logo

Oltinko‘z entomofagini biolaboratoriyada takomillashgan usulda ko‘paytirish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

9966.0703125 KB
“Oltinko‘z entomofagini biolaboratoriyada takomillashgan usulda
ko‘paytirish”
Mundarija bet
KIRISH.................................................................................................... 7
I bOB OLTINKO‘Z ENTOMOFAGINI KO‘PAYTIRISH VA
QO‘LLASH   USULLARI.   ADABIYOTLAR
SHARHI………………………………….………............. 13
II – BOB TADQIQOT MATERIALLARI………………………... 34
III – BOB ASOSIY QISM 36
3.1. OLTINKO‘ZNI   BIOLOGIYASI   VA
ZARARKUNANDALARGA   QARSHI   QO‘LLASH
SAMARADORLIGI………........................……............... 36
3.2. Oltinko’z   entomofagini   biolaboratoriyada   ko‘paytirish
bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari........................... 45
3.3. O‘simlik   bitlariga   karshi   oltinko‘z   qo‘llashning
samaradorligi………………………………………………. 46
3.4. O‘rgimchakkana   va   unga   qarshi   oltinko‘zni
samaradorligi…................................................................ 49
XULOSA VA TAVSIYALAR................................................................ 56
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATI..........................ʻ 57
ILOVALAR............................................................................................. 63     
KIRISH
Dissertasiya   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati.   Birlashgan   Millatlar
Tashkiloti   qoshidagi   qishloq   xo‘jaligi   va   oziq-ovqat   masalalari   bilan
shug‘ullanuvchi   tashkilot   FAO   ma’lumotiga   qaraganda   jahonda   zararkunanda,
kasalliklar va begona o‘tlar sababli har yili hosilning  30-35  foizi nobud bo‘lmoqda.
Jahonda   zararli   organizmlar   ta’sirida   300   mlrd.   AQSh   dollari   miqdorida
hosil   yo‘qotilib,   o‘simlikshunoslikda   yetishtirilayotgan   yalpi   mahsulotning   40%
nobud   bo‘lmoqda   (Oyerke   Ye.L,   1998).   Rossiyada   bu   ko‘rsatkich   12-15   mlrd.
dollarni tashkil etadi[15. 37-39b; 16. 44-45b].
Atrof   muhit   muhofazasining   globallashuvi,   jahon   bozorining   sifatli
mahsulotlarga bo‘lgan talabining ortishi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunanda
va kasalliklardan himoyalashning biologik usuli asosida hosildorlikni saqlab qolish
hamda sifatli, ekologik toza mahsulotlar yetishtirish dolzarb hisoblanadi. 
O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiiy iqlim sharoitlari shuningdek, o‘simliklarni
o‘sish   davridagi   havo   haroratining   qulay   bo‘lishi   ko‘plab   zarrali   jonzotlarni
rivojlantirishiga   imkoniyat   yaratadi.   Shuning   uchun   ham   qishloq   xo‘jalik
ekinlaridan   minglab   hasharotlar,   kanalar,   kasalliklar   rivojlanib,   hosil   miqdoriga
hamda sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘simliklarni   muhofaza   qilish   sohasida   ko‘p   yillardan   beri   kimyoviy   usul
hukmronlik   qilib   kelmoqda.   Bu   esa   atrof   muhitni   pestisid   qoldiqlari   bilan
ifloslanishiga   inson   va   foydali   jonivorlarni   zaharlanishiga,   o‘ta   og‘ir   ekologik
vaziyat vujudga kelishiga olib kelmoqda. 
Qishloq   xo‘jaligi   ekinlarining   hosildorligini   oshirishga,   hosilni   nobud
qilmay   saqlashga   qaratilgan   yagona   siyosiy   shakllantirish   va   amalga   oshirish
o‘simliklarni   zararkunanda   kasallik   va   begona   o‘tlardan   yuqori   samarali,   kam
zaharli,   ekologik   xavfsiz   kimyoviy   va   biologik   vositalardan   foydalangan   holda
ishonchli himoya qilinishiga asoslashi lozim.
2 Eng   muhim   qishloq   xo‘jalik   ekinlarini   ashaddiy   zararkunanda   va
kasalliklardan   uyg‘unlashgan   himoya   tizimida   biologik   usul   hamon   yetakchi
o‘rinda   turadi.   Entomofaglarni   samarali   qo‘llagan   holda   va   atrof   muhit
musaffoligiga putur yetkazmagan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish
hajmini   keskin   oshirishi   va   yig‘ib   olingan   hosilni   yaxshi   saqlashni   ta’minlashi
zarur.
Qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   juda   ko‘plab   zararkunandalari   mavjud   bo‘lib,
ayrim   tur     zararkunandalari     o‘simliklarni   ma’lum   rivojlanish   fazasidagina   ta’sir
ko‘rsatadi.
Biologik   usulga   ko‘ra,   qishloq   xo‘jalik   ekinlarning   kushandalari   ko‘plab
sutemuzuvchilarni,   hasharotlarni,   yirtqichhasharotlar,   honqizi   (Socinellidae)
oltinko‘z   (chrusopa)   o‘rgimchaklar   va   boshqa   hasharotlarni   qirib,   ular   sonini
kamaytirib, iqtisodiy xavfi bartaraf etadi.
Hozirgi paytda o‘simliklarni biologik himoya qilishda keng qo‘llanilayotgan
entomofaglar orasida oltinko‘z alohida o‘rinni egallaydi.
Oltinko‘z   hasharotidan   yanada   samaraliroq   foydalanish,   avvalo,   bu
kushandaning   biologik   xususiyatlarini   ko‘paytirish,   saqlash   va   qo‘llash.
Texnologiyalarini yaxshi bilishga bog‘liqdir.
Bu   hasharot   tur   qanotlilar   (Neuroptera)   turkumi,   oltinko‘zlar   (chrysopidae)
oilasini   tashkil   qiladi.   Bu   oilaga   kiruvchi   entomofag   juda   ko‘pchilik   hasharot
turlari   o‘simlik   bitlari,   shiralar,   mayda   qurtlar   va   kanalar   bilan   oziqlanib,   foyda
keltiradi.
O‘zbekiston   sharoit   ayniqsa,   yetti   nuqtali   oltinko‘z   (chrysopa
septempunctata   Wegrn)   va   oddiy   oltinko‘z   (Chrysopa   carnea   steph)   ko‘proq
uchraydi.
Hozirgi   kunda   biolaboratoriyada     va   biofabrikalarda   oltinko‘zni     qishloq
xo‘jalik   o‘simliklarni   so‘ruvchi   zararkunandalarga   qarshi   qo‘llanilmoqda.
Oltinko‘zni   yangi   xo‘jaliklarda   ko‘paytirishni,   qo‘llash   miqdorlarni,   qo‘llash
usullarni, saqlash va tarqatilishi kabi masalalar o‘rgatilyapti
Tadqiqot obyekti va predmeti.
3 Entomofaglarni   biolaboratoriya   sharoitida   ko‘paytirish   va   birlamchi
mahsulot   olish   jarayoni.   Entomofaglarni   biolaboratoriya   sharoitida
ko‘paytirish usullari belgilash. 
Tadqiqot maqsadi. 
Biolabaratoriyada   oltinko‘z   entomofagini   bugungi   kundagi   eng
zamonaviy   usullardan   foydalangan   holda   takomillashtirilgan   usulda
ko‘paytirish va qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkundalari o‘simlik bitlari va
o‘rgimchakkanaga   qarshi   qo‘llashda   eng   maqbul   muddat   va   me’yorlarini
o‘rganish hamda samaradorligini oshirish yo‘llarini izlashdan iborat. 
  Tadqiqot vazifalari.  
Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi maqsadlar belgilandi.
- biolabaratoriya   sharoitida   oltinko‘z   entomofagini   takomillashgan
samarali ko‘paytirish usulini o‘rganish;
- biolabaratoriyada   ko‘paytirilgan   oltinko‘z   entomofagini   o‘simlik
bitlariga qarshi har xil nisbatlarda qo‘llash va samaradorligini o‘rganish;
- biolabaratoriyada   ko‘paytirilgan   oltinko‘z   entomofagini
o‘rgimchakkanaga   qarshi   har   xil   nisbatlarda   qo‘llash   va   samaradorligini
o‘rganish;
- eng   yuqori   biologik   samara   bergan   nisbatlarini   aniqlab,   kerakli
xulosa va takliflar berish.
Ilmiy   yangiligi:   Oltinko‘z   entomofagini   laboratoriya   sharoitida
ko‘paytirishda   takomillashgan   usullarni   ishlab   chiqish   va   ularni   eng   yuqori
samaradorligi o‘rganildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: 
Asosiy   masala   tabiiy   sharoitda   rivojanayotgan   oltinko‘z ni   laboratoriya
sharoitida   ko paytirishning   optimal   muhitini   yaratish   va  ʻ g‘o‘zadagi   o‘simlik   bitlari,
tripslar,   o‘rgimchakkana,   turlam   kapalaklarining   tuxumi   yosh   qurtlari   qarshi
kurashishda foydalaniladi .
Tadqiqot mavzusi bo yicha adabiyotlar sharhi:	
ʻ
4 Zararkunandalarga   qarshi   biologik   usul   bilan   kurashish     ularning   tabiiy
dushmanlari,   ya’ni   yirtqichlar,   parazitlar       va   kasallik   to‘g‘diruvchilardan
foydalanishdan iborat. Bu usul hozirgi kunda keng qo‘llaniladi. (№35 http).
Biologik   usul   foydali   organizmlarning   biologik   xususiyatlarini   yetarli
darajada   chuqur   bilishga   asoslangan.   Fanda   yangi   ma’lumotlar   to‘planib   borgani
sari biologik usulning hosilni zararkunandalardan himoya qilish umumiy tadbirlar
kompleksidagi ahamiyati osha boradi. [52. 114-118 b; 44. 77-79 b; 45. 48-49 b; 39.
114-115 b.].
Qishloq   xo‘jaligi   zararkunandalarning   yirtqichlari   asosan   qushlar,
o‘rgimchaqsimonlar va hasharotlar bo‘lishi mumkin.
Juda ko‘p zararli hasharotlarni qiradigan yirtqich samarali entomofaglardan
oltinko‘z. 
O‘zbekiston   sharoitida,   ayniqsa,   yetti   nuqtali   oltinko‘z   (Chrysopa
septempunctata   Wegrn)   va   oddiy   oltinko‘z   (Chrysopa   carnea   steph)   ko‘proq
uchraydi[39. 23-25 b.].
Tadqiqotda qo llanilgan metodikaning tavsifi:ʻ
Dunyo   miqyosida,   barcha   qishloq   xo‘jalik   ekinlarida,   zararkunandalarga
qarshi   kurashishda   ko‘p   yillar   davomida   kimyoviy   usul   hukm   surib   kelmoqda.
Darhaqiqat,   kimyoviy   usulni   samaradorligiga   shak-shubha   yo‘q,   chunki   dori   o‘z
vaqtida,   to‘g‘ri   ishlatilsa,   qisqa   muddatda   yuqori   natijalarga   erishish   mumkin.
Lekin,   kimyoviy   vositalar   qo‘llashning   o‘ziga   xos   kamchilik   va   salbiy   tomonlari
yuqori. Birinchidan, ular  zararkunandalarga ta’sir qilishi  bilan bir qatorda foydali
xasharotlarga   ham   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ta’sir   ko‘rsatdi.   Natijada,   tabiiy   kushandalar
miqdori keskin kamayadi, bioxilmaxillik izdan chiqadi, parazit-xo‘jayin munosbati
buziladi, tuproq, o‘simlik va ekin hosilida saqlanib qoladi [19. 45 b; 27. 30-35 b;
30. 89-116 b.]. 
Ikkinchidan,   kimyoviy   usul   inson   va   issiqqonli   hayvonlar   uchun   zararli
bo‘lib, atrof-muhitni ifloslanishiga olib keladi. Yana boshqa bir tomoni, bir turdagi
pestisidlar   surunkasiga   qo‘llanlishi   natijasida   zararkunandada   ularga   nisbatan
5 chidamlilik paydo bo‘ladi, bu esa zararkunandalarga qarshi yil sayin ishlov berish
xajmi va takroriyligini, pestisidlar sarflash miqdorini oshirishga sabab bo‘ladi [16;
51-108 b.], 
Qishloq   xo‘jaligida   yetishtiriladigan   mahsulotlar   hosili,   uning   miqdori   va
sifati   bilan   belgilanadi.   Binobarin,   sabzavot,   poliz   va   boshqa   qishloq   xo‘jalik
mahsulotlarini   imkoni   boricha   kimyoviy   moddalar   ishlatmasdan   yetishtirish,
insonlar   salomatligini   saqlash,   atrof-muhit   musaffoligini   ta’minlash   bilan   bir
qatorda,   tabiatda   uchraydigan   juda   ko‘p   turdagi   tirik   mavjudotlarni   saqlab   qolish
bilan ham bog‘liqdir.
Keyingi   yillarda   biosenozda   parazit-xo‘jayin   munosabatlarining   o‘zgarishi,
avval   iqtisodiy   xavfga   ega   bo‘lmagan   hasharotlar   miqdor   mezonining   oshishi   va
ularning   qishloq   xo‘jaligiga   keltiriadigan   zararining   keskin   ortishiga   olib
kelmoqda.   Dunyo   bo‘yicha   qishloq   xo‘jalik   ekinlarida   zararli   organizmlardan
himoya   qilishda   bir   yildi   o‘rtacha   300   mlyard   AQSh   dollari   miqdorida   mablag‘
sarflanib,   yetishtirilayotgan   ekinlar   yalpi   hosilining   o‘rtacha   40%   nobud
bo‘lmoqda   [28;256-260   b.].   Faqatgina   Rossiyada   bu   ko‘rsatkich   12-15   mlyard
dollarni tashkil etadi [40;67-75 b.].
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalari: Tadqiqotimizning ob'ekti oltinko'z (Chrysopa carnea Steph)
samarali   hammaxo'r   yirtqich   kushanda   hasharotdir.   Oltinko'zning   faqat   lichinkalari
samara   beradi.   U   barcha   hayotiy   shakllar:   tuxum,   qurt,   g‘umbak   bilan   oziqlanishi
mumkin.   Ammo   oltinko'zning   lichinkalarini   boqib   yetkazish   qiyin   bo lgani   uchunʻ
(g‘uj   joylashganida   ular   bir   birini   yeb   qo'yishi   mumkin),   odatda   uning   tuxum   yoki
yetuk zoti (imago) tarqatiladi. O'zbekiston iqlim sharoitida oltinko'zning qariyb 11 turi
aniqlangan.
Bu   xil   oltinko'zlar   tabiiy   biotsenozlardagina   emas,   balki   har   xil   ekinlarda   va
daraxtlarda ham uchraydi. Bu turlar orasida keng miqyosda tarqalgani oddiy oltinko'z
(Chrysopa carnea Steph) bo'lib, hamma aniqlangan turlarning deyarli 90 foizini tashkil
etadi. Oltinko'zlar  tillasimon och yashil  tusli, juda nozik hasharotlar  toifasiga kiradi.
Oltinko'zni   biolabaratoriyda   ko'paytirish   qishloq   xo'jaligi   zararkunandalardan
6 himoyalashda   biologik   va   iqtisodiy   jihatdan   samarali   ekanligi   tadqiqotlarimizda
isbotlandi.
Ish tuzilmasining tavsifi:
Magistrlik   dissertatsiyasining   tarkibi   kirish,   3   bob,   xulosalar   va   tavsiyalar,
foydalanilgan   adabiyotlar   ro yxati   hamda   ilovalardan   iborat.  ʻ Dissertatsiyaning
asosiy qismi 62 sahifani tashkil etgan.
7 I bOB. OLTINKO‘Z ENTOMOFAGINI KO‘PAYTIRISh VA QO‘LLASh
USULLARI.  Adabiyotlar sharhi .
Qishloq   xo‘jalik   ekinlarning   zararkunandalariga   qarshi   kurash   usullaridan
foydalanish   qator   shart-sharoitlarga   bog‘liq.   Bunda   ekinlarning   turi,
zararkunandalarning   biologik   xususiyatlari   qo‘llaniladigan   chora-tadbirlari,
o‘simliklarning   rivojlanish   fazalari,   usulni   qo‘llash   joyi,   usulning   texnologiyasi,
zararkunandalarning   turi   va   soni,   o‘simliklarni   zararlash   darajasi   va   amalga
oshiriladigan   tadbirning   iqtisodiy   hamda   biologik   samarasini   hisobga   olish   zarur.
[44. 25-26 b; 45. 51-54 b.].
Zararkunandalarning   rivojlanishini   oldidan   bilish   ishlarini   tashkil   etish,
kurash   ishlarini   aniqlab   amalga   oshirish,   ishlov   beriladigan   maydonlar   hajmini
aniqlash.   Tadbiq   etiladigan   uslubning   samarasini   yanada   oshiradi.   Kurash   chora-
tadbirlarini   amalga   oshirishda   quyidagi   asosiy   yo‘nalishlarga   e’tibor   qaratish
lozim:
Zararli   organizmlarning   tabiiy   sharoitini   hisobga   olib,   ularning   ommaviy
ko‘payishi   va   rivojlanishiga   imkoniyat     yaratish,   iqtisodiy   zarar   yetkazadigan
chegaralardan chiqarmaslik zarur.
Qishloq   xo‘jalik   o‘simliklarining   o‘sishi   va   rivojlanishi   uchun   qulay   shart-
sharoit   yaratish,   ilg‘or   texnologiyani   tadbiq   etish,   kasallik   va   zararkunandalarga
chidamliligini   oshirish   natijada   zararkunandalar   xavfi   eng   kam   bo‘lishiga   sharoit
yaratish (http).
Shgusora   sagnyea   Steph   oltinko‘zlar   avlodiga   mansub   Yevropa,   Osiyo,
Amerikaning   tabiy   iqlim   sharoitida   keng   tarqalgan.   Shunday   bo‘lsada   hoirgi
davrda mamlakatimizda oltinko‘zning 20 dan ortiq turlari  ma’lum.
Oltinko‘z tillasimon och yashil tusli hasharotdir. Uning qanotlari och yashil
tusga   ega   bo‘lib,   qanotlari   yoyilganda   20   dan   50   mm   gacha   yetadi.   Mo‘ylovlari
tuksimon,   peshonasi   yassi   bo‘ladi.   Yorug‘lik   tomon   yaxshi   uchadi.   Endigina
tashlagan   tuxumlari   och   yashil   tusli   bo‘ladi,   keyinchalik   asta   —   sekin   qorayadi.
Oltinko‘z   urgochilari   tuxumlarni   g‘o‘zaning   bargiga   yoki   shona   tuganaklariga
bittadan yoki to‘p - to‘p qilib, maxsus ipchaning ustiga ko‘yadi.
8 Oltinko‘z   lichinkasi   gavdasining   old   va   orqa   tomoni   ixcham   bo‘lib   tez
yugurishga   moslashgan.   Oltinko‘z   lichinkalari   yirtqich   hayot   kechiradi.   Ular
nihoyatda   xo‘ra   bo‘ladi.   Joydan-joyga   tez   ko‘chish   va   a’lo   darajada   izlanish
xususiyatlariga ega. Juda hammaxo‘r bo‘lib, bo‘g‘imoyoklilarning 70 ziyod turlari
bilan,   shu   jumladan,   kanalarning   11   turi   bilan   oziqlanadi.   Oltinko‘zning   hayot
kechirish   davr   quyidagicha   kechadi.   U   imago   fazasida   va   qisman   pilla   ichidagi
g‘umbak holida tuprok kesaklar,o‘simlik qoldiklari ostida, daraxt va bino yoriqlari
kavaklarida   qishlaydi.   Qishlab   chiqqanlari   erta   bahorda   havoning   harorati   11°   S
bo‘lishi   bilan   jonlanadi.   Oltinko‘zning   yaxshi   xususiyatlardan   biri   tuxumlarni
o‘simlk   bitlari   eng   ko‘p   bo‘lgan   joylarga,   ya’ni   lichinkalari   chiqishi   bilan   oson
ozuqa topadgan yerlarga qo‘yadi[19. 45 b; 29. 33-35 b; 36. 88-91 b.].
Zararkunanda   bilan   zararlangan   qishloq   xo‘jalik   ekin   zararlangan     qishloq
xo‘jalik   ekin   maydonlaridan   ularning   boshqa   xududlarga,   bir   fermerdan   ikkinchi
fermer dalasiga tarqalmasligini oldini olish.
Zararkunandaning   har   xil   qishloq   xo‘jalik   ekinzorlarida   ko‘payishiga   yo‘l
qo‘ymaydigan chora-tadbirlar va uslublarni ishlab chiqish zarur.  
Ekinzorlarga   zarar   yetkazayotgan   yoki   hosilini   nobud   bo‘lishiga   xavf
solayotgan   zararkunandalarga   qarshi   keng   samara   beriladigan   usullarini   qo‘llash
uchun biomahsulotlarni ketma-ket ekish dalalariga qo‘yishni joriy etish. [47. 39-41
b; 34. 77-78 b].
Zararkunandalarga   qarshi   biologik   usul   bilan   kurashish     ularning   tabiiy
dushmanlari,   ya’ni   yirtqichlar,   parazitlar       va   kasallik   to‘g‘diruvchilardan
foydalanishdan iborat. Bu usul hozirgi kunda keng qo‘llaniladi. (№35 http).
Biologik   usul   foydali   organizmlarning   biologik   xususiyatlarini   yetarli
darajada   chuqur   bilishga   asoslangan.   Fanda   yangi   ma’lumotlar   to‘planib   borgani
sari biologik usulning hosilni zararkunandalardan himoya qilish umumiy tadbirlar
kompleksidagi ahamiyati osha boradi. [52. 114-118 b; 44. 77-79 b; 45. 48-49 b; 39.
114-115 b.].
Qishloq   xo‘jaligi   zararkunandalarning   yirtqichlari   asosan   qushlar,
o‘rgimchaqsimonlar va hasharotlar bo‘lishi mumkin.
9 Juda ko‘p zararli hasharotlarni qiradigan yirtqich samarali entomofaglardan
oltinko‘z. 
O‘zbekiston   sharoitida,   ayniqsa,   yetti   nuqtali   oltinko‘z   (Chrysopa
septempunctata   Wegrn)   va   oddiy   oltinko‘z   (Chrysopa   carnea   steph)   ko‘proq
uchraydi[39. 23-25 b.].
Dunyo   miqyosida,   barcha   qishloq   xo‘jalik   ekinlarida,   zararkunandalarga
qarshi   kurashishda   ko‘p   yillar   davomida   kimyoviy   usul   hukm   surib   kelmoqda.
Darhaqiqat,   kimyoviy   usulni   samaradorligiga   shak-shubha   yo‘q,   chunki   dori   o‘z
vaqtida,   to‘g‘ri   ishlatilsa,   qisqa   muddatda   yuqori   natijalarga   erishish   mumkin.
Lekin,   kimyoviy   vositalar   qo‘llashning   o‘ziga   xos   kamchilik   va   salbiy   tomonlari
yuqori. Birinchidan, ular  zararkunandalarga ta’sir qilishi  bilan bir qatorda foydali
xasharotlarga   ham   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ta’sir   ko‘rsatdi.   Natijada,   tabiiy   kushandalar
miqdori keskin kamayadi, bioxilmaxillik izdan chiqadi, parazit-xo‘jayin munosbati
buziladi, tuproq, o‘simlik va ekin hosilida saqlanib qoladi [19. 45 b; 27. 30-35 b;
30. 89-116 b.]. 
Ikkinchidan,   kimyoviy   usul   inson   va   issiqqonli   hayvonlar   uchun   zararli
bo‘lib, atrof-muhitni ifloslanishiga olib keladi. Yana boshqa bir tomoni, bir turdagi
pestisidlar   surunkasiga   qo‘llanlishi   natijasida   zararkunandada   ularga   nisbatan
chidamlilik paydo bo‘ladi, bu esa zararkunandalarga qarshi yil sayin ishlov berish
xajmi va takroriyligini, pestisidlar sarflash miqdorini oshirishga sabab bo‘ladi [16;
51-108 b.], 
Qishloq   xo‘jaligida   yetishtiriladigan   mahsulotlar   hosili,   uning   miqdori   va
sifati   bilan   belgilanadi.   Binobarin,   sabzavot,   poliz   va   boshqa   qishloq   xo‘jalik
mahsulotlarini   imkoni   boricha   kimyoviy   moddalar   ishlatmasdan   yetishtirish,
insonlar   salomatligini   saqlash,   atrof-muhit   musaffoligini   ta’minlash   bilan   bir
qatorda,   tabiatda   uchraydigan   juda   ko‘p   turdagi   tirik   mavjudotlarni   saqlab   qolish
bilan ham bog‘liqdir.
Keyingi   yillarda   biosenozda   parazit-xo‘jayin   munosabatlarining   o‘zgarishi,
avval   iqtisodiy   xavfga   ega   bo‘lmagan   hasharotlar   miqdor   mezonining   oshishi   va
ularning   qishloq   xo‘jaligiga   keltiriadigan   zararining   keskin   ortishiga   olib
10 kelmoqda.   Dunyo   bo‘yicha   qishloq   xo‘jalik   ekinlarida   zararli   organizmlardan
himoya   qilishda   bir   yildi   o‘rtacha   300   mlyard   AQSh   dollari   miqdorida   mablag‘
sarflanib,   yetishtirilayotgan   ekinlar   yalpi   hosilining   o‘rtacha   40%   nobud
bo‘lmoqda   [28;256-260   b.].   Faqatgina   Rossiyada   bu   ko‘rsatkich   12-15   mlyard
dollarni tashkil etadi [40;67-75 b.].
Qishloq xo‘jalikekinlarining asosiy  zararkunandalaridan zararli tunlamlarga
qarshi kurash choralari olib borilmagan ekinzorlarda birgina uning zarari oqibatida
80% gacha hosildorlik yo‘qotilishi mumkin [39;22-23 b.]. Shu jumladan, tunlamlar
zazari   oqibatida   donli   ekinlardan   olinadigan   hosilning   35%   ni,   ya’ni   34   mlyard
dollarni,   kartoshka   32,3%   ni,   ya’ni   5,6   mlrd.   dollarni,   qand   lavlagi   24,5%   ni   va
1,13   mlrd.dollarni,     turli   mevalarda   23,4%   ni   ya’ni   1,93   mlrd.   dollar   miqdorda
hosil   yo‘qotiladi.   Yil   davomida   faqat   AQShda   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlarining
yo‘qotilishida   160   tur   fitopatogen   bakteriyalar,   250   tur   virus,   800   turdagi   zararli
hasharotlar   va   kanalar   hamda,   2000   xildagi   begona   o‘tlar   zarari   ta’sirida   20
mlrd.dollardan ortiq iqtisodiy zarar ko‘riladi [37; 278 b.] .
Bugunda   ekinlarni   yetishtirish   bilan   birga   uning   zararkunandalaridan
himoya qilishning samarali, ekologik havfsiz  usullarini  ishlab chiqish  va qo‘llash
dolzarb   hisoblanadi.   Bu   esa   oziq-ovqat   havfsizligi   asturini   bajarilishini
ta’minlashga qaratilgan eng asosiy chora tadbirlardandir.
G‘o‘zadagi   zararkunandalarni   miqdorini   boshqarish   maqsadida   Markaziy
Osiyoda   bir   nechta   olimlar   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borib,   ularga   qarshi   kurash
usullarini ishlab chiqish bo‘yicha muhim natijalarga erishgan [53; 81-97 b.].
O‘zbekistonning   tabiiy-iqlim   sharoiti   ekinzorlarda   ko‘plab
zararkunandalarning   rivojlanishi   va   tarqalishiga   qulay   sharoit   mavjud.
Agrobiosenozdagi bunday holat ayrim zararkunanda turlarining ortib borishiga olib
kelmoqda,   masalan   V.V.Yaxontovning   (1953)   ma’lumotilariga   ko‘ra   birgina
g‘o‘zaga 177 tur hasharot va kanalar zarar keltiradi, biroq ulardan 10 ga yaqini o‘ta
havfli zararkunanda hisoblanadi[13; 63 b.]. 
Ch abbreviate Curt, Ch albdineata Z; Ch vittata W kabi oltinko‘zlar bor [3.
112-113b].
11 Mamlakatimizda   issiqxonalarda   sabzavot,   ko‘kat   va   manzarali   ekinlarga
tushadigan   bitlar   o‘rgimchakka   va   boshqalarga   qarshi   kurash   olib   borishda
oltinko‘zlarni   mavsuni   chiqarish   usulini   muvoffaqiyatli   qo‘llashga   doir   misollar
anchagina [47. 89-92 b; 39. 44-46 b].
Rossiyaning   o‘simliklarni   himoya   qilish   ilmiy–tekshirish   institutida   K.Ye.
Voronin va fitopatologiya ilmiy tekshirish instituti G.A.Beglyarov raxbarligida 25
tur   oltinko‘zning   bioekologiyasini   o‘rgangan   holda,   issiqxonalarda   oltinko‘zni
ko‘paytirishni va qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqdilar [25. 65-67 b; 35. 51-57
b; 47. 39-42.b].
Mamlakatimizda   issiqxona,   sabzavot,   ko‘kat   va   manzarali   ekinlariga
tushadigan   bitlar,   o‘rgimchakka   va   boshqalarga   qarshi   kurash   olib   borishda
oltinko‘zlarni mavsumiy chiqarish  usulini muvoffaqiyatli qo‘llashga doir misollar
anchagina.   Ochiq   maydondagi   tajribalarda   bu   usulning   muqarrar   ijobiy   natijalar
berishi tasdiqlangan[19. 44-45 b. 22. 17-19.b].
S.N.Alimuxumedov, B.P.Adashkevich ma’lumotiga ko‘ra (1991) g‘o‘zaning
asosiy   zararkunandalariga   qarshi   kurashda   oltinko‘zlarning   samaraliligini   sinash
borasida olib borilayotgan tadqiqotlar o‘tkazilgan.
Har   bir   o‘rimdan   keyin   entomofaglarning   soni   bedada   kamayadi   va   beda
o‘sishi bilan soni yana ko‘paya boshlaydi[50. 61-63 b; 36. 25-28 b; 39. 77-79 b.].
Dalalardan   tashqari   oltinko‘zning   issiqxonalarda   ham   samarasi   o‘rganilgan.
Oltinko‘zlar   bu   sharoitda   tripslarni,   lekin   undan   oldin   oltinko‘zni   o‘rgangan
olimlar bor.
Ochiq maydondagi tajribalarda oltinko‘z samarali entomofagligini tasdiqlab
berilgan[17. 31-33 b.].
Ana   shu   sharoitda   Ch.Carnea   turini   zararkunandaning   soni   150   taga
yetganda qo‘llashadi 1:15 nisbatda qo‘llashganda beshinchi kunga borib trips 99%,
1:20 nisbatida 91,6 % nobud bo‘lgan[41 61-63 b].
Babayan G.A., Oganesyan S.B. (1984) oltinko‘zga kimyoviy preparatlarning
ta’sirini   o‘rgandilar   va   oltinko‘zni   ishlatish   vaqtini   ko‘rsatib   berdilar.   Bu   ishlarni
O‘zbekiston sharoitida Sulaymonov B.A., Ortiqov U. olib bordilar.
12 Oltinko‘zni   ommaviy   ko‘paytirish   usulini   ochiq   va   yopiq   maydonlarda
ishlatish metodikasini bir necha olimlar o‘rgangan [38. 28-30 b;].
Oddiy   oltinko‘zning   o‘ta   xo‘raligi,   rivojlanish   davrining   o‘tishi,   jinsiy
mahsuldorligining   yuqoriligi   va   ekologik   moslashuvchanligi   bu   entomofagni
mavsumiy   kolonizasiya   yo‘li   bilan   ko‘paytirib,   qishloq   xo‘jalik   ekinlarining
zararkunandalariga   qarshi   biologik   kurash   usulida   foydalanish   imkonini   beradi.
Oltinko‘zni laboratoriya sharoitida ko‘paytirishning bir nechta usullari O‘zbekistan
sharoitida yaratilgan.
Oltinko‘zning bitta lichinkasi rivojlanish davrida 300-450 bitlarni zararlaydi
[Radzivilovskaya, Davletshina, 1977].
O.Sh.Yuzbashyan   ma’lumotiga   ko‘ra,   bitta   lichinka   havo   harorati   23-30 0  
C
bo‘lsa o‘rtacha 1150 o‘rgimchakkanani va 320 bitlarni yo‘q qiladi. 
Entomofagning   aktiv   turlariga   yetti   nuqtali   va   oddiy   turlari   kiradi.   Bu
oltinko‘zlarni urg‘ochilari erkagidan ikki marta ko‘proq bitni zararlaydi.
Ba’zi   davlatlarida   xitoy   oltinko‘zini   ko‘paytirish     maqsadli   deb   qo‘yilgan,
chunki   uning   o‘zining   bioekologiyasi   va   yirtqichlik  qobiliyati   oddiy  oltinko‘zdan
qolishmaydi[Shuvaxina, 1984].
Perspektiv turlardan Luppova Ye.P. (1970) ma’lumotiga ko‘ra Ch. Dubitans
turi   ham   diqqatga   sazavordir.   G‘o‘zaning   vegetatsiya   davrida   entomofag   4   avlod
beradi va bu tur g‘umbaklik davrida qishlaydi.
Toshkent   viloyatida   oddiy   oltinko‘z   4-5   avlod,   Samarqand   viloyatida   3-4
avlod beradi. 3-4 avloddan 2-3 tasi g‘o‘zada o‘tadi[Radzivillovskaya, Davletshina,
1977, Yuzbashyan, Babayev, 1980].
Yirtqichni   bitta   o‘simlikda   50-100   bit   bo‘lsa,   1:10   nisbatda,   yoki   1:15
(lichinkalik)   va   1:1   (tuxum)   nisbatda   qo‘yish   kerak.   Demoqchiki   o‘rtacha   2
yoshdagi lichinkalar 150-200 ming/ga chiqarilishi kerak.
Samarqand   viloyatida   zararkunandalarni   va   foydali   hasharotlarni
o‘rganganda   ma’lum   bo‘ldiki,   bitlarga   1:20   nisbat,   o‘rgimchakkanaga   1:30
ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari ma’lum bo‘ldiki, oltinko‘zni 2 yosh lichinkalik
13 davrida   1:10   nisbat   chiqarilsa,   samaradorlik   83%   yetadi.   [38.   47-48   b;   19.   23-24
b].
Samarqand viloyatida olib borilgan tajribalarda yosh oddiy oltinko‘zning 2-3
yoshdagi   lichinkalari   1:20   nisbati   yaxshi   natija   berdi.   O‘rgimchakkanaga   qarshi
1:40 nisbati, bu zararkunandani bezarar darajaga olib kelar ekan[Porsayev, 1983].
Ishlab   chiqarishdagi   tajriba   natijasida   oltinko‘zni   yoki   kechqurun   yoki
ertalab tarqatilishi yaxshi natija bermoqda[Yeremenko, 1984].
Oltinko‘zning shunday xususiyati borki, u hayot davomida g‘o‘zadan bedaga
o‘tib   ketishi   mumkin.   Bu   entomofagga   xamisha     ozuqa   bo‘lishi   lozim.   (Internet
ma’lumoti).   Olimlarning   ko‘rsatishiga   qaraganda,   g‘o‘za   dalalariga   beda   dalalari
yaqinligida   60%   imago,   beda   dalasi   o‘zoqligida   35%   imago   aktiv   fazada   bo‘ladi
[19. 23-24 b].
Tabiatda   oltinko‘z   beda   dalasida   mart   oxirida   paydo   bo‘ladi.   Birinchi
o‘rimdan   keyin,   may   oyining   o‘rtasida   oltinko‘z   g‘o‘zaga   o‘tadi.   Ho‘zada
oltinko‘zni soni bedaning ikkinchi o‘rimidan keyin ko‘payadi.
Radzinovskaya   I.A.   ma’lumotiga   ko‘ra   (1977)   oltinko‘z   ikki   avlod   berib
rivojlanadi. Tojikistonda iqlim sharoiti qulay kelsa uchta avlod berishi mumkin, va
bitta avlod 52 davomida rivojlanadi. Toshkent viloyatida oltinko‘z 4-5 avlod berib
rivojlanadi.
B.P.Adashkevichning   1975   ma’lumotlariga   ko‘ra   oltinko‘z   mart-aprel
oylarida, o‘rtacha kunlik harorat 10-11   0
C ga yetganda qishlovdan chiqadi va faol
hayot kechira boshlaydi. Har bir urg‘ochi entomofag kuniga 65 tagacha, butun umr
davomida   500-750   tagacha   tuxum   qo‘yadi.   O‘zbekiston   sharoitida   4-5   avlod
beradi.   Tuxumlarining   rivojlanish   davomiyligi   haroratga   qarab   3   kundan   7
kungacha   boradi.   Lichinka   15-28   kun,   g‘umbak   esa   8-17   kun   rivojlanadi.   Bir
avlodni rivojlanish davomiyligi 52 kunni tashkil etadi[18. 57-58 b; 29. 43-44 b].
H o z i r g i   p a y t d a   o ‘ s i m l i k l a r n i   b i o l o g i k   h i m o y a   q ilishda   keng
qo‘llanilayotgan entomofaglar orasida  oltinko‘z  alohida  o‘rinni  egallaydi.
14 Ol ti nko‘z   hasharoti dan   yanada   sam ar al ir oq   foy d a l a n i s h ,   a v v a l o ,   b u
k u s h a n d a n i n g   bi o l o g i k   x u s u s i y a t l a r i n i :   k o ‘ p a y t i r i s h ,   s a q l a s h   v a
q o ‘ l l a s h  
texnologiyalarini  yaxshi  bilishga  bog‘likdir.
Bu   hasharot   to‘r   qanotlilar   (Neuroptera)   turkumi,   o l t i n k o ‘ z l a r
( C h r y s o p i d a e )   o i l a s i n i   t a s h k i l   q i l a d i .   Bu   o i l ag a   k i r u vc hi   j u da   k o‘ p ch i l i k
ha sh ar ot   t ur l ar i   o‘ simlik   bitlari,   shiralar,   mayda   qurtlar   va   kanalar   bilan
oziqlanib,   foyda  keltiradi [17. 67-68 b; 51. 28-30 b] .
O ‘ z b e k i s t o n   s h a r o i t i d a ,   a y n i q s a ,   y e t t i   n u q t a l i   oltinko‘z   (Chrygopa
geptempunctata   Wegrn)   va   oddiy   oltinko‘z       (Chrysopa     camea     Steph)
ko‘proq  uchraydi.
Oddiy   oltinko‘z   (Chrisopa   cornea   Steph)   to‘r   qanotli,   ko‘zlari   yaltirab
turuvchi   o‘rtacha   kattalikdagi   yashil   hasharot   bo‘lib,   tanasining   uzunligi   20-25
mm,   qanotlarini   yoyganda   30-40   mm   ni   tashkil   etadi.   Tuxumdan   chiqqan
lichinkasi   1   yoshda   1-1,5   mm,   2   yoshda   2,5-3   mm,   3   yoshda   10-12       mm
uzunlikda       bo‘ladi.       Lichinka       tanasining       shakli   uzunchoq   bo‘lib,   tanasining
o‘rtasi   yo‘g‘on,   boshi   va   orqa   tomoni   ingichka   bo‘ladi.   Boshida   o‘roqsimon
baquvvat   jag‘lari   bo‘ladi.   Lichinkaning   rangi   och   sariq   tusda,   keyinchalik   sariq
qo‘ng‘ir rangga, ba’zan ko‘kish   qo‘ng‘ir  tusra  kiradi.
Oltinko‘z   g‘umbagi   o‘ralgan   pilla   oq   rangli   yumaloq   yoki   oval   shaklida,
diametri esa 2,5-4 mm bo‘ladi. Oltinko‘zlar oval shaklidagi yashil tuxumlarini tik
ingichka (10-15 mm) uzun poyachalarga  yopishtirib   qo‘yadi.
O d d i y   o l t i n k o ‘ z   t a b i i y   s h a r o i t d a   d i a p a u z a g a   k i r g a n   i m a g o s i
( o t a l a n g a n   v a   o t a l a n m a g a n )   daraxtlarning   yoriqlarida,   o‘simlik   qoldiqlari
ostida   v a   b i n o l a r n i n g   i c h i d a   q i s h l a y d i .   E r t a   b a h o r d a   sutkalik   o‘rtacha
harorat   11-16°   S   bo‘lganda   bu   h asharotlar   qishlash   joylaridan   chiqadi.
Gullarning   nektari   va   changlari   bilan   qo‘shimcha   oziqlangan   bu   h asharot   o‘z
tuxumlarini  poyachalarga  ilintirib  qo‘yadi [39. 55-56 b; 49. 54-56 b] .
O‘zbekiston   faunasining   1964   yilda   Aphis   avlodiga   mansub   shiralari   tasnifi   va
biologiyasiga bag‘ishlangan  monografiya chop etildi  [47;  134 b.].   Risolada morfologik
yaqin bo‘lgan va qiyin farqlanadigan ushbu gurux shiralarining 53 turi batafsil taxlil etilib,
15 ulardan 20 tasi iqlimlashtirilgan, maxalliy daraxt va butalarga zarar keltirishi ta’kidlanadi.
Muallifning cho‘l toli  (Chilopsis linearis)  va naychagulda  (Thecoma radicans)  aniqlangan
shiralari   (Aphis   chilopsidi,   A.themae)   alohida   ahamiyatga   ega,   chunki,   ayni
iqlimlashtirilgan   o‘simliklarda   yangi   turlari   topilishi   bu   xasharotlar   faunasining
shakllanishidagi o‘ziga xos yo‘nalishlarini tahlil etish imkoniyatini yaratadi [46; 50-56 b.].
Oddiy   oltinko‘zning   qishlashdan   chiqishi   taxminan   mart   oyining   II
dekadasiga   to‘g‘ri   kelsa-da,   ularning   g‘o‘ z a g a   t u x u m   q o ‘ y i s h i   m a y
o y i n i n g   I I   v a   I I I   dekadal ar i ga   to‘ g‘r i   kel adi .   Chunki   g‘ o‘ za   bu   davr da   4
- 5   t a   c h i n   b a r g   c h i q a r a d i   v a   u n d a   s o ‘ r u v c h i   zararkunandalar   ko‘plab
uchraydi.   Imagosi   30-45   k u n   y a s h a b ,   s h u   d a v r   i c h i d a   h a r   k u n i   5 - 3 0   d a n ,
jami   250-500   taga   qadar   tuxum   qo‘yadi.   Bu   hasharot   t u x u m i n i   n a m l i k
a n c h a   y u q o r i   b o ‘ l g a n   j o y l a r g a   q o ‘ yi sh ni   y oq t i r ad i .   3- 4   ku n   i ch i d a   ( k uz da
5- 6   k un   i ch i d a)   t ux um d an   l i c hi nk a   c hi qa di .   L i c hi nk a   j a g ‘ l a r i n i   o ‘ s i m l i k
b i t l a r i g a   s a n c h i b   u l a r n i   o ‘ l d i r a d i ,   b u n d a   o l t i n k o ‘ z l a r   o‘ z l a r i d a g i   h a z m
suyuqligini   o‘simlik   biti   tanasiga   yuboradi,   so‘ngra   yarim   hazm   bo‘lgan
oziqni   so‘radi.   Bir   kunda   lichinka   7 - 3 0   t a ,   o ‘ z   h a y o t i   d a v o m i d a   5 0 0 - 6 0 0
t a   zararkunanda  hasharot  va  kanalarni  qirishi  mumkin [42. 35-36 b; 33. 12-14
b] .
Rivojlanib   bo‘lgan   lichinka,   ko‘pincha,   oziqlangan   j oyi da   yoki   unga
yaqi n   j oyda   o‘ si m l i k   bar gi da   va   poyasida  g‘umbakka aylanadi. G‘umbakdan
6-8 kundan  keyin imago chiqadi.
Yetti   nuqtali   oltinko‘z   (Chrysopa   geptempunctata)   t a n a s i n i n g   u z u n l i g i
2 0 - 2 5   m m ,   q a n o t l a r i   yoyilgandagi   kengligi   30-40   mm,   rangi   sarg‘ish
y a s h i l d a n   t o ‘ q   y a s h i l g a c h a   o ‘ z g a r a d i .   M u y l o v l a r i   ipsimon,   ko‘zlari
tovlanadi.   Qorni   bo‘g‘imlarga   b o ‘ l i n g a n ,   u c h i   i n g i c h k a ,   e r k a g i   b i r o z
k i c h i k r o q   bo‘ladi.   Tuxumdan   chiqqan   lichinkalari   1-1,5   mm   ka t t al i k da
ku l r a ng   t u sd a,   I I   yo sh da   2 ,5- 3   m m ,   I I I   yoshda   10-12   mm   bo‘ladi.   Tanasi
bo‘g‘inlarga   bo‘lingan   b o ‘ l i b ,   u n d a   q i z g ‘ i s h   q o ‘ n g ‘ i r   c h i z i q l a r   k o ‘ r i n a d i .
Boshida     o‘roqsimon     jag‘lari     bor.     G‘umbagi     dumaloq     6- 8   mm    oq   pilla
ichida  bo‘ladi [47. 65-66 b; 53. 112-114 b] .
16 X.R.Mirzaliyeva   tomonidan   1981   yilda   oltinko‘zni   laboratoriya   sharoitida
ko‘paytirish   va   uni   ochiq   dala   va   issqxonalardagi   zararkunandalarga   qarshi
qo‘llash uslublari ishlab chiqilgan. 
Ochiq dala  sharoitida  shiralar  va  o‘rgimchakkanaga  qarshi   oltinko‘zni   1:10
nisbatida qo‘llash tavsiya etilgan. Bunda, ikkinchi yoshdagi lichinkalarni gektariga
150-200 ming donadan chiqarilganda yaxshi natijaga erishilishi aniqlangan. 
Keyingi   yillarda   o‘simliklarni   biologik   usulda   himoya   qilishga   katta
ahamiyat   berilayotir.   Chunki,   kimyoviy   usul   qanchalik   samara   bermasin,   uni
o‘ziga xos salbiy tomonlari bor. Bu uslubning qator vositalari, xususan ko‘pchilik
kimyoviy moddalar  inson  salomatligi,  issiqqonli  hayvonlar   va atrof   muhit  uchun,
shuningdek  barcha foydali   hasharotlar, ya’ni  –  biologik  agentlar  uchun  zararli  va
havflidir.   Shuning   uchun   ham   chidamli   navlarni   yetishtirish   bilan   bir   qatorda
xasharot va kanalar tushgan maydonlarda biologik usuldan foydalanish maqsadga
muvofiq hisoblanadi [51. 56-59 b].
 Bu usulni ijobiy tomonlari ko‘pchilik olimlar tomonidan ko‘rsatib berilgan.
Jumladan,   S.N.Alimexamedov,   B.P.Adashkevich   va   boshq.   (1986,1990)
O‘zbekistonda   o‘simliklarni   biologik  usulda  himoya qilish  borasidagi   ishlar   1971
yil boshlanganligi va shu dastlabki yilda bu usul 2,6 ming gektarda joriy etilgani,
1980   yilga   kelib   1416,1   ming   gektarda,   1986   yili   4503,7   ming   gektarda   va   1987
yilda   esa   5227,4   ming   gektarda   qo‘llanilganini   ko‘rsatib   o‘tganlar.   2007   yil   esa
14.6 mln. gektardan oshib ketdi.
Kimsanboyev X.X., Boltayev B., Sulaymonov B.A. larning (2001) tavsiyasiga
ko‘ra,   shira   bitlari,   o‘rgimchakkana,   trips   O‘zbekistonning   deyarli   barcha
viloyatlarida uchraydi. Ular nafaqat g‘o‘za hosildorligini balki yetishtirilgan paxta
xom ashyosining sifatini ham buzadi.
Shuning   uchun   biz   o‘zimizning   ilmiy   ishimizda,   entomofaglardan
oltinko‘zni so‘ruvchi zararkunandalarga ta’sirini o‘rgandik. 
G‘o‘za   zararkunandalar   bilan   ko‘p   zararlanadigan   ekinlardan   biri
hisoblanadi.   Professor   V.V   Yaxontov   g‘o‘za   bilan   oziqlanadigan   umurtqasiz
hayvonlarning 772 turdan iborat, butun dunyo faunasining uncha to‘liq bo‘lmagan
17 ro‘yxatini   1931   yilda   tuzib   bergan   edi,   bulardap   751   turi   hasharotlardir
V.V.Yaxontov   tomonidan   219   turi   O‘zbekiston   sharoitida   g‘o‘zaga   tushishi
aniqlangan[51. 114-116 b].
Entomafaglar orasida oltinko‘zlar oilasiga mansub hasharotlar alohida o‘rin
egallaydi.   Hozirgi   vaqtda   Markaziy   Osiyoda   oltinko‘zning   24   turi   aniqlangan.
O‘zbekistonda   Chrysopa   sarnea   Steph .,   Ch.   septempunktata   W .,   Ch.   abbreviata
Curt   .,  Ch.  albolineata   L .,  Ch.  vittata   W.    kabi  turlari  keng  tarqalgan  va  ko‘plab
uchraydi.   Oltinko‘z   va   uning   lichinkalari   o‘z   o‘ljalarini   yeyishga   nihoyatda   o‘ch
bo‘lgan va joydan-joyga tez ko‘chib, epchil o‘lja topishga qodir bo‘lgan xo‘randa
hasharotlardir.U hammaxo‘r bo‘lib, bo‘g‘imoyoqlilarning 70 dan ziyod turlari  shu
jumladan, kanalarning 11 turi bilan oziqlanadi.
Umumiy   dantelli   to‘r   yashil   rangga   ega   va   tananing   butun   yuqori   tomoni
bo‘ylab   och   yashil   chiziqqa   ega.   Ko‘zlar   oltin.   Qanotlar   ham   och   yashil   rangga
bo‘yalgan.   Oyoqlari   yashil,   ammo   pastki   qismlari   och   jigarrang.   Kuzda   dantelli
tanasi   rangi   och   yashildan   qizg‘ish   jigarranggacha   o‘zgaradi,   bu   hasharotlar
tanasida karotinoidlarning to‘planishi bilan bog‘liq[https://ru.wikipedia.org].
Oddiy   to‘rsimon   (Chrysoperla   carnea)   -   Chrysopidae   oilasiga   mansub
hasharotlar. Kattalar nektar, gulchang va shira bilan oziqlansa-da, lichinkalar faol
yirtqichlar   bo‘lib,   shira,   shuningdek,   boshqa   mayda   hasharotlar   bilan   oziqlanadi.
Ushbu fazilatlar  bilan bog‘liq holda, tur  qishloq xo‘jaligi  ekinlarining hasharotlar
zararkunandalariga qarshi biologik kurashda qo‘llanila boshlandi.
Oddiy   to‘rli   Chrysoperla   carnea   dastlab   golarktik   taqsimotga   ega   bo‘lgan
yagona tur deb hisoblangan, ammo hozir ma'lum bo‘lgan ko‘plab sirli kenja turlar
majmuasi.   Ular   morfologik   jihatdan   bir   biridan   farq   qilmaydi,   lekin   ularni
hasharotlar   bir   biri   bilan   muloqot   qilish   uchun   ishlatadigan   tebranish
qo‘shiqlarining   o‘zgarishi   bilan   tanib   olish   mumkin,   ayniqsa   juftlashishdan   oldin
uchrashish davrida.
Voyaga yetgan to‘r qanotlari och yashil rangga ega, uzunligi taxminan 12-20
mm,   uzun   antennalari   va   yorqin   oltin   ko‘zlari   bor.   Ularning   katta   shaffof   och
yashil qanotlari va nozik tanasi bor. Voyaga etganlar, ayniqsa, kechqurun va tunda
18 faol   uchib   ketishadi   va   xarakterli   chayqaladigan   parvozga   ega.   Tuxumlari   oval
shaklga   ega,   yakka-yakka   qo‘yiladi,   o‘simlikka   uzun   ingichka   poyalari   bilan
biriktiriladi.   Dastlab   -   och   yashil,   bir   necha   kundan   keyin   ular   kulrang   bo‘ladi.
Lichinkalar   juda   faol,   kulrang   yoki   jigarrang   rangga   ega,   oyoqlari   va   katta
mandibulalari   yaxshi   rivojlangan,   ular   bilan   o‘z   o‘ljasini   ushlaydi,   ba'zan   o‘ljani
qochib ketishining oldini olish uchun barg yuzasidan  yirtib tashlaydi.  Lichinkalar
o‘zlarining   qurbonlarining   tanasiga   ichki   organlarni   hazm   qiladigan   fermentlarni
kiritadilar, shundan so‘ng ular biologik suyuqliklarni so‘radilar. Lichinkalar 1 mm
dan 6-8 mm gacha o‘sadi[https://b-technology.pro/ru].
Katta   qanotli   va   yengil   ko‘zli   Chrysopa   carnea,   oltinko‘z   deb   nomlanadi,
ko‘pincha   issiqxonalarda   va   ochiq   havoda   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘ladi.
Oltinko‘zning   imagosi   yirtqich   emas,   balki   nektar,   asal   va   gulchanglar   bilan
oziqlanadi.   Biroq,   dantelli   lichinka   juda   ochko‘z   va   zararkunandalarning
tarqalishini   bostirishda   samarali.   Bitta   lichinka   kuniga   50   tagacha   shira   yeyishi
mumkin. Bundan tashqari, u go‘shtli hasharotlar, tripslar, oq pashshalar va mayda
tırtıllar bilan ovlashi mumkin.
Chrysopa carnea turli sabzavot, meva va manzarali ekinlarda, ayniqsa yuqori
haroratlarda   va   yoki   beqaror   nisbiy   namlikda   qo‘llaniladi,   chunki   uning   faoliyati
haroratga   kuchli   bog‘liq   va   ozgina   namlikka   bog‘liq
[https://www.biobestgroup.com/ru/biobest].
Chrysopa carnea lichinkalarini etishtirish uchun sun'iy parhez, tijoratda oson
sotib   olinadigan   ingredientlardan   iborat   (5   g   asal,   5   g   shakar,   5   g   oziq-ovqat
xamirturush   bo‘laklari,   6   g   achitqi   fermentativ   gidrolizat,   1   g   kazein   fermentativ
gidrolizat,   10   g   tuxum   sarig‘i   va   68   ml.   distillangan   suv)   ishlab   chiqilgan.
Ratsionda   C.   carnea   lichinkalarining   ketma-ket   uch   avlodi   yetishtirildi,   lichinka
rivojlanishi   Sitotroga   cerealella   tuxumlari   bilan   oziqlanganda   8,8   kunga   nisbatan
11,7 kun davom etdi va pupa vazni mos ravishda 11,3 mg ga nisbatan 10,6 mg ni
tashkil   etdi.   Ushbu   foydali   artropodni   ommaviy   ishlab   chiqarishda   parhez
qo‘shimcha lichinka oziq-ovqat sifatida foydali bo‘lishi mumkinligi taklif etiladi[].
19 Chrysopa   carnea   ning   10   geografik   populyatsiyasi   bilan   olib   borgan
tadqiqotlarimizga asoslanib, biz ushbu yirtqichni o‘z ichiga olgan biologik nazorat
dasturlarida   Shimoliy   Amerikaning   sharqiy   va   o‘rta-g‘arbiy   qismidan   kelib
chiqqan   "sof"   karnea   zaxirasidan   foydalanishni   tavsiya   qilamiz.   C.   carnea   ning
ikkita shtammidan  (irqlari  yoki   biotiplari)  -  karnea  va  mohave  -  karnea  Shimoliy
Amerikaning sharqiy va g‘arbiy qismidagi tijorat ekinlarini biologik nazorat qilish
uchun   eng   yaxshi   tanlovdir,   chunki   (1)   uning   ovipozitsiyasidan   oldingi   davri
taxminan bir yarimga uzoqroq. Mohave dan farqli o‘laroq, (2) karnea shtammining
hech bir jinsi muvaffaqiyatli juftlashish va tuxum qo‘yishni boshlash uchun o‘ljaga
muhtoj   emas,   (3)   karneaning   tuxum   qo‘yishini   dalada   mavjud   oziq-ovqat
spreylarini qo‘llash orqali oshirish mumkin va (4) karnea samarali. tijorat asosida
ommaviy tarbiyalash.
Oltinko‘zlar   g‘arbiy   qirg‘oqdagi   cheklangan   hududlar   bilan   cheklangan.
Oziq-ovqat   bilan   bog‘liq   yozgi   diapauzaga   kirishi   mumkin   bo‘lgan   bu   poyga,
yozda   o‘lja   paydo   bo‘lishi   juda   o‘zgaruvchan   bo‘lgan   mahalliy   o‘simliklar
hukmron   bo‘lgan   qishloq   xo‘jaligidan   tashqari   vaziyatlarda   g‘arbiy   sohilda
biologik nazorat qilish uchun ko‘proq mos keladi[29: 595-599 b].
Mamlakatimizda   issiqxona,   sabzavot,   ko‘kat   va   manzarali   ekinlariga
tushadigan   bitlar,   o‘rgimchakka   va   boshqalarga   qarshi   kurash   olib   borishda
oltinko‘zlarni mavsumiy chiqarish  usulini muvoffaqiyatli qo‘llashga doir misollar
anchagina.   Ochiq   maydondagi   tajribalarda   bu   usulning   muqarrar   ijobiy   natijalar
berishi tasdiqlangan[19. 44-45 b. 22. 17-19 b.].
S.N.Alimuxumedov, B.P.Adashkevich ma’lumotiga ko‘ra (1991) g‘o‘zaning
asosiy   zararkunandalariga   qarshi   kurashda   oltinko‘zlarning   samaraliligini   sinash
borasida olib borilayotgan tadqiqotlar o‘tkazilgan.
Har   bir   o‘rimdan   keyin   entomofaglarning   soni   bedada   kamayadi   va   beda
o‘sishi bilan soni yana ko‘paya boshlaydi[50. 61-63 b; 36. 25-28 b; 39. 77-79 b.].
Dalalardan   tashqari   oltinko‘zning   issiqxonalarda   ham   samarasi   o‘rganilgan.
Oltinko‘zlar   bu   sharoitda   tripslarni,   lekin   undan   oldin   oltinko‘zni   o‘rgangan
olimlar bor.
20 Fotoperiodning   past   haroratlarda   hasharotlarga   ta'sirini   aniqlash   uchun
Chrysopa   carnea   ning   diapauzada   yotgan   urg‘ochilari   3   oy   davomida   (noyabr-
yanvar)   sovuq   (7   °   ±   2,5   °   C)   va   uzoq   yoki   qisqa   kunlik   sharoitlarida   saqlandi.
Keyin   ular   qisqa   kunlik   sharoitda   25   °C   da   jonlantirildi.   Namunalar   tuxum
qo‘yadigan   urg‘ochilarning   tez-tezligi,   tuxum   qo‘yishdan   oldingi   va   keyingi
davrning davomiyligi va urug‘lanish darajasida sezilarli darajada farq qildi. Barcha
ko‘rsatkichlar   qisqa   kun   sharoitida   sovutilgan   hasharotlarning   reproduktiv
faolligini   sezilarli   darajada   oshirdi.   Shunday   qilib,   C.   carneaning   yetuk   zotlari
sovuqda   fotoperiodni   sezishi   tasdiqlandi.   Sovuqda   qisqa   fotoperiodning   harakati
keyingi   tuxum   qo‘yishni   buzmaydi;   aksincha,   u   kelajakda   yaxshi   ko‘payishiga
yordam   beradi,   aftidan,   shuningdek,   fotoperiod   o‘zgarishlar   tufayli.   Qisqa   kunlik
fotoperiod   issiq   haroratda   faollashuvi   tezlashsada,   sovuq   haroratda   diapauzaning
rivojlanishiga imkon beradi[https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov].
O‘rtacha   parvoz   masofasi   shamol   tezligi,   parvoz   yo‘nalishi   va   tezligi   va
parvoz   davomiyligi   funktsiyasi   sifatida   baholandi.   O‘rtacha   migratsiya   masofasi
kechasiga   40   km.   Hatto   shamol   bo‘lmasa   ham,   yangi   paydo   bo‘lgan   urg‘ochi
tuxum qo‘yishdan bir necha kilometr oldin ko‘chib o‘tishi mumkin.
"Majburiy   migratsiya"   strategiyasi   Oltinko‘zlarning   yashash   muhiti
sifatining   o‘zgarishi   oldindan   aytib   bo‘lmaydigan   va   keskin   bo‘lgan   muhitda
rivojlanishiga imkon beradi deb taxmin qilinadi[https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov].
Oltinko‘z   lichinkalari   uzoq   vaqtdan   beri   mayda,   yumshoq   tanali
artropodlarning   majburiy   yirtqichlari   ekanligi   ma'lum   bo‘lsa-da,   ularning
kattalarining   ovqatlanish   odatlari   hech   qachon   batafsil   o‘rganilmagan.   Boshqa
tomondan,   bir   nechta   boshqa   turdagi   katta   yoshli   lichinkalar,   shu   jumladan   C.
carnea   Stephens,   bunday   ovqatni   qabul   qilmaydi,   garchi   bir   nechta   boshqa
moddalar osongina iste'mol qilinadi. Finney (1948) birinchi bo‘lib biologik nazorat
uchun   C.   karneani   ommaviy   yetishtirish   usullarini   ishlab   chiqdi   va   faqat   asalli
parhez   tuxum   qo‘yish   tezligi   juda   past   bo‘lishini   aniqladi,   ammo   qachon.   Oziq-
ovqat mahsuloti asal bilan to‘ldirilganda ancha yuqori darajaga erishildi. Neumark
(1952) shira nektaridan foydalangan holda xuddi shunday "yuqori" tuxum qo‘yish
21 tezligini   qayd   etgan,   Sundby   esa   kattalarni   saqlashda   va   asal   va   parhez   bilan
oziqlangan   urg‘ochilardan   maqbul   miqdorda   tuxum   olishda   muvaffaqiyat
qozongan.   Finney   kabi   ommaviy   parvarishlash   usullari   tejamkor   emasligi
isbotlandi,   chunki   asal   shudringining   yetarli   zaxirasini   olish   qiyin   edi,   Hagen   bir
nechta   alternativalarni   o‘rgandi.   Asal   yoki   qiyom   bilan   oziqlangan   kattalar
samaradorligidagi farq miqdoriy yoki sifat jihatidan farq qilmasligini  aniqladi[45;
77-79 b].
Arizona shtatidagi harorat bilan boshqariladigan shkaflarda o‘zgaruvchan va
doimiy   haroratning   Oltinko‘zning   yetuk   bo‘lmagan   bosqichlari   davomiyligiga
ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi. Tuxum bosqichi 15 ° C da 13 kundan 35 ° C
da 3 kungacha o‘zgarib turadi, 7,8 ° S chegaradan yuqori 75 ± 4 daraja-kun talab
qilinadi. Lichinka bosqichi 15 ° C da 4 haftadan 30 ° C da 1 haftagacha o‘zgarib
turadi, 8,3 ° S chegaradan yuqori 165 + 9 daraja-kun talab etiladi. Birinchi bosqich
eng uzoq davom etdi, keyin uchinchi, keyin esa ikkinchi; har bir rivojlalanishning
o‘rtacha davomiyligi 2-4 kun edi. Erkaklar va urg‘ochilar uchun yashash bosqichi
20   °   C   da   13-14   kundan   20   dan   35   °   C   gacha   bo‘lgan   haroratda   6-7   kungacha
o‘zgarib turadi, 9,4 ° S chegaradan yuqori 131 + 29 daraja-kun talab etiladi[28. 31-
35 b; 47. 78-81 b.]. 
Oltinko‘zlar   kamida   100   kilogertsgacha   bo‘lgan   ultratovush   chastotalarini
sekundiga   150   tezlikda   impulslarning   takrorlanish   tezligida   modulyatsiyalangan
holda   sezishi   mumkin.   Retseptor   joylari   -   oldingi   qanotlar   venasida   ikki
tomonlama kichik shishlar[52. 45-48 b; 28. 89-92 b].
Bitlarga   qarshi   kurash   ishlari   zararkunandalarning   ommaviy   tusda
ko‘payishiga g‘ov bo‘lganidan   tashkiliy-xo‘jalik,   agrotexnik tadbirlardan hamda
kimyoviy   usulda   kurashishdan   iborat   bo‘ladi.   Bitlarga   qarshi   qo‘llaniladigan
amfesidlarga nisbatan bardoshliligiga alohida e’tibor berish payti keldi, chunki bu
jarayon   paxtachilikda   tobora   avj   olmoqda.   Bu   faktlar   o‘simliklarga   tushgan
bitlarda   bardoshlilik     xususiyatini   pasdo   bo‘lishini   nazorat   qilish   zarurligini,
zararkunandaning   chidamliligi   populyasiyalari   xosil   bo‘lishini       oldini   olish
choralarini ko‘rish kerakligini ko‘rsatadi. 
22 Afiditlar     rotasiyasi   sxemalarini   yaratish   ana   shu   maqsadga   erishishning
asosiy   vositasi   xosoblanadi.  Biroq  bitlarning  turli  xil   birikmalarigi   nisbatan   kross
va multirustentlik  xosil qilish xususiyati, shuningdek bitlargina emas, balki boshqa
zararkunandalarga   qarshi   kimyoviy  vositalar   qo‘llash   xajmlari       qisqarishi   tufayli
bunda     muayyan   qiyinchiliklar   tug‘iladi.   Lekin   afiditlar     ishlatish   miqdorini
kamaytirish   uchun   entomofaglarni   tabiiy   ravishda   quyish   katta   axamiyatga   ega
ekanligini   aniqlash     mumkin   bo‘ladi.     Bitlarga   qarshi   kimyoviy   kurash   o‘tkazish
uchun xar bir dalada bitlari bilan  foydali xashorotlar nisbatini aniqlash lozim.
Bitlarning   sonini   kamaytiradigan   kushandalar   e’tiborga   sazovor
bo‘lmoqdalar[40. 19-22 b; 36. 25-28 b; 39. 77-79 b].
Bitlardan va   tripslardan  tashqari  g‘o‘zaga  bo‘g‘imoyoqlilar  tipiga mansub,
kanalar   sinfiga   mansub   zararkunandalar   g‘o‘zani   so‘rib   nobud   qilish   mumkin.
Bular ichida biologik kurash, kimyoviy va agrotexnik kurash choralari bor[12. 23-
25 b; 30. 55-58 b].
  Biologik   kurash   choralaridan   xozirgi   kunda   bularga   qarshi   bir   necha   tur
entomofag,   yirtqich   va   parazitlar   qo‘llanilmoqda.   Bularning   ichida   trixogramma,
oltinko‘z, gabrobrakon, ekonomik bezarar darajada yetkazilmoqda[42. 17-20 b; 16.
39-41 b; 47. 38-39 b].
  Xozirgi kunda zararkunandalarning tashqi muhitga issiqqonli  xayvonlariga
va insonlarga zararsiz, lekin zararkunandalarni kamaytirish maqsadida O‘zbekiston
olimlari katta izlanish olib bormoqdalar.
B.A.   Sulaymonovning   kuzatishicha   (2001   y.)   g‘o‘za   zararkunandalar   bilan
barcha   rivojlanish   bosqichlarida   zararlanadi.   Bu   zarar   ayniqsa,     g‘o‘zaning
dastlabki   rivojlanish   davrida   ko‘proq   kuzatiladi.   Bular   orasida   so‘ruvchi
zararkunandalardan o‘simlik bitlari va trips alohida o‘rin tutadi.
B.A. Sulaymonovning tavsiyasiga ko‘ra, shira bitlari  o‘rgimchakkana, trips,
O‘zbekistonning   barcha   viloyatlarida   deyarli   uchraydi.     Ularni   nafaqat   g‘o‘za
xosildorligini,   balki   yetishtirilgan   paxta   xom-ashyosining   sifatini   ham
bo‘zadi[41.37-38].
23 G‘o‘za zararkunadalar bilan ko‘p zararlanadigan ekinlardan biri xisoblanadi.
Professor   V.V.   Yaxontov     g‘o‘za   bilan   oziqlanadigan   umrtqasiz   xayvonlarning
772   turidan     iborat,   butun   dunyo   faunasining   uncha   to‘liq   bo‘lmagan   ro‘yxatini
tuzib,   1931   yilda   ularga   bergan   edi.   Bulardan     751   turi   xashorotlardir.    
V.V.   Yaxontev   tomonidan     219   turi   O‘zbekiston   sharoitida   g‘o‘zaga   tushishi
aniqlangan.
Mazkur   turlardan   juda   oz   qismi     10   ta   turi   doimo   jiddiy   zarar   yetkazadi,
qolgan   qismi   ikkinchi   darajali   xisoblanib,   ayrim   yillari   sharoit   qulay   kelganda
g‘o‘zaga   jiddiy   zarar   yetkazishi   mumkin   bo‘lgan   zararkunandalardan   shira,   trips,
o‘rgimchakkana va xokazolar[48. 76-79 b].
Oltinko‘zlar   Chrysopidae   oilasiga   mansub   (Neuroptera:   Chrysopidae)   faol
yirtqich   hasharotlar,   asosan   lichinka   davrida.   Oilaning   ba'zi   a'zolari   quruqlikda
yashaydilar. Oilaning barcha lichinkalari oziqlanishga qaratilgan hasharotlar. shira,
oq   qanot   (Homoptera);   thrips   (Thysanoptera)   va   ko‘pchilik   zararkunandalar   kabi
nisbatan   yumshoq   tanali   artropodlarning   tuxumlari   bilan   oziqlanadi.   Chrysopidae
lichinkalarining   ozuqaviy   ekologiyasi   va   ozuqaviy   tarkibini   bilish   ularning   tabiiy
ekotizimlar   va   agroekotizimlardagi   xatti-harakatlarini   tushunish   uchun   zaruriy
shartdir. Bu, shubhasiz, biologik kurashda muvaffaqiyat darajasini oshirishga ta'sir
qiladi[35. 66-67 b].
Chunki,   kimyoviy   usul   qanchalik   samara   bermasin,   uni   o‘ziga   xos   salbiy
tomonlari   bor.   Bu   uslubning   qator   vositalari,   xususan   ko‘pchilik   kimyoviy
moddalar inson salomatligi, issiqqonli hayvonlar va atrof muhit uchun, shuningdek
barcha   foydali   hasharotlar,   ya’ni   –   biologik   agentlar   uchun   zararli   va   havflidir.
Shuning   uchun   ham   chidamli   navlarni   yetishtirish   bilan   bir   qatorda   xasharot   va
kanalar   tushgan   maydonlarda   biologik   usuldan   foydalanish   maqsadga   muvofiq
hisoblanadi [51. 56-59 b].
Ushbu   maqolasida   hasharotlarning   oziqlanishi   ekologiyasi,   o‘ziga   xos
oziqlanish   talablari,   yarim   tabiiy,   tabiiy   va   kimyoviy   parhez   qo‘llanilishi,   ovqat
hazm qilish tizimidagi morfologik xususiyatlar, parhez tarkibi, ferment faolligi va
oziqlanish mexanizmi haqida qisqacha ma'lumot berilgan [ https://dergipark.org.tr ].
24 Voyaga etgan dantel  qanotlari uzunligi  23-30 mm, ingichka va sariq-yashil
rangga   ega.   Ularning   katta,   mayda   tomirli   qanotlari   bor.   Tuxumlar   shaffof
pedikellarda   o‘tiradi   va   yashil   oqdan   oq   ranggacha.   Lichinkalarning   katta   jag‘lari
va   yaxshi   rivojlangan   oyoqlari   bor.   Lichinka   tanada   ikkita   jigarrang   tasmasi
bo‘lgan   krem   rangli.   Lichinkaning   oxirgi   bosqichi   dumaloq   oq   pillaga
aylanadi.   Hujum qilingan shira qoldiqlarini aniqlash qiyin [39: 38-42 b] .
Oltinko‘z mahsulotida dantelli lichinkalar mavjud.   Ular shira yeyishni afzal
ko‘radilar,   lekin   boshqa   hasharotlar   va   oqadilar,   hatto   foydali   hasharotlarni   ham
iste'mol qilishlari mumkin.   Voyaga yetgan oltinko‘z qanotlari gulchang, nektar va
asal   shudringi   bilan   oziqlanadi.   Lichinkalar   asosan   tunda   faol   bo‘lib,   o‘simlik
ostida   yashirinadi.   Ular   o‘ljani   ushlab,   hazm   qilishni   ta'minlaydigan
qiladilar.   Keyin o‘lja quruq holda so‘riladi.   Lichinka har  xil  o‘lchamdagi o‘rtacha
300-400 ta shira yeydi [24: 44-48 b] .
Oltinko‘zlar   issiqxonalarda   va   yopiq   o‘simliklarda,   shuningdek,   umumiy
yashil   maydonlarda   tashqarida   shiraga   qarshi   va   daraxtzorlardagi   o‘simlik
shiralariga   qarshi   ishlatiladi.   Mahsulot   yuqori   o‘sadigan   ekinlarda   foydalanish
uchun   mos   emas.   Shuni   yodda   tutingki,   ayniqsa   issiqxonalarda   foydalanilganda,
oltinko‘z   boshqa   biologik   nazorat   vositalarini   yeb   qo‘yishi   mumkin.   Shiradan
tashqari,   oltinko‘z   boshqa   zararkunandalarni   ham   yeyishi   mumkin,   masalan,
mealybugs,   whitefly   yoki   trips.   Oltinko‘z   asosan   tez   tozalash   kerak   bo‘lganda
ishlatiladi[https://entocare.nl].  
Chrysoperla   canea   va   Chrysopa   septempunctata   o simtalarida   o ljaʻ ʻ
turlarining   rivojlanish   vaqtlari,   o lim   foizi,   iste mol   darajasi,   uzoq   umr   ko rish,	
ʻ ʼ ʻ
hosildorlik   va   hayot   jadvali   parametrlariga   ta siri   quyidagi   shiralarga   Aphis	
ʼ
gossypii,   Sitobionipals   qo‘llash   yordamida   o rganilgan.   Laboratoriya   sharoitida.	
ʻ
Ma'lumotlar shuni ko‘rsatdiki, ikkita oltinko‘zning tuxumdan chiqishidan yetuk zot
bo‘lgan umumiy rivojlanish vaqti sinovdan o‘tgan to‘rtta shira turida o‘stirilganda
sezilarli   darajada   farq   qilgan.   Oltinko‘z   tuxumdan   chiqqandan   boshlab   yetuk   zot
paydo   bo‘lgunga   qadar   A.   gossypii   bilan   oziqlanganda   6,5%   dan   19,5%   gacha
bo‘lgan.   Sinovdan   o‘tkazilgan   ikkita   oltinko‘zning   lichinka   bosqichi   A.   gossypii,
25 keyin   S.   avenae,   R.   maidis   va   A.   nerii   afzal   ko‘rishi   aniqlangan.   Kuniga   bir
lichinka uchun iste'mol qilingan shiraning o‘rtacha soni ham sezilarli darajada farq
qilgan. Oltinko‘zning iste'mol darajasi hisobga olingan holda. Oltinko‘zlar ko‘proq
iste'mol   qilingan   va   eng   yuqori   iste'mol   darajasi   A.   gossypii   da   o‘stirilganda
olingan.   Voyaga   yetganlarning   uzoq   umr   ko‘rishi   urg‘ochilarning   unumdorligi
ozuqa turlariga qarab farqlangan[29;239-245 b].
Katta   yoshli   oltinko‘z,   Chrysoperla   cornea   (Stephens)   (ilgari   Chrysopa
carnea   nomi   bilan   tanilgan)   Kaliforniyaning   to‘rtta   okrugidagi   har   biri   taxminan
200 dan 500 km gacha bo‘lgan beda dalalaridan yig‘ilgan. Yetuk zotlar, lichinkalar
va tuxumlarni tekshirish usullari ishlab chiqilgan. Voyaga yetganlar va lichinkalar
piretroidlarning daladagi ta’siriga juda chidamli edi[55;  1-32 b ].
Hozirgi   vaqtda   zararkunandalarga   qarshi   kompleks   kurashda   oltinko‘z
populyatsiyalarni   shira   yirtqichlari   sifatida   manipulyatsiya   qilish   uchun   sintetik
attraktorlardan  foydalanish  qo‘llaniladi.  Ushbu  tadqiqot  ilgari   Chrysoperla  carnea
kompleksini jalb qilish uchun topilgan gulli birikmalardan va birinchi marta shira
jinsi   feromon   komponentlaridan   (1R,4aS,7S,7aR)-nepetalaktol   va   (4aS,7S,7aR)
o‘z   ichiga   olgan   sintetik   yemni   o‘rganadi.   Sintetik   gulli   o‘lja   Oltinko‘zlarning
ikkala jinsini o‘ziga tortadi[ 53. 1374-1379 b ].
Katta   yoshli   Oltinko‘zning   ozuqa   ratsionida   turli   xil   miqdordagi   turli   xil
oqsillarning   ta'sirini   aniqlash   uchun   laboratoriya   tadqiqotlari   o‘tkazildi.   Natijalar
shuni ko‘rsatadiki, oqsillar urug‘lanish, unumdorlik va ommaviy yetishtirish uchun
barcha   biologik   parametrlarida   muhim   rol   o‘ynaydi.   Sinov   qilingan   oqsillar:
Kazein,   Protein   gidrolizati,   Torula   xamirturushi   va   Nu   lure.   Ushbu   oqsillarning
barchasi laboratoriyada to‘rtta konsentratsiyada, ya'ni dietada 1, 3, 5 va 7 mg / ml
sinovdan   o‘tkazildi.   Nu   lure,   so‘ngra   oqsil   gidrolizati   (nazorat   dietasi)   bilan
oziqlanadigan   katta   yoshlilarda   sezilarli   darajada   yuqori   mahsuldorlik
785,12±25,7,   tuxumlarning   unumdorligi   89,23±0,36%   va   tuxum   qo‘yish   muddati
42,13±1,11   kun   uzoqroq   bo‘lgan.   Katta   yoshdagi   (Nu   lure   5ml)   dietani   iste'mol
qilishdan hosil bo‘lgan F1 nasli lichinkalari eng qisqa lichinka davriga ega bo‘lib,
barcha   rivojlanish   bosqichlarini   eng   qisqa   vaqt   ichida   yakunladi.   Proteinlarning
26 turli   konsentratsiyasida   o‘stirilgan   hasharotlar.   Hasharotlar   tuxumdan   yetuk
zotgacha omon qolishi,  urg‘ochi  (%)  va lichinka vazni  (g)  past  va yuqori  protein
konsentratsiyasi   bilan   solishtirganda   turli   xil   ozuqalarda   yashashi
kuzatilgan[55.1491.1497 b].
Chrysoperla   carnea   (Stephens)   (Neuroptera:   Chrysopidae)   yumshoq   tanali
hasharotlarning   hammaxo‘r   yirtqichidir.   Hujum   tezligi   uch   bosqichda   sezilarli
darajada   farq   qilmadi,   uchinchi   bosqich   uchun   maksimal   hujum   tezligi   sezilarli
darajada  yuqori   edi.   Oltinko‘zning   birinchi   lichinka   davrining   ishlov   berish   vaqti
uchinchi   bosqichga   qaraganda   yuqoriroq   bo‘lishi   kuzatilgan.   O‘simlik   bitlari
oltinko‘zning   barcha   lichinka   bosqichlari   uchun   oziq-ovqat   manbai   bo‘lib   xizmat
qilishi mumkin. Bundan tashqari, yirtqichning uchinchi lichinka bosqichi o‘simlik
bitlari   zichligini   kamaytirishda   eng   samarali   bo‘lgan.   Ushbu   natijalar   C.   carnea
lichinkalari   barqaror   qishloq   xo‘jaligida   O‘simlik   bitlarining   nazoratiga   hissa
qo‘shishi mumkinligini ko‘rsatadi[https://sciprofiles.com/profile/1251406].
Oltinko‘z agrobiosinozda muayyan tutishga qaramay yuqori harorat va havo
nisbiy namligining pastligi, tabiiy kushandalar, go‘zani har xil kimyoviy pestisidlar
bilan ishlash davrida ularning anchasi qirilib ketadi.
Hozirgi   davrda   oltinko‘zlarni   laboratoriyada   tabiiy   hamda   sun’iy   ozika
muhitlarda yoppasiga ko‘paytirish uchun sitatroga kapalaklarinng endigina olingan
yoki   qizargan   tuxumlardan   yaxshigina   foydalanilmokda.   Oltinko‘zlar   ommaviy
tusda   ko‘paytirilganda   uning   har   bir   rivojlanish   davri   uchun   o‘rtacha   sutkalik
harorat va havo namligi tegishlicha bo‘lishini hisobga olish lozim[33. 45-48 b; 22.
39-42 b].
Oltinko‘zni   urchitish   texnologiyasi   lichinkalar   uchun   ozuqa   tayyorlash,
tuxumlarni   inkubasiya   qilish,   lichinka   va   ulg‘aygan   hasharotlarn   tarbiyalash,
tuxum   olish   va   yigishtrish   va   olingan   biomateriallarni   saqlash   ishlarni   o‘z   ichiga
oladi.
Oltinko‘zning shunday xususiyati borki, u hayot davomida g‘o‘zadan bedaga
o‘tib   ketishi   mumkin.   Bu   entomofagga   xamisha     ozuqa   bo‘lishi   lozim.   (Internet
ma’lumoti).   Olimlarning   ko‘rsatishiga   qaraganda,   g‘o‘za   dalalariga   beda   dalalari
27 yaqinligida   60%   imago,   beda   dalasi   o‘zoqligida   35%   imago   aktiv   fazada   bo‘ladi
[19. 23-24 b].
Tabiatda   oltinko‘z   beda   dalasida   mart   oxirida   paydo   bo‘ladi.   Birinchi
o‘rimdan   keyin,   may   oyining   o‘rtasida   oltnkuz   g‘o‘zaga   o‘tadi.   Ho‘zada
oltinko‘zni soni bedaning ikkinchi o‘rimidan keyin ko‘payadi.
Oltinko‘z   imagolari   kompodeyasimon   oldingi   qismi   ingichka,   uch   marta
po‘st tashlaydi. Oxirgi po‘st tashlashi nilla ichida o‘tadi. Xujani tanasini teshganda
oltinko‘z   o‘z   fermenti   so‘lagini   chiqaradi   va   natijada   zararkunandani   paralich
qiladi.
Tepada aytilgan ma’lumotlarga ko‘ra oltinko‘z qishloq xo‘jalik o‘simliklarni
so‘ruvchi zararkunandalarni samarali entomofagidir.
28 II bob. Tadqiqot materiallari.
Oltinko‘z   entomofagini   Toshkent   davlat   agrar   universiteti   Samarqand   filiali
biolaboratoriyasida   ko‘paytirilib,   ularni   samaradorligini   o‘rganish   maqsadida
O‘zbekistonda   g‘o‘zaning   asosiy   so‘ruvchi   zararkunandalaridan   bo‘lgan   katta
g‘o‘za   biti,   (Asugfhos   gossupii   M)   hisoblanib,   bulardan   tashqari   oddiy
o‘rgimchakkanalar jiddiy zarar yetkazadi.
Tajriba davomida Oltinko‘z entomofagini laboratoriya sharoitida ko‘paytirildi
va   ko‘paytirilgan   entomofaglarni   g‘o‘zani   so‘ruvchi   zararkunandalaridan   beda   va
akatsiya   biti,   (Aphis   sgascivora   medicaginis   Kosh)   kata   g‘o‘za   biti,   (Asugfhos
gossurii   Mogdy)   hisoblanib,   bulardan   tashqari   oddiy   o‘rgimchakkanalar
(Tetronicsus uritetci) qo‘llash samaradorligi o‘rganildi .
Tadqiqotlar uslublari.   G‘o‘zani so‘ruvchi zarrakunandalarining 2021-2022 yillar
davomida   o‘rganildi.   Tajriba   uchun   ekin   maydonida   kichik   tadqiqot   ishlari   olib
borilishiga doir tavsiyalar asosida tayyorlandi[43.].
Kichik   dala   tajribasini   o‘tkazish   uchun   o‘simlik   ekilgan   maydon   tanlab
olinib, u yerda tadqiqotlar olib borildi. 
Tajribadagi   o‘simlik   zararkunandalariga   qarshi   faol   qo‘llanilgan
vositalarning   biologik   samaradorligi   Abbot   (1925)   tenglamasi   yordamida
aniqlandi.
S = ● Av-Va
100
Av
bunda:
S - biologik samaradorlik, %
A   -   zararkunandaning   tajriba   maydonida   ishlov   o‘tkazilishiga   qadar   bo‘lgan
miqdori, dona;
a - ishlov o‘tkazilgandan so‘ng zararkunandalar miqdori, dona; 
V - zararkunandaning nazorat maydonida ishlov o‘tkazilishiga qadar bo‘lgan
miqdori, dona;
 v - ishlov o‘tkazilgandan so‘ng zararkunanda miqdori, dona.
29 Biolabaratoriyada   oltinko‘z   entomofagini   bugungi   kundagi   eng
zamonaviy   usullardan   foydalangan   holda   takomillashtirilgan   usulda
ko‘paytirish va qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkundalari o‘simlik bitlari va
o‘rgimchakkanaga   qarshi   qo‘llashda   eng   maqbul   muddat   va   me’yorlarini
o‘rganish hamda samaradorligini oshirish yo‘llarini izlashdan iborat. 
Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi maqsadlar belgilandi.
- biolabaratoriya   sharoitida   oltinko‘z   entomofagini   takomillashgan
samarali ko‘paytirish usulini o‘rganish;
- biolabaratoriyada   ko‘paytirilgan   oltinko‘z   entomofagini   o‘simlik
bitlariga   qarshi   ozuqa   bilan   (toza   asal)   emagoni   oziqlantirib   qo‘llash   va
samaradorligini o‘rganish;
- biolabaratoriyada   ko‘paytirilgan   oltinko‘z   entomofagini
o‘rgimchakkanaga qarshi har xil nisbatlarda va tabiiy ozuqa bilan boqilmagan
hamda boqilganlarini qo‘llash orqali samaradorligini o‘rganish;
- eng   yuqori   biologik   samara   bergan   nisbatlarini   aniqlab,   kerakli
xulosa va takliflar berish.
30 III BOB.  ASOSIY QISM
3.1. Oltinko‘zni biologiyasi va zararkunandalarga qarshi qo‘llash
samaradorligi.
Oltinko‘z   (Shgusora   sagnyea   Steph)   avlodiga   mansub   Yevropa,   Osiyo,
Amerikaning   tabiiy   iqlim   sharoitida   keng   tarqalgan.   Shunday   bo‘lsada   hozirgi
davrda mamlakatimizda oltinko‘zning 20 dan ortiq turlari  ma’lum.
Oltinko‘z   tillasimon   och   yashil   tusli   hashoratdir.   Uning   qanotlari   och   yashil
tusga   ega   bo‘lib,   qanotlari   yoyilganda   20   dan   50   mm   gacha   yetadi.   Mo‘ylovlari
tuksimon,   peshonasi   yassi   bo‘ladi.   Yorug‘lik   tomon   yaxshi   uchadi.   Endigina
tashlagan   tuxumlari   och   yashil   tusli   bo‘ladi,   keyinchalik   asta-   sekin   qorayadi.
Oltinko‘z   urg‘ochilari   tuxumlarni   g‘o‘zaning   bargiga   yoki   shona   tuganaklariga
bittadan yoki to‘p-to‘p qilib, maxsus ipchaning ustiga ko‘yadi.
Oltinko‘z   lichinkasi   gavdasining   old   va   orqa   tomoni   ixcham   bo‘lib   tez
yugurishga   moslashgan.   Oltinko‘z   lichinkalari   yirtqich   hayot   kechiradi.   Ular
nihoyatda   xo‘ra   bo‘ladi.   Joydan-joyga   tez   ko‘chish   va   a’lo   darajada   izlanish
xususiyatlariga ega. Juda hammaxo‘r bo‘lib, bo‘g‘imoyoklilarning 70 ziyod turlari
bilan,   shu   jumladan,   kanalarning   11   turi   bilan   oziqlanadi.   Oltinko‘zning   hayot
kechirish   davr   quyidagicha   kechadi.   U   imago   fazasida   va   qisman   pilla   ichidagi
g‘umbak holida tuprok kesaklar, o‘simlik qoldiqlari ostida, daraxt va bino yoriqlari
kavaklarida   qishlaydi.   Qishlab   chiqqanlari   erta   bahorda   havoning   harorati   11°   S
bo‘lishi   bilan   jonlanadi.   Oltinko‘zning   yaxshi   xususiyatlardan   biri   tuxumlarni
o‘simlik   bitlari   eng   ko‘p   bo‘lgan   joylarga,   ya’ni   lichinkalari   chiqishi   bilan   oson
ozuqa topadgan yerlarga qo‘yadi.
Bitta urg‘ochi oltinko‘z bir kunda 60 - 65 ta va butun umri davomida 500-800
tagacha tuxum ko‘yadi. O‘zbekiston sharoptida 4-5 avlod beradi.
Paxta maydonlarda  bahorning  dastlabki  oylarida o‘rtacha  xar   100 tup  g‘o‘za
o‘simligida 8-15 ta imago, 20 -25 ta tuxum. 2-5 lichinka va 1 - 2 g‘umbak sanash
mumkin   bo‘lsa,   g‘o‘zalarga   yoppasiga   suv   berila   boshlaganda,   ya’ni   iyun,   iyul
oylarida   har   100   tup   go‘zada   800-1000   tagacha   imago,   1200-1300   ta   tuxum,   75-
100 ta lichinka va 25 - 30 ta g‘umbak sanash mumkin.
31 Oltinko‘z   agrobiosinozda   muayyan   tutishga   qaramay   yuqori   harorat   va   havo
nisbiy   namligining   pastligi,   tabiiy   kushandalar,   g‘o‘zani   har   xil   kimyoviy
pestisidlar bilan ishlash davrida ularning  anchasi qirilib ketadi.
Hozirgi   davrda   oltinko‘zlarni   laboratoriyada   tabiiy   hamda   sun’iy   oziqa
muhitlarda yoppasiga ko‘paytirish uchun sitatroga kapalaklarinng endigina olingan
yoki   qizargan   tuxumlaridan   yaxshigina   foydalanilmokda.   Oltinko‘zlar   ommaviy
tusda   ko‘paytirilganda   uning   har   bir   rivojlanish   davri   uchun   o‘rtacha   sutkalik
harorat   va   havo   namligi   tegishlicha   bo‘lishini   hisobga   olish   lozim.   Birinchi
yoshdagi lichinkalar uchun havo namligi 80 %, havo harorati 25° C bo‘lish maqbul
hisoblanadi. Ikkinchi va uchinchi yoshdagi lichinkalar hamda g‘umbak oldi holati
haroratlarining keng diapazonida (20-30°C) va 50 - 80 % namlikda muvaffaqiyatli
rivojlanadi.   Ulg‘aygan   hasharotlar   rivojlanishi   uchun   maqbul   bo‘lgan   yuqori
darajada bo‘ladi. Bunda u eng uzoq (80-85 kun) umr kechiradi va ko‘pi bilan 700
tagacha tuxum qo‘yadi. Bizning ma’lumotlarga karaganda oltinko‘z tuxumlarining
rivojlanish davomiyligi haroratga qarab 3 sutkadan 7 sutkagacha boradi. Lichinka
15-28 kun, g‘umbak esa 8-17 kun rivojlanadi. Ulg‘aygan hashoratlar 30 kungacha
yashaydi. Bir avlodning rivojlansh davri o‘rtacha 50-52 kunni tashkil etadi.
Oltinko‘z   tabiatda   uchraydigan   eng   foydali   hammaxo‘r   hasharot   bo‘lib,
pardaqanotlilar   avlodiga   mansubdir.   Oltinko‘zning   kapalagi,   shirani
o‘rgimchakkana   va   uning   tuxumini,   tripslarni   ko‘sak   qurti   kapalagi   qo‘ygan
tuxumini va kichik yoshdagi qurtlarini kemirib hamda o‘simlik shirasi nektari bilan
oziqlanadi,   uning   lichinkasi   kuldirgichsimon   bo‘lib,   g‘o‘zadagi,   sabzavotdagi,
bog‘lardagi   va   boshqa   ekinlardagi   hamma   so‘ruvchi   va   kemiruvchi
zararkunandalar bilan ovqatlanib hayot kechiradi.
Qishloq   xo‘jalik   ekinlarning   zararkunandalariga   qarshi   kurash   usullaridan
foydalanish   qator   shart-sharoitlarga     bog‘liq.   Bunda   ekinlarning   turi,
zararkunandalarning   biologik   xususiyatlari   qo‘llaniladigan   chora-tadbirlari,
o‘simliklarining   rivojlanish   fazalari,   usulni   qo‘llash   joyi,   usulning   texnologiyasi,
zararkunandalarning   turi   va   soni,   o‘simliklarni   zararlash   darajasi   va   amalga
32 oshiriladigan   tadbirning   iqtisodiy   hamda   biologik   samarasini   hisobga   olish   zarur.
(Xalilov K.X. Ulmasbaeva R.Sh. va boshqalar, 2007).
Zararkunandalarning   rivojlanishini   oldidan   bilish       ishlarini   tashkil   etish,
kurash ishlarini aniqlab amalga       oshirish, ishlov beriladigan maydonlar hajmini
aniqlash.   Tadbiq   etiladigan   uslubning   samarasini   yanada   oshiradi.   Kurash   chora-
tadbirlarini   amalga   oshirishda   quyidagi   asosiy   yo‘nalishlarga   e’tibor   qaratish
lozim:
Zararli   organizmlarning   tabiiy   sharoitini   hisobga   olib,   ularning   ommaviy
ko‘payishi   va   rivojlanishiga   imkoniyat     yaratish,   iqtisodiy   zarar   yetkazadigan
chegaralardan chiqarmaslik zarur.
Qishloq xo‘jalik o‘simliklarining o‘sishi va rivojlanishi   uchun qulay shart-
sharoityaratish, ilg‘or texnologiyani      tadbiq   etish, kasallik va zararkunandalarga
chidamliligini   oshirish   natijada   zararkunandalar   xavfi   eng   kam   bo‘lishiga   sharoit
yaratish.
Zararkunanda   bilan   zararlangan   qishloq   xo‘jalik   ekin   zararlangan     qishloq
xo‘jalik   ekin   maydonlaridan   ularning   boshqa   xududlarga,   bir   fermerdan   ikkinchi
fermer dalasiga tarqalmasligini oldini olish.
Zararkunandaning   xar   xil   qishloq   xo‘jalik   ekinzorlarida   ko‘payishiga   yo‘l
qo‘ymaydigan chora-tadbirlar va uslublarni   ishlab chiqish zarur.  
Ekinzorlarga   zarar   yetkazayotgan   yoki   hosilini   nobud   bo‘lishiga   xavf
solayotgan   zararkunandalarga   qarshi   keng   samara   beriladigan   usullarini   qo‘llash
uchun biomahsulotlarni ketma-ket ekish dalalariga qo‘yishni joriy etish.
Zararkunandalarga   qarshi   biologik   usul   bilan   kurashish     ularning   tabiiy
dushmanlari,   ya’ni   yirtqichlar,   parazitlar       va   kasallik   to‘g‘diruvchilardan
foydalanishdan iborat. Bu usul hozirgi kunda keng qo‘llaniladi. (№35 http).
Biologik   usul   foydali   organizmlarning   biologik   xususiyatlarini   yetarli
darajada   chuqur   bilishga   asoslangan.   Fanda   yangi   ma’lumotlar   to‘planib   borgani
sari biologik usulning hosilni zararkunandalardan himoya qilish umumiy tadbirlar
kompleksidagi ahamiyati osha boradi.
33 Qishloq   xo‘jaligi   zararkunandalarning   yirtqichlari   asosan   qushlar,
o‘rgimchaqsimonlar va hasharotlar bo‘lishi mumkin.
Juda ko‘p zararli hasharotlarni qiradigan yirtqich samarali entomofaglardan
oltinkuz. 
O‘zbekiston   sharoitida,   ayniqsa,   yetti   nuqtali   oltinkuz   (Chrysopa
septempunctata   Wegrn)   va   oddiy   oltinkuz   (Chrysopa   carnea   steph)   ko‘proq
uchraydi.
Mamlakatimizda   issiqxonalarda   sabzavot,   ko‘kat   va   manzarali   ekinlarga
tushadigan   bitlar   o‘rgimchakka   va   boshqalarga   qarshi   kurash   olib   borishda
oltinkuzlarni   mavsuni   chiqarish   usulini   muvoffaqiyatli   qo‘llashga   doir   misollar
anchagina.
Rossiyaning   o‘simliklarni   himoya   qilish   ilmiy–tekshirish   institutida   K.Ye.
Voronin va fitopatologiya ilmiy tekshirish instituti G.A.Beglyarov raxbarligida 25
tur   oltinkuzning   bioekologiyasini   o‘rgangan   holda,   issiqxonalarda   oltinkuzni
ko‘paytirishni va qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqdilar.
Mamlakatimizda   teplitsa   sabzavot,   ko‘kat   va   manzarali       ekinlarga
tushadigan   bitlar   o‘rgimchakka   va   boshqalarga   qarshi       kurash   olib   borishda
oltinkuzlarni   mavsuni   chiqarish     usulini   muvoffaqiyatli   qo‘llashga   doir   misollar
anchagina.   Ochiq   maydondagi   tajribalarda   bu   usulning   muqarrar   ijobiy   natijalar
berishi tasdiqlangan. (Bo‘riev, Kimsanbaev, Sulaymonov, 2000).
S.N.   Alimuxumedov,   B.P.   Adashkevich   ma’lumotiga   ko‘ra   (1991)
g‘o‘zaning   asosiy   zararkunandalariga   qarshi   kurashda   oltinkuzlarning
samaraliliginisinash borasida olib borilayotgan tadqiqotlar o‘tkazilgan.
Har   bir   urimdan   keyin   entomofaglarning   soni   bedada   kamayadi,   va   beda
o‘sishi   bilan  soni   yana   ko‘paya  boshlaydi.   (Kovalenkov,   1984,  Radzivillovskaya,
Abduraxmanova,   1982).   Dalalardan   tashqari   oltinkuzning   issiqxonalarda   ham
samarasi   o‘rganilgan.   Oltinkuzlar   bu   sharoitda   tripslarni,   lekin   undan   oldin
oltinkuzni o‘rgangan olimlar bor.
Ochiq   maydondagi   tajribalarda   oltinkuz   samarali   entomofagligini   taqiqlab
berilgan.
34 Ana   shu   sharoitda   Ch.   Carnea   turini   zararkunandaning   soni   150   taga
yetganda qo‘llashadi 1:15 nisbatda qo‘llashganda beshinchi kunga borib trips 99%,
1:20 nisbatida 91,6 % nobud bo‘lgan. 
Babayan G.A., Oganesyan S.B. (1984) oltinkuzga kimyoviy preparatlarning
ta’sirini o‘rgandilar va oltinkuzni ishlatish vaqtini ko‘rsatib berdilar.
35 3.2. Oltinko’z entomofagini biolaboratoriyada ko‘paytirish bo‘yicha
olib borilgan tadqiqot natijalari
Oltinko‘z   tabiatda   eng   ko‘p   tarqalgan   foydalai   hasharot   bo‘lib,   uni
laboratoriya sharoitida ko‘paytirsa ham bo‘ladi. Laboratoriya sharoitida oltinko‘zni
ko‘paytirish   uchun   uning   tabiatda   yashayotgan   oltinko‘zning   kapalagidan
foydalaniladi. Buning uchun 3 litrli shisha banka olinib uni yaxshilab yuviladi va
sterilizasiya   qilinadi.   So‘ngra   banka   ichiga   kora   materialni   o‘zunligi   20   sm
kengligi 2-3 sm qilib 3-4 ta qiyilib solinadi, anna shu bankaga 100 dona otalik va
onalik   1:5   nisbatda   oltinko‘zning   kapalagidan   terib   solinadi.   Bu   oltinko‘z
kapalaklarining   oziqlantirish   uchun   banka   ichiga   soni   qo‘yilgan   kora   matervalga
asal   so‘rtib   qo‘yiladi,   bu   asalni   shishaning   deiorlariga   ham   so‘rtib   qo‘ysa
bo‘laveradi.   Bundan   tashqari   oltinko‘z   kapalaklarini   yaxshi   ovqatlanishini
ta’minlash   uchun   yaxshi   yetilgan   katta   yoshdagi   mum   kuyasi   qurtidan   o‘zunasi
20sm kengligi 5 sm taxtaga 5-6 tasini  ezib surtib qo‘yiladi, bu kapalaklar asal va
ezilgan   qurti   bilan   ovqatlanib   bir   biri   otalanadi   va   qora   matoga   tuxum   kuya
boshlaydi.
Oltinko‘zning onalik kapalaklari qo‘ygan tuxumlarni har kuni terib olinadi,
ana   shu terib olingan tuxumni boshqa bir   3 litrli bankaga solinadi. Terib olingan
tuxumni   boshqa   bir   bankaga   olishdan   oldin   u   bankani   yaxshilab   sterilizasiya
qilanadi   va   ana   shu   bankaga   zararsizlantirilib   quritilgan   va   20-30%   li   suvi
shimdirilgan olma qoqidan 3 litrli bankaga 25-30 gr dan solinadi va terib olingan
oltinko‘zning tuxumlari ham solinadi va bankaning og‘zi oq mato bilan berkitiladi,
hamda rezina ip bilan boylanadi. 
Banka   ichidagi   tuxumlardan   3-4   kun   ichida   mayda   lichinkalar   chiqa
boshlaydi.   Bir   bankaga   100-200-300-400-500   donagacha   tuxum   solish   mumkin,
tuxumlardan   lichinkalar   chiqa   boshlashi   bilanoq   bankaga   solingan   oltinko‘zning
tuxumi soniga qarab har 3 kunda 1-2-3 g dan har bir bankaga sitatroga solinadi va
shu   tariqa   lichinkalarni   boqiladi,natijada   sitotroga   tuxumi   bilan   boqilgan
oltinko‘zning lichinkasi 5 yoshni 18 - 20 kunda o‘tab olma qoqi ustida g‘umbakka
aylanadi.   G‘umbakdan   havo   harorati   +28   -   32 0
  S   namligi   80-85%   bo‘lganida
36 kapalaklar   uchib   chiqadi,   bu   kapalaklarni   alohida   bankaga   olib   yuqorida
aytilganidan asal va yetuk qurtni zzib berish yo‘li bilan boqiladi va bir sikl 25 - 30
kunni   tashkil   etadi.   Shu   tariqa   oltinko‘zni   laboratoriya   sharoitida   kapalagini   va
lichinkasini   ko‘paytirib   gektariga   200   -   300   donadan   kapalak   va   500   donagacha
uning   lichinkasini   kuyib   yuborilsa   so‘ruvchi   va   kemiruvchi   zararkunandalarning
sonini kamaytirishda ijobiy samara beradi. Oltinko‘zning kapalagini dalaga qo‘yib
yuborish uchun bankaga solingan oltinko‘z o‘t qopqog‘ini  har  50 m  yurib ozgina
to‘xtab   turish   yo‘li   bilan   amalga   oshiriladi.   Bunda   oltinko‘zning   kapalaklari   o‘zi
uchib chiqib ketaveradi, lichinkalarini zsa har 10 m joydagi g‘o‘zaning va boshqa
ekinlarning   barg   qultig‘iga   yoki   o‘simlik   ustiga   5-6   donadan   gormoshkalar
yordamida qo‘yib yuborish yaxshi natija beradi.
Oltinko‘zni   urchitish   texnologiyasi   lichinkalar   uchun   ozuqa   tayyorlash,
tuxumlarni   inkubatsiya   qilish,   lichinka   va   ulg‘aygan   hashoratlarni   tarbiyalash,
tuxum olish va yig‘ishtirish va olingan biomateriallarni saqlash ishlarni o‘z ichiga
oladi.
Maxsus   ballonlarda   saqlanayotgan   oltinko‘z   tuxumlaridan   25 0  
C   va   80   %
nisbiy namlik bo‘lganida 5-6 kunda lichinkalar chiqadi. Oltinko‘zning urg‘ochilari
qora   mato   yoki   qogozga   yaxshi   tuxum   ko‘yadi.   O‘tkir   pichoqlar   yordamida
poyalarni kesib, tuxumlar yig‘ishtirladi.     5°C     va   60   -   80     %     nisbiy namlik
oltinko‘z   tuxumlarini   saqlashning   maqbul   sharoiti   hisoblanadi.   Ana   shunday
sharoitda   tuxumlarni   30-35   kun   saqlash   mumkin.   Oltinko‘z   urg‘ochilarini
diapauzaga kiritish uchun kunlik yorug‘lik 10 soatga qisqartiriladi.
Qanotlari   rangining   yashildan     och     pushti   rangga   o‘zgarishi     hasharotning
diapauzaga kirganini bildiradi.
37 1-rasm. Oltinko‘z lichinkasi va yetuk zoti
2-rasm. Oltinko‘z tuxumi va g‘umbagi.
                                3-rasm. Oltinko‘z tuxumi.
38 4- rasm. Oltinko‘z lichinkasi.
A
39 B                      5 - rasm.  Oltinko‘z (A-g‘umbagi, B-imagosi).
Oltinko‘z   hammmaxo‘r   kushanda   hisoblanib   g‘o‘zadagi   o‘simlik   bitlari,
tripslar, o‘rgimchakkana, tunlam kapalaklarining tuxumi va yosh qurtlariga qarshi
qiron keltiradi. Lichinkasi yirtqichlik qilib oziqlanadi. Imagosi yirtqich emas, ular
tabiatda o‘simlik bitlarini shiralari, o‘simlik gullarining changlari, barg va mevalar
ajratmalari bilan oziqlanadilar.
Oltinko‘z   entomofagini   ko‘paytirish   liniyasini   respublikamizda   mavjud
bo‘lgan   900   ga   yaqin   biolaboratoriyalar   va   biofabrikalarga   tajribaviy   sanoat
miqyosida tadbiq  etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Bu   uskuna   qishloq   xo‘jaligi   ekinlarini   zararkunandalariga   qarshi   qo‘llash
uchun   respublikamizdagi   mavjud   biolaboratoriyalarda   yoppasiga
ko‘paytirilayotgan oltinko‘z entomofagini  sifatli  va ko‘p miqdorda ko‘paytirishga
moslashgan   liniyadir.   Eski   texnologiyada   oltinko‘zni   ko‘paytirishda   ko‘plab   3
litrlik   shisha   bonkalar   zarur   bo‘lar   edi.   Bu   uskunaning   qo‘llashdagi   afzalligi   3
litrlik   shisha   bonkalarga   bo‘lgan   extiyoj   yo‘qoladi.   Toshkent   Davlat   agrar
universitetini   “O‘simliklarni   biologik   himoya   qilish   ilmiy-tadqiqot   markazi”da
yaratilgan   bo‘lib,   ushbu   liniyaning   bittasida   2500   tadan   3000   tagacha   oltinko‘z
40 imagosini   saqlash   va   ularning   tuxumlarini   olish   mumkin.   Yana   uning   afzalligi
shundaki, unda maxsus havo almashtirish qurilmasi ham o‘rnatilgan.
Ushbu   Oltinko‘zni   ko‘paytirish   liniyasida   quyidagi   qulayliklarga   ega   bo‘lish
mumkin: 
- Oltinko‘z entomofagini ko‘paytirish liniyasini qo‘llash ishchi xodimlarining
ish unumdorligini oshiradi.
- Ishchi kuchi hamda vaqt kam sarflanadi.
-Liniya yordamida oltinko‘z entomofagini bonkalarsiz sifatli ko‘paytiriladi.
Ushbu   liniyada   ko‘paytirilayotgan   oltinko‘z   entomofagi   bonkalarda
ko‘paytirilganiga   qaraganda   ancha   baquvvat   boladi.   Sababi   ular   maxsus
probirkalar yordamida har kun terilmaydi. Ularni niniya ichida oziqlantiriladi.
Oziqlanib   rivojlangan   oltinko‘zlar   ushbu   liniyada   tuxum   qo‘yib   yashaydi.
Tuxumlar   olinadi   va   ekin   maydonlaridagi   zararkunandalarga   qarshi
tarqatiladi.
6-rasm .  ToshDAU   “O‘simliklarni biologik himoya qilish ilmiy-tadqiqot
markazi”da yaratilgan   oltinko‘z ko‘paytirish yangi  liniyasi.
41 Keyingi   yillarda   o‘simliklarni   biologik   usulda   himoya   qilishga   katta
ahamiyat   berilayotir.   Chunki,   kimyoviy   usul   qanchalik   samara   bermasin,   uni
o‘ziga xos salbiy tomonlari bor. Bu uslubning qator vositalari, xususan ko‘pchilik
kimyoviy moddalar inson salomatligi, issiqqonli hayvonlar va atrof muhit uchun,
shuningdek barcha foydali hasharotlar, ya’ni – biologik agentlar uchun zararli va
havflidir.   Shuning   uchun   ham   chidamli   navlarni   yetishtirish   bilan   bir   qatorda
hasharot va kanalar tushgan maydonlarda biologik usuldan foydalanish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Mirzaliyeva X.R, ( 1981, 1986) .
 Bu usulni ijobiy tomonlari ko‘pchilik olimlar tomonidan ko‘rsatib berilgan.
Jumladan,   S.N.Alimexamedov,   B.P.Adashkevich   va   boshqqalar,     O‘zbekistonda
o‘simliklarni   biologik   usulda   himoya   qilish   borasidagi   ishlar   1971   yil
boshlanganligi va shu dastlabki yilda bu usul 2,6 ming gektarda joriy etilgani, 1980
yilga   kelib   1416,1   ming   gektarda,   1986   yili   4503,7   ming   gektarda   va   1987   yilda
esa   5227,4   ming   gektarda   qo‘llanilganini   ko‘rsatib   o‘tganlar.   2008   yil   esa   14.6
mln. gektardan oshib ketgan.
Entomafaglar orasida oltinko‘zlar oilasiga mansub hasharotlar alohida o‘rin
egallaydi.   Hozirgi   vaqtda   Markaziy   Osiyoda   oltinko‘zning   24   turi   aniqlangan.
O‘zbekistonda   Chrysopa   sarnea   Steph .,   Ch.   septempunktata   W .,   Ch.   abbreviata
Curt   .,  Ch.  albolineata   L .,  Ch.  vittata   W.    kabi  turlari  keng  tarqalgan  va  ko‘plab
uchraydi.   Oltinko‘z   va   uning   lichinkalari   o‘z   o‘ljalarini   yeyishga   nihoyatda   o‘ch
bo‘lgan va joydan-joyga tez ko‘chib, epchil o‘lja topishga qodir bo‘lgan xo‘randa
hasharotlardir. U hammaxo‘r bo‘lib, bo‘g‘imoyoqlilarning 70 dan ziyod turlari  shu
jumladan, kanalarning 11 turi bilan oziqlanadi.
Oltinko‘zni   paxtachilik   sohasida   xususan   g‘o‘za   o‘simliklarida   tarqalgan
shira,   o‘rgimchakkana   va   tripslarga   qarshi   mavsumiy   chiqarish   yo‘li   bilan
qo‘llanganda yaxshi samaradorlikka erishiladi. 
B.P.Adashkevichning   ma’lumotlariga   ko‘ra   oltinko‘z   mart-aprel   oylarida,
o‘rtacha   kunlik   harorat   10-11   0
C   ga   yetganda   qishlovdan   chiqadi   va   faol   hayot
kechira   boshlaydi.   Har   bir   urg‘ochi   entomofag   kuniga   65   tagacha,   butun   umri
davomida   500-750   tagacha   tuxum   qo‘yadi.   O‘zbekiston   sharoitida   4-5   avlod
42 beradi.   Tuxumlarining   rivojlanish   davomiyligi   haroratga   qarab   3   kundan   7
kungacha   boradi.   Lichinka   15-28   kun,   g‘umbak   esa   8-17   kun   rivojlanadi.   Bir
avlodni rivojlanish davomiyligi 52 kunni tashkil etadi. 
X.R.Mirzaliyeva   tomonidan   oltinko‘zni   laboratoriya   sharoitida   ko‘paytirish
va  uni   ochiq  dala   va   issiqxonalardagi   zararkunandalarga  qarshi   qo‘llash   uslublari
ishlab chiqilgan. 
Ochiq dala  sharoitida  shiralar  va  o‘rgimchakkanaga  qarshi   oltinko‘zni   1:10
nisbatida qo‘llash tavsiya etilgan. Bunda, ikkinchi yoshdagi lichinkalarni gektariga
profilaktika   uchun   500   tadan   1000   donagacha   chiqarilganda   yaxshi   natijaga
erishilishi aniqlangan. 
Biz   Samarqand   viloyatining   oqdaryo   tumanida   yetishtirilayotgan   g‘o‘za
maydonida   oltinko‘zni   g‘o‘zaga   zarar   keltiruvchi   o‘simlik   bitlari   va
o‘rgimchakkanaga   qarshi   qo‘llab,   uni   samaradorligini   o‘rgandik.   Kushandani
o‘simliklarga   bitlar   va   o‘rgimchakkanalar   tushib   zararlash   davrlarida   sun’iy
ravishda   zararkunanda   turlariga   qarab   turli   nisbatda   (1:5;   1:10;   1:15   va   1:30)
qo‘llab, uning samaradorligi aniqlandi. 
Olingan   natijalar   jadvallarda   keltirilgan.   Jadvallardagi   raqamlardan
ko‘ringanidek,   oltinko‘zni   biologik   samaradorligi   to‘g‘ri   oziqlantirib   hamda   ular
nisbatini   to‘g‘ri   hisoblab   tarqatilganda   barcha   variantlarda   ham   ancha   yuqori
bo‘ladi.
Xususan, oltinko‘zning ozuqasini to‘g‘ri berish va o‘rgimchakkanaga nisbati
1:10   bo‘lganda,   g‘o‘za   bitiga   qarshi   esa   1:5;   1:10   nisbatlarda   kushanda
chiqarilgandan keyin 14-kunda eng yuqori samaradorlikka erishilgan.
43 3.3. O‘simlik bitlariga qarshi oltinko‘z qo‘llashning samaradorligi.
O‘simlik   bitlari   -   Nomopthera   turkumiga,   Arhididae   oilasiga   mansub
so‘ruvchi mayda hashorat bo‘lib, chala o‘zgarib rivojlanadi.  
Katta   g‘o‘za   biti   (Asurfhos   gossypii   Mordy)   O‘rta   Osiyo   va   Kavkaz   orti
mamlakatlarining   barcha   paxtakor   tumanlarida   keng   tarqalgan.   U   g‘o‘zadan
tashqari   mosh,   loviyalarga   ko‘plab   tushadi.   Begona   o‘tlardan   yantoqda   ham
uchraydi.
Katta   g‘o‘za   biti   ancha   yirik   hashorat,   u   to‘da   (koloniya)   hosil   qilmaydi.
Yetuk   bit   tanasining   uzunligi   1,5-2   mm   ga   boradi.   Rivojlanishining   hamma
bosqichlarida ham tanasi ko‘kish yoki sarg‘ish, ko‘zlari qizil, oyoq uchlari qo‘ng‘ir
tusli bo‘ladi. Oyoqlari va shira naychalari juda uzun, keyingisiniki qariyb 1,7 mm
ga yetadi.
 Qanotlilari qanotsizlaridan  kichikroq bo‘ladi.
Katta   g‘o‘za   biti   g‘o‘zapoyada   va   yantoqzorda   tuxum   fazasida   qishlaydi.   U
bahorda mayning ikkinchi yarmida g‘o‘zapoyada paydo bo‘ladi.
Katta     g‘o‘za     biti     yil     davomida     to‘liq     rivojlanish     davrini kechiradi,
yozda   partenogenetik   usulda   (erkagisiz   tirik   tug‘ib)   ko‘payadi,   kuzda   esa   bitta
jinsiy bo‘g‘in natijasida tuxum qo‘yadi. 
7- rasm.  Katta g‘o‘za biti ( Asugfhos gossyrii Mogdy )  (shirasi).
44 O‘simlik   bitlarining   tabiiy   kushandalari   ichida   oltinko‘zlar   oilasiga   mansub
hasharotlar alohida o‘rin tutadi.
Ilmiy   manbalarda   ochiq   dala   sharoitida   o‘simlik   bitlariga   qarshi   oltinko‘zni
1:10 nisbatda qo‘llash tavsiya etilgan.
Biz o‘rgangan adabiy manbalardan (Mirzaliyeva, 1981; 1986; Alimuhamedov
va   boshq.   1986;   Bo‘riyev,   Kimsanboyev,   Sulaymonov,   2000;   Rashidov,   1985,
2000;   Siddiqov,   Bobobekov,   1988)   ma’lum   bo‘lishicha   Samarqand   viloyati
Oqdaryo   tumani   sharoitidagi   g‘o‘za   maydonlarida   katta   g‘o‘za   bitlariga   qarshi
oltinko‘zni   qo‘llash   bo‘yicha   ilmiy   izlanishlar   olib   borilmagan.     Shu   sababli   biz
2021-2022   yillar   mobaynida   Samarqand   viloyati   Oqdaryo   tumani   hududida
joylashgan   g‘o‘za   ekilgan   maydondagi   o‘simlik   bitlariga   qarshi   oltinko‘z
kushandalarini   qo‘llashning   biologik   samaradorligini   aniqladik.   Oltinko‘z
o‘simlikni shonalash, gullash va ko‘sakka o‘tish davrlarida, turli nisbatlarda (1:20,
1:10, 1:5) qo‘llanib, uning samaradorligi aniqlandi. Olingan natijalar 3.1-jadvalda
keltirilgan.
3.3.1-jadavaldagi   ma’lumotlarga   ko‘ra   1:10   va   1:5   nisbatlarda   qo‘llanilgan
oltinko‘zni   biologik   samaradorligi   ancha   yuqori   bo‘ldi.   Xususan,   birinchi
variantimizda   1:20   nisbatta   qo‘llanilganda   hisob   kunlarining   14-kuniga   kelib
biologik   samaradorlik   57,8%   ni,   1:10   nisbatda   qo‘llanilganda   hisob   kunlarining
14-kuniga kelib biologik samaradorlik 78,0% ni va 1:5 nisbatda qo‘llanilganda esa
eng yuqori ko‘rsatkich 87,8% biologik samaradorlikka erishildi.
Ikkinchi variantimizda ham mos ravishda 1:20 nisbatta qo‘llanilganda hisob
kunlarining   14-kuniga   kelib   biologik   samaradorlik   51,9%   ni,   1:10   nisbatda
qo‘llanilganda   hisob   kunlarining   14-kuniga   kelib   biologik   samaradorlik  73,3%   ni
va   1:5   nisbatda   qo‘llanilganda   esa   eng   yuqori   ko‘rsatkich   89,5%   biologik
samaradorlikka erishildi.
Uchinchi   variantimizda   ham   kuzatishimiz   mumkin   1:20   nisbatta
qo‘llanilganda hisob kunlarining 14-kuniga kelib biologik samaradorlik 57,0% ni,
1:10   nisbatda   qo‘llanilganda   hisob   kunlarining   14-kuniga   kelib   biologik
45 samaradorlik   76,5%   ni   va   1:5   nisbatda   qo‘llanilganda   esa   eng   yuqori   ko‘rsatkich
88,2% biologik samaradorlikka erishildi
3.3.2-jadval
Katta g‘o‘za bitiga qarshi oltinko‘z kushandasini qo‘llash  samaradorligi
 (Oqdaryo tumani, 2021y)
Oltinko‘zni   o‘simlik
bitlariga   qarshi   qo‘llash
nisbati
(entomofag:zararkunanda) Har bir bargdagi bitlar miqdori,
dona Biologik
samaradorlik %,
kunlar bo‘yichaKushanda
chiqarishda Kushanda
chiqarilgandan
so‘ng
3 7 14 3 7 14
1 2 3 5 6 7 9 10
Shonalash fazasi
1:20 44,3 36,1 24,2 18 19,5 55,4 57,8
1:10 24,1 19,3 10,4 5,3 20,0 56,9 78,0
1:5 25,4 19,8 10,1 3,1 22,1 60,2 87,8
Nazorat 25,9 31,4 44,7 62,8 - - -
Gullash fazasi
1:20 51,3 40,8 28,6 24,7 20,5 45,2 51,9
1:10 30,7 23,7 13,9 8,2 22,8 54.7 73.3
1:5 20,9 15,2 7,1 2,2 27,3 66,0 89,5
Nazorat 30,8 35,8 46,4 82,5 - - -
Ko‘sakka o‘tish
1:20 48,1 38,9 25,8 20,7 19,1 46,4 57.0
1:10 33.2 25,3 14,6 7,8 23,8 56.0 76.5
1:5 34,5 24,4 12,1 4,1 29,3 65,0 88.2
Nazorat 30,1 36,8 51,7 73,7 - - -
Xulosa qilib aytganda g‘o‘za ekib parvarishlanayotgan maydonlarda barcha
rivojlanish   davrlarida   o‘simlik   bitlariga   qarshi   oltinko‘zni   1:10   yoki   1:15
nisbatlarda tarqatilsa eng yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
46 47 3.4. O‘rgimchakkana va unga qarshi oltinko‘zni samaradorligi.
O‘rgimchakkana   (Tetranushus   urticae   Kosh)   -   g‘o‘zaning   ashaddiy   va   doim
tushadigan   zararkunandasi.   U   g‘o‘za   o‘stiriladigan   rayonlarlarda   keng   tarqalgan,
hammaxo‘r   zararkunanda   hisoblanadi.   O‘rgimchakkana   o‘simliklarning   248   ta
turida,   shulardan,   begona   o‘tlarning   173   turida,   daraxt   va   butalarning   38   turida
hamda ekinlarning 37 ta turida uchraydi.
Kana asosan barglarning orqa tomoniga joylashib olib, unga shikast yetkazadi.
Bargni   juda   ingichka   kulrang   o‘rgimchak   iplari   bilan   o‘raydi.   Uning   nomi   ham
shunga qarab qo‘yilgan.
O‘rgimchakkana   og‘iz   apparatining   xeoiseralarini   ho‘jayraga   kiritib   undagi
moddalarni   so‘rib,   u   bilan   oziqlanadi.   Zararlangan   barglarning   ustki   tomonida
unda   bunda   och   tusli,   qattiq   zararlangan   joylarida   esa   qo‘ng‘ir   va   qizg‘ish   tusli
dog‘lar   paydo   bo‘ladi.   Kuchli   shikastlangan   barglar   to‘kiladi,   o‘simlik
yalang‘ochlanadi va juda mujmag‘il bo‘lib qoladi.
O‘rgimchakkananing   zarar   keltirishi,   uning   g‘o‘zaga   tushish   muddatiga   va
o‘simliklarda   qancha   turishiga   bog‘liq.   Qancha   barvaqt   tushsa,   shuncha   ko‘p
shikast   yetkazadi.   Masalan   F.M.Uspenskiyning   ma’lumotlariga   ko‘ra   iyunda
zararlangan   g‘o‘zalar   (himoya   choralari   ko‘rilmaganda)   hosilning   50-60%   ini,
avgustda tushganida esa 2-6% ni yo‘qotadi.
O‘rgimchakkana   -   o‘rgimchaksimonlar   sinfi,   kanalar   turkumidan   bo‘lib,
mayda bo‘g‘imoyoqli, ayrim jinslidir.
Tanasi oval shaklda, bo‘yi 0,3-0,6 mm ga boradi.
Uning – bahor yozdagi     avlodi     ko‘kish-sariq,  qishlab chiqadiganlari to‘q
sariq-qizil   rangda   bo‘ladi.   Tanasining   yon   tomonlaridagi   ikkita   qoramtir   dog‘lari
yaqqol ko‘rinib turadi.
Urg‘ochisi o‘zining rivojlanishida tuxum, lichinka, pronimfa, deytonimfa    va
yetuklik   (imago)   davrlarini   kechiradi.   Tuxumi   yumaloq-sharsimon   bo‘ladi.
Lichinka,   pronimfa   va   deytonimfa   shakldagilari   yetugi   (imago)   sidan   kichikligi
bilan   farq   qiladi.   Lichinkada   uch   juft,   nimfa   va   imagoda   to‘rtta   juftdan   oyoq
bo‘ladi.
48 O‘rgimchakkana   yozda   (iyun,   iyul,   avgustda)   8-12   kunda,   may   oyida   15-20
kunda, mart-aprel oylarida esa 25-30 kunda rivojlanadi. Yil mobaynida geografik
holat,   ob-havo   sharoiti   hamda   g‘o‘zaning   turiga   qarab   12   dan   20   tagacha   beradi,
shudan   8-12   avlodini   iyul-avgust   oylari   mobaynida   beradi.   Rivojlanish   vaqtida
ularning 40% ti va undan ko‘prog‘i tabiiy ravishda qirilib ketadi.
Urg‘ochisi sovet g‘o‘za navlarida 100-160 tagacha tuxum qo‘yadi, 30-40 kun
hayot   kechiradi.   Ingichka   tolali   navlarda   40-50   ta   tuxum   qo‘yadi   va   10-15   kun
yashaydi. Begona o‘tlarga 30 tagacha tuxum qo‘yadi va 10 kundan ziyodroq umr
kechiradi.
O‘rgimchakkana   uchun   harorat   +26-30°,   havoning   nisbiy   namligi   55-60%
bo‘lishi optimal sharoit hisoblanadi.
Yozda harorat pasayib ketganda, yog‘ingarchilik bo‘lib, shabnam tushganida,
kushanda yirtqichlar paydo bo‘lganida o‘rgimchakkanalar soni kamayadi.
Kuz yaqinlashgan sari, g‘o‘za to‘q-sariq qizil rangli urg‘ochi o‘rgimchakkana
paydo bo‘ladi, ular diapauzaga sarg‘ish-yashil rangdaligicha qoladi.
Urug‘langan   yetuk   urug‘chilari   paxta   dalalarida,   yo‘l   va   ariq   yoqalarida,
xazon   ostida,   ko‘sak   chanoqlarida   tuproq   yoriqlarida,   tut   daraxti   po‘stlogi   tagida
yakka holda yoki gruppalab qishlaydi.
Qishlashga kirganlari sovuqqa juda chidamlidir. Sernam joylarda sovuq -29°S
va undan  ham  kuchayganida  kanalar  100% qiriladi.
O‘rgimchakkana   odatda,   shamol   yordamida,   o‘rgimchak   iplari   vositasida,
shuningdek, ish qurollari va hokazolar orqali tarqaladi.
O‘rgimchakkana   qishlovdan   juda   barvaqt,   o‘rtacha   harorat   7,3°S   dan
oshganda   chiqadi.   Birinchi   avlodi   begona   o‘tlarda,   Ayniqsa   qo‘ypechak   kabi
o‘tlarda   rivojlanadi.   Begona   o‘tlar   qurib   dag‘allashganidan   keyin   yoki
zararkunandaning ko‘chishi natijasida, shuningdek, ekindan.
O‘rgimchakkananing   zarar   keltirishi,   uning   g‘o‘zaga   tushish   muddatiga   va
o‘simliklarda   qancha   turishiga   bog‘liq.   Qancha   barvaqt   tushsa,   shuncha   ko‘p
shikast   yetkazadi.   Masalan   F.M.Uspenskiyning   ma’lumotlariga   ko‘ra   iyunda
49 zararlangan   g‘o‘zalar   (himoya   choralari   ko‘rilmaganda)   hosilning   50-60%   ini,
avgustda tushganida esa 2-6% ni yo‘qotadi.
8- rasm. O‘rgimchakkana   ( Tetranushus urticae Kosh )  zararlangan g‘o‘za
barglari
9-rasm. Oltinko‘z lichinkasining o‘rgimchakkana bilan oziqlanayotgani. 
G‘o‘zaga   o‘tadi.   Shu   boisdan   dastlab   g‘o‘za   va   boshqa   ekinlarning   chekka
tomondagilari zararlanadi. Dalalarning yo‘l yoqalaridagi uchastkalari kanadan eng
ko‘p   shikastlanadi.   Chunki   yo‘l   changi   o‘rgimchakkana   iplariga   o‘rnashib   ularni
50 tabiiy   kushandalardan   himoya   qiladi   va   zaharli   ximikatlar   ham   yaxshi   ta’sir
etmaydi.
O‘rgimchakanalar   ingichka   tolali   navlarga   sust,   o‘rta   tolali   g‘o‘za   navlariga
kuchli ta’sir etadi. Bu ko‘proq ana shu turlarning morfologik-fizik xususiyatlariga
bog‘liq.
G‘o‘zaning   o‘rgimchakkanaga   chidamliligini   oshiradigan   g‘oyat   muhim
omillarni   aniqlab,   ulardan   navlar   seleksiyasida   foydalanishga   doir   qiziqarli   va
istiqboli masalalarga ko‘p tadqiqotchilar alohida ahamiyat berib kelishdi. Masalan
G.K.Shek,   V.V.   Yaxontov   M.I.Kosobuskiy,   V.A.   Lebedev   va   boshqalar
aniqlaganlaridek,   bu   zararkunanda   har   xil   g‘o‘za   navlari   bargining   morfologik
xususiyatlariga,   hujayra   shirasining   bioximik   tarkibi   hamda   g‘o‘zaning   boshqa
xossalariga qarab turli darajada shikastlar ekan.
Keyingi   yillarda   bu   masala   ancha   chuqur   va   har   tomonlama   o‘rganilmoqda.
Bunda   yangi   navlarning   xususiyatlari   hisobga   olinadi,   eng   takomillashtirilgan
texnika   va   tadqiqiot   metodlaridan   foydalaniladi.   Aniqlangan   omillarga   qarab
g‘o‘zaning   har   xil   liniyalari,   navlari   va   turlar   ichidan   yanada   chidamli   donorlari
qidiriladi, ular boshlang‘ich material sifatida seleksionerlarga beriladi.
F.S.   Tolipov   seleksiya   qilinadigan   material   konkurs   sinovidagi   nav   va
duragaylarni   baholash   metodikasini   taklif   qilgan   bo‘lib.   Bu   metodika   g‘o‘zaning
o‘rgimchakkanaga   chidamliligini   barg   osti   epiderma   qalinligiga   hamda
mezofilning   g‘ovak   parenximasiga   qarab   aniqlaydigan   baryer   mexanizmiga
asoslangan. Bunda g‘o‘za shonalay boshlagan paytda hamda ko‘rak tugayotganida
barg namunalari tanlab olinadi va so‘ngra gistometrik analizdan o‘tkaziladi.
Barg ostki epiderma hujayralarining g‘ovak parenxima hujayralari qavatining
balandligi   o‘rgimchakkanaga   chidamli   navlar   uchun   xarakterli   darajada   150,7-
166,9   mkm   ga   teng   bo‘lganida   kana   ustunchasimon   parenxima   hujayralarining
shirasi bilan oziqlana olmaydi, chunki yetuk o‘rgimchakkanada sanchib so‘ruvchi
og‘iz apparatining uzunligi 116,9-120,7 mkm ni katta yoshdagi  lichinkalarida esa
102,6-165,4 mkm ni tashkil qilar ekan.
51 G‘o‘zaning   o‘rgimchakkanaga   bardosh   darajasiga   barg,   maydoni   birligidagi
xujayralarning  zichligi, hujayra  shirasining  osmotik bosimi  hamda  yuqorida  qayd
etilganidek, osti epiderma va mezofillaning g‘ovak parenximasi katta ta’sir qiladi.
Oltinko‘zni   ko‘paytirish   va   ularni   qo‘shimcha   tabiiy   ozuqalar   (tabiiy   asal)
bilan   oziqlantirish   va   ularning   tuxumlaridan   chiqqan   lichinkalari   samaradorligini
o‘rganishni tajribalar orqali kuzatib bordik.
3.4.1-jadval
G‘o‘zadagi o‘rgimchakkanaga qarshi oltinko‘z qo‘llashning biologik
samaradorligi. (Oqdaryo 2021y. iyun.)
Oltinko‘zni
o‘rgimchakkanaga
nisbati
(Oltinko‘z
tuxumi:o‘rgimchakkana) Har bir bargdagi kanalar miqdori,
dona Biologik
samaradorlik %,
kunlar bo‘yichaKushanda
chiqarishda
n oldin Kushanda
chiqarilgandan
keyin, kunlar
3 7 14 3 7 14
1:10 41,3 25,1 18,2 10,1 39,2 56,0 75,5
1:15 42,1 28,2 24,3 17,3 33,0 42,3 59,0
1:30 44,8 31,1 28,9 21,7 30,6 35.5 51,6
nazorat 42,3 47,1 65,8 91,9 - - -
2021   yilda   olib   borgan   tajribalarimizning   hisoblaganimizda   yuqoridagicha
natija   bo‘ldi.   Jadvaldan   ko‘rinib   turibdiki,   tabiiy   ozuqa   berilmaganda   oltinko‘z
avlodlarining   samaradorligi   tabbiy   ozuqa   berilganiga   nisbatan   birmuncha   pastroq
bo‘lishi   kuzatildi.   Har   3   variantda   ham   o‘rgimchakkanaga   qarshi   oltinko‘zni
qo‘llash   orqali   kuzatuvlar   olib   bordik.   Samaradorlik   hisob   kunlarining   14-kuniga
kelib   1:10   nisbatda   oltinko‘z   qo‘yilganda   boshqa   variantlarga   nisbatan   yuqoriroq
bo‘lib 75,6% biologik samaradorlikka erishilgan bo‘lsa. 1:15 nisbatda qo‘yilganda
52 oltinko‘z 59,0% biologik samaradorlikni kuzatgan bo‘lsak, kushanda 1:30 nisbatda
qo‘yilganda   esa   eng   past   samaradorlik   51,6%   gacha   samara   bergan   xolos.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, go‘zadagi o‘rgimchakkanaga
qarshi oltinko‘zni 1:15 va 1:30 nisbatlarda qo‘llash yetarli samara bermaydi.
2022 yilda ham katta farq bo‘lmadi. Jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, tabiiy
ozuqa berilmaganda oltinko‘z avlodlarining samaradorligi tabiiy ozuqa berilganiga
nisbatan birmuncha pastroq bo‘lishi kuzatildi.
3.4.2-jadval
G‘o‘zadagi o‘rgimchakkanaga qarshi oltinko‘z qo‘llashning biologik
samaradorligi. (Oqdaryo 2022y. iyun.)
Oltinko‘zni
o‘rgimchakkanaga
nisbati
(Oltinko‘z
tuxumi:o‘rgimchakkana) Har bir bargdagi kanalar miqdori,
dona Biologik
samaradorlik %,
kunlar bo‘yichaKushanda
chiqarishda
n oldin Kushanda
chiqarilgandan
keyin, kunlar
3 7 14 3 7 14
1:10 38,2 24,2 17,9 10,1 36,6 53,1 74,6
1:15 37,4 24,7 23,1 16,4 34,0 38,2 56,2
1:30 39,6 29,1 27,2 19,3 26,5 31,3 51,3
nazorat 36,8 46,3 62,9 88,7 - - -
Har   3   variantda   ham   o‘rgimchakkanaga   qarshi   oltinko‘zni   qo‘llash   orqali
kuzatuvlar   olib   bordik.   Samaradorlik   hisob   kunlarining   14-kuniga   kelib   1:10
nisbatda   oltinko‘z   qo‘yilganda   boshqa   variantlarga   nisbatan   yuqoriroq   bo‘lib
74,6%   biologik   samaradorlikka   erishilgan   bo‘lsa.   1:15   nisbatda   qo‘yilganda
oltinko‘z 56,2% biologik samaradorlikni kuzatgan bo‘lsak, kushanda 1:30 nisbatda
qo‘yilganda   esa   eng   past   samaradorlik   51,3%   gacha   samara   bergan   xolos.
53 Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, go‘zadagi o‘rgimchakkanaga
qarshi oltinko‘zni 1:15 va 1:30 nisbatlarda qo‘llash yetarli samara bermaydi.
3-кун 7-кун 14-кун0102030405060708090100
-1:10 -1:15
1:30Биологик  самарадорлик, %
10- rasm.   G‘o‘zadagi o‘rgimchakkanaga qarshi oltinko‘z qo‘llashning 
biologik samaradorligi. (Oqdaryo 2022y. iyun.)
2022 yilda oltinko‘z imagosini toza asal bilan oziqlantirib ularni tuxumlarini
qo‘llab   ko‘rganimizda   ko‘rishimiz   mumkinki,   tabiiy   ozuqa   berilmagan   oltinko‘z
avlodlarining   samaradorligi   tabiiy   ozuqa   berilmaganiga   nisbatan   birmuncha
yuqoriroq   bo‘lishi   kuzatildi.   Har   3   variantda   ham   o‘rgimchakkanaga   qarshi
oltinko‘zni qo‘llash orqali kuzatuvlar olib bordik. Samaradorlik hisob kunlarining
14-kuniga   kelib   1:10   nisbatda   oltinko‘z   qo‘yilganda   boshqa   variantlarga   nisbatan
yuqoriroq   bo‘lib   90,1%   biologik   samaradorlikka   erishilgan   bo‘lsa.   1:15   nisbatda
qo‘yilganda   oltinko‘z   67,2%   biologik  samaradorlikni   kuzatgan   bo‘lsak,   kushanda
1:30 nisbatda qo‘yilganda esa  eng past  samaradorlik 62,3%  gacha  samara bergan
xolos.   Yuqoridagilardan   kelib   chiqib   shuni   ta’kidlash   joizki,   go‘zadagi
o‘rgimchakkanaga   qarshi   oltinko‘zni   1:15   va   1:30   nisbatlarda   qo‘llash   yetarli
samara bermaydi.
54 XULOSA VA TAVSIYALAR
1. Oltinko‘z   entomofagini   ko‘paytirish   liniyasini   qo‘llash   ishchi
xodimlarning   ish   unumdorligini   oshiradi   va   ishchi   kuchi   hamda   vaqt   kam
sarflanishiga erishish mumkin.
2.   Biolaboratoriyada   oltinko‘zlarni   tabiiy   ozuqa   bilan   oziqlantirib
ko‘paytirish   orqali   -   so‘ruvchi   zararkunandalaridan     Katta   g‘o‘za   biti     (Asurfhos
gossypii   Mordy)   va   O‘rgimchakkanalarga   (Tetranushis   urticae   Kosh)     qarshi
qo‘llash  hamda ular sonini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.
3.   Katta   g‘o‘za   biti     (Asurfhos   gossypii   Mordy)   va   O‘rgimchakkanalarga
(Tetranushis urticae Kosh)  qarshi   ularni   entomofagi   oltinko‘zni mos ravishda
3 kunlik tuxumi 1:5 va 1:10 nisbatlarda chiqarilsa, juda yaxshi samara beradi, ya’ni
samaradorlik 89,5 – 90,1% ni tashkil etadi.
4.   Oltinko‘zning   yetuk   zotlati   g‘umbakdan   chiqishi   bilan   shaker   qiyomi
bilan emas toza asal  bilan oziqlantirilganda ular tuxumlaridan chiqqan lichinkalar
baquvvat hamda birmuncha xo‘ra bo‘lishini kuzatdik.
5. Oltinko‘zning yetuk zoti ya’ni imagosini g‘umbakdan chiqishi bilan toza
asal bilan oziqlantirish va ularni tuxumlarini o‘simlik bitlariga qarshi 1:5 nisbatda,
o‘rgimchakkanalarga qarshi 1:10 nisbatlarda qo‘llashni tavsiya etamiz.
55 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Mirziyoyev   Sh.   “O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha
harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”. PF-4947-son Farmoni. Toshkent, 2017-yil 7-
fevral.
2. Mirziyoyev Sh. «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning
2020-2030-yillarga   mo‘ljallangan  strategiyasida  belgilangan  vazifalarni  amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4575-son  28-yanvar 2020-yil.
3. Алимухамедов   С.А.,   Адашкевич   Б.П.   Одилов   3.К.   Хўжаев   Ш.Т.   Fўзани
биологик усулда ҳимоя қилиш.- Тошкент: Мехнат, 1990. – С. 37-114 с.
4. Алимухамедов   С.А.,   Адашкевич   Б.П.   Одилов   3.К.   Хўжаев   Ш.Т.   Fўзани
биологик усулда ҳимоя қилиш.- Тошкент: Мехнат, 1990. – С. 37-114 с.
5. Алимухамедов С.Н., Б.П. Адашкевич. Биологическая защита растений Т. “
Мехнат ” 1991.
6. Алимухамедов С.Н. ва бошқ. Ғуздаги зараркунандаларга қарши к‘аш. Т. “
Мехнат ” 1991.
7. Алимухамедов   C.Н.,   Адашкевич   Б.П.,   Адьшов   З.К.,   Ходжаев   Ш.Т.
/Биологический метод борьбы с главнейшими вредителями хлопчатника. -
Ташкент: Мехнат,  1986.  -131 с.
8. Бабаян   Т.А.   Оганисян   С.Б.Использованиие   обыкновенной   златаглазка
против тлест в теплицах. Биол.Ж.Армени.  Т 34 №7  1984,
9. Бўриев,   Х.Ч,   Кимсанбаев   Х.Х.   Сулейманов   Б.   Сабзавот   ўсимликларни
биологик ҳимоя қилиш.    Услубий қўлланма  Т. “ Мехнат ”     2000 
10. Бўриев.,   Х.Ч   Кимсанбаев   Х.Х.,   Сулаймонов   Б.   /Биолабораторияда
энтомофагларни кўпайтириш. Услубий қўлланма. - Тошкент. -  2000.  –  18 6.
11. Butler,   G.   D.,   Jr.      ;     Ritchie,   P.   L.,   Jr.     Journal   of   Economic   Entomology   1970
Vol.63 No.3 pp.1028-1030 ref.7
12. Гештов И.Ю. Энтомопатогенные грибы. - Алматы, 2002.- 210 с.
13. Доспехов Б.А., Методика полевого опыта. - Москва: Колос, 1985.-  415с
14. Еременко   Т.С.   Миц   миц   А.А.   Результати   исследований   по   энтомофагом
вред. хлоп. и других сельк.культ. Ташкент. 1982
56 15. Ж.   Защита   растений   №3   2002   Златаглазка   перспективный   энтомофаг
паутинио клеца. М.
16. Захаренко   В.А.   Тенденции   изменения   потерь   ‘ожая
сельскохозяйственных культ‘ от вредных сельскохозяйственных культ‘
от   вредных   организмов   в   земледелии   в   условиях   реформирования
экономики России. Агрохимия, -М.,1997.- №3.- С.67-75.
17. Захаренко   В.А.   Проблема   резистентности   вредных   организмов   к
пестицидам   –   мировая   проблема.   Вестник   защиты   растений.   -Санк-
Петербург, 2001. -№1. -С.3-18.
18. Имомалиев Ф.А. Зеленый барид вредитель капусти и меры борьбы с ним
Авт.канд дисс.   2008
19. Кимсанбаев   Х.Х.   ва   бошқ.   Олтинкўзни   кўпайтириш,   сақлаш   ва   қўллаш
услубий қўлланма Т. “ Ўқитувчи ” 1999
20. Кимсанбаев   Х.Х.   Ульмасбаева   Р.Ш.,   Халилов   К.Х.   Умумий   ва   қишлоқ
хўжалик энтомологияси “ Ўқитувчи ” Тошкент  2002
21. Кимсанбаев   Х.Х.,   Рашидов   М.И.   Энтомофаги   белокрылки   и   их
применение Ташкент,    1999.
22. Кимсанбаев   Х.Х.,   Сулаймонов   Б.   Биолабораторияда   энтомофагларни
кўпайтириш.Услубий қўлланма.-Тошкент,  2000. -18 б. 
23. Кимсанбоев   Х.Х.,   Сулаймонов   Б.А.,   Рашидов   М.И.,   Болтаев   Б.С.   Ғўза
зараркунандаларига   қарши   биолабораторияларда   ҳашаротларни
кўпайтириш ва қўллаш асослари. Талқин.-Тошкент. 2007. 3 б.
24. Коваленков   К.И.   Бахчевая   тля-Aphis   gassypii   Glov   как   вредитель
хлпчатник и меры борьбы с ней- “ Фаи “ 1984.
25. Луккова   К   морфологи   и   биологи   Златаглазка   в   Таджикистоне   Изв   АИ.
Тадж.отд.биол.наук. № 2           1970. 
26. Лакин Г.Ф. Биометрия. - Москва: Высшая школа, 1990. -323 с.
27. Мирзалиева Х.Р. /Методологические указания по разведению и полевому
применению   габробракона   против   совок   на   хлопчатнике   и   томатах,
57 кук‘узe, люцерне, кенафе. Ташкент. МСХ УзССР,  1981.-  С.35-36.
28. Мирзалиева   Х.Р.   Биологический   метод   борьбы   c   вредителями
сельскохозяйственных культ‘. - Ташкент: Матбуот, 1986. - 54с.
29. Матпаева Х.К. К биологи Praon colure   в Узбекистане //     Узб.биол.ж‘н.
1981.    
30. Ортиқов У. Энтомофаги паслен. культ‘ закрытого групта Ж “ Сельское
хозяйство Узбекистана ” №6 Тошкент 2003,
31. H.   A.   K.   El-Serafi,   A.H.   Abdel-Salam   and   N.   F.   Abdel   bakyerishilgan.
Pakistan Journal of Biological Sciences  239-245pp. 2000y.
32. Ортиқов У. ва Биологический методы Защита       паследовых культ‘ Рес.
Узбекистан Ж. “ Агромеридиам: Алма-ата ” № 1  2006,
33. Ортиқов У. Иссиқхона сабзавот  (помидор) экинлари зараркунандалари ва
уларга   қарши   биологик   к‘аш   усуллари.   Авт.канд.диссерт,   Тошкент   2007
й.
34. Порсаев   Г.Н.   Применение   повеноида   при   массовом   разведение
златоглазки обыкновенности ВишБмзр: Киев, 1983
35. Радзиввиловская   Т.П.   Давлетшина   А.Т.   Морфология   и   систематика
биология тлей хлопчатником Труды ИЗИПАИ Уз. Ташкент: ФАН    1977.
36. Радзиввиловская   В.И.,   Абд‘ахманова   М.   Насекомые   –   энтомофаги
вредителей садан Труды Молдовского лиш Садоводства Киев.          1992. 
37. Рашидов   М.И.   Биологические   основы   интегрированной   защиты
посленовых   культ‘   от   вредителей:   Автореф.   дисс.   док.   ...   биол.наук.-
Ташкент: 2000.- 47с.
38. Рашидов   М.И.   Биологические   основы   интегрированной   защиты
посленовых   культ‘   от   вредителей:   Автореф.   дисс.   док.   биол.наук.-
Ташкент,  2000. - 47с.
39. Рашидов   М.,   Кимсанбаев   Х.,   Сулайманов   Б.   и   др.   Требования   к
биологическим   средствам   борьбы   с   вредителями,   сельскохозяйственных
культ‘ и методы их контроля. -Ташкент, 2007.  -19 с.
58 40. Рашидов М.И. Интегрированная защита посленовых овощных культ‘ от
вредителей. Монография. –Ташкент, 2008. –С.22.
41. Сулаймонов   Б.А.,   Анорбаев   А.Р.   Ғўза   агробиоценозида
энтомофагларнинг ўзаро нисбати .   Ж. Агро илм.–Тошкент, 2013. -№ 4(28).
–Б.37-38.
42. Сухорученко Г.И.,Смирнова А.А.,Митрофанов В.Б и др. Рекомендации по
рациональному чередованию инсектицидов, акарицидов и биопрепаратов в
борьбе   резистентными   популяциями   вредителей   хлопчатника.   ВИЗР.   -Л.,
1985. -34с.
43. Canadian      Published   online   by   Cambridge   University   Press:            31   May   2012   
Entomologist  pp. 589 – 595p
44. Сиддиков   И.Р.   Влияние   энтомофоровых   грибов,   бактериальных
препаратов   и   их   токсинов   на   полезную   энтомофауну   (божья   коровка,
златоглазки,   гусеницы   путового   шелкопряда)   //Сельское   хозяйство
Узбекистана.Ташкент,  1982.-  №3.-С.25 .
45. Сиддиков   И.Р.,   Бобобеков   К.   Зараркунандалар   кушандаси.   //Ўзбекистон
қишлоқ хўжалиги. Тошкент,  1988.  -   №4. - Б .35-36.
46. Сулейманов   Б.А.   Особенности   развития   репсового     илеша   томанов
(Aculaps   lycopersicu)   на   пасленових     культ‘ах   и   совершенствование   мер
борьбы с ними. Авт.над.дисс. Ташкент 2000.
47. Сулайманов   Б.А.   Иссиқхоналарда   сабзавот   экинлари   зараркунандалари
биоэкологияси   ва   улар           сонини   бошқаришнинг   биологик   асослари.
Авт.докт.дисс. Ташкент 2010. 
48. Успенский   Ф.М. Энтомофаги вредителей сельскохозяйственных   культ‘
Узбекистана.  Изд. ФАН. -Ташкент, 1980. -87с.
49. Фасулати   К.К.   Полевое   изучение   насекомых   беспозвоночных.   -   Высшая
школа. - М., 1966. -С.12-14
50. Ходжаев   Ш.Т.   Қишлоқ   хўжалик   экинларини   зараркунандалари   ва
касалликларига   қарши   инсектицидларни   кичик   ва   катта   дала
59 тажрибаларида синашнинг асосий шартлари /Инсектицидлар, акарицидлар,
биологик   актив   моддалар   ва   фунгицидларни   синаш   бўйича   услубий
к‘сатмалар тўплами.- Тошкент.- Узинформагропром. - 1994. - Б.4-18.
51. Халилов   К.Х.   Ульмасбаева   Р.Ш.   Ғалла,   пахта   сабзавот,   полиз,   боғ
экинлари   зараркунандалари   ва   касалликларга   қарши   к‘аш   усуллари
“ФАН” Ташкент, 2007.
52. Хамраев А.Ш. ва бош. Ўсимликларни биологик    ҳимоя қилиш. Тошкент.
“Ҳалқ мероси”    2003.
53. Шувахина   В.С.   Изучение   пищев   специализации   златоглазки
обыкновенновеной (chrysopa carnea steph.) Киев:“Штица” 1984. 
54. Яхантов   В.В.   Ўрта   Осиё   қишлоқ   хўжалик   ўсимликларни
зараркунандалари ва уларга қарши к‘аш. Тошкент, 1963.  
55. Abbots   W.S.   А   method   of   computing   the   effectiveness   of   insecticide,   1925.-
V.18. - №3. - Р.265-267 .
56. Гар   К.А.   Испытание   эффективности   инсектицидов   в   природных   и
полевых условиях. – М., 1967. – 147 с.
57. Манс‘ов   А.К.   Состав   и   значение   насекомых,   паразитирующих   на
хлопковой   совке   //   Экология   насекомых   Узбекистана   и   научные   основы
борьбы с вредителями. ФАН, –Ташкент, 1968. –С.81-97.
58. Мейер И.Ф. Биологический метод борьбы с вредными насекомыми. М. –
Ленинград, Секция защиты растение Пленум. 1937. -С.94-141.
59. J.   Sheldon,   EG   Makleod.   Studies   in   the   Biology   of   Chrysopidae   II.   Feeding
behavior of adult Chrysopa carnea (Neuroptera). 1971y.
60. Lee   A.   Miller   and   Ellis   G.   Macleod   Ultrasonic   Sensitivity:   A   Tympanal
Receptor in the Green Lace Wing Chrysopa carnea 39-40pp
61. Elizabeth   E.   Grafton-Cardwell   Marjorie   A.   Hoy   Hilgardia   was   the   primary
technical   publication   of   University   of   California   Division   of   Agriculture   and
Natural Resources for 70 years, published from  53(6):1-32. 1985y.
62. Koczor,  S.,   Szentkiralyi,   F.,   Birkett,  MA   ,   Pickett,  JA   ,  Voigt,   E.   va  Toth,  M.
Pest Management Science  66 (12).
60 63. Мигулин   А.А.,   Осмоловский   Г.Е.   Сельскохозяйственная   энтомология
Колос,-М., 1976. -4с. 
64. Мирзалиева   Х.Р.   Биологический   метод   борьбы   c   вредителями
сельскохозяйственных культ‘. Матбуот, -Ташкент, 1986. -54с.
65. Муминов А.М. Борьба c подгрызающими совками //Ж.Защита растений. -
Москва, 1967. -№8. –25с.
66. Muzammil Sattar  Pakistan Journal of Zoology 2017.49.4
67. https://entocare.nl   
68. Hakan Bozdoğan      https://dergipark.org.tr
69. http://www.sunnygarden.ru,pets/lacewinghause.html 2008   
70. http://ru.viab.wikia.com/wiki    , 2006
71. https://ru.wikipedia.org   
72. https://b-technology.pro/ru   
73. https://www.biobestgroup.com/ru/biobest   
74. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov   
75. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov   
76. https://entocare.nl   
61 Ilovalar
62 1-ilova
Laboratoriyada don kuyasidan ko‘paytirilgan oltinko‘zni o‘rganilmoqda.
63 2-ilova
Don   kuyasiga   (Sitotroga),   oltinko‘zning   matolarga   qo‘ygan   tuhumlari
solinmoqda.
64 3-ilova
Oltinko‘z entomafagini laboratoriyada asal bilan oziqlantirish.
65 4-ilova
Zararlangan arpani uch litrli bankalarga 300 gramdan solinmoqda.
66 5-ilova
Don   kuyasiga   ko‘shanda   oltinko‘zning   matolariga   qo‘yilgan   tuhumlar
solinmoqda.
67 6-ilova
Oltinko‘zning   yetuk   zotlari   bankalarga   uchirib   olinib   asal   bilan
oziqlantirilmoqda
68

“Oltinko‘z entomofagini biolaboratoriyada takomillashgan usulda ko‘paytirish” Mundarija bet KIRISH.................................................................................................... 7 I bOB OLTINKO‘Z ENTOMOFAGINI KO‘PAYTIRISH VA QO‘LLASH USULLARI. ADABIYOTLAR SHARHI………………………………….………............. 13 II – BOB TADQIQOT MATERIALLARI………………………... 34 III – BOB ASOSIY QISM 36 3.1. OLTINKO‘ZNI BIOLOGIYASI VA ZARARKUNANDALARGA QARSHI QO‘LLASH SAMARADORLIGI………........................……............... 36 3.2. Oltinko’z entomofagini biolaboratoriyada ko‘paytirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari........................... 45 3.3. O‘simlik bitlariga karshi oltinko‘z qo‘llashning samaradorligi………………………………………………. 46 3.4. O‘rgimchakkana va unga qarshi oltinko‘zni samaradorligi…................................................................ 49 XULOSA VA TAVSIYALAR................................................................ 56 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATI..........................ʻ 57 ILOVALAR............................................................................................. 63

KIRISH Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot FAO ma’lumotiga qaraganda jahonda zararkunanda, kasalliklar va begona o‘tlar sababli har yili hosilning 30-35 foizi nobud bo‘lmoqda. Jahonda zararli organizmlar ta’sirida 300 mlrd. AQSh dollari miqdorida hosil yo‘qotilib, o‘simlikshunoslikda yetishtirilayotgan yalpi mahsulotning 40% nobud bo‘lmoqda (Oyerke Ye.L, 1998). Rossiyada bu ko‘rsatkich 12-15 mlrd. dollarni tashkil etadi[15. 37-39b; 16. 44-45b]. Atrof muhit muhofazasining globallashuvi, jahon bozorining sifatli mahsulotlarga bo‘lgan talabining ortishi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoyalashning biologik usuli asosida hosildorlikni saqlab qolish hamda sifatli, ekologik toza mahsulotlar yetishtirish dolzarb hisoblanadi. O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiiy iqlim sharoitlari shuningdek, o‘simliklarni o‘sish davridagi havo haroratining qulay bo‘lishi ko‘plab zarrali jonzotlarni rivojlantirishiga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jalik ekinlaridan minglab hasharotlar, kanalar, kasalliklar rivojlanib, hosil miqdoriga hamda sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarni muhofaza qilish sohasida ko‘p yillardan beri kimyoviy usul hukmronlik qilib kelmoqda. Bu esa atrof muhitni pestisid qoldiqlari bilan ifloslanishiga inson va foydali jonivorlarni zaharlanishiga, o‘ta og‘ir ekologik vaziyat vujudga kelishiga olib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishga, hosilni nobud qilmay saqlashga qaratilgan yagona siyosiy shakllantirish va amalga oshirish o‘simliklarni zararkunanda kasallik va begona o‘tlardan yuqori samarali, kam zaharli, ekologik xavfsiz kimyoviy va biologik vositalardan foydalangan holda ishonchli himoya qilinishiga asoslashi lozim. 2

Eng muhim qishloq xo‘jalik ekinlarini ashaddiy zararkunanda va kasalliklardan uyg‘unlashgan himoya tizimida biologik usul hamon yetakchi o‘rinda turadi. Entomofaglarni samarali qo‘llagan holda va atrof muhit musaffoligiga putur yetkazmagan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish hajmini keskin oshirishi va yig‘ib olingan hosilni yaxshi saqlashni ta’minlashi zarur. Qishloq xo‘jalik ekinlarining juda ko‘plab zararkunandalari mavjud bo‘lib, ayrim tur zararkunandalari o‘simliklarni ma’lum rivojlanish fazasidagina ta’sir ko‘rsatadi. Biologik usulga ko‘ra, qishloq xo‘jalik ekinlarning kushandalari ko‘plab sutemuzuvchilarni, hasharotlarni, yirtqichhasharotlar, honqizi (Socinellidae) oltinko‘z (chrusopa) o‘rgimchaklar va boshqa hasharotlarni qirib, ular sonini kamaytirib, iqtisodiy xavfi bartaraf etadi. Hozirgi paytda o‘simliklarni biologik himoya qilishda keng qo‘llanilayotgan entomofaglar orasida oltinko‘z alohida o‘rinni egallaydi. Oltinko‘z hasharotidan yanada samaraliroq foydalanish, avvalo, bu kushandaning biologik xususiyatlarini ko‘paytirish, saqlash va qo‘llash. Texnologiyalarini yaxshi bilishga bog‘liqdir. Bu hasharot tur qanotlilar (Neuroptera) turkumi, oltinko‘zlar (chrysopidae) oilasini tashkil qiladi. Bu oilaga kiruvchi entomofag juda ko‘pchilik hasharot turlari o‘simlik bitlari, shiralar, mayda qurtlar va kanalar bilan oziqlanib, foyda keltiradi. O‘zbekiston sharoit ayniqsa, yetti nuqtali oltinko‘z (chrysopa septempunctata Wegrn) va oddiy oltinko‘z (Chrysopa carnea steph) ko‘proq uchraydi. Hozirgi kunda biolaboratoriyada va biofabrikalarda oltinko‘zni qishloq xo‘jalik o‘simliklarni so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi qo‘llanilmoqda. Oltinko‘zni yangi xo‘jaliklarda ko‘paytirishni, qo‘llash miqdorlarni, qo‘llash usullarni, saqlash va tarqatilishi kabi masalalar o‘rgatilyapti Tadqiqot obyekti va predmeti. 3

Entomofaglarni biolaboratoriya sharoitida ko‘paytirish va birlamchi mahsulot olish jarayoni. Entomofaglarni biolaboratoriya sharoitida ko‘paytirish usullari belgilash. Tadqiqot maqsadi. Biolabaratoriyada oltinko‘z entomofagini bugungi kundagi eng zamonaviy usullardan foydalangan holda takomillashtirilgan usulda ko‘paytirish va qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkundalari o‘simlik bitlari va o‘rgimchakkanaga qarshi qo‘llashda eng maqbul muddat va me’yorlarini o‘rganish hamda samaradorligini oshirish yo‘llarini izlashdan iborat. Tadqiqot vazifalari. Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi maqsadlar belgilandi. - biolabaratoriya sharoitida oltinko‘z entomofagini takomillashgan samarali ko‘paytirish usulini o‘rganish; - biolabaratoriyada ko‘paytirilgan oltinko‘z entomofagini o‘simlik bitlariga qarshi har xil nisbatlarda qo‘llash va samaradorligini o‘rganish; - biolabaratoriyada ko‘paytirilgan oltinko‘z entomofagini o‘rgimchakkanaga qarshi har xil nisbatlarda qo‘llash va samaradorligini o‘rganish; - eng yuqori biologik samara bergan nisbatlarini aniqlab, kerakli xulosa va takliflar berish. Ilmiy yangiligi: Oltinko‘z entomofagini laboratoriya sharoitida ko‘paytirishda takomillashgan usullarni ishlab chiqish va ularni eng yuqori samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Asosiy masala tabiiy sharoitda rivojanayotgan oltinko‘z ni laboratoriya sharoitida ko paytirishning optimal muhitini yaratish va ʻ g‘o‘zadagi o‘simlik bitlari, tripslar, o‘rgimchakkana, turlam kapalaklarining tuxumi yosh qurtlari qarshi kurashishda foydalaniladi . Tadqiqot mavzusi bo yicha adabiyotlar sharhi: ʻ 4

Zararkunandalarga qarshi biologik usul bilan kurashish ularning tabiiy dushmanlari, ya’ni yirtqichlar, parazitlar va kasallik to‘g‘diruvchilardan foydalanishdan iborat. Bu usul hozirgi kunda keng qo‘llaniladi. (№35 http). Biologik usul foydali organizmlarning biologik xususiyatlarini yetarli darajada chuqur bilishga asoslangan. Fanda yangi ma’lumotlar to‘planib borgani sari biologik usulning hosilni zararkunandalardan himoya qilish umumiy tadbirlar kompleksidagi ahamiyati osha boradi. [52. 114-118 b; 44. 77-79 b; 45. 48-49 b; 39. 114-115 b.]. Qishloq xo‘jaligi zararkunandalarning yirtqichlari asosan qushlar, o‘rgimchaqsimonlar va hasharotlar bo‘lishi mumkin. Juda ko‘p zararli hasharotlarni qiradigan yirtqich samarali entomofaglardan oltinko‘z. O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa, yetti nuqtali oltinko‘z (Chrysopa septempunctata Wegrn) va oddiy oltinko‘z (Chrysopa carnea steph) ko‘proq uchraydi[39. 23-25 b.]. Tadqiqotda qo llanilgan metodikaning tavsifi:ʻ Dunyo miqyosida, barcha qishloq xo‘jalik ekinlarida, zararkunandalarga qarshi kurashishda ko‘p yillar davomida kimyoviy usul hukm surib kelmoqda. Darhaqiqat, kimyoviy usulni samaradorligiga shak-shubha yo‘q, chunki dori o‘z vaqtida, to‘g‘ri ishlatilsa, qisqa muddatda yuqori natijalarga erishish mumkin. Lekin, kimyoviy vositalar qo‘llashning o‘ziga xos kamchilik va salbiy tomonlari yuqori. Birinchidan, ular zararkunandalarga ta’sir qilishi bilan bir qatorda foydali xasharotlarga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, tabiiy kushandalar miqdori keskin kamayadi, bioxilmaxillik izdan chiqadi, parazit-xo‘jayin munosbati buziladi, tuproq, o‘simlik va ekin hosilida saqlanib qoladi [19. 45 b; 27. 30-35 b; 30. 89-116 b.]. Ikkinchidan, kimyoviy usul inson va issiqqonli hayvonlar uchun zararli bo‘lib, atrof-muhitni ifloslanishiga olib keladi. Yana boshqa bir tomoni, bir turdagi pestisidlar surunkasiga qo‘llanlishi natijasida zararkunandada ularga nisbatan 5