MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN'ANALARNING QAYTA TIKLANISHI.


MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONDA MILLIY URF- ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN'ANALARNING QAYTA TIKLANISHI. 1
Reja: Kirish.........................................................................................................3 I BOB. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda milliy urf-odatlar….. … 6 1. 1. Mustaqillik yillarida ma'naviy va ma'rifiy hayot… ………………….6 1.2 . Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarning qayta tiklanishi… … 10 1.3 . Madaniyat va san'at sohasining rivojlanishi. ……………………….15 II BOB. O`zbek xalqining o`ziga xos milliy qadriyatlari ………….21 2.1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismil al-Buxoriy islom dini ta`limoti………………………………………………………………..22 2.2. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muam- molar…………………………………………………………………...23 Xulosa………………………………………………………………….29 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………...30 2
KIRISH Ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi asrlar davomida o’ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir. Turmushga, zamonga qarab ularning ayrimlari unutiladi. Zamonga qarab, yangilari paydo bo’ladi, eng xalqchillari esa avloddan-avlodga o’tib keladi. Xalqimiz turmushida «To’y» nomi bilan yuritiladigan marosimlar juda ko’p. Bunday marosimlarning chiroyli o’tishida ayollarning hissasi katta bo’lgani bois xalqimizning eng qimmatli urf-odatlarini avloddan-avlodga yetkazishda ham ularning o’rni beqiyosdir. Farzand voyaga yetib borar ekan, ona unga atab bisot sandig’ini ochadi. Nikoh to’yi kelajak oilaning poydevoriga asos soladi, shuning uchun ham barcha tadbirlarga yoshu-qari, erkagu-ayol birdek ishtiyoq bilan kirishadilar. Garchi to’y tantanalari bir kunda, bir necha soatda o’tsa ham, ungacha tayyorgarlik ko’rish, to’ydan keyingi rasm-rusumlarini hisobga olganda bir necha kunga cho’ziladi. Nikoh to’yi marosimi o’zbeklarda qadimdari sovchilikdan boslangan va hozir ham bu rusumga rioya qilib kelinadi. Sovchilik va sovchi odobi. Xorijlik mehmon bilan suhbat. Mehmon: sizlarda uylanish yigit va qizning muhabbati asosida emas, qandaydir sovchilar vositasida amalga oshirilar ekan. Shu rostmi? Javob: rostlikka rost, lekin sovchilik muhabbatni inkor qilmaydi, aksincha muhabbatni maqsadga erishtiradi yoki yo’q muhabbatni borga aylantiradi, muhabbat yaratadi. Biz unga sovchilikning mohiyatini tushuntirib berdik. Ikki yosh bir-biriga sevgi izhor qilib, turmush qurmoqchi bo’ldi deylik. Shu yoshda ularda hali hayot tajribalari kam, hissiyot aqldan ustunlik qiladi. Ota-ona, umuman kattalar bilan maslahatlashadilar, qiz tarafining tag-taxtini, ota-onasini, uy joyini, 3
qizning xulq-atvorini sovchilar vositasida so’rab, surishtiradilar. Ayni vaqtda qiz taraf ham shunday ish tutadi va bir fikrga kelinadi yoki yigit o’ziga munosib qiz topa olmadi, lekin uylanishi kerak. I BOB. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda milliy urf-odatlar 1. 1.Mustaqillik yillarida ma'naviy va ma'rifiy hayot. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ma'naviyatni yuksaltirish , rivojlantirish borasida yangi imkoniyatlar yaratildi. Ma'naviyat haqida, insonning ma'naviy kamolotga yetaklovchi mezonlar haqida ko‘plab asarlar, manbalar, qadriyatlar, an'analar majmuasi yaratilgan bo‘lib, shular jumlasidan Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch” asari asosida qaraydigan bo‘lsak, “Ma'naviyat” tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi:“Ma'naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”. Ushbu ta'rifda insonning botiniy va zohiriy tabiati, asl mohiyatini belgilovchi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma'rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarning o‘zaro mushtarakligi asoslab berilgan. Shuningdek, milliy ma'naviy meros, qadriyatlar tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, uning tarkibi quyidagilardan iborat: - tarixiy meros va tarixiy xotira; - madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, qadimiy qo‘lyozmalar; - ilmu-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari; - san'at va milliy adabiyot asarlari; - axloqiy fazilatlar; - diniy qadriyatlar; - urf-odat, an'ana va marosimlar; - ma'rifat, ta'lim-tarbiya va hokazolar. 4