O’SIMLIK KASALLIKLARIGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH USULI
MAVZU: O’SIMLIK KASALLIKLARIGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH USULI MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………….3 I. BOB. O’simliklar kasalliklari haqida ………………………………………...6 1.1. O’simliklarning kasalliklari haqida umumiy ma’lumotlar……………….6 1.2. Noinfeksion va infeksion kasalliklar……………………………………….10 II.BOB. O’simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaruvchilar…………………14 2.1. Viruslar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar……………………………….14 2.2. Bakteriyalar va zamburug’lar……………………………………………..17 2.3. Parazit va yarim parazit o’simliklar…………………………………….…23 III. BOB. Kasalliklarga qarshi kurash usullari………………………………..25 3.1. Karantin usuli, agrotexnik usuli, kimyoviy usul, biologik usuli…………25 3.2. Uyg’unlashgan himoya qilish usuli……………………………………...…27 XULOSA…………………………………………………………………………29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..31 1
KIRISH O’zbekiston qishloq xo’jaligi oldida paxtachilikni va boshqa texnik ekinlar yetishtirishni rivojlantirish , aholini o’zimizda yetishtirilgan don , sabzavot , kartoshka , meva , uzum , sitrus va poliz ekinlari mahsulotlari bilan to’la ta’minlash vazifasi qo’yilgan bo’lib , bu sohada mustaqillik yillari davomida muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi . Shu bilan birga qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish va hosildorlikni keskin oshirish uchun imkoniyatlar mavjud . Buni amalga oshirish uchun o’simlikshunoslikning zamonaviy intensiv texnologiyalarini qo’llash , jumladan ekinlarni o’suv davrida va yig’ilgan hosilni omborxonalarda saqlash paytida zararli hasharotlar va kasalliklardan ishonchli himoya qilish lozim . Ekinlarni kasalliklardan himoya qilish uchun birinchi navbatda kasallik qo’zg’atuvchi organizmlarni to’g’ri aniqlash , ularning biologiyasi va ekologik faktorlarga talablari , rivojlanishi , tarqalishi , bir mavsumdan ikkinchisigacha qanday saqlanishi haqidagi va boshqa ma’lumotlarga ega bo’lish va shular asosida ekinni himoya qilishning samarali usullarini bilish va ularni to’g’ri muddatlarda qo’llash lozim bo’ladi . Buning uchun fitopatologiya asoslarini , jumladan yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni chuqur o’zlashtirgan , ekinlarda uchraydigan kasallik qo’zg’atuvchilarini to’g’ri aniqlay oladigan , samarali kurash choralarini aniq biladigan va ularni o’z vaqtida qo’llashni tashkil qila oladigan malakali mutaxassislar tayyorlash ta’lim tizimining negizi hisoblanadi . Fitopatologiya - o’simlik kasalliklari haqidagi fan bo’lib, uning asosiy vazifasi - qishloq xo’jaligiga fitopatogen organizmlar keltiradigan zararni kamaytirishdan iboratdir. Fitopatologiya kasallangan o’simlikni, kasallik paydo bo’lishining sabablarini va atrof-muhit sharoitlarining kasallik rivojlanishiga ta’sirini o’rganadi. Fitopatologiya umumiy fitopatologiya va qishloq xo’jalik fitopatologiyasiga bo’linadi. Umumiy fitopatologiya kasalliklar paydo bo’lishining sabablarini, kasalliklar rivojlanishining xususiyatlarini, qo’zg’atuvchilarni va himoya metodlarini o’rganadi. 2
Qishloq xujalik fitopatologiyasi muayyan ekinlarning kasalliklarini, qo’zg’atuvchilarning tur tarkibini, har xil mintaqalarda o’sadigan o’simliklardagi kasallik belgilarini va himoya usullarini o’rganadi. Fitopatologiya fanining rivojlanishi yangi maxsus fanlar, jumladan, kasallik sabablarini o’rganuvchi etiologiya, o’simliklarning kasalliklarga chidamliligini o’rganuvchi fitoimmunologiya, kasalliklar paydo bo’lishining qonuniyatlarini va ular yalpi tarqalishining sabablarini o’rganuvchi epifitotiologiya va o’simliklarni kasalliklardan himoya qilish fanlari paydo bo’lishiga olib keldi. Keyinchalik o’simliklar immuniteti, kasalliklar paydo bo’lishi va tarqalishini bashorat qilish, o’simliklarni himoya qilishning biologik usuli va o’simliklar karantini kabi yangi va mustaqil fanlar ajralib chiqdi. Barcha maxsus fanlar kabi fitopatologiya ham bir qator chegaradosh fanlar, jumladan mikologiya, mikrobiologiya, virusologiya, botanika fanlarining bilimlar sistemasiga tayanadi va mikologiya fitopatologiyaning asoschisi hisoblanadi. Fitopatologiya sohasi bo’lmish epifitotiologiya fanining asosini, iqlim faktorlarining qo’zg’atuvchilarga ta’sirini hisobga olgan holda, kasalliklar paydo bo’lishining qonuniyatlarini o’rganish tashkil etadi. Ob-havo bashorati ma’lumotlarini kasallik kechishini iqlimga bog’liq holda tadqiq etib olingan ma’lumotlar bilan solishtirish kasallik paydo bo’lishining vaqti va rivojlanishining xarakterini oldindan bashorat qilishga imkon yaratadi. Shunday qilib epifitotiologiya, yoki kasalliklar bashorati haqidagi fan, meteorologiya bilan yaqindan bog’liq. Keyingi yillarda kasalliklar paydo bo’lishini bashorat qilish uchun qo’zg’atuvchilar rivojlanishiga ta’sir etuvchi ob-havo sharoitlarini hisobga oluvchi matematik modellardan foydalanishmoqda. Fitopatologiya o’simlikshunoslik, dehqonchilik va agrokimyo fanlari bilan uzviy bog’langan. Kasalliklar rivojlanishining xarakteri ko’p tomondan qishloq xo’jalik ekinlarini o’stirish texnologiyalariga bog’liq: kasallik qo’zg’atuvchilari dalada to’planishi jarayonida almashlab ekish muhim rol o’ynaydi; o’g’it turi va miqdori o’simliklar zararlanishi darajalariga ta’sir etadi va h. Keyingi davrda kasalliklarga chidamli navlar yaratishning ahamiyati tobora ortmoqda. 3
Anchagina fitopatologik tadqiqotlar entomologik ma’lumotlarga tayanadi. Buning sabablari, birinchidan, ayrim hasharotlar virus kasalliklari qo’zg’atuvchilarining tashuvchilari ekanligi, ikkinchidan, o’simliklar zararli hasharotlar bilan shikastlanishi qo’zg’atuvchilar o’simlik to’qimalariga kirishiga imkon yaratishi va kasalliklar rivojlanishiga ta’sir etishidir. O’simliklarni himoya qilish chora-tadbirlarining samaradorligini baholashda fitopatologiya ko’p iqtisodiy va matematik tadqiq qilish metodlarini qo’llaydi. 4
I. BOB. O’SIMLIKLAR KASALLIKLARI HAQIDA 1.1. O’simliklarning kasalliklari haqida umumiy ma’lumotlar O’simlik kasalligi - kasallik qo’zg’atuvchi organizm , o’simlik va atrof - muhit faktorlari oralaridagi munosabatlarga asoslangan patologik jarayondir . Rossiyaning 24507-81 raqamli GOST iga ko’ra kasallik - fitopatogen yoki atrof - muhitning noqulay sharoitlari ta’sirida o’simlikning hujayralari , a’zolari yoki barcha qismlarida normal modda almashinuvi jarayoni buzilishidir . Kasallik tufayli o’simlikning nafas olishi , fotosintezi , transpirasiyasi , assimilyatlari barglardan ildizlarga oqib o’tishi , fermentlari va hujayra membranasining faoliyati , hujayraga lozim bo’lgan moddalar sintezi va boshqa funksiyalari ham buziladi . Patologik jarayon . O’simliklardagi patologik jarayon bir - biri bilan yaqin aloqadagi va rivojlanishi bir - biri bilan yaqindan bog’liq bo’lgan morfologik va fiziologik - biokimyoviy o’zgarishlar shaklida namoyon bo’lishi mumkin . Masalan , normal o’stirish birikmalari sintezi buzilsa ( fiziologik - biokimyoviy o’zgarishlar yuz bersa ), o’sish xususiyatlari o’zgaradi , misol uchun , o’simlik pakana bo’lib qoladi ( morfologik o’zgarish ). Patomorfologik o’zgarishlar o’simlik o’sishi , butun o’simlik yoki uning ayrim organlarining shakli buzilishi bilan ifodalanadi . O’simliklar o’sishi buzilishi ko’pincha ularning zaiflashishi bilan ifodalanadi . Misol uchun , bug’doy qattiq qorakuya ( TSheIa sape $ ) bilan zararlanganida poya uzunligi va boshoqchalar soni kamayadi , natijada o’simliklarning hosildorligi pasayadi . Virus kasalliklari ko’pincha o’simlik bo’yini kuchli darajada pasaytiradi , ular hatto karlik ( pakana ) bo’lib qolishi mumkin . Bunda butun o’simlikning yoki uning ayrim organlarining shakli buzilishi deformasiya deb ataladi . Masalan , zang kasalligi bilan zararlangan ixroj ( sutlama ) o’simligining barcha qismlari deformasiyasiga uchraydi . Fitoplazma qo’zg’atadigan pomidorning stolbur kasalligi gullarning shakli buzilishiga olib keladi : gulkosabarglar hajmi kattalashadi , ular ko’pincha uzunasiga bir - biri bilan tutashib , qo’shilib , o’sib 5