RAQAMLI IQTISODIYOTDA KRIPTOVALYUTA VA BLOKCHEYNNI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYAVIY MUNOSABATLAR TIZIMIDAGI O’RNI
RAQAMLI IQTISODIYOTDA KRIPTOVALYUTA VA BLOKCHEYNNI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYAVIY MUNOSABATLAR TIZIMIDAGI O’RNI MUNDARIJA KIRISH. I. BOB. INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA KRIPTOVALYUTA VA BLOKCHEYN NING NAZARIY - METODOLOGIK ASOSLARI ………………………………….…………8 I.1. Blokcheyn va kriptovalyutalarni iqtisodiy mazmuni va mohiyati ……...8 I.2. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida blokcheyn va kriptovalyutalar prinsiplari va funksiyalari…. ……………………………………………….. 12 I.3. Raqamli iqtisodiyot sharoitida blokcheyn va kriptovalyutalarni turlari ...21 I BOB BO’YICHA XULOSA ……………………………………………… 32 II. BOB. O’ZBEKISTON MOLIYAVIY BOZORIDA BLOKCHEYN va KRIPTOVALYUTALAR TAHLILI VA UNI INVESTITSIYALASH …..33 2.1. O’zbekiston moliyaviy bozorida blokcheyn va kriptovalyutalar tahlili…..33 2.2. Kriptovalyuta bilan bog’liq huquqiy xavf –xatarlarini pasaytirish………..42 2.3 . Kriptovalyutalar bilan bog’liq bozoriy xavf-xatarlarni pasaytirish………..45 II BOB BO’YICHA XULOSA……………………………………………….47 III. BOB. O’ZBEKISTONDA INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA KRIPTOVALYUTALAR BOZORINING RIVOJLANISHI ISTIQBOLLARI………………..……………………………………………48 3.1. Kriptovalyutalar bozorining xususiyatlari…………………………………48 3.2 . Kriptovalyutalar yangi raqamli iqtisodiyot aktivi sifatida ….……………..55 3.3. Kriptovalyutalar bozorining kelajak istiqbollari…………………………..64 III BOB BO’YICHA XULOSA………………………………………………74 1
XULOSA………………………………………………………………………75 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………….77 ILOVALAR……………………………………………………………………81 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar negizida vujudga kelayotgan iqtisodiy munosabatlar raqamli valyutalar faoliyatini yo’lga qo’yish va rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. Iqtisodiyotimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida ya’ni raqamli iqtisodiyot sharoitida kriptovalyutalarni iqtisodiyotimizni yangi pul-kredit tizimini joriy etish bilan bog’liq talablar oshib bormoqda. O’zbekiston Respublikasida keyingi yillarda amalga oshiriladigan iqtisodiy islohotlar negizida mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan takomillashtirish va yangi pul-kredit tizimini joriy etish va uning istiqbollari turadi. Respublikamizda raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish maqsad va vazifalarini belgilab beradigan chora-tadbirlar va qonunlar kundan-kunga ko’payib bormoqda. Bu chora-tadbirlarni va qonunlar maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart- sharoitlar yaratishdan, mamlakatimiz iqtisodiyotini moderinizatsiyalash va iqtisodiyotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. Hozirgi sharoitda amalga oshiriladigan islohatlar milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishdan iboratdir. Kriptovalyutalarni joriy etish va rivojlantirish muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida kriptovalyutalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish va mamlakatimiz yangi pul kredit tizimini tadqiq etishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyotimizda yangi pul kredit tizimini takomillashtirishning asosiy sharti kritovalyutalarni joriy etish va ularni samaradorligiga erishish hisoblanadi. Yuqorida aytilgan fikrlar, va mavjud muammolarning barchasi 2
kriptovalyutalarni joriy etish va samaradorligini oshirish masalalarini kopmleks tadqiq qilishning alohida dolzarbligi va zarurligini asoslab, magistrlik dissertatsiyasini tanlashga turtki bo’ldi. Muammoning o’rganilganlik darajasi. Raqamli valyutalar bozori kriptovalyutalarni shakllanishi va ularni samaradorligini ilmiy –metodologik jihatlari ko’plab horijlik olimlar, jumladan : Don Tapscott va Alex Tapscott 1 , Paul Vigna va Michael Casey 2 , Melaniye Swane 3 , Roger Wattenhofer 4 , Phill Champagne 5 , Adler David 6 , Allen William 7 , Baker Michael 8 , Browne Ryan, Nikhlesh va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. O’zbekistonda kriptovalyutalar va blokcheyn bilan bog’liq muammolarni respublikamiz olimlari tomonidan chuqur o’rganilib kelinmoqda. Mazkur muammolar R.H.Ayupov, G.R.Boltaboyevalar tomonidan tadqiq qilingan. Bu ilmiy izlanishlarda kriptovalyutalarni joriy etish va ulardan foydalanish mohiyati, mazmunini, kriptovalyutalardan samarali foydalanish yo’llari va imkoniyatlari to’la ochib berilgan. Bu muammoning yo’llari yangicha iqtisodiy munosabatlari davrida ahamiyatliligi tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning maqsadi, asosiy vazifalarini to’g’ri aniqlashga imkon yaratadi. Tadqiqot maqsadi . Raqamli iqtisodiyot sharoitida mamlakatimiz moliyaviy munosabatlar tizimiga kriptovalyutalarni joriy etish va samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: kriptovalyutalar tushunchasini ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berish; kriptovalyutalarni shakllanishi va ulardan foydalanish yo’llarini aniqlash; 1 Don Tapscott va Alex Tapscott. Blokchain revolution: how the technology behind bitcoin is changing money, business, and the world, 2016. 324 pages 2 Paul Vigna , Michael Casey. The Aage of Cryptocurrency: How Bitcouin and the blokchain are Chellenging the global economic order 2018 , 128 pages 3 Melaniye Swan . Blockchain: blueprint for a new economy, 2015, 152 pages 4 Roger Wattenhofer. The science of Blokchain, 2016 , 124 pages 5 Phill Champagne. The book of Satoshi: ,,The collected writings of bitcoin creator Satoshi Nakamato”; 396 pages 6 Adler David ,,silk road: The Dark Side Of Cryptocurrency”F.ordham journal of Corporate 2018 7 Allen William ,, Cryptocurrency in Threat Finance: The Manipulation of Non-Flat Digital Currencies to Finance Nefarious actors”Small wars journal. Accesed June 3, 2019 8 Baker Michael ,,How cryptocurrencies Are Fueling Ransomware Attacks And other Cryptocurrencies”2017 3
kriptovalyutalar bozori xususiyatlari o’rganish va ularni tahlil etish; kriptovalyutalar bozorini rijvojlanishi va kelajak istiqbollarini aniqlash. Tadqiqot obyekti sifatida mamlakatimiz moliyaviy munosabatlar tizimiga kriptovalyutalarni joriy etish tashkil etadi. Tadqiqot predmeti bo’lib, raqamli iqtisodiyot sharoitida kriptovalyutalar va ularni respublikamiz moliyaviy munosabatlar tizimidagi o’rni hisoblanadi. Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida statistik, analitik, qiyosiy, kuzatuv, mantiqiy, monitoring va boshqa tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari . quyidagilardan iborat: kriptovalyutalar tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni ilmiy nazariy jihatdan asoslab berilgan; kriptovalyutalarni joriy qilish va moliyaviy munosabatlar tizimidagi o’rnini me’yoriy-huquqiy asoslari yoritib berildi; kriptovalyutalarni joriy qilish va ularni moliyaviy munosabatlat tizimidagi o’rnini xorij tajribasi o’rganildi; kriptovalyutyalarni oxirgi besh yil ichidagi moliyaviy holati tahlil qilindi; kriptovalyutalarni joriy qilish va ularni takomillashtirish yuzasidan amaliy asoslangan taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi mavzuga oid hamda xorijiy hamda mamlakatimiz olimlari olib brogan ilmiy-nazariy, metodologik tadqiqotlari, raqamli valyutalar statistikasi rasmiy ma’lumotlari tadqiqot xulosa, taklif va tavsiyalarni amaliyotda joriy etilganligi, shuningdek, ilmiy manbalar ma’lumotlari tahlili orqali asoslangan va ishonchlidir. Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, 3 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertatsiya ishining umumiy hajmi 85 betni tashkil etgan. I BOB. INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA KRIPTOVALYUTA VA BLOKCHEYN NING NAZARIY -METODOLOGIK ASOSLARI 4
1.1 . Blokcheyn va kriptovalyutalarni iqtisodiy mazmuni va mohiyati Blokcheyn (inglizcha blockchain – bloklar zanjiri) – bu ma'lumotlarga ega bo'lgan muayyan qoidalarga muvofiq tuzilgan doimiy ketma - ketlikdagi bloklar zanjiri (bog'langanro'yxat). Bloklar - bu tizim ichidagi kriptografik shaklda taqdim etilgan tranzaktsiyalarlar, bitimlar va shartnomalar to'g'risidagi ma'lumotlar. Barcha bloklar zanjirda joylashtirilgan bo'lib, unda ba'zi bir yoki so'nggi tranzaktsiyalar yoziladi.Yozishni tugatgandan so'ng, blok doimiy ma'lumotlar bazasi rolini o'ynaydigan umumiy zanjirga qo'shiladi. Darhol keyingi blokni qurib bo'lingandan so'ng, keyingi blok yaratish boshlanadi (Rasm 1.1. ): Rasm 1 .1. Blokcheyn Bloklar orasidagi aloqa nafaqat raqamlash bilan, balki har bir blokda o'z xesh - summa va xesh - oldingi blokning summasi borligi bilan ta'minlanadi. Blokdagi ma'lumotlarni o'zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni tahrirlashingiz kerak. Ko'pincha blok zanjirlarining nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarda saqlanadi. Bu bloklarga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritishni juda qiyinlashtiradi. Har bir ma'lumot bloki xuddi shunday tuzilgan: u shakllanishidan oldin tarmoqdagi barcha o'zgarishlar haqida ma'lumotni o'z ichiga oladi. Blokcheyndagi bloklar va ularning bir-biri bilan munosabatlari Bitcoin blokcheynni ko'rib chiqamiz. Har bir blok quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi (Rasm 1 .2.): blok versiyasini; blokni yaratish sanasi va vaqtini; 5