O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OILAVIY HUQUQ. OILA TUSHUNCHASI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OILAVIY HUQUQ. OILA TUSHUNCHASI REJA: KIRISH ASOSIY QISIM 1.Oila huquqi tushunchasi 2.Oilaning huquqiy asoslari 3.Oila huquqi.Uning manbalari va prinsiplari. 4. Oila a’zolarining majburiyatlari va vazifalari XULOSA ADABIYOTLAR
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Oila tushunchasi shundaki odamlarning o’zaro er- xotin yoki qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlangan guruhi emas, balki qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo’lgan shaxslar guruhidir. Binobarin,oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar oila huquqi normalari bilan belgilangan bo’lib,ular oilaviy-huquqit munosabatlar deyiladi. Oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qununiy hujjatlar quyidagilar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqorolik kodeksi, Oila kodeksi va munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar. O’zbekiston Respublikasining yangi Oila kodeksi 1998 yil 30 aprelda qa’bul qilingan. Kurs ishining maqsadi. Oila huquqi sohasida xalqaro shartnomalar va xalqaro huquq ham oila qonunchiligining manbai bo’lib hisoblanadi.Fuqorolarnning O’zbekiston Respublikasining oila qonunchiligida nazarda tutilgan huquqlari, erkinliklari, manfatlari va albatta,majburiyatlari tarkibiga kiradi: Er-xotin (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; Ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari tva majburiyatlari; Nikoh tuzishga teng huquqlar; Voyaga yetmagan bolalarning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; Ota- onalar va bolalar er-xotin va sobiq er-xotin,qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari; Nikoh tugatilish asoslari (OK 37-m); Kurs ishining vazifalari. Yoshlarga oila huquqini o’rgatishdan asosiy maqsad, ularni kelajak turmushga tayyorlash, o’z kasblarida olgan bilimini joriy etish ko’nikmasini xosil qilish. Ularda oila qonunchiligi haqida chuqur bilimni
shakllantirish, qonunning tamoyillarini o’rgatish va oilaviy – huquqiy munosabatlar doirasidan kelib chiqadigan muammolarni yechishda olingan bilim bilan hal qila olishni o’rgatishdan iborat. Oila uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir, jamiyat tuzilishining ob`yektiv zarur, ajralmas qismidir. Kurs ishining ob’yekti, subyekti va predmeti. Oila huquqi predmeti – oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardan iborat. Oila huquqi normalari quyidagilardir: - nikohdan o`tish tartibini va shartlarini belgilaydi; - oilada er-xotin o`rtasida, ota-onalar va bolalar, oilaning boshqa a`zolari o`rtasida paydo bo`ladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; - boshqalarning bolalarini o`ziga bola qilib olish, vasiylikka olish, homiylik qilish, bolalarni o`z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi; Oilaviy huquq sub`yektlarining huquq va majburiyatlari begonalashtirilmaydigan, ya`ni boshqalarga topshirib bo`lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat. Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki undagi huquqiy madaniyat va uning tarixiy shakillari hamda shkillanishining ijtimoiy, ta’limiy va metodik asoslarning tahlil qilishi ochib berishi, demokratik jamiyat uchun muhum bo’lgan bu vazifalarni o’quvchilarda shakillantrish hamda rivojlantrishning ilmiy asoslarini yaxshiroq bilib olishga yordamlashadi. Kurs ishining tuzulishi va hajmi. Kurs ishiga kirish, asosiy qism, 4 ta paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1. Oila huquqi tushunchasi va predmeti Oilaviy huquqiy munosabatlarning subekti bo’lib er-xotin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh urug’larhamda oila qonunchiligi soxasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqorolar uyishmasi, muassasalar, o’rganlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish –huquqiga ega», deb yozilgan. Ma’lumki, oila hayotning abadiyligini ta’minlaydi, vorislar ota - ona boshlagan ishni davom etishini amalga oshiruvchi muqaddas dargoh. Bu dargoh millatning urfodatlarini saqlashga ko’maklashadi. Shu bilan birga oila, kelajakda farzandlar qanday inson bo’lib yetilishiga ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’idir. Oila huquqi fani nikoh to’zish, nikohdagilarning huquqiy munosabatlarini, ota – ona va farzandlarning mulkiy va shaxsiy majburiyatlarini, nikohni bekor qilish, uning oqibatlarini va boshqa oilaviy turmush bilan bog’liq huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Yoshlarga oila huquqini o’rgatishdan asosiy maqsad, ularni kelajak turmushga tayyorlash, o’z kasblarida olgan bilimini joriy etish ko’nikmasini xosil qilish. Ularda oila qonunchiligi haqida chuqur bilimni shakllantirish, qonunning tamoyillarini o’rgatish va oilaviy – huquqiy munosabatlar doirasidan kelib chiqadigan muammolarni yechishda olingan bilim bilan hal qila olishni o’rgatishdan iborat. Oila uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir, jamiyat tuzilishining ob`yektiv zarur, ajralmas qismidir. Oila eng muhim ijtimoiy vazifalarni: insonni yaratish, bolalarni tarbiyalash, odamlarni jismoniy va ma`naviy jihatdan kamol toptirish, ularni ma`naviy birlashtirish, birgalikda xo`jalik yuritishni ta`minlash, o`zaro yordam ko`rsatish, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta`minlash, demografiya jarayonlarini yaxshilash vazifalarini bajaradi.
Oila bolalar to`g`risida g`amxo`rlik qilishga, ona va bola manfaatlarini muhofaza etishga, onalikni rag`batlantirishga qaratilgan tadbirlar turkumini nazarda tutuvchi huquq oilaviy munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi. Oila davlat himoyasiga olingan bo`lib, Konstitutsiyada bu haqda shunday deyiladi: “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega”. Oila-kishilarning tabiiy-biologik, huquqiy va ma`naviy munosabatlariga asoslangan birlik. Oila huquqi er-xotinlar, ota-onalar va bolalar, shuningdek oilaning boshqa a`zolari o`rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi huquq tarmog`idir. Ammo oilaviy munosabatlarning barchasi ham huquq tomonidan tartibga solinmaydi. Bu munosabatlarning aksariyati axloqiy, ruhiy tusda bo`lib, o`z mohiyatiga ko`ra ularni huquq yo`li bilan tartibga solib bo`lmaydi. Oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarshas bog`liqdir.Oila huquqi fuqarolik huquqidan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: 1) Oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqiga xos bo`lmagan yuridik faktlardan vujudga keladi; 2) Oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqidan farqli o`laroq, ko`proq shaxsiyhuquqiy mohiyatga ega; 3) Oilaviy huquq sub`yektlarining huquq va majburiyatlari begonalashtirilmaydigan, ya`ni boshqalarga topshirib bo`lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat. Oila huquqi predmeti – oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardan iborat. Oila huquqi normalari quyidagilardir: - nikohdan o`tish tartibini va shartlarini belgilaydi; - oilada er-xotin o`rtasida, ota-onalar va bolalar, oilaning boshqa a`zolari o`rtasida paydo bo`ladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; - boshqalarning bolalarini o`ziga bola qilib olish, vasiylikka olish, homiylik qilish, bolalarni o`z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi;