QISHLOQ XO’JALIGI O’SIMLIKLARINING KARANTINI
MAVZU: QISHLOQ XO’JALIGI O’SIMLIKLARINING KARANTINI MUNDARIJA: I. Kirish................................................................................................................ ........3 II. Asosiy qisim. 1. Karantin turlari va bu sohada gi xalqaro bitimlar…………………………….5 2. O’simliklar karantininig asosiy vazifalari…………………………………….7 3. Karantin tadbirlari……………………………………………………………..8 4. O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonun hujjatlari………………………..10 5. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasining vakolatlari………………………………………………………………………..11 6. Karantin o‘rnatish va uni bekor qilish tartibi………………………………..14 7. Urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini import qilish……….15 III. Xulosa............................................................................................................... ......22 IV. Foydanilgan adabiyotlar.......................................................................................23 Ilovalar....................................................................................................................25 1
KIRISH O’simliklar karantini o’simliklarni himoya qilishning muayyan usuli hisoblanadi. Bu usul davlat tasarrufiga ega bo’lib, asosan ikki qismdan iborat. Birinchidan, bu tadbirlar chet mamlakatlardan xavfli qishloq xo’jalik zararkunandalari olib kirilishi mumkin bo’lgan barcha imkoniyatlarga to’siq tug’dirish bo’lsa (tashqi karantin). Ikkinchidan, bunday obyektlar o’tib qolgudek bo’lsa, ularni o’z vaqtida chegaralab, mamlakat ichida keng tarqalishiga yo’l qo’ymagan holda, qirib tashlashdir (ichki karantin). O’zbekistonda bo’lmagan zararkunanda, kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar va begona o’tlar tashqi karantin obyektlari hisoblanadi. Karantin choralarini ko’rish mamlakatlararo tinmay amalga oshirilayotgan savdo-sotiq munosabatlariga ko’ra muhim ahamiyatga egadir. Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, karantin mamlakatlararo odamlar migrasiyasi hamda hasharotlar o’tishiga davlat chegarasi ostonalarida to’sqinlik qilib bo’lmaydigan omillarga ham bog’liqdir. Jumladan, hasharotlar suv va havo yo’nalishi bilan ham bir qit’adan yoki davlat chegaralaridan ikkinchi qit’a yoki davlatga o’tib ketishi mumkin. Yangi joyga tushgan hasharot muhit sharoitlariga ko’nika olmasdan qirilib ketishi ham mumkin, lekin moslashib rivojlanib ketganlari ham kam emas. Masalan, AQShdagi deyarli asosiy zararkunandalarning yarmi o’zga mamlakatlardan, shu jumladan Yevropadan borib qolgan. Bular qatoriga olma mevaxo’ri, tengsiz ipak qurti, gessen pashshasi, makkajo’xori parvonasi, kartoshka nematodasi (Yevropadan), Avstraliya tarnovsimon qurti (Avstraliyadan) yapon qo’ng’izi (Yaponiyadan) va boshqalar kiradi. 1954 yilda AQShda ombor mahsulotlarining kuchli zararkunandasi bo’lgan kapr qo’ng’izi aniqlangan. Shu bilan birga anchagina zararkunandalar Amerika qit’asidan Yevropaga o’tib qolgan. Bular jumlasiga tok fillokserasi, kartoshka kolorado qo’ng’izi va amerika oq kapalagi misol bo’la oladi (Pospelov va b., 1983). O’zbekistonda tashkil etilgan karantin xizmatiga ko’ra, mintaqamizga ko’pgina qishloq xo’jalik ekinlarining va ombor mahsulotlari ayrim zararkunandalarining o’tishiga to’sqinlik qilingan. Bular jumlasiga g’o’za kuyasi, kapr qo’ng’izi va 2
boshqalar kiradi. Davlat karantin inspeksiyasi vatanimizdagi barcha o’simliklar karantini bilan bog’liq bo’lgan ishlar ustidan nazoratni amalga oshiradi. U respublika va viloyatlar karantin inspeksiyalari, shahar, tumanlararo va tuman tayanch karantin punktlari, daryo portlari, temiryo’l stansiyalari, aeroport, glavpochtamt va asosiy avtomobil yo’llarida joylashgan davlat karantin inspeksiyalarining ishini boshqaradi. O’zbekistonda o’simliklar karantini bo’yicha ilmiy-tadqiqot va uslubiy markaz tashkil etilgan bo’lib, unda Markaziy ilmiy- tadqiqot laboratoriyasi faoliyat yuritadi. 3
ASOSIY QISM 1. Karantin turlari va bu sohada gi xalqaro bitimlar Karantin obyektlar va boshqa xavfli zararkunandalar, turli kasalliklarni chaqiruvchi mikroorganizmlar hamda begona o’tlarga qarshi kurashda faqat mamlakatlarning hamjihatligigina muvaffaqiyatli natija berishi mumkin. Shunday shartnomalar xalqaro uyushmalar va qo’shni mamlakatlar orasida tuzilgan. Karantin o’z mohiyati bo’yicha tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Tashqi karantin vazifasiga, birinchidan, O’zbekistonda bo’lmagan zararkunanda, kasallik va begona o’tlarni vatanimizga o’tishining oldini olish kirsa, ikkinchidan, o’z navbatida o’zga mamlakatlarga eksport qilanayotgan mahsulotda zararkunandalar bo’lmasligini ta’minlashdir. Tashqi karantin obyektlari asosan o’simlik va chorva mahsulotlariga tarqaladi (tuproq namunalari, tirik o’simlik va zamburug’lar, bakteriya, virus, nematoda, o’rgimchakkana va hasharot). O’zbekistonga mahsulotlarni o’zga mamlakatlardan o’tkazish faqatgina respublika davlat karantin inspeksiyasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu ruxsatnoma O’zbekiston chegarasida joylashgan bojxona tayanch punktlarida maxsus tekshiruvdan keyingina berilishi mumkin. Karantin tekshiruvidan barcha respublikaga kiritiladigan avtotransport, temir yo’l vagonlari va samolyotlar, shuningdek xorijdan kelayotgan passajirlar va ularning yuki o’tkaziladi. Karantin inspeksiyalarining xorij bilan bog’liq bo’lgan markaziy chegara o’tkazish punktlarida markazlashtirilgan fumigasiya qilish anjomlari va otryadi bo’lib, chetdan olib kelinayotgan mahsulotlar zararlanganligi aniqlansa, shartli ravishda, fumigasiya yo’li bilan zararsizlantiriladi. Xorij urug’lik mahsuloti va o’tkazish uchun mo’ljallangan ko’chatlarida bo’lishi mumkin bo’lgan karantin obyektlarini aniqlash uchun maxsus karantin pitomniklar va issiqxonalar mavjuddir. Mahsulot bu yerlarda xavfsiz ekanligi aniqlanganidan so’nggina o’tkazilishi mumkin. Tekshirilgan mahsulotlar karantin va boshqa xavfli obyektlar bilan zararlanganligi aniqlansa va bunday obyektlardan mahsulotni samarali tozalash imkoniyati bo’lmasa, bunday mahsulot birinchi 3-5 kun ichida eksport qilgan mamlakatga qaytariladi yoki yo’q qilib tashlanadi. 4
Ichki karantin tadbirlari vatanimiz mintaqasida aniqlangan karantin obyekt uyasi yanada kengayishiga yo’l qo’ymaslik hamda bu uyani tezda qirib yo’q qilish tadbirlarini amalga oshirishni ko’zda tutadi ( masalan, kolorado qo’ng’izi, qovun pashshasi, tut parvonasi, kartoshka kuyasi zarpechaklar va b.). 5