TARBIYA DARSLARIDA MILLIY QADRIYATLAR, URF-ODAT VA MAROSIMLARNI O`RGANISH, MILLIY QADRIYATLARNING SHAXS KAMOLOTIGA TASIRI
MAVZU: TARBIYA DARSLARIDA MILLIY QADRIYATLAR, URF-ODAT VA MAROSIMLARNI O`RGANISH, MILLIY QADRIYATLARNING SHAXS KAMOLOTIGA TASIRI . REJA: 1.Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o‘rganish. 2.Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga tasiri. Tayanch tushunchalar: Tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaviy ishlar, tarbiya fani, islohotlar, milliy tiklanish,vatanparvarlik. Bayramlar 3 xil; ijtimoiy bayramlar; xalqaro bayramlar; diniy bayramlar. 1 sent y abr — Must aqi ll i k k uni O’zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami — Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1 sentyabr kuni marosimli va rang-barang shaklda nishonlanadi. Milliy bayram do’stlik, xayriya va har tomonlama hurmatga tayangan o’zbek xalqining barcha orzularini namoyon etadigan bayramdir.O’zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millati, dini va irqidan qat’iy nazar O’zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar. 21 Mart — Navro’z Navro’z qadimiy milliy bayrami (forz tilidan tarjima qilindanda «yangi kun» ma’nosini anglatadi) 21 mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko’pgina O’zbek oilalar Sumalak, Xalim, Ko’k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo’lgan ko’p vitaminlarga boydir.Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana’nalari kuchga kirdi, jumladan Navro’z bayramini nishonlash o’ziga xos tusga ega bo’ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do’stlik va birlik ramziga ega bo’lgan umumxalq bayramdir. Bugungi kunda Navro’z bayrami Alisher Navoiy maydonida tantanali ravishda nishonlanadi. 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni O’zbekistonda ushbu bayram sevgi, mehribonlik va go’zallik bayrami sifatida nishonlanadi, shuningdek, «onalar kuni» sifatida ham taniqlidir. 8 mart O’zbekistonda dam olish kuni deb belgilangan. Ramazon Hayiti Ushbu bayram Ro’za hayiti sifatida tanilgan va musulmon (Xijriy) kalendarining 9-oyiga to’g’ri keladi. Bayram 30 kundan iborat bo’lib, ruhiy hamda ma’naviy tozalanish an’anasi hisoblanadi. Uning shartlari quyidagicha: kun chiqishdan to kun botganga qadar ovqat va suv iste’mol qilmaslik; yomon o’ylardan saqlanish; atrofdagilarga hurmatda bo’lish va ularga imkoniyat darajasida yaxshilik qilishdan iboratdir.Ushbu shartlarni bajargandan so’ng uch kundan iborat bo’lgan Ramazon Hayiti boshlanadi. «Ramazon Hayiti» birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.
Qurbon Hayiti Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bu bayramning negizi, o’z o’g’lini Olloh yo’lida qurbon qilishga tayyor bo’lgan Payg’ambar Ibrohim (a.s.) bilan bog’liq bo’lgan tarixiy voqeaga taqaladi, shunda uning harakati Olloh tomonidan to’xtatilib o’rniga hayvon (qo’y, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoshlar davrasida o’tkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan xabar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. «Qurbon Hayiti»ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi. Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy y е tuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh avlodni tarbiyalab voyaga y е tkazish vazifasini izchil davom ettirish mas’uliyati, eng avvalo, oila zimmasidadi. Ma’naviy-ruhiy sog‘lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil oila mehnatining samarasi sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr- muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish bugungi kunda har birimizning vazifamiz hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni judayam katta. Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga o‘tkazuvchi qudratli omildir. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz , har bir jamiyat, davlat o‘zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib taraqqiy etmagan. Ma’naviy qadriyatlar-bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo’lib, insonni o’rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o’zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa , adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi,
mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, – deb e’tirof etdilar. Xo‘sh qadriyatning o‘zi nima? Qadriyatlar deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyati insonlarning tarixiy tajriba an’analarini kelgusi avlodlarga to‘la-to‘kis y е tkazish, o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish orqali izohlaymiz. Shuning uchun milliy ma’naviy qadriyatlarni e’zozlab, ardoqlab, chin dildan bajarish va ularni o‘z holida saqlash, shu bilan birga, umuminsoniy qadriyatlarni oila muhitiga uyg‘unlashtirish dolzarb masaladir. Qadriyatlar mazmunan xilma-xil turlarga bo‘linib, hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biror narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlashga hojat ham yo‘q. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Farzandlarimiz ongida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish uchun: Vatanga, ota- onaga, o‘tgan avlodlariga hurmat, muhabbat tushunchalari va tasavvurlarini kengaytirish; burch, vijdon, insof, mas’uliyat haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish; do‘stlik, o‘rtoqlik, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish hal qilinishi kerak bo‘lgan dastlabki vazifadir. Estetik qadriyatlar farzandlarimizning estetik sezgi va idrokini tarbiyalash , tashqi va ichki go‘zalligini shakllantirishdir. Ularda estetik qadriyatlarni shakllantirish uchun: bola ongida ota-bobolarimizdan bizgacha y е tib kelgan amaliy, me’morchilik, musiqa va san’at asarlarini, shuningdek, turli xarakterdagi bayramlarni asrab-avaylash tuyg‘usini shakllantirish; go‘zallikka baho berish, haqiqiy go‘zallikni soxta go‘zallikdan ajrata olish; tabiatning nozik, nafis go‘zalliklarini ko‘rish, his etishni rivojlantirish talab etiladi. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra, milliy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqida tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir.
Insonda milliy ong Marufova Gulnora Maxmudovna, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 5 va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini anglashini tasavvur qilish qiyin. Shu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab y е tmoqdamiz, ya’ni faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi , mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan xalqimizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli davrda aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g‘urur talab etiladigan bir pallada yana ham yaqinroq va yana ham mehr oqibatliroq bo‘lishlari lozimligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq keladi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari – y е r yuzida ilm fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xomashyosi, energiya manbalari va oziq ovqat bilan ta’minlash, koinot va jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish, dunyo miqyosida ahamiyatga ega bo‘lgan nodir san’at asarlari, xalq amaliy san’ati, me’morchilik va musiqiy asarlarni saqlash va kelgusi avlodga y е tkazish kabi muammolar kiradi. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan badiiy, me’morchilik va ma’naviy asarlar har qanday dur-u javohirlardan ham qimmatliroq boylikdir. Ushbu boyliklar asrlar davomida unga xizmat qilyapti. Eramizdan oldin Afina demokratiyasi inqirozga uchraganida yunon faylasuflari qadriyat masalasini ko‘targan edi. Ular ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkur tarixida birinchi bor “inson – oliy qadriyat”, deb ko‘rsatdilar, olamdagi barcha jihatlarni “insoniylik mezoni” bilan o‘lchashni targ‘ib etdi. Buyuk mutafakkir Suqrot esa “qadriyat nima?”, degan savolga “har bir insonning o‘zligini anglashi”, deb javob berdi. Qadriyatlarning shakllanish makoni bo‘lgan oila va unga xos bo‘lgan qadriyatlar tizimi jamiyatning kelajagini belgilab beradi. Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab y е tishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o‘z farzandlarining baxt-u saodati, fazl-u kamolini ko‘rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi.
Oila hayotning abadiyligi , avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf odatlarimizni sayqallaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday shaxs bo‘lib y е tishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Mustaqil Respublikamiz Konstitutsiyasining XIV bobi o ilaga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zbek oilasi va munosabatlariga doir barcha masalalar to‘laligicha hamda asosli huquqiy himoyani o‘zida mujassam etgan. Konstitutsiyada o‘zbek oilasining shakllanishidan boshlab tomonlarning teng huquqliligi, nikoh tuzishdagi erkin roziliklari, ota-onalar tomonidan bolalarning ta’minoti va tarbiyasi, farzandlar tomonidan o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Shuni g‘urur va faxr bilan ta’kidlashimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi 66-moddasida: “Voyaga y е tgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, – deb ko‘rsatilishi aynan milliy qadriyatimizning qonunda aks etishidir. O‘zbek oilasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri oilada yoshi ulug‘ qariyalar – bobo va buvilarning yuksak mavqe va martabaga egaligi bo‘lib, ular hamisha izzat-ikrom qilinadi, barcha masalalarda ular bilan maslahatlashib, so‘ng ish boshlashga amal qilinadi. O‘zbek oilasiga xos mazkur xarakterli xususiyatlarni alohida e’tirof etib o‘tishdan maqsad shuki, “oila tarbiyasi”ning o‘ziga xos qirralari ana shundagina to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi. Bu tarbiya jarayonida milliy- madaniy merosning qanday o‘rin tutishi, salmog‘i, ahamiyati xususida asosliroq fikr yuritish imkoniyati paydo bo‘ladi. Jumladan, oilada erning mavqeyi balandligi, ayol ham o‘zining haq- huquqlariga egaligi, farzandlarning ota-onani hurmat qilishini olaylik. Ko‘p yillar davomida ota-bobolarimiz qalbiga singib ketgan ushbu qadriyatlarni bugun yanada sayqallash kerakligini zamon talab etmoqda. Ayniqsa, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi zamonda bema’ni ta’sirlar ko‘payib, ularning “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 6 inson va jamiyat hayotida salbiy oqibatlari misli ko‘rilmagan darajada kuchayib bormoqda. Ayni shu davrda oilaning jamiyatdagi o‘rni juda muhimdir. Vatan tuprog‘i oiladan boshlanadi. Farzandlarimizning axloqiy qiyofasiga salbiy ta’sir etadigan ba’zi noxushliklarni ota-onalar seza bilmog‘i lozim. Farzandlar oilaviy axborot vositalari, matbuot, ilmiy anjuman yangiliklari, badiiy adabiyotlar turlaridan foydalanishlari uchun oilada kerakli shart-sharoit yaratsak , oila dagi muhit yanada yaxshilanadi. Bizningcha, Yangi O‘zbekiston barpo etilayotgan hozirgi sharoitda milliy oilaviy qadriyatlarning o‘rni har qachongidan ham ortib bormoqda. Xulosa qilib aytganda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar jamiyat rivojiga va uning negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga