3
  ushbu   yondashuv   kо‘plab   ilmiy   ishlarda   va
terminologik   lо‘g‘atlarda   о‘z   ifodasini   topganki,   bu   uning   tan   olinishi   va
foydalanishi  haqida guvohlik beradi. L.I.Tatarkin va A.F.Suxova 4
  ishlarida ushbu
yondashuv   tо‘liqroq   ifoda   etilgan:   “innovatsiya   –   yangi   mahsulot   (mahsulot   turi,
texnologiya, tashkiliy shakl va h.k.) bо‘lib, ilmiy va ilmiy texnik bilimlarni amaliy
qо‘llanilishi   natijasidir,   undan   foydalanish   iqtisodiy   yoki   ijtimoiy   samaraga   olib
keladi”. 
Jarayon   darajasida   yondashuv   ta’rifi   B.Santo 5
  asarida   keltirilgan:
“Innovatsiya   –   bu   shunday   ijtimoiy,   texnik,   iqtisodiy   jarayon   bо‘lib,   unda   ilmiy
g‘oyalar   va   ixtirolardan   amalda   foydalanish   tovarlar,   texnologiyalar   xususiyati
bо‘yicha   yaxshi   mahsulotlarni   yaratishga   olib   keladi,   agarda   u   iqtisodiy   foyda
olishga yо‘naltirilgan bо‘lsa”. 
1
 Нельсон Р., Уинтер С. Эволюционная теория экономических изменений, М: Дело, 2002.
2
  Нестеренко   А.Н.   Возможен   ли   синтез   эволюционной   экономики   и   «Мейнстрим»   II   Эволюционная
экономика и «Мейнстрим», М.: Наука, 2000, С, 55-61.
3
  Управление   исследованиями,   разработками   и   инновационными   проектами./   Под   ред.   С.В.   Валдайцева,
СПб.: Изд-во СПб ун-та, 1995.
4
  Татаркин   А.И.,   Суховей   АФ.   Ключи   к   мировому   рынку:   инновационное   предпринимательство   и   его
возможности. М.: ЗАО «Изд-во Экономика», 2002, с. 16.
5
 Санто Б. Инновации как средство экономического развития: Пер. с венг, М.: 1990. С. 83.
14 Innovatsiya   sо‘zining   mohiyatini   aniqlash   va   baholash   bо‘yicha   yagona
metodologik   qо‘llanmaning   yо‘qligini   e’tirof   etish   mumkin.   Bu   muammo
respublikamizda   “Innovatsion   faoliyat   tо‘g‘risidagi”   qonunning   qabul
qilinmaganligi bilan izohlanishi mumkin.
Innovatsiya  nazariyasi   bо‘yicha  yuqorida  keltirilgan   fikrlar  va   tamoyillarga
asosan,   bizning   fikrimizcha,   “innovatsiya   –   bu   muayyan   iqtisodiy,   ijtimoiy   va
boshqa   turdagi   samaralarni   keltiradigan,   amaliy   faoliyatga   joriy   qilingan,
mahsulotni   yangicha   hayotiy   siklini   amalga   oshiruvchi   jarayon   sifatida   bozorda
realizasiya   qilinadigan,   yangi   iqtisodiy   mahsulotda   mujassamlashgan   bilimlar
transformasiyasi natijasi hisoblanadi. 
Innovatsiyalar   investisiyalar   yordamida   amalga   oshiriladi,   uning   kо‘lami
tavakkalchiligi iqtisodiy sikllarning turli fazalarida turlichadir. Inqirozdan chiqish
va   jonlanish   davrida   bir   muncha   keng   kо‘lamda   asoslangan   holda   innovatsion
loyihalar о‘zlashtiriladi.  
Innovatsiyalar insonlar faoliyatining turli sohalarini о‘z ichiga qamrab oladi.
Kо‘p   variantli   imkoniyatlardan   kelib   chiqib,   joriy   etish   sohasi   bо‘yicha,   yoyilish
kо‘lami bо‘yicha va tavsifiga qarab innovatsiyalar farqlanadi.
Joriy   etish   sohasi   bо‘yicha   innnovasiyalar   ilmiy-texnikaviy,   tashkiliy-
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va davlat-huquqiy turlarga bо‘linadi.
Har   bir   davlat   iqtisodiyotining   innovatsion   rivojlanishi   jamiyatni
intellektual,   ma’naviy,   ma’rifiy   va   ijodiy   salohiyatiga   bog‘liq   bо‘ladi.   Bunday
salohiyatni   asosiy   tarkibiy   qismi   bо‘lib,   ilm-fanni   rivojlantirish,   aholining   ta’lim
darajasi   va   sifati   hisoblanadi,   innovatsion   salohiyatning   о‘zi   esa   yalpi   milliy
mahsulotda   ilmiy-tadqiqot   xarajatlarini   moliyalashtirishdagi   sarf-xarajatlarning
ulushi bilan belgilanadi.
Innovatsion   faoliyatni   turli   ta’riflari   mavjud.   Uni   innovatsiyalarga   eltuvchi
ilmiy,  texnologik,  tashkiliy,   moliyaviy,   tijorat   tadbirlar  sifatida  aniqlash  mumkin.
Xulosa  qilib  aytganda ,   innovatsion  faoliyat   yangiliklarni  yaratish   va  joriy  etishga
yо‘naltirilgan kompaniya xodimlarining  о‘zaro  hamkorli gidir  faoliyatidir. 
15 Ma’lumki,   mehnat   bozorida   ishchilar   о‘zlarining   mehnat   qobliyatlarini,
о‘zini  va   о‘z  oilasini   zarur  bо‘lgan  xayotiy  vositalari   bilan  ta’minlash   maqsadida
shu   vositalarning   qiymatiga   teng   bо‘lgan   ish   kuchini   sotish   bilan   topadilar   (1.1-
rasm). Ishchi kо‘chidan foydalanish jarayonida mehnat jarayoni amalga oshiriladi
va   bu   jarayonda   u   tomonidan   tovarlar,   tayyor   byumlarda   mujassamlashadigan
yangi   qiymat   yaratiladi.   Yollanma   ishchi   esa   о‘z   mehnati   uchun   uning   mehnati
bilan   yaratilgan   qiymatni   emas   balki   uning   faqat   ish   kuchi   qiymati   sifatida
belgilanadigan qisminigina oladi. Yangidan yaratilgan qiymatning qolgan qismini
tadbirkor   о‘zlashtiradi,   bu   yollanma   mehnatni   ekspulatasiya   qilinishining   ifodasi
hisoblanadi.   Shunday   qilib,   qiymatni     yaratishda   kapital,   yer,   tadbirkorlik   kabi
ishlab   chiqarish     omillarining   ishtiroki   inkor   etiladi.   Boshqa   nuqtai   nazarni
keltirishdan oldin “mehnat” va “ish kuchi” sо‘zlari semantikasini, shuningdek, ular
bilan bog‘liq tushunchalarni anglab olaylik.
1. 1 -rasm.  A sosiy  element lar bо‘y icha ishchi k uchini t a’rifl ash
B -ishchi   kuchi   guruhiga   kiruvchi   ish   bilan   bandlar;   I-   ishchi   kuchi   guruhiga   kiruvchi
ishsizlar;  T-  ishchi kuchi gurushidan tashqarilar. Mehnat resurslari tarkibi
Faol qismi nofaol qismi
Mehnat bilan 
band 
bo‘lganlar Ishsizlar O’qiydiganlar
Mehnat bilan 
band 
bo‘l ma ganlar
Yollanib 
ishlovchilar Yollan may  
ishlovchilar Boshqa 
toifadagi 
band aholi Ishga joylashishga  
muhtojmaslar 3-guruh 
nogiron -
lari
Ishlashni 
xo h lamay -
diganlar
16              Agar unga jamiyat uchun keng talab etiladigan natijalarni olish uchun yangi
bilimlar, texnologiyalar, usullar, yondashuvlar kiritilsa bunday faoliyat innovatsion
faoliyat bо‘lib hisoblanadi.
U yagona mantiqiy zanjirga birlashtirilgan yangiliklarini ishlab chiqish, joriy
etish, о‘zlashtirish, tijoratlashuvi bilan bog‘liq tadbirlar majmuasidan iboratdir. Bu
zanjirning har bir bо‘g‘ini о‘z mazmuniga va о‘zining rivoshlanish qonuniyatlariga
ega. Ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar, investision-
tijorat   va   ishlab   chiqarish   tadbirlari   yagona   bosh   maqsadga,   ya’ni   yangilik
yaratishga qaratilgan.
Innovatsion faoliyat yuqori darajali noaniqlik va xavf-xatar bilan, natijalarni
istiqbollashtirishning   murakkabligi   bilan   tavsiflanadi.   Innovatsiyalarni   joriy
etishning   ustuvor   jihati   bо‘lib,   iqtisodiy   shartlar   hisoblansa,   innovatsion   faoliyat
jarayonidagi   muhim   parametr   bо‘lib  vaqt   hisoblanadi.   Innovatsion   jarayonga   jalb
qilinadigan resurslar, agar raqobatchi bozorga yangi mahsulotni chiqarishda о‘zib
ketsa, qadrsizlanishi mumkin. 
Bozor   iqtisodiyoti   rivojlangan   va   rivojlanayotgan   mamlakatlarda
innovatsion   faolikdan   iqtisodiy   о‘sishning   bosh   omili   sifatida   foydalanadi.   Yangi
g‘oyalarni   izlashdan   to   undan   foydalanish,   tijoratlashtirish   va   keng   yoyishgacha
bо‘lgan davrda faoliyatning barcha bosqichlarini hisobga olish uchun “innovatsiya
sikli” tushunchasini kiritish zarur. Innovatsiya sikli yangiliklarni yaratish va uning
hayotiylik   davrlarini   о‘z   ichiga   oladi.   Bu   holat   shu   narsa   bilan   izohlanadiki,
yangilikdan   innovatsiyalarni   yaratish   uchun   bir   necha   marotaba   foydalanish
mumkin.
Kо‘pchilik   davlatlarda,   xususan,   respublikamizda   yaqindan   boshlab   milliy
innovatsion   tizimlar   konsepsiyasi   paydo   bо‘la   boshladi.   Bu   davlat,   xususiy,
ijtimoiy   tashkilotlar   va   turli   tashkiliy   tuzilmalarning   kompleks   ravishdagi   о‘zaro
munosabatlari   tizimi   bо‘lib,   uning   doirasida   yangi   bilimlarni   yaratish,
rivojlantirish, saqlash, keng joriy etish asosida ularni mahsulotlar, xizmatlarlar va
texnologiyalarda qayta о‘zgartirish bо‘yicha faoliyatlar amalga oshiriladi.
17 Milliy   innovatsion   tizim   tarkibiga   universitetlar,   davlat   ilmiy   muassasalari,
laboratoriyalar,   texnoparklar,   inkubatorlar   hamda   kichik   va   yirik   ishlab   chiqarish
hamda  tadqiqot   kompaniyalari  kabi   ilmiy-ishlab  chiqarish  tuzilmalari   kiradi.  Ilm-
fan   innovatsiyaning   strategik   resursi   va   vositasi   bо‘lib   hisoblanadi.   U   davlat,
iqtisodiy   tarmoqlar,   yirik   korporatsiyalar   va   iqtisodiy   jarayonlarning   kichik
kompaniyalarida amalga oshadigan organik elementi hisoblanadi. 
  Milliy   innovatsion   tizim   elementlarining   о‘zaro   bog‘liqligining   oddiy
modelida   davlatning   roli   strategik   tavsifga   ega   texnologiyalar   majmuasi   va
fundamental  bilimlarni ishlab chiqish hamda xususiy kompaniyalarda innovatsion
faoliyat   uchun   qulay   institutsional   muhit   va   infratuzilmani   yaratishga
kо‘maklashishdan iboratdir.
Rivojlangan   mamlakatlarda   real   iqtisodiy   jarayonlar   va   yondashuvlarning
nazariy tahlili inson kapitali, innovatsiyalar, axborot texnologiyalari, globallashuv
kabi yangi iqtisodiyot elementlarini ajratishni nazarda tutadi.
Modomiki   yangi   iqtisodiyot   turlicha   yangiliklarni   intensiv   joriy   etish   bilan
bog‘liq   bо‘lib,   uni   innovatsiya   sifatida   talqin   etish   mumkin.   Unda   bilimlar
ehtiyojlarning dinamik almashinuviga javob beruvchi yangiliklar potogini uzluksiz
yaratilishini   nazarda   tutadi.   Biz   iqtisodiyotda   yangi   tendensiyalarni   analitik
о‘zlashtirish hamda ana’naviy iqtisodiyotning sifat jihatdan yangilari bilan bog‘liq
elementlarini umumlashtirdik, ular quyidagilardan iborat:
– birinchidan,   an’anaviy   ishlab   chiqarishdan   yangi   yuqori   intelekt,
axborotlar   va   bilimlarga   asoslangan   ishlab   chiqarishga   о‘tishning   muhim
ahamiyatga   ega   ekanligi.   Fan   bevosita   ishlab   chiqarish   kuchi   sifatida,   ishchi
(xodim)   esa   ijodiy   qobiliyatlarni   egallovchi   va   noyob   mahsulotlarni   ishlab
chiqaruvchi   sifatida   namoyon   bо‘ladi.   A.Toffler   fikricha,   “biz   ishchi   kuchi
iqtisodiyotidan aql-idrok kuchlari iqtisodiyotiga harakatlanmoqdamiz va yangicha
jamiyatda   bilimlar   ishlab   chiqarishning   bosh   omili   hisoblanadi” 1
.   Yangicha
intellektual   iqtisodiyot   asosida   turuvchi   bilimlar   tarqqiyoti   kо‘pchilik   iqtisodiy
1
  Тоффлер Э. Третья волна / Э. Тоффлер. - М.:  ACT , 2002. 
18 jarayonlarning   о‘zgarishiga   olib   keladi,   xususan,   ishlab   chiqarishning
ijtimoiylashuv jarayoni о‘sadi;
– ikkinchidan,   yangi   iqtisodiyot   asosi   bо‘lib,   beshinchi   va   oltinchi
texnologik   ukladlar   hisoblanadi.   Zamonaviy   axborot   va   kommunikasion
texnologiyalar   insonlarning   mehnat   faoliyati   uchun   ulkan   ketma-ketlikka   ega
axborotlar  oqimini   keskin  ravishda   jadallashtiradi   va  tartibga  soladi.  Shuningdek,
mazkur   faoliyat   uchun   zarur   ta’lim   tajribalari   va   darajasiga   yangicha   talablarni
qо‘yadi.   Metodologik   jihatdan   favqulotda   qayd   qilish   zarurki,   zamonaviy   axbort
texnologiyalarni   “texnikalar   dunyosi”ga   tegishli   deyish   notо‘g‘ri,   modomiki   ular
inson mehnatiga bog‘liq bо‘lib, intallektual tizimda shakllanadi;
– uchinchidan,   iqtisodiy   rivojlanish   maqsadi   foyda   va   YaIMni
maksimallashtirish   emas,   balki   ta’lim,   madaniyat,   sog‘liq,   intellektual   salohiyat
sifatida inson rivojlanishini maksimallashtirishdan iboratdir.
О‘tkazilgan   nazariy   tahlillar   bizga   quyidagi   xulosalarni   chiqarish   imkonini
beradi:   yangi   iqtisodiyot   kо‘p   qirrali,   murakkab   hodisa   sifatida,   yagona   о‘zaro
bog‘liq   yangi   darajadagi   beshta   komponentni,   ya’ni   axborot,   iqtisodiy,   ijtimoiy-
madaniy, global va ekologik komponentlarni о‘z ichiga oladi.  
Shunday   ekan,   mehnat   bozorida   yangi   iqtisodiyotga   xos   bо‘lgan   yangi
turdagi   ish   bilan   bandlikni   tadqiqoti   uchun   uning   quyidagi   xususiyatli   jihatlarini
ajratib kо‘rsatish zarur:
– asosiy resurslar: axborotlar, bilimlar, yuqori malakali mehnat;
– qonunchilik:   qaytimi   oshib   boruvi   qonun;   mahsulotlarning   hayotiylik
davrini qisqarishi; kasblar, bilimlarning eskirishi;
– ustunlik   qiluvchi   texnologiyalar:   axborot   va   intellektual   sig‘imi   yuqori
bо‘lgan;
– asosiy tarmoqlar: Hi-tech, kasbiy va ijtimoiy xizmatlar;
– investisiyalar: yangi texnologiyalar, inson kapitaliga, NIOKR;
– institutlar: intellektual mulk, raqobat, shartnomalar;
– infratuzilma:   mehnat   bozori   infratuzilmasining   innovatsion   rivojlanishi;
Internet;
19 – ishchi-xodim   turi:   bilimlardan   samarali   foydalanuvchi,   ularni   orttirib
boruvchi, “konseptual fikrlash” kо‘nikmalariga ega intellektual mehnat ishchisi;
– mehnatning   xarakteri:   intellektual,   ijodiy.   Bizning   fikrimizcha,   yangi
iqtisodiyot   ijodiy   faoliyat   kengayib   borishi,   insonning   kasbiy   ish   bilan   bandlik
doirasida   takomillashib   borishi   uchun   sharoitlar   yaratish,   mehnat   hayoti   sifatini
oshishini   ta’minlash   imkoniyalarini   yaratadi.   Biroq   mazkur   yо‘nalishda   yangicha
muammolar   va   qarama-qarshiliklar,   mehnat   va   kapitalga   qarshi   turuvchi   yangi
shakllar yuzaga keladi;
– insonnning mehnat faoliyati asoslari: iqtisodiy manfaatlarning birikishi.
Mehnat   bozorida   yangi   turdagi   ish   bilan   bandlik   konsepsiyasining   nazariy-
metodologik asoslarini keyingi paragraflarda kо‘rib chiqamiz.
1.2.  Mehnat bozorining innovatsion rivojlanishi ga  nazariy va uslubiy
yondashuvlar
Hozirgi   vaqtda   takror   ishlab   chiqarishning   о‘ziga   xos   innovatsion   turi
rivojlanishi   bilan   bog‘liq   texnik,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   tashkiliy   о‘zgarishlar
sharoitida nafaqat aholining ish bilan bandligi tizimi, uning subyektlari, tarkibi va
shakllari,   institutlar,   “aholining   ish   bilan   bandligi”   kategoriyasining   о‘zida,   balki
uni   tadqiq   etish   va   boshqarishda   yangicha   nazariy-metodologik   yondashuvlarni
talab etmoqda. 
Hozirgi   davrda   ish   bilan   bandlik   zamonaviy   tizimining   tadqiqoti   ish   bilan
bandlik tizimini о‘ziga xos xususiyatlarini, belgilarini tо‘liq va aniq ifoda etuvchi
yangicha “matrisa” asosidagi loyihani ishlab chiqishni zarurat etmoqda.
Ish bilan bandlik tizimi xо‘jalik amaliyoti bilan birgalikda rivojlanishi ushbu
jarayonda   xо‘jalik   amaliyoti   davomida   paydo   bо‘lgan   g‘oyalar,   paydo   bо‘lgan
murakkabliklardan   chiqish   yо‘llarini   о‘ziga   singdirib   boradi.   Biz   tomonimizdan
taklif   etilayotgan   yangilikning   nazariy   ahamiyati,   birinchidan   innovatsion   turdagi
ish   bilan   bandlik   konsepsiyasini   tushunish,   uni   ish   bilan   bandlik   nazariyasining
20 rivojlanish   mahsuli   sifatida   qaralishidadir;   ikkinchidan,   mazkur   kategoriya
predmetining tahlilini aniqlashdan iboratdir.
Ish   bilan   bandlik   mohiyatini   о‘rganish   masalalari   boy   an’analarga   ega,   uni
tadqiqotida   klassik   nazariyotchilar,   shuningdek   zamonaviy   iqtisodiy   maktablar
namoyondalarining qarashlarini kо‘rishimiz mumkin. Ish bilan bandlikning nazariy
asoslari   turli   iqtisodiy  maktablar   namoyondalari   tomonidan,   xususan,   Dj.Atinson,
Dj.Keyns,   A.Marshal,   V.Oyken,   M.Fridmen,   F.Xayek,   va   boshqalar   tomonidan
о‘rganilgan.   Ammo   bugungi   kunda   asosan   uch   nazariy   paradigma   haqida   fikr
yuritish   maqsadga   muvofiqdir.   Bu   paradigmada   mehnat   bozori   va   ish   bilan
bandlikni   tadqiq  etishda  hal  qiluvchi  yondashuvlar   sifatida  neoklassik,  kenschilik
va institutsionalizm yо‘nalishlari haqida fikr yuritladi. 
Klassik   ish   bilan   bandlik   nazariyasida   (bu   nazariya   A.Pigu   tomonidan
“Ishsizlik   nazariyasi”   nomli   kitobida   keltirilgan)   ish   bilan   bandlik   asosan   ikki
tenglik asosidagi mutanosiblikka keltiriladi: pulda ifodalangan chegaraviy mehnat
mahsuli, ya’ni ish haqi (mehnatga talab) va chegaraviy mehnat sarflari, ya’ni real
ish  haqi  о‘rtasidagi  tenglik.  Bu  tenglikdan  kelib  chiqqan   holda  foydalanilayotgan
mehnat   resurslari   hajmi   mutanosibligi   belgilanadi,   shuningdek,   mehnat   bozorida
talab   va   taklifning   о‘zaro   nisbati   asosida   ish   bilan   bandlik   va   ish   haqi
mutanosibligi belgilanadi. 
Neoklassik yо‘nalish doirasida ushbu model iqtisodiyot rivojlanishining turli
darajalarida mehnat bozorlari shakllanishini batafsil qarab chiqish imkon beruvchi
qо‘shimcha   о‘zgarishlarni   kiritish   hisobiga   yanada   chuqurlashib   borishi   va
rivojlanishiga   shart-sharoit   yaratadi.   Neoklassik   paradigma   doirasida   ish   bilan
bandlik   har   qanday   tadbirkorlik   faoliyatidan   maksimal   foyda   olish,   birinchi
navbatda   asosiy   maqsad   qilib   qо‘yilgan   erkin   iqtisodiy   makonda   о‘z   shaxsiy
manfaatlaridan   kelib   chiqib   faoliyat   yurituvchi   iqtisodiy   agent   nо‘qtai   nazaridan
qaraladi.   Ushbu   konsepsiyada   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,   ishchi   kuchining
bahosi bozor talabiga tez egiluvchan bо‘ladi, agarda mehnat bozorida mutanosiblik
amal qilsa ishsizlik bо‘lmaydi.  
21 M.Fredmenning   ish   bilan   bandlik   monetar   modeliga   muvofiq   tovarlar   va
mehnat   bozorlarida   ish   haqi   va   baholarni   о‘sishi   chegaralanmasa,     muvozanatlik
vaqt   о‘tib   borishi   bilan   о‘rnatiladi.   Buning   uchun   ushbu   jarayonga   tabiiy   shart-
sharoit   bо‘lishi   lozim.   Ishsizlikning   tabiiy   darajasi   mehnat   bozorida   barqaror
muvozanatlilikk sifatida namoyon bо‘ladi va uzoq muddat mobaynida inflyasiyaga
bog‘liq bо‘ladi. Inflyasiya holati  jamiyatdagi  kapitallashuvning real  imkoniyatlari
orqali   belgilanadi   hamda   bu   mavjud   iqtisodiy   imkoniyatlarni   bozor   aylanmasiga
kiritishni zarurat etadi. 
Bizning   fikrimizcha,   ish   bilan   bandlik   neoklassik   nazariyasi   iqtisodiyotda
faqat   barqarorlik   va   mutanosiblik   bо‘lgandagina   ish   bilan   bandlik   muammolarini
tahlil etishda intelektual nо‘qtai nazardan saqlab qoladi. Iqtisodchi U.Baumolning
fikricha,   liberal   iqtisodiyot   fanining   eng   kо‘p   ilmiy   taraqqiyoti   nazariy
innovatsiyalarda   emas,   balki   aniq   muammolar   yechimiga   nazariy   konsepsiyalarni
tadbiq etish va empirik tadqiqotlar rivojlanishida namoyon bо‘lishidadir.  
Keynschilik   metodologiyasi   doirasida   ish   bilan   bandlik   dinamikasi
iqtisodiyotdagi doimiy mutanosiblikni buzilish sharoiti bilan izohlanadi. Dj.Keyns
ish   bilan   bandlikni   tahlil   qilganda   yalpi   taklif   funksiyasidan   farqli   ravishda   ish
bilan   bandlik   funksiyasini   oldinroq   tahlil   etadi,   chunki   ish   bilan   bandlik   ish   haqi
birligi   bilan   uzviy   bog‘liqdir 1
.   Bizning   tadqiqotimizga   kо‘ra,   Keynscha
metodologiyaning   ahamiyati,   birinchidan,   tо‘liq   va   tо‘liqsiz   ish   bilan   bandlik
sifatida mehnat bozorining shakllanish tartiblarini ajratilishi, ikkinchidan, ish bilan
bandlik   elastikligi   va   qa’tiy   ish   haqidan   ish   bilan   bandlik   hajmiga   talab   о‘sishi
ta’sirining bog‘liqligini asoslashdan iborat. 
Innovatsion   iqtisodiyotning   turli   sektorlari   ish   bilan   bandlikning   turlicha
elastikligi   bilan   tavsiflanadi,   shuning   uchun   ish   bilan   bandlik   elastikligi   yuqori
bо‘lgan sektorlarda yaratilgan tovarlarga talabni rag‘batlantirish bir muncha yuqori
va   bu   holat   umumiy   ish   bilan   bandlikni   oshishiga   olib   keladi.   Postkeynschilik
nuqtai   nazaridan   mehnatning   sohasi   quyidagi   xususiyatlar   bilan   tavsiflanadi:   1)
mehnat   xizmatlari   almashinuvi   va   ish   haqini   belgilanishi   jamoaviy   muzokaralar
1
Кейнс Дж. Общая теория занятости, процента и денег / Дж. Кейнс // Ан тология экономической классики.  -
М., 1993. 
22 jarayonida   mehnat   bozorida   amalga   oshadi,   2)   mehant   munosabatlari   bо‘yicha
tomonlar о‘rtasida kelishuvlar natijasida ish haqi stavkalari aniqlanadi. 
Mehant   bozori   va   ish   bilan   bandlikning   zamonaviy   iqtisodiy   sharhida
tadqiqotchilarning   diqqat   markazida   progmatizm,   ishonchga   kirish,
instrumentalizm   masalalari   turadi.   Shu   bilan   bir   vaqtda   bugungi   unda   neoklassik
nobozoriy   turdagi   (huquqiy   va   kasaba   uyushmasi   tо‘siqlari   siyosiy   reaksiya,
madaniy omillar)  munosabatlar  va aloqalarda  ish bilan bandlikni  qaror  topishi  va
boshqarilish   mexanizmi   toboro   katta   rol   о‘ynamoqda.   Bu   aloqalar   va
munosabatlarning   ish   bilan   bandlikka   bо‘lgan   ta’sirini   institutsional   yо‘nalash
nomoyondalari tadqiq etadilar.
Institutsional   paradigma   doirasida   iqtisodiy   agentlarning   harakati   nafaqat
maksimal   foyda   olishga   asoslanadi,   balki   institutsional   qoidalar   va   me’yorlar
muvofiqligini ta’minlashni ham nazarda tutadi. 
Institutsionalistlarning   birinchi   avlodi   klassik   iqtisodiy   nazariya   mehnat
bozoridan farqli mehnat bozorini ilk kо‘rinishini targ‘ibot qilishga intiladi. Bu hol
bandlik   sohasida   davlatning   faol   rolini   intellektual   bazasini   ta’minlagan.
Institutsionalistlarning keyingi konsipsiyasilarida mehnat institutlari tahlili bandlik
munosabatlarini jamoa va individual indekatorlariga asoslanadi. 
Institutsional   yо‘nalish   iqtisodchilari   tomonidan   mehnat   bozorining   klaster
konsepsiyasi   (Dj.Danlop),   ichki   mehnat   bozori   (P.Doringer   va   M.Payor),
diskriminasiya   nazariyasi,   “egiluvchan   ish   bilan   bandlik   konsepsiyasi”   va
boshqalar   ishlab   chiqilgan.   Ushbu   konsepsiyalarda   adekvat   mehnat   bozori
modellari keltirilgan. 
Neoinstitutsional   yondashuv   vositalaridan   analitik   foydalanuvchi   barcha
tadqiqotchilar   amalda   uning   asosiy   tamoyillariga,   ya’ni:   individualizm
metodologiyasi;   foydalilikni   maksimallashtirish,   chegaralangan   rasionllik;
iqtisodiy   agentlar   va   ularning   opprtunistik   hatti   harakatlariga   amal   qilishadi.
Institutsional   maktabning   ish   bilan   bandlikni   tahlil   etishda   unga   ishsizlik
muammosiga   nisbatan   kо‘proq   e’tibor   bilan   yondashishi   muhim   ahamiyat   kasb
23 etadi.   Ayniqsa,   ularning   ayollar,   yoshlar,   keksa   ishchilarni   ish   bilan   bandligini
ta’minlash bо‘yicha konsepsiyasi muhimdir. 
Ish   bilan   bandlik   tadqiqoti   bо‘yicha   yuqorida   e’tirof   etilgan
yondashuvlarning ahamiyatini e’tiborga olgan holda shuni ta’kidlashimiz lozimki,
ularning   hyech   biri   ish   bilan   bandlik   kategoriyasi   mohiyatining   tahlili   komples
ravishda tadqiq etilmagan. Balki uning tashqi namoyon bо‘lish shaklari va о‘zaro
bog‘liqligiga   e’tibor   qaratilgan.   Mazkur   nazariy   konsepsiyalar   tadqiqotchilari
о‘rtasida   “ish   bilan   bandlik”   kategoriyasining   mohiyati   tо‘g‘risida   yagona   fikr
mavjud emas. 
Tadqiqot   ishida   ish   bilan   bandlik   tizimining   shakllanish   maqsadi   bо‘lib,
intellektual,   kasbiy-mehnat   hamda   iqtisodiy   faol   aholining   hayotiy   manfaatlarini
qoniqishi   va   iqtisodiyotni   zaruriy   kadrlar   bilan   ta’minlash   hisoblanadi.   Ish   bilan
bandlik munosabatlari  tizimining elementlari   bо‘lib, uning  obyekti  va  subyektlari
hisoblanadi. 
Olib   borilgan   tadqiqotlar   tahlili   natijasida   quyidagi   fikrlarni   keltirishimiz
mumkin,   innovatsion   ish   bilan   bandlikni   tadqiqotiga   nisbatan   an’naviy
maktablarning   analitik   imkoniyatlari   quyidagi   yangi   jihatlar   ta’sirida
chegaralangan: 
1.   Innovatsion   iqtisodiyotda   ish   bilan   bandlik   munosabatlarining   kо‘p
tomonlamaligi   uni   tadqiqot   obyekti   sifatida   gnoseologik   rasionalizm   sohasiga
kiruvchi   turli   xil   bilish   nazariyasi   (gnoseologik)   nо‘qtai   nazardan   qarb   chiqishni
zarurat   etadi.   Xususan,   ish   bilan   bandlik   muammosini   gnoseologik   chegaralarini
kengayishi ijtimoiy resurslar hisobini nazarda tutadi. 
2.   Hozirgi   zamon   ish   bilan   bandlik   turi   uchun   о‘xshash   bо‘lmaganlik,
nomutanosiblik   va   noaniqlikning   о‘sib   borishi   bilan   bog‘liq   “antroposentrizm”
xosdir. Shunga bog‘liq holda ish bilan bandlik munosabatlari tizimini tadqiqotida
evolyutsion,   dinamik   yondashuv   hamda   tadqiqot   jarayonida   sosiolgiya,
politologiya,   demografiya,   psixologiya   sohasidagi   yutо‘qlarni   qо‘llashning
maqsadga   muvofiqligi   oshib   bormoqda.   Mehnat   munosabatlari   sohasidagi
noaniqlikni oshib borishi о‘yinlar nazariyasiga murojaat etishni talab etadi. Bunday
24 yondashuv   ishlovchilar   va   ish   beruvchilar,   ya’ni   ma’lum   bir   tartib   qoidalarga
asoslangan   holda   amalga   oshiriladigan   о‘yinlar   jarayonidagi   о‘zaro   munosabatlar
sifatida   namoyon   bо‘ladi.   Bunda   eng   muhim   masala   bо‘lib,   о‘yin   taqdirini   hal
qilish   hisoblanadi   (ish   haqi   haqida   о‘zaro   kelishuv,   kompensasiya   chizmasi,
binifitlar,   mehnat   shartnomasi   muddati   va   boshqalar).   Innovatsion   iqtisodiyotda
mehnat   bozoridagi   nomutanosiblik   yangi   kenschilikning   “tartibga   solinadigan
mehnat bozori konsepsiyasiga” turtki beradi. 
3.   Yangi   turdagi   ish   bilan   bandlikning   tadqiqoti   neoklassiklarni   iqtisodiy
subyektlarning   rasionalligi   talqinini   yetarli   emasligini   namoyon   qiladi.   Hozirgi
sharoitda   hatti-harakatni   rasionalligini   neoinstitutsional   nо‘qtai   nazardan   tahlil
qilish maqsadga muvofiq. 
4.   Hozirgi   zamon   ish   bilan   bandlik   munosabatlarini   tadqiq   qilish   va
baholashning   murakkabligi   uning   ilmiy   jihatlari   bilan   hukumatning   normativ
(ideologiya, siyosat) aktlari bilan qо‘shilib ketganligidadir. 
5. Nazariy jihatdan umumlashtirish natijasida yangi turdagi ish bilan bandlik
elementining ajralmas qismi sifatida intelektul kreativ mehnat muammosini keltirib
chiqaradi. Murakkab kо‘p funksiyali intelektual faoliyat kо‘rinishlarini kengayishi
mehnat   faoliyatini   о‘zgarishi   va   samaradorlik   kо‘rsatkichlarini   transformasiya
bо‘lishiga   olib   keladi.   B.Blaug   “Ilmiy   tadqiqot   dasturlaridan   voz   kechish   uchun,
birinchidan,  bir   necha  marta rad etilishi,  ikkinchidan,  ushbu  rad etishdan  qochish
maqsadida   tuzatishlar   kо‘payib   borishi,   uchinchidan,   raqbatchi   dasturini   mavjud
bо‘lishi sabab bо‘ladi” 1
 deb ta’kidlaydi. Shuning uchun ham yangi turdagi ish bilan
bandlik   muammosini   tadqiqoti   muayyan   ilmiy   tadqiqot   dasturlariga   asoslanishi
lozim. 
Bir   tomondan,   innovatsion   iqtisodiyotni   rivojlanishi   ish   bilan   bandlik
sohasida   yangi   jarayon   va   holatlarni   paydo   bо‘lishiga   olib   keladi.   Ikkinchi
tomondan,   bugungi   iqtisodiy   fan   metodologiyasi   о‘zi   qizg‘in   munozaralar   ostida
qolmoqda.   Bizning   fikrimizcha,   ish   bilan   bandlik   tahlili   metodologiyasini
takomillashtirish   ushbu   sohada   amal   qilayotgan   an’anaviy   yondashuvlar   bilan   bir
1
  Блауг   М.   Методология   экономической   науки,   или   Как   экономисты   объ ясняют   /   М.   Блауг.-   М.:   НП
«Вопросы экономики», 2004.  –С. 326.
25 qatorda   yangi   yondashuvlar   bilan   tо‘ldirishni   (sinergetik,   tavakkalchilik,
evolyutsion) tо‘ldirishni talab etadi. 
Tadqiqotning   sinergetik   tamoyillari   muvozanat   holatida   yoki   undan
tashqarida   tashqi   muhit   tizimi   bilan   dinamik,   о‘z-о‘zini   tartibga   soluvchi,   о‘z-
о‘zini rivojlantiruvchi va о‘zaro ta’sir qiluvchi ish bilan bandlik tizimi sifatida his
etishni nazarda tutadi. Ish bilan bandlik о‘z-о‘zini tashkil etuvchi tizimdan iborat,
modomiki – bu dinamik tizim bо‘lib, unga ta’sir qiluvchi omillar ta’siriga bog‘liq
ravishda   о‘zining   ichki   о‘zaro   aloqalari   shakllanishi,   tartibi,   tashkil   qilinishi
jarayonida   о‘zgarib   turadi.   Tadqiqotimiz   davomida   mazkur   tamoyillarning   ba’zi
jihatlarini qarab chiqamiz: 
1. Tartibsizlik   va   tartib   balansi   tamoyili.   Ish   bilan   bandlik   sohasida
jarayonlarni   rivojlanib   borishi   tо‘lqinsimon   harakatda   bо‘lib,   tо‘lqinsimon,
tartibsizlik   va   tartib   sikli   asosida   amalga   oshadi.   Xususan,   ishchi   kuchini
iqtisodiyot   sektorlari,   hududlar   о‘rtasida   tartibsiz   tarzda   harakati,   ishsizlik
darajasini tebranib turishi yangicha ish bilan bandlik tarkibini paydo bо‘lishiga olib
keladi;
2. Ochiqlilikk tamoyili. Ish bilan bandlik sohasi  doimiy ravishda axborotlar
oqimi bilan, unga ta’sir  qiluvchi  boshqa bо‘g‘inlar (IT, iqtisodiy, siyosiy) doimiy
aloqada bо‘ladi. Bu hol uning о‘z-о‘zini tashkil etishiga sabab bо‘ladi. 
3. Kogerentlik   tamoyili   (о‘zaro   harakatlar   samaradorligi).   Dispativ
tarkibning   elementlarida   kogerent   hatti-harakatlar   о‘z-о‘zini   tashkil   etishning
katalizatori hisoblanadi.
4. Nobarqarorlik   tamoyili.   Ish   bilan   bandlik   tizimida   nobarqarorlik,
tengsizlik uning subyektlari bо‘g‘inlarini о‘zaro harakati natijasida paydo bо‘ladi. 
5. Nomuntazamlik   tamoyili.   Nomuntazamlik   ish   bilan   bandlik   tizimini
о‘ziga xos jihati sifatida uning ichki va tashqi о‘zgarishlarga mutanosib bо‘lmagan
holda amalga oshishi bilan bog‘liq. 
Sinergitik   yondashuv   muayyan   tartib   qoidalar   parametrlari   orqali   ish   bilan
bandlikning innovatsion turini ochib berishga imkon beradi. Sinergetik yondashuv
barqarorlik, о‘z-о‘zini tashkil etish, ish bilan bandlik kо‘p variantlilik kо‘rinishlari
26 va   shakllari   muayyan   parametrlar   tartibi   (tarmoq,   ta’lim   va   kasbiy-malaka
kо‘rsatkichlarining konkret ahamiyati) orqali mehnat bozorida innovatsion turdagi
ish bilan bandlikni tavsiflashni yuzaga keltiradi.    
Bizning   tadqiqotimiz   nо‘qtai   nazaridan   shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,
nomuntazamlik   tizimi   sifatida   ish   bilan   bandlik   tizimi   uchun   innovatsion
jarayonlardagi   о‘zgarishlarning   har   qanday   yо‘li   emas,   faqat   yо‘l   qо‘yilishi
mumkin bо‘lgan ichki mantiqiy rivojlanish orqali u amalga oshishi mumkin. Biroq,
nomuntazamlik,   davriy,   noaniqlik,   ikki   tomonga   ajralish   tavsifi   ish   bilan   bandlik
tizimini   rivojlanishda   umumiy   yо‘nalish   trendining   tarixiy   muammoalarini   yecha
olmaydi. О‘z-о‘zini tashkil  etiuvchi  murakkab tizimlarda kichik tashqi  ta’sir ham
uning makro holatining о‘zgarishiga olib kelishi mumkin. 
Bizning   fikrimizcha,   ish   bilan   bandlik   tizimida   rivojlanishning   bunday
nomuntazam rivojlanish muammosini qо‘yilishi neoiqtisodiyot sharoitida ish bilan
bandlik   tizimida   boshqariladigan   “kontur”   va   о‘z-о‘zini   tashkil   etish,   yangi
boshqarish nisbatlari haqida fikr yuritish imkonini beradi. 
Ish   bilan   bandlik   tizimi   sinergitik   paradigmasi   doirasida   nomuvozanatlik
holatida   faqat   tashqi   ta’sirni   о‘z   ichiga   oladi.   Ish   bilan   bandlik   tizimiga   ijobiy
tashqi   ta’sir   uni   jadal   rivojlanishiga   olib   keladi,   unga   salbiy   ta’siri   esa   regressiv
rivojlanishga   olib   keladi.   Natija   ish   bilan   bandlik   sohasiga   tashqi   ta’sir   tavsifi
sifatida aniqlanadi. 
Bizning   fikrimizcha,   innovatsion   turdagi   ish   bilan   bandlik   tadqiqotida
evolyutsion   paradigama   imkoniyatlari   katta.   Evolyutsion   yondashuv   ish   bilan
bandlikni   tizimli   tahlil   qilish   tamoyillarini   о‘zgartirishi   va   kengayishi   yuzaga
keltiradi.   Xususan,   u   evolyusiya   jarayonida   ish   bilan   bandlik   tizimini   yangi
sifatlarini   namoyon   bо‘lishini   tushuntirishga   yordam   beradi.   Evolyutsion
yondashuvga   muvofiq   ish   bilan   bandlik   tiziminig   tarixiy   trayektoriyasi   hamma
vaqt qonuniyatli bо‘lib, u ichki mexanizmlarda о‘z ifodasini topgan. 
Yangi turdagi ish bilan bandlik tadqiqotida evolyutsion yо‘nalishning asosiy
metodologik   tamoyillariga   murojaat   qilish   maqsadga   muvofiqdir.   Bu   tamoyillar
quyidagilar:   ijtimoiy-iqtisodiy   jarayonlarni   domiy   kengayib   borishi,   mavjud
27 ijtimoiy-iqtisodiy   shakllarni   eng   yaxshi   asosiy   elementlari   asosida   yangi   tarkibiy
tuzilmani   qabul   qilib   olish   “tajribada   о‘rganish”   samarasi;   turli   tavsifdagi
innovatsiyalarni   ketma-ketligini   о‘zgaruvchanligi;   samarali   ijtimoiy-iqtisodiy
shaklarni tanlab olish; tizimda elementlarning kelib chiqishi jihatidan bir xilligi va
h.k. 
Ishchilar   va   ish   beruvchilar   о‘zlarining   tajribalarida   mehnatning   xulq-
atvorini   samarali   deb   hisoblaydilar,   ular   u   yoki   bu   kо‘rinishdagi   faoliyatni,
mehnat xulq-atvori shakllarini tanlab amal qiladilar. Bu vaqtda ish bilan bandlik
subyektlari   о‘rtasida   yetarlicha   natijalarga   (hayot   sifati)   erishishni   ta’minlovchi
munosabatlar   asosida   kelishuv   amal   qilishi   mumkin.   Ushbu   jarayon   ijtimoiy
ishlab   chiqarish   va   mehnatdan   foydalanishda   uslub   va   shakllarni   prinsipial
jihatdan   takomillashtirish   yoki   yuksaltirishga   yо‘naltirilishi   mumkin.   Bu
ishchining   ish   qidirish,   mehnatning   mobilligi,   inson   kapitaliga   investisiyalar,
mehnat   jarayonini   tashkil   etishni   takomillashtirish,   ish   joylarini
modernizatsiyalash,   ish   bilan   bandlik   shartnomaviy   asoslarini   rivojlanishi
jarayonlarida ifodalanadi.       
Ish   bilan   bandlik   tizimi   tarkibini   evolyusiyasi   jarayonida   har   bir   element
ichida   vaqt   о‘tishi   bilan   uning   sfatiy   jihatlari   (ish   joylari   modernizatsiyalashadi,
inson kapitali sifati oshadi) о‘zgarib borgani bilan uning genotipi saqlanib qoladi.
Shu bilan birga unga bog‘liq holda biz  yangi turdagi ish bilan bandlik tadqiqotini
muhim   tamoyilini   taklif   etamiz:   bu   tamoyil   ish   bilan   bandlik   munosabatlarini
asosiy elementlarini rivojlanishini nazarda tutuvchi  inson resurslari, ish joylari va
mehnat   institutlarining   rivojlanishiga   yangiliklarni   kirituvchi   evolyusiya
tamoyilidir. 
Tabiiy   tanlanish   tamoyillari   asosida   ijtimoiy   ishlab   chiqarish   va   individlar
talabiga moslashgan holda yangi mehnat institutlari ham rivojlanib boradi. Ushbu
holatda   yuqori   intelektual   imkoniyat   va   innovatsion   layoqatga   ega   mehant
munosabatlari   subyektlari   raqobat   obyekti   bо‘lib   maydonga   chiqadi.   Chunki
ishlovchilarning   mehnat   xulq-atvori   bevosita   faoliyat   natijalariga   (daromad,
28 xarajat,   status)   bog‘liq.   Bundan   asosiy   maqsad     innovatsion   turdagi   ish   bilan
bandlikni   qaror   topishi   uchun   uning   qamrab   olish,   maqbullik,   takrorlanmaslik
aksiomalari bilan  tavakkalchilik yondashuvini qо‘llash imkonini beradi 1
.  
“Ish bilan bandlikning tavakkalchiligi” prinsipial jihatdan ish bilan bandlikni
tadqiq qilishda yangicha yondashuv hisoblanadi. Tavakkalchilik о‘z “aktivlari”dan
(intellektual,   inson   kapitali   va   b.)   kutilayotgan   daromad   sifatida   rahbarlik   qilish,
qarorlar qabul qilish hamda ular “qо‘yilmalarining” (ish bilan bandlik barqarorligi,
yuqori   daromadlar   darajasi,   kasbiy   о‘sish)   ishonchliligi   ish   bilan   bandlik
subyektlari   faoliyatini   xarakterlaydi.   Tavakkalchilik   ish   bilan   bandlik   sohasida
kutilmagan   oqibatlarga   (iqtisodiy,   tashkiliy,   texnik,   siyosiy),   ya’ni   ish   bilan
bandlik   subyektlari   manfaatlariga   mos   kelmaydigan   oqibatlarga   olib   kelishi
mumkin. 
Yangi   turdagi   ish   bilan   bandlikni   tadqiq   qilish   jarayonida   biz   quyidagi
tamoyillarni taklif etamiz: 
– innovatsiyalarning   hayotiy   sikli   bilan   bog‘liq   innovatsion   ish   bilan
bandlikni   rivojlantirishni   uzoq   muddatli   strategiyasini   mutlaq   ustunligi   tamoyili.
Bu   tamoyil   ish   bilan   bandlikda   mavjud   uzoq   muddatli   samaralarni   ifodalaydi.
Mazkur jarayon individ (masalan, daromadlar о‘sishining muddatini uzaytirish, ish
bilan   bandlik   barqarorlishining   kafolati   va   b.),   korporativ   va   makro   darajalar
(xususan,   faoliyat   kо‘rinishlari   bо‘yicha   ish   bilan   bandlik   tarkibining
transformasiyasi va b.)da yuzaga kelishi mumkin. Innovatsiyalarning hayotiy sikli
turli bosqichlarga ish bilan bandlik sohasida mos о‘zgarishlarni shartlaydi. Ushbu
tamoyil   ish   bilan   bandlik   tizimining   uzoq   muddat   rivojlanish   mexanizmlari
ustvorligi bilan bog‘liqdir.  
– innovatsion   ish   bilan   bandlik   mazmunining   ustvorligi   tamoyili.   Bu
tamoyil mazmunan ish bilan bandlik jarayonini tadqiq etishni ifodalaydi. Ish bilan
bandlikning yangi sifat kо‘rsatkichi nafaqat nostandart ish bilan bandlikning yangi
1
  Альгин   А.П.   Риск   и   его   роль   в   общественной   жизни   /   А.П.Альгин.-   М.:   Мысль,   1989. ,   Буянов   В.П.
Рискология (управление рисками):учеб. пособие / В. П. Буя нов, К.А. Кирсанов, Л.М. Михайлов. - М., 2003. ,
Гранатуров В.М. Экономический риск: сущность. Методы измерения, пути снижения: учеб. пособие / В.М.
Гранатуров.  -  М., 2002.
29 dorasida,   balki   an’anaviy,   uning   standart   shakllari   dorasida   ham   rivojlanishi
mumkin;
– inson imkoniyatlarini rivojlantirishni maksimallashtirish tamoyili;
– ish   bilan   bandlik   tizimini   doimiy   va   uzluksiz   yangilanishidan   kelib
chiqqan   holda   innovatsion   turdagi   ish   bilan   bandlikni   rivojlanish   jarayoni
tadqiqotini   ustvorlik   tamoyili.   Mazkur   tamoyil   bizga   yangi   turdagi   ish   bilan
bandlikni   rivojlanish   qonuniyatlari   va   qarama-qarshiliklarini   о‘rganishga   imkon
beradi.  
Yuqoridagilardan   xulosa   qilib,   shuni   aytish   mumkinki,   ish   bilan   bandlik
tadqiqotining   metodologik   bazasini   rivojlantirish   bizning   fikrimizcha,   yagona
yondashuvni   ishlab   chiqishga   yо‘naltirilishi   lozim.   Uning   doirasida   ushbu
muammoni   hal   qilishning   an’anaviy   va   yangi   tamoyillari   qamrab   olinishi   lozim.
Ish   bilan   bandlikni   yangi   turdagi   tadqiqoti   inson   taraqqiyoti   konsepsiyasiga
murojaat qilishni talab etadi.
1.3 .   Me hnat bozori da  innovatsion  ish bilan bandlik  rivojlanish ining ijtimoiy-
iqtisodiy mohiyati, mazmuni va mezonlari
Innovatsion   ish   bilan   bandlikning   tasnifi   yangicha   iqtisodiyot   sharoitida   ish
bilan bandlikning muhim  ahamiyatga ega tavsifini qayta kо‘rib chiqishni  nazarda
tutadi va ularni  tur  mohiyatida birlashtiradi. 
Turli   masalalarni   yechish   uchun   turli   tuzilish   va   maqsadlar   bо‘yicha   ish
bilan bandlikning turli xil tipologiyalari amal qilishi mumkin.  
Turlarga   ajratish   mezonlarini   tanlash   nafaqt   mavjud   real   holatni   turlicha
baholash,   balki   mualliflar   yondashuvlari   asosida   ham   aniqlanadi.   Ijtimoiy   ishlab
chiqarish rivojlanish bosqichlarining nomlanishiga mos ravishda ish bilan bandlik
turining   shakllanib   borishi   mutanosib   tarzda   amalga   oshadi.   Haqiqatdan   ham
hozirgi   adabiyotlarda   postindustrial   iqtisodiyot   bosqichiga   mos   ish   bilan
bandlikning   axborot   (servis,   infratuzilmaviy)   turlaridan   foydalaniladi.   Ijtimoiy
ishlab   chiqarishga   muvofiqlikda   L.A.Vasyunina,   Ye.V.Borisovalar   ish   bilan
30 bandlikning uch turini, ya’ni ekstensiv, intensiv va integral (innovatsion) turlarini
ajratib kо‘rsatadilar. 
Bizning   fikrimizcha,   ish   bilan   bandlik   innovatsion   turi   integral   sifatidagi
talqini mutloqo tо‘g‘ri emas, modomiki, ish bilan bandlik ushbu turining mazmuni
chuqur tadqiq etilmagan. 
Taklif   etilgan   ta’rif   D.Bell   g‘oyasidan   kelib   chiqqan   bо‘lib,   bunga   kо‘ra   u
yoki   bu   jamiyatning   xususiyatini   aniqlash   mehnat   faoliyatining   keng   tarqalgan
kо‘rinishi hisoblanadi.              
Hozirgi   mavjud   iqtisodiy   va   huquqiy   adabiyotlarda   ish   bilan   bandlik
tasniflari   turli   mezonlarga   asoslanadi:   statusi   (yollanish   bо‘yicha   bandlar   (paid
employment)   va   о‘z-о‘zini   ish   bilan   bandlarga   (self-employ   ment));   daromad
kо‘rinishi;   ish   bilan   bandlikning   tashkiliy-huquqiy   shart-sharoitlari   (ish   tartibi,
mehnat shartnomalari va boshqalar).  
Ijtimoiy   statistikada   ish   bilan   bandlik   tasnifi   tо‘liq,   tо‘liqsiz   va   yashirin
turlarga ajratiladi. Fikrimizcha, ish bilan bandlikni  tasniflashda ijtimoiy-iqtisodiy,
tarkibiy,   dinamik   mezonlardan   maqsadga   muvofiq   foydalanish   kerak.   Xususan,
bunday   mezonlar   ishchining   genotipi,   ish   bilan   bandlik   maqsadi,   turi,   tarkibi   va
mehnat   natijasi,   boshqarish   tavsifi,   ijtimoiy   ishlab   chiqarishning   institutsional
asoslari, mulk, tarmoq va kasbiy-malaka tarkib, yangiliklarni amal qilish tezligi va
ularning kompleksligi kabilardan iborat. 
Ta’kidlash lozimki, ish bilan bandlik turlari elementlarining kо‘pligi ijtimoiy
ishlab   chiqarishning   rivojlanish   turi   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   Industrial
iqtisodiyotgacha bо‘lgan sharoitda ish bilan bandlik sohasidagi yangiliklar yagona,
tasodifiy   tavsifga   ega   bо‘lgan.   Iqtisodiyotning   industrial   bosqichida   ish   bilan
bandlik   sohasidagi   yangiliklar   qoida   tariqasida   kapitalning   yangilanish   davriga
tо‘g‘ri   kelgan.   Bunda   ish   bilan   bandlik   ijtimoiy   ishlab   chiqarishning   an’anaviy
sharoitiga xos xususiyat sifatida namoyon bо‘lgan. Yangicha iqtisodiyot sharoitida
(mahsulotlar, kasblarning hayotiylik davri qisqaligi bilan bilimlar va innovatsiyalar
iqtisodiyotining   dinamikligi)   ish   bilan   bandlik   jarayonida,   mehnat   faoliyatida
yangiliklarning   amal   qilishi   ham   ishchilarning,   ham   ish   beruvchilarning   “yashab
31 qolish”i hamda inson salohiyati rivojlanishini ta’minlashning zaruriy shart-sharoiti
hisoblanmoqda.   Shunday   ekan,   innovatsion   ish   bilan   bandlikning   alohida
elementlari   ish     bilan   bandlik   tizimi   rivojlanishining   oldingi   bosqichida   paydo
bо‘lishi   mumkin.   Biroq   ish   bilan   bandlikning   bu   turi   iqtisodiyotning   innovatsion
rivojlanish bosqichida о‘zining tizimli tavsifiga ega bо‘ladi.         
Yuqorida   keltirilgan   “ish   bilan   bandlik”   va   “innovatsiya”   tushunchalaridan
kelib   chiqqan   holda,   biz   innovatsion   ish   bilan   bandlikning   quyidagi   muhim
elementlarini   aniqlab   oldik:   a)   ish   joylarining   yangi   sifati   aholini   ish   bilan
bandligining   asosi   sifatida;   b)   innovatsion   mehnat;   v)   inson   kapitalining   yuqori
sifati, innovatsion ish bilan bandlikka motivasiya; g) rasmiy va norasmiy institutlar
zikr   qilingan   elementlarni   me’yoriy-tarkibiy   ifodalash   sifatida;   ye)   “ishchi-ish
beruvchi” mehnat munosabatlarida yangi sifatlar; j) ish bilan bandlikning ijtimoiy-
iqtisodiy samaradorligi. 
  Ishchining nnovatsion salohiyati  asosida,  biz yangi  g‘oyalar, yondashuvlar
va yechimlar, iqtisodiy va ijtimoiy samara beruvchi mehnat faoliyati jarayonidagi
amaliyotni   yaratish,   foydalanish   va   о‘zlashtirish   imkoniyatlarini   tushunamiz.
Bunda   mos   ravishda   subyektlarning   innovatsion   salohiyatini   faolllashtirish
“polivariant”   kо‘rinishida   yuzaga   kelishi   mumkin.   Innovatsion   salohiyatni
faollashtirishning   quyidagi   turlarini   ajratib   kо‘rsatishimiz   mumkin:   ongli-intensiv
–   rasmiy-jamg‘arib   boriladigan,   ijobiy-tabaqalashgan   –   salbiy-alohidalashgan,
tashabbuskor-о‘zgaradigan   –   majburiy-moslashuvchan.   Bunga   bog‘liq   holda
ishchining innovatsion “genotipi” shakllanishini qayd qilishimiz mumkin.      
Ish   bilan   bandlik   tizimida   innovatsion   salohiyat   о‘zgaruvchan   muhitga
moslashish   maqsadida   ish   bilan   bandlik   tizimining   turli   tomonlarini   yangilash
jarayonini   doimo   takror   ishlab   chiqarish   va   buning   natijasida   samaradorlikni
oshirishga erishish hisoblanadi. 
Bizning fikrimizcha, ish bilan bandlik tizimida innovatsion salohiyat additiv
sifatida   emas,   balki   multiplikativ   ta’lim   sifatida   qaraladi.   Innovatsion   ish   bilan
bandlik   keng   ma’noga   ega   tushunchadir.   Innovatsion   ish   bilan   bandlik   keng
ma’noda   mehnatning   yangi   sifatlariga   (dinamik,   intensiv   bilim,   intensiv   axborot,
32 intensiv   ijod)   ega   iqtisodiy   tizimning   barcha   darajalarida   mahsulot,   texnologiya,
boshqaruv,   tashkiliy,   ijtimoiy   innovatsiyalarda   о‘zgargan   hamda   individual   va
ijtimoiy   darajalarda   sinergiyani   vujudga   keltiradigan   ijtimoiy   ishlab   chiqarishda
ishchilarning   qatnashishi   bо‘yicha   amalga   oshadigan   mehnat   munosabatlari
sifatida talqin etishimiz mumkin. 
Innovatsion   turdagi   ish   bilan   bandlik   subyektlari   о‘rtasidagi   munosabatlar
tizimining   holati   inson   resurslari   va   ish   joylarining   yangi   sifatlarini   tavsiflaydi.
Mehnat   jarayoni   va   uning   institutsional   asoslari   innovatsiyalarni   doimiy   ravishda
yangilanib   turishini   ta’minlaydi.   Bizningcha,   “innovatsion   faollik”   nafaqat
ishchining   shaxsiy   xususiyatlari,   balki   mintaqa,   hudud,   tashkilotning   mehnat
jamoalari,   shuningdek   butun   milliy   ish   bilan   bandlik   tizimida   namoyon   bо‘ladi.
Bundan agarda innovatsion ish bilan bandlik ishchining ichki tavsifining samarasi
sifatida   qaralsa,   u   holda   iqtisodiy   munosabatlar   iyerarxiyasining   boshqa   –   milliy,
mintaqa,   tashkilot   darajalarida   innovatsion   mehnat   va   boshqaruv   faoliyati
subyektlarining   о‘zaro   munosabatlari   natijasi   sifatida   namoyon   bо‘ladi.
Innovatsion   ish   bilan   bandlikning   hayotiylik   davri   individual   va   tashkilot
darajalarida   ishchi/ish   beruvchining   kutilgan   daromadni   olishi   tо‘xtaganligini
tugashi   bо‘yicha   vaqt   oralig‘ini   о‘zida   namoyon   etadi   hamda   mehnatning   xulq-
atvori   eskirgan   hisoblanadi.   Aytish   kerakki,   yangi   turdagi   ish   bilan   bandlikning
hayotiylik   davri   ishchilarning   kasbiy   guruhi,   iqtisodiy   faoliyat   kо‘rinishlari   va
boshqalar bо‘yicha jiddiy ravishda farq qiladi. 
Bizningcha,   innovatsion   ish   bilan   bandlikning   farqli   jihati   bо‘lib,   ham
individual, ham  ijtimoiy darajada qandaydir  ijobiy о‘zgarishlar,  ijtimoiy-iqtisodiy
samaraga   erishish   hisoblanadi.   U   iqtisodiy   kо‘rsatkichlarda   (masalan,
daromadlarning   о‘sishi,   mehnat   unumdorligi,   biznesni   ochilishi   va   kengayishi,
iqtisodiy vositalar, vaqt, ishchini ish qidirishining kо‘chayishi, YaIMda intellektal
mahsulot   hissasining   oshishi,   raqobatbardoshlik   о‘sishi   va   boshqalarda)   hamda
ijtimoiy   о‘zgarishlarda   (masalan,   ijodiy   imkoniyatlar,   munosabat,   о‘z-о‘zini
namoyon   etish,   kasbiy   daraja,   mehnatdan   qoniqish   va   boshqalarda)   ham   sodir
bо‘lishi   mumkin.   Iqtisodiy   va   ijtimoiy   samaraning   о‘zaro   kuchayib   borishi
33 iqtisodiyot   raqobatbardoshligining   о‘sishi,   jamiyat   va   ishchining   mehnat
salohiyatini kelgusida rivojlantirish imkoniyatini beradi.   
Bizning   fikrimizcha,   innovatsion   ish   bilan   bandlikdan   olinadigan   samara
jamiyat, davlat, mehnat jamoasi, ishchi nuqtai nazaridan qaralishi mumkin.
L.A.Vasyunina va Ye.V.Borisovalar innovatsion ish bilan bandlikni “alohida
inson   layoqati,   firmaning   kadrlar   salohiyati,   tarmoqning   mehnat   resurslari,
hududning iqtisodiy faol aholisini texnologik yangiliklarga sabab bо‘luvchi yangi
iqtisodiy   ehtiyojlarga   maksimal   darajada   tez   moslashishi” 1
  sifatida   talqin   etadi.
Mualliflar   tomonidan   keltirilgan   ta’rifga   unchalik   qо‘shilmayiz.   Birinchidan,
iqtisodiyotning   yangi   ehtiyojlari   determinasiyasi   tadqiqotlar   sohasining   faqat
texnologik   yangiliklarini   nazarda   tutgan.   Ikkinchidan,   innovatsion   faoliyatning
bunday   ta’riflanishi   uning   subyektlarining   innovatsion   qobiliyati   sifatida
tavsiflanishiga olib keladi.   
Bizning   fikrimizcha,   innovatsiyaning   ish   bilan   bandlikka   singdirilishida
“yangilanish”   qobiliyati   sifatida   qaralishi   zarur.   Ish   bilan   bandlik   tizimida
muayyan   mezonlar   bо‘yicha   yangilanish   jarayoni   doimiy   ravishda   olib   borilishi
kerak:   yangilashning   doimiyligi,   sarflarni   minimallashtirish,   samaradorlikni
oshirish. Agarda moslashuvchanlik iqtisodiy muhit о‘zgarishiga ish beruvchilar va
ishchilar   reaksiyasini   tavsiflasa,   u   holda   innovatsiya   yangi   elementlarni
о‘zlashtirishga   yо‘naltirilgan   faoliyat   о‘zgarishiga   mos   о‘z   faoliyati   bо‘yicha
qarorlar qabul qilish reaksiyasini ifodalaydi. 
Modomiki, ish bilan bandlik mehnat bilan chambarchas bog‘liq ekan, bunda
innovatsion   mehnat   kategoriyasiga   murojaat   qilish   zarur.   Innovatsion   faoliyat
nо‘qtai   nazaridan   mehnat   faoliyatining   uch   maqsadini   ajratishimiz   mumkin:
mavjud   iqtisodiy   tashkiliy   tarkib,   texnologik   uklad,   ijtimoiy   munosabatlarni
qо‘llab-quvvatlash,   ularni   kengaytirish   va   yangilash.   Innovatsion   mehnatni   tahlil
eta turib aytish kerakki: 1) innovatsion mehnat har doim ijodiylikni nazarda tutadi,
ijodiy   mehnat   esa   tashqi   va   hatto   ichki   majburlashdan   holidir;   2)   subyekt
1
 Васюнина Л.А. Механизм регулирования рынка труда при формировании инновационного типа занятости
населения   /   Л.А.   Васюнина,   Е.В.   Борисова.   Информационный   ресурс:
www    .   sor    .   volsu    .   ru    /   journal    /   TESTl    /   index    02.    shtml   
34 mehnatining   innovatsion   faoliyati   innovatsion   faollikni   (yangiliklarning
intensivligi) tavsiflaydi; 3) innovatsion funksiyalarni realizasiya qilishning klassik
subyekti bо‘lib, har doim tadbirkor hisoblangan. 
Bizning   fikrimizcha,   tizimli   sharoitda   innovatsiyalarda   ish   bilan   bandlik
turining   transformasiyasini   quyidagilar   asosida   guruhlash   mumkin:   texnologik   (5
yoki 6 texnologik ukladlarning shakllanishi); iqtisodiy (inson kapitalining iqtisodiy
о‘sishning   bosh   omiliga   aylanishi,   jamiyat   ehtiyojlarining   yangi   turi,   mulk   va
kapitalni   ijtimoiylashuvi,   insonni   takror   ishlab   chiqarish   jarayonida   bosh   qadr-
qimat   sifatida   e’tirof   etilishi);   tashkiliy   (ishlab   chiqarish   va   mehnatni   tashkil
etishning   yangi   shakllari);   ijtimoiy-madaniy   (mehnat   subyektlari   evolyusiyasi,
turmush   tarzining   yangicha   turining   shakllanishi,   shaxsning   ijtimoiy   ehtiyojlari
ahamiyatining   oshishi);   siyosiy-huquqiy   (demokratlashuv,   huquqiy   davlat   va
fuqarolik   jamiyatining   rivojlanishi,   mehnat   qonunchiligining   liberallashuvi   va
hokazo).   Innovatsion   ish   bilan   bandlikning   shakllanish   shart-sharoitlari   о‘zining
ham obyektiv, ham subyektiv tavsifiga ega.   
Biz   innovatsion   ish   bilan   bandlikning   rivojlanish   jarayonini   quyidagilar
orqali   izohlashimiz   mumkin.   Ish   bilan   bandlik   rivojlanishi   uning   alohida
elementlari   va   tarkibiy   qismlarining   miqdoriy   о‘sishi;   yangi   qismlarning
yaratilishi;   tizim   tarkibiy   qismlari   о‘zgarishi;   tizim   qismlarining   mavjud
funksiyalarini   о‘zgarishi   va   ularda   yangi   funksiyalarning   paydo   bо‘lishi;   tizim
mohiyatini namoyon etish shakllari transformasiyasi orqali yuzaga keladi. Shunday
ekan,   ish   bilan   bandlik   yangi   turi   mohiyat-mazmun   jihatidan,   tarkibiy
rivojlanishning   muayyan   davri,   iqtisodiyotning   darajaviy   namoyon   bо‘lish
shakllari nо‘qtai nazardan tadqiq etilishi zarur.  
Innovatsion   ish   bilan   bandlik   iqtisodiy   mazmunining   tahlili   bizga   quyidagi
uni   shakllanishi   va   rivojlanishining   bir   qator   obyektiv   qonuniyatlarini   ajratishni
zarurat etadi (1.1-jadval).
       1.1-jadval
35 Innovatsion ish bilan bandlik shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari 1
  
Qonuniyat
Tashqi (zamonaviy iqtisodiyot va butun ijtimoiy-mehnat sohasida ish bilan bandlik yangi
turining rolini ifodalaydi)
1. Aholini   innovatsion   ish   bilan   bandligining   shakllanishi   va   rivojlanishi   bir   vaqtda   innovatsion
iqtisodiyotning   zaruriy   elementlari,   inson   salohiyati   rivojlanishining   shart-sharoiti   va
natijasining bosh omili hisoblanadi 
2. Ish bilan bandlik innovatsion turining salohiyati iqtisodiy tizimning har bir darajasida miqdor
va sifat parametrlari bо‘yicha tabaqalashgan ish bilan bandlik subyektlarini birlashtiradi hamda
butun iqtisodiy tizim innovatsion salohiyatining hosilasi hisoblanadi.   
3. Ish bilan bandlik yangi turi oldingisini tо‘lig‘icha о‘rnini egallab olmaydi, balki butun shart-
sharoitlar ta’siri ostida ularni mazkur davrda optimal aniqlaydi
Ichki (о‘zgaruvchan va tarkibiy-funksional)
1. Innovatsion ish bilan bandlikning rivojlanishi ham mehnat jarayonida inson kapitaliga 
investisiyalar sohasida, ham faoliyatning bо‘sh vaqti va dam olish davrida amal qiladi.
2.  Ish bilan bandlik subyektlarining ta’lim darajasi oshishi 
3.   Ishchilar   va   ish   beruvchilar   turmush   sifatining   tabaqalashishi   hamda   yangi   ehtiyojlarning
rivojlanishi innovatsion mehnat amaliyotini realizasiya qilish uchun rag‘batni yaratadi
4.   Innovatsion   ish   bilan   bandlikning   muvoffaqiyatli   rivojlanishi   innovatsion   salohiyatga   va   ish
joylariga ega mos ishchilarga bog‘liqdir 
5. Innovatsion   ish   bilan   bandlikning   rivojlanishi   muvofiq   resurs   ta’minoti   va   institutsional
asosni nazarda tutadi   ______________________________________________________________
6. Innovatsion ish bilan bandlik samarali ish bilan bandlikka erishish imkonini beradi, madomiki u
progressiv tarkibiy mutanosib shakllanishiga, ijtimoiy mehnat unumdorligi о‘sishi asosida jamiyatni
har bir a’zosining salohiyatini rivojlanishiga yо‘naltiriladi       
7.   Agar   ish   bilan   bandlik   munosabatlari   tizimida   innovatsion   ish   bilan   bandlik   shakllanishining
boshlang‘ich   bosqichida   aniq   masalalarni   yechishga   yо‘naltirilgan   yangilik   elementlari   paydo
bо‘lsa,   zamonaviy   sharoitda   esa   ish   bilan   bandlik   sohasidagi   yangiliklar   о‘ziga   xos   xususiyatlar
bilan uzluksiz va tizimli tavsiga ega bо‘ladi    
8.   Iqtisodiyotning  agrar sohasi va sanoatda ish bilan bandlikning  qisqarishi va uning noishlab
chiqarish sohasida, aynan, fan sig‘imi yuqori bо‘lgan tarmoqlada о‘sishi 
9.   Ish bilan  bandlik  ichki  va tashqi  egiluvchanligining  oshishi,  ish bilan  bandlik  shartnomalarini
davomiyligining qisqarishi. Ish bilan bandlik shartnomalari tarkibining murakkablashuvi
10. ______________________________________________________________________________
rag‘batlantirish   va   boshqalar)   integrasiyaning   barcha   davriga   mehnatning   xulq-atvorining   yangi
elementlarini keng yoyish
11.  Innovatsion mehnat bahosining о‘sishi va innovatsion siklning alohida fazasida innovatsion
renta olish
12. _________________________________________________________________________  
Innovasino ish bilan bandlikka talabning oshishi undan keladigan daromadning oshishiga olib 
keladi 
Bizning   fikrimizcha,   innovatsion   ish   bilan   bandlik   rivojlanishining   asosiy
qonuniyati   ham   ehtimolli,   ham   deterministik   tavsifga   ega   va   iqtisodiy   bilimlar
talablariga ish bilan bandlik subyektlarining moslashishini oshirishni ta’minlovchi
1
  Mallif tomonidan tuzilgan.
36 innovatsion   mehnat   elementlarining   yuzaga   kelishi   hisoblanadi.   Kelgusida
iqtisodiyotning   yangi   sohalarida   ish   bilan   bandlik   yangi   kо‘rinishlari   va
shakllarining ommalashishi sodir bо‘ladi.    
Fikrimizcha,   ish   bilan   bandlik   yangi   turi   rivojlanishining   uch   turini
ajratishimiz   mumkin:   evolyutsion   tavsif   (avallambor   aytilgan   mehnatning   xulq-
atvori   strategiyasini   aniqlovchi   ichki   motivlar);   moslashuvchan   (aytilgan   tashqi
muhit ta’siri va talabi – mehnatga talabning о‘zgarishi); aralash. 
Ta’kidlash   lozimki,   innovatsion   ish   bilan   bandlikning   rivojlanishi   mehnat
bozori   segmentlanishining   chuqurlashishi   bilan   bog‘liqdir.   Buni   ham   ish   bilan
bandlik yangi turi rivojlanishining muayyan qonuniyatlari asosida qarash mumkin.
Bundan   segmentlashning   an’anaviy   mezonlariga   yangilari,   xususan,   innovatsion
ish   bilan   bandlik   va   ishchining   innovatsion   zehnining   о‘tkirligi,   mehnat
munosabatlarini   vertuallashuv   darajasi,   ijtimoiy-mehnat   munosabatlarida
vositachilarning   mavjudligi   va   shartnomalarning   о‘ziga   xos   xususiyatlari,
innovatsiyalarning turli xil hayotiylik davrining bosqichlari, innovatsion jarayonda
ishchining   roli   kabilar   qо‘shiladi.   Shuningdek,   kelgusida   ishchi   ukchiga   talab   va
taklif   о‘rtasida   tabaqalashuv,   mehnat   subyektlari   raqobatbardoshligining   oshishi,
tarkibiy  ishchizlik   sodir   bо‘ladi.  Biz   mehnat  bozori   innovatsion  rivojlanishi   bilan
bog‘liq   yuqorida   qayd   qiligan   о‘zgarishlarni   keyingi   boblarning   paragraflarida
kо‘rib chiqamiz.   
Innovatsion   ish   bilan   bandlik   rivojlanishi   yuqori   samaradorlik,   ilg‘or
tashkilot,   haqqoniy   va   mehnat   natijalari   bilan   bog‘langan   ish   haqi,   ishchi-
xodimlarning   о‘zlarini   namoyon   qila   olish   imkoniyatlari,   kо‘nikmalari,   ijtimoiy
himoyalanganligi kabilarni nazarda tutuvchi munosib mehnat sharoitlarini amalga
oshirishdan   iborat.   Shu   bilan   birga   ish   bialn   bandlik   yangi   turi   о‘zining   ichki
xususiyatiga   xos   qarama-qarshi   tizimdir.   Biz   qaqrama-qarshilikni   quyidagi
guruhlarga ajratamiz:  yangi  “omilkor” ish bilan bandlikning ijtimoiy va iqtisodiy
samaradorligi   о‘rtasida   qarama-qarshilik;   individual,   korporativ   va   jamiyat
darajalarida yangi “omilkor” ish bilan bandlik samaradorligi о‘rtasida; ishchining
innovatsion   salohiyati   rivojlanishining   zarurati,   uning   talab   qilishi   va
37 rag‘batlantirish   о‘rtasida;   mehnat   bozori   segmentlarining   innovatsion   sig‘imi
bо‘yicha   tafovut   о‘rtasida;   ish   bilan   bandlikni   xavfdan   himoyalashda   ish   bilan
bandlik egiluvchanligi va ishchilar talabi zarurati о‘rtasida va boshqalar.        
    Qarama-qarshilik sohasi ichki tizimli tavsif (masalan, о‘rtasida: subyektlar;
obyektlar va subyektlar)ga erishishni ta’minlaydi. Keyingi yillarda boshqarish (ish
bilan   bandlikni   boshqarishning   rasmiy   institutlari   va   ijtimoiy-madaniy   an’analar
о‘rtasida;   boshqarish   va   о‘z-о‘zini   boshqarish   о‘rtasida   va   b.)   va   rivojlanish
(evolyutsion   va   revolyutsion   yо‘l,   ish   bilan   bandlik   yangi   turi   rivojlanishining
faol-о‘zgaruvchan   va   moslashuvchan)ning   qarama-qarshiligi   faollashmoqda.   Ish
joylarini   egallashni   xohlovchi   aholi   soni   va   ish   joylarining   cheklangan   miqdori
о‘rtasida qarama-qarshilik saqlanmoqda. 
Moliyaviy chayqovchilik, ommaviy madaniyat sohalarida kam jozibador ish
joylari   va   innovatsion   salohiyat   tо‘plangan   sektorlarda   qarama-qarshilik
kuchaymoqda;   millionlab   tadbirkorlar,   kasb-novatorlarining   “elita”   qismi,
reproduktiv   mehnat   bilan   band   bо‘lganlar   о‘rtasida   qarama-qarshilik   о‘smoqda 1
.
Keltirilgan qarama-qarshiliklar tadqiqoti mehnat munosabatlarini samarali tartibga
solish uchun zarur hisoblanadi.    
Mehnat bozorida innovatsion ish bilan bandlikning shakllanishi bir vaqtning
о‘zida   tashkiliy,   iqtisodiy,   huquqiy,   axborot   va   psixologik   muhitda   sodir   bо‘ladi.
Innovatsion ish bilan bandlik – bu uzluksiz rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi,
yangi   sifatga   ega   bо‘lgan   dinamik   tizimdir.   Uning   rivojlanish   yо‘nalishlari
tendensiyalarni tavsiflaydi:
– axboratlashtirish   tendensiyasi:   zamonaviy   axborot   tizimi   ta’siri   ostida
mehnat   faoliyati,   mehnatga   talab,   ish   vaqtidagi   о‘zgarishlar,   ishga   joylashtirish
jarayonidagi о‘zgarishlar (transaksion xarajatlarning kamayishi; ishchilar va bо‘sh
ish   о‘rinlarining   eng   yaxshi   mosligi) 2
,   distansion   ta’lim   rivojlanishi,
kompyuterlashgan   ish   joylari   hissasining   oshishi   (shuningdek,   Internetga
1
  Бузгалин   А.В.   Капитал   и   труд   в   глобальном   сообществе   XXI   века:   «по   ту   сторону»   миражей
информационного общества (три тезиса к дискуссии)/ А.В. Бузгалин, А.И. Колганов //Альтернативы.   1999.
№ 1.
2
 Freeman R.B. The Labour Market in the New Information Economy / R. Freeman // NBER Working Paper. 2002.
Oct. N 9254.
38 о‘langan),   kompyuter   kо‘nikmalarini   egallash,   mehnatga   haq   tо‘lash   va
boshqalarda   jiddiy   siljishlar   sodir   bо‘ladi.   Keyingi   yillarda   ishga   joylashtirishda
“axborotlashtirish” jarayoni  intensiv rivojlanib bormoqda. Bu haqida ish joylarini
(ish/xodim)   izlashda   zamonaviy   elektron   resurslari   sonining   о‘sishi   guvohlik
bermoqda.   Ularni   ixtisoslashgan   nashriyotlar   ochmoqda;   bu   portallarda   rekrut
agayentliklari   nafaqat   о‘zlarini   reklama   qiladi,   balki   buyurtmachi   personalga   e-
mail   bо‘yicha   mutaxassisga   talabnoma   junatishni   nazarda   tutadi.   Shu   bilan   birga
ish beruvchiga axborot taklif qiluvchi mustaqil internet-loyihalar mavjud;
– virtuallashtirish   tendensiyasi:   ish   bilan   bandlikni   institutsionallashuvini
ta’minlovchi   rasmiy   va   norasmiy   me’yorlarga   rioya   qilishni   ifodalaydi   hamda
virtual (virtual ish bilan bandlik segmentini kengayishi) hisoblanadi; 
– internasionallashuv   tendensiyasi:   turli   mamlakatlarda   ish   bilan   bandlik
yangi   turining   asosiy   о‘ziga   xos   xususiyatlarining   shakllanish   tamoyillarini   bir-
biriga yaqinlashishini ifodalaydi;
– iqtisodiyotning   an’anaviy   sektorlarida   ish   bilan   bandlik   yangi
xususiyatlarining aralashib ketishi;
– individuallashuv   tendensiyasi   (shartnoma,   о‘z-о‘zini   ish   bilan
bandligining   rivojlanishi,   alohida   mehnat   trayektoriyalarining   turli-tumanligi,   ish
haqi tо‘lashning individuallashuvi va b.);
Kо‘proq   xususiy   tendensiyalarga   quyidagilar   tegishli:   umumiy   bandlar   sonida
tender   munosabatlari   uzilishining   qisqarishi   va   ish   bilan   bandlik   darajasining
oshishi;   ishchilarga   ish   joylarining   о‘rnini   о‘zgartirish;   milliy   innovatsion   tizim
ichida   va   sektorlar   о‘rtasida   ishchilar-novatorlarning   intensiv   mehnat
harakatchanligi   (sanoat,   tadqiqot   sohasi   va   oliy   ta’lim   tizimi   о‘rtasida);
nokapitalistik   ish   bilan   bandlik   shakllarining   rivojlanishi   (mikrokooperativlar,
olimlarning   jamoaviy   mehnatini   tashkil   etishning   boshqa   shakllari,   texnikaning
biror   sohasida   biror   narsani   ishlab   chiqaruvchi   mutaxasislar);   ish   bilan   bandlikni
insonparvarlashuvi, kungilli mehnat segmentining kengayishi va boshqalar. 
39 II-BOB.  SAMARQAND  VILOY А TI MEHNAT BOZORINING
INNOVATSION RIVOJLANISH HOLATI VA TENDEN S IY А LARI
2.1. Viloyat me hnat bozori rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy kо‘rsatkichlari
tahlili
Mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlik   siyosatining   samarali   va   maqbul
yо‘nalishi bо‘lib, faol ish bilan bandlik siyosati hisoblanadi. Mazkur siyosat ishchi
kuchiga   talabni   oshirish   maqsadida   yangi   ish   о‘rinlarini   yaratish,   korxonalarga
maqsadli   kreditlar   berish   hamda   investision   siyosatni   amalga   oshirishga
yо‘naltirilgan   bevosita   choralarni   amalga   oshirishdan   iborat.   Ishchi   kuchi
taklifining   unga   bо‘lgan   talabga   nisbatan   yuqoriligi   sharoitida   davlat   ish   bilan
bandlik   xizmati   mehnat   resurslarini   aniq   ishlar   bо‘yicha   ishga   joylashtirish
jarayonini rag‘batlantirishi zarur.
Respublikamizda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishning   hozirgi   bosqichida   ish
bilan   bandlik   siyosatining   maqsad   va   vazifalarini   ishlab   chiqishda   ish   bilan
bandlikning zamonaviy va moslashuvchan shakllarini kengaytirishni hisobga olish
kerak.   Chunki   raqamli   iqtisodiyotga   о‘tish   sharoitlari   bilan   bog‘liq   ish   bilan
bandlik   sohasida   jiddiy   о‘zgarishlar   sodir   bо‘lmoqda.   Bu,   bir   tomondan,
zamonaviy bilim va kо‘nikmalarga ega mutaxassislarga talabning muntazam oshib
borayotganligi   bilan   izohlansa,   ikkinchi   tomondan,   xodimlarning   mehnat
sharoitlarida ham tub о‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda.
Mamlakatimizdagi  ijtimoiy-iqtisodiy   barqarorlikka  erishish   va   iqtisodiy   о‘sish
bilan   bog‘liq   kо‘rsatkichlar   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   strategiyasining
realizasiyasini   va   respublikani   rivojlantirishning   ustuvor   yо‘nalishlarida   erishilgan
yutuqlarning   amaliy   natijasidir.   Iqtisodiyotni   tarkibiy   jihatdan   isloh   etish,   ishlab
chiqarishning   zamonaviy   tarmoqlarini   modernizasiya   qilish   va   texnik   qayta
qurollantirish,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirish   bо‘yicha   amalga
oshirilgan chora-tadbirlar hududlar iqtisodiyotida yalpi hududiy mahsulotning umumiy
hajmini oshishiga olib kelmoqda.
40 2.1-jadval
Viloyat yalpi hududiy mahsulotining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 
tarkibi 1
, mlrd. sо‘mda
yanvar-dekabr
oylarida O‘sish
sur’ati,
% da
2020 -  yil 2021 -  yil
 I.  Yаlpi hududiy mahsulot ,  jami
43 386,6 53 749,9 108,8
shu jumladan :
Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati
42 478,3 52 640,7 108,8
Mahsulotlarga sof soliqlar
908,3 1 109,2 109,5
II.  Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati
42 478,3 52 640,7 108,8
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi
19 346,3 23 622,4 104,6
Sanoat  ( qurilishni qo‘shgan holda )
8 779,7 10 927,0 112,0
S anoat
6 294,6 7 789,8 110,8
Qurilish 
2 485,1 3 137,2 115,2
Xizmatlar
14 352,3 18 091,3 112,5
Savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha 
xizmatlar 2 720,2 3 355,7 109,9
Tashish va saqlash, axborot va aloqa 
xizmatlari 2 504,2 3 384,8 124,7
Boshqa xizmatlar 9 127,9 11 350,8 110,0
Samarqand   viloyatida   yalpi   hududiy   mahsulot   (YaHM)ning   keyingi   yillar
mobaynida nisbatan о‘sish tendensiyasi  hudud iqtisodiyotining barcha sohalari  va
tarmoqlarida   kuzatildi.   Shuningdek,   hudud   iqtisodiyotining   barcha   soha   va
tarmoqlarida   olib   borilayotgan   tub   islohotlar   keyingi   yillar   mobaynida   о‘zining
ijobiy   natijalarini   berib   kelmoqda.   Jumladan,   2021-   yil   yanvar-dekabr   oylarida
ishlab   chiqarilgan   yalpi   hududiy   mahsulot   (YаHM)   hajmi   53   749,9   mlrd.   so‘mni
1
 Muallif tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
41 va   o‘sish   sur’ati   2020-   yilning   shu   davriga   nisbatan   108,8   foizni,   YаHMning
deflyator indeksi 113,9 foizni tashkil qildi.
Aholi   jon   boshiga   hisoblangan   YаHM   13472,8   ming   so‘mni   va   bu
ko‘rsatkich   o‘tgan   yilning   mos   davriga   nisbatan   106,7   foizni   tashkil   etdi.   (2. 1-
jadval).
Tahlillar   shuni   kо‘rsatmoqdaki,   Samarqand   viloyatida   YaHMning   ijobiy
dinamikasi,   aholini   tabiiy   о‘sishi,   migrasiyani   optimallashtirish,   hududlar
iqtisodiyotini   rivojlanishi   bilan   investisiyani   о‘sishi,   kichik   va   о‘rta   biznesni
rivojlanishi,   aholi   daromadlarini   о‘sishi,   kadrlar   malakasi,   mahsulot   ishlab
chiqarishda   innovatsiyalarni   tatbiq   etish   sur’atini   о‘sishi,   xо‘jalik   subyektlari
boshqaruvi   samaradorligini   oshishi   kabi   omillar   mehnat   bozori   rivojlanishining
muhim omillari hisoblanadi.
2.2-jadval
Samarqand viloyatida mehnat resurslari va uning tarkibi tо‘g‘risida
ma’lumot 1
 (mi ng kishi)
Kо‘rsatkichlar 2019 y. 20 20  y. 20 21  y. 20 21 -20 19   y.y.
о‘sish, %
Doimiy aholi soni 3838,4 3 947,4 4 031,3 1 05 , 0
Mehnat resurslari 2124,8 2130,4  2142,3 1 00 , 8
Iqtisodiy faol aholi 1604,2 1 592,9 1 599,7 99 , 7
Bandlar – jami : 1455,5 1 418,3 1 441,3 99 , 0
Davlat  sektorida 501,3 213,8 195 ,8 39,0
Nodavlat  sektorda 954,4 1309,3 1245 , 5 1 30 , 5
Ishga   joylashtirishga
muhtoj aholi soni 148,4 174,6 158,4 106,7
Iqtisodiy nofaol aholi 512,9 545,0 542,6 1 05 , 8
Respublikamizda   demografik   omilning   о‘zgarib   borishi   makrodarajadagi
muammo   bо‘lib,   u   kо‘p   jihatdan   jamiyatning   holati   va   rivojlanishini   belgilaydi.
Shuningdek,   Samarqand   viloyati   aholisi   sonining   respublikamiz   boshqa
viloyatlariga   nisbatan   yuqori   ekanligi   hududda   demografik   vaziyatning
murakkabligini kо‘rsatmoqda. 
1
 Muallif tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
42 Samarqand   viloyatida   doimiy   aholi   soni   2021   yilga   kelib,   4031,3   ming
kishiga, ya’ni 2019 yilga nisbatan 105,0 %ga oshgan.  2019-2021 yillarda mehnat
resurslari   soni   100,8   %ga   о‘sgan.   Viloyatda   iqtisodiy   faol   aholi   va   ish   bilan
bandlar   soni   mos   ravishda   99,7   va   99,0   %ni   tashkil   etmoqda.   Iqtisodiy   faol
aholining   ish   bilan   bandlarga   nisbatan   kamayish   sur’atlarda   bо‘lishi   ishsizlar
sonining   oshishi,   ya’ni   i shga   joylashtirishga   muhtoj   aholi   sonining   tahlil
etilayotgan   yillar   oralig‘ida   oshishi   (106,7   foiz)   bilan   izohlash   mumkin   (2.2-
jadval). 
2.3-jadval
Samarqand viloyatida iqtisodiy soha va tarmoqlarda band aholi soni 1
, (ming
kishi)
Kо‘rsatkichlar 200 1   y. 2005  y. 201 9  y. 20 20  y. 20 21  y. 20 21 -20 01
y.y. о‘sish,
%
Bandlar – jami :
936,1 1050,1 1229,9 1523,1 1455,5 155,6
Sanoat 88,5 107,6 134,4 186,1 187,5 2,1 marta
Qishloq   va   о‘rmon
xо‘jaligi 366,9 382,6 346,3 433,1 498,6 135,9
Qurilish 47,2 58,6 80,2 109,0 125,7 2,6 marta
Transport va aloqa 31,3 42,0 61,0 82,5 95,6 3 marta
Savdo,   umumiy   ovqat -
lanish va ta’minot 79,6 94,3 138,6 171,4 265,2 3,3 marta
Uy-joy   kommunal
xо‘jaligi,   maishiy
xizmat k о‘rsatish 22,9 29,2 47,6 68,0 98,6 4,3 marta
Sog‘liqni   saqlash,   sport
va ij timoiy  ta’minot 64,1 80,2 103,9 112,7 136,8 197,8
Maorif,   madaniyat,
san’at, fan va ilmiy  h .k. 130,5 155,7 197,8 210,9 278,8 190,6
Moliya,   kreditlash   va
sug‘urta 4,0 3,7 4,1 5,3 7,5 187,5
Boshqalar 101,1 96,2 116,0 144,1 256,7 184,6
Shuningdek,   viloyatda   sanoatning   zamonaviy   tarmoqlarini   rivojlanishi
natijasida   unda   band   bо‘lganlar   hissasi   2021   yilga   kelib,   2,1   martaga   oshgan.
Qishloq   xо‘jaligidagi   tarkibiy   islohotlar   natijasida   hamda   qishloq   joylarda
noqishloq   xо‘jaligi   sohasida   bandlarning   muntazam   ravishda   о‘sib   borishi
1
 Muallif tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
43 natijasida   tarmoqda   bandlarning   hissasi   35,9   %ga   о‘sgan.   Qurilish   sohasidagi
islohotlar   natijasida   undagi   ish   bilan   bandlik   darajasi   ham   muntazam   о‘sish   (2,6
marta) tendensiyasiga ega bо‘lgan.   Xizmat kо‘rsatish sohasida bandlarning ulushi
2001   yilda   35,7   %ni,   2021   yilda   esa,   bu   kо‘rsatkich   jami   bandlarning   50   %dan
ortig‘ini   tashkil   etgan.   Bunday   о‘sish   sur’atlari   transport   va   aloqada   (3   marta),
savdo, umumiy ovqatlanish va ta’minotda (3,3 marta), uy-joy kommunal xо‘jaligi,
maishiy   xizmat   kо‘rsatishda   (4,3   marta),   sog‘liqni   saqlash,   sport   va   ijtimoiy
ta’minotda (197,8 %), maorif, madaniyat, san’at, fan va ilmiy sohalarda (190,6 %),
moliya, kreditlash va sug‘urtada (187,5 %) kо‘zatilgan (2.3-jadval).
2. 4 -jadval
O‘zbekiston Respublikasida aholining iqtisodiy faollik darajasi, %da 1
Hududlar 2017 2018 2019 2020 2021
O'zbekiston 
Respublikasi 73,5 74,3 75,0 73,8 74,1
Qoraqalpog'iston 
Respublikasi 62,0 69,5 69,2 69,2 67,7
Andijon 77,7 77,0 77,2 74,7 75,7
Buxoro 76,7 77,4 76,2 76,4 74,6
Jizzax 63,1 68,3 74,0 74,3 75,1
Qashqadaryo 69,6 71,7 70,7 68,5 69,3
Navoiy  76,4 75,8 75,9 73,8 74,9
Namangan 67,3 70,5 73,2 72,7 72,6
Samarqand 74,6 73,4 72,1 70,9 70,7
Surxondaryo 71,3 72,2 74,0 71,9 71,8
Sirdaryo 74,9 77,7 76,1 72,8 71,9
Toshkent 79,4 78,5 78,5 76,2 77,6
Farg'ona 74,7 73,1 74,5 73,0 73,6
Xorazm 71,0 71,3 72,8 71,5 71,1
Toshkent sh. 84,6 84,1 86,9 88,8 89,5
O‘zbekiston   Respublikasi   hududlari   kesimida   aholining   iqtisodiy   faollik
darajasi   tahlil   qilinganda,   mamlakat   mehnat   resurslarining   faollik   darajasi   2017
yilda 73,5 foizni, 2021 yilda 74,1 foizni  tashkil  qilgan. Viloyatlar  kesimida  tahlil
qilinganda   eng   yuqori   ko‘rsatkich   Toshkent   shahrida   89,5   foiz,   Toshkent
viloyatida 77,6 foizni tashkil etadi. Mehnat resurslarinig faollik darajasi mamlakat
bo‘yicha   Xorazm   viloyati   (67,7   foiz)   va   Qashqadaryo   viloyati   (69,3   foiz)lariga
to‘g‘ri keladi (2.4-jadval). 
1
 O’zbekiston Respublikasi davlat Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida m uallif tomonidan ishlab chiqilgan.
44 Xalqaro   mehnat   tashkilotining   standartlarida   «iqtisodiy   faol   aholi»
tushunchasi   iqtisodiyotda   keng   ma’noda   ishlatiladigan   tushuncha   sifatida
qо‘llaniladi.   Faollik   tamoyilining   mazmuniga   kо‘ra,   shaxsni   muayyan   toifaga
kiritish   uning   ma’lum   bir   davr   ichidagi   faoliyatiga   bog‘liqdir.   Shuning   uchun,
iqtisodiy   faol   aholi   guruhiga   faqat   iqtisodiy   faoliyat   bilan   shug‘ullanayotgan,   ish
qidirayotgan, ishlashga tayyor turgan mehnatga yaroqli shaxslar kiradi.  
2021   yilda   O‘zbekiston   Respublikasi   jami   mehnat   resurslarining   54,8   foizi
(10609,2   ming   kishi)   shahar   joylarida,   45,2   foizi   (8735,8   ming   kishi)   qishloq
joylarida   istiqomat   qiladi.   Mamlakat   mehnat   resurslarining   shahar   joylarida
istiqomat  qiladiganlari   2021  yilda  (10609,2  ming  kishi)  2017  yilga  (9949,5  ming
kishi)   nisbatan   6,6   foizga,   qishloq   joylarida   yashaydigan   mehnat   resurslari   2021
yilda   (8735,8   ming   kishi)   2017   yilga   (8716,8   ming   kishi)   nisbatan   0,2   foizga
o‘sgan.
O‘zbekistonda   iqtisodiy   faol   aholi   soni   2021   yilda   14980,7   ming   kishi
bo‘lib,   2017   yilda   14357,3   ming   kishini   tashkil   etgan   yoki   4,3   foizga   o‘sgan.
Mamlakat   iqtisodiy   faol   aholisining   56,1   foizi   shaharlarda,   43,9   foizi   qishloq
joylarida   faoliyat   ko‘rsatadi.   SHaharlarda   faoliyat   ko‘rsatadigan   iqtisoodiy   faol
aholi   2021   yilda   2017   yilga   nisbatan   12,5   foizga   ortgan   bo‘lsa,   qishloqlarda
faoliyat  ko‘rsatadigan iqtisodiy faol aholi  95,5 foizga kamaygan. Iqtisodiy nofaol
aholi   miqdori   ham   o‘rganilayotgan   davrda   1,3   foizga   o‘sgan   bo‘lsa,   shahardagi
iqtisodiy   nofaol   aholi   89,0   foizgacha   kamaygan,   aksincha,   qishloq   joylaridagi
iqtisodiy   nofaol   aholi   17,8   foizga   o‘sgan.   2021   yilda   iqtisodiy   nofaol   aholining
50,5 foizi shaharlarga to‘g‘ri kelib, 49,5 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi (2.5-
jadval).
Tadqiqotlar shuni kо‘rsatmoqdaki, ayollarning erkaklarga nisbatan iqtisodiy faollik
darajasi   an’naviy   ravishda   pastdir.   Hozirgi   kunda   О‘zbekistonda   aholining
iqtisodiy faollik darajasi bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlaridagi о‘rtacha
darajaga   nisbatan   yuqoriroq   bо‘lib,   Markaziy   Osiyodagi   qо‘shni   mamlakatlar   va
jahondagi о‘rtacha darajaga yaqinroqdir.
2. 5 -jadval
45 O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslarining iqtisodiy faol va nofaol
aholi bo‘yicha taqsimlanishi, ming kishi 1
Ko‘rsatkichlar 2017  y. 2018  y. 2019  y. 2020  y. 2021  y. 2021 yil 2017
yilga
nisbatan,
%da
Jami mehnat
 resurslari 18666,3 18829,6 18949,0 19158,2 19345,0 103,7
  shahar 9949,5 10032,5 10052,7 10471,7 10609,2 106,6
  jamiga nisbatan 
foizda 53,3 53,3 53,1 54,7 54,8 -
qishloq 8716,8 8797,1 8896,3 8686,5 8735,8 100,2
jamiga nisbatan 
foizda 46,7 46,7 46,9 45,3 45,2 -
iqtisodiy faol aholi 14357,3 14641,7 14876,4 14797,4 14980,7 104,3
shahar 74 74,4 7682,0 7838,2 8189,8 8406,1 112,5
jamiga nisbatan 
foizda 52,1 52,5 52,7 55,3 56,1 -
qishloq 6882,9 6959,7 7038,2 6607,6 6574,6 95,5
jamiga nisbatan 
foizda 47,9 47,5 47,3 44,7 43,9 -
iqtisodiy nofaol 
aholi 4309,0 4187,9 4072,6 4360,8 4364,2 101,3
shahar 2475,1 2350,5 2214,5 2281,9 2203,0 89,0
jamiga nisbatan 
foizda 57,4 56,1 54,4 52,3 50,5 -
qishloq 1833,9 1837,4 1858,1 2078,9 2161,2 117,8
jamiga nisbatan 
foizda 42,6 43,9 45,6 47,7 49,5 -
Respublikamizda  2021  yilda  shahar  va   qishloq  joylarda  aholining  iqtisodiy
faollik   darajasi   qishloq   joylarda   erkaklar   uchun   74,2   %,   ayollar   uchun   27,5   %,
shaharda   mazkur   kо‘rsatkich   mos   ravishda   73,5   %   va   38,7   %ni   tashkil   etgan.
Shuningdek,   2021   yilda   shahar   va   qishloq   joylarda   aholining   ish   bilan   bandlik
darajasi   qishloq  joylarda  erkaklar   uchun  62,8 %, ayollar  uchun  22,3  %,  shaharda
ushbu kо‘rsatkich muvofiq tarzda 61,3 % va 34,5 %ni tashkil etgan.  
Tadqiqotlar   shuni   kо‘rsatmoqdaki,   faol   tadbirlarga   qilinadigan   sarflar   natijasida
ishsizlar   sonining   qisqarishi   hisobiga   ularga   tо‘lanadigan   ishsizlik   nafaqasi
xarajatlarini   muvofiq   ravishda   kamaytirdi.   Shuning   uchun,   mehnat   bozorida
davlatning   faol   ish   bilan   bandlik   siyosati   ishchi   kuchining   sifatli   va   dinamik   tarkibi
shakllanishini   о‘z   ichiga   olgan   holda,   ish   bilan   bandlik   moslashuvchanligini
1
 O’zbekiston Respublikasi davlat Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida m uallif tomonidan ishlab chiqilgan.
46 rag‘batlantiradi.   Bunda   potensial   ishchi   kuchi   taklifi   ish   beruvchilarning   ishchi   kuchi
talabiga muvofiqligi ta’minlanishi zarur.
O‘zbekiston   Respublikasi   hududlari   kesimida   aholining   iqtisodiy   faollik
darajasi   tahlil   qilinganda,   mamlakat   mehnat   resurslarining   faollik   darajasi   2017
yilda 73,5 foizni, 2021 yilda 74,1 foizni  tashkil  qilgan. Viloyatlar  kesimida  tahlil
qilinganda   eng   yuqori   ko‘rsatkich   Toshkent   shahrida   89,5   foiz,   Toshkent
viloyatida 77,6 foizni tashkil etadi. Mehnat resurslarinig faollik darajasi mamlakat
bo‘yicha   Xorazm   viloyati   (67,7   foiz)   va   Qashqadaryo   viloyati   (69,3   foiz)lariga
to‘g‘ri keladi (2.6-jadval).
2. 6 -jadval
О‘zbekistonda shahar va qishloq joylarida iqtisodiy faollik va ish bilan
bandlik darajalari 1
, %
Hududlar Iqtisodiy faollik Ish bilan bandlik
Erkaklar Ayollar Erkaklar Ayollar
Qishloq joylarda 74,2 27,5 62,8 22,3
Shaharda 73,5 38,7 61,3 34,5
 
O‘zbekiston   Respublikasi   ishsizlik   muammosi   muhim   masalalardan   biri
hisoblanadi. Mamlakatimizda ishsizlik darajasi 2017 yilda 5,8 foiz, 2018 yilda 9,3
foiz, 2019 yilda 9,0 foiz, 2020 yilda 10,5 foiz hamda 2021 yilda 9,6 foizni tashkil
etdi (2.1-rasm).
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2021 yilda ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy
soni 1 million 441,8 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6
foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga
kamaygan.   Ishga   muhtoj   bo‘lganlarning   16−30   yoshgacha   bo‘lganlar   orasida
ishsizlik   darajasi   —   15,1   foiz,   ayollar   orasida   ishsizlik   darajasi   esa   —   13,3   foiz
1
  European Bank for Reconstruction and Development, Life in Transition survey III. 2019.
47 bo‘ldi.
2.1-rasm.  O‘zbekiston Respublikasida aholini ishsizlik darajasi, %da
O‘zbekiston   Respublikasida   2021   yil   davomida   468,1   mingta   yangi   ish
o‘rinlari   tashkil   etil di .   Jumladan,   tarmoq   investitsiya   loyihalarini   amalga   oshirish
hisobiga  19,6 mingta,  hududiy investitsiya   dasturiga kiritilgan  loyihalarni  amalga
oshirish hisobiga 193,3 mingta, ijtimoiy soha ob’ektlarini ishga tushirish hisobiga
9,5   mingta   doimiy   ish   o‘rni   yaratildi,   yuridik   shaxs   tashkil   etgan   holda   kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 152,4 mingta ish o‘rinlarini
tashkil etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 111 mingta ish
o‘rinlari yaratildi.
S h uningdek,  o‘tgan   yilning   12  oyi   mobaynida  mehnat   organlari   tomonidan
879 mingdan ziyod ish bilan band bo‘lmaganlarga bandlik xizmatlari ko‘rsatilgan.
S h u jumladan: 
1) 393,8 ming nafar ishsiz, fuqarolar mehnat organlari yo‘llanmalari asosida
davlat dasturi doirasida yaratilayotgan va bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashishiga
ko‘maklashildi. 
Shuningdek,   70,3   ming   ijtimoiy   muhofazaga   muhtoj   shaxslar   band   qilib
qo‘yilgan kvota ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi.
48 2) 234,2 ming band bo‘lmagan aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb
etildi.   Hududlarni   obodonlashtirish   va   qurilishda   192,4   ming,   qishloq   xo‘jaligi,
sanoat   va   xizmat   ko‘rsatish   sohalarida   19,4   ming   va   boshqa   yo‘nalishlarda   22,4
ming fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilindi. Buning natijasida, majburiy mehnatga
jalb qilish, o‘tgan yilning shu davriga nisbatn 2,3 barobarga kamaydi.
3)   115,4   ming   nafar   (shundan,   yoshlar   62,8   ming,   ayollar   78,9   ming)   ish
bilan   band   bo‘lmagan   fuqarolar   kasb-hunarga,   tadbirkorlik   ko‘nikmalariga
o‘qitishga jalb etildi.
4)   37,4   ming   nafar   ishsiz,   “temir   daftar”,   “ayollar   daftari”   va   “yoshlar
daftari”ga kiritilgan shaxslarga 83,1 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Mamlakatimizda   2021   yilda   subsidiyalar   qo‘yidagi   asosiy   yo‘nalishlar
bo‘yicha ajratildi:
-   t adbirkor   sifatida   davlat   ro‘yxatidan   o‘tkazish,   tadbirkorlikka   o‘qish   va
sug‘urta polisi uchun 5 534 nafar fuqarolarga 2 279,4 mln. so‘m;
-   t adbirkorlik  faoliyati  uchun   asbob-uskuna,   mehnat   qurollarini   xarid  qilish
uchun 559 kishiga 1 645,4 mln.so‘m;
-   “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun 688
kishiga 468,0 mln.so‘m;
-   k orxonalar   va   tadbirkorlik   sub’ektlarini   qo‘llab-quvvatlash   maqsadida   1
715 nafar xodimni mehnat organlari yo‘llanmasi asosida qabul qilgan korxonalarga
xodimlarni malakasini oshirish maqsadida 3 230,4 mln.so‘m;
-   334   nafar   ijtimoiy   muhofazaga   muhtoj   va   ish   topishda   qiynalayotgan
shaxslarni kvotadan ortiq ishga qabul qilgan ish beruvchilarga 626,3 mln.so‘m;
-   i sh   o‘rinlari   va   sharoitlarini   21   nafar   nogironligi   bo‘lgan   shaxslarga
moslashtirish uchun 226,0 mln so‘m;
-   sh axsiy   va   dala   tomorqasida   issiqxona,   ekishga   urug‘lar   va   ko‘chatlar
hamda sug‘orish vositalarini xarid qilish uchun 18 608 ta oilalarga 52,8 mlrd.so‘m
yo‘naltirildi.
Bundan   tashqari,   Kambag‘allikni   qisqartirish   bo‘yicha   Xitoy   tajribasini
o‘rgangan   holda,   joylarda   228   ta   kooperativlar   tashkil   qilindi.   Kooperativlarning
49 122 tasi tikuvchilik yo‘nalishida, 23 tasi meva-sabzavotchilik yo‘nalishida, 20 tasi
parrandachilik   yo‘nalishida,   15   ta   quyonchilik   yo‘nalishida,   17   tasi
hunarmandchilik yo‘nalishida, 11 tasi uzumchilik yo‘nalishida, 9 tasi asalarichilik
yo‘nalishida,   5   tasi   baliqchilik   yo‘nalishida,   6   tasi   boshqa   yo‘nalishlarda   tashkil
etildi.
Kooperativlarga 9 876 nafar ishsizlar biriktirildi va ularga kooperativlarning
ustav fondiga a’zolik ulushi sifatida 21,8 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari o‘tkazib
berildi.
Xulosa   qilib   aytganda,   ish   bilan   band   bo‘lganlar   sonining   kamayishi,
iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandlik tarkibining jiddiy ravishda o‘zgarishi, ish
bilan   norasmiy   bandlik   ko‘lamlarining   kengayishida   o‘z   ifodasini   topadi.   Ushbu
jarayonlar   shakllanishining   qonuniyatlarini   aniqlash   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish   istiqbollarini   belgilashda   mahalliy   miqyosdagi   mehnat   resurslarini
iqtisodiy   tarmoqlar   o‘rtasida   taqsimotini   to‘g‘ri   tashkil   etish,   yangi   tashkil
etiladigan   korxonalarni   rejalashtirishda   aholi   soniga   nisbatan   proporsionallikni
ta’minlash aholining ish bilan bandligini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish dastur   larini
ishlab   chiqish   nihoyatda   muhimdir.   Keltirilgan   vazifalarni   amalga   oshirilishi   o‘z
navbatida mamlakat aholisi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2.2. Innovatsion tarmoqlarda mehnat resurslari balanslanganlik darajasi
tahlili
Me hnat bilan band bo lmagan shaxslar tahliliʼ ning   asosiy maqsadi – hududda
yashovchi   mehnat   bilan   band   bo lmaganlarning   tarkibiy   tuzilishi,   ularning	
ʼ
demografik   va   ijtimoiy-iqtisodiy   kelib   chiqish   sabablari   (tashkiliy,   ijtimoiy,
moliyaviy, geografik omillari) va holatining tahlili.
Tahlil qo yidagi yo nalishlar bo yicha amalga oshiriladi:	
ʼ ʼ ʼ
-   aholining   mehnat   bilan   band   bo lmagan   shaxslarning   miqdor	
ʼ
ko rsatkichlari,   ularning   tarkibiy   tuzilishi,   ijtimoiy   kelib   chiqish   kategoriyalari,	
ʼ
(mehnat   bilan   band   bo lmaganlar   umumiy   soni,   shu   jumladan,   ilk   bor   ish	
ʼ
50 axtarayotganlar,   ayrim   sabablarga   ko ra   uzoq   vaqt   ishlamaganlar,ʼ
qamoqxonalardan   chiqqanlar,   oliy   va   o rta   maxsus   o quv   muassasalarini   bitirish	
ʼ ʼ
arafasidagilar, chet ellarda mehnat migratsiyasidan qaytganlar va boshqalar);
-   ishlab   chiqarish   korxonalaridan   va   xizmatlardan   shtatlaridan   qisqartirilish
natijasida ishdan bo shaganlar soni holatining tahlili;	
ʼ
-   hududda   mavjud   bo lgan   va   ko maklashuv   Markazlari   ro yxatida	
ʼ ʼ ʼ
turganlarning   malakaviy   kategoriyalari   (ishchilar,   xizmatchi   xodimlar)   bo yicha	
ʼ
tahlil;
-   ishsizlarning   umumiy   tarkibi   bo yicha   professional   –   kasb   tarkibi	
ʼ
holatining tahlili;
-   ishsizlarning ijtimoiy-demografik kelib chiqish holatining tahlili (yoshi va
jinsi   tarkibi,   malakaviy   darajasi,   qayta   o qish   va   yangi   kasb   egasi   bo lishga
ʼ ʼ
tayyorligi);
- ishsiz shaxslarning ishsizligi davomiyligi guruhlarning tahlili.
Mehnat   bilan   band   bo lmagan   shaxslarning   miqdor   jihatidan   o zgarishlar	
ʼ ʼ
tendentsiyalarining   ijobiy   va   salbiy   tendentsiyalariga   xulosalar   tayyorlash   va
amaliy-tashkiliy takliflar bo yicha xulosa qilish.	
ʼ
Sohalarda mehnat resurslarini balanslashtirilganlik darajasini tahlil etishning
asosiy   maqsadi   –   hududda   mavjud   mehnat   resurslarining   balanslashtirilganlik
darajasi asosida mahalliy mehnat bozorida va ayniqsa, sohalar orasida ish kuchiga
talab   va   taklif   o rtasidagi   doimiy   balans   ko rsatkichlarini   nazorat   qilib   borib,	
ʼ ʼ
mehnat   resurslarini   aniq  maqsadli   ravishda   ish   bilan   band  qilish   asosida   ularning
samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Sohalarda mehnat resurslarini balanslashtirilganlik darajasini tahlil etishning
asosiy yo nalishlari:	
ʼ
-   a holining   mehnat   bilan   band   va   band   bo lmagan   toifalarning   tarkibiy	
ʼ
holati,  shu  jumladan  ishchilar  va   xodimlarning  kategoriyalariga  qarab,   sohalararo
muvozanatini saqlovchi son miqdorini aniqlash;
-   a holining   mehnat   bilan   band   va   mehnat   band   bo lmagan   toifalari	
ʼ
professional tarkibining tahlili;
51 - hududdagi korxona va muassasalarda mavjud bo lgan vakant lavozimlar vaʼ
iqtisodiyotning  barcha  sektorlaridagi   yangi   tashkil  qilinadigan  ish   joylarning,  shu
jumladan, istiqbolli murakkab texnologiyalarga asoslangan yangi ish joylar tahlili;
- mehnat bozorida innovatsion sohalar ehtiyoji uchun muhim bo lgan yangi	
ʼ
kasb va mutaxassislarga bo lgan talab darajasining tahlili; 	
ʼ
-  korxona  va  muassasalarda  (mulk  shaklidan  qattiy  nazar)   bo sh   ish  joylar,	
ʼ
shu   jumladan   yangi   barpo   etilgan   ish   joylarning   uzoq   muddat   vakantli   holatida
qolishining sabablarining taqqoslashuv tahlili.
Sohalarda mehnat resurslarini balanslashtirilganlik darajasini tahlil etishning
xulosasi   asosida   hududdagi   mavjud   mehnat   resurslarining,   mehnat   bilan   band
aholining   son   jihatidan   va   malakaviy   ko rsatkichlar   jihatidan   aholini   bandlik	
ʼ
darajasini va samadorligini oshirish bo yicha, mehnat bozorida hududning mehnat	
ʼ
resurslarini   balanslashtirilganlik   darajasini   saqlab   borish   maqsadida   davlat
dasturlariga o zgartirishlar, tashkiliy tadbirlar kiritiladi.	
ʼ
O zbekistonning   milliy   iqtisodiyotni   modernizatsiyalash   va   uni   tarkibiy	
ʼ
bo limlarini isloh qilish, bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish sharoitida	
ʼ
mehnat   resurslari   bilan   yangi   ish   joylarini   o rtasida   balanslashtirish   jarayoni	
ʼ
avvalambor  mehnat   bozoridagi  ish  kuchiga  bo lgan  talab  va taklif  muammolarini
ʼ
samarali   va   tejamkorona   hal   qilishga   ishonchli   vosita   mexanizmi   sifatida   imkon
berib boradi.
Bozor   munosabatlari   sharoitida   mehnatga   layoqatli   har   bir   shaxs   o zidagi	
ʼ
ishlash qobiliyatga ega bo lishini, tovar shaklida, mehnat bozoriga olib chiqib, ish	
ʼ
beruvchiga   o zining   ish   kuchini   aqli,   bilimi,   zakovati   hamda   mehnat   saloxiyatini	
ʼ
taklif   qilib,   yuqoridagi   xususiyatlariga   yarasha   sota   bilishi   zarur.   Shuning
uchungina   u   bozor   sharoitidagi   iqtisodiy-ijtimoiy   muhitdan   kelib   chiqib,   raqobat
chig iriqlaridan   muvaffaqiyatli   o tgan   tarzdagina   ish   beruvchilarning   talabiga	
ʼ ʼ
muvofiq   ish   joyiga   ega   bo lib,   doimiy   daromad   olish   imkoni   paydo   bo ladi.   Aks	
ʼ ʼ
holda, u o ziga munosib ish topa olmay ma lum davrda ishsizlar qatoriga qo shilib	
ʼ ʼ ʼ
qoladi. 
52 Raqobat   mexanizmi   kuchayib   borayotgan   hozirgi   mehnat   bozori   sharoitida
bu   boradagi   har   xil   iqtisodiy-ijtimoiy   hatarlarni   ishonchli   ravishda   oldini   olish
maqsadida   mehnat   resurslarining   demografik   omillar   va   innovatsion
o zgarishlarning   dinamikasidan   kelib   chiqib   mehnat   bilan   bog liq   iqtisodiy,ʼ ʼ
statistik   va   texnologik   jarayonlarni   yaqin   va   uzoq   muddatlarga   prognozlashtirish
uslublarini   qo llanishi   zarur.   Bundan   tashqari,   hududlarda   va   iqtisodimizning   har	
ʼ
xil  sohalarning  investitsion  istiqbolli   dasturlari   asosida   barpo  etiladigan  yangi  ish
joylarni,  ayniqsa, yuqori innovatsion texnologiyalar talablarga muvofiq bo lgan ish	
ʼ
joylarini   barpo   etishni   davlat   miqiyosida   rejalashtirish   alohida   o rin   egallaydi.	
ʼ
Chunki   hozirgi   beqaror   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   tashkil   qilingan   yangi   ish
joylari o zining muqimligi tufayli iqtisodiy kategoriya sifatida mehnat resurslarini	
ʼ
samadorligini   oshirib,   iqtisodiy   o sish   sur atlarini   muqim   saqlab   borish   imkonini	
ʼ ʼ
yaratadi.
Albatta,   mavjud   mehnat   resurslarini   balanslashtirish   jarayonini   yanada
takomilliatirish   uchun   milliy   iqtisodiyotimizning   barcha   sohalarida   qancha   va
qaysi   mutaxassislik   yoki   kasb   bo yicha   ishlamoqda,   ularning   yoshiga   doir	
ʼ
ma lumotlar   mavjudligi   muhim   ahamiyatga   ega.   Afsuski,   O zbekistonda	
ʼ ʼ
ko pchilik   korxona   va   muassasalarda   ishchilarning   mehnat   jarayonini   belgilovchi
ʼ
huquqiy xujjatlari, statistik ma lumotlari, ayniqsa, xususiy sektorda juda achinarli	
ʼ
ahvolda ekanligi xammaga ma lum. Shuning uchun bu “ma lumotlarga” asoslanib
ʼ ʼ
biron bir ishonchli iqtisodiy tahlil qilishning o zi murakkab ekanligini mutaxassis	
ʼ
yaxshi   tushunishadi.   Shunga   qaramasdan   mehnat   resurslari   bilan   bog liq   barcha	
ʼ
ma lumotlarni   tahlil   qilish   vaqti   keldi.   Chunki   chuqur   va   har   tomonlama   keng	
ʼ
iqtisodiy   tahlil   asosidagina   yaqin-uzoq   prognoz,   aniq   dastur   yoki   reja   tayyorlash
mumkin.   Birinchi   navbatta   har   bir   korxonaning,   sohaning   va   hududning   kadr
potentsialini belgilovchi statistik raqamlarni tahlil qilinishi zarur. 
Bu ko rsatkichlarga qo yidagi guruhlar kiradi:	
ʼ ʼ
-   demografik   ko rsatkichlar   (mavjud   xodimlarning   yoshi   va   jinsi   tarkibi,	
ʼ
tahlil natijasi bo yicha olingan ko rsatkichlar);	
ʼ ʼ
53 - iqtisodiy ko rsatkichlar (soha va hududlarda mehnat bilan bandlar miqdori,ʼ
ixtisoslashganli   darajasi,   ishlab   chiqarish   jarayonining   kooperatsiyalashgani
darajasi, mehnatga haq to lash va rag batlantirish tizimi va boshqalar.);	
ʼ ʼ
- ijtimoiy ko rsatkichlar (hayot sifati va darajasi, aholining sog likka ta luqli	
ʼ ʼ ʼ
ma lumotlar,   mehnat   bilan   bo lganlarning   professional   va   kvalifikatsiya	
ʼ ʼ
(malakaviy) sifatli xizmat qilish sohasi va boshqalar).
Shuningdek,   2021   yilda   O‘zbekiston   Respublikasida   faoliyat   yuritayotgan
korxona   va   tashkilotlarda   ishlovchi   xodimlarning   sohalar   kesimida   taqsimlanish
tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, jami ish bilan band bo‘lganlarning 37,6 foizi
ta’lim   sohasida,   18,7   foizi   sanoatda,   16,2     foizi   sog‘liqni   saqlash   va   ijtimoiy
xizmatlar   sohasida,   1,2   foizi   axborot   va   aloqa   sohasida,   1,3   foizi   san’at,   ko‘ngil
ochish va dam olish sohasida, 2,2 foizi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik
faoliyatida,   2,3   foizi   savda   sohasida,   2,5   foizi   qurilish   hamda   14,1   foizi   baoshqa
faoliyat turlarida band bo‘lganlar hisoblanadi (2.2-rasm).
2. 2- rasm . 2021 yilda  O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan k orxona   va
tashkilotlarda   ishlovchi   xodimlarning   sohalar   kesimida   taqsimlanish 1
2.7-jadvaldan   ko‘rinib   turibdiki   Samarqand   viloyatida   2021   yilda     kichik
biznes   subyektlari   tomonidan   ishlab   chiqarilan   mahsulotlar   (ishlar,   xizmatlar)
hajmi   ham   seziralli   darajani   tashkil   etmoqda.   Bu   borada,   qishloq,   o‘rmon   va
1
 O’zbekiston Respublikasi davlat Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida m uallif tomonidan ishlab chiqilgan.
54 baliqchilik   xo‘jaligida   39   073,1   mlrd.   so‘m,   sanoatda   9   691,0   mlrd.   so‘m,
qurilishda 6 109,5  mlrd. so‘m, eksporitda 241 945,7 mln. AQSh doll. va  importda
528 551,3 mln. AQSh doll. tashkil etishini ko’rishimiz mumkin.
2.7 -jadval
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan
ishlab chiqarilan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmi 1
Ishlab chiqarilgan
mahsulot (ish,
xizmat)lar hajmi,  mlrd.
so‘m Jami ishlab chiqarilgan
mahsulotlar  hajmidagi
ulushi,  % da
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik  
xo‘jaligi 39 073,1 94,8
Sanoat 9 691,0 42,5
Qurilish 6 109,5   84,5  
Chakana savdo 16 893,4   80,4  
Yuk tashish,  m l n .  tn . 51,8 88,6
Yo‘lovchi tashish,  mln. kishi 422,6 95,3
E ksport,    mln. A Q S h  doll. 241 945,7   45,6  
Import,    mln. A Q S h  doll. 528 551,3   38,0  
Ushbu   guruhlarlar   ko rsatkichlarini   tahlil   qilgandan   so ng   mavjud   kadrʼ ʼ
salohiyati   ahvoli   va   shu   sohadagi   mehnat   resurslari   va   ish   joylari   o rtasidagi	
ʼ
optimal   proportsiyalarni,   oliy   va   o rta   malakali   mutaxassislar   muvozanatini	
ʼ
takomimalllashtirish yo llariga aniqlik kiritish mumkin. 	
ʼ
Hozirgi   davrda   milliy   iqtisodiyotimizning   o sish   sur atliga   salbiy   ta sir	
ʼ ʼ ʼ
ko rsatayotgan   va   mehnat   resurslari   tarkibiga   beqarorlik   muhit   tug dirayotgan	
ʼ ʼ
muhim   tashkiliy-iqtisodiy   omillardan   ishlab   chiqarish   va   xizmat   ko rsatish	
ʼ
sohalaridagi   mavjud   vakansilar   miqdori   (1   million   640   mingta   bo sh   ish   joylari)	
ʼ
eskirgan   texnologiyalarga   asoslangan   ish   joylarning   ko pligi,   ishlab   chiqarish	
ʼ
1
  Samarqand viloyati Davlat statistika Bosh boshqarmasi ma’lumotlari asosida  tuzilgan
55 sohasidagi   asbob   va   uskunalarning   ishlatish   koeffitsienti   pastligi,   ishsizlik
darajasining kam emasligi. 
Milliy   iqtisodiyotimiz   innovatsion   rivojlanish   bosqichiga   chiqishi
munosabati bilan mehnat resurslarining ish joylari bilan balanslashtirilishi avvalam
bor son parametrlari jihatidan emas, balki sifat parametrlari jihatidan tayyorlanishi
zarur.   Davlatimiz   mehnat   resurslarini   innovatsion   iqtisodiyot   talablariga   muvofiq
va munosib balansiga ega bo lish uchun qo yidagi ilmiy-amaliy tadbirlardan iboratʼ ʼ
bosqichlarni bosib o tishimiz zarur:	
ʼ
- mavjud 18,5 mingga yaqin kasb va mutaxassislik hamda nomeklaturadagi
lavozimlarni   (shu   jumladan   xususiy   va   nodavlat   sektorlardagi)   yangi   milliy
talablarga   muvofiq   ilmiy   asoslangan   normalar   bo yicha   qayta   ko rib   chiqib	
ʼ ʼ
tasdiqlashimiz   zarur   (95%   kasb,   mutaxassislar   va   lavozimlarda   mehnat   nomalari
xanuzgacha sovet normalari sifatida amal qilib kelmoqda);
-   yangi   ish   joylarni   barpo   etish,   ularni   huquqiy   va   moliyaviy
rasmiylashtirish,   statistik   hisobiga   olish,   yangi   ish   joylarni   yopish   jarayonlarini
huquqiy tartibga solish;
- mehnat resurslarining yillik takror ishlab chiqish jarayonini doimiy nazorat
qiluvchi hozirgi zamon monitorningini tashkil qilish;
-   ish   joylari   miqdori   va   mehnat   resurslarining   milliy   iqtisodiyot   bo‘yicha
yagona   balansining   sifatini   oshirish   maqsadida   hududiy   va   sohaviy   tarkiblarini
takomillashtirilgan holda amalga oshirishni joriy etish;
Hozirgi   davrda   hudud   va   sohalardagi   ishlab   chiqarishdagi   innovatsion
o‘zgarishlarini   hisobga   olgan   tarzda   ish   joylarni   va   mutaxassislarni   tayyorlash
jarayonlarining   haqiqiy   balansini   real   iqtisodiyot   bilan   ta'lim   sohalari   vakillari
o‘rtasida buyurtma – shartnomalari prinsipida amalga oshirishni joriy etish zarur.
Milliy   iqtisodiyotimizning   mehnat   resurslarinining   tarkibida   sifat   va   son
miqdorlari   o‘rtasida   yig‘ilib   qolgan   disproporsiyalarini   bartaraf   etish   va   mehnat
samaradorligini   hamda   salohiyatini   sezilarli   oshirish   maqsadida   hukumatning
qo‘yidagi kompleks tadbirlar ishlab chiqib amalga oshirishi zarur:
56 -  uzoq  muddatli   innovatsion  davlat  dasturi  asosida   bosqichma  bosqich  eski
texnologiyalar   asosida   mavjud   ish   joylarini   va   talabga   muvofiq   barpo   etilmagan
yangi ish joylarni bartaraf etish;
-   mulk   shaklidan   qat'iy   nazar   barcha   korxona   va   firmalarda   ishlayotgan   va
ishlamoqchi bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslarni  yuqori professional  darajadagi
malaka   olish   uchun   o‘qitish   va   qayta   o‘qitish   maxsus   va   doimiy   kurslar   hamda
o‘quv davlat, nodavlat va sohaviy muassasalarini tashkil etish;
-   Oliy   va   o‘rta   ta'lim   vazirligi,   aholi   bandligi   va   mehnat   munosabatlari
vazirligi,   Respulika   kasaba   uyushmalari   Federatsiyasi   va   Sanoat   savdo   palatasi
qoshida   ta'lim   davlat   standartlarini   nazorat   etuvchi   doimiy   malakaviy   nazorat
Komissiyasini   tuzish   va   ushbu   Komissiyaga   soha   va   hududiy   hamda   mulkiy
shaklidan   qat'iy   nazar   kasb   egalari   va   mutaxassislarning   bilim   darajasini   nazorat
etish vazifasini yuklash zarur;
Ish joylar va mehnat resurslari o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish maqsadida
quyidagi tashkiliy-me'yoriy tadbirlarni amalga oshirish zarur:
- ish kunining davomiyligini o‘zgartirish (yozgi jazirama issiqlik yoki qishki
izg‘irin sovuq sharoitlarda);- mehnat rejimining egiluvchan tartibini joriy etish;
-   mehnat   resurslariga   ziyod   hududlardan   aholi   tarkibida   mehnat   resurslari
defisit hududlariga aholini tashkillashgan tarzda ko‘chirish;
- ish haqini takomillashtirish va moddiy rag‘batlantirish; 
- ishchilar va xodimlar uchun ijtimoiy kafolatlar paketini amalga joriy qilish
Iqtisodiy   islohotlar   va   doimiy   o‘zgaruvchan   iqtisodiy   holatlarda   mehnat
resurslarining funksiyalarini rasional tarzda tashkil qilish hamda aholining mehnat
bilan   bandlik   darajasini   oshirish   uchun   qo‘yidagi   tadbirlarni   qo‘llash   maqsadga
muvofiq bo‘lar edi:
Tashqi   egiluvchanlik.   Har   bir   korxona   va   muassasa   (mulk   shaklidan   kat'iy
nazar)   o‘zining   ish   kuchiga   bo‘lgan   ehtiyojidan   kelib   chiqib,   qisqa   muddatli
mehnat   shartnomalari   asosida   yollanma   ishga   olib,   yoki   aksincha,   texnologik
vaziyatdan   kelib   chiqib,   vaqtincha   ishdan   ozod   qilish   imkoniga   ega   bo‘lish
huquqiga   ega   bo‘lish   kerak.   Mehnat   doirasida   joriy   etilajak   tashqi   egiluvchanlik
57 asosan   subpodryad   tartibida   amalga   oshirilib,   qat'iy   mehnat   intizom   va   tartibi
o‘rniga   egiluvchan   ikki   tomonlama   (ish   beruvchi   va   yollanma   ishchi   o‘rtasida)
manfaatni hisobga olgan tarzda tijorat talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Ichki egiluvchanlik. Mehnat rejimini noan'anaviy standartlar asosida amalga
oshiriladi(masalan kasanachilik talablari):
-   to‘la bo‘lmagan ish kuni;
-   uzaytirilgan   tanaffuslardan   iborat   ish   kuni   (ko‘p   bolalik   ayollarga,
o‘qiyotgan yosh mutaxassislarga, keksa nogiron xodimlarga);
Funksional   egiluvchanlik.   Bu   yo‘nalishda   ishlab   chiqarish   jarayonning
ehtiyojiga   binoan   ayrim   ishchilarga   va   xodimlarga   belgilangan   funksional
vazifalaridan   tashqari   kengaytirilgan   miqdorda   qo‘shimcha   ish   vazifalarini
yuklashni   ko‘zda   tutiladi.   Qayd   etilgan   ish   uslubi   korxona   shtatida   ishlab
kelayotgan   ishchi   xodimlar   ayrim   sabalarga   ko‘ra,   ish   joyida   bo‘lmaganlarning
funksiyalarini   vaqtincha   yoki   doimiy   ravishda   bajarib   borishni   taqozo   etadi.   Bu
tarzda   ishni   tashkil   etish   funksional   ish   miqdori   vaqtinchalik   oshganligi   yoki
texnologik   jihatidan   ish   jarayonining   keskin   oshishi   tufayli   qo‘shimcha   xodim
yollanmasdan   ushbu   ish   miqdori   shtatdagi   xodimlar   o‘rtasida   qo‘shimcha   to‘lov
sharti   bilan   amalga   oshirilishini   ko‘zda   tutadi.   (Masalan,   xodim   kasal   bo‘lib
qolganida, oilaviy ahvol tufayli bexosda ta'tilga chiqish davrida) 
Funksional egiluvchanlik tarzda xodim va ishchilarning ishini  tashkil  qilish
ishning   unumdorligini   oshiribgina   qolmay   bevosita   ish   haqining   egiluvchanligini
talab qiladi. Bu jihatdan ish haqining miqdori har xil omillarni hisobga olgan holda
(ish   miqdori,   ish   sifati   va   unumdorligi,   mahsulotning   tannarxi   kamayishi   yoki
o‘sishi,   narxlar   darajasi   va   ishsizlik   darajasi)   kelib   chiqib   ma'muriyat   tomonidan
egiluvchanlik prinsipi asosida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
2.3.  Mehnat bozorida ish bilan bandlik yangi shakllarining rivojlanish i
Mamlaktimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ish bilan bandlik
sohasidagi   о‘zgarishlarning   muhim   yо‘nalishlaridan   biri   aholi   ish   bilan
58 bandligining tarkibiy tuzilishi hisoblanadi. Innovatsion ish bilan bandlikni tarkibiy
tahliliga murojaat qilish, bizga uning umumiy shakllanishini chuqurroq tushunish,
murakkabligi,   qaytimliligi,   egiluvchanligiga   oid   turli   darajalarining   о‘zaro
bog‘liqligi  mavjudligini   aniqlash,  tarkibiy  tuzilishidagi   о‘zgarishlarni   tadqiq etish
va baholash, bandlik tuzilishida bо‘layotgan obyektiv sabablarni aniqlash imkonini
beradi.   Mazkur   paragrafning   maqsadi   –   ish   bilan   bandlik   innovatsion   turining
shakllanishini   tadqiq   etish,   undagi   tarkibiy   о‘zgarishlar   qonuniyatlarini   aniqlash,
uni tahlil qilish bо‘yicha turlicha yondashuvlar rivojlanishini о‘rganishdan iborat.
Ma’lumki,   ish   bilan   bandlik   tarkibi   deganda   ish   bilan   bandlik   tizimi
elementlari   yig‘indisi,   ular   о‘rtasidagi   mustahkam   aloqalar   tushuniladi.   Bizning
fikrimizcha,   ish   bilan   bandlikning   yangi   turini   shakllanishi   ijtimoiy   mehnatning
taqsimlanishi asosida aniqlanadi va iqtisodiyotning mavjud tarkibiy holatidan kelib
chiqib rivojlanadi. U mehnat resurslarini tarmoqlararo, tarmoq hamda firma ichida
taqsimlanishini   ifodalab,   muayyan   mutanosiblikda   о‘zaro   aloqalarni   ta’minlaydi.
Bu   –   kо‘p   qatlamli   va   kо‘p   darajali   kompleks   bо‘lib,   umumiy   yaxlitlikni   va
tabaqalashtirishni aks ettiradi.
Iqtisodiy   adabiyotlarda   ish   bilan   bandlik   tarkibini   shakllantirish   masalalari
turli   mualliflar   tomonidan   ikki   omilli   model   shaklida   о‘rganib   kelingan.
Ta’kidlanadiki,   ish   bilan   bandlik   tarkibi   ishlab   chiqarishning   moddiy-
buyumlashgan tuzilmasi va aholining demografik tarkibida shakllanadi.
Bizning   fikrimizcha,   innovatsion   turdagi   ish   bilan   bandlik   tarkibi   turli
tartibdagi   omillar   bilan   aniqlanadi   (global   va   milliy;   iqtisodiy,   institutsional,
ijtimoiy-madaniy), ayni paytda sо‘z nafaqat aholini ish joylariga bо‘lgan talabining
dinamikasi   haqida,   balki   ijtimoiy-iqtisodiy   jihatdan   nufuzli,   intellektual   sig‘imi
yuqori   bо‘lgan   ish   joylariga   talab   dinamikasining   shakllanishi   hamda   muvofiq
ravishda   yuqori   miqdorda   qо‘shimcha   qiymat   yarata   olish   qobiliyatiga   ega
innovativ, kreativ xodimlarga bо‘lgan talab haqida ketayotir. Bizning
fikrimizcha,   innovatsion   turdagi   ish   bilan   bandlik   tuzilishini   tahlil   qilishda
quyidagilarni e’tiborga olish zarur: 
59 – ish   bilan   bandlik   tizmini   tashqi   muhit   о‘zgarishlariga   ta’siri   tashqi
signallar bilan emas, balki uning tarkibiy tuzilishi bilan aniqlanadi; 
– tarkibiy   tuzilmaning   turli   bо‘g‘inlarini   tashkil   etish   tezligi   (tez,   sekin-
о‘suvchi, bandlik bilan stagnasiyalashuvchi sektorlar va boshqalar) turlicha. 
– tashkil   etishning   yuqori   darajasiga   erishish   bilan   strukturada   sekin
evolyutsion   о‘zgarishlar   davri   boshlanadi,   tashqi   muhitga   yuqori   darajadagi
moslashgan bо‘ladi.
Iqtisodiyotning   innovatsion   rivojlanishi   о‘z   о‘rnida   innovatsion   ishchi
kuchini,   innovatsion   qobiliyatga,   ya’ni   mehnat   jarayonida   innovatsion   fikr   va
g‘oyalarni yarata oladigan, yangiliklarni о‘rganib, о‘z faoliyatida qо‘llay oladigan
ishchi   kuchini   shakllantirishni   taqozo   etishi   ish   bilan   bandlikning   yangi
kо‘rinishini   yuzaga   keltiradi.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,   innovatsion   ish   bilan
bandlikning   rivojlanishi   mehnat   bozorini   yangi   mezonlari   bо‘yicha
segmentlanishiga,   mehnat   bozori   subyektlari   raqobatbardoshligining   oshishi,
tarkibiy ishsizlik hamda “egiluvchan karyera”ning mavjudligiga bog‘liqdir.
Innovatsion   ish   bilan   bandlik   mehnatning   yangi   sifati   (jо‘shqin,   keng
kо‘lamli-bilimli,   kо‘p   tomonlama   axborotga   ega   bо‘lish,   serqirrali-ijodkor)   bilan
tavsiflanuvchi   ijtimoiy   ishlab   chiqarishga   ishchilarni   jalb   etish   yuzasidan   mehnat
munosabatlari   tizimini   anglatadi   va   о‘z   о‘rnida   iqtisodiy   tizimning   barcha
bо‘g‘inlarida   ijtimoiy,   tashkiliy,   boshqaruv,   texnologik   va   mahsulot
innovatsiyalariga aylanadi. “Innovatsion ish bilan bandlik” – bu mehnat bozoridagi
subyektlar   tomonidan   innovatsion   qobiliyatdan   foydalanishga   asoslangan   hamda
samarali   ish   bilan   bandlikka   erishishga   kо‘maklashuvchi   ilk   bor   paydo   bо‘lgan
yoki olg‘a surilgan mehnat faoliyatining takomillashgan kо‘rinishi va shakllaridir.
Ish   bilan   bandlikning   yangi   turlarining   namoyon   bо‘lishi   sifatida   ish   о‘rni
yoki   kadrlarni   izlashning   yangi   texnologiyalari,   xususiy   biznesning   yaratilishi,
mehnat   harakatchanligi,   innovatsion   mehnat   shartnomalari,   ish   bilan   bandlikning
yangi shakllari (lizingli mehnat, ijtimoiy fondlarda bandlik, virtual tashkilotlardagi
ish   bilan   bandlik   va   h.k.);   distansion   ta’lim,   korxonalardagi   bevosita   innovatsion
mehnat va boshqalarni aytish mumkin.
60 Xorijiy mamlakatlarda innovatsion ish bilan bandlik modellarini tadqiq etish
asosida   quyidagi   mezonlar   bо‘yicha   tasniflash   mumkin:   ish   bilan   bandlikning
sohaviy   tuzilmasi,   ish   bilan   bandlik   va   ishsizlik   darajasi,   ish   vaqti   fondi,   ilmiy
xodimlar soni va ish bilan bandlikning egiluvchanligi (2.9-jadval).
                   2.9-jadval                                                                                                                                  
Innovatsion ish bilan bandlik modellari  
Model Tavsif
Liberal-
xizmat
kо‘rsatish
modeli
(AQSh,
Buyuk
Britaniya ,
Kanada) Aholining   yuqori   darajadagi   iqtisodiy   faolligi;   ish   bilan   bandlikning   nisbatan
egiluvchanligi;   ishsizlikning   yuqori   oqimi   va   qisqa   muddatliligi;   sanoatda   ish
bilan   bandlar   sonining   qisqarishi   va   xizmat   kо‘rsatish   sohasida   о‘sishi;   ish
vaqtining yuqori kо‘rsatkichlari; ish bilan bandlikni himoyalash bо‘yicha liberal
qonunchilik   mavjudligi;   yuqori   va   past   malakali   ishchilar   ish   haqi   о‘rtasidagi
katta tafovut mavjudligi; jamoaviy shartnomalar ning  kо‘p uchrashi .
Axborot-
industrial
model
(Yaponiya) Ish   bilan   bandlik   darajasining   sanoatda   kamayishi   va   ishlab   chiqarish   hamda
ijtimoiy   sohaga   xizmat   kо‘rsatishda   о‘sib   borishi;   turli   xil   ish   bilan   bandlik
shakllarining   mavjudligi;   nodavlat   institutlarning   о‘rni ni   yuqoriligi;   ish   bilan
bandlikni   himoyalash   bо‘yicha   liberal   qonunchilik   tizimi   mavjudligi;
ishsizlikning pastligi; yuqori innovatsion faoliyat.
Skandinaviya
xizmat
kо‘rsatish
modeli
( S kandina -
viya mam -
lakatlari) Ish   bilan   bandligi   darajasining   yuqoriligi   (yoshlar   va   ayollar   о‘rtasida   ham);
bandlik modelining  xizmat  kо‘rsatishga  yо‘naltirilganligi;  egiluvchan   ish bilan
bandlik;   ish   bilan   bandlar   о‘rtasidagi   tenglik;   yuqori   ma’lumotlilik;   ilmiy
xodimlar   sonining   kо‘pligi;   ish   bilan   bandlikni   ta’minlashda   faol   siyosat   olib
borilishi;   innovatsion   faoliyat   natijalarining   yuqoriligi;   mehnat   bozorida   oqim
sustligi va ishsizlikning qisqa muddat davom etishi.
Aralash
Yevropa
modeli I sh   bilan   bandlikning   yuqori   darajasi   va   egiluvchanligi;   ish   vaqtining   past
kо‘rsatkichlari; ishsizlikning yuqori darajasi; tо‘liqsiz ish bilan bandlik darajasi
yuqoriligi;   lizing   mehnati   sektorining   rivojlanganligi;   ayollarning   iqtisodiy
faolligi   darajasi ning   yuqoriligi;   vaqtinchalik   ish   о‘rinlarining   doimiy   ish
о‘rinlariga   almashish  hollari   kо‘p uchrashi;   ish о‘rinlari   nufuzining   yuqoriligi;
ish bilan bandlik ning  kafolatlanishi.
Janubiy
Yevropa
modeli
(Italiya,
Ispaniya) Ish   bilan   bandlikni   himoyalashning   qattiqqо‘l   qonunchiligi;   an’anaviy   va
zamonaviy   sektorlar   orasida   dualizm,   ishsizlikning   yuqori   kо‘rsatkichlari;
egiluvchan   ish   bilan   bandlikning   markazlashmaganligi,   ish   haftasining
egiluvchanligi; ish bilan bandlarning past bilim darajasi.
Innovatsion   turdagi   ish   bilan   bandlikni   tadqiq   etish   nuqtai     nazaridan
tarkibiy   о‘zgarishlarning   ikki   turini   farqlash   kerak.   Birinchidan,   jahon   va   milliy
iqtisodiyotda  uzoq  muddatli  ish  bilan  bandlik  dinamikasini   ifodalovchi   (agrar   ish
bilan   bandlikni   qisqarishi   va   servis   sohasida   bandlar   ulushining   о‘sishi);
ikkinchidan,   qisqa   muddatli   konyunktura   о‘zgarishlari.   Birinchi   turdagi
61 о‘zgarishlar   barcha   mamlakatlar   uchun   yuqori   darajada   qonuniyatli   hisoblansa,
ikkinchi tur esa an’anaviy tavsifga ega bо‘lishi mumkin.
Ish   bilan   bandliknining   innovatsion   turini   tadqiq   eta   turib,   biz   mehnat
resurslari   taqsimlanishning   quyidagi   mutanosibliklarini   tahlil   etamiz:   sohalar
bо‘yicha,   faoliyat   turlari   bо‘yicha,   ichki   tarmoq   mutanosibliklari,   kasbiy-
ixtisoslashuv   mutanosibliklari,   ta’lim   va   boshqalar.   Ish   bilan   bandlik   innovatsion
turining shakllanishi qator yо‘nalishlar bо‘yicha amalga oshadi.
I. Sohalar   va   faoliyat   yо‘nalishlari   bо‘yicha   ish   bilan   bandlik   tarkibi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyot va ish bilan bandlikni sohaviy tuzilishiga doir bir necha
yondashishlar   mavjud.   Ularning   ichida   uch   sektorli   tarkib   (Klark),   besh   sektorli
(D.Bell),   iqtisodiyot   sektorining   ikki   qutubli   tizmlari   (V.P.Inozemsov)   va
boshqalar,   ayniqsa,   mashhur   hisoblandi.   Rivojlangan   mamlakatlarda   ish   bilan
bandlarning taqsimlanishi bо‘yicha statik ma’lumotlarning tahlili shuni kо‘rsatdiki,
hozirgi   sharoitda   ish   bilan   bandlikning   sektorial   tarkibi   tо‘rtinchi   va   beshinchi
sektorlarga,   birinchi   qutub   “subyekt-subyektga”   qarab   siljib   bormoqda.   Bu
sektorlarni   “gumanitar”   sektor   tushunchasi   bilan   birlashtirish   mumkin,   negaki
aynan   shu   sektorda   inson   salohiyati   shakllanadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,
innovatsion   turdagi   ish   bilan   bandlik   bilimlarning   oldingi   turdagi   о‘rnatilgan
maqsadlaridan   farq   qilgan   holda   belgilanganligi   hamda   inson   salohiyati   bilan
muntazam tarzda bog‘langanligi bilan ajralib buradi.
Ayni paytda innovatsion ish bilan bandlik elementlari iqtisodiyotning barcha
soha va tarmoqlarida amal qilayotir. Har bir keltirilgan sektorda ish bilan bandlikni
real   baholash   barobarida   ayrim   murakkabliklar   kuzatiladi.   Hozirgi   paytda
uchlamchi sektorning ajratilishi (birlamchi va ikkilamchi sektorlarga kirmaydigan)
bir   qadar   xulosaviy   va   “servis”   “axborotli”   ish   bilan   bandik   turlarining   real
kо‘lamlarini kо‘rish imkonini bermaydi. 
Bizning   fikrimizcha,   noishlab   chiqarish   sektorida   bandlarning   ulushi
(xodimlarning   2/3   dan   kо‘prog‘i)   innovatsion   turdagi   ish   bilan   bandlikning
indikatori   hisoblanadi.   Klark-Fisher-Galensonlarning   fikriga   kо‘ra,   iqtisodiy
choralar bо‘yicha rivojlanishda birinchi sektordagi bandlarning ulushi ikkinchisiga
62 nisbatan   kamayadi,   keyin   esa   uchinchi   sektorga   nisbatan.   XMT   ma’lumotlariga
kо‘ra,   keyingi   о‘n   yil   ichida   Yaqin   Sharq   va   Shimoliy   Afrika   mamlakatlaridan
tashqari   barcha   mintaqalar   bо‘yicha   xizmat   kо‘rsatish   sohasida   ish   bilan   bandlar
hissasi   о‘sgan.   Biroq   servis   sohasining   ishchi   kuchi   va   ish   joylari   sifat   tarkibi
bо‘yicha turlicha. 
Tadqiqotlar   shuni   kо‘rsatmoqdaki,   bozor   iqtisodiyotiga   о‘tish   davrida   ish
bilan   bandlik   tizimidagi   tarkibiy   о‘zgarishlarning   asosiy   qismi   mehnat
resurslarining notekis qayta taqsimlanishi  emas, balki  ishlab chiqarish sur’atlarini
pasayishi   tufayli   iqtisodiyotni   turli   sektorlarida   ish   joylarining   noteks   qisqarishi
natijasida   yuzaga   keldi.   Mamlakatimizda   о‘tish   davrida   birlamchi   va   ikkilamchi
sektorlarda   ish   bilan   bandlikning   qisqarishi   bu   sektorlarda   ishlab   chiqarishning
pasayishi bilan bog‘liqdir, shu davrda savdo va maishiy xizmat kо‘rsatish sohasida
bandlikni oshib borayotganligi kuzatildi. 
II.   Ish   bilan   bandlikni   ichki   sohaviy   turkumlanishi.   Xizmat   kо‘rsatish
sohasining   har   xilligi   inson   kapitalining   “turli   darajali”gini   kо‘rsatadi.   Bu   esa
mazkur sohada “ish bilan bandlikni innovatsion”ligining turli darajasiga ishoradir.
Xizmat   kо‘rsatishning   bir   qismi   mexanizasiyalash   va   avtomatlashtirish
yо‘nalishida   rivojlanadi,   texnik   darajasiga   kо‘ra,   sanoatning   ilg‘or   daradajasiga
yaqinlashadi,   vaholanki   boshqa   tarmoqlarda   bu   yо‘nalishlar   yuqori   emas.   Fan,
maorif   sohasida,   ishbilarmonlikda   barcha   asosiy   funksiyalarni   bajarish   bilim,
tajriba,   amaliy   kо‘nikmalarga,   mutaxassisning   aqliy   qobiliyatiga   bog‘liqdir.
Noishlab   chiqarish   sohasining   ichida   ish   bilan   bandlikni   tarkibiy   о‘zgarib   turishi
quyidagi jarayonlar transformasiyasi bilan bog‘liqdir: 1). Fan sohasida bandlarning
о‘sishi   (fundamental   va   amaliy   tadqiqotlar);   2).   Maorif   sohasida   bandlarning
о‘sishi;   3).   Ijtimoiy   va   xizmat   sohasida   bandlarning   о‘sishi.   Rivojlangan
mamlakatlarda iqtisodiyot tarmoqlari tarkibi bо‘yicha istiqbol kо‘rsatkichlari shuni
kо‘rsatmoqdaki, keyingi о‘n yillikda ish bilan bandlik asosan ishlab chiqarishning
yuqori   texnologiyali   tarmoqlarida,   ya’ni   medisina   jihozlari   ishlab   chiqarish,
mashinasozlik, kosmik texnika, elektron jihozlar, ximiya tarmoqlarida yuksaldi. 
63 III. Innovatsion ish bilan bandlik turining kasbiy-malaka tarkibi tahlili
quyidagi muhim о‘zgarishlarni aniqlash imkonini berdi: 
1) “Malaka”, “kasb” tushunchalarining, ish bilan bandlikning kasbiy-malaka
tarkibining   mazmunan   о‘zgarishi   (malakaning   universallashuvi   kuzatiladi,   uning
muayyan tarmoq, firma bilan uzviy aloqadorligi yо‘qoladi). 
2)   Kopleks   tarkibiy   о‘zgarishlar:   yangi   kasbiy   otryadlar   hissasining   о‘sishi
(super   mutaxassislar);   kasbiy   ixtisosning   ommaviy   kengayishi   (universal
kasblarning vujudga kelishi va rivojlanishi); natijada qator tarmoqlarning “tugashi”
hisobiga ba’zi bir ish joylari va kasblar yuqolib boradi; bir vaqtning о‘zida kasbiy
tarkibning   yuqori   va   quyi   darajalarda   о‘sishi.   Agar   ilgari   universal   kasblardagi
xodimlar   soni   chegaralangan   kasbiy   doirada   qaralgan   bо‘lsa   (asosiy   ishlab
chiqarish ishchilari), bugungi kunda esa iqtisodiyotning barcha sohalarini  qamrab
olmoqda.   Ish   bilan   bandlik   kasbiy   tarkibining   zamonaviy   turi   yuqori   darajadagi
intellekt,   xodim   bilimini   yuqori   bо‘lishini   talab   etish   bilan   birga,   tor
mutaxassiclikdagi   kasbdan   keng   ixtisoslikka   ega   kasblarga,   universal   kasblarga
(EHM   dasturchilari   va   ekspluatasiya   qiluvchilari,   iqtisodchilar,   tahlilchilar,
huquqshunoslar,   marketologlar,   konstruktorlar,   fundamental   fanlar   sohasidagi
tadqiqotchilar) о‘tishni nazarda tutadi. Ish bilan bandlarning yangi toifasi – axborot
mahsulotlarini   ishlab   chiqaruvchi   va   joriy   etuvchi,   qayta   qayta   ishlashni
ta’minlovchi   mutaxassislarni   о‘z   ichiga   oluvchi   “Vertual   yoqachalar”   yuzaga
kelmoqda. Innovatsion turdagi ish bilan bandlik va tegishli ta’lim tizimi bir-biridan
farq   qiladi.   Bizning   fikrimizcha,   ish   bilan   bandlik   tarkibini   “innovatsionligi”ning
muhim mezoni – uchlamchi   (oliy va о‘rta kasbiy ta’lim) va uchlamchi darajadan
yuqori (1/3dan kami bо‘lmagan) xodimlar ulushidir. 
Ish  bilan  bandlikni   yangicha  tarkibiy  tuzilishi   turli  iqtisodiy  tizimlar   uchun
umumiy va xususiy oqibatlarga ega. Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida
о‘zgaruvchan   jarayonlar   ish   bilan   bandlik  tarkibini   turli   xilligini   ifodalaydi   (eski,
yangi   va   о‘tuvchan   ish   bilan   bandlik   tarkibini   qayta   shakllanish   jarayonida
shakllangan   va   meros   qilib   olingan).   Ijtimoiy   rivojlanishning   turli   bosqichlarida
64 shakllangan mavjud ish bilan bandlik tarkibi ularning birgalikdagi mavjudligining
qarama-qarshiligini oldindan aniqlaydi.            
  Tadqiqotlar shuni kо‘rsatmoqdaki, bugungi kunda axborot sohasida faoliyat
yurituvchilar quyidagi guruhlar bо‘yicha tasnifga ega: 
1.   Axborotlarni   ishlab   chiqaruvchilar   –   bozorni   о‘rganuvchi   va
muvofiqlashtirish bо‘yicha olimlar, mutaxassislar, maslahatchilar;
2.   Axborotlarni   qayta   ishlovchilar   (ma’muriy   va   boshqaruv   xodimlari,
transport dispetcherlari, auditorlar, buxgalterlar, statistlar); 
3. Axborotlarni tarqatuvchilar (maorif tizimi xodimlari); 
4.   Axborotlar   infratuzilmasi   xodimlari   (mashina   operatorlari   –   axborotni
qayta   ishlovchilar,   telekommunikasiya   xodimlari).   Innovatsion   rivojlanish
sharoitida   axborot   sohasida   bandlikni   tarkibining   tuzilmaviy   chuqurlashuvi
jarayoni  kuzatilmoqda (axborot tizimlarini   yaratish va xizmat kо‘rsatish, axborot
xizmatlari   kо‘rsatish,   dasturiy     ta’minotni   yaratish,   tarmoqli   tizimlarda   reklama,
masofali ta’lim, marketing va boshqalar).
Innova t sion ish bilan bandlik turining yana bir mezoni sifatida ijodiy faoliyat
bilan shug‘ullanish xizmat qiladi. Shunga muvofiq ravishda, birinchidan, ish bilan
bandlik   sohasida   ijodiy   mehnat   ustun   hisoblanadi   (fan,   maorif,   san’at);
ikkinchidan,   ijodiy   faoliyat   sohasida   band   bо‘lgan   xodimlari   amaliy   ishlari   bilan
uning   olingan   natijalari   birga   qо‘shib   olib   boriladi   (xususan,   biznes   sohasida);
uchinchidan,   bevosita   ishlab   chiqarish   faoliyatida   ijod   yuqori   darajada   tashabbus
shaklida   amalga   oshadi.   Shunday   qilib,   zamonaviy   sharoitlarda   ish   bilan   bandlik
tarkibini   turkumlashtirish   mezonlari   о‘zgarmay   qolmoqda,   boshqalarining
ahamiyati   –   barobarlashmoqda,   uchinchilari   yо‘qolib   bormoqda,   mavjud
bо‘lganlari kengayib, yangi bо‘g‘in va tashkiliy unsurlar paydo qilmoqda.  
65 III BOB.  MEHNAT BOZORIDA INNOVATSION ISH BILAN BANDLIKNI
TA’MINLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
3.1.  Mehnat bozori innovatsion rivojlanishida davlat siyosatining asosiy
yо‘nalishlari
 
О‘zbekistonda   mustaqillikning   dastlabki   yillaridan   boshlab,   amalga
oshirilayotgan   islohotlar   insonni   har   tomonlama   kamol   topish     maqsadlariga
yо‘naltirilgan.   Shunga   kо‘ra,   respublikamiz   inson   manfaatlari,   huquq   va
erkinliklari   yuksak   qadriyat   bо‘lgan   ijtimoiy   yо‘naltirilgan   bozor   iqtisodiyotiga
asoslangan   huquqiy   demokratik   davlat   va   fuqarolik   jamiyati   barpo   etish   yо‘lidan
izchil rivojlanib bormoqda. 
Mamlakatimizning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishida   qо‘lga   kiritilayotgan
ijobiy   natijalar,   shuningdek   iqtisodiyotni   modernizatsiyalash   asosida   zamonaviy
tarmoq   va   ishlab   chiqarish   quvvatlarining   yо‘lga   qо‘yilishi,   buning   ta’sirida
mamlakatimiz   iqtisodiy   salohiyatining   sezilarli   darajada   ortib   borayotgani,
yaratilayotgan   mahsulot   va   xizmat   turlarining   kо‘payib,   sifatining   tubdan
yaxshilanib   borishi,   iqtisodiyotimizning   yangicha   mazmun   va   mohiyat   kasb   etib
bormoqda. 
Hozirgi   kunda   respublikamiz   iqtisodiyotini   rivojlantirishning   an’anaviy
resurslarga   asoslangan   modelining   yagona   muqobil   varianti   sifatida   texnika-
texnologiyalar,   iqtisodiy   natijalar   va   butun   jamiyat   hayotini   doimiy   yuksaltirish
maqsadida insonlarning bilim va salohiyatidan samarali foydalanishga asoslangan
innovatsion   rivojlanish   strategiyasi   hisoblanadi.   Ma’lumki,   yuqori   axborot   va
intellektual   sig‘imga   ega   innovatsion   iqtisodiyotga   –   egiluvchan,   dinamik,
samarali,   doimiy   yangilanib   turadigan,   yangicha   mazmun   va   kо‘rinishga   ega
bо‘lgan,   ish   bilan   bandlik   shakllari   va   ularning   doimiy   yangilanib   turishi,   inson
kapitali   sifatining   oshishi,   ishlab   chiqarish   va   xizmat   kо‘rsatish   sohalarida
insonning   intellektual   va   ijodiy   salohiyati   kabi   xususiyatlar   bilan   aniqlanadigan
innovatsion rivojlanish strategiyasi mos keladi.
66 Shunga   kо‘ra   mehnat   bozorining   innovatsion   rivojlanishi   mehnat
munosabatlari   sohasida   ham   о‘z-о‘zini   tartibga   solishning   bozor   mexanizmi
sifatida,   ham   davlat   siyosati   ta’siri   ostida   amalga   oshadi.   Mehnat   bozorida
innovatsion ish bilan bandlikning samarali shakllanib borishida ish bilan bandlikka
kо‘maklashish   institutlari   va   subyektlarining   ahamiyati   muhim   rol   о‘ynaydi.
Innovatsion   ish   bilan   bandlik   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   ish   bilan   bandlik   siyosati
uning muhim yо‘nalishlari va tamoyillarini aniqlashni zarurat etadi.    
Ish bilan  bandlikni  ta’minlashni   nafaqat  ishtimoiy  yо‘naltirilgan davlatning
birdan-bir   muhim   funksiyasi   sifatida,   balki   inson   salohiyati   rivojlanishiga
kо‘maklashishning   muhim   texnologiyasi   sifatida   qarash   zarur.   Aynan   bunday
tushunchada nafaqat ishsizlikni kamaytirish muammolari, balki inson kapitalining
yuqori  sifat darajasini  ta’minlash, ishchi  kuchiga talabning progressiv  siljishlarini
rag‘batlantirish,   mehnatga   haq   tо‘lashni   tartibga   solish,   munosib   mehnat
sharoitlarini   yaratish,   ish   bilan   bandlikning   yangi   shakllari   va   kо‘rinishlarini
rivojlantirish zaruratini ifodalaydi. Ish bilan bandlik siyosati turli xil kо‘rinishlarda
umumdavlat, hududiy, tarmoq va mahalliy darajalarda amalga oshiriladi. 
Hozirgi   vaqtda   О‘zbekiston   Respublikasi   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy
muhofaza   qilish   vazirligi   va   uning   hududiy   boshqaralari,   shahar   va   tumanlar
Bandlikka  kо‘maklashish  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza   qilish   markazlari  joylarda
aholini ish bilan bandligini ta’minlash bо‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi.
Ish   bilan   bandlikka   kо‘maklashish   va     aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish
markazlarining   asosiy   faoliyati   aholini   ish   bilan   bandlik   darajasini   aniqlash,
hududda yangi ish о‘rinlarini yaratishga kо‘maklashish, korxonalarda kasanachilik
asosida ish о‘rinlarini yaratish bо‘yicha xarajatlarni rasmiylashtirish, ish bilan band
bо‘lmagan   aholini   ishga   joylashtirish,   kasbga   qayta   о‘qitish,   haq   tо‘lanadigan
jamoat ishlariga jalb qilishdan iborat.
Davlat   ish   bilan   bandlik   siyosati   mamlakat   rivojlanishi   ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatining   tarkibiy   qismi   sifatida   mehnat   potensialidan   samarali   foydalanish   va
uning   rivojlanishi   bо‘yicha   ish   bilan   bandlik   muammolarini   yechishga
yо‘naltirilgan iqtisodiyotning о‘tish davriga muvofiq, ish bilan bandlik siyosati ish
67 kuchini   tarmoqlar   va   ish   bilan   bandlik   kо‘rinishi   bо‘yicha   qayta   taqsimlashda
ijtimoiy   jihatdan   muvofiq   ish   bilan   bandlik   darajasini   ta’minlashga   yо‘naltirilishi
zarur.
Shunday   ekan,   mehnat   bozorini   tartibga   solish   siyosati   quyidagi
maqsadlarga erishishni nazarda tutadi: 
 ishchi kuchiga talab va taklif о‘rtasida muvozanatga erishish;  
 ishsizlarni mehnatga y о ‘naltirishni rag‘batlantirish;  
 ish   bilan   band   bо‘lmagan   fuqarolarning   ish   izlashda   kasbiy
harakatchanligini oshirish; 
 ish izlayotgan har bir kishini ish bilan ta’minlamoq.
Xalqaro me’yorlarga muvofiq tо‘liq, mahsuldor va erkin tanlangan ish bilan
bandlikni   ta’minlash   mehnat   huquqini   amalda   realizasiya   qilish   vositasi   bо‘lib
hisoblanadi.   Tadqiqotlar   shuni   kо‘rsatmoqdaki,   inson   salohiyati   rivojlanishi
nо‘qtai   nazaridan   ish   bilan   bandlik   muammolarini   hal   etish   va   bunda   ishchi
kuchining   ijtimoiy-iqtisodiy   xulq-atvorini   hisobga   olish   ish   bilan   bandlik
siyosatining barcha evolyutsion rivojlanish bosqichlarida kuzatiladi.  
Birinchi   bosqich   iqtisodiy   siyosatga   neoklassik   yondashuv   (XIX  asr   oxiri,
XX   asrning   30   yillari)   hisoblanadi.   Bu   davrda   dastlabki   davlat   birjalari
(Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, AQSh) yaratildi va ularning birinchi
vazifasi ishsizlikdan himoyalash edi. 
Ikkinchi bosqichda   ish bilan bandlik siyosatining shakllanishi bozorni о‘z-
о‘zini   tartibga   solishning   neoklassik   yondashuvidan   keynschilarning   iqtisodiyotni
tartibga   solish   konsepsiyasiga   о‘tish   davridagi   1929-1933   yillardagi   iqtisodiy
inqirozga   muvofiq   keladi.   Ish   joyini   yuqotgan   fuqarolarga   individual   kо‘mak
berish   konsepsiyasi   о‘rniga   ish   bilan   bandlikni   tartibga   solishning   faol   usullari
konsepsiyasi   keladi,   ish   bilan   bandlik   siyosatining   ijtimoiy   funksiyasi   uning
iqtisodiy funksiyasi bilan tо‘ldiriladi.  Davlat ish bilan bandlik xizmati – davlat ish
bilan   bandlik   siyosatini   amalga   oshirishning   tarkibiy   qismi   bо‘lib,   uni   amalga
oshirishning asosiy yо‘nalishlarini belgilab beradi.
68 Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   asosiy   masalalariga   –   bu   mehnat
bozorini   boshqarish   va   ishsizlarga   personal   yordam   kо‘rsatish,   ularni   hal   etish
yо‘llarini   aniqlash,   mehnat   vositachiligi,   kasbiy   va   geografik   kasbiy
harakatchanlikni   rag‘batlantirish,   mehnat   bozori   haqida   axborotlar   tо‘plash,
ishsizlarni   kasblarga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   bо‘yicha   ishlarni   amalga
oshirish   kiradi.   Shunday   ekan,   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatining   ijtimoiy
funksiyalari va mehnat bozorini tartibga solishdagi iqtisodiy funksiyalari birga olib
borilishi nazarda tutiladi. Bu ikki funksiya davlat ish bilan bandlik xizmatining ikki
tomonlama   mohiyatini   aniqlab   beradi.   Davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   ishsizlik
muammolarini   (ijtimoiy   funksiya)   va   ish   bilan   bandlik   muammolarini   (iqtisodiy
funksiya) hal etish о‘rtasida turli xil variantlarni ishlab chiqadi 1
. 
Ish   bilan   bandlik   siyosatida   innovatsiyalar   quyidagilarda   о‘z   ifodasini
topadi: 
– ishsizlikdan majburiy va ixtiyoriy sug‘urtalash instituti rivojlanishi;
– ishsizlikdan   sug‘urtalash   tizimi   va   ish   bilan   bandlik   xizmati
funksiyalarining taqsimlanishi;
– mehnat resurslari rivojlanishi bо‘yicha davlatning chora-tadbirlari;
– mehnat bozorida tavakkalchilik guruhlarini aniqlanishi;
– mehnat bozori axborot bazasining rivojlanishi.     
Uchinchi   bosqichda   (XX   asr   40   yillarining   oxiri,   70   yillarning   boshi)   ish
bilan   bandlik   siyosati   yaxlitlik   egallay   boshladi   va   byudjet   siyosati   bilan   bir
qatorda   soliq   siyosatini   ham   о‘z   ichiga   oladi.   Iqtisodiy   siyosat   maqsadi   sifatida
tо‘liq   ish   bilan   bandlikka   erishish   bо‘yicha   XMTning   №88-   Konvensiyasi,   83-
Tavsiyasida   (1948   yil)   yangicha   yondashuvlar   о‘z   ifodasini   topgan.   Ushbu
bosqichda   ish   bilan   bandlik   siyosatiga   yondashuvlar   va   uning   iqtisodiy   siyosat
tizimidagi   roli   tushunchasi   hamda   uning   institutlari   doirasining   kengayishi,
ularning   funksiyalari   va   ma’suliyatining   modifikasiya   qilinishi   bо‘yicha   eng
ahamiyatli о‘zgarishlar amalga oshirildi.
1
 Xolmo’minov Sh.R., Arabov N.U. Mehnat bozori infratuzilmasi. Ma’ruzalar matni. –Samarqand. SamDU, 2010 y.
–B. 62-63.
69 Ish bilan bandlik siyosati rivojlanishida  tо‘rtinchi bosqich  (1970 yillar oxiri
80  yillar   о‘rtalari)   aholining   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   qatlamlari   uchun  manzilli
faol   dasturlarni   ishlab   chiqilishi,   aholini   ish   bilan   bandligini   qо‘llab-
quvvatlashning   maxsus   dasturlarini   yuzaga   kelishi   bilan   farqlanadi   (Kanada,
Fransiya,   Niderlandiya).   Ish   bilan   bandlik   siyosatida   muhim   yangilik   bо‘lib,
mehnat bozorida ijtimoiy hamkorlik mexanizmining rivojlanishi, ish bilan bandlik
siyosatida korporativ yondashuv, jamoaviy shartnomalarning takomillashib borishi
hisoblanadi.            
Beshinchi   bosqich   (1990   yillar)   yangi   iqtisodiyotning   rivojlanishi   bilan
bog‘liq. Bunda ish bilan bandlik siyosatidagi muhim yangiliklar bо‘lib quyidagilar
hisoblanadi: 
– ish   bilan   bandlik   xizmatida   mijozlarga   yangi   turdagi   axborot
ta’minotining shakllanishi;
– yangi sektorga mehnat bozori institutlarining qayta yо‘naltirilishi va ish
bilan bandlik egiluvchanligi;
– mehnat   bozorida   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   qatlamlarni   qо‘llab-
quvvatlash,   о‘qitish   va   qayta   о‘qitish   dasturlarini   ishlab   chiqish   va   realizasiya
qilish;
– ishga joylashtirish bо‘yicha xizmat kо‘rsatish sektorini xususiylashtirish
va   ishga   joylashtirish   bо‘yicha   xizmatlarni   taqdim   qiluvchi   vositachilar   sonining
о‘sishi vakant joylarning tо‘ldirilishi.
Bozor   iqtisodiyoti   rivojlangan   mamlakatlarda   innovatsion   ish   bilan
bandlikning rivojlanishi davlat paternalizm, ya’ni jamoaviy-shartnoma bitimlari va
neokorporativizmning о‘ziga xos xususiyatlarida birga qо‘shilishi ish bilan bandlik
siyosati   modelida   ommalashgan.   IHRT   (OESR)   mamlakatlarida   ishsizlik   darajasi
dinamikasi   tahli  shuni  kо‘rsatmoqdaki,  1990-2006 yillarda  ularning  kо‘pchiligida
ishsizlik   darajasi   nafaqat   iqtisodiy   kon’yunktura   bilan   ahamiyatli   ravishda
a’loqador, balki ish bilan bandlik siyosatini samarali amalga oshirilishida namoyon
bо‘ladi.   Bundan   dunyo   mamlakatlarida   ish   bilan   bandlik   faol   siyosatining   turli
70 yо‘nalishlardagi  ahamiyati  davlat ish bilan bandlik xizmati  va ish bilan bandlikni
subsidiyalash, kasbga tayyorlash tizimining ustvorligini kо‘rsatmoqda.  
Bizning   fikrimizcha,   О‘zbekistonda   ish   bilan   bandlik   siyosati   uchinchi
bosqichning   oxiri,   tо‘rtinchi   bosqichning   boshida   turibdi.   Ish   bilan   bandlik   yangi
turining   shakllanishi   esa   beshinchi   bosqichdagi   vazifalarning   yechimini   nazarda
tutadi.   Bugungi   kunda   ish   bilan   bandlik   siyosatiga   yangicha   yondashuv   talab
etilmoqda.    
   XMTning   №122-sonli   Konvensiyasi,   XMTning   №122-sonli   Tavsiyasiga
muvofiq   ish   bilan   bandlik   sohasidagi   siyosat   ish   bilan   bandlik   sohasidagi
maqsadlar   hamda   boshqa   iqtisodiy   va   ijtimoiy   maqsadlarning   о‘zaro   aloqadorligi
о‘rtasidagi   bog‘liqlik   hisobga   olinishi,   milliy   amaliyot   va   sharoitlarga   muvofiq
usullar kо‘magi bilan amal qilishi zarur. 
Innovatsion   turdagi   ish   bilan   bandlikni   rag‘batlantirish,   birinchidan ,
munosib mehnat sharoitlariga mos sifatli ish joylarini yaratish, byudjet-soliq, pul-
kredit,   investision   siyosatlar   va     davlat   buyurtmalari   kо‘magi   bilan   zamonaviy
iqtisodiyot tarmoqlarida yangi turdagi ishchi kuchiga talabni rag‘batlantirish bilan
uzviy   bog‘liqdir.   Innovatsion   ish   bilan   bandlik   rivojlanishi   ishchilarning
firmalararo,   sohalar   va   tarmoqlar   о‘rtasida   kuchib   yurishining   intensivligi,
iqtisodiy   nofaollik   holati   davridagi   tavakkalchilik   bilan   bog‘langandir.   Bunga
aloqador yangi turdagi о‘z-о‘zini ish bilan bandligini ta’minlashga kо‘maklashish,
kasbga  yо‘naltirish,  tayyorlash  va  qayta tayyorlash  dasturlarining ahamiyati   о‘sib
bormoqda.   Bugungi   kunda   milliy   innovatsion   tizim   rivojlanishi   bо‘yicha   davlat
tomonidan   qabul   qilinayotgan   chora-tadbirlar   ish   bilan   bandlik   rivojlanishiga
bevosita   rag‘batlantiruvchi   ta’sir   kо‘rsatmoqda.   Masalan,   respublika   Innovatsion
Yarmarkasining   davlat   tomonidan   muntazam   о‘tkazilib   borilishi   innovatsion
ishlanmalarni amalda joriy qilish va realizasiya qilish bilan birga yangi ish о‘rinlari
yaratilishiga ham rag‘bat tug‘diradi. Shuningdek, respublikamiz hududlarida ochiq
erkin   industrial   zonaning   yaratilib   borishi   mehnat   bozori   innovatsion   rivojlanishi
uchun ham shart-sharoitlar yaratadi.
71 Ikkinchidan,   jami   mehnatga   taklif   о‘zgarishi   bilan.   Avvalambor,   bu   inson
kapitali   sifatining   oshishiga   tegishlidir,   ya’ni:   1)   aholi   salomatligi   holatining
yuksalishi;  2)  uzluksiz  ta’limni  rag‘batlantirish;  3)  davlat  buyurtmalari  tizimining
rivojlanishi;   4)   korporativ   ta’limni   rag‘batlantirish;   5)   ta’lim   kreditlari   tizimining
rivojlanishi;   6)   masofaviy   ta’lim   shaklining   kengayishi;   7)   kasbiy   standartlar
asosida kasbiy ta’lim sifatini baholash tizimini yaratish. 
Kо‘pgina faoliyat turlari bо‘yicha ishchilar taqchilligi mavjudligini hisobga
olgan   holda   kasbiy   ta’lim   tizimida   eng   zarur   mutaxassislar   tayyorlash   bilan
shug‘ullanuvchi ish beruvchilar uchun maqsadga muvofiq soliq imtiyozlari berish
kerak.   Ta’kidlash   kerakki,   yangi   turdagi   ish   bilan   bandlikni   rag‘batlantirishda
kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash bо‘yicha yangi institutsional tarkib katta rol
о‘ynaydi. 
Ishchilarni ish bilan bandlik yangi kо‘rinishlari va shakllariga yо‘naltirishni
rag‘batlantirish, turli kategoriyadagi aholini innovatsion ish bilan bandligi sohasiga
jalb qilish zarur. 
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy   islohotlar   natijasidagi   tarkibiy   о‘zgarishlar   mehnat   bozorida   ishchi
kuchiga   talab   va   taklif   о‘rtasida   muvozanatga   erishgani   yо‘q.   Chunki   mehnat
bozoridagi   tarkibiy   ishsizlik   va   yashirin   ishsizlik   darajalarining   yuqoriligi   bunga
sabab   bо‘lmoqda.   Mehnat   bozorida   amalga   oshirilayotgan   ish   bilan   bandlik
siyosati   asosan   ishchi   kuchiga   talabni   oshirishga   yо‘naltirilgan.   Bu   davrda   soliq,
kredit,   moliyaviy   siyosat   sohasida   amalga   oshirilayotgan   chora-tadbirlar
innovatsion ish bilan bandlikni ta’minlash uchun zarur yangi ish joylarini yaratish,
ularning   ijtimoiy-iqtisodiy   nufuzi   va   sifatini   oshirish   nо‘qtai   nazaridan
boholanmayapti.   Masalan,   zamonaviy   soliq   siyosati   yoki   pul-kredit   siyosati   fan
sig‘imi   yuqori   tarmoqlarda   ish   bilan   bandlikni   ta’minlash   xususiyatlarini   hisobga
olmayapti. 
Bizning   fikrimizcha,   innovatsion   ish   bilan   bandlik   turining   shakllanishi
iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida sodir bо‘lmoqda. Shuning uchun, ish bilan
bandlik   siyosatining   ahamiyatli   omili   bо‘lib,   davlatning   tashqi   iqtisodiy   faoliyati
72 hisoblanadi.   Innovatsion   mehnat   faoliyatining   rivojlanishi   davlat   tomonidan
fundamental   va   amaliy   tadqiqotlarni   qо‘llab-quvvatlashni,   axborot   infratuzilmasi
va intellektual mulk himoyasi tizimini rivojlantirishni zarurat etadi. 
Iqtisodiyot   sohalari   va   tarmoqlarida   innovatsion   ish   bilan   bandlik
rivojlanishi nо‘qtai nazaridan quyidagilarni qо‘shishni amalga oshirish zarur: 
– ish   bilan   bandlarni   ularga   yangi   imkoniyatlarni   taqdim   etish
tavakkalchiligidan himoyalash;
– mehnat   harakatchanligi   uchun   muvofiq   shart-sharoitlarni   yaratish
asosida ish bilan bandlik barqarorligini ta’minlash;
– ijtimoiy farovonlik va ta’lim tizimini takomillashtirish asosida mehnat
sharoitlari va ish haqini tartibga solishni takomillashtirish. 
Bizning   fikrimizcha,   zamonaviy   ish   bilan   bandlik   siyosati   tamoyillari
quyidagilardan iborat bо‘lishi zarur:
– tizimlilik   tamoyili   –   nafaqat   ish   bilan   bandlik   siyosatining   alohida
elementlari   (ishsizlikdan   himoyalash,   kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash)
majmuini amal qilishini, balki uning yangi xossalari vujudga kelishini nazarda tutadi;
– egiluvchanlik tamoyili   – ish bilan bandlik siyosati maqsad va vazifalarini
mamlakatning innovatsion rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq о‘zgarishini ifodalaydi;
– ishtirok   etish   tamoyili   –   ish   bilan   bandlik   siyosatini   realizasiya   qilishda
davlat   va   ish   bilan   bandlikka   kо‘maklashish   institutlarining   uzviy   о‘zaro
munosabatlarini о‘z ichiga oladi;
– manzillilik va tabaqalashganlik tamoyili   – turli kategoriyadagi  aholi  va
texnologiyalarga   mehnat   faoliyatida   ularga   samarali   amal   qilishini   ta’minlovchi
yondashuvlar farqini ifodalaydi;
– kafolatlanganlik   tamoyili   –   ish   bilan   bandlik,   aholini   ijtimoiy   himoya
qilish   va   ularni   moliyalashtirish   imkoniyatlari   sohasida   davlatning   qat’iy   muvofiq
kafolatlarini ta’minlash. 
Hozirgi   sharoitda   ish   bilan   bandlik   siyosatini   ustvor   yо‘nalishlarini   tanlash
bir   qator   jihatlarda   qat’iy   qilib   belgilangan:   mehnat   bozorida   nomutanosiblik
73 mavjudligi;   ish   bilan   bandlik   turlarining   aralash-quralash   ekanligi;   samarali   ish
joylari taqchilligi о‘rtasida muvozanat jarayonini ta’minlashning murakkablashuvi;
yashirin   ishsizlik,   norasmiy   ish   bilan   bandlik   ustunligi   va   ishchilarning   past
daromadliligi   kabilar.   Ish   bilan   bandlik   siyosati   ham   tо‘liq   ish   bilan   bandlikni
ta’minlash, ham iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish bosqichlariga mos ijtimoiy
ishlab chiqarish tarkibining tarmoq, kasbiy, malakaviy tavsiflariga va uning zarur
progressiv о‘zgarishlariga muvofiq bо‘lishi zarur.
3.2. Innovatsion ish bilan bandlikni tartibga solishning hududiy xususiyatlari
Mamlakatimizda   innovatsion   ish   bilan   bandlikni   shakllanishi   sharoitida
IHRTga   a’zo   mamlakatlarda   muvoffaqiyatli   sinovdan   о‘tgan   ish   bilan   bandlik
siyosatining quyidagi yо‘nalishlari dolzarb hisoblanadi:
1. “Faollashtirish”   sifatida   talqin   qilinuvchi   ishsizlarning   huquq   va
mas’uliyati   о‘rtasida   yangi   balansni   tiklash   nazarda   tutiladi.   Bunday   yondashuv
mehnat   bozoridagi   tarkibiy   о‘zgarishlar   va   tarkibiy   ishsizlik   qisqarishiga   imkon
beruvchi ahamiyatli vosita bо‘lib hisoblanadi;
2. Ishsizlikni   ixtisoslashtirish.   IHRTga   a’zo   mamlakatlarda   ishsizlarni
iqtisoslashtirishni   ikki   asosiy   yangi   kо‘rinishi   joriy   qilingan:   bu   ishsizlik
tavakkalchiligiga   duchor   bо‘lgan   shaxslarning   namoyon   bо‘lishi   uchun
regressiyaning   multivariant   texnologiyalaridan   foydalanuvchi   statistik   modelga
asoslangan   dasturlar   va   ishsizlarning   oxirigi   ish   joylari   bilan   shaxsiy   tavsiflariga
asoslangan   dasturlar   hisoblanadi.   Bizning   fikrimizcha,   IHRTga   a’zo   mamlakatlar
tajribasiga   kо‘ra   ishsizlarni   ixtisoslashtirish   tushunchasi   mamlakatiz   uchun   yangi
yо‘nalish   hisoblanadi   va   barcha   ish   bilan   bandlik   siyosati   tuzilishini   tutib   turish
sifatida uni tanlash uning samaradorligini baholashni zarurat etadi.    
3. Ish   qidirish   tizimida   autsorsingni   ommalashtirish.   Mazkur   tizimga
muvofiq   holda   shaxsan   maslahatchi   tomonidan   rо‘yxatga   olinadi.   Qaysiki   ularga
maslahatlar beradi va ular uchun potensial ish beruvchini izlaydi. 
74 4. Mehnat   bozorida   vositachilik   funksiyalarini   axborotlashtirish.
Zamonaviy   makroiqtisodiy   tuzilmalar   uchun   axborotga   ega   bо‘lish   juda   ham
muhim, chunki atrof muhitdagi noaniqlik yuz marta о‘sdi, bu kо‘pincha, firmalar,
korxonalar,   korporatsiyalar,   banklar   faoliyatining   buzilishiga   olib   keldi,
rahbarlikning   har   qanday   darajasida   asoslanmay   qabul   qilingan   qarorlar   xо‘jalik
obyektlari uchun tuzatib bо‘maydigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Aholini
ishga   joylashtirish   bо‘yicha   hududiy   bandlik   xizmati   axborot   tizmlarini
yaratilishida   barcha   imkoniyatlari   bilan   yetakchi   rol   о‘ynaydi.   Har   bir   hududda
axborot  tizimlarining yaratilishi va qо‘llanishi respublika miqyosida yagona davlat
siyosatini   yuritish   maqsadida   mehnat   bozorining   markaziy   axborot   tizimiga
birikishini nazarda tutadi.
Hududiy   axborot   tizimlarining   yaratilishi   ishchi   kuchiga   talab   va   taklifni
tartibga   solishda   tarmoqli   –   axborotlarni   taqsimlash   xususiyatlari   bilan
aloqadorlikda ijobiy tashqi samaralarni yuzaga keltiradi.
Haqikatdan   ham,   bunday   axborot   tizimlari   xizmatlariga   talab   hududiy
mehnat bozorini qamrab olish doirasigacha kengayib boradi.
Ishchi   kuchiga   talab   va   taklifni   tartibga   solishda   hududiy   axborot   tizimi
ishchilarning bо‘sh ish joylarini izlashda ularning raqobatbardoshligini oshirishga
amaliy   natija   beradigan   yordam   kо‘rsatishi   mumkin.   U   ishsizlikdan   sug‘urtalash
tizimi   bilan   birgalikda   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmatiga   mehnat   bozoridagi
holatlarning hududiy darajada ancha egiluvchan va moslashuvchan ta’sir etishi va
faoliyatining   samaradorligini   oshirish   uchun   imkoniyat   yaratadi.   Shuningdek,
mehnat bozorining hududiy axborot tizimlari davlat va nodavlat  ish bilan bandlik
xizmatlari faoliyatlarida ish joylarini tanlash davrini qisqartirish, ishsizlik bо‘yicha
tо‘g‘ri   va   zamonaviy   nafaqa   tо‘lovlarini   ta’minlash,   ishsizlikning   davomiyligini
qisqartirish,   mavjud   ish   joylari   tо‘g‘risida   ma’lumotlar   banki   bilan   muvofiqlikda
ishchilarni   kasbga   qayta   tayyorlashni   ishlab   chiqish   samaradorligini   oshirishda
vosita bо‘lib xizmat qiladi.
5. Ish   bilan   bandlik   xizmatini   ish   bilan   bandlik   shakllarining   yangi
sektoriga yо‘naltirish. 
75 6. Kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   dasturlarini   ishlab   chiqish;
mehnat   bozorida   aholining   ijtimoiy   himoya   qilinmagan   guruhlarini   qо‘llab-
quvvatlash.   Aniq   ish   joylariga   kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   tizimini
rivojlantirish zarur. Bugungi kunda mamlakatimiz davlat ish bilan bandlik xizmati
yо‘nalishlari   bо‘yicha   ta’lim   dasturlari   kelgusida   ishga   joylashtirish   nо‘qtai
nazaridan   о‘zining   yuqori   samaradorligini   namoyish   etdi.   Hozirgi   kunda   ishchi
kuchi   shaklida   va   yuqori   malakali   kadrlarga   talabning   о‘sib   borishi   о‘rtasidagi
nomutanosiblik   muhim   muammolardan   biridir.   Shuning   uchun   muammoni   hal
etishning   dolzarb   yо‘nalishi   bо‘lib,   kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   tizimi
orqali   ishchi   kuchining   sifat   kо‘rsatkichlarini   oshirish   hisoblanadi.   Ma’lumki,
ishsizlar  armiyasi  katta qismini    davlat  tomonidan nafaqa bilan ta’minlash, ularni
kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlashni   moliyalashtirishga   nisbatan   qimmatga
tushadi.   Ishsizlarni   kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlashda,   о‘quv   jarayonida
zamonaviy   о‘quv   texnologiyalari   va   usullarini   ta’lim   dasturiga   kiritish   va
foydalanish,   kelajakda   ularning   mehnat   bozorida   raqobatbardoshligini   oshiradi.
Ishsizlarni  kasbga  tayyorlash  va qayta  tayyorlash  tizimida yangi  yо‘nalish  bо‘lib,
ish  beruvchilarning  talablariga  muvofiq  maqsadli  о‘qitish  va  konkret  ish  о‘rinlari
bо‘yicha   alohida   kasblarga   о‘qitish   hisoblanadi.   Bunda   korxonalarga   kerakli
mutaxassislarni   tayyorlashda   kasbga   о‘qitish   xizmati   oldida   buyurtmachi   sifatida
chiqadilar.   Shuningdek,   buyurtmachi   korxonalar   о‘zlarining   ishchi-xodimlari
uchun   о‘quv   dasturlari   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   kurslarini   о‘tish,   maqsadli
о‘qitishni   tashkil   etish,   malaka   oshirish   maqsadlarida   buyurtmalar   berishlari
mumkin.
7. Ish   bilan   bandlik   faol   siyosati   samaradorligini   baholash   uchun   axborot
bazasini   kengaytirish.   Umumiy   holda   samaradorlik   asosida   ish   bilan   bandlik
xizmati tomonidan baholanuvchi sarflar va natijalar nisbati tushuniladi. 
8. Korxonalarni   “ijtimoiy-g‘amxur”   qayta   tashkil   etish.   Korxonalarni
restrukturizasiyalash   innovatsion   ish   bilan   bandlik   rivojlanishining   ajralmas
elementi hisoblanadi, biroq u bir qator ishchilar uchun о‘zlarining malakasi, kasbi,
bilim   va   kо‘nikmalarini   talab   etilmaganlik   tahlikasi   bilan   tо‘qnash   keluvchi
76 yetarlicha   og‘riqli   hisoblanadi.   Natijada   kо‘pchilik   rivojlangan   mamlakatlarda
amalda   qabul   qilingan   “ish   bilan   bandlik   va   raqobatbardoshlik   bitimi”   bо‘lib
hisoblanadi.  
Mehnat  bozorida ish bilan bandlik siyosati  respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatining   tarkibiy   qismi   sifatida   mehnat   salohiyatidan   samarali   foydalanish   va
uning   sifat   tarkibini   takomillashtirish   hamda   rivojlanishi   bо‘yicha   muammolarni
yechishga   yо‘naltirilgan   iqtisodiyotning   rivojlanish   davriga   xos   chora-tadbirlar
majmuasidir. Ish bilan bandlik siyosati ish kuchini sohalar va tarmoqlar hamda ish
bilan bandlik kо‘rinishlari  bо‘yicha  qayta taqsimlashda  ijtimoiy jihatdan  muvofiq
ish bilan bandlik darajasini ta’minlashga yо‘naltirilishi zarur.
Shunga  kо‘ra,   bizning   fikrimizcha,   mehnat   bozorini   tartibga  solish   siyosati
quyidagi maqsadlarga erishishni nazarda tutadi: 
– mehnat   bozorida   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   о‘rtasida   muvozanatga
erishish; 
– ish   qidirayotgan   kishilar   va   ishsizlarni   ijtimoiy   foydali   mehnatga
yо‘naltirishni rag‘batlantirish; 
– ish   bilan  band   bо‘lmagan   fuqarolarning   ish  izlashda   kasbga   yо‘naltirish
va kasbiy harakatchanligini oshirish; 
– ish izlayotgan har bir kishini ish bilan ta’minlamoq.
Mehnat   bozorida   tashkiliy   tuzilmalarni   ish   bilan   bandlik   sohasidagi
faoliyatlarining   asosiy   maqsadi   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   о‘rtasida
muvozanatni va aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlashdan iborat.
Mehnat bozorini tartibga solishning aniq maqsadli vazifasi – ishchi kuchiga
bо‘lgan   ehtiyojni   kengaytirish   va   ish   kuchini   samarali   taklif   etishni   qullab-
quvvatlashga kо‘maklashishdan iborat bо‘lib, bо‘ndan kо‘zda tutilgan maqsad:  
– iqtisodiy   о‘sish   imkoniyatlarini   yaxshilash   uchun   mehnat   resurslarini
rivojlantirish va ularni tarkibiy о‘zgarishlarga muvofiqlashtirish;
– noqulay   sharoitlarda   yashayotgan   aholi   guruhlarini   ish   bilan   ta’minlash
uchun   imkoniyatlarni   yaxshilash,   ish   bilan   bandlikka   bо‘lgan   qobiliyatni   oshirish
yо‘li bilan ijtimoiy tenglikka kо‘maklashish va boshqalar.   
77              Mehnat bozorini tartibga soluvchi asosiy subyekt davlat bо‘lganligi uchun, u
mehnat bozorini tartibga solishni amalga oshira olmaydigan boshqa subyektlarning
umumiy   va   о‘ziga   xos   funksiyalarini   bajaradi.   Aynan   davlat   hamma
mamlakatlarda ishsizlik darajasini kо‘zatadi va tartibga soladi. 
                    Shundan   kelib   chiqqan   holda,   davlat   tomonidan   tartibga   solish   iqtisodiy
mexanizmi   mehnat   bozorini   tartibga   solishning   eng   muhim   qismi   hisoblanadi.
Ushbu   mexanizmni   ishlab   chiqish   iqtisodiyotni   tartibga   solishning   asosiy
vazifalaridan   biri   hisoblanadi.   Bunda   mehnat   bozorini   davlat   tomonidan   tartibga
solishni   iqtisodiy   mexanizmi   mehnat   bozorini   turli   xil   parametrlariga   davlat
ta’sirini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy usullari asosida mehnat munosabatlar
shakllanish tizimini ifodalaydi. U mehnat bozori elementlari va omillariga, ularga
ta’sir   qiluvchi   turli   xil   shakllar,   usullar   va   vositalar   yordamida   ta’sir   qilish
yо‘llarini aks ettiradi. 
Hozirgi paytda mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning  tо‘rtta
asosiy   yо‘nalishini   ajratib   kо‘rsatish   mumkin.   Birinchidan ,   bu   iqtisodiyotning
nodavlat   sektorida   bandlikning   о‘sishini   rag‘batlantirish   va   ish   joylari   sonini
kо‘paytirish dasturlari,   ikkinchidan , ish kuchini tayyorlash va qayta tayyorlashga
yо‘naltirilgan   dasturlar   va   uchinchidan ,   ishchi   kuchini   yollashga   kо‘maklashish
dasturlari.   Ulardan   tashqari,   tо‘rtinchidan ,   hukumat   ishsizlikni   ijtimoiy   sug‘urta
qilish   borasida   ham   dasturlar   ishlab   chiqishga   kirishmoqda,   ya’ni   ishsizlarga
nafaqa berish uchun mablag‘ jamg‘armasi tuzildi. Shu tarzdagi dasturlar doirasida,
masalan,   AQShda   urushdan   keyingi   yillarda   davlat   sektorida   (ijtimoiy   xizmatlar
sohasida   –   maorif,   tibiiy   xizmat   kо‘rsatish,   kommunal   xо‘jalik   hamda   ijtimoiy
binolar qurilishi va ta’mirlash-tiklash ishlarida) yuz minglab ish joylari yaratilgan
edi.   2500   dan   kо‘proq   mahalliy   agentliklarga   (mehnat   birjalariga)   ega   bо‘lgan
AQSh   ishga   joylashtirish   xizmati   ishsizlarni   rо‘yxatga   olish   bilan   shug‘ullanadi.
Ular   bо‘sh   ish   joylari   topishga   harakat   qilishadi,   malakasini   aniqlash   maqsadida
ishga   da’vogarlarni   test   sinovidan   о‘tkazishadi   va   boshqa   shunga   aloqador
vazifalar bilan shug‘ullanishadi.
78 Kadrlarni   tayrlash   va   qayta   tayyorlash   masalasiga   kelganda   esa,   AQShda
uning   asosiy   bо‘g‘ini   bо‘lib   oliy   va   о‘rta   maktab,   xususiy   korporatsiyalarning
о‘quv  kurslari  va  markazlari   hisoblanadi.  Kasbga  tayyorlashning  davlat   tizimi  bu
yerda ancha zaif rivojlangan.
Tadqiqotlar   kо‘rsatyaptiki,   mehnat   bozorini   samarali   tartibga   solishning
yuqorida   sanab   о‘tilgan   usullari   orasida   ishchi   kuchlariga   talabni   kо‘paytirish   va
uning taklifini kamaytirish usuli yetakchi о‘rinni egallaydi. 
Mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlikni   tartibga   solish   usullari,   vositalari   va
tadbirlari muayyan davrdagi u yoki bu mamlakatdagi yoshlar ish kuchiga talab va
taklif   bilan   bog‘liq   iqtisodiyo   va   ijtimoiy   muammolarning   tavsifi   va   keskinligi
bilan belgilanadi. 
Zamonaviy   jamiyat   uchun   mehnat   bozorini   tartibga   solishni   hayotiy
muhimligi   uni   rivojlanishi   uchun   davlat   joriy   xarajatlarining   kо‘lami   orqali
namoyon   bо‘ladi.   Faqat   mehnat   bozori   doirasida   ijtimoiy   dasturlarni   amalga
oshirish   uchun   g‘arb   davlatlarida   har   yili   yalpi   milliy   mahsulotning   2-3   %i
miqdorida mablag‘lar ajratiladi.
Mehnat   bozorini   tartibga  solishning   ijtimoiy-iqtisodiy   mexanizmini   amalga
oshirishda   uning   quyidagi   elementlari   qatnashadilar:   mehnat   bozoriga   omillar
orqali ta’sir qiluvchi subyektlar, obyektlar, shakllar, usullar va vositalar.
Bizningcha, viloyat ish bilan bandlik xizmatini ish bilan bandlik sohasidagi
asosiy   yо‘nalishlari   bо‘yicha   faoliyati   holatining   natijalari   shuni   kо‘rsatadiki,
mehnat   bozorini   tartibga   solishda   faol   ish   bilan   bandlik   siyosati   quyidagi
masalalarni hal etishga qaratilmog‘i zarur:
1.   Bozor   iqtisodiyoti   talabalariga   muvofiq   ishchi   kuchi   sifatini   oshirishda
ish   bilan   band   bо‘lmagan   aholi   va   ishsiz   fuqarolarni   kasbga   tayyorlash   va   qayta
tayyorlash tizimini rivojlantirish;
2.   Ishchi   kuchini   kasbga   yо‘naltirish   va   psixologik   qо‘llab-quvvatlash
tizimini rivojlantirish;
3.   Ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   bо‘lgan   fuqarolarni   (nogironlarni,   bolalik
ayollarni,   boshqa   joydan   kuchib   kelganlarni,   yoshlarni   va   boshqalar)   ishga
79 joylashtirishga   kо‘maklashish,   shuningdek   jamoat   ishlarini   rivojlantirish   va
yoshlarni ishga joylashtirish bо‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish;
4.   Yangi   ish   о‘rinlarini   yaratish,   kichik   biznesni   qо‘llab-quvatlash   va   ish
bilan band bо‘lmagan aholini tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish;
5.   Ishdan   ozod   etilgan   ishchilarni   ishga   joylashtirish   va   qayta
tayyorgarlikdan о‘tishi bо‘yicha dasturlarni ishlab chiqish;
6.   Aholini   ish   bilan   bandligiga   kо‘maklashish   bо‘yicha   axborot   xizmati
kо‘lamini kengaytirish;
7.   Mehnat bozorida monitoring ta d qiqotlarini о‘tkazish;
8.   Ish beruvchilarning talabalariga yо‘naltirilgan holda boshlang‘ich, о‘rta
va oliy ta’lim tizimlarini takomillashtirish;
9.   Ish beruvchilar uchun maslahat xizmatlari  tashkil etish ;
10.   Ishchi kuchini taklifini ish beruvchilar talabiga muvofiqlashtirish;
11.   Ishsizlikning davomiyligini kamaytirish .
  Ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy hamkorlik mexanizmini rivojlantirish.
Hozirgi   kunda   ishchi   kuchi   shaklida   yuqori   malakali   kadrlarga   talabning
о‘sib   borishi   bо‘yicha   nomutanosiblik   muhim   muammolardan   biri   hisoblanadi.
Shuning   uchun   muammoni   hal   etishning   dolzarb   yо‘nalishi   bо‘lib,   kasbga
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi orqali ishchi kuchining sifat kо‘rsatkichlarini
oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, ishsizlar armiyasi katta qismini  davlat tomonidan
nafaqa   bilan   ta’minlash,   ularni   kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlashni
moliyalashtirishga nisbatan qimmatga tushadi. 
Innovatsion   rivojlanish   sharoitida   mamalakatimizda   amalga   oshirilayotgan
iqtisodiy   islohotlarning   asosiy   diqqat   e’tibori   ilmiy-texnika   va   fan   sig‘imi   yuqori
bо‘lgan   tarmoqlarni   rivojlantirishga   qaratilmoqda.   Shu   sababli,   respublikamiz
ta’lim   tizimida   yosh   avlodni   tarbiyalashda   yangicha   yondashuvni   va   yangicha
vazifalarni   bajarishni   talab   etmoqda.   Hozirda   oliy   ta’lim   muassasalarining   asosiy
faoliyati yoshlarga, ilmiy-texnik, ijodiy, innovatsion, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni
hal qila oladigan oliy kasbiy ta’lim berishga yо‘naltirilgan. Shu maqsadda bugungi
kunda   respublikamiz   oliy   ta’lim   muassasalarida   “О‘quv   jarayonini
80 modernizatsiyalash   va   oliy   ta’lim   tizimi   о‘quv-metodik   faoliyatiga   innovatsion
texnologiyalarni tadbiq qilish” dasturi ustida ish olib bormoqda.
Ushbu   dasturni   asosiy   maqsadi   rivojlangan   mamlakatlar   ta’lim   tizimidagi
yangi,   ilg‘or   pedagogik   texnologiyalarni   ijobiy   tomonlarini   о‘rganib,   ta’lim
tizimiga   qо‘llash   bilan   bir   qatorda   yosh   mutaxassislarni   jahon   mehnat   bozori
talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh qilib tayyorlashdan iborat.
Bugungi   kunda   ta’lim   inson   faoliyatining   barcha   sohalariga   innovatsion
texnologiyalarni   joriy   etish,   raqobatbardoshlikni   oshirish,   turmush   darajasini
kо‘tarishning   muhim   shartiga   aylanib   bormoqda.   Oliy   ta’limning   asosiy
vazifalaridan   biri   har   bir   yosh   mutaxassisning   tez   о‘zgaruvchan   mehnat   bozorida
xaridorgir bо‘lib qolishi, rivojlanib borayotgan innovatsion iqtisodiyotda tо‘laqonli
ishtirok etishi  va biznes  sohasi  talablariga javob beradigan malakaviy va ijtimoiy
kо‘nikmalar olishidan iboratdir.
Bizning fikrimizcha, ayni paytda oliy о‘quv yurtlari bitiruvchilari rivojlanib
borayotgan   biznesda   muvaffaqiyatli   ish   boshlash   uchun   zarur   kо‘nikmalarga   ega
bо‘lmayaptilar.   Biznesning   kadrlar   tayyorlashga   bо‘lgan   ehtiyoji   davlat   ta’lim
muassasalarining   bunday   talabini   qondirish   qobiliyatidan   ancha   yuqori   va   tezkor
bо‘lib, quyidagi yо‘nalishlarda namoyon bо‘lmoqda:
mamlakatimiz   ijtimoiy-iqtisodiy   tizimi   rivojlanishining   strategik
yо‘nalishlaridan   biri   oliy   ta’lim   muassasalarining   innovatsion   imkoniyatlarini
rivojlantirish   asosida   ishlab   chiqarish   kо‘lamini   kengaytirish   va   fan-texnika
yutuqlarini   keng   joriy   etish   hisoblanadi.   Buning   natijasida   fan   sig‘imi,   ilmiy-
innovatsion yangiliklarga asoslangan korxonalar hissasi sezilarli о‘sib bormoqda. 
k о‘plab   rivojlangan   mamlakatlarda   oliy   ta’lim   innovatsion   fondi
shakllantirilgan.   Uning   tarkibiga   ilmiy   va   texnologik   tashkilotlar,   universitetlar,
institutlar,   savdo   tashkilotlari,   firmalar   (korxonalar)   kiradi.   Bu   hamkor
tashkilotning   maqsadi   ilmiy,   texnologik   va   biznes   sohalarini   о‘zaro   manfaatli
harakatini tashkil etishdan iboratdir.
81 XULOSA
О‘tkazilgan   tadqiqotlar   bо‘yicha   quyidagi   xulosa   va   tavsiyalar   ishlab
chiqildi:
1.   Innovatsion   faoliyat   yuqori   darajali   noaniqlik   va   xavf-xatar   bilan,
natijalarni   istiqbollashtirishning   murakkabligi   bilan   tavsiflanadi.   Innovatsiyalarni
joriy   etishning   ustuvor   jihati   bо‘lib,   iqtisodiy   shartlar   hisoblansa,   innovatsion
faoliyat   jarayonidagi   muhim   parametr   bо‘lib   vaqt   hisoblanadi.   Innovatsion
jarayonga   jalb   qilinadigan   resurslar,   agar   raqobatchi   bozorga   yangi   mahsulotni
chiqarishda о‘zib ketsa, qadrsizlanishi mumkin.
2.   Bozor   iqtisodiyoti   rivojlangan   va   rivojlanayotgan   mamlakatlarda
innovatsion   faolikdan   iqtisodiy   о‘sishning   bosh   omili   sifatida   foydalanadi.   Yangi
g‘oyalarni   izlashdan   to   undan   foydalanish,   tijoratlashtirish   va   keng   yoyishgacha
bо‘lgan davrda faoliyatning barcha bosqichlarini hisobga olish uchun “innovatsiya
sikli” tushunchasini kiritish zarur. Innovatsiya sikli yangiliklarni yaratish va uning
hayotiylik   davrlarini   о‘z   ichiga   oladi.   Bu   holat   shu   narsa   bilan   izohlanadiki,
yangilikdan   innovatsiyalarni   yaratish   uchun   bir   necha   marotaba   foydalanish
mumkin.
3. Ish bilan bandlik tizimi tarkibini evolyusiyasi  jarayonida har bir element
ichida   vaqt   о‘tishi   bilan   uning   sfatiy   jihatlari   (ish   joylari   modernizatsiyalashadi,
inson kapitali sifati oshadi) о‘zgarib borgani bilan uning genotipi saqlanib qoladi.
Shu bilan birga unga bog‘liq holda biz  yangi turdagi ish bilan bandlik tadqiqotini
muhim   tamoyilini   taklif   etamiz:   bu   tamoyil   ish   bilan   bandlik   munosabatlarini
asosiy elementlarini rivojlanishini nazarda tutuvchi  inson resurslari, ish joylari va
mehnat   institutlarining   rivojlanishiga   yangiliklarni   kirituvchi   evolyusiya
tamoyilidir.
4.   Innovatsion   ish   bilan   bandlik   rivojlanishi   yuqori   samaradorlik,   ilg‘or
tashkilot,   haqqoniy   va   mehnat   natijalari   bilan   bog‘langan   ish   haqi,   ishchi-
xodimlarning   о‘zlarini   namoyon   qila   olish   imkoniyatlari,   kо‘nikmalari,   ijtimoiy
himoyalanganligi kabilarni nazarda tutuvchi munosib mehnat sharoitlarini amalga
82 oshirishdan   iborat.   Shu   bilan   birga   ish   bialn   bandlik   yangi   turi   о‘zining   ichki
xususiyatiga xos qarama-qarshi tizimdir.
5.   Tadqiqotlar   shuni   kо‘rsatmoqdaki,   mehnat   bozorida   faol   tadbirlarga
qilinadigan xarajatlar natijasida yangi ish о‘rilarining yaratilishi ishsizlar miqdorini
qisqarishiga   hamda   ijtimoiy   tо‘lovlarga   qilinadigan   xarajatlarni   mutanosib
ravishda   kamayishiga   olib   keladi.   Shuning   uchun   ishga   joylashtirishni
takomillashtirishga   xarajatlarning   sarflanishi   ish   bilan   bandlikni   oshirish   va
ishsizlikni qisqartirishni  ta’minlaydi.
6.   Iqtisodiyotning   innovatsion   rivojlanishi   о‘z   о‘rnida   innovatsion   ishchi
kuchini,   innovatsion   qobiliyatga,   ya’ni   mehnat   jarayonida   innovatsion   fikr   va
g‘oyalarni yarata oladigan, yangiliklarni о‘rganib, о‘z faoliyatida qо‘llay oladigan
ishchi   kuchini   shakllantirishni   taqozo   etishi   ish   bilan   bandlikning   yangi
kо‘rinishini   yuzaga   keltiradi.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,   innovatsion   ish   bilan
bandlikning   rivojlanishi   mehnat   bozorini   yangi   mezonlari   bо‘yicha
segmentlanishiga,   mehnat   bozori   subyektlari   raqobatbardoshligining   oshishi,
tarkibiy ishsizlik hamda “egiluvchan karyera”ning mavjudligiga bog‘liqdir.
7.   Bizning   fikrimizcha,   innovatsion   ish   bilan   bandlikni   tartibga   solish
quyidagi   ikki   о‘zaro   bog‘liq   masalalar   yechimiga   yо‘naltirilgan:   bir   tomondan,
mehnat   bozori   va   ish   bilan   bandlikning   egiluvchanligini   ta’minlash   kerak,   busiz
innovatsion iqtisodiyot rivojlanmaydi, ikkinchidan, ish bilan bandlik sо‘byektlarini
sodir   bо‘layotgan   о‘zgarishlar   natijasidagi   xavf-xatardan   muvofiq   ravishda
himoyalash   zarur.   Ish   bilan   bandlikni   tartibga   solishning   muhim   jihatlari
quyidagilardan iborat:
 innovatsiyalarning   paydo   bо‘lishiga   ish   bilan   bandlik   tizimini
moslashuvchanligini, egiluvchanligini va qodirligini ta’minlash;
 ish bilan bandlik samaradorligini oshirish;
 yangi turdagi ish bilan bandlik subyektlarining faol shakllanishi;
 ishchilarning xulq-atvoriga innovatsion motivni shakllantirish;
boshqaruvning davriy tavsifi.
83 FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RО‘YXATI
I. О‘zbekiston Respublikasi qonunlari
1. О‘zbеkstоn  Rеspublikаsi Kоnstitutsiyаsi. – T.: “О‘zbеkistоn”, 2021.
2. О’zbеkistоn   Rеspublikаsining   Mеhnаt   kоdеksi:   (2021   yil   1   fеvrаlgаchа
bо’lgаn   о’zgаrtirish   vа   qо’shimchаlаr   bilаn)   Rаsmiy   nаshr   –   О’zbеkistоn
Rеspublikаsi Аdliyа vаzirligi. – T.: “Аdоlаt”, 2021 yil, 76-b.
3. О’zbеkistоn   Rеspublikаsining   2020   yil   20   оktyаbrdаgi   «Аhоli   bаndligi
tо’g‘risidа»gi О’RQ-642-sоn Qоnuni.  https://lех.uz/dоcs/5055690
II.   О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari
4. О‘zbеkistоn   Rеspublikаsi   Prеzidеntining 24.05.2017 yildаgi “Bаndlik
sоhаsidа   dаvlаt   siyоsаtini   yаnаdа   tаkоmillаshtirish   vа   mеhnаt   оrgаnlаri   fаоliyаti
sаmаrаdоrligini   tubdаn   оshirish   chоrа-tаdbirlаri   tо‘g‘risidа”gi   PF-5052   Fаrmоni,
“Хаlq sо‘zi” gаzеtаsi,  №103 (6797).
5. О‘zbеkistоn       Rеspublikаsi       Prеzidеntining   24.05.2017   yildаgi
“Kаsаnаchilikni   yаnаdа   rivоjlаntirish   uchun   qulаy  shаrt-shаrоitlаr   yаrаtish   chоrа-
tаdbirlаri   tо‘g‘risidа”gi   PQ-2996-sоnli   Qаrоri,   “Хаlq   sо‘zi”   gаzеtаsi,     №104
(6798).
6. « О‘zbekiston   Respublikasi   bandlik   va   mehnat   munosabatlari   vazirligi
faoliyatini   tashkil   etish   chora-tadbirlari   tо‘g‘risida » gi   2017   yil   24   maydagi   PQ-
3001-sonli Qarori // http//www.lex.uz.
7. О‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020   yil   19   martdagi
«Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga
salbiy   ta’sirini   yumshatish   bо‘yicha   birinchi   navbatdagi   chora-tadbirlar
tо‘g‘risida»gi PF-5986-sonli Farmoni.
8. О‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020   yil   8   iyundagi
« Tadbirkorlik   faoliyati   va   о‘zini   о‘zi   band   qilishni   davlat   tomonidan   tartibga
solishni soddalashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida » gi  PQ-4742-sonli Qarori.
9. О‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020   yil   8   avgustdagi
«Kambag‘al   va   ishsiz   fuqarolarni   tadbirkorlikka   jalb   qilish,   ularning   mehnat
84 faolligini   oshirish   va   kasb-hunarga   о‘qitishga   qaratilgan   hamda   aholi   bandligini
ta’minlashga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi PQ-4742-sonli Qarori.
III. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
10. О‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   Xalqaro
xotin-qizlar   kuniga   bag‘ishlangan   tantanali   marosimdagi   nutqi.   07.03.2020.
https://president.uz/uz/lists/view/3435
11. О’zbеkistоn   Rеspublikаsi   Vаzirlаr   Mаhkаmаsining   Qаrоri.   О’zbеkistоn
Rеspublikаsidа   mаjburiy   mеhnаtgа   bаrhаm   bеrishgа   dоir   qо’shimchа   chоrа-
tаdbirlаr   tо’g‘risidа.   Qоnun   hujjаtlаri   mа’lumоtlаri   milliy   bаzаsi,   14.05.2018   y.,
09/18/249/1205-sоn.
12. Mirziyoyev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yо‘limizni   qat’iyat   bilan   davom
ettirib, yangi bosqichga kо‘taramiz. – T.: «О‘zbekiston», 2019. – 592 b.
13. Mirziyоyеv   Sh.M.   Yаngi   О’zbеkistоn   tаrаqqiyоt   strаtеgiyаsi   аsоsidа
dеmоkrаtik   islоhоtlаr   yо’lini   qаt’iy   dаvоm   еttirаmiz.   “Хаlq   sо’zi”   gаzеtаsi,   2021
yil 7 nоyаbr, №238 (8018).
IV. Ilmiy monografiya, о‘quv qо‘llanma va darsliklar
14. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. Darslik.
Qayta   ishlangan   va   tо‘ldirilgan   3-nashri.   –   T.:   “FAN”,   2019.  
– 592 b.
15. Abdurahmonov   Q.X.   Ijtimoiy   mehnat   munosabatlari.   Darslik.
«Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2019. – 524 b.
16. Abdurahmonov   Q.X.   Aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish.   Darslik.
«NOSHIRLIK YOG‘DUSI», 2019. – 256 bet.
17. Alimova   M.T.   Hududiy   turizm   bozorining   rivojlanish   xususiyatlari   va
tendensiyalari.   Monografiya.  T.:“Iqtisodiyot”,  2015.   282 b.
85 18. Одегов   Ю.Г.   Экономика   труда:   учебник   и   практикум   для   вузов   /
Ю.Г. Одегов, Г.Г. Руденко. - 3-е изд., перераб. и доп. – Москва: Издательство
Юрайт, 2020. – 387 с.
19. Umurzakov   B.X.   va   b.   Mehnat   resurslari   shakllanishi   va
taqsimlanishining   hududiy   xususiyatlari.   Monografiya.   –   T.:   «LESSON   PRESS»,
2017. – 188 b.
20. Xudoyberdiyev   Z.Ya.   va   b.   Tadbirkorlik   va   ishga   joylashtirish
texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma. «ILMZIYO», 2016.
21. Ergashev   R.X.,   Tursunov   I.E.,   Ravshanov   A.D.,   Qurbonov   A.B.
Innovatsion iqtisodiyot (darslik). – T.: “Iqtisod-moliya”, 2020. – 464 b.
22. Abdurakhmanov   K.Kh.   “Labour   Economics.   Theory   and   Practice”.
«Scientific Publishing House IVG», London, United Kingdom, 2020. – 676 p.
23. Abdurakhmanov K.H. Zokirova N.K., Islamov B., Hiwatari M. Systemic
transformation   and   sustainable   human   development:   the   Case   of   Uzbekistan.
Jakarta: Gunadarma Publisher, – 2016. –230 p.
24. Becker   G.S.   The   Oxford   handbook   of   human   capital.   –   Oxford
University Press, 2011. – 671 p.
V. Disserta t siya va disserta t siya avtoreferati
25. Arabov   N.U.   О‘zbekiston   Respublikasida   mehnat   bozori
infratuzilmasini   rivojlantirish   samaradorligini   oshirish.   Avtoref.   i.f.d..   –   T.:   AN
RUz TDIU. 2018. – 272 b.
26. Nasimov   D.A.   Oliy   ta’lim   muassasalari   bitiruvchilarini   ishga
joylashtirish tizimini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida) // Diss. I.f.n.
– T.: О‘zRFA Iqtisodiyot instituti, 2011.
VII.  Internet saytlari
27. www.president.uz      –   О‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   rasmiy
veb-sayti.
28. www.gov.uz      – О‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali .
86 29. www.lex.uz      – О‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi.
30. www.mehnat.uz      –   О‘zbekiston   Respublikasi   Bandlik   va   me h nat
munosabatlari vazirligining rasmiy sayti.
31. www.stat.uz      – О‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо‘mitasi.
32. www.undp.uz      –   BMT   Taraqqiyot   dasturining   О‘zbekiston
Respublikasidagi vakolatxonasi sayti.
33. www.ilo.org      – Xalqaro mehnat tashkilotining rasmiy sayti.
34. ilostat.ilo.org/data/      –   XMT   Mehnat   bozorining   asosiy   kо‘rsatkichlari”
ma’lumotlar bazasi.
35. www.wto.org      – Xalqaro savdo tashkiloti rasmiy sayti.
36. www.oecd.org      –   Iqtisodiy   hamkorlik   va   rivojlanish   tashkiloti   rasmiy
sati.
37. www.oecd-ilibrary.org/      -   Iqtisodiy   hamkorlik   va   rivojlanish   tashkiloti
kutubxonasi.
38. www.un.org/ru/databases      – BMT ma’lumotlar bazasi.
39. www.bls.gov      – AQSh Mehnat Statistika Byurosi.
VIII .  Statistik materiallar
40. Yillik statisti k  to‘plami. – T.: O‘zbekiston, 20 21 .
41. O‘zbekistonda mehnat va bandlik. – T.: O‘zbekiston, 20 21 .
42. O‘zbekiston raqamlarda. – T.: O‘zbekiston, 20 21 .
87

MUNDARIJA : KIRIS H ............................................................................................................... 4 I - B OB. INNOVATSION IQTISODIYOTDA MEHNAT BOZORI DA INNOVATSION ISH BILAN BANDLIK SHAKLLANI SHINING NAZARIY NAZARIY ASOSLARI....................................................... 9 1.1. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish xususiyatlari, ahamiyati va shart-sharoitlari....................................................................................... 9 1.2. Mehnat bozorining innovatsion rivojlanishi ga nazariy va uslubiy yondashuvlar ................................................................. .......................... 2 0 1.3. Me hnat bozori da innovatsion ish bilan bandlik rivojlanish ining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, mazmuni va mezonlari.......... .................... 3 0 II - BOB . SAMARQAND VILOY A TI MEHNAT BOZORINING INNOVATSION RIVOJLANISH HOLATI VA TENDEN S IY A LARI ......................................................................... ... 4 0 2.1. Viloyat me hnat bozori rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy kо‘rsatkichlari tahlili .............................................................................. 4 0 2.2. Innovatsion tarmoqlarda mehnat resurslari balanslanganlik darajasi tahlili....................................................................................................... 50 2.3. Mehnat bozorida ish bilan bandlik yangi shakllarining rivojlanish i.............................................................................................. 5 8 III - BOB. MEHNAT BOZORIDA INNOVATSION ISH BILAN BANDLIKNI TA’MINLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI.. 6 6 3.1. Mehnat bozori innovatsion rivojlanishida davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari............................................................................................ 6 6 3.2. Innovatsion ish bilan bandlikni tartibga solishning hududiy xususiyatlari ............................................................................................ 7 4 XULOSA …………………………………………………………… ............... 82 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R О‘YXATI … ............ …………… . 84

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. О‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, amalga oshirilayotgan islohotlar insonni har tomonlama kamol topish maqsadlariga yо‘naltirilgan. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida qо‘lga kiritilayotgan ijobiy natijalar, shuningdek iqtisodiyotni modernizatsiyalash asosida zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yо‘lga qо‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va xizmat turlarining kо‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etayotganligidan dalolat beradi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “ Yangi yilda iqtisodiy islohotlarning pirovard maqsadi kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishdan iborat bо‘ladi. Ushbu strategik maqsadlarga hamma uchun teng imkoniyat yaratadigan yuqori iqtisodiy о‘sish hisobiga erishiladi” 1 deb ta’kidlangan. Ma’lumki, yuqori axborot va intellektual sig‘imga ega innovatsion iqtisodiyotga – egiluvchan, dinamik, samarali, doimiy yangilanib turadigan, yangicha mazmun va kо‘rinishga ega bо‘lgan, ish bilan bandlik shakllari va ularning doimiy yangilanib turishi, inson kapitali sifatining oshishi, ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalarida insonning intellektual va ijodiy salohiyati kabi xususiyatlar bilan aniqlanadigan mehnat bozorining innovatsion rivojlanish strategiyasi mos keladi. Mehnat bozorida ish bilan bandlik innovatsion shakllari rivojlanishi postindustrial rivojlanish yо‘lini tanlagan kо‘pchilik mamlakatlar uchun strategik rivojlanishning asosiy yо‘li hisoblanadi. Uning rivojlanishi bozor kuchlarining ta’siri ostida ham, muvofiq ravishda davlat siyosati doirasida ham amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida makroiqtisodiy parametrlarning ijobiy о‘zgarishi bilan bir qatorda tarkibiy ishsizlikning о‘sib 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 30.12.2020. https://review.uz/oz/post/poslanie-prezidenta- uzbekistana-shavkata-mirziyoyeva-oliy-majlisu 4

borishi, ishlab chiqarish korxonalarida mehnat unumdorligi darajasining pastligi, inson kapitali qadrsizlanishi, hududiy mehnat bozorlari tabaqalanishining chuqurlashib borishi kabi mehnat sohasidagi jiddiy muammolar ham mavjud. Umumjahon tendensiyasi sifatida mamlakatimizda ham innovatsion iqtisodiyotga mos mehnat bozorining innovatsion rivojlanish jarayoni shakllanib bormoqda. Lekin mazkur jarayon alohida qism holatida, stixiyali xarakter kasb etmoqdaki, mehnat bozori innovatsion rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy, institutsional asoslarini takomillashtirish va rag‘batlantirishning о‘ziga xos mexanizmini shakllantirishni zarurat etmoqda. Innovatsion yо‘nalishda mehnat bozorining rivojlanish strategiyasi nafaqat neoklassik paradigma postulatlatlarini anglashni va zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni nazariy-uslubiy jihatdan tahlil etish hamda bir tizimga solishni, balki ish bilan bandlikni tartibga solish tizimidan, uning an’anaviy yо‘nalishlarining sifat kо‘rsatkichlarini о‘zgartirishni nazarda tutuvchi yangi talablarni belgilaydi. Shunga kо‘ra, mehnat bozorining innovatsion rivojlanishi bо‘yicha hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, ish bilan bandlik innovatsion turining shakllari va baholash usullarini hamda institutsional asoslarini takomillashtirish bо‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish alohida ahamiyatga egadir. Muammoning о‘rganilganlik darajasi . Mehnat bozori, ish bilan bandlik, ishsizlik, inflyasiya kabi muammolarni fundamental tadqiq etishga: J.M.Keyns, A.Marshall, L.Mizesa, A.Pigu, V.Oyken, F.Xayek, M.Fridmen, A.Osvald, J.Rudbesh, K.R.Makkonell, S.L.Bryu, M.Armstrong, A.Beron kabi xorijiy yetakchi iqtisodchi olimlarning qator ilmiy ishlari bag‘ishlangan. Bu tadqiqotlar iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida turgan mamlakatlarda ish bilan bandlik muammolarini о‘rganish uchun nazariy asos bо‘lib xizmat qilmoqda. Mehnat bozori va ish bilan bandlikning institutsional jihatlari institutsional yо‘nalishdagi klassik xorijlik olimlardan: T.Veblen, Dj.Kommons, U.Mitchell hamda zamondosh olimlardan: S.Azariadis, Dj.Gelbreyt, R.Ko-uz, D.Nort, R.Nelson, D.Rodjers, M.Iayor, Dj.San-Paul, Dj.Xodjson; S.Uinter, T.Eggertsson, O.Uilyamson va boshqalarning ilmiy ishlarida о‘z ifodasini topgan. 5

Iqtisodiyot fanining bu sohadagi rivojiga MDH davlatlaridan V.V.Adamchuk, Yu.N.Arsenev, N.A.Volgin, B.M.Gengin, V.N.Gerasimov, G.N.Gujina, A.V.Yegorshin, T.V.Zayseva, A.Ya.Kebanov, R.G.Mumladze, Yu.G.Odegov, V.A.Pavlenkov, A.I.Rofe, G.G.Rudenko kabi taniqli olimlar munosib hissa qо‘shganlar. Bu muammolar tadqiqotiga о‘zbekistonlik olimlardan Q.X.Abdurahmonov, R.A.Ubaydullayeva, Sh.N.Zaynutdinov, Sh.R.Xolmо‘minov, D.M.Rahimova, N.X.Raximova, Sh.G.Yuldashev, Z.Ya.Xudoyberdiyev, N.Q.Zokirova, F.U.Mamarasulov, A.B.Hayitov, N.Xо‘jayev va boshqa olimlarning ilmiy ishlari bag‘ishlangan. Shuningdek, innovatsion rivojlanish nazariyasining turli jihatlariga xorijlik olimlardan Y.Shumpeter, Dj. Gelbreyt, R.Nelson, M.Porter, P.Romer, B.Santo va boshqalar о‘z hissalarini qо‘shganlar. Mamlakat iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish muammolariga MDH olimlaridan L.I.Abalkin, V.M.Anыnin, S.Yu.Glazyev, L.M.Goxberg, A.A.Dinkin, B.N.Kuzыk, D.S.Lvov, P.N.Zavlin kabilarning ishlari bag‘ishlangan. Ushbu ishlarda mualliflar tomonidan asosan milliy innovatsion tizim, yuqori texnologiyalar majmuasi, fan va ta’lim, innovatsiyalarni boshqarish, mamlakat innovatsion rivojlanish strategiyasi kabi innovatsion rivojlanishning fundamental masalalari tadqiq qilingan. Shu bilan birga mehnat bozori innovatsion rivojlanishining ayrim jihatlari Ye.A.Vasyunina, L.V.Borisova, I.N.Novikovalarning tadqiqot ishlarida qarab chiqilgan. Biroq mazkur ishlarda mehnat bozorida innovatsion ish bilan bandlikning rivojlanishi va uning hududiy xususiyatlari tizimli ravishda mustaqil tadiqot obyekti sifatida о‘rganilmagan. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda mehnat bozori innovatsion rivojlanishi bо‘yicha metodologik va konseptual yondashuvlarning yetarlicha asoslanmaganligi va tizimlashtirilmaganligi ushbu muammoni nazariy, uslubiy va amaliy jihatdan hamda uni rivojlanish xususiyatlarini hududiy va korporativ darajada tadqiq etishni zarurat etadi. 6

Mazkur muammoning iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida ahamiyati va yetarli darajada о‘rganilmaganligi tadqiqot mavzusini dolzarbligini, uning maqsadi va vazifalarini tо‘g‘ri aniqlashga imkon yaratdi. Tadqiqot maqsadi – iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida mehnat bozorining samarali amal qilish xususiyatlari hamda ish bilan bandlik innovatsion shakllarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish bо‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur tadqiqot ishining asosiy vazifalari etib quydagilar belgilanadi:  innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xususiyatlari, shart-sharoitlarini an’anaviy va yangicha nazariy yondashuvlar asosida tizimlashtirish hamda ilmiy- nazariy jihatdan asoslash; – “mehnat bozori”, “ish bilan bandlik”, “innovatsiya”, “innovatsion ish bilan bandlik” kategoriyalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini qiyosiy yondashuvlar asosida yoritib berish, mehnat bozorining innovatsion rivojlanish xususiyatlarini aniqlash va uning tasniflash tamoyillarini taklif etish; – milliy mehnat bozorlari transformasiyasi va ish bilan bandlik innovatsion turi rivojlanishiga globallashuvning rolini yoritib berish hamda mehnat bozorida innovatsion ish bilan bandlik shakllanishini nazariy jihatdan tadqiq etish; – Samarqand viloyati mehnat bozori rivojlanishining hududiy xususiyatlarini aniqlash va kо‘p omilli tahlil etish; – mehnat bozorida ish bilan bandlik innovatsion turining shakllari, tarkibi va shakllanish xususiyatlarini tahlil etish; – mehnat bozorida ish bilan bandlik yangi shakllarining rivojlanish yо‘nalishlarini aniqlash; – mehnat bozori innovatsion rivojlanishi bо‘yicha davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari, maqsad va vazifalari hamda strategiyasini aniqlash; – mehnat bozorida innovatsion ish bilan bandlikni tartibga solishga tizimli yondashish va uning hududiy xususiyatlarini aniqlash; 7