“Oq do'ngpeshona (Hypophthalmichthys molitrix) va chipor do'ngpeshona (Hypophthalmichthys nobilis) baliqlarining bioekologiyasi

![Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Dunyoda chuchuk suv tanqisligi borgan sayin
muammoga aylanib bormokda, bu esa mavjud barcha suv zaxiralaridan, shu
jumladan irrigasiya tizimi suv xavzalaridan samarali foydalanishni takozo
etadi. Ayniksa, suvdan kompleks foydalanish sharoitida baliqchilik tarmoFini
rivojlantirish masalalari dunyo xamjamiyatini tashvishga solmokda. Misol
tariqasida, baliq mahsuldorligini oshirishda ichki suv xavzalaridagi
ixtiofaunani sun`iy shakllantirish baliq zaxiralari juda nochor hamda qit`aning
ancha ichkari qismida joylashgan Orol dengizi kabi suv xavzalarida juda
muhimdir. Shundan kelib chiqib, baliq maxsuldorligini oshirishda yaylov
akvakulturasi sharoitida dungpeshona baliqlardan foydalanish
texnologiyalarini yanada takomillashtirish muhim ilmiy-amaliy axamiyat kasb
etadi.
Jahonda o`simlikxo`r baliq turlari tropik va mu`tadil iqlimning janubiy
xududlari yaylov akvakulturasi sharoitida yetishtiriladigan muhim baliq
obyektlaridan biri sifatida tan olingan. Bu esa polikultura sharoitida
yetishtirilayotgan baliqlar suv xavzasi tabiiy ozuka bazasidan samarali
foydalanish xamda nisbatan kiska vakt mobaynida ozuka uchun kushimcha
xarajatlarsiz baliq maxsuldorligini sezilarli darajada oshirish imkonini
bermokda. Natijada, tropik mamlakatlar (Xindiston, Xitoy, Bangladesh,
Vetnam) ko`pincha kichik (500-1000 ga) va, xatto, vaqtinchalik paydo bo`lgan
suv xavzalarida xam bir yil muddatda baliqlarni yyetishtirishga erishmokda.
Ko`l va suv omborlarga boy bo`lgan mu`tadil iqlimli mamlakatlarda (Rossiya,
Belorussiya, Polsha) da esa baliqlarni bokish bir necha yilga chuzilishi
mumkin [37; S.3-4]. Birok juda kup suv xavzalarida ozuka zanjirining
dastlabki bu Finini band etgan bu baliqlar uzlarining biologik xususiyatlariga
kura tabiiy kupaya olmaydi, kolaversa ushbu texnologiya uta zonallik
xususiyatiga ega. Bu urinda, xar bir xududning tabiiy-iqlim sharoitini xisobga
olgan xolda, suv xavzasida foydalanilayotgan texnologiya sharoitida
dungpeshona baliqlar usishi va rivojlanishi, morfologiyasi, yosh-o`lchov
2](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_2.png)





![1. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1. Oq do`ngpeshona balig`ining bioekologiyasini o ` rganilish tarixi .
Do`ngpeshona baliqlar (lotin. Hypophthalmichthys) — karpsimon
baliqlar oilasining (Cyprinidae) chuchuk suvlarda yashaydigan turkumi
vakillari hisoblanadi. Avvallari, ular Hypophthalmichthyinae kenja oilasi
tarkibida Hypophthalmichthys va Aristichthys turkumiga ajratilgan. Ushbu
turkumning hozirgi vaqtda uchta turi va bitta qirilib ketgan turi mavjud.
Do`ngpeshona baliqlarning vatani Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo daryolari
sanaladi [42].
Hozirgi vaqtda mavjud bo`lgan oq (Hypothtalmichthys molitrix) va
chipor do`ngpeshona (Hypothtalmichthys nobilis) turidan ikki maqsadda,
ya`ni akvakulturada yyetishtirish va biomeliorator sifatida faol foydalaniladi.
Oq do`ngpeshona fitoplankton organizmlar bilan oziqlanadi. Eng muhimi ular
ko`k-yashil suv o`tlaridan foydalanadi, bu suv o`tlar moddalar almashinuvi
mahsulotlari zaharli xususiyatga ega shu jumladan baliqlar uchun ham. Oq
do`ngpeshona baliqlar suv havzalarining biologik ifloslanishining oldini oladi.
Ekologik nuqtayi nazardan olib qaraganda tez o`suvchi va ozuqa zanjirining
dastlabki bo`g`inlarini band etgan baliqlar ekstensiv va yarim intensiv
akvakultura uchun qulay obyekt hisoblanadi. Bu xususiyat ayniqsa, tropik va
mo`tadil iqlim zonasining janubida muhim ahamiyatga ega [92,].
O`zbekistonning mahalliy ixtiofaunasida obyektiv sabablarga ko`ra sof
o`simlikxo`r baliqlar uchramaydi (tarixiy geologik jarayonlar natijasida Tetis
dengizi tubi ko`tarilgan Osiyo tog`lari esa Hind tekislik kompleksi
o`simlikxo`r baliqlarining bizning hududga o`tishiga yo`l bermagan) shuning
uchun ham mazkur turlar istiqbolli sanaladi.
Do`ngpeshona baliqlar turli qit`alardagi ko`plab mamlakatlarda
iqlimlashtirilgan. Bir qator yirik daryolarda (O`rta Osiyodagi Sirdaryo,
Amudaryo, MDH dagi Kuban, Dnestr, Vyetnamdagi Qizil, AQSh dagi
Mississippi, Missuri, Ilinoys daryolari va boshqalar) har ikki tur qulay sharoit
topdi, ota-ona baliqlar to`dasini shakllantirib tabiiy ko`paya boshladi.
8](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_8.png)

![omborlarida, ko`llarda oq do`ngpeshona tabiiy ko`payish uchun sharoit topa
olmaydi.
Do`ngpeshona baliqlarning tanasi e nidan siqilgan. Ko`zlari boshining
past qismida o`rnashgan va og`iz burchaklariga kirib boradi. Qornida
tomog`idan anal teshigigacha o`tkir kil o`tgan. Kil qornida ko`pincha
tangachalar bilan qoplanmagan bo`ladi. Halqum tishlari bir qator joylashgan.
Tanasining ranggi yonidan qorin tomonga kumushsimon, yelka qismi
ko`lrang-yashil tusda. Tangachasi mayda, kumushsimon bo`ladi [24; 32].
Yelka suzgich qanotida III ta qattiq sho`lasi bor. Yelka suzgich
qanotidagi yumshoq shoxlangan sho`lalari soni Osi yo mamlakatlarida 8 ta,
MDH mamlakatlarida 7 ta ekanligi qayd etilgan. Anal suzgich qanotida qattiq
sho`lalar soni 2-3 ta, yumshog`i esa 13 – 15 ta, O`zbekiston suv havzalarida
esa 12-14 ta. Tarqalish arealidagi va ko`chirib o`tkazilgan suv havzalarida yon
chizig`idagi tangachalar soni 83-125 ta, respublikamiz suv havzalarida 100-
125 ta tangachasi bo`ladi. Halqum tishlari bir qator bo`lib joylashgan va
formulasi 4-4 ko`rinishida [21; 95; 124]. Jabra ustunchalari to`r shaklida
o`sgan, do`ngpeshona u orqali suvni sizib o`tkazadi.
Yirik, to`da hosil qiluvchi pelagik baliq. Tanasining uzunligi ayrim
holatlarda 1 metrgacha va og`irligi 50 kg ga yetadi. Adabiyotlarda undan ham
katta vakillari uchrashi haqida ma`lumotlar uchraydi. Ko`l va suv omborlarida
yashaydigan vakillari urchish uchun ularga qo`yiladigan yirik daryolar va
kanallarga ko`tariladi. Do`ngpeshona baliqlar yashash uchun tubi loyqa va
yumshoq o`simliklar bilan qoplangan joylarni tanlaydi, odatda bunday
joylarning chuqurligi 3–3,5 metrdan oshmaydi. Kun chiqishi va botishi
oldidan do`ngpeshona qirg`oqqa yaqinlashadi, kunduz kuni esa qirg`oqdan
uzoqlashadi (ustoz T.V. Salixov bilan juda ko`p marta buning guvohi
bo`lganmiz). Ochiq suv havzalarida ular qumlik sayoz joylarida va suvi tinch
oqadigan joylarida hayot kechiradi [72;].
Juda yuqori ekologik plastiklik xususiyatga ega, bu esa o`z navbatida
turning ekvatorial, tropik va mo`tadil kengliklardagi suv havzalarining har xil
10](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_10.png)
![sharoitlarga moslasha olishiga imkon yaratgan. Shuning natijasi o`laroq
turning jinsiy voyaga yetish tezligida katta farq borligi aniqlangan. Tropik
mamlakatlar sharoitida 2 – yoshlik, O`zbekiston va mo`tadil iqlim janubida
joylashgan mamlakatlarda 3-4 yoshda, Rossiya, Belorus, Ukraina va Yevropa
malakatlarida 5-7 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Urchish mavsumi suv harorati
18-20o S ga yetganda boshlanadi va may-iyun oylaridagi daryo sathining
keskin ko`ratilish vaqtiga to`g`ri keladi. Ikrasini suv oqimining po`rtana hosil
qiladigan joylariga tashlaydi. Ikrasi pelagik bo`lgani tufayli suvda shishadi va
o`lchami kattalashadi va oqim bilan pastga oqib ketadi. Ikrasi turg`un (oqim
yo`q) joylarga tushib qolsa cho`kadi va o`ladi. Ikrasining rivojlanishi uchun
100 va undan ko`p km masofa kerak bo`ladi. Serpushtligi juda yuqori,
og`irligi 20 kg gacha bo`lgan baliqlarda bu ko`rsatkich 6 milliongacha,
og`irligi 8 kggacha bo`ladigan hovuz baliqlarida 1,5 million ikraga yetadi.
Rossiya, Belorus, Yevropa mamlakatlarida absolyut mutlaq serpushtligi 600
mingdan 1 milliongacha yetishi ko`rsatib [16; C.103-106, 44; S.172–173, 48;
S.173 – 174].
Oq do`ngpeshonaning voyaga yetganlari faqat fitoplankton bilan
oziqlanadi, bu ozuqa zahirasi respublikamizning tekislik qismidagi deyarlik
barcha suv havzalarida doimo uchraydi. Fitoplankton bilan oziqlangani sababli
ularning jabra apparati va oziqlanish tizimi o`ziga xos tuzilishga ega. Jabra
ustunchalari bir-biriga juda yaqin joylashgan va ko`ndalang to`siqlari bo`ladi
va suv o`tlari xujayralarini tutib qolish uchun mayda to`r hosil qilgan va
shoxsimon qobiq bilan o`ralgan (boshqa karpsimon baliqlardagi kabi emal
bilan emas) halqum tishlari yordamida yumshoq shilimshiq qobiqqa o`rab
luqma hosil qiladi. Ozuqa luqmasi ichakka o`tkaziladi, ichagining uzunligi
tanasining uzunligidan 10-13 marta ortiq. Uzun ichak bo`ylab harakatlanish
barovarida ozuqa obdon hazm bo`ladi hamda yaxshi o`zlashtiriladi. 2 –
yoshlik va undan katta oq do`ngpeshona baliqning bir kunlik rasioni tanasi
og`irligining 70-80 % ini tashkil qiladi, ozuqa koeffisiyenti esa 30 birlik
atrofida bo`ladi. Ozuqa tarkibidagi fitoplankton ulushi 90 % tashkil qilishi
11](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_11.png)
![mumkin. Fitoplankton bilan oziqlanishga tanasining uzunligi 3,5 smga
yetganda o`tadi. Diatom va yashil suv o`tlarini xush kuradi. Ko`k yashil suv
o`tlarini ham iste`mol qilishi mumkin bu uni turli tipdagi suv havzalarini
tozalashda muhim biomelioratorga aylantiradi.
Oq do`ngpeshona muhim ovlanish ahamiyatiga ega bo`lgan baliq,
shuning uchun Xitoyda bu baliq 2 ming yildan oshiq vaqt mobaynida
hovuzlarda yetishtirib kelinmoqda. Shuningdek, bu baliq akvakultura, baliq
ovlash obyekti ham sanaladi, ko`pincha undan suv havzalarini suv o`tlaridan
shu jumladan, ko`k-yashil suv o`tlaridan tozalashda biomeliorator sifatida
foydalanishadi. Hozirgi vaqtda turli mamlakatlar ichki tabiiy suv
havzalaridagi sanoat ovining, akvakulturaning shuningdek, dunyo hovuz
baliqchiligining muhim obyekti sanaladi[61]. (1.2 – rasm).
1.2 – rasm. Dunyoda oq do`ngpeshona balig`ini yetishtirish hajmi (BMT FAO
ma`lumotlari bo`yicha)
Antropogen ta`sir natijasida suv havzalarining evtrofikasiya sharoitida
(dunyoning juda ko`p malakatlarida dolzarb bo`lib bormoqda) dunyoda bu
baliq turidan samarali biomeliorator sifatida foydalanishga ko`proq e`tibor
berila boshlandi. Og`zidagi suzgich apparati yordamida oq do`ngpeshona
12](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_12.png)
![«gullab» qolgan yashil va loyqa suvlarni filtrlaydi va suvni yoppasiga
gullashidan, shu jumladan, ko`k-yashil suv o`tlari bilan ifloslanishdan asraydi.
Bu yirik, to`da hosil qiluvchi baliq bo`lganligi sababli uning tozalash
samadorligi juda yuqori va har-xil tipdagi suv havzalari, shu jumladan,
xiyobon, rekreasiya zonalari, irrigasion va energetik maqsadlardagi suv
havzalarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Do`ngpeshona balig`i go`shti mazali hamda yog`lik. Diyetik oziqlarning
muhim va qimmatbaho obyekti bo`lishi mumkin. Do`ngpeshona baliq chuchuk
suvlarda yashaydigan va dengiz baliqlariga o`xshab qondagi xolesterin
moddasini kamaytiruvchi yog` moddasiga ega bo`lgan yagona baliq.
Go`shtining tarkibidagi yog` miqdori 4,5 do 23,5%, o`rtacha miqdori — 8,3—
13,1%. Yog`lilik darajasi tanasining o`lchamlari oshishi bilan ko`payib boradi.
Oq do`ngpeshonalardan foydalanishdagi asosiy cheklov uning barcha
mamlakatlarning ko`plab suv havzalarida o`z-o`zidan tabiiy ko`payishi uchun
sharoitning yo`qligi sanaladi. Ushbu tur pelagofil ularning tabiiy urchishi
uchun uzoq masofaga suv oqimining keskin ko`payishi talab etiladi.
Urug`langan ikra shishib suv yuzasiga chiqadi va suv oqimi bilan 100
kmgacha masofani bosib o`tadi [32; B.136]. Shunday qilib bu baliq to`dasini,
hovuzlarda sun`iy usulda olinib parvarishlanayotgan chavoqlarini suv
havzasiga o`tkazish orqali saqlab turish mumkin.
Tez o`sadigan, to`da hosil qiluvchi, pelagik baliq bo`lib o`lkan
hajmlargacha kattalashadi, ayrim holatlarda tanasining uzunligi 1,5 metr va
tanasining og`irligi 70 kgdan ortiq o`lchamlarda uchrashi qayd etilgan.
Iliq suv balig`i, suvining harorati 0.5-38 °C oralig`ida bo`ladigan, ko`l,
suv ombori, yirik dar yo larda yashaydi.
Dunyo adabiyotida turli geografik sharoitlarda oq do ngpeshonaʼ
urg ochi baliqlari 2-6 yoshida, chipor do ngpeshona 2-8 yoshida birinchi
ʼ ʼ
marta jinsiy voyaga yetishi ko rsatib o tilgan. Umuman olganda jinsiy voyaga
ʼ ʼ
yetish tezligida to g ri bog liqlik bor: suv harorati qanchalik sovuq bo lgan
ʼ ʼ ʼ ʼ
13](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_13.png)
![sharoitda o ssa oq va chipor do ngpeshona baliqlari birinchi marta jinsiyʼ ʼ
voyaga yetish tezligi shunchalik sekinlashadi [41; R.98-103].
А QSh ning tropik sharoitlaridagi Missuri daryosi havzasida oq
do ngpeshona urg ochi va erkak baliqlari 2-yoshida birinchi marta jinsiy
ʼ ʼ
voyaga yetadi. Shu bilan birga ushbu sharoitlarda jinsiy voyaga yetish
tezligida populyatsiya ichidagi o zgaruvchanlik kuzatilgan, ya ni bir qism
ʼ ʼ
avlodlari 3-yoshlik davrida birinchi marta jinsiy voyaga yetadi [38; R.38]. Bu
ham oq do ngpeshonada ham chipor do ngpeshona baliqlarda kuzatilgan.
ʼ ʼ
1.2. Chipor do`ng peshona balig`ining biologiyasini o ` rganilish tarixi .
Chipor do`ngpeshona- Tinch okeaniga qo`yiladigan osiyoning uzoq sharq
daryolari vakili, O`zbekistonga oq do`ngpeshona va oq amur chavoqlari bilan
birgalikda 1960 yillarning boshida tasodifan kelib qolgan. Tovar xususiyatlari
natijasida baliqchilik xo`jaliklari polikultura sharoitida yetishtirila boshlandi
va respublikamizning tekislik qismidagi suv havzlarida keng tarqaldi.
O`tkazilgan suv havzalarida juda yaxshi o`sadi. O`z-o`zidan tabiiy
ko`payadigan to`dasi faqat Amudaryo va Sirdaryoning o`rta oqimida
shakllangan [72; B.136]. Boshqa suv havzalarida to`dasini faqat baliqchilik
xo`jaliklarida yetishtirilgan chavoqlarini muntazam ravishda o`tkazib turish
orqali saqlab qolish mumkin.
Chipor yoki janubiy do`ngpeshona (Lotin Hypophthalmichthys nobilis),
odatdagi turidan farqli o`laroq, bir-biri bilan birlashmaydigan jabra
qilchalariga ega va shuning uchun baliqlar ham zooplankton, ham
fitoplanktonni iste`mol qilish qobiliyatiga ega. Ushbu qobiliyat tufayli
karpning bu vakili tezda o`sadi va yaxshi vaznga ega bo`ladi. Masalan,
bizning iqlim zonamizda etishtiriladigan bighead sazanining hosildorligi
gektariga 6 (!) Tsentnerga va undan ham ko`proqga yetishi mumkin.
Shu bilan birga, ushbu baliqlarning kunlik ovqatlanishi o`z vaznining
40% gacha bo`lishi mumkin.
14](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_14.png)
![Oq do`ngpeshona baliqdan farqli tarzda jabra ustunchalari erkin, kil faqat
qorin suzgich qanotlari asosi ortida mavjud, halqum tishlarining chaynovchi
yuzasi to`liq emas, tanasining rangi chipor tusda.
Chipor do`ngpeshona oositlarining jinsiy voyaga yetishi sinxron tarzda
amalga oshadi va o`n yillar davomida har yili bir marta ko`payadi. Ko`payishi
bahorning oxiri va yozning boshiga to`g`ri keladi. Ota-ona baliqlar to`dasi
ko`llar va katta daryolarning quyi qismidan oqim bo`ylab bahorgi toshqin
vaqtlarida kutariladi. Shunday qilib, chipor do`ngpeshona yarim o`tkinchi
baliq. Turning ekologik plastikligi yuqori bo`lganligi sababli ekvatorial suv
havzalaridan tortib to mo`tadil iqlimli zonalarning o`rta qismigacha tarqalgan.
O`sishi, jinsiy voyaga yetishi bo`yicha bu turda ham katta farq borligi
kuzatilgan. Ekvatorial va tropik mamlakatlarda 2 – yoshida, Orol dengizi
havzasida va mo`tadil iqlim zonasining janubiy qismida va subtropik
mamlakatlarda 3-4 yoshida, Rossiyaning janubida, Ukraina suv havzalarida 4-
5 yoshida birinchi marta jinsiy voyaga yetadi. Ko`payish xususiyatlari
bo`yicha oq do`ngpeshona va oq amurga o`xshaydi, shu bilan birga daryolarda
o`tadi faqat ulardan biroz keyinroq. Urchishi suv harorati 18-20 o
19 0
C ga
yetganda, daryodagi suv sathi keskin ko`tarilgan may-iyun oylariga to`g`ri
keladi. Ikrasini daryo oqimi po`rtana hosil qiladigan joylarga qo`yadi. Ikrasi
pelagik, suvda shishadi va hajmi kattalashadi va rivojlana boshlaydi va oqim
bo`ylab daryoning quyi qismiga suzib ketadi, bu baliqlarning ham ikrasi
turg`un suvli joylarga tushganda cho`kadi va o`ladi. Ikralari rivojlanishi uchun
daryoning 100 km va undan ortiq masofasidan oqim bilan oqib kelishi talab
etiladi. Serpushtligi juda yuqori, 20 kgdan og`ir bo`lgan baliqlarning
serpushtligi 6 milliongacha, 8 kg gacha og`irlikka ega bo`lgan hovuz
baliqlarining serpushtligi 1 milliongacha yetadi [21; S.9, 72-75; 42; R.5-9].
Muhim ovlanish ahamiyatiga tur, jahon akvakulturasida yyetishtirish
hajmiga ko`ra dastlab o`rinlarni egallaydigan 5 turdan biri hisoblanadi.
Shuningdek, dun yo hovuz baliqchiligining eng asosiy obyektlaridan biri. (1.3
15](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_15.png)
![– rasm). Ichki suv havzalariga baliqchilik xo`jaliklarida parvarishlanayotgan
chavoqlari muntazam tarzda o`tkazib turilsa sanoat ovi obyektiga aylanadi.
1.3 – rasm. Chipor do`ngpeshonaning jahon akvakulturasida yetishtiriladigan
miqdori. (BMT FAO ma`lumotlari bo`yicha)
Chipor do ngpeshona areali va hozirgi vaqtda tarqalgan hududlardaʼ
(ko plab mamlakatlarga introduktsiya qilish natijasida) jinsiy voyaga yetish
ʼ
tezligida sezilarli darajadagi geografik o zgaruvchanlik kuzatiladi.
ʼ
Hindistonda, Isroilda va Janubiy Sharqiy Osiyoda mazkur tur vakillari birinchi
marta 2 yoshida jinsiy voyaga yetadi, Xitoyning janubiy qismida 3-yoshida,
shimoliy qismida 8 yoshida, АQSh ning Missurri havzasida 3 yoshlik davrida,
Ruminiya va Ukrainada 6-9 yoshlik davrida jinsiy voyaga yetadi [58; P.1319 –
1329; 74; P21-34; 53; R.111-113].
Moskva atrofida chipor do ngpeshona jinsiy voyaga yetmasligi
ʼ
aniqlangan. O zbekistonda chipor do ngpeshona baliqlar hovuz baliqchiligi
ʼ ʼ
sharoitida jinsiy voyaga yetishi me riy tarzda amalga oshsada sezilarli
ʼ
darajadagi turli –tumanlik kuzatiladi ayrimlari 3 – yoshda birinchi marta jinsiy
voyaga yetsada, asosiy qismi 4-5 yoshida birinchi marta jinsiy voyaga yetadi
[50; S. 40-42].
16](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_16.png)
![Chipor do`ngpeshonaning boshi katta, suzgichlari katta va dumi uzun.
Voyaga yetganlar qora rangga yaqinroq rang bilan ajralib turadi. Yonlarda
dog`lar bor. Yosh baliqlarda teri va tangachalari oltin rangda. Baliq uzunligi
1,5 metrgacha o`sadi va uning maksimal vazni 40-60 kilogrammni tashkil
qiladi. Baliq uchun afzal ovqat fitoplankton hisoblanadi. Urug`lantirish
bahorning oxiri-yozning boshlarida, suvning harorati 18-30 darajaga etganida
sodir bo`ladi. Baliq yashash muhitiga qarab 2-6 yilgacha jinsiy etuklikka
erishadi. Maksimal unumdorlik Turkmaniston va Moldova suvlarida
kuzatiladi: bitta urg`ochi 600 mingdan 1 milliontagacha tuxum qo`yishi
mumkin. Har ikki turning urchishi suv sathining keskin kutarilib suv oqimi
kuchaygan bahor oylarida suvning harorati 18oS dan ko tarilganda boshlanadiʼ
va 30oS haroratgacha davom etishi mumkin. Bunday sharoitlar yirik Osiyo
daryolarida (eng avvalo Xitoyda), Shimoliy Аmerika (Missuri va Mississippi),
shu bilan birga ushbu daryolarning ham yuqori, o rta va quyi oqimlarida
ʼ
kuzatiladi [34; P.185-209; 39; R.1280-1282; 44; 45p; 511; R.367-369; 52;
P.4:20 -23]. Bir marta АQSh ixtiologlari mart oyining oxirida suv harorati
14°C ga qiziganda to laqonli urchish jarayonini kuzatishgan [74; P.381-382].
ʼ
Har ikki turda yuqori serpushtlik kuzatilgan. Tadqiqotlar o tkazilgan barcha
ʼ
regionlarda turli vakillarida kuchli o zgarib turadi, har ikki turda mutlaq
ʼ
serpushtlik ko rsatkichi bilan tana o lchamlari orasida ijobiy bog liqlik
ʼ ʼ ʼ
mavjud [28; C.96-105; 43; R.5-9].
Xususan, bunday holat Shimoliy Аmerikaning qisman sharqiy Illinoys
daryosida ham kuzatilgan [47; 1327-1334p]. U yerda 2004 yilda mahalliy
to da urg ochi baliqlar mutlaq serpushtligi chipor do ngpeshona baliqlarda
ʼ ʼ ʼ
180 dona ikraga oq do ngpeshona baliqlarda 280 dona ikrani tashkil etdi, 2004
ʼ
yil xitoy karp baliqlari uchun suv oqimi va urchishi uchun juda noqulay
kelgan. 2005 yilda esa aksincha, ham o sishi ham urchish davrida daryo
ʼ
oqimida juda qulay sharoit bo lgan. Shuning uchun mahalliy ota-ona to dasi
ʼ ʼ
mutlaq serpushtligi juda yuqori bo lib – 750 – 1600 ming donani tashkil qildi.
ʼ
Missuri daryosida noqulay 2004 yilda chipor do ngpeshona baliqing mutlaq
ʼ
17](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_17.png)
![serpushtligi bor-yo g i 4,7 – 473,2 ming dona ikrani, oq do ngpeshonaʼ ʼ ʼ
baliqlarda esa – 26,6 - 598,8 ming dona ikrani tashkil etgan. 2005 yildagi
qulay ob-havo sharoitida o sha to dadagi chipor do ngpeshona baliqlar mutlaq
ʼ ʼ ʼ
serpushtligi 274,9 – 3683 dona, oq do ngpeshonada esa – 274,9 – 3683,4 ming
ʼ
donani tashkil qildi [30; C.49-53; 44; R.45].
Erkin tabiiy yashash sharoitda har ikki tur daryolar yirik o zanlari,
ʼ
ko llar va suv omborlari hududini band etadi. Ularning o zi tabiiy holda
ʼ ʼ
ko plab suv havzalariga o tishgan shu bilan birga ularni biomeliorator sifatida
ʼ ʼ
suv havzalariga o tkazishadi. Lentik tipdagi suv havzalar sharoiti
ʼ
do ngpeshona baliqlar har ikki turi uchun qulay, chunki ularda tabiiy ozuqa
ʼ
bazasi tez va mo l-ko l rivojlanadi [31; C.26-29; 55; R.159-164]. Ushbu
ʼ ʼ
biologik xususiyatni bilgan holda To dako l suv ombori baliq pitomnigida
ʼ ʼ
chavoqlarni tez o stirish uchun yaxshi o g itlash ishlari amalga oshiriladigan
ʼ ʼ ʼ
va siyrak o stirish tig izligi qo llaniladigan hovuz polikulьturasi
ʼ ʼ ʼ
texnologiyasidan foydalanishadi. Birqator tadqiqotlarda suv havzasidagi oq va
chipor do ngpeshona baliqlar uchun qulay bo lgan suvning sifat
ʼ ʼ
ko rsatkichlari (Shimoliy Аmerika havzalari misolida) ko rsatilgan. Shu
ʼ ʼ
jumladan: suvning minerallashuvi – 726 mg/l gacha, suvda erigan kislorod
miqdori – 3 mg/litr dan ortiq, suv havzasi chuqurligi – 1,5 m, suv harorati 21 –
30oS, suvning tiniqligi – Sekki diski bo yicha 0,6 metrdan kam emas [35;
ʼ
R.38-41; 56; R.54-58]. Ko rinib turibdiki, To dako l suv omborida faqat
ʼ ʼ ʼ
suvning tiniqligi bo yicha sharoit har ikki tur afzal biladigan ko rsatkichdan
ʼ ʼ
sezilarli tarzda yuqori. Boshqa barcha ko rsatkichlar vegetatsiya mavsumida
ʼ
qulay.
Chipor do ngpeshona balig i bahorda suv harorati 16,1oS yuqori
ʼ ʼ
bo lgan, oq do ngpeshona balig i esa – 17,7oS bo lgan joylarda turadi.
ʼ ʼ ʼ ʼ
To dako l suv omboridagi bunday sharoit aprel oyining o rtalarida paydo
ʼ ʼ ʼ
bo ladi va yaylov akvakulьturasi uchun yaroqli qiladi. Yozda esa har ikki tur
ʼ
suv harorati 27oS bo lgan joylarda bo lishni afzal ko rishadi [32; 75].
ʼ ʼ ʼ
18](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_18.png)
![Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida tuproq hovuzlarida 4-6 oy
davomida tanasining uzunligi 10-12 sm ga yetguncha parvarishlanadi,
lichinkalarning chavoqqa aylanishi 90%. Keyin esa ular yaylov akvakulьturasi
havzasiga o tkaziladi. Chipor do ngpeshona baliq chavoqlari bir necha o nʼ ʼ ʼ
gektardan 1-2 ming gektargacha bo lgan suv havzalariga 170 – 750 dona/ga
ʼ
tig izlikda, oq do ngpeshona chavoqlari bundan biroz ko p miqdorda amalda
ʼ ʼ ʼ
barcha suv havzalariga (ko llar, suv omborlari) o tkaziladi. Suv havzasi
ʼ ʼ
o g itlanmagan sharoitda do ngpeshona baliqlar har bir turining baliq
ʼ ʼ ʼ
mahsuldorligi 150 – 400 kg/ga ni tashkil qiladi [26; 30; 35; 36; 39; 40; 44; 69;
66; 76;].
19](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_19.png)








![va qisqa, soylar ham kalta va kamsuv. Janubga qaragan yonbag`irlari esa,
uzun va sekin-asta pasayib, adir zonasiga tutashib ketadi. SHimoliy
yonbag`irlar tikligining sababini geologlardan Nalivning, Rijkov va boshqalar
tektonik ko`tarishlar shimol tomondan siqiq bilan ro`y bergan va tog`
etaklarida kuchli yoriqlar hosil bo`lgan deb tushuntiradi.
Samarqand botig`i atrofidagi tog`lardagi surilmalar o`pirilish, qulash va
boshqa gravitatsion jarayonlar M.X. Xalimov karst xodisalari
M.A.Abdujaborov, Z.S.Sultonov suffizion jarayonlar R.X.Xalimov ishlarida
bayon qilingan. [6.28]
Samarqand botig`ida uchtadan oltitagacha terrasalar ajratilgan (Tetyoxin,
1982). Botig`ning harbiy qismida Navoiy shahri atroflarida ikkita terrasa
yaxshi bilinadi. Samarqand shahri atroflarida ya`ni daryoning chap qirg`oqida
uchta terrasa, Panjikent shahri atrofida oltita terrasa yaxshi ajraladi. Terrasalar
vodiyda keskin chegara hosil qilib ajralmagan. Chegaralar ayrim joylardagina
yaxshi bilinib turadi. Masalan. Samarqand shahri yaqinida qayir daryodan 1,5-
2,5 metr balandlik (Aeroport), birinchi terrasa qayirdan 2,5-3,5 metr
balandlikda ajralib turadi. Ikkinchi terrasa tik jar hosil qilib, birinchi terrasa 3-
5 metr balandlikda yaqqol ajralgan. Samarqand shahri Zarafshonning ikkinchi
va uchinchi terrasalarida joylashgan. Uchinchi terasa toh oldi tekisligi bilan
sekin-asta qo`shilib ketadi. Panjikent yaqinida terasalar zinapoya hosil qilib,
relefda yaxshi ajralib turadi.
Terrasalarning tabiiy chegaralari ko`p joylarda tekislanib yuborilgan.
Vodiyda inson ta`sirida qator relef shakllari hosil bo`lgan. Bularga
qo`rg`onlar, kanallar, kanal yoki tuproq tizmalari, suv omborlari, hovuzlar,
ariqlar va boshqalarni kiritish mumkin.
Iqlimi. O`rta Zarafshon iqlimining shakllanishida uning geografik o`rni,
atrofdan keladigan havo oqimlari bilan Zarafshon va Turkiston tizmalarining
yaqinligi sharq tomondan baland tog` sistemalarining mavjudligi va g`arb
tomonning ochiqligi muhim rol o`ynaydi. Janubiy kenglikda joylashganligi
tufayli O`rta Zarafshon katta miqdorda quyosh isiqligini oladi. Quyosh
28](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_28.png)





![V- tangacha uzunligi (markazdan tangacha qirrasigacha)
Voyaga yetgan baliqlar yoshi va o`sishi Roza Li (1920) usullari orqali
bajarildi.
Ln= Vn
V (L-a)+a
L- Baliq uzunligi dum suzgichisiz
V- tangacha uzunligi (markazdan tangacha qirrasigacha)
Ln- n yoshdagi baliq uzunligi
Vn- yillik halqadan to tangacha markazigacha (n-yoshdagi)
a- tangacha hosil bo`lgunga qadar masofa
Bir halqa bilan ikkinchi halqa orasidagi masofa mikromer orqali MBS – 2
bilan 8x2, 8x4 orqali (okulyar , obyektiv 2,4) aniqlandi. Oraliq halqalar esa
―Biolam - Lomo ‖ okulyar mikromer 15x20 orqali hisoblab chiqildi.
Semizlik koeffitsenti quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Q= W ∗ 100
l 3
Q-semizlik koeffisenti
W – baliq og`irligi
l 3
– baliq uzunligining kubi
Baliq serpushlik koeffitsentini A.I. Bening taklif etgan formula bilan
aniqlandi.
n= LW
S
Bundan tashqari E.K. Suvorov, I.F. Pravdinlar tavsiya etgan usullardan
hamda Bantirovka qilish usullridan foydalanildi. [30, 44]
Statistika va o`rtacha qiymatlarni hisoblash uchun “MS Excel 2016”
dasturidan foydalanildi.
Bundan tashqari ota-ona oq amur baliqlarni tanlash va bantirovka qilish
texnоlogiyasi:
34](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_34.png)









![9-bosqich. Yoshi 4 soat 50 min. Mayda hujayrali morulasi (kech).
Perivitellin makonining shakllanishi tugallandi. Qopqoqning oxirgi diametri
4,32 dan 5,32 mm gacha.
10-bosqich. Yoshi 6 soat. Blastula hosil bo`lishining boshlanishi
kuztildi.
11-bosqich. Yoshi 7 soat 10 min. Sariq yuzasining blastodermadan
ajralib o`sishi boshlanadi.
12-bosqich. 10 yosh. Sariq tiqin hosil bo`lishi qayd etilgan. 10 soat.
13-bosqich. Yoshi 12 soat 10 minut. Sariq vilkasi yopiladi. Tana
rudimenti qalinlashgan valik shaklida bo`ladi, uning kengaygan bosh qismi
animal qutbidan boshlanadi va dumi vegetativ qutbda tugaydi.
14-bosqich. 15 soat yoshli. Ko`z pufakchalarining paydo bo`lishi,
xordaning shakllanishi va mezodermaning somitlarda paydo bo`lishi. Bosh
qismida miya pufakchalarini yotqizish boshlanadi.
15-bosqich. 18-soat yoshli. Ko`z stakanlarning paydo bo`lishi va
ko`zning rudimentlarida yoriqqa o`xshash chuqurliklar, tanani segmentlash
davom etishi. Xorda aniq ko`rinadi.
16-18 bosqichlar. 29-32 yosh Embrionning tanasi to`g`rilanadi. Kuchli
tebranish va aylanma harakatlar boshlanadi. Bosh va yurak mintaqasida
bezlarining paydo bo`lishi.
19-bosqich. Yosh 34 yosh, tuxumdan chiqish bitta prelaral lichinka
paydo bo`lishidan boshlanadi.
3.2.- jadval
Oq do`ngpeshona balig`ining har xil sharoitlardagi embrional
rivojlanishi
Embrional
bosqichlari Otalantirilgandan so`ng
( soat : daqiqa )
MDH , 1960-
yil
ma`lumotlari * A.Ashrapov
va boshqalar
[ 33 ] Bizning
ma`lumotlar
44](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_44.png)







![Hayotining 4-5 yilida, tanasining uzunligi 60-70 sm va tanasining
og irligi 6-8 kgga yetganda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi, ko payish muddati,ʼ ʼ
ko payish joyi va ikralarining rivojlanishi oq do ngpeshona va oq amurga
ʼ ʼ
o xshash. Serpushtliligi ham aynan oq do ngpeshonanikiga o xshash.
ʼ ʼ ʼ
Ko pincha bu uch tur baliqlari aralashgan holda ko payish migratsiyasini
ʼ ʼ
amalga oshiradi, ularning asosiy qismini (80-90%) oq do ngpeshona, 5-18%
ʼ
ini oq amur va 2% igacha chipor do ngpeshona tashkil qiladi. Ko payish
ʼ ʼ
uchun gala bo lib ko tarilayotgan chipor do ngpeshonalar galasi 20-100 ta
ʼ ʼ ʼ
baliqdan tashkil topadi. Urchish uchun ko tarilish suv va daryo suv sathining
ʼ
ko tarilishi bilan, may – iyunь oyida boshlanadi. Iyunь oyining birinchi –
ʼ
ikkinchi o n kunligida,suv harorati 22º C va undan yuqori bo lganda urchiydi.
ʼ ʼ
Urchishga chiqqan baliqlar galasining asosini 5-9 yoshdagi, tanasining
uzunligi 80-110 sm va og irligi 16-24 kg bo lgan baliqlardan tashkil topadi.
ʼ ʼ
Chipor do ngpeshona ham ikrasini oq do ngpeshona va oq amur baliqlarga
ʼ ʼ
o xshab daryoning tosh-shag al yoki qum shag allik qismidagi oqim kuchli
ʼ ʼ ʼ
girdobli joylarga tashlaydi. Ikrasini 3 metr chuqurlikka ega bo lgan joylarga
ʼ
suvning yuzasiga tashlaydi. Ikrasi pelagial. Suvda shishib, hajmi kattalashadi,
suv yuzasida oqim bo ylab suzib, rivojlanadi. Serpo shtligi yuqori katta, 20 kg
ʼ ʼ
va undan katta baliqlarda 6 mln dona, sun iy hovuzlardagi og irligi 8 kg gacha
ʼ ʼ
bo lgan baliqlarda 1 mln donagacha.
ʼ
Zooplankton organizmlar bilan oziqlanadi, zooplanktonlar biomassasi
kamaygan vaqtda fitoplankton va detritlar bilan oziqlanishga o tadi.
ʼ
Baliqchilik xo jaliklarida vaqti-vaqti bilan oq va chipor do ngpeshonalar
ʼ ʼ
gibridi ham olinadi, bu baliqlarning o sish sur ati tez, qimmatbaho tovar
ʼ ʼ
xususiyatlarini namoyon qiladi.[monografiya baliqlar]
Amudaryoda shakllangan populyasiya 1960 yillarda Turkmanistonga
ko`chirib kelingan ushbu turning avlodlari hisoblanadi.
Chipor do`ngpeshonalarning urg`ochisi besh yoshida jinsiy etuklikka
erishadi (erkaklar bir yil oldin yetuklashadi). Biroq, sog`lom avlodni olish
52](/data/documents/130ecca8-0fdf-4eee-a92c-22d05fd78ec8/page_52.png)
























“ Oq do'ngpeshona (Hypophthalmichthys molitrix) va chipor do'ngpeshona (Hypophthalmichthys nobilis) baliqlarining bioekologiyasi ” Mundarija Kirish ..................................................................................................................... 2 1. ADABIYOTLAR SHARHI ............................................................................. 8 1.1. Oq do`ngpeshona balig`ining bioekologiyasini o`rganilish tarixi. .... 8 1.2. Chipor do`ng peshona balig`ining biologiyasini o`rganilish tarixi. 14 2.Tadqiqot sharoitlari, obyekti va usullari. ........................................................ 20 2.1. Tadqiqot ishlari olib borilgan hududning fizik-geografik tavsifi va iqlimi. .............................................................................................................. 20 2.2. Tadqiqot obyekti va usullari. ............................................................ 31 3.Tadqiqot natijalari. .......................................................................................... 38 3.1. Oq do`ng peshona balig`ining sistematikasi va morfologiyasi, anatomiyasi, bioekoologiyasi. ........................................................................ 38 3.2. Oq do`ngpeshona balig`ining yoshi va o`sish jadalligi ................... 42 3.3. Chipor do`ng peshona balig`ining sistematikasi va morfologiyasi, anatomiyasiva bioekologiyasi ........................................................................ 48 3.4. Chipor do`ngpeshona balig`ining embrional taraqqiyot bosqichlari. ......................................................................................................................... 53 4. Oq va chipor do`ngpeshona balig`ining kasalliklari ..................................... 57 Xulosalar ............................................................................................................. 63 Amaliy tavsiyalar ................................................................................................ 65 Foydalanilgan adabiyotlar .................................................................................. 66
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Dunyoda chuchuk suv tanqisligi borgan sayin muammoga aylanib bormokda, bu esa mavjud barcha suv zaxiralaridan, shu jumladan irrigasiya tizimi suv xavzalaridan samarali foydalanishni takozo etadi. Ayniksa, suvdan kompleks foydalanish sharoitida baliqchilik tarmoFini rivojlantirish masalalari dunyo xamjamiyatini tashvishga solmokda. Misol tariqasida, baliq mahsuldorligini oshirishda ichki suv xavzalaridagi ixtiofaunani sun`iy shakllantirish baliq zaxiralari juda nochor hamda qit`aning ancha ichkari qismida joylashgan Orol dengizi kabi suv xavzalarida juda muhimdir. Shundan kelib chiqib, baliq maxsuldorligini oshirishda yaylov akvakulturasi sharoitida dungpeshona baliqlardan foydalanish texnologiyalarini yanada takomillashtirish muhim ilmiy-amaliy axamiyat kasb etadi. Jahonda o`simlikxo`r baliq turlari tropik va mu`tadil iqlimning janubiy xududlari yaylov akvakulturasi sharoitida yetishtiriladigan muhim baliq obyektlaridan biri sifatida tan olingan. Bu esa polikultura sharoitida yetishtirilayotgan baliqlar suv xavzasi tabiiy ozuka bazasidan samarali foydalanish xamda nisbatan kiska vakt mobaynida ozuka uchun kushimcha xarajatlarsiz baliq maxsuldorligini sezilarli darajada oshirish imkonini bermokda. Natijada, tropik mamlakatlar (Xindiston, Xitoy, Bangladesh, Vetnam) ko`pincha kichik (500-1000 ga) va, xatto, vaqtinchalik paydo bo`lgan suv xavzalarida xam bir yil muddatda baliqlarni yyetishtirishga erishmokda. Ko`l va suv omborlarga boy bo`lgan mu`tadil iqlimli mamlakatlarda (Rossiya, Belorussiya, Polsha) da esa baliqlarni bokish bir necha yilga chuzilishi mumkin [37; S.3-4]. Birok juda kup suv xavzalarida ozuka zanjirining dastlabki bu Finini band etgan bu baliqlar uzlarining biologik xususiyatlariga kura tabiiy kupaya olmaydi, kolaversa ushbu texnologiya uta zonallik xususiyatiga ega. Bu urinda, xar bir xududning tabiiy-iqlim sharoitini xisobga olgan xolda, suv xavzasida foydalanilayotgan texnologiya sharoitida dungpeshona baliqlar usishi va rivojlanishi, morfologiyasi, yosh-o`lchov 2
tuzilmalari va biologik xususiyatlariga doir mustakil tadkikotlar olib borish muhim ilmiy- amaliy axamiyatga ega. Respublikamizda aholi ehtiyoji va bozor talablaridan kelib chiqib, baliq yetishtirish yildan-yilga o`sib bormoqda. Bu borada, jumladan, Zarafshon daryosi o`rta oqimida joylashgan baliq xo`jaliklari uchun xos bo`lgan yirik (2 kg va undan ortik) h ajmli isti q bolli turlardan ok dungpeshona (Hypothtalmichthys molitri) va chipor dungpeshona (Hypothtalmichthys nobilis) baliqlar yyetishtirishga aloxida e`tibor karatilmokda. 2017-2021 yillarda O`zbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Xarakatlar strategiyasida «qishlok xujaligi ishlab chikarishini izchillik bilan rivojlantirish» va «suvdan kompleks foydalanish» kabi vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chikkan xolda, jumladan, O`zbekistonning keskin kontinental qurg`oqchil iqlim sharoitidagi suv xavzalarida do`ngpeshona baliqlar bioekologiyasini asoslab berish, ularni yetishtirish biotexnologiyasini rivojlantirish, suv xavzasiga doimiy ravishda ushbu baliq turlari chavoklarini o`tkazib turishning yuqori texnologiyasini ishlab chiqishga karatilgan tadqiqotlar dolzarb xisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi «Baliqchilik tarmog`ini boshkarish tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari to`g`risida» gi PK,-2939-son va 2018 yil 6 apreldagi «Bali`chilik sohasini jadal rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida» gi PQ-3657-son karorlari, Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 sentyabrdagi «Balikchilik tarmog`ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari tug`risida» gi 719-son xamda 2017 yil 18 oktyabrdagi «Chorvachilik va baliqchilik Tarmog`i ozuqa bazasini mustaxkamlashga doir chora-tadbirlar to`g`risiga» gi 845-son karorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshka me`yoriy-hukukiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya ishi muayyan darajada xizmat kiladi. Tadqiqotning obyekti va predmeti : Tadqiqot obyekti - Hypothtalmichthys molitrix va Hypothtalmichthys nobilis baliq turlari olingan . 3
Tadqiqot predmeti – Hypothtalmichthys molitrix va Hypothtalmichthys nobilis l arning bioekologiyasi, morfometrik ko`rsatkichlari, embriologiyasi, ularni jinsiy yetiluvchanlik (gametogenez), pushtdorligi sun`iy ko`paytirish texnologiyasi ni o`rganish hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotimizning maqsadi Oq va chipor do`ngpeshona bali qlari (Hypothtalmichthys molitrix va Hypothtalmichthys nobilis) ning bioekologiyasi hamda baliq rivojlanish bosqichlari, oziqlanishi va ahamiyatini o`rganishdan iborat. Buning uchun biz o`z oldimizga qo`yidagi vazifalarni qo`ydik: 1. Oq va chipor do`ngpeshona balig`i ning o`sish sur`atini o`rganish. 2. Oq va chipor do`ngpeshona bali qlar ining massasi va tana o`lchamlarining o`sishini tadqiq qilish. 3. Oq va chipor do`ngpeshona bali qlar ining embrional taraqqiyot bosqichlarini o`rganish. 4. Muhit omillariga bog`liq holda oq va chipor do`ngpeshona bali qlar ining bioekologiyasini o`rgani sh. 5. Do`ngpeshona baliqlarda uchrovchi kasalliklarni o`rganish. Ilmiy yangiligi . Tadqiqotlar natijasida Oq va chipor do`ngpeshona baliqlarining biologiyasining ko`p jihatlari (oziqlanishi, boqish) yaxshi o`rganilgan. Ammo mavjud adabiyotlardagi ko`payish biologiyasiga oid ma`lumotlar kam va to`liq emas. Ilk bor Zarafshon vohasi o`rta qismi suv xavzasi sharoitida Hypothtalmichthys molitrix va Hypothtalmichthys nobilis bali q turlarining morfologik xususiyatlari va bioekologiyasi o`rganilgan . Shu sababli tadqiqotning bu mavzusiga qiziqish yuqori, chunki suv xavzasining ekologik xususiyatlaridan kelib chi qq an xolda, ok va chipor dungpeshona bali q larni k o` paytirish buyicha tavsiyalar ishlab imkonini beradi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Oq va chipor do`ngpeshona ning biologiyasini o`rganish hozirgi kunda dolzarb muommo chunki bu baliq haqidagi ma`lumotlar ancha eskirgan. Oq va chipor 4
do`ngpeshona ning biologiyasini Zarafshon daryosi o`rta oqimi kesimida o`rganish orqali quyidagi muommo va gipotezalar kelib chiqadi. 1. Ilmiy adabiyotlardagi mavjud ma`lumotlar kam va eskirgan, ammo odam va hayvonlar uchun bugungi kunda ham dolzarbdir. 2. Chet elda va mamlakatimizda qo`llaniladigan zamonaviy usul va uslublarini o`rganish. 3. Tadqiqotning laboratoriya va dala uslublarini qo`llagan holda tadqiqotlar olib borish malakasiga ega bo`lish. 4. Dissertasiya ma`lumotlarini baliqchilik xo`jaliklari va aholi o`rtasida targ`ibot-tashviqot ishlarini olib borishda joriy etish. Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi: O`zbekistonda keyingi yillarda birnecha turdagi baliqlarni yyetishtirish bo`yicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, oq do`ngpeshona ( Hypophthalmichthys molitrix ), chipor do`ngpeshona ( Aristichthys nobilis ), oq amur ( Ctenopharyngodon idella ), karp ( Cyprinus carpio ) baliq turlarining biologiyasi va ekologiyasini o`rganish bo`yicha ilmiy-tadqiqotlar o`tkazilgan (B.G.Kamilov, R.B.Kurbanov, T.V.Salixov, X.Axmedov, R.Shoyokubov, I.Xalpayev, F.U.Kengerlinskiy). Lekin respublikamizda Afrika laqqa baliqlarining biologiyasi va ularni yyetishtirish texnologiyasi o`rganilmagan. Shuningdek dunyo miqyosida ko`pchilik xorijiy olimlar, D.Clay, H.Hogendoorn, S.Yalçin, K.Solak, I.Akyurt, S.Çek, E.Yilmaz, A.P.Baidya, R.Dijkema, E.Eding, A.Peter, A.M.Henken, J.Janssen, B.Iswanto, G.J.De Graaf va boshqalar ushbu baliqlarning tarqalishi, rivojlanishi, jinsiy yetilishi, shuningdek, turli biologik ko`rsatkichlari bo`yicha izlanishlar olib borganlar. Ammo bu tropik baliqlarni vatanidan shimol hududlarda yyetishtirishning yetarli tajribasi hozirgi kunda mavjud emas. Bizning respublikamizning iqlim sharoitida bu baliqni biologik xususiyatlari chuqur o`rganilib, uni ilmiy asoslangan samarali yyetishtirish usuli ishlab chiqilmagan. Bunday usulni ishlab chiqish respublikamiz sharoitida yuqori ta`m qiymatiga ega mahsulot beruvchi baliq yyetishtirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatini kengaytiradi. Bizning tadqiqotlarimiz baliqchilikda hozirgacha o`rganilmagan 5