logo

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMAMASINING TA’LIM SOHASIDA KAFOLATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

124 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMAMASINING
TA’LIM SOHASIDA KAFOLATLARI
Reja:
I Kirish
II   O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi qonunlar hamda  qo‘lga kiritilayotgan 
yutuqlar
1 Ta’lim to’g’risidagi qonun
2. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi
III  O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamamasining ta’lim sohasida 
kafolatlari 
1  Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari haqidagi qonun
2.  Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan 
kafolatlati haqidagi qonun
IV Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
  Kirish
Hozirda O‘zbekistonda ta’lim sohasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Yaqin 
o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, sovet mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston
hududida sanoqli ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning aksariyati talab darajasida 
bo‘lmagan.  Ularda yetishib chiqgan mutaxassislar mamlakat aholisining juda oz 
qismini tashkil etgan. Ba’zi hollarda odamlar savodsiz hatto oralaridan umumiy 11 
yillik ta’limni egallamaganlari ham bor edi. Bu sovet hukumatining chuqur 
o‘ylangan nayrangi bo‘lib, o‘zbek xalqi uchun yod bo‘lgan komunistik mafkura 
bilan millat ongini zabt etishga harakat qilgan. Shu asnoda xalqni qaramlikda, 
kuchli tazyiq ostida tutib turish, ularning pirovard maqsadi bo‘lgan. Ammo ularning
ko‘zlagan rejasi amalga oshmadi, ozodlik ruhi ostida kamol topgan xalqimiz 
mustaqillik uchun kurash olib bordi va uzoq kutilgan kunga erishdi.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab har bir sohaga ulkan e’tibor qaratildi shu 
bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham tub burilish yuz berdi. Yildan yilga yoshlarga 
ko‘rsatiladigan e’tibor ortib bordi. Jumladan, jahonning sanoqli mamlakatlaridagina
mavjud majburiy 12 yillik bepul ta’lim tizimi yaratildi. Bir qancha oliy ta’lim 
muassasalarini biz kabi yoshlarni chuqur ta’lim olishi uchun eng ilg‘or ta’lim 
texnologiyaliri bilan jihozlandi. Buning samarasi o‘laroq, o‘zbek yoshlari xalqaro 
fan olimpiadalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib kelmoqda. Yurtboshimiz har 
bir nutqida: “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli 
bo‘lishlari shart” deb takror va takror ta’kidlab kelmoqdalar. Buni biz kabi 
yoshlarga bildirilgan yuksak darajali ishonch deb bilaman. Buguni o‘tmishidan, 
ertasi bugunidan nurafshon bo‘ldan yurtda yashayotganimdan faxrlanaman. II   O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi qonunlar hamda  qo‘lga kiritilayotgan 
yutuqlar
Har   bir   mamlakat   o‘z   mezonlari   asosida   ta'lim   tizimi   tamoyillarini
belgilaydi.   Ana   shu   jihatdan   turli   davlatlarda   ta'lim   olish   imkoniyatlari
turlicha   bo‘ladi.   Tizimga   asos   solinayotgan   paytda   mamlakatning   tarixiy
an'analari,   bugungi   kun   talablari,   mutaxassislarga   bo‘lgan   ehtiyoj   darajasi,
iqtisodiy, ijtimoiy imkoniyat va qonuniyatlari inobatga olinadi.
Jahon   mamlakatlari   ta'lim   tizimiga   nazar   tashlar   ekansiz,   ba'zida
ibratli,  gohida hayratlanarli  holatlarga  duch kelasiz.   Shunday  ta'lim   tizimiga
ega davlatlardan biri Lyuksemburgdir.
Bilasizmi,   bu   yerda   oliy   ta'lim   muassasalari   umuman   mavjud   emas.
To‘g‘ri,   mamlakatda   4   ta   institut   faoliyat   ko‘rsatadi.   Ularning   barchasi
davlatga   tegishli.   Biroq   ular   haqiqiy   ma'nodagi   oliy   akademik   ta'lim
beruvchi   muassasalar   hisoblanmaydi,   balki   ko‘proq   kasbiy   ta'lim
yo‘nalishidagi institutlar vazifasini bajaradi.
Ta'lim tizimi haqida gapirsak...
Lyuksemburg   ta'lim   tizimi   1912   yildan   buyon   (shu   yili   tizimga   asos
solingan)   o‘zgarmagan.   16   yoshgacha   bo‘lgan   barcha   bolalar   ta'lim   olish
uchun   ro‘yxatdan   o‘tgan   bo‘lishi   lozim.   O‘qish   jami   11   yil   davom   etadi.   Bu
muddat ichiga 2 yillik tayyorlov kurslari ham kiritilgan.
Xalq   ta'limi   tizimi   4-6   yoshli   bolalar   uchun   mo‘ljallangan
maktabgacha   muassasalardan   boshlanadi.   Keyingi   bosqich   esa   boshlang‘ich
majburiy   maktablardir.   Ularda   o‘qish   muddati   6   yil   (6   -12   yosh).   Mazkur
bosqichda   bepul   ta'lim   beriladi.   Maktablar   davlatga   qarashli   yoki   xususiy
muassasa bo‘lishi mumkin.
Bola   12   yoshida   o‘rta   maktabga   boradi   va   unda   3   yil   tahsil   oladi.
Mamlakatda   o‘rta   ta'lim   umumiy   va   ikkinchi   darajali   texnik   ta'limga
bo‘linadi. Shuningdek, o‘rta maktab ta'limi klassik  va zamonaviy litseylarda ham   amalga   oshiriladi.     O‘qish   klassik   litseylarda   7   yil,   zamonaviy
litseylarda   6   yil   davom   etadi.   Bunday   maktablar   pulli   asosda   ta'lim   berib,   u
yerda o‘qish majburiy hisoblanmaydi.
O‘quv yili oktyabrda boshlanib, iyul oyida yakunlanadi.
Kamida uchta chet tilini bilishadi
Majburiy   maktabda   ta'lim   nemis   tilida   olib   boriladi.   O‘rta   maktabda
esa   darslar   frantsuz   tilida   o‘tiladi.   Frantsuz   tili   xuddi   shu   tartibda   majburiy
maktablarda ham o‘rgatiladi.
Aytish   lozimki,   xorijiy   tillarni   o‘rganishda   bolalar   ham,   kattalar   ham
davlat   tomonidan   birdek   qo‘llab-quvvatlanadi.   Buning   uchun   Lyuksemburg
tillar   markazi   doimiy   xizmatda.   Ushbu   markazning   oddiy   til   markazlari
qatorida   emasligini   ta'kidlash   lozim.   U   shunchalar   mashhurki,   muassasa
barcha   murojaat   etuvchilarga   ham   "labbay"   deyishga   imkon   topolmay
qoladi.   Markaz   til   o‘rganish   uchun   zarur   bo‘lgan   barcha   qulayliklar,
jumladan, bepul kompyuter ta'limini berish imkoniyatiga ega.  
Davlat   tomonidan   ko‘rsatilgan   yordam   hamda   fuqarolarning
intiluvchanligi   samarasi   o‘laroq,   mamlakat   fuqarolarining   deyarli   har   biri
kamida 3 tadan xorijiy tilni o‘zlashtirgan.
1798 yildan buyon ishlayotgan kutubxona
Yuqorida   aytilganidek,   Lyuksemburgda   oliy   o‘quv   yurtlari   yo‘q.   1969
yilda   xorijiy   universitetlarga   o‘qishga   tayyorlovchi   universitet   markazi
ochilgan.   Mazkur   markazda   o‘qishni   yakunlagach   yoshlar   chet   davlatlari
oliy o‘quv yurtlarining 2-kursiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
To‘g‘ri,   bu   yerda   1973   yilda   asos   solingan   Mehnat   universiteti   kabi
bir   necha   universitet   yoki   institutlar   bor,   ammo   ularda   to‘la   maxsus
ma'lumot berilmaydi.
Mamlakatda   bir   necha   kollej   va   konservatoriya   bor.   Shu   bilan
birgalikda   shaharda   1798   yildan   buyon   ishlab   kelayotgan   Milliy   kutubxona
mavjud bo‘lib, uning jamg‘armasi g‘oyat katta. Milliy muzey ham xuddi shu yerda   joylashgan.     Bundan   tashqari,   Tabiatshunoslar   jamiyati   va   Buyuk
gertsog   instituti   ham   faoliyat   ko‘rsatadi.   Ushbu   institutda   tarix,   tibbiyot,
tabiiy fanlar, adabiyot va san'at sektsiyalari mavjud.
Qaerda mutaxassis bo‘lishadi?
Lyuksemburgda   mavjud  muhandis-texniklar  yoki  boshlang‘ich   maktab
o‘qituvchilari   kurslari   yoki   2   yillik   amaliy   kurslar   bitiruvchilarining   nufuzi
nihoyatda   baland.   Ular   uchun   ishga   joylashish   yoki   dunyoning   biror   boshqa
mamlakatida   o‘qishni  
davom ettirish uchun hech qanday qiyinchiliklar bo‘lmaydi. Ammo ular  oliy
ma'lumotli mutaxassislar hisoblanmaydi.
Agar   to‘liq   oliy   ta'lim   olish   xohishi   bo‘lsa,   u   holda   fuqarolar
universitet   ta'limining   1-kursini   Lyuksemburgda   o‘qiydilar,   keyin   esa
Frantsiya   yoki   Belgiyaning   biror   universitetiga   o‘tishlari   mumkin.   Ana   shu
tarzda   Lyuksemburg   fuqarolari   akademik   ta'limni   xorijda   oladilar.   O‘rta
hisobda   chegara   ortida   ta'lim   oluvchilar   soni   3,2   ming   nafardan   (2002)
ortadi.   Lyuksemburgliklar   uchun   oliy   ta'lim   olishda   eng   ma'qul   ko‘rilgan
mamlakatlar - Belgiya, Frantsiya, Germaniya, Avstriya va Buyuk Britaniya.
Xo‘sh,   mamlakat   fuqarolari   nima   asosda   oliy   ta'limni   xorijda   olish
yoki   u   yerdagi   o‘qishni   bir   yo‘la   ikkinchi   kursdan   boshlash   huquqiga   ega
bo‘ladi?
O‘z   rivojining   asosiy   kaliti   va   tayanch   nuqtasi   sifatida   ta'lim   sohasini
ko‘rgan   Yevropa   mamlakatlari   Yevropa   oliy   ta'lim   hududini   yaratish   uchun
salmoqli ishlarni amalga oshirgan. 1998 yil 25 mayda qabul qilingan Sorbon
deklaratsiyasi   universitetlarning   Yevropa   madaniy   qadriyatlarini
rivojlantirishdagi   ahamiyatini   ta'kidlab   ko‘rsatdi.     Bu   hujjat   Yevropa   oliy
ta'lim Hududini yaratish imkonini berdi. Undan ko‘zlangan maqsad qit'aning
umumiy rivoji uchun malakali mutaxassislarni yetkazib berish bo‘ldi. Shuningdek,   yagona   ta'lim   kengligini   yaratish   va   oliy   ta'lim   tizimini
uyg‘unlashtirish   yo‘lida   1999   yil   qabul   qilingan   Bolone   deklaratsiyasi   ham
katta   ahamiyat   kasb   etdi.   Rasman   Bolone   jarayonida   35   ta   a'zo   mamlakatlar
ishtirok   etadi.   Oliy   ta'limning   ikki   bosqichli   modelida   akademik   darajalarni
qiyoslash,   akkumulyatsiya   (jamlash)   va   kreditlar   transferti   (ESTC   -
Kreditlar   trancferti   bo‘yicha   Yevropa   tizimi),   ta'lim   sifati   kafolatlari
sohasida   hamkorlikni   rivojlantirish,   jumladan,       akkreditatsiya   va  
  sertifikatlashtirish   mexanizmlarining   o‘zaro   tan   olinishi   deklaratsiyada
nazarda tutilgan jarayonlar turkumidandir.
ESTC - aynan mana shu Yevropa o‘tkazish tizimi lyuksemburgliklarga
yuqorida   sanalgan   imkoniyatlarni   taqdim   etadi.   Buning   uchun   talabalar
tizim   mezonlari   bo‘yicha   o‘zlari   ko‘chirilayotgan   oliy   o‘quv   yurti
talablariga javob berishi kerak.
Yevropa   miqyosida   qo‘llab-quvvatlanayotgan   xorijda   oliy   ta'lim
bosqichida   tahsil   olish   Lyuksemburg   hukumati   tomonidan   ham   maxsus
moliyalashtirish   dasturlari   bilan   qo‘llab-quvvatlanadi   va   kafolatlanadi.
Davlat   tomonidan   ta'limga   ajratiladigan   xarajatlar   byudjetning   11,3   foizini
tashkil   etadi.   Bu   borada   ta'lim   xarajatlari     faqat   ijtimoiy   xarajatlardan
keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.       Mustaqillik yillarida qadriyatlarimizning tiklashi
Xalqimizning ma’naviy merosini tiklash va uni yanada kamol topishi uchun keng 
imkoniyatlar ochib berish — ajdodalarimizning azaliy orzusi emasmidi? 
O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va 
taraqqiyot yo‘li” kitobida “O‘zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g‘oyat rang-
barangligi, milliy o‘zligini aglash va ma`naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi 
bilan uzviy birlikda jamiyatni yanglilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun 
qudratli omil bo‘lib hizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga 
qo‘shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirada”, deb ta’kidlagan 
edi.   (Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqqiyot yo‘li. T, 1992y, 13 
bet)
Mustaqillik yillarida ma`naviy poklanish haqida gap ketganda O‘zbek tiliga Davlat 
tili maqomi berilishining ahamiyati kattadir. 1989-yil 21-oktyabrda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonun milliy ongning 
rivojlanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning
tiklanishi va jamiyatning ma’naviy yangilanishida muhim rol o‘ynadi. O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida bu qonun yangi 
tahrirda qabul qilindi. Bu ulkan natijaga erishish, o‘zbek xalqini ma’nan 
ulg‘ayishiga, azaliy qadriyatlarni tiklanishiga turtki bo‘ldi.
Yurt tinchlgini, mustaqilligini, jamiyat osoyishtagilini mustahkamlash uchun, 
avvalo, eski tuzumga moslashgan xalq ongidagi g‘oyaviy chalkashliklardan, 
yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “temir parda” dan halos bo‘lib, umumbashariy 
qadriyatlardan bahramand bo‘lish asosiy vazifalardan biri edi. Shu maqsadda 
xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash, uni rivojlantirish yangi, hali to‘liq 
shakllanib ulgurmagan davlatimizning oldidagi ko‘ndalang vazifa edi.
Ta’lim sohasida ilk islohatlar
Yurtimiz azal-azaldan ilm o‘chog‘i, jahon sivilizatsiyasi markazlaridan beri deb 
e’tirof etib kelingan. O‘rta asrlardan, xalqimiz ta’lim sohasida yuksak marralarga  erishgan bo‘lib, jahon sivilizatsiyasi hamda fan sohasiga ulkan hissa qo‘shishgan. 
Misol tariqasida, IX-XII asrlarda Movarounnahrda ko‘plab o‘quv maskanlari 
bo‘lib, ulardan chinakam olimlar, ulamolar yetishib chiqqan. Xusasan, Xorazm 
Ma’mun akademiyasi ham shu davrdagi yirik tadqiqot markazlaridan biri 
hisoblangan. Algebra fani bobakalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan 
atalganligi, bu azal-azaldan bizning qonimizda yaratuvchanlik, o‘qishga bo‘lgan 
qiziqishdan dalolatdir. Bundan tashqari, yana bir buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino
o‘sha olis XI asrda tibbiy jarrohlik operatsiyasiyalarini amalga oshirgani bilan 
dunyoga mashhur. Uning “Tib qonunlari” asari Yevropada “Injil” kitobidan keyin 
eng ko‘p nashr etilgan kitoblardan biri bo‘lib, 500 yil davomida dunyoning ko‘plab 
nufuzli oliy o‘quv yurtlarida barcha talabalar uchun darslik sifatida o‘rganib 
kelingan. Buyuk mutafakkir Al-Farg‘oniy astronomiya fanida birinchi bo‘lib, 
geliosetrik nazariyani asoschisi bo‘lgan ya’ni Yerni Quyosh atrofida aylanishini 
aniq hisob — kitoblar bilan isbotlab bergan. XV asrdayoq Samarqandda Mirzo 
Ulug‘bek observatoriya barpo etib, yulduzlar xaritasini tuzgan. U yulduzlar 
joylashuvini shu qadar aniq hisoblanganki, hozirgi fan-texnika bu ma’lumotlarni 
atiga bir necha daqiqalarga farq qilishini isbotlagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, 
bizning ota-bobolarimiz jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan.
Sobiq sho‘rolar davridagi ta’lim tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u darvlarda hatto 
O‘zbekistonning o‘zining milliy ta’lim tizimi joriy etilmagani ayanchli holatdir. 
Asosan ta’lim tizimi sobiq markazning hukmron mafkura manfaatlariga 
bo‘ysundirilgan edi. Aytaylik, aksariyat fanlar o‘quv dasturiga kiritilmagan. Birgina
O‘zbekiston tarixi fanini oladigan bo‘lsak, ushbu fan xolis o‘rganilmas, o‘quv 
dasturida bu fanga ajratilgan soatlarning katta qismi sobiq ittifoq tarixini 
o‘rganishga bag‘ishlanar edi. O‘quvchilar ongi Vatanimiz tarixining noto‘g‘ri talqin
qilingan hodisalari bilan to‘ldirilar edi. Milliy qadriyat va ma’naviyat toptalar, asl 
o‘zbek olimlarini va buyuk davlat arboblari, sarkardalari hayot va ijod yo‘llari 
qoralangan. Bunga misol Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin 
Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bahouddin  Naqshband, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va hokazolarni keltirish 
mumkin.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, barcha sohalarda tub islohotlar 
amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratildi. Ta’lim-
tarbiya tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma’naviyati, ongi, tafakkur 
doirasi shakllanib, yuksalib bordi. Ta’lim tizimini har tamonlama, shaklan va 
mazmunan isloh qilish, yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi shaxsni 
tarbiyalashni talab etayotgan bir paytda odamlarning ongi, dunyo qarashi, bilim 
saviyasini o‘zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib 
bo‘lmasdi.   (Manba: m.mfa.uz)
Yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillik yillarida ushbu jihatlarni inobatga olgan 
holda, odamlarda yangicha, milliy qadriyat va an’analarimizga asoslangan 
dunyoqarashni shakillantirish maqsadida, ta’lim va tarbiyaga juda katta e’tibor 
qaratganlar. Jumladan u: “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik 
faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari 
unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta 
avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi. Yoshlar, ularning
iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib yetish 
boshlanadi”.   (O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat mafkura. T. 1996y, 82-
bet)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil, 11-martdagi “Respublika oliy 
o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashitirish 
to‘g‘risida”gi PF-361-sonli farmoniga asosan, mamlakatimizda mavjud oliy o‘quv 
yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish tizmiga katta o‘zgarishlar kiritildi. 
Dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida 
o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan bo‘lib, oradan bir yil o‘tib, bu 
ko‘rsatkich 19 taga yetkazildi. 1994-yil 14-maydagi 258-sonli O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan 
Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha  Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Davlat test markaziga aylantirildi. Davlat test markazi (DTM) asosiy vazifasi oliy 
va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish 
hisoblanadi.
DTM tomonidan tuziladigan test savollari haqida so‘z borganda, dastlab, 1992-
yilda ular ikki variantli ko‘rinishda bo‘lib, cheklangan fanlardan 50 tadan savollarni
o‘z ichiga olgan edi. Bu ko‘rsatkich yildan-yilga yaxshilanib bordi. Jumladan 1995-
yilga kelib, testlar 3 variantlilik asnosida 36 ta savoldan tashkil topgan bo‘lib, 
gumanitar, aniq va chet tillarini o‘z ichiga olgan edi. Shunga qaramay, kam 
miqdordagi test variantlarda yetarlicha cheklangan hajmdagi test materiallaridan 
foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va muvofiq moslikni 
ta’minlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi. Shu 
maqsadda 1996-yildan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga kirish sinovlarida test 
topshiriqlari variantlarini ta’lim yo‘nalishlari, mutaxasisliklar va ta’lim tillari 
bo‘yicha kompyuter yordamida generatsiyalash(tuzish)ga asoslanuvchi yangi, ko‘p 
variantli tizimi yaratildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu test tizimidan hozirgi 
kunda ham foydalanib kelinmoqda.   (Manba:   www.dtm.uz)   
Shu bilan bir qatorda, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga alohida to‘xtalib o‘tish 
maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi N464-i qonuni, ta’lim sohasidaga barcha savollarga aniq 
oydinlik kiritdi. 34 ta moddadan iborat ushbu qaror, ta’lim jarayonining barcha 
jabhalarini qamrab olgan bo‘lib, o‘z o‘rnida barcha masalalar aniq va ravshan holda
yoritilib berilgan. Jumladan 4-moddada yozilishicha: “Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy 
mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy
mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt 
yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar 
kafolatlanadi” deyilgan bo‘lib, bu ta’lim sohasidagi me’yorlarni qanchalik tartibga 
solinganligidan dalolat beradi.
Xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, 
zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan texnika va texnologiyalari yutuqlari asosida  kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish yurtimiz taraqqiyotining 
muhim shartlaridan biridir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 
29-avgustda “Kadrlar tayyolash milliy dasturi to‘grisida”gi qonuni qabul qilingan 
bo‘lib, ushbu dastur “Ta’lim to‘g‘rida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 
qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan. Uning ustuvor vazifalariga, milliy va 
xorijiy ta’lim tizimi asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar 
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil 
ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini 
ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga 
yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, 
har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-
hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun 
ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni 
yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni 
tarbiyalashni nazarda tutadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, bu ikki qonun ta’lim tizimidagi chuqur islohotlarning 
yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta’lim taraqqiyoti shaxs, jamiyat 
va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini 
ta’minlaydigan ustuvor soha sifatida qonunan belgilab berdi.
O‘zbekistonda yangi ta’lim tizimi
Eng samarali investitsiya — bu ta’limga qilingan investitsiyadir. Chunki jamiyat 
taraqqiyotini, uning ertangi kunini yetuk malakali kadrlar belgilab beradi. Ta’lim 
tizimini takomillashtirish — ularning bilimini oshirish, sifat darajasini ko‘tarishdir.
So‘ngi yillarda ta’limga ajratilayotgan mablag‘ mamlakat yalpi ichki mahsulotining
(YIM) 10–12 foizini tashkil etib, davlat byudjetining 35 foizidan ko‘proq qismini 
tashkil qilmoqda. Ta’limning barcha bosqichlarida Davlat dasturlari amalga 
oshirilib, yoshlarga puxta bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib 
berilmoqda.
Yurtimizda uzluksiz va uzviylik tamoyillariga tayangan ta’lim tizimi yaratilgan 
bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyatda ma’naviy va intellektual salohiyatga ega  bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, davlatimizning ijtimoiy va ilmiy-texnik 
taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror 
rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Jumladan O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasining 41-moddasida ta’lim sohasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan: “Har 
kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan 
kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.
Ta’limga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari sifatida uning milliy g‘oyaga 
yo‘naltirilgani, ta’limning uzluksizligi, umumiy, o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limining majburiyligi, o‘rta maxsus, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida 
ta’lim olishda tanlash erkinligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim siyosatining asosiy tamoyillari Yurtboshimiz tamonidan 12 (9+3) yillik 
bepul ta’lim tizimi joriy etilganligi, barcha bepul bilim olishi, 9 yillik majburiy 
umumiy o‘rta ta’lim 7 ta tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va 
tojik tillarida bo‘lib, uni tamomlagan yoshlar qiziqishlari bo‘yicha istagan o‘rta 
maxsus ta’lim muassasasisini tanlashlari va o‘qishlarini keyingi bosqichda davom 
ettirishlari mumkin. Iqtidorli yoshlar uchun umumiy ta’limdan so‘ng keyingi 
bosqich o‘qishlarini akademik litseylarda davom ettirishlari, bu esa yanada 
chuqurroq, keng ko‘lamda tahsil olishlariga imkoniyat yaratib beradi.
Mamlakatimizda bugungi kunda 9733 ta umumta’lim mussasasi, 143 ta akademik 
litsey, 1414 ta kasb-hunar kolleji mavjud bo‘lib, yoshlarning sifatli ta’lim 
olishlarida xizmat qilmoqdalar. Ularning moddiy-texnik bazasi jahon standartlariga 
to‘la mos kelishi, umumiy fanlar bo‘yicha nafaqat to‘liq bilimlar hajmini egallash, 
ayni vaqtda ushbu o‘quv yurtlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalarni 
o‘zlashtirish imkonini ham beradi. 2015-yil ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 
maktablarda 4540 mingta, akademik litseylarda 108.5 mingta, kasb-hunar 
kollejlarda esa 1451 mingta o‘g‘il-qizlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha taqsil 
olmoqdalar.
Shu bilan bir qatorda, yoshlarning kasbga bo‘lgan ehtiyojini jamiyat va 
iqtisodiyotning manfaatlariga moslashtirishning eng muhim mexanizmi bo‘lgan 
bakalavriatning milliy ta’lim tizimimiz va modelimizga kirib kelishi mazkur  sohadagi islohotlar orasida alohida o‘rin tutadi. Malakali kadrlarni tayyorlash va 
ularni yetuk mutaxassis kadr qilib tayyorlashda oliy o‘quv yurtlarining o‘rni 
beqiyosdir. 2012 yil da oliy ta’lim muassasalarini soni 64 ta bo‘lib, bu ko‘rsatkich 
bugungi kunga kelib 68 tani tashkil etadi. Unda taqsil oladigan yoshlar soni esa 
261.3 ming kishini tashkil etadi.
Yurtimizda aholining qariyb 60 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil 
etishini hisobga oladigan bo‘lsak, ayni ularning 72 foizi maktabgacha ta’lim, 
umumiy o‘rta ta’lim, litsey, kollej va universitetlarda taqsil olmoqdalar. Bu esa 
ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning roli va ahamiyati o‘z-o‘zidan 
tushunarli va ravshan bo‘ladi.
Hech kimga sir emaski, ta’lim sohasi kun sayin rivojlanib bormoqda. Kechagi ilg‘or
texnologiyalarni ham bugungi kunda fan tan olmaydigan darajada shahdam 
qadamalar bilan olg‘a bormoqda. Bu borada jahon tan olgan ta’lim maskanlarining 
o‘rni beqiyosdir. Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari ham ana shunday xorijiy 
universitetlarda ta’lim olayotgani ko‘zni quvontiradi. Ular egallgan bilimlar 
yurtning ravnaqi, kelajak poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikga erishgan so‘ng, ta’lim sohasini isloh qilish, yangi ta’lim 
maskanlarini barpo etish, xususan, xorijiy davalatlar universitetlarining filliallari 
yurtimizda ochilishi, bu borada qilingan ishlarning yorqin namunasi bo‘ldi desak 
hech ham mubolag‘a bo‘lmagan bo‘ladi. Bu oliy o‘quv yurtlarida, iqtidorli, 
salohiyatli, Yurtboshimiz aytganidek kuchli, aqlli, hech kimdan kam bo‘lmagan 
yoshlar tahsil olmoqda.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ko‘plab oliygohlar, dunyoning kuchli 
universitetlari bilan shubhasiz raqobatlasha oladi. Moddiy texnik bazasi 
mustahkam, xalqaro standartlarga javob bera oladigan universitetlar mavjud. 
Garvard, Cambridge, Oxford universitetlari, bir necha yillardan beri kuchli 
universitetlar ro‘yhatidan eng yuqori o‘rinlarni band qilib kelmoqda. Sababi bu 
universitetlar qariyb 10 asrdan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lib, ular asrlar 
davomida erishgan yutuqlariga bizning navqiron O‘zbekistonimiz samarali olib 
borilayotgan islohatlar natijasida qisqa 24 yil ichida erishga muvaffaq bo‘lmoqda.  Ishonchimiz komilki, O‘zbekistonning ta’lim sohasi, dunyoning manaman degan 
o‘quv dargohlari bilan bemalol bellasha oladigan darajaga chiqadi.
Bakalavr darajasini olgan yosh mutaxassislar o‘zlarini yo‘nalishlari bo‘yicha 
magistraturada o‘qishlarini davom ettirish imkoniga ega bo‘lib, aniq mutaxassislik 
bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlarni yanada chuqurroq o‘rganishlari, 
mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy ish qilishlari mumkin. Bugungi kunda Respublikamiz
oliy o‘quv yurtlarining kamida 40 foizida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat 
yuritib kelmoqda.
Avvalo, oliy ta’lim tizimida yetuk bakalavr va magistrlarning yetishib chiqishi, 
ularning mehnat bozorida egallayotgan o‘rni — ta’lim va real amaliyot o‘rtasidagi 
aloqolarning mavjudligi mamlakatda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning 
besamar emasligidan dalolat beradi.
Ta’lim sifatini oshirish, unda yetishib chiqayotgan yosh mutaxassislarni 
tayyorlashning talablari davlat ta’lim standartlariga to‘la mos kelib, uzluksiz 
ravishda maxsus davlat idorasi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi 
tomonidan qat’iy nazorat qilib boriladi. Barcha ta’lim muassasalarida berilayotgan 
ta’lim sifati va yaratilyotgan shart-sharoitlar davlat ta’lim standartlariga javob 
berishi monitoringi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tamonidan muntazam olib 
borilib, bu borada ta’lim muassasalariga tegishli ilmiy-uslubiy, moliyaviy-texnik va
tashkiliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biri avvalo 
jamiyatning yosh avlodining dunyo qarashini, ularning ijtimoiy faolligini oshirish 
bilan bir qatorda, malakali kadrlarga bo‘lgan talabni samarali qondirishdan 
iboratdir.
Yurtimizda ta’lim sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar 
2012 yil 16–17 fevralda Toshkentda o‘tkazilgan «Yuksak bilimli va intellektual 
rivojlangan avlodni tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va 
modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusidagi xalqaro anjumanda 
dunyoning eng ilg‘or ta’lim tizimlari va muassasalari vakillari tomonidan chuqur 
e’tirof etildi. Konferensiyada O‘zbekistonning ta’lim tizimi, jumladan, qishloqlarda  ham bolalar va yoshlarning barcha bosqichlarda bepul umumiy ta’limi va o‘rta-
maxsus kasb-hunar ta’limi olish joriy etilganligi xorijiy mutahassislar tomonidan 
yuksak baholandi. Dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan kelgan vakillar 
ham miliy ta’lim tizimimizni namuna sifatida tan oldi va bir qator davlatlar uchun 
o‘rnak bo‘la olishini ta’kidlandi. Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlarga 
berilgan bunday yuksak baho, albatta, O‘zbekistonda yashovchi har bir insonni 
qalbida g‘urur uyg‘otadi va shu bilan birga, zimmamizga katta mas’uliyatni ham 
yuklaydi. Oldimizda turgan eng muhim masala — erishilgan yutuqlarni yanada 
mustahkamlash, yaratilgan shart-sharoitga mos ravishda ta’limning sifati, tizimning
samaradorligi va «ta’lim — fan — ishlab chiqarish» zanjirining mustahkamligiga 
erishishdan iboratdir. (Manba: m.mfa.uz)
Bugungi kunda har qanday mamlakatning jahon bozorida raqobatbardoshligi 
nafaqat tabiiy resurslarning mavjudligi, balki birinchi navbatda, zamonaviy 
yangilanib turgan texnologiyalarni o‘zlashtirishga qodir yuksak bilimli va malakali 
kadrlarga bog‘liqdir. Bosh qomusimiz esa ana shu yuksak axloqli, zamonaviy bilim 
va ko‘nikmaga ega kadrlarni tayyorlashning huquqiy kafolati bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar
“Istiqlol tufayli odamlarimiz ongu tafakkurida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu 
jarayonda millat sifatida o‘zlikni anglash, ajdodlar dahosi va zakovatini davom 
ettirish, milliy fenomen qudratini bor bo‘y-basti bilan jahonga ko‘rsatish maqsadi 
barcha soha va yo‘nalishlardagi sa’y-harakatlarda o‘z ifodasini topdi. Bunday ezgu 
intilishlar samarasi o‘laroq butunlay yangi — ruhi va fikri toza avlod dunyoga 
keldi.”
Mustaqillik yosh avlod hayotiga buyuk kelajak nafasini, ezgu umid va orzular 
ijobatini olib keldi. Yangi asr avlodiga ajdodlar armonining ushalishi bilan birga 
beqiyos imkoniyatlar kaliti, yuksak marralar sari dadil qadam tashlash baxti ham 
nasib etdi.
Bugun qayerga qaramang, o‘zbekistonlik yoshlar erishayotgan yutuqlarni 
ko‘rishimiz mumkin. Yildan yilga yoshlarimiz, aytaylik, fan olimpidalarida 
deysizmi, yoki biror bir sport sohasimi, boringki, san’at sohasida ham yuksak  marralarni zabt etmoqdalar. Prezidentimiz rahnamoligida ko‘rsatilayotgan yuksak 
e’tibor ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasi o‘laroq,
mustaqillik farzandlari dunyo miqyosidagi turli ko‘rik-tanlov va xalqaro fan 
olimpiadalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Bu yutuqlar, avvalo, 
yoshlarning ertaga jamiyatdan munosib o‘rin egallashi uchun hizmat qilsa, 
boshqalar uchun o‘rnak bo‘ladi.
Avvalo shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, bugungi kunda jamiyat ravnaqi, 
barkamol avlodni tarbiyalashda yetuk insonni shakllantirishda avvalom bor 
ayollarning o‘rni qanchalar muhim ekanligini Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlanib 
kelinmoqda.
Yurtimizda barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ularni iqdidorlarini 
namoyon qilish va muntazam rag‘batlantirib turish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat 
mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi 
farmoniga muvofiq 2015-yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 14 
nafar o‘quvchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Umuman, 
2000-yildan buyon tizimdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jami 95 nafar 
o‘quvchi qiz ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi.
Zamonaviy bilim maskanlarida jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya olayotgan 
yoshlarimiz xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan nufuzli tanlovlar, fan 
olimpiadalari, musobaqa va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak 
intellektual salohiyati, keng tafakkuri va zehni bilan dunyo ahli havasini 
uyg‘otmoqda. Jumladan, 2013-yil aprel oyida Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilgan
47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o‘zbekistonlik yoshlari ham qatnashib 2 ta 
oltin, 5 ta kumush, 8 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi va 17 davlat ichida 
O‘zbekiston bayrog‘ining baland ko‘tarilgani barchamizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi.
2016-yil 1–6-mart kunlari Kiprning Protaras shahrida matematika fani bo‘yicha 
“SEEMOUS” 10-xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Kipr ta’lim va madaniyat 
Vazirligi, Matematika jamiyati hamda Janubi-Sharqiy Yevropa Matematika 
jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur intellektual bellashuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli talabalari ishtirok 
etdi. Tanlovda O‘zbekiston yoshlari ham shohsuppa qatoridan joy olishdi. 
O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari
Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibrohimov bittadan oltin medal, Mirmuhsin 
Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekiston jamoasi tarkibida xalqaro fan 
olimpiadalarida jami 253 nafar o‘quvchi qatnashib, 21 ta oltin, 51 ta kumush, 90 ta 
bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yuqorida aytib o‘tilgan fikr-mulohaza, ma’lumotlar O‘zbekistonda qisqa davr 
ichida ta’lim sohasida yuksak yutuqlarga erishganini ko‘rishimiz mumkin. 
Kelgusida hukumatimiz tamonidan ta’lim sohasida ilgari suriladigan izchil 
islohotlar davomli bo‘lishi, biz kabi yoshlarga ilhom baxsh etib, yanada yuksak 
marralarni zabt etishimizga imkon, zamin yaratib beradi. III  O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamamasining ta’lim sohasida 
kafolatlari 
5-modda. Ta’lim olish huquqi
Jinsi,   irqi,   millati,   tili,   dini,   ijtimoiy   kelib   chiqishi,   e’tiqodi,   shaxsiy   va
ijtimoiy   mavqeyidan   qat’i   nazar,   har   kimga   ta’lim   olish   uchun   teng   huquqlar
kafolatlanadi.
Ta’lim olish huquqi: 
ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim   tashkilotlarida   innovatsion   faoliyatni   qo‘llab-quvvatlash   va   o‘quv
dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish; 
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki,
masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni
bepul olish;
oilada   yoki   mustaqil   o‘qish   orqali   ta’lim   olgan   fuqarolarga,   shuningdek
umumiy   o‘rta   ta’lim   olmagan   shaxslarga   akkreditatsiyadan   o‘tgan   davlat   ta’lim
muassasalarida   eksternat   tartibida   attestatsiyadan   o‘tish   huquqini   berish   orqali
ta’minlanadi.
Pedagog   xodimlarning   maqomi   jamiyat   va   davlat   tomonidan   tan   olinadi.
Pedagog   xodimlar   ijtimoiy   qo‘llab-quvvatlanadi,   o‘z   kasbiy   faoliyatini   amalga
oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy
shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga
oshirish uchun kafolatlar beriladi. 
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati
va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi. 
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga,
ta’lim   oluvchilarning   bilimlarini   to‘g‘ri   va   xolis   baholashga   ta’sir   ko‘rsatishga,
shuningdek   ushbu   pedagog   xodimlarning   xizmat   majburiyatlarini   bajarishiga
to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.  Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
o‘quv   dasturlari   doirasida   mualliflik   dasturlarini   ishlab   chiqish   va   joriy
etish,   o‘qitish   uslubiyotini   ishlab   chiqish,   shuningdek   tegishli   o‘quv   fanlari,
kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish;
zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini
erkin tanlash hamda ulardan foydalanish;
kasbiy   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   ularga   zarur   shart-sharoitlar
yaratilishini talab qilish;
o‘quv,   ilmiy   va   uslubiy   yo‘nalishlardagi   axborot-resurs   markazlarining
xizmatlaridan bepul foydalanish;
davlat   ta’lim   standartlarini,   davlat   ta’lim   talablarini,   malaka   talablarini,
o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ilmiy,   ilmiy-tadqiqot   va   ijodiy   faoliyatni   amalga   oshirish,   eksperimental
faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish; 
ta’lim   tashkilotini  boshqarishda,   shuningdek  ta’lim   tashkilotining faoliyati
bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
kasaba   uyushmalari   va   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   a’zosi   bo‘lish,
xodimlarining   vakillari   bo‘lish,   fuqarolik   jamiyati   boshqa   institutlari   faoliyatida
qatnashish;
o‘z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya
qilish uchun pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;
o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
davlat   sog‘liqni   saqlash   muassasalarida   bepul   tibbiy   ko‘rikdan   o‘tish
(davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari uchun);
ta’lim   oluvchilarning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilishda
ishtirok etish. 
Oldingi   tahrirga   qarang.
Pedagog   xodimlar   qonunchilikka   muvofiq   boshqa   huquqlarga   ham   ega
bo‘lishi mumkin. ( 45-moddaning beshinchi qismi   O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi   O‘RQ-683-sonli   Qonuni   tahririda   —   Qonunchilik   ma’lumotlari   milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Pedagog   xodimlarni   ularning   lavozim   majburiyatlari   bilan   bog‘liq
bo‘lmagan har qanday boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi.
Ta’lim   tashkilotlarining   xodimlarini   ijtimoiy   himoya   qilish   davlat
tomonidan kafolatlanadi. 
Ta’lim   tashkilotlarining   pedagog   xodimlariga   qisqartirilgan   ish   vaqti
davomiyligi   belgilanadi,   haq   to‘lanadigan   har   yilgi   uzaytirilgan   ta’til   va   boshqa
imtiyozlar va kafolatlar taqdim etiladi.
Ta’lim   tashkilotlarining   pedagog   va   boshqa   xodimlariga   sanitariya-
gigiyenaga   oid,   epidemiyaga   qarshi   hamda   profilaktika   choralari   bilan   amalga
oshiriladigan sog‘liqni saqlash kafolatlanadi.
Ta’lim   tashkilotlari   mehnatga   haq   to‘lash   uchun   mavjud   bo‘lgan
mablag‘lar   doirasida   mustaqil   ravishda   ish   haqiga,   lavozim   maoshlariga
tabaqalashtirilgan   ustamalar   belgilashga   va   mehnatga   haq   to‘lash   hamda   uni
rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli. Xulosa
O ‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich 
Karimovning millat kelajagi yo‘lida ko‘rsatgan shijoati taqsinga sazovor. Bu kun 
tarix zarvaraqlariga oltin harflarda yozildi. Chunki 1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston 
Respublikasining Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. Binobarin, o‘zbek xalqi 
mustabid zanjirlaridan ozod etilgan edi. Bundan soddadil xalqimizning ko‘ksi 
tog‘dek ko‘tarildi.
Mustabid tuzum davrida xizmat ko‘rsatgan ko‘plab korxona va tashkilotlar sobiq 
sho‘ro hukumatiga qarashli bo‘lib, mustaqillik e’lon qilingach, bu korxonalar birin-
ketin ko‘ch-ko‘ronlarini yig‘ishtirib ortlariga qaytib ketishgan edi. Natijada asosiy 
tirikchiligi dehqonchilik bo‘lgan xalqimiz, bunday texnikalarni ishlab chiqarishga 
qodir emas va o‘z o‘rnida bu korxona ishlarini yuritishdan bexabar edilar. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonning oldida bir qancha kechiktirib 
bo‘lmaydigan ustuvor vazifalar bor ediki, bularsiz xalq ongini shaklantirish 
mushkul vazifaga aylandi.
Avvalo, xalqimizni ongini uyg‘otish, mustabid tuzumdan batamon sug‘urib olish, 
ularni qalbiga yo‘l topa olish bu ulkan vazifalardan biridir. Yurtboshimiz Islom 
Karimov tomonidan xalq irodasi, o‘zligi, milliy qadriyatlari va eng avvalo 
mustaqilligi hadya etildi. Milliy bayramlarning tiklanishi, din erkinligi, buyuk 
ajdodlarimiz xotiralari va ularning qutlug‘ qadamjolariga birinchi galda e’tibor 
qaratilib, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan eng azaliy orzu-umidlari tiklandi. 
Endi xalqimiz qanday yashashni, zulmatni yorug‘likdan ajratishni bildi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat mafkura 1 . Islom Karimov.
2.   O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida yohud Sho‘ralarning so‘ngi 
talvasasi.   Islom Karimov so’zlagan nutqi, 1991.
3.   O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqqiyot yo‘li . Karimov I.A. T, 1992y, 13 
bet.
4.   O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat mafkura.   T. 1996y, 82-bet.
5.   O’zbekistonda ta’lim statistikasi.   2015y.
6.   mfa.uz, dtm.uz
7.  WWW.LEX.uz

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMAMASINING TA’LIM SOHASIDA KAFOLATLARI Reja: I Kirish II O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi qonunlar hamda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar 1 Ta’lim to’g’risidagi qonun 2. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi III O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamamasining ta’lim sohasida kafolatlari 1 Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari haqidagi qonun 2. Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlati haqidagi qonun IV Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish Hozirda O‘zbekistonda ta’lim sohasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Yaqin o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, sovet mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston hududida sanoqli ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning aksariyati talab darajasida bo‘lmagan. Ularda yetishib chiqgan mutaxassislar mamlakat aholisining juda oz qismini tashkil etgan. Ba’zi hollarda odamlar savodsiz hatto oralaridan umumiy 11 yillik ta’limni egallamaganlari ham bor edi. Bu sovet hukumatining chuqur o‘ylangan nayrangi bo‘lib, o‘zbek xalqi uchun yod bo‘lgan komunistik mafkura bilan millat ongini zabt etishga harakat qilgan. Shu asnoda xalqni qaramlikda, kuchli tazyiq ostida tutib turish, ularning pirovard maqsadi bo‘lgan. Ammo ularning ko‘zlagan rejasi amalga oshmadi, ozodlik ruhi ostida kamol topgan xalqimiz mustaqillik uchun kurash olib bordi va uzoq kutilgan kunga erishdi. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab har bir sohaga ulkan e’tibor qaratildi shu bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham tub burilish yuz berdi. Yildan yilga yoshlarga ko‘rsatiladigan e’tibor ortib bordi. Jumladan, jahonning sanoqli mamlakatlaridagina mavjud majburiy 12 yillik bepul ta’lim tizimi yaratildi. Bir qancha oliy ta’lim muassasalarini biz kabi yoshlarni chuqur ta’lim olishi uchun eng ilg‘or ta’lim texnologiyaliri bilan jihozlandi. Buning samarasi o‘laroq, o‘zbek yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib kelmoqda. Yurtboshimiz har bir nutqida: “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” deb takror va takror ta’kidlab kelmoqdalar. Buni biz kabi yoshlarga bildirilgan yuksak darajali ishonch deb bilaman. Buguni o‘tmishidan, ertasi bugunidan nurafshon bo‘ldan yurtda yashayotganimdan faxrlanaman.

II O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi qonunlar hamda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar Har bir mamlakat o‘z mezonlari asosida ta'lim tizimi tamoyillarini belgilaydi. Ana shu jihatdan turli davlatlarda ta'lim olish imkoniyatlari turlicha bo‘ladi. Tizimga asos solinayotgan paytda mamlakatning tarixiy an'analari, bugungi kun talablari, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj darajasi, iqtisodiy, ijtimoiy imkoniyat va qonuniyatlari inobatga olinadi. Jahon mamlakatlari ta'lim tizimiga nazar tashlar ekansiz, ba'zida ibratli, gohida hayratlanarli holatlarga duch kelasiz. Shunday ta'lim tizimiga ega davlatlardan biri Lyuksemburgdir. Bilasizmi, bu yerda oliy ta'lim muassasalari umuman mavjud emas. To‘g‘ri, mamlakatda 4 ta institut faoliyat ko‘rsatadi. Ularning barchasi davlatga tegishli. Biroq ular haqiqiy ma'nodagi oliy akademik ta'lim beruvchi muassasalar hisoblanmaydi, balki ko‘proq kasbiy ta'lim yo‘nalishidagi institutlar vazifasini bajaradi. Ta'lim tizimi haqida gapirsak... Lyuksemburg ta'lim tizimi 1912 yildan buyon (shu yili tizimga asos solingan) o‘zgarmagan. 16 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar ta'lim olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim. O‘qish jami 11 yil davom etadi. Bu muddat ichiga 2 yillik tayyorlov kurslari ham kiritilgan. Xalq ta'limi tizimi 4-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan maktabgacha muassasalardan boshlanadi. Keyingi bosqich esa boshlang‘ich majburiy maktablardir. Ularda o‘qish muddati 6 yil (6 -12 yosh). Mazkur bosqichda bepul ta'lim beriladi. Maktablar davlatga qarashli yoki xususiy muassasa bo‘lishi mumkin. Bola 12 yoshida o‘rta maktabga boradi va unda 3 yil tahsil oladi. Mamlakatda o‘rta ta'lim umumiy va ikkinchi darajali texnik ta'limga bo‘linadi. Shuningdek, o‘rta maktab ta'limi klassik va zamonaviy litseylarda

ham amalga oshiriladi. O‘qish klassik litseylarda 7 yil, zamonaviy litseylarda 6 yil davom etadi. Bunday maktablar pulli asosda ta'lim berib, u yerda o‘qish majburiy hisoblanmaydi. O‘quv yili oktyabrda boshlanib, iyul oyida yakunlanadi. Kamida uchta chet tilini bilishadi Majburiy maktabda ta'lim nemis tilida olib boriladi. O‘rta maktabda esa darslar frantsuz tilida o‘tiladi. Frantsuz tili xuddi shu tartibda majburiy maktablarda ham o‘rgatiladi. Aytish lozimki, xorijiy tillarni o‘rganishda bolalar ham, kattalar ham davlat tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanadi. Buning uchun Lyuksemburg tillar markazi doimiy xizmatda. Ushbu markazning oddiy til markazlari qatorida emasligini ta'kidlash lozim. U shunchalar mashhurki, muassasa barcha murojaat etuvchilarga ham "labbay" deyishga imkon topolmay qoladi. Markaz til o‘rganish uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklar, jumladan, bepul kompyuter ta'limini berish imkoniyatiga ega. Davlat tomonidan ko‘rsatilgan yordam hamda fuqarolarning intiluvchanligi samarasi o‘laroq, mamlakat fuqarolarining deyarli har biri kamida 3 tadan xorijiy tilni o‘zlashtirgan. 1798 yildan buyon ishlayotgan kutubxona Yuqorida aytilganidek, Lyuksemburgda oliy o‘quv yurtlari yo‘q. 1969 yilda xorijiy universitetlarga o‘qishga tayyorlovchi universitet markazi ochilgan. Mazkur markazda o‘qishni yakunlagach yoshlar chet davlatlari oliy o‘quv yurtlarining 2-kursiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, bu yerda 1973 yilda asos solingan Mehnat universiteti kabi bir necha universitet yoki institutlar bor, ammo ularda to‘la maxsus ma'lumot berilmaydi. Mamlakatda bir necha kollej va konservatoriya bor. Shu bilan birgalikda shaharda 1798 yildan buyon ishlab kelayotgan Milliy kutubxona mavjud bo‘lib, uning jamg‘armasi g‘oyat katta. Milliy muzey ham xuddi shu

yerda joylashgan. Bundan tashqari, Tabiatshunoslar jamiyati va Buyuk gertsog instituti ham faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu institutda tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar, adabiyot va san'at sektsiyalari mavjud. Qaerda mutaxassis bo‘lishadi? Lyuksemburgda mavjud muhandis-texniklar yoki boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari kurslari yoki 2 yillik amaliy kurslar bitiruvchilarining nufuzi nihoyatda baland. Ular uchun ishga joylashish yoki dunyoning biror boshqa mamlakatida o‘qishni davom ettirish uchun hech qanday qiyinchiliklar bo‘lmaydi. Ammo ular oliy ma'lumotli mutaxassislar hisoblanmaydi. Agar to‘liq oliy ta'lim olish xohishi bo‘lsa, u holda fuqarolar universitet ta'limining 1-kursini Lyuksemburgda o‘qiydilar, keyin esa Frantsiya yoki Belgiyaning biror universitetiga o‘tishlari mumkin. Ana shu tarzda Lyuksemburg fuqarolari akademik ta'limni xorijda oladilar. O‘rta hisobda chegara ortida ta'lim oluvchilar soni 3,2 ming nafardan (2002) ortadi. Lyuksemburgliklar uchun oliy ta'lim olishda eng ma'qul ko‘rilgan mamlakatlar - Belgiya, Frantsiya, Germaniya, Avstriya va Buyuk Britaniya. Xo‘sh, mamlakat fuqarolari nima asosda oliy ta'limni xorijda olish yoki u yerdagi o‘qishni bir yo‘la ikkinchi kursdan boshlash huquqiga ega bo‘ladi? O‘z rivojining asosiy kaliti va tayanch nuqtasi sifatida ta'lim sohasini ko‘rgan Yevropa mamlakatlari Yevropa oliy ta'lim hududini yaratish uchun salmoqli ishlarni amalga oshirgan. 1998 yil 25 mayda qabul qilingan Sorbon deklaratsiyasi universitetlarning Yevropa madaniy qadriyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta'kidlab ko‘rsatdi. Bu hujjat Yevropa oliy ta'lim Hududini yaratish imkonini berdi. Undan ko‘zlangan maqsad qit'aning umumiy rivoji uchun malakali mutaxassislarni yetkazib berish bo‘ldi.