Milliy tarbiya konsepsiyasi.
Mavzu: Milliy tarbiya konsepsiyasi. Reja: 1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va mazmuni. 2. Konsepsiya tushunchasining mazmuni. 3. Milliy tarbiya konsepsiyasi. 4. Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni tubdan halos etish , rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yo’llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko’rsatib bergan. Ayniqsa, “Istiqlol va ma’naviyat”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida”, “ Barkamol avlod orzusi ” kabi asarlarida jamiyatning ma’naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishi, tarbiya masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon etilgan. Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach , tarbiyani izohlashda yangi sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o’rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan . ‘’Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat , yo saodat – yo falokat masalasidir’’ A.Avloniyning ushbu
so’zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy ,jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. -arbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga berilaigan hayotiy tajriba bo’lib yosh avlodning ijtimoiy hayotga moslashishi uchun muhum ahamiyat kasb etadi. Bunga misol qilib ‘’Agar katta avlod yo’qolib ketganida insoniyat yo’qolib ketmasdir balki lekin jamiyat rivojlanishi ancha sekinlashardi balki umuman yo’qolib ketishi ham mumkin’’ degan so’zlarni keltirishimiz mumkin. - Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. “Jamiyatda ijtimoiy-ma naviy muhit holatini aniqlash va manzilliʼ sog‘lomlashtirish metodikasi” hamda “Uzluksiz ma naviy tarbiya konsepsiyasi” ʼ asosida joylarda o‘tkazilgan so‘rovlar natijalaridan misollar keltirish mumkin. Jumladan, mazkur tashxis ishlarida aholi orasida Ota-onalarning farzandiga yaxshi tarbiya berishi uchun nima xalaqit berayapti deb o‘ylaysiz? deb berilgan savolga Navoiy (60%), Jizzax (57,4%), Sirdaryo (57%), Samarqand (53%), Buxoro (44%) viloyati hamda Toshkent shahrida (50%) “ota-onalar tarbiya metodlarini bilmaydi va tarbiyadagi oilaning mas uliyatini anglamasligi” deb javob berishgan, bu ʼ ko‘rsatkichlar ota- onalarning farzand tarbiyasiga e tibor borasida masalani jiddiy ʼ
o‘ylab ko‘rishlarini taqazo qiladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga e tibor davlat siyosati ʼ darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23- avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq ta limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning ʼ malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma naviyatini yuksaltirish ʼ masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta lim va tarbiyaning ʼ ahamiyati haqida so‘z bordi. Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, “Maktab - bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Bu masalani davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi”, - deya alohida ta kidladi. ʼ Darhaqiqat, uzoq yillar davomida tarbiya bolalar ta limdan bo‘sh vaqtida ʼ amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, uzuq- yuluq jarayon bo‘lib kelganligi sir emas. Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar asoratlari kundalik hayotda, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, jamoatchilikning haqli e tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Istiqlol sharofati bilan oilaviy munosabatlarda yuz bergan muayyan o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Bu o‘zgarishlarning zamini jamiyat va oilaning iqtisodiy asosi tubdan o‘zgarganligi, ijtimoiy mulk o‘rnini xususiy mulk egallay boshlaganligi bilan bog‘liq. Bu o‘rinda mulkka egalik hissiyotining tiklanganligini ta'kidlab o‘tish kerak. Oila a'zolari va farzandlari oila mulkini ko‘paytirishdan, oilaning boy va farovon bo‘lishidan manfaatdor bo‘lib qoldi. Ilgari mulk ijtimoiy bo‘lgan davrlarda farzandlar ko‘proq ota- onaga qaram edilar.Ularning fuqarolik yetukligi ham cho‘zilib,
uzoq davom etardi. Hozirgi yoshlar, ayniqsa, shahar joylarida biznes bilan shug‘ullanishdan, o‘z iqtisodiy bilimini oshirishdan manfaatdor bo‘lsalar, qishloq yoshlari mulkning turli shakllarmi tasarruf qilish, fermerlik, ishbilarmonlik yo‘llarini izlamoqda. Bu holat oilaning iqtisodiy quvvatini mustahkamlashga imkon berayotir. Oilada qizlarning tarbiyasiga alohida e'tibor berish imkoniyati vujudga kelayotir. Pensiya, nafaqa, ijtimoiy yordam, tibbiy sharoitning yaxshilanishi, onalar haqidagi g‘amxo‘rlik, ulaming bo‘sh vaqtining ko‘payishi, iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi farzandlar tarbiyasiga ko‘proq e'tibor berishga imkoniyat yaratmoqda.O‘zbekiston Konstitutsiyasida ota- onaning farzandlar oldidagi burchi aniq qilib yozilgan. Ota- onalar o‘z farzandlarini ular voyaga yetgunga qadar boqishlari va tarbiyalashlari kerak(64-modda). Balog‘atga yetgan va mehnat qobiliyatini yo‘qotmagan bolalar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar (66- modda). Sharqona tarbiya talablaridan biri — ota-ona farzandiga chiroyli ism qo‘yishi, unga biror kasb-kor o‘rgatishi, voyaga yetkazib tarbiyalashi, balog‘atga yetgach, munosib juftini topib uylashi, boshini ikkita qilishidan iborat. Farzandlarning burchi ota-ona qarigach, ularning holidan xabar olish, ularga ham moddiy, ham ma'naviy yordam qilishdan iborat. Ota bilan onaning tarbiya bobida gapining bir joydari chiqishi muhim ahamiyatga ega. Oiladagi sog‘lom muhit, mehr- oqibat, o‘zaro hurmat, ota-onaning hayot tajribasi, bilimi, iymon-e'tiqodi, ma'naviyati bola tarbiyasida zaruriy omil hisoblanadi.Hozir O‘zbekistonda 23 milliondan ortiq aholi yashasa, shundan 10 million 800 ming nafari erkaklar, o‘n ikki milliondan ortig‘i ayollar.