O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ota-ona vazifalari va farzandlarning burchlari yoritilishi
Mavzu; O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ota-ona vazifalari va farzandlarning burchlari yoritilishi Mundar ija Kirish I BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA OTA-ONA VAZIFALARI VA BURCHLARI 1.1. Respublikamizda onalik va bolalalik huquqlarining himoya qilinishi 1.2. Qonunchiligimizda vasiylik va homiylik tushunchalari II BOB KOSTITUTSIYAMIZDA FARZANDLARNING ASOSIY BURCHLARI 2.1.Voyaga yetmagan farzandlarning huquqlari majburiyatlari 2.2. Qonunchiligimizda voyaga yetgan fuqarolarning ota-onalariga g’amxo’rlik qilishi masalalari XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1
Kirish Oila-muqaddas dargoh. Birgina shu muqaddas so’zning oilaga nisbatan ishlatilishida chuqur ma’no va mohiyat mujassam.Zotan, millatning ertangi kuniga dastlab oilada poydevor qo’yiladi, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi avlod shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar,axloqiy-ma’naviy qadriyatlar asrab avaylanadi, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy farovonlik va madaniy yuksalishlariga asos solinadi, mustahkamlanadi.Insonga xos bo’lgan chinakam xayotni, farovon va baxtli turmushsharoitini mana shu amallarsiz tasavvur etib bo’lmaydi, albatta. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatida inson va uning manfaatlari ustuvor ekan,biz ko’zlagan maqsadlarga erishishda hayotimizning tayanchi va suyanchiga aylangan oilaningo’rni benihoya kattadir. Oila qurish bu –mas’uliyatli ish bo’lib, yoshlarning o’zlari uchun yangi bo’lgan ijtimoiy maqomga har tomonlama tayyorgarlik ko’rishlarini taqozo etadi. Ularni oiladagi munosabatlarni tartibga solishda qonunchilikning o’rni ajralib turadi. Yoshlarning oila to’g’risidagi qonunchilikni bilishi o’z huquqlarini himoya qilish, mustahkam va sog’lom oila qurish uchun zarurdir.Oila sog’lom ekan –jamiyat nustahkam, jamiyat mustahkam ekan-mamlakat barqarordir. Shuning uchun ham oila jamiyatning asosiy bo’g’ini sifatida e’tirof etilib, bolaning shaxs sifatida shakllanishi, kelgusida jamiyatda o’z o’rnini topishi hamda ma’naviy barkamol inson bo’lib yetishishida asosiy poydevor hisoblanadi. Ota onalarning huquq va majburiyatlari 2 turga bo linadi: shaxsiy huquq vaʻ majburiyatlar; mulkiy ququq va majburiyatlar. O zbekiston Respublikasi oila ʻ qonuniga ko ra, Ota onalarning huquq va majburiyatlariga o z farzandlari bilan ʻ ʻ birga yashash, ularning tarbiyasi bilan shug ullanish, ota-onalik huquklarini ʻ mustaqil ravishda amalga oshirish, bolalarning sog lig i, jismoniy, ruhiy, ma naviy ʻ ʻ ʼ va axlo-qiy kamoloti haqida g amxo rlik kilish, bolalarning qonun hujjatlarida ʻ ʻ belgilangan zarur darajada ta lim olishini ta minlash, bolalarning huquq va ʼ ʼ manfaatlarini himoya qilish kabilar kiradi. Oilaviyhuquqiy munosabatlarda 2
qonunchilik bolalar manfaatining ustuvorligini belgilaydi. Ota-ona va bolalar o rtasida kelish-movchiliklar mavjud bo lganda, vasiylik va homiylik organiʻ ʻ bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlaydi. 1 1 O zME ʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 3
I BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA OTA-ONA VAZIFALARI VA BURCHLARI 1.1. Respublikamizda onalik va bolalalik huquqlarining himoya qilinishi Oilani mustahkamlash, ota-onalar vabolalarning huquqini himoya qilishga jahondagi nufuzli tashkilotlar ham katta hissa qo’shdi. Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda inson manfaatlari, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish xalqaro huquq normalariga binoan amalga oshirildi. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” (1948-yil), “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to’g’risida konvensiya”(1979 18-dekabr) va boshqa qator hujjatlarning parlamentizm tomonidan ratifikasiya qilinishi mustaqillik yillarida oila, onalik va bolalik manfaatlarini xalqaro huquq normalari asosida himoya etish sohasidagi ijobiy qadamdir. Mamlakatimizda oilaviy-huquqiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari, xalqaro huquqiy normalar, Fuqarolik holatlarini qayd etish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnoma, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari, O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida Nizom, Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish to’g’risida Nizom, Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaror, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining oila huquqi masalalariga qaratilgan dasturiy ko’rgazmalari bilan tartibga solindi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2012-yilga mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”, deb nom berilishi oila mustahkamligi masalasiga umumdavlat miqyosida e’tibor qaratilayotgani,uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy vazifalar tizimidagi o’rni va ulkan ahamiyatini yaqqol ko’rsatib berdi.Oilaning jamiyat hayoti va taraqqiyotidagi ahamiyati xususida to’xtalib, atoqli olim va adib 4
Abdurauf Fitrat bunday degan edi: “Har bir oilaning saodati va izzati,albatta,shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi, oilada tartib bo’lsa,mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo’ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo’l qo’ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi”. Milliy qonunchiligimiz oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni huquqiy asosda qurishga ko’maklashdi va ushbu sohadagi asosiy huquqiy hujjat 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Oila Kodeksi hisoblanadi. Mamalakatimizda oilani ijtimoiy –iqtisodiy, huquqiy jihatdan qo’llab quvvatlash borasida izchil amalga oshirilayotgan ishlar samarasida ushbu qoida hayotimizda o’zining yorqin ifodasini topdi. Oila Kodeksini oilada tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladigan huquqiy hujjat desak xato bo’lmaydi. Chunonchi bu kodeks oilaviy huquqiy munosabatlarni tartibga solib, oila a’zolari (ya’ni, er –xotinlar, ota-onalar, bolalar, shuningdek, oilaning boshqa a’zolari) o’rtasidagi shaxsiy vamulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi qonun hujjati. Huquqning alohida tarmog’i hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. E’tiborlisi, Oila Kodeksi mamalakatimizda “Oila yili” deb e’lon qilingan yilda qabul qilingan. Kodeks 8 bo’lim, 30 bob, 238 moddadan iborat. Amaldagi Oila Kodeksi bir qator huquqiy munosabatlarni yangicha hal etgan. Chunonchi, milliy negizlarga asoslanganligi (quad-andachilik, qarindosh –urug’chilik, bobo-buvilar va nabiralar o’rtasidagi munosabatlarning yangicha talqini), umuminsoniy qadriyatlar aks etganligi ( nikoh shartnomasining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi) kabi hollar shular jumlasidandir.Oila huquqining asosiy manbai O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidir. U XII chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bo’lim, XIV bobi “Oila” deb nomlanib, 63-66-moddalar oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalardir.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy 5