logo

TAMAKI TRIPISINI (THRIPS TABACI LIND) G‘O‘ZADAGI ZARARI VA UNGA QARSHI ZAMONAVIY KURASH VOSITALARINI QO‘LLASH

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1037 KB
1
TAMAKI TRIPISINI ( THRIPS TABACI  LIND) G‘O‘ZADAGI ZARARI VA
UNGA QARSHI ZAMONAVIY KURASH VOSITALARINI QO‘LLASH
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………… 3
I   –   bob. G‘O‘ZANI   SO‘RUVCHI   ZARARKUNANDALARI,
TARQALISHI,   ZARARI   VA   KURASH   CHORALARI
( ADABIYOTLAR TAHLILI )........................................................... 8
II – bob. TAMAKI   TRIPSINING   BIOEKOLOGIYASI,   HAYOT
KECHIRISHI, TARQALISHI........................................................... 17
2.1. Tamaki tripsi bioekologiyasi va hayot kechirishi ................................. 17
2.2. Tamaki   tripsini   tarqalishi,   rivojlanishi   va   g‘o‘zaga   yetkazadigan
zarari...................................................................................................... 19
III   –   bob. G‘O‘ZADAGI   TAMAKI   TRIPSIGA   QARSHI
UYG‘UNLASHGAN   KURASH CHORAL A RI TAHLILI............. 26
3.1. Tamaki tripsiga qarshi agrotexnik kurash choralari.............................. 26
3.2. Tamaki tripsiga qarshi biologik kurash usuli........................................ 29
3.3. Tamaki tripsiga qarshi kimyoviy kurash usuli...................................... 37
3.4. Tamaki tripsiga qarshi o‘tkaziladigan boshqa kurash usuli.................. 44
I V  – bob. TAMAKI   TRIPSIGA   QARSHI   O‘TKAZILGAN   KURASH
CHORALRINING   BIOLOGIK   VA   IQTISODIY
SAMARADORLIGI TAHLILI......................................................... 47
4.1. G‘o‘zadagi   tamaki   tripsiga   qarshi   kurash   choralarining   biologik
samaradorligi tahlili.............................................................................. 47
4.2. G‘o‘zadagi   tamaki   tripsiga   qarshi   kurash   choralarining   iqtisodiy
samaradorligi tahlili.............................................................................. 51
XULOSA LAR……………………………………………………….. 54
O‘RGANILGAN   VA   FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR
RO‘YXATI ........................................................................................... 56
ILOVALAR ......................................................................................... 60 2
KIRISH
Mavzusining   dolzarbligi:   G‘o‘za   qishloq   xo‘jaligi   ekinlari   orasida   dunyoda
yetakchi o‘rinda turadi. Uning mahsuloti paxta oq, yumshoq tola bo‘lib, deyarli to‘liq
sellyulozadan   (taxminan   87-90%)   iborat.   Jahonda   g‘o‘za   80   dan   ortiq   mamlakatda
yiliga   o‘rtacha   26-27   million   tonna   paxta   hosili   olinadi   va   uning   60   foizdan   ortig‘i
uch davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. 
G‘o‘za   dehqonchilikdagi   qadimgi   ekinlardan   biri.   Uning   vatani   Hindiston
hisoblanadi.   G‘o‘za   paxtasidan   olinadigan   toladan   foydalanish   qadim   zamonlar   —
paleolit   davridan   boshlangan.   Hind   vodiysida   miloddan   3   ming   yil   ilgari   paxta
yetishtirilib,   undan   yigirilgan   ip   tayyorlangan.   Shuningdek,   Xitoy,   Eron,   Peru   va
Meksikada   g‘o‘za   miloddan   bir   necha   asr   ilgari   ma’lum   bo‘lgan.   Arxeologik
ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyoda miloddan avval 6-5-asrdan boshlab ekilgan. 10-
asrdan   Ispaniyaga   va   undan   boshqa   Yevropa   mamlakatlariga   tarqalgan.   Ekin
maydonining   kattaligi   jihatidan   birinchi   o‘rinda   G. H irzutum   turadi.   Uning   tabiiy
holda tarqalgan joyi Markaziy Amerikadagi Meksika davlati bo‘lgani uchun Meksika
g‘o‘zasi  deb ataladi.   Bizda bu turning tabiatiga birmuncha  o‘zgarishlar  kiritilgan va
o‘rta tolali g‘o‘za deyiladi.  
Paxta   tolasidan   xilma-xil   gazlamalar,   ip,   arqon,   transportyor   lentalari,   rezina
shilanka va balonlar  uchun maxsus to‘qimalar va boshqalar  tayyorlanadi. Jumladan,
bir tonna paxtadan 340-350 kg tola, 50-60 kg momiq va 600 kg chigit olinadi.
Bir   tonna   chigitdan   esa   170   kg   moy,   400   kg   kunjara ,   30   kg   sheluxa   olinadi.
Bundan   tashqari   undan   margarin,   kirsovun   va   atir   sovunlar   tayyorlashda
foydalaniladi. Respublikamizda g‘o‘za ekinini ichki imkoniyati juda kattadir. Agar bu
ekinni   biologik   talablarini   mumkin   qadar   to‘laroq   qondiriladigan   ilmiy   asoslangan
dehqonchilik   sistemasi   joriy   qilinsa,   olinadigan   paxta   hosildorligi   gektaridan   40-45
s/ga yetkazish mumkin.
Bugungi   kunda   davlatimizni   paxtachilikga   oqilona   ixtisoslashuvini   saqlab
qolish iqtisodiyotimizni asosini tashkil etadi. G‘o‘za ekinini ichki imkoniyatlari juda 3
kattadir.   Agar   bu   ekinni   biologik   talablarini   ilmiy   asoslangan   dehqonchilik
sistemasida amalga oshirilsa olinadigan paxta hosildorligi gektaridan 50-60 sentnerga
yetishi mumkin. 
Mamlakatimizda   paxtachilik   bilan   shug‘ullana   boshlaganligiga   ikki   ming
yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan. Respublikamiz olimlari oldiga, yuqori hosilli, tezpishar
tola   sifati   yuqori   bo‘lgan,   zararkunanda   va   kasalliklarga   chidamli   navlarni   yetkazib
berish   ma’suliyati   yuklanadi.   Qishloq   xo‘jalik   ekinlarini   zararkunandalariga   qarshi
hozirgi   kunda   yaratilgan   o‘simliklarni   biologik   ximoya   qilish   texnologiyasi   mavjud
bo‘lib,   bu   usul   keng   qo‘llanilmoqda.   Biologik   h imoya   usuli,   zararli   organizmlarga
qarshi ularni tabiiy kushandalarini qo‘llashdan iboratdir.
Biroq   g‘o‘za   zararkunandalar   va   kasalliklar   bilan   qattiq   shikas t lanadigan
o‘simliklar   qatoriga   kiradi.   Uni   bir   qator   zararkunandalar   zararlaydi.   Ularga   o‘z
vaqtida   qarshi   kurashilmasa,   xosilni   anchagina   qismini   yedirib   qo‘yish   mumkin.
Alimuxammedov   S.N.   va   boshqalar   (1989)   ta’kidlashicha   O‘zbekiston   sharoitida
g‘o‘za   ekiladigan   maydonlarda,   g‘o‘za   o‘sish   rivojlanish   davrida   214   turdan   oshiq
zararli hashoratlar rivojlanadi va zarar keltiradi. Yeremenko T.S. va boshqalar (1982)
kuzatishlari   shuni   ta’kidlaydiki   Jizzax   va   Sirdaryo   viloyatlari   sharoitida   g‘o‘za
agrobiosenozida   237   turdan   oshiq   hashoratlar   hayot   kechiradi.   Shundan   30,4   %
zararkunandalar,  53,1 %   foydali   h ashoratlar, 8,9  %  o‘simliklarni   changituvchilar  va
qolgan 7,6 % kanalar  h isoblanadi.
Ammo   shu   zararkunandalardan   10   turdan   oshiqrog‘i   asosiy   va   mavsumiy
zararkunandalar  h isoblanadi.
Ko‘pchilik   olimlarni   fikricha   asosiy   zararkunandalar   hisobiga   yil   davomida
g‘o‘za hosildorligi 55-60 % gacha yo‘qotiladi. O‘simlikni himoya talablarini unumli
va   samarali   amalga   oshirish   g‘o‘za   hosilini   saqlashda   asosiy   omillardan   biri
hisoblanadi.
Endilikda g‘o‘zani umumiy himoya qilish tadbirlari xam tubdan o‘zgarmoqda.
Bunda   diqqat-e‘tibor   ko‘proq   biologik   kurashga   va   tabiatdagi   foydali   h ashoratlarni
saqlab qolishga va shular orqali zararkunandalarni yo‘qotishga qaratilmoqda. 4
Hozirgi vaqtda za h arli kimyoviy vositalarni keng ko‘lamda ishlatishning zararli
oqibatlari   ma’lum   bo‘lmoqda.   Chunki   zararli   kimyoviy   vositalarni   surunkasiga
ishlatilishi   natijasida   atrof   mu h it,   suv,   h avo   h ayvonot   olami   za h arlanib   insonlar
salomatligiga   katta   putur   yetkazmoqda.   Shuning   uchun   keyingi   yillarda   g‘o‘za
zararkunandalariga   qarshi   kurashda   uyg‘unlashgan   kurash   usulidan   foydalanishga
katta   e‘tibor   berilmoqda.   Bu   h imoya   usulida   ko‘proq   biologik   kurashga   e‘tibor
berish,   tabiatdagi   foydali   h ash a r o tlarni   rivojlanishiga   sharoit   yaratib   berish   h amda
zararkunandani sonini  h isobga olgan  h olda unga qarshi kurashish lozimdir.
Ko‘pchilik   olimlarni   ta’kidlashicha   zararkunandalarga   qo‘llaniladigan   h ar
qanday   kurash   vositasini   qo‘llaganda,   ularni   to‘liq   yo‘qotishni   ko‘zda   tutmasdan,
balkim   ularni   sonini   bir   oz   kamaytirishga   erishishni   afzal   ko‘rish   yaxshiroqdir.
Chunki bir zararkunandani umuman yo‘qotishga  h arakat qilinsa, uning entomofaglari
h am yo‘qolib ketadi. Umuman tabiatdagi muvozanat b u zilib ketishi mumkin.
Shu   narsani   alo h ida   qayd   etish   kerakki ,   ona-tabiatning   o‘zi   h am   ev o lyu t sion
taraqqiyot   davomida   boshqa   mavjudotlar   singari   h ash a r o tlar   h am   alo h ida   ma’lum
muvozanat   saqlaydi.   H ash a r o tlar   olamining   h am   o‘z   kushandalari   bo‘ladi.   Ular
zararli   turlarni   ko‘payishini   chegaralab   turadi.   H ozirgi   vaqtda   faqat   g‘o‘za
dalalarining   o‘zida   g‘o‘za   bilan   biror-bir   ji h ati   bo‘yicha   aloqador   bo‘lgan   300   ga
yaqin turdagi  h ash a r o tlar borligi aniqlangan.
Ilmiy   izlanishning   maqsadi:   tamaki   tripsini   g‘o‘zaga   yetkazadigan   zararini
o‘rganish,   zararkunandani   tarqalishini,   bioekologik   xususiyatlarini   o‘rganish,   hosil
sifatini buzishdagi ahamiyatini o‘rganishdan iborat bo‘lib hisoblanadi. 
Ilmiy   izlanishning   vazifalari:   tamaki   tripsini   fenologik   rivojlanish   davrini
o‘rgangan   holda   ularni   ko‘payishini   hamda   o‘simliklarga   zarar   keltirish   davrlarini
oldindan   aniqlagan   holda   ularga   qarshi   uyg‘unlashgan   kurash   choralarini   qo‘llashni
o‘rganishdan va ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
Mavzuning   o‘rganish   darajasining   qiyosiy   tahlili:   G‘o‘zaga   bir   necha
turdagi tripslar zarar keltiradi.  Ularni i chi da eng asosiylari  tamaki tripsi , g‘o‘z a tripsi ,
shiraburin  tripsidir . Keyingi   yillarda  bu  zararkunandalarni   rivojlanish  dinamikasi  va 5
zarari keskin o‘zgardi. Umuman  h ar bir   trips  alo h ida olganda o‘zining zarar keltirish
vaqtiga egadir. Shu sababli ularga qarshi o‘z vaqtida kurashish talab etiladi. 
Adiba Bey – Biyonka (1971) ma ’ lumotiga ko‘ra sobiq ittifoq bo‘yicha, g‘o‘za
ekiladigan tumanlarda, g‘o‘zada 220 turdan ortiq umurtqasiz  h ayvonlar shu jumladan
156   tur   h ash a r o tlar   zarar   keltiradi.   Bizni   mustaqil   jum h uriyatimizda   esa   g‘o‘za
ekiladigan maydonlarda g‘o‘za o‘sish va rivojlanish davrida 2 1 4 turdan ortiq zararli
h tlar   rivojlanadi   va   zarar   keltiradi.   (Alimuxammedov   va   boshq.   1989).   Ko‘pchilik
olimlarni   fikricha   g‘o‘za,   asosiy   zararkunandalar   hisobiga   yil   davomida   55-60   %
hosilni   yo‘qotadi.   Paxtakor   xo‘jaliklarda   yildan   –   yilga   texnika   mineral   o‘g‘itlar   va
o‘simliklarni   himoya   qiluvchi   vositalar   bilan   ta’minlash   yaxshilanmoqda.  
O‘simliklarni   himoya   qilish   tadbirlarini   unumli   va   samarali   amalga   oshirish
g‘o‘za   hosilini   zararkunanda   va   kasalliklardan   saqlashni   asosiy   omillaridan   biri
hisoblanadi.
Endilikda   g‘o‘zani   zararkunanda   va   kasalliklardan   umumiy   himoya   qilish
sistemasi   ham   tubdan   o‘zgarmoqda.   Bunda   diqqat   –   e’tibor,   tabiatdagi   foydali
hasharotlarga   qaratilmoqda.   Ularni   ko‘plab   biofabrikalarda   ko‘paytirilmoqda,   ko‘p
yillar   davomida   surunkasiga   zararkunandalarga   qarshi   qo‘llanilgan   kimyoviy
vositalar   tabiatdagi   turlar   o‘rtasidagi   muvozanatlarni   buzilishiga   sabab   bo‘lmoqda,
tabiatni ifloslanishiga olib kelmoqda.
Hozirgi   paytda   zararkunandalarga   qarshi   kurashda   uyg‘unlashgan   himoya
usuliga   katta   e’tibor   berilmoqda   va   ayrim   xo‘jaliklarda   keng   qo‘llanilmoqda.   Bu
kurash usuli juda keng ma’noga ega bo‘lib barcha kurash vositalarini kerakli vaqtida
navbatlab   zararkunandalarni   zararlilik   iqtisodiy   chegarasini   hisobga   olgan   holda
ishlatish,   tabiatdagi   foydali   hasharotlarni   sonini   hisobga   olgan   holda   kurash
choralarini qo‘llash kabi omillarga e’tibor berishga to‘g‘ri keladi.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi:   Uyg‘unlashgan   himoya   uslubida
zararkunandalarni   sonini   kamaytirish   bilan   birga   tabiatdagi   foydali   hasharotlarni
ko‘payishiga   o‘simlikni   sog‘lom   rivojlanishiga   sharoit   yaratib   beriladi.   Ko‘pchilik
olimlarni   fikricha   zararkunandalarga   qo‘llaniladigan   har   qanday   kurash   vositalarini
qo‘llaganda,   ularni   to‘liq   yo‘qotishni   o‘ylamasdan,   balkim,   ularni   sonini 6
kamaytirishga   erishmoq  lozimdir. Chunki   zararkunandalarni   yo‘qotsak,   uning tab i iy
kushandalari   h am   yo‘qolib   ketadi.   Natijada   tabiatdagi   tabiy   biosenoz   buziladi.   Shu
narsani   alohida qayd  etish  kerakki, ona  – tabiatning  o‘zi  ham   evalyusion  taraqqiyot
davomida   boshqa   mavjudotlar   singari   hasharotlar   olamida   ham   ma’lum   muvozanat
saqlaydi. 
Tadqiqotning   predmeti   va   ob’ekti:   ilmiy   izlanishlarining   asosiy   predmeti
bo‘lib g‘o‘za o‘simligi hisoblansa, obekti bo‘lib tamaki tripsi, uni g‘o‘zadagi  zarari,
tarqalishi va ularga qarshi o‘tkazilgan kurash choralari hisoblanadi. 
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati:  Yuqorida   aytib   o‘tkanimizdek   hozirgi
paytda faqat g‘o‘za dalalarini o‘zida 300 turga yaqin hashoratlar borligi aniqlangan.
Jumanov B.J.  (1989) fikricha shulardan 8-10 % gina hosilga zarar yetkazadi, qolgan
70-80   %   zararkunandalarga   qirg‘in   keltirib   faqat   ular   hisobiga   yashovchilar
hisoblanadi.   Keyingi yillarda   respublika mizda insonlarning qishloq xo‘jalik faoliyati
ancha   faollashdi.   Qishloq   xo‘jaligida   foydalanayotgan   kimyoviy   vositalar   tirik
mavjudotga   salbiy   ta’sir   qilmoqda.   Tuproqqa   solinayotgan   o‘g‘itlar   miqdori   jadal
oshib   bormoqda.   Noorganik   o‘g‘itlar,   zaxarli   ximikatlarning   keng   qo‘llanishi
tuproqda   va   keyinchalik   o‘simliklar   va   hayvonlardan   olinadigan   mahsulotlarda
qo‘rg‘oshin,   simob,   ftor   va   tabiiy   radionukleidlar   miqdorini   oshib   borishiga   olib
kelmoqda.   Sug‘oriladigan   yer   maydonlarining   cheksiz   ko‘paytirish   siyosati,
paxtachilikda   yangidan   –   yangi   rekordlarga   intilish   respublikamizda   ekologik
sharoitni juda murakkablashuviga olib keladi.  Respublika xo‘jaliklari har yili 1,3-1,4
million   tonna   mineral   o‘g‘itlar   va   80-85   ming   tonna   har   xil   pestitsidlarni   ishlatadi.
O‘rtacha har bir gektar sug‘oriladigan maydonga 300-350 kg mineral o‘g‘itlar va 20-
25   kg   pestisidlar   to‘g‘ri   keladi.   Tabiatdagi   muvozanatni   saqlash   uchun   bor
zararkunandalarni   zararlik   darajasini   bilgan   holda   ularga   kerakli   vaqtda   kurashish
maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Yuqoridagilarni   hisobga   olib   biz   malakaviy   bitiruv
ishimizda   tamaki   tripsi ni   rivojlanish   va   zararini   xabar   berish   yo‘li   bilan   o‘rgangan
holda   ularga   qarshi   tabiatdagi   muvozanatni   buzilishni   oldini   olishni   iloji   boricha
ekologik toza kurash choralari tahlilini o‘rganishdan iborat.  7
I   –   bob.  G‘O‘ZANI SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARI, TARQALISHI,
ZARARI VA KURASH CHORALARI ( ADABIYOTLAR TAHLILI ).
Mustaqil O‘zbekistonimizda g‘o‘za o‘simligida 300 dan ortiq zararkunandalar
mavjud. Tripslar (tamaki) 40 dan orti q   h ar xil o‘simliklarda zarar  keltiradi.
X.X.Kimsanboyev   va   boshqalar   (2002)   ta’kidlashicha   tamaki   tripsi   hoshiya
qanotlilar   turkumiga   mansub   bo‘lib,   g‘o‘za   barglarini   shirasini   so‘rib,   sifatini
pasaytiradi.Tripsdan   zararlangan   barglar   vazni   kamayib,   saralanganda   darrov   sinib
ketadi. 
Sh.S.Muxammadaliyev   va   boshqalar   (2002)   fikricha   bu   mayda   so‘ruvchi
zararkunanda, asosan tamaki barglariga katta zarar keltiradi. Bundan tashqari g‘o‘za,
piyoz, karam, kartoshka va bodringda  h am zarar keltiradi. 
B.A.Sulaymonov (2002) bashoratiga ko‘ra tamaki tripsi mart oyida qish l ashdan
chiqadi va begona o‘tlarga hamda bedapoyalarga tushadi. Tripsni yetuk yoshdagilari
qishlab chiqadi. G‘o‘za ni h ollari una boshlashi bilan ularga uchib o‘tadi va barglarni,
o‘suv   nuqtalarini   zararlaydi.   Ular   yosh   barglarni   s o ‘rib   yirtilib   ketishiga   sabab
bo‘ladi.   Tripslar   hoshiya   qanotlilar   yoki   tripslar   turkumiga,   tuxumqo‘ygichlar   kenja
turiga, tripslar oilasiga mansub bo‘lib, g‘o‘zada 3-turi zarar keltiradi.1)tamaki tripsi,
2)g‘o‘za tripsi, 3)shiraburin tripsi. Bularni ichida tamaki tripsi keng tarqalgan bo‘lib,
g‘o‘zani   kuchli   zararlaydi.(Yaxontov   1937)   N.I.Xodosavich   (1975)   ma’lumotiga
ko‘ra,   trips   zararidan   o‘rta   hisobda   har   gektar   maydondan   4,6   sentner   paxta   hosili
kamayish mumkin. 
Sh.T.Xo‘jayev   (2014)   ta’kidlashicha   ayrim   insektisidlarni   ko‘p   yillar
mobaynida   surunkasiga   ishlatish   natijasida   bu   preparatlarga   nisbatan   bardoshli
populyatsiyalar vujudga kelishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida turli kimyoviy
sinflarga oid preparatlarni almashlab qo‘llash lozim.O‘zbekiston sharoitida trips yetti-
sakkiz marta avlod beradi.
S.M.Pospelov   va   boshqalar   (1978)   fikricha,   tamaki   tripsi   h ammaxo‘r
zararkunanda.   U   ham   issiqxonalardagi,   ham   daladagi   tamakini,   bundan   tashqari, 8
g‘o‘za, piyoz, soya, bodring, qovoq, tarvuz, pomidor, karam, zig‘ir, lavlagi, kartoshka
kabi   o‘simliklarni     zararlaydi.Trips   bilan   zararlangan   barglar,   oq   rangsiz   dog‘   xosil
qiladi, keyinchalik bu dog‘lar qo‘ng‘ir rangga o‘tib, barglar teshilib qoladi.
S.N.Alimuxamedov   va   boshqalar   (1990)   ma’lumotlariga   ko‘ra,   tamaki   tripsi
g‘o‘za   ekinlariga   dastlabki   rivojlanish   davrida   zarar   keltiradi.   Zararlangan   barglarni
ostki   tomoni   o‘ziga   xos   kumishsimon   yaltiraydi,   shikastlangan   kurtaklarda
bujmaygan   barglar   paydo   bo‘ladi,   o‘suv   nuqtasi   o‘lgandan   so‘ng   aksariyat   poya
“ayri” hosil qiladi, o‘sish va rivojlanishda orqada qoladi.
Tanskiy.V.I.(1998) fikricha g‘o‘zada tamaki tripsini zararlilik iqtisodiy mezoni
1-o‘simlikda 5-8dona trips va lichinkasi qilib belgilangan. 
Po‘latov   Z.A   ( 20 14y)   tavsiyasiga   ko‘ra,   tamaki   tripsiga   o‘z   vaqtida
o‘yg‘unlashgan kurash tizimida qarshi kurashni tashkil etsa kutilgan natijaga erishish
mumkin. Ayniqsa suspenziyalar  bilan kurashish eng yaxshi samara beradi. Agar o‘z
vaqtida   tamaki   tripsiga   qarshi   kurashish   chorasi   olib   borilmasa   ular   g‘o‘za
xosildorligini   30-50   %   gacha   ayrim   xollarda   yosh   nixollarni   umuman   yo‘qotishga
olib keladi (31, 56-61 b.).
V.Yaxontov   1931,   Xodosavich   1975,   Naziqulov   1991,   Kimsanboyev   1997,
Kan.A.A,   Xodjayev   2000   ta’kidlashicha   tripsni   zararlilik   darajasi,   ularni   o‘simlikda
soni   va   yetkazadigan   zarari   vaqti   hisoblanib,   oxirgi   natija   hosildorlikni   o‘zgarishi
bilan aniqlanadi.
  A.Davletshini   (1980)   kuzatishlariga   ko‘ra   tamaki   tripsi   20-26 0
C   70%   nisbiy
namlikda juda yaxshi  rivojlanadi  va zarar keltiradi. Mavsum  davomida 7-8 ta avlod
beradi,   lekin   3-4   avlod   g‘o‘zaga   kuchli   zarar   yetkazadi.Ko‘pchilik   olimlarni
kuzatishlariga ko‘ra g‘o‘za dalalarida tamaki tripsini 22 dan ortiq tabiiy kushandalari
mavjud.
A.Davletshini 1972, Xodosavich 1975, Alimuxammedov 1991) Hozirgi paytda
tripsga   qarshi   zamonaviy   agrotexnik,   biologik   va   kimyoviy   kurash   choralari
qo‘llanilmoqda.   Agrotexnik   kurash   (suspenziya)   trips   sonini   kamaytirishda   mu h im
o‘rin tutadi. Ko‘pchilik olimlarni ta’kidlashicha fosforli o‘g‘itlar yordamida g‘o‘zani
bargidan oziqlantirish natijasida tripslar soni 2-marotaba kamayadi. 9
X.Xamrayev   1982,   Mirzaliyeva   1986,   Xushvaqtov   1994,   Nasriddinov1994,
Kan.A.A   1988).   Mirzaliyeva   X.R(1986)   ta’kidlashicha   g‘o‘za   shonalash   davrida,
laboratoriyada   ko‘paytirilgan   oltinko‘zni   yetuk   hasharotidan   tripsga   qarshi   1:100
nisbatda qo‘llash juda yaxshi samara beradi. Yuqorida adabiyotlar sharhidan ko‘rinib
turibdiki   tamaki   tripsini,   biologiyasi,   tarqalish   zarari,   ularga   qarshi   kurash   choralari
ko‘pchilik olimlar tomonidan yaxshi o‘rganilgan (45, 87-94 b, 31, 56-61 b.). 
G‘o‘zaga   jiddiy   zarar   keltiruvchi   zararkunandalardan   biri   o‘rgimchakkana
( Tetranychus   urticae   Koch .)   o‘rgimchaksimonlilar   ( Arachnoidea )   sinfiga,
Acariphormes tukurmiga, o‘rgimchakkanalar ( Tetranychidae ) oilasiga mansub.
O‘rgimchakkana   keng   tarqalgan   zararkunanda   bo‘lib,   barcha   O‘rta   Osiyo
respublikalaridan   tashqari   ko‘pgina   Yevropa   va   Osiyo   mamlakatlarida   tarqalgan.
AQSh   va   Afrika   mamlakatlarida   g‘o‘zaga   oddiy   o‘rgimchakkanadan   tashqari   bir
nechta, shu oilaga mansub, kanalar ham ziyon yetkazadi (22, 117-123 b.).
O‘rgimchakkana   juda   mayda   bo‘g‘imoyoqli   hayvonlar   namunasi   bo‘lib   uni
oddiy   ko‘z   bilan   zo‘rg‘a   ko‘rish   mumkin.   Tanasi   oval   shaklda,   bo‘yi   0,3-0,6   m   ga
boradi.   Uning   bahor-yozdagi   avlodi   ko‘kish-sariq,   qishlab   chiqadiganlari   esa
to‘qsariq-qizil bo‘ladi. Tanasining yon tomonlaridagi ikkita qoramtir dog‘lari yaqqol
ko‘rinib turadi.
O‘rgamchakkananing   urg‘ochi   zotlarining   rivojlanishida:   tuxum,   lichinka,
pronimfa,   deytonimfa   va   yetuklik   (imago)   davrlarini   kechiradi.   Tuxumi   yumaloq
shaklida   bo‘ladi.   Lichinka,   pronimfa   va   deytonimfa   shakldagilari   yetuk   zotidan
kichikligi   bilan   farq  qiladi.  Lichinkada   uch  juft,  nimfa  va  imagoda  esa   to‘rt   juftdan
oyoq bo‘ladi (52, 101-108 b.).
O‘rgimchakkana   qishlovdan   juda   barvaqt,   o‘rtacha   sutkalik   harorat   7,3 0
  dan
oshganda   chiqadi.   O‘rgimchakkananing   birinchi   avlodi   begona   o‘tlarda,   ayniqsa
qo‘ypechak   kabi   o‘tlarda   rivojlanadi.   Begona   o‘tlar   qurib   dag‘allashganidan   keyin
yoki nihollari unib chiqgach, o‘rgimchakkana ularga o‘tadi. O‘rgimchakkana odatda
shamol   yordamida,   o‘rgimchak   iplari   vositasida,   shuningdek   ish   qurollari   va
hokazolar   yordamida   tarqaladi.   Shu   boisdan   dastlab   g‘o‘za   va   boshqa   ekinlarning
chekka tomondagilari zararlanadi. Dalalarning yo‘l yoqalaridagi ekinlar kanadan eng 10
ko‘p   shikastlanadi,   chunki   yo‘l   changi   o‘rgimchak   iplariga   o‘rnashib,   ularni   tabiiy
kushandalardan   himoya   qiladi,   bunday   o‘simliklardagi   zararkunandaga   akaritsidlar
ham   yaxshi   ta’sir   etmaydi.   O‘rgimchakkana   yozda   (iyun-avgust)   8-12   kunda,   may
oyida   15-20   kunda,   mart-aprel   oylarida   esa   25-30   kunda   1   avlod   berib   rivojlanadi
(33, 90-98 b.). 
Yil   mobaynida,   geografik   holat,   ob-havo   sharoiti   hamda   g‘o‘zaning   turiga
qarab,   12   dan   20   tagacha   avlod   beradi,   shundan   8-12   avlodini   iyun-avgust   oylari
mobaynida   o‘taydi.   Rivojlanish   vaqtida   ularning   40%   dan   ko‘prog‘i   tabiiy   ravishda
qirilib ketadi. Urg‘ochisi o‘rta tolali g‘o‘za navlarida 100-160 tagacha tuxum qo‘yadi,
30-40 kun hayot kechiradi. Ingichka tolali navlarda esa 40-50 ta tuxum qo‘yib, 10-50
kun yashaydi; begona o‘tlarga 30 tagacha tuxum quyadi va 10 kundan ziyodroq umr
kechiradi.   O‘rgimchakkana   uchun   harorat   26-33 0
,   havoning   nisbiy   namligi   55-60%
bo‘lishi eng mo‘tadil sharoit hisoblanadi. Yozning oxirida, harorat pasayib ketganida,
yog‘ingarchilik   bo‘lib,   shabnam   tushganida   hamda   kushanda   yirtqichlar   faoliyati
bilan   o‘rgimchakkanalarning   soni   kamayadi.   Kuz   yaqinlashgan   sari   g‘o‘zada   to‘q-
sariq-qizil rangli urg‘ochisi paydo bo‘ladi, ular diapauzaga tayyorlanadi. O‘tlarda esa
ular   hatto   noyabrda   ham   sarg‘ish-yashil   rangdaligicha   qoladi.   Otalangan   yetuk   zot
urg‘ochilari   g‘o‘za   ekilgan   dalalarda,   hamda,   yo‘l,   ariq   yoqalarida,   hazon   ostida,
ko‘sak   chanoqlarida,   tuproq   yoriqlarida,   tut   daraxti   po‘stlog‘i   ostida   yakka   yoki
yig‘ilib   qishlaydi.   Qishlashga   kirganlari   sovuqqa   juda   chidamlidir.   Sernam   joylarda
sovuq   20 0
  bo‘lganida   ham   qisman   o‘ladi.   Sovuq   29 0
  dan   ortganida   kanalar   100%
qiriladi. 
O‘rgimchakkana g‘o‘za va ko‘pgina boshqa ekin va daraxtlarning ashaddiy va
doim tushadigan zararkunandasidir u hammaxo‘r zararkunanda bo‘lib o‘simliklarning
200 dan ortiq turida, shulardan begona o‘tlarning 173 turida, daraxt va butalarning 38
turida   hamda   ekinlarning   40   dan   ortiq   turida   uchraydi.   G‘o‘za,   sabzavot   va   poliz,
dukkakli   ekinlar,   yer   yong‘oq,   gul   va   bog‘zorlar   shular   jumlasidandir.   Kana   asosan
barglarning orqa tomoniga joylashib olib unga shikast yetkazadi, bargni juda ingichka
kul   rang   o‘rgimchak   iplari   bilan   o‘raydi.   Uning   nomi   ham   shunga   qarab   qo‘yilgan.
O‘rgimchakkana   og‘iz   apparatining   xeliseralarini   hujayraga   sanchib   kiritib,   undagi 11
moddalarni   so‘rib   oziqlanadi.   Zararlangan   barglarining   ustki   tomonida   unda-bunda
och tusli, qattiq zararlangan joylarida esa   q o‘ng‘ir va qizg‘ish dog‘lar paydo bo‘ladi.
Kuchli shikastlangan  barglar to‘kiladi, o‘simlik yalong‘ochlanadi va juda majmag‘il
bo‘lib   qoladi.   O‘rgimchakkananing   zararliligi   uning   g‘o‘zaga   tushish   muddatiga   va
o‘simliklarda qancha turishiga bog‘liq. Qancha barvaqt tushsa, shuncha ko‘p shikast
yetkazadi.   Masalan,   F.M.   Uspenskiyning   ma’lumotlariga   ko‘ra   (1966,   1970   y.),
iyunda   zararlangan   g‘o‘zalar   (himoya   choralari   ko‘rilmaganda)   hosilning   50-60%
tini, avgustda tushganida esa 2-6% tini yo‘qotadi. 
O‘rgimchakkana   ingichka   tolali   navlarga   sust,   o‘rta   tolali   g‘o‘za   navlariga
kuchli   ta’sir   etadi.   Bu   ana   shu   o‘simliklar   bargining   morfologik   tuzilishida   bo‘lgan
farqga   bog‘liq   ekanligini   ko‘pgina   tadqiqotchilar   tasdiqlashgan   (V.V.   Yaxontov,
1947; M.I. Kosobuskiy, 1956; F.M. Uspens-kiy, 1961 va boshqalar). 
F.S.   Tolipovning   (1977)   o‘tkazgan   tadqiqotlariga   asosan   g‘o‘zaning
o‘rgimchakkanaga   bardoshli,   yoki   chidamli   bo‘lishi   uning   barglaridagi   ostki
epiderma   va   g‘ovak   parenxima   hujayralari   qavatining   balandligiga   bog‘liq   bo‘lar
ekan.   Bu   hujayralarning   balandligi   150,7-166,9   mkm   (mikron)   ga   teng   bo‘lganida,
kana   ustunchasimon   parenxima   hujayralarining   shirasi   bilan   oziqlana   olmas   ekan,
chunki yetuk o‘rgimchakkanada sanchib so‘ruvchi og‘iz apparatining uzunligi 116,9-
120,7 mkm   ni, katta  yoshdagi   lichinkalarida  esa  102,6-105,4  mkm   ni  tashkil  qiladi.
G‘o‘zaning   o‘rgimchakkanaga   bardosh   berish   darajasiga   barg   maydoni   birligidagi
hujayralarning   zichligi,   hujayra   shirasining   osmotik   bosimi   hamda   yuqorida   qayd
etilganidek,   ostki   epiderma   va   mezofillaning   g‘ovak   parenximasi   katta   ta’sir   qiladi.
Bu ko‘rsatkichlarga mineral moddalar bilan oziqlanish ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ya. Sodiqovning (1975)  tadqiqotlaridan  ma’lumki, amaldagi  sarf-me’yorlarga
nisbatan   ikki   baravar   oshirilgan   superfosfat   bilan   oziqlantirish   g‘o‘zani
o‘rgimchakkana bilan zararlanishini ikki marta kamaytiradi. 
O‘rgimchakkananing   ko‘pgina   (qariyb   40   dan   ortiq)   kushandasi   bor,   ammo
bulardan   stetorus   qo‘ng‘izi   ( Stethorus   punctillum ),   kanax o‘ r   trips   ( Scolothrips
acariphagus ),  yirtqich  qandala  ( Orius  albidipennis )  va  oltinko‘z  ( Chrysopa   carnea )
eng   ko‘p   ahamiyatlidir.   Kanaxo‘r   trips   har   sutkada   kananing   50   tagacha   tuxumi   va 12
lichinkalarini   yeydi,   stetorus   lichinkasi   va   qo‘ng‘izlari   100   tagacha,   oltinko‘zning
katta yoshdagi lichinkasi esa 800 tagacha tuxumini yeb bitiradi. 
O‘rgimchakkananing   g‘o‘zada   urchishini   oldindan   bilish   (basharot   qilish)
o‘simliklarni   himoya   qilish   ilmiy   tadqiqot   institutida   yaratilgan   uslub   asosida
o‘tkaziladi.   Uzoq   muddatli   (kelgusi   yil   va   undan   keyingi   yillarga   mo‘ljallab),
shuningdek   qisqa   muddatli   (shu   yildagini)   basharot   qilish   uslubi   mavjuddir.   Uzoq
muddatga   mo‘ljallangan   basharot   qilish   usuli   bo‘yicha   qishlaydigan   kanalarni   va
ularning   holatini   hisobga   olgan   holda,   shuningdek   ularning   qishlovdan   chiqishini
kuzatish   asosida   olib   boriladi.   Qisqa   muddatli   basharot   esa,   kutilayotgan   havo
haroratini   o‘n   kunliklar   bo‘yicha,   hamda   g‘o‘za   ekiladigan   mintaqalar   bo‘yicha
aniqlash   yo‘li   bilan   o‘tkaziladi.   Kananing   urchishi   uchun   o‘simliklar   orasida
havoning   issiq   saqlash   darajasi   14,5   kkalni,   psixrometrik   budkada   esa   13,0   kkal
bo‘lishi   eng   monand   sharoit   hisoblanadi.   Bu   ko‘rsatkichlar   o‘zgarsa,   kananing
ko‘payish sur’ati pasayadi  (22, 45-56 b. 31, 56-61 b) . 
O‘simlik  shiralari. Teng qanotlilar  ( Homoptera ) turkumining   Aphidinea   kenja
turkumiga   mansub   so‘ruvchi   hasharotlar.   G‘o‘zaga   shiralardan   bir   necha   turi   zarar
yetkazadi. Bular orasida beda yoki akatsiya shirasi, g‘o‘za yoki poliz va katta g‘o‘za
shirasi   xavflidir.   Q isman   g‘o‘zani   Plotnikov   shirasi   va   ildiz   shirasi   shikastlashi
mumkin. 
Aka t siya   biti   barcha   Yevropa,   Shimoliy-Sharq   Afrika   va   Shimoliy   Amerika
mamlakatlarida   keng   tarqalgan.   O‘rta   Osiyo,   Zakavkazye   va   Yevropa   qismining
janubiy   mintaqalarida   uchraydi.   Poliz   shirasi   tropik   va   subtropik   iqlim   sharoiti
mavjud  bo‘lgan  mintaqalarga   xos   bo‘lganligi   sababli,   u  ekvatordan   60 0
  shimoliy   va
40 0
  janubiy   kenglikda   joylashgan   mamlakatlarda   uchraydi.   Katta   g‘o‘za   shirasi
Zakavkazye, Janubiy Ukraina va O‘rta Osiyo respublikalarida tarqalgan (35, 156-164
b.).
G‘o‘zaga   shikast   yetkazadigan   shiralar   yumshoq   tanli   mayda   hasharotlar
bo‘lib,   yetuk   zotining   kattaligi   2,5-4   mm   ga   teng.   Shiralarning   ikki   shakli   mavjud:
qanotsiz   va   qanotlik;   qanotligi   ikki   juft   teng   qanotga   ega   bo‘lib,   oldingilari   orqa-
sidagidan   ancha   uzundir.   Rivojlanishi   to‘liqsiz:   ya’ni   partenogenetik   tirik   tug‘ish 13
hisobiga  g‘umbak  fazasi   bo‘lmaydi.  O‘simlik shiralari   shakli   jihatidan  bir  necha  xil
bo‘ladi,   chunonchi   bular   o‘rtasida   tirik   tug‘uvchi   qanotsiz   urg‘ochilari,   tuxum
qo‘yadigan qanotsiz urg‘ochilari, tirik tug‘uvchi qanotli urg‘ochilari, qanotli (ba’zan
qanotsiz) erkaklari bor (44, 76-84 b.).
O‘simlik bitlari haroratga qarab 3-20 kun rivojlanadi.  Mavsum davomida 20-26
ta, beda shirasi esa 12-15 tagacha avlod beradi. Urg‘ochilari yozda 18 kun yashaydi
va   150   tagacha   lichinka   beradi   (Sh.T.Xo‘jayev   2019) .   Lichinkalar   rivojlanib   to‘rt
marta   tullaydi   va   besh   yoshni   kechiradi.   Oz-ozdan   yog‘in   tushib   turadigan   sernam
ko‘klam   ob-havosi   o‘simlik   shiralarining   rivojlanishiga   yordam   beradi,   ammo
shovullab   yoqqan   kuchli   yomg‘irlar   ularni   qisman   yo‘qotadi.   Ob-havosi   quruq,
yuqori  haroratli tumanlarda o‘simlik shiralari ko‘plab rivojlanmaydi. Yashash sharoiti
yomonlashganida:   oziq   yetishmaganida,   shuningdek   asosiy   va   oraliq   oziqbop
o‘simliklar almashganida, shiralar joydan-joyga ko‘chadi. Yashash joyi almashganida
otalangan   tuxumlar   asosiy   o‘simliklarda   qishlaydi.   Ulardan   bir-ikkita   (qanotsiz)
shiralar   avlodi   rivojlanadi.   Ikkinchi-uchinchi   avlodlarda   qanotsizlar   orasida   tirik
tug‘uvchi   qanotli   urg‘ochilari   (avlod   tarqatuvchilari)   paydo   bo‘lib,   ular   oraliq
ekinlarga   uchib   o‘tib   bir   qancha   qanotsiz   shira   avlodlarini   boshlab   beradi.   Kuzda
ko‘chib yuruvchilar orasida tirik tug‘uvchi qanotli urg‘ochilari paydo bo‘ladi. Asosiy
o‘simliklarga qaytadigan bu shiralarni (remigrantlarni) jins tashuvchilar deyiladi (35,
166-169 b.).
O‘simlik   shiralari   barglarning   shirasini   so‘radi.   Buning   oqibatida   poya   va   ildizdagi
zaxira   uglevodlar   miqdori   keskin   kamayib   ketadi.   Qattiq   zararlangan   barglarning
shakli o‘zgaradi va buralib qoladi. Bunday o‘simliklar juda sust o‘sadi.   Zararlangan
o‘simliklarda   hosil   15-20%   gacha   kamayishi   mumkin.   A.   Xakimovning   (1997)
ko‘rsatishiga, nihollik davridan boshlab shira bilan zararlangan g‘o‘za 27,2% hosilni
(15   s/ga)   yo‘qotgan.   G‘o‘za   yetilayotganida   (avgust-sentyabr)   shiralar   o‘zlaridan
chiqargan   suyuqliklari   bilan   tolani   ifloslaydi   va   yopishqoq   qilib   qo‘yadi.   Bunday
tolalarda ko‘pincha qora shira (qora mag‘or) paydo bo‘ladi, u tolalarni buzib, paxtani
qayta ishlaydigan mashinalarning ishini qiyinlashtiradi. 
1-jadval 14
G‘o‘zada o‘rgimchakkanaga qarshi tavsiya etilgan
  akari t sid-insektisidlar, hamda ixtisoslashgan akari t sidlar 
  (Sh.T.Xo‘jayev ma‘lumoti «Ro‘yxat, 2007» dan olindi)
№ Dorining nomi va shakli Sarf-me’yori,
l/ga Necha marta
ishlatish
mumkin Kutish
muddati,
kun
Akarisid-insektisidlar 
1. Benzofosfat, 30% em.k. 3-3,3 2 30
2. Zolon, 35% em.k. 2,5-3,0 2 30
3. Vertimek, 1,8% em.k. 0,3-0,4 2 30
4. Danadim, 40% em.k. 1,5-2,5  2 20
5. Danitol, 10% em.k. 1,5 2 20
6. Uzfen, 20% em.k. 0,75 2 20
7. Deltafos, 36% em.k.  1,25 2 30
8. Karate, 5% em.k. 0,5 2 30
9. Karate Zeon, 5% em.k. 0,4 2 30
10. Karbofos, 50% em.k. 1,2 2 20
11. Fufanon, 57% em.k. 1,2 2 20
12. Kurakron, 50% em.k. 1,2 2 30
13. Mitak, 20%em.k. 2-3 2 30
14. Nurell-D, 55% em.k. 
(siperfos, Sayren-S, tagrel-D, 
urell-D) 1,5 2 30
15. Pirineks, 40,5% em.k.  1,5 2 30
16. Politrin-K, 31,5% em.k. 1,0 2 30
17. Polo, 50% sus.k. 0,8-1,0 2 30
18. Talstar, 10% em.k. 0,6 2 30
19. Endjeo-K, 24,7% sus.k. 0,2 2 30
Akari t sidlar  15
1. Grizli, 36% em.k. 0,3-0,375 2 30
2. Zum, 10% sus.k. 0,25 2 30
3. Neoron, 50% em.k. 1-1,2 2 20
4. Nissoran, 5% em.k. 0,2 2 30
5. Nissoran, 10% n.kuk. 0,1 kg/ga 2 30
6. Omayt, 57% em.k. 
(dargit, uzmayt) 1,5 2 45
7. Ortus, 5% sus.k. 0,75 2 30
8. Oxak-oltingugurt qaynatmasi 
(OOQ) 0,5-1 0
3 -
9. Segra, 80% n.kuk. 6,0 5 1
10. Titaron, 30% sus.k 0,1 2 30
11. Tuyilgan oltingugurt 20-30 5 1
12. Flumayt, 20% sus.k. 0,2 2 30
Shiralarni  yo‘qotadigan  afidofag-yirtqichlar  va parazitlardan 46 turi  ro‘yxatga
olingan.   Shiraxo‘r   qo‘ng‘izlar   ( Coccinellidae   oilasi)ning   18   turi:   vizillovchi
pashshalar ( Syrphidae   oilasi)ning 6 turi: oltinko‘zlar ( Chrysopidae   oilasi) ning 4 turi
va   gallitsa   pashshalari   ( Cecidomyiidae   oilasi)   eng   faol   yirtqichlar   hisoblanadi.
O‘simlik   shiralarining   ichki   kushandalari   –   afidiidlar   ( Aphidiidae )   shubhasiz   katta
ahamiyatga   ega.   Ular   ba’zan   shiralarning   90%   gacha   qismiga   zarar   yetkazishi
kuzatilgan (31, 34-40 b.). 
II – bob. TAMAKI TRIPSINING BIOEKOLOGIYASI, HAYOT
KECHIRISHI, TARQALISHI 16
2.1. Tamaki tripsi bioekologiyasi va hayot kechirishi.
Tamaki   tripsi   ( Thrips   tabaci   Lind. )   g‘o‘za   va   boshqa   ekinlarga   jiddiy   zarar
keltiradigan   xavfli   so‘ruvchi   zararkunanda   bo‘lib   hisoblanadi.   G‘o‘zaga   ko‘p
tushadigan   zararkunanda   hisoblanadi.   U   g‘o‘zadan   tashqari:   tamaki,   piyoz,   karam,
ko‘kat va gullarga kuchli shikast yetkazadi. Trips g‘o‘za maysalarining yosh barglari
va   o‘suv   nuqtalariga   joylashib   olib   sanchib   so‘rib   shikastlaydi.   Trips,   o‘simlik
barglarining   shirasini   so‘rib,   sifatini   pa saytiradi   (kuchini,   hidini   qirqadi).
Tripsdan   zararlangan   barglar   og‘irligi   kamayib,   saralanganda   darrov   sinib
ketadi, dag‘allashadi  va   uzilib ketadigan bo‘lib qoladi, bu esa tamaki barglaridan
sigara   tayyor lashga   xalal   beradi.   O‘simlik   barglaridagi   uglevodlar   miqdori   ham
kamayadi   (Fedorov).   Bundan   tashqari,   tamaki   tripsi   o‘simliklarni   virusli
kasalliklarini tarqalishida judda katta ahamiyat kasb etadi .  Trips bilan zararlangan
barglarning   ost   tomoni   o‘ziga   xos   ravishda   kumushsimon   yaltirab   qoladi,
shikastlangan   kurtaklardan   esa   majmag‘il   barglar   yoziladi.   O‘suv   nuqtasi   o‘lgach
o‘simlikning rivojlanishi izdan chiqadi, ba’zan yosh o‘simlik nobud bo‘ladi (21, 45-
48 b.).
N.I. Xodosevich (1975 y.) ma’lumotiga ko‘ra, trips zararidan o‘rta hisobda har
gektardan   4,6   s.   paxta   hosili   kamayishi   mumkin.   Tamaki   tripsi   urg‘ochisining
uzunligi   0,8-0,9   mm,   er kaginiki   0,7-0,75   mm;   mikroskopik   preparatlarda
qoplag‘ich  oyna  ostida   qorin   segmentlari   bir-biridan   ajralishi   sababli   trips   tanasi
odatda   cho‘ziq   ko‘rinadi,   shuning   uchun   tripsning   uzunligi   1,2   mm   gacha   bo radi.
Trips   tanasi   cho‘ziq;   urg‘ochisining   uzun,   yirik   (0,17-0,18   mm)   va   tish li   tuxum
qo‘ygichi   bor.   Trips   mo‘ylovlari   7   bo‘g‘imli,   boshi   ko‘ndalang   (bo‘yi   enidan
kalta),   oldingi   ko‘kragi   bo‘yiga   qaraganda   deyarli   1,4   marta   kengroq.   Qanotlari
kambar,   chetlarida   uzun   kipriklari   (tuklari)   bor.   Ustki   qanotlarida   uzunasiga
ketgan   ikkita   tomir   bo‘ladi;   ustki   qanot laridagi   uzunasiga   ketgan   oldingi
tomirning   uch   qismida   4   ta   qil   bor.   Orqaning   oldi   qismi   orqa   burchaklaridagi
qillarning   uzunligi   35-43   mikron   keladi.   Tanasi   cho‘ziq,   urg‘ochisida   uzun,   yirik,
arrali   tuxum   qo‘ygichi   bor   bo‘ladi.   Yetuk   hasharotning   ikki   juft   (chekkalari 17
hoshiyali)   tor   qanotlari   bor.   Og‘iz   apparati   sanchib   so‘rishga   moslashgan,   kalta.
Tripsning lichinkasi imagoga qaraganda ochroq tusli, qanotsiz, urg‘ochilarida tuxum
qo‘ygich   bo‘lmaydi,   ko‘zlari   uch-to‘rtta   fasetkalardan   iborat,   burtchalari   olti
bo‘g‘imli.   Tamaki   tripsi   yer   betiga   to‘kilgan   barglar   va   o‘simlik   qoldiqlari   ostida
qishlaydi.   Mart   oyida   trips   begona   o‘tlarda   rivojlanadi,   keyin   g‘o‘zaga   o‘tadi.
Urg‘ochisi bir oycha yashaydi  va shu vaqt mobaynida o‘simlik to‘qimalariga tuxum
qo‘yadi (19, 196 – 203 b.).
1-rasm. Tamaki tripsi ( Thrips tabaci Lind. ) 1- imago, 2-lichinkasi.
Lichinkasining   rangi   imagoga   qaraganda   ochroq,   qanotsiz   bo‘lib,
urg‘ochilarining tuxum q o‘ ygichi yo‘q ,  ko‘zlari 3-4 katakli, mo‘ylov lari 6 bo‘g‘imli.
Tuxu mi loviya shaklida, oqimtir, uzunligi 0,21-0,25  mm.
Tamaki   tripsi   voyaga   yetgach   tuproqning   yuza   qat lamida   har   xil   o‘simlik
qoldiqlari  ostida va begona o‘tlar  orasida   qishlab  chiqadi.  Trips  erta  ko‘klamda
uyg‘onadi   va   xo‘ra   bo‘lganidan   begona   o‘tlar   bilan   oziqlana v eradi.   Tamaki   va
boshqa   ekinlar   ekil gandan   keyin   tez   orada   begona   o‘tlardan   tamaki   va   boshqa
ekinlarga uchib  o‘tadi (41, 98-104 y.).
Tripsning   urg‘ochisi   erkagidan   ko‘proq   bo‘lib,   barg   to‘qimasiga,   ayniq sa
o‘simlikning   uchidagi   yosh   barglariga   (ularni   xush   ko‘rganidan)   ko‘plab   tuxum
qo‘yadi. Urg‘ochi trips umr bo‘yi 100 tacha tuxum qo‘yadi. 18
Tuxumlardan   uch-to‘rt   kundan   so‘ng   lichinka   chiqib,   asosan   barg   tomiri
bo‘ylab   oziqlana   boshlaydi.   To‘rt   marta   tullagach,   lichinka   yetuk   hasharotga
aylanadi.
Voyaga yetgan trips juda serharakat bo‘lib, doimo bir o‘simlikdan  ikkinchi
o‘simlikka   va   bir   daladan   ikkinchi   dalaga   uchib   yuradi;   ular   havo   q uruq   va   issiq
vaqtda,   ayniqsa,   tushda   serharakat   bo‘ladi.   Havoning   nis biy   namligi   qancha
yuqori   bo‘lsa,   trips   o‘simlikda   o‘shan cha   uzoq   turadi,   ko‘pincha   bir   o‘simlikda
hammasi   bo‘lib   bir   necha   soat   turadi.   Urg‘ochi   trips   bir   necha   o‘simlikka   tuxum
qo‘yadi.   Yoz   vaqtida   voyaga   yetgan   trips   10-25   kun   yashaydi.   Tuxum
qo‘yilgandan   3-4   kun   keyin   lichinkalar   chiqadi.   Lichinkalar   voyaga   yetgan
hasharotga   qaraganda   kam   harakatroq   bo‘ladi.   Ular   faqat   bir   barg   doirasida
yuradi,   lekin   ba’zan   yangi   barglarga   va   hatto   yon   atrofdagi   o‘simliklarga   ham
o‘tadi.   Voyaga   yetgan   trips   va   lichinkalar   asosan   barglarning   tomirlari   bo‘ylab
oziq lanadi.   Lichinka   10-15   kunda   yetiladi.   Shunday   bo‘lsada,   yoz   faslida
tripsning   rivojlanish   (tuxumdan   lichin ka   chiqishi   va   uning   imagoga   aylanishi)
davri   20   kun dan   oshmaydi.   Markaziy   Osiyoda   trips   yoz   bo‘yi   kamida   7   av lod
beradi,   O‘zbekiston   sharoitida   trips   yetti-sakkiz   marta   avlod   beradi   (34,   78-85,   41,
146-157 b.).
2.2. Tamaki tripsini tarqalishi, rivojlanishi va g‘o‘zaga yetkazadigan zarari.
Tamaki   tripsi   dunyoning   barcha   mintaqalarida   keng   tarqalgan   ashaddiy
zararkunandalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Osiyo davlatlari hamda Yevropaning bir
qancha   davlatlarida   tarqalgan.   O‘rta   Osiyoda   davlatlari   A f g‘oniston,   Qozog‘iston,
Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘i z iston xususan O‘zbekistonning barcha viloyatlarida
tarqalgan. Zararkunanda madaniy o‘simliklarni so‘rib ularga zarar keltiradi. Ob havo
sharoitlari qulay kelgan yillarda zararkunandani juda ham ko‘payib ketishi kuzatiladi.
Tamaki tripsi hosilni 5 %, ayrim maydonlarda esa 40 % gacha ka maytiradi.
Tamaki   tripsi   ayrim   o‘simliklarning   hosilini   50   -   75   %   gacha   ka maytiradi
(Kosobuskiy),   bu   zararkunanda   maysaning   uchki   kurtagini   zarar lasa   va 19
tuproqdagi   hasharotlar   ildiz   bo‘g‘zini   shikastlasa   maysa   butun lay   quriydi.   Ba’zi
dalalarda tamaki tripsi paxta hosilini 40 % gacha  kamaytiradi.
Tamaki tripsi tushgan g‘o‘za tupida o‘rta hisob bilan 185 ta ko‘sak nob ud
bo‘ladi (Stepansev).
Trips   bilan   zararlangan   g‘o‘za   kuzda   paxta   sifatini   pasaytirad i .   Ular
o‘ zlarining   yelim simon   yopishqoq   chiqindisi   b i lan   paxtani   ifloslaydi,   ularning
chiqin dilarida   rangi   q urumga   o‘ xshash   zamburu g‘ lar   avj   oladi,   natijada   paxta
tolasi   q orayadi.   Markaziy   Osiyo da   bu   ho disani   «shira»   deb,   paxta   tolalarining
q urumsiz chiqindi bilan yopishib  q olishini esa «o q  shira»  deb ataydilar.
2-rasm. Tamaki tripsi ( Thrips tabaci Lind. ) va lichinkalarining bargni
zararlashi. 
Trips bilan zararlangan  paxtani zavodlarda tozala n gan i da ulardan tola kam
chi q ad i   va   mash i nalarning   ishi   o g‘ irlashadi.   Trips   tushgan   paxtaning   tolasi
pishi q  b o‘ lmayd i . 20
Yil   mobaynida,   geografik   holat,   ob-havo   sharoiti   hamda   g‘o‘zaning   turiga
qarab, tamaki tripsi yaxshi rivojlanadi. 
Rivojlanish vaqtida ularning 20%  dan ko‘prog‘i  tabiiy ravishda qirilib ketadi.
Urg‘ochisi   o‘rta   tolali   g‘o‘za   navlarida   60-80   tagacha   tuxum   qo‘yadi,   30-40   kun
hayot   kechiradi.   Ingichka   tolali   navlarda   esa   65-85   ta   tuxum   qo‘yib,   10-50   kun
yashaydi;   begona   o‘tlarga   30   tagacha   tuxum   qo‘yadi   va   10   kundan   ziyodroq   umr
kechiradi.   zararkunandaning   rivojlanishi   uchun   harorat   26-33 0
,   havoning   nisbiy
namligi 55-60% bo‘lishi eng mo‘tadil sharoit hisoblanadi. 
Yozning   oxirida,   harorat   pasayib   ketganida,   yog‘ingarchilik   bo‘lib,   shabnam
tushganida   hamda   kushanda   yirtqichlar   faoliyati   bilan   tripslarning   soni   kamayadi.
Kuz yaqinlashgan sari g‘o‘zada to‘q-sariq-qizil rangli urg‘ochisi  paydo bo‘ladi, ular
diapauzaga   tayyorlanadi.   O‘tlarda   esa   ular   hatto   noyabrda   ham   sarg‘ish-yashil
rangdaligicha qoladi. 
Otalangan   yetuk   zot   urg‘ochilari   g‘o‘za   ekilgan   dalalarda,   hamda,   yo‘l,   ariq
yoqalarida,   xazon   ostida,   ko‘sak   chanoqlarida,   tuproq   yoriqlarida,   tut   daraxti
po‘stlog‘i   ostida   yakka   yoki   yig‘ilib   qishlaydi.   Qishlashga   kirganlari   sovuqqa   juda
chidamlidir. Sernam joylarda sovuq 20 0
 bo‘lganida ham qisman o‘ladi. Sovuq 29 0
 dan
ortganida kanalar 100% qiriladi. 
Dalada tarqalgan tripslarni aniqlashda dala monitoringi o‘tkaziladi va o‘simlik
barglari   nazorat   qilinadi.   Tripslar   asosan   g‘o‘za   barglarning   orqa   tomonida   so‘rib
zarar keltirgani uchun ushbu zararkunandani kuzatish barg orqasi nazorat qilish bilan
boshlanadi. 
Tamaki   tripsi   asosan   kechki   vaqtlarda   g‘o‘zaga   zarar   yetkazadi.   Kunduz
kunlari asosan tuproq yoriqlari oralarida o‘simlik soya va begona o‘tlar oralarida jon
saqlaydi  (19, 196 – 203 b.).
2-jadval
G‘o‘zadagi tamaki tripsiga qarshi qarshi kimyoviy preparatlarni  qo‘llash
samaradorligi (Xo‘jayev va boshqalar 2012 y Toshkent viloyati ) 21
Variantlar  Prepar at
s arf i ,
l,kg/ga O rtacha 1 bargdagi ʻ bitlar  soni,
dona. Biologik
samaradorlik,
kunlar bo yicha	
ʻ
% i shlov
berilguncha i shlov berilgach,
kunlarda
3 7 14 3 7 14
Sipermetrin, 
25% k.em. 0, 6 28,9 4,3 3,2 1,3 85,1 88,9 95,5
Killer, 5% k.em.
1,0 32,5 5,6 4,2 2,2 82,7 87,1 93,2
Endjeo, 24,7%
s.k. 0,4 34,4 6,3 4,6 2,8 81,6 86,6 91,9
Nazorat
(ishlovsiz) - 36,3
38 , 5 44 , 8 49 , 2 - - -
Xo‘jayev   va   boshqalar   2012   y   Toshkent   viloyati   sharoitida   olib   borgan
tadqiqotlari   shuni   ko‘rsatadiki   tamaki   tripsiga   qarshi   4   variantda   tadqiqotlar
o‘tkazgan   bunda   zararkunandalarga   qarshi   kurash   turli   xil   insektisidlar   qo‘llagan
bular   Sipermetrin,   25%   k.em.,   Killer,   5%   k.em.,   Endjeo,   24,7%   s.k.   bo‘lib,
Sipermetrin,   25%   k.em.,   preparati   0, 6   l   /ga   qo‘llanilgan   variantda   preparat
qo‘llanilmagan davrda 28,9 ta ishlov o‘tkazilgandan 3 kundan keyin 4,3 ta, 7 kundan
keyin 3,2 ta 14 kundan keyin 1,3 tani tashkil etgan, biologik samaradorlik 95,5 % ni
tashkil   etgan.   Killer,   5%   k.em.,   preparati   1, 0   l   /ga   qo‘llanilgan   variantda   preparat
qo‘llanilmagan davrda 32,5 ta ishlov o‘tkazilgandan 3 kundan keyin 5,6 ta, 7 kundan
keyin 4,2 ta 14 kundan keyin 2,2 tani tashkil etgan, biologik samaradorlik 93,2 % ni
tashkil   etgan.   Endjeo,   24,7%   s.k.,   preparati   ishlatilgan   variantda,   preparat
qo‘llanilmagan davrda 34,4 ta ishlov o‘tkazilgandan 3 kundan keyin 6,3 ta, 7 kundan
keyin 4,6 ta 14 kundan keyin 2,8 tani tashkil etgan, biologik samaradorlik 91,9 % ni
tashkil etganligini ko‘rish mumkin  (24, 96 – 105 b.).
Tamaki   tripsi   va   shiralarga   qarshi   tajribalar   o‘tkazilgan   Farg‘ona   viloyatida
Urazbayev A va boshqalar tomonidan quy i dagi natijalarga erishilgan.  22
Olimlar   tajribalarni   Farg‘ona   viloyati   O‘simliklarni   himoya   qilish   ilmiy
tadqiqot   punktida   2017   yilda   o‘tkazishgan,   ilmiy   tadqiqotda   Agrofos   Ekstra,   60   %
em.k,   Defentoks,   2,5   %   em.k,   A-Rate,   5%   em.k.,   Faskorrd,   10%   em.k   (andoza)
preparatlaridan foydalanishgan. 
G‘o‘zadagi o‘simlik bitlari Agrofos Ekstra, 60 % em.k., preparati qo‘llanilgan
variantda   ishlovgacha   30,8   tani,   preparatlar   qo‘llanilgandan   1   kundan   so‘ng   1,3
donani, 3 kundan so‘ng 1,3 donani, 7 kundan so‘ng 1,2 donani, 14 kundan so‘ng esa
1,5 donani tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin  (25, 89 – 95 b.).
Defentoks, 2,5 % em.k., preparati qo‘llanilgan variantda ishlovgacha 34,0 tani,
preparatlar qo‘llanilgandan 1 kundan so‘ng 1,0 donani, 3 kundan so‘ng 1,0 donani, 7
kundan   so‘ng   0,9   donani,   14   kundan   so‘ng   esa   1,2   donani   tashkil   etganligini
ko‘rishimiz mumkin. 
A-Rate,   5%   em.k.,   preparati   qo‘llanilgan   variantda   ishlovgacha   32,2   tani,
preparatlar qo‘llanilgandan 1 kundan so‘ng 1,3 donani, 3 kundan so‘ng 1,3 donani, 7
kundan so‘ng 1,2 donani, 14 kundan so‘ng esa 1,6 donani tashkil etgan. 
Faskorrd, 10% em.k (andoza) preparati qo‘llanilgan variantda ishlovgacha 33,4
tani,   preparatlar   qo‘llanilgandan   1   kundan   so‘ng   1,5   donani,   3   kundan   so‘ng   1,4
donani,   7   kundan   so‘ng   1,3   donani,   14   kundan   so‘ng   esa   1,6   donani   tashkil   etgan.
Nazorat   variantida   (ishlov   berilmagan)   34,2   donani   1   kundan   so‘ng   35,6   donani,   3
kundan so‘ng 37,4 donani, 7 kundan so‘ng 38,7 donani, 14 kundan so‘ng 40,5 donani
tashkil etganligini ko‘rsatadi (41 , 196 – 203 b.).  
Bunda   bitlar   bilan  kurash   natijalarining  eng   yaxshisi   bo‘lib  Defentoks,   2,5   %
em.k preparati qo‘llanilgan variantni ko‘rishimiz mumkin 1,2 donani tashkil etganini
ko‘rishimiz mumkin.  
3- jadval 
G‘o‘zani so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi preparatlarni qo‘llash
(Urazbayev A va boshqalar Farg‘ona viloyati O‘HQITI tayanch punkti 2017 y .) 23
№ Tajriba variantlari Prepar at
s arf i ,
l,kg/ga Ishlovgacha
dona  Ishlovdan keyin, kunlar,
dona
1 3 7 14
Shiralar, bitta o‘simlikda
1 Agrofos Ekstra, 60 % em.k 0,5 30,8 1,3 1,2 1,2 1,5
2 Defentoks, 2,5 % em.k 0,25 34,0 1,0 1,0 0,9 1,2
3 A-Rate, 5% em.k 0,2 32,2 1,3 1,3 1,2 1,6
4 Faskorrd, 10% em.k
(andoza) 0,1 33,4 1,5 1,4 1,3 1,6
5 Nazorat (ishlovsiz) - 34,2 35,6 37,4 38,7 40,5
Tamaki tripsi, bitta o‘simlikda
1 Agrofos Ekstra, 60 % em.k 0,5 13,5 7,0 3,0 1,6 1,7
2 Defentoks, 2,5 % em.k 0,25 22,0 11,3 6,3 4,3 3,6
3 A-Rate, 5% em.k 0,2 16,5 6,0 2,0 1,6 2,0
4 Faskorrd, 10% em.k
(andoza) 0,1 20,3 10,0 4,5 4,6 3,5
5 Nazorat (ishlovsiz) - 14,6 17,5 21,0 23,3 19,0
Ushbu   tajribalarda   g‘o‘za   tamaki   tripsi   bilan   ham   zararlanishi   o‘rganilgan
bunda ham  Agrofos Ekstra, 60 % em.k, Defentoks,  2,5 % em.k, A-Rate,  5%  em.k.,
Faskorrd, 10% em.k (andoza) preparatlaridan foydalanishgan. 
G‘o‘zada   tamaki   tripsi   Agrofos   Ekstra,   60   %   em.k.,   preparati   qo‘llanilgan
variantda   ishlovgacha   13,5   tani,   preparatlar   qo‘llanilgandan   1   kundan   so‘ng   7,0
donani, 3 kundan so‘ng 3,0 donani, 7 kundan so‘ng 1,6 donani, 14 kundan so‘ng esa
1,7 donani tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Defentoks, 2,5 % em.k., preparati qo‘llanilgan variantda ishlovgacha 22,0 tani,
preparatlar qo‘llanilgandan 1 kundan so‘ng 11,3 donani, 3 kundan so‘ng 6,3 donani, 7 24
kundan   so‘ng   4,3   donani,   14   kundan   so‘ng   esa   3,6   donani   tashkil   etganligini
ko‘rishimiz mumkin. 
A-Rate,   5%   em.k.,   preparati   qo‘llanilgan   variantda   ishlovgacha   16,5   tani,
preparatlar qo‘llanilgandan 1 kundan so‘ng 6,0 donani, 3 kundan so‘ng 2,0 donani, 7
kundan so‘ng 1,6 donani, 14 kundan so‘ng esa 2,0 donani tashkil etgan. 
Faskorrd, 10% em.k (andoza) preparati qo‘llanilgan variantda ishlovgacha 20,3
tani,   preparatlar   qo‘llanilgandan   1   kundan   so‘ng   10,0   donani,   3   kundan   so‘ng   4,5
donani, 7 kundan so‘ng 4,6 donani, 14 kundan so‘ng esa 3,5 donani tashkil etgan. 
Nazorat   variantida   (ishlov   berilmagan)   14,6   donani   1   kundan   so‘ng   17,5
donani, 3 kundan so‘ng 21,0 donani, 7 kundan so‘ng 23,3 donani, 14 kundan so‘ng
19,0 donani tashkil etganligini ko‘rsatadi. 
Tamaki tripsi bilan kurash natijalarining eng yaxshisi bo‘lib Agrofos Ekstra, 60
%   em.k   preparati   qo‘llanilgan   variantni   ko‘rishimiz   mumkin   1,7   donani   tashkil
etganini ko‘rishimiz mumkin.
III – bob. G‘O‘ZADAGI TAMAKI TRIPSIGA QARSHI UYG‘UNLASHGAN
KURASH CHORAL A RI TAHLILI
3.1. Tamaki tripsiga qarshi agrotexnik kurash choralari. 25
Qishloq   xo‘jaligi   tashkiliy   tuzilish   nuqtai   nazaridan,   asosan   fermer
xo‘jaliklariga aylangani sababli, o‘simliklarni himoya qilish nuqtai nazaridan fermer
xo‘jaliklari quyidagi vazifalarni bajarishi zarur:
1.  G‘o‘za  maydonlarini hamma tomondan asoslangan   a lmashlab ekish tizimini
tuzish. Bunda yer unumdorligini va hosildorlikni oshirishni nazarda tutish bilan birga,
yerda   turli   zararkunanda   va   boshqa   kasalliklarni   chaqiruvchi   mikroorganizmlar
zahirasini ozaytirish nazarda tutiladi.
2.   Barcha   g‘o‘za   va   boshqa   ekin   ekiladigan   yerlarda   va   ularning   atrofidagi
uvatlarda,   hamda   bog‘larda   qishlab   qoladigan   zararkunandalarning   muvaffaqiyatli
qishlab   chiqishini   oldini   olishga   qaratilgan   tadbir-choralarni   mo‘ljallash   va   amalga
oshirish.
3.   O‘simliklarni   himoya   qilish   uchun   kerak   bo‘ladigan   biologik   va   kimyoviy
vositalar   ehtiyojini   hisoblab   chiqib,   sarf   bo‘ladigan   xarajatlarni   rejalashtirish.
Purkagichlarni jihozlab, kimyoviy vositalar zahirasini yaratish. 
4. O‘simliklarni himoya qilish borasida eng so‘nggi tavsiyalarni nazarda tutib,
bilim saviyasini oshirib borish va qat’iy rioya qilish.
G‘o‘zada   tamaki   tripsiga   qarshi   kurash   yuzasidan   o‘tkaziladigan   agrotexnika
tadbirlari   asosan   ogohlantiruvchi   choralardir.   Bu   tadbirlar   bir   tomondan   dalalarni
xavf-xatar   tug‘diradigan   miqdorda   zararli   organizmlar   paydo   bo‘lishidan   asraydi,
ikkinchidan   o‘simliklarni   zararlanishiga   bardoshliligini   oshiradi;   tripslarni   ommaviy
ko‘payish   oqibatida o‘simliklarning himoyalanish javobini kuchaytiradi, shuningdek
himoya   tadbirlarining   samaradorligini   oshiradi.   O‘simliklarni   tamaki   tripsi   va   turli
zararkunanda lardan   saqlashga   doir   agrotexnika   tadbirlari   o‘simlik   o‘stirish
agrotexnikasining   umumiy   qoidalariga   zid   kelmaydi,   balki   umumiy   agronomiya
choralarining bir qismini tashkil qiladi. Agrotexnika tadbirlari  tamaki tripsi  ko‘payish
xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimga asoslangan bo‘lib, eng samarali fursatlarni nazarda
tutadi. Agrotexnik tadbirlar turli usullardan tashkil topadi.
Almashlab   ekish .   Faol   ravishda :   g‘o‘za   –   beda,   makkajo‘xori   yoki   oqjo‘xori,
hamda   oraliq   va   siderat   ekin   ekilgan   dalalar   birgalikda   yuksak   darajada
umumagronomiya   samarasini   berishidan   tashqari,   g‘o‘zani   tamaki   tripsi   va   boshqa 26
zararkunandalar   bilan   zararlanishini   keskin   kamaytirishga   imkon   beradi.
Respublikamizda   g‘alla   ekilgan   maydon   ko‘paytirilib,   bedani   ozayib   ketishi   va
ayniqsa, bo‘g‘doyni  g‘o‘za ichiga ekilishi, yuqorida qayd qilingan ijobiy natijalarga
olib kelmaydi.
Urug‘likni   tayyorlash   va   uni   ekish   muddatlari .   Ekin   ekishda   yuqori
kondisiyali,   faqat   tumanlashtirilgan   navlardan,   hamda   turli   kasalliklar   infeksiyasiga
qarshi   dorilangan   urug‘lardan   foydalanish   lozim.   Tamaki   tripsi   va   so‘ruvchi
zararkunandalar, shuningdek kasalliklarning zarariga bardoshli sog‘lom, tekis o‘sgan
nihollarni undirib olish lozim. 
O‘simliklarni o‘g‘itlash   ularni himoya qilish jihatidan ikki hil ahamiyatga ega:
o‘simlik   dastlabki   rivojlanish   fazasida   o‘g‘it   (ayniqsa   azotli)   solish   natijasida   u   tez,
sog‘lom o‘sishi bilan birga ekin zararlanishidan hiyla saqlanib qoladi. Fosforli o‘g‘it
ta’sirida   esa,   hujayra   shirasining   osmotik   bosimi   ko‘tarilib,   hamda   to‘qima   zichligi
oshib,   tamaki   tripsi   va   boshqa   ayrim   zararkunandalarning   (o‘rgimchakkana,   shira)
rivojlanishi   pasayadi.   Kaliyli   o‘g‘itlar   o‘simliklarni   kasalliklarga   nisbatan   bardoshli
qiladi.
Defoliasiya   va   desikasiya   o‘tkazish   yo‘li   bilan   paxta   yig‘im-terimiga,   hosilni
mashinalarda   yig‘ishtirishga   kirishiladi,   albatta.   Bu   tadbir,   ayni   vaqtda,   qishlashga
ketayotgan   zararli   organizmlar   sonini   kamaytirishda   muayyan   ahamiyat   kasb   etadi.
Hozir   xo‘jaliklarda   ishlatilayotgan   defoliantlar:   o‘rgimchakkana,   o‘simlik   shiralari,
oqqanot,   qandala,   g‘o‘za   tunlami   va   boshqalarni   ancha   kamaytirishi   mumkin.
Ko‘pgina   O‘zbekiston   olimlarining   tadqiqotlaridan   ma’lum   bo‘lishicha,
defoliantlarga   aralashtirib,   yoki   alohida   ayrim,   sarfi   yarimga   kamaytirilgan
insektisidlarni  ishlatish  natijasida qishlab qolgan zararkunandalarning bir  qismi  qish
davomida qirilib ketadi (G‘. Miraliyev, 1978; Sh.T. Xo‘-jayev, M. Yusupova, 2006).
Hosil   yig‘ib-terib   olinganidan   keyin   g‘o‘zapoya   va   boshqa   o‘simlik
qoldiqlarini yig‘ishtirib   daladan olib chiqib tashlash – albatta bajarilishi zarur tadbir
bo‘lib,   u   zararkunandalarni   va   turli   kasalliklarning   yuqumlarini   kamaytirishga
qaratilgandir  ( Sh.T. Xo‘-jayev, M. Yusupova, 2019 ) . 27
Shu   maqsad   bilan,   bahorda   (may   oyining   ohirida)   uvatlardagi   tut   daraxtlari,
hamda begona o‘tlarni birorta keng ta’sir etadigan (siperfos, fozalon, karate, talstar)
insektisid-akaritsidlar   bilan   OVX   traktor   purkagichi   yordamida   ishlansa,   atrofidagi
g‘o‘za     yoki   boshqa   ekin:   shira,   o‘rgimchakkana,   trips   kabi   zararkunandalar   bilan
kech va kam shikastlanishi mumkin. 
Bundan tashqari tamaki tripsiga qarshi Sh.T.Xo‘jayev va boshqalar tomonidan
2012-2015   yillarda   g‘o‘zani   barg   orqali   oziqlantirib   tamaki   tripsini   kamayishiga
erishgan.  Ular   tamaki tripsini  rivojlanishi, zarari va ularga qarshi  kurash choralarini
samaradorligini o‘rganishgan va quy i dagi variantlardan foydalanishgan.   
4 – jadval 
G‘o‘zani barg orqali oziqlantirish orqali so‘ruvchi zararkunandalar miqdorini
kamaytirish
(Sh.T.Xo‘jayev va boshqalar Toshkent viloyati 2012-2015)
Variantlar  Tajriba rejasi 
I Nazorat Tamaki   tripsiga   qarshi   kurash   chora s i   amalga
oshirilmadi.
II Tajriba  Tamaki   tripsiga   qarshi   10   %   ammafos   (22   kg/ga)
suspenziyasi bilan qarshi kurashildi.
Tamaki tripsi ni rivojlanish dinamikasi va zarari ni   h ar 10 kunda tanlab olingan
o‘simliklardan   kuzatilib   turiladi.   O‘simlikni   o‘sish   va   rivojlanish ini   har   oyni   1-3
kunlari   hisoblab   turil gan .   Tajribada   agrotexnik   kurash   chorasi   olingan   ma’lumotlar
asosida olib boril gan .
3.2. Tamaki tripsiga qarshi biologik kurash usuli.
Tamaki   tripsiga   qarshi   kurash   choralarini   qo‘ l lashda   biologik   usuldan
foydalanish   juda   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Chunki   tabiatda   tarqalgan   tabiiy 28
biosenozlarning   o‘rni   zararkunandalarni   kamayishini   taminlab   turadi.   Biologik
kurashda   oltinko‘zdan   foydalanish   muhim   ahamiyatga   ega.   Oltinko‘zlar   –
to‘rqanotlilar   ( Neuroptera )   turkumiga,   oltinko‘z   ( Chrysopidaye )   oilasiga   mansub
hasharotlardir.   Bu   oilaga   mansub   hasharotlar   Yevropa,   Osiyo,   Afrika   va   Ameri-
kaning   ko‘pgina   tabiiy   sharoitli   makonlarida   keng   tarqalgan.   Hozirgi   vaqtda   O‘rta
Osiyoda   uning   24   turi,   Ozarbayjonda   –   33,   Qozog‘istonda   –   15   turi   aniqlangan.
O‘zbekiston   sharoitlarida   oltinko‘zlarning   tur   tarkibi,   hamda   eng   ko‘p   tarqalgan   va
istiqbolli   turlarining   ba’zi   bioekologik   xususiyatlarini   A.K.   Mansurov,   F.M.
Uspenskiy, O.Sh. Yuzbashyan va boshqalar o‘rganishgan  (Sh.T.Xo‘jayev 2019) . 
Ular   oltinko‘zlarning   qariyb   11   turini   aniqlashgan.   Bu   xil   oltinko‘zlar   tabiiy
biosenozlardagina   emas,   balki   har   xil   ekinlarda   va   daraxtlarda   ham   uchraydi.
O‘zbekistonda   aniqlanganlari   o‘rtasida   eng   ko‘p   uchraydigan   turlari   quyidagilardir:
Chryzopa sarnea Steph., Ch. septempunctata W., Ch. albolineata L., Ch. vittata W .
Oltinko‘zlar   tillasimon   och   yashil   tusli   juda   nozik   hasharotlar   hisoblanadi.
Ularning   ancha   keng,   sadafsimon   yoki   kamalaksimon   tovlanadigan   qanotlari
yoyilganda   19   dan   55   millimetrgacha   yetadi.   Murtlari   tuksimon,   peshonasi   yassi
bo‘ladi.   Yorug‘lik   tomon   yaxshi   uchadi.   Endigina   qo‘yilgan   tuxumlari   och   yashil
tusli   bo‘ladi,   keyin   esa   asta-sekin   qorayadi.   Urg‘ochisi   tuxumlarini   g‘o‘zaning
shoxiga,   barglariga   yoki   shona   tugunchalariga   bittadan   yoki   to‘p-to‘p   qilib   nozik
ipaksimon asosga qo‘yadi. Oltinko‘z qurtining gavdasi old va orqa tomonidan ixcham
bo‘lib, tez yugurishga mo‘ljallangan. Bunga uning ko‘krak qismida joylashib yaxshi
rivojlangan   oyoqlari   yordam   beradi.   Tusi   och   yashildan   –   och   sariqgacha.
Panjalaridagi   tirnoqlari   o‘rtasida   empodiyalari   bor.   Ko‘krak   va   qorin   segmentlarida
tananing   yonlarida   uchi   ilmoqli   yirik   tuklar   bilan   qoplangan   juft   bo‘rtiklari
rivojlangan.   Lichinkaning   katta   yapaloq   boshidagi   uzunchoq,   o‘roqsimon   egilgan
yuqori jag‘lari o‘ljani tutib olishga moslashgan. Pastki jag‘lari yuqorisiga zichlashib
yopiq   nay   hosil   qiladi.   Bu   naycha   orqali   yuborilgan   maxsus   hazm   qilish   shirasi
vositasida   oldindan   eritilgan   o‘lja   ichki   a’zolari   va   to‘qimalari   mazkur   nay   orqali
so‘riladi.   Lichinkaning   og‘iz   bo‘shlig‘iga   parda   tortilgan   bo‘ladi.   Oziqlanib   bo‘lgan
uchinchi   yoshdagi   qurt   malpigi   naychalari   mahsuli   bo‘lmish   ipaksimon   iplardan 29
yumaloq,   oq   pilla   o‘raydi.   Bir   necha   kun   o‘tgach,   qurt   oxirgi   marta   po‘st   tashlab
g‘umbakka   aylanadi.   Ochiq   tipda   tuzilgan   g‘umbak   yashil   tusli   bo‘ladi.   Rivojlanish
oxirida   harakatchan   bo‘lib   qoladi,   pillaning   yuqori   qismini   kemiradi   va   shu   qismi
qopqoq   singari   ochiladi.   Hosil   bo‘lgan   teshikdan     g‘umbak   tashqariga   chiqadi   va
qulay   joyni   tanlab   substratga   mahkam   yopishib   oladi   va   tullaydi,   pirovardida   yetuk
zot uchib chiqadi. Oltinko‘zning qurtlarigina yirtqichlik qilib hayot kechirishadi, ular
nihoyatda   xo‘ra   bo‘ladi,   joydan-joyga   tez   ko‘chish   va   a’lo   darajada   izlash
xususiyatlariga   ega   bo‘ladi.   Juda   hammaxo‘r   bo‘lib,   bo‘g‘imoyoqlilarning   70dan
ziyod   turlari   bilan,   shu   jumladan,   kanalarning   11   turi   bilan   oziqlanadi   (39,   58   –   67
b.).
Oltinko‘zning hayot kechirish davri quyidagicha kechadi. U yetuk zot shaklida
va qisman pilla ichidagi g‘umbak holida tuproq kesaklari, o‘simlik qoldiqlari ostida,
daraxt   va   bino   yoriqlari,   kavaklarida   qishlaydi.   O.Yu.   Yuzbashyanning
ma’lumotlariga qaraganda, oltinko‘zlar  O‘zbekiston sharoitida turarjoylar va boshqa
imoratlar ichida faqat yetuk zot shaklida qishlab chiqadi. Qishlab chiqqan oltinko‘zlar
tabiiy   sharoitlarda   erta   bahorda,   ya’ni   mart   oxiri-aprel   boshlarida,   o‘rtacha   sutkalik
harorat   10-11 0
ga   yetganda   faollashadi.   Qishlovdan   chiqqan   hasharotlar   bu   vaqtda
gulli   o‘simliklarning   gul   changi   bilan   oziqlanishadi,   juftlashadi,   so‘ngra   esa   tuxum
qo‘yishga   kirishadi.   Tuxumlar   o‘simlik   barglarining   yuzasi   va   ost   tomonlariga   va
boshqa   joylarga   bittadan   yoki   bir   nechtadan   to‘p-to‘p   qilib   qo‘yiladi   va   ingichka
poyacha   holida   substratga   ilashadi.   Ko‘pincha   oltinko‘z   tuxumlarini   shira   juda
ko‘paygan joylarda-lichinkalari uchun oziq oson topiladigan yerlarga qo‘yadi. Tuxum
qo‘yish   tekis   kechadi.   Bitta   urg‘ochi   sutka   davomida   65   tagacha,   butun   umri
davomida   esa   500-750   tagacha   tuxum   qo‘ya   oladi.   Embrionlik   rivojlanish
davomiyligi,   ob-havo   sharoitlariga   qarab,   4   dan   15   kungacha   davom   etadi.
Lichinkaning   tuxumni   yorib   chiqishi   hammasi   bo‘lib   bir   necha   minutga   cho‘ziladi,
shundan keyin ular birmuncha vaqt qimirlamay qoladi. Terisi qurib qotgandan keyin
lichinka   tuxum   bandi   bo‘ylab   pastga   tushadi   va   zo‘r   berib   oziq   qidira   boshlaydi.
Lichinkalar (ayniqsa kichik yoshdagilari) juda serharakat bo‘ladi. Oziqlanish vaqtida
ular   ikki   marta   tullaydi.   So‘nggi   tullash   pilla   ichida   kechadi.   Lichinkalik   davrining 30
rivojlanish davomiyligi, atrof muhit haroratiga va oziq mavjudligiga qarab 7 dan 21
kungacha   davom   etadi.   Birinchi   yoshdagi   lichinkalar   asosan   har   xil   hasharotlarning
tuxumlari,   shiralar   va   kanalar   bilan   oziqlanadi,   ikkinchi   va   uchinchi   yoshdagilari
kamhara-kat   bo‘ladi,   hamda   yirikroq   o‘ljalarni   afzal   ko‘radi.   Rivojlanish   davri
davomida   lichinka   300   tagacha   shira,   o‘rgimchakkana   va   zararli   tunlamlarning
tuxumlarini yeydi   (34, 86 – 96 b.) . 
Katta   yoshdagi   lichinkalari,   oziqlanishni   poyoniga   yetkazib,   pilla   o‘raydi   va
bevosita   o‘simliklarda,   uning   turli   pana   joylarida   g‘umbaklanadi.   G‘umbaklanishga
kirish  davri  2  dan  7 kungacha,  g‘umbak davri  esa   5 dan  16 kungacha  davom   etadi.
G‘umbakdan   ochib   chiqqan   yetuk   hasharot   5-7   kun   oziqlanadi   va   shundan   keyin
juftlashadi.   Urg‘ochilar   shira   to‘plangan   joyni   qidirib   topishi   bilanoq   tuxum   qo‘ya
boshlaydi.   Ular   sutkaning   oqshom   va   ertalabki   soatlarida   juda   faol   bo‘ladi:
urg‘ochilari   butun   hayoti   davomida   (birmuncha   vaqt   oralatib)   tuxum   qo‘yadi.
Oltinko‘zning   yetuk   zoti   tabiiy   sharoitda   giyoh   shiralari,   gulli   o‘simliklarning
gulchanglari, hamda barg, meva va boshqalarning suyuqliklari bilan oziqlanadi. 
O‘zbekiston   sharoitida   oltinko‘zlarning   asosiy   turlari   4-5   avlod   berib
ko‘payadi. Tabiatda oltinko‘zlarning avlod berish miqdori iqlim sharoitlariga, hamda
atrofdagi   o‘simliklarda   bo‘g‘imoyoqli   hayvonlarning   zichligiga   bog‘liq   bo‘ladi.
Masalan, oltinko‘z bir avlodining rivojlanishi, haroratga (19-21 0 
dan 35-37 0
 gacha) va
havo namligiga qarab 25 kundan 55 kungacha davom etishi mumkin. Harorat 37-40 0
S
va   havoning   nisbiy   namligi   30-40%   bo‘lganida,   bir   avlodning   rivojlanishi   15-19
kunda tugallanadi   (14, 45 – 61 b, 40, 97 – 103 b.).
Oddiy oltinko‘z lichinkasi va xonqizi   trips va   shiralarning har xil turlari bilan,
hamda o‘rgimchakkana, sikada, komstok qurti, tokka tushadigan un qurti, fitonomus
va   qurtlar   bilan   oziqlanishi   mumkin.   Yetuk   oltinko‘zlar   o‘z   avlodlarini   oziq   bilan
ta’minlash uchun mavsum davomida har xil ekinlarga ko‘chib yurishadi. Qurti uchun
yetarli   miqdorda   oziqa   manbai   topilishi   bilanoq   urg‘ochisi   darhol   tuxum   qo‘yishga
kirishadi.   Erta   bahorda  bedazorlarda,   arpa,  bug‘doy  ekinlarida,   begona  o‘tlarda,  tut,
meva daraxtlarida ko‘plab oltinko‘zlarni topish mumkin. G‘o‘za nihollarida   trips va
shira   paydo   bo‘layotgan   davrda   ular   shunday   paykallarga   o‘tib   obdon   rivojlanadi. 31
Keyinchalik   ular   boshqa   ekin   maydonlariga   tusha   boshlaydi.   Biroq,  ularning  nufuzi
turli makonlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Ular mavsum davomida g‘o‘za ekinlariga
va mevali daraxtlarga eng ko‘p tushadi. Masalan, g‘o‘za maydonida may o‘rtalarida
har   100   tup   o‘simlikda   8-15   ta   yetuk   zot,   20-25   ta   tuxum,   2-5   ta   lichinka,   1-2   ta
g‘umbak sanash mumkin   (28, 67 – 71 b, 39, 97 – 103 b.) . 
G‘o‘za   sug‘orila   boshlaganida   hamda   asosiy   o‘ljalar   ko‘payganida,
oltinko‘zlarning yetuk zot va lichinkalarining hayot faoliyati uchun eng qulay sharoit
vujudga   keladi.   Jumladan,   bu   davrda,   ya’ni   iyun-iyul   oxirlarida   har   100   tup
o‘simlikda   800-1000  tagacha   yetuk   zot,   1200-1500   ta  tuxum,   75-100   ta  lichinka   va
25-30   ta   g‘umbak   sanash   mumkin.   Keyinchalik,   garchi   oltinko‘z   uchun   oziqa   soni
ko‘paysa   hamki,   ularning,   xususan,   lichinka   va   g‘umbaklarining   soni   keskin
kamayadi. Oktyabr oxiri-noyabr boshlarida tabiatda oltinko‘z tuxumi va lichinkalari
ko‘rinmay   qoladi,   g‘umbak   va   imago   ham   onda   sonda   uchrashi   mumkin.   Ana   shu
davrda   qishlab   chiqadigan   avlodning   yetuk   zotlari   paydo   bo‘ladi.   Ularning   uchishi
noyabr   oxirigacha,   kuz   juda   iliq   kelganda   esa   dekabr   o‘rtalarigacha   davom   etadi.
Oltinko‘zlar   agrobiosenozda   muayyan   o‘rin   egallashiga   qaramay,   yuqori   harorat,
havo   nisbiy   namligining   pastligi,   tabiiy   kushandalar,   g‘o‘zani   har   xil
zararkunandalardan   himoya   qilishga   keng   ishlatiladigan   zaharli   kimyoviy   vositalar
ta’sirida   ularning   nufuzi   va   foydali   faoliyati   ancha   pasayadi.   Shu   bois   trips,   shira,
o‘rgimchakkana   va   boshqalar   tushgan   uchastkalarga   oltinko‘zlarni   mavsumiy
chiqarish usuli katta qiziqish uyg‘otadi   (14, 45 – 61 b, 40, 97 – 103 b.) . 
Hozirgi   vaqtda   oltinko‘zlarni   laboratoriyalarda   tabiiy   oziqlarda   hamda   sun’iy
oziqli   muhitlarda   ommaviy   tusda   ko‘paytirish   usuli   tuzib   chiqilgan.   Tabiiy   oziqda
ko‘paytirish   uchun   don   kuyasi   kapalagining   endigina   qo‘ygan   yoki   qizargan
tuxumlaridan   muvaffaqiyatli   foydalaniladi.   Oltinko‘zlarni   ommaviy   tusda
ko‘paytirilganda   uning   har   bir   rivojlantirish   davri   uchun   xar   hil   o‘rtacha   sutkalik
harorat   va   havo   namligi   talab   etilishini   hisobga   olish   lozim.   Birinchi   yoshdagi
lichinkalar uchun 80% li havo namligi bilan uyg‘unlashtirilgan 25 0  
li harorat maqbul
hisoblanadi. G‘umbaklar birmuncha kam talabchan, biroq ular o‘sha sharoitlarda eng
ko‘p yashab qolishi qayd etilgan. Tuxumlar, ikkinchi va uchinchi yoshlardagi qurtlar 32
hamda   g‘umbak   oldi   holati   haroratlarning   keng   diapozonida   (20-30 0
  haroratda)   va
namlikda   (50-80%)   muvaffaqiyatli   rivojlanaveradi.   Yetuk   zot   rivojlanishi   uchun
maqbul bo‘lib yuqori namlik (80%) va mo‘tadil harorat (20 0
C atrofida) hisoblanadi.
Ana   shunday   sharoit   mavjud   bo‘lganda   hasharotning   yashovchanligi   eng   yuqori
darajada   bo‘ladi;   eng   uzoq   (80-82   kun)   umr   kechiradi   va   eng   ko‘p   miqdorda   (750)
gacha tuxum qo‘yadi   (18, 99 – 109 b, 37, 287 – 295 b.).  
B.P.   Adashkevichning   ma’lumotlariga   qaraganda,   oltinko‘z   tuxumlarining
rivojlanish   davomiyligi,   haroratga   qarab,   3   sutkadan   7   sutkagacha   boradi.   Lichinka
15-28   kun,   g‘umbak   esa   8-17   kun   rivojlanadi.   Yetuk   zot   bir   oygacha   yashaydi.   Bir
avlodning o‘rtacha rivojlanish davomiyligi 52 kunni tashkil etadi. 
Tabiatda   oltinko‘z   xiyla   nufuzli   bo‘ladi.   Uning   yetuk   zoti   har   xil   ekinlarga
ko‘chib   yuradi,   oziqning   mo‘l-ko‘lligiga   qarab   goh-u   goh-bu   dalada   to‘planadi.
Muayyan   daladagi   trips,   shiralar   yoki   kanalar   sonini   kamaytirish   uchun   oldindan
laboratoriyada   ko‘paytirilgan   oltinko‘zlarning   qurtlarini   sun’iy   ravishda   tarqatish
kerak.
Oltinko‘zlarni ommaviy tusda urchitish usuli ko‘pchilik davlatlar kabi, bizning
mamlakatimizda   ham   tuzib   chiqilgan.   Oltinko‘z   urchitish   texnologiyasi   quyidagi
jarayonlarni:   lichinkalar   uchun   oziq   tayyorlash,   tuxumlarni   inkubatsiya   qilish,
lichinka va yetuk zotni tarbiyalash, tuxum olish va ularni yig‘ishtirish, biomaterialni
saqlashni o‘z ichiga oladi. Substratdan ajratilgan oltinko‘z tuxumlarini 25 0
 harorat va
80%   nisbiy   havo   namligida   ikki-uch   sutka   tutiladi.   Bunday   sharoitlarda   lichinkalar
to‘rt-besh   kunda   ochib   chiqadi.   Qurt   chiqishidan   bir   kun   oldin   (yakkalatib   o‘stirish
uchun) tuxumlar katakli sadkalarga joylashtiriladi yoki yarim litrli shisha bankalarda
gruppalab   o‘stiriladi.   Oltinko‘z   qurtlariga   kannibalizm   (o‘zidakalarni   yeb   qo‘yish)
xosdir. Shuning uchun bu hasharotni ko‘paytirishda yakka-yakka qilib maxsus uyali
sadkalarda   o‘stirish,   yoki   ma’lum   «qurbonlar»   bilan   gruppali   o‘stirish   usuli
ishlatilishi   mumkin.   Yakka   o‘stirish   usuli   maxsus   jihozlarni   talab   etib   qimmat
bo‘lganligi sababli, ikkinchisi gruppali o‘stirishni ta’riflab o‘tamiz   (14, 45 – 61 b.).   
Oltinko‘z qurtlarini   gruppali usulda   o‘stirish uchun muayyan qoidalarga rioya
etish   talab   qilinadi.   Oziqni   mo‘l-ko‘l   qilib   berish   kerak.   Laboratoriyadagi   sharoit 33
qurtlar uchun hamisha optimal bo‘lishi kerak: harorat 20-27 0
, havo namligi 50-70%.
Qurtlarni   gruppalab   parvarishlash   kannibalizmdan   to‘liq   holi   qila   olmaydi,   shuning
uchun   ularni   yarim   litrli   shisha   bankaga   50   tadan   oshirmay   joylash   shart.   Har   bir
bankaga   100-200   tagacha   va   xususan   200   tagacha   hasharot   joylashtirilsa,   zichlik
oshishi   oqibatida   qurt   chiqishi   18-20%   kamayadi.   Oltinko‘zlarni   qurtlik   davrida
tarqatishni ko‘zda tutilganda, uni gruppalab boqish yahshi samara beradi.
Biolaboratoriya   va   biofabrikalarda   oltinko‘zni   ommaviy   tusda   urchitish
borasidagi   muammolardan   biri   -   qurtlarni   oziq   bilan   ta’minlash   masalasidir.
Oltinko‘zlar   hozirgacha   don   kuyasi   kapalagi   tuxumlarida   o‘stirilmoqda.   Lekin
nisbatan   qimmat   bo‘lsa   ham   qurtlarni   oziqlantirishga   monand   sun’iy   oziq
muhitlarining bir nechta retseptlari yaratilgan. 
Yirtqich   qandalalar.   Qandalalar   yarimqattiq   qanotlilar   ( Hemiptera )   turkumiga
kirib, noto‘liq rivojlanadilar. O‘zga bo‘g‘imoyoqli hayvonlar hisobiga yashaydigan 7
ta   oilaga   mansub   qandalalar   qayd   qilingan.   Bularning   orasida   ayniqsa   Antocoridae
oilasiga mansub Orius qandalasining ( Orius albidipennis Reut . va  Orius niger Wolff )
ahamiyati   kattadir.   Keng   tarqalib,   kuchli   urchiydigan   bu   kushandalar
o‘rgimchakkananing   tuxum   va   lichinkalarini   so‘rib   katta   foyda   keltiradi.   Bularning
har   biri   bir  kunda   100  dan  ortiq  tuxum  va  lichinka  bilan  oziqlanishi   mumkin  (F.M.
Uspenskiy, 1970). 
Bulardan   tashqari,   yirtqich   qandalalardan   nabiuslarni   ( Nabis   ferus   L .)   –
Nabidae  oilasi, hamda miridlarni ( Campylomma diversicornis Reut ) –  Miridae  oilasi,
qayd   etib   o‘tish   mumkin.   Yirtqich   qandalalar   o‘rgimchakkanadan   tashqari:   shira,
trips,   mayda   qurtlarni   so‘rib   oziqlanadi.   Aniqlanishicha,   yirtqich   qandalalar   hatto
g‘o‘za   tunlamining   tuxumlarini   50%   gacha   kamaytirib   turishi   mumkin.   Yirtqich
qandalalar   yetuk   zot   shaklida   turli   o‘simlik   qoldiqlarining   ostida   qishlab   qolib,
kelgusi yilining martidan oktyabrgacha faol hayot kechiradi. Bu davrda 4-5 ta avlod
berib ko‘pgina zararli hasharotlarni sezilarli dar a jada kamaytiradi.
Koksinellidlar   -   qattiq   qanotlilar   ( Coleoptera )   turkumining,   xonqizi
( Coccinellidae )   oilasiga   mansub   hasharotlardir.   Konsinellidlar   oilasiga   mansub
vakillar   keng   tarqalgan   bo‘lib,   ular   ekinlarga   tushadigan   xavfli   zararkunandalarni 34
yo‘qotishda   katta   ahamiyatga   ega.   Shiralar,   kanalar,   qurtlar,   qalqondorlar,
kapalaklarning tuxumlari va kichik yoshlardagi qurtlari hamda fitonomus qurtlari ana
shunday   zararkunandalar   qatoriga   kiradi.   Qo‘ng‘izning   gavdasi   yumaloq,   tepasi
qubbali,  osti  yassi,  aksari   yarim  shar  shaklida  bo‘lib,  yon  tomondan  qaralganda   old
yelkasi   va   qanot   ustligi   ravon   qubbali   holda   ko‘zga   tashlanadi.   Tuxumlari   sariq
rangli, xiyla yirik, uzunchoq shaklda bo‘ladi.
Koksinella   oilasiga   mansub   qo‘ng‘izlar   tuxumlarini   tamaki   tripsi   va
o‘simlikxo‘r   shiralar   koloniyalari   yonidagi   o‘simliklarning   har   xil   qismlariga   to‘p-
to‘p   qilib   qo‘yadi.   Yirtqich   tuxumidan   ochib   chiqqan   lichinkalari   shiralar   bilan
oziqlanadi. Endigina ochib chiqqan lichinkalar birmuncha vaqt tuxum po‘stloqlarida
(bir-biriga   qattiq   qisilib)   o‘tiradi   va   shirani   topishi   bilanoq   uni   yoyishga   kirishadi.
Kichik yoshlardagi  qurtlar u qadar harakatchan bo‘lmaydi. Yoshi oshgan sayin juda
harakatchan bo‘lib,   trips va   shiralarning to‘pidan to‘piga o‘taveradi. Lichinkalar o‘z
hayotida   to‘rt   yoshni   o‘taydi.   G‘umbaklanish   payti   kelganda   lichinkalar   tanasining
keyingi tomoni bilan biror narsaga ilinib oladi.
G‘umbaklar kamharakat bo‘ladi, lekin iztiroblanganda gavdasining old qismini
qo‘qqisdan ko‘tarib, perpendikulyar holatda turadi. G‘umbaklanadigan joylar har xil
bo‘lishi   mumkin.   G‘umbaklar   ko‘pincha   lichinkalar   oziqlangan   o‘simliklarning
barglarida   yoki   shoxchalarida   joylashadi.   G‘umbaklardan   chiqqan   qo‘ng‘izlar
shiralarni zo‘r berib qiradi va 10-12 kun o‘tgach juftlashishga kirishadi, yana bir-ikki
kun   o‘tishi   bilanoq   tuxum   qo‘ya   boshlaydi.   Urg‘ochilari   tuxumlarini   ravon
qo‘ymaydi.   Tuxum   qo‘yishga   kirishgandan   keyin   10-15   kun   o‘tgachgina   eng   ko‘p
(sutkasiga   38-42   ta)   tuxum   qo‘yiladi.   Urg‘ochilarning   tuxum   qo‘yish   davri   45
kungacha   cho‘ziladi.   Bitta   urg‘ochi   zot   umuman   250   dan   2900   tagacha   tuxum
qo‘yishi mumkin. Koksinellid qo‘ng‘izlari turlicha balandlikdagi tog‘larda qishlaydi.
Bahorda   qishlov   joylaridan   ancha   barvaqt   uchib   chiqadi.   Qishlov   joylaridagi
havoning   harorati   va   namligi   qo‘ng‘izlarni   faol   holatga   o‘tishiga   olib   keladigan
asosiy shartlardandir.
Qishlovdan   chiqqan   qo‘ng‘izlar   aprel   boshida   yoki   o‘rtalarida,   ya’ni   o‘rtacha
sutkalik   harorat   12-15 o
  yetganda   bedazorda,   shaftolizor   bog‘larda   va   yovvoyi 35
o‘simliklarda   paydo   bo‘ladi.   Oziqning   miqdori   va   sifatiga   hamda   ob-havo
sharoitlariga qarab, ularning qo‘shimcha oziqlanishi 10-22 kunga cho‘ziladi. So‘ngra
esa ular juftlashish va tuxum qo‘yishga kirishadi.
Yirtqich xonqizlar orasida eng hammaxo‘ri 7-nuqtali qo‘ng‘iz hisoblanadi. Har
bir  qo‘ng‘iz bir  sutka davomida 50 dan 100 tagacha shira yeydi, lichinkalari esa  85
tagacha   shirani   qiradi.   To‘rtinchi   yoshdagi   lichinkalari   ayniqsa   badnafs   bo‘ladi.
Barcha   makonlarda   shiralar   nufuzi   keskin   kamayishi   natijasida   iyul   oxiri   –   avgust
boshlarida turlicha qo‘ng‘izlarning ko‘pi yozgi uyquga ketish uchun vodiydan tog‘li
tumanlarga uchib ketadi. 
Yetti   nuqtali   va   o‘zgaruvchan   xonqizi   qo‘ng‘izlari   Toshkent   viloyatidagi
Oqtosh,   Xo‘jakent,   Xumson,   Suvko‘kda,   ya’ni   dengiz   sathidan   800-2500   metr
balandlikda to‘planadi. Ular  ko‘pincha yakka holda, ba’zan esa,  15-20 tadan bo‘lib,
o‘tlar va butalar tagida, hazon va ezilgan barglar ostida joylashib oladi.
Kuzgi   sovuqlar   tushishi   bilan   qo‘ng‘izlar   to‘plangan   joylaridan   to‘g‘onlar
yonidagi   eng   bahavo   joylarga   va   tog‘larga   uchib   borib,   u   yerlarda   necha   minglab
yig‘ilishadi. Qishlovga to‘plangan ayrim to‘plari bir-birlariga yaqin joylashadi. Ular
odatda har yili bir xil joylarda qishlanadi, bu esa qishlaydigan to‘plarning joylanishini
kartaga  olish  imkonini  beradi.  O‘zbekistonda   koksinellidlarni  eng  samarali   turlariga
quyidagilar   kiradi:   7-nuqtali   xonqizi,   o‘zgaruvchan   besh   nuqtali,   2   nuqtali
semiadaliya hamda brumus. Boshqa xil turlari kam uchraydi.   
Tamaki   tripsiga   qarshi   entomofaglarni   rivojlanish   dinamikasi.   Tabiiy
entomofaglar   tamaki   tripsni   sonini   kamaytirishda   katta   a h amiyatga   egadir.   G‘o‘za
maydonlarida   tripsni   asosiy   entomofaglar   kuzatildi   va   oltinko‘z   ko‘proq   uchradi.
Entomofaglardan   birinchi   bo‘lib   xonqizi   paydo   bo‘ldi.   Uning   rivojlanishi   may
oyining 2-chi o‘n kunligida boshlandi. Xon qizini eng ko‘p uchragan vaqti iyun oyiga
to‘g‘ri   keldi.   Bunda   100   o‘simlikda   52   ta   xonqizi   borligi   aniqlangan.   Keyin   xon
qizini soni kamayib borganlini kuzatishgan. Lekin mavsum oxirigacha kam miqdorda
bo‘lsada   uchrab   turishi   hamda   oltinko‘z   iyun   oyining   boshlarida   paydo   bo‘la
boshlashi   to‘g‘risidagi   ma‘lumotlar   uchraydi.   Iyun   oyining   boshlarida   oltinko‘zni
soni   43   dona   (100-o‘simlik   hisobida)   ga   yetdi   va   shundan   keyin   sekin   kamayib 36
borganligi   olimlar   tomonidan   o‘rganilgan.   Lekin   oltinko‘z   ham   mavsum   oxirigacha
g‘o‘za m a ydonlarida borligini kuzatish mumkin. 
5 - jadval.
Tripsni tabiiy kushandalarini rivojlanish dinamikasi (100-o‘simlik hisobida
dona) (Sh.T.Xo‘jayev)
Kuzatish
kunlari Nazorat Tajriba 10% ammofos
Xonqizi O ltinko‘z Xonqizi Oltinko‘z
10.  V - - - -
20.V 8 3 8 4
1.VI 24 18 29 19
10.VI 39 22 37 19
20.VI 47 33 52 28
1.VII 36 38 41 43
10.VII 32 32 28 29
20.VII 21 23 19 21
1.VIII 24 15 27 12
10.VIII 13 18 8 10
20.VIII 22 22 34 14
1.IX 8 15 16 14
3.3. Tamaki tripsiga qarshi kimyoviy kurash usuli.
G‘o‘zani   tamaki   tripsidan   uyg‘unlashgan   himoya   qilish   tizimlarida   kimyoviy
usul   hali   ham   yetakchi   o‘rinni   egallaydi.   Bunda   kutilgan   samaraga   tez   erishiladi,
barcha ishlarni to‘liq mexaniza t siyalash mumkin bo‘ladi. Kimyoviy himoya vositalari
(pestitsidlar)   kimyo   sanoatida   ishlab   chiqariladi   va   iste’molchilarga   ancha   arzon
baholarda sotiladi. Demak, bu xarajatlar tezda qoplanib ketadi. Hisobotlardan ma’lum
bo‘lganidek,   paxtachilikda   pestisidlar   ishlatish   natijasida   yiliga   har   gektarda   4-5   s.
hosil   saqlanib   qoladi,   shu   bilan   birga   zararkunandalarga   qarshi   kurashga   sarflangan
mablag‘   besh-olti   baravar   qoplanib   ketadi.   Biroq,   bu   usulning   talay   afzalliklaridan 37
tashqari, kamchiliklari ham bor, ulardan eng muhimi – issiqqonli hayvonlar va odam
uchun   zaharliligidir.   Surunkasiga   bir   xil   dorini   qo‘llanaverishi   tripslarda   ularga
nisbatan   chidamlilik   yoki   bardoshlilik   xususiyatini   vujudga   keltirishi   mumkin.
Bundan   tashqari,   insektitsidlar   universallik   xossaga   ega   bo‘lgani   tufayli,
zararkunandalar   bilan   birga   foydali   entomofaglarni   ham   kamaytirishi   va   tabiiy
biosenozlarni   izdan   chiqarishi   mumkin.   Shu   sababli,   mamlakatning   ko‘p   ilmiy
tadqiqot   muassasalarida   mazkur   nuqsonlarni   bartaraf   etishga   qaratilgan   izlanish
ishlari   olib   boriladi.   Tadqiqotlarning   hozirgi   bosqichida   tavsiya   qilinadigan
insektitsid   va   akaritsidlarning   xilini   ham,   zararkunandalarga   qarshi   kurash   tizimini
takomillashtirish   ishida   ham,   birmuncha   muvaffaqiyat   qozonilganini   qayd   etish
mumkin.   Bulardan   foydalanish   kimyoviy   usulda   dorilanadigan   maydonlar   hajmini
qisqartirishga va o‘stirilayotgan ekinlarni to‘liq saqlab qolishga imkon yaratadi. 
Xo‘sh, insektoakarisidlar oldiga asosan qanday talablar qo‘yiladi? Bu, avvalo,
dorilarni odam va hayvonlar uchun kam zaharli bo‘lishi; tevarak muhitda bir mavsum
va   yil   davomida   zaharsiz   metobolitlarga   parchalanishi;   biologik   hamda   iqtisodiy
jihatdan   yuqori   samarali   bo‘lishi;   qulay   preparativ   shaklga   ega   bo‘lishi;   foydali
organizmlarga   nisbatan   mumkin   qadar   bezarar   bo‘lishidir.   Borgan   sari,   dorilarni
ishlatish usul va vositalari takomillashib bormoqda.
Kimyoviy   vositalarni   o‘rganish,   sinash   va   ishlatishga   oid   barcha   masalalar
Davlat   komissiyasi   zimmasiga   yuklatilgan.   Pestitsidlarga   sanitariya-gigiyena
jihatidan   baho   berishga   doir   masalalar   esa   respublika   sanitariya,   gigiyena   va
mutaxassislik   kasalliklarini   o‘rganish   ITIga   yuklatilgan.   Pestisidlarning   fizik-
kimyoviy, hamda toksikologik va qo‘llanish xususiyatlarini; atrof muhitdagi holati va
boshqalarni puxta bilib olish – ulardan xavfsiz, hamda to‘g‘ri foydalanishning asosiy
shartidir.
Pestitsidlar   hayvon   va   odamni   zaharlashi,   tashqi   muhitda   saqlanishi   hamda
olinadigan mahsulotda to‘planishi  mumkin, shu boisdan har qaysi  dori  uchun qat’iy
ravishda   ilmiy   asoslangan   tavsiyalar,   cheklashlar   (reglamentlar)   bo‘lishi   va   ular
pestitsidni   bexatar   samarali   qo‘llanilishini   ta’minlashi   talab   qilinadi.   Pestitsidlarni 38
ishlatish   qoidalari   Davlat   kimyo   komissiyasi   tomonidan   sog‘liqni   saqlash   vazirligi
bilan   hamkorlikda   belgilanadi.   Buning   uchun   har   yili   «Qishloq   xo‘jaligida   ishlatish
uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati» tuziladi.
  Unda dorilarning nomi, ularni sarflash me ‘ yorlari, qo‘llanishga ruxsat etilgan
ekinlar;   shuningdek   «kutish   muddatlari»,   ya’ni   hosil   yetilishigacha   oxirgi   dorilash
muddatlari ko‘rsatiladi. 
Har   yili   eng   samarali,   ammo   odam   va   hayvonlar   uchun   kam   zaharli
hisoblangan   yangi   pestitsidlar   ro‘yxatga   kiritiladi,   eskirib   qolgan   va   eng   zaharli
dorilar ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi. 
Binobarin,   zaharli   ximikatlardan   foydalanishda   shu   yil   uchun   tasdiqlangan
pestitsidlar   ro‘yxatiga,   shuningdek   ta’riflangan   preparatlarning   reglamentlari   va
amaliy   tavsiyalarga   amal   qilmoq   lozim.   Pestitsidlar   ishlatishda   qo‘yiladigan   asosiy
talablar quyidagilardan iborat.
1.   Dorilarni   tavsiya   etilgan   sarflash   me ‘ yorlariga   qat’iy   rioya   qilish   lozim.
Belgilangan me ‘ yorlarini oshirish yoki kamaytirish bir qancha ko‘ngilsiz oqibatlarga
olib kelishi mumkin.
2.   Faqat   zarurat   tug‘ilganda,   ya’ni   zararkunandaning   nufuzi   iqtisodiy   miqdor
mezonidan oshgandagina kimyoviy dorilash o‘tkazish.   Bunda shu zararkunandalarga
qarshi   kurash   olib   borish   tizimi   va   foydali   hasharotlarning   nufuzi   inobatga   olinishi
lozim.
3.   Pestitsidlarni   saqlash,   transportda   tashish     va   ishlatishda   xavfsizlik
qoidalariga doir instruksiyaga amal qilish shart.
4.   Kutish   muddatlariga   –   oxirgi   dorilash   bilan   hosilning   yetilishi   o‘rtasidagi
vaqtga qat’iy rioya qilish, pesti t sidlarning oziq mahsulotlaridagi yo‘l qo‘yilgan qoldiq
miqdorini oshib ketmasligini ta’minlaydi.
6 - jadval
G‘o‘zada tamaki tripsi va boshqa so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda
preparatlar «O‘zbekiston   Respublikasi qishloq xo‘jaligida   o‘simlik   zararkunandalari,
kasalliklariga   va   begona   o‘tlarga   qarshi   foydalanish   uchun   ruxsat   etilgan   kimyoviy 39
va   biologik   himoya   vositalari,   defoliantlar   hamda   o‘simliklarning   o‘sishini
boshqaruvchi   vositalar»  ro‘yxati 2022-yilda nashr etilgan 
Preparat, ishlab chiqaruvchi
firma, mamlakat,   qayta
ro‘yxatga olish sanasi Sarf
me’yori,
ga/kg yoki
ga/l Preparatdan
foyda
laniladigan
ekin turi Qaysi
zararkunandaga
qarshi ishlatiladi
1 2 3 4
Abamektin (abamectin)
ABAMIN 5% em.k.
“ Popular   science   biotehnology ” ,
MChJ, O‘zbekiston, 31.12.2023 0,2
G‘o‘za Trips, 
o‘rgimchakkana
MEKAR, m.em. (18 g/l) 
“ Щ yelkov o  Agroxim” AJ, 
Rossiya  30.09.2025 0,4
G‘o‘za O‘rgimchakkana,
shiralar, trips
Alfa sipermetrin (alpha cypermethrin)
FOSShANS, em.k.   “Pervy 
shans trade”  MChJ,  
O‘zbekiston  30.04.2026 0,25-0,3
G‘o‘za Shiralar, trips, 
qandalalar, 
g‘o‘za tunlami
Asetamiprid (acetamiprid)
AGROPLAN NEO 20% s.e.k. 
(B)  “Top Agro Trade” MChJ,
O‘zbekiston, 31.12.2022 0,2
G‘o‘za Shiralar, trips, 
oqqanot
AGRO-SPLAN 20%  n.kuk.
“Agro Aziya Group”, MChJ,
O‘zbekiston, 31.12.2023 0,2
G‘o‘za Trips
ASETAMID 20% em.k. 
“ Popular science 
biotechnology ” ,  MChJ, 
O‘zbekiston, 31.12.2023 0,5
G‘o‘za Shiralar, trips
K 3x3, 20% n.kuk. (B) 
“ Corewell   Traiding ”, 
O‘zbekiston, 30.12.2022 0,15
G‘o‘za Shiralar, trips
MASPILAN GRANT 20% 
n.kuk. “Agro Vet Kimyo” 
MChJ, O‘zbekiston, 31.12.2023 0,15-0,2
G‘o‘za Trips, shiralar
CANIPLAN 20 SP   “Salar 
agromarket”,  MChJ , 
O‘zbekiston 30.09.2025  0,3
G‘o‘za Trips 40
MOSETAM 20 SP,  s . e . kuk .
“Landchem” XK-MChJ, 
Avstriya  30.04.2026 0,2
G‘o‘za Shira, tripslar
Asefat (acephate)
EZOFOKS, 75% n.kuk. “Ifoda 
Agro Kimyo Himoya”, MChJ 
O‘zbekiston 30.09.2025 0,7
G‘o‘za Shiralar,
tripslar
Beta-sipermetrin + xlorpirifos ( beta - cypermethrin  + chlorpyriphos )
BETAFOS   20% em.k.   “Top 
Agro Trade” MChJ,  
O‘zbekiston, 31.12.2022 1,0
G‘o‘za Shiralar, trips
Buprofezin + imidakloprid
APPOLON 40% n.kuk.
“ Zara   Trust ”, MChJ, 
O‘zbekiston, 31.12.2023 0,25
G‘o‘za Trips
Deltametrin (deltamethrin)
DESIS 10% em.k. (B)
«Bayer KropSay- yens», 
Germaniya, 31.12.202 4 0,2
G‘o‘za Shiralar, trips, 
oqqanot, g‘o‘za 
tun- lami
Diafentiuron (diafenthiuron)
RAUDO   50% sus.k.
“ UPL   Europe   Limited ”, Buyuk 
Britaniya  30.04.2026 0,8-1,0
G‘o‘za Shiralar, trips, 
o‘rgimchakkana
Dinotefuran (Dinotefuran)
Tenchu 20% s.e.g.   “Mitsui 
Chemical”, Yaponiya  
30.09.2025 1,0
G‘o‘za Shiralar, trip s
D inotefuran + tiametoksam
EFFEKT EKSTRIM, s.d.g.
“Awiner O‘g‘it”, MChJ, 
O‘zbekiston 30.04.2026 0,3
G‘o‘za Shiralar, trips, 
oqqanot
Dimetoat (dimethoate)
DEMOFOS, em.k. “Ifoda Agro 
Kimyo Himoya”, MChJ 
O‘zbekiston 30.09.2025  2,0
G‘o‘za Shiralar, trips, 
o‘rgimchakkana,
oqqanot
ALPGOR 40 em.k. “Agro Best 
Grup”, Turkiya 30.09.2025 1,0
G‘o‘za Shiralar, trips, 
qandalalar, 
g‘o‘za 
qandalasiga 41
CANSACOR 40 EC   “Salar 
agromarket”,  MChJ , 
O‘zbekiston 30.09.2025 2,0
G‘o‘za Trips
DIMETOAT-58, 40% em.k.
“Agro Aziya Group” MChJ, 
O‘zbekiston 30.04.2026 1,5
G‘o‘za Shiralar, trips
Imidakloprid (imidacloprid)
GALIL sus.k. “Adama 
Agrokalcher B.V.”, 
Niderlandiya 30,04,2026 0,2-0,3
G‘o‘za Poliz biti 
(shirasi), tamaki 
tripsi, 
o‘rgimchakkana, 
g‘o‘za tunlami
IMIDAShANS, s.e.k. “Pervy 
shans trade”  MChJ, 
O‘zbekiston 30.04.2026 0,15-0,2
G‘o‘za Shiralar, trips
KONFIDET 20% s.e.k. 
“Mobedco”, MChJ, O‘zbekiston
30.09.2025  0, 3 G‘o‘za Shiralar, trip- 
slar
Imidakloprid Ekstra Original 
70% s.d.g. “Zara Trust” MChJ, 
O‘zbekiston 31.12.2025 0,07- 0, 1 G‘o‘za Shiralar , trips
IMIDAKLOPRID ORIGINAL 
35%sus.k. « Zara   Trust »,  MChJ 
O‘zbekiston  31.12.2023 0,1
G‘o‘za Shiralar, trips
XIMIDOR 60% sus.k. 
“Ximreaktivsnab” MChJ, 
O‘zbekiston 31.12.2022 0,07
G‘o‘za Trips
EKVADOR 35% sus.k. “Ifoda 
agro kimyo himoya”, MChJ, 
O‘zbekiston, 31.12.2023 0,1
G‘o‘za Shiralar, trips
Insector 350 SC   “Salar   agro  
market”, MChJ, O‘zbekiston
30.09.2025 0,1
G‘o‘za Shiralar, trips
KANVIDOR 20% s.e.k. “Agro 
Aziya Group” MChJ, 
O‘zbekiston 30.04.2026 0,15-0,3
G‘o‘za Trips 42
SUNPLUS 350 SC, sus.k. 
“Agro business”, MChJ, 
O‘zbekiston 30.04.2026 0,3
G‘o‘za Shira, trips, 
oqqanot
Imidakloprid + alfa-sipermetrin (imidacloprid + alpha cypermethrin)
ESPERO, sus.k (200+120 g/l) 
“Щyelkov o  Agroxim” AJ, 
Rossiya   30.09.2025 0,25
G‘o‘za Shiralar, trips
Imidakloprid + beta-sipermetrin (imidacloprid +  beta cypermethrin)
CANTAR 300 em.k. “Agro 
Best Grup”, Turkiya 30.09.2025 0,15 -0,2 G‘o‘za Shiralar, 
trips , 
saraton
Imidakloprid + Lyambda sigalotrin ( imidacloprid  +  lambda cyhalothrin )
ANTIKOLORAD MAKS, 
sus.k. “Swissagro” QK-MChJ, 
O‘zbekiston “Fabrika 
agroximikatov” MChJ, Ukraina 0,25
G‘o‘za Shiralar, g‘ o‘za 
tunlami
IMIDAShANS PLYuS, 
sus.k.“Pervy shans trade”  
MChJ, O‘zbekiston 
30.04.2026 0,2-0,3
G‘o‘za Shiralar, trips
Lyambda sigalotrin + asetamiprid ( lambda cyhalothrin  +  acetamiprid )
YeIJO*DO 24,7% sus.k. (B) 
(A) “Zibo Xianlongda Pesticide 
Co. Ltd.”, XXR, 31.12.2022 0,15–0,2
G‘o‘za Shiralar, trips
Lyambda sigalotrin + tiametoksam (lambda cyhalothrin + thiametoxam)
T-35 SUPER 24,7% sus.k.
“ Ibodulla   Ziyodulla   Yusuf ”, 
MChJ, O‘zbekiston  30.04.2026 0,2-0,25
G‘o‘za Shira, trips, 
qandalalar
ENDJEO DUO, sus.k.
“Awiner O‘g‘it”, MChJ, 
O‘zbekiston 30.04.2026 0,2
G‘o‘za Trips
Lyambda sigalotrin + tiametoksam + lyufenuron (lambda cyhalothrin + thiametoxam
+ lufenuron)
ENERGY-TRIO 32,5% em.k.
“Eco Life”, MChJ, O‘zbekiston
30.04.2026 0,25
G‘o‘za Trips
Novaluron + Bifentrin (novaluron + bifenthrin)
RIMON FAST sus.k. 0,3–0,7 G‘o‘za Shiralar, trips, 
o‘rgimchakkana,  43
“Adama Agrikalcher B.V.”, 
Niderlandiya, 31.12.2022 oqqanot, g‘o‘za 
tunlami
Pimetrozin  ( pymetrozine )
TANGO 50% s.d.g. “Yevro 
Tim”, O‘zbekiston-Germaniya, 
MChJ 30.09.2025 0,2-0,3
G‘o‘za Shiralar, trips, 
oqqanot, 
qandalalar
NUSTORIA 50 WC,  s . d . g .
“Agro business”, MChJ, 
O‘zbekiston  30.04.2026 0,3
G‘o‘za Shira, trips, 
oqqanot
Pimetrozin+nitenpiram
PROTEKT NEO 80% em.k.
“Awiner O‘g‘it”, MChJ, 
O‘zbekiston 30.04.2026 0,15-0,25
G‘o‘za Trips
Piriproksifen ( pyriproxyfen )
URBAN 10 em.k. “Agro Best 
Grup”, Turkiya 30.09.2025 0,5
G‘o‘za Shiralar, trips
SALARFOS 65% em.k.
“Salar Agromarket”, MChJ, 
O‘zbekiston 30.04.2026 0,35
G‘o‘za Shiralar, trips
3.4. Tamaki tripsiga qarshi o‘tkaziladigan boshqa kurash usuli.
Mexanik usul deb zararkunandalarga qarshi kurashda turli xil mostlamalardan
foydalanishga   aytiladi.   Paxtachilikda   g‘o‘zani   zararkunandalardan   himoya   qilish
maqsadida   ular   atrofidagi   begona   o‘tlarni   olib   chiqarib   yo‘q   qilish   va   usul
jumlasidandir.
Fizikaviy   usulga   zararkunandalarga   qarshi   kurashda   yuqori   va   past   haroratni
ishlatish   hamda   ultrazvuk,   yuqori   chastotali   tok,   infraqizil   to‘lqinlar,   yorug‘lik,
ultrabinafsha to‘lqinlarini ishlatish va boshqalar kiradi. 
Buning   oldini   olish   uchun   uy   sharoitida   quyidagi   oddiy   fizikoviy   usul
qo‘llaniladi.   Kechasi   uchadigan   hasharotlarni   hisoblash   va   qisman   qirish   uchun
sveto-lovushkalardan foydalanadi. Bu moslamalarda elektr manbai, lampa, kalpak va
past   qismida   voronka   hamda   hasharot   yig‘uvchi   moslama   ishlatilinadi.
Svetolovushkalar   stolbalarga   yerdan   2-4   m   balandlikda   ilinadi.   Oddiy   lampalardan 44
ko‘ra   ultrabinafsha   nurlanadigan   PRK-4   yoki   BUV   va   EUV   lampalari   ko‘proq
hasharot jalb qiladi.
Genetik   va   boshqa   yangi   usullar .   G‘o‘zani   so‘ruvchi   zararli   organizmlaridan
himoya   qilishda   nur   va   kimyoviy   moddalar   yordamida   hasharotlarni   sterilizatsiya
(bepusht)  qilish yoki qirish, hamda gormonal preparatlarni, attraktant (jalb qiluvchi)
va   repellent   (o‘zidan   haydovchi)   moddalarni   ishlatish   ushbu   usullarga   kiradi.
Sterilizatsiya   (naslsiz)   qilish   maqsadida   koboltning   (SO
60 )   radioaktiv   izotopi
yordamida   maxsus   moslamada   erkak   hasharotlarga   gammanurlanish   beriladi.
Kimyoviy sterilizatsiya uchun gametasid xususiyatga ega bo‘lgan vositalar ishlatiladi.
Odatda,   buning   uchun   etilenimin   mahsuli   bo‘lgan   tiotef,   afolat,   tretamin   (TET),
fosfazin  kabi   kimyoviy moddalar  ishlatilishi  mumkin.  Amaliyotda bu  moddalarning
birini   hasharot   yetuk   zoti   g‘umbakdan   chiqqanidan   keyin   5%-lik   qand   eritmasiga
0,01-0,1% - miqdorida qo‘shib oziqlantirilsa qo‘yilgan maqsadga erishiladi. Ya’ni:  a)
yetuk zot qanday jinsga ega bo‘lmasin u urchish qobiliyatini yo‘qotmaydi, aksincha,
qisman zo‘rayadi, yashash muddati qisqarmaydi;   b)   sterilizasiya samaradorligiga ega
bo‘lish  uchun  hasharot   juftining birortasiga   ta’sir   etish  kifoya  etadi;   v)   urg‘ochi   zot
xemosteriliantlar   ta’sirida   ikki   baravar   kam   tuxum   qo‘yadi;   xemosteriliantlar   ta’sir
qilgan hasharotlar qo‘ygan tuxumning 94-98% tidan qurt paydo bo‘lmaydi.
O‘z-o‘zidan   ma’lumki   xemosteriliantlarni   qo‘llash   uchun   maqsadga   muvofiq
hasharotni sun’iy ravishda laboratoriyalarda ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Kelajakda,
bu   usulni   qo‘llash   istiqbolli   yo‘llaridan   biri   bu   xemosteriliantlarni   hasharot   jinsiy
feromonlari   bilan   birgalikda   qo‘llashdir,   ammo   bunga   mavjud   kimyoviy
moddalarning   odam   va   issiq   qonli   hayvonlar   uchun   yuqori   darajada   zaharliligi
hozircha   to‘sqinlik   qilmoqda   (M.A.   Buliginskaya,   G.D.   Chugunova,1972;   S.T.
Vasyurin, A.I. Gavrilova, 1972 va boshqalar) .   Ammo   qayd etilgan kamchilik tufayli
bu usul keng ishlatilgani  yo‘q. Yangi kurash usullaridan biologik faollik bilan ta’sir
etadigan   moddalarni   qo‘llash   istiqbollidir.   Bunday   moddalar   o‘z   asosida   hasharot
metamorfoza (o‘zgarishida) faol ishtirok etadigan asosiy garmon- ekdizon  (qurtlarning
po‘st tashlashini, yetuk zotga o‘tishini va diapauzadan chiqishini  ta’minlaydi) hamda
yuvenil   garmon- neotenin   (qurtlarni   yetuk   zotga   aylanishiga   to‘sqinlik   qiladi) 45
nisbatini   va   faoliyatini   o‘zgartirib   hasharot   jismining   anormal   rivojlanishini
ta’minlashga qaratilgan. Odatda, hasharot lichinka va qurtlarining normal rivojlanishi
qonda   ekdizon   garmoni   ko‘payishi   bilan   po‘st   tashlash,   so‘ngra   yuvenil   garmon
ortishi bilan keyingi ekdizon ko‘payish to‘lqinigacha rivojlanish bilan ifodalanadi. Bu
borada   har   ikkala   garmonning   birortasini   miqdor   nisbatini   o‘zgartirish   organizmni
o‘limga   maxtum   etadi,   Misol   uchun,   hasharot   organizmiga   qo‘shimcha   sintetik
yuvenoid preparat (dimilin tipidagi) yuborilsa, qurt po‘st tashlay olmay (yorilib)yoki
yetuk   zotga   aylanmay   nobud   bo‘lishi   mumkin.   Aksincha,   antiyuvenoid   preparat
yuborilsa - qurt barvaqt yetuk zotga aylanib rivojlanishga qobiliyatsiz bo‘lib qol ishi
to‘g‘risida   olimlar   ko‘plab   izlanishlar   olib   borilgan.   Repellent   moddalar   deb
xurkitadigan moddalarga aytiladi. Bunday moddalar ko‘pincha chivin va pashshalarni
yaqinlashtirmaslik   uchun   ishlatiladi   (dimetilftalat).   Attraktantlar   deb   jalb   qiluvchi
moddalarga   aytiladi.   O‘z   navbatida   bular   jinsiy   attraktantlar   (jinsiy   feromon-lar),
hamda oziqa va tuxum qo‘yish uchun jalb qiluvchi moddalarga bo‘linishi mumkin.
I V  – bob. TAMAKI TRIPSIGA QARSHI O‘TKAZILGAN KURASH
CHORALIRINING BIOLOGIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI
TAHLILI
4.1. G‘o‘zadagi tamaki tripsiga qarshi kurash choralarining biologik
samaradorligi tahlili.
G‘o‘zadagi tamaki tripsiga qarshi J.T.Xo‘jayev va boshqalar ilmiy tadqiqotlar
olib   borishgan.   Tajribalarida   tripsga   qarshi   qo‘llanilgan   agrotexnik   kurash   usulini 46
biologik   samaradorligini   aniqlash   qo‘llanilgan   10%   li   ammafosni   (22   kg/   ga)
qanchalik trips sonini kamaytirish bilan ifodalagan.
J.T.Xo‘jayev   tajribada   qo‘llanilgan   agrotexnik   kurashning   biologik
samaradorligi quyidagi formula bo‘yicha ishlab topilgan.
BS  =  A-V     x 100%
A
Tajriba   tripsga   q arshi  10  %  li  ammofos  bilan barg  sathidan  ozi q lantir gan . Bu
davrda   tripslar   soni   1- o‘ simlikda   11   dona   borligi   ani q lan gan .   Q arshi   kurash
o‘tkazilgandan   keyin   esa   10-iyun   kuni   qayta   tekshiruvlar   olib   borilganda   1-
o‘simlikda 3 dona qolganligi aniqlangan. Keyingi kuzatuvlarda tripslar soni zararlilik
iqtisodiy   chegarasidan   oshmaganligi   kuzatilgan.   Natijada   boshqa   kurash   choralari
olib   borilmagan.   Ilmiy   izlanishlari   natijasida   J.T.Xo‘jayev   tamaki   tripsiga   qarshi
o‘tkazgan tadbirlari ya‘ni 10 % li ammofos 22,0 kg/ga bilan suspenziya o‘tkazganida
biologik   samaradorlik   72,7   %   ni   tashkil   etganligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Bunda
qo‘llanilgunga qadar bo‘lgan zararkunandalar soni 11 donani 10 % li ammofos 22,0
kg/ga   bilan   suspenziya   o‘tkazganidan   so‘ng   esa   3   donani   tashkil   etgan.   Nazorat
variantida   birinchi   kuzatuvda   8   donani   va   keyingi   kuzatuvda   9   donani   tashkil
etganligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Suspenziya   bilan   ishlov   berish   tripslar   bilan
zararlanishni   kamaytirib   qolmasdan,   o‘simlikni   barg   orqali   oziqlanishini   ham
ta‘minlaydi   va   shu   tariqa   g‘o‘zani   o‘sish   va   rivojlanishini   ham   yaxshilanishiga   olib
kelganligini ko‘rsatadi.
7 - jadval.
Tamaki tripsiga qarshi qo‘llanilgan agrotexnik kurashni biologik samaradorligi
(Sh.T.Xo‘jayev, 2012-2015 y. Toshkent viloyati )
Variantlar Tekshiruv
kunlari Vositalar
qo‘llanilgunga
qadar bo‘lgan Vositalarni
ishlatilgandan
keyingi qolgan Biologik
samaradorlik
(%-xisobida) 47
zararkunan
dalar soni (1-
o‘simlik
xisobida dona) zarar-
kunandalar so-
ni (1-o‘simlik
xisobida dona)
I
Nazorat  h ech
qanday kurash
chorasi
qo‘llanilmaydi 3.06
10 .06 8
- -
9 -
II
Tajriba agro -
texnik kurash 10
% li ammofos
22,0 kg/ga 3.06
10.06 11
- -
3 72,7
Raxmatov A. va boshqalar 2012-yilda o‘tkazgan tadqiqotlarida tamaki tripsiga
qarshi kurash turli xil variantlarda ularga qarshi preparatlardan foydalanilgan. Bunda
Karache   super,   10%   em.k.,   preparatini   2   xil   normada   sinab   ko‘rib   biologik
samaradorligi   aniqlangan.   Keyingi   variantda   Atilla,   5   %   k.e.,   preparatidan
foydalanilgan.   Karache   super,   10   %   em.k.,   preparatini     0,075   l/ga   sarf   me‘yorida
qo‘llanilganda 3 kundan so‘ng birinchi nazorat o‘tkaziladi bunda 8,0 dona, 7 kundan
so‘ng 5,1 donani, 14 kundan so‘ng 3,8 donani hamda biologik samardorlik 89,54 %
ni tashkil etganini ko‘rishimiz mumkin.
Karache super, 10 % em.k., preparatini  0,1 l/ga sarf meyorida qo‘llanilganda 3
kundan so‘ng birinchi nazorat o‘tkaziladi bunda 4,8 dona, 7 kundan so‘ng 2,2 donani,
14 kundan  so‘ng  0,9 donani   hamda biologik  samardorlik  97,6 %  ni   tashkil   etganini
ko‘rishimiz mumkin. 
Atilla,   5   %   k.e.,   preparatini   4,5   l/ga   sarf   me‘yorida   qo‘llanilganda   3   kundan
so‘ng   birinchi   nazorat   o‘tkaziladi ,   bunda   4,8   dona,   7   kundan   so‘ng   2,0   donani,   14
kundan   so‘ng   0,8   donani   hamda   biologik   samardorlik   97,9   %   ni   tashkil   etganini
ko‘rishimiz mumkin. 
8 - jadval 48
Tamaki tripsining g‘o‘zadagi zarariga qarshi insekti t sidlarni qo‘llash
samaradorligi
(Raxmatov A va boshqalar 2012 y) 
Variantlar  Sarf
me’yori,
l,kg/ga Zararkunandaning soni 1
m 2 
dona. Samaradorlik, kunlar
bo yicha  % ʻishlov beril ga ndan keyin,
kunlarda
3 7 14 3 7 14
Karache super, 
10% em.k. 0, 075 8,0 5,1 3,8 79,5 85,9 89,54
Karache super, 
10% em.k. 0,1 4,8 2,2 0,9 87,3 94,2 97,6
Atilla, 5 % k.e.
0,25 4,5 2,0
0 , 8 88,9 94,6 97,9
Nazorat
(ishlovsiz) -
37 , 6 37 , 1 35,9 - - -
Raxmatov   A.   ilmiy   tadqiqotlarida   tamaki   tripsiga   Atilla,   5   %   k.e.   preparati
bilan kurash o‘tkazilgan variantda yuqori biologik samaradorlik qayd etilgan (-rasm).
9 - jadval
Tamaki tripsni rivojlanish dinamikasi. ( 1-o‘simlik  h isobida dona)
(Sh.T.Xo‘jayev, 2012-2015 y. Toshkent viloyati )
Kuzatish kunlari Nazorat  h ech qanaqa
kurash olib borilmagan Tajriba  agrotexnik
kurash ammofos 10% li
Tamaki tripsi (dona) Tamaki tripsi (dona)
10.  V 4,5 5,0 49
20. V 6 8
1. VI 8 11
10. VI 9 3
20. VI 4 2
1. VII 5 4
10. VII 3 2
20. VII 4 1
1.VIII 2 -
10.VIII - -
20.VIII - -
1.IX - -
3  - rasm.  Tamaki tripsining g‘o‘zadagi zarariga qarshi insekti t sidlarni
qo‘llashning biologik samaradorligi (Raxmatov A va boshqalar 2012 y)
Tamaki   tripsi   soni   kam   bo‘lsada,   g‘o‘za   o‘sishdan   to   hosil   yig‘ib   olguncha
rivojlanib   zarar   keltiradi.   Tamaki   tripsini   rivojlanish   dinamikasi   g‘o‘za   unib
chiqgandan boshlab zarar keltira boshlaydi.
4.2. G‘o‘zadagi tamaki tripsiga qarshi kurash choralarining iqtisodiy
samaradorligi tahlili. 50
G‘o‘zadagi   tamaki   tripsiga   Sh.T.Xo‘jayev   olib   borgan   ilmiy   izlanishlarda
qarshi agrotexnik kurash ya’ni 10 % li ammofosni (22 kg/ga) suspenziyasini qo‘llab
nazoratga nisbatan 3,6 s/ga  qo‘shimcha hosil olganligini ko‘rish mumkin.
Sh.T.Xo‘jayev,   2012-2015   o‘tkazgan   tadqiqotlarining   iqtisodiy   samaradorligi
berilgan.
1. Hosildorlik. a) nazorat – 32,4 s/ga b) tajriba – 36,0 s/ga
II.  Hosildorlikni   variantlar   bo‘yicha   farqi   a)   nazorat   –   0  s/ga,   b)   tajriba   –  3,6
s/ga. 
III.   Sh.T.Xo‘jayev,   2012-2015   o‘tkazgan   tadqiqotlarida   xo‘jalikda   paxtani
sotish bahosi 1 sentneri  o‘rtacha 330000so‘mni  tashkil etgan. 1 s – 330000 so‘m.
3,6 s  – x
X = 330000  x 3,69    = 1188000 so‘m/ga,
IV. Qo‘shimcha hosil hisobiga yalpi daromad olingan. a) nazorat – 0 so‘m, b)
tajriba   -  1188000 so‘m/ga
V. Yetishtirilgan qo‘shimcha  h osil uchun ketgan xarajatlar
5.1. O‘simliklarni  himoyasi  uchun. Tajriba varianlarida  tamaki  tripsiga  qarshi
10% li ammofosni (22 kg/ga) suspenziyasi qo‘llanilgan. 1 kg ammofos suspenziyasi
tayyorlash   uchun   va   ishlov   berish   bilan   birgalikda   2500   so‘mga   xarajat   bo‘lgan.
Demak: 1 kg  – 2500 so‘m
22 kg   -      X
X =  2500 x 22     =   55000 so‘m/ga
5.2.   Qo‘shimcha   hosilni   tashish   uchun   ketgan   xarajatlar.   Xo‘jalikda   1   tonna
paxtani tashish uchun   25000 so‘m  to‘langan. Demak : 1 t  -  25000 so‘m, 0,36
t  - X
X  ≈   25000  x  0,36     ≈ 9000 so‘m/ga
5.3. Qo‘shimcha hosilni quritish va yuklash uchun ketgan xarajatlar.
Xo‘jalikda 25500 so‘m to‘langan.  1t   -  10500 so‘m
0,36
t  -  X
X ≈  25500  x  0,36     ≈ 9180 so‘m/ga
                    1 51
5.4. Qo‘shimcha hosilni terish uchun ketgan xarajatlar. Xo‘jalikda 1 kg paxtani
terish uchun 800 so‘mdan to‘langan. 
1 kg -  800 so‘m
360 kg        -      X
X   =    800 x 360    =    288000  so‘m/ga
                  1
5.5. Tajribada boshqa xarajat 50000 so‘m bo‘ldi.
VI. Jami xarajatlar.
55000 + 9000 + 9180 +  288000  + 50000 =   361180  so‘m/ga
VII. Sof daromad.
1188000 – 361180 = 826820 so‘m/ga
VIII. bir so‘m xarajat  h isobiga  foyda.
826820:361180  = 2,29  so‘m/ga
10 - jadval.
Iqtisodiy samaradorlik
№ Ko‘rsatkichlar birligi Variantlar 
Nazorat tajriba
1 Hosildorlik s/ga 32,4 36,0
2 Qo‘shimcha  h osil s/ga - 3,6
3 1s   paxtani   davlatga   sotish
ba h osi so‘m 330000 330000
4 Yalpi daromad  so‘m - 1188000
5 Jami xarajatlar so‘m - 361180
5.1. O‘simliklarni  h imoyasi uchun so‘m - 55000
5.2. Tashish uchun so‘m - 9000
5.3. Quritish  va yuklash uchun so‘m - 9180
5.4. Terish uchun so‘m - 288000
5.5. Qo‘shimcha xarajatlar so‘m - 50000 52
6 Sof daromad so‘m - 826820
7 Bir   so‘m   xarajat   h isobiga
olingan foyda
so‘m - 2, 29
XULOSALAR
Tamaki   tripsi   g‘o‘zaning   asosiy   so‘ruvchi   zararkunandasi   hisoblanib,
zararkunandani   rivojlanishi,   zarari   va   ularga   qarshi   kurash   choralarini   tahlil   qilib
quydagilarni xulosa qilish mumkin.  
O‘zbekiston   sharoitida  tamaki   tripsi   mavsum   davomida   yetti   sakkiz   marotaba
avlod   berib   rivojlanadi.   Bahorda   havo   harorati   10 0
S   dan   oshgandan   so‘ng
zararkunanda   rivojlanib   boshlaydi.   Dastlab   u   begona   o‘tlarda   rivojlanadi   va   keyin 53
g‘o‘zada rivojlanib mavsum oxirigacha unga zarar keltiradi. Zararkunandaga kurash
choralari o‘tkazilmasa g‘o‘za hosilini 30-40% gacha pasayishiga olib keladi. 
J.T.Xo‘jayev tamaki tripsiga qarshi o‘tkazgan tadqiqotlarida 10 % li ammofos
22,0 kg/ga bilan suspenziya o‘tkazganida 72,7 % biologik samaradorlikga erishgan. 
Raxmatov   A .   va   boshqalar   tadqiqotlarida   tamaki   tripsiga   qarshi   turli   xil
variantlarda   prep ara tlardan   foydalanishgan.   Bunda   Karache   super,   10%   em.k.,
preparatini   2   xil   normada   sinab   ko‘rib   biologik   samaradorligi   aniqlangan.   Keyingi
variantda   Atilla,   5   %   k.e.,   preparatidan   foydalanilgan.   Karache   super,   10   %   em.k.,
preparatini   0,075 l/ga sarf me‘yorida qo‘llanilganda 3 kundan so‘ng birinchi nazorat
o‘tkaziladi bunda 8,0 dona, 7 kundan so‘ng 5,1 donani, 14 kundan so‘ng 3,8 donani
hamda biologik samardorlik 89,54 % ni tashkil etgan.
Karache super, 10 % em.k., preparatini  0,1 l/ga sarf me‘yorida qo‘llanilganda 3
kundan so‘ng birinchi nazorat o‘tkaziladi bunda 4,8 dona, 7 kundan so‘ng 2,2 donani,
14 kundan so‘ng 0,9 donani hamda biologik samardorlik 97,6 % ni tashkil etgan. 
Atilla,   5   %   k.e.,   preparatini   4,5   l/ga   sarf   me‘yorida   qo‘llanilganda   3   kundan
so‘ng   birinchi   nazorat   o‘tkaziladi   bunda   4,8   dona,   7   kundan   so‘ng   2,0   donani,   14
kundan   so‘ng   0,8   donani   hamda   biologik   samardorlik   97,9   %   ni   tashkil   etganini
ko‘rishimiz mumkin. 
Tahlillarimizdan shuni xulosa qilishimiz mumkin tamaki tripsiga qarshi g‘o‘za
unib chiqganidan so‘ng tizimli monitoring qilib borish va shu bilan birga barg orqali
oziqlantirish   (suspenziya   qilish)   o‘simlik   barg   sifatini   yaxshilashgan   va   bir   oz
qalinlashishiga   olib   keladi.   Erta   bahorda   so‘ruvchi   zararkunandalar   (bitlar,   tamaki
tripsi)   barglarni   zararlashi   kamayadi,   shuning   uchun   bunday   vaziyatlarda   Xo‘jayev
tadqiqotlariga asoslanishimiz mumkin. 
Tamaki   tripsini   iqtisodiy   zarar   keltirish   me’zonidan   oshganidan   so‘ng   ularga
qarshi   A.Raximov   tadqiqotlarida   qo‘llanilgan   Atilla   preparati   bilan   ishlov   berib
zararkunandalar miqdorini kamaytirishimiz mumkin.
Zararkunandaning   ommaviy   ko‘payishini   oldini   olish   uchun   ham   turli
tadbirlarni   amalga   oshirish   zarur,   bunda   hosil   yig‘ilgandan   so‘ng   dalani   o‘simlik
qoldiqlaridan tozalash, sifatli shudgor qilish, yaxob suvlarini berish, almashlab ekish, 54
dala   atroflaridagi   begona   o‘tlarni   tozalab   yo‘qotish   va   boshqa   tadbirlarni   to‘g‘ri
hamda sifatli bajarish tamaki tripsini kamayishiga olib keladi.
O‘RGANILGAN VA  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Almuxammedov S. N , Xojayev. Sh “G‘o‘za zararkurandalari  va ularga
qarshi  kurash choralari ” Toshkent - 1991y.
2. Almuxammedov   S.   N   va   boshq   “G‘o‘zani     biologik     usulda     h imoya
qilish ”.
3. Berim. N. G “O‘simliklarni   h imoya  qi li sh (rus) ” Moskva-1986y.
4. Vavilov  G. G “O‘simlikshunoslik”Toshkent-1980y. 55
5. Dospexov. B. A  “Dala  tajribasi  metodikasi ”(rus)Moskva-1985y.
6. Davlatshina.   A.   N   “O‘zbekiston   sharoitida     g‘o‘zaning     asosiy
zararkurandalarning  entomof a glar” T o shkent-1972y.
7. Davletshina A.G., Jurovskaya S.A. “G‘o‘za   shiralari   va   unga   qarshi
kurash choralari” Toshkent 1953 y.
8. Davletshina A.G. “O‘zbekiston   sharoitida   g‘o‘zaning   asosiy
zararkunandalarini entomofaglari” Toshkent 1972 y.
9. Davletshina A.G. va boshqalar “Beda   qora   shirasini   yoppasiga
rivojlanishi”  Biologiya jurnali № 3 1980 y.
10. Deryaben V.I. “G‘o‘zani   so‘ruvchi   zararkunandalariga   qarshi
uyg‘unlashgan himoya chorasi” Toshkent 1981 y.
11. Jumanov. B. J “Mittilar  olamiga  sayo x at ” Tashkent-1989y.
12. Karimov.   I.   A     “O‘zbekiston   iqtisodiy     islo ho tlarni     chuqurlashtirish
yo‘lida ” T 1995y.
13. Karimov.   I.   A     “Deqonchilik   taraqqiyoti   -     farovonlik     manbayi”       T .
1994-y.
14.   Kan. A. A va  boshqa “Farg‘ona  vodiysi  sharoitida  g‘o‘zani  so‘ruvchi
zararkurandalari. ” Toshkent -1992y.
15. Kimsanboyev X. X   va boshqa “O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish”
Toshkent-1997 y. 
16. Kimsanboyev   X.X.     va   boshqa   “Umumiy     va   qishloq     xo‘jalik
entomologiyasi” Toshkent-2002 y
17. Kimsanboyev   X.   X,   Sulaymonov   B.   A.   Va   boshq   “Qishloq     xo‘jaligi
ekinlari     kasalliklari     va   zararkurandalariga   qarshi   kurashni   tashkil   etish”   Toshkent
2004 y.
18. Kan A.A., Kim Ch.N. “G‘o‘za   zararkunandalarini   uyg‘unlashgan
usulda  h imoya qilish” Toshkent “Mexnat”
19. Mugulin. A. A “Qishloq xo‘jalik  entomologiyasi”   (rus) Moskva 1983y.
20. Muxammadaliyev.   Sh.   S     Sulaymonov.   B.   A   Rashidov   M   I   “E k inlar
zararli  organizmlari  rivojlanishi  va  tarqalishining  bashorati” Toshkent-2009 y. 56
21. Nasrullayev D.N. “Qishloq   xo‘jalik   ekinlari   zararkunandalari
kasalliklari va ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari” Samarqand 1992 y.
22. Norziqulov M.N. “Poliz shirasi bi o logiyasi” Stalinobod 1948 y.
23. Nuruzev.   G.   S   “O‘simliklarni     kimyoviy     usulda     h imoya   qilish   ”(rus)
Moskva -1987y.
24. Nisrullayev.D.N   “Qishloq   xo‘jalik   ekinlari     zararkuranandalari,
kasalliklari va ularga  qarshi integral kurash choralari,” Samarqand-1992y.
25. Nasriddinov.   K.   N   “G‘o‘za   zararkurandlari     va   kasalliklarga   qarshi
kurash choralari ” Toshkent-1976y.
26. Osmolovskiy.G   Ye   Bondorekno.N   V   “Entomologiya”   (rus)   Lelingra d
1973y.
27. Pospelov.   S.   V.   Va   boshq   “O‘simliklarini   himoy a   qilish   ”   Toshkent-
1978y.   
28. Tanskiy. V. I “Zararkurandalargi  zararlanish darajasini biologik asoslari
”(rus) Moskva-1988y.
29. Uspenskiy.F.M va boshqa “G‘o‘za va boshqa ekinlar zararkurandalariga
qarshi kurash” Toshkent-1968y.
30. Xamrayev. F. X “O‘simliklarni barg sat h idan   oziqlantirishni   so‘ruvchi
zararkurandalarga  ta’siri” Samarqand-1990 y.
31. Xushvaqtov   Q.   X   “G‘o‘zani   asosiy     zararkurandalariga   qarshi
uyg‘unlashgan  kurash chorasi” Andijon-1996y.
32.   Xujayev   Sh.   T,   Xolmurodov   E.   A   “Entomologiya,   qishloq   xo‘jalik
ekinlarni  himoyasi, qishloq va agrotoksikologiya asoslari” Toshkent-2009y.
33. Xadasiyevich N.I. “G‘o‘zadagi   poliz   shirasining   iqtisodiy   zararlanish
chegarasi” Moskva 1973 y.
34. Xushvaqtov Q.X. “Zarafshon   vohasi   sharoitida   g‘o‘zaning   asosiy
zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan kurash chorasi” Sanktpeterburg 1994 y.
35. Xadasiyevich N.I. “G‘o‘zadagi   poliz   shirasining   iqtisodiy   zararlanish
chegarasi” Moskva 1973 y. 57
36. Xushvaqtov Q.X. “Zarafshon   vohasi   sharoitida   g‘o‘zaning   asosiy
zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan kurash chorasi” Sanktpeterburg 1994 y.
37. Shayxov. E  T  va boshq alar  “Paxtachil i k” Andijon-1990y.
38. Shvesova O.N. “G‘o‘zani barg sat h idan oziqlantirish uning so‘ruvchi
zararkunandalariga chidamliligini oshiradi”. Toshkent 1982 y.
39. O‘zbekiston     Respublikasi     qonuni   “   O‘simliklarni   zararkunanda
kasallik va  begona o‘tlardan   h imoya  qilish to‘g‘risida ” Toshkent-2000y.
40. O‘zbekistonda     2010-2015   yilarga   mo‘ljallangan   o‘simliklarni   himoya
qilishda ishlatishga ruxsat etilgan kimyoviy vositalar ro‘yxati.
41. Qodirov. S. Q ,  Xudayberdiyev. T. S “Paxtachilik ” Andijon-2002y.
42. G‘ulamov P. N. “Inson va tabiat” Toshkent-1990 y.
43. Yuzboshyan O.Sh., Xamroyev F.X. “G‘o‘zaning   so‘ruvchi
zararkunandalariga uyg‘unlashgan himoya chorasi” Toshkent 1982 y.
44. Tajriba     olib     borilgan     fermer     xo‘jaligni     2015-2016   yillardagi
ma’lumotlari.
45. S.Isayev,   B.Abdumo‘minov,   A.Shamsiyev,   X.Maxsadov   //Yangi
istiqbolli   va   rayonlashgan   g‘o‘za   //   O‘zbekiston   qishloq   xo‘jaligi   jurnali,   2015   yil,
№11. Noyabr 29-30 b. 
46. M.Qurbonmurodova   //   G‘o‘zani   zararlovchi   chigirtkalarning
bioekologiyasi // agro ilm 1 (39), 2016 y., 45-46 b.
47. Q.Bababekov,   N.Xo‘jamshukurov,   X.Agzamova   //   G‘o‘za
zararkunandalariga qarshi mikrobiologik kurash istiqbollari // Agro ilm 4 (42), 2016
y, 52-53 b.
48. B.Boltayev,   M.Muhammadiyeva,   B.Ibrohimov   //   G‘o‘za
zararkunandalariga   qarshi   kimyoviy   usulni   qo‘llashning   zararini   kamaytirish   va
biologik usulni rolini oshirish omillari // agro ilm, 4 (42), 2016 y, 54-55 b.
49. D.Aminova,   X.Yaxyayev   //   G‘o‘zani   biologik   usulda   himoya   qilish
samaradorligini oshirish yo‘llari va usullari // agro ilm jurnali, 4 (42), 2016 y, 56-58
b. 58
ILOVALAR
Tabachn ы y trips   –   Thrips tabaci Lind.
Klass:   Nasekom ы ye –   Insecta
Otryad:   Baxromchatokr ы l ы ye —   Thysanoptera
Semeystvo:   Tripidы –   Thripidae 59
Vredonosnost tabachnogo tripsa
Tabachn ы y trips vstrechayetsya absolyutno povsyudu. Vreditel osobo opasen,
poskolku yavlyayetsya mnogoyadn ы m i povrejdayetsya okolo 150 vidov razlichn ы x
rasteniy zakr ы togo i otkr ы togo grunta, a takje yavlyayetsya perenoschikom opasn ы x
virusov.   Sredi   selskoxozyaystvenn ы x   kultur   naibolshiy   vred   prichinyayet   luku,
tabaku, xlopchatniku.
Vredyat   vzrosl ы ye  nasekom ы ye  i   lichinki.  Su щ yestvenn ы y  vred   prichinyayet
na polyax luka i v teplisax. Pitayutsya putem v ы sas ы vaniya soka iz listyev rasteniya.
Listya teryayut turgor, jelteyut i skruchivayutsya v spiral. Pri povrejdenii matochn ы x
rasteniy, semena obrazuyutsya   щ upl ы mi i imeyut nizkuyu vsxojest. V teplisax vred,
prichinyayem ы y tripsami  znachitelno bolshe, poskolku eto zakr ы toye prostranstvo i
opasnosti podverjen ы  vse v ы ra щ ivayem ы ye v teplise rasteniya.
Morfologiya tabachnogo tripsa
Razmer   nasekomogo   dostigayet   0,8   –   0,9   mm,   ochen   podvijnoye,   kr ы lya   po
krayam   pokr ы t ы   baxromoy,   usiki   imeyut   sem   chlenikov,   okraska   ochen
raznoobrazna   i   variruyetsya   ot   jeltoy   do   chernoy.   Tabachn ы y   trips   imeyet 60
otlichitelnuyu osobennost, po kotoroy yego mojno otlichit ot ostaln ы x vidov tripsov –
imeyet   chet ы re   distaln ы ye   щ yetinki   na   jilke   perednix   kr ы lyev   i   prakticheski
prozrachn ы y perv ы y chlenik usikov.
Svet yaysa bel ы y, forma pochkoobraznaya, razmer 0,25 × 0,15 mm.
Lichinki   imagoobrazn ы ye,   lishen ы   kr ы lyev,   v   otlichii   ot   imago   imeyut   6-
chlenikov ы ye   usiki,   perv ы y   vozrast   lichinok   imeyet   bel ы y   svet,   vtoroy   i   nimf ы   —
jelt ы y.
Biologiya razvitiya tabachnogo tripsa
Zimovka   proxodit   v   stadii   imago.   Zimuyut   kak   pravilo   samochki,   v   pochve
libo v otmershix rasteniyax, na glubine 5 – 7 sm, a v teplisax i xranili щ ax zimuyut
pod suximi cheshuykami luka. V ы xod imago pripadayet na vtoruyu – tretyu dekadu
aprelya, pri etom nasekom ы ye snachala zaselyayut sornuyu rastitelnost. Yaysa samki
otklad ы vayut   v   tkani   kormovogo  rasteniya.   Odna   samka   otklad ы vayet   do  100   yais.
Razvitiye yaysa dlitsya okolo 3 – 7 sutok, lichinki – 8 – 10 sutok. Lichinki proxodyat
cherez   dva   vozrasta.   V   konse   perioda   aktivnogo   pitaniya,   lichinki   perexodyat   v
pochvu,   uglublyayas   na   10   –   15   sm,   gde   proxodyat   ye щ ye   cherez   dve   stadii   –
pronifm ы   i deytonimf ы . Spustya 4 – 8 sutok nachinayut poyavlyatsya imago. Odno
pokoleniye razvivayetsya okolo 15 – 30 sutok. V otkr ы toy pochve trips dayet 3 – 6
pokoleniy, a v teplise 6 – 8 pokoleniy.
Tabachnыy trips foto 61
Merы zaщitы ot tabachnogo tripsa
Agrotexnicheskiye mer ы  borb ы
 pravilnыy polevoy sevooborot; 62
 glubokaya zyablevaya vspashka;
 utilizasiya posleuborochnыx rastitelnыx ostatkov.
Ximicheskiye merы borbы
Na   luke   ispolzovaniye   insektisidov   neobxodimo   strogo   ogranichivat,   tak
oprыskivaniye semennikov provoditsya tolko do i posle sveteniya. Obrabotka luka na
pero ne dopuskayetsya.
 Vermitek 018, k.e.   (d.v. 18 g/l abamektin) – 0,7 – 1,0 l/ga, dvukratnoye
oprыskivaniye   v   period   vegetasii,   srok   ojidaniya   7   sutok.   Preparat   obladayet
translaminarn ы m   effektom,   blagodarya   chemu   ne   sm ы vayetsya   dojdem.   Polnostyu
bezopasen   dlya   poleznoy   entomofaun ы .   Takje   imeyet   akarisidnoye   deystviye.
Deystvuyu щ yeye ve щ yestvo b ы stro razlagayetsya v prirode.
 Aktellik   500,   k.e.   (d.v.   500   g/l   pirimifos-metil)   –   1,0   –   1,5   l/ga,
opr ы skivaniye   provoditsya   dva   raza   v   period   vegetasii.   Insektisid   yavlyayetsya
naiboleye bezopasnыm, iz ximicheskoy gruppы FOS;
 Bi-58  Novыy,   k.e.   (d.v.   400  g/l   dimetoat)   –  0,5   –  1,0   l/ga,  kolichestvo
oprыskivaniy – dva, srok ojidaniya 30 sutok.   Preparat  imeyet  kontaktno-sistemnoye
deystviye,   a   takje   fumigantnoye   i   akarisidnoye   deystviye,   obladayet   siln ы m
nepriyatn ы m zapaxom.
Lichinka, dlinoy 0,8-0,9 mm, ochen boykaya, dve parы krыlyev okrujenы baxromoy
iz resnichek, usiki 7chlenikovi, svet tela izmenchiv — ot jeltogo do pochti chernogo.
Ot drugix tripsov otlichayetsya nalichiyem chetыrex distalnыx щyetinok na peredney
prodolnoy jilke perednix krыlyev i svetlыm, pochti prozrachnыm pervыy chlenikom
usikov.   Yayso   belogo   sveta,   razmerom   0,25?0,15   mm.   Lichinki   beskrыlыye,   usiki
6chlenikovi,   lichinka   pervogo   vozrasta   belogo   sveta,   vtorogo   vozrasta   i   nimfы   —
jeltыye. 63
Zimuyut imago, preimuщyestvenno samki, v pochve i rastitelnыx ostatkax, na
glubine 5-7 sm, v teplisax, parnikax, xraniliщax pod suximi cheshuyami luka. Iz mest
zimovki vыxodyat v 2-3-y dekadax aprelya, zaselyaya vnachale sornyaki.
Samka   otklad ы vayet   yaysa   v   tkani   listyev.   Plodovitost   —   do   100   yais.
Embrionalnoye   razvitiye   dlitsya   3-7   sutok,   lichinochnaya   stadiya   —   8-10   sutok.   U
lichinok dva veka. Zavershiv pitaniya, uglublyayutsya v pochvu na glubinu 10-15 sm,
gde   proxodyat   dve   stadii   —   pronimf ы   i   deytonimf ы .   Cherez   4-8   sutok
poyavlyayutsya imago, kotor ы ye po tre щ inam zemli podnimayutsya na poverxnost i
perexodyat na rasteniye. Poln ы y sikl razvitiya odnogo pokoleniya sostavlyayet 15-30
sutok. V Rossii tabachn ы y trips razvivayetsya v 3-6 pokoleniyax, v teplisax dayet 6-8
pokoleniy.
Luk povrejdayut imago i lichinki. Nanosyat su щ yestvenn ы y u щ yerb na polyax
luka  pervogo,   na  posadkax   vtorogo   goda  i   v  teplisax.   Na   luke   pervogo   goda   trips ы
pitayutsya,   v ы sas ы vaya   sok   iz   listyev.   V   sluchaye   znachiteln ы x   povrejdeniy   listya
teryayut   turgor,   ponikayut,   kons ы   ix   jelteyut   i   skruchivayutsya   spiralno.   Na   luke
vtorogo   goda   nasekom ы ye   pitayutsya   na   listyax   i   sosvetiyax   i   v ы sas ы vayut   sok   iz
plodonojek   i   semyan.   V   teplisax   vredonosnost   tripsa   usugublyayetsya   tem,   chto   iz
luka vreditel pereselyayetsya na ogurs ы , kotor ы m nanosit su щ yestvenn ы y vred.

1 TAMAKI TRIPISINI ( THRIPS TABACI LIND) G‘O‘ZADAGI ZARARI VA UNGA QARSHI ZAMONAVIY KURASH VOSITALARINI QO‘LLASH MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………… 3 I – bob. G‘O‘ZANI SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARI, TARQALISHI, ZARARI VA KURASH CHORALARI ( ADABIYOTLAR TAHLILI )........................................................... 8 II – bob. TAMAKI TRIPSINING BIOEKOLOGIYASI, HAYOT KECHIRISHI, TARQALISHI........................................................... 17 2.1. Tamaki tripsi bioekologiyasi va hayot kechirishi ................................. 17 2.2. Tamaki tripsini tarqalishi, rivojlanishi va g‘o‘zaga yetkazadigan zarari...................................................................................................... 19 III – bob. G‘O‘ZADAGI TAMAKI TRIPSIGA QARSHI UYG‘UNLASHGAN KURASH CHORAL A RI TAHLILI............. 26 3.1. Tamaki tripsiga qarshi agrotexnik kurash choralari.............................. 26 3.2. Tamaki tripsiga qarshi biologik kurash usuli........................................ 29 3.3. Tamaki tripsiga qarshi kimyoviy kurash usuli...................................... 37 3.4. Tamaki tripsiga qarshi o‘tkaziladigan boshqa kurash usuli.................. 44 I V – bob. TAMAKI TRIPSIGA QARSHI O‘TKAZILGAN KURASH CHORALRINING BIOLOGIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI TAHLILI......................................................... 47 4.1. G‘o‘zadagi tamaki tripsiga qarshi kurash choralarining biologik samaradorligi tahlili.............................................................................. 47 4.2. G‘o‘zadagi tamaki tripsiga qarshi kurash choralarining iqtisodiy samaradorligi tahlili.............................................................................. 51 XULOSA LAR……………………………………………………….. 54 O‘RGANILGAN VA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ........................................................................................... 56 ILOVALAR ......................................................................................... 60

2 KIRISH Mavzusining dolzarbligi: G‘o‘za qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida dunyoda yetakchi o‘rinda turadi. Uning mahsuloti paxta oq, yumshoq tola bo‘lib, deyarli to‘liq sellyulozadan (taxminan 87-90%) iborat. Jahonda g‘o‘za 80 dan ortiq mamlakatda yiliga o‘rtacha 26-27 million tonna paxta hosili olinadi va uning 60 foizdan ortig‘i uch davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. G‘o‘za dehqonchilikdagi qadimgi ekinlardan biri. Uning vatani Hindiston hisoblanadi. G‘o‘za paxtasidan olinadigan toladan foydalanish qadim zamonlar — paleolit davridan boshlangan. Hind vodiysida miloddan 3 ming yil ilgari paxta yetishtirilib, undan yigirilgan ip tayyorlangan. Shuningdek, Xitoy, Eron, Peru va Meksikada g‘o‘za miloddan bir necha asr ilgari ma’lum bo‘lgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyoda miloddan avval 6-5-asrdan boshlab ekilgan. 10- asrdan Ispaniyaga va undan boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Ekin maydonining kattaligi jihatidan birinchi o‘rinda G. H irzutum turadi. Uning tabiiy holda tarqalgan joyi Markaziy Amerikadagi Meksika davlati bo‘lgani uchun Meksika g‘o‘zasi deb ataladi. Bizda bu turning tabiatiga birmuncha o‘zgarishlar kiritilgan va o‘rta tolali g‘o‘za deyiladi. Paxta tolasidan xilma-xil gazlamalar, ip, arqon, transportyor lentalari, rezina shilanka va balonlar uchun maxsus to‘qimalar va boshqalar tayyorlanadi. Jumladan, bir tonna paxtadan 340-350 kg tola, 50-60 kg momiq va 600 kg chigit olinadi. Bir tonna chigitdan esa 170 kg moy, 400 kg kunjara , 30 kg sheluxa olinadi. Bundan tashqari undan margarin, kirsovun va atir sovunlar tayyorlashda foydalaniladi. Respublikamizda g‘o‘za ekinini ichki imkoniyati juda kattadir. Agar bu ekinni biologik talablarini mumkin qadar to‘laroq qondiriladigan ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi joriy qilinsa, olinadigan paxta hosildorligi gektaridan 40-45 s/ga yetkazish mumkin. Bugungi kunda davlatimizni paxtachilikga oqilona ixtisoslashuvini saqlab qolish iqtisodiyotimizni asosini tashkil etadi. G‘o‘za ekinini ichki imkoniyatlari juda

3 kattadir. Agar bu ekinni biologik talablarini ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasida amalga oshirilsa olinadigan paxta hosildorligi gektaridan 50-60 sentnerga yetishi mumkin. Mamlakatimizda paxtachilik bilan shug‘ullana boshlaganligiga ikki ming yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan. Respublikamiz olimlari oldiga, yuqori hosilli, tezpishar tola sifati yuqori bo‘lgan, zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yetkazib berish ma’suliyati yuklanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalariga qarshi hozirgi kunda yaratilgan o‘simliklarni biologik ximoya qilish texnologiyasi mavjud bo‘lib, bu usul keng qo‘llanilmoqda. Biologik h imoya usuli, zararli organizmlarga qarshi ularni tabiiy kushandalarini qo‘llashdan iboratdir. Biroq g‘o‘za zararkunandalar va kasalliklar bilan qattiq shikas t lanadigan o‘simliklar qatoriga kiradi. Uni bir qator zararkunandalar zararlaydi. Ularga o‘z vaqtida qarshi kurashilmasa, xosilni anchagina qismini yedirib qo‘yish mumkin. Alimuxammedov S.N. va boshqalar (1989) ta’kidlashicha O‘zbekiston sharoitida g‘o‘za ekiladigan maydonlarda, g‘o‘za o‘sish rivojlanish davrida 214 turdan oshiq zararli hashoratlar rivojlanadi va zarar keltiradi. Yeremenko T.S. va boshqalar (1982) kuzatishlari shuni ta’kidlaydiki Jizzax va Sirdaryo viloyatlari sharoitida g‘o‘za agrobiosenozida 237 turdan oshiq hashoratlar hayot kechiradi. Shundan 30,4 % zararkunandalar, 53,1 % foydali h ashoratlar, 8,9 % o‘simliklarni changituvchilar va qolgan 7,6 % kanalar h isoblanadi. Ammo shu zararkunandalardan 10 turdan oshiqrog‘i asosiy va mavsumiy zararkunandalar h isoblanadi. Ko‘pchilik olimlarni fikricha asosiy zararkunandalar hisobiga yil davomida g‘o‘za hosildorligi 55-60 % gacha yo‘qotiladi. O‘simlikni himoya talablarini unumli va samarali amalga oshirish g‘o‘za hosilini saqlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Endilikda g‘o‘zani umumiy himoya qilish tadbirlari xam tubdan o‘zgarmoqda. Bunda diqqat-e‘tibor ko‘proq biologik kurashga va tabiatdagi foydali h ashoratlarni saqlab qolishga va shular orqali zararkunandalarni yo‘qotishga qaratilmoqda.

4 Hozirgi vaqtda za h arli kimyoviy vositalarni keng ko‘lamda ishlatishning zararli oqibatlari ma’lum bo‘lmoqda. Chunki zararli kimyoviy vositalarni surunkasiga ishlatilishi natijasida atrof mu h it, suv, h avo h ayvonot olami za h arlanib insonlar salomatligiga katta putur yetkazmoqda. Shuning uchun keyingi yillarda g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurashda uyg‘unlashgan kurash usulidan foydalanishga katta e‘tibor berilmoqda. Bu h imoya usulida ko‘proq biologik kurashga e‘tibor berish, tabiatdagi foydali h ash a r o tlarni rivojlanishiga sharoit yaratib berish h amda zararkunandani sonini h isobga olgan h olda unga qarshi kurashish lozimdir. Ko‘pchilik olimlarni ta’kidlashicha zararkunandalarga qo‘llaniladigan h ar qanday kurash vositasini qo‘llaganda, ularni to‘liq yo‘qotishni ko‘zda tutmasdan, balkim ularni sonini bir oz kamaytirishga erishishni afzal ko‘rish yaxshiroqdir. Chunki bir zararkunandani umuman yo‘qotishga h arakat qilinsa, uning entomofaglari h am yo‘qolib ketadi. Umuman tabiatdagi muvozanat b u zilib ketishi mumkin. Shu narsani alo h ida qayd etish kerakki , ona-tabiatning o‘zi h am ev o lyu t sion taraqqiyot davomida boshqa mavjudotlar singari h ash a r o tlar h am alo h ida ma’lum muvozanat saqlaydi. H ash a r o tlar olamining h am o‘z kushandalari bo‘ladi. Ular zararli turlarni ko‘payishini chegaralab turadi. H ozirgi vaqtda faqat g‘o‘za dalalarining o‘zida g‘o‘za bilan biror-bir ji h ati bo‘yicha aloqador bo‘lgan 300 ga yaqin turdagi h ash a r o tlar borligi aniqlangan. Ilmiy izlanishning maqsadi: tamaki tripsini g‘o‘zaga yetkazadigan zararini o‘rganish, zararkunandani tarqalishini, bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, hosil sifatini buzishdagi ahamiyatini o‘rganishdan iborat bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy izlanishning vazifalari: tamaki tripsini fenologik rivojlanish davrini o‘rgangan holda ularni ko‘payishini hamda o‘simliklarga zarar keltirish davrlarini oldindan aniqlagan holda ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralarini qo‘llashni o‘rganishdan va ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat. Mavzuning o‘rganish darajasining qiyosiy tahlili: G‘o‘zaga bir necha turdagi tripslar zarar keltiradi. Ularni i chi da eng asosiylari tamaki tripsi , g‘o‘z a tripsi , shiraburin tripsidir . Keyingi yillarda bu zararkunandalarni rivojlanish dinamikasi va

5 zarari keskin o‘zgardi. Umuman h ar bir trips alo h ida olganda o‘zining zarar keltirish vaqtiga egadir. Shu sababli ularga qarshi o‘z vaqtida kurashish talab etiladi. Adiba Bey – Biyonka (1971) ma ’ lumotiga ko‘ra sobiq ittifoq bo‘yicha, g‘o‘za ekiladigan tumanlarda, g‘o‘zada 220 turdan ortiq umurtqasiz h ayvonlar shu jumladan 156 tur h ash a r o tlar zarar keltiradi. Bizni mustaqil jum h uriyatimizda esa g‘o‘za ekiladigan maydonlarda g‘o‘za o‘sish va rivojlanish davrida 2 1 4 turdan ortiq zararli h tlar rivojlanadi va zarar keltiradi. (Alimuxammedov va boshq. 1989). Ko‘pchilik olimlarni fikricha g‘o‘za, asosiy zararkunandalar hisobiga yil davomida 55-60 % hosilni yo‘qotadi. Paxtakor xo‘jaliklarda yildan – yilga texnika mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qiluvchi vositalar bilan ta’minlash yaxshilanmoqda. O‘simliklarni himoya qilish tadbirlarini unumli va samarali amalga oshirish g‘o‘za hosilini zararkunanda va kasalliklardan saqlashni asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Endilikda g‘o‘zani zararkunanda va kasalliklardan umumiy himoya qilish sistemasi ham tubdan o‘zgarmoqda. Bunda diqqat – e’tibor, tabiatdagi foydali hasharotlarga qaratilmoqda. Ularni ko‘plab biofabrikalarda ko‘paytirilmoqda, ko‘p yillar davomida surunkasiga zararkunandalarga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy vositalar tabiatdagi turlar o‘rtasidagi muvozanatlarni buzilishiga sabab bo‘lmoqda, tabiatni ifloslanishiga olib kelmoqda. Hozirgi paytda zararkunandalarga qarshi kurashda uyg‘unlashgan himoya usuliga katta e’tibor berilmoqda va ayrim xo‘jaliklarda keng qo‘llanilmoqda. Bu kurash usuli juda keng ma’noga ega bo‘lib barcha kurash vositalarini kerakli vaqtida navbatlab zararkunandalarni zararlilik iqtisodiy chegarasini hisobga olgan holda ishlatish, tabiatdagi foydali hasharotlarni sonini hisobga olgan holda kurash choralarini qo‘llash kabi omillarga e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Uyg‘unlashgan himoya uslubida zararkunandalarni sonini kamaytirish bilan birga tabiatdagi foydali hasharotlarni ko‘payishiga o‘simlikni sog‘lom rivojlanishiga sharoit yaratib beriladi. Ko‘pchilik olimlarni fikricha zararkunandalarga qo‘llaniladigan har qanday kurash vositalarini qo‘llaganda, ularni to‘liq yo‘qotishni o‘ylamasdan, balkim, ularni sonini