AFRIKA LAQQA BALIG`I (CLARIAS GARIEPINUS)NING BIOLOGIYASI
“ AFRIKA LAQQA BALIG`I (CLARIAS GARIEPINUS)NING BIOLOGIYASI” 1
Mundarija Kirish ..................................................................................................................... 3 1. ADABIYOTLAR SHARHI ............................................................................. 9 1.1. Afrika laqqa balig`ining biologiyasini o`rganilish tarixi ......................... 9 2.Tadqiqot sharoitlari, obyekti va usullari ......................................................... 15 2.1. Tadqiqot ishlari olib borilgan hududning fizik-geografik tavsifi va iqlimi ............................................................................................................... 15 2.2. Tadqiqot obyekti va usullari ................................................................... 27 3. Tadqiqot natijalari .......................................................................................... 32 3.1. Afrika laqqa balig`ining sistematikasi va morfologiyasi, anatomiyasi . 32 3.2. Afrika laqqa balig`ining embrional taraqqiyoti. ..................................... 43 3.2.1. Afrika laqqa balig`ining balog`otga yetish xususiyatlari. ..................................................... 43 3.2.2. Afrika laqqa balig`ining ikralarini olish va inkubatsiyasi. ..................................................... 44 3.2.3. Lichinkalarni saqlash va ularni faol oziqlantirishga o`tkazish. ............................................. 53 3.3. Afrika laqqa balig`ining postembrional rivojlanishi. ............................. 56 3.4. Muhit omillariga bogliq holda afrika laqqa balig`ining ko`payish jadalligi. .......................................................................................................... 57 4. Afrika laqqa balig`ining kasalliklari. ............................................................. 61 Xulosalar ............................................................................................................. 66 Amaliy tavsiyalar ................................................................................................ 67 Foydalanilgan adabiyotlar .................................................................................. 68 2
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Baliqchilik mamlakat aholisini parhez go`sht mahsuloti bilan ta`minlashda muhim o`rin tutadi. Mamlakatimizda, ayniqsa, hovuz baliqchiligini rivojlantirishning katta imkoniyatlari bor. Xalqimizning salomatligini yaxshilash, dasturxonini baliq mahsulotlari bilan to`ldirish borasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Baliqchilik tarmog`ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” qaror qabul qilindi. [2] O`zbekistonda baliqchilik tarmog`i salohiyatini oshirish maqsadida “2015-yilda respublikaning baliqchilik tarmog`ini rivojlantirish va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar Dasturi” qabul qilingan. Agrar, suv xo`jaligi masalalari va ekologiya qo`mitasi tomonidan 2008- yil 29-sentabrdagi «Mamlakat baliqchiligi: muammolar va ularni hal etish yo`llari» Respublika konferensiyasining rezolutsiyasi hamda BMTning FAO loyihasi doirasida milliy va xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan «O`zbekiston 2008—2016-yillarda akvakultura va baliq ovlashni rivojlantirish konsepsiyasi va strategiyasi» me`yoriy hujjatlari asosida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 03-35- 12-sonli bayoni bilan tasdiqlangan 2011-yilda “Baliqchilik tarmog`ini rivojlantirish bo`yicha amalga oshiriladigan chora – tadbirlar” dasturiga ko`ra tarmoqni rivojlantirish dasturi doirasida qator amaliy tadbirlar o`tkazildi. [5] O`zbekiston hududidan Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon daryolari oqib o`tib, 300 000 gektar maydonga tabiiy ko`llar barpo qilgan. Shularning eng kattasi Arnasoy suv havzasi bo`lib, Chordara suv omboridan suv oqizilishi natijasida paydo bo`lgan va shartli ravishda uch qismga: Aydar ko`l (130 000 ga), Tuzkon ko`l (40 000 ga) va Arnasoy ko`l (10 000 ga)ga bo`linadi. Har bir ko`lning joylashish hududi, chuqurligi, eni va uzunligiga qarab ularning gidrokimyoviy va gidrologik rejimlari har xildir. Baliq o`stirish uchun qulay sharoit Arnasoy ko`lining suvida mavjud bo`lib, zog`ora (sazan), laqqa, do`ng 3
peshona va boshqa baliqlarning urchish makoni hisoblanadi. Hozirgi paytda respublikamiz bozorlarida sotilayotgan baliqlarning 30 % ini shu ko`llardan ovlangan baliqlar tashkil etadi. Afrika laqqa balig ` ining biologik xususiyatlari uni yopiq suv havzalari va sun ` iy hovuz xo ` jaliklarida ko ` paytirish uchun istiqbolli ob ` ekt sifatida tanlash imkonini beradi . Bu tur uchun suv haroratining 25-32° C bo ` lishi optimal hisoblanadi , shu bilan birga suv tarkibida azot birikmasining yuqori bo ` lishiga chidamli bo ` ladi . Jabra usti organining borligi suvda kislorod konsentrasiyasining past bo`lishiga chidamligiga sabab bo`ladi. Afrika laqqa baliqlarini ko`paytirishning ijobiy tomonlari. Afrika laqqa balig’i yashash uchun joy tan lamay digan, hamaxo`r, turli sharoitlarga tez moslashuvchan va kislorod tanqisligiga noyob chidamlilikka ega tur. Yuqorida aytilgan omillarga ko`ra, afrika laqqa balig`i juda yashovchan, bu esa uni zichligi yuqori sharoitlarda (masalan, ayrim baliqchilik fermer xo`jaliklarida baliqlarning miqdori bir kub metr suvda tirik og`irligi sakkiz yuz kilogrammga yetishi mumkin) yetishtirish imkonini beradi. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirishda faqatgina uning miqdor ko`rsatkichigina emas, balki salomatligini ta`minlovchi ko`rsatkichga ham alohida e`tibor berilmoqda. Insonlarning hayvonot dunyosi hisobiga qabul qiladigan oqsillarning 18—20 %i suvda yashovchi organizmlarga, asosan, baliqlarga to`g`ri keladi. Baliq go`shti tarkibida to`yimli moddalar mavjud bo`lgan holda ularning odam organizmida hazm bo`lish darajasi yuqoridir. Tadqiqotning obyekti va predmeti : Tadqiqot obyekti - Afrika laqqa balig`i afrika laqqasi ( Clarias gariepinus ) va ushbu baliqning sun`iy ko`paytirish, uvildiriq olish, chavoqlarini yetishtirish hamda boshqa ko`rsatkichlari hisoblanadi. Tadqiqot predmeti – Afrika laqqasining morfometrik ko`rsatkichlari, embriologiyasi, ularni jinsiy yetiluvchanlik (gametogenez), pushtdorligi sun`iy ko`paytirish texnologiyasi hisoblanadi. 4
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotimizning maqsadi Afrika laqqa balig`i (Clarias gariepinus) ning biologiyasi hamda baliq rivojlanish bosqichlari, oziqlanishi , ahamiyatini va mavjud kasalliklarini o`rganishdan iborat. Buning uchun biz o`z oldimizga quyidagi vazifalarni qo`ydik: 1. Afrika laqqa balig`i ning o`sish sur`atini o`rganish. 2. Afrika laqqa balig`ining massasi va tana o`lchamlarining o`sishini tadqiq qilish. 3. Afrika laqqa balig`ining embrional taraqqiyot bosqichlarini o`rganish. 4. Muhit omillariga bog`liq holda afrika laqqa balig`ining ko`payish jadalligini aniqlash. 5. Sun`iy sharoitlarda baliqlar tomonidan iste`mol qilinadigan oziqla rn i va ulaming embrional taraqqiyotiga ta`sirini aniqlash. 6. Afrika laqqa balig`ining uchrovchi kasalliklarini o`rganish. Ilmiy yangiligi . Tadqiqotlar natijasida Afrika laqqa balig`i biologiyasining ko`p jihatlari (oziqlanishi, boqish) yaxshi o`rganilgan. Ammo mavjud adabiyotlardagi ko`payish biologiyasiga oid ma`lumotlar juda kam va to`liq emas. Shu sababli tadqiqotning bu mavzusiga qiziqish yuqori, chunki ko`payish biologiyasini o`rganish samarali ko`paytirish va mahsuldor avlod olish uchun optimal sharoitni aniqlash imkonini beradi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Afrika laqqasining biologiyasini o`rganish hozirgi kunda dolzarb muommo chunki bu baliq haqidagi ma`lumotlar ancha kam. Afrika laqqa balig`i ning biologiyasini Pastdarg`om tumani kesimida o`rganish orqali quyidagi muammo va farazlar kelib chiqadi. 1. Ilmiy adabiyotlardagi mavjud ma`lumotlar kam, ammo odam va hayvonlar uchun bugungi kunda sun’iy ko’paytirish dolzarbdir. 2. Chet elda va mamlakatimizda qo`llaniladigan zamonaviy usul va uslublarini o`rganish. 3. Tadqiqotning laboratoriya va dala uslublarini qo`llagan holda tadqiqotlar 5