Hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining metodologik asoslari
MUNDARIJA Kirish 2 I Bob Hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining metodologik asoslari ……………………………………………….. 8 1.1 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyati ………………………………………………….. 8 1.2 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning uslubiy asoslari ………………………………………………………………. 18 1.3 Hududiy bandlikka ko’maklashish markazlari faoliyati hamda uning asosiy yo’nalishlari…………………………………………………... 24 II Bob Hududiy mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanish darajasini baholash…………………………………………………. 34 2.1 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini baholash uslubiyati…………………………………. 34 2.2 Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va uning mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanishiga ta’siri……………… 45 2.3 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishda axborot texnologiyalarining o’rni……………………………………………. 54 III Bob Innovatsion iqtisodiyot sharoitida mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari………….. 60 3.1 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishida rekrutment agentliklarining o’rni………………………………………………… 60 3.2 Xorijiy mamlakatlarning mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi tajribalaridan samarali foydalanish………... 67 Xulosa va takliflar………………………………….…………….. 76 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………...…………………… 78
KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Hozirgi kunda O’zbekiston iqtidodiyoti jadal suratlar bilan rivojlanib, dunyo hamjamiyatida yuqori o’rinlarni egallashda davom etayotgan bir vaqtda, mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taqazo etmoqda. Mehnat resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash o’z navbatida izchil yo’lga qo’yilgan mehnat bozori infratuzilmasini talab etadi. Mehnat bozori to’g’risida ko’plab ilmiy izlanishlar olib borilishiga qaramay, mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish masalalarining ilmiy rivojlanishini to’liq deb hisoblash mumkin emas. Xususan, mehnat bozori infratuzilmasi subyektlarining bir-biri bilan, shuningdek tashqi subyektlar bilan o’zaro munosabatlari mexanizmini takomillashtirish masalalarini yechishni talab qiladi; mehnat bozori infratuzilmasi va uning tarkibiy elementlari faoliyati samaradorligini baholash ko’rsatkichlarini aniqlashtirish va yanada rivojlantirish zarur hisoblanadi. Bularning barchasi dissertatsiya tadqiqotining mavzusi, maqsadi va vazifalarini tanlashga olib keldi. Hududiy mehnat bozorida turli muammolarning mavjudligi, mehnat resurslaridan samarali foydalanmaslik, norasmiy va yashirin ishsizlikning yuqoriligi, aholi iqtisodiy faolligining pastligi, mehnat bozori infratuzilmasini yetarli darajada rivojlanmaganligi, ushbu sohada ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligini anglatadi. Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra 2022 yilda Samarqand viloyatida ishsizlik darajasi 9,1 % ni tashkil qilmoqda. Tabiiy ishsizlik darajasi 4,5-5% ekanini hisobga oladigan bo’lsak, viloyatda ishsizlik darajasi, tabiiy ishsizlik darajasidan deyarli 2 barobardan ko’proqdir. Viloyatda 2
jami ishsizlar soni 149,4 ming kishini tashkil etgan holda ularning 124,6 minggi, ya’ni 83,4 % i tumanlarga to’g’ri keladi 1 . Bu holat o’z navbatida viloyatning rivojlanishiga ma’lum darajada to’sqinlik keltirib chiqarishini inobatga olgan holda mehnat bozori infratuzilmasini takomillashtirish zarur ekanligini ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ- 4804-son “Kambag’al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehat faolligini oshirish va kasb-hunarga o’qitishga qaratilgan hamda aholini bandligini ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2 qarori asosida, boshqa viloyatlardagi kabi Samarqand viloyatida ham, 2021-yilning 5- mayida 1650 o’ringa mo’ljallangan “Ishga marhamat” monomarkazi ochildi. Bu ham o’z navbatida viloyat mehnat bozori infratuzilmasiga sezilarli ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Yuqorida sanab o’tilga ma’lumotlarga qo’shimcha ravishda shuni aytishimiz mumkinki norasmiy va yashirin ishsizlikning yuqoriligi, mehnat resurslaridan samarali foydalanmaslik, mehnat bozori infratuzilmasini yetarli darajada rivojlanmaganligi, aholi iqtisodiy faolligining pastligi ushbu sohada ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligini anglatadi. Magistrlik dissertatsiya obyekti hisoblangan Samarqand viloyatida ham mamlakatimiz mehnat bozorida yuzaga kelgan bir qator: iqtisodiy jihatdan yollanma ishchi va ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlarning yuqori darajada emasligi, yashirin ishsizlik muammolari, mehnat bozori infratuzilmasini yetarlicha mukammal shakllanmaganligi, buning natijasida mehnat bozori subyektlariga xizmat ko’rsatishning samarali emasligi kabi muammolarning mavjudligi izlanishni ushbu mavzuda tanlashga asos bo’ldi. 1 samstat.uz/uz/? preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=284&id=3062&Itemid=10000000 00000 2 https :// lex . uz / acts /-4945748 3
Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi. Tadqiqot obyekti etib Samarqand viloyati mehnat bozori infratuzilmasi belgilandi. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida mehnat bozori infratuzilmasining shakllanishi, uning amal qilish mexanizmi hamda kelajakda rivojlantirish yo’llari tadqiqotning predmeti hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Dissertatsiya tadqiqotining maqsadi ishchilar va ish beruvchilarning ehtiyojlarini to’liq qondirishni ta’minlaydigan va ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining barqaror va dinamik rivojlanishiga hissa qo’shadigan mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha nazariy qoidalarni ishlab chiqish va amaliy tavsiyalarni asoslashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun dissertatsiya tadqiqotida quyidagi vazifalar qo’yildi va hal qilindi: – mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini aniqlashtirish, funksiyalari va tarkibiy elementlarini tizimlashtirish; – aholini ish bilan bandligini ta’minlashga yordam beradigan tuzilmalar faoliyatining turli jihatlarini tavsiflovchi mavjud uslubiy yondashuvlar va ko’rsatkichlarni tahlil qilish; – hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish tendensiyalarini o’rganish; – hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash hamda qisqa muddatli istiqbolli mehnat bozori prognozini ishlab chiqish; – hududiy bozor mehnat infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash; – aholini ish bilan bandligiga ko’maklashuvchi tashkilotlar va agentliklar faoliyati samaradorligini tahlil etish va ularni rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish. 4
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari Samarqand viloyatida mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishga bag’ishlanadi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar tuman mehnat bozori infratuzilmasini yaxshilaydi hamda mehnat resurslaridan yanada samarali foydalanish va ishsizlik darajasini kamaytirishga olib keladi. Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Mehnat bozori va uning rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlari barcha iqtisodchi olimlarni qiziqtirib kelgan. Shu jumladan V.A. Pavlenkov 3 , I.M.Aliev 4 , V.A. Vaysburd 5 , I.A. Dubrovin 6 , E.G.Julina 7 , A.I, Rofe 8 , Yu.P. Kokin 9 , N.M.Lyasnikov 10 , Yu.G.Odegov 11 va boshqa qator xorijlik olimlar tomonidan mehnat bozori infratuzilmasi faoliyatining nazariy jihatlari ilmiy tadqiq etilgan. Shuningdek O’zbekiston Respublikasida hududiy mehnat bozori va uning infratuzilmasini tadqiq etish bo’yicha Q.X.Abdurahmon 12 , N.U.Arabov 13 , 3 Павленков В.А. Рынок труда. Занятость. Безработица. Учебник. – М.: МГУ, 2004 4 Алиев И.М. Экономика труда: учебник для бакалавров. – М.: Юрайт, 2012. – С. 66 5 Вайсбурд В.А. Экономика труда. Учеб.пос. – М.: Омега-Л, 2012 – С. 176 6 Дубровин И.А. Экономика труда: учебник. – М.: Дашков и К, 2012. – С. 147. 7 Жулина Е.Г. Экономика труда: учебное пособие. – М.:Эксмо, 2010. – С. 187 8 Рофе А.И. Экономика труда: учебник. – М.: КНОРУС, 2011. – С. 138. 9 Экономика труда: учебник. – 2-е изд. перераб. и доп./под ред. проф. Ю.П. Кокина, проф. П.Э. Шлендера. – М.: Магистр, 2010. – С. 103 10 Лясников Н.М. Экономика и социология труда: учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2012. – С.187. 11 Одегов Ю.Г, Руденко Г.Г. Экономика труда. Учебник. – М.: ООО “Волтерс Клувер”, 2011. – С. 501 12 Abdurahmonov Q.X., Mamarasulov F.U. Aholining ish bilan bandligini infrastrukturasi. – T.: TDIU, 2000. 13 Arabov N.U. “O’zbekiston Respublikasida mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirish”. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent -2018. 5