SAMARQAND ARXEOLOGIYASI O’RGANILISHI TARIXI
MAVZU:Samarqand arxeologiyasi o’rganilishi tarixi . Kirish. Asosiy qism. I bob. Qadimgi Samarqand tarixi yozma manbalarda. 1.1 . Samarqandni arxeologik o’rganish tarixi. 1.2 .Samarqand tosh davri yodgorliklari. II bob.Samarqand eneolit, bronza, ilk temirdavri yodgorliklari. 2.1 . Samarqand o’rta asrlar davri yodgorliklari. Xulosa. Foydalanilgan Adabiyotlar. Kirish. Ushbu kurs ishi Samar qand tosh asrining paleolit, mezoneolit, jez davri va nihoyat Samarqand shahrining tashkil topish tarixiga bag’ishlangan. Bronza davriga kelib, ishlab chiqarish qurollarini metalldan yaratilishi xo’jalikning rivojiga keskin ta’sir ko’rsatdi. Bu hodisa mehnat unumdorligini oshirib, ziyoti mahsulotlarning poydo
bo’lishiga va ibtidoiy tuzumning inqirozi, sinfiy jamiyatning paydo bo’lishi va davlatchilikning tashkil topishiga olib keldi. Majmuada ana shu kabi taraqqiyot evolyusiyasiga ahamiyat berilgan. Samarqand shahrining tashkil topishiga 3 ming yil bo’lganligi haqidagi yangi arxeologik ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, shu asosda uning ko’hna ildizlari haqidagi masalalar yetarli darajada, yangi yondashuv asosida yoritilgan. V-VII asr boshlari - o’lkada mahalliy konfederativ boshqaruv tizimining vujudga kelishi hamda turkiy qabilalarning kirib kelishi munosabati bilan tovar-pul munosabatlari qisqardi. Turli viloyat hokimlari tomonidan tanga pullar zarb etila boshlandi. Mahalliy hokimlar (Sug’dning tarkibiy qismlarida ham) tomonidan chiqarilgan tanga-pullar asosan, hukmron shaxsning mavqyeini anglar edi. VII asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran Tan imperiyasining siyosiy va iqtisodiy manfaatlari ta’sirida Samarqand ixshidlari mavqyeining oshib borishi bilan bog’liq ravishda ixshidlar tomonidan mis tangalarning zarb etildi, hamda ulardan ichki savdo-sotiqda keng foydalanish yo’lga qo’yildi. Bu davrda ichki va tashqi savdo har tomonlama rivojlanadi. Sug’d-turk savdogarlari Buyuk ipak yo’lida Sharq bilan G’arbni bog’lovchi asosiy kuchga, sug’d tili esa o’zaro muloqot tiliga aylanadi. Xitoy qadimda butun dunyoga kopmas, porox, ipak matolar va qog’oz yetkazib bergani hammaga ma’lum. Xitoy ham atrof davlatlardan o’ziga zarur bo’lgan tovarlarni olgan. Xususan, Farg’onadan Xitoyga samoviy tulporlar, uzum va uzum mahsulotlari va paxta eksport qilingan. Samarqanddan esa sanoat mahsulotlari bilan birga mevalar ham eksport qilingan. Xitoy manbalarida Samarqandning oltindek tovlanib turadigan shaftolilari va ularni Xitoy imperatori saroyiga yuborilishi haqida ma’lumotlar bor. Natijada, O’zbekiston hududidagi shahar va qishloqlar har tomonlama rivojlanadi. Bunday taraqqiyotning asosiy omili tinchlik, barqarorlik va jamiyatdagi qonunning ustvorligidir. Elchilar tasviri tushirilgan devoriy suratlar Samarqand shahar tarixi muzeyi kolleksiyasida so’g’d san’atining durdona asari hisoblanadi.O’tgan asrning 1965 yilida O’zbekiston xalqlarining moddiy madaniyati tarixini o’rganishda katta voqyea yuz berdi. Samarqanddagi Afrosiyob manzilgohida arxeologlar arablardan oldingi davrga (eramizning VII asriga) oid devoriy rasmlari aks ettirilgan saroy majmuasini topdilar. Syujetli hikoya qilguvchi polixrom tasviriy suratlar Samarqand hukmdori saroyining katta kvadrat zalining to’rt devorini ham bezatgan. Ushbu kashfiyot arxeologiya fanida shov-shuvga aylandi, darhol jahon hamjamiyatining e’tiborini tortdi. Afrosiyob muzeyining markaziy zalida namoyish etilayotgan devor suratlari o’sha davrining nodir san’at asari hisoblanib, u muzeydan bir necha yuz metr g’arbda joylashgan So’g’d podshosi Varxuman saroyining bir zalidan topilgan. Xonaning g’arbiy, shimoliy va janubiy devoridagi suratlarning alohida-alohida manzaralar aks ettirib, o’ziga xos mazmunga ega. I bob. Qadimgi Samarqand tarixi yozma manbalarda. Qadimgi So’g’diyona Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’ida joylashgan yirik tarixiy madaniy viloyatlardan biridir. U hamisha qo’shni davlatlarning paydo
bo’lishida va ularning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Qadimgi Sharq tarixchilari ushbu hududni “Markaziy Osiyoning yuragi”, deb ataganlar. Ushbu tarixiy madaniy viloyatning markazi Zarafshon vohasida joylashgan yirik siyosiy ma’muriy markaz Samarqand bo’lgan. Samarqand so’g’di barcha so’g’d hududlarining siyosiy va iqtisodiy asosi bo’lib, O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i o’tmishidaida muhim rol o’ynashi bilan birga , ushbu hududlar tarixidagi ko’plab asosiy masalalar mohiyatini tushunishda katta ahamiyat kasb etadi. Samarqand so’g’dining butun So’g’diyona tarixidagi ahamiyati uning qulay geografik joylashuvi bilan ham belgilanadi. Zarafshon vohasi uch tomondan tog’lar bilan va faqat g’arb tomondan dasht hududlari bilan ajralib turadi. Ushbu hududlarni o’rta Zarafshon vohasi ham deyishadi. Tarixiy madaniy nuqtai nazardan esa ushbu hududlarni Samarqand so’g’di deb atash ham mumkin. Bu yerning qulay iqlim sharoitlari haqida yozma manbalarda ham boy materiallar keltirilgan. Al Ma qsudiy Samarqandni ta’riflar ekan, uni Movaraunnahrning birinchi shahri, deb atagan. Al Istaxri esa, o’zining “Masalik al mamalik” (“Davlatlar yo’llari”) asarida Samarqand so’g’di yerlarini odam yashashi uchun qulay bo’lgan uchta zamindan biri, deb ta’riflaydi. 1 V.V. Bartoldning fikricha, Samarqand so’g’dining zamini boshqa hududlarga nisbatan eng yaxshi “bog’” yerlar hisoblanib, uni hatto dushman bosib olgan vaqtlarda ham bosqinchilar talon taroj qilishdan tiyilganlar va bu huduni o’zlarining daromad manbalariga aylantirishga harakat qilganlar. Zarafshon vohasi barcha davrlarda So’g’diyonaning markazi hisoblanib kelingan. So’g’diyona va uning asosiy shahri Samarqand yozma manbalarda er. av. 1 ming yillikning o’rtalaridan boshlab tilga olinadi. Ulardan eng qalimgilari Doro 1 ning Bexustun yozuvlari hisoblanadi. Unda yozilishicha, er. av. 6 asrda So’g’diyona Ahmoniylar imperiyasiga boj to’lab turadigan 23 ta viloyatlardan biri bo’lgan. Shuningdek, Bexustun yozuvlarida Doro 1 ning Suzadagi saroyi qurilishida lazurit va qizil serdolik kabi qimmatbaho toshlar So’g’diyonadan keltirilganligi ma’lum qilinadi. Qadimgi fors tilida So’g’diyona Suguda nomi bilan tilga olinadi. So’g’diyona nomi Avestoning 1 bobida “Gava So’g’di” nomi ilan keltiriladi. Ammo, bunda So’g’dning qaysi qismi haqida so’z borayotgaligini tushunish qiyin. Avestoning geografiyaga bag’ishlangan bo’limida: “chuqur va keng daryolar Gava So’g’diga va boshqa davlatlardan oqib o’tadi”, deyilgan. 1 Al Ist ax ri “ Masalik al mamlik ” (“ Davlat lar yo’llari” ) asari.
Avestoning geografiyaga bag’ishlangan bo’limida: “chuqur va keng daryolar Gava So’g’diga va boshqa davlatlardan oqib o’tadi”, 2 deyilgan. Gava termini turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, V.V. Bartold, “Gava” terminini “Fau” deb qabul qilishni va bu “Naxri Pay” kanalining nomidan kelib chiqqanligini qabul qilishni taklif qiladi. Boshqa bir tadqiqotchila “Gava” nomini Xitoy manbalarida Kushon imperiyasi Xau deb nomlangani va uni Samarqand vohasidagi Miyonqal’adan axtarish kerakligini ta’kidlaydilar. Antik davr manbalarida So’g’diyona janubda Amudaryo va sharqda Sirdaryo bilan chegaradoshligi qayd qilinadi. Jumladan, o’sha davrning mashhur geografi Klavdiy Ptolomey: “So’g’dning chegarasi janubda Oks (Amudaryo) hamda Kavkaz tog’laridan (bu yerda Badaxshon tog’lari nazarda tutilgan); shimolda Oks tog’lari, Skifiya, sharqda Yaksart (Sirdaryo) va Kamel tog’lari orqali skiflar bilan chegaradoshligi ta’kidlanadi. Shuning bilan birga u Marakandani Baktriya shaharlari qatoriga qo’shadi. So’g’d hududlariga katta maydonli cho’l hududlarining ham kirishini Kvint kursiy Ruf ham ta’kidlagan. U ehtimol Shimoliy So’g’d haqida gapirgan bo’lsa kerak.So’g’diyona chegaralari haqidagi ancha aniq ma’lumotlar Arrianning asarlarida keltirilgan; “shimolda So’g’d sak yerlari bilan, shimoli shakrqda esa ushbu chegara Yaksart daryosi orqali o’tadi” (Arrian, 1962, s. 137). So’g’diyona va so’g’diylar haqida Strabon ham yozib qoldirgan. U: “so’g’diylar bilan baqtriyaliklarning hayot tarzi bir biriga o’xshash, shuning bilan birga ularning hayoti ko’chmanchilarnikidan kam farq qiladi”. O’rta asr manbalarida So’g’diyona hududi ancha kichrayadi. Ularda So’g’d haqida gapirilganda o’rta Zarafshon va ayrim manbalarda unga Qashqadaryo viloyati hududlari ham kiriladi. Arab tarixchisi Istaxri So’g’d haqida gapirganda, Dobusiyadan Samarqandgacha bo’lgan hududlarni tilga oladi. Shuning bilan bir vaqtda u buxoroliklarni so’g’d tilida gaplashadi, deydi. Beruniy davrining manbalarida Buxoro vohasini So’g’diyona hududlariga virganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Qashqadaryoning So’g’d tarkibiga kirganligi haqida isbotlangan dalillar mavjud. Yaqin kunlargacha Kitob Shahrisabz hududlarining aholisi o’zlarini sug’utiy so’g’dlar deb atashganlar. O’rta asrning boshqa mualliflari, jumladan, Yaqubi Buxoro, Nasaf va Keshni So’g’diyona tarkibiga kiritgan va uning poytaxtini Samarqand, deb hisoblagan. Ammo, boshqa bir manbada u Keshni asosiy shahar deb keltiradi. Istaxriyning fikricha, Dobusiya, Robinjon, kushoniya va Ishtixon “So’g’dning yuragidir”. 2 Aлимoвa Д.A. Бурякoв Ю.Ф., Рaxмaтуллaев Ш.М., Сaмaрқaнд тaриxи. (қaдимги дaврлaрдaн бугунги кунгaчa) Т.: «AРТ ФЛEX» 2009.
Mahmud Qoshg’ariy esa, So’g’d deganda Buxoro va Samarqand oralig’idagi hududlarni tushungan. V.V. Bartoldning fikricha, 19 asrning oxiri va 20 asrning boshlarida Sщ-d deganda Zarafshon daryosi oqimidagi hududlar tushunilgan. 6 asrning oxirlariga oid manbalarda, jumladan, fors tilining lug’atida faqatgina Samarqand atrofidagi hududlar tilga olinadi. Temuriylar davrida esa, Oqdaryo va Qoradaryoning oralig’i “Nim So’g’d” yoki “So’idi Xurd”, Oqdaryodan shimoldagi hududlar “So’g’udi Kalon” deb atalgan. Hozirgi kunda So’g’d nomi Sugut shaklida Zarafshonning yuqori oqimidagi Yagnob vodiysida saqlanib qolgan. Shunday qilib, yunon manbalarida “So’g’d” yoki “So’g’diyona” termini ostida Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yirik hududlar tushunilsa, vaqt o’tishi bilan ushbu taponim bilan bog’liq hududlar qisqarib boradi. Ammo, hamma vaqtlarda ham Zarafshon vohasi, xususan Samarqand so’g’dning markazi sifatida qolib kelgan. Samarqand nomi Aleksandr Makedonskiy davridan boshlab tilga olinadi. So’g’dning yirik savdo va iqtisodiy markazi Samarqand nomining kelib chiqishi borasida turli fikrlar mavjud. Antik davr manbalarida Samarqand nomi “marakanda” yoki “Marakandi” shaklida uchraydi. Arrian o’z asarlarida Samarqand nomini besh marta tilga oladi va faqat bir holdagina Samarqandni hukmdor tashrif buyuradigan joy ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek, u Samarqand arkining kuchli mudofaaga egaligi va unda yunon gornizoni turganligini aytib o’tadi. Bundan tashqari, u Samarqandning bosib olinishi va aholinini tinchlantirish ishlarining olib borilganligi haqida yozib qoldirgan. Shunday qilib, antik davrga oid barcha manbalarda Samarqand Maroqand tarzida uchraydi va bu greklar nomlarining talaffuzi tarziga to’g’ri keladi. Negaki, greklarda SM ning joyiga M talaffuz qilinadi. Samarqand so’zining birinchi bo’g’ini ma’nosi borasida turli qarashlar mavjud. Jumladan, Al Beruniy Samarqand so’zining ma’nosini “Semizqand”, ya’ni “Quyosh shahri”, deb yozadi. Smamarqand so’zining ma’nosi haqida yirik islomshunos olim Abu Xafs Umar ibn Muxammad an Nasafiy ham yozgan. U o’zining mashhur “Kitob al qand fi tarixi Samarqand” yoki “Kitob al qand fi ma’rifat ulama Samarqand” (“Qandiya”) asarida aholi o’rtasida tarqalgan qator afsonalarni keltiradi 3 . Abu Toxirxo’ja Samarqandiyning “Samariya” asari ham shular jumlasidandir. Ushbu asarlarni V.L. Vyatkin rus tiliga tarjima qilgan. Yuqorida nomlari zikr etilgan asarlardagi afsonalardan biriga ko’ra, Samarqand nomining kelib chiqishi Iskandar (Aleksandr) nomi bilan bog’lansa, ikkinchisida, Yaman podo’osi Shamirning O’rta Osiyoni bosib olishi bilan 3 3. Abu Xafs Umar ibn Muxammad an Nasafiy “Kitob al qand fi tarixi Samarqand” [ “Kitob al qand fi ma’rifat ulama Samarqand” ] (“Qandiya”)